forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: Abdumuhaymin 01 May 2009, 23:21:21

Nom: Yaxshi do'st
Yuborildi: Abdumuhaymin 01 May 2009, 23:21:21
 :bsm:
Alloh taolo Quroni Karimda quydagilarni aytadi:
"Bizning zikrimizga orqa o'girgan, hayoti dunyodan boshqani xohlamaydiganlardan yuz o'gir" ("Najm" surasi, 29-oyat).
Pay'gambarimiz Muhammad s.a.v yaxshi hamsuhbat va yomon hamsuhbatni tasvirlab shunday deydilar:
"Yaxshi hamsuhbat xuddi mushku anbar olib yurgan kishiga o'xshaydi. Birga bo'lsang, mushkidan beradi yoki o'zing undan sotib olasan, hech bo'lmaganda esa, uning hush bo'yidan bahramand bo'lasan. Yamon hamsuhbat esa, huddi temirchining bosqoniga o'xshaydi: Yo kiyimingni kuydiradi, yoki uning badbo'y hidi senga ham urib qoladi"
(Iymon. MSMY)
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: Afruza 05 May 2009, 21:03:06
Yaxshi mavzu ochilibdi. Keling buni davom ettirsak.
Ya'ni bu mavzuga o'z do'stlarimiz haqida yozsak. Og'ir kunlarimizda yolg'iz qoldirmagan yoki aksi bo'lgan holatlar haqida fikrlashsak va..... Alloh yo'lida do'stlashsak.
Agar qarshi bo'lmasangiz.

"Do'stlarning yaxshisi - Allohni zikr etishingga yordam beradigan va yoddan chiqarganingda eslatadigandir".  Hadisdan
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: Shokir63 06 May 2009, 15:12:43
Kitob eng yaxshi do'stlardan biri. Ikkiyuzlamachilik qilmaydi, xoxlasang gapiradi xoxlamasang jim turadi. Aldamaydi.

Do'st tanlashda juda extiyot bo'lish kerak.

Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: Abdumuhaymin 07 May 2009, 22:11:10
 :bsm:
Inson axloqining go'zal va chiroyli qiladigan narsalardan biri yaxshilar bilan hamsuhbat bo'lishdir. Birovga taqlid qilish inson tabiatidagi bor narsa. O'z atrofidagilarining kiyimlariga o'xshash
kiyim kiyishga uringan inson, albattao'shalarning qiladigan ishlariga va odob-axloqlariga ham taqlid qiladi. Donishmandlardan biri: "Do'sting kim ekanligini menga aytsang, men sening kim ekanligingniaytib beraman" degan ekan.
Hayotda katta muvaffaqiyatlarga erishganlar ko'pincha o'z muvaffaqiyatlarining siri yaxshi do'stlarning maslahatlari bilan yurganlikda, deb biladilar
( Iymon.Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: Shokir63 08 May 2009, 14:11:30
Asxobi Kaxf va ularning itlari Qitmir haqida ko'pchiligimiz bilamiz.
Ka'bani buzmoqchi bo'lgan Abraha va uning fili Maxmud haqida ham.

Ya Rasululloh chi boshat chun saki Asxobi kaxf
Doxili jannat shavam dar zumrayi asxobi Tu
O' dar jannat man dar jahannam kay rav ast
O' saki asxobi kaxf, man saki asxobi Tu.
                                                        Hazrati Jomiy (Alloh raxmat qilsin)
(Ya Rasululloh (s.a.v), nima bo'ladi, men ham asxobi kaxfning iti singari jannatga kirsam. (Axir) u asxobi kaxfning, men esa Sening asxobingning itiman.) (ma'nosida)

Itning erishgan mevqeyini qarang, tillarimizda doston, lekin itdan farishtalar hazar qilishadi. Uning yutug'i yaxshilar bilan edi.

Filchi - Maxmud yaxshi edi, Makkaga qarab yurimadi, buzishni xoxlamadi, lekin yomonlar prasida bo'lgani uchun ular bilan birga halok bo'ldi.

Yaxshilar bilan birga bo'lishni Alloh barchamizga nasib etsin.
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: Abdumuhaymin 30 Mart 2010, 23:45:10
 :bsm:
Ayting: " O'zi rizqlanmay (taomlanmay barchani taomlantirgan) holida osmonlar va yerning yaratguvchisi bo'lgan Allohdan o'zgani do'st tutaymi?! (An'om 14)
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: JaviK 31 Mart 2010, 00:05:27
Meni eng yaqin do'stim. Bu forum va forumdosh azizlarim, bunday deyishimga sabab men sizlardan dinni o'rgandim, hadis yodladim, iymon etiqod ibodatni o'rgandim, hayot saboqlari, bilimlarim makoni shu yer deb hisoblayman. Kimnidir ko'nglini og'ritgandirman, kimnidir ko'nglidan qoldim, bu uchun barchadan uzr so'rayman. Barchamiz dindosh birodarmiz. Barchamizni olloh panohida saqlasin omin!
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: Abdulhafiz 31 Mart 2010, 00:08:48
YAXSHI DO'ST TANLASHGA DA'VAT
"O'z parvardigorlariga ertayu kech duo qiladiganlar, faqat Allohni xohlaganlar bilan sabr qilib birga bo'l. Bu dunyo ziynatiga berilib, ulardan o'zingni olib qochma. Bizning zikrimizdan qalbi g'ofil bo'lganlarga va havoi-nafsga ergashganlarga va shariatning chegarasidan chiqqanlarga itoat etmagin" ("Kahf" surasi, 28-oyat). Shu ma'noda Alloh boshqa bir oyatda shunday deydi: "Bizning zikrimizdan qochgan va bu dunyo hayotidan boshqa narsani xohlamaydiganlardan yuz o'gir" ("Najm" surasi, 29-oyat).
     Payg'ambarimiz Muhammad(s.a.v) yaxshi hamsuhbat va yomon hamsuhbatni tasvirlab shunday deydilar: "Yaxshi hamsuhbat xuddi mushki-anbar olib yurgan kishiga o'xshaydi. Birga bo'lsang, mushkidan beradi yoki o'zing undan sotib olasan, hech bo'lmaganda esa, uning xush bo'yidan bahramand bo'lasan. Yomon hamsuhbat esa, xuddi temirchining bosqoniga o'xshaydi: yo kiyimingni kuydiradi, yo bo'lmasa uning badbo'y hidi senga ham urib qoladi".
     Do'st tanlashda Islom ta'limotlari mana shulardan iborat. Ular doimo bizni yaxshilikka yetaklaydi va yomonlikdan saqlaydi.
{Shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf hazratlari "Iymon" kitoblaridan}
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: BelleQizcha 31 Mart 2010, 03:21:10
Dostsiz odam Toharatsiz odam diyardillla Rahmatli Amakimlaaaaaaaaaaaaa
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: siddiqa 31 Mart 2010, 06:52:44
 :as:

eslasangiz yuzingiz yorishib ketadigan ,har doim ham yoningizda emas yodingizda bo'ladigan siz bn boyliknimas ,obro'nimas ,eng muhim bahtni iymonni bo'lasha olgan do'stlar do'stdir .
eslaymanu voy hozir tell qilib hol ahvol so'rayman juda sog'indimda shu do'stini deyman ,qayerda bu narsa yana o'z dunyoyim bn bo'lib ketaman ,

og'ir dalda bo'lar payti ,ruhiy evrilishlarda darrov bir birligimizga kerakligimizni anglab qolamiz . :) :) :) :)
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: UzMuslim 31 Mart 2010, 19:02:10
Albatta Do'st tanlashda Islomga Amal qilgan Holda Do'st tanlash kereg,Yaxshi Do'st Yaxshilikga boshlasa Yomoni Yomonlikga Boshleydi...Bir Voqea eshitgandim albatta Bu Qaysi davrda Bo'lganini Bilmeyman.///

Bir Kuni Bir Yigit Qozini oldiga kirib Qozi Man 1 Hum tilla Topib Oldim shuni Sizga Beray man Uni Kimiki ekanini bilmeyman shuning uchun O'zingiz egasini topib topshirsangiz Yoki beva bechoralarga bo'lib bersangiz Deb tashlab ketdibdi...
Oradan 10yil o'tib osha hum tashlab ketgan bolani kishi ikki qo'lidan ushlab Mana Bu Yigit og'irlik qildi Deb Qozini oldiga olib kelishibdi,,
Qozi Bu Yigit unaqa ish qilishi mumkin emas Man Buni Halol Yigit ekanini Bilaman Osha Voqeani aytib beribdi..
Shunda haligi yigit,,Qozi Domla Man Rosi bilan Og'irlik qildim..
MAn U Humni Olib kelganimda Do'stlarim Hammasi Iymonli,Aqilli Namozhon Yigitlar edi,Vaqt O'tishi bilan Boshqa Yigitlar bilan do'stlashdim va U Do'stlarimdan Uzoqlashib ketdim,Yangi Do'stlarim esa Birovnin haqidan Qo'rqmaydigan,Halol Haromni farqiga Bormaydiganlardan edi,Mana vaqt O'tib mani ham Bu ishga Boshlashdi,
man Gunohkorman Aybimi Tan Olaman Degan ekan...

Bu Hikoyadan Juda ham Ko'p Va Aniq Dalillar keltirilgan///
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: munisaxon 01 Aprel 2010, 19:41:21
Ikki do`st arosat yalangligida qolishdi. Ulardan biri jannat tomon yana biri do`zax tomoniga ketishi zarur negaki ular o`z savoblaridan 2 paysasini bir birlariga hadya etishmoqda shu sababli ham ular o`rtasida bahs ketmoqda, bahs so`ngida esa:
 Yigit: Ahvolimni tushun, sen ham, bahaqqi imon,
         Sen olasan mendan o`sha ikki paysani,
Do`st: Aslo! Aslo! Sen olasan!
Yigit:Yo`q,yo`q, mutlaqo!
Do`st: Sen olasan!Sen olasan! Oxirgi so`zim!
Yigit:Tingla, do`stim kelayotir qandaydir sado!
        Birga o`sdik, mayli birga topaylik to`zim.
Sado:Volidayu padarlarga qulluq va rahmat!
       Tashakkurlar bo`lsin nurli inson zotiga.
       Fikringizni lekin bu yon buring bir fursat.
       Zehn soling gapning asl tafsilotiga.
       Ikki do`stning sadoqati, mehri, himmati
       Koinotning qadridan ham turgaydir baland.
       Hech ne bilan o`lchanmaydi do`stlik qimmati,
       Qulatgay sarhadlarni qudrati bilan.
       Hikoyadan murodim shulkim, ulug`, muhtaram
       Do`sti sodiq nasib etsin har kimga har on.
       Jannat ato qilajakman ikkingizga ham,
       Jannat yo`li mana, sizga ochiq, charog`on.
 Atrof birdan yorishib ketadi.
 Abdulla Oripov "Jannatga yo`l"dramatik doston

Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: yoqutxon 20 Sentyabr 2010, 07:11:04
Assalom aleykum. Do'stlik, birodarlik insonga berilgan eng ulug' ne'matlardandir. Bu mavzuni o'qib '' bir tanang do'st, bir onang'' degan maqol yodimga tushdi. Chindan ham bu dunyoda mehribon, sizni o'zidanda ko'proq o'ylovchi onangizdan ham yaqinroq , sodiq do'st topsa bo'ladimi? Albatta yo'q.Do'st deganda birinchi onajonim ko'z oldimga keladi.
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: Hadija 20 Sentyabr 2010, 09:39:25
Ikki do`st arosat yalangligida qolishdi. Ulardan biri jannat tomon yana biri do`zax tomoniga ketishi zarur negaki ular o`z savoblaridan 2 paysasini bir birlariga hadya etishmoqda shu sababli ham ular o`rtasida bahs ketmoqda, bahs so`ngida esa:
 Yigit: Ahvolimni tushun, sen ham, bahaqqi imon,
         Sen olasan mendan o`sha ikki paysani,
Do`st: Aslo! Aslo! Sen olasan!
Yigit:Yo`q,yo`q, mutlaqo!
Do`st: Sen olasan!Sen olasan! Oxirgi so`zim!
Yigit:Tingla, do`stim kelayotir qandaydir sado!
        Birga o`sdik, mayli birga topaylik to`zim.
Sado:Volidayu padarlarga qulluq va rahmat!
       Tashakkurlar bo`lsin nurli inson zotiga.
       Fikringizni lekin bu yon buring bir fursat.
       Zehn soling gapning asl tafsilotiga.
       Ikki do`stning sadoqati, mehri, himmati
       Koinotning qadridan ham turgaydir baland.
       Hech ne bilan o`lchanmaydi do`stlik qimmati,
       Qulatgay sarhadlarni qudrati bilan.
       Hikoyadan murodim shulkim, ulug`, muhtaram
       Do`sti sodiq nasib etsin har kimga har on.
       Jannat ato qilajakman ikkingizga ham,
       Jannat yo`li mana, sizga ochiq, charog`on.
 Atrof birdan yorishib ketadi.
 Abdulla Oripov "Jannatga yo`l"dramatik doston



Мана шу драмматик достонни спиктакилини тв да ксрганимдан кейин дарслик китобидан 5-6 марта укиб чиккандим. Хакикатда жуда чиройли ёзилган драмма.

А­нг суюкли дуст бу Аллох, снг схши дуст охиратни, жаннат ва дузахни сслатиб тургувчи инсон...
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: Gabriela 10 Oktyabr 2010, 07:27:22
Hozirgi kunda boyliginggamas, mansabinggamas, umuman hech narsangga emas balki o'zingga do'st bo'la oladigan insonni topish qiyin
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: Mo'min Mirzo 10 Oktyabr 2010, 09:52:16
Устозим А амазонда жойнамоз совға қилган сдилар. Жойнамоз сумкачасида қуйидаги хикматли ссзлар битилган:
"Ҳақиқий биродар шодлик дамларингда таклифинг билан ташриф буюради. Бошингга иш тушганда сса сзи келади"
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: UzMuslim 10 Oktyabr 2010, 19:56:20
Haqiqatdan Ham Juda ham Ibratli so'zlar,Bir Paytlar manda Ham Do'stlarim Juda ham Ko'p Edi,Bugun Boshimga Og'ir Bir Musibat Tushdi,To'risi asta sekinlik bilan Do'stlarimdan ayrila Boshladim,Hatto Bitta Iktasi Nogiron Bo'liB Qoldinmi Deb Ustimdan Kulishgacha Borishdi.
Alloh Taolo Mana Shundey Do'stlarga O'zi Insof bersin,Aslida Bularni Do'st deyishga Tilim ham Bormayapti...
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: Mo'min Mirzo 11 Oktyabr 2010, 08:16:12
Қсшиламан. Менга 15 йил олдин фалокат сабаб дард етган сди, афсус, синфдошларим бошида 1-2 йил хабар олишдию, лекин шунча 13-14 йилдан бери бирор марта хабар олишмади, ксчада ксрсам ҳам танимагандай стиб кетадиган мсрда синфдошлар ҳам йсқ смасди. Хатто тсйларига ҳам айтишмади... бу менга жуда оғир ботган.
50та синфдошдан 3-4таси билан алоқани бироз бслсада сақлаб қолибмиз.
Аллоҳга шукр, уларнинг срнига солиҳ дсстлардан ксплаб берди. Мана шу солиҳ биродарларим ҳаётимни кескин сзгариб кетишига сабаб бслди.
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: siddiqa 11 Oktyabr 2010, 11:37:39
yahshi do'st huddi oyna kabidur ,o'zingni ko'rasan .
agar ko'zlar hiralashib o'zingni ko'ra olmasang ,u senga yahshilab tanbeh bilan ko'zguga qarashga majbur qiladi .
bugun ham bir yahshi do'stim birodarka  bilan ko'rishaman ,tanbehlarni sog'indim .
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: AbdulAziz 11 Oktyabr 2010, 12:19:30
"¢ Oxirgi burda noningni qanday bo‘lib berganingni unutgan do‘sting o‘lib ketsa ham achinma.
Lazgin xalq maqoli
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: Gabriela 18 Oktyabr 2010, 15:18:59
haligacha yaxshi do'st topolmadim
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: _IYMONA_ 19 Oktyabr 2010, 12:31:57
engggg yaxsh do'st bu ota-ona! do'stiz xiyonat qiladi, ig'vo qiladi, sizga ortingizdan fitna, hasad qilishi mumkin. Men shuni bildimki, Men uchun Ota-onamdan azizroq va mehribonroq zot yo'q ekan men uchun. Alloh esa har doimgi sirdosh va himoyachim, panohim.
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: UmmatiY_MuhammadiY 19 Oktyabr 2010, 13:32:06
 :bsm:

 :as:

Eng yaxshi do'st bu Allohdir. Chunki Allohdaka mehriboni, o'ziga itoat qilgan bandalariga labbay bandam deb javob beradigani qo'l ochib duo qilsa, uni ijobat qilmasdan qo'ymadigan do'st! Undan keyin do'st kerak bo'sa bu kitobdir. Sababi inson uni mutoala qilsa, ilmi ziyoda bo'ladi, dunyoqarashi kengayadi. Ziyolilar ichida bemalol yura oladi. Keyinchalik ilmi bo'lib ketsa, o'zidan ziyo tarqatadi. Undan keyin do'st kerak bo'lsa solih insonlarni do'st tutish lozim. Faqat Alloh uchun yaxshi do'st bo'lgan insonlar bn oshno bo'lish kerak. To'g'ri bunday insonlar safi juda kam ammo yo'q deb bo'lmaydi. Hozirgi vaqtda do'stlarning har hil turli mavjud. Pulinga do'st, mansabinga do'st, ayolinga do'st va hokazolar. Bular hammasi o'tkinchidir. Bir kun kelib o'zidan o'zi yo'q bo'lib ketadi. Ammo Alloh yolida do'st bo'lgan abadiy qoladi. Bunga tarixdan bir misol. Payg'ambarimiz (s.a.v.) ga Abu Bakr Alloh yo'lida do'st bo'ldi. Shuni ibrat qilib olsa bo'ladi. Rabbim o'zin uchun do'st boladigigan bandalarin bn do'st qilgin.
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: Gabriela 21 Oktyabr 2010, 14:54:51
engggg yaxsh do'st bu ota-ona! do'stiz xiyonat qiladi, ig'vo qiladi, sizga ortingizdan fitna, hasad qilishi mumkin. Men shuni bildimki, Men uchun Ota-onamdan azizroq va mehribonroq zot yo'q ekan men uchun. Alloh esa har doimgi sirdosh va himoyachim, panohim.
to'g'ri aytdingiz, ota-ona har qachon do'st bo'la oladi. Lekin, ulardan tashqari do'stlarning vafosiga ishonib bo'lmas ekan
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: JaviK 31 Oktyabr 2010, 01:08:51
Lekin hayoti davomida inson uchun do`st ham kerak. Shunday do`stlar borki yahshi kuningda sen bilan birga yomon kuningda esa seni tanimaydiganlar ham bor. Yahshi do`st topish uchun avvalo o`ziga savol berib ko`rin men yahshi do`st bo`la olamanmi?  
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: Gabriela 09 Noyabr 2010, 12:15:42
Lekin hayoti davomida inson uchun do`st ham kerak. Shunday do`stlar borki yahshi kuningda sen bilan birga yomon kuningda esa seni tanimaydiganlar ham bor. Yahshi do`st topish uchun avvalo o`ziga savol berib ko`rin men yahshi do`st bo`la olamanmi?  
to'g'ri kimlardir do'stni hayoti davomida axtaradi-yu yonidagini qadriga yetmaydi...
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: jasur.best 13 Noyabr 2010, 00:43:00
Do'st do'stga oyna. Do'stiz bo'lmasa qiyin! Lekin chin do'stni topish undanda qiyin. 
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: JeeS 13 Noyabr 2010, 00:50:07
engggg yaxsh do'st bu ota-ona! do'stiz xiyonat qiladi, ig'vo qiladi, sizga ortingizdan fitna, hasad qilishi mumkin. Men shuni bildimki, Men uchun Ota-onamdan azizroq va mehribonroq zot yo'q ekan men uchun. Alloh esa har doimgi sirdosh va himoyachim, panohim.

Tug`i ota-ona eng yaxshi dust, yaxshi yomon kunizda doim yonizda. Alloh shu dustlarimizni umrlarini uzun qilgan blsin. Utganlarini joylari Jannatdan bulsin. (AMIN)
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: Sakiina 21 Noyabr 2010, 19:09:24
mani dostim esa qizlarim va onam,meni ham dostim bolardi bir vaqtlar biz hudi opa singildae edik bir birimizga yordam berib kelardik man kop unga yordam berganman musofirchilikda minat qimiman chin dildan yordam berganman lekin vaqti kelib meni :2 boplab ketgan shunga dostga ishonmiman
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: Abdumuhaymin 21 Noyabr 2010, 21:13:25
mani dostim esa qizlarim va onam,meni ham dostim bolardi bir vaqtlar biz hudi opa singildae edik bir birimizga yordam berib kelardik man kop unga yordam berganman musofirchilikda minat qimiman chin dildan yordam berganman lekin vaqti kelib meni :2 boplab ketgan shunga dostga ishonmiman
:as:
Sizni bu gaplarizni to'gri deb bo'lmaydi. To'g'ri insorlar har turliy. Brovni ko'ziga do'st bo'lib ko'rinib hiyonat qilganlar, qiladiganlar ko'p. Lekin shular sabap halol do'stgayam ishonmay qo'yish insofsizlik bo'ladi. Albatta г insofsiz, hiyonatkor do'stlar ortidayam qandaydir hikmat yotadi. Balki Alloh ularni kimlargadir sinov uchun , kimlargadir ibrat uchun yuborar.
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: Sakiina 21 Noyabr 2010, 21:30:01
mani dostim esa qizlarim va onam,meni ham dostim bolardi bir vaqtlar biz hudi opa singildae edik bir birimizga yordam berib kelardik man kop unga yordam berganman musofirchilikda minat qimiman chin dildan yordam berganman lekin vaqti kelib meni :2 boplab ketgan shunga dostga ishonmiman
:as:
Sizni bu gaplarizni to'gri deb bo'lmaydi. To'g'ri insorlar har turliy. Brovni ko'ziga do'st bo'lib ko'rinib hiyonat qilganlar, qiladiganlar ko'p. Lekin shular sabap halol do'stgayam ishonmay qo'yish insofsizlik bo'ladi. Albatta г insofsiz, hiyonatkor do'stlar ortidayam qandaydir hikmat yotadi. Balki Alloh ularni kimlargadir sinov uchun , kimlargadir ibrat uchun yuborar.
balkim....togri aetasiz yahshi insonlarham kop lekin bir marta tilingiz kuegandan kein ishonishga qorqarkan odam,shunda ham kop esliman shu dostimni yomon taraflama mas yahshi hayolda nima bogandayam korgim keladi lekin bilmiman qaerda yashashini,uchrashsam kechirardim (lekin kechiradigan ish qimagan )
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: azizbek_mx 21 Noyabr 2010, 22:52:44
Mening eng ishongan do'stlarim sinfdoshlarim. Ular mening suyangan tog'larimdir! Yaxshi yomon kunlarimda yelkadosh bo'lib, yordamini, xizmatini minnat qilmay hamisha yonimda bo'lishadi. Bilmaidim, qanchalik ularni rozi qila olganman, lekin menga ishi tushsa, qo'limdan kelgancha yordam berishga harakat qilaman. Eng alam qigani maktabni bitirganim bo'ldi. Juda og'ir kecharkan. Har xil bahonalar bilan hamamiz tarqalib ketdik. Hozir ham aloqaga chiqib turamiz, lekin, baribir maktab davri boshqacha bo'larkan, qadriga yetmagan ekanman...
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: Firdavsiy 23 Noyabr 2010, 14:02:06
 :as:
 :bsm:
ha inson do'st tanlashda adashmasligi kerak shundey do'st bo'lish kerakki har bir kunimizda bizga kor keladigan.Alloh yo'lida nasihat qiladigan bo'lishi kerek deb o'yliman.
4-kun oldin bir turk o'rtogimni uyiga mehmonga borgandim.
manga shundey shiroyli so'z ettiki, bu haqiqat Allohim hammamizga shundey do'st bersin dedim.u dediki!!
inson hayotida 3 narsadan saqlanish kerak..
1-chisi, Nafs
2-chisi, Shayton
3-chisi, yomon do'st..
bu uchlik insonni doimo Allohdan uzoqlashtiradi.. deganida rostan ham yonimizdegi do'stlarimiz doimo bizga so'zlaridan, nasihatlaridan, Allohni eslatib turishi kerek.barchamizga Alloh yo'lida yuruvchi do'st nasib qilsin..
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: muxlisa 23 Noyabr 2010, 19:17:11
 :as:

Uch narsa do'stingga bo'lgan muxabbatingni uning yuragida yanada yaqin qiladi.
1. Undan oldin salom berishing.
2. O'zi yaxshi ko'rgan ism yoki laqabi bn chaqirishing.
3. Yig'ilishlarda unga joy olib  qo'yishing.


Hazrati Umar r.a.
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: Zulfina 23 Noyabr 2010, 19:29:14
 :as:
Alloh barchamizga O'zini yo'lidagi haqiqiy do'stlarni nasib etsin!
Alloh yo'lidagi haqiqiy do'st molimizga o'zimizdanam ko'ra haqliro bo'larkan dib o'qigandim. Demak hali ko'pchiligimiz bunaqa do'stimiz bo'lishiga tayyor emasmiz.
Ammo kim yaxshi do'st istasa unga Alloh kifoya! Neki dardim bo'sa ayta oladigan, hech bir istiholasiz yordam so'raydigan yagona do'stim Parvardigorim!
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: Nurdinboy 02 Dekabr 2010, 00:11:03
Do'st bilan obod uing gar u vayrona bo'lsa ham,
Do'st qadam qo'ymas ekan vayronadir koshona ham.

(E.Vohidov)
Do'stsiz boshim, tuzsiz oshim
(Maqol)
Do'st achitib gapirar
Dushman kuldirib

(Maqol)
Muhtojdirman dili subhi sodiqdek bir do'stga
Tohir Malik
Do'st insonga hamisha kerak. Usiz hayot... menimcha...
Xudoyim hech kimni do'stga zor qilmasin.
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: UmmatiY_MuhammadiY 18 Dekabr 2010, 15:24:33
:bsm:


Яқинда бир бслган воқеани сшитиб қолдим:

      4 дсст бир — бирлари билан Аллоҳ йслида Аллоҳ учун дсстлашишибди. Анча йиллар стганидан кейин 4 дсстларининг бири анча бслди дсстларимни ксрмаганимга шунга қаний уларни бир синай деб хизматкорини чақириб шундай дебди: Дсстларини манзилларини бериб, уларга хсжайинимнинг бошларига оғир кулфат тушди. Шунга ёрдамга сизларнинг олдиларингизга жснатдилар деб стасан, деб хизматкорини жснатибди. Хизматкор айтилган манзилларга бир — бирма бир борибди. Биринчи дсстини топиб унга хсжайини айтган гапни стибди. Шунга дссти Аллоҳ йслида унга давлатини срмини берибди. Иккинчи дсстиникига хизматкори борибди. У ерда сса дссти сафарга кетган скан. Аммо хизматкорларига бирор киши ёрдам ссраб келса деб маблағ ташлаган скан. Хизматкори сна хсжайинини гапини айтиб берибди. Шунга у ердан ҳам шунча микдорда мол дунё олиб сснгги дсстини манзили сари йсл олибди. У дсстини анча кидира кидира бир хароба маскандан топибди. А­гнилари ҳам бир аҳволда. Шунда бу дсстига ҳам воқеани ваён қилибди. Шунда ул дссти хизматкорга шу ерда бироз стириб туришни айтиб сзи кетибди. Бир мунча вақтдан сснг сса бир киши билан келиб бир ховуч тилла берибди. Аимага олдида бир киши келганини суриштириб  билибди-ки, охирги дссти Аллоҳ учун унинг йслида сзини бир одамга сотиб пулини дсстини сҳтиёжи учун берган скан. Хизматкори хсжайини олдига қайтиб бслган воқеани стибди. Кейин сса бу дсст сзини сотиб пулини дсстига берган дсстини олдига бориб уни озод қилиб йиғилган мол дунёни берибди.

Мани таъсирлантирган нарса бу воқеада Аллоҳ учун дсст бслган ва ҳамда уни йслида молини ҳам асмайдиган дсстлар ҳақида бслгани учун ва охирги дсстини ҳатти ҳаракати манга таъсир қилди. Аллоҳ барчамизни ушбу дсстлардака қилсин. Амийн.

PS: воқеани у бу жойларида камчилик бслса узр!
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: Gabriela 21 Yanvar 2011, 20:35:08
ilgari do'st topishni xohlardim, insonga hayoti davomida albatta do'st kerak deb, do'stga intildim, mavhum do'stga talpindim...
negadir o'zimni do'stga muhtojdek his etardim... biroq, Olloh chin dildan niyat qilgan insonni albatta yetishtirishiga yana bir bor amin bo'ldim. Endi xursand bo'lib aytishim mumkin--mening do'stim bor.
biroq, shuni ham aytish kerakki hozir do'st niqobidagi (qo'pol qilib aytganda) qalloblar ko'payib ketgan.
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: _IYMONA_ 21 Yanvar 2011, 21:23:04
Eng yaxshi do'st bu ALLOH. Eng yaqini bu namoz. Sizga eng kerak paytda yordam beradigan ham Alloh. Qalbimizda qiynalayotgan muammolarimizni ham O'zi bilib osonlik beradi.  Do'stni ham, sevimli insonni ham Allohdan so'rang, eng afzalini va eng yaxshisini beradi inshoAlloh.
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: JaviK 22 Yanvar 2011, 09:26:11
Hammaga do`st bo`lgan odam hech kimga do`st emas.
Arastu
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: Rabella 15 Iyun 2011, 10:55:20
Ey do'st!..

Kamalak misol tabassum qil. Ishqning bir ismi qayg'u bo'lsa, bilginki, yana bir oti baxt. Yarmi mashaqqat bo'lsa, yarmi saodat...

Iztirob chekkaningda, sen uchun kimdir yig'lasa, U chin do'sting...

Do'stlaring bilan shunday yashaki, bir kun dushmanga aylanganlarida, senga qarshi ayta oladigan
so'zlari bo'lmasin. Dushmaning bilan shunday munosabatda bo'lki, bir kun senga do'st bo'lganida, yuzing
qizarmasin...

Tanasiga quloch yetmaydigan azim daraxtlar mitti urug'dan bunyod bo'ladi. Eng uzun safarlar birgina
odimdan, haqiqiy sevgilar esa kichikkina tabassumdan boshlanadi...

Sen qadrlagan inson qadringni bilmayotgan bo'lsa, qo'y, o'z qimmatida qolsin...

Zaruratsiz narsalar ortidan quvgan zaruratlarni qo'ldan chiqaradi.

Gulni shunday sevish kerakki, so'raganlarga «tikani yo'q» deya oladigan darajada...

Navda shamolni kechirdi, garchi u tufayli singan bo'lsa ham...

Insonlarni tushkunlikka tushirgan narsa bugunning sinovlari emas, kechagi ishlardan pushaymonlik
va ertaning keltiradiganlaridan qo'rquv tuymoqdir...

Kelganingda bo'shliqlarni to'ldirma, ammo ketganingda o'rningni to'ldira olmasinlar...

Do'stlar irmoq kabidir — ba'zisida qo'llaring faqatgina namlansa, ba'zisida ruhing poklanadi
boshdan-oyoq...

Hayotning eng go'zal lahzasi hamma narsadan voz kechishga tayyor turganingda seni hayotga bog'lab
turgan kimdir, nimadir borligini his qilgan oning...

Tushkunlikka tushish oson, qiyini — tushkunlikdan chiqish, ya'ni qattiq, shiddatli shamolu yomg'irlardan
keyin kamalak misol tabassum qila bilmoqdir...                                                       
Nom: Re: Yaxshi do'st
Yuborildi: Abdumuhaymin 24 Dekabr 2011, 21:08:08
 Imom Abu Dovud va imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda Hasan ibn Ali roziyallohu anhumo shunday deydi: Menga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vitrda o'qiydigan ushbu duoni o'rgatdilar:
"Allohummahdiniy fiyman hadayt, va a'finiy fiyman a'fayt, va tavallaniy fiyman tavallayt, va ba'rik liy fiyma' a'toyt, va qiniy sharro ma' qozoyt, innaka taqziy va la' yuqzo alayk, innahu la yazillu man va'layt va la' yaizzu man aadayt, tabarokta Robbana' vata'alayt" (Ya'ni, Ey Alloh! Meni hidoyat etgan kishilaring qatori hidoyat etgin. Ofiyat (badanimdayu, aqidamda salomatlik, to'g'rilik) ato etganlaring qatorida ofiyat bergin. Yaqin tutganlaring qatorida meni ham O'zinga yaqin etgin. Ato qilgan narsalaringni men uchun barakotli etgin. Qazo-hukm qilgan narsalaring yomonligidan meni asragin. Albatta, Sen hukm qilasan. Senga (qarshi) hukm qilinmas. Sen do'st tutgan kishi xor bo'lmas va Sen dushman tutgan kishi aziz bo'lmas. Parvardigoro! Sen barakotli-buyuk va oliy Zotdirsan.)