forum.ziyouz.com

Yurtdosh => Hamyurtlar => Andijon viloyati => Mavzu boshlandi: Robiya 25 Aprel 2009, 14:56:37

Nom: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Robiya 25 Aprel 2009, 14:56:37
:bs1:

 :as:

Aziz yurtdoshlar,forumdoshlar!

Ushbu mavzuda andijonliklar va ularning urf-odatlari bilan va boshqa o'zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin. O'ylaymizki, andijonliklar javob berishadi.

Birinchi savolni o'zim bersam. Hozir ayni to'y mavsumlari boshlanish arafasida... Andijonda to'y bilan bog'liq qanday urf-odatlar bor? Shular haqida o'rtoqlashsangiz.
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Abdullоh 25 Aprel 2009, 16:29:49
 :as:

Savolingizga javob berishga urinib ko'raman. Bizning Andijonda to'ylar juda katta harakat va quvonch bilan o'tkaziladi. Ayniqsa to'y bo'ladigan honadonning qo'shnilari bir hafta oldin yordam berishga chiqishadi.

Umuman olganda to'ylarni xalq ikki guruhga bo'lib olishgan: islomiy va dunyoviy. Men o'zim yoshligimda ko'p to'y marosimlariga borganman. Keling avvalo dunyoviy to'ylar haqida gapirsam:
Bizda Toshkentga o'xshab maxsus to'yxonada va faqat taklif qilinganlar bilan to'y o'tkazilmaydi. To'yga butun qishloq keladi. (Bu ko'proq qishloq joylarda). Shahar joylarda asta-sekinlik bilan to'ylarimiz Toshkentdagi kabi o'zgarib bormoqda. Qishloqlarda to'y bo'lyapti desa, butun qishloq ko'chib boradi. O'rtaga sahna tuzaladi va to'rida kelin-kuyov ikkitadan ortoq va dugonasi bilan o'tiradi. Hofizlar ancha oldin kelib xizmatni boshlashadi. To'y boshlanishida kelinning dugonalaridan biri yoki maxsus ayol kishi kelin salom aytadi. Salomdan so'ng ular o'z joylariga o'tirishadi. Odatda davrani kuyovning o'rtoqlaridan biri va kelinning o'rtoqlaridan biri olib boradi. Ayrim to'ylardagina maxsus boshlovchi-o'rtakash yollanadi. Davra olib boruvchilarni "rais" deyishadi. Ular birma-bir har ikki tarafdan kelin-kuyovni tabriklash uchun so'z navbatini berishadi. Har bir so'zga chiqqan inson tabrik so'zidan so'ng, davrada so'zning isbotida tarzida bir juft qo'shiqqa o'ynab beradi. Agar hofiz Ozodbek Nazarbekovga o'xshaganlari bo'lsa, ba'zan davrdan chiqmayman ham deb turib olishadi  :) O'z navbatida qistir-qistir ham bo'ladi. Kelin-kuyov ham har bir davrada o'ynayotganga pul uzatadi. Ko'pincha davrada raqs tushayotgan inson raqs tugaganidan so'ng qo'liga qistirilgan pullarni hofizlarning oldiga tashlab ketadi. Yoki (adashmasam, hozirgi kunda bu odat hamma joyda bo'lsa kerak) kichkinagina doirachi bolakay kelib o'ynayotganlardan pulni yig'ishtirib ketadi. Shu tarzda tabriklar davom etadi. Bazm cho'qqiga chiqqanda kuyovning ota-onasiga so'z beriladi. Kelin va kuyov chiqib ular raqsga tushayotganda pul qistirishadi. Va nihoyat 3-4 soatdan so'ng to'y bazmi nihoyasiga yetgach, kelin va kuyov davrani tark etadi. Birozdan so'ng kuyov qaytib chiqadi va u har bir o'rtog'i bilan sho'x qo'shiqlarga o'ynaydi. Oxirida kuyovning o'rtoqlari bir belbog'ni tarang tortib turishadi, kuyov esa uni tepib yoki qo'l bilan urib yirtadi. Bu kuyovning qo'rqmas, jasur ekanligini bildiradi. Shu tarzda toy nihoyasiga yetadi. Bunday to'ylarda odatda oz-moz janjallar ham bo'lib turadi. So'z ustasi rahmatli Hojiboy Tojiboev aytganlaridek, to'ydan so'ng to'y egalari hatto mening to'yimda mana bunday janjal, mushlashish bo'ldi deb maqtanib ham qo'yishadi.

Endi oz-moz islomiy to'ylar haqida gapirsam. To'g'risini aytsam shu paytgacha biron marta islomiy to'yda qatnashmaganman. InshaAlloh qatnashib qolarman. Dadamlar bunday to'ylarda tez-tez qatnashib turadi. U kishi ko'proq uzoq joylarga shunday to'ylarga taklif qilinadi. Dadamning aytishicha bunday to'ylar o'zgacha bir fayz bilan o'tadi. To'yda hech qanday hofizlar ishtirok etmaydi. Uning o'rniga kuchli domlalar kelib ma'ruza qilishadi. Quvonarli tomoni shundaki ma'ruzani ham ancha-muncha odam eshitadi. Lekin unga amal qilishi haqida hech narsa deya olmayman. Hatto islomiy to'ylarga Toshkentdan ham domlalar chaqirilib turadi. Ba'zan Hayrulla akani ham ko'rib qolishingiz mumkin. Allohga shukr bunday to'ylar ham asta-sekin ko'payib bormoqda.

Meni quvontirgan tomoni bizda to'ylarda ilgari katta isrofgarchilik, ya'ni "ZAGS" degan narsa bo'lardi. Unda har bir to'y egasi kim o'zarga mashinalar karvonini tayyorlardi va Andijon bo'ylab, yoki tuman bo'ylab aylanib chiqishardi. Eshitishimcha yaqin iki yildan beri bular kamaygan, chunki qandaydir buyruq bo'lganmi, anig'ini bilmadim.

P.S. Qo'limdan kelgancha Andijonning to'ylarini tariflashga harakat qildim. Ammo Andijonning har bir yeridagi to'ylar, undagi urf-odatlar bir-biridan farq qilishi mumkin.
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: ZUBAIR 25 Aprel 2009, 19:06:18
:as:
Abdullohni fikrlariga qo'shimcha qilgan xolda,Yana bizda ilgari avtobusda kelinni  olib ketayotganda, ko'pgina bolalar ko'chani boshida bir-birini qo'lini ushlab busni yo'lini to'sib olishadi.  :) toki har-bir bolani qo'liga pul tegmaguncha. Kelin yetib borgandan keyin kelinni ukasi yoki biron kishisiga (yosh bola bolishi kerak) pichoq va soat berilardi. (Hozir pul beradigan bo'lib ketishgan =) ) Agar berilmasa kelinni qaytarib olib ketaman deb "qo'rqitadi" :7 To'yni ertasi kuni kelinni ko'rgani kirgan bolalarga ro'molcha, qiz bolalarga esa ro'mol beriladi. Hozir bularni hammasi sekin-asta yo'qlib ketyapti.
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: ZUBAIR 25 Aprel 2009, 19:10:15
Endi oz-moz islomiy to'ylar haqida gapirsam. To'g'risini aytsam shu paytgacha biron marta islomiy to'yda qatnashmaganman. InshaAlloh qatnashib qolarman.

Men aksincha esimni taniganimdan beri deyarli dunyoviy to'ylarga borganimni eslolmayman. Islomiy to'ylar eng asosiysi erkak-ayol aralashisiz o'tadi. Ertalabgi nahorda beriladigan to'yni oshi zo'r bo'ladi-da : ) a Abdulloh aka, nima dediz.  :)
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Abdullоh 26 Aprel 2009, 15:30:01
Endi oz-moz islomiy to'ylar haqida gapirsam. To'g'risini aytsam shu paytgacha biron marta islomiy to'yda qatnashmaganman. InshaAlloh qatnashib qolarman.

Men aksincha esimni taniganimdan beri deyarli dunyoviy to'ylarga borganimni eslolmayman. Islomiy to'ylar eng asosiysi erkak-ayol aralashisiz o'tadi. Ertalabgi nahorda beriladigan to'yni oshi zo'r bo'ladi-da : ) a Abdulloh aka, nima dediz.  :)

ZUBAIR sizga havasim keladi. Dunyoviy to'ylarga bormagan ekansiz. Men ham so'nggi ikki yildan beri, agar adashmasam 1-2 ta shunday dunyoviy to'yga bordim xolos. Chunki ko'p vaqt o'qishda bo'lamanda  :)

Ertalabki nahorgi oshga kelsam, to'g'risi ishtahamni ochib yubordingiz. Yoshligimizda o'rtoqlarim bilan to'yga birga borardik. Agar to'y egasi qarindoshingiz bo'lsa, muammo hal, bemalol borib osh soldirib yeyaverasiz. Agar unday bo'lmasa, shu qozon atrofida aylanib yursak, oshpaz amaki o'zi osh solib berardi. Negaligini bilmadim-u, shu to'yning oshining mazasi boshqacha bo'ladi-da. Menimcha, unda ko'pchilikning rizqi bo'lgani uchun bo'lsa kerakda-a?
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Munavvara 26 Aprel 2009, 16:22:15
 :as: MashaAlloh to'ylaringiz zo'r o'tarkan Buxorocha to'ylarga o'xshab ketarkan lekin bizda qizni ota-onasi kiyovning uyidagi to'yga borishmaydi  :) Andijonda ayni payt islomiy to'ylar ko'p bo'lsa kerak sababi uyerda din kuchli deyishadi.

PS: Abdulloh akani man Toshkentdan deb o'ylabman :D
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: ZUBAIR 26 Aprel 2009, 21:31:28
Ertalabki nahorgi oshga kelsam, to'g'risi ishtahamni ochib yubordingiz. Yoshligimizda o'rtoqlarim bilan to'yga birga borardik. Agar to'y egasi qarindoshingiz bo'lsa, muammo hal, bemalol borib osh soldirib yeyaverasiz. Agar unday bo'lmasa, shu qozon atrofida aylanib yursak, oshpaz amaki o'zi osh solib berardi. Negaligini bilmadim-u, shu to'yning oshining mazasi boshqacha bo'ladi-da. Menimcha, unda ko'pchilikning rizqi bo'lgani uchun bo'lsa kerakda-a?

Oling :D Osh bo'sin

(http://yaika.se/thumbnail/big?user=ZHvDbDtYGLDYvGDYDbHt&channel=qFFlWhlWhPc&stream=ZHvDbDtYGLDYvGDGLpDb)

(http://karshi9.connect.uz/wpp/images/palov.jpg)
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Robiya 27 Aprel 2009, 09:57:20
 :as:

Javoblar uchun rahmat! To'ylar haqida ma\lumot oldik deb o'ylayman. Udumlarga kelsak... Andijonda din ancha kuchli qaror topgan deyishadi hozirda... Ammo eshitishimcha...ayrim udumlar ham yo'q emas...Masalan, to'ydan keyin kelin tomon 40 kungacha 3 mahal ovqat pishirib oborishi kerak ekan :(

Yana, agar mabodo o'g'il vafot etsa, berilgan mahrda kelinning haqqi yo'q emish... To'g'risi bularni eshitib hayron qoldim,...

Abdulloh, Zubair, shularga ham aniqlik kiritsangiz, agar tajribaliroq userlar bo'lishsa ularning ham javoblarini kutamiz...
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Abdullоh 27 Aprel 2009, 15:45:32
:as:

Javoblar uchun rahmat! To'ylar haqida ma\lumot oldik deb o'ylayman. Udumlarga kelsak... Andijonda din ancha kuchli qaror topgan deyishadi hozirda... Ammo eshitishimcha...ayrim udumlar ham yo'q emas...Masalan, to'ydan keyin kelin tomon 40 kungacha 3 mahal ovqat pishirib oborishi kerak ekan :(

Yana, agar mabodo o'g'il vafot etsa, berilgan mahrda kelinning haqqi yo'q emish... To'g'risi bularni eshitib hayron qoldim,...

Abdulloh, Zubair, shularga ham aniqlik kiritsangiz, agar tajribaliroq userlar bo'lishsa ularning ham javoblarini kutamiz...

 :as:

40 kungacha 3 mahal ovqat olib borish menimcha haqiqatdan yiroqroq. Yana bilmadim, Andijonning boshqa bir burchlarida shunday bo'lishi mumkin. Lekin men yashaydigan Baliqchi tumanida to'y o'tgandan so'ng ikki haftagacha kelin tomon kuyovning uyiga kuniga bir mahal ovqat olib boradi. Ovqat odatda sergo'sht, mazali bo'lishi kerak.

Bizning oilamizda ikkita akam oila qurgan. Katta akam uylanganidan so'ng ikki haftagacha mazza qilib boqilganman. O'rtancha akam uylanganida esa afsus, bu narsa menga nasib qilmagan ekan, to'y o'tishi bilanoq Toshkentga o'qishga qaytganman. O'zimning opajonimni kuyovga berganimizda bu ovqatni o'z qo'llarim bilan pochchamning uylariga olib borganimni eslayman.  :)

Mahr xususida esa hech narsa deya olmayman. To'g'risi bu haqda ma'lumotga ega emasman.
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Abdullоh 27 Aprel 2009, 15:51:47
:as: MashaAlloh to'ylaringiz zo'r o'tarkan Buxorocha to'ylarga o'xshab ketarkan lekin bizda qizni ota-onasi kiyovning uyidagi to'yga borishmaydi  :) Andijonda ayni payt islomiy to'ylar ko'p bo'lsa kerak sababi uyerda din kuchli deyishadi.

PS: Abdulloh akani man Toshkentdan deb o'ylabman :D

Bizda ham qizning ota-onasi to'y kuni kuyov tomonga bormaydi. Ba'zan kelinning onasi to'y bazmida qatnashishi mumkin. Islomiy to'ylar Allohga shukr ko'paymoqda. So'nggi paytlarda bu narsa tez-tez quloqqa chalinadigan bo'lib qolgan: "Falonchi islomiy to'y qilarmish, pistonchi islomiy to'y qilibdi, va hakazo". Lekin xalqning og'zida bu Islomiy to'ylar "Eskicha to'y" bo'lib o'rnashib qolgan. Ya'ni ular, "Falonchi eskicha to'y qilarmish" ham deb qo'yishadi, odatda.

P.S. Asli Andijondanman, hozir Toshda o'qiyman  ;)
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Munavvara 27 Aprel 2009, 15:58:11
 :as: Ha bizdayam eskicha to'y deyishadi keyin bizani islomiy to'ylarda ashula umuman bo'lmidi lekin hozirgi islomiy to'ylarda Ma'ruzani M harfiyam ko'rinmidi  :(
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: ZUBAIR 27 Aprel 2009, 16:05:25
 :) emas,  :( qo'yish kerak
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Abdullоh 27 Aprel 2009, 16:17:15
:as: Ha bizdayam eskicha to'y deyishadi keyin bizani islomiy to'ylarda ashula umuman bo'lmidi [b]lekin hozirgi islomiy to'ylarda Ma'ruzani M harfiyam ko'rinmidi[/b]  :)

 :) emas,  :( qo'yish kerak

Hayrulla akaning bir she'ri esimga tushib ketdi. She'rni to'liq bilmayman-u, har misra oxirida "Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas" bo'lardi.  :2
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: ZUBAIR 28 Aprel 2009, 20:41:07
Va alaykum assalam, birborekan, biryo'g'ekan, nikiz g'alatiroq ekan : )

Menimcha eskicha yangicha yoki İslomiy to'y deb ajratmaslik kerak, nima bo'lganda ham hammasi bizni O'zbek urf-odatlari bilan bog'liq holda o'tkaziladi.

Sizga savol: Bir joyda ikki hil to'y o'tkazilyapti; Birinchisi dunyoviy, ya'ni dasturxonida halol-harom narsalar, karnay surnaylar, musiqa, honandalar, erkak ayol aralashuvi bor bo'lgan, hamma yoq shovqin-suronga to'la, va yana o'sha siz aytgan ba'zi '"urf-odatlar"' ham bor bo'lgan to'y. U eshikdan sal nariroqda huddi shu to'yning aksi, ya'ni shariatga amal qiligan xolda o'tkazilayotgan islomiy holatda bo'lgan to'y. Sizga ikkalasidan bittasiga kirish uchun imkon bor. Siz qays biriga kirardiz?
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Abdullоh 30 Aprel 2009, 16:24:34
O'zbek to'ylarida bir narsa avj olgan. To'y bazmidan oldin kelinni mashinada olib kelishadi va kuyov uni ko'tarib tushirishi kerak. Bu ham mayli-ku, eng yomoni undan so'ng kelinning dugonalari uni olov atrofida aylantirishadi. Axir bu zardushtiylikdan qolgan narsa emasmi? Bu narsa biz O'zbek xalqining urf-odati deb kiritmasligimiz kerak.
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: ZUBAIR 30 Aprel 2009, 19:43:45
birborekan, rahmat javobingiz uchun, lekin aynan men soragan narsaga javob bermabsiz. Siz bilan bahslashmoqchi emasman, sababi sizda millatchilik degan narsadan ozgina bor ekan. O'zizga ham hayrli kech
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: ibnUyayna 30 Aprel 2009, 20:43:18
Assalamu alaykum wr wb!
siz birinchi to'yni faqat yomon taraflarini yozipsiz ku.
Man musulmonman degan insonga o`sha to`ylardegi aqalli 1ta harom ish ham yomon hisoblanadi.
Faqat diniy o'qishlardan iborat to'ylar ham to'ydan ko'proq huddi diniy bir marosimga o'hshaydi.
Islom bu hayotda yashaladigan din.Bu to`y degani nikoh.2 yoshni 1-1iga shariy halol bo`lishligi.Albatta nikohni 1 valiyma qilib e`lon qipqo`yilsa bo`ldi.Albatta islomiy nikoh bu diniy marosim de!
Har qancha hohlasangiz ham O'zbek an'analaridan chiqib keta olmaysiz.
Har qancha hohlasangiz ham shariatga to`g`ri kemasa har qanaqa "an`analardan" chiqib ketishizga to`g`ri keladi.
Bizni Musulmon bo'lganimiz albatta bir Arap'day harakat qilishimiz kerak, degan narsa emas.
Bizni musulmon bo`lganimiz albatta musulmonlarday harakat qiliwimiza kere dgani.Agar arab shariatga muvofiq iw qvotgan bo`sa siz arablarde harakat qiliwiz kere.
Eronliklar ham Turklar ham va qancha millat Musulmon lekin hammasini o'ziga hos uni boshqa millatlardan ajratib turgan hususiyati bor.
Albatta,lekin o`sha o`ziga hos uni boshqa millatlardan ajratib turgan hususiyatlari bilan bog`liq narsalar shariatga nomuvofiq kelmasligi kere.Keyin islomda  2ta millat bor.1.MUSULMONLAR 2.Musulmon bo`lmaganlar.
Masalan kelin ham kuyov ham to'yida o'rtog'lari bilan o'ynab kulmasa unga armon bo'lib qolsa kerak.
bu endi jaaa armon bo`pqoladigan narsa bo`masa kere.islomiy to`yda albatta hursandchili bo`ladi de.islomga teskari o`ynab-kulishsiz o`tgan to`ydan hursand bo`lish kere(agar wunaqa o`ynab kuliwwi nazarda tutgan bo`ses)
Hatto dinimizda ham to'y kunining qanchalar muhim ekanligini Payg'ambarimizni faqatgina to'ylarda ochilib kulganlaridan ham bilsak bo'ladi.
.Hujjatiz bormi?!
Keyin keskin bir shakilda bir narsani tanlashingiz kerak, shaklida so'ralgan savol ham qarshingizdagi insonni hurkitadi
Bunaqa savollarga hurkimastan,Alhamdulillah man musulmonman,Inshallah Islomga muvofiq to`y qilaman dip javob berish kere musulmon.

Keyin isimlarga kelsak, hamma Arapcha isim,(O'zbek isimlarida ham Arapchalari borkuya) qo'yishipti.
Nima dmoqchisiz endi Toshmat,Eshmat,Boltavoy,Teshavoy,Qo`shqor,Bo`rivoy...digan o`zbek ismlarini qo`yish keremi?aksariyat o`zbek ismlari arabchadan olingan.Manga o`zbecha ism etin man sizga -- qaysi bob,vazn-paznlarini,ismi maf`ulmi,ismi tasg`irmi,ismi tafzilmi...etib beraman
Mayli isimlari yozilgan ulug' zotlarga bo'lgan hurmatdan qo'ygandursizlar bu isimlarni. Lekiin meni fikrim o'zimizda ham mashur zotlar kam emas. Asil ularga o'hshashga harakat qilsak bizga yetadi.
Albatta biza musulmon bo`lganimiza uchun Alhamdulillah deymiz.Salafi-solihiylarimiza bn fahrlanamiza,ularga ergashib yashimiza.O`sha o`zimizada o`tgan  mashhur zotlarning deyarli hamasi arab tilida faoliyat olib borishgan,va arab tilini chuqur bilishgan.
Asil ularga o'hshashga harakat qilsak bizga yetadi.
Qattan oldiz bu gappi?Biza Payg`ambarimiz s.a.v ga ergashib,har harakatimizda o`xshashga hakat qilishimiza kere.
Dunyodagi ilimlarning qaysi sohasiga qaramang albatta bizni tuproqlarda yetishgan insonlarni nomini ko'ramiz....Bu mavzu ancha chuqur:)
Albatta bu Islomni sharofati bilan.Payg`ambarimiza(etgancha arab bo`lganla o`zila bilasla) s.a.v olib kelgan Allohning shariati sababli.
Yaqinda Farobiyning Qonun musiqa asbobini kash qilganligini o'qidim
Farobiy ham mana arabcha ku.Ya`ni ohiriga joy nomidan keyin "-iy" joy nomi qo`shimchasini qo`shish.Buni o`zbekchasi Faroblik bo`ladi.Nimaga faroblik dmiyopsiz?!
Rahmat "nik"imni yoqtirganingiz uchun.
nikizzi yoqtirdim demaganla,nikiz g`alatirooq ekan dipti,parqi bor ku,to`g`rimi? :1
Hayiri kech....
Islomda uchrashgandayam,hayrlashvotgandayam
Assalamu alaykum wa rohmatullohi wa barokatuh
deyiladi.
Nom: Re:Andijonliklarga savollar.
Yuborildi: Robiya 01 May 2009, 09:22:22
Assalamu alaykum wa rohmatullohi wa barokatuh! Mavzudan chetlashmaylik... Andijonda qanday obidalar bor,agar iloji bulsa,rasmlari bilan kiritsangiz. Hammangizga Jum'a Muborak! Assalamu alaykum wa rohmatullohi wa barokatuh!
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Abdullоh 13 May 2009, 15:33:50
:as:
Uzr, savolingizga ancha kechiktirib javob yozayapmiz. Sababi o'zim Andjonning tarixiy joylari haqida ko'p ma'lumotga ega emasman. InshaAlloh shoir aka bunga ancha oydinlik kiritib qolar...

Keling, yaxshisi o'zim yashaydigan Baliqchi tumanidagi ziyoratgohlar haqida yozsam. Bizning Baliqchida Alloh in'om etgan buloqlar juda ko'p. Masalan, Baluqchining markazida joylashgan Kattabuloq mahallasining o'zida 30 ga yaqin buloq bor. Bu buloqlar o'ziga xos mo'jizakor hisoblanadi. Hatto ancha-muncha uzoq viloyatlardan ham kelishib, uning suvidan olib ketishadilar. Ularning ichida men bilgan eng kattasining diametri tahiminan 15-20 m ga boradi. Uning suvi juda shirin. Shuning uchun bu mahallani Kattabuloq deyishadi.

Bundan tashqari yana "Uch buloq" degan ziyoratgoh bor. U yerda uchta o'rtacha kattalikdagi buloq bir yerda joylashgani uchun shunday nomlangan. Uning atrofini chiroyli qilib, ziyoratgoh qilib qo'yishgan edi. Ammo hozirda bu makonning vazifasi umuman boshqa tarafga burilgan: Tug'ilgan kunlar, har xil kechalar va kelin-kuyovlarning ZAGS marosimidan so'ng keladigan joyiga aylanib qolgan.

Keyin yana bizda "Tuzloq buvi" degan ziyoratgoh bor. U yerda Tuzloq buvining qabri bor. Aytishlaricha, qadimda 7 ta eshon va ularning bitta singlisi bo'lgan ekan. Shu singlisining qabri shu yerda ekan.

Umuman olib gapirganda, Baliqchi tumanida kichik-kichik ziyoratgohlar talaygina. Ammo hozir ularning ahvoli haqida bir narsa deya olmayman.

P.S. Imkonim bo'lganda bu joylarning suratlarini ham joylayman. InshaAlloh.
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Abdullоh 26 May 2009, 17:14:08
Eh bu Andijonliklar... Nega jim bo'lib ketdinglar? Har kuni forumga kirganda, qarayman, Hamyurtlar--> Andijon viloyati da yangi habar umuman bo'lmaydi. Faolroq bo'liq Andijonliklar!
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: birborekan 14 Avgust 2009, 17:32:28
Umar İbn Abdulaziz salom. Avvalombor savollarga javob berganingiz uchun katta rahmat. Yuqorida yozganlarim meni shahsiy fikrim. Siz tanlagan ismingizdan ham sezilib turganiday Arab va Arabchani mudhish tarzda bilaman, deb yozishga harakat qilibsiz. Avvalombor, Musulmon, qarshisidagi insonga javob berar ekan, o'zining izzat-nafsini o'ylab emas, (aha bopladimmi deganday kulgan suratlar qo'yibsiz) rostdan ham Musulmonman, deydigan bo'lsa dinini tamsil etayotgan bir kishi sifatida shirin til bilan tushuntirishi kerak. Balki men Musulmon bo'lmasligim va bu dinni tanslah uchun bu din haqida turli hil izlanishlar olib borayotgan biri ham bo'lisim ham mumkin, to'g'rimi? Bu yerga faqat dini mustahkam birilari kiradi, degan qonun ham yo'q. İsimlarga kelsak, Bo'rivoy, Boltavoyni nimasi yomon. Har bir inson nima bo'lsa ham O'zligidan tonmasligi, unga qarshi har doim hurmat-e'tibor bilan qarashi kerak(Bo'riboy bo'lsa ham) Biz O'zbeklar har doim boshqa millatlarga hurmat-izzat bilan muomala qilganmiz va bundan keyin ham shunday davom etadi. Sizni osmon-falaklarga ko'targan Arab millatingiz İmom Buhoriy yoki İmom At-Termizini tanishmaydi ham, ham ularni u ulug'z zotlarning O'zbek bo'lganligi zarra qadar qiziqtirmaydi. Shunday ekan, meni oldin ham yozganimday, biz avval O'zimizga hurmat nazari bilan qaraylik. Siz meni chin yurakdan yozganlarimni kamsitsangiz men sizga hunuk gaplar yozsam, ohiri nima bo'ladi...Albatta, bizni rahbarimiz Payg'ambarimiz, lekin inson oldin o'zini, oilasini, yaqinidagi qarindoshini qisqasi birinchi bo'lib unga yaqin bo'lgan insonlarga hurmat ko'rsatishi kerak. To'ylar mavzusiga keladigan bo'lsak, birdaniga diniy tarzdagi to'ylarga xalqimizning ko'nikishiga to'g'risi men ishonmayman. Vatanda bo'lmaganim uchun ham hech unday to'ylarga borish nasib qilmadi. Abdulloh avval so'ragan ekanlar, qaysi biriga borar edingiz, deb. Men har ikkalasiga ham borardim (endi qachon nasib bo'ladi, Xudo biladi) . Chunki har ikki to'y ham xalqimizga oid. Qarindosh urug'larim unchalik dindor insonlar emas, ularga sizni to'ylaringiz menga mos kelmaydi, deb bormasam, qarindoshchilik iplari ham uzilib ketadi, qolaversa, Musulmonchilik asta-sekinchilik bilan bo'ladi. Din ekan, deb bazi Vahobiy yana otlarini bilmagan bazi guruhlarga kirib ketgan yoshlar kammi? Haqiqatan ham demokratiya bo'lsa bu yerda nimalar yozishingiz mumkin ekanligini hammangiz yaxshi bilasiz!
Hullas, abdulazizni o'g'li umarjon yoki teskarisi, bu yerda Toshkent shevasi bilan, unaqade bunaqade deb yozish bilan insonni ko'ngli olinmaydi, qaytamiga ko'ngli sovutiladi. Qolaversa Payg'ambarimiz Veda Hutbasida Arab boshqa millattan ustun emas, boshqa millatlar ham shunday, deganlar. Shunday ekan, ismingizni ham sof Bo'rivoy, Teshavoy, desangiz ham sizni o'qiyverman, yetarki ko'ngil og'ritmaylik. Hurmat bilan, (ha bu orada a.alaykum, deb gapni tugatishni ham bir kun Olloh ko'nglimga solganida yozarman nasib bo'lsa, balki ichimdan aytayotgandurman, siz qayerdan bilasiz to'g'rimi:)
Qalbida zarra qadar kibir bo'lgan kishi, jannatni hidini ham ololmas, ekan.
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Abdullоh 29 Avgust 2009, 21:27:56
Sizni osmon-falaklarga ko'targan Arab millatingiz İmom Buhoriy yoki İmom At-Termizini tanishmaydi ham, ham ularni u ulug'z zotlarning O'zbek bo'lganligi zarra qadar qiziqtirmaydi.

Nafaqat arab dunyosida balkim butun islom dunyosida bu muborak zotlarni hurmat bilan tilga olishadi.
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 28 Yanvar 2010, 20:17:59
Mana menga savollar berilar javob beraman ;D
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Ansora 04 Fevral 2010, 21:53:10
Andijonda havolar qalay, Anjanliklar:)
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: JaviK 19 Fevral 2010, 08:17:50
Assalomu alaykum. Hozirgi payda men bu mavzuga javob yozayotgan chog`imda yomg`ir tmchilari derazamga urilayotgani sezilb turibdi, havo bulutli lekin kayfiyatlarimizga ta`sir qilgani yo`q
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 22 Fevral 2010, 10:41:20
Anjanliklarga salom qalesilar ashnaqilib savollardan berib turilar bizgayam
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Ansora 22 Fevral 2010, 16:55:50
Bir savol bor.
O'zbekistondaligimda va Turkiyadagi O'zbeklardan ko'pincha: Andijonda erkaklar boshqa viloyatlarga qaraganda ko'p ichishadi, degan gapni eshitganman. Bu fikrga qanay yondoshasizlar?

Agar shunday bo'lsa sababi nima sizningcha?
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: JaviK 22 Fevral 2010, 17:45:24
Bir savol bor.
O'zbekistondaligimda va Turkiyadagi O'zbeklardan ko'pincha: Andijonda erkaklar boshqa viloyatlarga qaraganda ko'p ichishadi, degan gapni eshitganman. Bu fikrga qanay yondoshasizlar?

Agar shunday bo'lsa sababi nima sizningcha?
Bu narsa bor edi oldinlari adashmasam chunki ko`p eshitardim 4-5 yil oldin to`y qilgan inson to`yiga spirtlik ichimlik qo`ymasa uyat qilishardi, gap so`zlardanmi har bir to`yda qo`yilar edi, asosan rayonlarimizda shunaqa edi, hozirga kelib esa hudoga shukur to`ylarimiz halqimizi tili bilan aytganda ma`ruza to`y qilinish urf bo`ldi. lekin ayrim sabablarga ko`ra majburiy qo`yishlarga sababchi buyruqlar ko`paymoqda. Lekin 2 yildan beri hali aroq qo`yilgan to`y ko`rmadim
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: uzboy 22 Fevral 2010, 17:52:31
Bir savol bor.
O'zbekistondaligimda va Turkiyadagi O'zbeklardan ko'pincha: Andijonda erkaklar boshqa viloyatlarga qaraganda ko'p ichishadi, degan gapni eshitganman. Bu fikrga qanay yondoshasizlar?

Agar shunday bo'lsa sababi nima sizningcha?
Oldin qanaqa bulganini bilmadimi, hozirgi kunda Horazmga yetadigani yuq ichish buyicha, hatto ayollar ham erkaklar bn ichishadi qushilib. Toshkent va vodiyda nisbatan kam, lekin qashqadaryo, surhondaryo va buhorada ham juda "sevishadi"
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 24 Fevral 2010, 09:53:16
Bir savol bor.
O'zbekistondaligimda va Turkiyadagi O'zbeklardan ko'pincha: Andijonda erkaklar boshqa viloyatlarga qaraganda ko'p ichishadi, degan gapni eshitganman. Bu fikrga qanay yondoshasizlar?

Agar shunday bo'lsa sababi nima sizningcha?
Bo'magan gap bu.... ko'p chekishadi   ;D  uziqarasidan bildizmi
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: JaviK 24 Fevral 2010, 13:34:02
Bir savol bor.
O'zbekistondaligimda va Turkiyadagi O'zbeklardan ko'pincha: Andijonda erkaklar boshqa viloyatlarga qaraganda ko'p ichishadi, degan gapni eshitganman. Bu fikrga qanay yondoshasizlar?

Agar shunday bo'lsa sababi nima sizningcha?
Bo'magan gap bu.... ko'p chekishadi   ;D  uziqarasidan bildizmi

O`zizdam kelib chiqib hammaga baho reish yahshi emas
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 25 Fevral 2010, 11:31:09
iiii siz to'yga borasimi o'zi   javik_0770_lito ?
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: JaviK 25 Fevral 2010, 12:07:54
iiii siz to'yga borasimi o'zi   javik_0770_lito ?


Ha lekin to`yga chekish uchun borilmasa kerak. OLdinlari katta kishilar choyxonada to`planib qolsa (nomi esimda yo`q) shunda hammasi chekishadi tortib, bizni to`ylarda to`planishganda hamma bir bira maqtanib chekishmaydiku.
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: uzboy 25 Fevral 2010, 14:19:48
iiii siz to'yga borasimi o'zi   javik_0770_lito ?


Chilimni nazarda tutdingiz shekilli a? yig'ilishib chekishni... Shum bolada Domlani uyida chekishadiku  :D

Ha lekin to`yga chekish uchun borilmasa kerak. OLdinlari katta kishilar choyxonada to`planib qolsa (nomi esimda yo`q) shunda hammasi chekishadi tortib, bizni to`ylarda to`planishganda hamma bir bira maqtanib chekishmaydiku.
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 26 Fevral 2010, 10:39:00




Ha lekin to`yga chekish uchun borilmasa kerak. OLdinlari katta kishilar choyxonada to`planib qolsa (nomi esimda yo`q) shunda hammasi chekishadi tortib,
 
To'yga ichish ,chekish uchun borilmedi to'g'ri lekin men tapadagi savolga javob berdimda oshna
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: uzboy 26 Fevral 2010, 13:47:54
Andijonda avvallari askiyalar bo'lardi, ohirgi yillarda ko'rinmay qolishdi askiyachilar. Umuman askiyada ishlatiladigan gap ichidagi gaplar juda ham oshib ketardi, oilaviy yoki ayollar bilan eshitish juda ham noqulay. Lekin TV lar ko'rardikki, tomoshabinlar orasida juda ko'p ayollar ham bo'lardi. Shu haqida fikrlariz qanaqa, to'g'rimi shu, halqni kuldurish uchun faqat qo'pol hazillardan foydalanish
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: JaviK 26 Fevral 2010, 14:58:33
Andijonda avvallari askiyalar bo'lardi, ohirgi yillarda ko'rinmay qolishdi askiyachilar. Umuman askiyada ishlatiladigan gap ichidagi gaplar juda ham oshib ketardi, oilaviy yoki ayollar bilan eshitish juda ham noqulay. Lekin TV lar ko'rardikki, tomoshabinlar orasida juda ko'p ayollar ham bo'lardi. Shu haqida fikrlariz qanaqa, to'g'rimi shu, halqni kuldurish uchun faqat qo'pol hazillardan foydalanish
[/quot

Men fikrimcha andijonliklar ja unchalik emasku lekin namanganlillarning askiyasi shunaqaroq
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Ansora 26 Fevral 2010, 20:41:32
Askiya aslida Xalqimizning eng nodir so'z san'atlaridan biri, yetarki odob doirasidan chiqilib ketilmasin...
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: JaviK 19 Mart 2010, 17:48:23
KAPALAK OPA SAVOLLAR TUGAB QOLDIMI
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Ansora 19 Mart 2010, 22:15:43
 : ) Andijonni eng mashhur ovqatlanadigan joylari qayer? Vatanga borsak qayerlarga boraylik?
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: JaviK 20 Mart 2010, 09:16:59
: ) Andijonni eng mashhur ovqatlanadigan joylari qayer? Vatanga borsak qayerlarga boraylik?

Restaranlardan: Uz-Turk, Uz-Antaliya, Istanbul  cafesi, ugalok.
Oshxonalardan: Vlodi-vostok, Rayyona, cherment(lag`moni bilan mashxur) va boshqalar.
cafelar juda serob.
Hullas andijonga kelishinglar bilan kaminani hizmatga chaqirselar bo`ldi,   

Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: JaviK 27 Mart 2010, 10:34:55
ko'p ichish---hajmga nisbatanmi?

masalan,Toshkenlik odam 100 litr ichsa,anjanlik erke 200 litr? yoki...

manimcha,shimoliy viloyatlarda ko'proq ichishadi,keyin janub,keyin qolgan tomonlar...

askiyachilar anjanliklarmas,farg'onaliklar edi adashmasam...

Ha to`g`ri boshqalarga nisbatan ko`p ichishi mumkin, lekin yotib qolguncha ichishmaydi,  :D
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 28 Mart 2010, 04:34:34
Nima hamelar alkashmisilar diman ichkilikdan boshqa narsa haqida gaplashmayapsilar a   ;D (hazil)


Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 28 Mart 2010, 04:39:30
Andijonliklarga savol?
 
Andijon qo'zg'olonida hammasi bo'lib qancha begunoh odamlar qirildi?
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: JaviK 28 Mart 2010, 08:13:11
qaysi qo`zg`olloni aytyapsiz andijonliklar tinch totuv yashamoqda ??? :o
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 28 Mart 2010, 10:14:27
Men 2005 yil 13 mayda sodir bo'lgan q'ozg'ol haqida so'rayapman
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: JaviK 28 Mart 2010, 10:17:59
Men 2005 yil 13 mayda sodir bo'lgan q'ozg'ol haqida so'rayapman

Bu qo`zg`olon emas akromiyylarning teroristik harakati, ko`p odam halok bo`lgan
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 28 Mart 2010, 10:19:56
Nimaga terroristik harakat deb aniq  aytyapsiz nima isbotiz bor?
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: JaviK 28 Mart 2010, 10:22:46
Nimaga terroristik harakat deb aniq  aytyapsiz nima isbotiz bor?

Qurol ko`tarib, qonunga qarshi chiqishlikni siz qanday izohlaysiz, tinch yashayotgan aholini qo`zg`atib nimaga erishdi, shuncha insonni umriga zomin bo`ldi
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 28 Mart 2010, 10:29:53
Sizi oilezi bir odam qiynayversa sizga nisbatan bo'htonlar qilib adolatsizlik qilaversa
sizi kuchiz yetmasa,sabr qilib yuraverasimi?yoki biror narsa qilasizmi?
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: JaviK 28 Mart 2010, 10:41:19
Ming sizni xo`rlasin, bo`xton qilssin, hech narsa qilo olmaysiz, o`rtada qonun, Konstitutsiya bor.
Ollohdan insof va sabr tilab ibodat qilishdan o`zga choramiz yo`q, barcha narsalarni olloh ko`rib turibdi, bu dunyoda rushnolik ko`rmasak inshaolloh u dunyoda rushnolik nasib etsin, o`tganlarni rahmatiga olgan bo`lsin omin.
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 28 Mart 2010, 10:46:30
Ha yahshi andijon ham o'zgarib qoldimi hozir?
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: JaviK 28 Mart 2010, 10:58:47
Qurilish ishlari  olib borilmoqda,  andijonga kirishda binolar qurilmoqda ;)  Bir ko`rishda tani olmaysiz :D
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 28 Mart 2010, 11:18:23
Nodira kinoteatri tomonlar ham o'zgardimi?
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: JaviK 28 Mart 2010, 12:21:10
Xa ancha o`zgargan
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 28 Mart 2010, 22:47:24
aha ancha bo'ldi menimcha yana ancha vaqt ko'rolmasam kerak
sizgachi?
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 30 Mart 2010, 08:42:08
Eski forumdoshlardan biri--Marsni yana bu forumda ko'rganimdan xursandman.

Tanqidiy-tahliliy,ayblov postlarga qaraganda,chetdasiz shekilli :P

Qalay endi u tomonla?Ishla-oąqishla chiki-chikimi hammasi?

Forumda faol bo'pturasiz degan umidaxondamiz.
Aha aylanib aylanib zerikib yana o'zimiz yerga qytim.
UZ da bo'lsam bunaqa gaplarni gapirollarmidim hahahaha
sizi grimda tanimadima?
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 31 Mart 2010, 02:05:44
bir paytlardagi forumdoshlarizdan bittasi.



muhimi tinch-omon ekansiz.
Ha siz ham tinch bo'ling,sizi rosa sog'inudim yahshi bo'ldi ko'rishganimiz
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Abdumuhaymin 31 Mart 2010, 02:07:08
bir paytlardagi forumdoshlarizdan bittasi.



muhimi tinch-omon ekansiz.
Ha siz ham tinch bo'ling,sizi rosa sog'inudim yahshi bo'ldi ko'rishganimiz
Hamma uhlavotkan payitta kimla bn koriship yuripsiz okajon
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 31 Mart 2010, 02:10:08
Shuniyam ko'rdizmi a hahahaha
ish honadan tanafus edi 15 min shunga kirdim hahahaha
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Abdumuhaymin 31 Mart 2010, 02:12:06
Shuniyam ko'rdizmi a hahahaha
ish honadan tanafus edi 15 min shunga kirdim hahahaha
Hazil brodar, hol ahvol so'raganiz yaxshi
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 01 Aprel 2010, 10:35:07
Qalesilar endi ishlar bo'lyaptimi?
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 16 Aprel 2010, 19:48:38
Anjondegi ko'lni vishkasidan kim kala tashlagan?
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: JaviK 16 Aprel 2010, 20:11:28
Anjondegi ko'lni vishkasidan kim kala tashlagan?

Ko`lda shuncha cho`milib Vishka borligini endi eshitishim :D
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 17 Aprel 2010, 00:03:24
Anjondegi ko'lni vishkasidan kim kala tashlagan?

Ko`lda shuncha cho`milib Vishka borligini endi eshitishim :D
Wuahaahaha siz bilmesda ukam yoshsiz
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Ansora 18 Aprel 2010, 16:22:17
Anjalilar, Qirg'izistonga o'tish osonmi?
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: JaviK 18 Aprel 2010, 19:41:00
Xozirgi holatda qiyinroq!!!!!
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 19 Aprel 2010, 00:02:28
Anjalilar, Qirg'izistonga o'tish osonmi?
Chegarani yopib qo'yibdi deb o'qidim
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Muxsinahon 19 Aprel 2010, 15:49:01
Kapalak, manimcha hozirgi paytta umuman otkizmayopti shunaqa dib eshtudim siz anjonni qatidansiz?
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Chustiy 19 Aprel 2010, 16:41:26
Bir paytlar, forumni Buhoroliklar mafiyasi qo'lga olgandi, endi Andjionni mafiyasini gal keldi shekilli a?  :) Baraka topishsin...
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Ansora 19 Aprel 2010, 22:47:58
Kapalak, manimcha hozirgi paytta umuman otkizmayopti shunaqa dib eshtudim siz anjonni qatidansiz?

Javoblar uchun rahmat. Menimcha Qirg'izistondagi to'palondan yopishgan bo'lsa kerak, inshalloh men borguncha ochilib qolar...

Men Baliqchidanman. Siz?
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Muxsinahon 20 Aprel 2010, 00:26:29
man o'zi toshkendanman ota onamlani asli uylari hojaoboddan
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: JaviK 22 Aprel 2010, 15:13:57
Andijondan Olisdagi andijonliklarga:
Uyga qaytganinggizda, andijonni qayeriga borishni niyat qilgansiz, hech bo`lmasa orzu qilgansiz.
Uyizdan tashqari albatta
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 22 Aprel 2010, 19:09:04
Men birinchi qabristonlarni bir ziyorat qilaman.Ko'p yaqinlarimni ko'rolmadim  :2
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Ansora 23 Aprel 2010, 12:44:58
Shu samolyotdan eson-omon qo'naylik-da Vatanni qayeri bo'lsa ham bo'laveradi : )

Lekin Andijondagi burgutli muzqaymoqxona men uchun juda qadrli...nasib bo'lsa o'tib qolarmiz....

Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 27 Aprel 2010, 09:06:21
Bog'ishamol adirlariga chiqqanmisilar?
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: HMF 27 Aprel 2010, 12:12:34
Aka bo'ishamoldagi adirgan chiqmagan Anjanlik bo'lmasa kere?
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: JaviK 27 Aprel 2010, 16:12:11
Bog'ishamol adirlariga chiqqanmisilar?

Andijonlik yigitlardan somovorda osh yeganmisiz savoldek gapku bu :D
 Andijonning aholisini 100% qilib olsek 75% adirlarga chiqqan, 25% adirga chiqmaganku, pastda so`rilarda o`tirgan,  :D
Shaxsiy fikr
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 28 Aprel 2010, 09:18:26
Bog'ishamol adirlariga chiqqanmisilar?

Andijonlik yigitlardan somovorda osh yeganmisiz savoldek gapku bu :D
 Andijonning aholisini 100% qilib olsek 75% adirlarga chiqqan, 25% adirga chiqmaganku, pastda so`rilarda o`tirgan,  :D
Shaxsiy fikr

To'g'ri samvorga ko'pchilik chiqqan ,hech bo'maganda bayram kunlari.
Men adinrni o'ziga ichkari tomonlariga o'ynab chiqqanmisilar degandim.
Misol uchun men toshbaqa, echkiemar ,tipratikon shunaqa narsalr tutgani o'ynab chiqardim.
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: HMF 28 Aprel 2010, 13:14:52
Bog'ishamol adirlariga chiqqanmisilar?

Andijonlik yigitlardan somovorda osh yeganmisiz savoldek gapku bu :D
 Andijonning aholisini 100% qilib olsek 75% adirlarga chiqqan, 25% adirga chiqmaganku, pastda so`rilarda o`tirgan,  :D
Shaxsiy fikr

To'g'ri samvorga ko'pchilik chiqqan ,hech bo'maganda bayram kunlari.
Men adinrni o'ziga ichkari tomonlariga o'ynab chiqqanmisilar degandim.
Misol uchun men toshbaqa, echkiemar ,tipratikon shunaqa narsalr tutgani o'ynab chiqardim.

Aka bizda o'ynagani vaht bo'mardi... diydor g'animat vaht o'tib ketardi desammi ;D ;D
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Jamila 02 May 2010, 00:08:17
Assalomu alaykum.

Shutagi barcha andijonliklarga savol:
Sizlar bimlesizlarmi Piyozpoya qatanligini ? O'lay agar shu yoshga kirib bir marta ham bormagan ekaman InshaAlloh uzbekaga borsam boraman,ammo qataligini bilmiymanda 5-maktabni oldida diyishyaptiyu lekin bun gapda ham shubha bor Navoyi bog'dan to'g'ri tushib ketursen yetasan dedi dadam ;D.
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 02 May 2010, 02:59:14
Assalomu alaykum.

Shutagi barcha andijonliklarga savol:
Sizlar bimlesizlarmi Piyozpoya qatanligini ? O'lay agar shu yoshga kirib bir marta ham bormagan ekaman InshaAlloh uzbekaga borsam boraman,ammo qataligini bilmiymanda 5-maktabni oldida diyishyaptiyu lekin bun gapda ham shubha bor Navoyi bog'dan to'g'ri tushib ketursen yetasan dedi dadam ;D.
E shu yerni ham bilmesimiya.5 maktabdn o'tkanizdan keyin to'rt ko'cha keladi.Svatafordan siz to'g'riga ketaverasiz bo'ldi yetib borasiz.Oma piyoda uzoro
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Ansora 02 May 2010, 11:56:03
Bog'ishamol adirlariga chiqqanmisilar?

Bolaligimda chiqqanman, bu safar nasib bo'lsa takror chiqishga harakat qilaman inshalloh....
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: JaviK 27 Iyun 2010, 10:43:57
Assalomu alaykum.

Shutagi barcha andijonliklarga savol:
Sizlar bimlesizlarmi Piyozpoya qatanligini ? O'lay agar shu yoshga kirib bir marta ham bormagan ekaman InshaAlloh uzbekaga borsam boraman,ammo qataligini bilmiymanda 5-maktabni oldida diyishyaptiyu lekin bun gapda ham shubha bor Navoyi bog'dan to'g'ri tushib ketursen yetasan dedi dadam ;D.

Savolni endi ko`ribman kech bo`lsada jav0b bera qolay.
Piyozpaya Siz aytgandek beshinchi maktabdan to`g`ri ketaverasiz. To`rt ko`cha keladi va to`g`riga ketaverasiz G`iyoz aka somovori keladi shu yerlar piyozpayaga keladi. O`sha tomonlar hozir rosa o`zgargan.
 
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Ansora 29 Iyun 2010, 16:07:51
A.alaykum Anjonliklar. Qirg'izistondan kelgan O'zbeklar bilan suhbat etganlar bo'ldimi oramizda?

Kecha ayamlar bilan gaplashgandim, ularni alohida joylarga joylashtirishdi, Xalqqa aralashishmadi, dedilar...
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: JaviK 02 Iyul 2010, 22:59:14
A.alaykum Anjonliklar. Qirg'izistondan kelgan O'zbeklar bilan suhbat etganlar bo'ldimi oramizda?

Kecha ayamlar bilan gaplashgandim, ularni alohida joylarga joylashtirishdi, Xalqqa aralashishmadi, dedilar...

:as: Meni tog`am ishhonasidan gumanitar yordam olib bordi va so`rasam, alohida palatkalarda, chodirga o`xshagan yerlarda yotishibdi, ularga hamshira, doktorlar qarayapti ekan deb javob bergan edi.
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Ansora 03 Avgust 2010, 13:53:42
Qochqinlar haliyam Anjondami yoki qaytishdimi?
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 15 Avgust 2010, 12:20:04
Andijonliklar qale ro'zalarni issiqda tutib qiynalmaypsilarmi
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Abdullоh 21 Avgust 2010, 11:28:23
Allohga shukr qiyinchiliklar boshida biroz bo'ldi. Payshanba kuni Andijon shahriga Jahon bozoriga borgan edik. Biram chanqatdi odamni. Ramazon oyi kelishiga qaramasdan bozor ichkarisidagi oshxonalar tinim bilmay ishlayapti.
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 11 Sentyabr 2010, 10:13:00
Qaysi masjidlarda hayit namozi o'qildi?
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mo'min Mirzo 13 Oktyabr 2010, 08:49:03
Qaysi masjidlarda hayit namozi o'qildi?
Xaqiqatdanam bu hayit namozi qattegi masjidlarda o'qildi?
Ochiq bo'lgan katta masjidlarda o'qiladi. biz doim uyimizga yaqin bo'lgan Pistamozorga chiqamiz.
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Ansora 21 Oktyabr 2011, 23:05:32
 :asl3:

Bugun ayam bilan gaplashgandim. 2 yildan beri gaz yo'q qizim, degandilar og'zim ochilib qoldi. Nimaga savoliga esa hech kim bilmaydi, dedilar. Ariza yozdik, hech qanday natija yo'q....

Andijonliklar, sizlarda gaz bormi?
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: AL_laziz87 22 Oktyabr 2011, 00:36:09
Gaz muommo shaxarni o'zida xam. Noyabrdan xamma iste'molchilarga yetkazilish vadalari mavjud xozircha. Gaz zaprafkalarida yetarlicha lekin gaz. xamma bosimni o'shalarga berganmi diymanda yana bilmadim oma
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Mo'min Mirzo 22 Oktyabr 2011, 07:00:15
Andijonda muammo bu. bor Gaz chetga, teplitsa (issiqhona)chilarga... ketadi. aholi gaz nasosdan foydalanishga o'tgan.
lekin opa, sizning oilangiz qishloqda edi shekili?! Chinobodda doim gaz yaxshiku, biz qish kelsa yo toshkent yo chinobodda turamiz. chinobodda yashaydigan barcha qarindoshlarniki issiq bo'ladi.
andijon shahar chetlarida ham gaz doim yaxshi, muammo markazda.
Nom: Re: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Ansora 09 Noyabr 2011, 13:37:49
Andijonda muammo bu. bor Gaz chetga, teplitsa (issiqhona)chilarga... ketadi. aholi gaz nasosdan foydalanishga o'tgan.
lekin opa, sizning oilangiz qishloqda edi shekili?! Chinobodda doim gaz yaxshiku, biz qish kelsa yo toshkent yo chinobodda turamiz. chinobodda yashaydigan barcha qarindoshlarniki issiq bo'ladi.
andijon shahar chetlarida ham gaz doim yaxshi, muammo markazda.

Assalomu alaykum. Bizikilar qishloqda, lekin 2 yildan beri gaz yo'q ekan, mana bugun qordan svet ham o'chibdi, Olloh yordam bersin...
Nom: Javob: Andijonliklarga savollar
Yuborildi: Muxsiya 10 Aprel 2013, 15:20:59
ey nimasini aytasiz qishloqdagilar noyabr-mart oylari mobaynida svetni butunlay unutishadi, gazni eslaridan chiqarishganiga bir nehc ayil bo'ldi. Hamma yoqqa gazzapravkalar to'lib ketib gazlar faqat moshinaga bo'lyapti uylargacha yetib kelolmayapti gaz sho'rlik