forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Madaniyat => Mavzu boshlandi: Ziyo 12 Iyul 2006, 05:40:56

Nom: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 05:40:56
Otabek:

Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz. Sizga o'zingiz bilan jahondagi eng yaxshi asarlardan 5 tasini tanlab olish imkoniyati berilgan. Siz qaysi asarlarni o'zingizga "hamroh" sifatida tanlagan bo'lardingiz?
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 05:41:11
Shahina:

Agar o`zim o`qigan asarlarimni qo`yish kerak bo`lsa quyidagilarni taklif qilardim:
1. O`tgan kunlar (Abdulla Qodiriy)
2. Alximik (Paolo Koelo)
3. Usta va Margarita (Mixail Bulgakov)
4. Choliqushi (Rashod Nuri Guntekin)
5. Toshqin hikoyasi (Emil Zolya)
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 05:41:25
Otabek:

Bu savolga o'zimning javobim:
1) "O'tgan kunlar", Abdulla Qodiriy
2) "Ikki eshik orasi", O'tkir Hoshimov
3) 'Dunyoning ishlari",O'tkir Hoshimov
4)"Choliqushi", Rashod Nuri Guntekin
5) "Graf Monte Kristo", Aleksandr Dyuma
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: Ziyo 12 Iyul 2006, 05:41:44
AbdulAziz:

Man o`qigan kitoblarimi ichidan quyidagilarni keltirardim:
1. Ahmad Lutfiyning "Saodat asri qissalari" asari
2. Abdullo Qodiriyning "O`tgan kunlar" romani
3. Chingiz Aytmatovning "Sohil bo`ylab chopayotgan olapar" qissasi
4. Nodar Dumbadzening "Hellados" hikoyasi
5. Aziz Nesinning "Dahshatli tush" hikoyasi
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: Mashhura 20 Iyul 2006, 18:24:59
Men quyidagi asarlarni olvolardim:
1. Rashod Nuri Guntekin "Choliqushi";
2. O'tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi";
3. Ulug'bek Hamdam "Isyon va itoat";
4. Usmon Azim "Saylanma";
5.  Jaloliddin Rumiy "Ichindagi ichindadir"  :D :D :D :D :D :D
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: forumnnb 21 Iyul 2006, 23:57:05
Assalomu alakum!

Juda ham ajoyib savol bo`libdi-ku!  :D

Men quyidagi asarlarni tanlab olgan bo`lardim

1. H.To`xtaboyev - "Sariq devni minib"(menga har doim bolaligimni yodimga solib turadi);
2. O`tkir Hoshimov - "Tushda kechgan umrlar" ("Taqdir hukmi hamma narsadan ustun");
3. P.Qodirov - "Yulduzli tunlar"(Inson irodasi hamma narsadan ustun);
4. Oybek - "Qutlug` Qon" (Ozodlik, inson busiz yashay olmaydi);
5. Odil Yoqubov - "Ulug`bek xazinasi" (Bilim bilan hamma narsaga erishish mumkin)....

Bajonidil ro`yxatni to`ldirardim-u, lekin 5 tagina ko`rsating debsizlar.....
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:01:09
1. O'tkan kunlar.
2. Tushda kechgan umrlar.
3. Qiyomat
4. Alximik
5. Kichkina Shahzoda
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: Munira xonim 27 Iyul 2006, 11:03:35
1. Choliqushi.
2. O'tgan kunlar.
3. Karbalo fojeasi.
4. Aldangan Ayselning tavbasi.
5. O'gay ona.
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: zulayxo 27 Iyul 2006, 11:31:24
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM
Men agar shunday jooyga tushib qolsam o'zim yoqtirgan asarlar bilan bo'lishni xoxlardim!
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: maknuna 01 Avgust 2006, 08:49:11
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM
Men agar shunday jooyga tushib qolsam asarlarga qiziqmayman
albatta "QUR'ON"ni olib olgan bo'lar edim.
Ana shunaqa...
 

Assalamu alaykum!
Kechirasiz-u, bu yerda asarlar so'ralvotti.
Asar so'zining ma'nosi inson inson aqli bilan yozilgan narsadir.
Qur'oni karim esa asar emas. Unihech kim yozmagan. Qur'on Allohning kalomi.
Shuning uchun chalkashtirmasligingizni so'rayman.
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: MaxCmd 01 Avgust 2006, 10:59:32
1. Aleksandr Dyuma "Graf Monte Kristo".
2. O`tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi".
3. O`tkir Hoshimov "Dunyoning ishlari".
4. Artur Konan Doyl "Sherlok Xolms".
5. Artur Konan Doyl "Yo`qolgan dunyo".
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: Munira xonim 01 Avgust 2006, 15:58:13
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM
Men agar shunday jooyga tushib qolsam asarlarga qiziqmayman
albatta "QUR'ON"ni olib olgan bo'lar edim.
Ana shunaqa...
 

Assalamu alaykum, Zulayho.
Maknunahonni gaplari to'g'ri.
Qur'oni Karim eng ulug' va aziz kitob,lekin bu yerda asar haqida so'ralgan.
Siz asarlarga qiziqmayman debsiz,lekin manimcha asarlar ham o'qib turish kerak.
Chunki sahobiylar hayoti, har hil islomiy kitoblar ham asar deb ataladi. Bunday kitoblardan har bir musulmon o'ziga kerakli juda ko'p narsalarni topishi mumkin.
Ilm olish kerak,ilmning koni esa kitoblar va asarlardir.
Ana shunaqa...
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: Chustiy 05 Noyabr 2006, 00:47:36
Zulayhoni gaplarida jon bor misol uchun manam unchalik asar o'qishga hushum yo'qroq.
Albatta SHayh MSMY hz. kitoblarini olgan bo'lar edim
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: Chustiy 05 Noyabr 2006, 00:53:44
Iqtibos
Ilm olish kerak,ilmning koni esa kitoblar va asarlardir.
Ana shunaqa...
Shu jumlalarni o'qiy turib bir savol kelib qoldi.
Ilm nima degani o'zi? ilmni kim qanday tushunadi?
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: Munira xonim 05 Noyabr 2006, 11:41:12
Assalamu alaykum,Chustiy.
Men bu yerda asar deb, Diniy asarlarni nazarda tutganman. Bunday kitoblarni o'qish inson uchun juda foydali. Bu meni fikrim.Bilmagan narsalarinigizni o'rganasiz. Masalan, kitob o'qish meni joni dilim. Siz men yuqoridagi keltirgan kitoblarni o'qib chiqsangiz bunga amin bo'lasiz.Ayniqsa,"Aldangan Ayselning tavbasi" va "O'gay ona" kitoblarini o'qishni men hammaga, ayniqsa qizlarimizga tavsiya qilaman.
Albatta Qur'oni Karim, Shayh va olimlarimizni kitoblari doimo birinchi o'rinda turadi. Yuqoridagi asarlar esa qo'shimcha ilm olish uchun.
Sizlarni e'tiboringizga "O'gay ona"kitobidan menga juda ham ta'sir qilgan va menga ham shu narsaga amal qilishni o'rgatgan bir kichik lavhani keltiraman.
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: Munira xonim 05 Noyabr 2006, 11:49:16
...Ayollar va qilzar to'planishgach, bemalol ochiq-sochiq o'tiraverardilar. Hatto Fotima tanigan adabli, tarbiyali bir necha xotinlar ham shunday ish tutardilar. Dugonalari uni ham boshini ochib o'tirishga qistashardi. U esa qabul qilmasdi.
- Bu yerda hech kim yo'q-ku, Fotima,kim ko'ribo'tiribdi? Buncha talabchan bo'lmasang?
- Alloh ko'radi,- deb javob berdi Fotima.
-Xo'p, sen o'ranganing bilan sochingni Alloh ko'rmaydimi?-deya e'tiroz etdi dugonasi.
- Tabiiyki,ko'radi.
- Unda nechun bu taassub, mutassiblik?Nimadan buncha saqlanasan,Fotima?
- Istaymanki, Alloh meni uyalishimga sabab bo'ladigan holatda ko'rmasin. O'zi amr etgan, rozi bo'ladigan qiyofada ko'rsin.
Hech qandaye'tirozga o'rin qolmadi.....
...Shundan keyin ochilgan tizzalar va boshlar yopildi, bu so'zlar vijdonlarga qadar yetdi, qalblarni titratib yubordi....
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: Munira xonim 05 Noyabr 2006, 11:52:25
Iqtibos
Ilm olish kerak,ilmning koni esa kitoblar va asarlardir.
Ana shunaqa...
Shu jumlalarni o'qiy turib bir savol kelib qoldi.
Ilm nima degani o'zi? ilmni kim qanday tushunadi?

Ilm- Allohni tanish.
Ilm - Alloh buyurgan narsalarni qilish va qaytariqlaridan qaytish.
Ilm - Allohni va Rasulini sevish.
Ilm - bilganiga amal qilish.
Ilmni men shunday tushunaman.
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: Chustiy 05 Noyabr 2006, 17:12:21
Iqtibos
Ilm olish kerak,ilmning koni esa kitoblar va asarlardir.
Ana shunaqa...
Shu jumlalarni o'qiy turib bir savol kelib qoldi.
Ilm nima degani o'zi? ilmni kim qanday tushunadi?

Ilm- Allohni tanish.
Ilm - Alloh buyurgan narsalarni qilish va qaytariqlaridan qaytish.
Ilm - Allohni va Rasulini sevish.
Ilm - bilganiga amal qilish.
Ilmni men shunday tushunaman.
Alloh sizdan rozi bo'lsin..
Sunniy Aqiydalar kitobida Ilm nima degan savolga ilsom ulamolariz "Haqiqatni huddi voqe'likdagidek idrok etish bu ilmdur" deyishgan ekan.
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: ikbaljohn 16 Aprel 2007, 13:15:54
Och qoringa kitob sig'armidi?
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: Abu Abdulloh 24 Iyun 2007, 08:14:05
Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...

Robinzonni Qilgan ishlarini eslab
shundey qilishdan boshqa chora yo'q
 
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: Fatima 03 Iyul 2007, 13:43:40
Kimsasiz orolga tushgandan keyin o`ylab ko`rardim, hozir nima qilish kerakligini o`ylasam ham hech qanaqa fikr kelmayapti.
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: Domla 07 Noyabr 2007, 10:32:44
Kimsasiz oroldan Alloh asrasin :)
Agar shunaqa bop qolsa, albatta o'zim uchun sevimli asarlar bo'lishini xoxlardim.
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: JaviK 30 Dekabr 2007, 07:36:33
agar kimsasiz orolga tushib qolsam, birinchi navbatda taqdiri azal shu ekan deb yashashga joy hozirlardim:)
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: AL_laziz87 05 Yanvar 2008, 01:40:22
Inson qayerda qanday axvolda bo'lmasin yashash uchun kurashish kerak. Kimsasiz orolda yaxshi yashash uchun kurashardim
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: Ansora 28 Fevral 2010, 22:55:19
Agar kimsasiz orolga tushib qolsam men ham Robinzon Kruzoday o'zim ekin-tikin qilib, kunimni o'tkazardim. Bolaligimdan shu kinoni ko'rib ko'p marotaba o'zimni yakka yolg'iz orolda xayol qilganman ;D

Kitoblarga kelsak:

1. Qur'oni Karim va tarjimasi. Chunki inson tanho qolganida yana ham Allohga yaqin bo'ladi, deb o'ylayman.

2. Yusuf Qandehlevining "U (S.A.V)ning go'zal ahloqi" kitobi.

3. Alisher Navoiyning : "Lisonut tayr" asarini

4. Yusuf Qandehlaviyning yana : "Asri saodatda ko'rilgan İlohiy yordamlar" kitobini.

5. O'tkir Hoshimovning : "İkki eshik orasi" romanlarini yonimda bo'lishini hoxlardim.
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: UzMuslim 14 Aprel 2010, 13:51:00
Agar Kimsasiz Orolga Tusub Qolsam Birinchi Navbatda Buni Ham Allohning Bir sinovi deb Bilib Ibodatdan Sira to'xtamayman,Balki Umrim Shetda O'z nihoyasiga Yetadi Lekin Allohdan Umid Qilib Tunu Kunimi Ibodatda O'tkazaman.
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: AbdulAziz 14 Aprel 2010, 14:05:18
Agar Kimsasiz Orolga Tusub Qolsam Birinchi Navbatda Buni Ham Allohning Bir sinovi deb Bilib Ibodatdan Sira to'xtamayman,Balki Umrim Shetda O'z nihoyasiga Yetadi Lekin Allohdan Umid Qilib Tunu Kunimi Ibodatda O'tkazaman.

Bu oson ish emas.
Islomda tarkidunyochilikka, butun umrni faqat zikr va namozga o'xshash ibodatlar bilan o'tkazishga buyurilmagan.
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: Muzayyana 24 Aprel 2010, 14:56:15
Agar Kimsasiz Orolga Tusub Qolsam Birinchi Navbatda Buni Ham Allohning Bir sinovi deb Bilib Ibodatdan Sira to'xtamayman,Balki Umrim Shetda O'z nihoyasiga Yetadi Lekin Allohdan Umid Qilib Tunu Kunimi Ibodatda O'tkazaman.

Bu oson ish emas.
Islomda tarkidunyochilikka, butun umrni faqat zikr va namozga o'xshash ibodatlar bilan o'tkazishga buyurilmagan.

Haqiqatdan ham, "Bismillah" deb har bir ishni boshlaseyiz, misol uchun yerga ketmonni urasmi, hamir qorasmi, zikrda bo'lsayiz, halol pul ishlab topsangiz, kimnidir Alloh rizoligi yo'lida yaxshi ko'rsayiz mana shularni o'zi ham ibodat hisoblanadi, vallohi alam...
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: BelleQizcha 25 Aprel 2010, 18:04:37
Agar kimsasizz Orolga tushib qolsam birinchi qiladigan ishim.. HELP dib yozishh.. Kitoblarga keladigan bose..
1_Qur'oni Karim
2-Haqiqat
3-ikki eshik orasida.
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: ibnUyayna 25 Aprel 2010, 19:23:48
   :as:
   avvalari salafi-solihiynlardan biror narsa haqida,bundo bo`sa nima bo`ladi,undo bo`sa nima bo`ladi deb so`raganlarida,o`sha narsa bo`ldimi?deb so`rarkanla.
Agar yo`q bo`madi desa,bor bo`ganda kelib so`risan dirkanla.
 manam,agar o`sha narsa sodir bo`pqosa,o`shanda etaman
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: Zamiraxon 19 Avgust 2010, 21:47:22
  :as:
   avvalari salafi-solihiynlardan biror narsa haqida,bundo bo`sa nima bo`ladi,undo bo`sa nima bo`ladi deb so`raganlarida,o`sha narsa bo`ldimi?deb so`rarkanla.
Agar yo`q bo`madi desa,bor bo`ganda kelib so`risan dirkanla.
 manam,agar o`sha narsa sodir bo`pqosa,o`shanda etaman
Assalamu alaykum.
Tög'ri aytdingiz. Postingizni öqib bir narsa esimga tushdi.
Qaysidir sahoba(Vallahu A'lam balki tobe'in) shunday degan ekanlar:
"Bölgan narsani bölmaganda edi, bölmagan narsani bölganda edi, degandan köra ichimga qizib turgan temir yutib yuborganim afzalroq".
Allohning taqdirimizga yozganiga shukr qilib, yozmaganidan tiyilaylik.
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: bir inson 04 Oktyabr 2010, 19:34:54
А оманни танлаш таклиф қилинишидан олдин етарлича овқат бериладими?
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 04 Oktyabr 2010, 20:52:22
Hazrati Umar al-Foruq r.a.dan
-Ey Amir al-mo'minun, agar osmondan sut yog'sa, taxorat va g'usl qilsak bo'ladimi? deb so'raganlarida.
Hazrati Umar r.a.:
-Avval yog'sin keyin ko'ramiz degan ekanlar.
Nom: Re: Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Yuborildi: jasur.best 15 Noyabr 2010, 22:38:26
1. O'.Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"
2. A.Qodiriy "O'tkan kunlar"
3. Cho'lpon "Kecha va kunduz"
4. A.Qahhor barcha hikoyalari to'plami
5. Shukur Xolmirzayev saylanma hikoyalar