forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => Mavzu boshlandi: Muslim_4101 16 Mart 2009, 18:06:28

Nom: MUMTOZ FAYLASUF "Haqiqat manzaralari"
Yuborildi: Muslim_4101 16 Mart 2009, 18:06:28
Jaloliddin Rumiy
(1207-1273)

(http://img158.imageshack.us/img158/8676/16343958.jpg) (ftp://[URL=http://img158.imageshack.us/my.php?image=16343958.jpg)
Jaloliddin Rumiy Balx shaxrida tug'ilib o'sdi. Uni ba'zan Jaloliddin Balxiy deb atashdi.
Rumiy she'riyatning barcha shakllarida mukammal ijod qiladi. U Bitgan g'azallar, ruboiylar va masnaviylar she'riyat bo'stonining durdonasiga aylangan. Rumiy asarlarida tashbehlarga o'ralgan falsafiy, so'fiyona, teran g'oyalarga keng o'rin berilgan. 

***
Ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil.

***
O'limdan so'ng meni qaro yerdan emas, ma'rifatli insonlar qalbidan izlang.

***
Uzum haqida masal
Bir-birini tushunmaslik do'stni dushmanga aylantirish haqida Rumiyning shunday masali bor.
Turli tilda turlicha aytilgan so'z ba'zan o'zaro nizoga sabab bo'ladi. Turk, arab, fors va yunon millatidan bo'lgan to'rt nafar yo'lovchilar o'rtasida tangani qanday sarflash borasida janjal chiqadi. Forsiy tilda so'zlovchi sheriklariga:
-Yuringlar, bozorga boramiz-da angur1 sotib olamiz,-deydi.
-Ey firibgar!- uning so'zini bo'ladi arab.-Men angur emas, eynab 2eyishni xohlayman!
Turkiy yo'lovchi esa ularning har ikkisiga e'tiroz bildirib, shunday deydi:
-Birodarlar nega shovqun ko'tarasiz, balki bu pulga uzum sotib olarmiz?
Yunonistonlik yo'lovchi esa:
-Qanday odamsiz o'zi. Kelinglar stafil 3 sotib olamiz-da maza qilib eymiz,-deydi.
Shu tariqa to'rt yo'lovchi bir-birini tushunmay, janjallashib qoladilar. Aslida ular aynan bir narsani istashardi.
To'rt yo'lovchi bilimsizlik, nodonlik tufayli bir-birlarini rossa do'pposlashdi.
Agar ularning orasida yuz tilni biladigan odam bo'lganda bir so'z bilan nizoga chek qo'yishi mumkin edi.

Angur1-forsiyda uzum ma'nosini anglatadi
Eynab2-arab tilida uzum  ma'nosini anglatadi
Stafil3- yunonchada uzum  ma'nosini anglatadi   

***
So'z- bu libos. Ma'no shu libos ostiga yashiringan sir

 Mumtoz faylasuf kitobidan olindi
                  
Nom: Re: MUMTOZ FAYLASUF "Haqiqat manzaralari"
Yuborildi: Muslim_4101 16 Mart 2009, 18:45:52
Hazrati Sulaymon
(Taxminan milloddan avvalgi 960-935 yillarda hukumronlik qilgan)

(http://img222.imageshack.us/img222/6300/001hgo.jpg) (ftp://[URL=http://img222.imageshack.us/my.php?image=001hgo.jpg)
Hazrat Dovutning o'g'li. Iudeya va Isroil davlatiga hukumronlik qilgan. Quddus shaxrida Yaxva ibodatxonasini qurdirgan. Zamondoshlari Sulaymonning donoligidan zavqlanishgan. U o'zining o'tkir aqli g'ayriodatiy fikrlash tarzi bilan shuxrat qozongan.

***
Rivoyatlarda aytilishicha,
Hazrat Sulaymonning: "Bu dunyodagi hamma narsa o'tkinchi"-degan so'zlar o'yib yozilgan uzugi bo'lgan. Sulaymon hayotining qayg'uli onlarida uzukdagi ana shu hikmatli bitikni o'qib, taskin topgan.
Bir kuni uni boshiga shunday baxtsizlik tushadiki, uzukdagi so'zlar dardiga malham bo'lolmaydi. Sulaymon g'azab bilan uzukni yechib, otib yuboradi va dumalab borayotgan uzukning ichki tomonidan ham allaqanday bitik borligiga nogahon ko'zi tushadi. O'rnidan turib, uzukni qo'liga oladi-da, bitikni o'qiydi. Uzukning ichki tomonida: "Bu ham o'tib ketdi", -degan yozuvlar bor edi. Sulaymon achchiq kulimsirab, uzukni barmog'iga va o'mrining oxirigacha uni yechmaydi.

***
Avlodlar kelib-ketaveradilar, Yer esa abadiy qolaveradi.

***
Donolik ortganda qayg'u ortadi, Bilimning ko'payishi esa g'amginlikni ko'paytiradi.

***
Ba'zan kulganda ham yuraklar zirqiraydi, quvonch esa qayg'u bilan yakun topadi.

***
Ertangi kun bilan maqtanma, chunki u nimalarni taqdim etishini bilmaysan.

Mumtoz faylasuf kitobidan olindi
                         
Nom: Re: MUMTOZ FAYLASUF "Haqiqat manzaralari"
Yuborildi: Muslim_4101 17 Mart 2009, 17:21:22
Miletlik Fales
(Miloddan avvalgi 625-547 yillar)

(http://img301.imageshack.us/img301/3122/88370306.jpg) (ftp://[URL=http://img301.imageshack.us/my.php?image=88370306.jpg)
Miletlik Fales o’z zamonasida yeti donishmandning biri bo’lgan. Aytishlaricha, Fales shu yeti donishmandning ichida yetakchilik qilgan U birinchilardan bo’lib tabiat haqida fikr yuritgan. Quyosh tutalishi uning oy bilan to’silishi tufayli yuz berishini birinchi bo’lib Fales anglagan, diametr aylanani teng ikkiga bo’lishini isbotlab bergan. Fales falakiyotshunoslik bilan ham shug’ullanib, quyosh tutilishini oldindan aytib bergan.
Fales Misr ehromlarining balandligini ularning soyasiga qarab o’lchagan. U yolg’izlikda hayot kechirib, davlat ishlariga aralashmagan. Uning quyidagi asarlari ma’lum:
"œQuyosh harakati haqida"
"œTengkunlik haqida"
Sesron shunday guvohlik berdi:
"œFalsafa Falesdan boshlanadi, u birinchi edi".

***
Fales shunday deb yozadi:
Hamma narsaning ibtidosi suvdir.

***
Yer suvda suzadi

***
-Eng go’zal narsa nima?
-Odam. Chunki u Tangrining mahsulidir
-Eng tez narsa nima?
-Aql. U hamma narsani ortda qoldiradi.
-Hammadan donoroq narsa-chi?
-Vaqt. Chunki yolg’iz vaqtgina hamma narsani oyidinlashtiradi.
-Hamma uchun eng umumiy narsa nima?
-Umid. Chunki u hech vaqosi yo’qlarda ham mavjuddir.
-Eng kuchli narsa nima?
-Zaruriyat. Chunki u hamma narsaning ustidan hukumronlik qiladi.
-Eng qiyin narsa nima?
-O’zni anglash.
-Eng oson narsa-chi?
-O’zgalarga maslahat berish.
-Kimni baxtli sanash mumkin?
-Jismoniy sog’lom, ruhiy xotirjam hamda istedodini o’stira olgan kishini.
-Baxtsizlikka dosh berishning oson yo’li nima?
-G’animlarning sendan-da yomon ahvolga tushib qolganiga guvoh bo’lish.                       

Mumtoz faylasuf kitobidan olindi
(Toshkent "Yangi asr avlodi" 2007-yil)
Nom: Re: MUMTOZ FAYLASUF "Haqiqat manzaralari"
Yuborildi: Lu`lu` 07 Iyul 2010, 10:16:04
 :as:
Hazrati Rumiyni rus tiliga tarjima qilingan she`ridan parcha qo`ysam-hafa bo`lmassizlar

Коль жив останусь без Тебс,
Спали, спали менс дотла.
И голову с менс долой,
Коль разум будет в ней не Твой.