forum.ziyouz.com

Yurtdosh => Hamyurtlar => Qoraqalpog'iston Respublikasi => Mavzu boshlandi: Robiya 25 Aprel 2009, 15:07:27

Nom: Qoraqalpog'istonliklarga savollar
Yuborildi: Robiya 25 Aprel 2009, 15:07:27
:bs1:

 :as:

Aziz yurtdoshlar,forumdoshlar!

Ushbu mavzuda qoraqalpog'istonliklar va ularning urf-odatlari bilan va boshqa o'zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin. O'ylaymizki, qoraqalpog'istonliklar javob berishadi.

Birinchi savolni o'zim bersam. Hozir ayni to'y mavsumlari boshlanish arafasida... Qoraqalpog'istonda to'y bilan bog'liq qanday urf-odatlar bor? Shular haqida o'rtoqlashsangiz.
Nom: Re: Qoraqalpog'istonliklarga savollar
Yuborildi: Rakhmat26 11 Fevral 2010, 23:44:35
To`y... Qoraqalpog`istonda 30 foi`z o`zbeklar, 30 foi`z qozoqlar, 33  foi`z qoraqlpoqlar yana turkman va boshqa millat vakillari bor. Qoraqalpoq va qozoqlarda asosan qiz bola o`girlab ketiladi (albatta roziligi bilan, ba`zida norozi ham bo`ladi, uchraydi) va undan keyin to`y boshlanadi. Amudaryo tarafdagi o`zbeklarda qiz tarafga kuyov taraf qalin to`laydi. Qalin o`rtacha 1000 $ tashkil qiladi.
Nom: Re: Qoraqalpog'istonliklarga savollar
Yuborildi: Mars 04 May 2010, 09:57:49
Savol:Qoraqalpoq tili Qozoqchami yo Qirg'ischami?Yoki o'zi alaohida tilmi?
Agar alohida til bo'lsa Qozoqcha va Qirg'ischadan qande farqlari bor?
Javobni o'zbekcha yozilar iltimios ,oldindan rahmat
Nom: Re: Qoraqalpog'istonliklarga savollar
Yuborildi: Rakhmat26 10 May 2010, 21:55:11
Qoraqalpoq tili o`zi alohida til. Xuddi qozoqcha qirg`izchaga, turkmancha ozarbayjonchaga o`xshash bo`lganidek qoraqalpoq tili qozoqchagayam, qirg`izchagayam o`xshaydi. Lekin o`zi alohida til. Davlat tili hisoblanadi. Qoraqalpog`istonda rasmiy til o`zbek va qoraqalpoq tillari hisoblanadi.
Nom: Re: Qoraqalpog'istonliklarga savollar
Yuborildi: Fayzbek 12 Iyun 2010, 17:00:46
Qoraqalpog`istonda 30 foi`z o`zbeklar, 30 foi`z qozoqlar, 33  foi`z qoraqlpoqlar yana turkman va boshqa millat vakillari bor.
Siz birmuncha adashdingiz menimcha, QR da 33 foiz o'zbeklar, 31 foiz Qoraqqolpoqlar va qolgani boshqa millat vakillari ahil inoq yashaydi.
Kelin toyda kelin salom beradi uni qoraqolpoqchasiga "betashar" deyishadi.

[вложение удалено Администратором]
Nom: Re: Qoraqalpog'istonliklarga savollar
Yuborildi: Fayzbek 12 Iyun 2010, 17:10:54
Otahonlarimiz to'yga ketyapti. QR Taxiatosh shaxar Dawkaraev ko'chasi.

[вложение удалено Администратором]
Nom: Javob: Qoraqalpog'istonliklarga savollar
Yuborildi: JAMILAXONIM 29 Avgust 2015, 19:44:35
Assalomu aleykum forumdoshlar. Men yangi a'zoman,xatoliklar uchun uzr so'rayman.
Qoraqalpoqlarda to'y haqiqattan ham qiz olib qochiladi uning roziligi bilan. Kelinning ota uyiga kelish to'yi "elqa'de" deb atalib qiziq odatlar jamlangan. Kuyov o'rtoqlari bilan qaynotasining uyiga yaqinlashmasdan oldin qöshni ayollar chiqishadi. Ikki yanga kuyovning cho'ntaklarini tekshirib pul oladi. Keyin "kampir o'ldi" dasturi: ro'mol ikki tarafga ipdek tortilib turadi kampir yotadi kuyov unga ham öz "qa'de" sin beradi (yaniy pul) uyga kirgiziladi......