forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumchilar blogi => Mavzu boshlandi: Robiya 04 May 2009, 13:41:42

Nom: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 04 May 2009, 13:41:42
  :bsm:

Yer yuzidagi barcha onalarga bag'ishlanadi.

 
      Onajonim...Onajonginam o'zimni... Tunlar bedor o'tgan kunlarida chekkan azoblariyu zahmatlariga bizning birgina tabbasumimizni almashgan, aksincha birgina tikan kirganda yuragi tilka-pora bo'ladigan onajonim...

  Ulkan daryolarning boshi qayerdan boshlanadi?

  Buloq qaysi joyda ko'z ochadi? Vatanni madh etgan qo'shiqlar alifbosini, shu yurtning odamlari qalbidan olinadimi, cho'llarning sukunatidanmi, bog'lardagi shitirlashlardanmi, tog'lardagi daryolarning toshqinlaridanmi, shaharlardagi shiddatdanmi, yigitlarning jasoratidanmi? Yo onalarning mehriyu, qizlarning husni - latofatidanmi? Mana shularni so'zga aylantirolmagan odam Vatanni madh etuvchi qo'shiqlar yoza oladimi? Mana shu alifboni o'rgangan odam shoir bo'ladimi?

   Men uchun Vatan onamning yuragidan boshlangan...


  Yurtimizning mashhur adiblardan biri Muhammad Ismoil onalar mehrini shunday ta'riflaydilar...


(http://s47.radikal.ru/i117/0905/20/b6119ed94252.jpg) (http://www.radikal.ru)


Blog uchun umumiy qoidalar:

1. Barcha forumdoshlar post qilishi mumkin.
2. Blogda onajonlarga oid maqola, she'r, hikoya, rasm, video, mp3, flash o'yinlar kiritib boriladi.
3. Kiritilgan postlar faqat onajonlar bilan bog'liq bo'lishi kerak. Boshqa mavzuda post qilmang.
4. O'z onajoningizning suratlari, ular hayotida bo'lib o'tgan qiziq voqealar, onajonlar bilan bog'liq mp3 va videolar joylanishi qo'llab-quvvatlanadi.
5. Forum etikasiga to'g'ri kelmaydigan postlar o'chiriladi.
6. Blog yuzasidan talab va takliflar, shikoyatlar mana bu Manzil (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=profile) da qabul qilinadi.
7. So'nggi va eng muhim shart - barcha postlar mana shu ko'rinishda bo'lishi shart. (Feruzarangda, jirniyda)
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 04 May 2009, 14:06:07
                                                                                 ***

   Onam qishning uzun kechalari oyog'ini sandalga tiqqancha, paxtani chigitdan sitib o'tirardi. Men esa onamning sochlariga turmaklangan Nikolay tangalarini o'ynab shildiratardim.

- Alhamdu, deginchi, - derdi onam.
- Alhamdu... - derdim men.
- Lillahi...
- Lillahi bu nima degani, - derdim, nima deyayotganimni tushunmay.
- Bu hamma bilishi kerak bo'lgan kalima. Payg'ambarimiz g'orda o'tirganlarida, farishta Jabroyil "O'qi" deb buyruq bergan.
- Farishta kim?
- U har bir odamning o'ng va chap yelkasida bo'ladi. Kim urushsa, so'kishsa, singillarini turtib o'tirsa chap yelkasidagi farishta, kim kattalarni ko'rganda "salom" bersa, molga xashak solsa, maktabdan "besh" olib kelsa, o'ng yelkasidagi farishta yozib o'tiradi. Keyin ikkivo hisoblab chiqadi. So'ng odam uzun arqon tortilgan dordan yurgiziladi. Kim yaxshi bola bo'lsa, dordan o'tib ketadi. Yomon bola esa dordan yiqilib, olovning ustiga tushadi...
- Hoy, Juman so'fining qizi, yosh bolani kechasi qo'rqtima, - derdi mudrab yotgan otam, u yoqdan bu yoqqa ag'darilarkan.
- Esi ko'p bola dordan o'tib, bir boqqa tushadi. Bu bog'da bir ariqda sut, bir ariqda asal oqib yotadi. Kim qancha xohlasa, shuncha ichadi.
- Sigirning sutimi? - derdim tamshanib.
- Undan ham shirin sut. Qani endi "Alhamdu" degin-chi!
-Alhamdu...
- Lillahi...
- Lillahi...
- Robbil a'lamiyn...
- Robbil a'lamiyn...

   Men, onam menga alla aytganlarini eslolmayman. Chaqaloq bo'lganim uchundir, onam aytgan allalar esimda qolmagan. Yuqoridagi so'zlar, xotiram sahifasiga yozilgan birinchi so'zlardir.  Muhammad Ismoil
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 04 May 2009, 14:30:05
ONAJON

Muhammad Yusuf

Topmoq - yo‘qotmoqdir,
Yo‘qotmoq — topmoq,
Sen so‘lib,
Men yashab,
To‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko‘proq yo‘qotdim —
Sen meni yupatding,
Seni yig‘latdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..
Sog‘inch haqda she’rlar
Yozdim o‘zimcha,
Mendan peshonangda
Dog‘lar tizimcha.
O‘g‘il bo‘lmay o‘lay,
Attangb ming attang.
Qiz tug‘sang netardi,
Ko‘proq qiz tug‘sang!..
Tirgak bo‘lolmadim
Bitta qizingga
Uyalmay shoirman
Deyishimga boq.
Joningdan aylanay,
Turgil jonajon,
Yo‘l qarab bo‘ldimi
Jigarginang qon?
Boqma, ko‘zlarimga
Bemajol, xasta,
Mening topganlarim
Gulmi bir dasta,
Yo‘qotganim senmi
Endi ONAJON?..
O‘z etimni o‘zim
Yeyishimga boq.
Bilsang yuragimni
Bir alam elar.
Buyursang qo‘limdan
Kelmaydi nelar,
Ayt,
Pichan yig‘aymi,
O‘tin yoraymi,
Yerni haydayinmi,
Ko‘k ag‘daraymi?..
Itdek oyog‘ingga
Suykalgim kelar —
Uchib-uchib, mana
Qo‘nishimga boq.
Hech narsa kerakmas,
Bolam, hech deysan.
Endi kech deysan-da,
Endi kech deysan.
Yuzimni bosaman
Muzday yuzingga,
ONAJON,
Zor qilib ketma izingga!
O‘lim oldida ham
G‘amimni yeysan,
Men-chi, jim, taqdirga
Ko‘nishimga boq.
She’rim bitdi,
Xayr,
Do‘stlar xush qoling.
Bedil yashamakka
O‘rganmang menday
Boring,
Volidangiz
Ko‘nglini oling,
Ertaga
Kech qolib
O‘rtanmang menday.
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 04 May 2009, 16:45:31
Blogning ochilish marosimi

Assalomu alaykum.

Mana uzoq kutilgan voqea ro'y berdi. Forumchilar blogi (http://forum.ziyouz.com/index.php?board=63.0) bo'limida Forumimizning eng faol userkalaridan biri Robiya (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=profile;u=235)xonning blogi ochildi.
Avvalambor ushbu blogning ochilish marosimida yig'ilgan ekanmiz, tadbirimizni ochish uchun so'zni adminimiz AbdulAziz akaga bersam.

AbdulAziz aka blog egasiga o'zining samimiy tilaklarini bildirib o'tdi va blog faoliyatining muvaffaqiyatli chiqishi uchun uzundan-uzoq duo qildilar. Omin! Aytgancha adminimiz so'zlarini oxirida o'zlari bilan olib kelgan kitobni ularga xamir uchidan patir (Patir ham Buxorocha ekan) sifatida taqdim etdilar

AbdulAziz aka tabrigidan keyin Ozodbek Nazarbekov o'zlarining diltortar kuylari bilan o'tirganlarni Xushnud etdi! (Voy, men ham bor ekanman)

Ajoyib va ko'ngilochar ashuladan so'ng so'z navbatini Chustiy domla oldilar. Ular garchi Robiyaning blogi o'zlarining blogiga asosiy raqib bo'lsa ham baribir ularga chin dildan omad tilashlarini istar-istamay aytdilar. To'yga to'yona bilan deganday (kechirasizlar, bu kimni to'yi o'zi?) Chustiy domla ham Onalar surati tushirilgan katta tortni Robiyaxonga taqdim etdilar.


Endi so'z navbatini Abdurahmon va Mr.Twister boshchiligidagi Buxorodan tashrif buyurgan bir guruh userlar olishdi. (To'g'risini aytsam ular so'zga chiqadiganlar ro'yxatiga kirmay qolgan ekan, Abdurahmon kelib shunaqa janjal qildiki... "Robiyaxon ozib-yozib bir blog ochsa-yu, biz tabriklamaymizmi?" dedilar. Tsss... Tag'in o'zlari eshitib qolmasin)
Xullas, ular davraga chiqib keldilar. Ana, Munavvara va Hadija Robiyaxonga atalgan sovg'alarini olib chiqdilar. (Sovg'a chiroyli qilib o'ralgani uchun ichida nima borligini bilolmadim)
Keyin esa o'zlarini tilaklarini aytib o'tdilar. (Barcha Buxoroliklar tojikcha gapirganlari uchun nima deganlarini umuman tushunmadim)


Yana musiqiy tanaffus... Ilhom Farmonov ijrosida "Onajoning rozi qil" qo'shig'ini tingladik. Meni hayron qoldirgan narsa, bu og'ir qo'shiq bo'lsa ham, ammo ZUBAIR va Abdullah ikkalovi davraga chiqib biram chiroyli qilib raqsga tushishdiki asti qo'yaverasiz.

Ana endi davraga Muslima bo'limining qizlari nomidan Munira xonim, mutaallimah, Mahdiyah so'zga chiqdilar. Ular ham shirindan-shakar tilaklarni tilab, blog yuritish bilan bog'liq faoliyatda Robiyaxonga omadlar tiladi. Ayniqsa Munira opamiz shunaqa ta'sirli gapirdilarki, ta'sirlanganimdan ko'zimga yosh keldi. (Hech kim ko'rib qolmadimi ishqilib...)

Davraga Robiyaxonni tabriklash uchun "Dutorchi qizlar" ansambli va ular bilan birga ikbaljohn hamda ChehMik chiqib keldilar. Keyin nima bo'lganini aniq eslolmayman... Faqat bir qaraganimda ikbaljohn bilan ChehMik bitta dutorni talashayotgan edi.

Tadbir oxirida Robiyaxonning o'zlari davraga chiqib, barchaga o'zining cheksiz minnatdorchiligini izhor qildi. Ochgan bloglarini barcha uchun foydalimanzilga aylantirishga va go'zal blog sifatida faoliyat olib borishiga va'da berdilar. Ular o'z minnatdorchiligini bildirar ekanlar, ko'zlarida miltirab turgan yosh xuddi erta  tongda maysa ustida nimjongina jon saqlab turgan shudring misoli shundoqqina ko'rinib turardi. (Yomonam o'xshatish bo'ldimi?)

Tadbir so'ngida Robiyaxon Forumning yangi userlariga dastxat berdilar...


P/S: Mana, sizga bergan va'damni bajardim...

P/S-2: Bu g'irt offpost bo'lgani uchun rangini o'zgartirib o'tirmadim.
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 06 May 2009, 09:37:26
Bir kuni muharrir do’stlarimdan biri: "œOnangiz haqida chiroyli bir asar yozib bering", - deb qoldi. Xo’p dedimu, qo’limdan kelmaydigan ishga va’da berib yuborganimni keyinroq, onam haqida yozishni boshlaganimdan so’ng bilib qoldim. O’ylab qarasam onam haqida ko’p joyda interv’yu beribmanu, lekin biron jo’yaliroq asar yozmaga ekanman. Keyinchalik, negaligini o’ylab qarasam bu juda qiyin ish bo’lgani, kichkinagina hikoyalar yozib yurgan havaskordan roman yozishni, shabadadan bo’ron bo’lishni, musichadan burgutday uchishni, ariqdagi oy askidan olamni yoritishni, ninachini ko’zlarida yosh ko’rishni talab qilishday gap ekan.

   Men, Amerikda bor — yo’g’i o’n besh kun bo’lib, Amerika haqida kitob yozgan odam, Yevropa, Afrika, Osiyo davlatlari, Xitoy, Hindiston, Afg’oniston, Indoneziya, Yangi Gvineyada bo’lib, shunchaki taassurotlar tufayli o’nlab badialar yozgan odam, har bir o’y-xayolim, fikrlarim, tuyg’ularim tutashib ketgan, jonu jahonim bo’lgan onam haqida rostdan ham shu paytgacha hech narsa yozmagandim. Meni o’lim bo’sag’asiga yetaklab borgan, yana o’zi shafqat qilib qaytarib kelgan va hali — hanuzgacha yuragi men uchun sirliligicha qolgan bir dilafgorni madh etib o’nlab she’rlar yozdimu, meni hamisha himoya qiluvchi farishtaday bo’lgan onamni madh etib, ikki qator she’r yozmabman. Hamisha notinch, sarosimali, ertangi kuni jumboq bo’lgan alg’ov — dalg’ov hayotim haqida, o’zim haqimda o’nlab asarlar yozibman — u , lekin meni tetapoya qilgan, yiqilganimda suyangan, yurganimda yo’ldosh bo’lgan, quvonganimda alqagan, o’zimdan ham, o’zidan ham meni ko’proq suygan onam haqida hech narsa yozmabman. Nega?  Muhammad Ismoil

Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 06 May 2009, 09:38:22
80 — yillar Afg’onistonga harbiy xizmatga chaqirishganda, onamning ko’z yoshlari to’kilmasin deb, vokzaldan qaytmaganmidim. Besh yillik viza berib, Amerikaga ishga chaqirishganda onamni sog’inib qolaman deb, yo’ldan qaytgan men emasmidim?! Bir umrlik orzum bo’lgan Moskvadagi Jahon adabiyoti instituti eshiklaridan qaytib, u yerda o’qigandan ko’ra keksa onamning duolarini olib qolay degan odam menmasmidim?! Qirq yil yashab, hayotda biron marta so’zini qaytarmaganim, ko’ziga tik qaramaganim, qilcha shodligimni ham, qilcha qayg’uimni ham qirqqa bo’lib ko’rsatganim, qirq bor xabardor qilgan, qirq bor qayg’urtirib, qirq bor quvontirganim, bolalarimga bermaganimni berganim, yaxshidan yaxshi, yakka-yu yagona insonim bo’lgan onam haqida yozishim uchun, nega o’zimda kuch, qudrat topolmayman. Qachongacha topolmayman?!

   Hayot menga abadiy berib qo’yilganmi? Qirqqa kirganimda kirmagan aqlim qachon kiradi?

   Do’stimga biron bahonani ro’kach qilarman. Ammo o’zimga qanday bahona topaman? O’zimni qanday aldayman. O’zimning vijdonim yo’qmi? O’zimni o’zim aldasam, dunyoda mendan ham razilroq odam bo’ladimi?!

   O’ylab ko’rsam, o’zimni o’zim shu paytgacha aldamagan ekanman. Shu paytgacha buyuk odamlar haqida buyuk asarlar yozish kerak, degan o’yda bu mavzularga qo’l urmagan, chetlab yurgan ekanman. Muhammad Ismoil
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 06 May 2009, 09:40:16
Bu safar esa, yurak yutib, shu mavzuga qo’l urayapman, yozgandan ko’ra, yopzmagan yaxshi deyuvchilar uchun oldindan, bir hikoyatni aytib beramanki, meni yozishim ham xuddi mana shu chumoli haqidagi hikoyatga o’xshaydi:

   "¦Odamlar yo’lda ketayotsa, bir chumoli qarshisida turgan tog’ning toshlarini yelkasiga ortib, chetga chiqarayotgan emish. Undan nega bunday qilayotganini so’rashibdi.

-   Tog’ning narigi yog’ida onam bor. Onamning oldiga borib — kelishim uchun tog’ning o’rtasini yorib, o’zimga yo’l qilyapman, - debdi.

Odamlar:

-  Bu sening qo’lingdan kelmaydi-ku, - deyishsa:
- Qo’limdan kelmaslik bahona bo’lolmaydi, - degan ekan.

Men uchun ham xuddi shunday. Onam haqida buyuk asar yozishga harakat qilaman. Buyuk asar yozolmasam, buyuk mehr — muhabbat bilan yozishga harakat qilaman. Mehr — muhabbatimni bor bo’yicha izhor qilolmasam, yaxshi yoritolmasam ham, baribir yozaman. Yaxshi yozolmasligim endi bahona bo’lolmaydi. Muhammad Ismoil 
 
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 06 May 2009, 09:42:36
                                                                             ***

G’amgusorim, xokisorgina onajonim"¦

   Mana, necha oydirkim men — bebosh farzandingizni deb qiynalasiz, unsiz yig’laysiz"¦ bildirmaysiz menga, men beboshga"¦

   Nega bunchalar mehribonsiz?! Shuncha mehrni qaydan olasiz?! Yana mendek farzand — beboshga"¦

   Onajonim, o’zimni volidam,"¦sizni ta’riflashga hatto qalam ham ojizlik qilmoqda,"¦to’xtab-to’xtab qolmoqda"¦ Lekin, lekin sizning duoingiz hecham to’xtamaydi — "œQayerda bo’lsang ham, Alloh baxtingni bersin, qizim!..".

    Yana ko’zim yoshlanadi, Sizni ko’zingizni yoshlatgan qaysar yuragim endi Siz uchun qayg’ura boshlaydi"¦ Ehh, bebosh yurak, qaysar dil, endi nega ezilasan?! Onajonimning dilini poralab bo’ldingku"¦ O’zimni o’zim koyiy boshlayman. Shunda beixtiyor Sizning siniq tovushingiz eshitiladi: "œQizalog’im, issiqqina non yopdim, yeysanmi?..". Endi yanada qattiqroq azoblanaman"¦ Ammo bu — men to’kayotgan yosh Sizning menga bag’ishlagan bir tuningizga ham arzimaydi onajonim"¦

   Ehh, yuragi mehrga limmo — lim onajonima, onajonginam"¦ Meni bergan azoblarimga iliq taftingiz ila javob qilib, men beboshni ilgarigidan-da ziyoda erkalatyapsiza?.. Sizga,.. Sizga oltinu kumushlardan haykal qo’ysa ham, ko’zingizda kulib turgan quvonchni, ne-ne azoblarni ko’rgan bo’lsa-da, boshqalardan halovatini ayirmaydigan saxiy yuragingizni, mehrga to'la qalbingizni ifoda etishga ojizlik qiladi... Necha -—necha shoirlar qo’liga qalam olishiga sabab bo’lgan onalar mehri — muhabbati Sizga kelganda yozmay qolishi tayin"¦ Yoki hamma onalar bir xilmikin?! Yo’q!!! Siz boshqachasiz!!! Go'zal Ahliddin qizi
[/b]
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 06 May 2009, 09:47:31
                                            * * *   
 
   Mana, bugun yana o’qishda kech qoldim. Sim qoqishni boshladingiz: "œQizim, qizginam salomatmisan?".. E’tiborsiz "œHa" deb qo’ya oldim,xolos. Siz esa o’sha — o’sha mehribonlik bilan gapirdingiz: "œKech qolganingga xavotir oldim-da bolajonim""¦ Men bebosh, noshud farzandingiz esa yana o’sha bemehrlik bilan so’z qotdim: "œBoraman yarim soatlarda". Bilmadim, aniqrog’i qadriga yetmadim so’zlaringiz"¦ Tashvishlanishingiz meni sira tashvishlantirmadi o’sha damda"¦ Hecham o’ylamadim qalbingiz og’rishini"¦ Uyga kirib borganimda hovlida kutardi nigoron ko’zlaringiz men — bebosh farzandni"¦ Meni soyamni ko’rar — ko’rmas, porlab ketdi ular, tilingiz ham qanddek so’zlay boshladi: "œAsal qizim, shakar qizim, o’qimishli qizim mani, yaxshi keldingmi? Qani bir onajoningni bag’riga kelchi"¦". Men-chi,men, men — noshud qizingiz salomini yoqar — yoqmas berib, "œonajon, qo’ysangizchi, yosh bolamasmanku meni erkalasangiz", deya uyga kirib ketdim"¦ Manmanlik, kibru havoni bor ana do’stingga qil, dugonangga qil, seni dunyoga keltirishda hayotini garovga qo’ygan, dunyoga kelganingdan keyin ham tahlikali davrdan seni sog’-salomat olib chiqqan, yoshing katta bo’laversa-da, hamon yosh go’dakdek ko’radigan ONAngga shunaqa qilasanmi"¦ deyishni o’rniga, indamasdangina kirib, ovqatlarni suzib chiqdingiz, yana o’sha yuzda tabassum, ko’tarinki kayfiyat bilan: "œQizim, o’qishing yaxshi o’tdimi? Charchab qolmadingmi?".. "œYo’q, ona, hammasi yaxshi rahmat, juda charchadim, shundoq ovqatni yeymanu uxlayman". Tamom!!! Bir kunlik xavotir evaziga topganingiz mana shu 2 kalima so’z bo’ldi, xolos.. Ehh, onajonima, shundayam kulib turdingiz: "œXo’p,qizim, ovqatlanib, uxla,damingni ol, ertaga yana o’qishga borishing kerak"¦". Shunday suhbat (agar buni suhbat deyish mumkin bo’lsa) asnosida kechki ovqat ham tanovul qilindi. Men esa aytganim — uxlashga chog’lanaman"¦ Yotibman mana, miyada har xil xayol, fikr — diplom ishimni yozish kerak, testni yodlashim kerak, dugonam bozor chiqamiz degandi, unga vaqt topish kerak, shuncha ishga qanaqa ulguraman"¦ Shu xayollar bilan uxlab qolganimni ham bilmay qolaman ba’zan"¦

   "œTuraqol, qizim, tur, o’qishga kechga qolasan. Ovqatingni tayyorlab qo’ydim, darrov yuvinib kel, aks holda nonushtaga ulgurmaysan bo’talog’im".

    Erinibgina bosh ko’taraman"¦ Yana o’sha — o’sha kundalik turmushg davom etaveradi"¦ Ularda bir umumiylik bor — ONAJONIM menga hamma vaqt, hamisha mehribon, men — bebosh farzand esa"¦ Go'zal Ahliddin qizi
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 06 May 2009, 09:49:20
                                          * * *

     Yana yoza boshlayman"¦ Ko’zda yoshim to’xtamaydi. Hatto ular ham Sizning tarafingizni oladiya, onajonim"¦ Butun tanam Sizning mehringizdan qonib turganda ham tan olgim kelmay, yurakka bo’yin egmayman go’yo"¦

Qayoqqa ham borarding Go’zal?! Seni bu injiqliklaring-u, qaysarligingni ma’sum onajoningdan bo’lak kim ham ko’tarardi?! Kim???

     Hech kim, bildingmi, hech kim Sening bemehrligingga bardosh berolmaydi. Vale, ONA QALBI, ONA MEHRI — onajoningning shiori, tug’i yanglig’ porlab turadi mudom, doimo. Bemehrligingi mehri tafti ila isitmoqchi bo’ladi, shunda ham unga azob berasan, bir quchoqlab, o’pishga yaramaysan. Seni bu o’qiganlaring ONAngga dunyoni olib berarmidi?! Seni kutib uxlamagan ko’zlarining nurini qaytarib berarmidi?! Yoki unga biror mukofotu maqtovlarni keltirarmidi a? Ayt!!! Javob berolmaysan-a? Albatta, berolmaysanda, sababi tushunib turibsan o’zing ham nohaqligingni, kimga kimga — ONAJONingga-ya???

   Aqling kirguncha kech bo’lmasmikin?! Endi bu qolgan umrida Onangni rozi qila olarmikinsan?.. Yana istehzoli kulasan, "œOnam mendan hamma vaqt rozi bo’lganlar" deysan-da, to’g’ri qilasan ham. Seni onang — bu seni onang! Farzandiga hayot beribdimi, uni jahannamda kuyishiga jim qarab turarmidi, noshud, bebosh qiz??? Yana ko’nglingni xotirjam qilib yurmoqchi bo’lsang, adashasan, endi o’zing xohlasang ham, butun vujuding onang tomon talpinadi. Istamasangda onangni visoliga shohshadi endi"¦ Buni men — QALBing aytyapman"¦  Go'zal Ahliddin qizi  
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Fatima 12 May 2009, 12:19:13
                Allalaring sog`indim, ONA!!!

Dunyo rutubatning maskani ekan,
Dam qora mehnatning maskani ekan,
Qayg`u va g`urbatning maskani ekan,
Sokin allalaring sog`indim... ONA!

Oromimga hasrat beshik, taroshlar,
Shafaqqa qizarib, botdi quyoshlar.
Bir muddat ko`ksingga qo`yayin boshlar,
Sokin allalaring sog`indim... ONA!

Ko`nglim buzar yashash shovqin, suroni
Qayg`uli, g`urbatli o`tgan har oni.
Shu kezlar yuragimning dardli darmoni
Sokin allalaring sog`indim... ONA!

Ne baxtki, yuragi tilka bolangman,
Qarimay qartaygan erta bolangman.
Lek, seni hali ham erka bolangman,
Sokin allalaring sog`indim... ONA!

Kecha ochgan eding, erkalab quchoq
Bugunchi beshigim bo`lmoqda tuproq.
Ko`zimni bosganda manguga mudroq,
SOKIN ALLALARING SOG`INDIM... ONA!!!


PS: postni rangini 3 marta tuzatibman-a?
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 12 May 2009, 17:33:53
Assalamu alaykum!

Mana bu savol ham ota-onaga taalluqli bo'lgani sababli kiritishni joiz deb topdim.

http://www.youtube.com/watch?v=XpliCAXDkp8

Савол: "¦ Золимлардан қсрқув бор. Буни уйдагилар ҳам айтиб туришар сди. Шунинг учун чет слга кетишга қарор қилган сдим. Ота-онам рози бслмайди деб уларга айтмасдан кетдим. Куфр юрти бслгани билан бу ерга масжид ёнида сшаш учун келганман. Бу ерда ишчи бслиб келаётган сзбеклар ксп. "œҲеч бслмаса шуларга чет слда туриб тушунтиришимиз керак" деб ҳам ксп сзбекистонлик биродарлар бу ердан кетишмаспти. Бу ерда интернетдан фойдаланиш жуда қулай. Ўзбекча исломий китобларни керак бслса чоп стиб скшанба кунлари сқишга ҳаракат қиламиз. Лекин бошқа кунлар ҳамма сзи билан сзи овора. Ота-онам рози ҳам бслишган сди. Лекин ҳозиргача қайтишимизни хоҳлашади.

Абдуллоҳ. www.islomovozi.com
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 12 May 2009, 18:10:09
Baxtimiz — Onajon!

Tunlari yozibman kimgadur she’rlar,
Kimgadur o‘zimni bag‘ishlab har on.
Muhabbat desalar berardimku jon,
O‘shanda unutdim sizni Onajon.

Do‘stimga ishonib sirim ham aytdim,
Dushmanni hamma vaqt do‘stim deb bildim.
Yomonlik, razillik barchasin qildim,
Sizni o‘ylamadim bir dam Onajon.

Do‘st sirimni olamga yoyib ham bo‘ldi,
Ishonganim ustimdan kulib ham bo‘ldi.
Nahotki quvonib yig‘lagan chog‘da,
Sizni o‘ylamadim bir dam Onajon.

***

Yuz o‘girdi hatto o‘z do‘stim,
Va‘dasin unutdi bevafolar ham.
Boshimga tushdiku malomat toshi,
Yolg‘iz boshginamda yig‘ladi Onam.

Ko‘zimni ochib qarasam shu choq
Yig‘lab turar munis bir inson.
Ko‘zlaridan tutib so‘rayman
Gunohkor o‘g‘lingni kechir ONAJON!..

www.uzforum.com dan olindi.
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Fatima 13 May 2009, 16:25:32
ONAga talpinib...

Bir mehring olamni to'ldirib turar,
Bag’ringdan hayotga talpinib keldim.
Bir dunyo bolalik sho’xliklarimni,
Onajon, qoshingga etaklab keldim"¦

Kitobni ushlatib, maktabga eltding,
Maktabdan har kuni uy tomon yeldim.
Gohida bir maqtov, gohida tanbeh,
Onajon, qarshingga yetaklab keldim"¦

Faxr-la, g’urur-la oq yo’l tilading,
Ilm deb eng katta shaharga keldim.
Har safar "œDunyoda sendan ulug’ zot,
Onajon, also yo’q!", demak-la keldim...

Fashist-la kurashib, qo’ldan ayrildim,
Afg’onda oyoqning qadrini bildim.
Bir nidong doimo chorladi meni -
Onajon, huzringga emaklab keldim"¦
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: siddiqa 14 May 2009, 05:58:17
Onaizor
Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham"¦
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham -
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Sig`may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona -
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Tonar bo`lsa qo`limdagi tor, dunyo,
Uch kun o`tmay unutgay do`st-yor, dunyo.
Yeru ko`kni titratib zor-zor, dunyo -
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Gulday kulib yurmasmidi, o`g`lim deb,
Ko`rib ko`nglim to`lmasmidi, o`g`lim deb,
Onang o`lsa bo`lmasmidi, o`glim deb
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham"¦
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham -
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

M.Yusuf
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: mutaallimah 15 May 2009, 13:36:28
(http://s57.radikal.ru/i158/0905/3d/71bc933bff47.gif) (http://www.radikal.ru)

Bloglar muborak bo'lsin opajon  :)

http://www.youtube.com/watch?v=PdfmQ6prs1Y
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Zamiraxon 10 Iyun 2009, 12:33:27
 :as:
(http://s57.radikal.ru/i158/0906/11/832d47fafdd7.jpg)

Yer yuzidagi barcha tiriklik, chumolidan tortib filgacha, ona mehrisiz yashay olmaydi.
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 15 Iyun 2009, 15:22:51
    Onam haqida gapirishim kerak bo’lganda, xuddi yuragimdagi sirlarni birma — bir oshkor qilayotganday, ko’nglim qa’ridagi hammadan yashirgan asrorlarni avra — astarini chiqarib, yoyayotganday bo’laveraman. Ishoning, bu men uchun og’riqli hodisa. Xuddi birovlar meni majburlab, yuragimni yorib, operatsiya qilayotganday bu o’z ixtiyorimdagi tabiiy holat emas. Men majbur bolayotganday bo’laveraman. To’g’risini aytsam, men xalq deganda, millat deganda, hatto Vatan deganda ham birinchi o’rinda onam ko’z oldimga keladi. Hatto o’zbek tili nima deganda ham avvalo onamning gapirishi, talaffuzi, shevasi, ohangi ko’z oldimga keladi. Men onamning gapirishini o’zbek tili shu bo’lsa kerak deb bilaman. Qohiraga ketayotganimda, magnitofonni lentasiga onamning gaplarini o’zbek tilini sog’inganimda, eshitib yuraman, - deya yozib olganman.

   Ishonaman, agar onam Sirdaryodan Toshkentga ko’chib kelsalar, Toshkent men uchun kindik qonim to’kilgan yer bo’lib qoladi. Ishonaman, agar men adabiyotga onamning obrazini olib kirsam, men adabiyotga yana bir o’zbek ayolining obrazini olib kirgan bo’laman. Lekin bu men uchun yulduzlardan-da yiroqdagi erishib bo’lmaydigan orzu bo’lib tuyuladi. Ona xalqimning birinchi vakili bo’lgan onamga yoqadigan asar yozmaydigan bo’lsa, yozishning umuman keragi yo’qdek tuyuladi. To’g’ri, men ham asarlarim butun dunyo xalqlari o’qishini, mening asarlarim ham jahon adabiyoti namunalaridan bo’lishini istayman. Lekin o’sha adabiyot sari olib boriladigan yo’l, har bir yo’lning boshi bo’lganidek, me uchun bu yo’l, xalqimning eng katta xazinasi — onamning yuragidan boshlanadi. Albatta, men bu yurakka quloq tutar ekanman, yozuvchi sifatida, sizlarga juda ko’p javohirlar tuhfa etaman, mangu qolguvchi duru gavharlarni hadya etaman.

   Onam aytadilar:

-   Dunyoni so’z yaratgan! Olloh taolo, "œYaral", - dedi, Yeru osmon paydo bo’ldi. dunyoda birinchi yaralgan narsa so’z bo’ladi. Shuning uchun so’zdan ehtiyot bo’l. So’z xuddi afsungarga o’xshaydi. O’zi ko’rinmasa-da, aytilgan narsa yaralaveradi. Agar "œmen yaxshiman", desang yaxshi bo’lib ketaverasan. Mening atrofimdagi odamlar yaxshi odamlar desang, atrofingga yaxshi odamlar to’planaveradi. Teskarisini aytsang, teskarisi bo’laveradi. Kasbing so’z ekan, faqat yaxshi narsalarni niyat qil, faqat yaxshi so’zlarni so’zla. Odamlar yaxshi so’zlaringni yod olib, dunyoga yaxshiklik urug’ini sochsinlar. Dunyoni faqat yaxshilik qutqaradi.

-   Men, onamning bu so’zlarini eslab, xuddi gapirishni onasidan o’rganayotgan go’dakdek, chug’urlayman"
-   - Ey Xudo, onaginamning umrini uzoq qil, o’z panohingda asra, elim tinch, yurtim farovon bo’lsin!

 
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 15 Iyun 2009, 15:24:06
Birodar, onangiz qo’lingizga omonat qo’nib turgan kabutaringizdir. Onangiz sizning sultonligingiz, shohligingizdir. U sizning butun yuragingiz, muvozanatingizdir. U — dunyoning jami og’riqlarini badaningizga o’tkazmaydigan immunitet, duolari sizga kelgan balolarni qaytarib turadigan qo’rg’oningizdir! Onalar — siz simirib ko’rgan havolarning eng tozasi, U — suv, eng shirin, eng shaffof, eng tilanilgan suv! Onadan so’ng vujudingizda shunaqangi qurg’oqchiliklar boshlanadiki! Izlab qolasiz — ov, bo’zla qolasiz — ov!..
   Bir tomondan ota — onang keksayaverar ekan, bir tomondan tirik ota — onangdan maza qilish o’rniga kechalari seni uxlatmaydigan titroq xavotir paydo bo’larkan. Kulganing, yurganing, hatto bola — chaqang ko’nglingga sig’may turadi, yegan — ichganing ichingga tushmaydi, ularga mo’ralayverasan, termilaverasan: "œAna qarib qoldi-ya, mana qarib qoldi-ya" deyaverasan!

Qo’sh kaptarim, otam — onam
G’u-g’ulashib o’ltirar.
Ko’zlarimda esa mudom
Xavotirim mo’ltirar.

Mo’ltiragan xavotirni
Yozay desam, so’zim yo’q.
Bu qo’shaloq javohirga
Jim boqmoqqa to’zim yo’q!

Ortiq boqsam ko’zim tekkay
O’z ko’zim ham o’gayday.
Ishonmasman yeru ko’kka
Endi qayga qo’ygayman!

Olib yursam qani edi
Qo’ndirvolib bo’ynimga.
Yashirayin qayga endi
Berkitaymi qo’nimga.

Qo’ynimdagi kaptarlarga
Jon iplarim boylangan.
Uchib ketsa, tushgum jarga
Dunyo chohga aylangay!

Kumush patli kaptarlarim
Xazinamdir yonimda.
Surur ortar ko’rgan sarim
Bir xavotir jonimda!

Qo’shalog’im otam — onam,
G’u-g’ulashib o’ltirar"¦         

1982 yil


Tursunoy Sodiqova
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 15 Iyun 2009, 15:24:40
Onangizning umrini tilang, onangizning umrini uzaytiradigan dori bo’ling! Bu charxi falak aylanaveradi, atrofingizda qizu o’g’il, boyligu pul aylanaveradi, faqat Onangiz, Otangiz davradan bir chiqsa, qaytib kirmaydi! Yo’lini qiling, dilini toping, tilini toping: ularning ko’proq yashashiga Alloh sizni sababchi qilsin! Ayolparast, erparast bo’lmang, bolaparast, ro’zg’orparast, molparast bo’lmang, qarang, qarang axir, bittagina onangiz, bittagina otangiz sizdan ketib boryapti! Bir oyga bo’lsa ham, bir yilga bo’lsa ham to’xtating ularni, qaniydi o’n yilga to’xtata olsangiz, qaniydi! Keyinchalik armonlarda kuyib kul bo’lmayin desangiz, quyida aytajaklarimni qulog’ingizga oling, ularga himmatingizni, mehringizni jadallating.
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 15 Iyun 2009, 15:26:23
Onamdan ayrilganimga o’n sakkiz yil bo’ldi. Ammo onamning xuddi o’zini chizib beradiugan o’n sakkiz qator narsa yoza bilmadim, yoza olmadim! Meni shoir qilib tuqqan onam odamlarning og’zida qoladigan bitta yoniq kitobga yo otashin bir she’rga arzimasmidi!? Shoirligim necha pulligu, yolg’iz qiz saylanganimning bahosi qancha?!

   Birodar, men ham sizning biringizman. Hammaga vaqt topib, onamga vaqt topmagan, bolalarimni o’n qator kiyintirganda, onamni bir qator kiyintirishni ham yolchitmagan, katta yig’in — davralarda, dala — tuzlarda, meni bir ko’rib qayta ko’rmaydigan yetti yot begonalar huzurida qumriday sayrab, ko’ngillarini olib, ammo onamni yarim soat eshitishga, uning quloqlariga besh daqiqagina tilangan so’zlarini aytishga yaramagan farzandi g’ofil men bo’laman-da!! O’zbekistoning hamma burchagiga poyezdu samolyotlarda yetib, yonginamda yashaydigan, piyoda yuribgina o’tib qo’ysam bo’ladigan joyda ko’z nurlarini yo’limga to’kib o’tirguchi onam jonimni sog’intirib o’tgan arzon dilband men bo’laman-da!

   Siz mening xatoyimni takrorlamang. Farzand bo’lishga shoshiling! Onangizni rozi qilib saodatmand bo’lishga shoshiling! Bu yorug’ dunyoni onamiznnig etaklaridan tushib topdik. Asalu bolini totdik. Onamiz xorib qolsa, onamiz tolib qolsa, biz ham darhol etaklarimizga solib olaylik  uni!

Yelkalarimizga qo’ndirib olaylik! Armonlarimiz ko’payib ketmasin, gunohlarimiz to’planib ketmasin, onangizga shoshiling — ey, onangizga shoshiling"¦

Tursunoy Sodiqova "œJannatim onam".
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 15 Iyun 2009, 15:29:40
Ona

Ozoda Nursaidova ijrosida

Yolg’izlikka tanho hamxona bo’lib,
Taqdirdan ne kelsa, mardona bo’lib
Turasiz boshimda parvona bo’lib,
Yolg’izim, azizizm onajonginam

Qismat sizga g’amni ravo ko’rgandi,
Shuni ham ko’rolmay kimlar o’rtandi,
Qoyalar bardoshni sizdan o’rgandi,
Munisim anisim onajonginam.

Yolg’izim, yolg’izginas onam,
Azizim, munisgina onam,
Bir Ollohim, va siz panohim
G’animatim borim onam.

Shakkoklik emasdir kechirsin Olloh,
Ammo inson uchun ona chin panoh.
Onani ranjitmoq eng og’ir gunoh
Yolg’izim azizim, onajonginam.

Sochingiz oqida Olloh nuri bor,
Kamolim istaysiz duoda bedor
Bu dunyoda sizdan boshqa kimim bor
Yolg’izim, azizim onajonginam.

Yolg’izim, yolg’izgina onam,
Azizim, munisgina onam,
Bir Ollohim, va siz panohim
G’animatim borim onam.
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 15 Iyun 2009, 15:30:25
Ona

Ozoda Nursaidova ijrosida

Mehr to’la dunyo, mehriboning ko’p
Mehringga hech kimsa zor bo’lib qolmas.
Men uchun olamda bir zot bo’lsa bas,
Onajonim o’rnini hech kim bosolmas.

Onamsiz keng hovlim g’aribdan g’arib,
Jovdirab qolarman, uni axtarib,
Ko’ksiga bosh qo’ysam oldiga borib,
Onajonim o’rnini hech kim bosolmas.

Onajonim"¦

Onajonim o’rnini, mehribonim o’rnini
Jonajonim o’rnini, hech kim bosolmas.

Yetmay unga ohim, yetmay zorim ham,
Tushunmasa hatto sevgan yorim ham.
Ko’zimdagi yoshim artadi onam,
Onajonim o’rnini hech kim bosolmas.

Gohida gullarga ko’milib qoldim,
Kuyladim,hammani ko’nglini oldim.
Faqat bir narsaga men amin bo’ldim,
Onajonim o’rnini hech kim bosolmas.

Nochor qolganda qo’l uzatdim o’zim,
Ba’zida bilmayin yig’latdim o’zim.
Qalbimda bor mening shu bitta so’zim:
"œONAJONIM O’RNINI HECH KIM BOSOLMAS!"

Onajonim"¦

Onajonim o’rnini, mehribonim o’rnini
Jonajonim o’rnini, hech kim bosolmas.
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 15 Iyun 2009, 15:31:49
Onajonim

Yulduz Usmonova ijrosida

Har qancha kuylamay zo’r berib ovoz,
Tushgan sochingizga arzimaydi, rost.
Sizga muhabbatim bayon etish uchun,
Onajonim kuylar ojiz, so’zlar esa oz.

Orzuyim ne qilsam, sizga o’xshasam,
Qovog’im o’ysam ham, o’ylansam, kulsam
Hayoti o’rnagim,luqmoni hakimim,
Ham Nodirabegim,ham Bibixonim


Olamdagi eng go’zal ayol,
Nigohingiz nur sochar zilol,
Kaftingizda tuproq ham halol.
Azizim onajon, yorug’ yulduzim,
Sog’inchim, quvonchim,ovozim sozim.

Sizning bir ismingiz hazrati inson
Ko’nglingizni olish osondan — oson
Osmondagi oyni olib bersamda oz
Qo’limdan kelgani go’zal qo’shiq xolos

Lekin"¦
Har qancha kuylamay zo’r berib ovoz,
Tushgan sochingizga ham arzimaydi, rost.
Sizga muhabbatim bayon etish uchun,
Onajonim kuylar ojiz so’zlar esa oz.

Jajji qo’lchalarim ol yuzingizda,
Bismilloh o’rgandim, jo’r bo’lib sizga.
Tarbiyalab mendek shaddod, qaysar qizni,
Onajonim ona bo’lib tushundim sizni.

Olamdagi eng go’zal ayol,
Nigohingiz nur sochar zilol,
Kaftingizda tuproq ham halol.

Azizim onajon, yorug’ yulduzim,
Sog’inchim, quvonchim,ovozim sozim.
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Kumush 19 Iyun 2009, 17:08:48
Olis qishloq...Tuproq yo'l...Mana uyim,
Huvillab yotadi g'aribgina honam.
Ayvonda,oshhonada,duch kelgan yerda,
Tinmay meni duo,qiladi onam!
Men esa beparvo, men esa osiy
Kechir meni ona,kechir meni ona...
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Zamiraxon 14 Iyul 2009, 12:55:30
                                                 Tushlarimga kiring, onajon!
 
   Onaginam... Har safar kelinlik mashaqqatlariga duch kelganimda, to'lg'oq azobini boshdan kechirayotganimda, ayollik sirlarini aytishga mahrami asror izlaganimda, yaxshi kunimda ham, yomon kunimda ham sizni o'ylayman, onajon! Hozir onam yonimda bo'lganlarida nima bo'lardi, nabiralarini ko'rib sevinchdan yuraklari yorilib ketarmidi, deb o'ylayveraman. Har gal "onajon" so'zi qalbim tubidan tilimga ko'chishi bilan sizning kulib turgan chehrangiz, bolalikdagi uzuq-yuluq xotiralar, biz bilan bo'lgan so'nggi damlaringiz ko'z oldimga kelaveradi...
  Onamdan erta yetim qolganman. Oyim yig'lab kasalxonada yotganlari, bizlarga buvim bilan kichik xolam qarab turishgani esimda, keyin bilsam, oyim ko'krak saratoniga chalingan ekanlar. Kasallik avj olmasin, deya jarrohi qilishgan, lekin afsus, shifokorlar adashishgan, kasallik allaqachon onam sho'rlikning tanini yemirayotgan ekan. Davolovchi shifokor dadamga "Uyga olib ketib, tayyorgarlik ko'raveringlar, biz qo'ldan kelganini qildik, endi faqat qilasizlar" deb aytganlaridan so'ng, oyim uyga qaytganlar. Buvim bilan xolam hanuz bizlarnikida bo'lib, dadam bilan mening, ukamning issiq-sovug'iga qarashar, oyimning dori-darmonlarini berishar edi. Dadam erta ketib, kech qaytadigan, oyim esa xomush bo'lib qolgandilar.
  Buning sababini esa tasodifan eshitib qoldim. Bir kuni maktabdan qaytsam, oyim xolamga " Men endi pochchangga kerak emasman, yarim jon ayol kimga  ham kerak", deb yig;lab o'tirgan ekanlar. Rostdan ham dadam uyda kam bo'lardilar. Kelganlarida ham onam bilan tuzukroq gaplashib o'tirganlarini ko'rmaganman. Avvallari bunday emas edi. Oyim bilan dadam uzoq vaqt suhbatlashib, kulishib o'tirishardi. Oyim kasalxonadan qaytganlaridan so'ng bunday munosabatlar barham topdi.
  Avgust oylari edi. Anchadan beri hayvonot bog'iga olib borishni va'da qilgan dadam, shu kuni "kiyininglar ketdik" deb qoldilar. Oyim esa ahvollari og'irlashgan, biz bilan bora olmasdilar. Shuning uchun xo'rsinib qo'ydilar. Xolamga bizni kiyintirishda ko'maklashdilar, xatto mening sochlarimni turmaklab ham qo'ydilar.
  Bog'dan qaytayotib uchchalamiz suratga tushdik. Oyim bu rasmni ko'rib: "Dadasi, onasi yo'qlarga o'xshab qolishibdi bolalarim, tuzalsam birga tushardik", - deya xafa bo'ldilar.
  Onam bechoraning ko'ngli sezgan ekanmi, shu voqeadan uch-to'rt oy o'tib, biz haqiqatdan ham onasi yo'q yetim bo'lib qoldik. Bo'zlagancha qolaverdik. Ko'proq buvam bilan buvim biz haqimizda qayg'urishar, g'am-hasratlarining adog'i yo'q edi. Bizga  har qaraganlarida ko'zlariga yosh olishardi, bechoralar.
  Yil o'tib, dadam uylandilar. Mening qarshiliklarim, "yangi oyi kerakmas", deb yig'laganlarim kor ham qilmadi. Yillarni yillarni quvalab o'taverdi. Men ham ulg'aydim. O'tgan yillar qalbimda alamli izlar, o'chmas armonlar qoldirdi. O'gay onam bilan qiz orasida qanday muammmolar bo'lsa bariga duch keldim.
  Hamshiralik kollejini tugatgan yilim turmushga chiqdim. Shundan keyin onamni yanada ko'proq eslaydigan bo'lib qoldim. Vaqt o'tib o'zim ham ona bo'ldim. Ilk bor to'ngichimni qo'lga olganimda ona so'zining asl ma'nosini angladim. Balki onam yo'qligi bois, uni yanada chuqurroq anglagandirman. Onamning nega dadam e'tiborsiz bo'lib qolganlarida yig'laganlarini, nega so'nggi nafaslarida faqat bizni o'ylaganliklarini, xolalarimdan bizga g'amxo'r bo'lishlarini so'raganlarini... hammasini endi tushunayapman. Ayol uchun hamisha kamlik qiladigan, yetishmaydigan narsa mehr, e'tibor ekanligini, agar u ona bo'lsa uning uchun dunyodagi eng qimmatli narsa farzandlarini bo'lishini ham tushundim.
 ...Lekin bir nars hanuz meni o'ylantiradi, armonli dilimga armon bo'lib joylanadi. Nimagadir, onam tushimga kam kiradilar. Balki oilaviy hayotda tinchligim, g'amxo'r qaynona, mehribon oila a'zolari davrasida ekanligimdan xotirjam bo'lib, bezovta qilgilari kelmas. Ammo men ularni doim ko'rgim, hech bo'lmasa tushlarimda diydorlariga to'ygim keladi...
                       
   Sokin tebranadi oppoq belanchak,
   Unda sokin uxlaydi o'g'lon.
   Yolg'iz mening yuragim notinch,
   Bugun tushlarimga kiring, onajon!
   Kirin tushlarimga, sizni ko'rayin,
   Hech bo'lmasa tushda to'yib qolayin.
   Aytib dardlarimni, quvonchlarimni,
   Sizga dil daftarim ochib berayin.
   Mana yonginamda toychog'im-o'g'lim,
   Siz ko'ra olmagan nabira go'dak,
   Lekin ne uchundir, to'lmaydi bag'rim,
   Armondan yaradir ming pora yurak.
   Nega, nega meni tuqqansiz, onam?!
   Nega keyin tashlab ketgansiz meni.
   Axir mehringizga to'ymay qoldimku,
  Yer to'ydimi olib bag'riga sizni...
  Sukunat... Tebranar sokin belanchak,
  Tamshanib uxlaydi bir go'dak,
  Siz...faqat...tushimga kiring, onajon!
  To'xtab qolmasidan manguga yurak.

                                                                                                                     Nilufar Abdurahmonova
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 15 Iyul 2009, 14:23:25


Меҳрибоним, бутун борлиқ ҳаётим. Яхши кунимда авайлаб, ёмон кунимда тиргагим, сзи у-н смас, болам деб югурган жон-у жаҳоним, жонкуср муштипарим, снг қадрли меҳрибоним, барча фарзандларига меҳрини улаша олган меҳрибоним...
Кечиринг, қадрингизга етмаганимда "œжон қизим ҳамиша бошинг тошдан бслсин, Аллоҳ барча схши кунларни сизларга берсин" —деб, дуо қилгувчи дуогсйим. Ҳатто дуоларингизда ҳам сзингиз у-н ақалли бир неьмат ссрамаган, фақатгина болам деб дуо қилган дуогсйим, Кечиринг бор-у йсғимсиз, ҳеч ким ҳеч қачон срнингизни боса олмайдиган бошимдаги снг катта бахтим ОААМ. Сиз қилганларнинг мингдан бирини қайтара ололмайдиган безори қизингизни КЕЧИА ИАГ... Боласини бахтини тилаган, бахтини ксрганда сса ксз ёшини тис олмаган борлиғим КЕЧИА ИАГ... Борлигингизни сзи БАХТ...
Аллоҳим буюк А оббим, онадек инсонни сратганинг учун мингдан минг бора шукур. Улар бор-ки меҳр тафтини тусди инсон...
ОААЖОАИМ, сизнинг СЕҲА ЛИ ҚУЧОҚингиз ҳам сзгача бир меҳрни тафтини беради, пешонамдаги спичингиз қуёш тафтиданда минг чандон иссиқ ОААЖОА... Борлигингиз учун ташаккур, Дунё тургунча туринг ОААЖОА...
Сизни бутун борлиғи билан севгувчи, бу дунёни сизнинг ксзларингиз билан ксргувчи ФАА ЗААДларингиз ва сркатой қизингиз...

ЖИЙДА ГУЛИМ!!!

Жийда гулим, жийда гулим, жилвалари майда гулим
Онам бағрин соғиндим ман Онамдай бир суйда гулим...

Йслимга ксз тикар сди, пойимга дил тсшар сди
Онам райҳон скар сди, кснглим сша сйда гулим...
Жийда гулим, жийда гулим, жилвалари майда гулим
Онам бағрин соғиндим ман Онамдай бир суйда гулим...

Кснглим чскса ҳозир сди, сркалаши ҳузур сди
"œОАА" десам "œЖОА" дер сди, снди ЖОАлар қайда гулим
Жийда гулим, жийда гулим, жилвалари майда гулим
Онам бағрин соғиндим ман Онамдай бир суйда гулим...

Куйгилики кундай сди бир "œоҳ" десам шундай сди,
ОААМ ДАА ДИ МААДА А­ДИ, МААИАГ ДАА ДИМ КИМДА ГУЛИМ?!...
Жийда гулим, жийда гулим, жилвалари майда гулим
Онам бағрин соғиндим ман Онамдай бир суйда гулим...

Жийда гулим, жийда гулим, жилвалари майда гулим
Онам бағрин соғиндим ман Онамдай бир суйда гулим...


(ОААМ севган қсшиқ)

Мунис ва муштипар ОААжонлар, бу дунёдаги снг БАХТли одамларсиз, чунки сиз ОААдек шарафли номга сгасиз сй Меҳрибонлар
... (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=39.msg177397#msg177397)
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: IXLOS 22 Iyul 2009, 17:27:47
Avvalambor shu mavzuni boshlagan insonga katta raxmat
aytmoqchiman va u kishini bu qilgan ishlari uchun Olloh 
ajr ato etishini so'rab qolaman!
Zikr qilindi, bir kishi Payg'ambarning(s.a.v) xuzurlariga kelib:"yo Rasulullox, onam mening oldimda
esi yarimta bo'lib qoldi, men qo'lim bilan uni ovqatlantiraman, suv ichiraman,taxorat qildiraman,
yelkamda ko'taraman. Uning xaqqini ado qila oldimmi?"
Payg'ambar (s.a.v) aytdilar: "yo'q yuztadan bittasini xam ado qilganing yo'q! Lekin sen yaxshi ish
qilyapsan, Allohga qasamki, ozgina narsaga ko'p savob olgaysan!"

Darxaqiqat xech kim xech qachon Onani xaqqini ado qila olmas.Chunki Ollohni izni bilan Ona sababli
biz bu yorug' dunyoni ko'ramiz va uning yuksak tarbiyasi tufayli bizlar komil inson bo'lib yetishamiz.

Shu o'rinda Xojiboy Tojiboyning (Raxmli Olloh u kishini o'z raxmatiga olsin va jannatdan mevalaridan
baxramand etsin) bir gaplarini aytishni lozim ko'rdim:
Bir donishmanddan so'rashgan ekan nega ayollardan donishmand chiqmagan
u javob bergan ekan bizni ayollar donishmand bo'lishdan ko'ra donishmandlarni dunyoga keltirishni
yaxshi ko'rishadi!

Karami keng Ollox barchamizni Ota-Onamiz xizmatidan chiqarmasin!!!
  :)
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: siddiqa 29 Iyul 2009, 04:35:53
dunyoda eng bebaho ammo benazr tarqalgan bir tuyg'u bor bu ona mehri
                                                         O'tkir Hoshimov .(daftar hoshiyasidagi bitiklaridan)  


]
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Hadija 28 Avgust 2009, 13:18:00
O'g'lim(Ota-onalar tomonidan farzandga murojaati)

Meni hursand qil o'g'lim,
Sendan boshqa kimim bor?!
Shundog'am yarim ko'nglim,
Sendan topmasin ozor...

Bemor bo'lsam yonimga
Otam bo'lib kel bolam.
Jonin qo'shguvchi jonimga
Onam bo'lib kel bolam

Aka desam, -xa, degin
Tergab qo'y goh-gohida
Gul ko'tarib kel bolam
Bir ukamning o'rnida...

Meni hursand qil o'g'lim...

Singillaring mehmondur,
Qaydadir topar qo'nim,
O'g'lim meni yupantir
Senga qolgaydir kunim

Baxtli ko'rsat o'zingni
Senga qarab suyunay
Suyub o'g'il-qizingni
Senga tog'day suyanay

Osmon birdur yer birdur
Bu Yurtda g'arib bo'lmas
Yarim ko'nglim musofir,
Baribir ko'nglim to'lmas...

"-Yaxshi siz"-deb, maqtagil
Yomondurman ehtimol
Yaxshi so'z dilga yaqin
Yomoni kelar malol....

Meni hursand qil o'g'lim
Sendan boshqa kimim bor?!
Shundog'am yarim ko'nglim
Sendan topmasin Ozor...


P|S: Baxtimizga boshimizning toji Onajonlarimiz, suyanchig'imiz va tirgagimiz Otajonlarimiz sog'-omon bo'lishishsin...
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Foniy 28 Avgust 2009, 15:02:02
:as:

Onamga she'r

Onam uchun she'r so`rar yurak
Ilhom qani? Nega kelmaydi?!.
Onamga mos she'r yozmoq kerak
Hech bir she'rdan ko`ngil to`lmaydi!

Soch tolasin kitob qilaman
Qanday qilib she'rga solaman.
Eh xomkallam, qanday bolaman
Bitta she'rda ma'no bo`lmaydi!

Onajononim shaksiz eng aziz,
Har bir so`zi jonimga laziz.
TA'RIF QILSAM MING KITOB OJIZ,
Yozsam yerda siyoh qolmaydi.

Yozolmayman, qo`ldan kelmaydi!..

She'r muallifi Nodir Muhammad, vallohu a'lam

Barchamiz uchun dunyodagi eng mushtipar, mo`'tabar, QADRDON insonlarimiz - Volidai Muhtarama Onajonlarimizni hamisha Olloh  :jl: subhonahu va taolo o‘z panohida asrasin, umrlarini ziyoda qilsin, Olloh  :jl: subhonahu va taolodan so`raymiz, baxtimizga Ular omon bo`lishsin, :amn:!
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Foniy 30 Avgust 2009, 13:09:07
:as:

ONAM

O‘g‘lim bor deb suyungan onam,
Har dardimga kuyungan onam.
Orzusini ko‘rolmay menda,
Armonlarga ko‘milgan onam,
Yurak-bag‘ri o‘yilgan onam.

Dunyo ko‘r deb chetga yo‘llagan,
Har qadamda meni o‘ylagan,
Vaslim kutib zor-zor yig‘lagan,
Hijronlarga ko‘milgan onam,
Yurak bag‘ri o‘yilgan onam.

Dunyo kezib baxtimni izlab,
Jon qurbonim onam yolg‘izlab,
Safarlarga ketsam olislab,
Hijronlarga ko‘milgan onam,
Yurak bag‘ri o‘yilgan onam.

Xur hayotga izn so‘rayman,
Ota-onam izin so‘rayman.
Yaratgandan to‘zim so‘rayman,
Har dardimga kuyungan, onam,
O‘g‘lim bor deb suyungan, onam.

Javlon Abdullo
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Foniy 04 Sentyabr 2009, 11:03:04
 :as:

Rasululloh  :sw: (s.a.v.) dedilar: "Avvalo onangga, yana onangga va yana onangga, so’ng otangga yaxshilik qil."

"...Agar ota-ona birdaniga chaqirib qolishsa, avval onaga javob qil!"
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Foniy 04 Sentyabr 2009, 11:23:45
 :as:

Seni sevar bo`lsa yoring kutadi,
Qatoringda bo`lsa noring kutadi,
Senga zor narsalar zoring kutadi,
Shunchaki, shunchaki kutmaydi hech kim
ONANG KUTGANCHALIK KUTMAYDI HECH KIM!

Boy bo`lsang boringda boylaring kutar,
Suluv-suluv sanam oylaring kutar,
O`zing ham kutmagan joylaring kutar,
Shunchaki, shunchaki kutmaydi hech kim
ONANG KUTGANCHALIK KUTMAYDI HECH KIM!

Oshig`-u porasan sirdoshing kutar,
Ba’zida qondoshing, ba’zan dildoshing,
Qayga uzatsang ham yetsa quloching,
Shunchaki, shunchaki kutmaydi hech kim
ONANG KUTGANCHALIK KUTMAYDI HECH KIM!

Gar qirq yil qironda qolib ketsang ham,
O`zing o`zligingdan tonib ketsang ham,
Qaydadir darbadar qolib ketsang ham,
Shunchaki, shunchaki kutmaydi hech kim
ONANG KUTGANCHALIK KUTMAYDI HECH KIM!

Bahrom ismli birodarimiz yuborgan edi, muallifi o`zlari bo`lsalar kerak, vallohu a'lam,
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Muhseena 13 Sentyabr 2009, 23:39:54
Oyijonimni judayam yaxshi ko'raman.Oyim bilan chin dugonalardaymiz.Lekin oyim katta ilmiy ishlar qilib,bizga ko'p vaqt ajratolmas edilar.Esimda,juda ishdan kech qaytar edilar.Safarlarga ko'p borardilar.Kelishlarini intiqlik bilan kutardim.Derazadan beri kelmasdim.Oyimni juda sog'inaman.Hozirgacha shu ahvol.Jum'a kuni Nukusdan uchib keldilar.Samalyotda uchsalar doim Allohga duo qilib o'tiraman.Juda ko'p safarga boradilar.Baxtimga buvim borlar.Ularni onamdan ko'proq yaxshi ko'raman.Buni hamma biladi.Men buvimni eng erka nabiralariman.Buvim meni "onashka" deb chaqiradilar.Buvim novvoy bo'lganlar.Hozir non olib borsam,yaxshi yoki yomon pishirilganini shundoq aytib beradilar.Men doim buvim bilan uxlardim.Ko'p narsalarni ulardan o'rganaman.Uy ishlarini,ovqat qilishlarni hatto kirni qanday yuvib,qanday ilish kerakligigacha o'rgatadilar.Eng ko'p qaytargan gaplari "Bolla bilan gaplashmagin.O'g'il bola yomon bo'ladi.Kechqurun ko'chaga chiqma.Yo'lda yo'lni o'yla.Hayol surib mashinalarni ko'rmay qolma deyman-da"-deb qo'yadilar.Har doim duo qiladilar.Siqilgan vaqtim buvimga telefon qilamanda "Duo qilin,buvi"-deyaveraman.Bilaman har kuni duo qiladilar.Intiqlik bilan kutadilar.Bu yil 80 yoshga kirdilar.Allohdan ular uchun uzoq umr so'rayman.Yoshligimda mana bunday duo qilib uxlashimni o'rgatardilar va har tunda shunday duo qilib uxlayman:
Allohim,yotdim yonim bilan
Turg'izgin iymonim bilan.
Yotdim tinch,yostig'im betinch,
Qo'rqinchim do'zax,tilagim behisht...

Hozirgacha she'rlar aytib beradilar:
Allohu,ariqlada suv,
Bolalani yuzini toza suvga yuv...
*****
Oymo'mey hilla,
Qanotlari tilla.
Subhanalloh sizgey,
Umr bersin bizga...
Duolaringizda mening buvimni ham unutmanglar.Qarisi uyning parisi bor-degan gap rost ekan.Ilohim O'zi panohida asrasin...
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Muhseena 13 Sentyabr 2009, 23:40:19
(http://i004.radikal.ru/0909/3c/a393a05aefbe.jpg) (http://www.radikal.ru)
Zarifa buvijonim
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Muhseena 13 Sentyabr 2009, 23:44:23
(http://s60.radikal.ru/i167/0909/ec/b874db47273b.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 13 Sentyabr 2009, 23:46:52
Alloh buvingizni umrlarini ziyoda qilsin Muhseena:) Shunaqangi shirin yuzlari borki, oymomoday kulib turibdilar:) Bizlar uchun ham duo qilsinlar ayting.
Meni ham buvim yaqinda olamdan o'tdilar. Menga aytishmabdi, baribiram tushimda ma'lum bo'ldi. Buvim bechoraning umrlari ko'z oldimdan o'tib ketdi. Qachon qaramang biz uchun uzoq uylaridan karobka karobka meva cheva toshinganlari toshigan edi. Ayamga, meni sening qizlaringdan biri uzoqqa turmushga chiqqanda tushunasan, degan ekanlar. Men ham Turkiyaga turmushga chiqdim. Ayam buni to'yda eslab yig'ladilar. Ular boshimizning toji rostdan ham.
Onangizga ham uzoq, sog'liqli umr tilayman. Olloh ularni boshimizdan ayirmasin!
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Muhseena 13 Sentyabr 2009, 23:53:36
(http://s57.radikal.ru/i157/0909/ca/dd3168ef7f97.jpg) (http://www.radikal.ru)
Doim borsam,telefonimni ko'rishlari bilan "Suratga olasanmi yana"deydilar.Albattade,sizdaka shirin buvimni o'rtolarimga ko'rsatmimanmi..deb hazillashaman :D :D :D,shuning uchun doim kulib turadilar...
"Voy sening suratga oladiganing buncha zo'r.Bir pastda suratni ko'rsatib turadiya...Bunaqang necha pul turadi.Mangayam ober.Silani rasmilarni ko'rib yotaman-deb qo'yadilar.
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 13 Sentyabr 2009, 23:55:35
İnson qarisa ham yuzida nuri bilan qarisinn, iymoni bilan qarisinn, deyishadiku, bu haqda qanchalar jon bor. Bunday kular yuzli buvijonlarga qancha xizmat qilsang shuncha oz :) Muhseena ming marotaba mashallah. Gullari ham tushib qolsiney:) Qo'shnimni qaynonasi bor, ayol ham kasal ham dilbuzar. Qarigan chog'ingda duo bilan o'tirsang aa, nima deysiz. Nima keragi bor, belingdan quvvating ketibdi, onaginam, kelin bechora ham ro'za kunida senga xizmat qilishga harakat qilyabdiku. Shunday kampirlarni ko'rganimda Ollohim bizlarni iymonimiz bilan qaritgin, hech kimga zararimiz tegmasin, deb duo qilaman.  
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Hadija 28 Sentyabr 2009, 18:44:48
                        ОАА

Кимдир савол берди: — Айтгил, Муҳаммад,
Алғиз сен А асулсан буткул оламга.
Кимга ксп схшилик айлай, сзинг айт,
Ота-онамгами? Ахуд боламга?

А асул жавоб қилди: — Тингла биродар,
Гапимни уч бора қулоққа илгил.
Имкон топа олсанг дунёда агар
А­нг аввал онангга схшилик қилгил. »

Бу ҳикмат шарҳини сйладим узоқ
А остдан она срур қиблаи олам.
Гарчи барчамиз ҳам падармиз, бироқ
Онадан туғилган пайғамбарлар ҳам.
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Foniy 08 Oktyabr 2009, 20:21:27

ONAM

Dasturxonga Onam suygan osh keladi,
Mening esa ko`zlarimga yosh keladi.
Olay desam bo`g`zimga bir tosh keladi,
Qandoq yaxshi bo`lar edi, bo`lganda Onam!

Bahor gulga to`ldiradi uylarimni,
Kapalaklar olib qochar o`ylarimni.
O`zi orzu qilib yurgan to`ylarimni,
Qandoq yaxshi bo`lar edi, ko`rganda Onam!

Telba dunyo sirlarini bilolmayman,
Sog`inganim duolarin ololmayman.
Nahot endi Onamni bir ko`rolmayman,
Qandoq yaxshi bo`lar edi, bo`lganda Onam!

Onam bilan bolaligim o`tib ketdi,
Faryodlarim yuraklarni tutib ketdi.
Meni shunday kunlarimni kutib ketdi,
Qandoq yaxshi bo`lar edi, ko`rganda Onam!

Tosh bag`rimga toshlar yog`di, yumshadim men,
Yolg`on dunyo deganlarga uchmadim men.
Dunyoda eng buyuk g`amga uchradim men,
Qandoq yaxshi bo`lar edi, bo`lganda Onam!

Qandoq yaxshi bo`lar edi, bo`lganda Onam!
Qandoq yaxshi bo`lar edi, bo`lganda Onam!
Qandoq yaxshi bo`lar edi, ko`rganda Onam!
Qandoq yaxshi bo`lar edi, yurganda Onam!


(Audio formatda tinglashingiz mumkin (http://my.mail.ru/cgi-bin/my/audiotrack?file=07c01c84a064d473eb1949bb41e74e43&uid=38341356))
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Abdulhafiz 09 Oktyabr 2009, 05:12:22
                  Ona.
Bizga mansab rohat baxsh etolmadi,
Ayol zavqi dilga naqsh etolmadi,
Dod solishda go'dak ham yetolmadi
Onajonim sizni yig'lab sog'insam!
Qoshingizda go'dak bo'lur yovqur mard,
Xushbo'y edi hatto sizdan yuqqan gard,
Do'stlar diydori ham aritolmas dard
Onajonim sizni yig'lab sog'insam!
Yig'layverar, ko'zim aslo hormaydi,
Qalbim biror zotga ko'ngil yormaydi,
Sarhil taomlarga qo'lim bormaydi
Onajonim sizni yig'lab sog'insam!
Bu dam og'ir, oz oni ham cho'zilar,
Oxirgi rishta ham chirt-chirt uzilar...
Bolam yig'lasa ham tinchim buzilar
Onajonim sizni yig'lab sog'insam!
Hayriyatki, hayotimning ahdi bor,
Devonaning sog'inch degan taxti bor,
Ko'rpaga berkinib yig'lash baxti bor
Onajonim sizni yig'lab sog'insam!
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 10 Oktyabr 2009, 15:08:45
Bir go'dakni ko'z oldingizga keltiring.
U bir narsadan o'ksindi, qattiq o'ksindi. Shu xolatida unga eng yaqindan yordam berishi mumkin bo'lgan inson - uning onasi quchog'iga olib, bag'riga mahkam bossa, boshini, yelkasini silasa, hali gapirishni ham bilmaydigan, endigina tili chiqayotgan bu go'dak onasiga qanchalik "singib" ketadi. Undan buyuk bir mehr, shafqat va sevgi haroratini his etadi.
Bularning hammasi faqat u uchun qaratilgan, faqat u uchun maxsus.
Shu xolatida bu go'dak nimalarni his etadi va qanchalik?
O'zining tamoman xavfsiz joyda ekaniga 100 da 1000 ishonadi va o'zini butunlay xotirjam his etadi.
Bu o'sha beminnat va shu bilan birga qusursiz mehrning, hamda onasiga bo'lgan cheksiz ishonchning evaziga emasmikan..?
Buning qanday tuyg'u ekanini bolalikni, go'dakliklni yashaganmiz, hammamiz o'zmi-ko'p bilamiz. Biroq onalar yaxshiroq bilasalar kerak, chunki ular ham bola bo'lib his etishgan, endi esa ona bo'lib ham his etishyapti.

Endi biz ulg'aydik, aqlu-idrokimiz rivojlanib, ma'lum darajada bilim va tajribaga ega bo'la boshladik, shunga yarashir mas'uliyat ham yelkamizga tusha boshladi.
Lekin ruhimiz, qalbimiz, balki butun vijudimiz hamon, har vaqt o'sha sokinlikni, o'sha xotirjamlikni, o'sha beg'uborlikni  qo'msaydi.
Vo ajab, o'sha bizning boshimizni silagan mehri daryo onajonimiz ham qo'msaydi uni,
ham bola bo'lib..
ham ona bo'lib...
Qani endi u halovat? Qayerda qoldi?
Dunyoga sho'ng'iganimiz sari ishonchimizni, diqqatu-e'tiborimizni, mehrimizni parchalab boshqa arzimas matolarga ulashdikmi, yo?!

Yaqindagina bu go'dak uchun dunyo faqat ona rahmidangina iborat edi. Endi u yangi, ajib bir dunyoga qadam qo'ydi.
Vaqt o'tgan sari o'zining qanday dunyoda ekanini, o'zining imkoniyatlari-yu, cheksiz extiyojlarini idrok eta boshladi.
Nega shuncha imkoniyat? Nega shuncha extiyoj? Bularga kim javob beradi?

Endi u ham o'zidagi onasidan olgan mehrni hamda uning uchun mehr qaynog'i bo'lgan onasining ham undan kam bo'lmagan bir mehrga muhtoj ekanining farqiga bora boshlagan edi.

Ona bolasini bag'riga bosib, u mehrni yo'qolmaganidan, o'sha o'zi qo'msayotgan mehrni endi o'zining bir parchasi bo'lgan yangi insonga berayotganidan, bu mehrning haroratini birgalashib his etayotganidan o'zini dunyodagi eng baxtiyor inson kabi his etadi. Ha, bu mehr bolani qanchalik baxtiyor etgani kabi, onani ham shunchalik baxtiyor qilishga yetadi. Hatto ularni chetdan turib kuzatayotgan insonlarga ham.
Ex , aslida insonlik naqadar go'zal-ku, lekin biz ...

Ha, bu manzaraning qarshisida har bir inson yuragining tub-tubida yotgan hislari jumbushga keladi, farqiga borib yoki bormay ONAdagi bu mehrdan oziqlanadi.
Bu shunday muqaddas, musaffo bir mehrki, ona buning evaziga hech narsa kutmaydi. Hatto o'zidagi bu mehrning buyukligini his qilganda, aqli shoshadi, ta'bir joiz bo'lsa, o'zi ham hayronu-lol qoladi.
Ex, ONAJON naqadar muboraksan-a! Mo'tabarsan!
Qaniydi shunga yarasha javobim bo'lsa...  Onajonim mani!

Bu qadar mehrni, shafqatni har bir onaga bergan, boladagi ojizlikka bunchalar go'zal suvratda javob bergan ey Robbim, Sen marhamati keng, go'zal Yaratuvchisan!

Agar ba'zi oddiy haqiqatlarni yaxshi his eta olganimda, yaxshi idrok eta olganimda edi...,

Balki onasiga Sen yoqtirgan shaklda munosabatda bo'lganlarni, onasi uchun butun imkoniyatlarini sarf etayotganlarni yaxshiroq tushungan bo'larmidim.

Balki bu MEHRning haqiqiy egasi bo'lmish Sen bilan muloqot qilish imkoniyatini beradigan har bir namozimni zoriqib kutgan, sajdalardan bosh uzishni istamay, onasining bag'ridan uzilishni istamagan go'dak kabi yoshlar to'kkan bo'larmidim.

Balki-da, jannatni umrim bo'yi Onajonim oyoqlari ostidan izlagan bo'lardim.

Qaniydi....

Senga hamdlar va shukrlar bo'lsin, Ey Robbim! (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1261.msg47544;topicseen#msg47544)
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 17 Oktyabr 2009, 14:22:42
Chustiy kechadan beri oshqovoq haqida gapirganlari uchun esimga tushib ketdi. Uyga 2006 yilda borganimda hali oshqovoqlar pishmagandi. Uyda bollarni ichida eng ko'p men yaxshi ko'raman oshqovoqni. Asosan mo'l saryog'li mantisini:)
Qarasam, hovlida oshqovoq bor. "Ehh,- dedim ayamga, oshqovoq pishganda manti qilib berardiz..."
Onaginam bechora, so'zlarim yuragiga ta'sir qildi-mi, menga aytmasdan oshqovoqlardan eng yaxshi pishganini uzibdilar. İchini yorib qarasalar, hali vaqti kelmaganiga qaramasdan, mazasi joyida:)
Xursand bo'lib, darrov mantini boshlab yubordilar kelinayam bilan birga. Mazzza qilib yegandim.
Ona shuda, yuragi chidamaydi, bolasi bir narsa so'raganda, Alloh ham ona shafqatini ko'rib, karomat qildi, hali mavsumi bo'lmasligiga qaramay oshqovoqni, eng shirin shaklda tuhfa qildi bandalariga. Hamdlar bo'lsin:)
 
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 17 Oktyabr 2009, 14:49:34
Burch

Hatto bulbul ham bola ochganidan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga yemish tashiydi.

O'.Hoshimov. Daftar hoshiyasidagi bitiklar.
 
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 17 Oktyabr 2009, 14:52:21
Mehr

Quyosh buloq suviga ham, mag'zavaga ham baravar nur sochaveradi.
Yer chuchmo'mani ham, chaqirtikanakni ham baravar o'stiraveradi.

...Ota-onaga bolaning yaxshi-yomoni yo'q...

O'.Hoshimov.
 
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 17 Oktyabr 2009, 14:56:01
Xazina

Dunyoda eng bebaho, ammo tekinga tarqatiladigan xazina bor. Bu-Ona mehri...

O'. Hoshimov.
 
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 17 Oktyabr 2009, 15:08:56
Menga yuz marta ozor bersang, kechirishim mumkin. Onangga bir marta ozor bersang, kechirmayman: onang senga mendan ko'ra yuz hissa ko'p mehr bergan.

O'.Hoshimov. Farzandlarimga o'gitlar.
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 17 Oktyabr 2009, 15:18:24
Hamma ona-bir ona

Amerika bilan O'zbekiston orasi o'n besh ming chaqirim. Avstraliya bilan Kanada orasi yigirma ming chaqirim. Ammo Amerikalik senatorning xotini o'z farzandini O'zbekistonlik dehqonning xotinidan kamroq yaxshi ko'rmaydi. Avstraliyalik aborigen ayol o'z farzandini Kanadalik millioner ayoldan ko'proq yaxshi ko'rmaydi.

O'. Hoshimov.
 
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 17 Oktyabr 2009, 15:22:10
Sinov

Bir narsani ko'p kuzatdim. Ona ovqatga o'tirgan zamon chaqaloq yig'layveradi. Keksalar, bunaqa paytda bolani shayton chimchilaydi, deydilar. Bilmadim...Xudoning o'zi kechirsin-ku, menimcha gap shaytonda emas.
Bu-Tangrining ona mehrini sinash usullaridan biri bo'lsa ajabmas....

O. Hoshimov.
 
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 17 Oktyabr 2009, 15:23:52
Qirq jon

Xotin kishining joni qirqta bo'ladi, desalar ajablanmang. Negaki u bitta jonni o'ziga olib qolib, o'ttiz to'qqiztasini farzandlariga beradi...

O. Hoshimov.
 
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 17 Oktyabr 2009, 17:58:17
Onaginam-a qachon qaramang bizni tashvishimiz bilan ovora bo'ldilar. Men ayniqsa juda qiyin katta bo'lgan ekanman. 6 oygacha uhlamagansan, deydilar ayam. To'htamay yig'larkanman...
Sal katta bo'lgandan keyin qilma deganni qiladigan bola bo'lganim uchun tez tez kasal bo'lar, ayniqsa qishda doim yo muz yo qor yeb tomog'im og'rib yurar ekanman. Esimda, tomog'im shishib nafas ololmay qolardim, ayam bechora nafas olyabdi-mi deb ertalabgacha tepamda o'tirardilar...
Aytishadiku: "Onangni bir kecha beshiging tepasida bedor o'tkazgan haqqini to'lash uchun umr bo'yi xizmat qilsang uzolmaysan," deb... Ular biz uchun nimalar qilishdi, biz nima qilyabmiz....
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 26 Noyabr 2009, 15:56:32
Bog’boningdur

Bu hayotda tiriksanmi, onam degil,
Shodu g’amgin yuribsanmi, otam degil,
Yaxshi — yomon kunlarimga hamdam degil,
Ular bilsang, tayanchingdur, posboningdur.

Ota — ona mo’rt bo’ladi, qadrini bil,
Sen deb ko’zi to’r bo’ladi, qadrini bil,
Bolangni ham bolam deydi, qadrini bil,
Ular bilsang, charog’bonu bog’boningdur.

Gar oh cheksang, yuraklari so’zon bo’lgay,
Ko’z yosh to’ksang, xayollari to’zon bo’lgay,
Gar qad buksang, ikki olam xufton bo’lgay,
Ular bilsang, mehribonu rahmoningdur.

Otang bo’lsa, qadding baland tog’ erursan,
Onang bo’lsa, jahding baland bog’ erursan,
Duolardan bag’ring butun — sog’ erursan,
Ular bilsang, quvvatingdur — darmoningdur.

Otangni san shon anglagil, ranjitma hech,
Onangni san jon anglagil, ranjitma hech,
Har so’zlarin non anglagil, ranjitma hech,
Ular bilsang, nigohboning — mijgoningdur.

Ayo, farzand, ota — oangn gar tirikdur,
Ahmad aytur: gardi poyin ko’zingga sur.
Rizo bo’lsa ular sendan — baxting erur,
Yo’qsa bu g’am kulfatingdur — armoningdur"¦
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 26 Noyabr 2009, 15:57:03
Gavhari jonim

Men dunyoga kelgan kundanoq,
Yo’llarimga bo’ldingiz chiroq.
Ulga’ysin — deb chekdingiz firoq,
Onajonim — jonu jahonim,
Duogo’yim — chin mehribonim.

Yiqilganda suyanch edingiz,
Qoya kabi tayanch edingiz,
Nur edingiz, quvonch edingiz,
Onajonim — dono sarbonim,
Duolari tillo karvonim.

Qadringizni goho bilmadim,
Qo’lingizga hassa bo’lmadim,
Kulbangizga vassa bo’lmadim,
Onajonim — gavhari jonim,
Duogo’yim — shirin zabonim.

Uzoq ketsam yo’limga qarab,
O’ltirgansiz zor-zor mo’ltirab,
Men go’l esa yurganman "œyayrab",
Onajonim — chashmi giryonim,
Nigohbonim — sarvari jonim.

Ayting, Sizni qaylardan topay,
Kalishingiz gardlarin o’pay,
Qabringizga ko’z yoshim sepay,
Onajonim — toza vijdonim,
Tomirimda oqqan pok qonim.

O’lim-ku haq, hamma o’tadi,
Lekin ona qolsa netadi?
Nahotki yer to’ymay ketadi?
Onajonim — ko’zda mijgonim,
Munisginam obro’yim,shonim.

Yulduzlarga boqib so’zlayman,
Izlaringiz bedor izlayman,
Topib ber deb, yelga bo’zlayman,
Onajonim — guli rayhonim,
Duogo’yim — ruhi ravonim.

Siz — bag’rimda botmas oftobim,
Tunlarimda so’nmas mohtobim,
Dunyolarga bermas kitobim,
Onajonim — gavhari jonim,
Duog’oyim — nuri Iymonim"¦

Toshpo'lat Ahmad

Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: ossiyobinti 26 Noyabr 2009, 22:03:06
Assalomu alaykum Robiya sizdan uzr so'ragan holda bu ashulani qo'yvoman. Balki bu ashulanii oldin eshitgandursiz. Man so'zlarini o'zgartib qo'ydim. Hohlasez o'chirib yuborsez ham maylin. Lekin man doim bu ashulani eshitsam onamni esliman. Judayam tasirlanaman.
 
Derazamning ostida tongda,
Sayragan qush sizmasmu Ona!?
Yo to'nimga ko'klam mozorda
Yopishgan Gul sizmasmu Ona!?

Ming yildirki dunyoda yo'qsiz,
Yuragimga bitgan armonsiz !
Ko'rmagansiz mening qizimni,
Erkatoyim, to'g'im, sho'himni.

Men ham yoshim o'tgani sayin,
Boshimga oq tushgani sayin,
Onam deya erkab qizimni,
Ko'taraman o'zim ko'nglimni.

Derazamning ostida tongda,
Sayragan qush sizmasmu Ona!?
Yo to'nimga ko'klam mozorda
Yopishgan Gul sizmasmu Ona!?
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Mahdiyah 11 Yanvar 2010, 06:50:46
Onamiz bn ko'p talasharmiz balki, ko'pincha tushunmovchiliklarga duch kelarmiz balki...
Gohida bilib turib hafa qilgandurmiz balki...
Gohida bizni dib yig'lagandurlar...
Balki o'rnakli farzand bo'lolmagandurmiz...

Lekin 1 narsani angladim, DUNYODA MANI QIYNAYDIGAN ENG KATTA MUSIBAT ONAMNI QAYG'UGA BOTISHI EKAN...
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 17 Yanvar 2010, 11:27:19
ONA (monolog) albatta o'qing

Siz bu qo`shiqni eshitgansiz. Lekin bu safar ushbu qo`shiq Shahriniso onamizga bag`ishlab aytilayapti. Ilohim joylari jannatda, ruhlari shod, oxiratlari obod bo`lsin.

Bu yolg`onchi dunyoda insonni ikki donagina chin do`sti bo`lar ekan. Bittasi Alloh, ikkinchisi o`sha sizu bizni yorug` dunyoga keltirgan onalarimiz. Alloh bizning ruhimizga parvona bo`ladi. Onalarimiz-chi? Onalarimiz hali tug`ilmasimizdan to `ozlari qabrga ketgunlariga qadar boshimizda parvona bo`ladilar.

Ilohim o`tganlarini Alloh o`z rahmatiga olsin. Tiriklarini umrlarini ziyoda qilsin. Yaxshi kunlarda, to`ylarda qo`llarini duoga ochib turganlarini ko`rish ko`p yillar nasib etsin.
Oqibat degan gap bor dunyoda. Lekin oqibat bilan oqibatni ham farqi bo`lar ekan. Ona farzandiga beminnat oqibat qilar ekan. Farzandim mendan keyin qolsin, unib o`ssin deb oqibat qilar ekan. Lekin farzandni oqibati omonat oqibat bo`lar ekan. Minnatli oqibat bo`lar ekan. Bugun bor, ertaga ko`ramanmi yo`qmi, kel, endi ikki og`iz yaxshi gapimni ayamay deb oqibat qilarkanmiz. Bugun kelib, ertaga ketguvchi mehmonga qilgandek oqibat qilarkanmiz.
Agar so`zlarimdan ko`nglingiz ranjigan bo`lsa, shu so`zlarimning isbotini borib qabristondan ko`ring. Hattoki o`sha qabr toshlariga ham jimjimador qilib minnat bilan yozib qo`yilibdi: "œAziz farzandlaringizdan esdalik(!)" Qarang, hattoki shu qabr toshini ham minnat bilab qo`yarkanmiz. Uni biz qo`ydik deb qo`yarkanmiz: "œAziz farzandlaringizdan esdalik(!)" Dunyoni yolg`onligini, dunyoni omonatligini, dunyoni bor-yo`g`I besh kunlikligini isbotlab ketgan insonga siz bilan meni esdaligimni nima keragi bor? "œAziz farzandlaringizdan esdalik(!)"
Gohida shu chin do`stimizning ham qadriga yetamiz, gohida yo`q. Gohida yarim tunda uyimizga kelamiz. Darvozani astagina ochib, hech kimga bildirmay kirib ketamiz deymiz. Lekin bizni kutib o`tirgan bedor onaizor kelganimizni qadam tovushlarimizdan emas, qalbi orqali sezadilar. Bir og`izgina, bor yo`g`i bir og`izgina so`z aytadilar: "œBolam, keldingmi?" Gohida mana shu bir og`izgina so`z ham bizga og`ir botib ketadi. "œHa, onajon, keldim. Yosh bolamasman-ku(!) Uxlasayz bo`miydimi", - deymiz.

Ey, azizlar, o`sha onaizor manguga uxlab qolganlaridan keyin ona yotgan o`sha g`aribgina kulbaning g`aribgina derazasi tagidan ming marta u yoqqa o`ting, ming marta bu yoqqa o`ting, tunda o`ting, tongda o`ting, o`sha nido eshitilmas ekan: "œBolam, keldingmi?"
Hovlimizni to`ldirib to`ylar qilamiz, kazo-kazolarni chaqiramiz, oldiga borimizni ayamay to`kib solamiz. Lekin ikkala ko`zimiz, ikkala qulog`imiz, vujudimiz, borlig`imiz o`sha derazaga tikilgan bo`ladi. O`sha tanish chehra ko`rinarmikin, o`sh nido qayta eshitilarmikin?: "œBolam, keldingmi?"

Taqdirni taqazosi bilan yillar o`tib, yana o`sha darvoza oldiga yarim tunda kelamiz. Berk darvoza oldida to`xtab qolamiz. Sababi esa oddiygina. O`sha topganimizni qo`liga qo`shqo`llab topshirganimiz farzandlarimiz ha,. Jonimizda ortiq ko`rgan sevgan yorlarimiz ham bizni yarim tunga qadar, tongga qadar kutib o`tirishga toqatlari yetmay, uxlab qolar ekan. Ana o`shanda qalbimiz uyg`onib qoladi, ana o`shanda vijdonimiz uyg`onib qoladi. Ana o`shanda qo`llari qadoq mehribonimizni sog`inib-sog`inib ketamiz"¦

Ko`zimda yosh, qalbimda tobut,
Zirqiraydi tanam uzra jon.
Ona, uzoq kutdirmayman ,kut
Mashhargacha hayr onajon.
Azobimga yelkangni tutding,
Dardlaringga topmadim imkon.
Meni o`ylab o`zni unutding,
Mashhargacha hayr, onajon.
Sen yo`q qaro bo`ldi osmonim,
Ko`nglim vayron , yuragim vayron.
Ko`ksimdagi buyuk armonim,
Mashhargacha hayr onajon.
ONAJONIM KELMADINGIZ
Dardlarim dilim kuydirar,
Ulfatim ko`nglim to`ldirar,
G`animim kunda o`ldirar,
Onajonim kelmadingiz.
To`y bo`ldi dushmanim keldi,
Suymagan suyganim keldi,
Sog`inib yig`lagim keldi,
Onajonim kelmadingiz.
Topolmadim sixdek sirdosh,
Dunyo ekan ko`p bag`ritosh,
Diydortalab ko`zimda yosh,
Onajonim kelmadingiz.
Ruhsorlari oyim onam,
Armonlarga boyim onam,
Sog`ingandur debon bolam,
Onajonim kelmadingiz.
Sizsiz koshonalar vayron,
Yuragim sanchar beomon,
Sog`indim ko`p bugun yomon,
Onajonim kelmadingiz.
Qabringizga boshin qo`yib,
Tohir yig`lar bag`rin o`yib,
Bir erkalay desam suyib,
Onajonim kelmadingiz.

Tohir Mahkamov
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 11 Fevral 2010, 16:41:36
 :as:

ОААЖОА, АЙТИАГ УЛАА ГА ЮА АГИМАИ ТЎХТАТИШСИА"¦

(http://s005.radikal.ru/i211/1002/35/f1c6ea14ff28.gif) (http://www.radikal.ru)

- Ойи, бироз тобим йсқроқ, бугун сқишга боргим келмаспди, - дедим срталаб ишга кетаётган онамга.
- Вой нима бслди, қаеринг оғриспти? - пешонамни ушлаб ташхис қсйишга шошди онагинам.
- Йсқ, ҳеч нарса бироз снг биқиним билан белим оғриспди, холос. Кеча сқишда бироз синф хоналарини тозалаган сдик, шунда уриниб қолдим шекилли.

- Вой бирам нозик-ей, шу қизингиз, - гапни ҳазилга буриб қсшилди опам, - дарров уриниб ҳам қолибдилар.
- Ҳечқиси йсқ, бугун бироз дам олай сртага тузалиб қоламан, - дедим хавотирга тушган онамни тинчлантириш учун.
Онам узун насиҳатларидан сснг ишга, опам сса сқишга кетишди. Мен сса гоҳ кучайиб гоҳ тинаётган оғриққа сътибор бермай уйларни саранжомлашга тушдим. Аммо схшигина касал бслган сканман шекилли, бир зумда чарчаб қолдим. Бироз тин олишга срнимга ётдим. Ухлаб қолибман, тушимда шунақанги гсзал жойларда юрган смишманки, нақ жаннат дейди одам. Уйғонганимда туш сабабми ёки бошқами сзимни жуда схши ҳис қилардим. Кайфистим ҳам кстаринки. Аммо бу вақтинча тузалиш сканлиги кейин билинди. Бир неча кун стди ҳамки, тузалиш срнига касалим кучас бошлади. Ўқишга умуман бора олмай қолдим. Тез чарчаб, ҳолдан тосдиган, бирпасда ксзим тиниб кснглим беҳузур бсладиган бслиб қолди. Бундан баттар хавотирга тушган онам шифокорга ксринишим кераклигини таъкидлай бошлади.
- Ойи, нима қиласиз бош оғриқ қилиб, стиб кетади, қоним камайиб кетган бслса керак, - дейману, лекин сзим ҳам бироз қсрқа бошладим. Хавотирга тушганим бежиз смас скан. Қссрда қсймай ойим докторга олиб бордилар, турли анализлардан сснг ҳам касаллигим сабабини била олишмади. А­нди куним турли касалхоналар-у, анализ топшириш билан стадиган бслиб қолди.
- Опа, қонимни анализга олавериб-олавериб қолдиришмади шекилли, - дейман кулиб.
Охир оқибат томографисга жснатишди. Доктор томографисдан сснг онамга бир нималар дедию,
- Сизни хонамда кутаман, деб хонасига кириб кетди.
- Сен уйга кетавер болам, чарчадинг. Мен доктор билан натижалар ҳақида гаплашиб олишим керак скан. Ортларингдан мен ҳам бораман, дедилар, аммо ксзлари хавотир учқунларини сшира олмади. Бироз кснглимга хижиллик кирди.
- Юр, кснглим озиб кетди бу касалхоналар ҳидидан, кетдик снди, - опам шундай дес, қслларимдан судрагудек қилиб олиб кетди.
Уйга келганимизга бир неча соат бслди, аммо ҳали ойимдан дарак йсқ. Тинчликмикин, нега келмаспдилар? Ҳаёлимга ҳар хил беъмани фикрлар срмалай бошлади.
- Опа, ойим келмаспдилар? Тинчликмикин ишқилиб?
- Келиб қоладилар, нима ойим кичкина боламидики... ксп хавотир олаверма.
Шу пайт дарвозадан ойим ксриндилар. Ксзлари ёшдан қизарган, аммо мендан юзларини сширишга ҳаракат қиласпдилар. Дарров гап нимада сканлигини тушундиму, томоғим бир нарса тиқилди. Қанчалик йиғламасликка ҳаракат қилсам ҳам ксзларим ёшга тслди. Томоғимни ачитган нарса катталаша бошлади гсё. Ойим югуриб келиб мени қучоқлаб олдилар.
- Аҳволим оғир сканми? — дедим секингина ойимни пинжига суқулар сканман.
- Болам, тузалиб кетасан, доктор айтди... — дедилар, аммо шу пайт лабларини тишлаганларини сездим. Дадам оламдан стганларидан бери лабларини тишлашни одат қилганлар. Йиғлаб юбормаслик учун шундай қиладилар.
Аҳволимнинг кундан кунга жиддийлашаётганидан сзим ҳам оғир хаста сканимни билар сдиму, лекин буни тан олишга кучим стмасди. Шу кундан кейин касалхоналарга ксчиб стдим десам хато бслмайди. Турли касаллар, турли ҳаёт, турли инсонлар. Касалхонада танишган инсонинга биринчи берган саволинг:
- Сизни қаерингизда касал? - деб ссраш бсларкан. Анимда бир қиз ётарди, ҳар 6 ойда бир келиб химис терапис олиб кетаркан. Химис тераписдан сснг унинг ёнида ётиш менинг азобларимга сн чандон азоб қсшарди. Унинг қийналишини, инграшини ксриб қсрқиб кетардим. Сочлари тскилиб кетган, бетсхтов кснгли айниб, егани ошқозонида турмасди. Лекин снг оғири кундан кунга менинг куйимда адо бслаётган, ссниб бораётган онамни ксриш сди.
Олган муолажаларим фойда бермади, снди менга ҳам сша химисдан юборишадиган бслишди. Биринчи марта сочларимни тутам-тутам бслиб тскилаётганини ксрганимда қсрқиб кетдим. Киприкларимнинг битта битта тскилиши сса менинг умидим схшарди. Аммо инсон ҳар бир нарсага ксниккани каби мен ҳам ксникдим. Фақат кснглим ағдарилишига ксника олмасдим. Овқатга қарагим ҳам келмас, аммо онамнинг менга тикилган мснгли ксзларини ксриб ейишга мажбур бслардим. Ссниб қолди онагинам...
Менинг сса кундан кунга тузалишга умид ссниб борарди. Юрагим тез ура бошлади, шунчалар тез урардики, гуё сзига берилган вақтни тезроқ босиб стсам дейди. Ўрнимдан туриб юра олмай қолдим. Доктор ҳақ бслиб чиқмади. Балки у адашган, балки онамга таскин бериши учун мени тузалади дегандир. Ахир қандай қилиб тузалмайди, қизингиз слади, дейиши мумкин. Ҳамшираларнинг нигоҳларидан ачиниш сатрларини сқийман. Ҳаммасини тушунаман, ҳаммасини биламан. Фақат айта олмайман. Куч-мадорим йсқ, чарчадим. Юрагимни уришидан чарчадим, олиб ташланг юрагимни!.. Яқинларим тикилади, онажоним ҳар доим ёнимда. Бир қадам ҳам жилмайди. У ишонади, тузаламан. Ишонмайди менинг слимимга. Аммо мен истайман, чарчадим. Томирларимга қсйилган, танамнинг ҳар бир катагини ачитаётган дори ҳам снди танамга кетишдан бош тортади. Томирларим илма тешик бслиб кетди. Ичим дори дармонга тслди, аммо Ҳолиқ истамаса дори шифо бсла олмайди. Ксникаман слимга. Кутаман уни.
- Онажон, айтинг уларга юрагимни тсхтатишсин... — стинаман. Онам чидай олмайди, чиқиб кетади хонадан. Докторлар сса соғ томиримни топиб дори қсс бошлашади. Менинг юрагим оғриқ учун сратилганми? Йсқ, улар юрагимни тсхтатишмоқчи смас, мени даволашмоқчи холос. Аммо юрагим шунчалар чарчаганки, тсхташни истайди. Танам бирдан қалтирай бошлайди, шундай қалтирайдики, 3-4 ҳамшира мени босиб туришга ҳаракат қилишади.
Докторларнинг бақириқларини сшитаман, ҳамма ёқда югур югур. Юрагим гсё сснгги маррага шошгандек тезроқ ва тезроқ ура бошлайди.
- Олиб келинг дорини, жснатган доримиз судорга берди, - дейди кимдир. Онам югуриб кирди.
- Чиқинг опа, чиқинг қслимиздан келганини қиламиз, - дес онамни хонадан олиб чиқиб кетишади. Ксзларим билан уни кузатаман. У сса мендан ксзини узмайди, ксзларида умид.
Билмадим, бу сонис нега бунчалар узун. Йиллар каби узун, асрлар каби узун.
- Бутун бир катта касалхонада битта дори бслмаса-с, - хуноби чиқиб бақиради доктор. Мен сса парвоз қиламан, танамдан чиқаман, юрагим тсхтайди. Тепадан туриб кузатаман, во ажаб, шу менми?
Лалатадаги одамлар секин-секин тарқай бошлашади. Мен сса доктор кетидан сргашаман. Онам, сшик тагидан мунғайиб, умид билан кутиб турган онагинам...
- Аима бслди, дсхтир, судорагаси тсхтадими?

...

Ссзсиз ҳам ҳаммаси маълум бслсада, онам ишонмайди. Қайта қайта ссрай бошлайди. Шунда докторга қанчалик оғир сканлигини тушунаман.
- Қслимиздан келганини қилдик, аммо қизингизни бериб қсйдингиз опа, бандалик... — оддий, балки ҳар куни киноларда сшитадиган ссзларимиз. Аммо уни сшитиш, уни айтиш қанчалар оғир, қанчалар азобли. Онам дод дейди, ишонмайман дейди-ю, менинг олдимга югуради. Менинг жонсиз танамни спади, қсчоқлайди.
- Болагинам, Аилуфарим... ишонмайман сзингга кел, мен нима қиламан бу дунёда сенсиз,
- Оҳ онагинам, енгиллик топдим, тақдир шундай, қийнаманг сзингизни, сзилиб кетаспман сизни ксриб, онажон.
Аммо у сшитмайди.

* * *

- Бандалик қсшни, - Аллоҳ сабр берсин сизга. Ксп куйинманг, олдингиздa сна бир қизингиз бор. Аилуфарни умрини шунга берсин.
- Аммо Аилуфарим бошқача сди, - скинади она. Анида катта қизи йиғлайди. Аазарида она меҳри Аилуфар билан кетгандай.
Билади, Аилуфар бошқача сди. Бировни кснглини оғритишдан қсрқарди. Ҳамма уни схши ксрарди. Ҳатто ҳазил қилиб ҳам бировга қаттиқ гапирмаган. Мана бутун синфдошларию, курсдошлари, ҳатто уни атиги бир бор ксрган инсонлар ҳам бугун жанозасига келишган. Ҳовлига одам сиғмайди.
- Онажон мен ҳам ахир сизнинг қизингизман, мени ҳам қизим денг, - ёлворади қиз.
Она:
- Қизим, дес уни қсчоғига олди-ю, аммо Аилуфарни сслайди. Жаннат гули Аилуфар. Қучоғидаги қиз ёдидан чиқади, кетгиси келади Аилуфар томон.
- Бунчалар чиройли бслмаса, ювинтириб кафанлангандан сснг гул каби чиройли бслди-с, бунчалар нозик худди ухлаб қолганга схшайди, - дейди Аилуфарни ксрган аёллар. Амакилари дод солади уни ксриб. Она йиғлайди, уввос тортиб йиғлайди.
Ҳа, у жуда чиройли бслди, мен ҳам йиғладим, уни сслаб-сслаб йиғладим.
— Мадина опа, бировни хафа қилишга шунчалар қсрқаманки, - овози қслоғим тагида снграгандай бслади. Ширингина кулгусини, қснғироқдай овозини сслаб йиғладим.
- Болам ксп йиғламанг. Қийналади Аилуфар, қийнаманг уни. Бандалик болам, ҳаммамизнинг бошимизда бор.
- Лекин мени ташлаб кетдиии, увиллайди она.
- Ҳеч кимга бола қазосини ксрсатмасин, - ёқасини ушлаб қссди аёл.

Мана унинг слимига бир йилча бслиб қолди. Аммо она ҳали ҳам мотамда, йсқ ксриниши смас, қалби аза тутмоқда. Сиз ҳам бу ҳикосни сқиганингизда Аилуфарнинг ҳаққига дуо қилиб қсйинг.

***

- Латифа, бугун синглинг тушимга кирибди, - дейди нонушта тайёрлаётган қизига она.
- Қандай туш скан?
- Аилуфарим олдимга келиб: "œОнажон мен учун бунча ксп йиғладингиз..", - деди.

        Мадина ЗАА ИЛОВА


Manba (http://muslimaat.uz/content/view/442/146/)

Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 20 Fevral 2010, 16:06:25
Televizorda kunora har xil musobaqalar bo'lib turadi. Asosan insonlar pul, mol-mulk yutib olish payida. Lekin ko'zingnin oldida o'rtahol inson birdan boyib ketishi agar ehtiyoji bo'lib turgan bo'lsa insonni huda xursand qiladi. Shunday musobaqalardan birida qatnashuvchilardan biri 1000 dollar yutib oldi. Undan bu pulni nimaga ishlatasiz, deb so'rashdi, u ham shunga bunga deb javob berdi.

O'zimcha o'ylab qoldim, men yutsam nima qilardim bu pulni?

- O'zimga eng yaxshi idish-tovoq (86 donalik) olardim

- Yo'q, eng yaxshi kitoblardan olgan bo'lardim....,

- Himmm kiyim-kechak olsammikan????

--Birdan Ayajonimga bilet olgan bo'lardim, 1 oy yonimizda mehmon bo'lardilar, degan fikr xayolimga keldi....

Yuqoridagi istaklarim "parlanib" ketdi....Ayajonim bilan bog'liq plan esa eng maqbuli edi.....

Demak juda sog'inibman, inshalloh eng qisqa paytda Rabbim qovushmoqni nasib etsin.
Pul yutib olmasam ham Alloh ho'jayinimni kassalariga barakot bersin iloyim : )
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: siddiqa 21 Fevral 2010, 15:49:35
Do'stimning gaplari esimga tushib ketdi  ,yig'lagim kelsa ,hayot qiyinchiliklaridan charchablar ketsam bir zumgina onamga boshim qo'yib  ,erkalansam unutaman ....



Goho sizning borligingiz unutdim,
Yo’llarimga zorligingiz unutdim ,
Umidlari kesilgan bu dunyoda ,
Yolg’iz umidvorligingiz unutdim,
G’animatim ,Omonatim -onajon.

Oshno topdim va lekin do’st topmadim ,
Oq ko’ngilli bir qorako’z topmadim ,
Shamollarga sovurdim gul so’zlarni ,
Lekin sizga birshirinso’z topmadim .
G’animatim ,Omonatim -onajon.

Ba’zan falak menga bag’ri tosh keldi ,
Ishonganim g’animga yo’ldosh keldi .
Omad ketsa hamma kuldi ustimdan ,
Faqat sizning ko’zingizga yosh keldi ,
 G’animatim ,Omonatim -onajon.

Fursat o’tib sochga qirov qo’narkan ,
Sevgi otashlari asta so’narkan ,
Barcha tuyg’u aldamchi va o’tkinchi ,
Ona mehri yolg’iz sobit qolarkan ,
G’animatim ,Omonatim -onajon.

Hoki poyingizni ko’zimga syray ,
O’zim yarim ko’nglingizni to’ldiray ,
Bir chekkaga surib qo’yib dunyoni,
O’g’il bo’lib yoningizda o’tiray ,
G’animatim ,Omonatim -onajon.
Iqbol Mirzo .
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 28 Fevral 2010, 23:36:05
Bir dugonam msn adresiga shu she'rni yozibdi, o'qib ta'sirlandim:

Turk tilida:

Anne hakkı o'denmez
Sevmeye o'mur yetmez
Butun dunya benim olsa- Bir tane ANNEM etmez....

O'zbekchasi:

Ona haqqi to'lanmas
Sevishga umr yetmas
Butun dunyo meniki bo'lsa- Birgina ONAM etmas....

Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 15 Mart 2010, 17:02:06
 :as:

МАККАИ МАДИААМ

Шукур Курбон

Менга бутун умрин бахш стиб шундоқ,
Беш кунлигим  қолди, дейдиган онам,
Сизни қандоқ рози қиламан, қандоқ?
Ааҳот, беш кунликдир снди имконим?

ААҚАА ОТ:

Маккаи Мадинам, снди куйсангиз,
Ўзингизга куйинг, менга смас, йсқ.
Менга—қанча узоқ умр ксрсангиз,
Сиздан шунча карам, шунча кснгил тсқ.

Балиқчи, дегани бир чарчашлик жой,
Йслкира ҳақи ҳам бсларди қанча.
Соғинч ёшларингиз тскдим неча ой,
Аеча ой сртандим фурсат топгунча.

Сиз учун бир муддат сшамай туриб,
Болам учун сшай бошладим, наҳот?
Иссиқ бағрингиздан юлиб-суғуриб,
Олиб кетди мени безовта ҳаёт.

Тиним бермас снди слгунимча то,
Совурар ёшлигим, саломатлигим.
Ўйлаб ҳам ксрмабман оламда ҳатто,
Ҳатто оналар ҳам омонатлигин.

ААҚАА ОТ.

Мен сиздан қарздор кетурман абад,
Фарзандлик-қиёмат қарздорлик-ку бу.
Беш кунлик имконни сарф стмоқ—нист,
Беш кунлик имконни сшамоқ—орзу.

1977 йил

Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 19 Mart 2010, 22:31:36
Kuni kecha xabarlarda aytib qolishdi. Turkiya viloyatlarining birida 86 yoshli onaxon 56 yoshli o'g'liga buyraklaridan birini beribdi...Operatsiyadan so'ng onaxon hech narsa bo'lmaganday kulimsirab: "Yetarki bolaginam tuzalib ketsin, hech og'riq sezmadim", derdi...

O'ylab qoldim, ho'sh o'g'il onasiga buyragini berarmidi ajabo???

Rabbim butun onalarga sog'lik-sihhat bersin, oralarida meni onamga ham....
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: AbdulAziz 20 Mart 2010, 10:37:59
ОАААГ СЕАДАА АЙА ИЛИБ ҚОЛСИА, ТАЛҲА!..

Талҳа ибн Убайдуллоҳ кечқурун уйига қайтаётган сди. Маҳаллалардан бирида сшик очилиб, ичкаридан новча одам чиқиб келди. Уй Ҳазрати Умарники смаслиги кундек равшан сди. Ундай бслса, халифа тунда бу уйда нима қилиб юрибди? Талҳа ксрмаганга олиб, тез-тез юриб кетди.
Унинг фикру зикри сша уйда бслди. Ҳатто срталаб срнидан турганда ҳам сша манзара ксз снгидан кетмасди. «Бунинг тагига етмасам бслмайди».
Шундай қилинса, номаъкул хаёлдан қутулган бсларди. Кейин ксчага чиқиб, тсғри сша уй томон йсл олди. Етиб келиб, сшик қоқди. Лекин ҳеч кимса очмади. Талҳа сна сшикни тақиллатди. Ичкаридан аёл кишининг: «Киравер», деган овози сшитилди.
Овоз ниҳостда титроқ бслиб, кампир скани маълум сди.
Талҳа ичкарига кириб, бир бурчакда стирган ксзи ожиз кампирга ксзи тушди ва шу заҳоти бсшашди:
— Ассалому алайкум, холажон!
— Ваалайкум ассалом, сғлим!
— Ҳеч кимингиз йсқми?
— Аллоҳдан бошқа ҳеч кимим йсқ.
Оёқлари шол кампирнинг юришга ҳам имкони йсқ сди. Талҳа ичидан зил кетди. Бу зил кетиш бемаъни хаёлларга берилганидан сди.
— Кеча бир киши шу ердан чиқиб кетаётган скан...
— У Умар ибн Ҳаттоб сди. Аллоҳ рози бслсин, анчадан бери кечалари келиб, уйимни супуриб-сидиради, ётоғимни тозалайди, сна бошқа ишларимни ҳам қилиб кетади.
Жавобдан Талҳанинг қалби ларзага келиб, йиғлаб юборди. Аёл билан хсшлашиб уйдан чиқди.
«Онанг сендан айрилиб қолсин, Талҳа! Умарнинг айбларини қидириб нимага сришдинг? Сен уйингда маза қилиб дам олаётганингда, Умар қслидаги асо билан ксча кезади. Муҳтожларга ёрдам қслини чсзиб, тсшакка михланган касалларнинг тагини тозалайди. Сен бслсанг, Қуръон ҳукмларини сариқ чақага олмай, бировлар нима қилаётганини кузатиб юравер. Бошқалар тақво зинапоссидан кстарилаверсин», дерди Талҳа сзига сзи. Бировнинг айбини қидириш осон. Лекин бировда бир фазилатни ксриб, уни касб қилиш учун анча ҳаракат қилиш керак.

Ҳазрати Умар ибн Ҳаттоб (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4458.0)
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: AbdulAziz 23 Mart 2010, 08:52:50
СУА АТ

Дунёнинг ишлари доим шошилинч. Одатдагидек тик турганча нонушта қилаётган сдим. Онам одатдагидек қистарди:
— Ўтирсанг-чи, болам. Бирпас стиргин.
— Бслди, кетдим.
— Шошма, болам. — Онам ксзимга одатдагидан бошқача, қандайдир мунг билан термилди. — Гап бор.
Типирчилаб соатга қарадим: ҳали бензин олиш керак, ишга бориш керак, кейин нашриётга стиш...
— Аима сди?
Онам ксзимга ҳамон маъюс термилиб стирарди.
— Суратга тушайлик, — деди тссатдан.
Ажабландим.
— Аега?
— Яқинда мен сламан.
Онам бу гапни худди: «Қсшниникига чиқиб келаман», дегандек оҳангда айтди. Кулиб юбордим.
— Қсйсангиз-чи, ойи.
Шундай дедим-да, чиқдим кетдим.
Орадан икки ҳафта стди-ю... Кечалари уйғониб кетаман, сйлайман. Ўйлайман: сен номард, сен аҳмоқ нимага, нимага сшанда кулдинг? Суратга тушишга вақтинг йсқмиди? Керак бслса топасан-ку! Китоб учун, журнал учун, иш устида, боғда, ксчада... Аима, сен киноюлдузмисан? Жаҳоншумул шахсмисан? Ана, бир даста суратинг ётибди. Ҳар хил. Ҳар ерда... Фақат... Онанг билан тушган суратинг йсқ!

Ўткир Ҳошимовнинг «Дунёнинг ишлари» қиссасидан. (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1093.0)
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 09 Aprel 2010, 13:51:48
Behzod Fazliddinga oid she'r...

БАХТ МААЗИЛИ


Отам бизни мендан бахтли бслсин, деди,
Онам бизни умри нурга тслсин, деди.

Йслимизда кунларини қурбон қилиб,
Ойга чиқдик елкаларин нарвон қилиб.

Ғамларини ксзларига қамаб қсйди,
Юраклари кемтик сди, смаб қсйди.

Юзимизга шамол тегмай катта бслдик,
Бошимизни ерга сгмай катта бслдик.

Қайғулари олам скан, олам скан,
Оламлардан кенгроқ одам отам скан.

Қорлар ёғса, қучоғига қочиб бордик,
Сочларига оқ гулларни сочиб бордик.

Кснглингизнинг дарёларин ксп қуритдик,
Она, Сизни меҳнат смас, биз қаритдик.

Анингизда не талашдик — ғавғо қилдик,
А­вазига фақат дардлар совға қилдик.

Сиз деб ҳатто игнани ҳам харж қилмадик,
Ота-она кснглин нега Ҳаж билмадик?

Умрингизни сғирладик, ёшлик қурсин,
Худо Сизга кспроқ қилиб қайтиб берсин...

 2006
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 09 Aprel 2010, 13:54:32
БУЮКЛИК

Она, сизни китоб қиламан
Аки сзим китоб бсламан.

 2006
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 09 Aprel 2010, 13:55:29
ОААМ АЗОЛМАГАА ШЕАªА 

Сочларимда оқ гуллар,
Кел, уларни тер, болам.
Йслингга муштоқ йсллар,
Болам бслиб бер, болам.

Ксксимга ой беркитдим,
Юлдузларга чой тутдим.
Отангдан ҳам ксп кутдим,
Бахтим бслиб бер, болам.

Титраган созингни қсй,
Бсғиқ овозингни қсй.
Қалам-қоғозингни қсй,
Ўғлим бслиб бер, болам.

Йсл учун туққанмидим,
Гул учун туққанмидим,
Лул учун туққанмидим,
Борим бслиб бер, болам.

Қалдирғоч синглинг беҳол,
Қанотидан хатни ол.
Ишинг кспдир, сҳтимол,
Келмай қссвер, болам...

 2006
B. Fazliddindan
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 09 Aprel 2010, 13:59:17
ТАСКИА

Она, гарчи ҳамон сзимга зорман,
Ксзингизга кирсам, юрагимдан кенг.
Ташқарида пойлаб турибди Армон,
Ўғлим ҳали-бери чиқмас скан, денг.

Ҳар қадамда чоҳга тортиши мумкин,
Оёғим остида ухлайди кулфат.
Сабрим ксйлагини йиртиши мумкин,
Кичкина ғамларга бслмайман улфат.

Ксксимга Аур кириб турса, бслди-да,
Қувиб етолмагай Вақт деган бир сқ.
Анча ёшман кекса дардлар олдида,
Ҳали севишга ҳам улгурганим йсқ.

Она, қанотларим дардимдай оғир,
Қушдай бу уйқумни оромга йсйинг.
Бахт кутиб туришни билмайди, ахир,
Қуёш уйғонмасдан уйғотиб қсйинг...

 2006
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 09 Aprel 2010, 21:27:55
ОААМГА МАКТУБ

А­рта-индин елар изғирин,
Йиқилади боғларга туман.
Англагани сшашнинг сирин
Сузлашаман ёмғирлар билан.

Масту аласт, беғам дссту ер.
Толиқтирар қалбимни маним.
Шунда бирдан бслади ошкор
Алғизлардан ёлғиз сканим.

Деразага ҳсл батрин босиб,
Кузак туни сурганда хаёл -
Мен снг гсзал шеъримнн ёзиб,
Сизни сслаб йиғлашим аён.


Usmon Azim  
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 11 Aprel 2010, 22:45:55
Bolaligimdan beri sutni yomon ko'rardim. Ayajonim sut ichirish uchun rosa ovora bo'lardilar. Lekin men orada sutga non to'g'rab yeyishdan nariga o'tmasdim.
Mana endi sutning qanchalik foydali ekanligini yaxshi bilganim uchun har kuni ichishga harakat qilaman. Bolaligimdagi o'zimizni sof sutlar qayerda endi, magazindan olingan, paketlangan sutlarni ichishga majburman...

Ha birgina bu misol ham onalarimizga qanchalik qiyinchilik tug'dirganimizni ko'rsatib turibdi. Qani endi ayajonim : Qizim sut ich" desalar-u men ham darrov ichsam,,,,hamma narsani vaqtida qilish kerakligini yana bir bor tushunib yetdim...
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: zahro_o 22 Aprel 2010, 22:44:32
Ehhh....Onajonim.....uyquda ekanimda boshim tepasiga kelib yuzlarimdan o'pib qo'yishingizni sogindim....duolaringizni qattiq sogindim... :'( :'( :'(
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 25 Aprel 2010, 15:31:43
Onam mening, onajonginam...

Ko'ngling og'rimasin deya, o'z ko'nglingizni og'ritdingiz a..?

Kechiring men noshud qizingizni, qadringizga yetmaganim, yeta olmayotganim uchun..!

Siz haqingizda juda ko'p gaplarni yozgim keladi, lekin gapiray deganimda tilim kalimaga aylanmaydi...

Bilmadim, Sizsiz men MEN bo'la olarmidim..?

Hayotimning mash'ali - Siz!

Umrimning Gultoji ham - Siz!

Sizga ushbu nafaslarimning so'nggigacha ta'zimdaman!

Boshimdagi tojim... - ONAJONIM!!!

(c)
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: BelleQizcha 25 Aprel 2010, 18:43:05
I LOVE MY MOM!
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: siddiqa 26 Aprel 2010, 01:52:44
Gohida sizni yahshi ko'rishimni aytgim keladi .....qandaydir ishlar ,vaqt ,masofa bularni zabonim bosib o'ta olmagan paytlar bo'ladi .

Sizni yahshi ko'raman o'zingiz aytgandek hech narsaga qaramay ..................
 

qalb to'la dardlarga to'lib kettiya ,
yurakda isitmalar kimlarning dardi .
yuklarni olasiz har on onajon ,
sarbonlar ichida bo'lib eng mardi ........

Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 20 May 2010, 15:17:46
ОААЖОА СИЗГА

Онажон сизга бу оқшом тутганим гулдастадир,
Гулларимга меҳру ишқим жон каби вобастадир.

Сиз менинг жону жаҳоним, меҳрибоним, мунисим,
Ҳар ссзингиз дилга малҳам, шоиму шоистадир.

Айтсангиз меҳру муҳаббат бирла ширин аллалар,
Лол қолур гулшанда булбул, ҳуш йсқотган хастадир.

Сиз билан обод бу дунёсиз билан болдек ҳаёт,
Сиз билан нурли, чароғон хонадон орастадир.

Таърифингиз куйламоққа минг қсшиқ озлик қилур,
Шу сабабдин куй-қсшиқлар сизга даста-дастадир.

Abdukarim Jumaboyev  
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 10 Iyun 2010, 10:53:21
:as:

Bugun to'yim, kelin keldi uyimga,
Surnay sasi sig'maydi hech ko'nglimga,
Shuncha orzularni qilib birgina,
O'zingiz yo'q to'yimizda onajon,
G'arib onam, onajonim, onajon.

Ko'zlarimdan yoshlar emas qon oqdi,
Ichlarimni armon to'la o't yoqdi,
Salom aytganda Siz uchun suxandon,
Yomon bo'lib ketdim ona dim yomon,
G'arib onam, onajonim, onajon.

Endi dunyo topganimda bir talay,
Shuhrat oti chopganida to'xtamay,
Afsus Sizdek mehribonim yo'qotdim,
Dunyo shunday ekan ona ne qilay?!
G'arib onam, onajonim, onajon.

Qo'shiqdan



Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 10 Iyun 2010, 10:57:09
Alishmayman

Jahonning shodlik safosin,
Boylik ziynat shon dunyosin,
Oftob, quyosh, nur ziyosin
Alishmayman onajonim,
Bolam degan bir so'ziga,
O'g'lim degan bir so'ziga.

Sog'inib gar yonsa tanam
Shirin so'zlar bo'lmas malham,
Do'stlar qancha bo'lsin hamdam
Alishmayman onajonim,
Bolam degan bir so'ziga,
O'g'lim degan bir so'ziga.

Safarda yursam ayrilib,
Ko'nglim olsa yor berilib,
Lek meni kutgan qayg'urib,
Alishmayman onajonim,
Bolam degan bir so'ziga,
O'g'lim degan bir so'ziga.

Majnun Alisher mehrini,
Topib yasha dil ko'nglini,
Jannatni na bir gulini,
Alishmayman onajonim,
Bolam degan bir so'ziga,
O'g'lim degan bir so'ziga.


Qo'shiqdan
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Zulfina 16 Iyun 2010, 15:38:53
Abdulloh ibn Avf (r.a) Anas ibn Molikdan (r.a) rivoyat qiladilar:
"Rasululloh s.a.v yonlarida Suffada edik. Hijrat qilgan bir ayol Rasuli akramning huzurlariga keldi. Payg'ambarimiz s.a.v uni ayollar yoniga, o'g'lini esa bizning yonimizga yubordilar. Oradan ko'p o'tmay ayolning o'g'li vaboga chalinib vafot etdi. Sarvari olam s.a.v yigitning ko'zlarini yumganlaridan so'ng, uni yuvish uchun tayyorgarlik ko'rayotganimizda menga:
    -Ey Anas! Bor, onasiga habar qil,-dedilar.
 Onasiga habar berdim.Onasi kelib, o'likning oyoq uchi tomoniga o'tirdi va farzandining sovub qolgan oyoqlarini ushlab duo qildi:
   -Allohim! Men o'z hohishim bilan musulmon bo'ldim. Sening diningga kirdim.Butlarga sig'inishni tark etdim.O'z hohishim bilan Senga yukindim va Payg'ambaringni sevdim. Allohim! Meni balo musibatlarga duchor qilib, butparastlarni sevintirma va toqatim yetmaydigan ushbu musibatni menga yuklama...
  Allohga qasamki, ayol duo qilib bo'lar-bo'lmas, o'likka jon qaytdi, bola oyoqlarini qimirlatib, ko'zlarini ochdi. Rasululloh s.a.v vafot etgunlariga qadar ham u yigit tirik edi..."


Yo Allohim, yo Rabbim! Gunohlarimizni avf et, onajonlarimizni O'z hifz-u himoyangda asragin!
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 03 Iyul 2010, 12:58:20
:as:

БАҒА ИКЕАГ ОААЖОАИМ

Алла, болам, алла-ё,

Жоним болам, алла-ё...

А­ҳтимол, инсон зотининг дунёга келиб тинглаган снг рост, снг самимий ссзларидир бу! А­ҳтимол, бу ссзлар ҳаётимизнинг давомийлигини таъминлаб турувчи снг муқаддас каломдир... Ҳар гал онажоним алласини жон қулоқларим билан тинглаганимда, шу каби сйлар вужудимни қамрар сди.

Аввал фарзандларига, улар улғайгач, набираларига алла айтган онажон! Бу ёруғ оламда сиздан-да гсзалроқ, сиздан-да меҳрибонроқ, сиздан-да улуғворроқ, сзим учун сиздан-да сқинроқ киши учратмадим!

Болалигимда қадрингизга унчалик етмаганим, койиганларингизда аразлаб, танбеҳ берганингизда сиздан хафа бслганларим бугун мен учун армон! А­нди тақдир сиздан жудо айлаганда қанчалик срнингиз билинаётганлигини, сизни қанчалар қсмсаганимни билсангиз сди! Аадоматким, ҳаётлигингизда ксп нарсага улгура олмадим. Баъзан сизни бир ксришга интизор стганларимни, соғинч тсла қалбингизни садпора айлаганимни бугун ҳадсиз ксз ёшларим билан юва олмайман. Таассуфки, "Шараф тожини излама, онанг ризолигини изла" нақлининг маъносини жуда кеч англадим.

Оҳ онажон, баъзан сзимга сзим савол бераман: "Хсш, сизни шунчалар соғинтириб, сзим ҳам соғиниб сришганим нима бслди, нима топдим?!" Шу каби саволлар бағримни тирнаганда бир нарсанинг ҳақиқат сканлигига сна бир бор амин бслдимки, фақат онагина фарзандларини свазига ҳеч нарса ссрамай севади. Алғиз онагина умрининг ниҳоссигача болалари учун сшайди, уларга паноҳ, суснчиқ бслишни истайди. Биргина Онанинг севгисига мутлақо шубҳа йсқ. Алғиз унгагина Аллоҳга ишонгандай ишониш, сзини, кснглини топшириш мумкин.

Онажон, баъзи-баъзида сзимдан жуда ранжийман. Аегадир шодон, бахтиёр дамларимда смас, кспроқ нимадандир сиқилганимда, ишларим юришмайроқ турганда, маҳзун ва маъюс кезларимда ёдимга тушардингиз. Аега шундай скан-а?! А­нди сса ҳар куни, ҳар дақиқада хаёлимдасиз. Лекин меҳрингизга қонишнинг чораси йсқ...

А­ҳ Онажон, Онажон! Сизни қанчалик схши ксришимни билсангиз сди. Ўйлаб қарасам, ҳаётим давомида Сиздан жуда ксп нарсаларни срганиб, кснглимга ксчириб борган сканман. Аввало шукроналикни, сснгра сса ҳалоллик, бағрикенгликни. Сиз - мураббий, сиз ҳаёт деб аталмиш чексиз-чегарасизлик, пасту баландликлардан сабоқ берувчи сстозим, йслчи юлдузимсиз...

Диёнатсиз сотувчи харидорни алдайверади, ноқобил фарзанд волидасининг қсйнини пуч ёнғоққа тслдираверади, бевафо гсзал ошиқ йигитга хиёнат қилаверади... Лекин оналар алдамайди... А уҳингизга уларгина озор етказмайдилар.

Азиз онажон, сиз орқали юртимизнинг жамики мсътабар оналарига қувончлар тсла уммон, оқ кабутарлар тсла осмон тилайман. Сиз муқаддассиз, Онажон. Шу меҳрингиз, шу муқаддаслигингиз туфайли ҳам сиз шеърга сиғмайсиз!

Васила ФАЙЗУЛЛАЕВА, СамДУ қошидаги 1-академик лияей она тили ва адабиёт фани сқитувчиси.
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 03 Iyul 2010, 13:02:55
ОААМ ЙИҒЛАМАСИА

Етмадими шунча ксз ёшим,

Сенинг каминг айт қачон битар.

Қсй қийнама онамни дунё,

Унинг ғами сзига етар.

Йиғлатмагин онамни дунё,

У йиғидан чарчаблар кетган.

сам андуҳдан бечора онам,

Қора сочи оқариб кетган.

Чеҳрасига ажинлар солиб,

Қувончини тортиб олибсан.

Керакмиди сенга ксз ёши,

Бор кулгусин ғамга солибсан.

Онам мийиғида кулиб туради,

Дейди: Бахтим сзингсан болам.

Лек ичида йиғлаб туради,

Яна кимни сйлайди онам.

Бир оромин сғирлаб кетган,

Олисдаги сғлин сйлайди.

Қучоғини очиб келар деб,

Дарвозага қараб тсймайди.

Ҳовлидаги кичик дарчадан,

Келарми деб йслин пойлайди.

Бир сғлининг бсйлари етган,

А­нди онам сандиқ жойлайди.

Тонг саҳарда рапида кийиб,

Онам иссиқ кулча ёпади.

Кафтмас, дили қабариб онам,

Меҳнатидан толе топади.

Мана мени йиғлатгин дунё,

Онам бахти саодатин бер!

Унинг дарди ксп скан билсанг,

Менинг дардим ёзмоқ скан шеър.

Интизор ШОДИЕВА.
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 19 Avgust 2010, 13:10:08
:as:

Onam

Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam,
Har baloni ko'rgan yorug' dunyoda,
Toshkanni ko'rmagan bechora onam.
Bolang bo'lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga o'g'il bo'ldimmi?..

Garchi bisotingda "bayram" so'zi yo'q,
Bilaman, kutasan sandal to'la cho'g',
Menda yurak deganlarin o'zi yo'q...
Men sovg'a bermagan qiz yo'q bu oqshom,
Senga-chi? Na bir xat, na shirin kalom,
Endi men ham o'g'il bo'ldimmi, onam!..

Deysan: "Olislarda omon bo'lsang bas,
Goh yodingga tushsam yo'qlab kelsang bas,
Bolam senga hamma qiladi havas...".
Mening dardim axir, she'r emas faqat,
Men mashhur shoirmas - mashhur beshavqat!...
Endi men ham senga o'g'ilmanmi, ayt.

Sog'inib bayt bitdim, u seni topsin,
Poyingga tiz cho'kib qo'lingdan o'psin,
She'rdan ham ulug'in borligin ko'rsin,
Borib men uchun ham holingni so'rsin,
Sensiz g'arib ko'nglim ko'ngilmi, onam,
Endi men ham senga o'g'ilmi, onam?...
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 19 Avgust 2010, 13:11:18
Onajonim Sizni Juda Sog'indim Men!

Boringizda eng baxtliga yaqindim Men,
Hatto 'Baxt Yurt' taxtlarida tag'indim Men,
Endi esa yo'l yo'qotib qoqindim Men,
Onajonim Sizni juda sog'indim Men!

Meni oldga yetaklagan qo'lsiz qoldim,
Endi yolg'iz odimlashdan holsiz toldim,
O'chib Quyosh, chiqmayin Oy, yo'lsiz qoldim,
Onajonim Sizni juda sog'indim Men!

Onajonim Egam Sizni afuv etsin!
Duom tinglab gunohingiz mahv etsin!
Biror dona gunoh qolmay o'chib ketsin!
Onajonim Sizni juda sog'indim Men!

Egam Sizga jannatidan joylar bersin!
Bog' va uning atrofida soylar bersin!
Menga Sizla bo'lish uchun oylar bersin!
Onajonim Sizni juda sog'indim Men!

Xizmatingiz keragicha qilolmadim,
Duongizni istagandek ololmadim,
Uzoq yillar Sizla birga bo'lolmadim,
Onajonim Sizni juda sog'indim Men!

Jasur hamda matonatli edingiz Siz,
Bizga doim "To'g'ri bo'ling!" dedingiz Siz,
Sizsiz ona, qolib ketdim Men dengizsiz,
Onajonim Sizni juda sog'indim Men!

Hayot ekan, yana olg'a yuraman Men,
Neni buzib yana nelar quraman Men,
Sizsiz ammo, doim kamdek turaman Men,
Onajonim Sizni juda sog'indim Men!

Ketdingizu, Menga duo qilguvchi kam,
O'g'lingizni Sizdek sira bilguvchi kam,
Sizdan keyin yuzlariga kulguvchi g'am!
Onajonim Sizni juda sog'indim Men!

Sog'indim Men Sizda bo'lgan zakovatni,
Sog'indim Men so'zi shakkaru - novvotni,
Tili, dili hamisha poku- obodni,
Onajonim Sizni juda sog'indim Men!

Duo etgum Sizni jannatda ko'ray deb,
To'g'ri yurgum, toki jannatga kiray deb,
So'ragum Siz birla jannatda turay deb,
Onajonim Sizni juda sog'indim Men!

Bilingizlar, Ona qimmat- bebahodir,
Hayotlikda hurmatin etgan dahodir,
Rizosin olganchi? Bu - yutgan bahodir!
Onajonim Sizni juda sog'indim Men!

Ulug'bek. 2005. (Kuz- Qish).
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Zamiraxon 30 Avgust 2010, 18:29:48
                                         Onajon

Farzandlarini oq yuvib, oq tarab ona-Vatan xizmatini bajarish uchun Afg'onistonga jo'natib, so'ng ularni temir tobutlarda kutib olgan yozyovonlik 4 nafar mushtipar onaga bag'ishlayman.

Farzand dog'i qalbingizni
Tilib ketdi, tilib ketdiya,
Umringizdan bir hovuchin
Yulib ketdi, yulib ketdiya, onajon.
Yig'lay-yig'lay ko'zingizdan
Qonlar oqdi, qonlar oqdiya,
O'lim dog'i vujudingiz
O'tga yoqdi, o'tga yoqdiya.
Suratiga termulasiz
So'zlamaydi, so'zlamaydiya,
Qalbi to'la dard bo'lsa ham
Bo'zlamaydi, bo'zlamaydiya.
To'ylar bo'lsa uyingizga
Yayrashmasmi, yayrashmasmiya,
Alyor aytib singillari
Yarashmasmi, yarashmasmiya.
O'g'lingizni suluv qizlar
Suymasmidi, suymasmidiya,
Pinhon-pinhon u qizlar ham
Kuymasmidi, kuymasmidiya.
Dosh berolmay qomatingiz
Bukildiku, bukildikuya,
Bu qismatdan yuragingiz
To'kildiku, to'kildikuya.
Bu kun sizni nelar so'zlab
Ovutayin, ovutayiney, onajon,
Nelar bilan o'tingizni
Sovutayin, Sovutayiney, Onajon!

                                                  E'tiborxon Mahmudova
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Abdulhafiz 07 Sentyabr 2010, 13:35:48
ONAJON
Yolg'iz tunlarimda uxlamay chiqsam,
Tongda quyosh kutib bossa hayajon.
Mehrimni ko'z yoshdan bittalab yig'sam,
Yuborgim keladi sizga onajon!
Dilimda gaplarim to'planib qolgan,
Hech kimga aytmagan sirlarim bisyor.
Hattoki yuragim urishdan tolgan,
U sizga talpinar, mushfiq onajon.
Boshimga kechalar yostiqlar botsa,
Ishongan do'stlarim sotsalar meni.
Saratonda yoshim kiprikda qotsa,
Dardlashgim keladi sizla, onajon.
Dunyo tashvishidan to'ldi bardoshim,
Qo'l siltab bariga, ketaymi, deyman.
Tizzangizga qo'yib so'ng dardli boshim,
Uxlagim keladi, munis, onajon
Mehribon tabassum ko'zim o'ngida,
Uxlasam quloqda allalaringiz.
Har qachon duoim bosh-u so'ngida,
Albatta, siz borsiz, aziz onajon.
Qalbingiz misoli bir ohanrabo,
Yuzingiz ko'kdagi porlagan quyosh.
Ovozingiz mayin, sahargi sabo,
JUDAYAM SOG'INDIM, SIZNI ONAJON.
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Chustiy 14 Sentyabr 2010, 02:50:02
(http://s003.radikal.ru/i204/1009/1e/244b70a21a6e.jpg)
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 17 Sentyabr 2010, 13:31:59
СЕАИ КЎА ГИМ КЕЛАА , ОААЖОА

Шодликдан осмонга етганда бошим,
Бир жойга тспланса дссту қариндошим.
А бошимга тушса бирор мусибат,
Аки биров айтса отамга раҳмат,

Учраб қолса йслда таниш аёллар,
Дилдан тилга ксчса маъсум хаёллар
Деса: «Ксринишда мағрур бслса ҳам,
Йсқ сди онангдай муштипар одам».
Сени ксргим келар, онажон.

Ар билан боғ кезсам ойдин кечалар,
Кснглимда туғилса снги режалар.
Сирли куйлаб оқса жилғалар пастда,
Бахтимга юлдузлар боқса ҳавасда —
Шаббода силаса гулнинг юзини,
Тингламоқ истайман айтган ссзини.
«Боламнинг бсйини ксрай деб бир дам»,
А­ҳтимол гул бслиб чиққансан ердан.
Шу сабаб соғинч-ла боқаман гулга.

Армон фарёд қилар сксиган дилда.
Сени ксз олдимга келтиролмай, гоҳ!
А­слолмай юрагим сртанар ногоҳ.
Қандай бахтиёрдир онаси борлар,
Улар етимлардай чекмас озорлар.
Ўзинг кетдинг менга бериб умрингни,
Соғиниб асрайман дилда меҳрингни.
Сени ксргим келар доим, онажон.

Ma'ruf Jalil
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: UzMuslim 22 Sentyabr 2010, 00:00:28
     To'risi Nom Topa Olmadim..

Bazida Borligingiz Unutib ham Qo'yardim,
Do'stlarimga Qiziqib,dunyo uchun Shoshildim.
Bugun Dardga Chalinib Do'stlarimdan Ayrildim,
Yonimda Esa Onam,dardlarimni olishdi.

Kechalari Uxlamay qilib chiqarlar duo ,
manchi shu kungacha,nima qildim onam deb?
Bor vaqtimni Ajratib ,davron surib yurardim,
Do'stlarim bilan Birga Ko'chalarni Kezardim.

O'zimcha Mag'rur edim,boshim hech ham egmasdim,
Mani Deb Onajonim Bosh egganin bilmadim.
Kechlari Uxlamay Yo'lim Pylab Turarlar,
Man Bo'sa O'zgalar deb yana chiqdim Ko'chaga.


Shirin So'zlar,She'rlarni Do'ston Qildim Sevgimga,
Aslida BIr Shirin So'z Aytolmadim Onamga..
Bugun Esa Yolg'izman,Do'stlarim Ham Ketishgan,
Faqat Boshimda Onam Parvonadir Birdayin...

Onajonim Kechiring Mandek Farzandingizni,
Oqgan Ko'z yoshlarizga Beray endi Jonimni,
Ona Sizsiz Yagonam,Ham do'st ham Sirdoshim,
Bu Dunyoda OnamDek Mehribon Topolmadim.....


(UzMusliM)


[Katta hajmda ekanligi bois o'chirildi.]
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 25 Sentyabr 2010, 15:13:12
***
Алғиз тунларимда ухламай чиқсам,
Тонгда қуёш кутиб босса ҳасжон.
Меҳримни ксз ёшдан битталаб йиқсам,
Юборгим келади Сизга онажон!

Дилимда гапларим тспланиб қолган,
Ҳеч кимга айтмаган сирларим бисёр.
Ҳаттоки юрагим уришдан толган,
У Сизга талпинар, мушфиқ онажон.

Бошимга кечалар ёстиқар ботса,
Ишонган дсстларим сотсалар мени.
Саратонда ёшим киприкда қотса,
Дардлашгим келади Сиз-ла , онажон.

Дунё ташвишидан тслди бардошим,
Қсл силтаб барига, кетайми, дейман.
Тиззангизга қсйиб сснг дардли бошим,
Ухлагим келади, мунис, онажон

Меҳрибон табассум ксзим снгида,
Ухласам қулоқда аллаларингиз.
Ҳар қачон дуоим бош-у сснгида,
Албатта, Сиз борсиз, азиз онажон.

Қалбингиз мисоли бир оҳанрабо,
Ўзингиз кскдаги порлаган қуёш.
Овозингиз майин, саҳарги сабо,
Жудасм соғиндим, Сизни онажон.


Manba (http://e-adabiyot.uz/kitoblar/nazm/191-oylarim.html?start=3)
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: UzMuslim 25 Sentyabr 2010, 20:50:38
Hayot karvonini tortib o`tamiz
Umrni sarhisob qilib o`tamiz
Kimnidir dunyoda aldab o`tamiz
Bu dunyoda bormi o`zi diyonat
Ey birodar ota-onang g`animat

Inson yashar yolg`on kunning ostida
Inson yashar qil ko`prik ustida
Inson yashar ko`cha-ko`yning qo`ynida
Topgan boylik molu-dunyong xiyonat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Ba`zan do`stdan chiqib qolar dushmaning
Ko`zlab urar yashnab turgan chamaning
Agar bo`lsa sevgan yoring yomoning
Ota-onang yonidasan xijolat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Otang hayot xonadoning charog`on
Onang hayot baxting to`kis farovon
Ular borki bosgan qadaming ravon
Har ne borki saqlay olgin qanoat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Mehr bergin ayolingga, gulingga
Mehr bergin ,farzandlaring yo`lingga
Mehr bergin jigaring-u qoshningga
Atrofingda yaqinlaring tumonat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Farzand uchun yemagan-u yedirgan
Dilband uchun kiymagan-u kiydirgan
Qaro ko`zim kam bo`lma deb o`stirgan
Ular uchun qilolmasak inoyat
Bu dunyoda ota-onang g`animat

Yashayapsan bu dunyoda kimni deb
Olomasang duosini onam deb
Tiriklikda yo`qlolmasang otam deb
O`tgandan so`ng qilma bekor dod -faryod
Tushun axir ota-onang g`animat
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: yoqutxon 25 Sentyabr 2010, 23:14:40
ONAM

Men nima topibman,dunyoga kelib?
Sizdan-da sevimli,sizdan-da aziz.
Ko'z-ko'z qilmoqlikka,maqtashga arzir,
Savlatim ham sizsiz,davlatim ham siz!

Oftobim onama,oyim onama,
Nomusim onama,orim onama!

Bedor o'tqazgan har tuningiz haqqi,
Meni deb kuyingan kuningiz haqqi.
Oylaringiz haqqi,yilingiz haqqi,
Sizga fido bo'lsin,jonim onama!

Oftobim onama,oyim onama,
Dardlarim oqizar,soyim onama!

Sizdan boshqa xarkim aldagani rost,
Alam quzg'un bo'lib talagani rost.
Yer bosib yuribman,osmonni ko'rib,
Sizni duoingiz asragani rost!

Kuni kecha bilib-bilmay ranjitib qo'ydim.
Bugun ich-ichimdan afsuslansam kam!
Negadir,negadir uzrlarga tilim bormadi.
Ertaga,ertaga ruhim tilga kirganda qanday javob beraman?

Onamsan! Onamsan! Qalbimni mehringga to'ldir,
Garib farzandingga shuldir inoyat!
O,munosib kuyching bo'lish mushkildir.
Seni kuylamaslik esa jinoyat!!!
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: yoqutxon 25 Sentyabr 2010, 23:52:17
Barcha onalarga
(http://s46.radikal.ru/i113/1009/85/6dbd1c9dfc07.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Robiya 03 Oktyabr 2010, 14:45:05
:as:

IKKI QO‘RG‘ON

Onang ketsa savlatlaring ketgaydir,
Otang ketsa davlatlaring ketgaydir.
Shu ikkala qo‘rg‘oningdan ayrilsang,
Manglaydagi zar xatlaring ketgaydir.

Otasi yo‘q cho‘lda qolgan giyohday,
Onasi yo‘q rangi ro‘yi siyohday.
Kimning agar qo‘rg‘onlari yiqilsa,
To‘rt tomondan to‘rt ming ozor yetgaydir.

Nari borsa to‘rt yil kutar dildoring,
O‘n yil kutar sadoqatli do‘st-yoring.
Lekin otang sabr toshga aylanar,
Onang qirq yil ko‘z yummayin kutgaydir.

Otang o‘lsa, o‘ldi dema hayot u,
Ko‘ksingdagi so‘nmaydigan bayot u.
Nogoh agar yo‘llaringda qoqilsang,
Onang ruhi qo‘llaringdan tutgaydir.

Boshingga ish tushganida sinab ko‘r,
G‘amingga g‘am qo‘shganida sinab ko‘r.
Kimlaringdir sen deb ko‘z yosh yutar lek,
Otang qilich, onang qonlar yutgaydir.

Shon-shuhrating ketsa ketar do‘stlaring,
Mol-davlating ketsa ketar do‘stlaring.
Otang-onang qolar senla, qolgani
Shunchaki... ko‘changdan bir-bir o‘tgaydir.


Guljamol Asqarova
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: AL_laziz87 03 Oktyabr 2010, 15:46:22
Ey Ona! Mexring bilan doim meni oldimdasan.
Zaxmat chekib uf tortsam boshimda sen parvonasan.

-Do'stlariga qo'ng'iroq qilishga vaqt topib, bir kunda bir bor Onasiga qo'ng'iroq qilishga vaqti yo'q o'g'ilidan xafa bo'lmaydigan Ona -Bu mening Onam.
-Yarim kechasi uyga kelganimda meni uxlamay kutib o'tiradigan mushtipor Onam.
-Ishlarib ko'payib ketdi deb yolg'on gapirsam ishonadigan sodda Onam.
Siz men uchun eng aziz, eng mexribon, eng qadrdon va eng chiroyli Insondursiz. Men sizni juda xam yaxshi ko'raman.

Onani xurmat qiling ko'nglida g'am bo'lmasin,
Ko'ngliga g'ashlik tushub ko'zida nam bo'lmasin.



Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: yoqutxon 05 Oktyabr 2010, 07:16:16
Farishta
Rivoyat qilishlaricha dunyoga kelishga tayyorlanayotgan chaqaloq Tangri taolodan so'radi.
-Ey Ollohim  meni dunyoga keltirishing haqida aytishdi.Ammo u yerda qanday yashayman. Hali juda kichik va kuchsiz bo'lsam?.......
- Qo'rqma- degan javob bo'ldi unga- Farishtalarimdan biri har doim yoningda bo'ladi, u seni yahshi ko'radi asraydi avaylaydi. Uning kuchli muhabbatini doimo his qilasan va bu bilan baxtli bo'lasan.
-Lekin insonlar menga gapirishsa qanday tushunaman, axir tillarini bilmaymanku?
- Yoningdagi farishtang dunyodagi eng go'zal tillarni senga sabr toqat va muhabbat ila o'rgatadi.
- Agar sen bilan gaplashishni istasamchi unda nima qilaman?
- Farishtang qo'llaringni ochib menga duo qilishni o'rgatadi.
-Ammo dunyoda yomon insonlar ham bor deb eshitdim, ularning yomonligidan meni kim qutqaradi?
-Farishtang to yoningda ekan ulardan seni asrashga intiladi.
- Hammasi yahshi ku.....faqat seni ko'ra olmasligimdan maxzunman.......
- G'am yema farishtang men haqimda gapirib beradi va menga yetishish yo'llarini o'rgatadi.
  Chaqaloq yorug' dunyoga ketishga chog'lanarkan, qalbidagi eng so'ngi savolga ham javob olishga intildi.
- Ollohim farishtamning ismi nima?
-Farishtangning ismini bilishing shart emas. Sen uni "onajon" deb chqirasan..................
                                                Ifron taqvimidan olindi
Mana shu rivoyatni o'qib beihtiyor onajonim, farishtaginam ko'z oldimga keldi.
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Shukrona 05 Oktyabr 2010, 08:52:13
Assalomu alaykum.
Bismillahir Rohmanir Rohim.

"Biz insonni ota - onasiga yaxshilik qilishga buyurdik"."Ahkof" surasi, 15-oyat.

Ali(k.v.) Rasulalloh (s.a.v.)dan rivoyat qiladilar."Har qachon ota-ona farzandini chaqirgan vaqtda,farzand hamma ishini darhol tashlab,ularning oldiga borib,aytganlarini jonu dildan ado etsin.Agar beparvolik bilan ularning buyurganini qilmasa,men unday ummatdan bezorman".
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Shukrona 05 Oktyabr 2010, 08:58:11
Allohim barchamizga ota-onamizni rozi qilib yurishni nasib etsin :amn:
Mehribon onajonlarimizga:(http://s55.radikal.ru/i147/1010/78/01e6fea62922.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Hadija 08 Oktyabr 2010, 13:50:54
Onangizni rozi qila olyapsizmi?

Ayrim paytlarda onamizga bo’lgan haqiqiy munosabatni aniqlashimiz uchun o’z-o’zimizga ayrim savollarni berishimiz lozim. Quyida shunday savollar keltirilgan:

Oxirgi marta qachon o’z onangizni ziyorat qildingiz?
Onangiz siz bilan baxtli deb o’ylaysizmi?
Onangiz sizga murojaat qilganida, "œUff!" deganmisiz?


 
Parvardigoringiz, Uning O’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) yoki har ikkisi sening qo’l ostingda kesalik yoshiga yetsalar, ularga qarab "œuf" tortma va ularning (so’zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so’z ayt! Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut — xokisor bo’l va "œParvardigorim, meni (ular) go’daklik chog’imdan tarbiyalab-o’stirganlaridek, sen ham ularga rahm-shafqat qilgin", deb (haqlariga duo qil)! Qur’on 17:23-24

 
Onangiz nimani haqiqatan istayotganligini bilasizmi?
Onangizning onalari haqida qancha ma’lumot bilasiz?
Onangiz siz qilishizni istaydigan besh narsa nima bo’lishi mumkin?



Abdulloh ibn Amr Payg’ambarimizdan s.a.v. rivoyat qiladiki, u zot alayhissalom dedi: "œAllohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo’lish, odam o’ldirish va yolg’on guvohlik berish katta gunohlardandir".
(Buxoriy, Muslim)

Onangizni hafa yoki hursand qiladigan 3 narsa nima?
Onangiz bilan har kuni necha daqiqa "œhaqiqiy" suhbat qilasiz?
Oxirgi marta qachon onangiz uchun taom tayoorlagansiz?
Qachon oxirgi marta onangizga sovg’a hadya qildingiz?



Oisha r.a. rivoyat qiladilarki, Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v. dedilarki: "œBir biringiz bilan sovg’a almashinglar, ular dildagi yomon tuyg’ularni ketkazadi"
(Termiziy)



Qancha savolga ijobiy javob bera oldingiz? Vaqtni bekor sarflamasdan, ularni oldilariga boring, ko’ngillariga hush yoquvchi ishlarni qilib, duolarini oling.


"œEndi onajonim hayot emas, bu savollardan nima foyda?" deysizmi? Ular uchun Qur’on tilovat qiling, ularni do’t-birodarlarini ziyorat qiling, o’z onangizni ko’rgandek bo’lasiz. Alloh sizdan rozi bo’lsin!
www.ayol.uz
[/color]
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Hadija 26 Oktyabr 2010, 09:47:08
Onamga deb"¦

Bozorlardan savdo qildim bolamga deb,
Shirinlig-u novvot oldim bolamga deb,
Go’zal gullar, sarpo oldim yorimga deb,
Men bag’ri tosh nima oldim Onamga deb?!
Farzand bo’lib nima oldim Onamga deb?!
Hokisorim, mehribonim Onamga deb,
Yolg’izgina g’amgizorim Onamga deb"¦

Hashamatli uylar qurdim bolam uchun,
Dabdabali to’ylar qildim bolam uchun,
Oyog’osti qo’ylar so’ydim kimlar uchun?!
Farzand bo’lib nima qildim Onam uchun?!
Men bag’ritosh nima qildim Onam uchun?!
Hokisorim, g’amgizorim Onam uchun,
Yolg’izgina duogo’yim Onam uchun"¦

O’zi yemay yedirgan ham Onam edi,
O’zi kiymay kiydirgan ham Onam edi,
Yo’llarimga ko’z tutgan ham Onam edi,
Qo’lin ochib duo qilgan Onam edi,
Bu dunyoda chin do’stim ham Onam edi,
Yolg’izgina chin do’stim ham Onam edi,
Men bag’ri tosh nima qildim Onamga deb,
Yolg’izgina duogo’yim Onamga deb,

Hashamatli uylar qurdim bolamga deb,
Dabdabali to’ylar qildim bolamga deb,
Oyog’osti qo’ylar so’ydim kimlarga deb?!
Farzand bo’lib nima qildim Onamga deb?!
Men notovon nima qildim Onamga deb?!
Hokisorim, mehribonim Onamga deb,
Yolg’izgina, qadrdonim Onamga deb!...

Isoqjon"¦
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: JaviK 31 Oktyabr 2010, 01:50:02
http://www.youtube.com/watch?v=ivbT-gX6WzY
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Sevdo 02 Dekabr 2010, 15:15:55
Allohga shkur menga bir chin dust ato etgan,hozirda dugonam umr yuldoshi bilan chet elda yashaydi,biz tanishgan yili onasi vafot etgandi,mana bunga ham 6 yil bulibdi,bir kuni tongdan telefon jiringladi,olsam shu dugonam,ancha gapdan sung,mani qiynayotgan narsalarni aytib turgan edim:dugonajon shunday paytlarda onajonini mahkam quchoqlab,ularni quchoqlayolmaslik qandayligini tasavvur qilib kur dedi.Shu zahoti onamlani quchoqlab yig'ladim,ahir Alloh menga inom etgan eng katta boylik onam ekanini angladim
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Zulfina 05 Dekabr 2010, 19:25:02
 :as:

Bugun taksida radiodan Otabek Mutalho'jayevvi Ona haqidagi ashulasini eshitib qoldim, judayam yoqdi. Esimda qomadiyu, adashmasam shunaqa jumlalari boridi:
Onang endi yasharmaydi qariyverar
Balki butun sog’ bo’lmaydi og’riyverar.
Endi uning bori sening bathing,
Bahting ko’rib dardlari ham ariyverar


Ey Allohim! O'zing onalarimzni umrini uzoq qilgin!

Onajonim sizzi naqadar yaxshi ko'ramana... Sizdek hech kim manga mehr berolmaydi, hech kim sizchalik samimiy bo'lolmaydi. Mandek aqlsiz, qadrizga yetmidigan qizizziyam shunchali yaxshi ko'rasiza onajon. Nahot Allohim bir onani qalbiga shuncha mehrni joylagan bo'lsa. Allohim! Onajonim O'zingga omonatla! Panohingda asragin!
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: GRAND 07 Dekabr 2010, 09:54:20
Ona o'z jigarbandini yaratganing mukofati, tiriklikni nemati dep ezozlaydi, gard yuqtirmay katta qiladi. Xamisha ko'z o'ngida yurushni, xar bir xarakati, xatto o'y-xayollaridan xam voqif bo'lib yashashni istaydi. Biroq hamisha ham onajonimizni qadriga yetmaymiz o'sib ulg'ayib katta bo'lganimiz sari onajonimizga nisbatan mexrimizni ilxaq, yo'llarimizga intizor qilamiz.                                    
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 06 May 2011, 13:05:30
Onayizorning tushi

Azizlar, bundan bir necha kun oldin yangiliklarda bir xabar eshitib, qattiq ta'sirlandim...

Bir oilaning 23 yoshdagi o'g'li bundan 5 yil avval yo'qoladi. Qidiruvlar natija bermaydi shuncha yildan beri. Yaqinda ona tushida o'g'lini o'ldirilganligini ve jasadi otilgan yerni ko'radi:(

Politsiyaga xabar berilgandan keyin, ular harakat boshlatib, ona tushida ko'rgan joyida jasad topiladi...

Yaqinidagi insonlar so'roqqa tutilganda o'rtoqlari tarafidan o'ldirilganligi o'rtaga chiqadi...

Ona yuragi, nima ham deymiz.

Doimo duo qilaman, Rabbim ota-onamizga haqqimizda yomon xabar berishdan saqla, eng qo'rqqan narsam shu...hech bo'lmasa yomon xabarimizni eshitishmasin...
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Secret 22 Avgust 2011, 18:23:06

Onalarning shaniga atab,
Ko'p dostonlar bitildi, ammo
Mehringizni ko'ksimga qadab,
Men ham aytay sizga tasanno.
Bolangizdan izlabsiz bahtni,
Boqmabsiz hech o'ngga yo so'lga.
Zolim falak sindirib tahtni,
Solsa hamki necha usulga.
Sizdagi kuch, sizdagi qudrat,
Topilmaydi yetti iqlimdan.
Bolangizning tinchligi uchun,
Chekinmaysiz hatto o'limdan.
Ey siz ona! Men ko'rmagan zot,
Endi ko'rmang tashvish, alamni.
Farzandingiz etib sizni shod,
Bagishlasiln sizga olamni.


(http://s19.rimg.info/f12c51ba375fdcc1031045ed54e6519f.gif) (http://smajliki.ru/smilie-1147509063.html)
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 07 Sentyabr 2011, 13:17:57
Onalik baxti...

Qo'shnimiz bor, 3 opa singil. Eng kattalari 60 yoslarda, kichkinalariyam 45 yoshlar atrofida. Hech turmushga chiqishmagan ekan. Orqavarotdan eshitgan gaplarimga qaraganda. Judayam xushmuomala uchchalasiyam. Bir kuni bolani suygan ovoz eshitildi uylaridan, mehmon kelgandir, deb o'yladim. Keyin bilsam, mushuk asrab olishgan ekan. Mushukni shunday yaxshi ko'rib, shafqat ko'rsatishadi ki, yuraklarim ezilib ketdi.

Alloh ayol zotiga shunday mehr berganki, uni o'zida ko'tarib yurishi osonmas, albatta yo farzandiga, yoki turmush o'rtog'iga berishi shart. Ularni ko'rib, shularni o'yladim.

Alloh butun qizlarga onalik baxtini nasib etsin, uylarini bekalari bo'lib o'tirsinlar...
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Foniy 09 Sentyabr 2011, 10:28:03
13 Yaşında "Anne Ne Var!"
16 Yaşında "Anne Beni Rahatsız Etme!"
18 Yaşında "Bu Evden Gitmek İstiyorum!"
25 Yaşında "Haklıydın Anne!"
30 Yaşında "Annemin evine dönmek istiyorum!"
...
50 Yaşında "Annemi kaybetmek istemiyorum!"
70 Yaşında "Annem eğer burda olsaydı benim için herşeyi yapardı!.."

Sadece bir Anneniz var.
O'nu asla üzmeyin...


Facebook'tan
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: azizbek_mx 09 Sentyabr 2011, 18:15:36
Uni qanchalar yahshi körishimni bilmaysiz! His qilolmaysiz u menga qanchalar kerakligini, meni unga qanchalar kerakligimni... Chunki u menga bergan mehrni siz ikki dunyoda ham berolmaysiz! Shu sababdan, mana shu otashin mehr tufayli, u bilan qolib, sizdan voz kechdim. Bu mehrning taftini siz ham bir kun kelib tushunarsiz, öshanda afsus bilan eslarsiz deb qörqaman... Chunki bugun sizga ham Onalik baxti nasib qildi, ösha mehrni sizning ham farzandingiz voyaga yetganda shunday his etasizki, bugungi hislaringiz notögriligini tushunib yetasiz! Chunki Onaning mehrini hech narsa bosolmagay!
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Best friend 09 Sentyabr 2011, 20:12:43
Anavi mavzudagi onaga rahmim keldi. Uning hayotida ro'y berayotgan narsalardan nechog'lik habari bor? Balki u ayol ruhan yo jismonan toliqqandir. Balki farzand u bu narsa obering deyotgan bo'lsa, puli yo'qdir. Katta xato bo'pti, katta xato! Bunday xolat men bn ham bogan. Ko'taring deb yig'lagandim. Ayam esa ham ruhan, ham jismonan toliqqan edilar (Sababini yozsam bir doston bo'ladi). Narsa obergani puliyam yoq edi.
 Nima bogandayam birovning aybini yaxshilik bn, hikmat bn tushintirganga nima yetsin! Axir bo'lgan voqea bolaning oldida onaning obro'sini, hurmatini to'kmasmikin?
 Men ham o'zimcha shaxsiy fikrimni yozdim. Hafa bo'misila dib umid qilaman.
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: UzMuslim 05 Dekabr 2011, 23:07:22
 :bsm3:
 :asl3:
Onajon Bugun Yana Uyga mAyus Qaytdim,LEkiN Sizga qarab Kulib qarardim,Sizga Sezdirmaslikgda Harakat Qilardim,Bu Og'riqlarni,LekiN Onalar Ko'zlari Bilan Emas Yuragi Bilan Ko'radi Deganlari Rost,DoiM Oldimga KElib DardiM So'raysiz,Man YAxshi Onajon Desam Ham Negadur Ko'nglingiz Joyiga Tushmaydi Sira,Chunki Bilasiz IChimdan NIma O"tib Turganini ONajon,Aslida BU Og'riqlarga Chidab YAshayveraman,Chunki BUlarning BAri O"tkinchiku,..Bir KUn Siz Bilmaysizda Ona,Bu Og'riq Qanaqa Azob BeriB Turganini Deb Aytib Yubordim,..Yo'q...Yo'q...Yo'q Onajon MAn BUnaqa Demoqchi Emas edim,Aslida SizchaliK Mani HEch KiM Yaxshi Bilmaydiku Onajon,Man Sizni Ranjitdim,Ko'riB Turib Yeg'ilib Qolgan Yoshlaringiz Endi Ko'z Oldimda Oqa Boshladi,Onajon Mani Kechirin,HalI Hammasi YAxshi Bo'ladi,Dardini Bergan Alloh albatta Shifosini Ham Beradi,Man Umidsizlikga Tushub Qolgan Edim,Allohim O'zi Mehribon,Bir inson Sabab Mani Bu umidsizlikdan OliB Chiqdi,TasliM Bo'lmayman  Onajon endi Harakat Qilaman va Inshaaloh Hammasi Yaxshi Bo'ladi Onajon,Ko'rib Turibman Onajon,Man QanchaliK Qiynalib Turganimi Ko'rib Siz Undanda Ko'proq Qiynalyapsiz,Onajon Dardingiz OLay,O"zim Hali Yelkamda Hajlarga Olib Boray,Faqat Siz Yig'lamang Onajon,Inshaalloh HAli To'ylar qilamiz Onajon,kelinigiz Bilan HalI Bu Kunlarni Kulib Eslaysizlar Onajon..Onajon,Dadamni,Singlimni Va bIzni Baxtimizga DoiM So'g Salomat Bo'liB Yuring,O'zimiz HIzmatingizda Bo'lamiz.
HurmatlI Va Aziz Forumdoshlar,Shu Sizlardan Bir Iltimos Oilamiz Haqqiga Ham Duoga Qo'l OChganlaringda Esalb QO'yinglar..Alloh TaolO Barchamiz UChuN Aziz Bo'lgan OTa-Onamizni Hech Qachon Ko'zlaridan Yosh To'ktirmasin,O'ylagan Orzu Niyatlari Sarobga Aylanmasin,Umrlarini Ziyoda Etsin,Farzandlarini Rohatlarini Ko'rishsin,Baxtimizga DoiM Sog' Salomat Bo'liB Yurishsin.. :amn3:

Kechalar,Uhlamay,Parvona Bo'lgan,
Dardimni Olganu,Dardin Berkitgan,
Achiq So'zu,Jahlimga,Parvo Qilmagan,
Onajon So'g Bo'ling,BAxtimga DoiM...

Ne Desam,o'ylagan,Zarda Qilamagn,
Yaxshiga Qo'shganu,Yomondan Tortgan,
Oq NIma Qorani,Tinmay O'qitgan,
Onajon Sog' Bo'liNg,BAxtimga DoiM...

Siqilmanga Onajon,Bu Ham Bir Sinov,
Shifo BOr dardimga,Ajir Bor ahir,
Allohdan So'rayman,Har namozimda,
Onajon Sog' Bo'ling,BAxtimga DoiM...

Hali To'y Qilamiz,Bosh Bo'lasizlar,
Ko'z Yoshu,G'am-tashvish Unutasizlar,
Man Borman,Hali Ko'p Suyunasizlar,
Onajon Sog' Bo'ling,BAxtimga DoiM... ©
UzMuslim(SarvaR)
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 29 Yanvar 2012, 14:04:40
ОААМ

Ой каби қошимда парвонам — онам,
Офтобдек меҳрда сгонам — онам.
Бошимга тилла тож, кснглимга таскин,
Туну кун тилимда шукронам — онам.

Олтин-кумуш асли — тош бслар скан.
Онасизнинг ксзи ёш бслар скан.
Онаси бор — доим ёш бслар скан,
Меҳр уммонида дурдонам — онам,

Қайга борсам йслдош, ҳамроҳ тафтингиз,
Сиздан бахт топдим, сиз нима топдингиз?
Мудом манглайимда илиқ кафтингиз,
Толеъимдан ёруғ пешонам, онам.

Анимда сғлим деб турсангиз, она,
Яшайман ғамлардан ғолиб, мардона.
Келсангиз юксалар ғариб остона,
Кетсангиз мунғаср кошонам, онам

Ксрдим дунё етти мсъжизасини,
Топмадим қалампирмунчоқ исини.
Ксзларимга сурай босган изини,
Жаннат боғларидан нишонам, онам!

Iqbol Mirzo
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Muhammad Sanjar 30 Yanvar 2012, 00:06:34
Onalarning oyog'i ostidadur,
Ravzai jannatu jinon bog'i,
Ravza bog'i visolin istar ersang,
Bo'l onaning oyog'i tufrog'i.

(Alisher Navoiy)
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Ansora 01 Mart 2012, 16:41:10
Гулноза ИСОМИДДИАОВА

 ОААЖОАИМ

Тунлари бошимда парвонам,
Сиз менинг таснчим, дардкашим.
Бу дунёда меҳрибон, мунис
Сиздан сзга йсқдир ҳеч кишим.

Сочларимни силайсиз тунлар,
Ксзларингиз бунча паришон.
Кснглингизга бслайин малҳам,
Фақат кулиб юринг онажон.

Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Zulfina 08 May 2012, 20:16:55
 :asl3:

Olamdan erta ko'z yumgan
onalar qabri uzra aytilgan
so'zlar.Malumki o'lim dalil isbot
talab qilmaydigan
haqiqatlardandir.Tongda chiqqan
quyosh,shomda botishi qanchalar haqiqat bo'lsa,dunyoga kelgan
insonning,dunyodan ketishi
shunchalar oydin
haqiqatdir.Beshik kirgan uyga
tobutning kirishi
muqarrar.Quvonch bor joyda qayg'u bo'ladi
O'lim aniq, lekin qachon,qayerda
va qanday o'lish noaniqdir.Isbot
talab qilinmas bu haqiqatda ikki
aqilli inson
ihtiloflashmaydi.Yoshgina onalardan erta ayrilgan
go'daklar qismati ham asosan
besh qismga bo'linar ekan.Bu
darsda kechagina onasi
quchog'ida erkalanib ona allasi
bilan uhlab,ona qo'lidan issiq kulcha nonlar yeb,
bugun yosh go'zal onasidan
ayrilgan olamdagi turli hil
go'daklarning onasi qabri ustida
aytgan so'zlariga quloq
tutamiz.Agarchi bu dil so'zlarni bolalar jajji tili bilan ayta
olmasada,
zamona holi bilan,ko'zida yoshi
bilan baralla aytmoqda ! Birinchi qism bolalar! Assalamu alaykum,ahli diyaru
minal muminin val
muslimin.Assalamu
alaykum,onajon!
Assalamu
alaykum,mehribonim.Tirikligingizda salom berib to'yolmadim,
vafotingizdan so'ng salomimni
kanda qilmayman.Alloh
qabringizni jannat
bog'chalaridan
qilsin.Keng,munavvar qilsin.Qabr azobidan,qabr fitnasidan o'zi
saqlasin.
Go'zal yuzingizni jahannamga
harom qilsin.Sirot ko'prigidan
yashindek tez
o'tkazsin.Mahsharda qiyomat qo'rqinchlaridan saqlab,tinch,
omon qilsin.Jannatga
behisob,beazob girgizsin. Roziman bo'ling rizo,
Hudo sizdan bo'lsin rizo,
Ravzada orom oling
To kelguncha yavmul-jazo,
Kun kelib men ham borurman
Yoningizga oshiqib, Iymon bilan yo'liqmoqdir,
Mendagi yolg'iz sazo. Onajon,oq yuvib-oq
taradingiz.Juda
g'amho'r,shirinso'z,mehribon
edingiz.O'ynatib
kuldirardingiz.Alla aytib
uhlatardingiz. O'zingiz qiynalsangiz ham bizni
qiynashni istamas edingiz.
O'zingizni,so'zingizni juda-juda
sog'inib
qumsaymiz.Dadamizning jon
holiga qo'ymay har kuni ayam qachon keladilar deyaveramiz.
Singlim ham doim ayam-ayam
deb yeg'laydi.Bechora dadam
avvalida bir narsalar deb bizlarni
ovutdilar,keyin esa ayangiz
kelolmaydilar ayangizning yonlariga biz boramiz dedilar.
Hamisha ayangni duo qil deb
eslatib turadilar.
O'zlari sizdan keyin
ma'yus,mahzun bo'lib
qoldilar.Oshxonaga kirib ham,uyingizga qarab ham
yeg'laydilar.
Men dadamni kuchli,qo'rqmas
botir deb bilardim.
Sizdan keyin yosh boladak
yeg'laqi bo'lib qoldilar... Avval yeg'laganlarini ko'rmagan
ekanman.Ayajon katta bo'lsam
inshaAlloh masjid-madrasalar
quraman.
Kitoblar yozib savobini sizga
bag'ishlayman. Nomingizdan yahshi ishlar
qilaman.Siz orom olib yoting
onajon.Bizdan havotir
olmang.Dadam yanada mehribon
bo'lib qolganlar.
Bizni urushmaydi.Sizni ko'p duo qiladi. Ikkinchi qism bolalar ! Ayajon bizni tashlab qayaqqa
ketingiz ? Ko'zimizni jiqqa
yoshga to'dirib qayon ketdingiz
Siz ko'mildingiz-u sizdan bilan
mehringiz ham ko'mildi.Sizdan
judo bo'lganimizdan keyin,shirin so'z,yoqimli alla,toza kiyim totli
taomdan judo bo'ldik.ko'ynagim
ozgina kir bo'lsa darrov tozasini
kiygazib qo'yardingiz.
Hozir ko'ylagimning kiridan
o'rtoqlarim ustimdan kuladigan bo'lgan.Noiloj o'zim kir yuvishni
o'rgandim.Sizdan keyin uyimizga
boshqa bir hotin keldi.
Kichkina o'g'li ham
borakan.Kelganing ertasiga siz
suyadigan tuvakdagi gullarni olib chiqib ahlatga tashlab
yubordi.Xola bu gulga ayam har
kuni suv quyar edilar,
ayajonim bu gulni yahshi ko'rar
edilar ahlatga tashlamang
dedim.Ayajoniz yahshi ko'rsalar men yomon ko'raman
chundizmi ?!Bu uyda ayangiz
emas men ho'jayinman dedi !!
Dadamga qaradim,dadam yuzini
olib qochdi...
Ertasi kun qarasam siz suyub kiyadigan kiymingizni olib
paqirga soldi.Ayam kirni bu
paqirda yuvmasdilar deyishga
qo'rqdim.Nima qilarkin deb
kutdim.
Paqirga suv to'ldirib singlimga berdi.Fotima mana bu lattani olib
oshxonaning polini yuvib chiq
deb buyurdi.Bu latta emas
ayajonimning ko'ylagi Fotima pol
yuvishni bilmaydi u hali kichik
men pol yuvaman dedim. Hov tirrancha ko'p valdirama
senga hali boshqa ish
bor.Ayangni ko'ylagi pol lattadan
boshqa hech narsaga yaramaydi
deb ko'ylagingizni suvga botirib-
botirib Fotimaning yoniga otdi.Tezroq bo'l bo'lmasa
kechandaqangi kaltakdan yana
yeysan dedi.Keyin bilsam
Fotimani rosa urgan ekan.Fotima
qo'rqoq bo'lib qolgan.
O'lganingizdan keyin kulgani yo'q,o'lganingizdan keyin uning
sochini hech kim tuzukroq
yuvganini bilmayman. Fotima
oshxonaning polini arta boshladi.
Men hovli supurishga
tushdim.Avvallari sizga ko'mak bermaganimni eslab yuragim
ezilib ketdi.Eshik ochilib dadam
kirib keldi.
Qo'lida sumka bor edi.Haligi
hotin tirjayib kelib dadam
qo'lidan sumkasini oldi.Hammalari siz o'tiradigan
uyga kirib ketishdi.
Siz dan keyin u uyga biz
kirganimiz yo'q.Fotimaning
karovatida haligi hotinning
bolasi yotadi...Fotima esa men bilan.
Biroz muddatdan keyin uy
ichidan kulgi ovozlari
eshtiladi.Uzoq kulgudan keyin
haligi hotinning o'g'li ichkaridan
chiqdi. Bir qo'lida marojniy,ikkinchi
qo'lida pecheniy.Fotimaga
qaradim, engashib pol
yuvyabdi.Siz doim mana buni
yeb olsang polvon bo'lasan deb
ovqat yedirardingiz. Fotimani yoningizga o'tirg'izib
ovqatlantirardingiz.Hozir Fotima
ikkimiz alohida o'tiramiz.Dadam
yangi hotin va uning o'g'li
alohida o'tirishadi.
Ayajon qachon qaytasiz ? Ayajon qachon bizni olib ketasiz...

Allohim onajonlarimizni umrlarini uzoq qilsin ilohim...
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Zulfina 26 May 2012, 19:10:12
:asl3:

Onajon... Sizdan o'zga hech kim bizga
hech bir manfaatni o'ylamasdan,
beminnat mehr ko'rsatmasakan... Faqat
sizgina bizni chindan sevarkansiz... Faqat
sizgina Yaratgandan qalbinggizni
qo'ridan o'zinggizga emas bizga
yaxshiliklar so'rarkansiz... Umringgiz
uzoq bo'lsin ilohim...
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Guliqiz 15 Iyun 2012, 23:40:37
 
Ona o'zi qulab, nurab hamki, farzandini yuksakliklarga ko'taradi. Ana shu yuksakliklardan turib onangizni oppoq oqargan sochlariga qarang. Peshonasidagi chiziqlarga, yuragidagi darzlarga razm soling. Suluv kelinchak edi u. Kurasha-kurasha, yona-yona sizni safga qo'shdi. Yelkalaringiz, bo'yi-bastingizni, g'ururingizni tog'day ko'tardi. O'zi esa munkaydi, cho'kkaladi...
E'tibor Oxunova
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Guliqiz 15 Iyun 2012, 23:49:39
 
Armonim

Umidla beshikni tebratar ona,
Bolajonim uxlab orom olsin deb.
Tunu kun qoshida bo'lar parvona,
Bolam sog'u omon katta bo'lsin deb.

Onajon beshigim tebratgan zamon,
Nimalarni hayol qilar edingiz.
Balki bo'lsin deya meni zo'r inson,
Balki menga baxtlar tilar edingiz.

Mening kamolimni ko'rmoq istagan,
Bugun tilagingiz to'zidi ona.
Sizni doim hursand qilmoq istagan,
Qizingiz hayotdan bezidi ona.

Bu dardlar bezdirdi meni qanchalik.
Lekin dunyodagi bor-yo'q armonim -
Bir bor beshigimni tebratganchalik
Xizmatingiz ado qila olmadim.
(c)
 
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Mufazzala 16 Iyun 2012, 01:16:36
:asl3:

"Kasalligimni bilib qolsa musofir yurtlarda tinchi buziladi bolamni", deb
aytmagan Onam. Keyinroq bu hastalikni saraton ekanligini doktordan eshitgandan
keyin hammamizdan sir tutgan Onam. Onajon, nega kundan-kunga ozib ketyapsiz, desak
sekingina "bilmadim", deb qo'ya qolgan Onam. Nega dardingizni bizdan yashirdingiz?
Biz bevafo farzandlaringizni shu qadar sevdingizmi?
Yotoqda hastalik azobini chekib yotarkan bir og'iz holidan shikoyat qilmagan Onam.
Bir necha oydan beri tuz totmagan bo'lsada bizni ovqatlanayotganimizni mexr bilan
tomosha qilgan Onam. O'shanda bilmadim yoshlik qilibmi yoki befarosatlik qilibmi
oldingizda ovqat yeyaverardim, siz bo'lsangiz "Sizlar yesanglar men yegandekman", derdingiz
Onam. Kechasi uxlab qolsam dorini ichirib qo'yish uchun "Uyqusi buzimasin bolamni", deb
og'riqlarga sabr qilib meni uyg'ota olmagan Onam. Qadringizga endi yetyapman, endi aqlim kiryapti Onam.
Bu vijdon azoblariga qanday chidayman.
Allohim oxiratingizni obod qilsin! Men ham sizdek ona bo'lishni hohlayman Onam, jonim Onam.
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Mahdiyah 30 Iyun 2012, 11:33:39
Yigit kishi qachon bu narsani tushunadi bilmadimu, lekin ayollar ONA bo'lganda onaning qadrini xaqiqiy ma'noda anglar ekan.
Ona bo'lib... 1 parchagina go'dakni katta qilish... uning injiqliklariga sabr qilish, u qiynalganda dunyoga ko'zingiz tor bo'lib ketishi... uning kulgusi dunyodagi barcha narsadan ustun bo'lishi..., uning tarbiyasi..., uni yedirib-ichirib yaxshi odam qilish....

Shularni o'ylab bir xulosaga keldim-ki: Farzand ota-onaga gap qaytarish u yoqda tursin, ko'zlariga tik boqishga HAQQI YO'Q ekan!!!
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Mufazzala 30 Iyun 2012, 12:24:33
 :asl3:

Ammo aqlimiz juda kech kiradi. Ayniqsa esing kirib
ota-onani qadrini-qiymatini anglab yetganingda Ularni
topa olmasang... juda alam qilarkan.

Shu o'rinda bir hadis esimga tushdi. Ma'nosi:

Payg'ambarimiz (s.a.v):
"Ota-onasi tirik bo'la turib ularni roziligini olmasdan o'tganlarni burni yerga
ishqalansin", deya hatto 3 kara takrorladilar.

Bu hayotda men havas bilan boqadiganim  Ota-onasi hayot bo'lgan va ularni
hizmatini beminnat qilayotgan insonlardir.
Nom: Re: Boshimdagi tojim - onam!
Yuborildi: Mahdiyah 02 Noyabr 2012, 05:34:28
(http://i.imgur.com/nzIDa.jpg) (http://imgur.com/nzIDa)