forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar => Mavzu boshlandi: Chustiy 10 Mart 2009, 15:26:03

Nom: Daraht ekish tadbiri - 2009
Yuborildi: Chustiy 10 Mart 2009, 15:26:03
 :bs2:


Iqtibos
Assalamu alaykum

Kunlar issib, bahor mavsumi boshlanganligi munosabati bilan UzIslam.Com mutasaddilari har yilgi an'anaga sodiq qolgan holda bu yilgi "Daraxt ekish tadbiri"ni e'lon qiladi.

Ushbu xayrli tadbirda ishtirok etmoqchi bo'lgan do'stlarimizni kelayotgan yakshanba kuni (15 Mart) bizlar bilan birga bo'lishlarini hamda yurtimiz ko'rkiga ko'rk qo'shish, uni obodonlashtirish va ko'kalamlashtirish sayyi-harakatiga qo'shilishlarini so'raymiz.

Bu tadbirda shaxsan ishtirok eta olmaydigan, ammo ushbu savobli ishga qo'l urmoqchi bo'lgan va o'zidan keyin sadaqai joriya bo'p qolishni istagan do'stlarimizga ham imkoniyatlar mavjud. Kimki juz'iy sabablarga ko'ra tadbirda ishtirok eta olmasa, bor-yo'gi 1800 (bir ming sakkiz yuz) so'm miqdorida pul o'tkazmasi orqali o'z nomidan bittta nihol ektirishi mumkin. Buning uchun siz PayNet (http://paynet.uz/), UniPay (http://unipay.uz/), OSMP (http://osmp.uz/) yoxud shunga o'xshash pul o'tkazish hizmatidan foydalangan holda (+99897) 411-21-10 raqamiga 1800 so'm o'tkazishingiz lozim. Pul kelib tushgach, uni jo'natgan inson nomiga bitta daraxt ko'chati ekiladi.

Qo'shimcha ma'lumot, mulohaza va savollar uchun info @ uzislam.com elektron qutisiga maktub yo'llashingiz yoki Forumda (http://www.uzislam.com/Forums/viewtopic/t=631.html) yozish orqali murojaat etishingiz mumkin.

    * 2008 yilgi tadbir: www.uzislam.com/News/a...d=310.html

    * 2007 yilgi tadbir: www.uzislam.com/News/a...id=27.html

    * 2006 yilgi tadbir: www.uzislam.com/eski-f...pic=1367.0

    * 2005 yilgi tadbir: www.uzislam.com/eski-f...opic=657.0

E'lon doyimiy manzili http://www.uzislam.com/News/article/sid=556.html