forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 03:50:34

Nom: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 03:50:34
Assalamu alaykum! Bu mavzu asosan bolajonlarga atalgan. Agar bolalarga yoshlikdan e'tibor berib borilsa InshaAlloh avlodlarimizning kelajagi albatda porloq bo'ladi. Bu mavzuda bolajonlar qiziqarli hikoyalar, rivoyatlar, hadislar, sherlarni o'qishlari va o'zlari uchun kerakli xulosalar chiqarib olishlari mumkin. Nafaqat bolajonlar katta yoshdagilar o'qisa ham bo'ladi. Chunki har bitta hikoyada hikmat bor. Katta yoshdagilar bularni o'qib bolajonlarga yaxshilab tushuntirib berishsa nur ustiga a'lo nur bo'ladi. Xullas bu mavzu juda ham qiziq va ibratli bo'ladi INSHAALLOH!

“Bolani  toza Islom fitratida o'stirishi uchun ilk tadbir uni halol luqma bilan taomlantirmoqdir”.


Imomi G'azzoliy 
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 03:50:53
"Bolaning yoshi o'ngga yaqinlashganda, nomahram ayollar yonida o'tirish mumkin emasligini anglat."

Saddi Sheroziy  
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 03:51:14
"Bolalarning uyatchan bo'lishi, ularning kelajakda yahshi fe'l-atvor sohibi bo'lishidan hushhabardir".

Imom G'azolliy.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 03:51:36
"Bolani kichkinaligida bilim ber, yahshi ishlari uchun mukofot ber, yomonlarini yomonligini tushuntir".

Saadi Sheroziy
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 03:51:58
"Farzandlaringizga tilini tiyishni o'rgating. Gaplashishni o'zi ham o'rganib oladi".
 
Benjamin Franklin. 

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 03:52:19
Farzand tarbiyasida aqlingizni ishlating (o'git bering), foyda bermasa qalbingizni ishlating (duo qiling), u ham foyda bermasa qo'lingizni ishlating.
Farzandini birovning yonida kamsitgan va jazolagan ota, uni isyonchi va sevgidan mahrum qilib o'stiribdi.
Farzand guyo oq qog'ozga o'hshar. Uni yahshi yozuvlar bilan to'ldirish esa ota-ona va ustozning vazifasidir.
Farzand ta'minoti otadan, tarbiyasi esa onadan kutiladi.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 04:00:27
Bolalar uchun harflarni bo'yash mashqi.

Bunday shaklda yozilgan yozuvlarni ko'rganmisiz?
Bu yerda Ya Rahim deb yozilgan.
Bo'yay olasizmi?


(http://rasm.sb.uz/pics1/8568aee43443d79dcef9e2181c5993e9.gif)

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 04:02:06
Bu rasmni nima tasvirlangan deb o'ylaysiz?

Arabchada yozilgan "Ashhadu 'anna la ilaha illa Alloh"ni topib bo'yay olasizmi ?
Bir harakat qilib ko'ringchi.


(http://rasm.sb.uz/pics1/157ce2607015acedb5645f4fa0f9db5e.gif)
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 04:03:44
Biror bir ishni rejalashtirgandan keyin siz nima deysiz?
Arabchada yozilganini bo'yay olasizmi?
Bir harakat qilib ko'ringchi.


(http://rasm.sb.uz/pics1/dc1a1d52c08cc7856bfaf6e232aac536.jpg)
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 04:05:08
Aksirganda, hursand bo’lganda qaysi so’zni ishlatasiz?
Arabchada yozilgan bo'lsa bu so'zni bo'yay olasizmi ?
Chop etib, bir harakat qilib ko'ringchi.


(http://rasm.sb.uz/pics1/096a3afa0d412a2bdc9539284ab4ff10.jpg)
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 04:17:17
Namoz dinning tayanchidir. Payg’ambarimiz s.a.v. farzandlarimizga 7 yoshdan namoz o’qitishni buyurganlar.
Quyidagi jadvalni yuklab olib, bosmadan chiqaring hamda har bir o’qilgan namozi uchun farzandingizni bitta yopishtirgich(nakleyka) bilan siylang va mos katakchaga yopishtiringlar. Jadvalni har bir oy uchun chiqaring hamda har oyning ohirida yopishtirgichlarni sanab, musobaqa shaklida qilsangiz ham bo’ladi. 
 

(http://rasm.sb.uz/pics1/c9b2ce5320b3918d24eb1281a6d70cfa.jpg)

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 04:24:36
Odam ato va Momo Havo

Juda qadim zamonlarda hozir biz yashab turgan yer yuzida hech kim yashamas edi.
Alloh taolo, Meni tanib ibodat qilsinlar va yer yuzida imorot qurib, ekinlar eksinlar, deb insonlarni yaratmoqchi bo'ldi.
Alloh maloikalarga:
-Yerda o'zimga bir halifa yarataman,- dedi
Maloikalar:
- Yo Robbiy, u yerda buzg'unchilik qilib, qon to'kadigan kishilarni yaratasanmi? Biz senga shaningni ulug'lab, ibodat qilyapmiz-ku,-deyishdi.
Alloh shunday marhamat etdi:
-Men siz bilmagan narsalarni bilaman.
Maloikalar jim bo'lib qolishdi va bir-birlariga qarab:
-Shubhasiz, Robbimiz har narsani bilguvchidir va foydasiz hech bir narsani yatarmaydi,-deyishdi.
Keyin Alloh ularga:
- Ey maloikalarim! Men insonni tuproqdan yaratib, shakl beib, O'z ruhimdan jon kiritganimda hammangiz unga sajda qilsiz,-dedi.
Maloikalar:
-Ey buyuk Robbimiz, amringga bo'ysunib, Senga itoat qilamiz,-deyishdi.
Alohning bu amri faqat SHaytonga ma'qul bo'lmadi. Shayton o'ziga bino qo'ygan, Alloh bandalari ichida o'zini hammadan ustun deb bilar edi.
Nihoyat Alloh Odam mayg'ambarni yaratib, unga o'z ruhidan jon ato etdi. Maloikalar shu zahoti Odam Atoga sajda qilishdi. Shayton esa g'ururlanib, isyon etdi, Odamga sajda qiliushdan bosh tortdi va Allohning buyrug'iga qarshi chiqdi.
Alloh isyonkor Shaytonda so'radi:
-Nega amrimga bo'ysunmading? Seni sajda qilishdan nima qaytardi?
Shayton:
- Meni olovdan, uni bo'lsa loydan yaratding. Men undan ustunroqman,-deb javob berdi.
Bu ishi uchun Alloh g'azab qildi, Shaytonni jannatdan quvib:
- Tush jannatdan, yo'qol! Sen endi la'natga duchor bo'lding,-dedi,
Alloh taoloning g'azabiga uchrab jannatdan quvilgan shayton nima qilishini bilmay olgan edi.
Keyin shunday dedi:
-Ey Robbim! Meni Odam Ato tufayli jannatdan mahmm etdingt. Endi men ham uni va zurriyotlarini tog'ri yo'ldan adshtirib, ularga yomonlik qilaman. Ularni axloqsizlik va tarbiyasizlikka o'rgataman.
Alloh taolo marhamat qilib dedi:
-Ey jannatimdan quvilib, rahmatimdan uzoqlashtirilgan shayton, men tuproqdan yaratganim Odam Ato va zurriyotlariga aql berdim. Ular aqllari bilan yaxshini yomondan ajratib, senga quloq solmaydilar. Ular ichida senga ergashganlar esa, qilmishlariga o'zlari javobgardirlar, ularni jazolab do'zoxga tashlayman. Ammo shuni bilginki, aqlli va yaxshi bandalarini to'g'ri yo'ldan aslo adashtira olmaysan. Senga qiyomat kunigacha muhlat beraan.
Har narsani yaxshi bilgan Ulug' Alloh Odam Atoning maloikalardan ko'ra biimli ekanini va inson Alloh nazdida ustun bir mavjudot ekanligini ko'rsatishga ixtiyor qildi. Ularning oldiga turli hayvob va qushlarni chiqarib:
- Ey maloikalarim! Sen har narsani yaxshiroq bilguvchisan. Biz Sen o'rgatganlardan boshqa narsani bilmaymiz,- deyishdi.
Shu payt Alloh taolo Odam Atoga qarab:
- Ey Odam! Bularning otlarini maloikalarga aytib ber,-dedi.
Odam Ato hayvon va qushlarning otlarini birma-bir sanab o'tgach, Alloh taolo shunday dedi:
-ey maloikalarim, ko'rdingizmi? Men sizga, osmonlarda va yerda yashirin va chiq nima bo'lsa bilaman, siz oshkor qilgan va yashirgan narsalarni ham bilaman, demaganmidim?
Keyin Alloh taolo Odamni jannatga kirgizdi. Odam Ato u yerda bir o'zi yashar, jannat mevalarida tanovul qilib, suvlaridan ichar edi. Lekin suhbat qurish uchun o'z jinsidan biron kishini topa olma edi. Buni yaxshi bilgan Alloh taolo unga rahm qilib, birga yashashsin degan maqsadda o'z jinsidan bir hamroh yaratishni ixtiyor etdi.
Bir kuni Odam Ato uxlab, keyin uyqudan uyg'ondi. Ko'zini ochib yonida avval hech ham uchratmagani bir ayol o'tirganini ko'rdi. Hayron bo'lib so'radi:
-Sen kimsan? Isming nima?
Ayol javob berdi:
- Men bir ayolman. Lein ismimni bilmayman.
Odam Ato unga sevinch va hayrat aralash qarab chiqdi.
Ayol jonli ekanini va harakat qilayotganini ko'rib hayajondan hayqirib:
- Sen Havosan,- dedi.
Shu payt maloikalar kelib, Odamning bilimini sinash uchun undan hamrohining kimligini so'rashdi:
- Ey Odam, ayr-chi, uning ismi nima?
- Uning oti Havo,- deb javob berdi Odam Ato.
Endi Odam Ato va Momo Havo jannatda birgalikda huzur-halovat ichida yashay boshlashdi. Istagan noz-ne'matlari muhayyo edi. Qo'rquv va tashvish nimaligini bilishmasdi.
Bir safar Alloh taolo odamga shunday dedi:
- Ey Odma! Hamrohing bilan jannatda omon va salomat ichida yashanglar. Istaganingizni yeb-ichig, ammo mana bu daraxtga yaqinlashmanglar, aks holda zolimlardan bo'lib qolasizlar.
Alloh ularga barcha daraxtlardagi mevalardan tanozul qilishga ruxsat berib, faqat bir daraxtga yaqinlashishni man etgan edi. Alloh taolo insonning nafsiga hokim bo'lishi va irodasini mustahkamlashi uchun shunday qilgan edi. Odam Ato va Momo Havo Ulug' Allohning amriga itoat qilin, jannatda baxtiyor yashay boshladilar.
Alloh taolo ularni shaytonning hiylasiga uchmaslik va aldanib qolmasliklari uchun ogohlantirdi:
-Ey Odam! Darxaqiqat, shayton sening va hamrohingni dushanidir. Ehtiyoe bo'ling, u sizlarni jannatdan chiqarmasin, aks holda badbaxtlardan bo'lib qolasiz.
Odam Ato va Momo Havo jannatda huzur va halovatda yashab turganii ko'rgan shayton har xil hiylalar o'ylab topib, ularni to'g'ri yo'ldan adshtirmoqchi bo'lardi.
Bir payt ularning yoniga suqulib, shivirlab dedi:
- Ey Odam, senga mangulik daraxtini va abadiy davom etuvchi saltanatni ko'rsataymi?
Odam Ato shaytonga qarab:
- Nima ekan u? Qani ko'rsat, - dedi.
Shayton unga barmog'i bilan Alloh taqiqlagan daraxtni ko'rsatdi. Odam Ato unga ishonmadi va yonidan haydab yubordi. Ammo shayton yana boshqa tomondan ularga yaqinlashib shivirlardi:
- Robbingiz bu daraxtni nima uchun taqiqlaganini bilasizmi? Agar uning mevasidan yesangiz, maloika bo'lasiz, yoki jannatda abadiy qolasiz. Alloh sizning bu yerda qolmasligingiz uchun buni taqiqladi. Qani, yeb ko'ringlar mevadan.
Odam Ato shaytonga quloq osmay, undan uzoqlashdi. Shayton esa yana orqasidan kelib, Alloh nomi bilan qasam ichib, shunday dedi:
- Menga ishoning, darhaqiqat, men sizga go'zal bir nasihat beryapman.
Odam Ato va Momo Havo iblisning Allhga qasam keltirganini ko'rib, o'zlaricha o'ylay boshlashdi:
- Birov yolg'on gap uchun Alohga qasam keltirmaydi. htimol tog'ri aytayotgandir.
Keyin borib Alloh taqiqlab qo'ygan daraxtning mevasidan yeyishga boshladilar.
Meva ichlariga tushishi bilan birdaniga yalang'och bo'lib qolishdi. Bir-birlaridan uyalib ketib, daraxt barglari bilan badanlarini bekita boshlashdi. Ular nima qilishni bilmay qolgan edilar. Allohdan iyzo chekib, uyatli bo'lib, uzoqlarga qochdilar. Chunki, Alloh taolo ularni ko'rib turar, taqiqlagan mevadan yeb, isyonga kelganlarini yaxshi bilar edi.
Alloh, qochib ketayotgan Odamga qarata:
- Ey Odam! Mendan qochayapsanmi> - dedi.
Odam Ato:
- Yo'q, ey Robbiy. Sendan aslo qocha olmayman. Ammo qilmishim uchun sendan uyalmoqdaman, - deb javob berdi.
Alloh marhamat qilib dedi:
- Men sizga u daraxtni taqiqlab qo'ymaganmidim? Shayton sizga ochiq dushman ekanligini aytmaganmidim?
Nega amrimga qarshi keldingiz?
ODdam Ato va Momo Havo:
- Yo Robbiy, bizni mag'firat qil, gunohimizni kechir,
Bizni avf et, yo Robbiy, - deyishdi.
Ulug' Alloh ulartga marhamat qildi:
- Men sizga amr berdim, buyurdim, siz esa, buyrug'imga qarshi ish qildingiz,- dedi. Odam Ato va Momo havo yana yolvorib:
- Ey Robbimiz! O'zimizga zulm qildik, agar bizni avf etib, gunohimizdan kechmasang, shubhasiz, katta ziyonga uchraganlardan bo'lib qolamiz, - deyishdi.
Ulug' Alloh Odam Atoga xitoban:
- Senga eng buyuk ne'matni, jannatni berdim. Istagan har narsangni muhayyo qildim. Bu ehsonlarim kamlik qildimi, u daraxtga yaqinlashding? - dedi.
Odam Ato:
- Izzatingga qasamki, birov sening pok nomingni o'rtaga qo'yib qolg'on qasam keltirishni bilma edim, - dedi.
Alloh taolo yig'lab turgan Odam Atoga marhamat ila:
- Izzatimga qasamki, endi sen yer yuziga tushasan, charchoq va te to'kish evaziga kun kechirasan, - dedi.
Keyin esa, Odam Ato, Momo Havo va la'nati shaytonga xitob qilib dedi:
- Bir- biringizga dushman bo'lgan holda yer yuziga tushing. U yerda ma'lum muddatgacha qolib, hayot kechirasiz.
Shaytonga aldanib Alloh taoloning g'azabiga uchragan Odam At qilmishiga pushaymon bo'lib, yig'lay boshladi.
- Yo Robbiy, meni avf et, yo Robbiy, gunohimdan o't, meni kechir, - deya yolvordi.
Nihoyat, Alloh taolo unga rahmat ko'rsatib, tavbasini qabul qildi va gunohini kechirdi.
Shubhasiz, Alloh taolo o'z xatosiga pushaymon bo'lib, tavba qilganlarni kechiradi. Chunki U cheksiz marhamat egasidir!
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 04:25:32
QOBIL VA HOBIL

    Odam Ato va Momo Havo jannatdan quvilib yer yuziga tushganlaridan keyin birgalikda hayot kechira boshladilar. Endi ular jannatdagidek istagan noz- ne'matlarni topa olmasdilar. Oziq-ovqat topish uchun ertalabdan kechgacha ter to'kib ishlashlariga to'g'ri kelardi. Ular yer yuzida yolg'iz bo'lganlari uchun Allohdan o'zlariga o'xshash insonlar yaratishini va dunyoning hamma tomonlariga yoyilib yashashlarini duo qilib so'rashdi. Shu tariqa, Alloh taoloning marhamati bilan ulardan farzandlar tug'ulib yer yuziga yoyila boshladilar. Bugun yer yuzida yashab turgan barcha insonlar Odam Ato va Momo Havoning zurriyotlari hisoblanadilar.
Endi sizlarga Oam Ato va Momo Havodan tug'ilgan ilk farzandlar Qobil va Hobil xaqidagi hikoyani naqil qilamiz.


    Qobil va Hobil voyaga yetib, oilani tebratishda otalariga qarashadigan bo'lib qolishdi. Qobil Hobildan katta bo'lsa ham, lekin Hobil akasidan ko'ra kuchli va quvvatli edi. U yumshoq qalbli, mehribon bo'lgani uchun hayvonlarni yaxshi ko'rardi. Odam Ato bu ikki o'g'ilga ro'zg'or ishini bo'lib bermoqchi bo'ldi. Qobilga yer haydash va ekin ekish ishlarini topshirdi. Chunki u qattiq qalbli va dag'al edi. Hobilga esa mol va qo'ylarni boqish vazifasi berildi.


    Alloh taolo Odam ato va farzandlarining rizqini yanada barakali qildi. Odam Ato bunday hisobsiz ne'matlari ehson qilgan Alloh taologa qanday shukr qilish kerakligini farzandlariga o'rgatmoqchi bo'ldi. Qobil va Hobilga bir tog'ning tepasiga chiqib, topgan-tutgan rizqlaridan ma'lum bir qismini u yerda qolib keldirishlarini bildirdi. Bu narsa Alloh taolo yo'lida qurbonlik va mollarining zakoti o'rniga o'tishi lozim edi.


    Yaxshi bir inson bo'lgan Hobil bu ishdan juda mamnun bo'ldi. Qobil esa qovog'ini osib: <<Nega endi qiynalib topgan mollarimni tog'ning tepasiga eltib tashlar ekaman?>> deb o'ylar edi. Lekin otasining buyrug'iga qarshi kela olmadi.


    Hobil darhol qo'ylarining oldiga borib ularning ichidan eng yaxshisini tanlab oldi va qurbonlik uchun so'ydi. O'ziga bunchalik ne'matlarni ato etgan Alloh taologa tashakkur sifatida amalga oshirgan bu ishidan qalbi quvonchga to'lgan Hobil hayajonlaib ketgandi. Qobil bo'lsa xo'mrayganicha borib yiqqan meva-sabzavotlaridan eng yomonlaini va chiriganlarini ajratib, aytilgan tepalikka keltirib tashladi. Uning qalbi va niyati buzuq bo'lgani uchun hadyasi ham shunga yarasha edi. Bu ish unga yoqmagandi.


    Ertasiga Odam Ato o'g'illarini olib kimning qurbonligi qabul bo'lganligini bilish uchun tog' tepasiga yo'l oldi. Hobilning hadyasi u yerda yo'qligini ko'rib Alloh uni qabul qilganini tushundi. Qobil qo'yib ketgan chirik mevalar esa o'shandayligicha turgan edi. Uning hadyasi qabul bo'lmagandi.


    Hobil xursandligidan Allohga hamdu sanolar aytar, Qobil esa, jaxli chiqib, ukasiga hasad bilan qarab turar edi. U otasiga qarab shunday dedi:
    - Siz Qobilga duo qilganingiz uchun Alloh uning hadyasini qabul etti. Menga esa duo qilmadingiz. Siz meni sevmaysiz.
   Odam Ato esa:
    - Og'lim, Alloh taolo Hobilning hadyasini qabul qildi. Chunki u ochiq ko'ngillik bilan molinig eng yaxshisini Allohga atadi. Sen esa qora niyat bilan mollaring ichidan eng yomonini ataganing uchun Alloh sening hadyangni rad etdi, - dedi.


    Hobil orqasiga qaytdi. Qobil esa hasad va nafrat to'la ko'zlari bilan ukasinig orqasidan qarab qoldi. Keyin asta-sekin uning izidan yura boshladi. Qobilning qovog'idan qor yog'ardi. U o'zini qo'yishga joy topolasdi. Chunki Alloh ukasini undan ustun qilgan edi. U sira ham o'zini aybdor deb bilmasdi. Aksincha, hammasi uchun ukasini ayblar edi.


    Shu asnoda shayton kelib Qobilning qulog'iga pichirlab uni vasvasaga sola boshladi:
    - Nega qarab turibsan? Ukangni o'ldir. Hobilni o'ldir!

    Qobil aqldan ozgandek ukasiga yetib olish uchun tez-tez qadam tashlashga tushdi. Shayton ham undan bir qadam orqada qolmay u bilan yonma-yon borar, uni qotillikka undar edi. Qobil ukasiga yetib borib baqirdi:
    - To'xta seni o'ldiraman!
    Hobil xech narsaga tushunmay hayron bo'lib qoldi.
    - Nega men o'ldirmoqchisan?- deb so'radi.
    Qobil jaxli bilan tishlarini g'ichirlatib shunday dedi:
    - Chunki otam seni mendan ko'poq sevadi. Alloh ham sening hadyangni qabul qildi.
    Hobil unga javoban yumshoq ovoz bilan:
    - Meni o'ldirganing bilan xech narsa o'zgarib qolmaydi-ku. Agar meni o'ldirsang unda otam seni umuman yaxshi ko'rmaydi. Alloh Taolo ham sendan g'azablanadi, bu ish uchun seni xech qachon kechirmaydi, - dedi.


    Bu gaplar Qobiga zarracha ta'sir qilmadi. Hasad o'ti uning butun vujudini qoplab olgan edi. Jahl bilan kelib ukasining yoqasidan tutib:
   - Seni o'ldirmasam ko'nglim joyiga tushmaydi. Seni o'ldiraman, o'ldiraman!- deya baqira boshladi.
   - Agar meni o'ldirsang, hech qachon halovat topmaysan, Sen mani o'ldirish uchun qo'l ko'tarib turibsan. Lekin men sendan kuchliroq bo'lsam ham, qo'l ko'tarmayman. Olamlarning Robbi bo'lgan Alloh taolodan qo'rqaman.

     Keyin Hobil asta-sekin yurib ukasidan uzoqlashdi. Qobil esa boshini yerga egib nafrat bilan: << Baribir uni o'ldiraman!>> deb tong'illar edi.

   Qobil g'am-alamga botib uyiga qaytdi. lekin xech uxlay olmadi. Bo'lib o'tgan voqealar bir-bir ko'z oldidan o'tar edi. La'nati shayton yana qulog'iga kelib pichirlashga tushdi:
   - Hobildan qutulish uchun uni o'ldirishing kerak. Hobilni o'ldir! Hobilni o'ldir!
   Shayton tinmay vasvasaga solar edi. Ertalab o'rnidan shahd bilan turib ukasi qo'y o'tlayotgan dalaga yo'l oldi. U endi nima bo'lsa ham, Hobilni o'ldirishga ahd qilgan edi.


    Hobil har doimgidek hushchaqchaq bir kayfiyatda qo'ylarini o'tlatardi. Qobil uni xursandligini ko'rib yana ham qattiqroq jahli chiqdi. Yana shayton kelib:
    - Uni o'ldir, maqsadingga yetasan, - dedi.
    Qobil atrofiga qaradi. Katta bir toshga ko'zi tushdi. Uni olib telbalarday ukasiga hamla qildi. Toshni ast ko'tarib uning boshiga tushirdi. Hobil yerga yiqildi. Shu tariqa yer yuzida birinchi marotaba jinoyat sodir bo'lib, ilk bor tuproqqa qon to'kilgan edi.

   Qobil o'ziga kelib ukasining qonga belanib yotganini ko'rdi. Juda yomon ish qilgandi. O'z ukasini aybsiz o'ldirgan edi. Endi nima qiladi? O'z ukasini o'ldirib nimaga erishdi? Shaytonning gapiga kirib nima qilib qo'yfi?
    Qobil endi pushaymon bo'la boshladi. Go'yoki shamol, daraxtlar, hayvonlar va atrofdagi butun mavjudot unga bir ovozda:
    - Sen qotilsan! Sen qotilsan! - deb hayqirayotgandek edi.
    Bu ovozlar qulog'i ostida tinmay sado berar, boshi gangib qolgandi:
   - Qotil! Qotil! Qotil!...
    Qobil qo'rquvdan titrar , oyoqlaridan kuchi ketib ukasining yoniga yiqildi. Ukasini siltab:
    - Hobil! Hobil! Tur o'rningdan, - deb yolvorardi. Ammo Hobil jonsiz va sassiz yotgancha akasiga javob bermas, allaqachon o'lgan edi.
    - Endi nima qilaman? Jonsiz jasadini qaerga qo'yaman? - deb yig'lardi Qobil.
    Axir, uni bu ahvolda tashlab ketish mumkin emasku! Vahshiy hayvon va qushlarga yem bo'ladimi endi? Yo'q bunday bo'lishi mumkin emas.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 04:26:05
DAVOMI...

Qobil o'rnidan turib ukasining jsadini yelkasig ortdi. Keyin yurib keta boshladi. Bir joyga borib charchab qoldi va jasadni yerga qo'yib o'tirib oldi. Ukasining tepasida ko'z yosh yo'kib, nima qilish haqida o'ylar edi. O'zini o'zi la'natlab, << Qani endi uni o'ldirmasam>> deb yig'lardi.
Bir oz o'tirib o'ziga kelgach yana ukasini yelkasiga olib telbalarday boshi oqqan tomonga keta boshladi. Nihoyat madori qolmay yana jasadni yerga qo'yib o'tirdi. U jasadni nima qilishni bilmay boshini changallar edi.

    Shu payt bir qarg'aga ko'zi tushdi. Uning yonida yana bir o'lik qarg'a bor edi. Qobil ularni kuzata boshladi. Qarg'a tumshug'i va oyoqlari bilan yerni kavlab chuqur qazdi. Keyin o'lik qarg'ani sudrab chuqurga tushirdi va tuproq bilan ustini yopdi.
    Qobil buni ko'rib o'ziga-o'zi:
    -La'nat bo'lsin menga. Bir qarg'achalik ham bo'lolmadim,- dedi
    Darhol o'rnidan turib bir chuqur qazdi va jasadni unga ko'mib, ustiga tuproq tortdi. Endi bir oz o'ziga kelganday bo'ldi. Shu paytda Odam Ato bolalarining kech qolganidan tashvishlanib, ularni qidirishga tushgan edi. Qobil uzoqdan otasini ko'rib qo'rqib ketdi. Bu qilmishini otasi aslo kechirmasligini o'ylab qocha boshladi. Odam Ato o'g'li o'zidan qochayotganini ko'rib shubhalandi. Atrofga qarab yerdagi qon izlariga ko'zi tushdi. Bu Hobilning qoni edi. Odam Ato Qobil ukasini o'ldirganini bildi. Yuragi orqaga tortib ketdi. Ko'zlaridan duv-duv yosh to'kildi. Alam bilan Qobilning orqasidan chopib baqira boshladi:
    - Qobil! Ukangni nima qilding?


    Uning ovozi shunday sado berdiki, go'yoki butun dunyo Qobilga hayqirayotgandek tuyulardi.
Qobil qo'rquv va dahshat ichida qochishda davom etib, tog' etagiga tushdi.
    Otasi hamon orqasidan tinmay baqirar edi:
    - Qobil! U dunyo bu dunyo halovat topmaysan! Sen o'zingga o'zing zulm qilding. Bu qo'rquv eshigini o'zing ochding. Endi bir umr qo'rquv bilan yasha. Ket, ko'zimga ko'rinma, daf bo'l!
Otasining qarg'ishiga qolgan Qobil uchun endi dunyo zindonga aylangan edi, u bir la'natga qolib, dunyodan xor- zorlikda o'tdi.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 04:27:10
SOLIH PAYG'AMBARNING TUYASI
Hazrati Hud (a.s) qavmidan bo’lmish Od qabilasi halok etilganidan so'ng bir zamonlar o'tib ulardanda boy va kuchliroq bir qavm paydo bo'ldi.
Samud qavmi deya atalmish bu qabila yashaydigan vodiy juda unumdor yerlardan iborat edi. Katta-katta bog'lari bo'lib, ularda totli, lazzatli, oson va tez hazm bo'ladigan xurmolar yetishtirilar edi.
Bu vodiyga saroylar qurishdi. Atrofidagi bog'larda baland-baland uylar solishdi, Bu uylarning devorlari mustahkam, yiqilmas qoyalardan iborat edi.
Ular uzoq vaqt rohat- farag'atda yashashdi. Bunday rohat-farog'atda yashab turib o'z Rabbilarini unutishdi. Toshlardan o'zlariga but yasab topina boshlashdi. Mukofat va jazo kuni bo'lmish oxiratga ishonmay qo'yishdi. Yer yuzida fasod islarni qilishga tushishdi.
Shundan so'ng Alloh ularga Solih ismli bir kishini payg'ambar qilib jo'natdi. Solih hammasidan aqlli va go'zal inson edi. Ularni zulm va bosqinchiliklarni tark etib, to'g'ri yo'lni yanlashga chaqirdi. Va butlarni tark etib, yakka-yu yagona Allohga ibodat qilinglar, dedi.
Alloh ularga buyuk na'matlarni ato etgan edi. Ular Allohga isyon etgani va o'z ne'matlariga sukr qilmagani uchun yer yuzidan yoqotib yuborilgan Hud qabilasi, Od qavmidan so'ng turadigan eng quvvatli va boy qabila edi.
Hazrati Solih qavmini to'plab shunday dedi:
- Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Sizni undan o'zga ilohingiz yo'q. Siz Od qavmidan keyingi o'rinda turadigan eng kuchli va boy ekanligizni eslang. Sizga yer yuzidagi har turli ne'matlar berdi. Sayhonliklarda saroylar, yiqilmas qoyalardan uylar yasadingiz.
Allohning sizga bergan ne'matlarini unutib, yer yuzida fasod qo'zg'atuvchi kimsalardan bo'lmang.
- Ey Solih, sen bizdan ota-bobolarimiz sig'inib kelgan ilohlarimizni tark etishimizni so'rayapsanmi? - dedilar.
- Bu ilohlar sizga hech qanday foyda bermaydi.
Shunday na bir foyda, na bir zarar etkaza oladigan butlarga ibodat qilasizlarmi? - dedi.
Uning so'zlarii qavmdan bir guruhi qabul etdi. Ular sof va faqir insonlar edi. Kibrlanib inkor etmadi.
Zolim boylar esa shunday dedi:
- Ey Solih, bunday so'zlaringni qo'y, sen bizni ota-bobolarimiz ilohlariga ibodat qilishimizdan qaytarishingdan avval biz seni hurmat qilardik. Endi esa sen bizni orzulardan cheklayapsan. Har holda jinni bo'lmasang kerak.
- Ey qavmim, dedi hazrati Solih. Men jinni emasman, sizni to'g'ri yo'lga boshlamoqdan boshqa narsa istamayman. Allohdan qo'rqing va unga itoat qiling. Bu uchun sizdan haq so'ramayman, bunig mukofatini Alloh beradi. Yaxshi insonlar iymonga keldilar, sizchi?..
Qavmning badavlat, kibrli kishiulari Solih (a.s) ga iymon keltirganlarga qarab shunday deilar:
- Chinda ham Solihni payg'ambarligiga ishonasizlarmi?
Ular esa:
- Biz unga iymon keltirdik, dedilar.
Kibrlilar esa:
- Biz sizi iymonga kelganingizga ham ishonmaymiz, - dedilar.
Hazrati Solih Rabbisiga, abiy va payg'ambarligiga dalolat qiladigan bir mo'jiza berishini so'radi.
- Ey Rabbim, qavmim meni yolg'onchilardan qildi. JUda ozchilik tushundi, qolganlari esa inonmadi. Ba'zilari esa boy, kibrli kishilarning so'zini tingladi. Menga hamisha ishonishlari uchin bir mo'jiza ber.
Alloh (j.j.) shunday buyurdi:
- Qavminga ayt, ular shahr tashqarisidagi katta qoyaning yonida to'plansin. Ular shu yerdan buyuk bir mo'jiza chiqaraman. U yerdan bir tuya chiqadiki, uni qancha sog'salar ham suti tugamaydi.
Faqat ularga ikkita shart qo'y: tuya erkin yursin, hech kim uga ozor bermasin va shahar suvini bir kun xalq ichsin, bir kun tuya o'zi yolg'iz ichsin. Tuya ular hammasi ichadigan suv miqdorida ko'p suv ichadi.
Hazrati Solih bu habarni qavmiga yetkazdi. Qoyaning yoniga odamlarni to'plab, mo'jizaning chiqishini va Allohning shartlarini gapirib berdi.
Ularning orasidagi iymonlilar sevinib shunday deyishdi:
- Alloh haqqi, biz mo'jizaga ishonamiz va Solih (a.s) ni qo'llab-quvvatlaymiz.
Kofirlar esa kibrlanib:
Bu qadar ko'p suv ichadigan tuya bo'lmaydi. U chindan ham aqldan ozibdi, -dedilar
Boshqa insonlar esa:
- Endi bizga Slihning so'zlari rostmi yo yolg'onmi ajratadigan fursat yetib keldi. u chundan ham payg'ambarmi yo jinni, qani ko'ramiz,- deyishdi.
Ulkan qoyaning yoiga borib u tomon tikila boshladilar.
Hammasining ko'zi o'ngida u yerdan bo'kirib-bo'kirib, og'zi ko'pirib bir tuya chiqib keldi. Ko'kragi sutga to'la edi. Tuya uzun tizilib turgan, dahshatla qotgan xalq orasidan yurib o'tdi.
Ayollar sut sog'moq uchun idishlarini hozirladi. Bir xotin sut sog'a boshladi. Sut sog'ib olgach, tuyaning elini yana sutga to'lib qoldi.
Keyin tuya shahar xalqi ichadigan suv tomon yurdi. U yerdagi suvning hammasini bir tomchi qoldirmasdan ichib qo'ydi.
Bu paytda odamlar bir ovozdan baqira boshlashdi:
- Solih to'g'ri aytdi. U chindan ham Alloh tomonidan yuboriulgan payg'ambardir, bu tuya ham Allohnikidir.
Kibrli kofirlar esa shiddatli bir holatd g'azablandilar. Tuzukroq so'z ham demasdan, yuzlari qizarib tarqala boshlashdi.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 04:27:40
Davomi...

Bu g'aroyib tuya Solih (a.s) ning qavmi bilan birga yashay boshladi. Bir kun suvni ular ichar, bir kun tuya ichardi. Tuya evaziga o'zlari va bolalari to'yadigan miqdorda sut berardi. Suti hech qachon kamaymasdi.
Solih insonlarga shunday dedi:
- Bu Allohning tuyasi. Sizga yuborilgan bir mo'jiza. U yer yuzida xotirjam yashasin, unga hech kim ozor bermasin. Yo'qsa, sizga bir balo keladi.
Shahrda bir buzg'unchi odam bor edi. Iflos ishlar qilib fasod qo'zg'ab yurardi. Sharob ichib yurar, Allohga ishonmas edi.
Bir kecha hamtovoqlari bilan to'planib aroq ichdilar va sarhushlikda bahslashib ketdilar:
- Solihning tuyasi kunini ko'rsatib qo'ymaymizmi, chunki u suvimizning yarmini ichib qo'yayapti-ku.
Kelinglar, ulardan qutilish uchun Solihning o'zi va oilasini tuyasiga qo'shib o'ldiramiz.
Boshqa bittasi shunday dedi:
- Agar biz Solihni o'ldirsak, uning birodarlari bizdan intiqom oladi-ku.
Ikkinchisi ham gap boshladi:
- Men boshqa bir hiyla topdim. Tuyani, Solih va uning oilasini qorong'i kechada o'ldiramiz. Qorong'ida bizni hech kim ko'rmaydi. Agar birodarlari sizlardan so'rab qolsa, biz hech narsa ko'rmadik deysizlar.
Shunday qilib, kun chiqmasidan burunroq fitnachilardan biri tuyaga o'q otdi. Tuya tuya dahshatli bir tarzda bo'kirdi. Solih tuyaning ovozini eshitib qo'rquvla uyg'ondi. Ayrim insonlar tuyaning ovozini eshitgan zahoti qochib qoldi. Faqat fasidchi odamgina qochmadi. Solih tuyasi o'ldirilganini bildi. Ko'p ezildi. Bu ishlari uchun Samud qavmiga buyuk bir azob kelajagini tushundi.
Alloh (j.j) o'ziga iymon keltirganlarni shaharni tark etishlariga amr qildi. Chunki uch kundan so'ng shaharda qolganlarning hammasi halok qilinishi kutilardi.
Solih qavmiga shunday dedi:
- Alloh sizdan g'azablandi, uch kundan so'ng U sizga azob yuboradi.
Uch kundan so'ng shahar xalqi dahshatli bir qichqiriqni eshitdilar.
Qo'rquvdab qalblari parchalanib ketdi. Hamma yoqni dahshat qopladi. Odamlar qo'rquv, iztirobning shiddatidan tizzalab o'tirib qoldi va shu shaklda halok bo'ldilar. Yolg'iz qoyalar ichida uylari uyum-uyum bo'lib qoldi. Zulmlari va Allohga ishonmaganliklari uchun ularga buyuk bir azob yetdi. Ulardan so'ng keladigan qavmlar uchun esa bu bir ibrat bo'lib qoldi...
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 04:33:35
Musulmonmiz!  

Go'zal islom din bizga
O'xshar porloq yulduzga
Bu din deydi to'g'ri bo'l
Bu din deydi toza bo'l
Bu dindan yana go'zal
Bormidir boshqa bir yo'l
Payg'ambarim Muhammad (sav)
Ikki dunyo quyoshi
Payg'ambarlar ichida
Yo'qdir uning hech eshi
Kitobimizdir Qur'on
O'qiymiz uni har on
Ko'p shukrlar Allohga
Musulmonmiz, musulmon
 
 
 
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 04:35:32
(http://rasm.sb.uz/pics1/ddafa7ba730ce6c0d1208deb02db43a9.jpg)


Shukr

Ushlash uchun qo’l berding,
So’zlash uchun til berding,
Hidlash uchun gul berding,
Robbim senga ko’p shukr.

Yurishga oyoq berding,
Tinglashga quloq berding,
Og’iz, tish, tomoq berding,
Robbim senga ko’p shukr.

Shu go’zal chechak uchun,
Uchgan kapalak uchun,
Osmonu falak uchun,
Robbim senga ko’p shukr.

Otam va onam uchun,
Ajoyib olam uchun,
Barcha ne’mating uchun,
Robbim senga ko’p shukr.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 04:37:07

(http://rasm.sb.uz/pics1/09d018c4e537c5dea471a322887d542a.jpg)


Bismillah

Allohdir ilk so’zimiz,
Imon to’la ko’zimiz.
Uhlagani yotiboq,
Uyg’onganda har saboh
Darhol deyman BISMILLOH.

Narsa yerkan, icharkan,
Kitobimni ocharkan,
Darsimga o’tiriboq,
O’yinimni boshlar chog’
Doim deyman BISMILLOH.

Tushurmasman tilimdan,
Aytarman jon dilimdan.
Alloh tutar qo’limdan,
Adashtirmaz yo’limdan.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 04:39:01
(http://rasm.sb.uz/pics1/86e493d19822bd1e0a25cc9cf7af6c53.jpg)


Ovqatdan oldingi duo

Taom  yeyishdan oldin,
Qo’l ochdim Robbim senga.
Aql, sihat, to’g’rilik,
Go’zal axloq ber menga.

Yemasam o’solmayman,
Maktabga borolmayman.
Qani tez tez yeyaylik,
Maktabga tez ketaylik.
Yaratgan Allohimga
Doim duo qilaylik.

Ovqatdan keyingi duo

Alhamdulillah alhamdulillah,
Bu ne’matni bergan Alloh.
Payg’ambarim Rasululloh,
Yerkan deyman bismilloh.

Ko’paysin ozaymasin,
Toshsinu kamaymasin.
Ohiri ko’rinmasin,
Ishtaha kesilmasin.

O’tganlarning ruhi uchun,
Qolganlar sog’ligi uchun,
Dardi borga darmon uchun,
Allohim rizosi uchun
Al-Fotiha.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 04:40:47

(http://rasm.sb.uz/pics1/d72a69242446a1bfeaa3cf86cc5bd002.jpg)

Uhlash duosi

Yotdim o’ng tomonimga,
Tayandim Allohimga.
Malaklar shohid bo’lsin,
Dinimga iymonimga.


Yotdim yo Alloh
Turgizgin Inshaallah
Shu yotgancha turmasam
La ilaha ilalloh!
 
 
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 04:42:40

(http://rasm.sb.uz/pics1/9ef1b27ef62e7741180f7dff09822719.jpg)

DUO

Allohim, qo'lim ochib
Senga duo qilaman.
Ko'zlarimdan yosh sochib
Faqat sendan so'rayman.

Yeru osmonlarni
O'zing yaratding.
Bandam, mendan so'ra,
Beraman, deding.

Robbim senga bo'lsin hamd,
Rasulingga salovat,
Barchamizga insof ber,
Dinu Islomga quvvat.

Avvalo o'zingga bo'lay qul a'lo,
Muhammad alayhissalomga ummat bebaho,
Hayotimda aslo qilmayin hato
Rizoliging topay, ey Haq Taolo. 
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 04:44:38
(http://rasm.sb.uz/pics1/230abf67c064d754f0d9def32b9cd6f4.jpg)


Bog'bon amaki

Bog’bon amaki, bog’bon amaki,
Mevalar nega buncha hilma-hil?
Shakli, hidi, rangi, mazasi
O’xshamas biriga boshqasi?
Olma, anor, nok, tarvuz, gilos
Berarmisiz bizga ham biroz?

 Bolajon, gapimga quloq sol.
Mevalardan to’yguningcha ol.
Hammasini Alloh yaratgan,
Ichlariga to’ldirgandir bol.
Bularni yeb sen kuchga to’lgin,
Va Alloh ga shukrda bo’lgin

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 04:46:58
(http://rasm.sb.uz/pics1/45220b1e7a826c1158122a3f693ce2f2.jpg)

Mevalar tilidan  

Olma

Men olmaman tanib oling,
Gaplarimga quloq soling.
Rangim yashil, qizil, sariq,
Bismilloh deb tishlab oling.

Pishsam shirin va hushbo’yman,
Xomligimda ta’mim nordon.
Temir moddasiga boyman,
Alloh berar qonga darmon.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 04:50:08
(http://rasm.sb.uz/pics1/aa8a8824583301b45a796266d4eb3824.jpg)

Qulupnay

Yaratganning san’atiga boq,
Rangim tiniq, kelar havasing.
Bitta tishlab ta’mim biliboq,
Unga ko’proq ortar ihlosing.

Bilsang ichim to’la vitamin,
Shirin hidim qitiqlar dimog’.
Yana ko’rib bo’larsan amin,
Mehribondir naqadar Alloh.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 04:52:16
(http://rasm.sb.uz/pics1/9f14cb305eeb9e9b84e6c74846d333d2.jpg)

Gilos

Men gilos,
Uyatchangman biroz.
Shuning uchunmi,
Qizilman halos.

Meni yesang,
Va shukr qilsang,
Allohga yoqib,
Bo’lar juda soz
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 04:53:17
(http://rasm.sb.uz/pics1/50b20989e707a52d3d28baeab01b9ffa.jpg)

Shaftoli

Shaftoliman shaftoli,
O’zim bog’larning boli.
Rangim pushti, zarg’aldoq,
Tukli, tuksiz, bo’rsildoq.
Yeb qorning to’yganida,
Degin alhamdulilloh. 

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 04:54:47
(http://rasm.sb.uz/pics1/5825be5fe428734ba371228a5db74cda.jpg)

Uzum

Ismim kelgan Qur’onda,
Har makonu har onda,
Yemaganlar armonda,
Yegan esa darmonda.

Dona dona dumaloq,
Qora, qizil, sariq, oq.
Uzib uzib yeganlar,
Bo’lar doim vaqti choq.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 04:55:33
Tarvuz

Dum dumaloq yashilman,
Qora yo’l-yo’l to’nim bor.
Yozda rohat tashirman,
Ichim qizil sharbat, bol.

Dadangiz keltirsalar,
Alloh rozi bo’lsin deng.
Haqlariga duo qilib,
Mazza qilib meni yeng.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Mart 2009, 04:56:50
Hamma mevalar

 Biz olma, qulupnay, uzum,
Gilos, shaftoli, tarvuz
Bismilloh deb yeganlardan
Juda juda mamnunmiz.

Har birimizni Alloh
O’ziga hos yaratgan.
Barchamizga ayri ta’m,
Ayri shakl, rang bergan.

Bu ne’matlarni yegach,
Albatta qiling shukr.
Mehribon Allohimga
Son sanog’siz tashakkur!
 
 
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Mahdiyah 15 Mart 2009, 12:37:18
Juda yaxshi mavzu ochibsiz. Alloh rozi bo'lsin!
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: shoir 18 Mart 2009, 10:06:56
Juda yaxshi mavzu ochibsiz. Alloh rozi bo'lsin!

Juda yaxshi mavzu. Alloh rozi bo'lsin!
Faqat...
Akbar, maqola va she'rlarni o'zingiz yozganmisiz?
Nega unda mualliflarini yozmadingiz?
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Mart 2009, 17:24:21
OTAJON MEN BILAN O’YNAYSIZMI?
Oysha ishdan kelgan adasining quchog'iga otildi. Lekin ota ishdan charchab kelgan va qizining erkaliklarini ko'targani sabri yetmasdi. Qizi esa otasining e'tiborini tortishga harakat qilib atrofida girdikapalak bo'lardi. Shuncha harakatlari zoye ketgandan so'ng Oyshaning aqliga porloq bir fikr keldi. 
-        Otajon, bir soatda qancha pul topasiz?
Otasi Oyshaning kattalarning ishiga aralashganiga jahli chiqsada, o'z holiga qo'yishini istagani uchun javob berdi:
-        20 ming, qizim boshim juda og'riyapti, iltimos bunday keraksiz savollar berma.         
Oysha esa otasining bu gaplariga hech e'tibor bermasdan chug'urlashda davom etardi:
-        Otajon, menga 5 ming so'm berib turing. -       
-        Bo'ldi, ketgin mening oldimdan, boshqa payt beraman, - deya jahl bilan javob berdi ota. Otasining bunday qo'polligidan hafa bo'lgan Oysha o'z honasiga kirib ketdi. Birozdan so'ng o'z ishidan pushaymon ota qizining honasiga kirdi.
-        Qizim, senga qo'pol gapirganim uchun kechir. Juda charchaganman, mana senga so'ragan puling, dedi.
Pullarni olarkan Oyshaning ko'zlari yoshlandi. Yostig'ining tagidan yana 15 ming chiqarib otasiga uzatarkan, sekingina so'radi:
-        Otajon, mana menda 20 ming so'm bor. Endi men bilan bir soatgina o'ynaysizmi?" 

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Mart 2009, 17:25:40
MEHR

"œQahrni daraht yaproqlariga yozmoq istardim, kuz kelib qurisin deya.Nafratni qorlarga yozmoq istardim, yomg'ir yog'sin yo'q bo'lsin deya. Janjalni bulutlarga yozmoq istardim, quyosh chiqib oydinlatsin deya. Va sevgi-do'stlikni bolalarning ko'zlariga yozmoq istardim, ular o'sib, butun dunyoni burkasin deya".  Mehrni his etmoq insondagi zaruriy ehtiyojdir. Bolalarga bu o'rinda ayricha e'tibor berilmog'i kerak. Ota-onaning farzandiga o'z muhabbatlarini ko'rsatishlari lozim. Uni ichdan sevmoq etarli emas. Bolaning moddiy o'sishi uchun sut qanday muhim bo'lsa, maanaviy o'sishi uchun sevgi huddi shunday muhimdir. Afsuski, hozirda ko'p farzandlarimizning me'dasi to'q, ammo ruhi ochdir.

 Zhunayd Suaviyning "œSevgi" nomli bu maqolasi mavzumizga go'zal bir o'rnakdir:           
Kichik qiz onasi bilan yurib borar ekan, birdan to'htadi. Yomg'ir tomchilaridan ho'l bo'lgan ko'zoynagini yechib qaragan narsa otasi bilan velosipedda ketayotgan boshqa bir qizcha edi. Velosipedning orqasida o'tirgan qiz, yiqilib tushmaslik uchun otasini quchoqlab olgan va sovuqdan muzlagan yonoqlarini uning orqasiga tayagandi. Otasi ora sira yoniga qarab qizga bir narsalar so'zlar, kichik qiz esa qiqir-qiqir kulardi.           
Yo'lakdagi qiz ularning ortidan boqar ekan, onasi uning turib qolganini ko'rib:
  - Huddiki, uyda velosiped yo'qdek, ko'zingni uzmaysan, - deya tanbeh berdi, - agar shunaqasi senga yoqqan bo'lsa, adang bunisidan ham olib beradi.           
  Kichik qiz yumshoq ovoz bilan:
  - Vilosepedga emas, qizga qaragandim, - dedi, - otasi u bilan gaplashib ketayapti-da...
Buning zamirida nima yotganini anglamagan ona, qizining muynali shapkasini tug'irlab:
  - Do'stlaring bu havoda piyoda maktabga keladilar. Lekin adang sen uchun bir necha daqiqa vaqtini ayirib mersedesida maktabga olib keladi.
Ammo qiz ko'zini velosipeddan uzmasdi.
   - Istasang, adang ham seni velosipedda olib keladilar. Shunaka qilsak bo'ladimi?
Kichik qiz inju donalari kabi sizib chiqayatgan ko'z yoshlarini onasidan yashirishga harakat qilarkan:
   -Juda istardim, - deya javob berdi, - balki, shunda otamni quchoqlarman.     

 
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Mart 2009, 17:27:15
Farzandim tug'ildi.  

U dunyoga kelganida ulgurishim kerak bo'lgan samolyot va ko'paytirishim kerak bo'lgan aksiyalar bilan mashg'ul edim. Uzoqlarda ekanman, u atak-chechak yurishni, shirin-shirin gapirishni o'rgandi.
Biroz o'sgandan keyin esa: «Men sizga o'xshashni istayman, adajon..." deya boshladi. "œMen katta bo'lsam sizga o'xshayman".
Doimo ish joyimga qo'ng'iroq qilib: "œAdajon, uyga qachon kelasiz?", deb so'rardi.
"œQachon kelishimni bilmayman, o'g'lim. Ammo kelganimda rosa mazza qilib o'ynaymiz..."
Yillar shu kabi o'tdi. O'g'lim o'n yoshga kirdi. Unga bir to'p sovg'a qildim.
"œRahmat, ada. Yuring, men bilan biroz o'ynang", dedi.
"œShu haftaning ichida bitirishim kerak bo'lgan ishlarim bor, o'g'lim. Dam olish kuni o'ynaymiz, ho'pmi?"
"œHo'p", dedi faqat yuzidagi shodlikdan asar ham qolmagandi. "œKatta bo'lsam men ham siz kabi bo'laman..."     
Umr guyo oqar suv, kechdi-yu ketdi. O'g'lim avval maktabni so'ng oliygohni tugatdi. Bunday hollarda otaning o'g'liga qilgan nasihatlarini berish uchun: "œO'g'lim, men sen bilan juda fahrlanaman. Kel, biroz o'tirib suhbatlashaylik, senga bir-ikki og'iz gapim bor".
U esa sekin kulimsirab: "œDo'stlarim bilan uchrashishga va'dalashgandik. Ada, mashinangizni berib tura olasizmi? Keyin gaplasharmiz...", dedi.
Yana yillar o'tdi. Men endi nafaqaga chiqdim, vaqt serob. O'g'lim esa boshqa shaharda ishlar va o'sha yerda yashardi. Bir kuni unga qo'ng'iroq qilib: "œDam olish kunlari bizni kelib ziyorat qilib ketsang bo'larmidi?!", dedim.
"œHo'p, ada. Faqat ishlarim ko'proq ammo vaqt topib borishga harakat qilaman. Men ham sizlarni juda sog'inganman".
"œHo'p, endi qachon kelasan, o'g'lim?"
"œBilmadim, ada. Hozir bir uchrashuvim bor shunga shoshib turibman. Ammo kelganimda mazza qilib suhbatlashamiz".Shu so'zlar bilan telefon go'shagini qo'ygan o'g'limning bolalik orzusini ro'yobga chiqarganini tushundim.
O'rnak olgan otasiga o'xshaganini... ayni otasi kabi ulg'ayganini...   

 

Madina.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Mart 2009, 17:29:36
Bolalik   


Qo’shnimiz Dovudning besh va yetti yoshlardagi ikki farzandi bor. Bir kuni yetti yoshli Karimga hovlidagi o’tlarni gazon kesish asbobida to’g’irlashni o’rgatardi. Asbobni qanday burish kerakligini tushuntirar ekan, Dovudni hotini chaqirib qoldi. U uyga kirib ketgandan so’ng, Karim asbobni ishga tushirdi va otasining qancha paytlardan beri sevib o’stirayotgan gullar bog’chasiga qarata yurg’azdi. Dovud uydan qaytib chiqqanda, hamma qo’shnilarning havasini keltirgan, ne mehnatlar bilan parvarishlagan bog’chadan asar ham qolmagandi. U o’g’liga qarab endi baqirmoqchi bo’lib turganda, hotini chiqib: «Adasi, gul emas, bola o’stirayotganingizni unutmang!" dedi. Bu so’zlar bilan ayol ota-onaning birinchi vazifasi farzand tarbiyasi ekanligini yahshi anglatgandi. Bola sindiradi, yoradi, yo’qotadi. Gullar ham endi payhon bo’ldi. Lekin farzandlarimizga qahr bilan baqirishdan oldin o’zimizni qo’lga olib, ularning bir bola ekanliklarini unutmaylik. 
* * *
Bir necha hafta oldin bir do’stim bilan farzand tarbiyasi haqida so’zlashib qoldik. U menga yetti yoshli qizi haqida gapirib: "œBir kuni oilaviy ovqatlanib o’tirganimizda qizim choyni stolga to’kib yubordi. Stolni artib, tozalangandan so’ng u bizga qarab: "œBilasizlarmi, men sizlarga boshqa ota-onalarga o’xshamaganingiz uchun rahmat aytmoqchiman. Do’stlarimning ota-onalari shunday bir ish qilsalar ularga baqirgan va e’tiborliroq bo’lishlarini uqtirib tanbeh bergan bo’lardi. Siz esa bunday qilmaganingiz uchun sizdan minnatdorman!", dedi.Bir safar do’stlarimning uyida mehmonda edim. Dasturhon atrofida o’tirganimizda besh yoshli o’g’illari stol ustiga sut to’kib yubordi. Ota-onasi unga tanbeh bera boshlaganlarida, men ham piyolamdagi choyni ag’dardim. 48 yoshli bo’lishimga qaramay, qanday qilib bunday holga yo’l qo’yganimni tushuntirib o’zimni oqlamoqchi bo’lganimda bolaning ko’zlari porlardi. Ota-onasi ham o’zlariga kerakli darsni olib bolaga tanbeh berishdan to’htadilar. Ota-onalar bir vaqtlar o’zlari ham bola bo’lganliklarini bot-bot eslab tursalar yahshi bo’lardi.
* * *
Kuni kecha bir taniqli olim haqida bir hikoya tingladim. U tib mavzusida yangi va unumli yangiliklar qilgandi. Muhbir qanday qilib olimning bunday yutuqlarga erishganligi haqida qiziqdi. O’zini boshqalardan ayirgan, ko’p narsalarga erishishi mumkinligida ishonch tug’dirgan narsa nima edi? Olim bu savolga javoban ikki-uch yoshlarida bo’lib o’tgan voqeani gapirib berdi:Muzlatgichdan shishadagi sutni olayotganimda to’kib yubordim. Oshxonaga kelgan onam tanbehning o’rniga: "œJuda go’zal hato qilding. Men bunday chiroyli sut ko’lmagini ko’rmagandim. Mayli bo’lar ish bo’ldi. Bu sut ko’lmagini tozalashdan oldin biroz o’ynashni hohlaysanmi?" Men bu ko’lmakda o’ynadim. So’ngra onam: "œO’g’lim, endi bu yerni tozalashimiz kerak", dedi, keyin birgalashib tozaladik. "œBilasanmi, bu shishani tushirib yubording, demak qo’llaring hali kuchli emas, shuning uchun endi qanday qilib shishani to’g’ri ushlashni o’rganamiz", deya hovliga chiqib shishaga suv to’ldirib, uni to’g’ri ushlashni o’rgatganlar. Qanday go’zal bir dars! Bu olim onasidan hatolardan qo’rqmaslik lozimligini o’rgangan. Qilingan hatolar yangi narsalar o’rganish zamiri ekanligini anglagan. Zotan, keyingi hayotidagi ilmiy tadqiqotlarini ham shu asosga tayangan holda bajargan. Butun ota-onalar bu olimning onasi kabi yo’l tutsalar farzandlarimiz ko’pgina muvaffaqiyatlarga erishgan bo’larmidi?!  Bu voqeani bir necha yil oldin radioda eshitgandim. Ishdan uyga qaytayotgan yosh ayol mashinasini boshqa bir mashinaga urib oldi. Yangigina mashinaga achinibmi yoki eriga nima deyishini bilmaymi, yig’lab yubordi. Bunga boshqa mashinani egasi: "œSizga hech qanday da’voim yo’q, ammo baribir hujjatlaringizni ko’rsatishingizga to’g’ri keladi", dedi. Hujjatlarini olib ochar ekan ichidan bir qog’oz yerga tushdi. Qog’ozni olgan ayol erining qo’li bilan yozilgan: "œSevgilim, agar biror narsa bo’lsa men mashinani emas seni sevishimni unutma», degan so’zlarni o’qiydi. 


P.S. Mana shu misollarni o’qiganimizda albatta o’zimizni ko’p jahldor ekanligimizdan koyiymiz. Har qanday holatda ham farzandlarimiz, yaqinlarimizni qalblarini og’ritmasdan chiqishimiz mumkin. Bu bilan biz ularga ham mehr darsidan saboq beramiz va bu ular qalblarida mehr ildizini barpo etadi. Tarihdan ma'lumki, dunyodagi eng go’zal gul bu solih bir insondir. 
 
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Mart 2009, 17:31:50
7 Tamoyil 
Bolalarga ilm o’rgatishning 7 tamoyili


Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) "œHech bir ota o’z farzandiga yaxshi tarbiyadan a’loroq sovg’a bera olmaydi"deganlar (Termiziy).

Bolalarni Ramazonga o’rgatishda ro’za tutmoqlik, namoz o’qish, axloqiy qadriyatlar, ehson, Qur’on, oila, Hayit kabi Ramazonning tarkibiy qismlari muhim ahamiyatga ega. Bu bolalar o’z farzandlaringiz bo’ladimi yoki o’quvchilaringizmi, har qaysi holda ta’lim yoki tarbiya oson jarayon emas. Bolalar bo’sh miya bilan kelib, uni biz o’rgatgan narsalar bilan to’ldirib ketmaydilar. O’rgatish ko’p mashaqqat, kuch va ba’zi texnikalarni talab etadi. Quyida farzandlaaringizni Ramazonda ba’zi narsalarni o’rgatish uchun qo’llanmalar va texnikalar keltiramiz:
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Mart 2009, 17:32:40
Ularni aralashishiga yo’l qo’yib bering.

"œTa’limning eng muhim maqsadi bilim emas, balki amaliyotdir"
Gerbert Spenser


Bolalar narsalarni qilish orqali o’rganadilar. Umuman olganda o’quvchilar darsning 75%ni amaliyot orqali, 5% ni ma’ruza va 10%ni o’qish orqali o’zlashtiradi. (Brunmer, Jerome, "œO’zlashtirish jarayoni"). Masalan, agar farzandingizga Zakot tushunchasini o’rgatmoqchi bo’lsangiz, ularning sizga beradigan Zakotingizni hisoblashlash, uni qayerga yuborishga qaror qilish, hamda xatlarni pochta orqali yuborishga yordam berishlariga yo’l qo’yib bering.
Payg’ambarimiz (s.a.v.) qizlari Fotimani Makkada Ka’baga namoz o’qishga o’zlari bilan birga olib borar edilar. Keyinchalik esa, Madinada ular nevaralari Xasan va Xusanlarni hali namoz o’qishni bilmaydigan darajada yosh bo’lgan paytlarida masjidga olib borar edilar. Bolalar uchun biron bir tushunchaning ahamiyati u haqida o’qishdan ko’ra uni amaliyotda qo’llash orqali shakllanadi. Yillar o’tib ham ularning yodidan chiqmaydi o’sha tajriba, xatto do’stlariga "œZakot hisoblashni bolaligimdan bilaman" deganlarini eshitib qolishingiz ham mumkin.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Mart 2009, 17:33:11
Ularning hissiyotlarini jalb qiling. 


Bolalar biron bir faoliyatga hissan yondoshganlarida, uni kamdan kam tashlab ketadilar. Video o’yinlar va television ko’rsatuvlar bolalarning hissiyotlarini jalb etadi. Ota-ona va o’qituvchi sifatida, biz ham o’rgatish uchun xuddi shu texnikadan foydalansak bo’ladi. Hikoyalar, ashulalar, saxna ko’rinishlari va o’yinlar bolalarning hissiy diqqatini talab etadi. Bola biron narsaga qiziqish va hayajon bilan yondoshsa, o’sha narsaning oxirigacha diqqatini buzmaydi va siz unga yetkazmoqchi bo’lgan ma’lumotni qabul qilib oladi. Xuddi biz hayotimizda ro’y bergan biz uchun hissiy ahamiyatga ega narsalarni qanday esda tutsak, bolalar ham "œqiziqarli", "œkulgili", "œhayajonli" va "œo’zgacha" bo’lgan hodisalar orqali osonroq o’rganadilar. O’rgatish jarayoniga, asosiy maqsadni unutmagan holda, qiziqarli narsalarni qo’shishdan qo’rqmang. Hayit haqida biron bir she'r yozing, "œhadislar xazinasi" qutichasini yo’lga qo’ying yoki Madinada Ramazon haqida hikoyalar o’qib bering. Agar bular bolalarga yoqsa, ular albatta yanada ko’proq o’rganishni xohlaydilar.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Mart 2009, 17:34:02
Maqsadni ko’rsating. 

Biz ba’zan o’quvchilarning "œNega buni qilishimiz kerak?" yoki "œBu matematik mashq befoyda" deganlarini eshitib qolamiz. Afsuski javob o’rnida "œChunki men shuni xohlayman", "œChunki qilishing kerak" yoki bundan ham yomoni "œKitobni tugatsang senga CD player olib beramiz" degan gaplarni eshitamiz. Bizlar kabi agar bolalar ham biron faoliyatning maqsadi yoki ahamiyatini ko’rmasalr, uni bajarish uchun motiv bo’lmaydi. Farzandlaringizning Namoz yoki Ro’za haqidagi odatiy shikoyatlariga yo’l qo’ymaslik uchun, ularning Namoz va Ro’zaning maqsadini anglab yetishlarini ta’minlang. Biron  bir narsani o’rgatishdan avval, hoh u Payg’ambarimiz (s.a.v) sahobalari haqidagi hikoya bo’lsin, hoh Hayitga oid biron bir faoliyat, bolalarga ushbu faoliyatni nimaga qilayotganingizni va bolalar undan qanday foyda olishlarini tushuntirib bering.Bolalarga ular ibodatni siz uchun emas, balki Allohni mamnun etish uchun qilishlarini eslating. Ularga nega Alloh roziligini qozonish kerakligini va qanday qilib har bir qilayotgan ishimiz idish yuvishdan tortib uyga vazifalarni qilishgacha bunga erishishimizga yordam berishini tushuntiring. Agar bolalar faqat siz uchun Namoz o’qishsa, siz yo’qligingizda ularda Namoz o’qish ishtiyoqi yo’qoladi. Agar bolalar Ro’za tutishni yoki Qur’on o’qishni biron moddiy manfaat uchun (CD player kabi) qilsalar, ularda Allohga bo’lgan sevgi yoki ixlos shakllanmasligi mumkin. Balki aksincha, moddiy mukofotlar to’xtaganida, ularda yuqoridagi amallarni bajarish maqsadi ham yo’qoladi. Farzandlaringizning musulmonlar uchun mukofot albatta bu dunyoda bo’lishi shart emasligini, ba’zan mukofotlar oxiratda berilishini ham tushunishga yordam bering.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Mart 2009, 17:34:45
Asosiy g’oyalarga urg’u bering.

"œInson maktabda o’rgangan barcha narsalarini unutganidan keyin unda ilm qoladi."
A. Einstein


O’zingizdan so’rangchi, 11 sinf matematika darslaridan nechta tenglamalaru nechta formulalarani eslay olasiz. 5 yoki 2, yoki bironta ham eslolmassiz. Ochig’i ko’pchiligimiz o’rgangan bilimlarimizning ozini eslab qolganmiz. Bolalar ham Fiqhning Zakot, Tahorat yoki Namoz haqidagi hukmlarini eslab qololmaydilar, bunga hojat ham yo’q. Nimani bilishlarini xohlasangiz, asosan o’shani eslab qolishlariga harakat qiling. Alloh bizni ko’rib turishi, Qur’on va Sunnaga asosan harakat qilishimiz, Namoz o’zini poklash yo’li ekanligi kabi muhim ahamiyatga ega g’oyalarni bilishlariga e’tibor bering. Farzandlaringiz bu tamoyillarni o’zlashtirib olganlaridan keyin qolgan narsalarni o’zlari qanday o’rganishlari mumkinligini o’rgating. Farzandlaringizning narsalarni qanday o’rganishlari mumkinligini tushunishlariga yordam bering. Fiqh bo’yicha ma’lumotlarni qayerdan olishlari, biron bir mavzu bo’yicha qanday tadqiqot qilishlarini yoki kimdan ma’lumot haqida so’rashlari mumkinligini o’rgating. Shu asnoda, asosiy tamoyillarni bilsalar, qolgan ikkilamchi ma’lumotlarmi qayerdan topishni bilib oladilar. Barcha hukmlarni eslab qolishga harakat qilish sizning ham, farzandingizning ham vaqtini bekorga sarflash demaktir.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Mart 2009, 17:35:25
Boshqaruvni ularga topshiring.

Ba’zan bolalar ma’suliyatni kattalarga qaraganda jiddiyroq qabul qiladilar. Payg’ambarimiz (s.a.v) Ali, Anas va Usoma ibn Zayd kabi yoshlarni ba’zan yoshi ulug’roq va tajribaliroq sahobalarni boshqarish bilan vazifalantirganlar. Bolalarga muhim ishlarda boshqaruvni topshirib, o’zingiz chetga o’ting. Farzandlaringizdan biriga qolganlarini saxarga turg’izishni vazifa qilib bering. Boshqasiga esa har kungi iftor vaqtlarini yangilashni. Qarindoshlar uchun qanday hayitlik sovg’alarni sotib olishni rejalashtirish va olishda ular sizlarga yordam bersinlar. Ulardan qaysi vazifani bajarishni xohlashlarini so’rang. Farzandlaringizning xato qilishlari va o’z xatolarini anglashlariga yo’l qo’yib bering. Tajriba buyuruqdan ko’ra ko’proq narsa o’rgatadi. Farzandingiz sovuq kunda ustiga kamzulini kiymasdan ketgan bo’lsa, keyingi safar siz eslatmasingizdan avval o’zi kamzulini kiyib oladi. Bolalarning biron bir narsani o’rganishlariga o’zlarini ma’suliyatli qilib qo’ying. Masalan, farzandingizning "œTishimni yuvish ro’zamni buzadimi?" degan savoliga oddiygina "œha" yoki "œyo’q" javob bo’lishi mumkin, lekin ko’p vaqt esda qolmasligi mumkin. Undan ko’ra "œBu haqda ma’lumotlarni qayerda topish mumkin? Kel birga qarab ko’ramiz" deng. Ramazonni farzandlaringizdan ro’zani nimalar buzishi va nimalar buzmasligi haqida loyiha hozirlashlarini so’rash bilan boshlang. O’zlari qidirib topgan ma’lumotlar ularning esida ko’proq qoladi va kelasi yil ularni qayerdan topishni ham bilib oladilar.

"œHaqiqiy ilm olgan kishi o’rganishni va o’zgartirishni o’rgangan odamdir."
Karl Rojers

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Mart 2009, 17:35:57
Hayajonlaning.

"œTa’lim chelakni to’ldirish emas, balki yonib turgan mash’aladir."
W.B.Yeats


Bolalar sizning tashabbusingizdan ilxomlanadilar. O’rgatayotgan mavzuingizga hissiy tomondan yondoshing. Farzandlaringizga Ramazon kelishini intizorlik bilan kuzatayotganingizni ko’rsating. Namoz vaqtlarida xursand bo’ling. Hayit kelishi munosabati bilan uyingizni bezating. Payg’ambarimiz (s.a.v) o’rnak bo’lib o’rgatganlar. Ularning shaxsiyatlari va harakatlari odamlarni ularni sevishga va ulardan o’rnak olishga sabab bo’lgan. Farzandlaringiz qanday bo’lishini istasangiz, ularga shunday o’rnak bo’ling. Ular biron bir faoliyatni yaxshi ko’rishlarini istasangiz, o’zingiz unga sevgi bilan yondoshishga harakat qiling. 
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Mart 2009, 17:37:10
O’rgatish jarayoniga sevgingizni qo’shing.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar, al-Aqro bin Xabis Payg’ambarimiz (s.a.v) nevaralari Xasanni o’payotganlarini ko’radi. U: "œMening o’n farzandim bor, lekin hech qaysinisini biron marta o’pmaganman.", dedi.
Bunga Payg’ambarimiz (s.a.v): "œ O’zgalarga mehr ko’rsatmagan odamning o’ziga ham mehr ko’rsatilmaydi", dedilar. (Muslim)


Bolalarga ulani qanday bo’lishlaridan qat’iy nazar sevishingizni ko’rsating. Ularning o’z imkoniyatlari doirasida mukammalik sari qadam tashlashlariga yo’l qo’yib bering. "œQara, Omina allaqachon 15 juzni tugatibdi" deyish bolangizning o’ziga ishonchini  va qilayotgan ishiga ixlosini yo’qotishiga sabab bo’ladi. Ortiqcha musobaqa va taqqoslash  ko’pincha o’zlashtirishi sekin yoki qiyinroq bo’lgan bolalarda ilojsizlikni keltirib chiqaradi va harakatning yo’qolishiga olib keladi. Farzandlaringizning o’z yutuqlarini o’zlari baholashlari va uni boshqalar bilan emas, balki o’zlarining avvalgi natijalari bilan solishtirishlarini o’rgating. Ramazonni o’zingiz va farzandlaringiz uchun yillar davomida esda qoladigan o’rganish tajribasiga aylantiring. 
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Mart 2009, 18:38:31
Ajoyib o'yinlar xohlaganizni bemalol shu erdan o'ynashingiz mumkin

http://www.islamicplayground.com/
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: AbdulAziz 28 Mart 2009, 06:55:32
(http://ziyouz.com/images/labirint_maryam.jpg)
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: G_u_l_i 28 Mart 2009, 07:39:29
 :as:
Rahmat AbdulAziz Aka! Katta bolajon bo`lib labirintdan o`tib oldim!
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 03 May 2009, 13:35:21
Mehribonlik

    Oldin mana bu mantiqiy savolga javob topishga harakat qiling. Ushbu savolga bo`lgan javobingiz maqolani davomini o`qishingizga bir yo`nalish bo`ladi.  Ikki ona o`z sevimli farzandlarini safarga jo`natmoqda.  Farzandlari boradigan joy-bir kimsasiz o`rmon deb tasavvur qilaylik. Ular alohida joyga borishadi va u yerda uzoq muddat qoladi. O`rmonga boradigan yo`l esa uzoq emas, atigi ikki soatlik yo`l. Har ikki ona ham, umuman barcha onalar ham o`z farzandlarini juda yahshi ko`rishadi va ularga yordam berishga, og`irini yengil qilishga harakat qiladi. Lekin buni har kim o`z holicha tushunadi.
 
   Birinchi ona farzandini ushbu safarda qiynalmasligini o`ylarkan, ko`prok o`rmondagi hayotiga urg`u beradi. Chunki u yerda farzandi uzoq qoladi. O`g`li uchun barcha narsani tayyorlaydi-yotadigan to`shak, kiyim bosh, oziq ovqat, gugurtdan tortib tuzgacha sumkaga joylab beradi. Albatta yuk ancha og`ir, uni farzandi ancha yo`l ko`tarib borishi kerak. Ona hamma narsa kerakligini, yo`ldagi qiyinchilik albatta ortda qolishini va o`rmonda qiynalmasdan yashashini tushuntiradi. Qanchalik og`ir bulmasin o`g`lini barcha yukni kutarishga majbur qiladi.

   Ikkinchi ona ham mehribon. Farzandini u ham yahshi ko`radi. O`g`lim bechora yo`lda qiynalmasin deydi.Hatto sumka ko`ziga yanada og`ir ko`rinib, baazi narsalarni qaytarib olib qoladi. O`rmondagi hayoti haqida esa kam o`ylaydi. U faqat o`g`linig ko`z oldida qiynalishiga chidolmaydi.

Endi savolni eshiting: Qaysi ona mehribonroq?

Boshni qotirma, shu ham savolmi dersiz.. Bunaqa holat qayerda ham bo`lardi deb o`ylarsiz. Kimsasiz o`rmonga nimaga boriladi deb kularsiz.. lekin savolga chuqurrok yondoshsangiz gap nima haqida ketayotganligini darov payqaysiz. 

Hammamiz ham safarga chiqqanmiz,. Hozir esa usha qisqa yo`lda turibmiz. Bir kun barchamizning yo`limiz tugaydi. Yo`l ohiriga qandai tayyorgarligimiz bor? Nimalarni joylab oldik sumkamizga? Farzandlarimiz ham o`z safarlariga chiqqanligini ularga tushuntiryapmizmi?  Payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v.) «Bu dunyo men uchun bir daraht  kabidir, biroz soyada dam olaman va yana turib ketaman» deb marhamat qilganlar. Biz esa darahtdan soya olish o`rniga, bu darahtni bezashga berilib ketmadikmikin? Endi yuqoridagi savolni yana o`qib ko`rnngda, hozirgi kunda qanday ota-onalar ko`pligini o`ylab kuring.   

     «Hali yoshsan, bunaqa kitoblarni o`qishga yoshlik qilasan», «Kampirga o`hshab o`ranib olmasdan zamonaviy kiyinsang bo`lmaydimi», «Bolam shirin uyquda, bomdodga uyg`otishga ko`zim qiymadi», «Yoshligida o`ynab olsin, ibodat qilish qochmaydi»

    Bunday so`zlarni deyarli har kuni eshitamiz. Shunday so`zlar orqali go`yoki ular avlodlariga «mehribonlik» qilishadi. Bu bilan o`z jigargushalarini do`zah o`tiga tashlayotganliklarini, hozirda qanday fikr bilan ulg`aysa huddi shunday yashashda davom etishini kam o`ylashadi.
    
Alloh Taolo Qur`oni Karimda shunday marhamat qilgan: «Ey iymon keltirganlar, o`zingizni va ahli ayolingizni odamlar va toshlardan bo`lgan o`tdan qo`rqiting. Uning tepasida qo`pol, darg`azab farishtalar bo`lib, ular Allohning amriga isyon qilmaydilar va nima buyurilsa shuni bajaradilar». («Tayrim» surasi 6)
Imom Termizii rivoyat qilgan hadisda Payg`ambarimiz sallollohu alayhi vasallam:
«Yosh bolani yetti yoshida namoz o`qishga buyuring, o`n yoshga etganda ham o`qimasa uring», deganlar.
    Namoz o`qish-bu Islom ahkomlari asosida hayot kechirish deganidir. Hozirgi kunimizda esa «musulmon» va «namozhon» degan kalimalar umuman boshqa ma`noni anglatgandek.  Bundan ancha yillar oldin, bir ma`navyat sohasida ishlaydigan insondan «hali yosh bo`lsang, gunohing ham yo`q nima qilasan hozirdan namoz o`qib, avval bizga o`xshab yoshing bir joyga borsin, gunohga botgin keyin tavba qilaverasan» degan gapni eshitgandim. U ham o`z holicha menga MEHRIBONLIK qilgandi.

      Hazrati Umar yuqorida zikr qilingan oyati karima nozil bo`lgandan so`ng:
«Ey Rasululloh! O`z nafsimizni-ku saqlaymiz, aqlimizni qandai saqlaymiz?», deb so`ragan ekanlar.
Shunda Payg`ambar alayhissalom:
«Alloh sizlarni nimadan qaytargan bo`lsa, ularni ham qaytarasizlar. Alloh sizlarni nimaga buyursa, ularni ham buyurasizlar», deb javob bergan ekanlar.

    Aziz ota-ona! Siz farzandingizga qanchalik mehribonsiz?
    Siz juma namozini o`qib qaytayotganingizda ko`chada allaqachon namoz farz bo`lgan farzandingizni ko`chada o`ynab yurganini ko`rib ko`zingiz quvnaydi. Ertalab  bomdod namoziga majburlab turg`azishga ko`zingiz qiymaydi. Mayli uhlasin, ahir siz mehribonsizku to`g`rimi? «Qiynalib ketding, qo`y ro`za tutmay qo`ya qol» deymiz ramazon oyining qoq o`rtasiga kelib. Lekin hech qachon biror ishni buyurib, «qiynalib ketding, qo`y shu ishni qilmagin» demaysiz. Hurmat talab qilasiz. Biror buyrug`ingizni qilmasa achchiqlanasiz. Lekin sizni va uni yaratgan, bir KUN kelib, sizni va uni hisob qiladigan Alloh bu`yruqlarini bajarmayotganligiga befarqsiz. Ba`zilaringiz esa hali o`zingiz ham «zamonaviy» hayot kechirmoqdasiz. Alloh ibodatini «eskicha» deb nomlab, nafaqa yoshi uchun rejalashtirib qo`ygansiz. Qizingizning hali yoshligi u bilan turli bemaza seryallarni muhokama qilayotganingizda yoki ketma ket sovchilarni kuzatayotganingizda emas, Alloh buyruqlarini bajarishga kelganda esingizga tushib qoladi. Obro` havas qilasiz. Mashina, tillo taqinchoqlar olib berasiz. O`glim, qizim qiynalmasin, o`ksimasin, armon qilmasin deysiz. Restoranlarda to`y qilib berasiz.  Bir umr esda qolsin deysiz. Lekin buyo`q armon KUNI uchun farzandingiz sumkasiga nimalar solib qo`ydingiz?

    Farzand ota ona uchun omonat. Alloh taolo farzandni berar ekan, rizqlantirishni O`zi tarafidan bo`lishini bayon qildi va eng avvalo o`ziga ibodat qiladigan solih amallar qiladigan qilib tarbya qilishni buyuradi. Buning natijasida ulkan savob va ajrlar va`da qildi. Paygambarimiz Muhammad (s.a.v.)  inson vafot etgandan keyin ham solih farzandining yahshi amallari tufayli savoblari kupayib turishi haqida marhamat qilganlar. Bundan kelib chiqadiki, farzandga qilingan chin manodagi MEHRIBONLIK faqat uning uchun emas balki ota ona uchun ham ulkan ajrlarga sabab bo`lar ekan.

    So`zimiz ohirida sizni yana savol bilan qiynamayda, bir ertak aytib bera qolay. Bir guruh insonlar oltin izlab sayohatga chiqishibdi, va uyon qorong`u tunel bo`ylab yo`l yurishlariga to`g`ri kelib qolibdi. Tunel judayam qorong`u bulsada bir birlarini ushlab, paypaslanib oldinga harakatni boshlashibdi. Yo`l mobaynida ularning oyoqlariga turli toshlar urilib, halaqit bera boshlabdi. Shunda yo`lboshchi:

    -Ey dustlar, bizdan keyin ham bu yerdan boshqalar yurishadi. Kelinglar, o`zimiz qiynalsak ham yerdagi toshlardan qo`limizga olib ketaylik, yo`l tugagach tashlab yo`boramiz. Zora bizdan keyingilar bizchalik qiynalishmasa,-debdi.

    Bu gap birovga yoqibdi birovga yoqmabdi. Ba`zilar, katta katta toshlarni olishibdi, ba`zilar hatto qo`njilarini ham to`ldirib olishibdi. Ba`zilar ataylab yengil yengilini tanlab olishibdi. Ayrimlar esa go`yo o`zlarin olgandek ko`rsatishibdi, lekin hech narsa olishmabdi. Menga nima deb ochiqchasiga olmaganlar ham bo`libdi. Eng ahmoqlari esa o`sha yo`lboshchini yoqtirmaganliklari uchun aytganini qilishni hohlashmabdi. Hullas yo`l tugagach hama yorug`likka chiqibdi. Qo`llarini qarashsa tosh deb o`ylaganlari oltin ekan.Hamma afsus chekibdi. Olmaganlar ham olganlar ham. Hatto butun qo`njini to`ldirib olgan kishi ham yana ozgina olsam ham bo`lardi deb yiglarmish. 

    Biz ham hammamiz oltin dardida yo`lga chiqqan sayohatchilarmiz. Alloh taoloning o`zi  hammamizni yo`l ohirida oltinsiz qolishdan asrasin. Omin

MANBA: farzand.uz
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 03 May 2009, 13:39:34
Farzandni Alloh beradi.
 

Dunyoga chuqur nazar bilan qaray boshlaganimdan buyon hayot Yaratganning ulug` mo`jizasi ekanligiga iqror bo`lmoqda edim. Ha, hayot g`oyat go`zal, maftunkor va mo`jizakor. Biz, odamlar esa nodonligimiz bois bu mo`jizani anglab yashash o`rniga undan nolir ekanmiz. O`zim guvoh bo`lgan bir voqeani ibrat bo`lib qolar degan niyatda sizlarga so`zlab bermoqchiman.
Andijondan bir ayol uyimizga keldi. Shikoyatlarini eshitib, zarur maslahatlarni bergandan so`ng, Unga ruhiy yupanch bo`lsin deb Qur`on suralaridagi ba`zi oyatlarni o`qib berdim. "Alloh bilguvchidir" degan oyatni o`qishim bilan ayol inkor qilgan holda shunday dedi:

 
 - Kechirasiz, Alloh hamma narsani ham bilavermas ekan. Mana, qizim ikki yildirki, farzandga zor. Biz bormagan shifokor, tabib, tilamagan, qadamjo qolmadi. Alloh bilganda, bola berardi. Har xil yengiloyoqlarga beradi, lekin keragiga bermaydi!

Ayolga gap aytish befoydaligini angladim, qizini olib kelishini so`radim. Bir hafta o`tar-o`tmas ayol qizi bilan kirib keldi.

23 yoshda turmushga chiqqan bo`lishiga qaramay, qarshimda qalbi hali go`dak erka bir qizchani ko`rdim. Alloh bilguchi. U jismni emas, ichidagi jonniholatini ham bilguchi. Jism onalikka tayyor bo`lsada jism ichidagi jon hali go`dak. Qalbimdan Allohga hamd aytim-da, bemorga kuzatishlarimni so`zladim. Ona gaplarimni betoqatlik bilan eshitgach, dedi:

 - Sizga befarzandligini sababini bilish uchun amas, balki farzand tilab bering, deb kelganmiz, qo`lingizdan kelsa, davolang, bo`lmasa qataylik.

Nainki jismim balki ruhi ham davolashga muhtojligini, vazifam shundan iboratligini tushuntirishga urindim. Axir, kasaallikning asl sababini topmay turib Ona tushunishni istamagan haqiqatni go`dak qalbili qizi tushunarmidi! Azbaroyi noilojlikdan talablariga ko`nib, 10 kunlik muolajani taklif qildim. Ular rozi bo`lib qaytishdi.

Joynamozga o`tirib, Allohdan uning ishlariga aralashayotganim uchun kechirishini so`radim, go`dak qalbli kelinga farzand berishini tilab iltijo qildim.

10 kun g`oyat tez o`tdi. Keyin - bemorimga tinmay nasihat qilar, o`z ko`nglimda uni bo`lajak onalik vazifasiga tayyorladim.

Oradan ikki oy o`tib, ona-bola yana kelishdi. Suyunchili habar his etgan yuragim quvonib urardi.
Albim Bejiz quvonmagan, kelin homilador bo`lgan edi. Iltijolarimiz O`ziga yetibdi. en onadan ham ana shunday shukronani kutardim, afsuski u yana diy-diyosini boshladi:

- Hayotxon, bo`yida bo`lari bo`lib, bolaginamning tomog`idan ovqat o`tmay qoldi. Boshqorong`iligi biram og`ir o`tyapti-ey! Sho`rlikkinam juda qiynalipti-da, yordam bervoring...

Onaning yoniga qizi ham qo`shilishdi:

- Toksikozi munchayam yomon ekan, opa, umuman chidab bo`lmayapti. Charchab ketdim, hali yana sakkiz oy qanday qilarkinman? Yaratganning qahrini keltirmang, shukur deng.

- Shukur qiling, singlim biroz sabrli bo`ling, axir ko`pchilik orzu qiladi bu kunlarga yetishni.

- Voy-ey, sakkiz oy o`tishini ayting,  - qo`shildi ona "qizalog`ini" bag`riga bosib.

- Sabr opa, sabr. Qancha-qancha kelinchaklar homilador bo`lyapti, ko`pchiligining bo`yidan tushib qolyapti.

Ha,  kelin boshqorong`u bo`ldiyu, boshim baloga qoldi. Sakkiz oy davomida har ikki haftada ara-dod bilan kelishadi, Nolishlarini sabr bilan eshitib, maslahat kuzataman. Ajab emas, bola tug`ilsa, shukur qilishar.

Afsus unday bo`lmadi, Bola tug`ilibdiki hamki, ona-boladan quvonch, shukur o`rniga shikoyat, nolish eshitardim. Emishki, bola injoq, ko`p yig`laydi, tun bilan kun farqini bilmaydi, ya`ni kunduzi uxlab, kechasi oonasiga tinim bermaydi.

Bu noshkurlikka yuragim chidolmadi. Munchoq ko`zlarini menga tikkancha, qandaydir sokin bo`lib qolgan bolani bag`rimga bosib, opaga aytdim: ko`ngilngizga qarab davoladim, ikkingiz, nainki sizlar, balki kuyovingiz, quda-andalaringiz kutgan bola tug`ildi, ammo buning shukuri, rahmati qani? Shu go`dak bag`ringizda tug`ilib nima ko`rdi, bilasizmi? Og`ir bo`yligingizdagi barcha injiqliklaringiz, nolalaringiz, isyonlaringiz uning yurakchasiga yozilib bo`ldi. U ona joniga shodlik emas, og`riq, sitam olib kelganligini sizning holatingizdan sezdi.

Ha, qizaloq, yoshing 23 da bo`lsa, aqling, joning hali bola edi. Bola joning, aqling ona bo`lmasligini bilgan Alloh senga farzand bermayotgan, qalban loyiq bo`lishingni kutayotgan edi. Ammo shu zayl isyon qilaversang, bolangni olib qo`ysa, netasan? Axir berguchi ham, olguchi ham o`zi ...

So`zlarim ona-bolananing yuragiga nishtarday sanchilsa-da, gapirishim shart edi. Ona-bola qo`chqorday sog`lom dilbandlarini bag`riga bosgancha, hayirlashib ketishdi.

Hayotimdagi bu voqea ulug` dars edi. Inson bilimsizligi sababi Allohdan nimani hohlasa, shuni so`raydi. Parvardigori olam esa bilguchiroq, u tilaganimizni biz hohlaganda emas, shunga tayyor bo`lganimizda beradi.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 03 May 2009, 19:06:46
DONOLAR SO'ZLAYDI

Chaqaloqqa ovqatdan keyin suv bermaslik kerak, aks holda burundan suv ketadi.
 
* * *

Bir yoshgacha badaniga, qulog’iga zaytun yog’i surtilsa va tomizsa, shamollash bo’lmaydi.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 03 May 2009, 19:07:06
FARZANDingiz uyqusida xurrak otsa, yanchilgan zig’ir urug’iga baravar asal qo’shib, qorniga surtilsa, yaxshi foyda qiladi.
 
* * *

Bola qayt qilsa, qalampirmunchoqdan 3 kun 3 mahal bir chimdimda kapalansa, begumon foyda qiladi.
 
* * *

FARZANDingizning kindigi shishsa, zaytun yog’i surilsa, yoki kiyik o’tiga asal qo’shib surtib, 5 kun bir mahal bog’lab qo’yilsa tuzaladi.
 
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 03 May 2009, 19:07:39

* * *

Bolaning ichi og’risa, ichaklari og’risa, issiq suvga ozgina mumiyo aralashtirib, 1 kun 3 mahal bir choy qoshiqdan ichirilsa, qorniga issiq yog‘ surtilsa, yaxshi foyda qiladi.
 
* * *

Bolaning tili pishsa, o’simlik yog’i bilan ishqalash, og’zini issiqroq suv bilan yuvish kerak.    Zig’ir urug’ini tuyib, asal qo’sib yalatsa ham foyda qiladi.
 
* * *

FARZANDingizning nafas olishi qiyinlashsa, ikki qulog’ining orqasiga zaytun yog’ini surtsa, yaxshi foyda qiladi.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 03 May 2009, 19:08:03

* * *
Ich ketish zo’raysa, qizil gul urug’i yoki petrushka urug’i yoki arpabodiyon urug’i, yoki zirani qizitib qoringa bog’lash yoki qoringa sirkada ivitilgan zira va qizil gul bog’lansa, yaxshi foyda qiladi.
 
* * *

Avvaliga biz FARZANDlarimizni o’rgatamiz. So’ngra o’zmiz ulardan o’rganamiz. Kimki buni hohlamas ekan, o’z davridan orqada qoladi.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 03 May 2009, 19:08:19
Ota-onalar va FARZANDlar o’rtasida butunlay sir bo’lmasligi dunyoda kam uchraydigan hodisadir.

R.Rollan
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 03 May 2009, 19:09:09

FARZANDing senga qanday munosabatda bo’lishini istasang, ota-onangga ham shunay munosabatda bo’l.

Isokrat
 
* * *

Ota-onaga muhabbat — barcha yaxshi fazilatlarning asosi.

Siseron
 
* * *

FARZAND  ato qullig’in chu odat qilg’ay,

Ul odat ila kasbi saodat qilg’ay,

Har kimki atog’a ko’p rioyat qilg’ay,

O’g’lidan bu ish anga  siroat qilg’ay.

A.Navoiy
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 03 May 2009, 19:11:48
* * *

Ota-onaga nisbatan hurmat va muhabbat, hech shubhasiz, muqaddas tuyg’udir.

V.G.Belinskiy
 
* * *

Izzat-hurmat ota va onani, shuningdek, bolalarni ham qo’riqlab turuvchi posbondir;  u ota-onani kulfat va g’amdan, bolalarni esa vijdon azobidan qutqaradi.

O.Bal’zak

 
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 03 May 2009, 19:12:16
Ehtiyojlardan to'smang

Bola muhtoj bo’lgan qusuq, uyqu, taom, ichimlik, aksirish, peshob, qon chiqishi kabi narsalarni to’sib qo’yishdan juda ehtiyot bo’lmoq darkor. Negaki bu narsalarni to’sib qo’yish go’dakka ham, kattaga ham yomon oqibatlar olib keladi.
 
Bola yurishni boshlaganda

Hushyor bo’lish lozim bo’lgan narsalardan yana biri, bolani vaqti kelmay turib yurishga majburlashdir. Chunki bu ularning oyoqlari zaifligi, buni qabul qilolmasligi tufayli oyoqlarning qiyshiq bo’lib qolishiga olib keladi.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 03 May 2009, 19:13:00
Bola qachon ko'p suv ichadi?

Jolinus aytadi: "Men go’daklarni sovuq suv ichishlaridan aslo to’smayman. Balki ko’pincha taomdan keyin hamda yoz kezlari issiq bo’lganda ko’ngillari tusasa, ularni suv ichishga qo’yib qo’yaveraman".
Ibn Qayyim rahimahulloh dedilar:  "Buning sababi ularda kuchli tabiiy issiqlikning mavjudligidadir. Bu paytlarda, ayniqsa taomdan keyin suv ichishlari ularga ziyon qilmaydi.
Shunday ekan, harorat ko’tarilishi bilan chanqoqni ko’tara olmaganlari uchun ularga biror miqdorda suv ichishga imkon berish zarurdir".
 
Bolani ko'p yeyishdan saqlang!

Bolalarni taomga to’yib olishlari va ko’p yeb-ichishlariga yo’l qo’yib qo’yish ularga yaxshi qaramaslikdandir. Ularga qarashning eng foydalisi, bu ularning hazmi yaxshi bo’lishi va xiltlari mo’'tadil bo’lishi uchun hamda tanalarida chiqitlar ozayib, jismlari sog’lom bo’lishi uchun ularga to’yib ketmaydigan darajada taom berishdir. Shu bilan oziq moddalarida keraksiz chiqitlarning ozligi tufayli kasalliklari ozayadi.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhseena 17 May 2009, 07:06:02
Horun Yahyo
Insonlarga yordamchi

(http://s44.radikal.ru/i103/0905/80/68edae81bd22.jpg) (http://www.radikal.ru)

Otlar eng sodiq do'stlarimizdandir.Ot egasini hech qachon tashlab ketmaydi.Bu jonivorlar ko'p asrlar davomida insonning yordamchisi bo'lib kelgan.Otlarning yigirma beshdan ortiq turi bor.
Bilasizmi aziz bolakaylar! Otning yoshini uning tishlariga qarab aniqlash mumkin.To'grirog'i tishlarning qancha yeyilganiga qarab.Ot tishlari o't-o'lan  bilan birga tushadigan qum ta'sirida yediriladi.
Hamma narsani ko'rib turguvchi Alloh taolo otlarning tishlarini uzun qilib yaratib,ularga g'amxo'rlik ko'rsatgan: tish ildizi  jag' suyagida  juda chuqur (odamnikidan ham chuqurroq) o'rnashganSiyqalangani sari tish sekin asta jag'dan turtib chiqa boshlaydi,go'yo yangidan o'sganday.Tish 2,5-5 sm gacha o'sib,ko'tarilishi mumkin,ammo dag'al yem-xashakni yanchish xususiyatini yo'qotmaydi.Tishlar qanchalik o'sganiga qarab,ot yoshini oson aniqlash mumkin,ammo dag'al yem-xashakni yanchish xususiyatini  yo'qotmaydi.Tishlar qanchalik o'sganiga qarab ot yoshini aniqlash mumkin.Alloh taolo otlarga bunday imkoniyatni hadya etmaganida ular qisqa vaqt ichida  barcha tishlarini yo'qotib,ochlikdan nobud bo'lardi.
Olamlar yaratuvchisi otlar yungiga ham maxsus xislat ato etgan.Ot yungi issiqlikni saqlab tura oladi.Natijada jonivorlarning tana harorati  doimo 38 darajada saqlanib turadi.Issiqlikni tutib turish otlarning terisidagi tolalar qishda o'sadi,issiq joylarda esa,aksincha,to'kiladi.Shu sabab otning tana harorati mo'tadil bo'lib turadi.
Otning yana bir g'aroyib xislati bor:ular oyoqlarida tik turib uxlaydi.Bilasizmi,nega ular uxlayotganida yiqilib ketmaydi?Chunki ular oyoq bog'inlarini "qulflab" qo'yadi.Alloh bergan shu xususiyati tufayli otlar tik turgancha uxlaydi,og'ir yuk tashiydi.
Otlarnning oyog'i nafaqat og'ir yuk tashish,balki  tez topishga ham moslangan.Otlarda o'mrov suyagi bo'lmaydi va shuning uchun uzoqqa sakray oladi.Bundan tashqari,otning suyak-pay to'qimalari ular tez yugurganida sarflanadigan kuch-quvvatni tejaydigan qilib tuzilgan.
Otning suyak-pay to'qimalari ishini avtomashinaning tezliklarini o'zgartirish qutisiga qiyoslash mumkin.Ot tobora katta tezlik bilan chopgani sayin,uning tanasida tezlik yanada yuqori darajaga ko'tariladi.Yerdan itarilish uchun kuch sarfi kamayganda esa, otning harakatlanuvchanligi kuchayadi.Shu bois  ot mutlaqo charchoq neligini bilamay yeldek uchishi va katta masofalarni yugurib o'tishi mumkin.
Bir savol tug'iladi?Nega otlar og'ir yuk tashiydigan,tez chopa oladigan qilib yaratilgan?Axir bu xususiyatlar otning o'zi uchun foyda bermaydiku?
Javobi juda oddiy.Otlarning bu fazilatidan faqat bir maqsad ko'zlangan-insonga foyda keltirish.Demk,otlarni Alloh insonlarga xizmat qilishlari uchun yaratgan.Parvardigorimiz Qur'oni Karim oyatlarida odamlar uchun foydali jonivorlar yaralishi haqida bunday deydi:

" U Zot yana sizlar minishingiz uchun ziynat qilib otlar,hachirlar,eshaklarni (yaratdi).Yana sizlar (hali) bilmaydigan narsalarni ham yaratur.
(Nahl,8)
(Hidoyat jurnalidan)
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:01:39
Bolajonlar uchun Anvar Obidjonning ajoyib sherlari va maktublari

SO'NGGI AXBOROT

Bo'lib o'tdi qishloqda
Kecha zo'r shamol.
Natijada ro'y berdi
Anchayin kor-hol.
Uzum, boshi aylanib,
Bo'pqoldi kasal.
Olma, shohdan yiqilib,
Yotibdi o'sal.
Hatto Gilos lat yedi,
Bo'lsa ham abjir.
To'qnashuvda Anorga
Chaplandi Anjir.
Shamollatdi qornini
Oshqovoq polvon.
Pachoq qildi burnini
Mulla Baqlajon.
Uyqichiroq bir Tarvuz
Yumalab borib,
Uyg'onibdi, Qovunning -
Boshini yorib.
Noklar yerga to'kildi
Bo'lishib bir jom...
Ammo zarar ko'rmadi
Sabzi va sholg'om.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:02:03

YORDAM YORDAMDEK BO'LSIN

- Ke, oshnajon,
Qo'limdan tort!
- Avval loyga
Durustroq bot.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:02:28
HAZILKASH

- Shippagimni
Kim oldi?
- Ko'p kutdi...
Ketib qoldi.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:02:56
KALISH AFSONASI

Seni kiyib olishib,
Rosa kezib yurishdi.
Yo'lakdagi haslarni
Dangal ezib yurishdi,
Kalishvoy.

Pisand qilmay qararding,
Eh, o'zingdan pastlarga...
Oxir seni yoqishdi
Qo'shib o'sha haslarga,
Kalishvoy.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:03:35
MAHALLIY GEOGRAFIYA

- Aholining qalini
Qaysi joyda, To'lanboy?
- U, menimcha, domlajon,
To'qqizinchi tramvay.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:05:28
G'ALAMIS QO'SHNI

Eski devor bor edi,
Juda serkavak.
Bittasida yashardi
O'rtoq Suvarak.
Zo'r uloqchi edi u,
Kamtarin behad.
Katta-kichik qo'shnilar
Qilardi hurmat:
Qovog'ari - eng qari,
Buzoqboshi - eng yoshi.

Suvarakvoy poygada
Olib mukofot,
Qo'shnilarga kechqurun
Berdi ziyofat.
Dasturxonga yoprilib
Bir guruh mehmon,
Ziyofatni xapira-xap
Qildi talamon:
Qovog'ari - eng qari,
Buzoqboshi - eng yoshi.

Chumakari darchada
Chaldi so'ng g'ijjak.
Boshlab berdi o'yinni
Shaddod O'rgimchak.
Kaltakesak davrada
Aylandi gir-gir.
Boshqalar ham o'yinga
Qo'shildi bir-bir:
Qovog'ari - eng qari,
Buzoqboshi - eng yoshi.

Qiyqirig'u quvonchga
To'ldi hammayoq...
Shunda birdan voydodlab
Qoldi qirqoyoq:
"Oyog'imni bosding deb,
Chaqvoldi Chayon!"
Barcha tengdan dong qotib,
Bo'pqoldi hayron:
Qovog'ari - eng qari,
Buzoqboshi - eng yoshi.

Tindi g'ijjak tovushi,
Buzildi o'yin.
Tarqalishdi mehmonlar,
Egishib bo'yin.
Mezbon noxush tirkadi
Eshikka tanba.
Hafa edi jirraki -
Chayondan hamma:
Qovog'ari - eng qari,
Buzoqboshi - eng yoshi.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:05:52
BEZORI

Qarg'a kirdi
Kinoga,
O'xshab
Buratinoga.
Hamma joylar
Edi band,
Borib dedi
Nopisand:
- Menga qara,
Vey Laylak,
Yeganmisan
Hech kaltak?
Qani,
Tur-chi o'rningdan.
He, o'rgildim Burningdan!
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:06:27
TEMUR BOBO RIVOYATI

Amir Temur bobom desang, hurkar yovlar,
Qo'zi* oyin muzlaridek erir g'ovlar,
Yaqin og'ang bo'la boshlar g'irt "birov"lar,
Bu gaplarning mag'zin chaqib ulg'ay, bolam.

Temur bobong sukutin ham naqli bo'lgan,
Temur bobong kulgusin ham jahli bo'lgan,
Temur bobong qilichin ham aqli bo'lgan,
Bu gaplarning mag'zin chaqib ulg'ay, bolam.

Bobong qaddi "Qur'on"dan past, tog'dan baland,
Ko'zlarining biri da'vat, birisi pand,
Husni-Ho'qand, Xeva, Buxoro, Samarqand,
Bu gaplarning mag'zin chaqib ulg'ay, bolam.

Yurt meniki deb berilma keriklikka,
Lekin zog' bo'l surdan chiqqan shwriklikka,
Ega u - kim yarar sodiq cheriklikka **,
Bu gaplarning mag'zin chaqib ulg'ay, bolam.

Zoti azal sarsonlarni yondosh qilma,
Isbot izlab xeshman desa, qondosh qilma,
Taqsimlab cho'ng bobong nomin odosh qilma,
Bu gaplarning mag'zin chaqib ulg'ay, bolam.

Qondoshing ul - bobongdan kim faxrlansa,
Betomir ul - bobongdan kim qaxrlansa,
Sho'ringdir ul - zamon zaylida turlansa,
Bu gaplarning mag'zin chaqib ulg'ay, bolam.

O'z bobongni sendan uzoq yashirdilar,
Dovrug'ingni ko'mib, aybin toshirdilar,
Kimki chaysa, izzatini oshirdilar,
Bu gaplarning mag'zin chaqib ulg'ay, bolam.

Bobong bergan g'ururingdan eguvchi ko'p,
Aytganlarin ters talqinlab deguvchi ko'p,
Bitigiga harom qo'lda teguvchi ko'p,
Bu gaplarning mag'zin chaqib ulg'ay, bolam.

Zar to'nu toj kiymasa ham nodir o'zi,
Afsonayu voqeligu sodir o'zi,
Ulug'begu Boyqaroyu Bobur o'zi,
Bu gaplarning mag'zin chaqib ulg'ay, bolam.

Bobong senga aytmagan bir arzi qoldi,
Hali o'tib bo'lmagan bir darsi qoldi,
Shuncha meros berib ham bir qarzi qoldi,
Bu gaplarning mag'zin chaqib ulg'ay, bolam.
------------
* - Mart oyining turkiycha nomi,
** - Askar.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:06:48
FATXILLANING KURKASI

Kelib Norga arz qildi
To'rt yasharli ukasi:
- Meni quvdi,
Atajon,
Patpillaning kulkasi...

G'ijinib musht tugdi Nor:
- Boplab qasos olamiz.
Kurkani...
Yo'q, yaxshisi,
Fatxillani solamiz!
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:07:20
BIRINCHI MAQTOV

- Ko'rinmaysan Mamajon?
- O'qiyapman, ammajon.
- O'qishlaring durustdir?
- "Balli!" dedi direktor.
- Nega "balli" dedi u?
- Shoshib kelar edi u,
Men darrov yo'l bo'shatib,
Salom berdim o'xshatib!
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:07:41
TUSHIMDA

Sakkiz ko'zli alvasti
Men bilan xo'p gaplashdi.
Bitta ko'zin qildi lo'q,
Ikkinchisi o'ynar sho'x,
Uchinchisin suzdi sal,
To'rtinchisin qisdi sal,
Beshinchisi yiltirar,
Oltinchisi mo'ltirar,
Yettinchisi yig'lardi,
Oxirgisi uxlardi...
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:08:18
SIZ ESHITMAGAN QO'SHIQLAR
-----------------------------------------------


CHIRMANDA QO'SHIG'I

Yum-yumaloq qosqonim,
Bak-baka-bum.
Bo'ynimda mis marjonim,
Bak-baka-bum.

Menga tushar shapaloq,
Bak-baka-bum.
Siz otasiz shataloq,
Bak-baka-bum.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:08:48
CHIGIRTKA QO'SHIG'I

O'z qornimni o'ylayman,
Chirik-chirik.
Qornim to'ysa, kuylayman
Chirik-chirik.

O'lja poylab turibman,
Chirik-chirik.
Shunday yashab yuribman,
Tirikchilik!
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:09:07
SIGIR QO'SHIG'I

"Qand" deb yig'lar buzog'im,
Hech tinchimas qulog'im,
M-o'-o'-o'.

Ko'nmayapti u sira,
Bersam hatto kunjara,
M-o'-o'-o'.

Bilmaydiki esi past,
Ko'k beda ham yomonmas,
M-o'-o'-o'.

Nima u - "qand" degani,
Arziydimi yegani?
M-o'-o'-o'.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:09:27
QO'G'IRCHOQLAR QO'SHIG'I

Bolajonlar, to'siqdan -
Sizga bo'ylaymiz.
Vaqtingiz choq bo'lsin deb
Sho'x-sho'x o'ynaymiz,
Jikir-jikir.

Tovuq bo'lsak bittamiz,
Birimiz - Tulki.
Bari yolg'on yig'idir
Va yolg'on kulki,
Qiqir-qiqir.

Olishadi hattoki,
Bizni kinoga.
Sakratishar gohida
Pianinoga,
Dikir-dikir.

Ko'nglimizda sirayam
Yo'qdir kirimiz.
Ammo, do'stlar, bizning ham
Bordir sirimiz,
Pichir-pichir.

So'ylasin deb faqat biz
Aytgan gaplarni,
Chetdan tortib turishar
Turli iplarni,
Shitir-shitir.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:09:44
CHIVINLAR QO'SHIG'I

Tovuqlarga don shirin,
Ming'ir-ming'ir.
Chivinlarga qon shirin,
Ming'ir-ming'ir.

Biz hammaga yoqamiz,
Ming'ir-ming'ir.
Haq olmasdan chaqamiz,
Ming'ir-ming'ir.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:10:03
TOMIRQURT QO'SHIG'I

Tayyorxo'rman, urinmayman,
Qirt, qirt.
Eng muhimi - ko'rinmayman,
Qirt, qirt.

Tomirlarni qirqaman men,
Qirt, qirt...
Ertamdan sal qo'rqaman men,
Qirt, qirt.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:10:42
SARATONQO'NG'IZ QO'SHIG'I

Shabko'rroqman, bor hassam,
Vs-s-s.
Turgizib qo'y ag'nasam,
Vs-s-s.
Men ketyapman mehmonga,
Vs-s-s.
Aytib qo'yma Ilonga,
Ts-s-s!
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:11:05
BULBULNING CHO'PCHAKLARI
-----------------------------------------------


SALOMNOMALAR

Qo'rqoqlarning qo'rqog'i g'ilay Quyonga salom,
Yo'qdir yaqin o'rtog'i, sho'rlik Chayonga salom.

Shoxdan shoxga yugurgan, dumida uy supurgan,
Yong'oq chaqib tupurgan sho'x Olmaxonga salom.

Arg'amchidek buralar, yantoqlarga o'ralar,
Qo'ng'iz o'tsa mo'ralar, bo'g'ma Ilonga salom.

Ho'kizlarni yiqitgan, Qashqirlarni qo'rqitgan,
Bor jonzotni hurkitgan shoh Arslonga salom.

Xo'tikchaning qondoshi, ochlikka zo'r bardoshi,
Kamroq bo'lsa ham oshi, erkin Qulonga salom.

Xumbosh hamda hirqiroq, oziq tishi oshpichoq,
Ochko'zligi sal chatoq, hasis Qobonga salom.

Nafsi o'lja tilagan, qo'lin qonga bulgan,
Asta mo'ylov silagan pismiq sirtlonga salom.

Meshkay qorni qovoqdir, burni tappak tovoqdir,
Ikki lunji lavoqdir, go'l Karkidonga salom.

Guldor to'ni kelishgan, qurtlarni yeb to'lishgan,
Daraxtlarda in teshgan Qizilishtonga salom.

Chidab sovuq-ushukka, insof tilab Mushukka,
Pishloq sudrar teshikka, olg'ir Sichqonga salom.

O'g'rilarning ustasi, qushning xunuk tusdasi,
Ko'rib qo'yning nusxasin, sur Zag'izg'onga salom.

Tunu kun yer qazigan, zaxda yotib ozigan,
Ko'p tirishib, oz yegan go'sxo'r Yumronga salom.

Igna-bigiz sotuvchi, kuzda loyga botuvchi,
Ilon poylab yotuvchi Tipratikonga salom.

Bebahodir po'stini, poylar hatto do'stini,
Sipo demang siz uni, ayyor Qoplonga salom.

Rizqin mag'rur izlagan, yuksaklarni ko'zlagan,
Dushmanlarin tuzlagan botir Tarlonga salom.

Bulbul kabi izillar, tog'-toshlarda g'izillar,
Yirtqichlardan bezillar, do'stim Jayronga salom.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:11:29
PARRANDALAR SAYLI

Do'konchaga kirib Zag'cha sotib oldi pildiroqdan,
Oyisi sal koyib berdi:"Olmabsan-da shildiroqdan!"

Qarg'a yo'lda qo'ng'iz sotar:"Kepqolinglar arzoniga!
Mana zo'r-zo'r tilla qo'ng'iz, totib ko'ring yiltiroqdan".

Mast Chug'urchuq qo'nib tomga g'iybat qildi sinchalakni,
Tarqalishdi qushlar sekin bezib tili valdiroqdan.

"Qushsaroy"ga kirib Chittak o'rin topdi eng orqadan,
Bir Tuyaqush kelib barvaqt joy olibdi oldiroqdan.

Mayin qo'shiq aytdi Kaklik, sayrab turdi Bedanaxon,
Pastdan talab qildi O'rdak:"Eshitaylik Qarqunoqdan!"

Bir payt sharros quydi yomg'ir, savay ketdi ko'ringanni,
Panalarda Musichalar "g'u-g'u"lashar dildiroqdan.

Bulbulligim ko'rsatay deb men ham kuylab yurgan edim,
Sayilgohdan qochib keldim, qo'rqib momoqaldiroqdan.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:11:54
BEPUL TOMOSHA

Jonivorlar qishloqda sirk ochishdi kengashib,
Tuya yemni chuqurdan olvolarmish engashib.

Yuguroqmish Qoramosh, bo'lar qiziq tomosha,
Uni quvlar Kuchuklar Olaparga ergashib.

Pishiq yog'och oxurni Ot pachoqlar shattalab,
Ma'rar dorvoz To'xliqo'y simyog'ochga tirmashib.

Polvon Buqa siltanib, uzib tashlar zanjirin,
O'tar shovvoz Serkalar to'siqlardan sakrashib.

Ko'zboylog'ich Bo'taloq sim o'tkazar burundan,
Kurash tushar Eshaklar qayish belbog' boylashib.

Epchil Buzoq bir paytda emar to'rtta Sigirni,
Uloq oshar umbaloq, arg'amchiga tirmashib.

Qiziqchisi yo'q-ku deb Bulbul hayron turgan choq,
Chiqib keldi cho'chqalar betga balchiq surkashib.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:12:27
TUMSHUQLAR

Tirikchilik uchun, do'stlar, hammaga ham kerka tumshuq,
O'z tumshug'i har kimga soz, darkor emas bo'lak tumshuq.

Bigiztumshuq bo'lar Laylak, qaychitumshuq ana - Turna,
Ko'lda baliq titkilovchi O'rdak esa kuraktumshuq.

Qashqirniki qonli tumshuq, Ayiqniki shira tumshuiq,
Kirtumshuq bu - Cho'chqa polvon, Itlar azal so'laktumshuq.

To'p-to'p sayoq baliqlarni qo'shib suvga simirgay Kit,
Suvni tuflar, qolar baliq, ana sizga elak tumshuq.

Qurbaqa - g'irt qoshiqtumshuq, Fillar esa - ichaktumshuq,
Pichoqtumshuq - To'ng'izlaru, Begemotlar - chelaktumshuq.

Deganmishsiz:"Tumshuq turin yaxshi bilmas ekan Bulbul",
Mening yozgan kitobimga suqibsiz-da, demak, tumshuq?!
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:12:49
G'ALATI MAKTUBLAR
---------------------------------


KALISHNING BOTINKAGA YOZGAN XATI

Boshlandiyu loychaydi,
Tashvishlarim ko'paydi.
Tugamaydi hech ishim,
Qurimaydi tash-ichim.
Tishlarimning sog'i kam,
Qashqa bo'ldi burnim ham,
Cho'gal teshdi tagimni...
Qisqa qilay gapimni,
Shoshilyapman,
Bormish to'y.
Mendan salom aytib qo'y:
Ko'netikboy dadangga,
Satang xirom akangga,
Dono Chorig' bobongga,
Suluv Shippak opangga,
Cho'tir Kerza tog'angga,
Amrikoni xolangga,
Mahsibibi oyingga
Va ikkinchi poyingga.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:13:12
DO'PPINING SHLYAPAGA YOZGAN XATI

Yurgandirsan cho'chchayib,
Soya tashlab burunga?
Uchrashgandik so'nggi bor
Qaysidir bir gurungda.

Egam bilan birga men
Chiqqanim payt to'riga,
Sen yechilib,
Bir chetda -
Qolgan eding mo'riday.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:14:05
KO'ZTIKONNING KIRPITIKONGA YOZGAN XATI

Shirin kurmak Qo'y uchun -
Ovqatning eng zo'ri-da!
Qancha satang Quyonlar
Yemish bo'ldi Bo'riga.

Kallangizga qoyilman,
Juda dono ekansiz.
Yashab bo'lar ekanmi
Shu zamonda tikonsiz!
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:14:22
UVADANING PAXTAGA YOZGAN XATI

Sendek lo'ppi Paxta edim
Bir paytlar Quvada.
To'n ichida ezg'ilanib,
Oxir bo'ldim
Uvada.

Oftob joyda jim yotibman,
Nurdan ko'zim qamashib.
Boshqa to'nga tiqisharmish
Yumshatishib,
Savashib.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:14:42
PO'STINNING AYIQCHAGA YOZGAN XATI

Omonmisan, do'mbo'gim?
Ehtiyot bo'l o'zingga.
Juftakni ur,
Odamlar -
Ko'rinsayoq ko'zingga.

Taqdiringni o'ylasam,
Zirqiraydi har tolam.
Telpak bo'lib
Yonimga
Ilinmagin, jon bolam.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:15:05
KARNAYNING SURNAYGA YOZGAN XATI

Salom, uka...
Vax-vaxa,
Vax-vaxa-vax,
Vax-vaxa.
Va-vu-u
Vaxax-xa.
Vax-xa vaxa,
Vax-xa vaxa,
Va vu-u-u-u...
Xayr!
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:15:22
ATALANING LAG'MONGA YOZGAN XATI

Kampir meni pishirdi
Erinmasdan atalab.
Qirmochimni qozondan
Bolalar yer tatalab.

Sen ham tezroq pishsang-chi,
Qisqa-qisqa uzilib.
Ishdan qochgan yalqovdek
Yotaverma cho'zilib.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:16:21
KULCHALAR
----------------------


KELINPOSHSHO

Mushuk bibi
Miyov, dedi.
Menga qarang,
Kuyov, dedi.

Bozorga tez
Borib keling.
Shirin sichqon
Olib keling.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:16:38
OBBO, KALAMUSH-EY!

Kalamushvoy,
Kalamush.
Savoding sal
Chalamish.

Yoz desalar
"Temir" deb,
Sen yozibsan
"Kemir!" deb.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:16:56
NONUSHTADA

Xontaxtaga
Bo'ylaymiz.
"Bosqon-sandon"
O'ynaymiz.

Bosqon tushsin
Sandonga -
Qo'lni cho'zing
Qanddonga!
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:17:14
CHALASAVOD

Eshakvoy
Qilib toqat,
Cho'chqajonga
Yozdi xat:

"Salam, ashna,
Sag'misan,
Yaki pishkan
Yag'misan?"
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:17:29
KUMUSH UY

Ipak qurti
Uy qurdi.
Sof kumushdan
G'isht urdi.

Qurib bo'lib
Qarasa.
Yo'qmish
Eshik-deraza.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:17:47
QURUMSOQ

Yoz, deb qistar
Muallim.
Yo'q, deb yig'lar
Mirsalim.

Ko'p yozsam, der,
Mirsalim,
Odosh bo'lar
Qalamim.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:18:13
YAYLOVNI SOG'INISH

"Ishlar qalay?"-
Desam, Qo'y
Javob berdi surib o'y:

- Kamchilik yo'q
Oziqdan...
Bezor bo'ldim
Qoziqdan.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 12:18:33
MAKTAB

Baxtga narvon, bilimga kon erur maktab,
Zakovat doniga xirmon erur maktab.
O'g'il-qizlar, o'qing ulkan murod ko'zlab,
Ziyo topmoq uchun imkon erur maktab.
O'qing, minglab ahli dono kerak yurtga,
Yana Bobur, ibn Sino kerak yurtga.

Navoiy so'zni zar etdi ilm istab,
Buxoriy el kezib o'tdi ilm istab.
Riyoziyot shohi bo'ldi Xorazimiy,
Ulug'bek yulduzga yetdi ilm istab.
O'qing, Farg'oniy, Huvaydo kerak yurtga,
Beruniy, Termiziy, Kubro kerak yurtga.

Necha yovdan qaqshagan bu aziz tuproq,
Qadim janglar guvohi har dala, so'qmoq.
Buyuk yurt tarixin anglab g'urur to'plang,
Mard bobongiz Temurbekdek turing ogoh.
O'qing, idrokli posbonlar kerak yurtga,
Shiroq yanglig' pahlavonlar kerak yurtga.

Surib davron, Vatanda xon bo'ling doim,
Qadoqqo'l bu elga darmon bo'ling doim.
Shahar tiklang, oching dunyo sari yo'llar,
Nomi besh qit'ada doston bo'ling doim.
O'qing, ongli qizu o'g'lon kerak yurtga,
Qodiriy, Nodira, Cho'lpon kerak yurtga.

Qunt ila qirq hunar olmoqqa shahd aylang,
Shamoldan ham shakar olmoqqa shahd aylang.
Zamondan-da yurib ilg'or, bo'lib koshif,
Har ilmdan samar olmoqqa shahd aylang.
O'qing, qudrat ila shuhrat kerka yurtga,
Ma'rifatga tashna millat kerak yurtga.

Ma'rifatsiz elat maqsadda jam bo'lmas,
Ma'rifatli o'lka yotga qaram bo'lmas.
Agar maktab quyosh ersa, ilm nurdir,
Fikrsiz bosh ichra hattoki sham bo'lmas.
O'qing, fikri yorug' avlod kerak yurtga,
Va ertangi taraqqiyot kerak yurtga.


Yuqoridagi sherlar va maktubchalar Anvar Obidjon qalamiga mansub
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Ansora 25 Avgust 2009, 22:58:55
Obbo' Anvar Obidjon akayey:) Sherlar juda yoqdi. Necha yildan beri bolalar uchun hech narsa o'qimagan edim. Aslida bolalar uchun bir narsalar yozish osonday tuyuladi, aslida unday emas. Ular uchun yozish uchun kattalarday kuzatib, yosh boladay yozish kerak:) Akbarjonda ham katta rahmat:)
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Ansora 25 Avgust 2009, 23:01:50
MAHALLIY GEOGRAFIYA

- Aholining qalini
Qaysi joyda, To'lanboy?
- U, menimcha, domlajon,
To'qqizinchi tramvay.

Rostdan ham aholini qalini 9 tramvayda edi, yotoqxonadan o'qishga qatnab yurganimizda juda qiynalanmiz:)

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Ansora 25 Avgust 2009, 23:09:52
Akbarjon, Anvar Obidjonni she'rlarining jamlangan holini qayerdan topsam bo'ladi? Ozb-da bo'lmaganim uchun majburan internet o'rtamida o'qishga to'g'ri keladi. Ziyouzga qaradim 5-6 she'r bor ekan. Hozirdan katta rahmat.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 06 Sentyabr 2009, 08:53:30
Darhaqiqat, bolaning maktabdagi dastlabki yutuqlari bevosita uning ota-onasi bilan bog’liqdir. U partaga o’tirishdan oldin aynan nimalarni o’rganishi lozim, shuningdek, ota-ona bolada bilimga bo’lgan qiziqishni so’ndirmaslik uchun yodda tutishi lozim bo’lgan narsalar to’g’risida.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 06 Sentyabr 2009, 08:54:10
Birinchi sinfga tayyorgarlik

Dastlabki oylarda maktab bog’chadan farqi unchalik ham ko’zga tashlanmaydi, albatta atrof muhit va intizomni hisobga olmaganda. O’quv jarayoninig o’zi esa o’yin shaklida o’tadi. Ammo bu uni maktabga tayyorlash ehtiyoji yo’qlini bildirmaydi, chunki maktabga birovningmas, aynan SIZNING bolangiz boradi.

O’z o’rnida ba’zilar bola 7 yoshgacha faqat kitoblarda rasmlar varaqlashi yoki ertak eshitishi lozim, deya ta’kidlaydi. Shunaqa tarzda o’ylovchilar o’z bolasidan minnatdorchilik eshitishi dargumon. Albatta, maktabgacha Alisher Navoiyning "œXamsa"sini o’qib bo’lish shart emas, ammo ba’zi narsalarni bilish unga tavsiya qilinadi.

Birinchidan, u qiyinchiliksiz manzilini, shahar va diyorini, shuningdek, oila a’zolarining to’liq ismi va kasblarini ayta olishi lozim (albatta sir bo’lmasa).

Ba’zi bir ranglar va jonivorlar, hafta kunlari va oylar — bo’lajak o’quvchi bularni oson sanab berishi lozim. Ularni sanab berish bilan birga ularni umumlashtira olishi ham kerak (masalan: ayiq, tulki va bo’ri - hayvonlar).

Maktabgacha bolaning qo’llari yaxshi rivojlanib, "œrom" bo’lishi lozim. Agar Siz, bolangiz rasm chizayotganda, bo’yayotganda yoki yozayotganda varaqni burayotganini sezib qolsangiz iloji boricha buni tuzatishga harakat qiling. Bunda applikatsiya, plastilin, kichkina bo’laklardan iborat konstruktor va mozaika asqotishi mumkin.

Bolaning nutqi qay rivojlanganini tekshiring. Bolaning o’zi rasm yoki o’yinchqqa qarab yoki eshitgan hikoyasini mantiqqa ega qilib aytib bera olishi kerak.

Bolaning maktabgacha nimalar qila olishi kerakligi mavzusi ota-onalar orasida doimiy bahsga aylanib bo’lgan: o’qish, yozish yoki sanash?

O’qish xususida: bola hamma harflarni bilishi, shuningdek, tovushda faqrlay olishi, unli va unsizligina farqlashi hamda ularning so’z boshida, o’rtasida yoki oxirida joylashganini tushunishi lozim. O’zi o’qiy olishi ham xalaqit bermarmaydi, ammo shart emas. Ammo, bolalar 1-sinfga qadar bo’g’inlab o’qiy olishni uddalashlari kerak.

Bolangizni raqamlar bilan tanishtirib qo’ying. Hech bo’lmaganda u 10 gacha to’g’ri va teskari sanay olishi kerak. Uning dastlabki ikki o’ntalikni sanashi yaxshi ko’rsatkich, qolganini sanashi shart emas. Raqamlarni tushunishi balkim shunchaki sanashidan ko’ra muhimroqdir. Bola raqamlarni taqqoslay bilishi kerak: qaysi biri katta yoki kichik.

Bu uning so’z boyligiga ham tegishli. Albatta, har bir ota-onaga o’zining 6-7 yashar bolasidan murakkabroq so’z eshitish yoqadi, ammo hozirgi bir davrda bola o’zi bilmagan holda so’zlarni ishlatishi ham mumkin. Shuning uchun, asosiy urg’u songamas sifatga berilishi lozim.

O’quvchiga talablarning yanada to’laroq ro’yxatini istalgan maktabdan olish mumkin.Har bir bola rivoji individualdir. Ammo, bolaning barvaqt o’qib, yozib va sanab bilishi uning keyinchalik ham katta qadamlar bilan o’qishi shartmasligini o’qituvchilar ta’kidlashadi.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 06 Sentyabr 2009, 08:54:42
Maktabga kirish imtihonlari



Ko’pchilik ota-onalar bolani maktabga qabulida test o’tkazishlarga guvoh bo’lishgan. Tabiiyki, bu jarayon bolaga ham, ota-onaga ham ijobiy his hayajonlar olib kelmaydi.

"œBiz oldindan tanlangan maktabga faol tayyorgarlik ko’rdik. U bizning tumanda joylashmagan bo’lsada, u katta e’tirofga sazovor edi-, deydi 7 yoshli Amina Axmedovaning onasi. — Hujjatlarni topshirishga kelganimizda, suhbatdan o’tishimiz kerakligi to’g’risida aytishdi. Bu bola uchun haqiqiy imtihon edi".

Shu bilan birga ta’kidlash joizki, hech qaysi bir davlat maktabi 1-sinfga qabul jarayonida qanaqadir imtihonlar tashkillashtirish huquqiga ega emaslar. Bu qonunchilik tomonidan belgilangan. Ular shunchaki bola qabul qilingandan keyin sinflarni shakllantirish uchun test o’tkazishi mumkin. Unda, bolaning umumiy rivojlanish darajasi, uning qobiliyati va imkoniyatlari e’tiborga olinadi. Qabul qilish jarayoni faqatgina ota-onaning arizasi va bolaning hujjatlariga asoslanadi, boshqa hech narsaga emas.

Ammo shuni yodda tutish lozimki, boshqa tuman hududida joylashgan maktabga berilayotgan bolalar bo’sh joylarga yoziladilar, chunki maktab o’z hududidagi 1-sinf bolalarini qabul qila olishi kerak.

Ammo, bolaning hurmatli maktabda o’qishi ota-onalar uchun muhimligi sabab, ular buning uchun ko’p harakat qiladilar va buni bolalaridan ham talab qiladilar. Kattalar bolalar uchun maktab imidj emas, balki, ushbu dunyoda yashashni o’rganish uchun oqilishini sedan chiqarmasliklari lozim. Shuning uchun uni nafaqat texnik (o’qish, yozish va sanash) balki ruhiy jihatdan ham tayyorlashlari lozim.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 06 Sentyabr 2009, 08:55:20
Oyi, maktabga borishni hohlamayman



Boladan ushbu so’zlarni eshitmaslik uchun ota-ona uni ushbu muhitga ko’nikishida yordam berishi lozim. Bolalar ruhshunosi Leonid Venger yozishicha, maktabga tayyor bo’lish bu o’qish, yozish va sanash emas. Maktabga tayyor bo’lish — bularni o’rganishga tayyor bo’lishdir.

Ko’p uchraydigan muammolardan biri — bu o’qishga bo’lgan qiziqishning yo’qligidir. Dastlab, bolalarni tashqi dunyo qiziqtiradi: yangi forma, yorqin kitob va daftarlar, do’stlar. Sekin-asta bu jonga tegadi, bu bilan maktabga qiziqish ham so’nadi. Shuning uchun unga maktabga o’yin va bolalar bilan do’stlashgani uchun emas, balki bilimlarni puxta egallash uchun borishini oldindan aytib qo’yish kerak. O’sib borayotgan bolaga maktab majburiy bilim o’chog’gina ekanli uqtirish ham uni o’qishga qiziqtirmaydi.

Ruhshunos olimlar bolani o’z qobiliyatini to’g’ri baholashga undaydilar. O’ziga ishonmasa, ko’proq maqtang. Ammo, bolangiz o’zini hadeb maqtayversa, unga maktabda qiyin bo’ladi, chunki o’qituvchi u yerda diqqatini faqat unga emas, balki 20-30 o’quvchga qaratadi. Shuning uchun, unga qolgan bolalar ham undan kam emasligini tushuntirish lozim.

Hammasidan ham bolaga maktab intizomiga ko’nikish qiyinchilik tug’diradi. Chunki endi uning hayoti ravshan tizimga ega: dars va uy vazifalari. Ruhshunoslar ularni oldindan tizimga ko’ndirishni, ushbu yo’l bilan esa, kutilmagan vaziyatni oldini olishni tavsiya etadilar. Maktabgacha bola "œkerak" so’zi mohiyatini anglashi lozim. Shunda 1-o’quv yili ham osonroq va omadliroq kechishi tayin.

Bolada maktabgacha notanish odamlar bilan muloqot tajribasi bo’lishi qo’l keladi. Unga dastlab poliklinika, o’ynash maydonchasi, magazinga bunga imkon bering. Chunki sinfda mikroguruhlar nisbatan tez shakllanadi, u yakka o’zi qolmasligi uchun notanishlar bilan teztil topa olishi kerak. Bolalar uchun maktab-kattalar uchun ish kabidir, deb bekorga mashoyixlar aytishmagan. Qiyinchiliklar albatta bo’ladi, shuning uchun bola boshlagan ishini oxirigacha etkazishni bilishi kerak. Bu yerda yorqin misol albatta ota-onasidir.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 06 Sentyabr 2009, 08:56:09
Ota-onalar uchun birinchi sinf



1-sinf o’quvchilar ota-onasida ikki xil qarash bor: bolaning maktab ishlaridab to’laligicha cheklanish (maktabgga boryapsanmi, demak katta bolas an, hammasini o’zing qil), yoki unig o’zich qaror qabul qilishiga imkon bermaslik, har bir qadamini nazorat qilish. Ikkala hol ham birdek noto’g’ri, deya ta’kidlashadi ruhshunos olimlar.

Bolangiz dastlabki kuniyoq o’zgarib qolmaydi. Bog’cha va uyda qanaqa bo’lsa, maktabga ham shunday keladi. Agar Siz avvallari uning uchun barcha ishlarni qilgan bo’lsangiz (o’yinchoqlarni yig’ishtirish, kiyinish), 2-sentyabrdan uning o’zgarishini kutmang. Ustiga-ustak uning endi doim ham ulgura olmaydigan yangi vazifalari bor.

Bolaga hohlagan muammosi bilan Sizga kelish imkonini bering. Bu maktab predmetlariga, sinfdoshlariga, o’qituvchisiga tegishli bo’lsa ham.

Boshqa tarafdan, uning maktabdagi soyasi bo’lish ham yaramaydi. Erkinlikni his etsin. Uy vazifalarini qilishda ko’maklashing, lekin o’zingiz qilmang. Sizga yoqmaydigan bolalar bilan do’stlashsa, koyimang, yaxshisi odamlarni tanlashga o’rgating. Hatto ular 7-8 yoshda bo’lsalar ham.

Asosiy xatolardan biri – bu faqat bahoga diqqatni qaratish bilan ham bog’liq. Ushbu oilalarda kundalikdagi past baho – dunyo inqirozi bilan baravar. 1-sinfda baho qo’yishmaydi, bola bahogamas, bilim uchun o’qishini anglashi kerak.

Shu bilan birga maktabdagi ota-onalar yig’ilishi Siz uchun bayram bo’lishini istab qolamiz.

Manba: www.farzand.uz

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Sentyabr 2009, 06:51:43
Do’stlar.

      Bir bor ekan, bir yo’q ekan. Qadim zamonda Ali va Vali ismli do’stlar bo’lgan ekan. Ular har kuni birgalikda o’tkazar ekan. Birga o’ynashar, birgalikda darslarni tayyorlashar, birgalikda ovqatlanishar ekanlar. Alining onasi unga issiq kulcha yopib bеrsa, tеzda Valiga tutqazar, Valining onasi unga shirinlik olib kеlsa, u ham darrov Ali bilan shirinliklarni baham ko’rar ekan. Ularning bu mеhribonchiligidan atrofdagi qo’ni-qo’shnilar, qarindosh-urug’lar ularni go’yoki aka-ukalar dеb o’ylar ekanlar. Ularning bu do’stligiga hattoki quyosh-u oylar, kichik qurt-qumurskalar, yangi ochilgan gullar-u, ulardagi shabnam tomchilar ham xavas ko’zi bilan karar ekan.

    Lеkin birdan ularning do’stligiga bir ko’z tеgibdi. Ularning yoniga qo’shni bo’lib bir oila ko’chib kеlibdi. Bu oilaning Ali va Vali singari o’g’li Anvar tеngdosh ekan. Ali va Vali boshida yangi bola bilan tanishmoqchi bo’lishibdi. Anvar yam-yashil o’tloq ustida turli-tuman o’yinchoqlari bilan o’ynab utirganida ikki do’st uning yoniga kеlishibdi. Ali va Vali undan so’rashibdi:

- Anvar sеn buncha o’yinchoqni bitta o’zing o’ynayapsanmi?

- Ha. Sizlar xam o’ynamoqchimisizlar?

- Agar qarshi bo’lmasang, albatta. — dеb bolalarning ko’zlari chaqnab kеtibdi. Anvar o’ylab turib Aliga, - «Faqatgina sеn o’ynashing mumkin.» - dеbdi. Valini esa ularga qo’shilib o’ynashiga ruhsat bеrmabdi. Vali Anvar va Alining quvonchi bilan o’yinchoqni o’ynashiga xavas bilan qarabdi. Lеkin eng yaqin do’sti Alidan xafa bo’lib, endi uni do’stim dеmayman dеb yig’lab kеtib qolibdi.  Ali esa o’yinchoqlarni xursand bo’lib, Vali bilan do’stligini unutib yuboribdi. U xayolida, - «Vali bilan do’st bo’lishim shartmi, endi Anvar mеning do’stim, axir uning do’stlari ko’pda», - dеbdi.

    Kunlar shu zaylda o’tavеribdi. Shu orada ularga qo’shni bo’lib yangi oila ko’chib kеlibdi. Ularning ham Anvar, Ali va Vali singari tеngdosh farzandi bor ekan. Anvarning Aliga bo’lgan muomalasi buzilib, uni o’yinchoqlariga tеgishiga qo’ymay xaydab yuboribdi. Chunki Anvarning yangi bola bilan o’ynagisi kеlibdida. Bu xoldan qattiq ta'sirlangan Ali nima qilishini bilmay, eski do’sti Validan xijolat bo’lib kеchirim so’rabdi. Vali o’zini jaxli chiqqan qilib ko’rsatibdi. Lеkin ich-ichidan do’sti o’zining xatosini tushunganidan xursand bo’libdi va uni kеchiribdi.

   Yana ular xamma xavas qiladigan qadrdon do’st bo’lishibdi.

   Xo’sh bolakaylar ertak sizga yoqdimi? Sizningcha Vali Alini kеchirib to’g’ri ish qildimi?

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Sentyabr 2009, 06:55:36
(http://rasm.sb.uz/pics1/e5c621a8b0452d4f3a8c4d3cb13bde8f.bmp) (http://rasm.sb.uz/#e5c621a8b0452d4f3a8c4d3cb13bde8f.bmp)

   CHIPOR TOVUQ HAQIDA ERTAK


Bir bor ekan, bir yo'q ekan bir kampir bilan chol bo'lgan ekan.Ularning bir chipor tovuqlari bor ekan. Bir kuni tovuqlari tuxum qilibdi. Oddiy emas oltindan.Chol uni urib-urib sindira olmabdi. Kampir xam urib urib sindira olmapdi. Sichqon o'tib ketayotsa dumi tegib ketibdi - yu, tuxum erga tushib sinibdi. Buni ko'rib chol ham, kampir ham yig'lashibdi.Tovuq esa "Qu-qu"lab shunday debdi: yig'lama bobo, yig'lama buvijon. Qilib beray men-sizlarga boshqa tuxum, oltin emas, oddiyginasin!

Nom: Bolajonlarga
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Sentyabr 2009, 06:58:17
(http://rasm.sb.uz/pics1/6864ca1f7e441dfc5751479054bfa2de.bmp) (http://rasm.sb.uz/#6864ca1f7e441dfc5751479054bfa2de.bmp)
Nom: Bolajonlarga
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Sentyabr 2009, 07:03:10
(http://rasm.sb.uz/pics1/8413dddcd8afeafcf3608982e739883e.bmp) (http://rasm.sb.uz/#8413dddcd8afeafcf3608982e739883e.bmp)

Bolalar bog'chasi   :D
Nom: Bolajonlarga
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Sentyabr 2009, 07:04:17
(http://rasm.sb.uz/pics1/3e5edfe3e1984c3a4614b3fc4ea7b25a.bmp) (http://rasm.sb.uz/#3e5edfe3e1984c3a4614b3fc4ea7b25a.bmp)

Filcha
Nom: Bolajonlarga
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Sentyabr 2009, 07:06:33
(http://rasm.sb.uz/pics1/4632587ca1a6c52ab8eaca680a71dc75.bmp) (http://rasm.sb.uz/#4632587ca1a6c52ab8eaca680a71dc75.bmp)

Bolakay (multifilmdan)
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 14 Sentyabr 2009, 05:56:26
OChKO'Z BOLA

Shaharning bir kсchasida yig'lab turgan bolani kсrgan bir yсlovchining rahmi kelib:
- Ey bola, nimaga yig'laysan?-deb sсrabdi.
- Bir sсm pulimni yсqotdim,- deb bola badtarroq yig'lay boshlabdi.
- Bir sсm uchun kсz yoshi tсkaveradimi kishi? Ma, bir sсm bсlsa ol, - deb haligi yсlovchi bir sсm beribdi-da, сz yсliga ravona bсlibdi.
Yana qaytib shu kсchadan сtsa haligi bola yana yig'lab сtirgan emish.
- Ha, yana nimaga yig'laysan, bir sсm bсlsa olding yoki uni ham yсqotib qсydingmi?-deb sсrabdi haligi kishi.
- Yсq yсqotmadim. Agar oldingisini yсqotmaganimda siz bergan bir sсm bilan ikki sсm bсlardi-da,- deb bola badtarroq yig'labdi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Sentyabr 2009, 05:37:30
OQ KO`YLAKLI LAYLAKLAR

Laylak keldi, yoz bo`ldi,
Ko`p kelgani soz bo`ldi.
Tortimlidir ovozi,
Birlik ramzi parvoz
 
Laylak qayga in solsa,
Demak, havo top-toza.
Mustaqillik maydoni —
Laylak, laylak, laylaklar,
Egnida oq ko`ylaklar.
Inlari cho`p-savatdan,
Ko`rpasi qirq qavatdan
Eng suyukli oshyoni.
Qator-qator oq laylak
Ko`kka osdi belanchak.
Oppoq rang tinchlikka xos,
Osmonda — oq poyondoz!
 
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Sentyabr 2009, 05:37:59
Botirlik

Egam meni bekorga
Demas «polvon Xo`rozim».
Qichqirsam, bor qishloqni —
Zirqiratar ovozim.
Jo`jalarni asrayman
Qonxo`r o`g`ri Kalxatdan.
Xo`roz botir bo`lmasa,
Naf yo`q quruq savlatdan.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Sentyabr 2009, 05:38:32
PARTAGA YOZILGAN SHE’R

Bu yil bizdan o`chdi u
O`tgan yili men bilan
O`tirardi Mirto`lan.
Baxil edi juda ham,
Ko`chirtirar edi kam
Uchinchiga ko`chdi u.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Sentyabr 2009, 05:39:16
KALISH AFSONASI

Seni kiyib olishib,
Rosa kezib yurishdi.
Yo`lakdagi xaslarni
Dangal ezib yurishdi,
Kalishvoy.
Pisand qilmay qararding
Eh, o`zingdan pastlarga...
Oxir seni yoqishdi
Qo`shib o`sha xaslarga,
Kalishvoy.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Sentyabr 2009, 05:39:45
BEZORI

Qarg`a kirdi
Kinoga,
O`xshab
Buratinoga.
Hamma joylar
Edi band,
Borib dedi
Nopisand:
— Menga qara,
Vey, Laylak,
Yeganmisan
Hech kaltak?
Qani, tur-chi
O`rningdan.
He, o`rgildim
Burningdan.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Sentyabr 2009, 05:40:23
KEL, OPPOG`IM, BAG`RIMGA...

Yer uzra qo`ndi oqshom,
Oy shu`lasi bir mayin.
Kel, oppog`im, kel, erkam,
Men seni allalayin.
Dudog`ing guldan xushbo`y,
Yuzlaring undan xushro`y.
Kel, oppog`im, bag`rimga
Jajji boshginangni qo`y.
Tovuq uxlar qo`noqda,
Shamol tingan butoqda.
O`t-o`lanlar jimgina
Orom olar o`tloqda.
Yulduz charaqlayapti,
Oy ham yaraqlayapti.
Qizcha uxladimi, deb
Mendan so`roqlayapti.
Yer uzra qo`ndi oqshom,
Oy shu`lasi bir mayin.
Kel, oppog`im, kel, erkam,
Men seni allalayin.
 
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Sentyabr 2009, 05:41:17
HAYRONLIK

-Buvijon, nega ukam
Gapirolmas hali ham?
— Ukajoningni tili
Chiqqani yo`q-da, bolam.
Vo-oy, buvijonim-ey,
Gaplaringiz qiziq-ku.
Axir, tili bo`lmasa,
Og`zidagi nima u?
 
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Sentyabr 2009, 05:41:48
O`JAR AKA-UKALAR

Urishadi ikki xo`roz:
Najim bilan kichik O`roz.
Bir-biriga ho`mrayadi,
Dakan kabi hurpayadi.
Musht tushirar, bet-yuziga,
Goh boshiga, goh ko`ziga.
Urishadi ikki xo`roz:
Najim bilan kichik O`roz.
Kechiksam ham, mayli, ishga
Urinaman ajratishga.
Yurakkinam taka-puka,
Axir ular... aka-uka!
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Sentyabr 2009, 05:42:21
HAYOTBEKNING XAYOLI

O`rgimchak to`r yaltirar,
Irmoqlar yo`l topishgan.
Panjalarin sal tirab,
Quyon tayyor chopishga.
Quyosh sochib nurini,
Osmonda kuladi-da.
Ana endi Bo`rini
Chizsam ham bo`ladi-da.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Sentyabr 2009, 05:43:56
Safar BARNOYEV
CHIROYLI SALOM

(Hikoya)

Nigina bugun negadir kechroq uyg`ondi.
— Iye,— dedi Xurshid buva dasturxon atrofidagilarga qarab, tinchlikmi?
Malika xola mehr bilan qizini erkaladi:
— Buvasi, Niginangiz allamahalgacha o`ynab o`tirdi. Charchagan-da.
— Erta turishning xosiyati katta— deya gap boshladi buva.
—Ko`p uxlagan bola lanj bo`lib uyg`onadi.
Barvaqt tursa, katta-kichikning qanday o`tirishini, dasturxonni qanday tuzashni, choy quyish, uzatishni o`rganadi. Qiz bola bularga kichikligidan e`tibor berib borgani ma`qul.
Xurshid buva piyoladagi choyni xo`plab, o`rnidan turmoqchi bo`lgan edi, qo`shni xonadan Nigina chiqdi. Sochlari hurpaygan, ko`zlarini uqalayotgan qizcha garangsirab buvasiga qaradi-yu, yuvingani kirib ketdi. Bu orada Xurshid buva dasturxonga duo o`qib o`rnidan turdi.Yo`lakka o`tdi. Kovushini to`g`rilab, endi o`ng poyini kiyayotgandi, yuz- qo`lini yuvayotgan Nigina buvasini to`xtatdi.
— Buvajon, ketmay turing.
Xurshid buva nevarasining yuvinib chiqishini kutdi.
— Sizga chiroyli salom bermasam ham ko`chaga chiqib ketaverasizmi?— dedi Nigina.
— Salomning ham chiroylisi bo`ladimi? Qani-qani...
— Hozir... — Nigina shoshib toshoyna oldiga borib betartib sochlarini taradi. Kiyimlarini tartibga keltirib, buvasi tomon qayrilib, nim ta`zim qildi.
— Assalomu alayko`m, buvajon.
— Vaalaykum assalom, asal qizim,— Xurshid buva nevarasining peshonasidan o`pib, kovushini kiydi. Chehrasi ochilib, yo`lga tushdi.
 
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 08 Oktyabr 2009, 08:28:01
As Salaamu 'Alaikum va Rahmatullahi va Barakatuh

Sizu bizni yaratgan,
Bulbul qilib sayratgan.
Yakka yagona Alloh,
Laa ilaha illalloh.
   
  Bizga Qur'onni bergan,
  Qaymog'u nonni bergan,
  Mehribonimiz Alloh,
  Laa ilaha illalloh.
   
  Kim o’qisa Qur'onni,
  Gapirmasa yolg’onni,
  Yaxshi ko’radi Alloh,
  Laa ilaha illalloh.
   
  Qo’lda Qur'onimiz bor,
  Dilda iymonimiz bor,
  Bizni asraydi Alloh,
  Laa ilaha illalloh.
   
  Bolalar kelaqoling,
  Qur'onni yodlab oling.
  Qachon  Qur’on o’qilsa,
  O’tirib quloq soling.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 08 Oktyabr 2009, 08:28:38
Men musulmonman buni ko'rursiz,
Aytgan so’zlarimga quloq tutingiz.
Allohga ibodat qilib hamisha
Faqat Ungagina duo qilaman.
Boshqalarga duo qilsamchi agar
Juda katta gunoh qilgan bo’laman

~~~~

Mening kunim juda ajoyib
Ibodatim boyitib shunda
Men namozda sajda qilaman
Ollohimga 5 mahal kunda:
Bomdod tongdan oldin,
Peshin kunduzda
Keyin esa Asr
So’ng keladi Shom
Xufton o’qilgan zamon
Kunlik Namozimiz bo’ladi tamom.

~~~~

Kunim o’tar ajoyib, tunim esa tinch
Shirin tushlar hamrohim Bomdodga qadar
Namoz o’qing do’stlarim siz ham men kabi
Tangrim bizni qo’llagay qiyomat qadar

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 08 Oktyabr 2009, 08:29:09
Namozingni o`qi ukam namozingi

Boshlagin sen har bir ishni bismillohdan
Tasbehlardan, zikrlardan, ibodatdan
Tilovatga shayla do`stim zaboningni
Namozingni o`qi ukam namozingni.

Ihlos bo`lsa ibodating mohiyati
Go`zal bo'lur insoniyat oxirati
Eng muhimi yo'qotmagin iymoningni
Namozingni oqi ukam namozingni .

Duolarda so`ragin sen Ollohimdan
Panoh bersin qaynab turgan do`zaxidan
O`rnak qilgin Sahobiylar hayotini
Namozigni o`qi ukam namozingni.

Namoz erur iymoningning ustunlari
Ibodatda bo`lgin mudom sen tunlari
Sabrsizlik bilan kutgin ramazonni
Namozingni qoldirmagin namozingni.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 08 Oktyabr 2009, 08:29:36
Ota ona nasihati

Haqqa da’vat - qutlug’ da’vat,
Hoy — havasni unut, bolam.
O’lim haqdir, dunyo foniy,
Azonga quloq tutgin, Bolam!
 
Kunda besh bor chaqiradi,
Kirlaringni aritadi.
Jannat sari eltadi,
Namozingni o’qi, Bolam!
 
Boshqa chora bo’lmas aslo,
Kelmaganlar tortgay alam.
Shayton seni yengmay turib,
Sen shaytonni yenggin, Bolam!
 
Dilim og’rir , oyog’ingni,
Tikan tilsa bu dunyoda.
Istamayman yonmog’ingni,
Jahannamda, jonim, Bolam!
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:28:44
Бисмиллахир рохманир рохийм

Бизни сратиб, бизга ризк ва билим неъматини берган Аллох таъолога хамду санолар, Унинг севимли ва сÿнгги пайгамбарига салот ва саломлар бÿлсин.

Ассалому алайкум ва рохматуллохи ва барокатух.

Жажжи кизалок ва шункор болажонлар!

Сиз бу рукнда исломий акида, фикх, пайгамбарларнинг киссалари, пайгамбаримиз Мухаммад соллаллоху алайхи ва салламнинг одоблари ва суннатлари хамда Коинотда биз билан бирга сшаётган, бошка махлукотлар хаётини ÿз ичига олган ва ёшингизга муносиб макола ва китобларни ÿкишингиз мумкин.

Биз сиздан рукнингизга мос маколалар ва у хакидаги мулохазаларингизни кутамиз. Аллох солих амалларни килишингизда кучингизга куч, гайратингизга гайрат кÿшсин.

Шу сринда хурматли ота-оналардан, бу рукндаги дарслар ва киссаларни скишда фарзандларига ёрдам беришлари ва уларга тушунарсиз жойларини шархлаб, тушунтириб беришларини илтимос киламиз.   
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:30:36
Ibrohim alayhis-salomning qissalari

Bismillahir rohmanir rohiym

 

Butlarni kim sindirdi?

1 — Butfurush

Juda qadim zamonda, bir qishloqda mashhur kishi bor e`di.

Uning ismi Ozar e`di.

Ozar butlarni sotar e`di.

Bu qishloqda juda ham katta uy bor e`di.

Bu uyda juda ham ko`p butlar bor e`di.

Odamlar bu butlarga ibodat qilar e`dilar.

Odamlar bu butlarga sajda qilar e`di lar.

Ozar ham bu butlarga sajda qilar e`di.

Ozar ham bu butlarga ibodat qilar e`di.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:31:04
2 — Ozarning o`g`li  

 

Ozarning aqlli o`g`li bor e`di.

Uning ismi Ibrohim e`di.

Ibrohim odamlarning butlarga ibodat qilganlarini ko`rar e`di.

Ibrohim odamlarning butlarga sajda qilganlarini ko`rar e`di.

Ibrohim butlarning toshdan e`kanini bilar e`di.

Ibrohim butlarning gapirmasligi va e`shitmasligini bilar e`di.

Ibrohim butlarning zarar va foyda bermasligini bilar e`di.

Ibrohim pashshalarning butlar oldiga kelib qo`nganini, butlar e`sa ularni hayday olmaganlarini ko`rar e`di.

Ibrohim sichqonlar butlarning oldidagi taomlarni eganlarini, butlar e`sa ularni hayday olmaganlarini ko`rar e`di.

Ibrohim o`zicha: "œNega odamlar butlarga ibodat qiladilar?!"- der e`di.

Ibrohim o`zicha: "œNega odamlar e`h tiyojlarini butlardan so`raydilar?!"- der e`di.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:31:30
3 — Ibrohimning nasihati  

 

Ibroim otasiga shunday dedi:

 "œOtajon, nega butlarga ibodat qilasiz?

Otajon, nega butlarga sajda qilasiz?

Otajon, nega butlardan e`htiyojingizni so`raysiz?

Axir bu butlar e`shitib, gapirmaydiku!

Axir bu butlar foyda va zarar ber maydi-ku!

Otajon, bu butlar eb ichmaydi-ku!".

Ozar o`g`lining bu so`zlaridan g`azablanar va uning so`zlarini tushunmas e`di.

Ibrohim o`z qavmiga nasihat qilar, ular e`sa g`azablanishar va uni tushunmas e`dilar.

Ibrohim: "œOdamlar ketganlarida bu butlarni sindiraman. Odamlar shundagina tushunadilar"- dedi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:31:59
4 — Ibrohim butlarni sindirdi

 
Bayram kuni keldi.

Odamlar xursand bo`ldilar.

Kattalar ham, bolalar ham bayramga chiqdilar.

Ibrohimning otasi ham bayramga chiqar e`kan Ibrohimga: "œSen chiqmay sanmi?"- dedi.

Ibrohim: "œYo`q, men kasalman"- dedi.

Odamlar ketdilar. Ibrohim butlar turgan uyda qoldi.

Ibrohim butlar oldiga kelib dedi:

"œGapirmaysizlarmi?! E`shitmaysiz larmi?!

Mana bu taom va sharob! Ulardan yeb, ichmaysizlarmi?!"

Butlardan ovoz chiqmadi. Chunki ular gapir maydigan tosh e`dilar.

Ibrohim: "œNega gapirmaysizlar?"- dedi.

Butlar jim, gapirmas e`dilar.

Bundan Ibrohimning jahli chiqdi va qo`liga boltani oldi.

Ibrohim bolta bilan butlarni urib, sindirdi.

Ibrohim katta butdan boshqa barcha butlarni sindirdi va uning bo`yniga boltani osib qo`ydi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:32:26
5 — Butlarni kim sindirdi?


Odamlar qaytdilar va butlar turgan uyga kirdilar.

Odamlar butlarga sajda qilmoqchi bo`ldilar. Chunki u kun bayram e`di.

Lekin odamlar hayron bo`lib qoldilar.

Odamlar afsus qilib, g`azablandilar. Ularning ba`zilari: "œBizning xudolarimizga buni kim qildi?!"- dedilar.

Ba`zilar: "œIsmi Ibrohim bo`lgan bir yigitning xudolarimiz haqida gapirganini e`shitgan e`dik"- dedilar.

Odamlar: "œE`y Ibrohim, xudolarimizga bu ishni sen qildingmi?!"- dedi lar.

Ibrohim: "œYo`q, uni butlarning mana bu kattasi qildi. Agar gapira olsalar ulardan so`rab ko`ringlar?!"- dedi.

Odamlar butlar toshdan yasalgan e`kanini bilar e`dilar.

Odamlar toshlar e`shitmasligi va gapirmasligini bilar e`dilar.

Odamlar katta but ham tosh e`kanini, u yurmasligi va qimirlay olmasligini bilar e`dilar.

Odamlar katta butning boshqa butlarni sindirishga kuchi yetmasligini bilar e`dilar.

Ular Ibrohimga: "œSen butlarning gapirmasligini bilasanku!"- dedilar.

Ibrohim dedi: "œSizlarga foyda va zarar bera olmaydigan butlarga nega ibodat qilasizlar?

Gapirmaydigan va e`shitmaydigan butlardan nega e`htiyojlaringizni so`raysizlar?

Nega hech narsani tushunmaysizlar!

Nega aqllaringizni ishlatmaysizlar?".

Odamlar hech narsa deya olmadilar va xijolat bo`ldilar.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:32:52
6 — Sovuq olov

 

Odamlar to`planib: "œE`ndi nima qilamiz?

Ibrohim butlarni sindirdi va xudolarimizni tahqirladi"- dedilar.

Odamlar bir-birlariga: "œIbrohimga nima jazo beraylik?"- deb so`radilar.

Bir ovozdan: "œUni yoqinglar va xudolaringizga yordam beringlar!"- dedilar.

Shunday qilindi: Odamlar olov yoqib, Ibrohimni olovga otdilar.

Alloh ta`olo Ibrohimga yordam berdi va olovga: "œHoy olov, Ibrohim uchun zararsiz va sovuq bo`l!"- deb amr qildi.

Alloh aytganidek bo`ldi. Olov Ibro him uchun zararsiz va sovuq bo`ldi.

Odamlar olov Ibrohimga zarar ber maganini ko`rdilar.

Odamlar Ibrohimning xursandligi va sog`lom e`kanini ko`rib hayratga tushdilar.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:33:16
7 — Robbim kim?


Ibrohim kechalarning birida yulduzni ko`rdi va: "œBu mening robbim!"- dedi.

Yulduz g`oyib bo`lganidan so`ng e`sa: "Yo`q, bu mening robbim e`mas" - dedi.

Ibrohim Oyni ko`rdi va: "œBu mening robbim!"- dedi.

Oy g`oyib bo`lganidan keyin e`sa: "œYo`q, bu mening robbim e`mas"- dedi.

Quyosh chiqdi. Ibrohim: "œBu mening robbimdir, chunki u hamma narsadan kattadir!"- dedi.

Kechqurun Quyosh botganida Ibrohim dedi:

 "œYo`q! Bu mening robbim e`masdir.

Allohgina o`lmas va Tirikdir.

Allohgina Boqiy va G`oyib bo`lmasdir.

Allohgina mag`lub bo`lmaydigan Kuchlidir.

Yulduz tong oldida mag`lub bo`lgan zaifdir.

Oy zaifdir, unga Quyosh g`olibdir.

Quyosh zaifdir, unga qorong`ulik va bulutlar g`olibdir.

Menga yulduz yordam bera olmaydi. Chunki u zaifdir.

Menga Oy yordam bera olmaydi. Chunki u kucgzisdir.

Menga Quyosh yordam bera olmay di. Chunki u zaifdir.

Menga Allohgina yordam bera oladi.

Chunki U o`lmas Boqiydir.

Chunki U g`oyib bo`lmaydigan Bo qiydir.

Chnuki U mag`lub bo`lmaydigan Kuchlidir.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:33:42
8 — Robbim Allohdir!

 

Ibrohim robbisi Alloh e`kanini bildi.

Chunki Alloh o`lmaydigan Tirikdir.

Chunki Alloh yo`q bo`lmaydigan Boqiydir.

Chunki Alloh mag`lub bo`lmaydigan Kuchlidir.

Ibrohim: Alloh Oy, Quyosh va barcha olamlarning Robbisi e`kanini bildi.

Alloh ta`olo ibrohimni to`g`ri yo`lga hidoyatladi va uni payg`ambar hamda o`zi uchun xalil—e`ng yaqin do`st qildi.

Alloh ta`olo Ibrohimga qavmi (xalqi) ni (Islom diniga) da`vat e`tish va ularni butlarga ibodat qilishdan qaytarishga buyurdi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:34:10
9 — Ibrohimning da`vati


Ibrohim o`z qavmini Alloh yo`liga da`vat qildi va ularni butlarga ibodat qilishdan qaytardi.

Ibrohim o`z qavmiga: "œSizlar nimaga ibodat qilasizlar"- dedi.

Qavm: "œBiz butlarga ibodat qilamiz" - dedilar.

Ibrohim dedi: "œSizlar duo qilsangizlar ular e`shishitadilarmi?

Yoki sizlarga foyda, yoki zarar beradilarmi?".

Qavm: "œBiz otalarimizni shunday (ibodat) qilganlarini ko`rganmiz"- dedi.

Ibrohim dedi:

"œMen bu butlarga ibodat qilmayman.

Balki men, bu butlarning dushmaniman.

Men "œo'zimni yaratgan va meni to`g`ri yo`lga hidoyatlaydigan";

"œMenga taom berib, meni sug`oradigan";

"œKasal bo`lsam menga shifo beradigan";

"œMeni o`ldirib, qayta tiriltiradigan" va barcha Olamlar robbisi bo`lgan Allohga ibodat qilaman.

Butlar yaratmaydi va hidoyat qilmaydi.

Butlar hech kimga taom ham, suv ham bermaydi.

Butlar kasal bo`lgan kimsalarga shifo bermaydi.

Butlar hech kimni o`ldirib, tiriltira olmaydi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:34:37
10 — Podshoh huzurida

 

Shaharda juda ham katta va juda ham zolim podshoh bor e`di.

Odamlar bu podshohga sajda qilishar e`di.

Podshoh Ibrohimning Allohdan boshqa hech kimga ibodat qilmasligini e`shitib, g`azablandi va uni huzuriga chaqirtirdi.

Ibrohim podshoh huzuriga keldi.

Chunki U Allohdan boshqa hech kimdan qo`rqmas e`di.

Podshoh: "œIbrohim, sening robbing kim?"- deb so`radi.

Ibrohim: "œMening robbim — Allohdir"- dedi.

Podshoh: "œAlloh kimdir?"- deb savol berdi.

Ibrohim: "œHayot beruvchi va o`ldi ruvchi zot"- deb javob berdi.

Podshoh: "œMen ham o`ldirib, tiriltira olaman"- dedi-da, bir kishini chaqirdi va uni o`ldirdi.

Boshqa bir kishini chaqirib, uni qo`yib yubordi-da: "œMen ham o`ldirib, tiriltira olaman. Mana, bir kishini o`ldirib, boshqasini qo`yib yubordim"- dedi.

Podshoh aqlsiz e`di. Hamma mushriklar ham shunday aqlsiz bo`ladilar.

Ibrohim podshohni ham, qavmini ham tushunishini hohladi va podshohga dedi:

"œAlloh Quyoshni sharqdan olib keladi. Sen uni g`arbdan olib kelchi?!".

Podshoh hayron bo`lib, gapirishga so`z topa olmay qoldi.

Podshoh hijolat bo`ldi. Chunki u javob topa olamagan e`di.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:35:02
11 — Otani da`vat qilish

 
Ibrohim otasini ham (Islom diniga) da`vat qilishni hohladi va dedi:

"œOtajon, nega e`shitmaydigan va ko`rmaydigan narsalarga ibodat qilasiz?!".

Otajon, nega foyda va zarar bermaydigan narsalarga ibodat qilasiz?!

"œOtajon, Shaytonga ibodat qilmang!".

Otajon, Rahmonga ibodat qiling!".

Ibrohimning otasi achchiqlandi va Ibrohimga: "œMeni o`z holimga qo`y. Menga hech narsa dema, bo`lmasa seni uraman"- dedi.

Ibrohim halim e`di. Shuning uchun ham otasiga: "œSalamun alayk (Sizga tinchlik bo`lsin). Men bu yerlardan ke tib, Robbim yo`liga da`vat e`taman"- dedi.

Ibrohim otasiga juda ham achindi.

Ibrohim boshqa yurtlarga ketib robbisiga ibodat qilish va odamlarni robbisining yo`liga da`vat e`tishni hohladi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:35:38
12 — Makka sari

 
Ibrohimdan qavmi ham, otasi ham, podshoh ham g`azablandi.

Ibrohim boshqa yurtlarga ketib, u yerlarda Allohga ibodat qilish va odamlarni Alloh yo`liga da`vat e`tishni maqsad qildi.

Ibrohim otasi bilan xayrlashib, o`z yurtidan ayrildi.

Ibrohim rafiqasi Hojar bilan Makka tomon yo`l oldi.

Makkada o`tloq va daraxtlar yo`q e`di.

Makkada quduq va daryolar yo`q e`di.

Makkada hayvonlar ham, odamlar ham yo`q e`di.

Ibrohim Makkaga yetib kelgach, u yerga yerlashdi.

Ibrohim rafiqasi va o`g`li Ismoilni tashlab ketdi.

Tashlab ketar e`kan rafiqasi Hojar dedi:

"œBegim, qayoqqa ketayapsiz?

Bizni shu suv va oziq-ovqat bo`lmagan yerda qoldirasizmi?

Yoki Alloh shunga buyurdimi?"

Ibrohim: "œHa"- dedi.

Hojar: "œUnday bo`lsa, Alloh bizni tashlab qo`ymaydi!"- dedi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:36:01
13 — Zamzam qudug`I


Ismoil chanqab ketdi. Onasi unga suv bermoqchi bo`ldi.

Biroq, suv qayerda?

Axir Makkada quduq va daryo yo`q-ku!

Hojar suv izlab, Safo tog`idan Marva tog`iga, Marva tog`idan Safo tog`iga yugura boshladi..

Alloh ta`olo Hojar va Ismoilga yordam berdi. Yerdan suv otilib chiqdi.

Ismoil ham, Hojar ham bu suvdan qonib ichdilar.

Bu suv to`xtamay chiqa boshladi. Bu Zamzam qudug`i e`di.

Alloh ta`olo Zamzamga barakotlar berdi. U suv bugungi kunda hojilar ichib, o`z yurtlariga olib ketishayotgan Zamzam suvidir.

Siz Zamzam suvidan ichganmisiz?!

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:36:24
14 — Ibrohimning tushi


Bir qancha vaqt o`tganidan so`ng, Ibrohim Makkaga qaytib keldi.

Ibrohim o`gli Ismoilni ko`rib juda ham xursand bo`ldi.

Ismoil kichkina bola e`di. U chopib o`ynar va otasi bilan sayr qilar e`di.

Ibrohim Ismoilni juda ham sevar e`di.

Ibrohim kechalarning birida tushida o`g`li Ismoilni bo`g`izlayotganini ko`r di.

Ibrohim rost pay`g`ambar e`di.

Uning tuchi ham rost tush e`di.

Ibrohim Allohning yaqin do`sti-xalili e`di. Shuning uchun ham u tushida Alloh buyurgan ishni qilmoqchi bo`ldi.

Ibrohim o`g`liga:

"œ(Og`lim), tushimda men seni bo`g`izlayotgan holimda ko`rdim. Sen nima deysan?"- dedi.

Ismoil: "œOtajon, sizga qanday amr qilingan bo`lsa, shunday qiling! In- shaalloh, meni sabrlilardan biri e`ka nimni ko`rasiz"- dedi.

Ibrohim Ismoilni va pichoqni olib Mino tarafiga ketdi. Minoga yetib, Ismoilni bo`g`izlamoqchi bo`ldi.

Ismoil yerga chalqancha yotdi. Ibrohim bo`g`izlash uchun pichoqni Ismoilning bo`g`ziga qo`ydi.

Lekin Alloh amr e`tgan paytida xalilining nima qilishini sinamoqchi e`di: Ibrohim Allohni ko`proq sevadimi yoki o`g`li Ismoilnimi?

Ibrohim imtihondan o`tdi.

Alloh ta`olo Jibriilni jannatdagi qo`chqorlardan biri bilan jo`natdi va:

"œIsmoilning o`rniga buni so`y!"- dedi.

Alloh ta`olo Ibrohimning bu ishini yaxshi ko`rdi va musulmonlarni Qurbon hayitida hayvon so`yishlariga amr e`t di.

Alloh o`zining xalili bo`lgan Ibrohimga salavot va salomlar yo`llasin!

Alloh uning o`gli Ismoilga ham salavot va salomlar yo`llasin!

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:36:50
15 — Ka`ba

Ibrohim yana safarga chiqdi va bir oz muddat o`tganidan so`ng qaytib keldi.

Ibrohim Alloh uchun uy qurmoqchi bo`ldi.

Uylar ko`p e`di. Biroq, Allohga ibodat qilinadigan bironta ham uy yo`q e`di.

Ismoil ham otasi bilan Alloh uchun uy qurmoqchi bo`ldi.

Ibrohim va Ismoil tog`lardan toshlarni tashidilar.

Ibrohim va Ismoil o`z qo`llari bilan Ka`bani tikladilar.

Ibrohim Allohni yod qilib, Unga duo qilar e`di.

Ismoil ham Allohni yod qilib, Unga duo qilar e`di:

"œRobbimaz, bizdan buni qabul e`t! Darhaqiqat, Sen e`shituvchi va biluvchi zotsan".

Alloh ta`olo Ibrohim va Ismoildan qilgan ishlarini qabul qildi.

Alloh ta`olo Ka`baga barakotlar yog`dirdi. Biz har bir namozimizda Ka`baga yuzlanamiz.

Musulmonlar haj kunlari Ka`ba tomon safar qilib, uni tavof qiladilar va uning oldida namoz o`qiydilar.

Alloh ta`olo Ka`baga barakotlar yog`dirdi. Alloh ta`olo Ibrohim va Ismoildan qilgan ishlarini qabul qildi.

Alloh Ibrohimga salavot va salomlar yo`llasin!

Alloh Ismoilga salavot va salomlar yo`llasin!

Alloh payg`ambarimizga salavot va salomlar yo`llasin!

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:37:19
16 — Baytul-muqaddas


Ibrohimning Sora ismli boshqa xotini ham bor e`di.

Ibrohimning bu xotinidan tug`ilgan Ishoq ismli o`gli ham bor e`di.

Ibrohim va Ishoq Shomga yerlashdilar.

Ishoq otasi va akasi Makkada Alloh uchun uy qurganlaridek, Shomda ham bir uy qurmoqchi bo`ldi.

Ishoq alayhissalom Shomda qurgan bu masjid — "œBaytul-Muqaddas" dir.

Bu masjid Alloh atroflariga barakotlar yog`dirgan "œAqso" masjididir.

Alloh ta`olo Ismoilga ko`p farzandlar berganidek, Ishoqqa ham ko`p farzandlar berdi. Ularning ichida ko`plab pay g`ambarlar va podshohlar bor e`di.

Ishoqning Ya`qub ismli bir o`g`li bor e`di. U payg`ambar e`di.

Ya`qubning o`n ikkita o`g`li bor e`di. Yusuf ulardan birisi e`di.

Qur`on Karimda Yusufning ajoyib qissasi bor.

Kel, men senga bu qissani aytib be ray!

 
*     *     *

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:38:56
Nuh alayhissallom hayotlari


NUHNING KEMASI
 
1 - Odamdan so`ng

Alloh ta`olo Odamning zurriyotiga baraka berdi. Ularning ichida ko`plab e`rkaklar va ko`plab ayollar bor e`di.

Odamning zurriyotlari Yer yuziga tarqalib, ko`paydilar.

Odam qaytib kelsa e`di, zirriyotlarini taniy olmas e`di.

Agar unga: "œE`y, Odam, bular sizning zurriyotingiz"- deyilsa, U hayron bo`lar va: "œSubhonalloh, bularning hammasi mening farzandlarim va zurriyotimmi?!"- degan bo`lar e`di.

Odam zurriyotining ko`p qishloqlari bor e`di. Ular ko`p uylar qurgan e`dilar.

Ular yer haydab, e`kin e`kib kun kechirishar e`dilar.

Odamlar otalari Odamning dinida bo`lib, Alloh ta`ologa ibodat qilishar va Unga biron narsani sherik qilmas e`dilar!

Odamlar bir Ummat e`dilar: otalari Odam va robbilari Alloh e`di.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:39:26
2 — Shaytonning hasadi

Iblis va uning zurriyoti bunga qanday rozi bo`lsin? Odamlar qachongacha Alloh ta`ologa ibodat qiladilar?!

Odamlar qachongacha bir-birlari bilan ittifoq va o`rtalarida kelishmovchilik bo`lmay yagona xalq bo`lib yashaydilar?!

Buning bo`lshi mimkin e`mas! Buning bo`lishi mumkin e`mas!

Odamning zurriyotlari jannatga, iblis va uning zurriyotlari jahannamga kirsinmi?!

Yo`q, buning bo`lishi mumkin e`mas! Buning bo`lishi mumkin e`mas!

Zero, iblis Odamga sajda qilmadi va Alloh uni o`z dargohidan quvdi hamda la`nat qildi.

Iblis buning e`vaziga Odamning zurriyotlaridan qasos olib, ular ham Iblis bilan birga jahannamga kirmasinlarmi?!

Albatta, shunday bo`lishi kerak! Albatta, shunday bo`lishi kerak!

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:39:52
3 — Shaytonning fikri

Shayton odamlarni butlarga ibodat qilishlari va o`zi bilan birga jahannamga kirib, jannatga kirmasliklari uchun da`vat qila boshladi.

Shayton Alloh ta`olo shirk (Alloh ta`ologa sherik qilinishi)ni kechirmasligini, undan boshqa gunohlarni hohlasa kechirishini juda yaxshi bilar e`di.

Shuning uchun ham Shayton odamlarni shirk gunohini qilishga va undan keyin jannatga hech ham kirmasliklari uchun da`vat e`tmoqchi bo`ldi.

Buni qanday amalga oshirish mumkin?! Axir odamlar Alloh ta`oloning o`zigagina ibodat qila- yaptilar-ku!!

Agar Shayton odamlarning oldiga borib: "œAllohga ibodat qilmay, butlarga ibodat qilinglar!"- deb aytsa, odamlar uni so`kib, uradilar-ku!

Odamlar: "œUnday gunohni qilishdan Alloh saqlasin! Biz robbimizga sherik qilamizmi?! Butlarga ibodat qilamizmi?! Sen Alloh huzuridan toshlar bilan quvilgan Shaytonsan! Sen iflos Shaytonsan"- deydilar-ku!!

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:40:16
4 — Shaytonning hiylasi

Lekin, Shayton odamlarning ichlariga kiradigan yo`lni topdi.

Ba`zi odamlar Allohdan qo`rqishar, Allohga kechayu kunduz ibodat qilib, Allohni ko`p zikr qilar e`dilar.

Ular Alloh ta`oloni yaxshi ko`rishar, Alloh ham ularni yaxshi ko`rib, ularning duolarini qabul qilar e`di.

Odamlar ham ularni sevishar, ulug`lashar e`di.

Shayton bularni juda ham yaxshi bilar e`di.

U odamlar o`ldilar va Allohning rahmatiga qovushdilar.

Shayton odamlar oldiga borib, u odamlarni tilga oldi va: "œFalonchi, falonchi va falonchi qanday odam e`dilar?"- deb so`radi.

Odamlar: "œSubhonalloh! Ular Allohning do`stlari e`dilar. Ular Allohga duo qilisalar Alloh ularning duolarini qabul qilar va nimani so`rasalar berar e`di"- deb javob berdilar.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:40:43
5 — Solih kishilarning suratlari

Shayton: "œUlarga bo`lgan qayg`ularingiz qanday?!"- dedi.

Odamlar: "œQayg`umiz buyuk!"- dedilar.

-         Ularni nega har kuni ko`rib turmaysizlar?

-         Buning qanday iloji bor, axir ular o`lib ketdilar-ku?!

-         Ularning suratlarini chizib, har kuni e`rtalab ularga bir qarab qo`yinglar.

Iblisning so`zlari odamlarga ma`qul keldi va ular solih odamlarning suratlarini chizdilar.

Odamlar u suratlarga har kuni qarashar va solih odamlarni xotirlar e`dilar.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:41:07
6 — Suratlardan haykallarga

Odamlar suratlardan haykallarga o`tdilar.

Odamlar solih odamlarning ko`p haykallarini yasadilar va uylari hamda masjidlariga qo`ydilar.

Ular Alloh ta`ologa biron narsani sherik qilmas e`dilar.

Odamlar bular solih odamlarning haykallari e`kanini bilar e`dilar.

Haykallar odamlarga foyda, zarar va rizq bermaydigan toshdan qilingan e`kanini bilar e`dilar. Biroq, ular bu haykallar bilan tabarruklanishar va ularni ulug`lar e`dilar. Chunki ular solih kishilarning haykallari e`di.

Odamlar ichida haykallar ko`paydi va haykallarni ulug`lash rivojlandi.

Ular ichlaridan bir solih odam vafot e`tsa uning haykalini yasashar va bu haykalni uning nomi bilan atashar e`di.

 

7 — Haykallardan butlarga

U odamlar vafot e`tdilar. Ularning bolalari otalarining haykallardan tabarruklanishlari va ularni ulug`laganlarini ko`rar e`dilar.

Ular otalarining haykallarni o`pganlari, qo`llari bilan silaganlari va ular oldida duo qilganlarini ko`rar e`dilar.

Ular otalarining haykallar oldida bo`yinlarini e`gganlari, ruku` qilganlarini ko`rar e`dilar.

Bolalar otalarining qilgan ishlariga haykallarga sajda va qurbonliklar qilish hamda ulardan o`z e`htiyojlarini so`rashni qo`shdilar.

Shunday qilib bu butlar xudolarga aylandi. Odamlar ularga ilgari Allohga ibodat qilganlaridek, ibodat qila boshladilar. Odamlar ichida xudolar ko`paydi: bunisining ismi Vadd, bunisiniki Suva`, unisiniki Yag`us, bunisiniki Yauuq va unisiniki Nasr e`di.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:41:30
8 — Allohning g`azabi

Alloh odamlarga qattiq g`azab qildi va ularni la`natladi.

Alloh nega ularga g`azab va la`nat qilmasin?! Axir, Alloh ularni shuning uchun yaratib rizq berganmidi?!

Ular Allohning Erida yurib, Allohga kofitr bo`lmadilarmi?!

Ular Allohning rizqini eb, Allohga sherik qilmadilarmi?!

Bu katta zulm-ku! Bu katta zulm-ku!

Alloh odamlarga g`azab qildi: yomg`ir yog`dirmay, odamlarni qiyin ahvolga soldi. Odamlar ichida nasl va hosillar ozayib ketdi.

Lekin odamlar buni tushunmadilar va tavba qilmadilar.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:41:56
9 — Rasul-pyg`ambar

Alloh ta`olo ularning ichidan ular bilan gaplashib, ularga nasihat qiladigan bir e`rkakni o`z tarafidan e`lchi qilishni hohladi.

Zero, Alloh har bir odam bilan gaplashib: "œSen unday qil! Sen bunday qil!"- deb aytmaydi. Axir podshohlar ham odamlar bilan alohida-alohida gaplashmaydilar-ku!

Podshohlar ham har bir odam oldiga kelib: "œUnday qil, bunday qil!"- demaydilar-ku!

Podshohlar odamlardan biri, hamma ularni ko`rishi va so`zlarini e`shitishi mumkin. Ammo Allohni hech kim ko`ra olmaydi, e`shita olmaydi va U bilan hech kim gaplasha olmaydi. Bunga Alloh hohlagan paytda Alloh hohlagan odamlargina qodir bo`la oladilar.

Alloh ta`olo odamlarga ular bilan gaplashib, ularga nasihat qiladigan e`lchi yuborishni hohladi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:45:29
10 - Insonmi, farishtami?

Alloh ta`olo bu e`lchining insonlardan, odamlar taniydigan, so`zlarini tushunishadigan birisi bo`lishini hohladi. Axir e`lchi farishta bo`lsa odamlar: "œBiz kimu, u kim! U farishta, biz insonmiz-ku?!

Bizlar eb-ichamiz, bizning xotinlarimiz va bolalarimiz bor. Biz Allohga qanday ibodat qilamiz?!"- der e`dilar.

E`lchi agar inson bo`lsa, shinday der e`di:

"œMen ham eb-ichaman. Mening ham xotinim va farzandlarim bor. Men Allohga ibodat qilaman, sizlar nega ibodat qilmaysizlar?". E`lchi agar farishta bo`lsa odamlar shunday der e`dilar:

"œSen chanqamaysan, sening qorning ochmaydi. Sen kasal bo`lmaysan, o`lmaysan. Shuning uchun ham Alloh ta`ologa ibodat qilib, Uni doimo zikr qilasan.

Biz e`sa insonmiz: chanqaymiz, qornimiz ochadi, kasal bo`lamiz, o`lamiz. Shunday e`kan, qanday qilib Allohga ibodat qilib, Uni zikr qilaylik".

E`lchi agar inson bo`lsa shunday der e`di:

"œMen ham sizlar kabi chanqayman, och qolaman, kasal bo`laman, o`laman. Men Allohga ibodat qilaman, Uni zikr qilaman. Nega sizlar Allohga ibodat qilib, Uni zikr qilmaysizlar?!".

Natijada, odamlar hech qanday sabab topisha olmay, mot bo`lar e`dilar.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:45:55
11 — E`lchi Nuh

Alloh ta`olo Nuhni o`z xalqiga e`lchi-payg`ambar qilib yuborishni hohladi.

Xalq ichida boylar va rahbarlar ko`p e`di. Lekin Alloh ularni e`mas, Nuhni payg`ambar qilib tanladi.

Alloh payg`ambarlik va Allohning omonatini ko`taradigan odamni yaxshi biladi.

Nuh solih, aqlli, halim va oliyjanob e`di.

Nuh nasihatgo`y, mehribon, rostgo`y va omonatdor e`di.

Alloh ta`olo o`z payg`ambarligi uchun Nuhni tanlab oldi  va unga: "œXalqingizni boshiga alamli azob kelishidan avval ogohlantiring!"- deb vahiy qildi.

Nuh xalqi orasida: "œMen sizlar uchun (yuborilgan) omonatdor payg`ambarman"- deya boshladi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:46:18
12 — Xalq nima dedi?

Nuh xalqiga: "œMen sizlar uchun (yuborilgan) omonatdor payg`mbarman" deb aytganida ba`zi odamlar: "œBu qachondan buyon payg`ambar bo`lib qoldi? Axir u kecha bizlardan biri e`masmidi? Bugun: "œMen Allohning sizlar uchun yuborilgan payg`ambariman"- deyaptimi?".

Nuhning do`stlari: "œNuh yoshligida bizlar bilan birga o`ynar e`di. Har kuni biz bilan birga o`tirar e`di. Unga payg`ambarlik qachon kelibdi? Kechasimi yoki kunduzimi?"- dedilar.

Boylar va mutakabbirlar: "œAlloh payg`ambar qilish uchun Nuhdan boshqasini topa olmabdimi? Odamlar o`lib, Alloh bu faqirdan boshqasini topa olmabdimi?"- dedilar.

 Johillar: "œU (Nuh) sizlar kabi inson-ku!". "œAgar Alloh hohlasa, farishtani yuborar e`di. Biz buni (yashab o`tgan) avvalgi otalarimizdan e`shitmagan e`dik"- dedilar.

Ba`zi odamlar: "œNuh shu yo`l bilan podshoh  yoki e`ng sharafli inson bo`lmoqchi"- dedilar.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:46:47
13 — Nuh va xalqi o`rtasida

Odamlar butlarga ibodat qilishni haqiqat va aqllilik deb o`ylar e`dilar.

Odamlar butlarga ibodat qilmagan kishi adashgan va pastkashdir deb o`ylar e`dilar.

Ular: "œOtalarimiz butlarga ibodat qilar edilar, nega bu ibodat qilmaydi"- der e`dilar.

Nuh: "œButlarga ibodat qilish adashish va pastkashlikdir"- deb o`ylar e`di.

Nuh: "œOtalar ham adashgan va pastkash bo`lganlar. Otalarning otasi Odam butlarga e`mas, Allohga ibodat qilar e`di.

Xalq ham adashgan va pastkashdir. Chunki ular o`zlarini yaratgan Allohga e`mas, toshlarga ibodat qilmoqdalar"- deb o`ylar e`di.

Nuh oyoqqa turib bor ovozi bilan baralla:

"œE`y, xalqim, Allohga ibodat qilingiz! Sizlar uchun undan boshqa iloh yo`qdir! Men boshlaringizga keladigan dahshatli kunning azobidan qo`rqaman!"- dedi.

"œXalqi ichidan ba`zilar: "œBiz seni ochiq adashgan holatda ko`rmoqdamiz"- dedilar".

"œNuh: "œHoy xalqim, menda adashishlik yo`q. Lekin men barcha Olamlar robbisi tarafidan e`lchiman. Men sizlarga robbimning payg`omini etkazaman va sizlarga nasihat qilaman hamda Allohdan sizlar bilmagan narsalarni bilaman"- dedi".

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:47:10
14 — Senga pastkash odamlar e`rgashdi

Nuh xalqining Allohga iymon keltirib, ibodat qilishi va butlarga ibodat qilishni tark qilishi uchun ko`p tirishdi.

Nuhga bir necha kishilargina iymon keltirdilar.

Nuhga o`z qo`llari bilan kasb qilib, halol narsalarni yedigan kishilargina iymon keltirdilar.

Xalqi ichidagi boylarni Nuhga itoat qilishga kibrlari yo`l qo`ymadi.

Ularning boyliklari va farzandlari oxirat haqida tafakkur qilishga yo`l bermadi. Ular: "œBiz aslzodamiz, ular e`sa pastkashlardir"- der e`dilar.

Nuh ularni Alloh yo`liga da`vat e`tib: "œSenga pastkashlar e`rgashsa, biz senga e`rgashamizmi?!"- dedilar va Nuhdan u bechoralarni quvib yuborishini talab qildilar.

Lekin Nuh: "œMen mo`minlarni quvadigan inson e`masman". Mening darvozam podshohlar darvozasi e`mas. "œMen ochiq ogohlantiruvchiman, xolos""- dedi.

Nuh u bechoralarning samimiy mo`min e`kanliklarini, ularni quvsa Alloh g`azab qilishi va o`zi- ga hech kim yordam bermasligini bilar e`di. Shu- ning uchun ham Nuh: "œHoy xalqim, men ularni quvsam Alloh tarafidan menga kim yordam beradi?!"- dedi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:47:32
15 — Boylarning hujjati

Boylar shunday dedilar:

 "œNuh da`vat e`tayotgan narsa haqiqat va yaxshilik e`mas. Nega? Chunki biz barcha yaxshilikni birinchi bo`lib qilamiz. E`ng shirin taomlar, e`ng chiroyli kiyimlar biznikidir. Ularni odamlar bizdan keyingina olishlari mumkin.

Biz o`ylaymizki, bu shaharda barcha yaxshilik birinchi bo`lib bizga, keyin boshqalra kelar e`di. Demak, Nuh aytayotgan narsa yaxshilik bo`lsa e`di, u kambag`allarga kelishidan avva bizga kelgan bo`lar e`di. "œAgar yaxshilik bo`lsa ular bizdan avval unga etisha olmas e`dilar".

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:48:05
16 — Nuhning da`vati

Nuh o`z qavmini da`vat e`tdi va nasihat qilishga kirishdi.

"œNuh dedi: "œMen sizlar uchun yuborilgan ochiq da`vatchiman: Alohgagina ibodat va taqvo qilib, ungagina itoat e`tinglar, Alloh sizlarning gunohla-ringizni kechiradi va sizlarni belgilangan muddatga kechiktiradi. Agar bilsangizlar, Allohning ajali kelgan vaqtida aslo ortga surilmas".

Alloh ularga g`azab qilgan, yomg`irni to`xtatgan, natijada, hosil va nasllari ozayib ketgan e`di.

Shuning uchun ham Nuh: "œE`y, xalqim, Agar Allohga iymon keltirsangiz, U sizdan rozi bo`ladi va boshingizdagi azob ketadi.

U sizlarga yomg`irlarni yog`diradi va rizq va naslingizda baraka beradi"- dedi.

Nuh xalqini Alloh yo`liga da`vat e`tdi va dedi:

"œSizlar Allohni tanniysizlarmi?! Atrofingizdagi Allohning mo`jizalarini ko`rmaysizlarmi? Yer va Osmonga boqmaysizlarmi?

Osmonlarni kim yaratdi?

Osmonlarga Oyni nur, Quyoshni chiroq qilib kim joylashtirdi?

Sizlarni kim yaratdi? Sizlarga yerni to`shab qoygan zot kim?".

Nuh shunchalar da`vat qilsada, xalqi tushunmadi va iymon keltirmadi.

Balki, Nuh da`vat e`tsa, uning so`zlarini e`shitmaslik uchun quloqlariga barmoqlarini tiqib olar e`dilar.

E`shitmagan odam qanday tushunishi mumkin? E`shitishni hohlamagan odam qanday e`shitishi mumkin?!

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:48:29
17 — Nuhning duosi

Nuh uzoq zamonlar xalqini Alloh yo`liga da`vat e`tdi.

Nuh xalqini to`qqiz yuz e`llik yil da`vat qildi.

Lekin, xalq iymon keltirmadi.

Xalq butlarga ibodat qilishdan voz kechib, Allohning yo`liga qaytmadi.

Nuh qachongacha kutishi kerak? Nuh qachongacha Erdagi fasodni va butlarga ibodat qilinishini ko`rishi kerak?

U qachongacha odamlarning Allohning rizqini eb, boshqa larga ibodat qilishini ko`rishi kerak?

Nega Nuh g`azab qilmasin? Axir u misli ko`rilmagan darajada sabr qildi-ku!

To`qqiz yuz e`llik yil-a! Allohu akbar!

Alloh ta`olo Nuhga vahiy qilib: "œShu kunga qadar iymon keltirgan kimsalardan boshqa hech kim xalqing ichidan iymon keltirmas"- dedi.

Nuh da`vat e`tar e`kan, xalqi: "Hoy Nuh, biz bilan ko`p bahs qilding. Agar rost gapirayotgan bo`lsang,va`da qilayotgan narsalaringni keltir!- dedi.

Nuh g`azablandi va ulardan noumid bo`lib: "œAllohim, yer yuzida bironta kofirni qo`yma!"- dedi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:49:05
18 — Kema

Alloh Nuhning duosini ijobat qildi va uning xalqini suvga g`arq qilishni hohladi.

Alloh bu bilan Nuh va mo`minlarni qutqarib qolishni hohlagan e`di.

Shuning uchun ham Alloh Nuhga ulkan kema yasashni amr qildi.

Nuh ulkan kema yasay boshladi.

Nuhni ko`rgan xalqi yana tinch turmadilar. Balki, Nuhni masxara qila boshladilar:

"œBu nimasi, Nuh. Qachondan buyon duradgor bo`lib qolding?

Biz senga: "œU pastkashlar bilan birga o`tirma!"- degan e`dik. Sen quloq solmay, duradgor va temirchilar bilan birga o`tirding va duradgor bo`lib qolding!

Hoy, Nuh, sening ishing ajoyibku, bu kema qaerda yuradi?

U qumlarda yuradimi yoki tog`larga chiqadimi?

Dengiz juda ham uzoqda bo`lsa. Yoki uni jinlar ko`taradimi yoki ho`kizlar tortadimi?!".

Nuh bu so`zlarni e`shitar va sabr qilar e`di. Axir u bundan og`ir narsalarga sabr qilmadimi?

Lekin, Nuh ba`zida: "œBizning ustimizdan kulsangiz, biz ham ustingizdan sizlar kabi kulamiz"- der e`di.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:49:30
19 — To`fon

Allohning va`dasi keldi, Alloh saqlasin!

Osmon yomg`ir quyaverdi, quyaverdi.

Go`yo osmon suvni tuta olmaydigan e`lak kabi e`di.

Suv erlardan ham otilib chiqdi va odamlarni har tomondan o`rab oldi.

Alloh ta`olo Nuhga: "œXalqing va oilang ichidan senga iymon keltirgan kimsalarni o`zing bilan birga ol!"- deb vahiy qildi.

Alloh ta`olo Nuhga har bir hayvon va parrandadan bir juft: e`rkak va urg`ochi olishni amr e`tdi.

Chunki to`fon hammaga barobar e`di. Undan na inson va na hayvon qutila olar e`di.

Nuh Allohning amriga itoat e`di va  kemaga xalqi ichidan iymon keltirgan odamlar mindilar.

Uning kemasiga har bir hayvon va parrandadan bir jufti chiqarildi.

Tog`dek ko`ringan kema to`lqinlarni yorib, suza boshladi.

Kofirlar Allohning azobidan qutulamiz deb baland erlarga, tog`larning cho`qqilariga chiqib oldilar.

Lekin, bu azobdan Allohgina qutqazishi mumkin e`di.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:50:03
20 — Nuhning o`g`li

Nuhning kofirlar bilan birga bo`lgan o`g`li bor e`di.

Nuh o`g`lini to`fon ichida ko`rib: "œOg`lim, biz bilan birga kemaga mingin. Kofirlar bilan birga bo`lma!"- dedi.

"œ(O`g`li): "œTog`ning cho`qqisiga chiqib olaman va u meni suv(da g`arq bo`lish) dan saqlaydi"- dedi.

"œ(Nuh): "œBugun Allohning amridan Alloh rahm qilganlargina qutila oladilar"- dedi".

"œU ikkisining o`rtasini to`lqinlar to`sdi va (o`g`il) g`arq bo`ldi".

Nuh o`g`li uchun qattiq qayg`urdi. Nega qayg`urmasin? Axir u o`g`li e`di-ku!!

Nuh o`g`lining qiyomat kuni jahannamdan qutilishini  hohlar e`di. Zero, u kecha to`fondan qutila olmadi-ku!

Jahannam to`fondan yomondir. Oxirat azobi qattiqdir. Axir Alloh Nuhning oilasini qutqarishni va`da qilmadimi?! Ha! Allohning va`dasi haqdir.

Nuh o`g`li uchun Allohning huzurida shafoat so`ramoqchi bo`ldi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:50:27
22 — To`fondan so`ng

Alloh hohlagan narsa bo`lib, kofirlar g`arq bo`lanlaridan so`ng, yomg`ir to`xtadi, suvlar Yer ostiga ketdi.

Kema Judiy tog`i uzra tohtadi va: "œZolim qavmga halokat bo'lgay"- deyildi".

Va: "œEy Nuh, tinchlik bilan (kemadan Yerga) tushgin!" deyildi.

Nuh va kemaga u bilan mingan maxluqlar quruqlikda xotirjam yura boshladilar.

Nuh xalqining ichidagi kofirlar o`ldi. Ularning ortidan hech kim yig`lamadi.

Alloh Nuhning zurriyotiga baraka berdi va ular Yer yuziga yoyildilar.

Ularning ichida turli xalqlar, payg`ambarlar va podshohlar bor e`di.

"œBarcha olamlar ichida Nuhga salomlar bo`lsin!".

"œBarcha olamlar ichida Nuhga salomlar bo`lsin!".

 

*      *     *

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:53:05
Eng go'zal qissa

1-   Ajoyib tush

Yusuf kichkina bola e`di. Uning o`n bitta akasi bor e`di.

Yusuf chiroyli va ziyrak bola e`di. Otasi Ya`qub uni boshqa o`g`illaridan ko`ra ko`proq se- var e`di.

Yusuf kechalarning birida ajoyib tush ko`rdi.

U tushida o`n bitta yulduz, Quyosh va Oyning o`ziga sajda qilayotganlarini ko`rdi.

Kichik Yusuf bu tushidan hayratga tushdi! Chunki u tushni tushunmagan e`di. Axir yulduzlar, Quyosh va Oy qanday qilib odamga sajda qilishi mumkin?!

Kichik Yusuf Otasi Ya`qubning oldiga bordi va unga tushini aytib berdi:

"œOtajon, men o`n bitta yulduz, Quyosh va Oyning menga sajda qilganlarini (tushimda) ko`rdim".

Yusufning otasi Ya`qub payg`ambar e`di.

Ya`qub bu tushdan xursand bo`ldi va dedi:

"œHoy Yusuf, Alloh senga ne`matlarini serob qilsin, tez kunda sening boshingga ajoyib ishlar keladi.

Bu tush ilm va payg`ambarlikdan xushxabardir.

Alloh ta`olo bobolaring Ishoq va Ibrohimlarga ham ko`p ne`matlar ato e`tgan e`di.

Alloh senga ham, Ya`qub xonadoniga ham ne`matlar ato e`tadi".

Ya`qub yoshi ulg`aygan va narsalarning tabiatlarini yaxshi bilgan odam e`di.

Ya`qub Shayton odamlarga qanday g`olib bo`lishi va odamlarni qanday o`yinchoq qilib olishini yaxshi bilar e`di. Shuning uchun ham o`g`li Yusufga: "œO`glim, bu tushingni akalaringning birortasiga aytib berma. Aytib bersang ular senga hasad qilishib, dushman bo`lib qoladilar"- dedi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:53:29
2 — Akalarning hasadi

Yusufning bir onadan tug`ilgan ukasi bor e`di. Uning ismi Binyamin e`di. Ya`qub bu ikki o`g`lini juda ham yaxshi ko`rar, boshqa farzandlarini ular kabi suymas e`di.

Akalar Yusuf va Binyaminga hasad va g`azab qilishar hamda: "œNega otamiz Yusuf va Binyaminni bizdan ko`ra ko`proq yaxshi koradi? Nega otamiz bizlarni Yusuf va Binyamin kabi yaxshi kormaydi? Axir bizlar kuchga to`lgan yigitlar bo`lsak? Bu ajoyib ishku!"- der e`dilar.

Yusuf kichkina bola e`di. U Ko`rgan tushini akalariga aytib berdi. Tushni e`shitgan akalarning g`zabiga g`azab, hasadiga hasad qo`shildi.

Kunlarning birida akalar to`plandilar va ba`zilari: "œYusufni o`ldiringlar yoki bu yerdan uzoqroq bo`lgan yerlarga tashlab kelinglar. Shundagina otangiz o`zingizga qoladi va sizlarnigina yaxshi koradi"- dedilar.

Ulardan biri e`sa: "œYo`q, uni yo`l bo`yidagi quduqqa tashlanglar. Uni safarga chiqqanlar olib ketishsin!"- dedi.

Akalar bu maslahatni ma`qulladilar.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:53:55
3 — Ya`qub huzurida

Bu maslahatdan so`ng akalar Ya`qub huzuriga keldilar.

Ya`qub Yusufning boshiga biron narsa kelishidan qo`rqar va akalarining uni yoqtirmasliklari, unga hasad qilishlarini juda yaxshi bilar e`di.

Ya`qub Yusufni akalari bilan yubormas e`di. Yusuf akalari bilan o`ynasa-da, uzoqlarga ketmas e`di. Akalar buni bilsalar-da, yomon niyyatlarini amalga oshirish uchun azm qildilar.

Akalar otalariga dedilar:

"œOtajon, nega Yusufni biz bilan birga yubormaysiz? Nimadan qo`rqasiz?

U bizning aziz va kichik ukamizdir. Hammamiz bir otaning farzandlarimiz. Aka-ukalar doimo birga o`ynaydilar. Nega biz birga ketib, birga o`ynamaymiz?

"œUni biz bilan yuboring, maza qilib o`ynab kelsin. Bizlar uni himoya qilamiz".

Ya`qub yoshi ulg`aygan qariya e`di.

Ya`qub aqlli va halim-yumshoq e`di. Ya`qub Yusufning uzoqlashishini hohlamas va uning boshiga falokat kelishidan qo`rqar e`di.

Shuning uchun ham u o`g`illariga: "œSizlar g`aflatda qolib, Yusufni bo`ri yeb qo`yishidan qo`rqaman"- dedi.

O`g`illar: "œBiz kuchga to`lgan yigitlar turganimizda bo`ri uni qanday qilib yesin?!"- dedilar.

Ya`qub Yusufning akalari bilan birga ketishiga izn berdi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:54:22
4 — O`rmonda

Akalar Ya`qubning Yusufga izn berishidan sevindilar va o`rmonga ketdilar. Yusufni o`rmondagi quduqqa tashladilar. Ular kichik Yusufga va yoshi ulg`aygan Ya`qubga rahm qilmadilar.

Yusuf kichik bola e`di. Uning qalbi ham kichik e`di. Quduq e`sa chuqur va qorong`u, Yusuf e`sa quduqda yolg`iz e`di.

Biroq, Alloh unga xushxabarlar berib dedi:

"œSen qo`rqma, qayg`urma! Alloh sen bilan! Kelajakda sening boshingga ajoyib kunlar keladi. Sening huzuringga akalaring keladilar va sen ularga bu qilmishlarini so`zlab berasan".

Akalar Yusufni quduqqa tashlaganlaridan so`ng to`planishib: "œE`ndi otamizga nima deymiz?"- dedilar.

Ulardan biri dedi:

"œOtamiz Yusufni bo`ri yeb qo`yishidan qo`rqishini aytgan e`di. Biz unga: "œOtajon, siz to`gri aytgan e`kansiz. Yusufni bo`ri yeb qo`ydi" deymiz".

Hamma bu maslahatni ma`qulladi va: "œJuda to’g’ri, otamizga: "œOtajon, uni bo`ri yeb qo`ydi"- deb aytamiz"- dedilar.

Ularning ayrimlari: "œBuning bir dalili bo`lishi kerak"- dedi.

Boshqalari: "œUning dalili qondir"- dedilar.

Akalar bir qo`chqorni keltirib so`ydilar  va Yusufning ko`ylagini uning qoniga bo`yadilar.

Akalar juda xursand bo`ldilar va: "œMana e`ndi otamiz bizlarga ishonadi"- dedilar.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:54:43
5 — Ota huzurida

"œAkalar Ya`qubning oldiga kechqurun yig`lab keldilar". Va: "œOtajon, biz Yusufni narsalarimiz oldiga qo`yib, quvlashmachoq o`ynab ketgan e`dik, uni bo`ri yeb ketdi"- dedilar va "œYusufning soxta qonga belangan ko`ylagini" berdilar-da: "œBu Yusufning qoni"- dedilar.

Otalari Ya`qub payg`ambar, yoshi ulug` va farzandlaridan ko`ra aqlli e`di.

Ya`qub bo`ri odamni esa uni parchalab va kiyimlarini yirtib tashlashini juda yaxshi bilar e`di.

Yusufning kiyimlari yirtilmagan va soxta qonga belangan e`di. Shuning uchun ham Ya`qub qonning soxtaligi, bo`ri haqida o’g’illari aytgan so`z yolg’on e`kanligini tushundi-da, o`g`illariga:

"œSiz aytgan so`zlar yolg’on. "œShunday bo`lsada, chiroyli cabr qilishim kerak"- dedi.

Ya`qub Yusuf uchun ko`p qayg`urdi. Lekin chiroyli sabr qildi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:55:07
6 — Yusuf quduqda

Akalar Yusufni quduqqa tashlab uyga qaytdilar va ovqatlarini eb, ko`rpalariga o’ranib uxladilar.

Yusuf quduqda e`kan na eyish uchun ovqati va na yotish uchun ko`rpasi bor e`di.

Akalar Yusufni unutdilar va miriqib uxladilar.

Yusuf e`sa hech kimni unutmadi va uxlamadi.

Ya`qub Yusufni, Yusuf e`sa Ya`qubni e`slar e`di.

Yusuf quduqda, quduq e`sa chuqur e`di.

Quduq o`rmonda, o`rmon e`sa qor`inchli e`di.

U payt kecha, kecha e`sa zulmatli e`di.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:55:31
7 — Quduqdan saroyga

Bir karvon shu o`rmondan o`tib borar e`di.

Ular chanqagan va quduq qidirishar e`di.

Ular quduqni ko`rdilar va suv olib kelishi uchun ichlaridan birini jo`natdilar.

U odam quduqqa etib kelgach, chelakni tushirib, suv olish uchun torta boshladi.

Chelak juda ham og`ir e`di.

Tortib chiqarganida chelakda bir bola bor e`di!

U odam hayratga tushib: "œSuyunchi beringlar, bir bola chiqdi"- dedi.

Karvondagilar bundan xursand bo`ldilar, biroq, buni sir tutishga qaror qildilar.

Karvon Misrga etib keldi. Karvondagilar Yusufni bozorga olib borib: "œBu bolani kim sotib oladi? Bu bolani kim sotib oladi?"- deb ovoza qildilar.

Aziz Yusufni bir necha kumush tangaga sotib oldi.

Karvondagilar Yusufni sotdilar, biroq, uning kim e`kanini bilmagan e`dilar.

Aziz Yusufni saroyiga olib bordi va xotiniga: "œYusufni  yuvib, tarab qo’ying, u aqlli bola"- dedi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:55:55
8 - Vafodorlik

Azizning xotini Yusufni Azizga xiyonat qilishga chaqirdi. Lekin, Yusuf bu ishdan bosh tortib: "œYo`q! Men hojamga xiyonat qilmayman. U menga yaxshiliklar qildi. Men Allohdan qo`rqaman"- dedi.

Azizning xotini g`azablandi va e`riga Yusuf ustidan shikoyat qildi.

Aziz xotinining yolg`on so`zlayotgani va Yusuf vafodor e`kanini bildi va xotiniga: "œSen xato qilganlardan birisan"- dedi.

Yusufda Misrda o`z chiroyi bilan tanilagan va uni kim ko`rsa: "œBu inson e`mas. U go`zal farishtadir!"- der e`di.

Azizning xotini Yusufdan g`azablandi va: "œUnday bo`lsa qamoqqa ketasan!"- dedi.

Yusuf: "œ(Bu gunohni qilgandan ko`ra), qamoqqa kirishim men uchun yaxshiroqdir"- dedi.

Aziz bir necha kun o`tganidan so`ng Yusufni qamoqqa jo`natmoqchi bo`ldi.

 Aziz Yusufning ayb ish qilmaganini yaxshi bilar e`di.

Yusif qamoqqa tushdi.
Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:56:18
9 - Zindondagi nasihat

Yusuf zindonga tushdi.

Zindondagi bandilar Yusufning oliyjanob, rahmdil va ilmli yigit e`kanini bildilar.

Bandilar Yusufni yaxshi ko`rib, humat qildilar.

Bandilar Yusuf birga e`kanidan quvondilar va Yusufni ulug`ladilar.

Zindonga Yusuf bilan birga ikki bandi ham kir gan e`dilar. Ular Yusufga ko`rgan tushlarini aytib berdilar.

Ulardan biri: "œMen (mast qiluvchi) sharob tay yorlayotgan e`dim"- dedi.

Ikkinchisi e`sa: "œMening boshim ustida non va u nonni qushlar eyapti"- dedi.

Ular tushlarining ta`birini so`radilar.

Yusuf tush ta`birlarini yaxshi bilar e`di.

Yusuf payg`ambarlardan e`di.

Yusuf yashagan zamondagi odamlar Allohdan boshqa narsalarga sig`inar e`dilar. Ular o`zlari turli xudolarni qilib olgan e`dilar.

Ular: "œBu - quruqlik xudosi. Bu - dengiz xudosi. Bu — rizq xudosi. Bu — yomg`ir xudosi"- der e`dilar.

Yusuf bularning barchasini ko`rar va kular e`di.

Yusuf bularning barchasini bilar va yig`lar e`di.

Yusuf odamlarni Alloh yo`liga da`vat e`tishni hohlar e`di.

Alloh ta`olo bu da`vatning zindonda bo`lishini hohlagan e`di.

Zindondagi bandilar nasihatga loyiq e`masmi?

Zindondagi bandilar shafqatga loyik e`masmi?

Zindondagi bandilar Allohning bandasi e`masmi?

Zindondagi bandilar Odamning zurriyoti e`masmi?

Yusuf zindonda bo`lsada, hur va jur`atli e`di/

Yusuf faqir bo`lsada, o`ta saxovatli e`di.

Payg`ambarlar har zamon haqiqatni baralla aytadilar.

Payg`ambarlar har zamon e`zgulikni hadya e`tadilar.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:56:43
10 — Yusufning hikmati

Yusuf ichida o`ziga:

Menga bu ikki odamni e`htiyoj olib keldi.

Muhtoj odam muloyim va itoatli bo`lib, so`zla rimga quloq soladi.

Agar ikkovlariga biron narsani aytsam, boshqa bandilar ham tinglaydilar"- dedi.

Biroq, Yusuf shoshilmadi. Balki, ularga:

"œTaomingiz kelguniga qadar tushlaringizning ta`birini aytib beraman"- dedi.

U ikkisi o`tirdilar va xotirjam bo`ldilar. So`ngra, Yusuf ularga:

"œMen tush ta`birlarini bilgan odamman. (Buni menga Robbim bildirdi)- dedi.

U ikkisi bu so`zlardan xursand bo`ldilar va tinchlandilar.

Yusuf bu fursatni g`animat bildi va nasihatini boshladi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:57:06
11 — Tavhid haqidagi nasihat

Yusuf dedi:

"œ(Menga buni Robbim bildirdi).

Lekin Alloh ilmini har kimga ham beravermaydi.

Alloh ilmini mushrikka bermaydi.

Siz ikkingiz robbim menga nega bildirganini bilasizlarmi?!

Chunki men shirk ahlining yo`lini tark e`tdim.

(Va otalarim Ibrohim, Ishoq va ya`qubning yo liga e`rgashdim).

(Bizning Allohga biron narsani sherik qilishi miz mumkin e`mas).

Tavhid faqat biz uchungina e`mas. Balki, u bar cha insoniyat uchundir.

(Bu Allohning bizga va odamlarga bergan fazlidandir. Biroq, ko`p odamlar shukr qilmaydilar)".

Yusuf so`zini to`xtatib, so`radi:

"œSizlar: "œQuruqlik xudosi, dengiz xudosi, rizq xudosi va yomg`ir xudosi"- deysizlar.

Biz e`sa: "œAlloh barcha narsalarning robbisidir", deymiz.

(Xilma-xil xudolar yaxshimi yoki Yagona, G`o lib Allohmi?).

Quruqlik xudosi, dengiz xudosi, rizq xudosi va yomg`ir xudosi qayerda?

(Ularning yaratgan narsalarini menga ko`rsatinglar-chi! Yoki ularning osmonlar (ni yaratishda) she rikliklari bormi?).

Yerga, osmonga va insonga qaranglar!

(Bu Allohning yaratgan maxluqidir. Sizlar Al lohdan boshqalari yaratgan narsalarni menga ko`rsatinglar!).

Nega: "œQuruqlik xudosi, dengiz xudosi, rizq xu dosi va yomg`ir xudosi", deysizlar.

[(Bular) siz va otalaringiz qo`ygan ismlar, xolos].

Hukm qilish, e`gadorlik va buyurish Al lohga xosdir.

(Allohgagina ibodat qilinglar!).

(Shugina to`g`ri yo`ldir).

[Lekin odamlarning ko`plari (buni) bilmaydilar]. 

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 07:57:57
12 — Tushning ta`biri

Yusuf nasihatini tugatgach, ularga tush ta`birini aytib berdi:

["œSizlardan biringiz hojasiga soqiy (kosagul) lik qiladi].

(Ikkinchingiz e`sa dorga osiladi va uning boshidan qushlar eydi).

Yusuf birinchi bandiga: "œ(Meni hojang oldida tilga ol!)- dedi.

U ikki bandi zindondan chiqdilar: birinchisi podshohga soqiy bo`ldi, ikkinchisi e`sa osildi.

Soqiy podshoh huzurida Yusufni tilga olishni unutdi va Yusuf zindonda bir necha yil qolib ketdi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 08:00:43
13-podshoning tushi
Misr podshohi ajoyib tush ko`rdi.

U tushida ettita semiz sigir ettita ozg`in sigirni yeyotganini, hamda ettita yashil va ettita quruq sunbula (boshoq) ni ko`rdi.

Podshoh bu tushdan hayron bo`ldi va a`yonlaridan buning ta`birini so`radi.

A`yonlar: "œBu hech narsa e`mas. Uyqudagi odam asli bo`lmagan ko`p narsalarni tushida ko`rishi mumkin- dedilar.

Lekin soqiy: "œYo`q, men sizlarga bu tushning ta`birini aytib beraman"- dedi-da, zindonga ketdi va Yusufdan podshoh ko`rgan tushning ta`birini so`- radi.

Yusuf oliyjanob va sahovatli, Allohning maxluqlariga mehribon e`di. Shuning uchun ham tushning ta`birini aytib berdi.

Yusuf tushning ta`birini aytish bilan cheklanib qolmadi, balki, qanday tadbirlar qilish kerakligini ham ko`rsatib berdi:

"œYetti yil don e`kinglar va qorningizdan ortganini g`amlanglar.

Yetti yildan so`ng qahatchilik keladi. U kunlarda g`amlagan donlaringizning ko`p qismini yeysizlar va oz don ortib qoladi.

Bu qahatchilik yetti yil davom e`tadi. Shundan so`nggina (Allohning) yordam (i) keladi va serobgarchilik bo`ladi".

Soqiy ketdi va tush ta`birini podshohga aytib berdi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 08:01:07
14 — Podshoh Yusufga odam jo`natdi

Podshoh bu ta`bir va tadbirni e`shitib xursand bo`ldi va: "œBularni kim aytib berdi? Bizlarga samimiy bo`lgan va tadbirlar ko`rsat- gan kishi kim?"- dedi.

Soqiy: "œU — rostgo`y va mening siz janoblariga soqiy bo`lishimni aytib bergan Yusufdir"- dedi.

Podshoh Yusuf bilan ko`rishishni hohladi va: "œMenga uni olib kelinglar. Men uni o`zim uchun ozod qilaman"- dedi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 08:01:31
15 — Yusuf tekshirishni talab qildi

E`lchi Yusufning huzuriga kelib: "œPodshoh seni o`z huzuriga chaqirayapti"- dedi.

Yusuf zindondan shunday chiqib ketishni hohlamadi.

Axir odamlar: "œBu o`sha Yusuf. U Azizga xiyonat qilib, kecha zindonga tushgan e`di"- demaydilarmi.

Yusuf oriyatli, hayoli va aqlli e`di.

Agar uning o`rnida boshqa birorta odam bo`lsa va unga podshohning e`lchisi kelib: "œSeni podshoh yo`qlatdi va seni kutib turibdi" desa e`di, zindon e`shigi tomon shoshilar va zindondan chiqar e`di.

Biroq, Yusuf unday qilmadi.

Yusuf shoshilmadi, balki e`lchiga: "œMen ishimni qayta ko`rib chiqilishini hohlayman"- dedi.

Podshoh Yusufning nega qamalgan e`kanini qayta ko`rib chiqdi va o`zi ham, odamlar ham Yusufning aybdor e`masligini bildilar.

Yusuf zindondan aybsiz o`laroq chiqdi va podshoh unga izzat-ikrom ko`rsatdi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 08:01:56
16 — Xazinadorlik boshida

Yusuf odamlarda omonatdorlik ozaygani va xiyonatkorlik ko`payganini bilar e`di.

Yusuf odamlarning Alloh moliga qilayotgan xiyonatlarini ko`rar va Allohning Yer yuzida boyliklari ko`p bo`lsada, zoe bo`layotganini bilar e`di.

Allohning boyliklari zoe bo`lar e`di. Chunki hukmdorlar Allohdan qo`rqmas e`dilar.

Zero, ularning itlarining qorinlari to`q, lekin odamlar bir burda non topa olmas e`dilar.

Ularning uylari ham gazmollar bilan o`ralgan, biroq, odamlar badanlarini to`sadigan bir parcha latta topa olmas e`dilar.

Odamlar yerdagi  xazinalardan omonatdor va bilmdon xazinador bo`lsagina odilona foydalanishlari mumkin e`di.

Chunki hazinador omonatdor bo`lib, bilimdon bo`lmasa Yer xazinalari qayerda va ulardan qanday foydalanish kerakligini bilmaydi.

Agar hazinador bilimdon bo`lib, omonatdor bo`lmasa, xazinadan o`z manfaati yo`lida ishlatib, xiyonat qilishi mumkin.

Yusuf ham omonatdor va ham bilimdon e`di.

Yusuf amirlarning odamlar haqqini yegan hollarida tashlab qo`yishni hohlamas e`di.

Yusuf odamlarning ochlikdan o`lib ketishlariga toqat qila olmas e`di.

Yusuf haqiqatni aytishdan hayo qilmas e`di. U podshohga:

"œMeni hazinabon qilib ta`yin e`ting. Men omonatdor va bilimdonman"- dedi.

Shunday qilib Yusuf Misr davlatining hazinasiga omonatdor bo`ldi.

Odamlar juda ham rohatlandilar va Allohga hamdlar aytdilar.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 08:02:21
17 — Yusufning akalari keldi

Misr va Shomda, Yusuf xabar berganidek, ocharchilik boshlandi.

Shomliklar ham, Ya`qub ham Misrda rahmdil, saxovatli xazinador borligini, odamlar uning oldiga borib, don olayotganini e`shitdilar.

Ya`qub ham o`g`illarini donga almashtirishlari uchun mol bilan jo`natdi.

Binyamin otasining oldida qoldi. Chunki Ya`qub Binyaminni juda ham sevar va o`zidan uzoqlashishini hohlamas e`di.

Chunki Ya`qub Yusufning boshiga biror musibat kelishini hohlamaganidek, Binyaminning boshiga ham biror musibat kelishini hohlamas e`di.

Akalar Yusuf tomon yo`lga chiqdilar. Biroq, xazinador ukalari Yusuf e`kanini bilmas e`dilar.

Ular xazinador quduqdagi Yusuf e`kanini bilmas e`dilar. Chunki ular Yusuf o`lgan deb o`ylar e`dilar.

Axir qanday o`lmasin! Quduq chuqur va o`rmonda. O`rmon e`sa qo`rqinchli, vaqt ham kecha va kecha zulmatli e`di-ku!

"œYusufning akalari Yusufning huzuriga kirdilar. Yusuf ularni tanidi, biroq, ular Yusufni tanimadilar".

Ular Yusufni tanimadilar, lekin, Yusuf ularni tanidi.

Yusuf ularni tanidi. Ular Uni quduqqa tashlagan, balki, o`ldirmoqchi bo`lsalarda, Alloh saqlagan e`di.

Shunday bo`lsada, Yusuf ularga bu haqida biron bir so`z ochib, sharmanda qilmadi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 08:02:46
18 — Yusuf va akalar o`rtasidagi suhbat

Yusuf ular bilan suhbatlashdi va dedi: "œQayerdansizlar?"

Ular: "œKan`ondanmiz"- dedilar.

-         Otangiz kim?

-         Ya`qub ibn Ishoq ibn Ibrohim (ularga Allohning salavot va saomlari bo`lsin)

-         Sizlarning boshqa ukalaringiz ham bormi?

-         Ha, uning ismi Binyamin.

-         Nega u sizlar bilan birga kelmadi?

-         Otamiz uni juda ham yaxshi ko`radi va uning o`zidan uzoqlashishini hohlamaydi.

-         Nega sizlar bilan yurishiga ruxsat bermaydi? U hali kichikmi?

-         Yo`q. Uning Yusuf ismli bir akasi bor e`di. U biz bilan birga quvlashmachoq o`ynash uchun chiqqan e`di. Biz uni narsalarimiz oldida tashlab ketgan e`dik. Uni u yerda bo`ri yeb ketdi.

Yusuf ichida kuldi. Biroq, biron so`z aytmadi. Chunki U, ukasi Binyamin bilan ko`rishishga mushtoq e`di.

Alloh ta`olo Ya`qubni yana bir marta imtihon qilmoqchi bo`ldi.

Yusuf akalariga don berishlari uchun amr e`tdi va akalariga:

"œUkangizni ham olib kelinglar!". Agar olib kelmasangiz, don ola olmaysizlar"- dedi.

Yusuf hizmatchilariga akalari olib kelgan mollarni ham donlariga qo`shib qaytarishlariga buyurdi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 08:03:10
19 — Ya`qub va o`gillari o`rtasidagi suhbat

Og`illar otalari huzuriga qaytib, bo`lgan voqealarni aytib berdilar va: "œUkamizni ham biz bilan jo`nating. Bo`lmasa Azizdan hech narsa ola olmaymiz"- dedilar.

Ular Ya`qubdan Binyaminni istagan e`dilar.

O`g`illar: "œBiz uni himoya qilamiz!"- dedilar.

Ya`qub dedi:

"œ("œBundan avval akasini sizlarga ishonib topshirganimdek, buni ham sizlarga ishonib topshirayinmi?").

Sizlar Yusufning qissasini unutdingizmi?

Sizlar Binyaminni Yusufni himoya qilgandek himoya qilmoqchimisiz?!

(Alloh himoya qiluvchilarning e`ng yaxshisidir. U Rahmlilarning rahmlisidir)".

Og`illar donga almashtirish uchun olib borgan narsalarini qaytib kelganini ko`rdilar va otalariga:

"œAziz oliyjanob odam. U bizga olib borgan narsalarimizni ham qaytarib beribdi. Bergan donlari e`vaziga hech narsa olmabdi.

Biz bilan birga Binyaminni ham jo`nating, uning haqqini ham olaylik!"- dedilar.

Ya`qub ularga: "œUni kuchingiz etganicha o`zingiz bilan birga qaytarib kelish uchun Allohga ahd bermaguningizcha sizlar bilan birga yubormayman"- dedi.

O`g`illar Allohga ahd berdilar. Ya`qub: "œAlloh aytgan so`zlarimizga vakildir"- dedi.

Ya`qub o`g`illariga: ("œHammangiz bir darvozadan kirmangiz! Hammangiz boshqa-boshqa darvozalardan kiringiz!")- dedi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 08:03:32
20 — Binyamin Yusuf huzurida

Akalar otalarii tayinlaganidek, turli darvozalardan kirib keldilar va Yusufning huzurida hozir bo`ldilar.

Yusuf Binyaminni ko`rgach juda ham quvondi va uni o`z uyiga joylashtirdi va: "œMen sening akangman"- dedi. Binyamin xotirjam bo`ldi.

Yusuf oradan uzoq vaqt o`tganidan so`nggina Binyamin bilan ko`rishdi va ota-onasi, uyi va yoshlik chog`larini e`sladi.

Yusuf Binyaminning o`z huzurida qolishini, uni har kuni ko`rish va u bilan suhbatlashish hamda undan uyi-xonadoni haqida so`rashni hohlar e`di.

Lekin buning qanday iloji bo`lishi mumkin? Axir Binyamin e`rtaga Kan`onga qaytadi-ku!

Buning qanday iloji bo`lishi mumkin? Axir akalar Binyaminni qaytarib olib kelish uchun Allohga ahd berdilar-ku!

Yusuf Binyaminni sababsiz o`z huzurida olib qolishi mumkinmi?

Axir odamlar: "œAziz Kan`onlini sababsiz ushlab qoldi"- deb aytmaydilarmi? Axir bu katta zulm-ku!

Yusuf aqlli va zukko e`di.

Yusfning xonasida qimmatbaho idish bor e`di. Yusuf shu idishda ichar e`di.

Yusuf bu idishni Binyaminning narsalari ichiga qo`yib qo`ydi va jarchi akalarga qarata: "œSizlar o`g`irlik qildingiz!"- dedi.

Akalar burilib: "œNimangizni yo`qotdingiz?"- deb so`radilar.

Jarchilar: "œPodshohning idishini. Uni kim topib olib kelsa, unga bir tuyaga yuk bo`ladigan mukofot bor"- dedilar.

Akalar: "œ(Aloh nomiga ond ichib aytamizki, sizlar bizlarning Yer yuzida fasod yoyish uchun kelmaganimizni va bizlar o`g`ri e`masligimizni yaxshi bilasizlar!)- dedilar.

Jarchilar: ("œYolg`on gapirgan bo`lsangiz, o`g`rining jazosi nima bo`ladi?")- deb so`radilar.

Akalar: "œKimning yukidan chiqsa, bu uning jazosidir. Biz zolimlarni shunday jazolaymiz)- dedilar.

Idish Binyaminning yuklari ichidan chiqdi. Akalar xijolat bo`ldilar. Keyin e`sa uyalmay: "œBinyamin o`g`irlik qilgan bo`lsa, uning akasi Yusuf ham bundan avval o`g`irlik qilgan e`di"- dedilar.

Yusuf bu buhtonni e`shitdi, biroq, sukut saqladi.

Yusuf bu so`zlarga g`azablanmadi. Chunki u, oliyjanob va halim e`di.

Akalar: ("œE`y, Aziz, uning qari otasi bor. Uning o`rniga bizlardan birimizni oling. Biz sizni yaxshilik qiladigan odam deb o`ylaymiz"- dedilar).

Yusuf: [Narsamiz chiqqan kimsadan boshasini olib qolishdan Alloh saqlasin. (Agar boshqasini olib qolsak) zolimlardan biri bo`lamiz-ku!"- dedi].

Shunday qilib, Binyamin Yusufning oldida qoldi va ikki aka-uka xursand bo`ldilar.

Yusuf uzoq zamondan beri yolg`iz va o`z oilasidan hech bir kishini ko`rmagan e`di.

Alloh ta`olo unga Binyaminni olib keldi. Yusuf Binyaminni har kuni ko`rishi va u bilan gaplashishi uchun olib qolmasinmi? Ukaning aka oldida qolishi zulmmi? Yo`q! Yo`q!

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 08:03:55
21 — Ya`qub tomon

Akalar otalari huzuriga qanday qaytishlari haqida hayron bo`lib qoldilar.

Akalar otalariga nima deyishlari haqida o`ylanib qoldilar.

Ular kecha otalarini Yusufni deb qiynagan e`dilar, bugun Binyaminni deb qiynasinlarmi?!

Akalarning kattasi Ya`qubning huzuriga qaytishdan uyaldi va ukalariga:

("œOtangizning huzuriga qaytinglar va: "œOtajon, o`g`lingiz o`g`irlik qildi. Biz bilgan narsalarimizgagina guvoh bo`ldik. Biz bilmagan narsamizni himoya qila olmas e`dik"- deb aytinglar")- dedi.

Ya`qub bo`lib o`tgan voqealarni tinglagach bu ish Alloh tarafidanligi va U Ya`qubni sinayotganini bildi va o`yga toldi: "œKecha Yusuf uchun qayg`urgan e`di. Bugun e`sa Binyamin uhun qayg`urmoqda. Alloh unga ikki musibatni jam qilmaydi. Alloh uni ikki o`g`li bilan musibatlamaydi.

Demak-ki, bu ish Alloh tarafidan.

Dmak-ki, bu ishda Allohning sirli hikmati bor.

Alloh  bandalarini imtihon qilib, keyin quvontirib, ularga ne`matlar ato e`tadi.

Katta o`g`il ham Misrda qolibdi va Kan`onga qaytishdan uyalibdi. Nahotki, uchunchi o`g`ilni ham deb qayg`uraymi. Bundan avval ikki o`g`ilni deb oz qayg`urdimi?!

Bunday bo`lishi mumkin e`mas".

Ayni shu paytda Ya`qub xotirjam bo`ldi va:

("œShoyad Alloh barcha o`g`illarimni o`zi olib kelsa. Darhaqiqat, U Bilguvchi, Hakim zotdir")- dedi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 08:04:17
22 — Sir fosh bo`ldi

Ya`qub ham inson e`di. Uning ko`ksida bir parcha tosh e`mas, balki, inson qalbi bor e`di.

Shuning uchun ham Yusufni yana bir bor e`slab, g`amlari yangilandi va: ("œOh, e`y, Yusuf")- dedi.

O`g`illari uni koyib: "œSiz o`lguningizcha Yusufni e`slayverar e`kansiz-da"- dedilar.

Ya`qub: ("œMen qayg`u alamlarimni Allohga shikoyat qilaman va Allohdan sizlar bilmagan narsalarni bilaman")- dedi.

Ya`qub noumidlik kufr e`kanini bilar va Uning Allohdan katta umidi bor e`di.

Ya`qub Yusuf va Binyaminni jiddiy qidirishlari uchun o'g'illarini Misrga yubordi va ularni Allohning rahmatidan noumid bo`lishlaridan qaytardi.

O`g`alar uchunchi marta Misrga ketdilar.

Ular Yusufning huzuriga kirib, faqirliklari va musibatlaridan shikoyat qildilar va buning chorasini istadilar.

Ularning so`zlarini e`shitar e`kan Yusuf hayajonlandi va o`zini tuta olmadi:

"œOtamning o`g`illari, payg`ambarlar o`g`illari podshohlardan biriga o`z faqirliklaridan shikoyat qiladilarmi?

Qachongacha ulardan yashiray? Qachongacha ularni bu holatda ko`ray? Qachongacha otamni ko`ra olmayman?".

Yusuf o`zini tuta olmadi va o`g`alariga dedi:

"œSizlar bilmay Yusuf va uning ukasiga nima qilganingizni bilasizlarmi?!"

Og`alar bu sirdan o`zlari va Yusufgina xabardorligini bilar e`dilar. Shuning uchun ham, oldilaridagi odam Yusuf e`kanini bildilar.

Vo ajab! Yusuf tirikmi?! U quduqda o`lmadimi?!

Hazinabon o`sha Yusufmi?!

Bizga don berishni amr e`tgan Yusufmidi?!

Ular o`zlari bilan gaplashayotgan odamning Ya`qubning o`g`li Yusuf e`kanida shubhalari qolmadi!

Ular: ("œSiz Yusufmisiz?!"- dedilar).

Yusuf: [(Ha,) men Yusufman va bu mening ukam. Alloh bizga lutf qildi. Kim taqvo qilib, sabr e`tsa, Alloh yaxshilik qilganlarning savobini zoe qilmaydi]"- dedi.

Akalar: ("œAlloh sizni bizdan afzal ko`rdi. Biz xato qiluvchilardan bo'ldik"- dedilar).

Yusuf ularni qilgan ishlari uchun malomat qilmadi, balki: ("œAlloh sizlarni kechiradi. U rahmlilarning rahmlirog`idir")- dedi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 08:04:39
23 — Yusuf Ya`qubga e`lchi yubordi

Yusuf otasini juda ham sog`ingan e`di. Nega sog`inmasin, axir, oradan qancha zamonlar o`tdi.

E`ndi qanday sabr qilsin, sir fosh bo`ldi-ku!

Otasi yemasa, ichmasa, uxlamasa Yusuf qanday yeb, ichsin!

Sir ochildi va Alloh ta`olo Ya`qubning quvonishini hohladi.

Ko`p yig`lagani va qayg`urgani uchun Ya`qubning ko`zlari ko`r bo`lgan e`di.

Shuning uchun ham Yusuf akalariga:

("œBu ko`ylagimni olib borib, otamning yuziga tashlanglar. Uning ko'zlari sog'ayadi va huzurimga xonadoningizdagi barchani olib kelinglar!")- dedi.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 08:05:06
24 — Ya`qub Yusufning huzurida

Akalar Yusufning ko'ylagiini Kan`onga olib kelar e`kanlar, Ya`qub Yusufning hidini his e`tdi va: ("œMen Yusufning hidini sezmoqdaman")- dedi.

[(Atrofidagilar): "œSiz hali ham e`ski adashishligingizdasiz!"- dedilar].

Lekin Ya`qub rost gapirgan e`di. (Xushxabarchi kelib, ko'ylagni Ya`qubning yuziga tashlagach, Ya`qubning ko`zlari ochildi va u: "œMen sizlarga Allohdan bilmagan narsalaringizni bilaman"- deb aytmaganmidim- dedi).

O`g`illar: (Otajon, ginoglarimiz uchun istig`for ayting, biz xato qiluvchilardan bo'ldik"- dedilar).

Ya`qub: ("œAlbatta,  gunohlaringizni kechirishi uchun robbimdan istigfor so`rayman. Darhaqiqat, U rahmli kechiruvchi zotdir"- dedi).

Ya`qub Misrga yetib kelganida Yusuf uning istiqboliga shiqdi. U ikkisining quvonchi haqida so`ramang!

Bu kun Misrdagi unutilmas va muborakli kunlardan biri bo`lgan e`di.

Yusuf ota-onasini taxtga o`tqazdi va hammalari Yusufga sajda qilib yiqildilar.

Yusuf: (Bu ilgari ko`rgan tushimning ta`biridir. Robbim uni haqiqatga aylantirdi")- dedi.

(Men o`n bir yulduz, Quyosh va Oyning menga sajda qilayotganlarini ko`rdim).

Yusuf Allohga ko`p go'zal hamdlar aytdi.

Yusuf bu ne`mat uchun Allohga ko`p shukr qildi.

Ya`qub va uning oilasi Misrda uzoq zamon qoldilar. Ya`qub va uning xotini Misrda vafot e`tdilar.

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Yanvar 2010, 08:05:30
25 — Chiroyli xotima

Ulkan podshohlik Yusufni Alloh ta`ologa ibodat qilishdan to`sa olmadi.

Yusuf Alloh ta`oloni ko`p zikr qilar, Unga ibodat qilar va Undan qo`rqar e`di.

Yusuf Allohning hukmi bilan hukm qilar va Allohning amrlarini ijro e`tar e`di.

Yusuf podshohlikni ko`p ko`rmas va uni katta narsa deb hisoblamas e`di.

Yusuf podshohlardek o`lib, qiyomat kunida podshohlar bilan birga to`planishni yoqtirmas e`di.

Balki, U qul kabi o`lishni va qiyomat kuni solih bandalar bilan birga to`planishni yoqtirar e`di.

Yusuf quyidagicha duo qilar e`di:

("œRobbim, Sen menga podshohlikni berding va tushlar ta`birini bildirding. (E`y,) Osmonlar va Yerni yaratgan zot, Sen mening dunyo va oxiratdagi hojamsan, mening jonimni musulmon holimda ol va solih bandalar qatorida qil!").

Alloh ta`olo Yusufni musulmon holida vafot e`ttirdi va otalari Ibrohim, Ishoq va Ya`qublar qatoriga qo`shdi. Alloh  payg`ambarimizga va ularga salavot va salomlar yo`llasin!

 

*     *     *

Nom: Re: BOLAJONLARGA...
Yuborildi: Hadija 19 Fevral 2010, 12:07:20
Болалар учун топишмоқлар: Олти рукн — олтин рукн

Бу шеърда ҳар бир мусулмон бола билиши лозим бслган 6та масалага ишора бор.

Топишмоқни топганингиздан кейин унинг маъносига далолат қиладиган бир ҳадис келтиринг. Ҳадисни топишда сизга ота-онангиз, ака-опаларингиз ёки устозингиз ёрдам беришади.

Агар топишмоқни тсғри топсангиз, иншоаллоҳ иймонингиз кучасди.

1.
Қуръонни қилиб гувоҳ,
Дедилар А асулуллоҳ:
Ерлару осмонларни
Яратган ёлғиз "¦..!

2.
Ҳар ердаю ҳар ишда,
Саранжому саришта,
Савобингу гуноҳинг
Азар икки "¦"¦.

3.
Китобларга султондир,
Маъноларга у кондир.
Жаннатда ҳам сқилур
Унинг номи "¦"¦"¦!

4.
Осмондан олиб хабар,
Оламга бслиб раҳбар,
Ҳақ йслга бошладилар
Барчани ул "¦"¦"¦

5.
Атроф тсла аломат,
Ҳеч ким қолмас саломат,
Ҳушёр бслгин, сй дсстим,
Яқин қолди "¦"¦

6.
Фаровонлик, омонлик
Аллоҳимдан, бу ҳақдир!
Яхшилигу ёмонлик
Аллоҳ битган ул "¦"¦

Manba (http://www.webproxyserver.net/browse.php?u=Oi8vd3d3LmlzbG9tb3ZvemkuY29tLz9wPTM0OQ%3D%3D&b=29)
Nom: Javob: Bolajonlar va kattalar uchun ibratli hikoya...
Yuborildi: Salsabil 27 Fevral 2013, 13:33:13
(http://rasm.sb.uz/pics2/93d14938732bd26312ef21e3abc00b36.jpg) (http://rasm.sb.uz/#93d14938732bd26312ef21e3abc00b36.jpg)
Kunning eng oxirgi darsning oxirgi daqiqalari... O`quvchilar chiqish uchun sabrsizlanayotgan edilar. Daftar va kitoblarini sumkalariga qo`yishdi, qo`ng`iroq chalar-chalmas chiqishga tayyor edilar. Faqatgina Ali tayyorlanmagani, kechikish uchun qo`lidan kelgani qilayotgan edi.
Nihoyat qong`iroq chalindi. O`quvchilar bir zumda eshikka yopirilishdi. Ali o`rnidan turmadi. Sekin-sekin narsalarini yeg`ishtirar, bir yog`dan ko`z uchi bilan o`qituvchisiga qarardi, bir yog`dan sinfdoshlarini chiqishlarini kutayotgandi. O`qituvchi Alining bu holini sezdi:
-Tinchlikmi Ali, dedi. Uyga ketmaysanmi?
Ali, eng oxirgi sinfdoshini chiqqanini ko`rgach javob berdi:
-Ustoz, siz bilan gaplashmoqchi edim.
-Mayli, dedi ustozi. Ho`sh nima dimoqchi eding?
-Ahmad sinfdoshimiz borkuu...
-Ha, nima qipti Ahmadga?
-Moddiy ahvollari yashimas shekil. Onasi ovqat idishiga yahshi narsalar qo`ymiyapti.
-Ho`o`o`sh?
Unga yordam berishni hohlayapman. Lekin men yordam berganimni bilsa, hafa bo`ladi. Har kuni bitta kulcha bahosida pul yeg`ib har hafta sizga bersamde, siz Ahmadga bersez?
Cho`ntagina bir hovuch mayda pullar chiqazib, ustozning oldiga qo`ydi. Nurhan ustoz, pullarga tegmadi. Stulga o`tirib o`ylanib qoldi. Ali haqida bilganlarini bir-bir hayolidan o`tqazdi. Alining oilasi ham moddiy jihatdan yahshi emas. Bu tirishqoq va sevimli o`quvchisi na qadar oq niaytli va mehribon! Boy oilaning farzandi emasdi. Ammo bunga qaramay yordam berishni hohlayotgandi. Va yordam berayotganini hech kim bilishini hohlamayotgan edi! (MashaAlloh!)
Nurhan ustoz:
-To`xta, Ali dedi. Bilishimcha sizning ham moddiy ahvolingiz yahshi emas. Yoki noto`g`rimi?
-To`g`ri ustoz. Dadam kunlik ishchi. Ko`p hollarda ish topolmaydi. Ammo me ham ishlab, pul topaman.
-Qayerda ishlayapsan?
-Kulcha sotayapman.
Nurhan ustoz yana o`ylanib qoldi. Yahshilikni bu darajasiga nima deyaolardi? Buni amalga oshirish qiyin, Alini bundan voz kechirish uchun, bir chorasini topishi kerak. Buni o`quvchisini hafa qilmay amalga oshirishi kerak edi. U bilan yana biroz suhbatlashsa balki, bir chorasi topilib qolar. Nurhan ustoz Aliga qarab:
-Katta bo`lganingda kim bo`lmoqchisan? Deb so`radi.
-Judayam boy, biznesmen...
-Nima uchun?
-Insonlarga yanayam ko`proq yordam berish uchun...
-Ajoyib, dedi Nurhan ustoz. Endi qara Ali, to`g`ri Ahmadlarning oilasini ahvoli yahshi emas ammo, sizlarniki ham farqli emas. Hohlasang shoshilma, judayam boy bo`lganingda insonlarga yordam beraverasan?
-Yo`q bo`lmaydi dedi Ali. Hozir qilishim kerak.
-Nima uchun bo`lmaydi?
-Uch sabab tufayli bo`lmaydi. Birinchisi: Bu pullar shundoq ham meniki emas. Yahshilik qilganim uchun Alloh, meni odamlarga sevimli ko`rsatyapti. Insonlar bundan ta`sirlanib, yanayam ko`proq kulcha olishadi. Natijada kun bo`yi ishlaganlardanam ko`proq kulcha sotaman. Yana mahallada Hasan amaki bor har kuni ikkita kulcha olib kabutarlaga beradi. Ikkinchisi: "Daraxt yosh payt egiladi" diyishadi. Hozirdan yahshilik qilishni o`rganmasam katta bo`lganimda hechcham yahshilik qilolmayman. Uchunchisi esa eng muhimi: Katta bo`lganimda judayam boy biznesman bo`lmoqchiman. Vaqtida sarmoya qo`ymaganlar katta biznesmen bo`la olmaydilar.
Nurhan ustoz, qarshisida katta odam turgandek tinglayotgandi:
-Eng oxirgi sababini tushuna olmadim, dedi. Biroz tushuntiraolasanmi?
-Unda tushuntiray ustoz, dedi Ali. Hozir, judayam boy bo`lmaganim uchun kunda bitta kulcha puli qadar yordam bera olaman. Alloh, Jannatni qo`lidan kelgancha yordam bergan insonga beradi. Hozir kuchim bu qadariga yetganiga ko`ra, Jannatni bahosi uch-to`rt kulcha bahosida! Agar boy bo`lmasdan oldin o`lsam, uch-to`rt kulcha bahosiga Jannatga kira olaman! Bunadan ham yahshiroq sarmoya bo`ladimi?
Nurhan ustozning ko`zlari yoshlandi. Boshini "ha" ma`nosida qimirlatib, stol ustidagi pullani bittalab terib oldi...

Turkchadan ojizona tarjimam. Xato va kamchiliklari uchun uzr...