forum.ziyouz.com

Yurtdosh => Xorijdagi o'zbeklarim => Mavzu boshlandi: Chustiy 12 Aprel 2009, 02:56:59

Nom: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Chustiy 12 Aprel 2009, 02:56:59
 :bs1:

 :as:

Bundan bir necha yil muqqadam, TV, Radio, internet sahifa, oy noma, ro'znomalarda, Vatandan yiroqda yurgan vatandoshlarimizning so'zlarini, Vatan haqida gapirgan gaplarini, sog'inchlarini, o'qib, eshitib, ko'rib hayron qolar edik. Mana endi o'zimiz o'sha vatandoshlarimiz nima demoqchiligini va so'zlarin ma'nosiga tushinib yetmoqdamiz.

Dono halqimiz, bejizga "oldingda o'qqan suvni qadri yo'q" deb aytishmagan ekan, o'sha suvdan kishi uzoqlashgan sari o'sha suvni qadriga yetib borar ekan.

Bu mavzuni boshqa bo'limlarda, umumiy, manaviyat, ma'rifat bo'limlarda ham ochsa bo'lar edi, ammo aynan Vatan Sog'inchini, Vatandan uzoqlashgan kishigina qadriga yetar ekan, shu bois bu mavzuni shu bo'limda ochishga jazm ayladim. Bu mavzu Vatanni qadirga yetadigan va Vatanni sog'inglar uchundir.
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Jalol Ahmad 12 Aprel 2009, 05:21:54
 :as:
Albatda juda zur mavzu ochibsiz chustiy haqiqaddan ham oldindan oqqan suvdi qardi yuq degande gaplar bor edi biz ham shu gaplarnii musofirlikka chiqanda tushunib etdik  hozirda boshqa yurtlada yuribmiz hamma qatori musofirlarga Alloh :jl:dan sabr va iymonimizni butun qilishini surab qolaman .
 :as:
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Jalol Ahmad 20 Aprel 2009, 03:21:32
 :as:ChehMik yuq hozircha Malayziyaga borolmadim
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Shokir63 20 Aprel 2009, 15:05:02
Bu yerda hali bironta o'zbekni uchratmadim.  :(
Xudoga shukrki, mamlakatimiz "Matiz" avtomibilini export qilgan ekan. Har ko'rganda qalbim bir yayrab qo'yadi.  :)
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Jalol Ahmad 21 Aprel 2009, 09:30:19
:as:ChehMik yuq hozircha Malayziyaga borolmadim
boring malayziyagayam :) sizzi bittasi bilan adashtiribman
uzbdan o'zbekcha kinolar oborgandik dvd diskda, hech ko'rgim kemasdi,ko'rmasam ham turolmasdim...:( eh,yommon qiyiney vatan sog'inchi
:ms: Tavsiya etganizdan hursand :) man Malayziyaga amo hali  boraolmasam kere :'(!!! ha siz Malayziyaga sovdo bilan borganmidiz deyman  ???
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Chustiy 21 Aprel 2009, 14:19:14
Iqtibos
Chustiy,yoniozda o'zbeklar ko'pmi?

Ha, ko'p lekin baribir, Vatan sog'inchini yengishga yordam bera olmayapti  :(
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Munavvara 21 Aprel 2009, 17:28:52
Iqtibos
Chustiy,yoniozda o'zbeklar ko'pmi?

Ha, ko'p lekin baribir, Vatan sog'inchini yengishga yordam bera olmayapti  :(

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
Mani musofirlarga havasim kelar edi chunki vatanini dardini sal bo'lsayam o'ylamasdan yuradi deb endi bu postlarni o'qiganimdan keyin ha bar bir inson sog'inmiman degandayam sog'inarkanda vatanni :)

PS: Hurmatli musofirlar biz vatandoshilarni duo qilish eslaringizdan chiqmasin, musofirni duosini tez ijobat bo'larkan InshaAlloh!  ;)
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Chustiy 21 Aprel 2009, 19:04:05
Musofir vatandoshlar, bir maslahat

www.mtrk.uz saytida O'zb TV va Radiolarini onlineda ko'rish eshitish mumkin.

Ba'zi paytlarda shu yerga kirib TV ko'rib o'tiraman.
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Shokir63 22 Aprel 2009, 13:02:49
Uydan chiqayotganimda sog'inishim aniq bo'lan ul go'zal go'shadan nima olay deb o'ylanmadim. Chunki oladiganim aniq edi. Alisher Navoiyning g'azallari. Boburni ham unutmadim.
Zaxiriddin Muhammad Bobur va Alisher Navoiychalik g'urbatta g'arib qoldirmaydigan do'stlar kam uchraydi.
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: ibnUyayna 25 Aprel 2009, 18:19:04
Zaxiriddin Muhammad Bobur va Alisher Navoiychalik g'urbatta g'arib qoldirmaydigan do'stlar kam uchraydi.
  Dunyoda Payg`ambarimiz s.a.v chalik g`arib bo`lgan inson bo`lmasala kere.Yana islomni ilk yillarida sahobalar r.a. juda-juda g`arib bo`lishganla.Shu birorta siyratmi,sahobala to`g`risida kitobmi olvomapsizda?Bu mani fikrim.
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: ibnUyayna 25 Aprel 2009, 18:20:56
Musofir vatandoshlar, bir maslahat

www.mtrk.uz saytida O'zb TV va Radiolarini onlineda ko'rish eshitish mumkin.

Ba'zi paytlarda shu yerga kirib TV ko'rib o'tiraman.
manam.  hozir k`orvoman.multfilm bo`votganakan yoshlarda
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Chustiy 27 Aprel 2009, 00:38:47

 manam.  hozir k`orvoman.multfilm bo`votganakan yoshlarda

Yaqinda yangi "Ma'naviyat (http://mtrk.uz/#ru/content/online/tv/testovyiye_kanal_manaviyat/)" kanali ishga tushdi yaxshi kanal ekan.
Manda nagadur ko'rinmayapti, kecha kompni pereustanovka qilgandim, paqat ovozi eshitlvotti. :(
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Chustiy 27 Aprel 2009, 00:44:55

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
Mani musofirlarga havasim kelar edi chunki vatanini dardini sal bo'lsayam o'ylamasdan yuradi deb endi bu postlarni o'qiganimdan keyin ha bar bir inson sog'inmiman degandayam sog'inarkanda vatanni :)

PS: Hurmatli musofirlar biz vatandoshilarni duo qilish eslaringizdan chiqmasin, musofirni duosini tez ijobat bo'larkan InshaAlloh!  ;)

 :as:

Bekorga, bobokalonizmi Z.M. Bobur "O'zga yurtda shoh bo'lguncha o'z yurtingda gado bo'l" demagan ekanlar.

P/S inshaAlloh sizlar ham duo qilib turinglar
 
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Chustiy 27 Aprel 2009, 01:20:04
соҒиниб сшайман...

титратиб қалбдаги сзгу, иймонни
арзир фидо қилмак тан ила жонни
тунлари боламга билдирмай ҳатто
соғиниб сшайман сзбекистонни!

гулларнинг сарвари ташласа қиё,
унга тикилмакдан қилурман ҳаё.
пойимда тсшалган бслса ҳам дунё
соғиниб сшайман сзбекистонни!

ксзим тушганида кулган нигоҳа
Қслимда гуллаган турфа хил соҳа,
тушларимда кезиб водию воҳа,
соғиниб сшайман сзбекистонни!

туғилган заминдан чиққан бир гардни
олтинга алишмай стган бир мардни,
аёлим тушунмас мандаги дардни
соғиниб сшайман сзбекистонни!

Қалбимни сзғилар турфа химматлар,
сришдек туюлар етук хизматлар,
дастурхоним тсла нозу, неъматлар
соғиниб сшайман сзбекистонни!

инсофи бор кимса ватан демасми,
Ҳамиша слининг ғамин емасми,
Ҳамма ерда тупроқ бир хил смасми,
соғиниб сшайман сзбекистонни!

кулманг ҳолатимга кулгунимгача
гсдак нигоҳидек тслгунимгача...
англадим охири - слгунимгача
соғиниб сшайман сзбекистонни!

хайрулла хамидов
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: ZUBAIR 27 Aprel 2009, 21:00:35
Musofir vatandoshlar, bir maslahat

www.mtrk.uz saytida O'zb TV va Radiolarini onlineda ko'rish eshitish mumkin.

Ba'zi paytlarda shu yerga kirib TV ko'rib o'tiraman.

Ko'rib bo'lmayaptiyu ???
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Jalol Ahmad 28 Aprel 2009, 02:22:30
 :as: Vatandoshlar

Hozir bir websahifada mana bu she'rni o'qib qoldim juda zo'r yozilgan ekan Vatanni sog'ingandan sog'inib ketdim

Эҳ, Париж, Париж, Париж ,
Сен жудаям гўзалсан.
Аммо бизнинг водийга,
Чиройда етолмайсан.

Эйфил гўзал албатта ,
Минораси ҳам баланд,
Аммо Кумуш сулувроқ.
Кўктепаси улуғроқ.

Эҳ , Париж, Париж, Париж,
Сенда иффат сал танқис.
Менинг қишлоғимдачи,
Минглаган сулув ҳур қиз.

Сувларингга бўйладим,
Aнча лойқа тортибди.
Бизнинг тоғли булоқда,
Соф сув оқиб ётибди.

Бордим, кўрдим юзингни,
Сира афсус қилмайман.
Аммо она қишлоғим,
Парижга алмашмайман…

Эҳ , Париж , Париж , Париж…
 :ms:      :jaza:
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Shokir63 29 Aprel 2009, 16:15:24
Ota-onam, qavm-qarindosh sog'inchi salgina o'tdi, bazi-bazida siqib turar qalbimni.
Lekin, "biri" borki sog'inchi tinchlik bermas, qalbimni qilib pora-pora.

Vatanim, minoralaringdan yuksalgan azonlaringni na qadar sog'indim, jumalardagi o'zbegimning hidini naqadar sog'indim...
ortiq yoza olmayman...
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: ZUBAIR 30 Aprel 2009, 23:16:07
Chustiy aka va boshqa userlar, "vatan" deganda nimani tushunasizlar?
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Jalol Ahmad 10 May 2009, 08:23:40
Chustiy aka va boshqa userlar, "vatan" deganda nimani tushunasizlar?
:as:uzur javob berilmabdi uziz bir tushuncha bervorsangiz inshaAlloh yahshi tushuncha bergan bulardingiz Amo Vatan tuygusini tushuntira olasizmi siz ?
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Abdullah_Hayrullah 15 Iyun 2009, 17:08:21
G'urbatda g'arib shodmon bo'lmas emish
El anga shafiqu mehribon bo'lmas emish
Oltin qafas ichra gara qizil gul bitsa
Bulbulg'a tikandek oshyon bo'lmas emish.

  Navoiyning neqadar dardli misralarini endi tushunyapman.
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Abdullah_Hayrullah 15 Iyun 2009, 17:12:49

Vatanim, minoralaringdan yuksalgan azonlaringni na qadar sog'indim, jumalardagi o'zbegimning hidini naqadar sog'indim...

   Kechirasiz, siz qaysi vatan haqida gapiryapsiz? Men uzun zamondan beri vatanim minoralaridan azonlar yuksalishini orzu qilib yashayapman.
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Abdullah_Hayrullah 15 Iyun 2009, 17:24:25
Musofir vatandoshlar, bir maslahat

www.mtrk.uz saytida O'zb TV va Radiolarini onlineda ko'rish eshitish mumkin.

Ba'zi paytlarda shu yerga kirib TV ko'rib o'tiraman.

   Men O'zbekistonda ham O'zTv ga qaramasdim. Ajablandingizmi? Asablarimni asrashga haarakat qilardim. Inson yoshi o'tgan sari tajang bo'lib qolakan.
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Abdullah_Hayrullah 18 Iyun 2009, 02:10:31
                       :as:
Bir majlisda o'tirgandik. O'rtoqlarimizdan biri yosh bolalarini olib kelishgan ekan. Taxminan menim kichik bolachalarim yoshida. Go'dakmasmi hali u yoqqa yugurishadi qiqir-qiqir kulib, hali bu yoqqa... Yonimdan o'tayotganda mahkam ushlab oldim, bag'rimga bosdim, biroz hidladim...Otasi yanlish anglamasin deya tezda qo'yvordim. Bolalarimning hidini u qadar sog'inibmanki... Boshiga tushmagan buni anglamas.
                           :as:
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Mas'ud 30 Iyun 2009, 00:47:50
O'zga yurtda kechgan o'ylar...

"O'zga yurtda shoh bo'lguncha, o'z yurtingda gado bo'l" deb bejiz aytmagan xalqimiz... Ish, o'qish bilan yurtdan tashqarida bo'lishga to'gri keladi... Harakat qilamiz,intilamiz...o'qiymiz...ishlaymiz...lekin.. lekin baribir bir kun kelib ona yurtga qaytish kerakligini ich-ichimizdan xis qilsak-da, buni hammamiz ham tan olgimiz kelmaydi... Hayot esa...to'xtamaydi, o'tib boraveradi... Har o'tgan yil bizlarni tobora yurtga begonalashtirib, o'zga yurtga bog'lab boraveradi...
Yaqinlarni, qon-qarindoshlarni, sinfdoshlarni, qadrdon do'stlarni eslab ich-ichimizdan g'alati sog'inch keladi-yu, kimga aytishni bilmaymiz... Yana o'zimizni ovutib yashayveramiz - "menga shu yerda yaxshi-ku.. Yaxshi o'qiyapman/ishlayapman..Yeganim oldimda, yemaganim ketimda" deb o'zimizni aldab yashayveramiz... soatlar, kunlar, haftalar esa o'tib boraveradi... Onajonimiz, buvijonimiz tizzalariga boshimizni qo'yib bir lahzaga bo'lsa-da, halovat topgimiz keladi... Ukamizga, akamizga yaqin bo'lib, yelkadosh bo'lib yashagimiz keladi... Onajonimiz, otajonimzga ertalab issiq non bilan qaymoq ko'tarib kirib, birga nonushta qilishdek orzuni, yetolmayotgan bo'lsak-da, qilaveramiz... oylar esa...o'taveradi, o'taveradi...
Haftaning ma'lum kuni uyga, yaqinlarimizga telefon qilib, ko'ngillarini ovlagandek bo'lamiz... "Qachon kelasan?" degan savollariga o'qishni, ishni "bahona" qilib, "shularni tugatib olay, boraman" ,- deb va'dalar beramiz... Bilmaymiz-ki, onajonimiz deyarli har kuni, har soatda bizlarni kutib yashaydilar...yonlarida bo'lishimizni judayam-judayam xohlasalar-da, "Mayli, o'glim/qizim, qayerda bo'lsang ham, tinch bo'lsang bo'ldi", -deb (noiloj) javob qaytaradilar... Biz esa, bir qo'ng'iroq qilib ularni "ko'ngillarini olganimiz"dan xursand bo'lib yashashda davom etaveramiz... fasllar almashaveradi...
Magazinda yoki ishxonada bizga g'alati ko'z bilan bilan "nonimni yarimta qilgan kelgindi" qabilida qaragan odamga yeb qo'ygudek bolib o'qrayib qaraymiz, lekin hech nima deyolmaymiz... O'zga yurtda baribir begonadek yashayotganimizni yana bir bor xis qilamiz... ertaga nasib qilsa, oilali bo'lsak, farzandimizni biz yashayotgan jamiyatda, o'zga yurt, o'zga xalq ichida katta bo'lib, tarbiya olishini umuman istamaymiz-u, lekin, nima ham qilardik, biz shu yerda yaxshi o'qiyapmiz/ishlayapmiz..." Shuning o'zi baxtli bo'lish uchun yetarli emasmi", - deb fikr qilamiz... Aslida esa, baxtning makoni ona yurtimizda, ona shahrimizda/qishlog'imizda, onajonimiz, buvijonimzning yonlarida ekani bilmaymiz... Ertalab nonushtaga olib kirilgan qaymoq uchun otamizning ko'ngli ko'tarilib, qilgan duolarida-yu, akamiz-ukamiz bilan yelkadosh bo'lib, kulib, yayrab yashashimizda, qarindoshlar, yaqin do'stlar, sinfdoshlar davrasida, oz bo'lsa-da, rizqimizni terib yurishimizda ekanini bilmaymiz... Umr esa... o'taveradi...o'taveradi...Shu kuyi yashab Olami Boqiyga safar vaqti yetganini ham bilmay qolamiz...Afsus...

(c) Iyun... 2009 yil
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Chustiy 15 Iyul 2009, 01:47:53

Oka, qachon endi Vatanga qaytishni niyat qilyapsiz?   ::)
Odam suhbatizi sog'indi...   ;)
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: ikbaljohn 17 Avgust 2009, 12:54:02
Kop-kotta bollar oh-voh qilasizlar,uyatee  :D

Manam sog'inib ketdim,ota-onamni,uyimni,qarindoshlarni,o'rtoqlarimni,M.Ulug'bek metrodan Chilonzor metrogacha bo'lgan yo'lni,o'zbekchani  :(
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Ansora 17 Avgust 2009, 15:05:40
A.alaykum. Vatan sog'inchini faqat boshidan o'tgan biladi. Xalqimiz bekorga "tabib tabib emas, boshidan o'tgan tabib" demagan. Lekin yana bir tarafi ham bor, Vatanda yurib, qadrini bilmagandan ko'ra uzoqda yashab qadriga yetishni o'rganish ham kerak. Masalan, akam armiya xizmatini hali sovetlar tarqamasdan Germaniyada o'tadi. Qaytib kelgandan keyin shunaqangi o'zgargan ediki, hayron bo'lgandim:) Eng muhimi ota-onamizga bo'lgan muomalasi juda yaxshi tomonga o'zgargan edi.
Faqat biz O'zbeklar sog'inamizmi, deb o'ylagandim. İstanbulda o'qir ekanmiz, Hindistonlik o'rtog'im bor edi. Musulmonlardan. Ha familyasi ham qiziq edi. Qurayshi. Aytishiga qaraganda sulolasi Payg'ambarimizni qavmidan bo'lib, Hindistonga İslom dinini yoyish uchun kelganlardan ekan. Bechora kecha-kunduz yig'lab Hindcha ashulalarini eshitaverardi. Unga bunchalik ko'p eshitma, bu faqat sog'inchingni kuchaytiradi, deb nasihat qildim. Yo'q, tinglamadi meni. Ohiri kasal bo'ldi.
Vatan hasrati bazan shunchalik kuchayib ketadiki, yo'lda ketayotib birdaniga tug'ilib o'sgan ko'chalardan biriga chiqib qoladiganday his qilasiz o'zingizni va yuraverasiz, yuraverasiz... Bazan bir hid sizni oilangizga olib ketadi, yaqinlaringizni yonida o'tirganday his qilasiz....Men choyni piyolada ichaman, bir navi o'zimni yurtimda his qilay deb:)
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Jalol Ahmad 28 Sentyabr 2009, 04:25:10
Musofir yo`l olsa Vatanga.

Musofir yo`l olsa Vatanga,
Yurakkinasi berarmikin dosh,
Majruh qalbi olmasmi alanga,
Ko`zlari-chi!? Ikki chashma yosh.

Vatan olis, Vatan yaqin,
Yana bir kun, bir soat, bir qadam,
Vujud - olov, vujud - to`lqin,
Ming hayajon unda jam.

G`am, anduh, alamlarim,
Vatan yaqin, siz guvoh!
Hijronda singan qalamlarim,
Bugun sizga yurtim qiblagoh!

Ming la`nat senga, firoq,
Derlar "Al-qasos min Al-Haq",
Bugun seni qon yig`latmoq
Menga orom, huzur mutlaq.

Vatanim, men bir musofir,
Senga telba oshiq, devona,
Vatanim, men bir muhojir,
Kelmoqdaman, hajr endi afsona.

Ostonang menga sajdagoh,
Soylaring yuvsin yoshlarim.
Yo`ldaman, Vatan, bo`l ogoh,
Qolmadi endi bardoshlarim!

Musofir Vatanga qo`ysa qadam,
Yurakkinasi to`htab qolmasmikin...
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Rustam Ahun 09 Noyabr 2009, 19:37:10
judayam tasirli sher ekan
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Ansora 09 Noyabr 2009, 19:39:52
judayam tasirli sher ekan

Men odatda bunday she'rlarni o'qimaslikka harakat qilaman...
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Nurzoda 13 Noyabr 2009, 02:42:16
Ehhh...Vatan sog'inchi qanchalar og'ir  :( chet elli go'zal manzarali ko'chalarni hich alishmiman o'zbekistonni chang ko'chalariga o'zingni vataninga yetadigani yo'g'ikan man oldin o'ylirdim betda xayot zo'r hich qachon o'zbekistonga bormasam kerey dib .....lekin kalta o'ylaganikanman hozirgi damda shunaqa vatanni qadri bilinvoti hich kimni vatan sog'inchi dilini o'rtamasin har birimizga o'z vatanimizda ota onamizi bag'rida birga bo'lishlikni Ollohimni o'zi nasib aylasin  :)  
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Jalol Ahmad 14 Noyabr 2009, 01:51:59

Ehhh... ga hojat yuq endi afsusga hojat yuq endi nima bulganda ham musofirlikdasiz inshaAllohu Taolo chiroyli sabru Toqatlar bersin amin. InshaAllohu Taolo ha etgancha Chustiy akamiz boshida vatandi sog'inchini yahsilab tariflaganlar bir bor uqib ko'rin.
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Ummu Muslima 17 Noyabr 2009, 15:37:10
Assalamu aleykum.
chet ellarda yurgan brodarlarimizga tinchlik salomatlik va sabr tilaymiz,

man UZB.da yashab turib ham  vatan sog'inchini his etdim  )

Buhoro- samarqandga ziyoratga oilamiz bn borgan edik,atigi 5 kunga cho'zildi safarimiz,shu 5 kun bilmadim...yil bo'pketdimi..
Buhoro Samarqand juda chiroylik shahar,ziyorathohlar bir biridan go'zal edi...
uzb.ni ichida turib shunchalik holatga tushsam,,,

bronta vodiy mashinasini ko'rib qolsam bormi yig'lavorishim turgan gap edi,
uyga qaytgach yo'l uzra o'ylaniib keldim,,
ha tv orkali "Vatan,vatan,vatan sog'inchi " haqidagi ko'rsatuvlar faqat balandparvoz gaplar emasligiga ishonch hosil qildim,
ALLOH vatanimizni tinch qilsin.
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Nurzoda 17 Noyabr 2009, 16:26:42
Assalamu aleykum.
chet ellarda yurgan brodarlarimizga tinchlik salomatlik va sabr tilaymiz,man UZB.da yashab turib ham  vatan sog'inchini his etdim  )
Buhoro- samarqandga ziyoratga oilamiz bn borgan edik,atigi 5 kunga cho'zildi safarimiz,shu 5 kun bilmadim...yil bo'pketdimi..
Buhoro Samarqand juda chiroylik shahar,ziyorathohlar bir biridan go'zal edi...
uzb.ni ichida turib shunchalik holatga tushsam,,,

bronta vodiy mashinasini ko'rib qolsam bormi yig'lavorishim turgan gap edi,
uyga qaytgach yo'l uzra o'ylaniib keldim,,
ha tv orkali "Vatan,vatan,vatan sog'inchi " haqidagi ko'rsatuvlar faqat balandparvoz gaplar emasligiga ishonch hosil qildim,
ALLOH vatanimizni tinch qilsin.

Ha to'ri etas ....hamma vatandoshlarimga o'z ota onasini bag'rida o'zimizani o'zbekistonimizada yurishlikni Allohni o'zi nasib aylasin ... :)[/b][/color]
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: habar 18 Noyabr 2009, 01:30:52
Xaqiqatdan ham Vatan Vatan ekanda nima ham qilaolardik Risqu ruzimiz shuralarga ham chochilgan ekan Alloh barcha Musulmon brodarlarimizni o'z holiga tashlab quymaganiga shukur.
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Ansora 18 Noyabr 2009, 14:57:17
Men ham İstambulda bir mashinani "Voyyy TİKO'ga rosa o'hshar ekan-aaa" deb mehr bilan tomosha qilgandim : )
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Jalol Ahmad 23 Noyabr 2009, 01:40:41
Men ham İstambulda bir mashinani "Voyyy TİKO'ga rosa o'hshar ekan-aaa" deb mehr bilan tomosha qilgandim : )
Kapalak Tiko ko'ragan bulsez Damaz, Nexiya boru shularni ko'rib hursand bo'lib yurorin amon :D uniham Uzbdan olmagan ekan Koreyadan kelganlari ekan  :'(
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: As-Samarqandiy 26 Dekabr 2009, 00:20:33
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!
Aziz vatandoshim qo'shimcha qilib yozgan gapingizni o'qib ko'zimda yosh qalqidi. Naqadar yoqimli va samimiy so'zlar - "biz vatandoshilarni duo qilish eslaringizdan chiqmasin"! Albatta duo qilamiz, nafaqat yurtdoshlarimizni, balki yurtimizni,yurtboshimizni va jamiki duotalab insonlarni. Har bir mo'min bandani Ollohim hidoyat sari boshlasin va sizga esa ikki dunyo saodatini tilab qolaman.
bitmas to'ganmas mehr muhabbat ila uzoqdan vatandoshingiz!
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: As-Samarqandiy 26 Dekabr 2009, 01:59:26
Оллохимнинг бандаси сизга не булди?
Гам гусса чекмокдасиз, калбга не булди?
Кузлар ёшга тулибди, нурга не булди?
Тинчингиз ёкатибсиз, рухга не булди?
Узга юртда сшамок осонмас албат,
Узга тилда суйламок дилга хуш ёкмас
Узга ерда сшаб фирог чекканда,
Уз рухинг жиловлаб сшаш осонмас.
А­слаб она юртинг багринг сйрайди,
Жаннат иси келгандек дилинг сйрайди,
Сабирга тасниб кунинг утганда
Висолни согиниб рухинг сйрайди.
Муссофир булганлар асли мусулмон,
Она - юрт кадрин билгай - хакикий углон!
Магрур юргинг уксимасин калб, сзилмасин рух
Бу кунлар тезда утиб кетади!
Шод хуррам кунлари етиб келади!
(Muallifi nomalum)
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: uzboy 21 Fevral 2010, 20:13:04
Yuqorida keltirilgan fikrlarni o'qib juda ta'sirlandim va o'zim ham Vatan sog'inchini his qilayotganlardanman.

Qayerda bo'lsam ham O'zbekisotnga aloqasi bor narsaga ko'zim tushib qolsam, fahrlanib yonimdagilarga gapiraman. Ko'pgina baland binolarga chiqsak, u yerda dunyodagi eng baland minoralarni rasmlarni turgan bo'ladi, ko'pchiligida "Toshkent teleminorasi" ham kuchli 10 likda turgan buladi. Albatta rasmga tushirib olaman.

Ko'pgina musulmon davlatlarida odamlar qayerdan san deb surashsa O'zbekistondan desam, Pokiston deb eshitishadi. Chunki oddiy aholi O'zbekiston degan nomni eshitmaganda, faqat ziyolilar biladi. Hech tushunavermagach, Al-Buhoriyni yurtidanman, At-Temiziyni yurtidanman deyman. Shunda juda hurmat qilishganidan, shunday buyuk ulamolar bn bir yurtda tug'ilganimdan fahrlanib ketaman. Shunda ham ko'pchilik, O'rta Osiyodan chiqqan ulamolarni ko'pchilik, arab mamlakatlaridan deb bilishadi.

Ya'qinda internetda birinchi arab tilida gapiradigan robotni ko'rib qoldi, Dubayda ihtiro qilishibdi va unga Ibn Sino deb nom berishibdi. Arab tilida "Qandaysiz" desa "Alhamdulillah yaxshiman, ismim Ibn Sino, Afshonada tug'ilganman" deb gapirib ketdi. http://www.youtube.com/watch?v=OIOtOmyySQo (http://www.youtube.com/watch?v=OIOtOmyySQo)

Ko'pchilik, O'zbekistonni bilavermagach, boshqa bir o'zbek o'rtog'im bilan O'zbekiston haqida mahsus prezentatsiya qilib berdik. Unda to o'sha milodiy davrdan tortib hozirgacha bo'lgan tarihimiz va buyuk ulamo, mashxur kishilar haqida so'zlab berdik. Juda ko'pchilik, usha mashxur olimlarni eshitganu, lekin o'zbekistondan ekanligini haliyam bilmaydi.

Amerikaliklar O'zbekiston  haqida usha mudxish 11 sentyabr voqealaridan keyin Amerika harbiy bazasi O'zbekistonda ochilgach, har kuni televizorda O'zbekiston deb qaytaversihgach bilishganini aytishgan aksariyati. Nechta Janubiy Amerikalarni uchratgan bo'lsam, hammasini O'zbekistonni birinchi marta eshitayotganini va man birinchi o'zbek tanishi ekanligimni aytgan. Shundan dunyo xaritasidan ko'rsatib O'zbekiston haqida gapirib beraman.

Qayerda bo'lsam ham O'zbekiston nomini tanitib, boshqalarda iliq ta'surotlar qoldirayotganligimdan juda hursandman.
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Shokir63 18 Mart 2010, 11:57:38
Bugun forumga shu mavzuni o'qish uchun kirdim, qanchalar sog'indim seni Vatanim. Oq'tivchim menga doim Vatan katta harf bilan yozilmaydi derdi. O'zbekiston bitta shuning uchun katta hatf bilan yoziladi, lekin Vatan unday emas derdi, lekin men bu xatoni 3-4 marta qildim, Vatan so'zini yozar ekanman, Vatan bittadir tushunchasi bor edi.
Bugun esa garchi Uning turdosh ot ekanligini bilsamda katta harf bilan yozdim. Nima bo'lganda ham bu mening jonajon yurtimni ifoda etmoqdaku.
Kecha xayolimga qo'mondon Mulla Alimqul keldi, shunday buyuk kishi haqida hech narsa bilmasligimni angladim, qaniydi tarixchi bo'lsam uning haqidagi barcha ma'lumotlarni to'plasam, eng zo'r yozuvchining qo'liga tutqazsam, eng zo'r tarixiy romanni yozsa, u eng zo'r rejisyor, eng filmga aylantirsa, Dunyoda William Wolosni besh bosadigan qo'mondonim haqida gapirsa, dou qilishsa, lekin na tarixchiman va na yurtimdaman. Ertalab ishga jo'nash uchun kiyinar ekanman, xoyolimga bu ishni farzandim qila olishi haqida fikr keldi, bu Vatanimning kelajak avloddan kutayotgan umidlari edi.
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: Abu Muso 18 Mart 2010, 12:25:49
 :as:

General Chernyaevga qarshi kurashgan,
yurtdoshimiz - Mulla Alimqul haqlarida
mana bu (http://zerrspiegel.orientphil.uni-halle.de/t322.html) erda yaxhsi maqola bor ekan...
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: JaviK 18 Mart 2010, 12:55:12
Vatandan olis bo`lsalar ham , lekin vatandoshlarimiz doim biz forumda birgamiz shunisiga ham shukur, vatan sog`inchi degan so`z eshitsam yoki o`ylasam bobomiz Z.M. Bobur esimga tushani va ko`zim namlanadi. u o`z tanislaridan vafo ko`rmasdam hind sari yuzlanadi. Bir umr Vatan sog`inchi Andijonini sog`ingan bo`lsa ajab emas.

Oz yurtni qo'yib Hind sori yuzlandim,
Yo Rab netayin, bu ne yuz qarolig' bo'ldi.
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: @ASI@ 07 May 2010, 18:13:15
Salom! hamma uzbeklarga! iltimos aytvoriyla anu kanallarni qanday  kursa buladi?????? sog'indiguuuuu
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: registan 07 May 2010, 18:54:51
Salom! hamma uzbeklarga! iltimos aytvoriyla anu kanallarni qanday  kursa buladi?????? sog'indiguuuuu

Wa alaikum salom.

Qaysi kanallarni? Agar telekanallar haqida so'rayotgan bo'lsangiz, www.mtrk.uz saytida ko'rishingiz mumkin.

Yoshlar telekanali: http://www.mtrk.uz/ru/content/online/tv/#ru/content/online/tv/chanal_yoshlar/ (http://www.mtrk.uz/ru/content/online/tv/#ru/content/online/tv/chanal_yoshlar/)

O'zbekiston telekanali: http://www.mtrk.uz/ru/content/online/tv/#ru/content/online/tv/chanel_uzbekistan/ (http://www.mtrk.uz/ru/content/online/tv/#ru/content/online/tv/chanel_uzbekistan/)
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: @ASI@ 09 May 2010, 22:19:45
Assalomu alaykum! voy ochsam ham kursatmadiyu uzr, lekin yna harakat qilib kuraman Raxmat sizga :)
Nom: Re: VATAN SOG'INCHI
Yuborildi: MSJON 18 May 2010, 18:27:22
http://www.mtrk.uz/#ru/content/online/tv/chanal_yoshlar/

http://ru.2onlinetv.com/tv/broadcast.php?id=715
lardan ham ko'rishingiz mumkin.