forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: Bobomurod-max 08 May 2009, 17:45:36

Nom: Tarihni u'zgartirish mumkin, lekin u'chirib bu'lmaydi!
Yuborildi: Bobomurod-max 08 May 2009, 17:45:36
Assalomu alaykum qadirdomlar!!!
Sovet davlati buzulib unga hos bayramlar: 1-may, 7-noyabr, 23-fevral kabilar ham unut bu'lib ketdi, yangi avlod vakillari bular qanday sanalar ekanini bilishmasa kerak. Qiziqqanlar uchun eslatib u'taman, 1 -may halqaro mehnatkashlar kuni, 7- noyabr Ulug' oktyabr revolyutsiyasi kuni, 23- fevral Sovet armiyasi va harbiy dengiz floti kuni. Bu bayramlar u'sha davrning eng katta bayramlari edi. Mayli bularni nishonlashdan hozir  hech qanday mantiq yu'q. Lekin usha davrda 9-may Galaba kuni degan ajoyib kun, butun insoniyatni fashizmdan ozod bu'lgan kuni keng nishonlanar edi. Bu kun uchun Sovet Ittifoqni 23 million kishi hayotini bergan, bu kunni millionlar 7 yil kutgan. Va bu kunga etishgan!!! Bu bayramni hozirgi kunda butun er yuzida, hatto shu urushni bosh sababchisi Germaniyada ham "Galaba kuni" deb nishonlashadi. Lekin U'zbekistonda negadir bu bayram nomi u'zgartirilgan! Hotirlash va qadrlash kuni!!! qiziq nega bu kunni hamma singari Galaba kuni deyishga "orlanamiz" ? Nima 1941 yilda su'zsiz kapitulatsiyaga U'zbekiston qu'l qu'yganmi?!! menimcha Germaniya qu'ygan edi. Endi u'ylab qolaman Galaba kunini u'z nomi bilan nomlash nimaga halaqit berdi. Ahir bu kun uchun oz muncha U'zbek u'g'lonlari jon berishdimi, u erdan tirik qaytib kelganlar biz g'alaba qozongan kun deyishga haqqi yu'qmi??
Bu ku'pchilikni fikricha ahamiyatsizdek narsa. Lekin yana 5-10 yildan keyin yangi avlod bu kunni aslida qanday kun  ekanligini bilmaydi, u'ylashadiki bu kun faqat u'tganlarni hotirlash va qadrlash kuni ekan deb.
Bir nemis menga : sizlar nemislar ustidan g'alaba qozongansizlar degandi, u'shanda millatimdan, biz uchun jonini bergan ajdodlarimdan fahrlangandim. Ha bu bizning g'alaba, bizning shonli tarihimiz, uni avlodlarga borligicha etkazishimiz kerak, toki ular ajdodlari nafaqat u'zaro urushlarda balki bosqinchilarga, evropaliklarga, fashistlarga qarshi urushlarda ham shonli yurushlar qilishganini bilishsin!!!
Nom: Re: Tarihni u'zgartirish mumkin, lekin u'chirib bu'lmaydi!
Yuborildi: Shokir63 08 May 2009, 19:13:34
Tariximiz qaytatdan yozilishi kerak.

Tarix kitoblarimizni o'qib ba'zi millatlardan nafratlanib yurgan paytlarim bo'lgan. Masalan ruslardan. Kitob shunday yozilgan, nafrat bilan yozilgan. Balki bu bilan milliylikni quvvatlaymiz deb o'ylashgandir. Bu fikrni xato deb hisoblayman.

Tarix yozilar ekan, hech qaysi millat kamsitilmasligi kerak va yomonlanmasligi kerak. Gitler yomonlansin, butun olmon millatiga nisbattan nafrat uyg'onmaslikning yo'lini tutish kerak. Axir o'sha paytda o'g'l'ni jangda yo'qotgan nemis ona yo'q edi deb o'ylaysizmi. Gitlerning joniga, nemis xalqi vakillari necha marotalab suiqast qilishgan.

Sovetlar davrida millatimiz cheksiz zarbalar yedi. O'zining alp o'g'lonlaridan ayrildi. Iymonga, dinga kelganzararni ifodalash salohiyati menda mavjud emas. Ammo buning uchun rus millati yo Stalinning millati bo'lmish gruzinlar (adashmasam) yomon ko'rilishi va ko'rsatilishi kerak emasku. Balki uning negizi bo'lmish IYMONSIZLIK qoralanishi kerak.

ojiz banda sasha63
Nom: Re: Tarihni u'zgartirish mumkin, lekin u'chirib bu'lmaydi!
Yuborildi: Bobomurod-max 08 May 2009, 19:49:04
Haqsiz mavlono!! Sovet davlatini hatolari cheksiz! Lekin millatni aylay olmaymiz, men ku'targan mavsu sovet davlatini ku'kga ku'tarish ham emas, meni yozganim Galaba kunini nomini u'zgartirilgani
Nom: Re: Tarihni u'zgartirish mumkin, lekin u'chirib bu'lmaydi!
Yuborildi: Shokir63 08 May 2009, 20:14:14
Mavzuning nomi keng qamrovli, tarixga oid fikrlar shu yerga kiritilishi mumkin deb, g'alabaga aloqasi yo'q gapni yozib balki xato qilgandirman.

Xotira kuniga kelsak, men ham bu kunga qarshiman. Biz musulmonlar ajdodlarimizni doimyod etib, haqlariga dou qilib turishimiz kerak. Ma'lum bir kunlarga bog'lanib qolishimiz kerak emas.

G'alaba albatta vatandoshlarimizning ortga qaytganliklari nuqtayi nazaridan muhim kun. Fashizmning yengilishi nuqtayi nazaridan ham.

Nom: Re: Tarihni u'zgartirish mumkin, lekin u'chirib bu'lmaydi!
Yuborildi: Bobomurod-max 08 May 2009, 21:37:14
Mana bu gapingizga borman mavlono!!
bundan kelib chiqdiki biz faqat bir kunda qadrlaymiz va hotirlaymiz...ulug' vatan urushi ishtirokchilarini qadirlashimiz kerak albatta, lekin har kuni, ularning ku'plari ketib juda ozlari qoldi, g'animat ular... yana uzog'i bilan 10 yil, undan kryin ularni barmoq bilan sanayman desangiz ikkita qu'lingiz barmog'i ku'plik qiladi, Ilohim Ollohim ularni umrlarini uzoq qilsin!!!
bilasizmi Tojikistonda Galaba bayrami u yoqda tursin hatto 23 fevral ham nishonlanadi.