forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Intellekt => Mavzu boshlandi: Vаrzikiy 14 Aprel 2009, 21:34:10

Nom: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Vаrzikiy 14 Aprel 2009, 21:34:10
Umumta`lim maktablarida o`qitish, ta`lim-tarbiya ishlari sifatini yaxshilash, jumladan, matematika fanidan darsda olingan bilimlarni mustahkamlash, ko`p jihatdan, sinfdan tashqari mashg`ulotlarga bog`liq. Ushbu blogda biz matematikadan bilimlarimizni mustahkamlash maqsadida bir birimizga o`zaro qiziqarli matematik boshqotirmalar, masalalar va qiziqarli savol javoblarni taqdim etishimiz va ularga javob berishimiz mumkin!!!

Demak boshladik!!!

1.Men bir son o`yladim. Uning yarmiga choragini qo`shsak , 18 hosil bo`ladi. Savol: Men qanday son o`ylabman???
2.Bir sutkada soatning minut strelkasi necha marta ustma-ust tushadi???
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Zamiraxon 15 Aprel 2009, 09:05:13
 :as:
Javoblar:
1. 24.
Yechilishi: x/2+x/4=18
     Umumiy mahraj beramiz. 4 -  umumiy mahraj.
              2x+x=72
                   3x=72
                    x=24

2. 12marta
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Erkin01 16 Aprel 2009, 11:09:01
1.       1, 2, 6, 42, 1806, ...    Keyingi sonni toping.
2.       Podshohning ikki maslahatchisi bor ekan: Ali va Vali. Bir kuni podshoh ularning qaysi biri aqlliroq ekanligini sinab ko'rmoqci bo'libdi. Podshoh maslahatchilariga aytibdi: "Men ikki musbat butun son o'yladim. Ularning ko'paytmasi 60 dan kichik. Ko'paytma nechaligini faqat Aliga, u sonlarning yig'indisini esa faqat Valiga aytaman", debdi-yu, Alining qulog'iga ko'paytmani, Valining qulog'iga esa yig'indini aytibdi. "Shu sonlarni toping", debdi podshoh. Birinchi bo'lib, Ali "Men bu sonlarni topolmayman", deya tan olibdi. Shunda Vali "Men ham avval ulrni topolmas edim, lekin Alining topolmaslikka tan berganidan keyin, endi men ularni topdim", debdi. "Unday bo'lsa, men ham endi ularni topdim", debdi Ali. Podshoh ikkala maslahatchining ham donoligiga tan bergan ekan.
          Qani Siz ham shu sonlarni topishga xarakat qilib ko'ringchi? Ehtimol podsho sizga ham qoyil qolar.
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Erkin01 16 Aprel 2009, 11:27:55
1. Rostgo'y doim rost, yolg'onchi doim yolg'on gapiradi, deb faraz qilaylik. Kimdir "Men yolg'onchiman" deb aytdi. Bu gap rostmi yoki yolg'on? 
2. Komandir soldatlar icidan bir sartarosh tayinlab, "Sen soqolini olishni bilmaydiganlarning soqolini olasan, biladiganlar o'zi oladi", deb buyruq beribdi. Sartarosh-soldat o'z soqolini olishi kerakmi yoki yo'qmi?
3. O'g'rini quvib ketayotgan politsiyachi yo'l ikkiga ayrilgan joyda qaysi yo'lga yurishini bilmay to'xtab qoldi. Qarasa, chetda ikki odam turibdi: ularning biri rostgo'y, ikkinchisi esa yolg'onchi. Lekin politsiyachi aynan kim rostgo'yyu, kim yolg'onchiligini bilmaydi. Politsiyachining vazifasi o'g'rini qaysi yol'ga ketganligini tezroq aniqlab olish. Buning uchun u avvalo, kam savol berishi kerak, ikkinchidan savollariga "Ha" yoki "Yo'q" deb javob berish mumkin bo'lsin. Masalan, 2 tagina savol bilan aniqlasin, deb shart qo'ysak, masala ancha oson bo'ladi. Birinchi savol poloitsiyachi javobini o'zi biladigan istagan savol bo'lishi mumkin, masalan, anu osmondagi quyosh, to'g'rimi? degan kabi. Bu savol anu ikki odamning istalgan bittasiga beriladi v javobiga qarab uning rostgo'y yoki yolg'onchiligini bilib olish mumkin. Endi politsiyachi kim rostgo'yyu, kim yolg'onchiligini biladi. Uning ikkinchi savoli "O'g'ri o'ng tarafdagi yo'ldan ketdi, to'g'rimi?" deganga o'xsash bo'lishi mumkin. Politsiyachi ikkinchi savolni ham anu ikki odamning istagan bittasiga berishi mumkin: agar rostgo'yga bergan bo'lsa, uning aytganiga ishonish, yolg'onchiga bergan bo'lsa, ishonmaslik kerak. Shunday qilib politsiyachi 2 ta savol yordamida o'g'rining qaysi yo'lga ketganligini oson aniqlaydi.
   Agar faqat bitta savol berilishiga ruxsat etilsachi? Demak anu ikki odamning istagan bittasiga (va faqat bittasiga) javobi "Ha" yoki "Yo'q" bo'ladigan birgina savol bering va o'g'riniqaysi yo'lga ketganligini aniqlang. 
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Vаrzikiy 18 Aprel 2009, 15:21:57
:as:
Javoblar:
1. 24.
Yechilishi: x/2+x/4=18
     Umumiy mahraj beramiz. 4 -  umumiy mahraj.
              2x+x=72
                   3x=72
                    x=24

2. 12marta
1-javobingiz ya`ni 24 to`g`ri!!!
ammo 2-javobingiz xato to`g`ri javob esa 22marta
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Vаrzikiy 18 Aprel 2009, 15:29:12

Savollar uchun raxmat ammo bu blogda matematik savollar o`rtaga tashlanishi kerak mantiqiy emas!!! Mantiqiy savol-javoblar uchun ham alohida blog mavjud!
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Vаrzikiy 18 Aprel 2009, 15:33:43
Arifmetikaga oid yarim og`zaki viktorina savollari:(http://)

1) Beshta 1 yordamida 100 sonini qanday hosil qilish mumkin?
2)Qanday sonni hech qanday matematik amal bajarmasdan cheksizlik belgisiga aylantirish mumkin?
3)Qanday soat sutkada ikki marta aniq vaqtni ko`rsatadi?
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Zamiraxon 18 Aprel 2009, 20:48:25
1-savolga javob: 111-11=100
2-savolga javob: 8
3-savolga javob: buzuq soat (?)
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Zamiraxon 18 Aprel 2009, 20:49:17
:as:
Javoblar:
1. 24.
Yechilishi: x/2+x/4=18
     Umumiy mahraj beramiz. 4 -  umumiy mahraj.
              2x+x=72
                   3x=72
                    x=24

2. 12marta
1-javobingiz ya`ni 24 to`g`ri!!!
ammo 2-javobingiz xato to`g`ri javob esa 22marta
2-javobni salgina tushuntirib bering, iltimos nimagadir hadeb 12chiqadi menda, judayam osondira?  ??? ::)
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Vаrzikiy 18 Aprel 2009, 21:37:20
1-savolga javob: 111-11=100
2-savolga javob: 8
3-savolga javob: buzuq soat (?)

Judayam to`g`ri
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Vаrzikiy 18 Aprel 2009, 21:42:05
Navbatdagi yarim og`zaki savollar:
1) 10 sonini shunday ikkita songa ajratingki ularning ayirmasi 5 bo`lsin.
2) Qanday 3ta sonning yig`indisi ularning ko`paytmasiga teng?
3) Uchi chiqarilmagan qalamning necha yog`i bor?
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Vаrzikiy 18 Aprel 2009, 21:46:16
DIQQAT!!! USHBU SAVOLLAR O`Z JAVOBINI TOPGANIDAN SO`NG ARIFMETIKAGA DOIR YOZMA VIKTORINALAR UCHUN SAVOL JAVOBLAR VA MASALALAR TANLOVI E`LON QILINADI!!!
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 20 Aprel 2009, 15:15:08
Navbatdagi yarim og`zaki savollar:

2) Qanday 3ta sonning yig`indisi ularning ko`paytmasiga teng?

1, 2, 3
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Vаrzikiy 20 Aprel 2009, 22:58:38
Navbatdagi yarim og`zaki savollar:

2) Qanday 3ta sonning yig`indisi ularning ko`paytmasiga teng?

1, 2, 3
To`g`ri 1,2,3 va -1,-2,-3 endi esa qolgan savollarga javob berishga urunib ko`ring
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Vаrzikiy 23 Aprel 2009, 21:24:28
Diqqat Javoblar E`lon Qilinadi:
1) 10 sonini shunday ikkita songa ajratingki ularning ayirmasi 5 bo`lsin. Javob: 7.5-2.5=5
2) Qanday 3ta sonning yig`indisi ularning ko`paytmasiga teng?
Javob:1,2,3 va -1,-2,-3
3) Uchi chiqarilmagan qalamning necha yog`i bor? Javob: 8ta
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Vаrzikiy 23 Aprel 2009, 21:41:42
DIQQAT!!! DIQQAT!!!
ARIFMETIKAGA DOIR YOZMA VIKTORINALAR UCHUN SAVOL VA MASALALAR
1) Shunday ikki sonni topingki, ularning ko`paytmasi 28 bo`lib, kattasini kichkinaga bo`lganda ham 28 chiqsin!
2) To`rtta besh raqami va arifmetik ishoralar yordamida 100 hosil qiling!
3)1,2,3,4,5 raqamlar orasiga arifmetik amallar ishoralarini shunday qo`yingki natijada 100 hosil bo`lsin!
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Abdullоh 24 Aprel 2009, 18:00:59
 :as:

1) 28 va 1
2) (5*5-5)*5=100
3) (1*2+3)*4*5=100
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Abdullоh 24 Aprel 2009, 18:03:52
Masala:

Shilliqqurt 10 m lik yog'ochga chiqmoqda. U har kuni kunduzi 1 m yuqoriga chiqadi va kechgacha 0,5 m pastga tushadi. Savol: u necha kundan keyin yog'ochning ustiga chiqadi?
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Aprel 2009, 18:10:57
Javob: 19 kunda manziliga etadi.
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Abdullоh 25 Aprel 2009, 16:32:38
Javob: 19 kunda manziliga etadi.

Afsus, javob noto'g'ri. Birodar abiturientlik damlaridagi shijoat yo'qolganmi?  ;)
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: ZUBAIR 25 Aprel 2009, 19:20:58
Masala:

Shilliqqurt 10 m lik yog'ochga chiqmoqda. U har kuni kunduzi 1 m yuqoriga chiqadi va kechgacha 0,5 m pastga tushadi. Savol: u necha kundan keyin yog'ochning ustiga chiqadi?

15 kunda
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Vаrzikiy 25 Aprel 2009, 19:56:35
:as:

1) 28 va 1
2) (5*5-5)*5=100
3) (1*2+3)*4*5=100

To`ppa to`g`ri. Alloh ilmizzi ziyoda qilsin! :D
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Vаrzikiy 25 Aprel 2009, 19:59:48
Masala:

Shilliqqurt 10 m lik yog'ochga chiqmoqda. U har kuni kunduzi 1 m yuqoriga chiqadi va kechgacha 0,5 m pastga tushadi. Savol: u necha kundan keyin yog'ochning ustiga chiqadi?
Javob: 15 kunda  (10*0,5=5 10*1=10 10+5=15)
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Abdullоh 26 Aprel 2009, 15:18:06
Javob: 19 kunda manziliga etadi.

Afsus, javob noto'g'ri. Birodar abiturientlik damlaridagi shijoat yo'qolganmi?  ;)

To'g'ri javob aslida 19-kuni kunduzi bo'lishi kerak. Javobga izoh berib o'tsam:

Ko'rinib turibdiki, shilliqqurt bir-kecha kunduzda atigi 0,5 m yuqoriga yurmoqda (Kunduzi 1 m yuqoriga chiqib, kechqurun 0,5 m pastga tushadi). Demak, bundan 18 kundan so'ng, kechqurun u 9-metrda to'xtaydi. Va ertasi kuni - 19-kuni u yog'ochning ustiga chiqadi. Demak, to'g'ri javob - 19-kuni kunduzi.

Akbarning ham javobi bunday olib qaraganda to'g'ri. Lekin shilliqqurt 19-kundan so'ng, ya'ni 19-kuni kechqurun 9,5 m da turadi.  ;)

Bu savolni berishimdan maqsad, bu savol Matematikadan Axborotnoma savollarida ham bor edi. Unda oz-muncha anglashilmovchilik, ya'ni so'z o'yini ketgan.
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Abdullоh 26 Aprel 2009, 15:20:53
Savol:

1) 1 dan 100 gacha natural sonlarning ko'paytmasi nechta nol bilan tugaydi?

2) 1 dan 1000 gacha natural sonlarning ko'paytmasi nechta nol bilan tugaydi?

3) 1 dan N gacha natural sonlarning ko'paytmasi nechta nol bilan tugaydi
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 27 Aprel 2009, 20:15:03
Ushbu mavzuni Intellekt bo'limiga ko'chiringlar!!!
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Abdullоh 30 Aprel 2009, 17:06:08
Ushbu mavzuni Intellekt bo'limiga ko'chiringlar!!!

Adashmasam, bungacha ham bu mavzu qayerdandir ko'chirilgan ekan-ku?
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Vаrzikiy 30 Aprel 2009, 23:27:21
Ushbu mavzuni Intellekt bo'limiga ko'chiringlar!!!

Adashmasam, bungacha ham bu mavzu qayerdandir ko'chirilgan ekan-ku?
To`g`ri adashmadingiz bu mavzu Darsxona bo`limida yaratilgan!
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Vаrzikiy 30 Aprel 2009, 23:31:58
Savol:  
Uzunligi 36 metr bo`lgan chitni sotuvchi har qaysi xaridorga 3 metrdan sotdi. Sotuvchi chitni necha marta kesgan?
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Abdullоh 01 May 2009, 17:43:12
Savol:

1) 1 dan 100 gacha natural sonlarning ko'paytmasi nechta nol bilan tugaydi?

2) 1 dan 1000 gacha natural sonlarning ko'paytmasi nechta nol bilan tugaydi?

3) 1 dan N gacha natural sonlarning ko'paytmasi nechta nol bilan tugaydi

Mayli, savollarga o'zim javob bera qolay:

1. 100!=1*2*3*...*99*100 ifoda 24 ta nol bilan tugaydi.

2. 1000!=1*2*3*...*999*1000 ifoda 249 ta nol bilan tugaydi.

3. N!=1*2*3*...*(N-1)*N ifoda
X=[N/5]+[N/25]+[N/125]+[N/625]+...+[N/5n]+...

X ta nol bilan tugaydi. Bu yerda:

N! - N faktorial, ya'ni 1 dan N gacha bo'lgan natural sonlarning ko'paytmasi.
[A] - A sonning butun qismi; Masalan, [7,6]=7

Yuqoridagi formulada maxrajda 5 ning darajalari keladi va u N dan katta bo'lib ketguncha davom ettiriladi. Masalan, 2-misolning yechimi quyidagicha topiladi:

X=[1000/5]+[1000/25]+[1000/125]+[1000/625]=200+40+8+1=249. Ishni 54 bilan to'xtadik, chunki 55=3125 va u 1000 dan katta.
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Abdullоh 01 May 2009, 17:51:42
Savol:  
Uzunligi 36 metr bo`lgan chitni sotuvchi har qaysi xaridorga 3 metrdan sotdi. Sotuvchi chitni necha marta kesgan?

36 m lik materialni o'rtasidan bir buklab, qirqamiz -->1 marta buklash. U 18 m lik ikki bo'lakka ajraydi. Endi har ikkala 18 m lik bo'lakni o'rtasidan buklaymiz va qirqamiz --> 2 marta buklash. 4 ta 9 m lik material hosil bo'ladi. Endi har bir 9 m lik materialni ikki buklash orqali, ya'ni ---|---|--- shaklida 3 m lik bo'laklarga ajratamiz --> 8 ta buklash. Umumiy javob, 1+2+8=11 marta buklanadi.
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Vаrzikiy 09 May 2009, 12:47:42
 DIQQAT YANGI SAVOLLAR
MAVZU: MATEMATIKA TARIXI
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Vаrzikiy 09 May 2009, 12:54:13
Savollar:

1) Birinichi matematik ayol kim va u qachon yashagan???
2) Birinchi "Hisoblash markazi" kim tomonidan va qayerda tashkil qilingan?
3) Hozir biz foydalanayotgan raqamlar qanday raqamlar va ularni biz nega arab raqamlari deb ataymiz???
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Abdullоh 10 May 2009, 12:28:23
Savollar:

1) Birinichi matematik ayol kim va u qachon yashagan???
2) Birinchi "Hisoblash markazi" kim tomonidan va qayerda tashkil qilingan?
3) Hozir biz foydalanayotgan raqamlar qanday raqamlar va ularni biz nega arab raqamlari deb ataymiz???

3. Hozirda biz foydalanayotgan 0-9 raqamlar aslida Hind raqamlari hisoblanadi. Adashmasam ularning arab raqamlari deyilishiga sabab, sonlarni hosil qilishda arablarning usulidan foydalanganligi uchun bo'lsa kerak. Masalan, 10 sonini hosil qilish uchun vatandoshimiz Al-Xorazmiy 1 raqamining oldiga 0 raqamini qo'ygan va uni "O'n" deb atagan. Shu bilan bu raqamlar Arab raqamlari deb nomlana boshlangan. Hindlar aslida 10 dan katta sonlarni yozishni bilmagan. Vallohu a'lam!
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Vаrzikiy 10 May 2009, 14:11:29

Javobingiz to`g`ri. Javobingizga qo`shimcha kiritaman: hind raqamlarini yevropa va osiyoga arablar tarqatishgan!
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Vаrzikiy 11 May 2009, 22:44:32
Javoblarni E`lon  qilamiz!!!
1-Javob: Birinchi matematik ayol Gipatiya eramizning V asrida yashagan
2-Javob:
Birinchi "Hisbolash Markazi" bobokalonimiz  Mirzo Ulug`bek tomonidan Samarqandda tashkil qilingan!
3-Javob: Hozir biz foydalanayotgan raqamlar hind raqamlari va ularni yevropa va osiyoga arablar tarqatishgan shuning uchun biz ularni arab raqamlari deb ataymiz!
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Vаrzikiy 16 May 2009, 20:04:47
Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar davom etadi:
1. Bir kilometr  bir metrdan ming marta katta bo`lsa, 50 kilometr 50 metrdan necha marta katta bo`ladi.[^]
2. Bir tayoqning ikkita uchi bo`lsa, bir yarimta tayoqning nechta uchi bor? [^]
3. Bir bola yigirmadan yigirma ikkini ayirib sakson sakkiz chiqardi. U amalni qanday bajargan? [^^]

                                                                                                     ^^^-misolning qiyinlik darajasi
                                                            (Masalan [^] bo`lsa oson [^^] o`rtacha [^^^] bo`lsa qiyin)
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Shokir63 19 May 2009, 21:12:31
1. 1000 marta  :D
2. 4 ta  :D

matimatik emasman :)
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Abdullоh 20 May 2009, 15:53:34
Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar davom etadi:
1. Bir kilometr  bir metrdan ming marta katta bo`lsa, 50 kilometr 50 metrdan necha marta katta bo`ladi.[^]
2. Bir tayoqning ikkita uchi bo`lsa, bir yarimta tayoqning nechta uchi bor? [^]
3. Bir bola yigirmadan yigirma ikkini ayirib sakson sakkiz chiqardi. U amalni qanday bajargan? [^^]

                                                                                                     ^^^-misolning qiyinlik darajasi
                                                            (Masalan [^] bo`lsa oson [^^] o`rtacha [^^^] bo`lsa qiyin)

3. Adashmsam, u bola 20 ni Rim raqamida yozgan: XX - 20. 22 ni esa oddiy arav raqamida yozgan va ustun shaklida ayirsak:
 XX
-
 22
 88
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Abdullоh 20 May 2009, 15:58:11
Yangi savol:

Bir kilometr bir metrdan ming marta katta bo'lsa, u holda 50 kilometr kvadrat 50 metr kvadratdan necha marta katta?
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Vаrzikiy 23 May 2009, 16:47:41
3. Adashmsam, u bola 20 ni Rim raqamida yozgan: XX - 20. 22 ni esa oddiy arav raqamida yozgan va ustun shaklida ayirsak:
 XX
-
 22
 88

To`g`ri!!!
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Abdullоh 26 May 2009, 17:18:25
Yangi savol:

Bir kilometr bir metrdan ming marta katta bo'lsa, u holda 50 kilometr kvadrat 50 metr kvadratdan necha marta katta?
Bir hafta bo'pti. Qiziq hech kim javob yozmabti. Tushunaman, hozir issiqda. Yoshlar issiqda bosh qotirgisi kelmaydi   :D

Mayli, javobini o'zim yozishga harakat qilaman.

Javob: 50 kilometr kvadrat 50 metr kavdratdan 10002=1 000 000 marta katta ekan...
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Ozodbek. 22 Sentyabr 2009, 02:01:44
Iqtibos
Umumta`lim maktablarida o`qitish, ta`lim-tarbiya ishlari sifatini yaxshilash, jumladan, matematika fanidan darsda olingan bilimlarni mustahkamlash, ko`p jihatdan, sinfdan tashqari mashg`ulotlarga bog`liq. Ushbu blogda biz matematikadan bilimlarimizni mustahkamlash maqsadida bir birimizga o`zaro qiziqarli matematik boshqotirmalar, masalalar va qiziqarli savol javoblarni taqdim etishimiz va ularga javob berishimiz mumkin!!!

Demak boshladik!!!

1.Men bir son o`yladim. Uning yarmiga choragini qo`shsak , 18 hosil bo`ladi. Savol: Men qanday son o`ylabman???
2.Bir sutkada soatning minut strelkasi necha marta ustma-ust tushadi???

Menimcha xurmatli Varzikiy 1.savolni javobi 24
ikkinchisni bilmadim
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: elmurodx 23 Oktyabr 2010, 11:32:57
birinchisini javobi 24, ikkinchisini javobi 1440 marta ustma ust tushadi
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Alloma 19 May 2011, 18:03:55
nimaga hech kim matematikaga qiziqmay qo'ygan yo man adashim esli saytga kirib qoldimmi???
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Muhammad Yusuf 26 Iyun 2011, 21:36:01
Yangi savol :

1. Uchburchakning bir uchi kesib tashlansa, uning yana nechta burchagi qoladi ?

Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: azizbek_mx 27 Iyun 2011, 07:00:16
Yangi savol :

1. Uchburchakning bir uchi kesib tashlansa, uning yana nechta burchagi qoladi ?

agar qog'ozda tasavvur qilsak, bitta uchburchak va bitta to'rtburchak qoladi
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Muhammad Yusuf 27 Iyun 2011, 08:02:17
 To'g'ri javobiz uchun rahmat !

Yangi savol:

1. Uchta to'qqiz raqamidan foydalanib eng katta soni hosil qiling.
Masalan: 9 * 99 = 891.
Hosil bo'lgan son 891 .
Barchaga omad.
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: azizbek_mx 27 Iyun 2011, 08:53:47
999
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: registan 27 Iyun 2011, 10:55:33
9^9^9
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Muhammad Yusuf 27 Iyun 2011, 12:47:16
Javoblariz uchun rahmat.

Javob :    darajaning darajisi ko'rinishida yoziladi, ya'ni :   
    9
  9
9  shundagina eng katta son hosil bo'ladi. Masalan 9ning 2-darajasi 81.
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Abdul_Malik 27 Iyun 2011, 15:41:20
Savol:
Yakshanba kuni ertalab soat 6:00 da shilliqqurt daraxt bo'ylab teppaga harakat qila boshladi. Kun davomida, ya'ni kech soat 18:00 gacha u 5 mt. balandlikka ko'tarildi. Tunda 2 mt pastga tushdi. Haftaning qaysi kuni soat nechada shilliqqurt 9 mt.lik balandlikni zabt etadi? (U doim bir xil tezlikda harakat qilgan :))
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Muhammad Yusuf 27 Iyun 2011, 16:47:35
Javob :

1kun : 5m tepaga 2m pastga 3mga chiqadi
2kun: 3mdan 5m tepaga 2m pastga 6mga chiqadi
3kun: 6mdan 5m tepaga 2m pastga 9mga chiqadi.
Javob 3 kunda .
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Abdul_Malik 27 Iyun 2011, 17:08:28
Javob :

1kun : 5m tepaga 2m pastga 3mga chiqadi
2kun: 3mdan 5m tepaga 2m pastga 6mga chiqadi
3kun: 6mdan 5m tepaga 2m pastga 9mga chiqadi.
Javob 3 kunda .

Savolga yaxshilab e'tibor bering (Haftaning qaysi kuni soat nechada?)
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Muhammad Yusuf 27 Iyun 2011, 17:39:26
Haftaning chorshanba kuni ertalab soat 06:00 da.
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: registan 27 Iyun 2011, 18:41:14
Manimcha Seshanba kuni soat 13:12 bo'lsa kerak.
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Abdul_Malik 27 Iyun 2011, 19:46:53
Manimcha Seshanba kuni soat 13:12 bo'lsa kerak.

Registanning javobi to'g'ri.
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Abdul_Malik 27 Iyun 2011, 20:47:36
Yangi savol:
Bu sonlarning orasiga to'qqizta plyus yoki minus ishorasini shunday quyingki, ifodaning javobi to'g'ri chiqsin:
0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 = 1
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: registan 27 Iyun 2011, 22:15:59
Agar savolni to'g'ri tushungan bo'lsam:

0-1-2-3-4-5+6-7+8+9=1

yoki

0+1+2+3+4+5-6-7+8-9=1

yoki

0-1+2+3+4+5-6-7-8+9=1

...

Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Abdul_Malik 27 Iyun 2011, 23:54:27
Javoblar to'g'ri, muhimi 23-22=1 ifodani tuzolsangiz bo'ldi, qolgan kombinatsiyangizga bog'liq.
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Abdul_Malik 28 Iyun 2011, 20:55:45
     Uch kishi 30 so'mga tushlik qilishdi. Ular ketishgandan so'ng kafe xo'jaini tushlik narhi 30 so'm emas 25 so'm ekanligini payqab qoldi va o'sha yerdagi bir yosh bolani qo'liga 5 so'm berib ularning orqasidan jo'natdi. Xurrandalarning har biri o'zlariga 1 so'mdan olishdi va 2 so'mni bolaga qaytarib berishdi.Bundan chiqdi, har bir kishi tushlik uchun 10 so'mdan emas 9 so'mdan to'lashgan. Ular 3 kishi: 3x9=27, yana 2 so'm bolada: 27+2=29.
    Savol 1 so'm qayerga g'oyib bo'ldi?
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: registan 28 Iyun 2011, 22:42:20
Bu yerda restoran egasi va xo'randalar orasidagi old-berdini hisoblanayotgan bo'lsa boladagi ikki so'm qo'shilib chalg'itilyapti. Aslida esa bunaqa bo'lishi kerak:

3*9-2+5=30

9 - Har bir xo'randa tushlik uchun to'lagan haq.
2 - Boladagi pul.
5 - Xo'jayinning bolaga bergan qaytimi.

Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Abdul_Malik 29 Iyun 2011, 10:57:56
Bu yerda restoran egasi va xo'randalar orasidagi old-berdini hisoblanayotgan bo'lsa boladagi ikki so'm qo'shilib chalg'itilyapti. Aslida esa bunaqa bo'lishi kerak:

3*9-2+5=30

9 - Har bir xo'randa tushlik uchun to'lagan haq.
2 - Boladagi pul.
5 - Xo'jayinning bolaga bergan qaytimi.

To'g'ri, bu aslida sal chalg'ituvchi topishmoq edi: Xo'randalar 25 so'm tushlik uchun kafe ho'jainiga, 2 so'm bolaga berishgan.
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Abdul_Malik 30 Iyun 2011, 17:25:53
        Ilhom bozordan 1 kg.lik tarvuz olib keldi. Tarvuz 99% suvdan iborat edi. Ilhom tarvuzni quyoshda unutib qoldirdi va keyin tarvuz 98% suvdan iborat bo'lib qoldi. Savol: quyoshda qolib ketgandan keyin tavuzning og'irligi necha kg bo'lgan?
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: registan 30 Iyun 2011, 21:42:42
500gr :)
Nom: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Abdul_Malik 30 Iyun 2011, 23:34:04
Javob mutlaqo to'g'ri !!!
Nom: Javob: Re: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: sadikov 04 Fevral 2017, 13:34:37
1. Rostgo'y doim rost, yolg'onchi doim yolg'on gapiradi, deb faraz qilaylik. Kimdir "Men yolg'onchiman" deb aytdi. Bu gap rostmi yoki yolg'on?  bunaqa gap bo`midi
2. Komandir soldatlar icidan bir sartarosh tayinlab, "Sen soqolini olishni bilmaydiganlarning soqolini olasan, biladiganlar o'zi oladi", deb buyruq beribdi. Sartarosh-soldat o'z soqolini olishi kerakmi yoki yo'qmi?  o`zini soch soqolini oladi
3. O'g'rini quvib ketayotgan politsiyachi yo'l ikkiga ayrilgan joyda qaysi yo'lga yurishini bilmay to'xtab qoldi. Qarasa, chetda ikki odam turibdi: ularning biri rostgo'y, ikkinchisi esa yolg'onchi. Lekin politsiyachi aynan kim rostgo'yyu, kim yolg'onchiligini bilmaydi. Politsiyachining vazifasi o'g'rini qaysi yol'ga ketganligini tezroq aniqlab olish. Buning uchun u avvalo, kam savol berishi kerak, ikkinchidan savollariga "Ha" yoki "Yo'q" deb javob berish mumkin bo'lsin. Masalan, 2 tagina savol bilan aniqlasin, deb shart qo'ysak, masala ancha oson bo'ladi. Birinchi savol poloitsiyachi javobini o'zi biladigan istagan savol bo'lishi mumkin, masalan, anu osmondagi quyosh, to'g'rimi? degan kabi. Bu savol anu ikki odamning istalgan bittasiga beriladi v javobiga qarab uning rostgo'y yoki yolg'onchiligini bilib olish mumkin. Endi politsiyachi kim rostgo'yyu, kim yolg'onchiligini biladi. Uning ikkinchi savoli "O'g'ri o'ng tarafdagi yo'ldan ketdi, to'g'rimi?" deganga o'xsash bo'lishi mumkin. Politsiyachi ikkinchi savolni ham anu ikki odamning istagan bittasiga berishi mumkin: agar rostgo'yga bergan bo'lsa, uning aytganiga ishonish, yolg'onchiga bergan bo'lsa, ishonmaslik kerak. Shunday qilib politsiyachi 2 ta savol yordamida o'g'rining qaysi yo'lga ketganligini oson aniqlaydi.
   Agar faqat bitta savol berilishiga ruxsat etilsachi? Demak anu ikki odamning istagan bittasiga (va faqat bittasiga) javobi "Ha" yoki "Yo'q" bo'ladigan birgina savol bering va o'g'riniqaysi yo'lga ketganligini aniqlang.  "agar man sherigindan o`g`ri qaqqa ketti db so`rasam u nima db jovob beradi" dgan sovol beriladi
Nom: Javob: Matematikadan Sinfdan tashqari ishlar va Qiziqarli matematik savol javoblar!!!
Yuborildi: Majidov Murodjon 30 Oktyabr 2018, 12:37:57
Podshohning ikki maslahatchisi bor ekan: Ali va Vali. Bir kuni podshoh ularning qaysi biri aqlliroq ekanligini sinab ko'rmoqci bo'libdi. Podshoh maslahatchilariga aytibdi: "Men ikki musbat butun son o'yladim. Ularning ko'paytmasi 60 dan kichik. Ko'paytma nechaligini faqat Aliga, u sonlarning yig'indisini esa faqat Valiga aytaman", debdi-yu, Alining qulog'iga ko'paytmani, Valining qulog'iga esa yig'indini aytibdi. "Shu sonlarni toping", debdi podshoh. Birinchi bo'lib, Ali "Men bu sonlarni topolmayman", deya tan olibdi. Shunda Vali "Men ham avval ulrni topolmas edim, lekin Alining topolmaslikka tan berganidan keyin, endi men ularni topdim", debdi. "Unday bo'lsa, men ham endi ularni topdim", debdi Ali. Podshoh ikkala maslahatchining ham donoligiga tan bergan ekan.
          Qani Siz ham shu sonlarni topishga xarakat qilib ko'ringchi? Ehtimol podsho sizga ham qoyil qolar.
       
    Savolning javobi 2 va 3. Podshoh Alining qulog'iga 6, Valinikiga 5 degan