forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: shoir 18 Mart 2009, 14:05:54

Nom: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: shoir 18 Mart 2009, 14:05:54
Assalomu alaykum!
Avvalroq boshqa yuzerlarga ham shunday PM kelgani haqida eshitgan edim.
Barcha boshqa yuzerlar qatori bir yuzerimiz menga ham moliyaviy yordam berishim haqida maktub yozibdilar.

Birodar, bu yerda menimcha saxovat qila olish darajasidagi badavlat odamlar yig'ilmagan. Ko'pchilik o';zini zo'rg'a boqadigan talabalardir.

Bir narsani yozishdan avval biroz aql yurgizing. Islom odobi bo'yicha ham moliyaviy yordam bunday tartibda so'ralmaydi. So'rovchi odamning holiga ham qaraladi.

Birodar, bunday faoliyatni bas qiling. Judayam muhtoj bo'lgan odam internetda o'tirishi va faol bo'lishi biroz gumonli. Undan ko'ra Allohdan so'rab, duo qiling, imkoningiz qadar ishlashga harakat qiling.

Mayli, agar jiddiy bir sababingiz bo'lsa, unda o'sha sababni aniq oshkor qilib, yozing. Istaganlar hayr qilishi mumkin.

Birodar, meni to'g'ri tushunasiz degan umiddaman.

PS. Mendan keyin yozdigan userlar! Anonymlik saqlansin!
Nom: Re: Forum - pul so'rash joyimi?
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 18 Mart 2009, 15:44:12
Assalomu alaykum!

Bilmadim, balki bu mavzuni ochish shartmidi???

Lekin shaxsan menda ham shu holat bo'lgandi. Ularni ahvolini to'g'ri tushundim. Ammo ming afsus biron moliyaviy yordam bera olmas edim. Anchadan buyon ularni oldida o'zimni xijolaat sezib yurardim. Biron javob xati yozishga ham qo'lim bormadi. Meni to'g'ri tushuning, birodar, men haqiqatdan siz so'raganchalik moliyaviy yordam berolmasdim.

Ollohim ishlaringizga rivoj bersin, ilohim.
Nom: Re: Forum - pul so'rash joyimi?
Yuborildi: Imron 18 Mart 2009, 20:40:03
Форумда молисвий ёрдам ссраб мурожаат қилишнинг зарари йсқ. Имкони бор одам ёрдам қилади, иложсиз бслса, узр айтади. Ҳаммамизда ҳам пулга муҳтожлик бор.

Ардамга муҳтож одам бундай хатни минг бир истиҳола билан ёзса керак. Унга ҳам ссраш ноқулай. Қсшни форумда ҳам менга шунга схшаш хабар келувди, лекин негадир хат сгаси билан қайта боғланишнинг иложи бслмади.. Ҳар ҳолда от ёки тус ссрамаса керак. Ўша йигитга 3-4 минг ссмдан бслса ҳам ҳарнада, деб сйладим сзимча.

Биз асҳоби киромларнинг хулқига бир назар солиб ксрайлик. Ўзлари қанчалик муҳтож бсла туриб, биродарларига саховат қила олишган. Тарихларини сшитсак ксзимизга ёш келади. Аммо сзимиз ундай бслолмаймиз, нега?

Ишимиз ксп. А­симиздан чиқиб кетади.. Ҳамма сзи билан овора, биров билан ишимиз йсқ, нега ундаймиз?..
Nom: Re: Forum - pul so'rash joyimi?
Yuborildi: Munavvara 18 Mart 2009, 21:20:09
 :as: uzr baxsga aralashganim u-n lekin yozishni o'zimga joiz deb bildim.
Hurmatli Shoir aka sizni fikrlarizni hurmat qilaman lekin shu mavzuni ochish shart edimi agar o'sha insonga yordam bera olmas ekansiz PMda o'ziga yozib yuborsangiz bo'lmaydimi...
O'zi menga kelmadi bunday xat lekin opamlarga kelgan edi opam manga o'qib berdilar opam bilan yiqqan bor pulimizni tayyorlab qo'ydik o'sha insonga opam Pm yozdilar ammo javob keldimi kelmadimi uyog'ini bilmayman manimcha kelmadi...
Aytmoqchi bo'lganim bu mavzuni ochib o'sha birodarimizni hijolat qilib qo'ymadikmikan...
Bir mavzu ochishdan oldin o'sha insonga og'ir botadimi yo'qmi avval o'ylab k-n ochish kerak emasmi mayli Alloh hammamizga insof bersin o'sha birodarimizni esa mushkullarini oson qilsin amiyn!  :as:
Nom: Re: Forum - pul so'rash joyimi?
Yuborildi: Musannif Adham 18 Mart 2009, 23:31:04
Bu mavzuning o'chirilishi tarafdoriman. Shoir akamni hurmat qilaman. Lekin menimcha mavzu sal noto'g'ri ochilgan. Biz bu yerda anionimlikni saqlaganimiz bilan baribir hammamiz gap kim haqida ketayotganligini bilib turibmiz.
Nom: Re: Forum - pul so'rash joyimi?
Yuborildi: Chustiy 19 Mart 2009, 02:25:37
 :bs1:

Asslamu alaykum!

Agar iloji bo'lsa forumda bir bo'lim ochim "yordamga muhtoj" deb nomlab qo'yish kerak, kimga qanday yordam kerak bo'lsa, o'sha bo'limda mavzu ochib musulmonlardan, yordam so'ralishi kerak, zero  musulmonlarning mushkuli bizning ham mushkulotimiz, qo'lida kelganlar Alloh roziligi uchun yordam berishadi. Ham forum uchun ham forumchilar uchun foydali bo'ladi inshaAlloh.

Mana misol ayni damda manga boshqa forumda pm keldi, bir tanish birodarimiz Toshkentda, ayni damda ishsiz ekanlar, oldinlari paynetda ishlagan ekanlar, shularga tanish bilishlarda ish beruvchi vakansiyalar bo'lsa Alloh roziligi uchun yordam bervoselar ko'p va ho'p yaxshilik qilgan bo'lar edingiz.

Zero Nabiy  :sw: "Kimki bir musulmonning mushkulini oson qilsa, qiyomat kuni Alloh uning mushkulini oson qilur" mazmunda hadislar mavjud.

 :as:
Nom: Re: Forum - pul so'rash joyimi?
Yuborildi: shoir 19 Mart 2009, 08:42:04
Биз асҳоби киромларнинг хулқига бир назар солиб ксрайлик. Ўзлари қанчалик муҳтож бсла туриб, биродарларига саховат қила олишган. Тарихларини сшитсак ксзимизга ёш келади. Аммо сзимиз ундай бслолмаймиз, нега?

To'g'ri, lekin ashobi kirom kimdan, qanday so'rashni ham yaxshi bilishgan. Buyuk sahobalar esa umrlari davomida garchi muhtoj bo'lsalar-da, hech kimdan hech narsa so'ramaganlar. Hatto otda ketayotgan paytda qamchilari yerga tushsa-da, shuni ham o'zlari tushib olganlar. Va keyin sahobalarning hech biri kimningdir o'ziga nomahram bo'lgan qizidan hech qachon pul so'ramaganlar. Bu narsa musulmon kishi uchun uyat.

Dilsora va Muslimaa singlim, sizga savol:
Siz umuman tanimagan, bilmagan, ko'rmagan, sizga nomahram bo'lgan bir yigit dab-durustdan sizdan pul so'rasa, qancha bo'lsayam mayli, beruvring desa, shubha qilmaysizmi?

Men bermanglar, deganim ham yo'q, demoqchiham emasman. Istaganingizcha xayr qiling.

Lekin bu narsa ko'pchilikka ibrat bo'lsin, deb yozgan edim. Erkakda or yo'qolgan kun - uning halokatidir. Ehtiyot bo'laylik, birodarlar.
Barchangizdan uzr so'rayman...
Nom: Re: Forum - pul so'rash joyimi?
Yuborildi: Munavvara 19 Mart 2009, 13:49:17
Bu mavzuning o'chirilishi tarafdoriman.

Xullas, bu mavzu, o'chirib tashlansa judayam yaxshi bo'lardi...

 :as: AbdulAziz akadan iltimos qilib so'raymiz mavzuni o'chirib tashlasinlar...
Nom: Re: Forum - pul so'rash joyimi?
Yuborildi: Zamiraxon 19 Mart 2009, 15:42:18
 :as:
Birodarlar, Shoir akamiz sizlar o'ylagan ma'noda ochmagan menimcha, shunchaki hammagayam bu yerda oson emas yashash, o'zimizdan ortmaydi, hammamiz studentlarmiz, agar yordam berish ilojimiz bo'lganda bajonidil qo'limizdan kelganini qilardik degan ma'noda tushundim men. Shaxsan o'zimgayam keldi bunaqa xat, lekin men hecham uning biron bir o'yin qilib yoki hazil qilib yozishi mumkinligi haqida o'ylaganim yo'q. Agar o'sha payti o'sha inson so'ragan miqdordagi pulim bo'lganda, Olloh yo'lida birodarlik xurmati berardim. Zero, boshqalar hojatini chiqarish ham oliy savoblar jumlasiga kiradi, Vallohu A'lam. Bir-birimizga yaxshi gumonda bo'laylik.
Nom: Re: Forum - pul so'rash joyimi?
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 19 Mart 2009, 18:53:19
Mavzuni yopa qolaylik....

Ammo mavzu noto'g'ri ochilmagan. Birdan yomon tomonini ko'rmaylk buni...
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: AbdulAziz 24 Mart 2009, 23:00:14
Assalamu alaykum!

Shoirning ochgan mavzusidan so'ng bu masala haqida biroz o'rganishimga to'g'ri keldi. Aniq bir dalil bo'lmaguncha mavzuni vaqtinchalik yopgan edim. Bugun ko'pchilikka ibrat bo'lsin, deyana yana mavzuni tikladim.

Haqiqatan ham bundan 1-1,5 oylar chamasi oldin forumda boshlangan "moliyaviy yordam" so'ralgan PMlar shu kungacha davom etib, birqancha userlarga jo'natilgan. Userlarning ko'pchiligi buni oddiy qabul qilishgan bo'lsa-da, ba'zi userlar jiddiy olib, yordam bermoqchi bo'lishgan. Yordam uchun summa har kimga har xil jo'natilgan. Kimgadir 50000, kimgadir, 80000, kimgadir 20000, yana kimgadir 100$. Ba'zi userlarimiz turli sabablarga ishonib, o'sha shaxsga yordam ham berganlar. Men shartli ravishda PM yozgan shaxsni A, yordam bergan shaxslarni B va C, D deb atadim.

Shaxsan menga ham shunday xabar kelganidan so'ng, qiziqib, B va Cga aytilgan gaplar, o'zimga yozilgan PMlar va ba'zi birodarlardan bu haqdagi argumentlarni yig'ib, solishtira boshladim. Keltirilgan argumentlar va sabablar ko'pincha bir-biriga nomuvofiq keldi. Kuni kecha A ning uyiga ham bordim, uyda faqat A ni ko'rdim, suhbatlashib, onasi bilan ham telefonda gaplashganimdan so'ng shubhalar yana ortdi. Ba'zi xulosalarni hukmingizga havola qilsam:

Menga va boshqa ko'p userlarga kelgan PM:
Kichik singlim kasal, orqa beli qiyshiq, doctorlar yillar davomida davolash kerak deyishyapdi. Yoshi 6 da, 12 yoshgacha muolaja qilish kerak ekan. Har bir muolaja uchun haftasiga 4oooo so'm berish kerak. Belini hozirdan davolab borilmasa keyin kech bo'ladi. To'g'ri savol tug'ilishi mumkin, tanishlardan, qarindoshlardan yordam so'ramadingmi deb, ulardan yordam so'raganmiz, ammo "o'zinda yo'q, olamda yo'q" deganlaridey yordam olomadik. Oilada 5 kishimiz: opam, man, ukam va 2 ta singlim ( otam 2001 yil o'tib ketganlar ). Shu sababli hozirda bizlar 8oooo so'm ga muhtoj bo'lib turibmiz yoki o'zi umuman qancha bera olasiz ? Javobingizni KUTAMAN !
P/S: man o'zi evroremontda ishliman, biroq hozir ish to'xtab qolgan, shunga majburlikdan yordam so'radim !

Yana bir birodarga jo'natilgan PM:
Siz qaysi davlatdasiz, aynan qancha deb so'raganizga taxminan 100 $ yetadi ! pulni jo'natish uchun man yashayotgan joyda tanishiz bormi , ya'ni Toshkentda, pulni WESTERN UNION orqali jo'natsa bo'ladi, lekin sizga ma'qulmi?

Boshqa birodarga yozilgan PM:
Alloh sizdan rozi bo'lsin, hozirda bizaga 50000-100000 so'm atrofida kerak, agar bu pul sharoitizga to'g'ri kelmasa, qanchagacha bera olisiz, pul berishga kelsak, boshqa viloyatdan bo'lsez qatnaydigan mashinalardan berib yuborsez bo'ladi, mabodo boshqa mamlakatda bo'lsez WESTERN UNION orqali bersez bo'ladi...

A  C dan 15 kuncha oldin singlisining muolajasi bahonasida dastlab 50000 olgan va "shu pulni bersangiz, muolajani boshlaymiz", degan. Vaholanki, bugun men gaplashganimda esa hali muolaja bo'lmaganini aytdi. So'ng onasi bilan gaplashganimda esa bugun bir kasalxonaga olib borganini, "qaysi kasalxona?" deb so'rasam, yo'q, hozir boshqa poliklinikaga olib ketayotganini gapirdi. "Muolaja uchun qancha kerak?" - deb so'raganimizda, 50-60 ming yetadi, dedi.
Savol tug'iladi: Agar muolaja uchun faqatgina 50-60 ming kerak bo'lsa, nega ko'pchilikdan 80000, yana 100$ so'rab yuribdi? Nega menga hozircha aniq bo'lgan 140000 ni olganidan so'ng ham, shoirning ushbu mavzusidan so'ng ham u o'z "faoliyat"ini to'xtatmadi?

C xuddi shu narsaning oldini olish maqsadida (u boshqalarga ham xuddi shunday xat jo'natilganidan bexabar bo'lgan) boshqa userlarni bezovta qilmay qo'yaqoling, kerak bo'lsa, yana men beraman" - degan. Lekin A boshqa userlardan ham xuddi shu holatda pul olishni ko'zlab, PM va ba'zilarga telefon ham qilgan. U yana talaba B dan avval 15000 xayr, so'ng "nonga ham pul qolmadi" deb 25000 + Rossiyadan pul kelishi kerak, shuning harajatkariga deb 10000 qarz olgan va Rossiyadan kimdir 1000$ jo'natadi, fevralning oxiriga keladi, shunda qaytaraman deb aytgan. B ni ishontirish maqsadida uning telefonida rasmga tushib, "Bu rasmni (ya'ni A ning rasmini) Rossiyaga jo'nataman. Ular mening haqiqatan ham toshkentlik ekanligimga ishonishgach, keyin jo'natisharkan" degan. C ga esa allaqanday Madagaskardanmi (lekin Rossiyadan emas) unga pul jo'natishayotganini aytgan.

A yana talaba D dan ham "yordam so'rab" telefon qilgan. D ham uning gaplariga ishonib, pul bermoqchi bo'lib yurgan paytda uni ogohlantirdim. 

A  C dan avval 50000 olingandan so'ng, yana telefon qilib, "uyda hech narsa qolmaganini" bahona qilib, yana 20000 oladi. So'ng yana bog'lanib, yangi ishga kirganini, yo'lkiraga ham puli yo'qligini aytib, "yo'lkira uchun" deb yana 20000 oladi. Men gaplshganimda esa hozir ukasi bilan "yevroremont qilishini, ukasi ishga ketganini" aytdi.
Savol tug'iladi: Yo'lkirayu nonga ham puli yo'q odam, kunduz kuni evroremont ishida bo'lsa, qanday qilib kechayu kunduz internetda o'tiradi?
B ga esa forumdagi ODAM niki bilan kiradigan user uning ukasi ekanligini aytgan. Vaholanki, men ikki xil nikda kirayotganini bilib qolib (bu nikda kirib, hamma postlariga Rahmat berib chiqqan), unga tanbeh berganimda, u bu nikning o'ziniki ekanligi, boshqa qaytarilmasligini yozgan edi. O'sha paytda bu userni ban qilmoqchi edim. Lekin "xayr" sabab ban qilib yuboribdi - degan yomon gumon bo'lmasligi uchun sabr qilgandim.

Va yana men A bilan gaplashganimda telefon nomerimni faqat sizga bergan edim, dedi. Vaholanki, yana 4-5 ta userlarga o'z telefon nomerini berib, ular bilan "muomala"ni kelishib olgan.

A ning onasidan olingan summalar miqdori va sarfi haqida so'raganimizda tayinli va aniq javob ololmadik...

A yolg'on gapirib, forumdoshlarni aldagani, ikki nikdan kirib forum qoidalarini qo'pol ravishda buzgani uchun ban qilindi.

Musulmon birodarlar! Mo'min kishi biroz ehtiyotkor ham bo'lishi kerak. Kim nima desa ishonib ketaverish, hozirgi davrimizga to'g'ri kelmaydi. Biz Saodat Asri zamonida yashamayapmiz, hammaga ishonadigan davr emas hozir. Ayniqsa, mana shunday pul muomalalarida quruq gapga ishonib, tekshirmasdan aldanib qolish, yaxshi xislat emas.
Payg'ambarimiz Muhammad SAV aytadilar: "Mo'min kishi bir marta qo'lini ilon chaqib olgan teshikka ikkinchi marta qo'l tiqmaydi".

Forumda yana shunday masala bo'lsa, avvalo fikr qilib ko'ring. Tekshiring, yaqinlaridan surishtiring, shundan so'nggina xayr qiling. Avvalo xayrni o'z yaqinlaringiz, qo'shnilaringiz, siz tanigan, bilgan odamlardan boshlang...

Allohdan bu oilaga insof, baraka va haqiqiy islomiy hayot kechirishlarini tilaymiz.
Alloh ishlarini o'nglab, to'g'ri yo'lga boshlasin!
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Muhseena 25 Mart 2009, 06:24:52
Aniqlangani yaxshi bo'libdi,hammamizga Alloh to'g'ri yo'lni ko'rsatsin.
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Muhseena 25 Mart 2009, 06:55:11
Manga ham bu insobndan xat kelganda pulim yo'q edi,lekin stipendiyam chiqishi kerak edi,keyin dugonamga maslaxat qilgan edim hamki,u mani qat'iy qaytardi,admindan surishtirib ko'r,ahir sen qiz bola bo'lsang,qanaq qilib musulmon odam ayol kishidan pul so'raydi-degandi,keyin man AbdulAziz akadan so'radim,nima qilsam ekan-deb.Ular bu haqida bilmasliklarini aytdilar va mani bu yo'ldan qaytardilar.Keyin u insonni postlarini qarab chiqdim.Bironta islomiy post qilmagan,har nimalarni yozib yurarkanlar.Keyinchalik boshqa qizlarga ham shu kabi xat kela boshlabdi.Agar ular pulga muhtoj bo'lganlarida,avvalo admin bilan maslaxatlashib olishlari kerak edi.Keyin qizlardan pul so'rash uyat bo'lsa kerak.Biz ishlamasak,bizni kimdir boqsa.Buni ham hisobga olmaganliklaridan kimliklari ko'rinib turibdi.
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: jasur85 25 Mart 2009, 08:15:31
AbdulAziz burodar juda yahshi (ibratli) ish qilibsiz.
Odam degani buncha sodda bolmasa deb kuzatayotgan
edimki sizni postingizni o`qib   ko`nglim    taskin   topdi.
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: shoir 25 Mart 2009, 11:21:00
Assalamu alaykum!
Rahmat, AbdulAziz. Alloh rozi bo'lsin!

Haqiqat egiladi, bukiladi, lekin sinmaydi...
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Mahdiyah 25 Mart 2009, 12:01:28
Assalamu alaykum.

Mana manga o'sha boladan kelgan 1 xat

Assalomu Alaykum , yaxshimisiz, bitta iltimos bo'yicha sizdan yordam so'ramoqchidim...bilasizmi hozir oilamiz qiyin vaziyatga tushib qoldi (hazilmas) shunga siz moliyaviy yordam berolisizmi...?
Bizaga ko'p keremas !

Alloh sizdan rozi bo'lsin !

Vaalaykum assalam!
Nima maqsadda pul kerak?
Ham nima uchun shu forumdagi boshqa insonlardan ham pul so'raganingizni tushuntirib bering.
Sizni qaysi vaziyatdaligingizni yaxshi bilmiman, lekin o'g'il bolasiz ishlashingizga nima halaqit qiladi?
Gaplarimga hafa bo'men to'g'ri ma'noda so'radim?

Haqiqatda boshqa forumdoshlardan yordamni man so'ragandim, lekin bir narsani aytay, manga ham osonmas, sizlarni oldizgizda uyatliman, juda ilojsiz qolganimdan so'radim, unaqa ko'p keremas, o'zimizni o'nglab olsak albatta qaytaramiz, man tushunishlarini xoxlardim.

Vaziyatimizni batafsil bayon etsam:

Kichik singlim kasal, orqa beli qiyshiq, doctorlar yillar davomida davolash kerak deyishyapdi. Yoshi 6 da, 12 yoshgacha muolaja qilish kerak ekan. Har bir muolaja uchun haftasiga 4oooo so'm berish kerak. Belini hozirdan davolab borilmasa keyin kech bo'ladi. To'g'ri savol tug'ilishi mumkin, tanishlardan, qarindoshlardan yordam so'ramadingmi deb, ulardan yordam so'raganmiz, ammo "o'zinda yo'q, olamda yo'q" deganlaridey yordam olomadik. Oilada 5 kishimiz: opam, man, ukam va 2 ta singlim ( otam 2001 yil o'tib ketganlar ). Shu sababli hozirda bizlar 8oooo so'm ga muhtoj bo'lib turibmiz ! Javobingizni KUTAMAN !

P/S: man o'zi evroremontda ishliman, biroq hozir ish to'xtab qolgan, shunga majburlikdan yordam so'radim !

Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Mahdiyah 25 Mart 2009, 12:12:18
Avvalo adashishdan Alloh asrasin.

Man bu insonni maqsadini tushunmadim.
Agar rostan ham singillarini davolashga pul shu qadar tez kerak bo'lganida, nimaga Abdulazizga yoki shu forumdagi bironbir ishonchli insonga "Yordam berolisizlarmi? Forum bilan yig'ilishib yordam berilar disalar bo'ladi?"
Manimcha bu har bir insonga alohida PM yozgandan ma'qulroq edi.
Biz ham yig'ilishim vaziyatni ko'rib qo'ldan kelganicha kim qancha imkoniga qarab yordam beraridi.

Yana 1 masala. O'zlari o'g'il bola bo'salar, ishlashga qurbilari yetsa, nimaga ishlab shu pulni topishga harakat qilmadilar shu vaqt ichida? Hozir sharoit qiyin bilaman. Lekin ishlab o'sha so'ralgan pulni 2-3 kunda uzog'i 1 haftada topsa bo'ladiku.
Evroremont qachon boshlansa shunda ishliman dib o'tirmasdan.
Agar ish topolmasalar, mana biz yordam beramiz ish topishlariga.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam  bizlarni tilanchilik qilishdan (o'z ishga qodir bo'lib boshqalardan pul so'rashni nazarda tutib...)qaytarganlar. Bu bilan bu bola tilanchilik qilgan demoqchi emasman.
Lekin inson ishlab o'zi topsa bo'ladi. Mayli qodir bo'lmasalar yordam beramiz. Lekin bunaqa fitna chiqarishga sababchi bo'lish yaxshi emas.

Alloh hammamizga insof bersin!
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 25 Mart 2009, 12:29:09
Avvalombor, AbdulAziz aka hushyorligingiz uchun.

Bu boshqalarga ham o'rnak bo'lsa ajab emas. Aslida u kishining bu ishi Firibgarlik hisoblanadi (Jinoyat Kodeksi 168-modda):

Firibgarlik, ya'ni aldash yoki ishonchni suiste'mol qilish yo'li bilan o'zganing mulkini yoki o'zganing mulkiga bo'lgan huquqini qo'lga kiritish -
eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.

P/S: Qolgan userlardan iltimos! Barcha ish fosh etildi. Shu sababli iltimos, urushdan keyingi qahramon sifatida o'sha inson bilan bo'lgan suhbatlaringizni yoki o'zaro yozishmalaringizni kiritishga hojat yo'q. O'zingiz uchun xulosa qiling, shuni o'zi yetarli.
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Musannif Adham 25 Mart 2009, 12:40:23
Assalomu Alaykum.

Oxiri muammo "yechilibdi". Buni oldinroq yechish kerak edi. Mayli hechdan ko'ra kech yaxshi. AbdulAziz akamga fevralning boshidayoq "bu ish shubhali" degandim. Allohga shukrki, O'zi bergan zehn tufayli mana bu firibgarlik ham ochilibdi.

Oldingi postimga  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3486.msg165137#msg165137) keladigan bo'lsak, men u odamni himoya qilmadim. Faqat bu mavzuni o'chirishni so'radim. 

Ko'rdimki, xato qilgan ekanman. Buning uchun Allohdan mag'firat so'rab, Shoir akamga o'z uzrimni aytmoqchiman.
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Mahdiyah 25 Mart 2009, 13:07:34

P/S: Qolgan userlardan iltimos! Barcha ish fosh etildi. Shu sababli iltimos, urushdan keyingi qahramon sifatida o'sha inson bilan bo'lgan suhbatlaringizni yoki o'zaro yozishmalaringizni kiritishga hojat yo'q. O'zingiz uchun xulosa qiling, shuni o'zi yetarli.

Agar bu gapni mani postimga qarab yozgan bo'sez etib qo'yi "urushdan keyingi qahramon sifatida" bularni yozmadim.
Bu bolani ko'pchilik haq deb tarafini olishdi, xatto Abdulazizni ishini qoralashdi.
Man ham buni mavzu qilib chiqarishlarini hohlamasdim.
Man bu yerda dalil, va asoslarga asoslanib shu hulosaga kelinganini nazarda tutib yozganman!
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 25 Mart 2009, 14:14:43

Yo'q, aslo, bu sizning postingizga atayin qoldirilgan izoh emas. Men bu gaplarni sizni postingizni ko'rmasdan yozgan edim. Hatto javob berish tugmasini bosganimda "Siz javob berguningizgacha yangi mulohaza qoldirildi" degan yozuv ham chiqdi.
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: USER 25 Mart 2009, 15:43:05
Assalamu alaykum forumdoshlar !!!

Man o'sha sizlardan yordam so'ragan Baxtiyorman, kecha ertalab AbdulAziz va Abdulloh uyimizga keldilar, gaplashdik, lekin manga ishonmay chiqib ketdilar.

Endi AbdulAziz yozgan B olgan pullar, ya'ni Toshkentdagi B dan olganman, lekin manga hech kim 100 $ jo'natmagan, hozir mani bilmay 1 minutda firibgarga chiqarib qo'ydinglar, o'zi bitta narsa man birovdan 100 $ olganimni o'z ko'zinglar bilan ko'rdinglarmi yoki jo'natgan odam isbotlab berdimi ?

Man sizlarga yosh bolamasman, arzimagan yordamni sizlarga ishonib so'rasam, sizlar bu firibgar deb G'IRT TUXMAT qildinglar, ishonmasangiz uyimga kelib mani o'zim, oyim bilan gaplashib ko'ringlar, nega sizlar hali isbotlanmagan narsa bo'yicha mani bulg'ab tashadinglar, ayniqsa sizlardan kutmagandim, isbot kerak bo'lsa tel qilinglar, yana o'zini oqlash yozmoqda deb o'ylamang...

Abdulaziz uyimizga kelganlaridan keyin o'z ko'zlari bilan sharoitimizni ko'rib oyimni so'radilar, oyim Qushbegidalar dedim, xoxlasez tel qilib beraman, shahxsan gaplashasiz dedim, ular kerakmas dedilar, bu nima degan gap, nega ahvolni ohirigacha bilmay ketdilar.

Man bir narsaga hayronman, musulmon, o'zbek degan nomimiz qani ?

P/S: ILTIMOS AbdulAziz qattiq ILTIMOS qilaman, shu postni o'chirmang, balki mandan xato o'tgandir, nega yuzimga aytmay orqamdan mavzu ochib mani yerga urib tashadingiz, bu mavzuni ko'rib oyim o'zlariga kelolmayapdilar !

Savollar tug'ilsa yoki haqiqatda nima bo'lganini bilmoqchi bo'lsangiz tel qiling yoki uyimizga keling, mani ALLOH ni oldida yuzim yorug', qarasam mani odam qatoridan chiqarib qo'ydinglar ! ! !

Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: AbdulAziz 25 Mart 2009, 16:33:09
Endi AbdulAziz yozgan B olgan pullar, ya'ni Toshkentdagi B dan olganman, lekin manga hech kim 100 $ jo'natmagan, hozir mani bilmay 1 minutda firibgarga chiqarib qo'ydinglar, o'zi bitta narsa man birovdan 100 $ olganimni o'z ko'zinglar bilan ko'rdinglarmi yoki jo'natgan odam isbotlab berdimi ?

Uka, sizga hech kim 100$ olding, deb yozgani yo'q, yaxshilab o'qib oling. Faqat shuncha so'radi, deyildi. Oldi, deyilmadi.
"Muolaja uchun qancha kerak?" - deb so'raganimizda, 50-60 ming yetadi, dedi.
Savol tug'iladi: Agar muolaja uchun faqatgina 50-60 ming kerak bo'lsa, nega ko'pchilikdan 80000, yana 100$ so'rab yuribdi? Nega menga hozircha aniq bo'lgan 140000 ni olganidan so'ng ham, shoirning ushbu mavzusidan so'ng ham u o'z "faoliyat"ini to'xtatmadi?

Iqtibos
Man sizlarga yosh bolamasman, arzimagan yordamni sizlarga ishonib so'rasam, sizlar bu firibgar deb G'IRT TUXMAT qildinglar, ishonmasangiz uyimga kelib mani o'zim, oyim bilan gaplashib ko'ringlar, nega sizlar hali isbotlanmagan narsa bo'yicha mani bulg'ab tashadinglar, ayniqsa sizlardan kutmagandim, isbot kerak bo'lsa tel qilinglar, yana o'zini oqlash yozmoqda deb o'ylamang...

Menimcha olngan 140000, yana so'ralgan 80000 yoki 100$ "arzimagan yordam" emas. Ayniqsa, hozirgi krizis sharoitda.
Ha, men birodarlarni ogohlantirmasligim kerakmidi, yolg'onning yana davom etishiga sharoit yarstishim kerakmidi-a?

Iqtibos
Abdulaziz uyimizga kelganlaridan keyin o'z ko'zlari bilan sharoitimizni ko'rib oyimni so'radilar, oyim Qushbegidalar dedim, xoxlasez tel qilib beraman, shahxsan gaplashasiz dedim, ular kerakmas dedilar, bu nima degan gap, nega ahvolni ohirigacha bilmay ketdilar.

Uka, siz bilan suhbatlashdim. Onangiz bilan ham suhbatlashdim. Agar siz va onangiz bilan suhbatdagi argumentlar, boshqalarning fikrlariga mos kelmasa, nima men qarab turishim kerakmi, yana nima deb bahona qilarkin deb. Yoki yuqorida men tomonimdan yozilgan faktlarning birontasi asossizmi?

Iqtibos
Man bir narsaga hayronman, musulmon, o'zbek degan nomimiz qani ?

Musulmon degan odam musulmon birodarini aldamaydi. Payg'ambarimiz SAV aytdilar: "yolg'onchining joyi jahannamdir!". Vaqtida tavba qiling, ukam.

Iqtibos
P/S: ILTIMOS AbdulAziz qattiq ILTIMOS qilaman, shu postni o'chirmang, balki mandan xato o'tgandir, nega yuzimga aytmay orqamdan mavzu ochib mani yerga urib tashadingiz, bu mavzuni ko'rib oyim o'zlariga kelolmayapdilar !

Har xil asossiz gaplardan ko'ra, uka, tavba qiling. Yoki sabr, loaqal sukut qiling. Shunda o'zingizga foyda bo'ladi.

Yana Allohdan so'rayman.
Sizga insof bersin! To'g'ri Yo'lga boshlasin! Oilangizga baraka bersin.
Chin va mard muslimlardan bo'lishingizni nasib etsin!
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Shoxjahon12 25 Mart 2009, 16:50:58
Assalamu alaykum.

Mana manga o'sha boladan kelgan 1 xat

Assalomu Alaykum , yaxshimisiz, bitta iltimos bo'yicha sizdan yordam so'ramoqchidim...bilasizmi hozir oilamiz qiyin vaziyatga tushib qoldi (hazilmas) shunga siz moliyaviy yordam berolisizmi...?
Bizaga ko'p keremas !

Alloh sizdan rozi bo'lsin !

Vaalaykum assalam!
Nima maqsadda pul kerak?
Ham nima uchun shu forumdagi boshqa insonlardan ham pul so'raganingizni tushuntirib bering.
Sizni qaysi vaziyatdaligingizni yaxshi bilmiman, lekin o'g'il bolasiz ishlashingizga nima halaqit qiladi?
Gaplarimga hafa bo'men to'g'ri ma'noda so'radim?

Haqiqatda boshqa forumdoshlardan yordamni man so'ragandim, lekin bir narsani aytay, manga ham osonmas, sizlarni oldizgizda uyatliman, juda ilojsiz qolganimdan so'radim, unaqa ko'p keremas, o'zimizni o'nglab olsak albatta qaytaramiz, man tushunishlarini xoxlardim.

Vaziyatimizni batafsil bayon etsam:

Kichik singlim kasal, orqa beli qiyshiq, doctorlar yillar davomida davolash kerak deyishyapdi. Yoshi 6 da, 12 yoshgacha muolaja qilish kerak ekan. Har bir muolaja uchun haftasiga 4oooo so'm berish kerak. Belini hozirdan davolab borilmasa keyin kech bo'ladi. To'g'ri savol tug'ilishi mumkin, tanishlardan, qarindoshlardan yordam so'ramadingmi deb, ulardan yordam so'raganmiz, ammo "o'zinda yo'q, olamda yo'q" deganlaridey yordam olomadik. Oilada 5 kishimiz: opam, man, ukam va 2 ta singlim ( otam 2001 yil o'tib ketganlar ). Shu sababli hozirda bizlar 8oooo so'm ga muhtoj bo'lib turibmiz ! Javobingizni KUTAMAN !

P/S: man o'zi evroremontda ishliman, biroq hozir ish to'xtab qolgan, shunga majburlikdan yordam so'radim !

Menga bir necha kun avval ham shunday yozilgan PM kelgandi... Lekin rad javobini berdim.
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: ikbaljohn 25 Mart 2009, 16:57:56
Muammoni yechilgani yaxshi bo'pti! Barcha userlarni postlarini o'qib chiqdim.Adminni muammoni tezkor ravishda hal qilganliklari uchun raxmat.
Lekin bir savol tug'ildi: Admin PMlarimizni ko'ra oladimi?
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: AbdulAziz 25 Mart 2009, 17:18:51
Muammoni yechilgani yaxshi bo'pti! Barcha userlarni postlarini o'qib chiqdim.Adminni muammoni tezkor ravishda hal qilganliklari uchun raxmat.
Lekin bir savol tug'ildi: Admin PMlarimizni ko'ra oladimi?

Yo'q. Admin hech kimning PMlarini ko'ra olmaydi.
Menga A bilan bog'liq PMlarni userlarning o'zlari jo'natishdi.
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Shoxjahon12 25 Mart 2009, 17:19:46
Hammaga insof bersin!
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: ummugulsum 25 Mart 2009, 20:25:43
Assalomu alaykum forumdoshlar BIZDAN BIROR KIMSA SORARASA AGAR MUSLMON DIYMIZA ASLIDACHI INSONLAR DUNYOGA KELIB ISLOMDAN BEHABAR O'TIB KETEAMIZA. Hudoga shukur shu ziyouzga kiradigan hamma birodarla nomoz o'qishadi kitob mutola qilishadi QURON o'qishadi. nega hammaleni sho'ta o'tirib hich narsani bilmasdan bir insoni ustidan yomon so'zla ishlatila ahir o'qimadilami u insonni ohirgacha gaplarini taffakur qilmadizlami.Alloh qo'shib yordam so'rganalarku Allohni nomi bilan yordam so'rgan insondan firibgarlik chiqadimi qani etila. ABDULAZIZ aka uylariga borib keliptila shundayam ishonch hosil qilmadilami. Maylin yordam bermas ekansila nima qilardila u insonni firibgar deyishga u inson bilan borib gaplashdilami yoki telefonda suhbatlashdilami qani eti hich narsani bilmasdan yozganlarizni qaren. ahir sila birodarlika sal tafakkur qilmadilami. yana forumdoshla etishibpti qiz bola nomahram erkaka pul bermidi. qaysi kitobda o'qigansial shu haqda hadisla bormi isbotila bormi manga korsatila hadisla. sizlaga bir hadisni kelirmoqchiman. M.S.A.V. vafotlaridan keyin SAHOBALAR BILMAGAN NARSALIGINI OISHA R.A. KELISH SO'RASHGAN EKAN.  endi yahshilab tafakkur qilin forumdoshlar hali bilmagan narslaga oldin hulosa qilmila iltimos hafa qilgan bo'lsam uzr so'riman
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Munavvara 25 Mart 2009, 21:01:56

 :as: Ummugulsum Muslima birodarim boshida man ham huddi sizdek o'ylagandim lekin bu yerda AbdulAziz aka aniq faktlar b-n keltirganlarku to'g'ri musulmonmiz yordam berishimiz k-k ammo Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam)ning oldilariga bir a'robiy kelib qo'lingizdagi baytulmoldan nasiba bering deb aytganlarida bir kunlik oziq ovaqtlari va qo'llariga bolta bilan arqon berib mehnatga yo'llab qo'yganlar.Insonlarni davomli ravishda yordam so'rab yurishligi tilanchilik deb nomlanadi.Bu esa ISLOM shariatida qatiiy qaytarilgan...
Aziz birodarim man ham boshida shubhalanmadim ammo tel qilganimizdan k-n shubhalarim uyg'ondi nima u-n ishlamaydilar ish qidirib ko'rdilarmi hop uku mayli nima u-n muslimalardan pul so'rash uyalmadilarmi to'g'ri siz aytishiz mumkin muslim muslima farqi yo'q hayr qilishda deyishingiz mumkin ammo bu yerda qancha muslim user bor?? qizlardan 2 baravar ko'p...
birodar iltimos bir narsani yozishdan avval tepadagi risolalarni yaxshilab o'qib k-n fikr bvildirtish k-k gaplarimdan yana ranjimang shunchalik pullari yo'q ekan qanday qilib unda 3-4 soatlab inetda o'tiradilar biz telda shuni so'rasak javob bermadilar nimaga...?? ko'rdizmi tel qililar deysiz biz surishtirib ham ko'rdik ammo... mana shunday gaplar Alloh hammamizga insof bersin va o'sha qiynalib qolgan birodarimizni mushkullarini oson qilsin amiyn!
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: mutaallimah 25 Mart 2009, 21:13:15
Assalomu alaykum forumdoshlar BIZDAN BIROR KIMSA SORARASA AGAR MUSLMON DIYMIZA ASLIDACHI INSONLAR DUNYOGA KELIB ISLOMDAN BEHABAR O'TIB KETEAMIZA. Hudoga shukur shu ziyouzga kiradigan hamma birodarla nomoz o'qishadi kitob mutola qilishadi QURON o'qishadi. nega hammaleni sho'ta o'tirib hich narsani bilmasdan bir insoni ustidan yomon so'zla ishlatila ahir o'qimadilami u insonni ohirgacha gaplarini taffakur qilmadizlami.Alloh qo'shib yordam so'rganalarku Allohni nomi bilan yordam so'rgan insondan firibgarlik chiqadimi qani etila. ABDULAZIZ aka uylariga borib keliptila shundayam ishonch hosil qilmadilami. Maylin yordam bermas ekansila nima qilardila u insonni firibgar deyishga u inson bilan borib gaplashdilami yoki telefonda suhbatlashdilami qani eti hich narsani bilmasdan yozganlarizni qaren. ahir sila birodarlika sal tafakkur qilmadilami. yana forumdoshla etishibpti qiz bola nomahram erkaka pul bermidi. qaysi kitobda o'qigansial shu haqda hadisla bormi isbotila bormi manga korsatila hadisla. sizlaga bir hadisni kelirmoqchiman. M.S.A.V. vafotlaridan keyin SAHOBALAR BILMAGAN NARSALIGINI OISHA R.A. KELISH SO'RASHGAN EKAN.  endi yahshilab tafakkur qilin forumdoshlar hali bilmagan narslaga oldin hulosa qilmila iltimos hafa qilgan bo'lsam uzr so'riman

Assalamu alaykum .
ummugulsum opa uzr savolim uchun lekin bilishimcha forumga yangi a'zo ekansiz.Siz bu qarorga kelgan forumdoshlarni ko'pdan bilasizmi?Keyin bu "iltimosnoma" PM lar yozila boshlaganiga ko'p vaqt bo'ldi .Profilizga ko'ra siz 15 martda forumga a'zo bo'lgan ekansiz qanday qilib bu masalada shunchalar ishonch bilan fikr yozyapsiz?Ahir yuqoridagi postlarga e'tibor bering bu mavzu yahshilab tekshirilgan so'rab surishtirilgan.Surishtiruvdan maqsad chindan bu oila yordamga muhtoj bo'lsa umumiy yordam uyushtirish bo'lgan.Bunday yordamni berishdan avval har qanday inson so'raguvchi chindan soragan holatidami yoki yoqmi buni surishtiradi toki beradigan yordami islomga manfaatli insonga foyda bo'lishi uchun.Gunoh va ma'siyatga yordam berishlik o'sha ishga kuch quvvat berishlik demakdir.Bu yordam so'ragan inson esa u bilan ahvolni so'rab bilgan insonlarni guvohligiga ko'ra biz o'ylagan tarzda yordamga muhtoj emas!!!Mening shahsiy fikrim bu "yigit" bunday uslubni o'ziga kasb qilib olgan.Chunki uni uyiga borgan va hamsuhbat bo'lgan har ikki birodarga ko'proq ishonaman va shu sababli bermoqchi bo'lgan yordamimni to'htatdim.
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: AbdulAziz 25 Mart 2009, 21:27:35
Assalomu alaykum forumdoshlar BIZDAN BIROR KIMSA SORARASA AGAR MUSLMON DIYMIZA ASLIDACHI INSONLAR DUNYOGA KELIB ISLOMDAN BEHABAR O'TIB KETEAMIZA.

Va alaykum assalom!
To'g'ri, ko'pchilik o'zini musulmon sanaydi-yu, yolg'on va firib yo'llari bilan birodarini aldaydi. Yana qanaqa musulmonsizlar, sizlar deydi.
Opajon, siz mening postim (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3486.msg166031#msg166031)ni o'qimadingiz shekilli.

Iqtibos
Hudoga shukur shu ziyouzga kiradigan hamma birodarla nomoz o'qishadi kitob mutola qilishadi QURON o'qishadi. nega hammaleni sho'ta o'tirib hich narsani bilmasdan bir insoni ustidan yomon so'zla ishlatila ahir o'qimadilami u insonni ohirgacha gaplarini taffakur qilmadizlami.

Aqlni yurgizganimiz uchun ham, aniq dalillar borligi uchun ham, musulmonligimiz, musulmon boshqa musulmon birodarining aldanishiga befarq qarab tura olmasligi uchun ham shu yo'lni tutdik. Oldingi postimda men bir hadis keltirgan edim: Payg'ambarimiz Muhammad SAV aytadilar: "Mo'min kishi bir marta qo'lini ilon chaqib olgan teshikka ikkinchi marta qo'l tiqmaydi".

Iqtibos
Alloh qo'shib yordam so'rganalarku Allohni nomi bilan yordam so'rgan insondan firibgarlik chiqadimi qani etila. ABDULAZIZ aka uylariga borib keliptila shundayam ishonch hosil qilmadilami.

Odamlar shu darajada pastkash bo'lib ketganki, ba'zida o'zlarining yolg'on niyatlarini-da, Alloh nomi boshlaydilar...
Ha, men ularning uyiga ham bordim. Lekin u aytgan gaplar bilan, boshqalarga aytgan gaplari bir-biriga muvofiq kelmasa, men yana ishonishim kerakmi? 50-60 ming kerak xolos, deb turib, 140000 ni olib, yana boshqalardan 80000, 100000, 100$ so'rashni davom etgandan so'ng ham indamay turish kerakmi? Boshqa musulmonlar ham soddalik qilib, xolislik qilib, uning aldovlariga?

Iqtibos
Maylin yordam bermas ekansila nima qilardila u insonni firibgar deyishga u inson bilan borib gaplashdilami yoki telefonda suhbatlashdilami qani eti hich narsani bilmasdan yozganlarizni qaren. ahir sila birodarlika sal tafakkur qilmadilami.

Ha, men gaplashdim. Yana 1-2 kishi gaplashgan. Bilib yozganmiz. Yolg'on gapirgani, avragani haqiqat, uning isbotini ham berib qo'yibman.
Va keyin birodar degan aslo A dek ishlarni qilmaydi.

Iqtibos
yana forumdoshla etishibpti qiz bola nomahram erkaka pul bermidi. qaysi kitobda o'qigansial shu haqda hadisla bormi isbotila bormi manga korsatila hadisla. sizlaga bir hadisni kelirmoqchiman. M.S.A.V. vafotlaridan keyin SAHOBALAR BILMAGAN NARSALIGINI OISHA R.A. KELISH SO'RASHGAN EKAN.
 
Opajon, o'ylab gapiryapsizmi? Qaysi sahobiy qaysi sahobiyning nomahram qizidan pul so'rabdi? Yoki qaysi sahobiy boshqa sahobiyning xotinidan man qiynalib qoldim, 80000 bering, 100000 bering deb so'rabdi?
Erkak kishi ilm so'raganda ham avval erkak kishidan so'raydi, u bilmasagina shunda ayol kishidan so'raydi.

Iqtibos
endi yahshilab tafakkur qilin forumdoshlar hali bilmagan narslaga oldin hulosa qilmila iltimos hafa qilgan bo'lsam uzr so'riman

Opajon, bu gapingizni o'zingiz uchun aytib ko'rsangiz.
Tafakkur qilib ko'ring.

Payg'ambarimiz SAV yolg'onchi kimsalarga hech qachon ishonmaganlar. Biz ham payg'ambar SAVning sunnatlaridan yuramiz, inshaalloh.
Siz ham shunday qiling, opajon. Yolg'onchining yonini olish, aslida unga sheriklik hamdir. Vayl ahlida bo'lib qolishlikdan asrasin!
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Muhseena 25 Mart 2009, 21:29:04
nomoz o'qishadi kitob mutola qilishadi QURON o'qishadi. nega hammaleni sho'ta o'tirib hich narsani bilmasdan bir insoni ustidan yomon so'zla ishlatila ahir o'qimadilami u insonni ohirgacha gaplarini taffakur qilmadizlami.Alloh qo'shib yordam so'rganalarku Allohni nomi bilan yordam so'rgan insondan firibgarlik chiqadimi qani etila. ABDULAZIZ aka uylariga borib keliptila shundayam ishonch hosil qilmadilami. Maylin yordam bermas ekansila nima qilardila u insonni firibgar deyishga u inson bilan borib gaplashdilami yoki telefonda suhbatlashdilami qani eti hich narsani bilmasdan yozganlarizni qaren. ahir sila birodarlika sal tafakkur qilmadilami. yana forumdoshla etishibpti qiz bola nomahram erkaka pul bermidi. qaysi kitobda o'qigansial shu haqda hadisla bormi isbotila bormi manga korsatila hadisla. sizlaga bir hadisni kelirmoqchiman. M.S.A.V. vafotlaridan keyin SAHOBALAR BILMAGAN NARSALIGINI OISHA R.A. KELISH SO'RASHGAN EKAN.  endi yahshilab tafakkur qilin forumdoshlar hali bilmagan narslaga oldin hulosa qilmila iltimos hafa qilgan bo'lsam uzr so'riman
[/quote]  :as: siz bizni tafakkurga chorlabsiz birodar,biz tafakkur qilib,axiri bu mavzuni aniqlanishi tarafdori bo'ldik,kimga nima uchun shuncha pul berayotganingizni va nimaga sarf qilayotganingizni bilmogi'iz kere.Siz u bolaga ishonar ekansiz,ho'sh nima uchun singillari haqida yozmayaptilar,nima uchun pullarni aniq qayerga ketgazganlarini yozmadilar,yo uyaldilar,yoki nma uchun pul so'raganliklarini unutib qo'ydilar chog'i.Avvalo AbdulAziz akani tekshiruvlarini va boshqalarni postlarini o'qib siz ham tafakkur qilib ko'rin.
Muslim muslimligin unutib qo'ysa,
Qiyomat bo'larkan Hudo xohlasa.
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Munira xonim 25 Mart 2009, 21:35:36
Assalamu alaykum va rahamatullohi va barakatuh!!!
Aziz muslim va muslimalar. Men Forumga 3-4 kun kira olmagandim. Bugun kirsam shuncha mojaro. Avvalo, ALloh barchamizga insof bersin va bizlarni mag'firat qilsin.
Men bu mavzuda post qilmoqchi emasdim. Lekin yuqoridagi fikrlarni o'qib, ayniqsa ummugulsumni postlarini o'qib post qilishga qaror qildim.
Bunday PM enga ham kelgandi, lekin men bu Pmni javobsiz qoldirgandim.
Bu yigit haqida Abdulazizni fikrlari bilan tanishdim, avvalo biz Abdulazizni bir nech yilda bei bilamiz. Uni aniq dalili bo'lmasa bir kishiga qarshi fikr bildirmaydi, men bunga ishonaman.
Bu yigit nima uchun asosan qiz ayollardan pul so'ragan? Bu savol yuqorida ham berilgan. Erkak kishi hech qachon tanimagan ayol qizlardan, ularni holatini bilmay, yashash tarzidan xabardor bo;lmay turib pul so'ramasligi lozim. Bu insoniy tomondan olganda shunday. Chunki hamma ayol qizlar yoki ota-onasi, yoki erini qaramog'ida bo'ladi.
Ummugulsum, sizga  murojaatim, to'g'rirog'i, noroziligim bor. Siz bu forumga yangi kirgansiz, bu yerdagi ishtirokchilar bilan ham hali yaxshi tanish emassiz. Ualr haqida aniq fikr bildirishingiz ham juda mushkul. Shuning uchun sizga bilmagan kishilaringiz haqida guvohlik berishda ehtiyot bo'lishingizni maslahat berardim. Bu yerdagilarni ko'pi Iymoni butun, Alloh uchun xolis xizmat qilishga tayyor insonlar deb bilaman. Buni dalili, shu yigitni tanimay turib unga yordam bergan birodarlarimizni tutgan yo'llaridan ham bilsa bo'ladi.
Men Ummugulsumga bitta savol bermoqchiman:"Agar sizdan umuman tanimagan er kishi katta miqdorda pul yordam so'rasa, siz eringizdan yoki ota-onangizdan ruxsat olmasdan pulni bera olasizmi?"
Shaxsan men bera olmayman. Bu yigitni Pmini javobsiz qoldirganimni sababi ham shu edi. Meni qo'limda shuncha pul bo'lgan taqdirda ham, men erimdan so'ramasdan bunday pulni bera olmayman. Hatto onamga berishga ham haqqim yo'qku, erimni molini, begona kishiga yo'l bo'lsin. Oiladagi har narsa erni mulki hisoblanadi. Agar ayol eridan so'ramasdan qo'shnisiga bir dona narsa bersa ham bu xiyonat bilan teng bo'ladi. Bunga dalil so'rashni hojati yo'q.
Bu yigit haqiqatan ham shu pulga muhtojdir, lekin Abdulloh birodarimiz bu yigitga yordam qo'lini cho'sibdila, ALloh u kishidan rozi bo'lsin. Alloh har kishiga niyatiga yarasha beradi, bu yigitimiz savob umidida bergan ekanla, savoblarini to'la to'kis oladila, InshaAlloh. Alloh uchun yordam berdim, deb, bu yaxshiliklarini unutsinla, deb maslahat berardim.
Lekin bu yigit Abdullohdan shuncha yordam olganidan keyin, nega yana qiz ayollarga murojaat qilishda davom etgan. Agar, pul topishni xohlasa, bozorda arava tortib bo'lsa-da, pul topib oilalari cuhun ishlatganlarida, bu ham barakali, ham halol, ham minnatsiz bo'lardi.
Hali ham bu yigitga shuni maslahat bergan bo'lardim. Erkak kishi birovni qo'liga qarab o'tirishi yaxshi emas. Bitta ishi yurishmasa, boshqa ishni boshini tutgan yaxshi.
Men bu maslahatim bilan aqllilik qilmayapman, faqat bir birodarimizga, ALloh uchun xolis maslahat berdim, xolos.
Bu maslahatga amal qiladilarmi yoki yo'qmi,bu o'zlariga havola.
Yuqorida Dilsora singlimiz keltirgan hadisi sharifni yaxshilab o'qib unga amal qilishi lozim, har bir inson, ayniqsa erkaklar.
Alloh barchamizga rushti hidoyat ato qilsin.
Er yigitlarimizni g'ururlaridan ayrimasin,Alloh barchalarini ishlarini o'nglab, halol rizq ato qilsin va tophanlariga barakani ham nasib qilsin.
ALloh hech kimni O'zidan boshqaga muhtoj qilmasin!!!
Amiyn.

Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Chustiy 26 Mart 2009, 02:32:42

Lekin bir savol tug'ildi: Admin PMlarimizni ko'ra oladimi?

Off:Ha taqsir, qizlarga yozgan pmngizni adminstrator o'qirkanda deb sarosimaga tushib qoldizmi? =))

On: Mavzu bo'yicha rostini aytsam nima deyishgayam hayronman, lolman, AbdulAziz qattiq tergov ishlarini olib boribtiku a?
Alloh hukmiga havola qilib qolamiz, inshaAlloh hali shoxli qo'ydan shoxsiz qo'yning haqqi olib beriladigan kun keladi albatta.
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Hadija 26 Mart 2009, 18:23:54
 :as:

Alloh rozi bo'lsin, avvalo 1 chilardan bo'lib anglab yetgan, sezgir, savollari bilan forumni jonlanishiga his qo'shgan, gumonlarni aniq qilishga yordam bergan shoir forumdoshdan. Forum jonkuyari, qaysidir postda o;qiganimizdek "Forum otaxoni" Admin Abdulaziz dan, eng sevimli hurmat qiladigan opajonim Muniraxonim, Noza, singlim mutaallimah jamiyki birodarlardan...

Bo'lib o'tgan ishlar haqida o'zaro birodar opa-singillar, dugonalar bilan fikr almashdik, bu yerda uni muhokama qilib yozishimga hojat yo'q. Yozmoqchi bo'lganimki, bunday fitnalar, yolg'onlar, nafsga bo'ysunib qilingan ishlar orqasidan forumning obro'siga ziyon yetishi, ortiqcha asabbuzarliklar va asosiysi shaytonni hursand qiladiganiki birodarchilik o'rtasiga nizo solishlikni olib keladi. Haqiqatda ibrat olaman degan odam olib qoladi, ammo olomayman deganichi. Yuqoridagidek o'zini Haq sanayveradi? InshaAlloh, buni ham bir Alloh tomonidan kelgan bir sinov deb bilamiz. Yangi kirayotgan, endi-endi qiziqishi ortib forumga mehr qo'yishni boshlagan userlar u-n bu yomon xotira, xulosa bo'la olmaydi deb umid qilaman, InshaAlloh...

P/S: Mavzu boshidagi anglashmovchiliklar u-n uzur...
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: AbdurRohman 27 Mart 2009, 16:55:47
 :as:

manimcha endi bu mavzuni yopsa ham bo'ladi. yetadi bir kishini shuncha tanqid qilish. hammayam adashadi, kimdir bilib, kimdir bilmay. kimdir adashib kichik xato qilar, kimdir juda katta xato qilar, kimdir boshqa bu yo'lga qaytmaydi, kimdir yo'lida davom etadi. Man o'ylaymanki birodarimiz o'zlariga yetarli xulosa chiqarib oldilar. Avallo Alloh hidoyat bermasa bizni bu yozganlarimiz befoyda.
Allohu a'lam, balki rostanam yordam kerak bo'lgandir. nima bo'lganda ham manimcha yetarli bo'ldi. Userlar ogoh bo'ldi, tanqid qiladiganla tanqid qildi, rahmi keladiganlani rahmi keldi, so'kadiganla so'kindi.
bundan buyog'i ehtiyot bo'lsalariz bo'ldi. Albatta boshqa taniydigan userlarni ham bexabar bo'lsa ogohlantirib qo'ysangiz bo'ldi.

PS:shu insonga yordam beraman dip kuyib-pishib yurgan userlarni o'z ko'zim bilan ko'rdim. Hozir ahvolga qarab esa forumdoshlarga bir maslahat bermoqchiman, shu va shunga o'xshagan voqealarda ko'r-ko'rona harakat qilmang. Savob ish qilaman deb kimnidir gunoh qilishiga sababchi bo'lishiz mumkin. tilanchilar haqida bir hadis o'qigandim, mazmunam shunaqa edi: "O'z ehtiyojidan ortig'ini tilangan kishi, o'zi uchun do'zax olovini olibdi" shunday ekan birodarlar, xayr-ehson qilaman, savob ish qilaman deb, kimgadir do'zax olovini yedirib qo'ymanglar!
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 27 Mart 2009, 18:02:42
Iqtibos
manimcha endi bu mavzuni yopsa ham bo'ladi. yetadi bir kishini shuncha tanqid qilish. hammayam adashadi, kimdir bilib, kimdir bilmay. kimdir adashib kichik xato qilar, kimdir juda katta xato qilar, kimdir boshqa bu yo'lga qaytmaydi, kimdir yo'lida davom etadi. Man o'ylaymanki birodarimiz o'zlariga yetarli xulosa chiqarib oldilar. Avallo Alloh hidoyat bermasa bizni bu yozganlarimiz befoyda.

Mening fikrim ham xuddi shunday!
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Chustiy 28 Mart 2009, 01:10:08

Off:Ha taqsir, qizlarga yozgan pmngizni adminstrator o'qirkanda deb sarosimaga tushib qoldizmi? =))

Off: Ha endi hechdan ko'ra kech bo'lsa ham, keldik hassamizi sudraaap  ;D

On: Ma'n ibn Yazid  :ra: : "Otam Yazid sadaqa qilib, dinorlarni chiqargan ekan. Ularni masjidga olib kelib bir kishining huzuriga qo'yibdi. Men kelib, ularni olibman. Ularni olib, otamni oldiga borsam:
"Allohga qasamki, men seni iroda qilmaganman edim" dedi.
Uning ustidan Nabiy  :sw:ga shikoyat qildim. U zot  :sw: :
"Ey Yazid, senga niyat qilgan narsang. Ey Ma'n, senga olgan narsang" dedilar. (Buhoriy rivoyati) (Hadis va Hayot 3-juz "Niyat, Ihlos va Ilm" kitobi, 2- bob "Kishi niyatiga yarasha savob oladi" 38-bet)

InshaAlloh forumdoshlar yaxshi niyatlar ila ehson qilishgan, Alloh, ularning niyatlari va ehsonlaridan ham ziyoda qilib qaytarsin va ajrlantirsin. 
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Moxim bonu 04 Aprel 2009, 14:10:44
Assalomu aleykum man bu fikrga yangi qo'shilgan bo'lsam xam fikr bildirgim keldi. Manimcha pul so'ragan inson asosan qizlardan so'raganlari uchun gaplari xaqiqatga yaqin emas deb o'yladim. Chunki biz ayollar ojizamiza, erkaklardan past turamiz. Agar ularga rostan yordam kerak bo'lsa bunday muassasa, idoralar foliyat olib boradilar. Bu forum ziyo tarqatish maskani dib bilaman zero OLLOXga yaqin bo'lish maqsadida birodar bo'lganmiz. Nnega OLLOXni tilga olib turib bandasidan umidvor bo'lishimiz kere? Axir yo'qdan bor qilgan, yaratgan egamizdan eng yaqini yo'qku. Bu dunyoda yolg'onni bekitishimz mumkindir lekin oxiratdachi..... Aziz qadrdonim kim xaq bo'lsa OLLOXdan umid qilaylik OLLOHdan so'raylik. Noxaq aldov yo'li bilan yurgan zamondoshlarimizni OLLOHni o'ziga topshirdim yaratganni o'zi kifoya qilsin!
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Imron 05 Aprel 2009, 20:52:42
Ҳақиқий журналистик текширув бслибди.
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Chustiy 08 Noyabr 2009, 22:56:09
 :as:

Shu kunlarda forumdoshlar orasida ushbu mavzuga yana ehtiyoj sezilayotgan ekan, shunga yana shu mavzuni qo'zg'ashga majbur bo'ldik.... Yana o'sha eski gap... Ehtiyot bo'ling azizlar..
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Chustiy 19 Noyabr 2009, 16:11:55
 :as:
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Arbuzchi 19 Noyabr 2009, 19:48:54
 :vslm:
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Arbuzchi 20 Noyabr 2009, 14:57:05
 :as:
Bugun, mavzu qahramoni bilan yuzma yuz uchrashdim. ismi Bahrom ekanmush, nicki esa Bahrom qori.
Lekin oldindan etib qo'yi, nick dindorcha bo'sayam lekin bolani o'zi na qori va na 5 mahal namozhon ekan.
Shu bola bilan uchrashib 15-20 minutli tushuntirish ishlarini olib bordik.
Hullas bir narsa ustida kelishdik shu bola bilan.

Endi bundan buyon forumda hozirgi nicki Bahrom Qori bo'lgan (ertaga boshqa nickdan kirib qolishiyam mumkun) user, boshqa forumchiladan yordam tariqasida pul so'ramaslikka va'da berdi. Peshana terisi bilan mehnat qilishga chin dildan so'z berdi.

Endi buyog'iga kimga hoh u user bo'lsin hoh userkaga, Bahrom Qoridanmi yoki boshqacharo nom bilan kirib qolgan userdan "qiynalib qoldim, pul berib turiyla" degan SMS la kelsa, to'g'ridan to'g'ri Arbuzchiga bildirish qip qo'yila.

Shu bilan forumdagi kelishmovchilikka barham berildi deb o'ylaymiza.... ;)
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Chustiy 20 Noyabr 2009, 17:07:24

Hudoga shukur, o'ziz "kinna" sop qo'yganiz yaxshi bo'pti...  ato o'tgan sapar AbulAziz va Abdullohlar sogan kinnalari uncha ta'sir qimaganakan , qani siznikini damini ko'ramizda...  ;D

Umiy hod qiganiga qoyil lekin bu Bahrom deganlarini, oldin Bahtiyor nickida edi, hozir Bahrom Qori nickida kirvolib paqat yangi a'zo bo'lgan userlarni "o'rashga" harakat qilgandi... Arbuzchini eski user ekanligini unitibti chog'i...  ;D

O'z nickida bo'lmasada, mehmon sifatida bu mavzuni o'qir deya, shu ukamizga, Abdug'afur Sobir Mirzoning "Insonnoma"laridan bir she'riy hikoyani iqtibos keltirmoqchiman, shoyadki tafakkur etsalar... Insonnoma manzili http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2955.msg162574#msg162574

O’G’RILIK VA TO’G’RILIK.

Nima yetsin bu dunyoda
Yashashga to’g’ri bo’lib,
Hech bir banda tug’ilmasdir,
Onadan o’g’ri bo’lib.

Ko’z ochib dunyo ko’rib ul,
Bunga asta qo’l urar,
:Ta’min" tuyib, so’ngra butkul
Bu illatga yuz burar.

O’marishni boshlagaydur
Avval oddiy tuxumni
So’ngra sekin tinchitadur
Yog’, asal to’la xumni.

So’ngra tovuq, xo’roz, qo’chqor"¦
Bir kun yetar xo’kizga,
Shul yo’sinda tushib olar,
Bir zumda "œyaxshi" izga.

Bu shaytoniy hislat uning
Singmasaydi qoniga,
Tegmas erdi hattoki bir
Chumolining doniga.

Ba’zisi der:"Bunga sabab
Menda bir oz yo’qchilik".
Xo’sh, ne sabab ro’kach qilar
Yurtda bo’lsa to’qchilik?

Hamma o’g’ri hayoti ham
O’tmagay bir xil tusda,
Ko’pi o’nglab hayotini,
Tavba qilar afsusda.

Bir voqea soz’lab beray
Senga sh’eriy yo’sinda,
Hech kim senga aytmagan bir
O’g’rilik xususinda.

"¦Qaysidir  bir qishloqda yosh
Eru xotin o’rta hol
Yashashardi, bunga sabab
Topishar edi halol.

Kuyov bir oz ishlab topib,
To’lagach to’yning qarzin,
Sog’in sigir xohlab qoldi,
Eshitib xotin arzin.

Ayol qilib ayolligin,
Kunda javrab, ochib jag’,
Eri sho’rlik tinmay topib
To’plashdi bir oz mablag’.

Kam yeb, kamroq ichib, kunda
Orttirganini hammasi,
Bo’g’oz bo’lgan bir sigirga
Yetar bo’ldi chamasi.

Bir kun kech payt kelin asta
Joyni soldi ayvonga,
Kuyov pulni sanab ko’rdi
Yetarmi deb hayvonga.

Barakasin tilab kelin,
O’tirar choy uzatib,
Bu holatni hamsoyasi
Turar edi kuzatib.

Kuyov pulni sanab so’ngra
Bir belboqqa boyladi,
So’ng belbog’ni uyga kirib
Qayergadir joyladi.

Bir oz o’tib, ko’ngli to’lmay
Yostiq tagiga joylar,
Hamsoya ham hamon bedor,
O’marishga payt poylar"¦

Va nihoyat payt keldi deb
Yarmidan oqqanda tun,
Qo’shni "œish"ga kirishdiyu,
Devordan oshdi beun.

Shuncha yillik do’st qo’shni bir
Zumda aylanib yovga,
Astagina yaqin keldi
Yotgan kelin kuyovga.

"œIsh" boshladi har bir nafas,
Xurrakka quloq osib,
"œPishiq"kuyov qotib yotar,
Yostiqni mahkam bosib.

Olish kerak pulni!Tamom!
Bo’lmas uni olmasa,
Nahot buning ilojini
Tonggacha topolmasa?

Xayolidan turli yovuz
Fikr bir-bir o’tardi,
Oxir kelin yonidagi
Beshikni shart ko’tardi.

Ko’zi kelin-kuyovda-yu,
Asta yurdi ketiga,
So’ng beshikni olib bordi
Hovlining bir chetiga.

Beshikda tinch orom olar
Chaqaloq — uch to’rt oylik,
Hamsoyaning hayolidan
Ketmasdi tekin boylik.

So’ngra asta chaqaloqni
Belidan chimchiladi,
U bilardi, shunday qilsa
Kuyov joydan jiladi.

Bola boshlab chinqirishni
Bo’ldi xuddi aytgani,
Avval xotin sakrab turdi
"œVoy, sjo’rom, bola qani?"

So’ngra birdan dod voy solib
Erni siltab uyg’otdi,
Er anglamay ne bo’lganin,
"œchiroyli" bir so’z qotdi.

So’ng chiqarib xotinini,
"œOvsar, jinni yomon"ga
Ikkov birdan otilishdi
Ovoz kelgan tomonga.

Qorong’uda paypaslashib,
Beshiklarin topishdi,
Bu lahzada "œuchar" qo’shni,
"œO’ljasiga" yopishdi.

Aytsam shu payt ne bo’lganin
Hayron qolar har kishi,
Xuddi shu payt birdaniga
Boshlandi yer silkishi!

Hamsoyaning ul holiga
Hatto maymun kuladi,
Ul badfe’lning boshiga bir
Balo — ayvon quladi!

Shum niyatli ul tadbirkor,
Bo’yaldi o’z qoniga,
Yosh oila omon qoldi,
Pul ham qoldi yoniga.

Angladilar keyin ko’rib
Jonsiz qo’shni tanasin,
Ana senga halollig-u,
Haqiqat tantanasin!
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Arbuzchi 20 Noyabr 2009, 17:35:44
Ha endi damniyam aylantirib soldiyde... :D
Bunaqa damni ko'tarish qiyin lekin.... :D
Ha mayli ko'ramizde qanchagacha yetarkan...
A tak  ustanovka hamma forumla uchun  qo'yilgan. Arbuz.com, ziyouz, islom.uz va uzislom.comlaga.... :1
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: AbdurRohman 20 Noyabr 2009, 19:25:21
 :as:
Lekinchi oka, kimligini oshkor qilmasez yaxshiro bo'larmidi, Allohu a'lam
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: _NOSTRA_ 22 Noyabr 2009, 22:32:18
:as:
Lekinchi oka, kimligini oshkor qilmasez yaxshiro bo'larmidi, Allohu a'lam
Yo'q manimcha kimligini oshkor qilishgani yaxshi bo'libdi chunki mani ro'yxatdan o'tganimga uncha ko'p bo'lmadi aynan akamiz aytgan bahromqori janoblari man bilan @gentd huddi uzoq yillar oldin yo'qotib qo'ygan odamini yo'qotgande sertakalluflik bilan suhbat qurishdi lekin manga maqsadlarini aytishga ulgurmaslaridan vaqtim tugab qoldi,man u bahromqorini niyatlari nimaligini tushinishga ulgurmagandim
yaxshi ham vaqtim tugapti o'sha kunlari aynan stipendiya olgan kunlarim edi.))))
Lekin inson ayniqsa o'g'il bola 4 muchasi sog' bo'lsa g'ururini arzimagan narsaga sotmasligi kere.
Bu manimcha o'ziga ishonchsizlikdan kelib chiqgan bo'lsa kere.
Ertadan keyin shu akamiz ollohni bir hikmati ila badavlat bo'lib ketishsa vijdonlari qiynalmasmikan?
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Arbuzchi 26 Noyabr 2009, 23:10:03

Ertadan keyin shu akamiz ollohni bir hikmati ila badavlat bo'lib ketishsa vijdonlari qiynalmasmikan?
Qiynallala  qiynalalla, ungacha 5-10 so'm berib turin.... :D

Bolla hammasi yaxshi. Bahrom qori, yaxshi chunadigan bola ekan. Hozircha oldindan o'rganga kasblari bo'yicha ish chiqmagani uchun "shunaqa qilish kerey" dib, 5-10 tadan yordam puli so'rabdila. Lekin bo'tta 99% user hali istudent ekanligini hali inobatga omagan ko'rinalla... :D
Hich qisi yo'. Erkey kishi boshi sog' bo'sa ish topiladi. Mana hozir ishliyman disala, qassobchiliyga opkirib qo'yaman. Sal ish og'irroyu, lekin kelajeyda yaxshigina qassob usta bo'p qosala, soqqala o'zlari " :as:" dib kirib kelishadigan bo'p qoladide.... ;D
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Bahrom Qori 24 Yanvar 2010, 01:15:55
Assalomu Alaykum !

Bu postni yozishdan oldin juda ko'p o'yladim, to'g'ridan-to'g'ri bu gaplarni AbdulAziz o'zlariga PM orqali yoki pochtaga jo'natmoqchi bo'ldim, lekin hammaga haqiqatni yozishga qaror qildim.
Mani qoralab yozganlar avvalo vaziyatni to'liq bilib fikr bildirsalar maqsadga muvofiq bo'lardi.
Qizlardan ham yordam so'raydimi degan gapga javobim shuki man yordam so'rab hammaga xat yozganman. Hammaga yozmasdan Admin o'ziga yozing deyishgan, man xuddi shu yo'sinda keyin AbdulAzizni o'zlariga yozdim, javob xati ham keldi: " Qo'ni-qo'shnilardan bilsak bo'ladimi ahvolni " degan mazmunda, qolgani hammaga ma'lum, keldilar, ketib qoldilar.

Endi AbdulAziz
Uka, siz bilan suhbatlashdim.

Mana YOLG'ON, man xatto 10 ta so'z ham gaplashmadiz, yonlarida Abdulloh bor edi.
Oldin sahobalar adashgan odamlarni, xatto yahudiy ham dinga kirishinga nima sababchi bo'lmoqda deb yaxshi yo'lga solishgan, AbdulAziz kelib hotirjam o'tirib nima bo'ldi, nima majbur qildi shunchalik yordam so'radiz, deb gaplashsalar bo'lardiku, man hammasini gapirib berardim, balki manda ayb, xatolik o'tgandir, musulmon musulmonga oyna emasmi ?

Shu jumladan Chustiydan ham javob xati kelgan:

" Bizlar safarda bo'lganimiz bois biroz uzrimiz bor, siz www.islom.uz ma'muriyatiga to'liq vaziyatni yoritib xat yozing " degan mazmunda. Man yozganman, www.islom.uz dan javob kelmagan.

Agar man firibgar, o'g'ri, tekinxo'r bo'lganimda mani ishimni bilib qolishdi, qochib yo'q bo'lib ketgan bo'lardim.

Endi AbdulAziz

Musulmon degan odam musulmon birodarini aldamaydi. Payg'ambarimiz SAV aytdilar: "yolg'onchining joyi jahannamdir!". Vaqtida tavba qiling, ukam.
AbdulAziz ketganlaridan keyin kechroq Abdullohga tel qilib nomerlarini so'radim, bilmayman dedi, vaholanki man uchrashib gaplashganimda bilaman degandilar, bu YOLG'ON ga kirmaydimi ?

AbdulAziz Admin bo'lganliklari uchun hamma ishonadi, turgan gapki yaqinda kelgan odamga, ya'ni ishonishlari qiyin.
Bu postni yozishdan maqsad: manga yozilgan tuxmatlarga chidab turolmadim. Endi gap kelganda yozaman, man o'gay ota zug'umida yashayman, 2 singlim uchun birga yashahga majburman, bolada nima gunoh, haqiqiy otam 2001 yil o'tib ketganlar. Alloh yaxshi ko'rgan bandasiga musibat yuborib sinaydi, balki bu manga yuborilgan sinodvdir.
Yo'q nolish emas, man har narsaga yetishganimda, ovqatlanganimdan keyin " Allohim sanga chehsiz hamdu-sanolar bo'lsin, Rasullulloh S.A.V ga salovatlar, oilalariga, yaqinlariga, sahobalariga salomlar bo'lsin, yetkazgan ne'matingga shukur, jahhanam azobidan saqla, jannatilar safiga qo'sh " deb duo qilaman. Biz hatto nochorlikdan, man Bank kollejini bitira olmaganman. Qarindoshlar boy-badavlat emas. Bu gaplarni chungan -chunadi, " Tana boshqa dard bilmas " deyishgan.
Maqsadim: mandan keyin Xudo ko'rsatmasin u-bu kim yordam so'rasa, oyoqosti qilib, qallobga chiqarib tashlamanglar, dunyoda yaxshilik qolmapdi deb da'vo qiladi.

Yana dardini yozibdi, uyalmasdan demanglar, vaziyatni shu mavzuga post qilganlar bilsin dedim.
Lekin shun o'rinda bir narsaki, besh qo'l baravar emas, mani tushunib yordam berganlar bor, aytish shart emas.

XULOSA O'ZINGIZDAN !

Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Abdullоh 24 Yanvar 2010, 01:48:45
Bu mavzu yana ko'tarilibdida.

Yana eski narsalar esimga tushib, yozishga majbur bo'ldim. Gapirsak gap juda ham ko'p. Aslida bu narsalarni oshkor qilmoqchi emasdim, endi esa aytaman. Bahrom Qori (yoki sizni Baxtiyor deb ataylikmi, yoki MAFIYA_B) deb ataylikmi?) ahvolingiz shunchalik og'ir ekan, forum.sb.uz da yuqori reytinglarni qanday egallab yuribsiz, yana qaysidir bo'limning moderatoriman degandiz. Ahvoli og'ir odam qanday qilib har kuni internetga kiradi. Yana o'sha kunlari sb.uz ning konsertiga tushamanmiyey degandiz. mendan birinchi marta yordam so'raganizda chin dildan yordam ko'rsatgandim, keyin esa siz bu yaxshilikning qadriga yetmadingiz, men o'zimcha siz bilan do'st bo'laman deb o'ylagandim. Hammasi chippakka chiqdi. Sizlashga ham tilim bormayapti. Bizning Andijon xalqi yosh bolani ham sizlab gapiradi (aslida sen esa sizlab gapirishga noloyiqsan)
Meni yolg'onchiga chiqarib to'g'ri qilibsiz, AbdulAziz akaning tel nomerini bilardim, lekin sizga bermadim. Kim biladi, to'g'risi AbdulAziz akaga biron ziyon yetkazishlaringdan qo'rqdim. Harqalay Toshkentlik bola, shaharda tanishlari ko'p bo'lsa, deb o'yladimda. Ikkinchidan, aniq eslay olmaymanu, lekin AbdulAziz akaning tel nomerini bilmayman emas, balki bera olmayman deganman.
Ming urinmang endi ko'pchilik sizga ishonmaydi, ayniqsa men umuman ishonmayman. Tamom!
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Akbarjоn 24 Yanvar 2010, 01:56:45
Postlarni qisman o'qib chiqdim,

Maqsadim bir maslahatni yetqazish
Rasulilloh s.a.v. aytgan ekanlar Olgan qo'ldan bergan qo'l avzal (pastdagi qoldan yuqoridagi qol) deb shu mazmundagi Buhoriy rivoyatidan. shu sababli xam mehnat bilan rizq topish payida bo'lsak inshaAlloh o'zi madad berib mushkulizni osson qiladi.

Yana shuni xam alohida ta'kidlab o'tmoqchidimki agarki mol dunyodan extiyoji bo'lsa biron kishi Allohga taqvo qilib, Voqea sur'asini xar kuni yotishdan oldin o'qib yotsa inshaAlloh unga faqirlik, kambag'allik begona bo'ladi, shu sur'a sababidan Alloh rizqini mo'l qilib qo'ysa ajab emas

Agar Allohga taqvoda bo'lsak, to'r muchchamiz sog'ligiga shukur ilgan xolda bemminat bo'lgan zotdan ya'ni Allohdan madad so'rashimiz kerak, e'tiqodli iymonli kishiga shu gaplarning o'zi kifoya qilsa kerak
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Ansora 24 Yanvar 2010, 01:58:51
Bahrom Qori, yarangizni achitmoqchi emasman, hafa bo'lmang.

Yiqilmagan, og'ir kun ko'rmagan yagona Allohdir...Bandasini turfa hil kun kutadi har soniya...
Avvalo Alloh rizqingizni ortirsin.
Yaxshilab chin ko'ngildan duo qiling, kichkina bo'lsa ham bir chekkasidan ushlab ishga boshlang. Balki boshlagandirsiz...

Masalan men ham bu kunlarga osonlikcha kelmadim, qiz bola boshim bilan juda ko'p qiyinchiliklar ko'rdim. Avvalo Toshkentda talabalikda, keyin Turkiyada...
Lekin hech qachon hech kimga yolvormadim, Allohdan boshqa...
Allohdan umidimni uzmadim, hatto oilamga ham sezdirmadim, g'ururimga yedira olmadim chunki....

Bu yerda o'tgan gaplarga siqilmang. Siz haqingizda har xil gaplar bo'lib o'tgan ekan, bugun o'qidim ilk marotaba..
Asosiysi xatolarimizdan hulosa chiqargan holda ertangi kunga to'g'ri qadam tashlashimiz kerak.

Biz inson bolasimiz, savoblar biz uchun bo'lganiday Xatolar, gunohlar ham bizga mahsusdir.
Siz ranjimang, hammani to'g'ri tushunaniz, degan umiddaman.

Alloh barchamizni panohida qo'risin, rizqimizni bersin....

Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Bahrom Qori 24 Yanvar 2010, 02:05:22
Abdulloh ga :

Manga ishoning deb yalinmayman, yana o'sha kundan beri sb.uz ga man umuman kirmay qo'yganman, reyting, sobsheniya miqdorini tekshirib ko'ring, konsert tushmaganligim to'g'risida guvohim bor, tushmaganman, yana man AbdulAziz ga ziyon yetkazish ( shu yoshimgacha birorta inson bilan militsiya, urishish bo'lmagan ) uchun tel so'ramadim, shu masala bo'yicha so'radim, mani aniq esimda nomer yo'q dediz. hali yoshsiz, balki haqiqat ochilgandan keyin fikriz o'zgarar, internetga har kuni kirishimni sababi PAYNET ishlashim, internet bemalolroq.
QIYOMAT kuni hammasi oshkor bo'ladi.
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Abdullоh 24 Yanvar 2010, 02:29:30
Hammasini vaqt ko'rsatadi...
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Musannif Adham 27 Yanvar 2010, 10:21:28
Assalomu Alaykum !

Bu postni yozishdan oldin juda ko'p o'yladim, to'g'ridan-to'g'ri bu gaplarni AbdulAziz o'zlariga PM orqali yoki pochtaga jo'natmoqchi bo'ldim, lekin hammaga haqiqatni yozishga qaror qildim.
Mani qoralab yozganlar avvalo vaziyatni to'liq bilib fikr bildirsalar maqsadga muvofiq bo'lardi.
Qizlardan ham yordam so'raydimi degan gapga javobim shuki man yordam so'rab hammaga xat yozganman. Hammaga yozmasdan Admin o'ziga yozing deyishgan, man xuddi shu yo'sinda keyin AbdulAzizni o'zlariga yozdim, javob xati ham keldi: " Qo'ni-qo'shnilardan bilsak bo'ladimi ahvolni " degan mazmunda, qolgani hammaga ma'lum, keldilar, ketib qoldilar.

Endi AbdulAziz
Uka, siz bilan suhbatlashdim.

Mana YOLG'ON, man xatto 10 ta so'z ham gaplashmadiz, yonlarida Abdulloh bor edi.
Oldin sahobalar adashgan odamlarni, xatto yahudiy ham dinga kirishinga nima sababchi bo'lmoqda deb yaxshi yo'lga solishgan, AbdulAziz kelib hotirjam o'tirib nima bo'ldi, nima majbur qildi shunchalik yordam so'radiz, deb gaplashsalar bo'lardiku, man hammasini gapirib berardim, balki manda ayb, xatolik o'tgandir, musulmon musulmonga oyna emasmi ?

Shu jumladan Chustiydan ham javob xati kelgan:

" Bizlar safarda bo'lganimiz bois biroz uzrimiz bor, siz www.islom.uz ma'muriyatiga to'liq vaziyatni yoritib xat yozing " degan mazmunda. Man yozganman, www.islom.uz dan javob kelmagan.

Agar man firibgar, o'g'ri, tekinxo'r bo'lganimda mani ishimni bilib qolishdi, qochib yo'q bo'lib ketgan bo'lardim.

Endi AbdulAziz

Musulmon degan odam musulmon birodarini aldamaydi. Payg'ambarimiz SAV aytdilar: "yolg'onchining joyi jahannamdir!". Vaqtida tavba qiling, ukam.
AbdulAziz ketganlaridan keyin kechroq Abdullohga tel qilib nomerlarini so'radim, bilmayman dedi, vaholanki man uchrashib gaplashganimda bilaman degandilar, bu YOLG'ON ga kirmaydimi ?

AbdulAziz Admin bo'lganliklari uchun hamma ishonadi, turgan gapki yaqinda kelgan odamga, ya'ni ishonishlari qiyin.
Bu postni yozishdan maqsad: manga yozilgan tuxmatlarga chidab turolmadim. Endi gap kelganda yozaman, man o'gay ota zug'umida yashayman, 2 singlim uchun birga yashahga majburman, bolada nima gunoh, haqiqiy otam 2001 yil o'tib ketganlar. Alloh yaxshi ko'rgan bandasiga musibat yuborib sinaydi, balki bu manga yuborilgan sinodvdir.
Yo'q nolish emas, man har narsaga yetishganimda, ovqatlanganimdan keyin " Allohim sanga chehsiz hamdu-sanolar bo'lsin, Rasullulloh S.A.V ga salovatlar, oilalariga, yaqinlariga, sahobalariga salomlar bo'lsin, yetkazgan ne'matingga shukur, jahhanam azobidan saqla, jannatilar safiga qo'sh " deb duo qilaman. Biz hatto nochorlikdan, man Bank kollejini bitira olmaganman. Qarindoshlar boy-badavlat emas. Bu gaplarni chungan -chunadi, " Tana boshqa dard bilmas " deyishgan.
Maqsadim: mandan keyin Xudo ko'rsatmasin u-bu kim yordam so'rasa, oyoqosti qilib, qallobga chiqarib tashlamanglar, dunyoda yaxshilik qolmapdi deb da'vo qiladi.

Yana dardini yozibdi, uyalmasdan demanglar, vaziyatni shu mavzuga post qilganlar bilsin dedim.
Lekin shun o'rinda bir narsaki, besh qo'l baravar emas, mani tushunib yordam berganlar bor, aytish shart emas.

XULOSA O'ZINGIZDAN !

Assalomu Aaykum.

Birodar, kim bo'lsangiz, ismingiz nima bo'lsa, o'zingizga havola. To'g'risi, buncha nik bila kirganigizdan keyin Sizning ismingizni nima deb atashga ham ikkilanib turibman.

Endi, maslahat shuki, bu masalani ko'tarishni bas qiling. Forumda istasangiz-istamasangiz, anonimlik bor. Ya'ni Sizni hayotda bu forumdagilardan atigi bir necha kishi ko'rgan. Meni va boshqalarni ham. Shunday ekan, Sizning sha'ningizga aytilgan gaplar Sizni hayotda shaxsan tanigan aksar kishilarga oshkor bo'lmaydi. Demak, Sizning yuzingiz ham ularning oldida qizarmaydi. Shunday ekan hayotingizni davom ettiring. O'z ishlaringizni qiling. Allohdan yordam va sabr so'rang. Men va boshqa forumdoshlar Sizning sha'ningizga aytgan gaparimizni esa, Qiyomatga qoldiring. Men hozir Sizdan uzr so'ramyman. Avvalo qilgan ishingiz shunga loyiq edi. Siz yozgan PMlar turli xil mazmunda bo'lgan. Menda hali ham turibdi. Agar forumdoshlar Sizdan o'zlariga kelgan PMlarni oshkor qilishsa, PMlaringizning mazmuni har-xilligidan O'zingiz qiyin ahvolga tushib qolsangiz kerak.

Keyin haq bo'lsangiz, nega o'sha vaqtda aytmadingiz? Bu masalani endi qo'zg'ayapsiz? Bahrom Qori nikida forumga 25 Senyabr 2009, 14:43:05da a'zo bo'lgan ekansiz. Nega yana kutib yurdingiz? Haqligingizni o'shanda isbotlamaysizmi?

Mayli Alloh ishlaringizga rivoj bersin. Paynetda ishlar ekansiz. Endi shu ishingiz orqali Allohn rizqingizga baraka bersin.
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Mahdiyah 27 Yanvar 2010, 13:31:51
... va yana PM orqali boshqalarni yomonlab boshqalarga xat yozishniyam to'xtatin INSON!
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Chustiy 27 Yanvar 2010, 15:05:04
... va yana PM orqali boshqalarni yomonlab boshqalarga xat yozishniyam to'xtatin INSON!

Qo'shilaman, shu bilan birga, o'zicha o'zini haqiqat peshvosi qilib, "falonchi organ hodimi, pistonchi SNB" deyishniyam bas qil ey INSON...

Nabiy s.a.v: "Eshitgan narsani gapiraverish, yolg'onchiligidan dalolatdir" mazmunda hadislari bor edi...
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: shoir 27 Yanvar 2010, 15:18:01
Assalomu alaykum!

 :bsm:
«Shak-shubha yo‘qki, Alloh yolg‘onchi va kofir kimsalarni hidoyat qilmas» (Zumar surasi, 3).

Baxtiyormisiz, Bahrommisiz, yolg'on gapirishdan Allohdan qo'rqing.

Bu birinchi yolg'oningiz. Uni o'z so'zingiz bilan isbotladingiz:

Assalamu alaykum forumdoshlar !!!
Man o'sha sizlardan yordam so'ragan Baxtiyorman

Bugun, mavzu qahramoni bilan yuzma yuz uchrashdim. ismi Bahrom ekanmush, nicki esa Bahrom qori. Lekin oldindan etib qo'yi, nick dindorcha bo'sayam lekin bolani o'zi na qori va na 5 mahal namozhon ekan.

Agar hozir mening ikkita otim bor, biri Baxtiyor, biri Bahrom desangiz ham baribir ishonmaymiz.

Ikkinchi yolg'oningiz:

Endi AbdulAziz
Uka, siz bilan suhbatlashdim.
Mana YOLG'ON, man xatto 10 ta so'z ham gaplashmadiz, yonlarida Abdulloh bor edi.

kecha ertalab AbdulAziz va Abdulloh uyimizga keldilar, gaplashdik, lekin manga ishonmay chiqib ketdilar.

AbdulAzizdan iqtibos:

Uka, siz bilan suhbatlashdim. Onangiz bilan ham suhbatlashdim. Agar siz va onangiz bilan suhbatdagi argumentlar, boshqalarning fikrlariga mos kelmasa, nima men qarab turishim kerakmi, yana nima deb bahona qilarkin deb. Yoki yuqorida men tomonimdan yozilgan faktlarning birontasi asossizmi?

Ba'zi fikrlaringizga javob:

Oldin sahobalar adashgan odamlarni, xatto yahudiy ham dinga kirishinga nima sababchi bo'lmoqda deb yaxshi yo'lga solishgan, AbdulAziz kelib hotirjam o'tirib nima bo'ldi, nima majbur qildi shunchalik yordam so'radiz, deb gaplashsalar bo'lardiku, man hammasini gapirib berardim, balki manda ayb, xatolik o'tgandir, musulmon musulmonga oyna emasmi ?

Sahobalarning holati sizning holatingizga umuman to'g'ri kelmaydi. Asri saodatda esa o'zini musulmon hisoblagan hech qaysi sahoba sizning ishingizni qilmagan.

Iqtibos
Bu postni yozishdan maqsad: manga yozilgan tuxmatlarga chidab turolmadim. Endi gap kelganda yozaman, man o'gay ota zug'umida yashayman, 2 singlim uchun birga yashahga majburman, bolada nima gunoh, haqiqiy otam 2001 yil o'tib ketganlar. Alloh yaxshi ko'rgan bandasiga musibat yuborib sinaydi, balki bu manga yuborilgan sinodvdir.
Yo'q nolish emas, man har narsaga yetishganimda, ovqatlanganimdan keyin " Allohim sanga chehsiz hamdu-sanolar bo'lsin, Rasullulloh S.A.V ga salovatlar, oilalariga, yaqinlariga, sahobalariga salomlar bo'lsin, yetkazgan ne'matingga shukur, jahhanam azobidan saqla, jannatilar safiga qo'sh " deb duo qilaman. Biz hatto nochorlikdan, man Bank kollejini bitira olmaganman. Qarindoshlar boy-badavlat emas. Bu gaplarni chungan -chunadi, " Tana boshqa dard bilmas " deyishgan.
Maqsadim: mandan keyin Xudo ko'rsatmasin u-bu kim yordam so'rasa, oyoqosti qilib, qallobga chiqarib tashlamanglar, dunyoda yaxshilik qolmapdi deb da'vo qiladi.

Bahrom yoki Baxtiyor, (uzr, sensirashga o'taman), sen o'g'il bolasan. O'g'il bolaga bunaqa nolishlar yarashmaydi. Iramizdan sendanam battar kunlarni ko'rganlar, boshdan kechiorganlar bor. Indamay o'tiribdi-yu, harakat qilyapti-ku.
Mard bo'lgin uka. Bir marta adashibsan, xulosa chiqrmading. Yana o'sha ishingni qilding. Yana izza bo'lding. Endi esa yana yolg'on gapirib, o'zingni oqlamoqchi bo'lyapsan. Bu safar tan olgin. Bu yerdagilarniyam laqma deb o'ylama: har narsaga ishonaveradigan. Bir marta og'zi kuygan qatiqni ham puyflab ichadi. Toki bu ishlaringni tashlamas ekansan, hech qachon biring aslo ikki bo'lmaydi.
Ukam, chin maslahatim, qaytib bu ishlarga aslo qo'l urma. Undan ko'ra, san ranjitgan qancha dillardan hoziroq kechirim so'rab, qiyomatda yuzingni yorug' qil. Aslo endi bu ishlaringni qilma. Allohga qattiq tavba qilib, halol rizq yo'lida boylik orttir, aslo birovning qo'liga qaratmasligini Yaratgandan tilab, harakatda bo'l.
Alloh seni va oilangni mushkulotlardan qo'rib, O'zining yo'lida yuruvchilardan qilsin.
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Bahrom Qori 28 Yanvar 2010, 20:59:40
... va yana PM orqali boshqalarni yomonlab boshqalarga xat yozishniyam to'xtatin INSON!

Qo'shilaman, shu bilan birga, o'zicha o'zini haqiqat peshvosi qilib, "falonchi organ hodimi, pistonchi SNB" deyishniyam bas qil ey INSON...

Nabiy s.a.v: "Eshitgan narsani gapiraverish, yolg'onchiligidan dalolatdir" mazmunda hadislari bor edi...

Man kim kimga yomonlabman, sal miyez surilmaganmi ???, bu gapni ko'rib jinni bo'p qoli debman,
Yana kimni man falonchi, pistonchi dedim, qanaqa qilib uyalmasdan TUXMAT qivosizlar, sal o'ylab yozinglar, isbot bormi shu gapga  ???????

Man nolib yozmaganman, keyin u dunyoga hech kim nech narsani orqalab ketmaydi, qolgan gaplarni sitata qilib o'tirmiman, chunki bu dunyo bu xato desa, AbdulAziz bu to'g'ri desalar, hamma to'g'ri ekan, deb o'ylidi, degan xulosa chiqadi bu gaplardan, man bilan hali hech kim o'tirib atroflicha, batafsil gaplashgani yo'q, yana sizlar, NOTO'G'RI deysizlar...

To'g'ri sizlarga oson, sizlar ko'pchilik, man bir o'zim, hamma narsani yozgan taqdirimdayam baribir o'sha holat, qanaqa qilib bo'sayam mani yomonlash, Xullas, charchadim, qarasam foydasi yo'q, bu tarafdan bittasi yolg'on deydi, bittasi boshqa narsa to'qiydi...

Lekin sizlarga mani yordam so'raganim va shu sababli ochilgan mavzu, uni ichidagi postlar bezovta qilgan bo'lsa, UZR !

Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Chustiy 28 Yanvar 2010, 21:15:37
Bahrom Qori mani gaplarim sizga qaratilmagan.... Tak chto havotir ham, ko'nglizga yaqin ham omen...
InshaAlloh gap egasini topajak...
Nom: Re: Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!
Yuborildi: Shoxjahon12 29 Yanvar 2010, 17:23:30
Erkakning g'ururi bo'lmasa qiyin masala ekan.  ::)