forum.ziyouz.com

Yurtdosh => Hamyurtlar => Namangan viloyati => Mavzu boshlandi: Robiya 25 Aprel 2009, 15:03:43

Nom: Namanganliklarga savollar
Yuborildi: Robiya 25 Aprel 2009, 15:03:43
:bs1:

 :as:

Aziz yurtdoshlar,forumdoshlar!

Ushbu mavzuda namanganliklar va ularning urf-odatlari bilan va boshqa o'zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin. O'ylaymizki, namanganliklar javob berishadi.

Birinchi savolni o'zim bersam. Hozir ayni to'y mavsumlari boshlanish arafasida... Namanganda to'y bilan bog'liq qanday urf-odatlar bor? Shular haqida o'rtoqlashsangiz.
Nom: Re: Namanganliklarga savollar
Yuborildi: Nurdinboy 25 Aprel 2009, 19:23:36
Men Uchqo'rg'on tumanidanman.
Avvalo birlamchi.
Yigit va qiz bir birlariga yoqqanlaridan so'ng sovchilar non sindiradilar.
    To'ydan bir kun avval kuyovnikida kechqurun Sabzi qirdi va guruch tozalash (To'y oshi uchun) bo'ladi. sabzi qirdi uchun mahallaning barcha erkaklari chiqadilar.
    Ayni o'sha pallalarda kelinning uyida "Qiz bazmi" bo'lib o'tadi. Unda kelin o'zining sifdoshlari, qarindoshlari bilan bayram qiladi.
    Ertasiga esa soat 9 larda zaksdan o'tish, shriy nikohla bo'lib o'tadi. Orasida kuyov jo'ralari olib kelgan mashinalarida kelinning qiz qarindosh va dugonalarini aylantiradilar.
   Kechqurun esa nikoh bazmi tantanali nishonlanadi...
Nom: Re: Namanganliklarga savollar
Yuborildi: Robiya 27 Aprel 2009, 09:59:31
 :as:

Alloh rozi bo'lsin, birodar, javobingiz uchun tashakkur!
Nom: Re: Namanganliklarga savollar
Yuborildi: Abdurauf 27 Aprel 2009, 18:45:21
Assalamu aleykum
Men Namangan shaxrida turaman. Namangandan to'y uzoq davom. To'ydan bir hafta oldin kuyov taraf qiz tarafga paxta, mol(kuyov taraf hoxlasa yarmini kelin taraf beradi) va shunga o'xshash ba'zi mayda chuydalar beriladi.
To'ydan bir kun kuyov taraf savatlar jo'natadi, hattoki g'o'za poyagacha, kelin taraf savatlardan yana qo'shib, kuyov tarafga borib, kelinni uyini bezatishadi. Asr vaqtida kuyov tarafdagi yoshi katta odamlar kelin tarafga mehmon bo'lib kelishida, bizda buni "muborakbod" deb ataladi.
To'y kuni ertalab barcha atrofdagi mahallalardan 3 yoshdan boshlab yoshi katta odamlargacha chiqishdi(albatta turgan bo'lsa). Soat 10larda kuyovning jo'ralari yig'ila boshlaydilar. Kelin tarafga mashinalarda domla bilan karnay surnay bilan kirib kelishadi. Birinchi nikoh o'qitiladi, so'ng zagsga borishadi.
Kech shomlarda kuyov navkarlari bilan kelinnikiga borishadi, kelinnikida ko'p o'tirishmaydi, yarim soatcha. Buni bizning tilda kuyoni kari deyishadi.
Kuyov navkarlari kuyovning uyiga qaytib o'yin kulgi kechki soat 11largacha davom etadi.
Ertasi kuni kelin tarafdagi xotinlar kuyov tarafga mehmon bo'lib kelishadi. Bizni tilda Rukshon deyiladi, adashmasam. Shu kuni kelin salom bo'ladi.
Ertasiga kuyov tarafdagi xotinlar kelin tarafga mehmon bo'lib borishadi. Buni chilagizuron deyiladi, adashmasam. Xotinlar qaytib kelishgach, kuyov o'z do'stlari qarindoshlari bilan kelinnikiga mehmonga borishadi.
Bir hafta o'tkach kelin taraf hoxishiga qarab kuyovni yana bir marta do'stlari bilan chaqiradi. Buni kuyov chaqirdi deyishadi.
Qisqasini aytgan juda ko'p isrofgarchiliklarga yo'l qo'yiladi.
 
Nom: Re: Namanganliklarga savollar
Yuborildi: Abdulhafiz 29 Aprel 2009, 06:16:17
Assalamu alaykum.
Haqiqatan ham isrofgarchilik juda ko'p bo'lyapti. Bu haqda juda ko'p gapirilyapti, lekin ba'zilarga ta'sir qilyapti, ba'zilarga yo'q.
Nom: Re: Namanganliklarga savollar
Yuborildi: Shokir63 29 Aprel 2009, 17:20:45
Qaniydi, isrof haqidagi gaplar - gapirganlarning barchasiga tasir qilsaydi.
Yo'lning yarmi ortda qolgan bo'lardi.
Nom: Re: Namanganliklarga savollar
Yuborildi: Vаrzikiy 09 May 2009, 23:08:01
Haqiqattan ham ba`zilarda isrof ko`p ammo hammaning ham cho`ntagi bunday bazmu jamshidlarni ko`taravermaydi va ozginayu sozgina qilib o`tkazadiganlar ham bor!!!
Nom: Re: Namanganliklarga savollar
Yuborildi: Ansora 11 Fevral 2010, 22:04:13
Tolibxon, Toshkentda erkaklarni isimlarini ohiriga nima uchun "xon" qo'shilishini javobini oldim.
Namanganda nima uchun "xon" qo'shiladi?

Oldindan rahmat.
Nom: Re: Namanganliklarga savollar
Yuborildi: Chustiy 14 Fevral 2010, 16:59:11
Tolibxon, Toshkentda erkaklarni isimlarini ohiriga nima uchun "xon" qo'shilishini javobini oldim.
Namanganda nima uchun "xon" qo'shiladi?

Oldindan rahmat.

Hon iborasini hammagayam qo'yishmasa kerak, faqat eshon, (oq suyak, ho'jalarga) hon iborasini qo'shishadi, ammo halq orasida ismga hon qo'shilmagan bo'lsayam, hon qo'shimchasini qo'shib chaqirishlik pochti urf bo'p qogan...

Mani ojizona pikrimga ko'ra, bu borada realniyroq va sahihroq infolar bo'p qosa mani so'zlarimi devorga otilar...  :)
Nom: Re: Namanganliklarga savollar
Yuborildi: Муҳаммад Соҳиб 14 Fevral 2010, 23:48:58
Бунинг сабаби жуда оддий. Хусусан Ааманган шахрида факатгина хурматлаш учун "хон" кушимчаси ишлатилади. Хох сркакларга булсин, хох аёлларга булсин фарки йук. Туманларда кандай билмадим. Шахарда худди "жон", "бой", "бек" кушимчалари каби "хон" кушимчаси хам хурматни ифода стиш максадида ишлатилади. Хусусан мени хам айримлар Бобурбек, айримлар Бобурхон, айримлар Бобуржон, Уйдагилар сса Бобирий дейишади. Курсдошларим ва форумдошлар булса хужжатларда кайд стилган исмим Мухаммад Сохиб дейдилар. Шунака Келебек аблажим. :)
Nom: Re: Namanganliklarga savollar
Yuborildi: Abdulhafiz 15 Fevral 2010, 00:47:42
Muhammad Sohib aka bizdayam xuddi siz aytganday meni ismimgayam ba'zila jon, boy qo'shib yoki umuman qo'shmay gapirshadi, ko'pchilik xuddi hujjatlardagiday xon qo'shishadi.
Nom: Re: Namanganliklarga savollar
Yuborildi: azizbek_mx 31 Oktyabr 2010, 12:51:30
Assalamu aleykum
Men Namangan shaxrida turaman. Namangandan to'y uzoq davom. To'ydan bir hafta oldin kuyov taraf qiz tarafga paxta, mol(kuyov taraf hoxlasa yarmini kelin taraf beradi) va shunga o'xshash ba'zi mayda chuydalar beriladi.
To'ydan bir kun kuyov taraf savatlar jo'natadi, hattoki g'o'za poyagacha, kelin taraf savatlardan yana qo'shib, kuyov tarafga borib, kelinni uyini bezatishadi. Asr vaqtida kuyov tarafdagi yoshi katta odamlar kelin tarafga mehmon bo'lib kelishida, bizda buni "muborakbod" deb ataladi.
To'y kuni ertalab barcha atrofdagi mahallalardan 3 yoshdan boshlab yoshi katta odamlargacha chiqishdi(albatta turgan bo'lsa). Soat 10larda kuyovning jo'ralari yig'ila boshlaydilar. Kelin tarafga mashinalarda domla bilan karnay surnay bilan kirib kelishadi. Birinchi nikoh o'qitiladi, so'ng zagsga borishadi.
Kech shomlarda kuyov navkarlari bilan kelinnikiga borishadi, kelinnikida ko'p o'tirishmaydi, yarim soatcha. Buni bizning tilda kuyoni kari deyishadi.
Kuyov navkarlari kuyovning uyiga qaytib o'yin kulgi kechki soat 11largacha davom etadi.
Ertasi kuni kelin tarafdagi xotinlar kuyov tarafga mehmon bo'lib kelishadi. Bizni tilda Rukshon deyiladi, adashmasam. Shu kuni kelin salom bo'ladi.
Ertasiga kuyov tarafdagi xotinlar kelin tarafga mehmon bo'lib borishadi. Buni chilagizuron deyiladi, adashmasam. Xotinlar qaytib kelishgach, kuyov o'z do'stlari qarindoshlari bilan kelinnikiga mehmonga borishadi.
Bir hafta o'tkach kelin taraf hoxishiga qarab kuyovni yana bir marta do'stlari bilan chaqiradi. Buni kuyov chaqirdi deyishadi.
Qisqasini aytgan juda ko'p isrofgarchiliklarga yo'l qo'yiladi.
 

ma'zur tutasiz birodar, kuyoni kari emas, kuyov navkari derdik shekilli... tuzatib q`yarsiz.
Nom: Re: Namanganliklarga savollar
Yuborildi: azizbek_mx 31 Oktyabr 2010, 12:56:17
Бунинг сабаби жуда оддий. Хусусан Ааманган шахрида факатгина хурматлаш учун "хон" кушимчаси ишлатилади. Хох сркакларга булсин, хох аёлларга булсин фарки йук. Туманларда кандай билмадим. Шахарда худди "жон", "бой", "бек" кушимчалари каби "хон" кушимчаси хам хурматни ифода стиш максадида ишлатилади. Хусусан мени хам айримлар Бобурбек, айримлар Бобурхон, айримлар Бобуржон, Уйдагилар сса Бобирий дейишади. Курсдошларим ва форумдошлар булса хужжатларда кайд стилган исмим Мухаммад Сохиб дейдилар. Шунака Келебек аблажим. :)
To`g`ri aytasiz. bir sinfdoshim ismi Kamolxon edi, uni ba'zida Kamolxonxon deb ham atardik ;D  :D ;D :D ;D :D ;D
Nom: Re: Namanganliklarga savollar
Yuborildi: Shuhrat_ 15 Dekabr 2010, 21:23:20
Assalomu alaykum.men uychu tumani mashad qishlog`ida turaman.tuy isrofgarchiligiga ozgina sozgina gapim bor.xamma isrofgarchilikka kuyov tomon kelin tomon bilan kelishib nuqta quysa buladi.chunki kelin tomon kuyiv tomondan gap eshitmay deb borini, kere busa qarz olib busa xam dabdabali tuy qilishga xarakat qiladi.shuni kuyov tomon tog`ara, savat va xokazilarni keragi yuq, oddiygina tuy qilamiz desa buladiku!qiz tomon yuq demaydi.yana bilmadim ojizona fikrim shu.{allox barchalarimizni namozga buysinguvchilardan qilsin}
Nom: Re: Namanganliklarga savollar
Yuborildi: azizbek_mx 15 Dekabr 2010, 21:59:44
Ha to'ri etasiz. Shaharda isrofgarchilikka qarsgi choralar boshlanib ketdi. Lekin butunlay yo'qolib ketgani yo'q. Meni xafa qigan narsa yoshla, kuyovjo'rala moshna qilib, gai palkasini o'ynatib, shumoizolator quyvolib, shovqin qilib, to'yboshilaga boshog'riq bo'lishyapti. Bir to'yda shuni oqibatidan kelin-kuyov moshnasiz qolishiga sal qoldi. Xudo asrasin bunaqa sharmandalikdan.
Nom: Re: Namanganliklarga savollar
Yuborildi: MUSLIM_uz 07 Yanvar 2012, 19:38:28
Ha tuyga juda kup isrofgarchilik bulyapti. Odamlar kareyada. rasiyada.chetelada yillap ishlap kelishadi nima qldin dsa ikta tuy qldim! ortirgani shu uz umrini uzi kemirb borayatkaniga ishongsi kelmaydi.qanchada qancha majburiyatlani tashlap''farzant tarbiyasi ayolini haqqi.ota onasini haqqi.''orzu havas ketidan chopishadi
Nom: Re: Namanganliklarga savollar
Yuborildi: Arkmon 07 Yanvar 2012, 21:09:22
Namangan xalqining to'ylashish urf-odatlari Ili, Turfon Uyg'urlarining odatlariga o'xshaydikan!
Nom: Re: Namanganliklarga savollar
Yuborildi: Shoxjahon12 08 Yanvar 2012, 07:38:15
Namangancha shevada "hile-hile qimonglor", nima degani? :)
Nom: Re: Namanganliklarga savollar
Yuborildi: Shuhrat_ 08 Yanvar 2012, 07:56:16
Namangancha shevada "hile-hile qimonglor", nima degani? :)
bunaqa gap yo'q!! Shohjahon12
bu anavi (hudo asrasin)ohirati yomon bo'lganlani (yolg'on qiziqchilani)gapi
Nom: Re: Namanganliklarga savollar
Yuborildi: azizbek_mx 08 Yanvar 2012, 08:58:14
"hile" emas, "heli" - bu "hali" degani;
"qilmonglor" namangancha emas, bizda "qimaana" deyishadi.
Keyin, "heli-heli qimaana" deb namangan shevasini masxaralash uchun gapirishgan. Bizda hech kim bunaqa deganini eshitmaganman.