forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Fikr va mulohazalar => Mavzu boshlandi: Y_U_R_I_S_T 11 Aprel 2009, 11:47:36

Nom: ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 11 Aprel 2009, 11:47:36
ZiyoUz Forumida yangi loyiha:
Virtual debat klubi

Debat o’zi nima?

Aslida hayotimizning har kuni bir debat. Har kun yoki do’stlarimiz bilan, yoki hamkasblarimiz bilan, yoki yana boshqalar bilan qaysidir masalada tortishamiz, ularning qaysidir fikrlariga qo’shilmasligimizni namoyon etamiz. Chunki insonlarning dunyoqarashi har xil.
Debat — bu xuddi shu bahs-munozaraning formal ko’rinishi, ya’ni aniq shaklga keltirilgan, qonun-qoidalari va shartlari oldindan belgilab qo’yilgan bahsdir.
Siz debatda shunchaki so’zga chiqmaysiz, balki o’z nutqingizda pozitsiyangizni himoya qilishingiz, o’z argumentlaringizni keltirishingiz va qarshi tomonning argumentlarini inkor qilishingiz uchun aniq misollar keltirishingiz zarur.

Nega aynan debat?

Debatlar insonlar o’rtasida ma’lumot va fikr almashishning intellektual ko’rinishidir. Uning yana bir foydali tomoni, siz ma’lum bir mavzu yuzasidan "œtanganing ikki tomonini" kashf qilasiz. Ya’ni ham salbiy, ham ijobiy tomonlari haqida to’liq ma’lumot olasiz. Buning ustiga debatlar sizni izlanishga, ko’plab manbalarni o’qishga va notiqlik qobiliyatingizni oshirishga imkon yaratadi.

Debatning asosiy elemntlari:

Debatning quyidagi asosiy elementlari mavjud:
1.   Mavzu. Debat mavzularining nomi tasdiq formasida bo’ladi. (Masalan, "œO’g’il bolalar va qizlar alohida o’qitilishi kerak")
2.   Tasdiqlovchi (ma’qullovchi) tomon. Tasdiqlovchi tomonning spikerlari hakamlar hay’atiga o’z pozitsiyasi to’g’ri ekanligini isbotlab berishi kerak. (mavzu nomidagi tasdiq gapni isbotlashi zarur. Masalan, "œO’g’il bolalar va qizlar alohida o’qitilishi kerak")
3.   Qarshi tomon. Qarshi tomon spikerlari tasdiqlovchi (ma’qullovchi) tomonning pozitsiyasi noto’g’riligini isbotlab berishi kerak. (masalan, "œO’g’il bolalar va qizlar alohida o’qitilishi kerak EMAS", demak "œO’g’il bolalar va qizlar birga o’qitilishi kerak")
4.   Argumentlar. Siz argumentlar orqali hakamlarga o’z dunyoqarashingizni isbotlab berasiz. Argumentar kuchli yoki kuchsiz bo’lishi mumkin. Siz o’zingizga argument tanlaganda, kuchliroq va ishonarliroq hamda asosan real hayotga yaqin bo’lgan argument tanlashingiz zarur. Zeroki, ushbu argumentingiz orqali hakamlar sizning fikringiz to’g’ri ekanligiga ishonishlari zarur.
5.   Isbot va dalillar. Argument bilan birga ishtirokchilar isbot va dalillar (sitata, faktlar, statistikalar) keltirishi zarur.
6.   Hakamlar qarori. Hakamlar ikkala tomonning mavzu bo’yicha nutqlarini eshitib bo’lgach, qaysi jamoa debatda g’olib bo’lganligi haqida xulosa chiqaradilar. Bu yerda hakamlarning shaxsiy fikri qarorga ta’sir ko’rsatmasligi zarur. Ya’ni hakamlardan biri haqiqatdan "œO’g’il bolalar va qizlar alohida o’qitilishi kerak" degan fikrda bo’lsayu, ammo qarshi tomonning argumentlari, dalil va isbotlari, tasdiqlovchi tomonnikidan kuchliroq bo’lgan bo’lsa, unda qarshi tomon uchun ovoz berishi shart.

Nom: Re: ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 11 Aprel 2009, 11:49:04
ZiyoUz Forumida virtual debatni qanday tartibda o’tkazamiz:

Umumiy qoidalar:

"¢   Debat o’tkazilishi uchun maxsus bo’lim ochiladi.
"¢   Har bir yangi bahsli mavzu uchun Debat bo’limiga yangi mavzu kiritiladi.
"¢   ZiyoUz Forumidagi virtual debat Parlament debati qoidalari bo’yicha o’tkaziladi.
"¢   Debatda ikkita jamoa o’zaro bahs yuritadilar. Har bir jamoa 2 kishidan iborat bo’ladi:
1-jamoa: Hukumat: Premyer-ministr va hukumat a’zosi
2-jamoa: Qarshi tomon (Oppozitsiya): Oppozitsiya lideri va oppozitsiya a’zosi
"¢   Nutq so’zlash tartibi:

1.   Premyer-ministr    - konstruktiv nutq   105 qator gap
2.   Oppozitsiya lideri   - konstruktiv nutq   120 qator gap
3.   Hukumat a’zosi    - konstruktiv nutq   120 qator gap
4.   Oppozitsiya a’zosi   - konstruktiv nutq   120 qator gap
5.   Oppozitsiya lideri   - qarshi fikrlar      60 qator gap
6.   Premyer-ministr    - qarshi fikrlar      75 qator gap

Ushbu ro’yxat tartibi qat’iy bo’lib, jamoalardan hech kim o’z navbatidan oldin javob kiritishi mumkin emas.

Izoh: Ushbu debat virtual ko’rinishda bo’lganligi sababli, cheklovni vaqt mezonida emas, balki qatorlar miqdorida ko’rsatishni afzal bildik.

"¢   Vaqt masalasi:
1.   Debat bo’limiga yangi mavzu kiritilgan va jamoalarga e’lon qilingan vaqtdan boshlab Premyer-ministrning ilk nutqi eng uzog’i bilan 10 kun ichida kiritilishi zarur. (Bu yuerda userlarning netga kirish imkoniyati ham e’tiborga olindi)
2.   Har bir tomonning javob nutqidan so’ng, tartib bo’yicha keyingi ishtirokchining javob berish muddati 3 kun.
3.   Hakamlar hay’atining javobi eng so’ngi ishtirokchining nutqi kiritilgan vaqtdan boshlab 5 kun ichida e’lon qilinishi shart. (Albatta izohlar bilan)


Ishtirokchilar:

"¢   Debatda ZiyoUz Forumiga a’zo bo’lgan istalgan user qatnashishi mumkin.
"¢   Eng avvalo userlarning o’zlari 2 kishidan iborat guruh tuzishlari va administrator yoki bo’lim moderatoriga bu haqida "œariza" (xabarnoma) berishlari zarur.
"¢   Userlar 2 kishilik jamoa tuzishni o’zaro PM xatlari orqali (agar hayotda yaqin insonlar bo’lishsa, telefon orqali) kelishib olishlari mumkin.

O’tkazilish tartibi:

"¢   Eng avval hakamlar hay’ati tomonidan mavzular aniqlashtirib olinadi.
"¢   So’ng ushbu mavzular uchun qur’a tashlash yo’li bilan qaysi jamoalar bahs olib borishi aniqlanadi. Qur’a tashlanayotganda jamoalardan qaysi biri Hukumat tomon, qaysi biri oppozitsiya tomonida bo’lishi ham belgilanishi kerak.
"¢   Keyin natijalar haqida jamoalarga xabar beriladi va tayyorgarlik vaqtiga start beriladi.
Izoh: Hakamlar hay’atining o’zaro uchrashishi imkoniyati har doim ham mavjud bo’lmasligini e’tiborga olib, qur’ani bir kishi tashlashi va natijalarni e’lon qilishi ham mumkin. Bundabiror shubhaga borishga asos yo’q deb o’ylabman. Balki qur’aning boshqacha usullari haqida biror kishida fikr bordir?
"¢   So’ngra jamoalar yuqorida ko’rsatilganshartlar bo’yicha debatni boshlaydilar.
"¢   Bir vaqtning o’zida maksimum 3 ta mavzu bo’yicha debat o’tkazilishi mumkin.

Mavzular:

"¢   Tanlangan mavzu muayyan davrdagi muammolarni o’zida aks ettirishi zarur.
"¢   Buning ustiga ushbu mavzu dolzarb bo’lishi kerak.
"¢   Mavzuning nomlanishi ikkala tomon uchun ham teng imkoniyat berishi kerak. (Masalan, "œSigareta chekish sog’liq uchun xavfli" degan mavzu tasdiqlovchi tomon uchun yon bosadi)
"¢   Mavzular hakamlar hay’ati tomonidan tanlab olinadi.
"¢   Quyidagi yo’nalishdagi mavzular tanlanmaydi:
-   Diniy mavzular
-   Siyosiy mavzular

Hakamlar hay’ati:

"¢   Hakamlar hay’ati Forumda o’z o’rniga ega bo’lgan userlar orasida hurmat qozona olgan va keng mushohadali userlardan saylanadi. Bunda o’sha userlarning internetga tez-tez kirib turish imkoniyati borligini ham hisobga olish maqsadga muvofiq bo’lardi.
"¢   Hakamlar hay’atining soni 5 yoki 7 kishi bo’lgani ma’qulroq. (G’olib jamoani aniqlashda oson bo’ladi)
"¢   Hakamlar hay’ati a’zosi ham jamoa tuzib debatda ishtirok etishi mumkin. Bunday holatda uning ovozi hisoblanmaydi va ahamiyatga ega bo’lmaydi.
"¢   Hakamlar hay’atining ikkita a’zosi o’zaro jamoa tuzishi mumkin emas.
"¢   Hakamlar hay’ati borasidagi mening takliflarim: AbdulAziz, Munira xonim, Orif aka, Robiya


Tahminiy mavzular ro’yxati:

"¢   Erkaklar va ayollar barcha ishlarni qilishda tengdirlar
"¢   So’z erkinligi cheklanishi zarur
"¢   Aholining ko’payishi bevosita iqtisodga bog’liq.
"¢   Ko’pxotinlikka qonuniy ruxsat berilishi kerak
"¢   Ommaviy axborot vositalarida senzura butunlay yo’qolmasligi kerak
"¢   Ilmiy tekshirish ishlarida hayvonlarning sinovdan o’tkazilishi noto’g’ri
"¢   Noma’lum uchar jismlar (NUJ) mavjud
"¢   Atom energiyasi — eng yaxshi energiya manbaidir.
"¢   Qishloqqa qaraganda, shaharda yashash afzal.
"¢   Gen injeneriyasi axloqsizlikdir.
"¢   Rivojlangan boy davlatlar qoloq davlatlarga beminnat yordam berishi kerak.
"¢   Reklamalar — etikaga mos emas.
"¢   Hasadgo’ylik — tug’ma xislat.
"¢   Televideniya jamiyat hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
"¢   O’limi yaqinlashgan bemordan bu xabarni sir tutish noto’g’ri.
"¢   Xitoydagi mahsulot ishlab chiqarish jadalligi dunyo iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
"¢   Insonlarning o’z xohishi bilan ichki a’zolarini sotishi noto’g’ri.
Nom: Re: ZiyoUz Forumida Vertual debat klubi
Yuborildi: Ulugbek-Uz 11 Aprel 2009, 11:58:27

ee Qoyile!


off: Vertualmi, virtual? :)
Nom: Re: ZiyoUz Forumida Vertual debat klubi
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 11 Aprel 2009, 12:00:28
Ushbu fikrlarning barchasi xozircha loyiha. Agar sizda ushbu fikrlarga qo'shimchalar, o'zgartirishlar bo'lsa bemalol aytishingiz mumkin. Fikrlaringizni kutaman.
Nom: Re: ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi
Yuborildi: Mr.Twister 11 Aprel 2009, 12:35:27
Qoyil, kutilmagan loyiha
Nom: Re: ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi
Yuborildi: Abdullоh 11 Aprel 2009, 14:14:39
 :as:

Juda ma'qul loyiha. Menda bir taklif bor. Gpalar qatorini ancha ko'p emasmi. Menimcha bunchalik ko'p qilmaslik kerak.
Nom: Re: ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 11 Aprel 2009, 16:07:24
:as:

Juda ma'qul loyiha. Menda bir taklif bor. Gaplar qatorini ancha ko'p emasmi. Menimcha bunchalik ko'p qilmaslik kerak.

Aslida Parlament debati bo'yicha ilk ishtirokchiga 7 minutdan, keyingilariga esa 8 minutdan vaqt berilardi. Men har bir minutni 15 qatorga tenglashtirib oldim. Menimcha bir minutda 15 qator gapni bemalol gapirsa bo'ladi.

Agar qolganlar ma'qullashsa, balki 1 minut=10 qator qilib olarmiz.
Nom: Re: ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi
Yuborildi: Shokir63 11 Aprel 2009, 17:20:13
Nima uchun qator? Qatorlar soni so'zlar soniga o'zgartirilsa, qanday bo'larkin?
Nom: Re: ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi
Yuborildi: Varzikiy 11 Aprel 2009, 17:56:34
Qoyil!!! Loyihamisan Loyiha. Menimcha G`olib tomonga taqdirlash yuzasidan 1ta yulduzcha qo`shib berilsa yaxshi bo`lardi!
Nom: Re: ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 11 Aprel 2009, 18:37:38
Nima uchun qator? Qatorlar soni so'zlar soniga o'zgartirilsa, qanday bo'larkin?

Taklif uchun rahmat. Men ham oldin shuni o'ylagandim. Lekin bir narsasi to'g'ri kelmadi. Ya'ni so'zlarni hisoblashdan ko'ra qatorlarni hisoblash osonroq. So'zlarni bittalab sanab o'tirishdan foyda yo'q. Bning ustiga bu nisbiy cheklov xolos.
Nom: Re: ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi
Yuborildi: Shokir63 14 Aprel 2009, 18:34:22
Nima uchun qator? Qatorlar soni so'zlar soniga o'zgartirilsa, qanday bo'larkin?

Taklif uchun rahmat. Men ham oldin shuni o'ylagandim. Lekin bir narsasi to'g'ri kelmadi. Ya'ni so'zlarni hisoblashdan ko'ra qatorlarni hisoblash osonroq. So'zlarni bittalab sanab o'tirishdan foyda yo'q. Bning ustiga bu nisbiy cheklov xolos.

Bu tomonini o'ylamabman. Haqiqattan bekorga vaqt sarflanadi.
Nom: Re: ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi
Yuborildi: Musannif Adham 14 Aprel 2009, 21:05:01
Y_U_R_I_S_T, bu loyihangizning bo'sh tomonlari bor. Savollar shaffoflikka va ayniqsa siyosatga kelib taqalsa, javoblar bir joyda aylanaveradi. Ya'ni aravani quruq olib qochishdan boshqa narsa bo'lmaydi. Undan ko'ra vaqtni boshqa narsalarga sarflagan ma'qul.

Agar isbotini so'rasangiz, misol keltiraman.....
Nom: Re: ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 16 Aprel 2009, 20:06:42
Savollar shaffoflikka va ayniqsa siyosatga kelib taqalsa, javoblar bir joyda aylanaveradi.

Assalomu alaykum.

Fikringiz uchun rahmat. Lekin bu yerda bir narsani hisobga oling. Bir ishtirokchi 2 martadan ko'p "nutq" qilishi mumkin emas. Shuning uchun "aylanaverish" kamdan-kam bo'lsa kerak.

Undan ko'ra vaqtni boshqa narsalarga sarflagan ma'qul.

Demak, bu umuman foydasiz ish ekanda? Unda mavzuni o'chirib qo'ya qolaman.

Agar isbotini so'rasangiz, misol keltiraman.....

So'rab bergincha, urib ber...
Nom: Re: ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi
Yuborildi: Musannif Adham 16 Aprel 2009, 21:10:57
Y_U_R_I_S_T, bu loyihangizning bo'sh tomonlari bor. Savollar shaffoflikka va ayniqsa siyosatga kelib taqalsa, javoblar bir joyda aylanaveradi. Ya'ni aravani quruq olib qochishdan boshqa narsa bo'lmaydi. Undan ko'ra vaqtni boshqa narsalarga sarflagan ma'qul.

Agar isbotini so'rasangiz, misol keltiraman.....

Savollar shaffoflikka va ayniqsa siyosatga kelib taqalsa, javoblar bir joyda aylanaveradi.

Assalomu alaykum.

Fikringiz uchun rahmat. Lekin bu yerda bir narsani hisobga oling. Bir ishtirokchi 2 martadan ko'p "nutq" qilishi mumkin emas. Shuning uchun "aylanaverish" kamdan-kam bo'lsa kerak.

Undan ko'ra vaqtni boshqa narsalarga sarflagan ma'qul.

Demak, bu umuman foydasiz ish ekanda? Unda mavzuni o'chirib qo'ya qolaman.

Agar isbotini so'rasangiz, misol keltiraman.....

So'rab bergincha, urib ber...

Barcha savollaringizga mana shu ochgan mavzuingiz javob bo'ladi.

Dolzarb mavzu: O'zbekistonda faqat muammolar(mi?!)   (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2159.0)

Siz Sizga savol berganlarga aniq, konkret javob bermagansiz. Ayniqsa, mana bunisiga: MaxCmd (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2159.msg107892#msg107892)

To'g'ri, keyinchalik mavzu yopilgan. Lekin hech kim mana shu debatda ham aynan shu kabi mavzular muhokama qilinmaydi deb kafolat berolmaydi. Shuning uchun oldindan o'ylab olishni maslahat berardim.
Nom: Re: ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi
Yuborildi: Shokir63 17 Aprel 2009, 13:45:37
Men forumga yaqindagina a'zo bo'lganim uchun, o'sha dolzarb mavzuni o'qib chiqdim. Arava quruq qochirilgan desam, sal haqsizlik qilgan bo'laman.

To'g'i Y_U_R_I_S_T mulohazalar oxirida savollarni javobsiz qoldirgan, lekin bu degani loyiha muvaffaqiyatsiz bo'ldi degani emas-ku.

Fikr almashaylik, boshqa fikrlarni o'qib, fikrlarimiz rivojlansin.

Ba'zan qarshi chiqamiz.Yengamiz. Yengilamaz. Fikrimizning xato ekanligini bilamiz. To'g'rilaymiz.

Bu millatimizning yutug'i emasmi?


Debat loyihasini davom ettiraylik.

Yechimi yo'q savollarga taqalsak, ularga mubtalo bo'laylik, ular bilan yashaylik, ichidan chiqmaylik Alloh bizga yechimni beradi.

Menga bermasa farzandimga beradi, muhimi muammoga yechim izlab yashay.

Muammoning fosh bo'lishi, yechimning yarmi emasmi?
Nom: Re: ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 18 Aprel 2009, 10:33:25
Barcha savollaringizga mana shu ochgan mavzuingiz javob bo'ladi.

Assalomu alaykum.

E, yo'q, do'stim, men barcha savollarimga javobni u mavzudan ololmadim.

Men tog'dan kelsam, siz bog'dan kelayapsiz. Masalan, 1-tushuntirishimga javob beringchi:

Iqtibos
Fikringiz uchun rahmat. Lekin bu yerda bir narsani hisobga oling. Bir ishtirokchi 2 martadan ko'p "nutq" qilishi mumkin emas. Shuning uchun "aylanaverish" kamdan-kam bo'lsa kerak.

Axir men aniq-tiniq qilib aytdimku, aylanaverish bo'lmasligini.

Endi sizning yana bir gapingizga javob:

Iqtibos
Lekin hech kim mana shu debatda ham aynan shu kabi mavzular muhokama qilinmaydi deb kafolat berolmaydi.

Siz loyihani o'qib chiqmabsiz shekilli yoki mana bu joyiga e'tibor bermagansiz:

Iqtibos
Mavzular:

"¢   Quyidagi yo’nalishdagi mavzular tanlanmaydi:
-   Diniy mavzular
-   Siyosiy mavzular

Biz buni aniq shart qilib qo'yganmiz axir. Bundan oshiq yana nima qilish kerak hayronman.

Mendan xafa bo'lmangu, isbotlash bunaqa bo'lmaydi. Quruq mana bu yerda unaqa, mana bu yerda bunaqa deyish bilan ish bitmaydi.

Iqtibos
Siz Sizga savol berganlarga aniq, konkret javob bermagansiz. Ayniqsa, mana bunisiga: MaxCmd (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2159.msg107892#msg107892)

Agar sizda o'sha mavzudan buyon menga nisbatan subektiv (shaxsiy) fikr qolib ketgan bo'lsa, buni boshqa masalalarga aralashtirmang. Men siz aytgan mulohazaga ham javob berishga tayyor edim. Ammo mavzuni yopib qo'yishgan.

Bundan tashqari, ushbu loyihada men ishtirok etmayman. Boshqalar esa, o'zingiz aytganingizdek, menga o'xshagan olib qochar emasdirlar. Balki boshqalar menga o'xshagan aylantiradigan emasdirlar. Shuni ham hisobga oling.

Yana bir bor aytaman, isbot qilish usulingizni ozgina o'zgartiring. Aniq gapiring. "Mavzuni ochsak balki unaqa bo'lar, balki bunaqa bo'lar. Oldin mana bunaqa bo'lgandiku." deb o'rtaga shubhani aralashtirmang.

Oldin yozgan (va siz umuman e'tibor bermagan) gapimni yana bir takrorlayman:

Iqtibos
Demak, bu umuman foydasiz ish ekanda? Unda mavzuni o'chirib qo'ya qolaman.
Nom: Re: ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi
Yuborildi: Musannif Adham 18 Aprel 2009, 12:06:10
Barcha savollaringizga mana shu ochgan mavzuingiz javob bo'ladi.

Assalomu alaykum.

E, yo'q, do'stim, men barcha savollarimga javobni u mavzudan ololmadim.

Siz mavzuni qaytadan o'qib chiqishingiz kerak edi.


Men tog'dan kelsam, siz bog'dan kelayapsiz. Masalan, 1-tushuntirishimga javob beringchi:

Iqtibos
Fikringiz uchun rahmat. Lekin bu yerda bir narsani hisobga oling. Bir ishtirokchi 2 martadan ko'p "nutq" qilishi mumkin emas. Shuning uchun "aylanaverish" kamdan-kam bo'lsa kerak.

Axir men aniq-tiniq qilib aytdimku, aylanaverish bo'lmasligini.


2 martadan ko'p nutq bo'lmasa, bunaqa "dolzarb muammolar"ni qanday qilib yechmoqchisiz?

Endi sizning yana bir gapingizga javob:

Iqtibos
Lekin hech kim mana shu debatda ham aynan shu kabi mavzular muhokama qilinmaydi deb kafolat berolmaydi.

Siz loyihani o'qib chiqmabsiz shekilli yoki mana bu joyiga e'tibor bermagansiz:

Iqtibos
Mavzular:

"¢   Quyidagi yo’nalishdagi mavzular tanlanmaydi:
-   Diniy mavzular
-   Siyosiy mavzular

Biz buni aniq shart qilib qo'yganmiz axir. Bundan oshiq yana nima qilish kerak hayronman.


Unda bizda boshqa muammo yo'q deb hisoblasak ham bo'laveradi. Nimani muhokama qilmoqchsiz? Seriallarning zararinimi, yoki yoshlarning g'arb madaniyatiga taqlid qilayotganliginimi? Siz qanday masalani muhokama qilmang, baribir yoki dinga yoki siyosatga borib taqaladi. Bu ikkisisiz hayot bo'lmaydi. Demakki, muammo ham yechilmaydi. Bularni chetlab o'tib qandaydir masalani muhokama qilishingiz foyda ham bermaydi, deb o'ylayman. Mayli agar debatda mana shu masalalarga umuman aralshilmagan holatda muhokamalar ketadigan bo'lsa, men buni Sizning yutug'ingiz (yoki boshqa forumdoshlarning yutug'i) deb o'ylayman. Endi agar birorta muhokamada mana shu 2 mavzuga taalluqli gaplar aylanar ekan, unda ayni mavzuni rasman ochmaganingiz bilan amalda bu mavzu ko'tarilgan bo'ladi. Menimcha buni ortiqcha tushuntirishga hojat yo'q. 

Mendan xafa bo'lmangu, isbotlash bunaqa bo'lmaydi. Quruq mana bu yerda unaqa, mana bu yerda bunaqa deyish bilan ish bitmaydi.

Iqtibos
Siz Sizga savol berganlarga aniq, konkret javob bermagansiz. Ayniqsa, mana bunisiga: MaxCmd (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2159.msg107892#msg107892)

Agar sizda o'sha mavzudan buyon menga nisbatan subektiv (shaxsiy) fikr qolib ketgan bo'lsa, buni boshqa masalalarga aralashtirmang. Men siz aytgan mulohazaga ham javob berishga tayyor edim. Ammo mavzuni yopib qo'yishgan.
   

Mening Sizga nisbatan hech qanday shaxsiy g'arazim yo'q. Buni oldin ham aytganman.  Agar mavzuni yopib qo'yishgan bo'lishsa va Siz fikr bildira olmagan bo'lsangiz, bugun shu savollarga javob berishga tayyormisiz? Unda mana shu mavzu doirasida javob berib qo'ya qoling: MaxCmd (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2159.msg107892#msg107892). To'g'ri, gap boshqa yoqqa qarab burildi. Lekin ayni savollar borasidagi fikringizni bilgim kelyapti.


Oldin yozgan (va siz umuman e'tibor bermagan) gapimni yana bir takrorlayman:

Iqtibos
Demak, bu umuman foydasiz ish ekanda? Unda mavzuni o'chirib qo'ya qolaman.

Men bu mulohazangizni o'qidim, e'tibor berdim. Lekin javob bermadim. Bu menig xatoim. Lekin mavzuni yoping demadim, balki...

Y_U_R_I_S_T, bu loyihangizning bo'sh tomonlari bor. Savollar shaffoflikka va ayniqsa siyosatga kelib taqalsa, javoblar bir joyda aylanaveradi. Ya'ni aravani quruq olib qochishdan boshqa narsa bo'lmaydi. Undan ko'ra vaqtni boshqa narsalarga sarflagan ma'qul.
dedim. Lekin Siz shu mavzuni foydali deb bilsangiz, ochavering. Faqat beriladigan savollar, ko'tariladigan masalalarni xolis muhokama qilishga tayyor bo'ling. Ya'ni hayotiy reallikka ham qarang. Faqat TV va Radiodan yangraydigan gaplarga emas.
Nom: Re: ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi
Yuborildi: Shokir63 18 Aprel 2009, 16:33:11
MaxCmd ga men ham javob berish niyatida edim.
Musannaf Adhamning gaplari ayni muddao bo'ldi.
Iqtibos
Assalomu alaykum.

Yuqoridagi ko`p fikrlarni o`qidim. Ba'zilarini o`qib xursand bo`ldim, ba'zilari(!) ensani qotirdi.

Mavzu dolzarbligicha qolib ketibdi. Menimcha, qolib ketadi.

Y_U_R_I_S_T aytganidek, muammosiz davlatning o`zi yo`q. Davlatning biror bir muammosining o`ziga turli tomondan qarash mumkin. Y_U_R_I_S_T ning bir gapi odamga sal boshqacharoq ta'sir qildi:
"Lekin menga xalqining barchasi to'q yashayotgan, qashshoqlari yo'q bitta davlatni ko'rsatingchi.Yoki menga migratsiyasi(aholining chetdan kirib kelishi), emigratsiyadan(aholining chetdan kirib kelishi) yuqori bo'lgan bitta davlatni nomini aytingchi."

Qiziq, bu odam o`zini yupatishi uchun aytilishi kerak bo`lgan gaplarmi? "Ana, Afrikada odamlar ochlikdan qirilib ketyapti, biz bir kungina och qolibmiz." Alam qilmaydimi bu gaplar? Umuman, sal tafakkurli odam uchun og`irku bu gaplarni eshitish?

Endi gapning indallosiga ko`chsak, men muammolarni aniq faktlar ko`rsatib o`rtaga tashlamoqchiman.
Mana shu faktlar asosida hurmatli Y_U_R_I_S_Timizdan maslahat olamiz. Agar shu mavzuni o`rtaga tashlagan Y_U_R_I_S_Timiz bu muammolarning yechimi haqida biror narsa deyolmasalar, menimcha, taxallus bu kishiga munosib emas(!).

O`zim Farg`ona viloyatidanman. O`zimizda ish joyi yetarli emasligi tufayli hozir Toshkentda ishlayman. Har oyda uyga borib kelaman. So`nggi 5-6 yil ichida uyga borsam ichim eziladigan bo`lib qolgan(ayniqsa, qishda).
Sabablar ko`p. Shularning eng kattalarini aytib o`taman:
1. Tasavvur qiling, uyingizda kechqurun elektr toki yo`q. Qanchalik yuragingiz siqilsa kerak-a? Ayni damda esa, butun bir boshli tumanning qishloq joylarida kechasi elektr toki "tasodifan" har kuni o`chadi. Kunduzi nomiga soat 10 dan 15 largacha yoniq bo`ladi. Tasavvur qilyapsizmi? Odamlar uchun qanchalik og`irligini? Turli bahonalar bilan bu muammoni chetlab o`tishga harakat qilmang. Hozir bizning qishloqlarda gaz yo`q. Hamma o`tin yoqadi. Sovuqni esa ko`rib turibsiz. O`lganning ustiga tepganmi bu? Ilinj nimaligini hamma yaxshi biladi. Qishda qishloq aholisi uchun elektr toki o`sha ilinjlarning kattasi. Bechoralar kimga dodini aytsin? Xo`p, bilaman, umuman elektr toki nimaligini bilmaydigan xalqlar ham bor. Buni ro`kach qilish shart emas. Lekin bor narsani xalqqa bermaslikni qanday tushuntirasiz? Bilishimcha, bu faqat biz tarafda emas, viloyatlarda yashaydigan ko`pchilik mana shu muammoni bilishsa kerak.

2. Kechirasizku, Y_U_R_I_S_T, 3-sinf o`quvchilarini maktabda o`qitishning o`rniga majburlab paxta dalasiga haydashga nima deysiz? Tasavvur qilinglar, 8 yoshli qizchangiz bo`yiga ikki barobar keladigan paxtaning ichida yuribdi!!! Buni ham nima bilandir oqlarsiz??? Qaysi qonunga to`g`ri keladi bu? Yoki umuman "ADOLAT" degan tushunchani ongimizdan chiqarib tashlaylikmi?

Y_U_R_I_S_T, yutuqlar ko`p. Ularga ko`z yumolmaymiz. Lekin bu yutuqlarni yuvib ketadigan, qalbimizga juda og`ir botadigan(botayotgan) ishlar ham ko`p. Alam qiladigani, ular yaqin 5-10 yilda yechimi topilishiga ishonmaydi, odam. Men faqat 2 ta holatni keltirdim xolos. Qolganini aytmadim, hali bilmaganlarim ham bor.

Shularning izohini sizdan kutaman. Yechimini ham. Chunki, men o`zim yechim ham, izoh ham, taskin ham  topolganim yo`q...
Forum a'zolari, sizlarning izohingizni ham kutaman.

(Xalqimiz esa, shularga shukr qilib yashamoqda. To`g`ri, ba'zida nolib ham qo`yishadi...)

Yana bir gap: har doim ham fikrga qarshi chiqish shart emas. "qaysar"lik qilish, menimcha, noo`rin. Hurmatli Birodar eng oqilona gaplarni gapirganlar.

Hurmat bilan.



Kamchililarning barchasini qabul qilgan holda, quyidagini etiboringizga havola qilaman:


Men O'zbekiston SSR fuqorosi

Issiq uyda, shulalardan yal-yal yaltiragan qandilga mahliyo, akamni kutib o'tiribman.
Har qalay ishim yaxshi, muzlatgich to'la: kalbosa deysizmi, aroq deysizmi, ishxona tomonidan berilgan - laxm go'sht deysizmi, barchasidan bor.
Yaxshi ishlagan dan keyin... To'ldiramanda.

Akam nega kech qolyaptiykan. Ha, kichkina odam emas. Kimsan 25 yillik partiya a'zosi. Ahvolini ham yaxshi qilib oldi. Ikkita uy - birida o'zi oilasi bilan yashaydi, birida sekretari... O'zi akam bo'lmaganda men ham yaxshi ishga kira olmasdim-ov.

Zamon yaxshi bo'ldi. Onamlarga, qishloqdagi uyimizga, ham o'tgan yili gaz kedi. Otam bechora (Rahmatli deyish xayolga kelmydi, bu so'zdan o'zi zo'rg'a qutildi) elektrni ko'rdiyu, gazni ko'ra olmadi-da, aslida samalyot dori sepayotganda daladan chiqib tursa ko'rardi. Mayli nima ham qilardik, odam dunyoga yo'q bolish uchun keladi.

Singlimga bari-bir qiyin bo'ldi-da, o'tgan yil jayanim paxtada dekabrgacha qolib ketsa bo'ladimi. Tuzalib ketar, duxturlar asrab qolar-ov. Ish qilib yaxshi o'qigan bo'lsin-da. O'zi akam ham institutga joylab qoymasa bo'larkan, bechora jiyanimni.

Telefon jiringlayabtimi, akam bo'lsa kerak. Tog'am-ku, tinchlikmi 25 km yo'l yurib nega rayon markaziga keldi ekan.
-Nima onamni mazasi yo'q. Ukamdan kelgan xatni, pochtalyon o'lgur qo'llariga bergani yetmaganday o'qib ham beribtimi, ukan Avg'onistonda ... Nima?!

Voy onam-ov, voy ukam-ov...


Ey do'st sen bugunki kuningni nima bilan taqqoslayabsan. Hur mamlakatlar bilanmi?
Odamlar nega noliydigan bo'ldi. Amerika bo'la olmagani uchunmi? Yo'q. SSSRdan chiqqani uchun.
Lekin aslida ahvol orzu qilinganidek emas ediku, ahvol hozirgidan yomon bo'lsa-yomon ediki, yaxshi emas edi.

Farzandi Avg'onistonda, Chernoblda jarohat olgan, o'lgan otaga bu to'kin sochinlikning nima keragi bor.
Hayotining mazmunini bu dunyoga bog'lagan, o'lib qolmay, iloji boricha kayf-safo surish ilinjida yurgan amaldorning senga, menga, bu millatga nima foydasi bor.

Allohsizlikdan, Muhammadsizlikdan (s.a.v) ingragan qalblarga, ruhlarga obod - aslida chirigan iqtisodiyotning, to'kin - aslida so'nggi nav maxsulot bilan tirikchilik qilgan hayotning nima foydasi bor.


Qiyinchiliklarga toqat qilib, sabr bilan harakat qilaylik.
Yangi nasl yetishsin, malakatni obod qiladi. Osha qishloqdagi ahvolni bilgan yurtdoshlar harakat qilsin, amaldor bo'lsin, yetishib kelayotgan naslga ega chiqsin, tarbiya etsin, halq g'ami bilan yashatsin, iztirob cheksin - Alloh bizga o'shanda beradi.
Insha Alloh...
Nom: Re: ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi
Yuborildi: Shokir63 18 Aprel 2009, 16:34:34
Musannif ni bilmay Musannaf deb yozganim uchun uzr
Nom: Re: ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 21 Aprel 2009, 15:48:32
Iqtibos
Unda bizda boshqa muammo yo'q deb hisoblasak ham bo'laveradi.

Assalomu alaykum.

Demak, siz deyarli ideal jamiyatda yashayotgan ekansizda. Sizningcha madaniyat, ma'rifat, ma'naviyat, ilm-fan, ijtimoiy hayot, san'at, sport, ekologiya, tibbiyot va h.k. (bularni yana davom ettirish mumkin) kabi sohalarda hammasi joyida ekanda??? Siz o'zingizni Utopik jamiyatdaman deb tasavvur qilmayapsizmi mabodo?

Iqtibos
Nimani muhokama qilmoqchsiz? Seriallarning zararinimi, yoki yoshlarning g'arb madaniyatiga taqlid qilayotganliginimi?

Ha, shularni muhokama qilmoqchiman desamchi? Nima bular muhokama qilishga, e'tibor qaratishga arzimaydimi? Sizningcha bular mayda gaplarmi? (Agar bu mavzu muhokama qilinaverib siyqasi chiqib ketgan deb e'tiroz bildirmoqchi bo'lsangiz yaxshisi aytmay qo'yaqoling)

Iqtibos
Siz qanday masalani muhokama qilmang, baribir yoki dinga yoki siyosatga borib taqaladi. Bu ikkisisiz hayot bo'lmaydi.

Bu gapingizga qo'shilaman. Bunga qarshiligim yo'q. Ammo siz men aytmoqchi bo'lgan gapni noto'g'ri tushunibsiz. Men aytmoqchi bo'lgan gap, siyosat va dinga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lgan mavzular ochilmaydi deganman.
To'g'ridan to'g'ri aloqador deganda, masalaning yechimi aynan din yoki siyosatni isloh qilish bilan yakun topadigan mavzularni aytayapman.

Oddiy misolni olaylik:
"Ilmiy tekshirish ishlarida hayvonlarning sinovdan o’tkazilishi noto’g’ri" - ushbu mavzuda na siyosatga, na dinga to'g'ridan to'g'ri aloqadorlik bor. Ammo ishtirokchilar o'z nutqi davomida bemalol Qur'oni Karimdan, hadislardan, qonunchilik tizimidan iqtiboslar keltirishi mumkin. Ya'ni isbot qilish chog'ida din va siyosatga bog'lashi mumkin.

Yoki boshqa misol.
"O'lim jazosini bekor qilish lozim" - ushbu mavzu ancha siyosatga yaqin. Lekin bu mavzuning yechimini siyosatdagi muammolardan izlamaysizku. (agar tirnoq orasidan kir qidiraman desa, "Qishda nega qor yog'mayapti" mavzusidan ham siyosatdagi muammolarni topish mumkin)
Ammo siz ushbu mavzu bo'yicha o'z fikringizni isbotlash uchun albatta dindan va siyosatdan misollar keltirasiz.
Nima demoqchiligimni tushuntira oldimmikin???

Iqtibos
Lekin mavzuni yoping demadim, balki...

Undan ko'ra vaqtni boshqa narsalarga sarflagan ma'qul.
dedim.

Ushbu gapingiz mavzuni yoping degan fikrning qog'ozga o'ralgan varianti-ku.
Men tanqidingizni to'g'ri qabul qildim. Sababi birodarlarini foydasiz ishlardan qaytarishga da'vat qilish har bir musulmonning burchi. Siz ham shuni o'ylab bunga qarshilik qilgansiz. Balki o'rningizda boshqa inson bo'lganda, faqatgina shunchaki postlari sonini ko'paytirish yoki o'zini shu yerdaligini "sezdirish" uchun tanqid qilmoqda deb o'ylagan bo'larmidim. Lekin har holda siz haqingizda emas. Ammo siz aniq biron sabab ko'rsatmayapsiz. Faqat umumiy gaplar...

Mana bu gapingizga esa umuman tushunmadim:

Iqtibos
2 martadan ko'p nutq bo'lmasa, bunaqa "dolzarb muammolar"ni qanday qilib yechmoqchisiz?

Men sizning debatlar haqida bironta ma'lumotga ega emasligingizga ishonmayman. Siz buni mendan ham yaxshi bilsangiz kerak. Balki o'zingiz ishtirok ham etgandirsiz? Ammo butun dunyoda amalda bo'lgan debat tizimiga qarshilik qilayotganingizni tushunolmadim. Nega 2 ta nutqda biron muammoni imkon qadar yechish imkoniyati bo'lmasa, unda "Soros" jamniyati o'tkazadigan debatlar butun dunyoga mashhur. Nega debat foydasiz bo'lsa, unda ushbu o'yin(boshqacha atama topa olmadim) dunyoda millionlab yoshlarni o'ziga birlashtirgan? Xo'sh, nega?
Siz yoki tushunmayapsiz, yoki tushunishni xoxlamayapsiz...

Iqtibos
Lekin ayni savollar borasidagi fikringizni bilgim kelyapti.

Javob yozmoqchi edim. Ammo yuqoridagi sasha63ning mulohazasi deyarli men o'ylagan fikrlarni o'zida aks ettiribdi. Siz bunga ham qo'shilmassiz balki...?!
Nom: Re: ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi
Yuborildi: Shokir63 22 Aprel 2009, 13:18:16
To'g'ri har qanday masalaning oxiri din va siyosatga borib taqaladi. Chunki ularning biri xalqning, biri davlatning ruhini aks ettiradi. Xato tushunilmasin din ruhni aks ettirish uchun berilgan demoqchimasman.

Xalqning din bilan bo'lgan munosabati ijtimoiy hayotda o'z aksini topadi.

Yuqorida ikki forumdosh tomonidan tilga olingan masalalar , muhokoma qilinaverib siyqasi chiqqan bo'lsada, yetarli muhokama qilinmagan.

Bechora darvin insonning yaralishini qancha muhokama qilmadi, lekin haqiqatga erisha oldimi?

Menimcha muhokamaning soniga emas, sifatiga qarash kerak, debat esa sifatni yaxshilashga yordam beradi, chunki qatnashuvchi gapni aylantirmay, konkter misollar bilan, bor yog'i ikki marta fikr bildiradi.

Yana bilmadim, lekin donni ekib ko'raylik, qushlar bir gap bo'lar.
Nom: Re: ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi
Yuborildi: Shokir63 04 May 2009, 18:01:19
debat nima bo'ldi?
Nom: Re: ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi
Yuborildi: imlaah 04 May 2009, 18:51:25
debat nima bo'ldi?

Adashmasam " debat" bahs munozara degani.

P.S. Forumda shor va boshqa bir qancha forumchilar Forumdagi adabiy tilimz degan mavzuda munozara yuritishgan ekan.Adabiy tilku mayli o'zbekcha istelohi bor so'zlarni boshqa tildagi istelohlarini aralashtirilmasa ham bemaol o'zbekcha mazmuni chiroyli so'zlarni aslini  ishlatilsa afzalroq...
Nom: Re: ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 05 May 2009, 11:53:08
rostdanam debat nima bo'ldi? ;)

Bilmadim, nima bo'lganini... Mavzuni ochdim, taklifni berdim, tanqidni oldim. Keyin hamma jim bo'lib ketdi. Endi men uyma-uy yurib, "Debatga nima deysizlar?" deb so'rab yurmaymanku.
Menimcha ancha qiyin loyiha ko'rinadi. Adminimiz ham o'qib ko'raman degandilar, ammo jim... Aslida bu mavzuni o'chirib tashlasakmi deyapman... Yana bilmadim...
Nom: Re: ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi
Yuborildi: Shokir63 05 May 2009, 15:34:43
debat nima bo'ldi?

Adashmasam " debat" bahs munozara degani.

P.S. Forumda shoir va boshqa bir qancha forumchilar Forumdagi adabiy tilimiz degan mavzuda munozara yuritishgan ekan.Adabiy tilku mayli o'zbekcha istelohi bor so'zlarni boshqa tildagi istelohlarini aralashtirilmasa ham bemaol o'zbekcha mazmuni chiroyli so'zlarni aslini  ishlatilsa afzalroq...

Iqtibosni olgandan keyin imlaahga qilgan "zamechaniya"lari uchun raxmat aytay deb, o'sha so'zning o'zbekchasi eslay olmadim.

Imlaah eslatmangiz uchun sizga raxmat. Men ham osha mavzuni o'qidim.

Endi Y_U_R_I_S_T ga taklif kiritmoqchiman. Aniqrog'i, do'stimiz ChexMik ni qo'llab quvvatlamoqchiman.

imlaah tilga olgan "Forumdagi adabiy tilimiz" mavzusini o'qigan kishi adabiy til haqida emas, bizning kichkina masalani hal qila olmaganimiz haqida ma'lumot oladi.
Keling shuni MUNOZARAda (debatda) hal qilaylik. Munozaraning foydasini ko'rsataylik. Tortishuvdan qay darajada yaxshiroq ekanligini isbotlaylik.

Munozara tortishuvning arabchasi emasmi, deyishingiz mumkin, balki shundaydir, lekin bu tilimizning boyligi. O'zbek tili istagan payti arab va fors tillaridagi so'zlardan foydalanishi mumkin, chunki ota-bobolarimiz shu tildagi so'zlardan foydalanib, asarlar yozishgan. Ota-bobolar tilidan voz kechmaymiz-ku, axir.
Nom: Re: ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi
Yuborildi: imlaah 08 May 2009, 03:38:13
 
Iqtibos
Munozara tortishuvning arabchasi emasmi, deyishingiz mumkin, balki shundaydir, lekin bu tilimizning boyligi

 

Munozara so'zi bir fikrni ikki yoki uch kishini orasidagi bahsga nisbatan ishlatilsa adashmasam arab tilidagi mukallima so'ziga to'g'ri keladi.