forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Salomatlik => Mavzu boshlandi: Munavvara 08 Mart 2009, 13:02:32

Nom: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 13:02:32
:bs2:

Alhamdu vat ta'ziymu lillah. Vassolatu vat taslimu 'ala ashrafi xolqillah.
Ammo ba'd:


Islom olamining mashhur ulamosi Imom G'azzoliy shunday deganlar: "Qur'on bir nurdir. Xatoga bormoqdan najot topish, qutilish faqat u bilan mumkindir. Qalblarni buzgan kasalliklarga shifo undadir". Darhaqiqat, Qur'oni karimning mo'jizasini qarangki, 15 asrdan buyon insoniyatga Allohni tanitib, hidoyat yo'lini yoritib kelayotgan bu muqaddas kalom ummatlarning tashna qalblarini, ruhlarini imonning pokiza suvlari ila sug'oribgina qolmay, ulaqrning jasadlari va a'zolaridagi xastaliklarga ham shifo bo'lib kelmoqda, turli shaytoniy vasvasalardan va xabis yomonliklardan panoh topishlariga yordam bermoqda.

Ushbu mo'jazgina risolamiz Qur'oni majidning ana shu kashfiyotini, hayotda duch keladigan xastalik, ofat va xatarlardan insonni asrashlik mo'jizasini ko'rsatishga kamtarona bir urinishdir.

Ma'lumingizkim, keyingi paytlarda kitob rastalarida "Bibi mushkulkushod", "Bibi seshanba", Ming dardga - ming shifo"... kabi ishonchli dalillarga suyanmagan, manbaining tayini yo'q, "bozorgar" kitobchalar ko'payib ketdi. Ilohiy chashmalardan suv ichmoqqa tashna xalqimizga bu kitoblarning qay darajada manfaati bo'lyabti bilmadigu, ammo ularni o'qigan farosatli dindorlarimizda chuqur taassuf uyg'otayotgani, Islom haqiqatlari bilan endigina oshno bo'layotganbiro9darlarimizning dunyoqarashidaesa, sof dinimizni hurofot va uydirmalar bilan qorishtirib yuborishdek nohush hissiyot tug'dirayotgani aniq.

Qur'onning ta'sirchan va shifo ekanini aytib, Alloh taolo Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi:
"Biz mo'minlar uchun shifo va rahmat bo'lgan Qur'on oyatlarini nozil qilurmiz". (Isro, 82-oyat);
"Ayting: "(Ushbu Qur'on) imon keltirgan zotlar uchun hidoyat va shifodir" (Fussilat, 44-oyat)

Bu borada Ibn Moja Ibn Mas'uddan (r.a.) rivoyat qilgan hadisi sharifada sevimli payg'ambarimiz Muhammad  :sw: bunday tavsiya qiladilar: "O'zingizga 2 shifo - asal va Qur'onni lozim tuting".
Hazrati Alidan rivoyat qilingan hadisi sharifda esa: "Davolarning yaxshisi - Qur'on", deydilar.

Qur'oni karim bilan dam solish va panoh haqida salasi solih ulamolarimizning so'zlarini ham bu o'rinda zikr qilib o'tamiz.

Imom Ibn Tiyn aytadilar: "Falaq va Nos suralari va Alloh taoloning ismlari bilan dam solish tibbi ruhoniydir. Agar u abrorlar tili orqali bo'lsa, Allohning izni bilan shifo hosil bo'ladi".

Bunga Payg'ambarning  :sw:: "Agar kishi uni ishongan holda toqqa o'qisa, u o'rnidan siljiydi", degan so'zlari ham dalildir.

Imom Qurtubiy aytadilar: "Alloh taoloning kalomi va ismlari bilan dam solish joiz".

Imom Shofe'iy: "Allohning kitobi va mashhur zikrlar bilan dam solishning zarari yo'q", deydilar.
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 13:04:18
Imom Nasafiy aytadilar: "Allohning kitobi va Rasulullohning  :sw: hadislarida mavjud so'zlar bilan panoh tilash mumkin. Ammo suryoniy, ibroniy va hindiy duolar bilan panoh so'ralmaydi. Ularga e'tiqod qilish va suyanish halol emasdir".

Bu bo'limni tasnif etishda sayyidul-mursalin  :sw: sunnatlari va salafi solihinnig boy tajribalariga suyanilgan. Hadisi shariflarni ishonchli manbalardan tanlangan.
Shoyadki, ushbu kitobcha birodarlarimizga Qur'oni karim yordamida ruh va jasad xastaliklaridan panoh topishda biroz ko'mak bersa!

Alloh taol bu ojizona harakatlarimizni O'z dargohida xolis niyat savobi ila qabul aylasin, sahvu xatolarimizni kechirsin! Omiyn!
 Ahmad Muhammad
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 13:09:02
 
QUR'ON SHIFO
 
                                                               
"Albatta, u asralgan Kitobdagi Ulug' Qur'ondir. Uni faqat tahoratli - pok kishilargina ushlarlar. (U) barcha olamlar Parvardigori tomonidan nozil qilingandir" (Voqe'a, 77-80-oyatlar).

Qur'on va asal bilan davolanish

Ibn Moja va boshqalar Ibn Mas'uddan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh  :sw: shunday marhamat qiladilar:
"O'zingizga ikki shifo - asal va Qur'onni lozim tuting".
Izoh: Ibn Qoyyim al-Javziya "At-tibb an-nabaviy" (Payg'ambar tabobati) kitoblarida ushbu hadisga shunday izoh beradilar: "Rosululloh  :sw: bashariy tib bilan ilohiy tabobatni, jasadlar tibbiyoti bilan ruhlar tabobatini, zamin davosi bilan samoviy davoni jamladilar".

Alloh taolo asal haqida: "Unda odamlar uchun shifo (bor)" (Nahl, 69-oyat), deydi, Qur'on xususida esa, bunday xabar beradi: "(U) hidoyat va shifodir"

Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 13:11:27
Davolarning yaxshisi

Yana Ibn Moja Alidan (r.a.) rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi:
"Davolarning yaxshisi Qur'ondir".

Hasta huzurida Qur'on o'qish

Abu Ubayda ibn Talha Masraf rivoyat qilishicha:
"Agar Qur'on hasta xuzurida o'qilsa, u bundan yengil tortadi", deyilgan.

Tomoq og'rig'ini Qur'on o'qish bilan davolash

Imom Bayhaqiy "Shu'abul-iymon" kitoblarida Vosila ibn Asqa'dan rivoyat qilishlaricha, bir odam Rasulullohga  :sw: tomoq og'rig'idan shikoyat qildi. Shunda Rasulullohga  :sw: unga: "Qur'on o'qishing lozim", dedilar.

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Ким касал кўргани борса, агар ажали етмаган бўлса, унинг ҳузурида «Асъалуллоҳал ъазийм роббал ъаршил ъазийм ан йашфийака» дуосини етти марта ўқиса, Аллоҳ таоло уни касалидан халос қилиб шифо беради», дедилар. Маъноси: «Улуғ Аллоҳдан, буюк арш Раббидан сенга шифо беришини сўрайман».
Алидан (р.а.) ривоят қилинишича, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам агар касал кўргани кирсалар, «Азҳибил баъса ишфи анта шафий, ла шафия илла анта», деб дуо ўқирдилар. Маъноси: «Сен инсонларнинг Раббисан, қийинчиликларни кетказ, шифо бер, Сен шифо берувчисан, Сенинг шифоингдан бошқа шифо йўқ».
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 13:14:31
Qalb og'rig'i

Ibn Mardavayh Abu Said al-Hudriydan (r.a.) rivoyat qilishlaricha, bir kishi Payg'ambar  :sw: oldilariga keldi va: "Men qalb og'rig'idan shikoyat qilaman", dedi. Shunda Rasululloh  :sw: unga : "Qur'on o'qi, Alloh taolo uni: "Qalb (dil)lardagi xastaliklarga shifo" (Yunus surasi, 57-oyat), deb aytgan" dedilar.

Fotiha surasining hususiyatlaridan

:bs2:
Alhamdulillahi robbil 'alamiyn. Arrohmanir rohiym. Maliki yavmiddiyn. Iyyaka na'budu va iyyaka nasta'iyn. Ihdinas sirotol mustaqiym. Sirotollazina an'amta 'alayhim, g'oyril mag'zubi 'alayhim valazzoliyn.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Hamdu sano butun olamlar hojasi, mehribon va rahmli, jazo (qiyomat) kuninig egasi - podshohi bo'lmish Alloh uchundir. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina madad so'raymiz. Bizlarni g'azabga duchor bo'lmagan va haq yo'ldan toymagan zotlarga in'om qilgan yo'ling bo'lmish - To'g'ri yo'lga yo'llagaysan.

Imom Bayhaqiy va boshqalar Abdulloh ibn Jobirdan (r.a.) rivoyat qilishlaricha, Payg'ambar  :sw:: "Fotihatul-kitobda dardga shifo bordir", deganlar.
Ba'zi bir rivoyatlarda u o'limdan boshqa hamma narsaga kifoya qilishi aytilgan.
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 13:16:55
Zaharlangan kishiga davo

Said ibn Mansur, Bayhaqiy va boshqalar Abu Said al-Xudriydan (r.a) rivoyat qilishgan hadisda shunday deyiladi: "Fotihatul-kitob zaharga shifodir".

Ilon chaqqan kishini davolash

Imom Buxoriy Abu Said al-Xudriydan (r.a.) quyidagi rivoyatni naql qiladilar: "Safarda edik. Bir qiz kelib: "Ovulning ulug'ini ilon chaqqan, sizlarning ichingizda qaytariq qila oladigan kishi bormi?" deb so'radi. Shunda bir odam qiz bilan bordi va bemorga "Fotihatul-kitob"ni o'qib dam soldi. U odam tuzaldi. Bu hodisani Payg'ambarimizga  :sw: aytishganda: "Uning qaytariq ekanini sizlarga kim o'rgatdi?" dedilar".
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 13:23:48
Dam solish

Imom Tabaroniy "Al-Avsat" kitoblarida Soib ibn Yazidning shunday deganlarini rivoyat qiladilar: "Rosululloh  :sw: menga "Fotihatul-kitob" bilan suflab dam soldilar".

O’limdan boshqa har narsadan omonlik

Imom Bazzor Anasdan (r.a.) Rosulullohning  :sw: ushbu hadislarini rivoyat qilganlar: "œYonboshing yostiqqa tekkanida "œFotihatul-kitob" va Ixlosni o’qisang, o’limdan boshqa hamma narsadan omon bo’lasan".
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 13:26:30
Uyni Shaytondan himoya qilish

Imom Muslim Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Payg'ambar  :sw: aytadilarki: "Baqara surasi o'qilgan uyga shayton kirmaydi."

Og'riqning iloji

Abdulloh ibn Ahmad Ubay ibn Ka'bdan (r.a.) quyidagicha rivoyat qiladilar: "Men Payg'ambar  :sw: huzurlarida edim. Shunda bir a'robiy kelib dedi: "Ey Allohning payg'ambari, mening bir birodarim og'rib qoldi..." Payg'ambar  :sw:: "Dardi nima?" deb so'radilar. U : "Lamam (ruhiy hastalikning bir ko'rinishi)", deb javob qildi. Rasululloh  :sw: unga: "Birodaringni bu yerga olib kel", dedilar. Uni olib kelib, oldilariga o'tkazishdi. Payg'ambar  :sw: quyidagi oyatlar bilan dam soldilar:
 "Fotihatul-kitob" bilan
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 13:28:18
Baqara surasining avvalidagi 4 oyat bilan:

Alif. Lom. Miym. Zalikal kitabu la royba fiyh, hudal lil muttaqiyn. Allazina yu'minuna bil g'oybi va yuqimunas solata va mimma rozaqnahum yunfiquun. Vallazina yu'minuna bima unzila ilayka va ma unzila min qoblika va bil axirotihum yuqinun.

Alif, lom, mim. (Haq ekanligiga) hech qanday shak-shubha ushbu Kitob g'oyibga ishonadigan, namozni to'kis ado etadigan va biz rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qiladigan taqvoli kishilar uchun rahbar-yo'lboshchidir. Ular sizga nozil qilingan va sizdan ilgari tushurilgan narsalarga iymon keltiradilar va oxirat kuniga aniq ishonadilar;
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 13:29:10
"Oyatal-kursiy" bilan:

Allohu la ilaha illa huval qoyyum, la ta 'huzuhu sinatuv vala navm, lahu ma fissamavati va ma fil arz, man zallazi yashfa'u 'indahu illa biiznih, ya'lamu ma bayna va ma xolfahum, va la yuhituna bishay'im min 'ilmihi illa bima shaa, vasi'a kursiyyuhus samavati val arz, va la yauduhu hifzuhuma va huval a'liyul a'ziym.

Allohdan o'zga hech qanday tangri yo'q. Faqat uning o'zi bordir. U tirik va abadiy turguvchidir. Uni mudroq ham, uyqu ham olmaydi. Samovot va yerdagi bor narsalar Uningdir. Uning huzurida hech kim (birovni) Uning iznisiz oqlay olmaydi. U ularning (barcha odamlarning) oldilaridagi va orqalaridagi bor narsani biladi. Va ular U Zotning ilmidan faqat O'zi istagan narsalarnigina biladilar. Uning arshi-kursisi osmonlar va yerni hifzu himoyatda saqlab turish qiynamaydi. U eng yuksak va buyukdir;
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 13:30:08
Baqara surasining oxiridagi 3 oyat bilan:

Lillahi ma fis samavati va ma fil arz va in tubdu ma fi anfusikum av tuhfuhu yuhasibkum bihillah, fa yag'firu limay yasha' u va yu'azzibu may yasha', vallohi 'ala kulli shay in qodiyr. Amanar rosuli bima unzila ilayhi mir robbihi val mu'minun, kullun amana billahi va malaikatihi va kutubihi va rusulihi la nufarriqu bayna ahadim mir rusulih va qolu sami'na va ato'na g'ufronaka robbana va ilaykal masiyr. La yukallifullohu nafsan illa vus'aha, laha ma kasabat va 'alayha maktasabat, robbana la tu'ahizna in nasiyna av axtona, robbana va la tahmil 'alayna isron kama hamaltahu 'alal lazina min qoblina robbana va la tuhammilna ma la toqota lana bih, va'fu 'anna, vag'firlana, varhamna, anta mavlana fansurna 'alal qovmil kafiriyn.

Samovot va yerdagi bor narsa Allohnikidir. Ichingizdagi narsani hoh oshkor qiling, hoh yashiring, Alloh sizlarni o'sha narsa bilan hisob-kitob qiladi va O'zi istagan kishini mag'firat qilib, O'zi istagan kishini azoblaydi. Alloh hamma narsaga qodirdir. Payg'ambar o'ziga Parvardigoridan nozilqilingan narsaga imon keltirdi va mo'minlar (ham imon keltirdilar). Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg'ambarlariga imon keltirgan har bir kishi (aytdi); "Uning payg'ambarlaridan biron kishini ajratib qo'ymaymiz". Va: "Eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro gunohlarimizni mag'firat qilishingni so'raymiz. Va faqat O'zingga qaytajakmiz", dedilar. Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. (Har kimning) qilgan (yaxshi) amali o'zi uchundir va (yomon) amali ham o'zining bo'ynigadir. Parvardigoro, agar unutgan yoki hato qilgan bo'lsak, bizni azobingga giriftor aylama! Parvardigoro, bizlarning zimmamizga bizdan ilgari o'tganlarning bo'yinlariga qo'ygan yukingni yuklama! Parvardigoro, bizlarni toqatimiz yetmaydigan narsaga zo'rlama! Bizlarni avf et, (gunohlarimizni) mag'firat qil, (holimizga) rahm ayla! O'zing hojamizsan! Bas, bu kofir qavm ustiga O'zing bizni g'olib qil!
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 13:32:02
Oli Imron surasining 18-oyati bilan:

Shahidallohu annahu la ilaha illa huva val malaikatu va ulul 'ilmi qoimam bil qist, la ilaha illa huval 'azizul hakiym.

Alloh, farishtalar va ilm ahllari adolat bilan hukm qilguvchi yolg'iz Allohdan o'zga hech qanday tangri yo'q, faqat Uning o'zi borligiga guvohlik berdilar. Hech qanday tangri yo'q, faqat uning o'zi bor. U qudratli, hikmat egasidir;
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 13:34:05
A'rof surasining 54-oyati bilan:

Inna robbakumullohullazi xolaqos samavati val arzo fi sittati ayyamin summastava 'alal 'arshi yug'shil laylannaharo yatlubuhu hasisav bash shamsa val qomaro van nujuma musaxxorotim biamrih, ala lahul xolqu val amr, tabarokallohu robbul 'alamiyn.

Albatta, Parvardigoringiz - Alloh shunday zotdirki, osmonlar va yerni 6 kunda yaratib, so'ngra o'z arshiga o'rnashdi. U kechani (qorong'ulikni) kunduzga o'rar (va kecha kunduzni) shoshilgan holda quvib yurar. U quyosh, oy va yulduzlarni O'z amriga bo'ysundirilgan holda (yaratdi). Ogoh bo'lingizkim, yaratish va buyurish faqat Unikidir. Barcha olamlar Parvardigori - Alloh buyukdir;
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 13:55:10
Mo'minun surasining oxirgi 3 oyati bilan:

Fata'alallohul malikul haqqu, la ilaha illa huva robbul 'arshil kariym. Va may yad'u ma'allohi ilahan axoro la burhana lahu bihi fainnama hisabuhu 'inda robbihi innahu la yuflihul kafirun. Va qurrobbig'fir varham va anta xoyrur rohimiyn.

Zotan Haq Podshoh - Alloh (biron ishni behuda qilishdan) yuksakdir. Hech qanday iloh yo'q, magar U - ulug' arsh sohibi bordir. Kim o'zi uchun hech qanday hujjat bo'lmagan holda Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilsa, bas, uning hisob-kitobi Parvardigorining huzurida bo'lur. Albatta, kofir bo'lgan kimsalar najot topmaslar. (Ey Muhammad), ayting: "Parvardigorim, O'zing (gunohlarimizni) mag'firat qilgin va (holimizga) rahm ayla. Sen O'zing rahm qilguvchilarning yaxshirog'idirsan";
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 13:56:36
Jin surasining 3-oyati bilan:

Va annahu ta'ala jaddu robbina mattaxoza sohibatav va la valada.

Albatta, buyukligi yuksak bo'lgan Parvardigorimiz biron juft yo farzand tutgan emasdir;

As-soffat surasining avvalgi 15 oyati bilan:

Vassofati soffa. Faz zajiroti zajro. Fat taliyati zikro. Inna ilahakum lavahid. Robbus samavati val arzi va ma baynahuma va robbul mashariq. Inna zayyannas sama'ad dunya biziynatinil kavakib. Va hifzom min kulli shaytonim marid. La yassamma'una ilal malail a'la va yuqzafuna min kulli janib. Duhurov va lahum 'azabuv vasib. Illa man xotifal xotfata fa atba'ahu shihabun saqib.

(Alloh yo'lida) saf tortib turadigan, (Allohning bandalarini gunoh yo'llaridan) mudom to'sadigan, (Allohning kalomini) doimo tilovat qiladigan (insonlar va farishtalardan iborat barcha) zotlarga qasamki, shak-shubhasiz sizning ilohingiz yagonadir. (U zot) osmonlar, yer va ularning o'rtasidagi bor narsalarning Parvardigoridir. (U zot) bor kunchiqar joylarning (va bor kunbotar joylarning) Parvardigoridir. Darhaqiqat, Biz eng yaqin osmonni yulduzlar bilan ziynatladik. Va (uni) har bir itoatsiz shaytondan - jindan saqladik. U (jin)lar eng yuksak mavjudotlarni (ya'ni, farishtalarning so'zlarini) hargiz eshita olmaslar va (ularni) haydash uchun ularga har tomondan (yulduzlar) otilur. Ular uchun (oxiratda) doimiy azob bordir. Magar biron marta (biron so'zni) ilib olgan kimsa (ya'ni, jin) bo'lsa, uni ham uchar yulduz quvib yetar (va halok etar);
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 13:58:02
Hashr surasining oxirgi 3 oyati bilan:

Huvallohullazi la ilaha illa huva 'alimul g'oybi vash shahadati, huvar rohmanur rohiym. Huvallohullazi la ilaha illa huval malikul quddusus salamul mu'minul muhayminul 'azizul jabbarul mutakabbir, subhanallohi 'amma yushrikuun. Huvallohul xoliqul bariul musovviru lahul asmaul husna, yusabbihu lahu ma fis samavati val arz va huval 'azizul hakiym.

U - Alloh shunday zotdirki, hech qanday iloh yo'q, faqat Uning O'zi bordir. (U) g'ayb va shahodatni (ya'ni, Yashirin va oshkora narsalarni) bilguvchidir. U mehribon va rahmlidir. U - Alloh, shunday zotdirki, hech qanday iloh yo'q, faqat Uning O'zi bordir. U (yolg'iz) podshohdir, (barcha ayb-nuqsonlardan) pokdir-salomatdir, (O'zi hohlagan bandalarini dunyo balo-ofatlari va oxirat azobidan) omon qilguvchi9dir, qudrat sohibidir, bo'ysundirguvchidir, (tanho) kibr egasidir. Allo0h ularning (mushriklarning) shirklaridan pokdir. U - Alloh yaratguvchidir, (yo'qdan) bor qiluvchidir, (barcha narsaga) surat-shakl berguvchidir, Uning go'zal ismlari bordir. Osmonlar va yerdagi bor narsa Unga tasbeh aytur. U qudrat va hikmat sohibidir;
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 13:59:04
Ixlos surasi bilan:

Qul huvallohu ahad. Allohus somad. Lam yalid. Va lam yulad. Va lam yakul lahu kufuvan ahad.

(Ey Muhammad), ayting: "œU — Alloh birdir. (Ya’ni, Uning hech qanday sherigi yo’qdir. U yakkayu yolg’izdir). Alloh (barcha hojatlar bilan) ko’zlanguvchidir (ya’ni, barcha hojatlar Undan so’raladi, ammo U hech kimga muhtoj emasdir). U tugmagan va tug’ilmagandir (ya’ni, Allohning o’g’il-qizi ham, ota-onasi ham yo’qdir. U azaliy va abadiy zotdir). Va hech kim U zotga teng emasdir";

Falaq surasi bilan:

Qul a’uzu birobbil falaq. Min sharri ma holaq. Va min sharri g’osiqin iza vaqob. Va min sharrin naffasati fil ‘uqod. Va min sharri hasidin iza hasad.

(ey Muhammad), ayting: "œMen tong Parvardigoridan (menga) O’zi yaratgan narsalarning yomonligidan, tugunlarga dam soluvchi (jodugar)larning yomonligidan va hasad qilayotgan hasadgo’yning yomonligidan panoh berishini so’rab iltijo qilurman";
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 14:01:01
Nos surasi bilan:
 
Qul a’uzu birobbin nas. Malikin nas. Ilahin nas. Min sharril vasvasil xonnas. Allazi yuvasvisu fi sudurin nas. Minal jinnati vannas.

(Ey Muhammad), ayting: "œMen barcha insonlarning Parvardigoridan, barcha insonlarning Podshohidan, barcha insonlarning Ilohidan (menga o’zi jin va insonlardan bo’lgan, insonlarning dillariga vasvasa soladigan, (qachon Allohning nomi zikr qilinganida) yashirinib oladigan vasvasachi (shayton)ning yomonligidan panoh berishini so’rab iltijo qilurman".

Shular bilan dam solganlaridan keyin haligi odam og’riqdan hech shikoyat qilmagan kishidek o’rnidan turib ketdi.
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 14:02:50
Uyqu paytida

Imom buxoriy Abu Hurayradan (r.a.) sadaqa qissasi haqidagi hadisning davomini quyidagicha rivoyat qiladilar: "Jin unga kelib dedi: "Agar to'shaginga yotsang, "Oyatul-kursiy"ni o'qi. Shunda Alloh tomonidan bo'lgan hofiz - saqlaguvchi sendan ajramaydi. Tong otguncha shayton yaqinlashmaydi".
Jinning bu gapini Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamga aytganida, u zot: "Garchi u yolg'onchi bo'lsa-da, senga rost so'zlabti", dedilar".

Imom Al-Mahomiliy "Favoid" kitoblarida Ibn Mas'uddan (r.a) ushbu rivoyatni keltiradi: Bir odam Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga dedi: "Yo Rasululloh, Alloh menga manfaat berishiga sababchi bo'ladigan biror narsa o'rgating". Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam unga: "Oyatal-kursiy"ni o'qi, chunki u senga, zurriyotingga, hovlingga, hatto atrofdagi hovlilarga muhofaza bo'ladi", dedilar.
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 14:03:46
Falaq va Nos suralaridan boshqa oyat va duolar bilan panoh tilashning makruhligi

Imom Abu Dovud, Nasoiy va Hokimlar Ibn Mas'uddan (r.a.) ushbu hadisi sharifni rivoyat qiladilar: "Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam Falaq va Nos suralaridan boshqasi bilan panoh tilashni yoqtirmas edilar".

Imom Termiziy va Nasoiylar Abu Saiddan (r.a.) quyidagi hadisi sharifni keltirishgan: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jinlardan va odamlarning ko'zidan panoh tilardilar. Falaq va Nos suralari nozil bo'lgach, ulardan boshqasini tark qildilar".
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 14:05:07
Falaq va Nos suralarida panoh tilash mavjud. "O'zi yaratgan narsalarning yomonligidan" panoh tilash, deganda jism va ruhlarda yomonliklardan panoh tilash tushuniladi. "Zulmatga cho'mgan kechaning yomonligidan" panoh tilashda kunduz nuridan cho'chib, tun zulmatida harakatga keladigan xabis ruhlar sharridan omonlik so'rash bor. "Tugunlarga dam soluvchilarning yomonligidan" panoh tilashda sehrgarlar va ularning yomonligidan omonlik so'raladi. "Hasad qilayotgan hasadgo'yning yomonligidan" panoh so'rashda esa, hasad va qarashi bilan ozor berguvchi habis nafslar yomonligidan panoh istash mavjud.
Ikkinchi sura esa, ins va jin shaytonlarining sharridan panoh tilashni o'z ichiga olgan. Bu ikki surada oldindan yomonliklardan saqlanish va qo'rg'onlanish uchun buyuk manfaatlar bor. Shuning uchun Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam Uqba ibn Omirga har namoz ortidan ushbu suralarni o'qishni tavsiya qilganlar. Buni imom Termiziy zikr qilganlar. Bu tavsiya namozdan namozgacha bo'lgan vaqt mobaynida yomonlik va nohushliklardan himoyalanish sirrini ochadi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam boshqa bir hadisda "Panoh tilaguvchi bu 2 suradek qilib panoh tilay olmaydi", deganlar. Naql qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 11 tugun bilan sehrlanganlarida Jabroil alayhissalom ushbu 2 surani olib tushadilar. Bulardan har bir oyatni o'qiganlarida bittadan tugun yechilib boraveradi va batamom xalos bo'ladilar. "Sahihayn"da keltirilishicha Oisha (r.a.): "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to'shaklariga yotgan paytlarida, 2 kaftlariga Ixlos, Falaq va Nos suralarini o'qib, suflab, so'ng ular bilan yuzlarini, tanalaridan qo'llari yetgan joylarini mash qilardilar", deganlar.
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 14:06:19
Ifritning fitnasi

Imom Ad-Daynuriy "Al-Mujolasa" kitobida Hasandan quyidagicha rivoyat qiladi: Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Jabroil (a.s.) kelib: "Jinlardan kuchlisi senga fitna qiladi. Agar to'shaginga yotsang "Oyatul-kursiy"ni o'qigin", dedilar".

G'amginlikda

"Firdavs"da Abu Qatodadan quyidagi hadis rivoyat qilingan:
"G'amga botganda kim "Oyatul-kursiy"ni o'qisa, Alloh unga yordam beradi".
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 14:07:34
Ikki shifo oyat

Imom Daylamiy Abu Hurayradan (r.a.) ushbu hadisni rivoyat qiladi: "Qur'onda ikki oyat bor. Ular shifodir, Alloh sevadigan oyatlardandir". Ular Baqara surasining oxirgi ikki oyatidir.
Izoh: Qurbat (Allohga yaqinlik) lazzatini tatib ko'rgan zotlar aytadilar: "Alloh subhanahu va taolo dardga shifo qilib, Qur'oni karimdan ko'ra umumiyroq, foydaliroq, ulug'roq va ta'sirliroq malham tushirmagan. U kitob dardga davo, qalb zangiga jilo (ketkazuvchi)dir. Alloh taolo marhamat qilib aytadi: "Biz mo'minlar uchun shifo va rahmat bo'lgan Qur'on oyatlarini nozil qilurmiz" (Al-Isro, 82-oyat).
Imom Ibn Kasir tafsirida ushbu ikki oyatning fazilati haqida 10 ta hadisi sharif zikr qilingan. Ulardan biri Imom Buxoriy rivoyat qilgan quyidagi hadisdir: "Kim kechasi Baqara surasining oxirgi ikki oyatini o'qisa, ular o'sha kechaga kifoya qiladi".
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 14:08:35
Qarzdorning qarzdan qutulishi uchun

Imom Tabaroniy Maozdan (r.a.) bunday rivoyat qiladi: "Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam u kishiga aytdilar: "Agar Subayr (Makka yaqinidagi tog') chalik qarzing bo'lsa ham, Alloh qutulishinga yordam beradigan duoni o'rgataymi?" U Oli Imron surasidagi:

Qulillahumma malikal mulki tutil mulka man tashau va tanzi'ul mulka mimman tashau va tu'izzu man tashau va tuzillu man tasha, biyadikal xoyr, innaka 'ala kulli shayin qodiyr. Tulijul layla fin nahari va tulijun naharo fil layli va tuxrijul mayyita minal hayyi, va tarzuqu man tashau big'oyri hisob.

Ayting: "Ey mulku davlat egasi bo'lgan Allohim, sen istagan kishingga mulk ato qilursan va istagan kishingdan bu mulkni tortib olursan, istagan kishingni aziz qilursan va istagan kishingni xor etursan. Bor yaxshilik yolg'iz Sening qo'lingdadir. Albatta, Sen barcha narsaga qodirsan. Kechani kunduzga kiritursan va kunduzni kechaga kiritursan, o'likdan tirikni chiqarursan va tirikdan o'likni chiqarursan hamda istagan kishingga behisob rizq berursan", degan oyatlarni o'qib, "Dunyo va oxiratning Rahmoni va Rahimi, ularni hohlaganinga berasan, hohlaganingdan to'sasan, menga O'zingdan boshqaning rahmidan behojat qiladigan rahmat ila rahm ayla!", degin".
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 14:09:34
Ulov sarkashlik qilgan paytda

Imom Bayhaqiy "Ad-Da'vat" kitobida Ibn Abbosdan (r.a.) quyidagi hadisi sharifni rivoyat qiladi: Agar birortangizning ulovi qaysarlik yoki terslik qilsa, uning qulog'iga mana bu oyatni o'qisin:

Afag'oyro diynillahi yabg'una valahu aslama man fis samavati val arzi tov'av va karhav va ilayhi yurja'un.

Allohning dinidan o'zga din istaydilarmi?! Axir osmonlaru yerdagi barcha jonzot istasa-istamasa, Unga bo'ysunib turibdi-ku! O'shalar (ya'ni, Allohning diniga itoat qilishni hohlamayotganlar) ham faqat Uning o'ziga qaytariladilar-ku! (Oli Imron, 83-oyat).
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 14:10:48
Bemorga davo

Imom Bayhaqiy "Ash-Shuayb" nomli kitobida Alidan (r.a.) quyidagi naqlni rivoyat qiladilar:
"An'om surasi o'qilgan bemorga Alloh shifo beradi".

To'lg'oqni yengillashtirish uchun

Imom Ibn Sunniy Fotimadan (r.a.) rivoyat qilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning tug'ishi yaqinlashganda Ummu Salama va Zaynab binti Jahshlarni (r.a.) qizlarining oldiga yuborib, unga: "Oyatul-kursiy" va ikki "Qul a'uzu"ni o'qib panoh tilamoqlikka buyurgan ekanlar.
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 14:11:35
Chayon chaqishiga davo

Imom Tabaroniy Alidan (r.a.) ushbu hadisi sharifni rivoyat qiladilar:
"Payg'ambarni sollallohu alayhi vasallam chayon chaqdi. Suv va tuz olib kelishni buyurdilar va ularni chaqqan joyga surtib, Kafirun, Falaq, Nos suralarini o'qidilar".
Izoh: Ibn Qoyyim al-Javziya aytadilar: Ibn Abu Shayba Abdulloh ibn Mas'uddan ushbu hadisi sharifni rivoyat qilgan:
"Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam namoz o'qiyotgan edilar, sajdada turgan paytlarida barmoqlarini chayon chaqib oldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam burilib: "Chayonga Allohning la'nati bo'lsin, na payg'ambarni (tinch) qo'yadi va na boshqani", dedilar. So'ng suv va tuz olib kelishni buyurdilar va ularni chaqqan joyga qo'ydilar hamda Falaq, Nos va Ixlos suralarini o'qidilar. Og'riq to'xtadi".
Bu hadisni imom Bayhaqiy ham rivoyat qilganlar. Ushbu hadisi sharifdagi muolaja 2 xil, ya'ni tabiiy va ilohiy muolajalardan iboratdir.
Tuz juda ko'p zaharlarga, hususan, chayon chaqishiga naf bo'lishi o'z isbotini topgan. Bunga "Al-Qonun" ning muallifi ham ishora qilgan: "Tuz paxta urug'i (chigit) bilan birga chayon chaqqan joyga bog'lanadi", degan.
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 14:12:17
Ga'm-tashvishga tushganda

Imon Hokim va boshqalar Abu Hurayradan roziyallohu anhu ushbu hadisni rivoyat qiladilar: "Bir ish meni g'amga solganda Jabroil alayhissalom ko'rinib: "Ey Muhammad: "Tavakkaltu 'alal hayyillazi la yamut", deng va quyidagi oyatni o'qing:
"Va qulilhamdulillahillazi lam yattaxiz valadav va lam yakuluhu sharikun fil mulki va lam yakullahu valiyyum minazzulli va kabbirhu takbiro". (Isro, 111-oyat).
(Hamdu sano bola-chaqa qilmagan, podshohlik-ilohlikda tengi yo'q, xor-zorlikdan (qutqarguvchi) do'sti - yordamchisi bo'lmagan (ya'ni hech kimga xor-muhtoj bo'lmaydigan) zot - Alloh uchundir" deb ayting va U zotni mudom ulug'lang!), dedilar".
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 14:13:02
O’g’irlikdan saqlanish

Sobuniy Ibn Abbosdan roziyallohu anhu o’g’irlikdan saqlanish uchun quyidagi oyat o’qilishi lozimligini naql qiladi:
Kulid’ulloha avid’urrohmana ayyamma tad’u falahul asma’ul husna vala tajhar bisolatika va la tuxofit biha vabtag’i bayna zalika sabila. Va qulil hamdulillahillazi lam yattaxiz valadav va lam yakunlahu sharikun fil mulki va lam yakunlahu valiyyum minazzulli va kabbirhu takbiro". (Isro, 110-111-oyatlar).

(Ey Muhammad), ayting: "œAlloh, deb chorlangiz yoki Rahmon — Mehribon, deb chorlangiz. Qanday chorlasangizlar-da (joizdir). Zero, U zotning go’zal ismlari border". (Ey Muhammad), siz namozingizni juda jahriy (baland ovozda, oshkora) ham qilib yubormang (toki, mushriklar eshitib, Qur’onni haqorat qilmasinlar) va o’ta maxfiy ham qilib yubormang (toki, suhbatlaringiz tinglab-foydalansinlar). Shularning (ya’ni, jahriylik bilan mahfiylik) o’rtasidagi yo’lni tuting! "œHamdu sano bola-chaqa qilmagan, podshohlik-ilohlikda sherigi yo’q, xor-zorlikdan (qutqarguvchi) do’sti — yordamchisi bo’lmagan (ya’ni, hech kimga xor-muhtoj bo’lmaydigan) zot — Alloh uchundir", deb ayting va U zotni mudom ulug’lang! 
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 14:14:00
Ofatlardan qo’rg’on

Imom Bayhaqiy "œAd-Da’vat" nomli kitobida Anasdan roziyallohu anhu quyidagi hadisi sharifni rivoyat qiladi: "œBanda Alloh taolo bergan ahlu ayol, mol va farzanddan iborat ne’matga:

Mahsaallohu la quvvata illa billah.

Alloh hohlagan narsagina (bo’lur), bor kuch-quvvat yolg’iz Alloh bilandir, desa, o’limdan boshqa hech qanday ofat ko’rmaydi.

Izoh: Bu hadisi sharif Qahf surasining 39-oyatidagi:
"œSen bog’ingga kirgan paytingda "œAlloh hohlagn narsagina (bo’lur), bor kuch-quvvat yolg’iz Alloh bilandir", desang edi!" deya solih bir kishining kufroni ne’mat etgan kishiga qilgan tavsiyasiga mos keladi.
Shuning uchun Imom Ibn Kasir ushbu oyati karima tafsirida shu ma’noga ishora qilib deydilar: Salafi solihlardan ba’zilari: "œKimni holi, moli va farzandlari mahliyo qilib qo’ysa: "œMashaallohu la quvvat illa billah", desin", deyishgan.
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 14:15:01
Mustajob duo

Imom Termiziy va imon Hokim Sa'd ibn Abu Vaqqosdan roziyallohu anhu ushbu hadisi sharifni rivoyat qiladilar: "Zun-Nunning (Yunus alayhissalom) baliqning qornida ekanliklarida qilgan duolarini o'qigan kimsaga ijobat etiladi:

"La ilaha illa anta subhanaka inni kuntu minaz zolimiyn". (Anbiyo, 87-oyat).

Hech iloh yo'q, magar O'zing bordirsan, ey pok Parvardigor, darhaqiqat men (o'z jonimga) jabr qilguvchilardan bo'lib qoldim.

Yana bir rivoyatda: "Men bir kalimani bilamanki, uni kim o'qisa, Alloh taolo uning har qanday g'amini aritadi. Bu kalima - birodarim Yunusning kalimasidir", deyilgan.
Bu hadisni ko'pchilik muhaddislar rivoyat qilishgan. Imom Hokim sahih degan.
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 14:16:00
Mayyitga yengil bo'lishi uchun

Daylamiy, Abush-Shayx va Ibn Habbonlar rahmatullohi alayhim Abu Zarrdan roziyallohu anhu ushbu hadisni rivoyat qilishgan:
"Vafot etgan har qanday mayyit bo'lsin, uning oldida Yosin surasi o'qilsa, unga, albatta, yengil qilinadi".

Jinnilikka davo

Ibn Zurays ibn Jubayrning roziyallohu anhu majnun odamga Yosin surasini o'qiganlarini va u sog'ayib ketganini rivoyat qilgan.
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 14:17:01
Yana bir shifo

Imom Bayhaqiy va Ibn Sunniylar Ibn Mas'uddan roziyallohu anhu u kishi xastaning qulog'iga qiroat qilganida tuzalib ketganini, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam: "Qulog'iga nima o'qiding?" deb so'raganlarida bunday javob berganini rivoyat qilishgan:

"Afahasibtum annama xolaqnakum 'abasav va annakum ilayni la turja'un. Fata'alallohul malikul haqq, la ilaha illa huva robbul 'arshil kariym. Va may yad'u ma'allohi ilahan axoro la burhana lahu bihi fainnama hisabuhu 'inda robbihi innahu la yuflihul kafiruun. Va qur robbig'fir varham va anta xoyrur rohimiyn". (Mo'minmlar surasi, 115-118 oyatlar).

"Yoki sizlar gumoningizcha Biz sizlarni (ya'ni dunyoda sizlarga biron vazifa bermaydigan, oxiratda hisob-kitob qilmaydigan holda) yaratdigu, sizlar Bizning huzurimizga qaytarilmaysizlarmi?!" (Undoq emas)! Zotan Haq Podshoh - Alloh (biron ishni behuda qilishdan) yuksakdir. Hech qanday iloh yo'q, magar U - ulug' arsh sohibi bordir. Kim o'zi uchun hech qanday hujjat bo'lmagan holda Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilsa, bas, uning hisob-kitobi Parvardigorining huzurida bo'lur. Albatta, kofir bo'lgan kimsalar najot topmaslar. (Ey Muhammad), ayting: "Parvardigorim, O'zing (gunohlarimizni) mag'firat qilgin va (holimizga) arhm ayla. Sen O'zing rahm qiluvchilarning yaxshirog'idirsan". (Mo'minmlar surasi, 115-118 oyatlar) ni o'qidim, dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Agar shuni mo'min kishi ishongan holda toqqa o'qisa, tog' o'rnidan jiladi", dedilar.
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 14:18:06
Mahzunlikni aritish va qalbni sevinchga to'ldirish

Ibn Zurays Yahyo ibn Abu Kasirdan quyidagi naqlni keltirdi: "Kim subh paytida Yosinni o'qisa, to kech kirguncha, kech kirganda o'qisa, to tong otguncha undan sevinch arimaydi. Buni tajriba qilganlar aytishgan".
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bomdod namozlarida bu surani o'qiganlari bizga kifoya qiladi. Jobir ibn Samuradan rivoyat qilingan sahih hadisda aytilishicha: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Uni (Yosinni) har bir insonning qalbida bo'lishini hohlayman", deganlar.

Кеча-кундуз мухофазаси

Имом Термизий Абу Хурайрадан розисллоху анху ушбу хадисни ривост киладилар.
«Кимки кеч кирганда Духон сурасининг хаммасини, Гофир сурасини «"¦илайхил масийр»гача ва «Остул-курсий»ни укиса, то тонг отгунча улар сабабидан мухофазада булади. Субх пайтида укиганда сса, кеч киргунча мухофазада булади».
Имом Дорамий сса, «Актирмаган нарсасига йуликмайди», шаклида ривост килган.

Bu xil ma'nodagi hadisi shariflar talaygina.
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 14:19:07
Vasvasaga davo

Imom Abu Dovud Ibn Abbosdan roziyallohu anhu rivoyat qildilar:
"œO’zingda biror narsa, ya’ni vasvasa topsang, shunday degin:

Huval avvalu val axiru vazzohiru val batinu va huva bikulli shay’in ‘aliym. (Hadid, 3-oyat).

Avval ham, oxir ham, zohir ham, botin ham Uning O’zidir. U barcha narsani bilguvchidir.
Nom: Re: Qur'on Shifo
Yuborildi: Munavvara 08 Mart 2009, 14:20:28
Kambag'allikdan omonlik

Imom Bayhaqiy Horis ibn Abu Ubaydulloh ibn Mas'udlardan roziyallohu anhum ushbu rivoyatni keltirishadi:
"Kimki Voqe'a surasini har kecha o'qisa, hech qachon kambag'al bo'lmaydi".
Izoh: Ibn Asokir Hajjoj ibn Nasirdan, Usmon ibn Abul Yamon esa, Abu Fotimadan quyidagi naqlni rivoyat qilishadi:
"Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhu hastalandilar. Usmon ibn Affon roziyallohu anhu u kishini ko'rgani bordilar va :"Nimadan shikoyat qilasiz?" deb so'radilar. Abdulloh ibn Mas'ud: "Gunohlarimdan!" deya javob qildilar. Keyin o'rtada quyidagicha savol-javob bo'lib o'tdi:
"Nimani orzu qilasiz?" "Parvardigorimning rahmatini".
"Sizga tabib buyuraymi?"
"Meni kasal qilgan tabibning o'zidir."
"Sizga nafaqa buyuraymi?"
"Unga ehtiyojim yo'q".
"O'zingizdan keyin qoladigan qizlaringizga kerak bo'ladi!"
"Qizlarimning faqir bo'lib qolishidan qo'rqasizmi? Men qizlarimga har kecha Voqe'a sursini o'qimoqni buyurdim. Rasululloh sallollohu alayhi wasallamdan eshitganmanki, u zot: "Kim Woqe'a surasini har kecha o'qisa, u hech qachon kambag'al bo'lmaydi", deganlar".

forum.islom.uzdan olindi.