forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Hadija 09 May 2009, 14:08:54

Nom: Abdul Azim Ziyovuddin. Siz payg'ambarni ko'rganmisiz?
Yuborildi: Hadija 09 May 2009, 14:08:54
IMOM BUXORIY NOMLI TOSHKENT ISLOM INSTITUTI

SIZ PAYG’AMBARNI
KO’RGANMISIZ?


Payg‘ambarimiz (s.a.v.) siyratlaridan savol-javob musobaqasi

Birinchi kitob: Makka davri

Muallif: Abdul Azim ZIYOUDDIN

«Toshkent Islom universiteti»
nashriyot-matbaa birlashmasi
Toshkent-2007

Siz Payg'ambarni ko'rganmisiz?

(http://www.ziyouz.com/images/books/siz_paygambarni.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=373)

Muallif: Abdul Azim Ziyovuddin
Hajmi: 738 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=373)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3642.0)


Abdul Azim Ziyouddin o‘g‘li 1974 yil Chirchiq shahrida tug‘ilgan. 1991-1994 yillarda Buxorodagi «Mirarab» madrasasida tahsil olgan. So‘ngra 1997 yili Toshkent Islom institutini tugatgan. Hozirda shu dargohda «Tahfizul Qur’on» bo‘limida mudarris.
Muallif ushbu kitobida Payg‘ambar alayhissalom siyratlariga yangicha uslubda murojaat etgan. Aniq ma’lumotlarga tayangani asarning qiymatini oshirsa, tez-tez hayajonli bayonlarni keltirishi badiiy rang-barangligini ta’minlaydi. Xullas, o‘quvchi bu kitob orqali siyratga oid bilimlarini tiniqlashtirib, ko‘p mavhumotlariga aniqlik kiritib olishi shubhasiz.
Siyrati sharifga «sayr»ingiz xayrli kechsin.


MUNDARIJA

Muharrirdan (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3642.msg171976#msg171976)
Siyrat tavsifida yangi uslub. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3642.msg172650#msg172650)
Siyrat ilmini tiniqlashtirish zarur. Anvar qori Tursunov (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3642.msg172651#msg172651)
Muallif muqaddimasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3642.msg172652#msg172652)
Ma’lumot (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3642.msg172653#msg172653)
G’arblik xolis mutafakkirlarning Payg‘ambarimiz haqlaridagi tavsiflari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3642.msg172654#msg172654)
Siyratga kirish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3642.msg172655#msg172655)
Savollar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3642.msg172656#msg172656)
Javoblar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3642.msg173487#msg173487)
Foydalanilgan manbalar ro‘yxati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3642.msg173762#msg173762)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ?
Yuborildi: Hadija 09 May 2009, 14:11:50
:bsm:
(Bismillahir rohmanir rohiym)

SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ?

— Qo‘lingda nima bor?
— Xayru saxovat.
— Belingda nima bor?
— Kamari xizmat.
— Ko‘zingda nima bor?
— Nuri Muhammad...
Xalq og‘zaki ijodidan

Zamonamizning yaxshilaridan biri: «Agar Muhammad alayhissalom bo‘lmaganlarida, dunyoni yoritishga bu quyoshning nuri yetmasdi», degan edi. Darhaqiqat, Muhammad alayhissalomning nurlari zim-zimiston ichimizni yoritmasa, muz qalblarimizni eritmasa, osmondagi quyosh hech narsa qilolmas edi. Shuning uchun ham bu Nur sari talpinishimiz cheksizdir.
U zotga Allohdan beadad salavot va salomlar yo‘llaymiz. Diydorlarini ko‘rishga mushtoqmiz. Hatto muborak ravzalari sari talpinamiz. Uzotni bizga sog‘intirgan, nurlari ila qalblarimizni nurlantirgan Alloh taologa hamdu sanolar aytamiz.
Aziz o‘quvchi, qo‘lingizdagi ushbu ajib sarlavhali kitob Payg‘ambarimizga bo‘lgan sog‘inchning, nurlari sari talpinishning bir ko‘rinishidir. Ustozlar uning uslubi, boshqa siyrat kitoblaridan farqi, foydali jihatlari haqida xo‘b aytibdilar. Kaminangizga esa, asarning sarlavhasi haqida ozgina tushuncha berib o‘tish vazifasi topshirildi.
«Siz Payg‘ambar alayhissalomni ko‘rganmisiz?»
Bir qarashda g‘alati savol. Chunki siz-u bizning u zotni ko‘rmaganimiz oyday aniq. Ammo bir paytlar u zotni ko‘rganlarga shu savol berilganda, cho‘k tushib yig‘lashgan, sim-sim yig‘lashgan, Payg‘ambarga bo‘lgan sog‘inchlarini bosolmay yig‘-lashgan... Ularning holatlarini o‘ylasam, ayni savol mening ham yuragimni o‘rtay boshlaydi. Menga ham shu savol bilan murojaat etishlarini istab qolaman. Payg‘ambar alayhissalomga shunchalar yaqin bo‘lgim keladi.
«Siz Payg‘ambarni ko‘rganmisiz?»
Ko‘rmagan bo‘lsam-da, ko‘rishga bo‘lgan ishtiyoq, yo‘q, deyishga qo‘ymaydi.
Bu savol meni, to‘g‘risi, Olamlar sarvariga yanada yaqinlashtiradi. Yo‘q, u «Siz sahobamisiz?» deganga o‘xshamaydi. Lekin, tushuntirolmayman, u yuragimga juda yaqin savol. Bu yaqinlikni, taqqoslash noo‘rin bo‘lsa-da, bir hayotiy misol bilan anglatmoqchiman.
Birinchi sinfda o‘qir edim. Hech esimdan chiqmaydi, bir kuni rahmatlik otamdan: «Siz Lelinni ko‘rganmisiz?» deb so‘raganman. Kulog‘imizga quyishaverganidan uni yaxshi ko‘rib qolgan va bolaligimga borib, tirik deb o‘ylagan ekanman-da...
Allohga shukrlar bo‘lsinki, uning o‘zi ham, ishi ham uzoq yashamadi. Bugun haqiqat ustidagi pardalar ko‘tarilgan, fikru qarashlarimiz haqiqiy o‘rnini topganday. Ammo bir narsadan xijolatim bor...
Xijolatim, balki armonim shuki, bolalarim hali mendan: «Siz Payg‘ambarni ko‘rganmisiz?» deb so‘ragani yo‘q. Shubhasiz, bunga o‘zim aybdorman.
Lekin umid uzmayman. Ushbu va shu kabi kitoblarni o‘qigan farzandlarimiz ertaga: «Siz Payg‘ambarni ko‘rganmisiz?» deya savol berib qolishsa, ajabmas...
Shu o‘rinda, u zotni hatto tush ko‘rmoq nechog‘lik baxt ekani haqida ikki og‘iz aytib ketmasam, bo‘lmas.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir hadislarida: «Kim meni tushida ko‘rsa, bas, o‘ngida ham (ya’ni qiyomat kunida ham) ko‘radi. Va shayton mening qiyofamda ko‘rina olmaydi», deganlar (Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Alloh taolo bandalariga tush degan ne’matni bermishki, kishi suyuklilari diydorini ko‘rib, sog‘inchini ozgina bo‘lsa-da, tindirib turadi. Endi, sog‘inganingiz, tushingizda ko‘rganingiz Olamlar sarvari bo‘lsa, baxt uzra baxt, nur ustiga nur emasmi ?! Chunki ul zotni tush ko‘rish saodatdan alomat, shafoatdan dalolat. Qiyomatga qadar ko‘p imkoniyatlarni qo‘lga kiritgan shaytoni lain ham Payg‘ambarimizning suratlariga kira olmas ekan! Demak, Payg‘ambarimizni tush ko‘rsak, haqqi-rost u zotni ko‘rgan bo‘lamiz. Ammo bir narsaga e’tibor beraylik, ko‘rganimiz haqiqatda Rasululloh ekanlarini bilishimiz uchun u zotni yaxshi tanib olishimiz kerak. Shayx Munoviy mazkur hadis sharhida: «Rasulullohni sahih naql bilan sobit bo‘lgan suratda tushida ko‘rgan odam u zotni chindan ko‘rgan bo‘ladi. Agar boshqacha suratda ko‘rsa, demak, u zotni ko‘rmabdi», deganlar. Sahih hadislarda Payg‘ambar alayhissalomning shamoillari batafsil chizilgan. O’sha xabarlarda taniganimizdan boshqacharoq bir nuroniy odamni ko‘rib, gumon bilan, bu Rasululloh edi, desak, xato bo‘ladi...
Xullas, mana, aziz o‘quvchi, ozgina mehnat-mashaqqatlarimizdan keyin Alloh taolo ushbu kitobni qo‘lingizga yetkazdi. Hammasi Uzotning irodasi, izni, marhamati bilan bo‘ldi. Kitobda yozilganlar tufayli o‘zingizning, farzand-laringizning Rasulullohni tanishlari zarracha ziyodalashsa, faqat Allohga hamdu sanolar aytamiz. Kamchiliklari bizga tan.
So‘zim so‘ngida yana sarlavhadagi savolga qaytmoqchiman: «Siz Payg‘ambarni ko‘rganmisiz?» Kitob nega bunday atalganini, balki yaxshi tushuntirolmagandirman. Unda, qisqacha qilib aytib qo‘yaman, bu savol «Siz Payg‘ambarni qanchalik taniysiz? U zotga qanchalar yaqinsiz? U zotni qanchalik sevasiz?» degan ma’nodadir.
        Aziz birodar, siz Payg‘ambarni ko‘rganmisiz?
        Muharrir
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 15:18:15
Uzr, yana ikki og‘iz so‘z: Ushbu maqola yozib bo‘lingan edi. Bir birodarimizga mazkur savolni berdim. Taajjublandi, o‘ylanib turdi, so‘ng jilmaydi. Tabassumi yurakdan keldi. «Ajoyib savol», dedi. Nazarimda, birodarim men yuqorida Sizga tu-shuntirmoqchi bo‘lganimdan ham ko‘ra chuqurroq, go‘zalroq tu-shungan edi bu savolni. Shundan keyin ishondimki, Siz ham uni Sizga tavsiflanganidan ko‘ra yaxshiroq tushunasiz, inshaalloh...

Albatta, hamdu sanolar Allohnikidir! Biz U zotni maqgaymiz. U zotdan madad va mag‘firat so‘raymiz. Allohdan nafsimiz va amalimiz yomonliklaridan panoh tilaymiz. Kimni Alloh hidoyat qilsa, uni zalolatga ketkazuvchi yo‘q va kimni zalolatga ketkazsa, uni hidoyat qiluvchi yo‘q. Guvohlik beramanki, yolgaz va sheriksiz Allohdan o‘zga haq ma’bud yo‘q. Yana guvohlik beramanki, albatta, Muhammad sol-lallohu alayhi vasallam Uning quli va rasulidir.
"Ey iymon keltirgan zotlar, Allohga haqqini bajo etib taqvo qiling va faqatgina musulmon holingizda dunyodan o‘ting!" (Oli Imron surasi, 102-oyat.)
"Ey insonlar, sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovidan ko‘plab erkag-u ayollarni tarqatgan Rabbingizdan taqvo qiling! Yana oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi solinadigan Allohdan va qarindosh-urug‘laringiz (bilan aloqalarni uzib qo‘yish)dan taqvo qiling! Albatta, Alloh ustingizda kuzatuvchi bo‘lgai Zotdir". (Niso surasi, 1-oyat.)
~Ey iymon keltirgan zotlar, Allohdan taqvo qiling va to‘g‘ri so‘zni so‘zlayg! (Shunda Alloh) ishlaringizni o‘nglar va gunohlaringizni mag‘firat qilur. Qavm Allohga va Uning Rasuliga itoat etsa, batahqiq, buyuk saodatga erishibdi". (Ahzob surasi, 70 - 71-oyatlar.)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 15:21:16
SIYRAT BOBIDA YANGI USLUB

Alloh taologa U zotning ulug‘ligiga munosib hamdu sanolar bo‘lsin!
Payg‘ambarlarning afzali Muhammad Mustafoga mukammal va tugal salavotu salomlar bo‘lsin!
Asta-sekin, ba’zi qiyinchiliklar bilan bo‘lsa ham, diniy adabiyotimizga qaytishimiz davom etmoqda. Bu qaytishda turli yo‘nalish va uslublar ham ko‘zga tashlanmoqda.
Payg‘ambarimiz alayhissalomning siyrati shariflari (hayot yo‘llari) bo‘yicha bir-ikki kitob ta’lif va yana bir nechtasi tarjima qilindi. Bu borada dastlabki qadamlar bosilmoqda. Hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar anchagina. Ushbu satrlar sohibining "Hadis va Hayot" silsilasiga oid "Olamlarga rahmat Payg‘ambar" deb atalmish juzning yozib bo‘linganiga bir necha yil bo‘lsa ham, navbat kelmagani uchun chop etilmay turgan edi. Alhamdulillah bunga ham navbat keldi.
Xuddi shu jarayonda muhtaram Abdul Azim domla siyrat bobida savol-javob uslubida bir kitobga qo‘l urganlari haqida xabar yetkazib qoldi. Men bu xabardan xursand bo‘ldim. U kishini qo‘ldan kelganicha bu ishga targ‘ib qilib turdim.
Kitob yozishning chet ellarda yo‘lga qo‘yilgan va muvaffaqiyat qozongan bu uslubi bizning diniy adabiyotimizga ham kirib kelayotganidan xursand bo‘ldim. Chunki kishilarga ko‘zlangan ma’lumotlar xilma-xil uslub ila yetkazilganda samarali bo‘lishini tajriba ko‘rsatib turibdi. Payg‘ambarimiz alayhissalomning siyrati shariflariga oid ma’lumotlarni musobaqa tarzida, savol-javob yo‘li bilan mo‘min-musulmonlarga taqdim qilish alohida e’tiborga sazovordir.
Muhtaram muallifimiz Abdul Azim domla o‘z ishlarining borishi jarayoni haqida axborot bera borib, bir kuni poyoniga yetgan asarni oldimga qo‘ydilar. Bundan g‘oyatda xursand bo‘ldim. So‘ng muallif asarni bir ko‘rib chiqib, fikr-mulohazalarimni yozib berishimni iltimos qildilar. Bundan bir oz tashvishga tushdim. Chunki bu ishga odatlanmagan va uni qilmoqchi emas ham edim.
Birovning yozgan asariga boshqa kishilarning ismi turli bahonalar bilan kiritilishi yaxshi emas, degan fikrim o‘zgarmagan. Ba’zi bir muhtaramlar o‘zimdan so‘rab-so‘ramay nomimni kitoblariga bitib qo‘yganlarida ham xijolat, ham xafa bo‘lganimni ta’kidlab qo‘ymoqchiman.
Ammo bu safar rad qila olmadim. Nima uchun ekanini aytish qiyin. Ehtimol, Payg‘ambarimiz alayhissalomning siyrati shariflariga bo‘lgan qiziqishdir. Ehtimol, muallif Abdul Azim domlaning qilgan mehnatlarini taqdirlash istagidir. Nima bo‘lsa ham, ushbu satrlarni ojizona qoralashga jazm qilindi.
Kitob ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qism ma’lumotlar aralash savollardan tashkil topgan. Muallif savol berish jarayonida avval ustalik bilan dastlabki ma’lumotlarni umumiy tarzda aytib o‘tganidan keyin bir necha javoblarni taqdim qiladi.
Bu holat avval siyrati sharifdan xabardor bo‘lgan kishilarni ham o‘ylantirib qo‘yishi turgan gap. Chunki berilgan savolga javoblar shu darajada bir-biriga yaqinki, ularni ajratib olish uchun, albatta, aniq ilmiy ma’lumot kerak.
Agar o‘quvchi siyrat ilmiga endi qadam qo‘yayotgan bo‘lsa ham, yaxshi ma’lumot olishi turgan gap. Chunki savol va uning ehtimoliy javoblari har bir kishini jiddiy va atroflicha o‘ylashga undaydi. O’ylay-o‘ylay, nihoyat, kitobning javob qismidan to‘g‘ri javobni topgan odam uni unutishi qiyin bo‘lib qoladi. Bu holat kitobning qiymatini oshiradi.
Muallif Abdul Azim domla har bir ma’lumotni ipidan ignasigacha erinmasdan so‘rab-surishtirish va izlab topish qobiliyatiga ega shaxs. U kishining bu xislati ta’mini men ham tatib turaman. Abdul Azim domla to‘la qoniqmagunlaricha savollar berishdan to‘xtamaydilar.
Xuddi shu xislat ushbu kitobda ham o‘zini namoyish qilgan. Muallif o‘zlari taqdim qilayotgan ma’lumotlarni erinmay turli tarafdan tekshirib, dalil va hujjatlarni solishtirib bo‘lib keyin taqdim qilganlar.
Muallif o‘z asarini yozishda Payg‘ambarimiz alayhissalomning siyrati shariflariga oid mo‘‘tabar manbalardan foydalanganlar. U kishi bu ishda kitob tanlash qobiliyatlari ham yuqori darajada ekanini namoyish qilganlar desam, mubolag‘a bo‘lmasa kerak.
Muhammad Mustafo alayhissalomning hijratlarigacha bo‘lgan siyratlarini ichiga olgan birinchi kitob bir yuz yetmish ikki savol va bir yuz yetmish ikki ja-vobni o‘z ichiga olgan.
Umid qilamizki, muhtaram muallifimiz Abdul Azim domla yana bir g‘ayrat qilib, Payg‘ambarimiz alayhissalomning hijratlaridan keyingi siyratlarini ham xuddi avvalgi juzga o‘xshatib o‘quvchilariga taqdim qiladilar. Bunda Alloh taoloning O’zi yordamchi bo‘lsin.
                                                                     
Shayx Muhammad Sodih Muhammad Yusuf
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 15:23:13
SIYRAT HAQIDAGI ILMIMIZNI TINIQLASHTIRISH ZARUR

Alhamdu lillahi robbil alamiyn. Vassolatu vassalamu ‘ala ashrafil mursaliyn.
Sayyidimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hazratlarining siyrati shariflarini o‘rganish har bir mo‘min uchun vojibdir. Payg‘ambarimiz alayhissalotu vassalomning hayotlarini, sunnati mutahharalarini o‘rganmasdan turib Islom dinining mohiyati-javharini, Qur’oni karimning ma’nolarini tushunib yetish muhol, ya’ni, mumkin emas. Ayniqsa, Rasululloh alayhissalomning siyratlarini sahih manbalar asosida o‘rganish juda ham ahamiyatli, zarur va dolzarb masala.
Mana shu nuqtai nazardan "Payg‘ambarimiz siyratlaridan savol-javob musobaqasi" kitobi muborak bir ishdir, musulmonlar uchun quvonarli voqeadir. Kitobning eng muhim fazilati o‘ta ishonarli manbalar asosida yozilganidir. Ulamolarimiz, talabalar va keng musulmonlar ommasining barchasi uchun juda foydali kitob deb aytsak, hech mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ko‘p islomiy fatvolarda bo‘lganidek, bugungi kunda ham Payg‘ambarimiz hayotlari haqida asossiz narsalar yozildi. Bunday noxush holatlarning oldini olish uchun ham bu savol-javob uslubida yozilgan kitob o‘ta muhimdir.
Xullas, bu kitob islomiy bilimlarimizni oshirish, tiniqlashtirish uchun o‘ta zarur manbadir.
Anvar qori Tursunov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 15:26:55
MUALLIF MUQADDIMASI

    2005 — 2006 o‘quv yili boshlari edi. Toshkent Islom instituti "Tahfizul Qur’on" bo‘limi mudiri Zufarjon Shosalimovning ish stolida "Mavsu’atul musobaqotil islomiyya" (Islomiy musobaqalar qomusi) degan kitobga ko‘zim tushib qoldi. O’qib chiqish maqsadida uni so‘rab oldim. Kitob savol-javob ko‘rinishida o‘nta fanni o‘z ichiga olgan edi. Kitobning 2002 yildan beri mazkur o‘quv-bilim yurtida talabalarga dars berib kelayotganim "œAs-siyratun nabaviyya" — Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hayotlari tarixiga oid bobini o‘qib chiqib, o‘zbek tiliga tarjima ham qildim. Niyat uni kitob holida chop etish edi. Ammo kitobda keltirilgan tarixiy ma’lumotlarni chuqurroq mulohaza qilib ko‘rsam, u o‘zbek kitobxonlariga bir qancha sabablarga ko‘ra unchalik to‘g‘ri kelmas ekan. Mazkur kitobda savol-javoblar juda qisqa berilgani, javob variantlariga, asosan, taxminiy misollar yozilgani, ma’lumotlarning qiyin va chuqurligi, ularning betartib, makkiy-madaniy davrlar aralash yozilgani kabi sabablar uni o‘quvchiga taqdim etishdan to‘sdi.
O’zimga-o‘zim savol berdim: "Maqsad nima, o‘quvchini qiynab test uslubida imtihon qilishmi? Albatta, yo‘q! Maqsad — o‘quvchining ilm olishi".
Shu sababli tarjimani bir chetga surib qo‘ydim. Lekin undagi savol-javob uslubi menga juda yoqdi va qo‘lingizdagi ushbu kitobni yozishimga turtki bo‘ldi. Zero, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham sahobalar ichida musobaqalar uyushtirganlar. Masalan, zavjai muboraklari Oisha onamiz bilan yugurish musobaqasini o‘tkazganlari tarixdan ma’lum va mashhurdir!
Ushbu musobaqa — savol-javob kitobini yozishda imomlik va mudarrislik davrimda orttirgan ilm va tajribalarimga suyandim, ma’lumotlarni esa, Shayx Safiyyur Rahmon Muborakfuriyning "Siyratu rasulillah - Ar-rahiyqul maxtum" kitobi va boshqa bir qancha ishonchli manbalar asosida qaytadan to‘pladim.
Bu kitobdan ko‘zlangan asosiy maqsad Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam siyratlari haqida ma’lumoti oz o‘quvchilarga ilm berish, ilmlarini tartibga solish, xatolari bo‘lsa, to‘g‘irlash, ba’zi tushunmagan joylariga aniqlik kiritish, ma’lumoti o‘rtacha bo‘lgan o‘quvchilarning bilimini oshirish va yaxshi ma’lumotga ega bo‘lgan birodarlarimizning bilimini noan’anaviy ravishda — savol-javob uslubida sinash hamdir. Toki, har bir musulmon o‘z Payg‘ambarini yaqindan tanisin va u zotga muhabbatini yanada ziyodalashtirsin! Ba’zi salaflar aytgan ekanlar: "Biz bolalarimizga Qur’on suralarini qanday o‘rgatsak, Payg‘ambarimizning siyratlarini ham shunday o‘rgatar edik ".
Kitobni yozish davomida quyidagilarga rioya qilindi:
1) har bir musulmon bilishi lozim bo‘lgan birinchi darajali tarixiy ma’lumotlar ishlatildi;
2) o‘quvchiga tushunarliroq bo‘lsin deb, savol berishda voqea-hodisalar ham qisqacha bayon qilindi;
3) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Madina hijratigacha bo‘lgan siyratlari xronologiya uslubida — davriy tartib bilan yozildi;
4) savol ostidagi javob variantlariga ko‘proq tarix kitoblarida bayon qilingan turli xil ma’lumotlar to‘planib, javob sifatida mo‘‘tabar manbalar asosida va muhaqqiq olimlarning tahqiqlari yordamida kuchli deb topilgan ma’lumot qabul qilindi;
5) javoblar ostidagi izohlarda o‘quvchilarga ilm bo‘lsin uchun qo‘shimcha ma’lumotlar ham bayon qilindi;
6) ba’zi ilmiy masalalar haqida kengroq ma’lumot olish istagida bo‘lgan muhtaram o‘quvchilarimizga tegishli manbalarning nomlari ham ilova qilib o‘tildi;
7) xohlagan o‘quvchilar yodlab olishlari uchun oyatlarning arabiy matnlari ham keltirildi;
8 ) faqat sahih hadislar va hadislarning roviylari, ularning sanadlarini yozishga harakat qilindi;
9) kitobning jonli-hayotiy va ommabop bo‘lishi ham doim e’tiborda turdi.
Kitob yozilib bitgach, ilm dargohimiz ustozlaridan Muhammad Ayyub Homidov, Zufarjon Shosalimov, Mansur Ali Arabboev, Abdurahmon G’ofurov, Muhammadxon Ubaydullaev va boshqa bir qancha uztozlarga taqdim qildik va ul muhtaram zotlarning fikr-mulohazalarini oldik, so‘ngra shu asosda qayta ko‘rib ham chiqdik. Oramizda chiroyli bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi. Bahs-munozara jarayonida nimaga qaror qilsak, o‘sha qabul qilindi. Ta’bir joiz bo‘lsa, kitobni ilmiy ish kabi himoya qilib oldik.
Krlaversa, muhtaram o‘quvchilarimiz tomonidan ham xolisona fikr-mulohazalar bildirilsa, qabul qilamiz. Chunki, bu ish shaxsiy manfaat uchun emas, balki shar’iy manfaat uchundir!
Alloh subhonahu va taolo ushbu ojizona amalimizni O’zi uchun xolis bo‘lishini nasib etsin. Chunki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Albatta, Alloh azza va jalla (mo‘minning solih) amalidan faqat O’zi uchun xolis bo‘lganini va Uning Yuzigina ko‘zlanganini qabul qiladi", deya marhamat qilganlar.
( Nasoiy rivoyati, isnodi hasan.)
Va lillahil hamdu val minnah. Assalamu alaykum va rohmatulloh!
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 15:55:18
Ma’lumot
("Ar-rahiyqul maxtum" kitobi muqaddimasidan.)

Hijriy 1396 yil rabi’ul avval oyi (milodiy 1976 yil) Pokistonda butun Islom olami bo‘yicha "Siyrati nabaviyya" musobaqasiga bag‘ishlangan "Birinchi Islom Konferensiyasi" o‘tkazildi. Musobaqa shartlariga ko‘ra, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlari (hayotlari tarixi) yozilgan kitoblardagi ma’lumotlar ishonchli, asosli bo‘lishi bilan birga, tarixiy voqealar sodir bo‘lish sanalariga muvofiq tartib bilan to‘la yig‘ilishi kerak. Makkai mukarramadagi Islom olami Robitasi (uyushmasi, ligasi) ushbu Konferensiyada musobaqa g‘oliblarining ilk beshtasini 150.000 Saudiya riyoli (40.000 $) pul mukofotlari bilan taqdirlashini e’lon qildi. "Siyrati nabaviyya" borasida mutaxassis sanaluvchi katta ulamolardan tashkil topgan hay’at musobaqaga topshirilgan arab, urdu, ingliz va frantsuz tillaridagi jami 171 ta kitobni xolis o‘qib-o‘rganib, tekshirib chiqib, g‘oliblarni aniqladi.
Natijada, hijriy 1398 yil sha’bon oyida (1978 yili) Karachi shahrida o‘tkazilgan "Birinchi Osiyo Islom Konferensiyasi"da g‘oliblar quyidagi tartibda e’lon qilindi:
Birinchi o‘rin - Shayx Safiyyur Rahmon Muborakfuriy. Hindiston. «Siyratu Rasulillah -Ar-rahiyqul maxtum» (ma’nosi — Muhrlangan, nihoyatda pok-toza ichimlik. Mutaffifun surasi, 25-oyatiga qarang.) kitobi. Mukofoti — 50000 riyol.
Ikkinchi o‘rin — Doktor Majid Alixon. Hindiston. Mukofoti - 40000 riyol.
Uchinchi o‘rin — Doktor Nasiyr Ahmad Nosir. Pokiston. Mukofoti — 30000 riyol
To‘rtinchi o‘rin — Homid Mahmud Muhammad Mansur. Misr. Mukofoti — 20000 riyol
Beshinchi o‘rin — Abdu Salom Hoshim Hofiz. Saudiya Arabistoni - Madinai munavvara. Mukofoti - 10000 riyol.
Islom Olami Robitasining Bosh kotibiyati mazkur g‘oliblarning kitoblarini bir necha tillarda nashr etishni o‘z zimmasiga oldi.
Suriya Arab Jumhuriyati Bosh muftiyi Doktor Ahmad Kaftaru rahmatullohi alayh mazkur kitob haqida shunday deydi: "Men fazilatli Shayx Safiyyur Rahmon Muborakfuriyning "Ar-rahiyqul maxtum" nomli qimmatbaho kitobini o‘qib chiqdim va hozirgi asrimizdagi "Siyrat" kitoblari ichida eng yaxshilaridan biri ekaniga guvoh bo‘ldim. Chunki, muallif ishonchli tarixiy ma’lumotlar bilan birga voqea-hodisalarning diqqat-e’tiborli tahlilini jamlagan. Bu kitobga zamonamizdagi barcha din xodimlarining ehtiyojlari juda kattadir..."
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 15:57:47
G’arblik xolis mutafakkirlarning Payg‘ambarimiz haqlaridagi tavsiflari

Bugungi kunimizda butun olam Muhammad alayhissalomning zotlariga, sifatlariga va ta’limotlariga qanchalik muhtoj ekanini o‘tgan asrning buyuk aql egalaridan biri, zabardast ingliz mutafakkiri va yozuvchisi Bernard Shou o‘zining: "Agar Muhammad payg‘ambar tirik bo‘lganida, zamonamiz muammolarini bir piyola choy ustida hal qilgan bo‘lar edi", degan so‘zlari bilan ifodalagan edi. Agar buyuk yozuvchining bu so‘zlari Bernard Shouga o‘xshash g‘arbliklar uchun shonu sharaf bo‘ladigan bo‘lsa, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ummatlikni da’vo qilib turib, u kishiga ergashmay yurgan sharqliklar uchun oru nomusdir. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Zikr ahlidan so‘rang", 3-son, 59-bet.)
Insoniyat tarixida Muhammad alayhissalomchalik qavmi tarafidan sevilgan va hurmatlangan inson o‘tmagan. Tarix kitoblarida bayon qilinadiki, Urva ismli mushrik Quraysh kofirlariga shunday hikoya qilgan ekan: "Men juda ko‘p hukmdorlarni ko‘rganman. Sezarning, Kisroning saroylarida bo‘lganman. Lekin qasam ichishim mumkinki, ashoblari Muhammadni hurmat qilganlari kabi hurmat-ehtirom kilingan hukmdorni ko‘rmadim. Allohga qasamki, agar u bir narsa buyursa, ular darhol uni bajarishga tashlanishadi, tahorat olsa, undan tushayotgan suvni talashib-tortishib olishga oshiqishadi, gapirsa, sukut qilib qotib qolishadi, shu darajadaki, hatto uning ko‘zlariga tik karashga botina olishmaydi". (Hidoyat", 2002 yil, 9-son, 10-bet.)
Payg‘ambarimizni G’arbning insofli kishilari ham ulug‘lashgan. Buyuk olmon shoiri Volfgang Gyote bunday deb yozgan: "Men dunyo tarixini o‘qib shunday xulosaga keldim: dunyo podshohlari to‘plagan jami saltanatu boylik, qasr-laru saroylar Muhammad alayhissalomning yamoq yaktaklariga ham arzimas ekan... Biz Ovrupa millatlari madaniy imkonimiz yuqori bo‘lishiga qaramay, Muhammad (alayhissalom) so‘nggi pog‘onasiga qadar chiqa olgan zinaning birinchi pillapoyasidamiz, xolos. Hech shubha yo‘qki, biron kimsa u zotdan yuqoriroqqa o‘ta olmaydi".
Bernard Shou: "Agar Muhammad (alayhissalom)dek bir odam hozirgi dunyoni boshqarganida edi, bu dunyoning mushkulotlarini hal qilishga muvaffaq bo‘lar edi, bu esa, o‘z navbatida, hozirgi dunyoga yetishmayotgan xotirjamlik va baxtni olib kelgan bo‘lardi", degan edi. ("Hidoyat", 2001 yil, 6-son, 14-bet.)
Tomas Karlayl tan olib aytishicha, Muhammad (alayhis-salom) shunday tuban xalq (arablar)ni "yorug‘lik va ilm tashuvchilar" darajasiga yuksaltirdi: "Arab xalqi uchun bu zulmatdan nurga chiqish edi. Bu bilan arablar ilk marotaba boshqalar nazarida jonlandilar. Dunyoning yaratilishidan buyon ko‘zga tashlanmay, o‘z sahrolarida izg‘ib yurgan qashshoq podachi xalq! Qarang, ko‘zga tashlanmagan xalq bugun dunyoga ko‘z-ko‘z bo‘ldi, kichik edi, olamiy ulug‘likka erishdi. Bor-yo‘g‘i yuz yil ichida arablar g‘arbda Granadagacha, sharqda Dehligacha yetishdi, jasorat va ulug‘vorlik nuri ila Arabiston olam kengliklarini yoritmoqda". ("Hidoyat", 2001 yil, 5-son, 10 - 11-betlar.)
Ingliz olimi Jon Davenport mana bu fikrlarni yozib qoldirgan: "Mashhur payg‘ambarlar va fotihlar orasida hayoti Muhammad (alayhissalom)ning tarixidek eng ko‘p va barcha nuqtalarigacha batafsil o‘rganilgan tarixiy shaxs yo‘q".
Atoqli faylasuf Shebol bunday deydi: "Muhammad (alayhissalom)ning odam bolasi bo‘lgani butun insoniyatga katta faxrdir. Chunki, u zot ummiy (o‘qish-yozishni bilmagan) bo‘lsa-da, o‘n to‘rt asr avval shunday qonun va asoslarni keltirdiki, biz ovrupaliklar ikki ming sanadan keyin ularning qiymati va haqiqatini anglab yetsak, eng baxtli, eng saodatli nasllar bo‘lamiz".
Frantsiyaning taniqli olimlaridan Lamartinning mana bunday so‘zlari bor: "Agar kishining buyukligi uning qilgan ishlariga, qozongan zafarlariga, imkoniyati oz bo‘lsa-da, ko‘p ish qilganiga qarab baholanadigan bo‘lsa, Muhammad (alayhissalom) insonlarning eng buyugidir. U kishi ham payg‘ambar, ham notiq, ham da’vatchi, siyosatchi, jangchi, qalblar himoyachisi, g‘oyalar targ‘ibotchisi, imom (ya’ni, rahbar), davlat arbobi, yer yuzining yigirmata mintaqasida islomiy saltanat qura olgan... Muhammad (alayh-issalom) ana shunday zot edi! Unga hech qaysi buyuk inson tenglasha olmaydi! Nahotki, u o‘lchovlarga sig‘sa?!"
Frantsiyaning mashhur arbobi va sarkardasi Napoleon Bonapart u zotga bunday baho beradi: "Alloh taoloning birligi va borligini Muso (alayhissalom) millatiga, Iyso (alayhissalom) ummatiga, Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) esa butun insoniyatga bildirdi".
Amerikalik tarixchi olim Mishel Hart bunday deydi: "Dunyodagi ta’siri eng kuchli shaxslar ro‘yxatining boshiga Muhammad (alayhissalom)ni yozib qo‘ysam, ehtimol, ayrim muxlislarim taajjubga tushishar? Boshqalar, ehtimol, buni o‘zgacha tushunishar? Nima bo‘lganida ham, u zot dunyoviy va diniy sohalardagi samarali ishlari bilan tarix sahnasidagi ana shu mo‘‘tabar maqomga munosibdir".
Oksford dorilfununi professori Vilyam Montgomeri: "Muhammad (alayhissalom)ning zafar-yutuqlari uning buyukligiga dalildir. Bunday maqom-martabaga erishgan boshqa shaxs G’arbda ma’lum emas. U zotni sehrgarlikda ayblash o‘z maqsadiga erisholmay, noiloj qolgan odamning chiranishidir". ("Hidoyat", 2006 yil, 3-son, 6 — 7-betlar.)
1974 yil 15 iyulgi "Taym" haftalik jurnalida har turli tarixchilar, yozuvchilar, harbiylar, tijoratchi-biznesmenlar va boshqa kasb vakillarining "Tarixning buyuk dohiylari" mavzuidagi muhokama maqolalari o‘rin olgan. Ba’zilar shunday shaxs deb Gitlerni, boshqalar Gandini, Buddani, Linkolnni va hokazolarni hisoblashgan. Shu bilan birga, amerikalik psixoanalitik, Chikago universitetining professori, yahudiy millatiga mansub Jyul Masserman masalaga aniq mezon-o‘lchovlar bilan yondashishni taklif etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sardorlar uchta vazifani bajarishlari kerak:
1) o‘zlari boshqargan xalqni tinch va farovon hayot bilan ta’minlagan bo‘lishi;
2) odamlar o‘zini xavf-xatarsiz, xotirjam sezadigan jamiyat qurgan bo‘lishi;
3) odamlarga iymon (ishonch) va e’tiqod yo‘lini taqdim qilishi.
Jyul Masserman mazkur uch mezon asosida tarixni o‘rganib chiqadi, Gitler, Paster, Sezar, Muso (alayhissalom), Konfutsiy va boshqa ko‘plarning baholarini belgiladi va oxir-oqibat quyidagi xulosaga keldi:
"Paster va Salk kabi dohiylar birinchi mezonga javob beradi. Gandi va Konfutsiy kabilar bir tomondan, Aleksandr Makedonskiy, Sezar va Gitlerlar esa, boshqa tomondan ikkinchi yoki uchinchi talablarni qondiradi.
Iyso (alayhissalom) bilan Budda esa, faqat uchinchi toifaga mansubdirlar.
Barcha zamonlarning eng buyuk dohiy-yo‘lboshchisi Muhammad (alayhissalom) bo‘lsa kerak, chunki u uchala mezon bo‘yicha ham barcha talablarga javob beradi.
Muso (alayhissalom) bu borada Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)dan bir qancha past darajada qolgan" (Ahmad Diydot, "Chto Bibliya govorit o Muxammade", 20 - 21-betlar.)
Ulamolar kishi qalbida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sevgisi bor-yo‘qligining belgisi sifatida quyidagi o‘lchovni qo‘llashgan:
1) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ziyoratlari muyassar bo‘lganida uni boy berish dunyodagi bor narsani boy berishdan og‘ir bo‘lishi;
2) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam amrlariga itoat etib, man qilgan narsalaridan saqlanish;
3) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga amal qilish va shariatlarini himoya qilish ("Hidoyat", 2005 yil, 2-son, 13-bet).
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning siy-ratlari — muborak hayotlari, u zot tavallud topganlari-dan boshlab, to Rabbilariga muloqot bo‘lgunlaricha tarjimai hollari ham "Sunnat" turkumiga kiradi. "Sunnat" so‘zi muhaddislar istilohida quyidagicha ta’rif qilinadi: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan asar bo‘lib qolgan gap, ish, taqrir, xalqiy (tana tuzilishi), axloqiy sifatlar va tarjimai holga tegishli ma’lumotlar "Sunnat" deyiladi". (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Iymon" kitobi, 334 — 336-betlar.)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 15:59:15
Siyratga kirish

Makka davrida mushriklarning musulmonlarga ko‘rsatgan munosabatlari besh bosqichdan iborat bo‘lgan:
1) istehzo - masxara davri (1—3-yillar orasi).
Bu davr payg‘ambarlikning ilk uch yili — da’vatning yashirincha qilingan paytiga to‘g‘ri keladi. Dastlab mushriklar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning payg‘ambarliklariga beparvolik bilan qarab, u zotga ham, boshqa musulmonlarga ham istehzo bilan qarashar, ularni mazah ham qilishar edi;15 (Mutoffifun surasi, 29 — 32-oyatlariga qarang.)
2) harakat davri (4—5-yillar orasi).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Quraysh mushriklarini Islomga oshkora da’vat eta boshlaganlarida, mushriklar u zotning amakilari va homiylari, ayni paytda, hoshimiylarning boshlig‘i bo‘lgan Abu Tolibga bir necha bor jiyani ustidan shikoyat etishdi, da’vosidan voz kechishini so‘rashdi, hatto Payg‘ambarimizning o‘zlariga ham murojaat qilishdi;
3) iskanja davri (5-6-yillar orasi). Mushriklar Abu Tolibga ham, Payg‘ambar alayhissalomga ham murojaat qilishning foydasi yo‘qligini tushunishdi va Islom diniga kirayotganlarni to‘xtatishga, ularga azob berishga, musulmonlikning rivojlanishiga qattiq to‘sqinlik qilishga kirishishdi;
4) mahrumiyat davri (7-10-yillar orasi).
Quraysh mushriklari musulmonlarni Abu Tolib mahallasida uch yil qamal qilib, har qanday iqtisodiy va madaniy munosabatlardan uzib qo‘yishdi. Mushriklarning bu muhosaradan ko‘zlagan maqsadlari musulmonlarni, Payg‘ambar alayhissalomni o‘zlariga taslim ettirgunga qadar och qoldirish va u zotni o‘ldirishga qulay fursat topish edi: Musulmonlar uchun juda og‘ir bo‘lgan bu davrga Islom tarixchilari "qoti’ai rahm" (qarindoshlik aloqalarining uzilishi) nomini berishgan;
5) shiddatli siyosat davri (10 - 13-yillar).
Oxirida bu siyosat keskinlashib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va barcha musulmonlarning Makkadan chiqarib yuborilishlarigacha yetib bordi.
Makka mushriklarining Islomga qarshi turishiga bir necha sabablar bor:
1) diniy sabab.
Butparastlik-ko‘pxudolik arablarning qon-qoniga singib ketgan edi;
2) axloqiy sabab.
Harom tijorat, qaroqchilik, yulg‘ichlik, sudxo‘rlik, poraxo‘rlik yo‘li bilan boyib, pullarini o‘yin-kulgu, aysh-ishrat va kayf-safoga sarflar, hamda: "Butlarimizga qurbonlik qilsak, barcha gunohlarimiz yuviladi", deb e’tiqod qilishar edi;
3) ijtimoiy sabab.
Islom dini insonlarni haqiqiy tenglikka chaqirib, ustunlik faqat taqvo (Allohning buyruqlarini bajarib, qaytarganlaridan qaytib, U zotning azobidan saqlanish) va qalb sofligida ekanini e’lon qilgan edi. Shu sababdan kiborlar (kattakonlar) Islom diniga yaqinlasha olmasdilar;
4) siyosiy sabab.
Ichki siyosat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mansub bo‘lgan hoshimiylar bilan Qurayshning boshqa urug‘lari orasida bir-birini ko‘rolmaslik bor edi. Qurashiylarni Payg‘ambarimizga qarshi qo‘yganlar asosan Umayya bilan Maxzum urug‘lari bo‘lib, Uqba ibn Abu Mu’ayt umaviylardan, Valid ibn Mug‘iyra va uning jiyani Abu Jahllar maxzumiylardan edi. Hatto Abu Jahl bir marta: "Biz bilan hoshimiylar o‘rtasida azaldan qolgan raqobat bor. Endi esa hoshimiylar payg‘ambarlik da’vosi bilan chiqishmoqda. Biz ularning payg‘ambarlariga ishonmaymiz", degan edi.
Tashqi siyosat: Ka’badagi butlarning har biri bir qabilaga tegishli edi. Qurashiylar Islomni qabul qilishsa, Ka’bani butlardan tozalashga to‘g‘ri kelardi. U holda boshqa qabilalar orasidagi e’tiborlarini himoya qila olish-mas, aksincha, o‘zlariga boshqa hamma qabilalarning dushman bo‘lib qolishiga sababchi bo‘lishar edi. Ular Arabistonda baland mavqelarining davom etishini faqat eski dinlarining yashashi bilangina bog‘liq deb bilardilar;
5) iqtisodiy sabab.
Ka’ba ichi va atrofidagi o‘z butlarini kamida bir yilda bir marta ziyorat qilish bahonasida uch yuz oltmishta arab qabilasi Makkaga tijorat karvoni bilan kelib ketardi. Hatto, bir marta Makka hokimi Abu Sufyon: "Bizning xudolarimiz ham ibodat uchun, ham tijorat uchun", degan edi. (Zakoi Ko‘nrapa, "Payg‘ambarimiz va asharai mubashshara", 1-kitob.)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:00:22
SAVOLLAR

To‘g‘ri javobni tanlang!

1. Payg‘ambarimiz alayhissalomning ismlari bir nechta bo‘lib, birinchisi va eng mashhuri Muhammaddir. Savol: "Muhammad"ning ma’nosi nima?
— maqtalgan;
— to‘xtovsiz maqtaladigan;
— madh etilgan;
— maqtovga loyiq.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:02:49
2. Alloh taolo Qur’oni karimda:
"Albatta, Alloh ham, Uning farishtalari ham Payg‘ambar (Muhammad alayhissalom)ga salavot ayturlar. Ey iymon keltirgan zotlar, sizlar ham u (Payg‘ambar)ga salavot va salom aytinglar!" - degan (Ahzob surasi, 56-oyat).
Ushbu oyati karima Payg‘ambarimizning qadr-qimmatlari Alloh taoloning huzurida qanchalar ulug‘ ekanini ko‘rsatmoqda. Payg‘ambarimizga salom aytishning ma’nosi ma’lum. Xo‘sh, Alloh taoloning Payg‘ambarimizga salavot aytishining ma’nosi nima?
— "Alloh O’z Payg‘ambarini ulug‘lasin";
— "Alloh O’z Payg‘ambariga rahmatini yuborsin";
— "Alloh O’z Payg‘ambarini farishtalari huzurida maqtasin".
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:05:20
3. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ismlari Qur’onda necha marta zikr qilingan?
— 4 marta;
— Z marta;
— 25 marta;
— 13 marta.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:06:01
4. Qur’on suralari ikki qismga bo‘linadi: Payg‘ambar alayhissalomning hijratlaridan avval tushgan suralar "Makkiy suralar" deyiladi. U zot Madinaga hijrat qilganlaridan keyin tushgan suralar esa, "Madaniy suralar" deyiladi. Savol: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ismlari qaysi suralarda zikr qilingan?
— makkiy suralarda;
— madaniy suralarda;
— ham makkiy, ham madaniy suralarda.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:06:48
5. Muhaddislar, tarix, siyrat va nasab ulamolari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Adnon ismli bobosigacha bo‘lgan shajara (genealogiya, nasl-nasab silsilasi)ning sahih-ishonchli, to‘g‘riligiga ijmo’ (ittifoq) qilishgan. "Mutavotir" darajasiga yetgan bu shajaradan Payg‘ambarimizning nechta ota-bobosi joy olgan?
— 19 ta;
— 20 ta;
— 21 ta.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:10:37
6. Adnon Ibrohim alayhissalom o‘g‘li Ismoil alayhissalomning avlodi ekanida musulmon ulamolari bilan ahli kitoblar (yahudiy va nasroniylar) o‘rtasida ixtilof yo‘q. Faqat Adnondan Ismoil alayhissalomgacha bo‘lgan avlodlarning sonlari va ismlari xususida ba’zi ixtiloflar bor, xolos. Ismoil alayhissalom taxminan miloddan ikki ming yil ilgari yashaganlar. Savol: Muhaqqiq olimlarning tadqiqlariga ko‘ra, Adnon bilan Ismoil alayhissalom o‘rtasida nechta avlod o‘tgan?
— 8 ta;
— 9 ta;
— 39 ta.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:12:09
7. Payg‘ambarimizning ota-bobolaridan dastlabki beshtasini tartib bilan sanab bering.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:13:06
8. Yaman hukmdori Abraha Makkaga Ka’bani buzish uchun oltmish ming kishilik qo‘shin bilan keladi.
Qo‘shin ichida 9 yoki 13 ta fil bo‘lgan. U fillar orasidan "Mahmud" ismli baquvvat, haybatli bir jangchi filni o‘zi uchun tanlab olgan edi. Xo‘sh, bu voqea qachon sodir bo‘lgan?
— Payg‘ambarimiz tug‘shshshlaridan 50-55 kun oldin;
— Payg‘ambarimiz tug‘ilayotgan vaqtda;
— Payg‘ambarimiz tug‘ilganlaridan 50-55 kun keyin.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:13:40
9. Ulamolar Rasululloh sollallohu alayxi vasallamning amakilarini nechta deb ittifoq qilishgan?
— 9 ta (Horis, Zubayr, Abu Tolib, Hamza, Abu Lahab, G’aydoq, Miqvam, Safor va Abbos);
¬— 10 ta (... va Qusam);
— 12 ta (... Abdulka’ba va Hajal).

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:14:08
10. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ammalari nechta bo‘lgan?
— 4 ta (Ummu Hakim Bayzo, Barra, Otika va Safiyya);
— 5 ta (... va Arvo);
— 6 ta (... va Umayma).

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:15:16
11. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning otalari Abdulloh o‘g‘il farzandlar ichida nechanchisi bo‘lgan?
— birinchisi;
— to‘rtinchisi;
— eng kenjasi.


12. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning otalari Abdullohning makkalik bo‘lganlarini bilamiz. Biroq onalari Omina qaerlik bo‘lganlar?
— makkalik;
— yasrib (madina)lik;
— toiflik.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:17:13
13. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam otalaridan qachon yetim qolganlar? Tarix kitoblarida bir necha xil ma’lumotlar yozilgan, ammo ularning qaysi biri to‘g‘ri?
— tug‘ilmaslaridan oldin, ona qornida homila ekanliklarida;
— tug‘ilganlaridan keyin, 28 kunliklarida;
— 2 oyliklarida;
— 7 oyliklarida;
— 1 yoshlik paytlarida;
— 2 yoshlik paytlarida.



14. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon tug‘ilganlar?
— Fil yilida;
— fil yilidan qirq sana keyin;
— Fil yilidan ellik sana keyin.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:18:16
15. Milodning oltinchi asrida olam jaholat botqog‘ida yotgan bir holda arab sahrosida Muhammad alayhissalom dunyoga keldilar. U zotning muborak tavalludlari milodiy nechanchi yilga to‘g‘ri keladi?
— 569-yilga;
— 570-yilga;
— 571-yilga;
— 577-yilga.



16. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haftaning qaysi kunida tug‘ilganlar?
— juma kuni;
— yakshanba kuni;
— dushanba kuni.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:19:50
17. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaysi oyda tug‘ilganlar?
— rabi’ul avval oyida;
— jumodul avval oyida;
— ramazon oyida.



18. Rasululloh sollallohu alayxi vasallam qaysi faslda tug‘ilganlar?
— bahorda;
— yozda;
— kuzda.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:23:20
19. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oyning nechanchi qunida tug‘ilganlar. Quyidagi ma’lumotlar ichida qaysi biri ilmiy hisobga yaqinroq?
— ikkinchi, uchinchi yoki o‘ninchi kuni;
— sakkizinchi, to‘qqizinchi yoki o‘n ikkinchi kuni.



20. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkada Bani Hoshim mahallasida tug‘ilganlar. Ammo kimning uyida?
— otalaridan qolgan uyda;
— Abu Tolibning uyida;
— Abdulmuttalibning uyida.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:25:20
21. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tug‘ilayotganlarida kimlar doyalik qilishgan?
— Iso payg‘ambarning onasi Maryam;
— Fir’avnning xotini Osiya;
— Jannatdagi hur qizlar;
— Abdurahmon ibn Avfning onasi Shifo.



22. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning aka-ukalari va opa-singillari ham bo‘lganmi?
— aka-ukalari bo‘lgan;
— opa-singillari bo‘lgan;
— yolg‘iz farzand bo‘lganlar.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:27:13
23. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga "Muhammad" deb kim ism qo‘ygan?
— onalari Omina;
— otalari Abdulloh;
— bobolari Abdulmuttalib.



24. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni birinchi bo‘lib kim emizgan?
— onalari Omina;
— Suvayba;
— Halimai Sa’diyya.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:28:06
25. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga kim enagalik qilgan? (Enaga deb, yosh bolani parvarish etuvchi ayolga aytiladi.)
— Suvayba;
— Ummu Ayman;
— Abdurahmon ibn Avfning onasi Shifo.



26. Halimay Sa’diyya Payg‘ambarimizni necha yil emizadi?
— 2 yil;
— 3 yil;
— 4 yil.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:30:27
27. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xatna masalasida uch xil ma’lumot bor. Quyidagi ma’lumotlar ichida qaysi biri kuchli va asosli?
— xatna qilingan holda tug‘ilganlar;
— bobolari Abdulmuttalib xatna qilgan;
—Jabroil alayhissalom "Shaqqi Sadr"voqeasida xatna qilgan.



28. O’sha vaqtda arablarning odati bo‘yicha yangi tug‘ilgan chaqaloq Makka tashqarisidagi havosi salqin, suvi toza qishloqlarga jo‘natilar, sahrolik ayollarga emiztirilar edi. Ularning fikricha, sahroning havosi ham, odamlarining axloqi ham shaharnikidan yaxshi bo‘lgani uchun sahrolik ayollarni emib o‘sgan bolalar sog‘-salomat, o‘tkir zehnli bo‘lib o‘sadi. Mana shu urfga binoan Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom ham havosi salqin, suvi toza, odamlari sof arab tilida gaplashadigan, insofli va obro‘-e’tiborli Sa’d ibn Bakr qabilasiga yuboriladilar.
Savol: Payg‘ambarimiz Toifning orqa tomonidagi Sa’d ibn Bakr qabilasi joylashgan so‘lim qishloqda, Halima Abu Zuayb qizining uylarida necha yoshlarigacha yashaydilar?
— 2-3 yoshlar orasida;
— 3-4 yoshlar orasida;
— 4-5 yoshlar orasida.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:32:07
29. Mashhur "Shaqqi sadr" (ko‘krak yorilishi) voqeasida Alloh taolo farishtalari orqaly Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qalb-yuraklaridan shayton nasibasi bo‘lgan "nafsi ammora" (yomonlikka undovchi nafs)ni olib tashlaydi. O’sha farishtalar nechta bo‘lgan?
— 1 ta;
— 2 ta;
— Z ta.



30. "Shaqqi sadr" voqeasi Payg‘ambarimizning hayotlarida necha marta sodir bo‘lgan?
— 1 marta;
— 2 marta;
— 3 marta;
— 4 marta.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:35:19
31. Muhammad alayhissalom Bani Sa’d qabilasidan qaytib kelgach, mehribon onalari Ominaning tarbiyasida bo‘ladilar. Savol: Payg‘ambarimiz necha yoshga to‘lganlarida mushtipar onalari olamdan o‘tadi?
— 5 yoshga;
— 6 yoshga;
— 7 yoshga to‘lganlarida.



32. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam onalarining qabrini ziyorat qildilar. Shunda yig‘ladilar, atrofidagilarni ham yig‘latdilar. Keyin: "Robbimdan onamga istig‘for aytishga izn so‘radim, izn berilmadi. Uning qabrini ziyorat qilishga izn so‘radim. Izn berildi. Bas, qabrlarni ziyorat qilinglar. Chunki u, albatta, oxiratni eslatadi", dedilar". (Muslim, Abu Dovud va Nasoiylar rivoyati.)
Savol: Jumhur (ko‘pchilik) ahli sunna va jamoa ulamolarining e’tiqodiga ko‘ra, Payg‘ambarimizning onalari Omina quyidagi qaysi toifaga kiradi?
— musulmon;
— kofir;
— ahli fatrat (ya’ni, ikki payg‘ambar davri oralig‘ida o‘lgan va Islom da’vati yetmagan kishilar).

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:38:06
33. Mehribon onalari Ominaning vafotidan keyin bobolari Abdulmuttalib u kishini Yasrib (Madina)dan Makkaga olib keladi va o‘z qo‘lida tarbiyalaydi. Nabirasiga o‘ta mehribon bobolari olamdan o‘tganida Payg‘ambarimiz necha yoshda bo‘lganlar?
— 6 yoshda;
— 8 yoshda;
— 10 yoshda.



34. Abdulmuttalib vafotidan oldin nabirasi Muhammad alayhissalomni rahmdil o‘g‘li Abu Tolibga topshiradi, Payg‘ambarimiz amakisi Abu Tolib boshchiligida tijorat karvoni bilan Shom mamlakati (hozirda Suriya, Iordaniya, Livan va Falastin davlatlari joylashgan yerlar), Busro shahriga boradilar. Shunda nasroniy rohib Bahiyro Muhammad alayhissalomdagi payg‘ambarlik alomatlarini ko‘rib, Abu Tolibga xabar beradi. O’sha paytda Payg‘ambarimiz necha yoshda edilar?
— 9 yoshda;
— 10 yoshda;
— 12 yoshda;
— 13 yoshda.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:40:24
35. Payg‘ambarimiz necha yoshlarigacha amakilari Abu Tolibning qaramog‘ida bo‘lganlar?
—12 yoshlarigacha;
—17 yoshlarigacha;
— 25 yoshlarigacha.



36. Payg‘ambarimiz necha yoshlarigacha Abu Tolibning himoyasida bo‘ladilar?
— 25 yoshlarigacha;
— 40 yoshlarigacha;
— 50 yoshlarigacha.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:42:47
37. Islomdan avval - johiliyat davrida Kinona va Quraysh qabilalari bilan Qays qabilasi o‘rtasida qirg‘in-barot urush bo‘lib o‘tadi. Bu urushga tarixda "Fijor jangi" (ya’ni, muqaddas oy va muqaddas joylarni oyoqosti qilish jangi) deb, nom berilgan. Bu urush sodir bo‘lganida Payg‘ambarimiz necha yoshda edilar?
— 12 yoki 14 yoshda;
— 15 yoki 20 yoshda.



38. "Fijor urushi" tugaganidan keyin zulqa’da oyida Quraysh rahbarlari Makka ichida biror kishiga zulm o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik va nohaklikka uchragan mazlumlarga yordam qo‘lini cho‘zish uchun Abdulloh ibn Jud’onning uyida shartnoma tuzib, qasamyod qabul qilishadi. Bu insonparvarlik va adolatparvarlik ittifoqiga Muhammad alayhissalom ham qatnashadilar. Mazkur shartnoma nima deb nomlanadi?
— Hilful axyor (yaxshilar shartnomasi);
— Hilful fuzul (fazilatli kishilar shartnomasi);
— Hilful abror (olijanob kishilar shartnomasi).

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:50:39
39. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam necha yoshlarida Makkaning katta tijoratchilaridan bo‘lmish Xadicha binti Xuvaylidning taklifi bilan uning savdo karvonini Shomga olib boradilar?
— 17 yoshlarida;
— 21 yoshlarida;
— 25 yoshlarida.



40. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Shomga borganlarida, Xadicha roziyallohu anho u kishiga yordamchi bo‘lsin deb Maysarani karvonga qo‘shib yuboradilar.
Savol: Maysara kim bo‘lgan?
— erkak;
— ayol;
— u haqda ma’lumot yo‘q.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:52:18
41. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Shom safaridan qaytib kelganlaridan keyin ikki oy o‘tib, qavmi ichida nasab, sharaf, boylik jihatidan eng afzali bo‘lgan, johiliyat davrida ham "afifa (iffatli), tohira" (pokiza) deya sifatlangan, hatto, Alloh taolo Jabroil alayhissalom orqali salom yo‘llagan aqlli, ziyrak, fahm-farosatli va husnli (Makka zodagonlari yetisha olmagan) Xadicha roziyallohu anhoga uylanganlarida, onamizning yoshlari nechada edi?
— 28 yoshda;
— 35 yoshda;
— 40 yoshda.



42. Payg‘ambarimiz Xadicha roziyallohu anhoga uylanganlarida mahriga nima berganlar?
— 500 dirham (kumush tanga);
— 400 dinor (tilla tanga);
— 500 dinor;
— 6 ta tuya;
— 20 ta urg‘ochi bo‘taloq.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:53:57
43. Xadicha onamiz Payg‘ambarimizdan nechta farzand ko‘rganlar?
— 2 o‘g‘il va 4 qiz;
— 3 o‘g‘il va 4 qiz;
— 4 o‘g‘il va 4 qiz.



44. Ka’baning balandligi Ismoil alayhissalom zamonidan beri 9 ziro’ (5.50 m. 1 ziro’ 61.2 sm.ga teng) bo‘lib, tomi yo‘q edi. Shiddatli yomg‘ir yog‘ishi Ka’baning poydevoriga zarar yetkazardi. Devorlari nurab, yiqilay deb qolganida, Quraysh xalqi Ka’bani poydevorigacha buzib, qaytadan qurishga qaror qiladi. Payg‘ambarimiz ham Ka’baning qayta qurilishida ishtirok etadilar va "Hajarul asvad" (jannatdan tushgan tosh)ni o‘z joyiga qo‘yish masalasini oqilona hal etib, qabilalar orasidagi janjalni bostiradilar.
Savol: O’sha paytda Payg‘ambarimiz necha yoshda bo‘lganlar?
— 25 yoshda;
— 30 yoshda;
— 35 yoshda.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:55:35
45. Makkadagi Ka’bai muazzama odamlar Alloh taologa ibodat qilishlari uchun yer yuzida qurilgan birinchi uydir. Ka’bani birinchi bo‘lib kimlar qurgan?
— farishtalar;
— Odam alayhissalom;
— Shis alayhissalom;
— Idris alayhissalom;
— Ibrohim alayhissalom o‘g‘li Ismoil alayhissalom bilan birga.



46. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bo‘ylari qandoq edi?
— uzun;
— o‘rta;
— qisqa.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 16:59:28
47. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning jussalari qanday bo‘lgan?
— semiz;
— o‘rta;
— oriq.



48. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tanalarining rangi qanday edi?
— oq-sariq;
— oq-bug‘doyrang;
— qora.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 17:10:51
49. Payg‘ambarimizning munavvar yuzlari qanday tuzilishda bo‘lgan?
— dumaloq;
— o‘rtacha;
— cho‘zinchoq.



50. Payg‘ambarimizning muborak boshlari qanday kattalikda bo‘lgan?
— katta;
— o‘rta;
— kichik.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 17:14:01
51. Payg‘ambarimizning sochlari qanday tuzilishda edi?
— jingalak;
— o‘rtahol;
— silliq.



52. Payg‘ambarimizning soqollari qanday edi?
— qirilgan;
— qisqa va siyrak;
— qalin va uzun.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 17:14:46
53. Payg‘ambarimizning ikki yelkalari orasi qanday edi?
— keng;
— o‘rta;
— tor.



54. Payg‘ambarimizning "Muhri nubuvvat"lari (payg‘ambarlik muhri) yelkalarining qaerida joylashgan edi?
— o‘ng yelkalarida;
— ikki yelkalari o‘rtasida;
— chap yelkalarida.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 17:15:45
55. Payg‘ambarimizning ko‘kraklarida qancha mo‘y bor edi?
— ko‘p;
— oz;
— mo‘y bo‘lmagan.



56. Payg‘ambarimizning ikki kaft va qadamlari (ya’ni, oyoqlarining to‘piqdan pastki qismi) qanday edi?
— to‘la;
— o‘rta;
— oriq.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 17:16:56
57. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam a’zolarining bo‘g‘imlari, ya’ni, har ikki suyaklarining qo‘shilgan yeri qanday bo‘lgan?
— yo‘g‘on;
— o‘rta;
— ingichka.



58. Payg‘ambarimizning kumush uzuklari bo‘lib, ko‘proq o‘ng qo‘llariga, ba’zan chap qo‘llariga taqqanlar.
Savol: Uzukni aynan qaysi barmoqlariga taqardilar?
— o‘rta barmoqlariga;
— nomsiz (to‘rtinchi) barmoqlariga;
— jimjiloqlariga.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 17:19:19
59. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tashqi ko‘rinishda payg‘ambarlardan kimga o‘xshardilar?
— Ibrohim alayhissalomga;
— Muso alayhissalomga;
— Iyso alayhissalomga.



60. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam payg‘ambar bo‘lishlaridan oldin biror ustozdan ta’lim olganmilar, o‘qish-yozish savodlari qanday bo‘lgan?
— o‘qish-yozishni ustozdan ta’lim olganlar;
— ma’lumotlari o‘rtacha bo‘lgan;
— o‘qish-yozishni bilmaganlar, ya’ni, ummiy-savodsiz bo‘lganlar.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 17:26:18
61. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam payg‘ambar bo‘lganlaridan keyin Alloh taolo u zotni vafotlarigacha ma’sum (ya’ni, katta va kichik gunohlardan pok) saqlaganini yaxshi bilamiz! Ammo payg‘ambar bo‘lishlaridan oldin ham Alloh taolo u zotni katta va kichik gunohlardan pok saqlaganmi?
— ha;
— yo‘q.



62. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam payg‘ambar bo‘lishlaridan oldin: "Yaqinda bizning kitoblarimizda xabari kelgan oxir zamon payg‘ambari chiqadi, biz unga iymon keltirib, sizlarning ustingizdan g‘alaba qozonamiz", deb Yasrib (Madina)dagi arab mushriklariga, ya’ni, Avs va Xazraj qabilalariga qarata kimlar dag‘dag‘a qilishardi?
— yahudiylar;
— nasroniylar;
— arab kohinlari.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 17:27:08
63. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam payg‘ambar bo‘lishlaridan oldin, Quraysh ahli but-sanamlarga ibodat qilgan paytda, yolg‘iz Allohga "muroqaba" (ilohiy qudrat haqida tafakkur va tadabbur qilish), "tahannus" (gunohlardan saqlanish va but-sanamlarga sig‘inmaslik) va yo‘lovchi miskinlarga taom berish uchun, uch yil davomida Hiro g‘origa har yili to‘liq bir oy borar edilar. O’sha qaysi oy edi?
— safar oyi;
—rabi’ul avval oyi;
—ramazon oyi.



64. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam payg‘ambar bo‘lishlaridan oldin u kishida payg‘ambarlik alomatlari yaxshi-rost tushlar orqali paydo bo‘la boshladi. Qanday tush ko‘rsalar, tong ziyosi kabi aniq ro‘yobga chiqar edi. Mana shu tush qo‘rishlari qancha muddat davom etgan?
— olti oy;
— bir yil;
— uch yil.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 17:39:04
65. Alloh taolo Muhammad alayhissalomni O’zi bilan insoniyat orasida ishonchli elchi-payg‘ambar qilib saylaganida, Payg‘ambarimiz necha yoshda edilar?
— 25 yoshda;
— 40 yoshda;
— 50 yoshda.



66. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Fil voqeasi"ning41-yili payg‘ambar bo‘ldilar. Bu milodiy 610 yil 10 avgustga to‘g‘ri keladi. U zot qaysi qamariy oyda payg‘ambar bo‘lganlar?
— rabi’ul avval oyida;
— ramazon oyida;
— rajab oyida.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 18:06:35
67. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, ulamolar ittifoq qilganlaridek, dushanba kuni payg‘ambar bo‘lganlar. Ammo oyning nechanchi kechasida?
— 7-kechada;
— 8-kechada;
— 17-kechada;
— 18-kechada;
— 21-kechada;
— 24-kechada;
— 26-kechada;
— 27-kechada.



68. Payg‘ambarimizga ilk vahiy (ilohiy xabar) nozil bo‘lgan Hiro g‘ori joylashgan tog‘ keyinchalik nima deb nom olgan?
— "Savr" tog‘i;
— "Nur" tog‘i;
— "Rahmat" tog‘i.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 18:07:49
69. Jabroil farishta ilk vahiy bilan Hiro g‘origa kelganida Payg‘ambarimizga qaysi suratda ko‘ringan?
— asl farishta suratida;
— odam suratida;
— ko‘rinmagan.



70. Payg‘ambarimiz Hiro g‘orida ilk vahiyni qay holatda qabul qilganlar?
— uyg‘oq hollarida;
 —uyqularida.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 18:10:39
71. Payg‘ambarimizga birinchi bo‘lib, qaysi suraning ilk oyatlari nozil bo‘lgan?
— Fotiha surasining;
— Muddassir surasining;
— Alaq surasining;
— "Bismillahir rohmanir rohiym" kalimasi.


72. Payg‘ambarimizning dastlabki vahiyni qabul qilishlari qiyin kechgan.
Alloh taolo aytadi:
"Albatta, Biz sizga (ey Muhammad alayhissalom) og‘ir So‘zni (ya’ni, Qur’onni) tushirajakmiz". (Muzzammil surasi, 5-oyat)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning birinchi vahiyni qabul qilishdagi qo‘rqinchlarini ketkazish va keyingi vahiyga bo‘lgan sog‘inchlarini oshirish uchun birinchi vahiy bilan ikkinchi vahiy orasida ma’lum muddat uzilish bo‘ladi. Bunga Islom tarixida "fatratul vahiy" deyiladi. Bu uzilish muddati haqida bir qancha ma’lumotlar mavjud bo‘lib, qaysi biri haqiqatga yaqinroq?
— bir necha kun;
— 15 kun;
— 40 kun;
— 6 oy;
— 2,5 yil;
— 3 yil.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 19:11:12
73. Ikkinchi vahiy nozil bo‘lganida, Payg‘ambarimiz "rasul"lik maqomiga chiqib, da’vatni maxfiy    ravishda boshlaganlar.
Savol: Ikkinchi vahiyda qaysi suraning ilk oyatlari nozil bo‘ladi?
— Zuho surasining;
— Muddassir surasining;
— Muzzammil surasining.



74. Dinimizning nomi "Islom"dir. Bu nomni kim qo‘ygan?
— Alloh subhonahu va taolo;
— Payg‘ambarimiz alayhissalom;
— Sahobalar roziyallohu anhum.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 19:12:00
75. Islom dinini qabul qilganlar "musulmonlar" deyiladi. Ularni "musulmonlar" deb kim atagan?
— Alloh subhonahu va taolo;
— Jabroil alayhissalom;
— sahobalar roziyallohu anhum.



76. Sahobalardan birinchi bo‘lib kim Islom dinini qabul qilgan?
— Ali roziyallohu anhu;
— Abu Bakr roziyallohu anhu;
— Xadicha roziyallohu anho.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 19:13:31
77. Yosh bolalardan kim birinchi musulmon bo‘lgan?
— Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo;
— Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo;
— Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu.



78. Qullardan kim birinchi bo‘lib musulmon bo‘lgan?
— Bilol roziyallohu anhu;
— Zayd ibn Horisa roziyallohu anhu;
— Ammor ibn Yosir roziyallohu anhumo.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 19:15:20
79. Erkak kishilardan eng birinchi Rasululloh solollohu alayhi vasallamga iymon keltirib, sahoba bo‘lish sharafiga erishgan kim?
— Rohib Bahiyro;
— Varaqa ibn Navfal;
— Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu.



80. Go‘zal xulq egasi Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning da’vati bilan birinchilar qatorida necha kishi musulmon bo‘ladi?
— 5 kishi;
— 6 kishi;
— 8 kishi.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 19:16:39
81. Besh vaqt namoz farz qilinguniga qadar o‘n yildan ortiq vaqt mobaynida musulmonlar qanday ibodat bilan mashg‘ul bo‘lishgan?
— ro‘za tutishgan;
— zakot berishgan;
— ertalab va kechqurun namoz o‘qishgan.



82. Payg‘ambarimiz bilan birga eng birinchi namoz o‘qigan sahoba kim?
— Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu;
— Ali roziyallohu anhu;
— Xadicha roziyallohu anho.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 19:26:15
83. Payg‘ambarimiz Makka davrida sahobalar bilan namozni qaerga qarab o‘qiganlar?
— Ka’baga, ya’ni, Masjidul Haromga yuzlanib;
— Kuddusga, ya’ni, Masjidul Aqsoga yuzlanib;
— Huddus yo‘nalishida Ka’baga yuzlanib.



84. Payg‘ambarimiz o‘zlari ishongan makkaliklarni necha yil maxfiy-yashirin ravishda Islomga da’vat qilganlar?
— 2 yil;
— 3 yil;
— 4 yil.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 20:04:41
85. Payg‘ambarimiz qaysi oyat nozil bo‘lganidan keyin oshkora da’vat qilishni boshlaganlar?
"Bas, (ey Muhammad alayhissalom), Siz o‘zingizga buyurilgan ishni (ya’ni, Haq Dinga da’vat qilishni) yuzaga chiqaring va mushriklardan yuz o‘giring!"; (Hijr surasi, 94-oyat)
— "(Ey Muhammad alayhissalom), Parvardigoringizning Yo‘li (Dini)ga hikmat (donolik) va chiroyli mav’iza (pand-nasihat) bilan da’vat qiling!"; (Nahl surasi, 125-oyat)
— "Va (ey Muhammad alayhissalom), yaqin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring!" (Shuaro surasi, 214-oyat)

86. Alloh taolo: "Va (ey Muhammad alayhissalom), yaqin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring!" degan oyatni tushirganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Safo tepaligiga chiqib, baland ovozda: "Ey Bani Fihr! Ey Bani Adiy!" deya Quraysh ichidagi qarindosh-urug‘larini chaqiradilar, ular to‘planishadi. Oralarida Abu Lahab ibn Abdulmuttalib ham bor edi. Payg‘ambarimiz: "Aytinglar-chi, agar men sizlarga: "Mana shu tepalikning orqasida dushman qo‘shini ustingizga hujum qilish uchun poylab turibdi", desam, menga ishonasizlarmi?" deydilar. Ular: "Ha! Ishonamiz, sening yolg‘on gapirganingni tajribada hech ko‘rmaganmiz!" deyishadi.
Shunda u zot: "Shak-shubhasiz, men qattiq azob oldidan sizlarga yuborilgan bir ogohlantirguvchi payg‘ambardirman!" deydilar. Badbaxt Abu Lahab: "Yer yutsin seni! Bizni shuning uchun yig‘dingmi?" deydi, hatto Payg‘ambarimizni urish uchun qo‘liga tosh ham oladi va mana shu voqeadan keyin "Masad" surasi nozil bo‘ladi ("Ar-rahiyqul maxtum"). Savol: Bu voqea nubuvvat (payg‘ambarlik)ning nechanchi yili sodir bo‘lgan?
— 4-yili;
— 5-yili;
— 6-yili.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 20:07:34
87. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam da’vatni davom ettirish, qolaversa, qo‘shnilarining aziyatlaridan uzoq bo‘lish, Islomni yangi qabul qilgan musulmonlarni dushmanga bildirmaslik va sahobalar bilan yashirincha uchrashib turish maqsadida qachon Arqam roziyallohu anhuning uyiga ko‘chib o‘tganlar?
— nubuvvatning 4-yili;
— nubuvvatning 5-yili;
— nubuvvatning 6-yili.

88. Payg‘ambarimizga: "Ey Muhammad! Biz bilamiz, sen qarindosh-urug‘chilik qoidalariga amal qilasan, rost so‘zlaysan, yolg‘on gapirmaysan. Biz seni emas, balki sen keltirgan dinni yolg‘on deb hisoblaymiz", degan kim edi?
— Abu Jahl;
— Abu Sufyon;
— Abu Lahab.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 20:13:47
89. Payg‘ambarimizga ko‘p ozor bergan qo‘shnilaridan qaysi biri keyinchalik Islomni qabul qilgan?
— Abu Lahab;
— Hakam ibn Abul Os;
— Uqba ibn Abu Mu’ayt;
— Adiy ibn Hamro Saqafiy;
— Ibnul Asdo Hazaliy.

 

90. Biror kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning da’vatlarini va Qur’on tilovatini eshitib, Islomga moyil bo‘lsa, bir badbaxt mushrik o‘zi yollab olgan ashulachi ayollardan birini uning oldiga yuborar edi. U ayol borib, haligi kishini mehmon qilar va Qur’onga nisbatan qalbida paydo bo‘lgan moyilligi yo‘qolgunicha har xil qo‘shiqlar aytib berar edi. O’sha ashulachi ayollarni yollagan makkor kishi kim?
— Valid ibn Mug‘iyra;
— Nazr ibn Horis;
— Abu Jahl.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 20:16:07
91. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarni Islomga da’vat etib, ularga o‘tgan ummatlar haqidagi qur’oniy qissalarni tilovat qilib berardilar. So‘ng o‘rinlaridan turib ketsalar, darrov bir mushrik kelib, o‘sha joyga o‘tirar, odamlarga Rustami doston, Isfandiyor qissalari va Fors shohlari tarixidan gapirib berar edi. O’sha ertakchi kim?
— Nazr ibn Horis;
— Axnas ibn Shurayq;
— Ubay ibn Xalaf.



92. Islomgacha yashagan shoirlar haj mavsumlarida Makkaga yaqin Ukoz, Majanna (yoki Mijanna) va Zulmajoz bozorlari atrofida mushoiralar tashkil etishardi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haq dinni olib kelganlaridan keyin o‘sha yerlarga borib: "Ey odamlar, La ilaha illalloh, denglar, najot topasizlar", deya Allohning diniga da’vat qilib yurardilar. Odamlar u zot atroflarida to‘planishar edi. Ortlaridan esa, ko‘zi g‘ilay, gajak sochli kishi ergashib yurar va: "Unga quloq solmanglar, u ota-bobolarining yo‘lidan voz kechgan, yolg‘onchi", der edi. O’sha badbaxt kim edi?
— Abu Jahl;
— Abu Lahab;
— Os ibn Voil.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 20:18:56
93. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam payg‘ambarlikning to‘rtinchi yili boshidan oshkora da’vatni boshlaydilar. Haj mavsumida turli arab qabilalarining Makkaga kelishini o‘ylab, qurashiylar bezovta bo‘ladilar. So‘nfa hajga keluvchilarni Islom da’vatiga quloq solishdan to‘sish uchun "Dorun Nadva" (Makka parlamenti) raisi Valid ibn Mug‘iyra boshchiligidagi maslahat majlisida u zot haqlarida bir bo‘hton so‘zni tarqatishga kelishib olishadi. U so‘z qaysi edi?
— yolg‘onchi;
— majnun;
— folbin;
— shoir;
— sehrgar.



94. Makka davrining to‘rtinchi yili o‘rtalari yo oxirlarida Quraysh mushriklari musulmonlarni ta’qib qilishni boshlashadi. Zulm kun sayin, oy sayin kuchayib boradi va beshinchi yil o‘rtalarida xavfli tusga kiradi. ("Ar-rahiyqul maxtum") Musulmonlar ana shunday tang ahvolda turganlarida, Makka mushriklari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni mot qiladigan savol-javoblarni bilib kelish maqsadida o‘z vakillarini Yasrib (Madina)ga yuborishadi. Yahudiy olimlari ularga quyidagilarni aytishadi: "Sizlarga uchta savolni javobi bilan bayon qilamiz. Bu savollarga payg‘ambardan bo‘lak hech kim to‘g‘ri javob qila olmaydi. Agar bu savollarga to‘g‘ri javob qilsa, hech shubhalanmangki, u asl payg‘ambardir, uning yo‘liga kiring va unga itoat qiling. Javob bermasa, soxta payg‘ambarligi ayon bo‘ladi. U holda bunga qarshi qanday ish tutish o‘zlaringizga havola". Ular qaytib kelib, savollarni Payg‘ambarimizga berishadi. Shunda ularning savollariga javob o‘laroq bir sura nozil bo‘ladi. O’z ichiga uchta qissani jamlagan bu sura qaysi?
— Yunus surasi;
— Kahf surasi;
— Hud surasi.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 20:29:43
95. Islom tarixida birinchi bo‘lib shahidlik martabasiga kim erishgan?
— Zayd ibn Amr;
— Yosir roziyallohu anhu;
— Sumayya roziyallohu anho.



96. "(Ey Muhammad alayhissalom), Mening iymon keltirgan bandalarimga ayting: "Parvardigoringizdan taqvo qiling! Bu dunyoda chiroyli amal qilgan zotlar uchun (oxiratda) chiroyli (oqibat ya’ni, jannat) bordir. Allohning Yeri kengdir. Hech shubha yo‘qki, sabr qilguvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz, to‘liq qilib berilur", oyati (Zumar surasi, 10-oyat) nozil bo‘lgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ba’zi musulmonlarni iymonlarini saqlash, ibodatlarini emin-erkin bajarish, johiliyatdan qochish va Najoshiy (Habashiston imperatori)ga Islomni yetkazish uchun habash yeriga hijrat qilishni buyuradilar. U mamlakatning podshohi aqlli, dono va adolatli bo‘lib, uning hududida hech kimga zulm qilinmas edi.
Savol: Islom tarixidagi ushbu birinchi hijrat Makka davrining nechanchi yili ro‘y bergan?
— 5-yili;
— 6-yili;
— 7-yili.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 20:34:50
97. Habashistonga qilingan birinchi hijratda nechta sahoba ishtirok qilgan?
— 10 ta erkak va 4 ta ayol;
— 11 ta erkak va 4 ta ayol;
— 12 ta erkak va 4 ta ayol.


98. Bu ilk hijratdan ikki oy o‘tib, ramazon oyida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Masjidul Haromga chiqadilar. U yerda asosan Qurayshning kattalari yig‘ilgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to‘satdan ularga qarata Najm surasini o‘qiydilar. Surani boshidan oxirigacha tilovat etib, eng so‘ngidagi
"Bas, sizlar (yolg‘iz) Allohga sajda va ibodat qilinglar!" oyatini ham o‘qib sajda qiladilar. Shunda Payg‘ambarimiz bilan birga musulmonlar, hatto mushriklar ham sajda qilib yuboradilar.
Savol: Mushriklar nima uchun sajda qilishgan edi?
"but-sanamlarimizga sajda qilyapmiz", degan niyat bilan sajda qilishgan;
Payg‘ambar alayhissalom mushriklarning but-sanamlarini maqtagan emishlar, shuning uchun;
Qur’oni karimning ilohiy lafzlari va ma’nolaridan qattiq ta’sirlanganlari uchun.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 21 May 2009, 20:43:59
99. Mashhur G’aroniyq masalasi haqida rivoyatlarda shunday keladi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Najm surasi nozil bo‘lganida, u surani qiroat qila turib, "Afaroaytumul lota va uzzo va manotas solisatal uxro"ni o‘qiganlaridan so‘ng, shayton tillariga: "Tilkal g‘aroniyqul ‘ulo va inna shafoatahunna laturtajo"ni solgan emish. U zot buni ham qo‘shib aytib yuborgan, Quraysh mushriklari bundan shod bo‘lgan emish. Chunki, yuqoridagi so‘zlar "Lot va Uzzoni va boshqa uchinchi Manotni ko‘rmadingizmi? Ular oliy qushlardir. («G’aroniyq»ning lug‘aviy ma’nosi «turnalar».) Ularning shafoatidan umid qilinadi", degan ma’noni anglatadi.
Savol: "G’aroniyq" masalasi payg‘ambarlar sha’niga, ayniqsa, Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom sha’nlariga to‘g‘ri keladimi?
— ha;
— yo‘q.



100. Quraysh rahbarlari hoshimiylar urug‘ining kattasi va Payg‘ambarimizning amakilari Abu Tolibning oldiga ketma-ket uch marta kelib: "Ey Abu Tolib! Yo Muhammadning faoliyatini to‘xtatasan yoki uni bizga topshirasan", deya tahdid solishadi. Bu voqea Makka davrining nechanchi yili bo‘lgan?
— 5-yili;
— 6-yili;
— 7-yili.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 18:48:01
101. Hazrati Hamza va Umar roziyallohu anhumolar musulmon bo‘lishlaridan oldin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldlariga bir badbaxt mushrik kelib: "Men Qur’oningta ham, Jabroil farishtangga ham ishonmayman", deb, u zotga qo‘l ko‘taradi, ko‘ylaklarini yirtadi va yuzlariga tupuradi. Lekin tupuk u zotning muborak yuzlariga tegmaydi. O’sha payt Payg‘ambarimiz: "Ey Alloh! Uning ustiga itlaringdan birini yubor", deya uni duoibad qiladilar. O’sha badbaxt kim edi?
— Abu Jahl;
— Os ibn Voil;
— Utayba ibn Abu Lahab.


102. Hamza va Umar roziyallohu anhumolar Islomga kirmaslaridan sal oldin Rasulullohsollallohu alayhi vasallam Ka’baning "Hijr" qismida namoz o‘qib turganlarida, bir badbaxt mushrik kiyimini Payg‘ambarimizning bo‘yinlariga solib, qattiq bo‘g‘a boshlaydi. Shu payt Abu Bakr kelib qolib, haligining yelkasidan ushlab, itarib yuboradilar va: "Mening Rabbim Allohdir", degani uchun bir kishini o‘ldirasizlarmi?!" deydilar.
Savol: Payg‘ambarimizni bo‘g‘gan o‘sha badbaxt kim edi?
— Uqba ibn Abu Mu’ayt;
— Asvad ibn Abduyag‘us;
— Valid ibn Mug‘iyra.


103. Umar ibn Xattob qilichini beliga bog‘lab Payg‘ambar alayhissalomni o‘ldirish uchun ketayotganida, yo‘lda o‘z musulmonligini yashirib yurgan bir kishi u zotni chalg‘itib yuboradi. O’sha inson kim edi?
— Nu’aym ibn Abdulloh Adaviy;
— bani zuhralik kishi;
— bani maxzumlik kishi;
— uchala odam ham mo‘‘tabar siyrat kitoblarida tilga olingan.


104. Hazrati Hamza va Umar roziyallohu anhumolar Makka davrining oltinchi yili oxiri zulhijja oyida Habashistonga qilingan ikki hijrat orasida Islomga kiradilar.
Savol: Ularning Islomni qabul qilishlari orasida qancha vaqt o‘tgan?
— 3 kun;
— 3 hafta;
— 3 oy.


105. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam butun arablar ichida yelkasi yerga tegmagan, tengi yo‘q pahlavon bilan yakkama-yakka kurashib, uni ketma-ket uch bor yengadilar. O’sha pahlavonning ismi nima?
— Yazid ibn Rukona;
— Rukona ibn Yazid;
— Rukona ibn Abdu Yazid.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 18:51:35
106. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Masjid-ul Haromda Quraysh rahbarlari davrasidagi bir munozara oxirida ularga qarata Allohtaoloning:
"(Ey mushriklar) albatta, sizlar va Allohdan o‘zga ibodat qilayotgan narsalaringiz jahannam o‘tinlaridir..." (Anbiyo surasi, 98-100-oyatlar) mazmunidagi oyatlarni o‘qib, turib ketadilar.
Ketlaridan bir badbaxt kelib, davraga qo‘shilib, Payg‘ambarimizni mot qilish maqsadida: "Muhammaddan so‘ranglar-chi, Allohdan boshqa ibodat qilinadigan kimsalarning hammasi sig‘inuvchilari bilan birga jahannam o‘tinlari bo‘ladilarmi? Holbuki, biz farishtalarga sig‘inamiz. Yahudiylar Uzayrga, nasorolar Iysoga sig‘inishadi-ku (demak, Uzayr, Iyso va farishtalar ham do‘zaxga kirar ekanlar-da?), deydi".
Mazkur gap Payg‘ambar alayhissalomga yetkazilganida, Alloh taolo quyidagi oyatlarni nozil qiladi:
"Albatta, Bizning tomonimizdan go‘zal (martaba) berilgan zotlar — ana o‘shalar u (jahannam)dan uzoq qilingandirlar.. ,". (Anbiyo surasi, 101 — 102-oyatlar)
Savol: Payg‘ambarimizni mot qilmoqchi bo‘lgan o‘sha makkor kim edi?
— Valid ibn Mug‘iyra;
— Abdulloh ibn Zaba’riy;
— Nazr ibn Horis.


107. Hazrati Hamza roziyallohu anhu musulmon bo‘lgan paytlar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ka’ba yonida o‘zlari o‘tirganlarida, Quraysh rahbarlaridan biri kelib u zotga boylik, shon-sharaf, hukmronlik va turli mansablarni taklif qiladi. Shunda Payg‘ambarimiz unga Fussilat surasining boshidan bir qismini o‘qib beradilar. U qurayshliklarning oldiga borib: "Alloh nomi bilan qasam ichib aytaman! Men Muhammaddan shunday so‘zlarni eshitdimki, ilgari bunaqasini umuman eshitmaganman. Allohga qasamki, bu so‘zlar she’r ham, sehr ham, kohinlik-folbinlik ham emas!"deydi...
Lekin, baribir musulmon bo‘lmasdan o‘lib ketadi.
Savol: Bu bechora kim edi?
— Utba ibn Rabiy’a;
— Valid ibn Mug‘iyra;
— Os ibn Voil.


108. To‘rt hafta yoki undan kamroq muddat ichida quyidagi to‘rtta hodisa ro‘y beradi:
1) Hamza roziyallohu anhu musulmon bo‘ladilar;
2) Umar roziyallohu anhu musulmon bo‘ladilar;
3) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Qurayshning kattalari da’vatni to‘xtatish borasidagi taklif bilan chiqishadi, lekin Payg‘ambarimiz rozi bo‘lmaydilar;
4) agar Quraysh mushriklari to‘satdan yoppasiga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga suiqasd uyushtirsalar, Hamza va Umar roziyallohu anhumo kabi sahobalar ham hech narsa qila olmasliklarini sezgan Abu Tolib darrov Bani Hoshim va Bani Muttalib urug‘larini yig‘ib, jiyanlari Muhammad alayhissalomni himoya qilishga chaqiradi. Bu da’vatni ularning hammasi — musulmoni ham, kofiri ham jonu dillari bilan qabul qiladi. Faqat bittasi ko‘nmay, Quraysh tomonga o‘tib ketadi. U kim?
— Abu Lahab;
— Zubayr;
— Abbos.


109. Himoyasiz mazlum ba’zi musulmonlarning Habashistonga ikkinchi hijrati Makka davrining nechanchi yili bo‘lgan?
— 6-yili;
— 7-yili;
— 8-yili.


110. Habashistonga qilingan ikkinchi hijratda muhojir musulmonlarning soni haqida har xil ma’lumotlar bor, ularning qaysi biri to‘g‘ri?
— 77 ta erkak va 13 ta ayol, jami 90 ta sahoba;
— 82 ta erkak va 19 ta ayol, jami 101 ta sahoba;
— 83 ta erkak va 18 ta ayol, jami 101 ta sahoba.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 18:53:30
111. Habashistonga ikkinchi marta hijrat qilgan musulmonlarni orqaga qaytarib olib kelish va boshqa musulmonlarga ibrat bo‘lsin deb, og‘ir azoblar bilan qiynash maqsadida qurashiylar qimmatbaho sovg‘a-salomlar bilan ikkita uddaburon kishini Najoshiy (Habashiston imperatori) va davlat arboblari huzuriga yuborishadi. O’sha ikki kishi kim edi?
— Amr ibn Os bilan Ammora ibn Valid;
— Amr ibn Os bilan Abdulloh ibn Abu Rabiy’a;
— Amr ibn Os bilan Ikrima.


112. Agar Quraysh mushriklari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni o‘ldirsalar, Makka vodiyi ularning qoni bilan to‘lishini anglab yetadilar va ilgari hech qilmagan katta bir zulmga qo‘l uradilar: Hoshim va Abdulmuttalib urug‘lari to Muhammad alayhissalomni qatl qilish uchun ularga topshirmagunlaricha, ular bilan o‘zaro qiz olib-bermaslikka, savdo-sotiq qilmaslikka, yonma-yon o‘tirmaslikka, uchrashmaslikka, uylariga kirmaslikka va gaplashmaslikka bitim tuzishadi. Agar bu qaror ko‘ngildagidek natija bersa, Hoshim va Abdulmuttalib urug‘lari Muhammad alayhissalomdan yuz o‘giradilar, yakka bo‘lib qolgan insonni esa mag‘lub etish oson bo‘ladi, degan fikrda ular hatto bu kelishuvni "Ahdnoma" shaklida qog‘ozga yozib, muhrlab, Ka’baning ichki de-voriga osib qo‘yadilar. O’sha "Ahdnoma"ni kim yozgan?
— Mansur ibn Ikrima;
— Nazr ibn Horis;
— Bag‘iz ibn Omir.


113. Quraysh mushriklari Hoshim va Abdulmuttalib urug‘larini necha yil iqgisodiy va ijtimoiy qamalda ushlab turadilar?
— 2 yil;
— 3 yil;
— 4 yil.


114. Makka mushriklarining talabi bilan sodir bo‘lgan "Shaqqul qamar" (Oy bo‘linishi) hodisasi Makka davrining nechanchi yili ro‘y bergan?
— 8-yili;
— 9-yili;
— 10-yili.


115. Hoshim va Abdulmuttalib urug‘lariga qarshi uyushtirilgan qamalni Quraysh raislaridan necha kishi buzishga harakat qilgan?
— 3 kishi (Hishom ibn Amr, Zuhayr ibn Abu Umayya va Mut’im ibn Adiy);
— 4 kishi (... va Abul Baxtariy ibn Hishom);
— 5kishi (... va Zam’a ibn Asvad).

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 18:55:50
116. Musulmonlarning boshlariga ozoru azoblar yog‘ilib turgan bir paytda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xabarlarini eshitib, Habashistondan yigirmatacha (yo o‘ttizdan ortiq yoki yetmishta) nasroniy ruhoniylari Makkaga kelishadi. Ular nima uchun kelishgan edi?
— nasroniylikni yoyish uchun;
— Islomni qabul qilish uchun;
— Payg‘ambarimiz bilan bahslashish uchun.


117. Payg‘ambarimizning homiy amakilari, Hoshim urug‘ining boshlig‘i Abu Tolib qamaldan qutulganlaridan so‘ng necha oy o‘tib vafot etadi?
— 6 oy;
— 8 oy;
— 9 oy.


118. Abu Tolib vafot etganida Payg‘ambarimiz alayhissalom qaerda edilar?
— Abu Tolib huzurida;
— o‘z uylarida.


119. Xadicha onamiz uch yillik qamaldan so‘ng necha oy o‘tib vafot etdilar?
— 6 oy;
— 8 oy;
— 9 oy.


120. Xadicha roziyallohu anhoning vafotlaridan bir oy o‘tib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makka davrining o‘ninchi yili shavvol oyida kimga uylanadilar?
— Savda Zam’a qiziga;
— Oisha Abu Bakr qiziga;
— Hafsa Umar qiziga.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 18:59:50
121. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Makkada turishlari Abu Tolib va Xadicha roziyallohu anhoning vafotlaridan so‘ng yanada qiyinlashdi. Shunda, asrandi o‘g‘illari Zayd ibn Horisa bilan nubuvvatning o‘ninchi yili shavvol oyi (milodiy 619 yil, may oxirlari yo iyunning boshlari)da emikdosh tog‘alari qabilasi - Saqifni Islomga da’vat qilish maqsadida va agar ular Islomni qabul etsalar, himoyalariga kirish uchun Toifga boradilar. Toif Makkadan 60 mil (111 km) uzokdiqda joylashgan bo‘lib, borishda ham, kelishda ham piyoda yurishgan. Toifliklar ham makkaliklar kabi butparast edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Toif xalqini Islomga o‘n kun da’vat qiladilar. Bu da’vat Payg‘ambarimizning boshlariga yangi qulfatlarni olib keladi. Toifdan chiqib ketayotganlarida, ko‘cha bolalari va johil qullar ikki tomonga tizilib olishib, mehmonlarni haqoratlab, mazax qilib, toshbo‘ron qilib borishadi.
Savol: Mazkur toshbo‘ron qancha masofagacha davom etadi?
— 1 mil (1848 metr); (D. Vahba Zuhayliy, "Ap fiqhul islomiy va adillatuh", 1-kitob, "O’lchov-lar jadvali"; Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Hadis va Hayot", 6-juz, 280-bet.)
— 2 mil (3696 metr);
— 3 mil (5544 metr).


122. Toifdan quvilib bog‘ ichiga yashiringan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldlariga uzum olib kelgan va kisqa suhbatdan so‘ng musulmon bo‘lgan nasroniy qulning ismi nima?
— Addos;
— Utba;
— Shayba.


123. Makka va Toif mushriklari o‘zlarining tilida kelgan arabiy Qur’onga ham, o‘z toifalari va jinslaridan bo‘lgan payg‘ambar Muhammad alayhissalomga ham iymon keltirmay turganlarida, Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldlariga bir guruh jinlarni Qur’on tinglash uchun yuboradi. Jinlarning vakillari kelganida Payg‘ambarimiz qaerda edilar?
— Bog‘ ichida;
— Naxla vodiyida;
— Makkada.


124. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Toifdan qaytib kelib, Hiro g‘orida bir oz turadilar va haj mavsumi, zulhijja oyida Makkaga keladigan turli qabilalarni yana Islomga da’vat qilish uchun Makkaga kiradilar.
Savol: Payg‘ambarimiz Makka davrining o‘ninchi yili zulqa’da oyida qurayshlik qaysi obro‘li kishi himoyasida Makkaga kirganlar, hatto o‘z uylariga yetib olganlar?
— Axnas ibn Shurayk;
— Suxayl ibn Amr;
— Mut’im ibn Adiy.


125. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makka davrining to‘rtinchi yilidan to Madina hijratigacha o‘n yil mobaynida Makkaga haj mavsumlarida keladigan turli arab qabilalarini Islomga da’vat qiladilar. O’sha qabilalar: Bani Omir ibn Sa’sa’a, Bani Muhorib ibn Xasafa, Bani Fazora, Bani G’asson, Bani Murra, Bani Hanifa, Bani Sulaym, Bani Abas (Abs), Bani Nasr (Nazr), Bani Bakko (Bako), Bani Kinda, Bani Kalb, Bani Horis ibn Ka’b, Bani Uzra va Hazramavtda yashovchilar.
Savol: O’tgan o‘n yil vaqt mobaynida mazqur qabilalardan qaysi biri Islomni qabul qilgan?
— Bani Sulaym;
— Bani Hanifa;
— birortasi ham kabul kilmagan.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 19:04:24
126. Mazkur qabilalarning qaysi biri Payg‘ambarimizga nisbatan qo‘pollik bilan yomon munosabatda bo‘lishgan?
— Bani Murra;
— Bani Hanifa;
— Bani Omir ibn Sa’sa’a.


127. "Albatta, Biz O’zimiz (ey Muhammad alayhissalom) sizni masxara qiluvchilarga (ya’ni, ularni halok etish uchun) kifoya qilurmiz. (Ular) Allohga boshqa "iloh"larni (sherik) qilurlar. Bas, yaqinda (bu qilmishlarining oqibatini) bilib olurlar. Shak-shubhasiz, Biz ularning (sizni masxara qilib) aytayotgan so‘zlaridan yuragingiz siqilayotganini bilib turibmiz..." oyatlari (Hijr surasi, 95 - 99-oyatlar.) nozil bo‘lganidan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning eng ashaddiy dushmanlaridan Asvad ibn Muttalib (Abu Zam’a) Asadiyning ko‘zi ko‘r bo‘lib, As-vad ibn Abduyag‘us Zuhriyning qorniga sariq suv to‘planib, Valid ibn Mug‘iyra Maxzumiyning bilagidagi yo‘g‘on qon tomiriga kamon tegib ketib, Os ibn Voil Saxmiyning oyog‘iga tikon kirib va Horis ibn Talotila Xuzo’iyning boshi yiringlab, xullas, hammasi birin-ketin o‘lib ketishadi. Ularning mana shunday dard topib, o‘lib ketishlariga nima sabab bo‘lgan?
— tasodifan bo‘lgan;
— Payg‘ambarimiz ularni duoibad qilganlar;
— Jabroil alayhissalom kelib, har bittasining mazkur a’zolariga ishora qilgan.


128. Rasulullohsollallohu alayhi vasallam arab qabilalarini da’vat qilganlaridek, makkalik bo‘lmagan yakka shaxslarni ham Islomga chaqirardilar, natijada Makka davrining 11-yili boshida yasriblik Suvayd ibn Somit, Iyos ibn Mu’oz, Yasrib atrofidan Jundub Abu Zarr G’iforiy, Yamandagi Davs qabilasidan Tufayl ibn Amr va Azdishanua qabilasidan Zimod Azdiylar Makkaga kelib musulmon bo‘lishadi. Bulardan qay biri o‘z qabilasini da’vat qilib, Hudaybiyya sulhidan keyin 70 - 80 ta islomiy oila bilan Madinaga, Payg‘ambarimizning huzurlariga keladi?
— Abu Zarr G’iforiy;
— Tufayl ibn Amr;
— Zimod Azdiy.


129. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vahiy asosida Makka davrining 11-yili shavvol oyida kimga fotihalanadilar?
— Oisha Abu Bakr qizi roziyallohu anhumoga;
— Hafsa Umar qizi roziyallohu anhumoga;
— Zaynab Xuzayma qizi roziyallohu anhoga.


130. Makka davrining 11 yili oxiri (620 yil, iyul oyi), haj mavsumi kechalarining birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkada Minoning shaytonga tosh otiladigan "Aqaba" yo‘lidan o‘tib ketayotganlarida, o‘zaro gaplashib o‘tirgan kishilarning ovozlarini eshitib qoladilar. Borsalar, yasrib (madina)lik yigitlar ekan. Payg‘ambarimiz ularga Islomning mohiyati va vazifasini tushuntiradilar, Allohning yo‘liga da’vat qiladilar va Qur’on tilovat qilib beradilar. Yigitlar darhol: "Bu o‘sha payg‘ambar-ku?" deya u zotga iymon keltirib, Islomni qabul qilishadi. Bu baxtli yigitlarning soni nechta edi?
— 4 ta (As’ad ibn Zurora, Avf ibn Horis, Rofi’ ibn Molik va Qutba ibn Omir);
— 5 ta (...va Uqba ibn Omir);
— b ta (.... va Jobir ibn Abdulloh).

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 19:09:16
131. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ilk iymon keltirgan yasriblik bu yigitlar: "Bu o‘sha payg‘ambar-ku?" deyishlari uchun Payg‘ambarimiz haqlaridagi ushbu ma’lumotni qaerdan olishgan edi?
— Tavrotdan o‘qib bilishgan;
— Injildan o‘qib bilishgan;
— Yasrib (Madina)dagi yahudiylardan eshitishgan.


132. Isro (Payg‘ambarimizning Makkadagi Masjidul Haromdan Falastindagi Masjidul Aqsoga kechaning bir qismida Alloh tomonidan sayr qildirilishlari.) va Me’roj (U zotning o‘sha kecha Masjidul Aqsodan Alloh taolo huzuriga ko‘tarilishlari.) hodisasi hijratdan oldin bo‘lib o‘tganiga barcha ulamolar ittifoq qilishgan.
Savol: Bu mashhur voqea Makka davrining nechanchi yili sodir bo‘lgan?
— 1-yili;
— 5-yili;
— 6-yili;
— 8-yili;
— 10-yili;
— 12-yili;
— 13-yili.


133. Isro va Me’roj voqeasining qaysi oyda bo‘lib o‘tgani haqida ulamolarimizning bir qancha fikrlari bor. Quyidagi fikrlar ichida qay biri mashhurroq?
— muharram oyi (1-oy); -rabi’ul avval oyi (3-oy);
— rabi’ul oxir oyi (4-oy);
— rajab oyi (7-oy);
— ramazon oyi (9-oy);
— shavvol oyi (10-oy).


134. Payg‘ambarimiz Me’rojga qay holatda ko‘tarilganlar?
— uyqularida, ya’ni, tushlarida;
— jasadlari qolib, faqat ruhlari;
— uyg‘oq hollarida, ruh va jasadlari bilan;
— Quddusgacha ruh va jasadlari bilan uyg‘oq holda, Quddusdan osmonga esa faqat ruhlari bilan.



135.
Isro va Me’roj voqeasi Payg‘ambarimizning hayotlari davomida necha marta sodir bo‘lgan?
— 1 marta;
— 2 marta;
— Z marta.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 19:13:30
136. "Payg‘ambarimiz Me’roj kechasi Quddusning Masjidul Aqso yaqinidagi katta xarsang tosh ustidan osmonga ko‘tariladilar. Ko‘tarilayotganlarida tosh ham orqalaridan ergashib, havoga ko‘tarilgan-u, Payg‘ambarimiz: "To‘xta", deganlarida, tosh yerdan ikki metr ko‘tarilganicha qolavergan va hanuzgacha muallaq turibdi", degan rivoyat qanaqa rivoyat?
— sahih; (Rostgo‘y, akl-idrokli kishi boshqa bir rostgo‘y va aql-idrokli kishidan rivoyat qilgan, sanadi boshidan oxirigacha uzilmagan, nuqsonsiz hadis.)
— zaif; (Tarkibida "sahih" va "hasan" hadislarning sifati bo‘lmagan hadis.)
— mavzu’.( Payg‘ambarimizga yoki sahoba va tobe’inlardan biror kishiga nisbat berilgan gap bo‘lib, aslida yolg‘on va uydirmadir.)


137. Payg‘ambarimiz Me’rojda Alloh taolo bilan gaplashganmilar?
— ha;
— yo‘q.


138. Rasulullohsollallohu alayhi vasallam hayotlari davomida Alloh taoloning jamolini uyqularida qalb ko‘zi bilan ko‘rganmilar?
— ha;
— yo‘q.


139. Payg‘ambarimiz Me’rojga ko‘tarilganlarida Alloh taoloning jamolini zohiriy ko‘zlari bilan ko‘rganmilar?
— ha;
— yo‘q.


140. Alloh taolo Me’roj kechasi Payg‘ambarimizga Baqara surasining qaysi oyatlarini ato etgan?
— "Apif Lom Mim", 1 — 5-oyatlar;
— "Oyatul Kursiy", 255-oyat;
— "Amanar rosul", 285 - 286-oyatlar.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 19:19:22
141. Makka davrining 12 yili zulhijja oyi (621 yil, iyul) haj mavsumida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Yasrib (Madina) musulmonlari orasida bir shartnoma tuziladi. Minoda bo‘lib o‘tgan bu shartnoma "Birinchi Aqaba bay’ati" nomi bilan qayd etilgan. Mana shu bay’atda nechta yasriblik musulmon qatnashgan?
— 11 ta;
— 12 ta;
— 13 ta.


142. "Birinchi Aqaba bay’ati" va haj mavsumi tugagach, Yasribda Islomni yoyish hamda musulmon bo‘lganlarga Qur’onni va Islom qonun-qoidalarini o‘rgatish, jamoatga namozni o‘qib berish uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam makkalik yigitlardan kimni birinchi elchi-muallim qilib jo‘natganlar?
— Mus’ab ibn Umayrni;
— Abdulloh ibn Ummi Maktumni;
— Mu’oz ibn Jabalni.


143. Makka davrining 13 yili zulhijja oyi (622 yil, iyun) haj mavsumi ikkinchi tashriq kechasi Minoda bo‘lib o‘tgan "Ikkinchi Aqaba bay’ati"da Payg‘ambarimizga bay’at (qasamyod) qilgan yasriblik musulmonlarning soni nechtaga yetdi?
— 70 ta sahoba (68 ta erkak va 2 ta ayol);
— 72 ta sahoba (70 ta erkak va 2 ta ayol);
— 75 ta sahoba (73 ta erkak va 2 ta ayol).


144. "Ikkinchi Aqaba bay’ati"da Payg‘ambarimizning muborak qo‘llarini ushlagan holda birinchi bo‘lib bay’at qilgan mashhur sahoba kim?
— As’ad ibn Zurora;
— Abul Haysam ibn Tayyihon;
— Baro ibn Ma’rur.


145. Bay’at tamom bo‘lishi bilan bandlardagi shartlarning bajarilishiga mas’ul qilib, Payg‘ambarimiz yasriblik musulmonlardan nechtasini naqib (boshliq, yetakchi, rais) etib tayinlaydilar?
— 3 ta (Avs qabilasidan);
— 9ta (Xazraj qabilasidan);
— 12 ta (Avs va Xazraj qabilalaridan).

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 19:25:43
146. "Ikkinchi Aqaba bay’ati"dan so‘ng yasriblik musulmonlar o‘z vatanlariga yetib olishgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam makkalik musulmonlarning Yasribga hijrat qilishlariga izn beradilar. Sahobalar birin-ketin Yasribga ko‘cha boshlaydi...
"Ikkinchi Aqaba bay’ati"dan ikki oy-yu bir necha kun o‘tgach, Payg‘ambarimizning yonlarida sahobalarlan kimlar qoladi?
— Abu Bakr va Ali roziyallohu anhumo;
— Abu Bakr, Ali va Umar roziyallohu anhum;
— Abu Bakr, Ali va Abbos roziyallohu anhum.


147. Yasribga makkalik sahobalardan birinchi bo‘lib kim hijrat qilgan edi?
— Abu Salama ibn Abdul Asad;
— Mus’ab ibn Umayr;
— Omir ibn Rabiy’a.


148. Yasribga makkalik sahobalardan oxirgi bo‘lib kim hijrat qiladi?
— Abbos ibn Abdulmuttalib roziyallohu anhu;
— Umar ibn Xattob roziyallohu anhu;
— Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu.



149.
Hazrati Umar Yasribga nechta sahoba bilan birga kirib borganlar?
— yolg‘iz o‘zlari;
— 2 ta sahoba bilan;
— 20 ta sahoba bilan.


150. Musulmonlar oila-a’zolari, mol-mulklari bilan Yasribga borib joylashayotganlaridan Makka mushriklari qator sabablarga ko‘ra qattiq tashvishga tusha boshlaydi. "Ikkinchi Aqaba bay’ati"dan ikki yarim oy keyin "Dorun Nadva" (Makka parlamenti) Muhammad alayhissalomni "yo‘qotish" uchun o‘z tarixida diqqatga sazovor bo‘lgan majlisni chaqiradi. Muhokamada Abul Asvad "surgun qilishni", Abul Baxtariy: "Qo‘l-oyoqlarini kishanlab, qamab qo‘yishni" taklif qiladi. Biroq bu takliflarning birontasi ularga ma’qul kelmaydi. Shu payt bir kishi makkorona yo‘lni o‘rgatadi: "Har bir qabiladan bittadan chidamli, aslzoda, himoyachisi bor yigitni tanlab olamiz va har biriga keskir qilich beramiz. Ularning hammasi baravariga Muhammadga tashlanib, bir hamlada uni o‘ldiradi. Ana, karabsizki, undan qutulamiz. Agar bu yigitlar shunday qilsalar, Muhammadning qoni butun qabilalarga tarqalib ketadi. Abdumanof urug‘i barcha qabilalarga qarshi kurasha olmaydi. Oqibatda ular noiloj jon haqkiga rozi bo‘lishadi. Mayli o‘ldirilgan bir kishi uchun olinadigan hakni beramiz". Bu taklif bir ovozdan kabul qilinadi.
Savol: Mazkur taklif egasi kim edi?
— Odam suratidagi shayton;
— Abu Jahl;
— Abu Lahab.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 19:29:08
151. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni o‘ldirish haqida tuzilgan rejani ijro etish uchun "Dorun Nadva" (Makka parlamenti) Quraysh rahbarlarining eng ashaddiylaridan nechtasini rais etib tanlab oladi?
— 3 kishini;
— 5 kishini;
— 11 kishini.

152. "Dorun Nadva" Muhammad alayhissalomni o‘ldirish bo‘yicha qaror qabul qilgan kuni Jabroil alayhissalom kelib Payg‘ambarimizni bundan xabardor qiladi va Alloh taolo hijrat qilishga buyurganini aytadi. O’sha kecha (Makka davrining 14 yili safar oyi 27-kecha) Payg‘ambarimiz uylari atrofini o‘rab olgan bosqinchilar orasidan Yosin surasining:
"Va biz ularning oldlaridan ham to‘siq, orqalaridan ham to‘siq qilib, ko‘zlariga parda tortdik. Bas, ular ko‘rmaslar", mazmunidagi oyatni o‘qigan hollarida, mo‘‘jizaviy suratda o‘tib, Abu Bakr roziyallohu anhunikiga boradilar va ikkovlon qorong‘u tunda hovlining orqa eshigidan chiqib, to‘g‘ri Savr tog‘i tepasida-gi gorga borib yashirinishadi. Savol: Savr tog‘i Makkai mukarramaning qaysi tarafida joylashgan?
— janub (Yaman) tarafida;
— shimol (Madina) tarafida.


153. Izquvarlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Abu Bakr roziyallohu anhuni qidirib, Makkani ostin-ustin qilib yuboradilar, hatto Savr tog‘igacha chiqib boradilar. Bari bir ularni topa olmaydilar.
Savol: Dushmanlar nima uchun g‘or ichiga qaramaganlar? Tarix kitoblarida quyidagi ma’lumotlar yozilgan bo‘lib, qaysi biri ishonchli va dalili kuchli?
— g‘orga e’tibor berishmagan;
— g‘or og‘zida o‘rgimchak uyasini ko‘rishgan;
— g‘or og‘zida daraxt o‘sib chiqib, bir juft yovvoyi kaptar daraxtga uya solib, uyalarida yotganlarini ko‘rishgan.

154. Payg‘ambarimiz Abu Bakr roziyallohu anhu bilan Savr g‘orida necha kecha berkinib yotishadi?
— 2 kecha;
— 3 kecha;
— 4 kecha.


155. Ularni tashqarida bo‘layotgan voqealardan kim xabardor qilib turgan?
— Abu Bakrning qizi Asmo;
— Abu Bakrning o‘g‘li Abdulloh;
— Abu Bakrning ozod qilgan quli Omir ibn Fuhayra.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 19:37:20
156. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam payg‘ambar bo‘lganlaridan to Madinaga hijrat qilgunlariga qadar Qur’oni karimning nechta surasi nozil bo‘ladi?
— 86 ta sura;
— 91 ta sura;
— 93 ta sura.


157. Hijratning birinchi yili rabi’ul avval oyining birinchi kuni (milodiy 622 yil, 16 sentyabr) yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi Makkadan Yasribga hijrat qilishda Payg‘ambarimiz bilan Abu Bakr roziyallohu anhuga yo‘l ko‘rsatib borgan tajribali yo‘lboshlovchi arab kim edi?
— Abdulloh ibn Rabiy’a;
— Abdulloh ibn Urayqit;
— Sa’d Arajiy.


158. Yasribga hijrat qilishda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, Abu Bakr roziyallohu anhu va yo‘lboshlovchidan boshqa yana kim bor edi?
— Savbon;
— Omir ibn Fuhayra;
— Xabbob ibn Arat.


159. Rasulullohsollallohu alayhi vasallam Abu Bakr roziyallohu anhu bilan necha kun deganda Yasribning Qubo qishlog‘iga kirib boradilar?
— 8 kunda;
— 12 kunda;
 —13 kunda.


160. Payg‘ambarimiz Quboga rabi’ul avval oyida, dushanba kuni quyosh ayni qizigan choshgoh paytida tashrif buyuradilar. Bu muborak tashrif rabi’ul avval oyining nechanchi kuni bo‘lgan?
— 8-kuni;
— 9-kuni;
— 12-kuni;
— 15-kuni
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 19:41:21
161. Payg‘ambarimiz Quboda kimnikida mehmon bo‘lib turadilar?
— Amr ibn Avfnikida;
— Sa’d ibn Xaysamanikida;
— Gulsum ibn Hadm (Hidm)nikida.

162. Islom tarixida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshchiligida sahobalar tomonidan birinchi bo‘lib qaysi masjid qurilgan?
— Masjidi qiblatayn;
— Masjidi Qubo;
— Masjidi nabaviy.


163.
Paygambarimiz Qubo qishlog‘ida necha kun turganlar?
— 3 kun;
— 4 kun;
— 10 kun;
— 12 kun;
— 14 kun;
— 24 kun.


164. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan birga birinchi juma namozini qaerda o‘qiganlar?
— Qubo masjidida;
— Qubo bilan Madina orasida;
— Masjidi nabaviyda.


165.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan birga haftaning qaysi kuni Madinai munavvaraga kirib boradilar?
— payshanba kuni;
— juma kuni;
— shanba kuni.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 19:46:33
166. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalari bilan Madinaga rabi’ul avval oyining nechanchi kuni kirib borganlar?
— 12-kuni;
— 19-kuni;
— 26-kuni;
— 29-kuni.


167. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qaysi tashriflarida ansoriya qizchalar ilk bor childirma chalib, quyidagi she’rni qo‘shiq qilib aytib chiqqanlar:
Tola’al (yoki Ashroqol) badru ‘alaynaa min saniyyaatil vadaa’, Vajabash shukru ‘alaynaa, maa da’aa lillaahi daa’, Ayyuhal mab’uusu fiynaa, ji’ta bil amril mutoo’.
— Quboga kirganlarida;
— Madinaga kirganlarida;
— Tabuk g‘azotidan qaytib kelganlarida.


168. Yasrib shahri qachondan boshlab, Madina deb nomlangan?
— Payg‘ambarimiz Quboga tashrif buyurgan kundan;
— Payg‘ambarimiz Yasribga kirib kelgan kundan;
— keyinchalik tarix davomida.

169. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam necha yoshlarida Madinai munavvaraga qadam qo‘yganlar?
— 52 yoshlarida;
— 53 yoshlarida;
— 54 yoshlarida.

170. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga borganlarida kimning uyiga joylashganlar?
— As’ad ibn Zuroraning;
— Usayd ibn Huzayrning;
— Abu Ayyubning.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 19:48:31
171. Qaysi sahoba Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tuyalarini o‘z uyiga olib kiradi?
— As’ad ibn Zurora;
— Usayd ibn Huzayr;
— Abu Ayyub Ansoriy.

172. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning "Qasvo" nomli tuyalari cho‘kkan joyga qaysi masjid quriladi?
— Masjidi Qubo;
— Masjidi nabaviy;
— Masjidi qiblatayn.

Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 20:07:32
JAVOBLAR

1. To‘xtovsiz maqtaladigan.
Arab tilida fe’l (taf’iyl) bobida kelganda ko‘pincha bir ishning qayta-qayta, ko‘p marta qilinganini ifodalaydi. Masalan: (qata’a) - kesdi, (qatta’a) — qiymaladi, yoki - (hamida) - maqtadi, (hammada) - to‘xtovsiz maqtadi. (Qarang: "Janohut tolib" kitobi, 7-dars, "taf’iyl" bobi, 2-band, Toshkent, 2004.) Shunda (hammada) fe’lidan yasalgan - (Muhammad) ismi to‘xtovsiz maqtaladigan, degan ma’noni anglatadi.
Darhaqiqat, Rasulullohsollallohu alayhi vasallamning sha’nlariga maqtov o‘sha zamonlardan beri tinmay yog‘ilib turibdi - ismlari qiyomatgacha azonu iqomatlarda e’lon qilinadi, azondan keyin, namozlar ichida, suhbat-ma’ruzalarda, duolarda haqlariga salavotlar aytiladi.
"Muhammad" ismi maqtov, madh va sharaf ma’nolarini anglatuvchi "hamd" so‘zidan olingan. Agar bir kishining maqtashga loyiq fazilati bo‘lsa, unga "Mahmud" so‘zi ishlatiladi. Agar u kishi maqgovga munosib barcha yaxshi sifatlarga, go‘zal xulq-odoblarga va butun insoniy fazilatlarga ega bo‘lsa, bunday inson "Muhammad"dir.
Maqtov Payg‘ambarimizni har tomondan chulg‘agan: ismlari - Muhammad va Axmad, shafoat qiladigan maqomlarining nomi - "Mahmud" (maqtovli), Qiyomat ku-nidagi bayroqlarining nomi - "Livoul hamd" (maqtov bayrog‘i), ummatlari - "hammoduun" (hamdu sanoni qo‘p aytuvchilar)dir. (Alloma Muhammad Sulaymon Mansurfuriy, "Rahmatun lil olamiyn", 1-kitob.)
Dunyoda eng ko‘p tarqalgan ism Muhammaddir ("Musulmonlar taqvim kitobi", 2005 yil, 1-chorak.)
Allohga cheksiz hamdu sanolar va to‘xtovsiz maqtaladigan Payg‘ambarimizga salavotu salomlar bo‘lsin. Omiyn!

2. Alloh O’z Payg‘ambarini farishtalari huzurida maqtasin.
Alloh taolo Payg‘ambarimizga aytadigan salavotga ulamolarimiz tomonidan bir qancha ta’riflar berilgan. Ularning eng yaxshisi va qamrovlisi ulug‘ tobe’in Abul Oliya aytgan mazkur ta’rifdir. "Sollallohu alayhi vasallam" degani "Alloh O’z Payg‘ambarini farishtalari huzurida maqtasin va salom yuborsin", deganidir (Imom Buxoriy rivoyati, "Al jome’us sahih", "Qur’on tafsiri" kitobi, Ahzob surasi, 10-bob ta’liqi, isnodi "hasan".) Alloh taoloning Payg‘ambarimizga aytadigan salavotini "Uning rahmatidir" deb, tafsir qilish zaifdir. Zero, Allohning rahmati har bir mo‘minga bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham ulamolarimiz: "Falonchiga Allohning rahmati bo‘lsin", deyishning joiz ekaniga ittifoq qilishgan. Ammo "falonchiga Allohning salavoti bo‘lsin", deyish haqida ixtilof qilishgan. Bu esa salavot boshqa, rahmat boshqa narsa ekanini bildiradi. Masalan: Alloh taolo Qur’oni karimning Baqara surasi,157-oyatida:
"Ana o‘sha (sabrli kishi)larga Parvardigorlari tomonidan salavot va rahmat bordir", deya salavot bilan rahmat orasini "harfi atf" - bog‘lovchi ila ajratgan. Ma’lumki, "harfi atf" "mug‘oyarat"ni, ya’ni, ajratib turuvchi belgini taqozo qiladi. Demak, Allohning salavoti rahmatidan ko‘ra xosroqdir. Bas, Alloh taoloning Payg‘ambariga nisbatan salavoti Payg‘ambarini farishtalari huzurida maqtashidir!
Ibn Qayyim Javziyya Payg‘ambarimizga salavot aytishning o‘ttiz to‘qqizta foydasini sanab o‘tgan ("Jala-ul afham fiy fazlissolati vassatam ‘ala Muhammadin xoyril anam" kitobi).
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 20:11:18
3. Besh marta (to‘rt marta "Muhammad" va bir marta "Ahmad" shaklida).
Alloh taolo aytadi:
"Muhammad faqat bir Payg‘ambardir. Undan ilgari ham Payg‘ambarlar o‘tgan". (Oli Imron surasi, 144-oyatidan.)
"(Ey mo‘minlar), Muhammad sizlardan biron kishining otasi emas, balki u Allohning elchisi va Payg‘ambarlarning so‘nggisidir"
. (Ahzob surasi, 40-oyatidan.)
"(Alloh) iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan hamda Muhammad (alayhissalom)ga nozil qilingan Narsaga (ya’ni, Qur’onga) iymon keltirgan zotlarning yomonlik-gunohlarini o‘chirur va ishlarini o‘nglar-holbuki, u Parvardigorlari tomonidan kelgan Haqiqatdir". (Muhammad surasi, 2-oyat)
"Muhammad Allohning elchisidir". (Fath surasi, 29-oyatidan.)
"(Ey Muhammad alayhissalom) eslang! Iyso ibn Maryam (shunday) degan edi: "Ey Bani Isroil, albatta, men Allohning sizlarga (yuborgan) Elchisidirman. (Men) o‘zimdan oldingi Tavrotni tasdiqlaguvchi va o‘zimdan keyin keladigan Ahmad ismli bir Payg‘ambar haqida xushxabar berguvchi bo‘lgan holda (yuborildim)". (Saf surasi, 6-oyatidan)
Mashhur da’vatchi olim Ahmad Diydot aytadi: "Qur’oni karimda Iyso alayhissalomning ismi 25 marta, Muso alayhissalomning ismi esa 136 marta zikr qilingan. Iyso alayhissalom Qur’onda Muhammad sollallohu alayhi vasallamga qaraganda besh marta ko‘proq tilga olinadi. Siz tasavvur qila olasizmi, biror kitobni o‘ylab topgan kishi unda o‘zi haqida hikoya qilmasa? U o‘zidan ko‘ra Iyso alayhissalomni besh marta ko‘proq tilga olgan. Bu mumkin emas. Qaysi yozuvchi yoki biograf shunday yo‘l tutadi? O’zini hurmat qilgan yozuvchi bunday qilmasdi! Bu (Qur’on) Muhammad sollallohu alayhi vasallamning asari emas! Agar bu Kitob uning asari bo‘lganida edi, aniqki, u o‘zini ko‘klarga ko‘targan bo‘lardi". (Ahmad Diydot, "Xristos v Islame" ma’ruzasidan)

4. Madaniy suralarda (Oli Imron, Ahzob, Muhammad, Fath va Saf suralarida).
Payg‘ambarimizning ismlari makkiy suralarda zikr qilinmagani ham Qur’oni karimning ilohiy kitob ekani, Muhammad alayhissalomning ijodi emasligiga dalolat qiladi. Farazan, Qur’oni karim Muhammad alayhissalomning ijodi bo‘lsa va u kishi Makkada og‘ir sharoitda turganlarida, Makka mushriklari u kishining payg‘ambarliklarini tan olmay, yolg‘onchiga chiqarib turganlarida, u zot o‘z ismlarini Qur’onga kiritib: "Mana, Xudo mening ismimni ilohiy kitobiga kiritdi. Sizlar esa, meni tan olmayapsizlar", degan bo‘lmasmidilar?
U zot Makka mushriklarining zulmidan mo‘‘jizaviy suratda qutilib, Yasribga (Madinaning eski nomi) hijrat qilib, u yerda o‘rnashganlaridan keyin, mantiqan ham bu ishni qilishga ehtiyojlari qolmagandi. Madina hijratidan so‘ng Alloh taolo Payg‘ambarimizning muborak ismlarini Qur’onida zikr qildi. Shak-shubhasiz, Qur’oni karim Alloh taoloning kalomidir!
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 20:21:36
5. Yigirma bitta.
1) Abdulloh (laqabi Zabihulloh. 25 yoshida vafot etgan).
Abdulmuttalibning tushida bir necha asr ilgari jurhumiylar tomonidan ko‘mib yuborilgan Zamzam bulog‘ini kavlash buyurilib, o‘rni ham ko‘rsatiladi. Zamzamni kavlab chiqarib, hojilarni Zamzam bilan sug‘orishni boshlaganida, qurayshliklar: "Bizni ham sherik qilasan", deb, Abdulmuttalib bilan uzoq muddat janjallashadilar. Oqibatida bir voqea yuz berib, Zamzamga Abdulmuttalib haqli ekaniga qurayshliklar guvoh bo‘lishadi. Ana shunda Abdulmuttalib: "Agar Alloh menga o‘nta o‘g‘il berib, ular meni himoya qila oladigan darajaga yetsalar, bittasini Ka’baning oldida qurbonlik qilaman", deya nazr qiladi... (To‘liq ma’lumot uchun qarang: "Hadis va Hayot", 19-juz, 55 - 59-betlar; "Saodatasri qissalari", 1-kitob, 77 - 82-betlar.)
2) Abdulmuttalib (ismi Shayba, kunyasi Abul Horis). Boshida oq sochi bo‘lgani uchun onasi unga Shayba (Oqsoch) nomini bergan. "Rifoda" (hojilarga taom berish) va "siqoya" (hojilarga suv tarqatish) otasi Hoshimning vazifasi edi. Undan keyin bu ishni Hoshimning akasi Muttalib olgan. Abdulmuttalib esa amakisi Muttalibning o‘limidan so‘ng "rifoda" va "siqoya"larni boshqaradi. Milodiy 497 yil tug‘ilgan. Vafoti 579 yil;
3) Hoshim (ismi Amr).
Qahatchilik yillarida Shom (hozirda Suriya, Iordaniya, Livan va Falastin davlatlari joylashgan yerlar)dan karvon bilan non olib keltirib, xalqqa ko‘p bor "Sarid" (nonli taom) qilib tarqatgani uchun unga "Hoshim" (nonli taom tarqatuvchi) laqabi berilgan. Hojilarga taom va suv tarqatgan. Falastinning G’azza shahrida vafot etgan. Payg‘ambarimizning hoshimiylar sulolasidan deyilishining sababi mana shu bobolariga nisbatandir;
4) Abdumanof (ismi Mug‘iyra).
Tug‘ilganida birinchi bo‘lib Manof ismli butning oldiga olib borishgani uchun Abdumanof, ya’ni, manofning quli laqabi berilgan. Yana chiroyli, go‘zal yuzli bo‘lgani uchun "qamarul batho" (cho‘ldagi oy) laqabini ham olgan;
5) Qusay (ismi Zayd).
U milodiy 440 yili Makkada jumhuriy davlat (ta’bir joiz bo‘lsa, demokratik kichik davlat)ga asos solgan hamda "Rifoda", "Siqoya" va "Dorun Nadva" (maslahat kengashi, o‘sha vaqtdagi Makka parlamenti)ni tashkil etgan. Urush bayrog‘i ham faqat uning qo‘li bilan o‘rnatilar edi;
6) Kilob (ismi Hakim, kunyasi Abu Zuhra).
Ov itlarini ko‘paytirgani uchun Kilob laqabini olgan. U ikki o‘g‘il - Zuhra va Qusayning otasidir. Bularning ikkisi ham Payg‘ambarimizga bobo bo‘ladilar. Zuhra ona tarafdan bobo bo‘lgani bois, Payg‘ambarimizning onalari Ominai Zuhriyya deb nomlanadilar;
7) Murra;
8) Ka’b.
Ka’bning ma’nosi — sha’ni ulug‘, qadri baland, mashhur. U ismiga mos bo‘lgan;
9) Luay;
10) G’olib;
11) Fihr.
U Quraysh qabilasining asoschisi hisoblanadi. Uning laqabi Quraysh edi. "Quraysh"ning ma’nosi "akula"dir. U oliy axloqli, hikmatli kishi bo‘lgan. Yaman hukmdori Hasson Ka’bani buzib, toshlarini Yamanga olib borib, Ka’bani o‘sha yerda qurish niyati bilan Makkaga hujum qilganida, Fihr aka-ukalari bilan bosqinchilarga qarshi kurashadi va Hassonni asir olib g‘olib bo‘ladi. Qolaversa, Fihr va uning avlodi arab qabilalari ichida kuchli, jasoratli va qudratli bo‘lganlari uchun ham arablar unga Quraysh (akula) laqabini berishgan;
12) Molik;
13) Nazr (ismi Qays);
14) Kinona;
15) Xuzayma;
16) Mudrika (ismi Omir).
Omirning otasi Ilyosning uchta o‘g‘li bo‘lgan. Bir kuni Ilyosning tuyalari qochib ketadi. Ularni topa olmay juda qiynaladi. Oxiri o‘g‘illarini tuyalarni topib kelishga yuboradi. Ikki o‘g‘il hech narsa topa olmay qaytib keladilar. Omir esa hamma tuyalarni topib, otasining oldiga haydab keladi. Shunda Omirga "Mudrika" (topqir) degan laqab berishadi. Keyinchalik odamlar uni ismi bilan emas, laqabi bilan chaqiradigan bo‘lib ketishgan;
17) Ilyos;
18) Muzar;
19) Nizor;
20) Ma’add;
21) Adnon.
U - Hijoz, Najd va Tihoma aholisi bo‘lmish shimoliy arab urug‘larining katta bobosi.("Al-mushkid fil a’lom".)
Payg‘ambarimiz bilan bobolari Adnon orasida 1158 yil o‘tgani tarixdan ma’lum.("Rahmatun lil olamiyn", 2-kitob.)
 
6. O’ttiz to‘qqizta.
Alloma Muhammad Sulaymon Mansurfuriy bu masalani chuqur va mukammal o‘rganganidan keyin, Tabariy bilan Ibn Sa’dning rivoyatlarini jamlab, Adnon bilan Ismoil alayhissalom o‘rtasida 39 ta avlod o‘tganini tahqiq qilib, ularning ismlarini "Rahmatun lil olamiyn" kitobida keltirgan. ("Ar-rahiqul maxtum".)
Payg‘ambarimiz aytadilar: "Albatta, Alloh Kinona (qabilasi)ni Ismoil alayhissalom avlodidan tanlab oldi. Qurayshni Kinonadan tanlab oldi. Quraysh (qabilasi)dan Bani Hoshimni tanlab oldi. Meni Bani Hoshimdan tanlab oldi". (Muslim, Ahmad, Abu Ya’lo, Xatib va Ibn Asokirlar rivoyati.)
Umuman olganda, Payg‘ambarimizning nasablari shajarai toyyiba kabi pokiza nasab ekanini o‘sha vaqtdagi Quraysh qabilalari - musulmonu kofiri yaxshi bi-lishgan. Shuning uchun ham dushmanlarining birortasi Payg‘ambarimizning nasablariga til tekkiza olmagan.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 20:24:39
7. Abdulloh; Abdulmuttalib; Hoshim; Abdumanof; Qusay.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nasablari aniq va pok bo‘lganiga qaramasdan, ba’zi g‘arblik sharqshunoslar: "Abdulmuttalibning ma’nosi "Muttalibning quli" deganidir. Demak, Muhammadning bobosi qul bo‘lgan, hur-ozod bo‘lmagan", degan da’voni qilishadi. Aslini olganda undoq emas! Abdulmuttalibning otasi Hoshim Yasrib (Madina)ning Xazraj qabilasidan bo‘lgan Salmo Amr qiziga uylangan bo‘lib, undan bir o‘g‘il ko‘radi. Boshida oq sochlari bo‘lgani uchun, onasi unga Shayba - Oqsoch deb ism qo‘yadi va u Yasribda onasining qo‘lida katta bo‘ladi. Otasi vafot etgach, Muttalib ismli amakisi uni Yasribdan Makkaga olib keladi. Yo‘lda odamlar: "Bu Muttalibning quli" deyishganida, Muttalib: "Holingizga voy bo‘lsin! U chindan ham ukam Hoshimning o‘g‘li", deydi va uni tarbiyasiga olib, qo‘p marhamatlar ko‘rsatadi.
(Shu o‘rinda eslatib o‘tmoq kerakki, Imom Shofe’iyning nasabi mana shu Muttalibga borib taqaladi).
U doimo tarbiyachi amakisi Muttalib bilan birga yurgani uchun qolaversa, amakisi bergan tarbiyasini taqdirlash ma’nosida va qilgan yaxshiliklarini unutmaslik maqsadida ham Shayba o‘ziga "Abdulmugtalib" (Muttalibning g‘ulomi-xizmarkori) laqabini oladi. Bu haqiqatni barcha arablar yaxshi bilganlar. Abdulmuttalibning hur-ozod inson ekani hamda, Qusaydek Quraysh rahbarining evarasi bo‘lgani uchun ham arablar Abdulmuttalibni Quraysh rahbari etib tayinlaganlar! Bundan tashqari butun arablar uni "Quraysh sayyidi", "Quraysh ulug‘i" va "Osmondagi qushlarni ovqatlantiruvchi" deb ham atashar edi. ("Ar-rahiqul maxtum"; "Rahmatun lil olamiyn", 1-kitob. "Ar-rahiqul maxtum".)

8. Payg‘ambarimiz tug‘ilishlaridan 50 — 55 kun oldin (Muharram oyida. Bu voqea milodiy 571 yil, fevral oyining oxiriga yoki martning boshiga to‘g‘ri keladi)
Nasroniylik Rim imperiyasida rasmiy din sifatida qabul qilinganidan keyin bu din Habashiston (hozirgi Efiopiya)gacha yoyiladi. Yahudiylik esa Yamanga ximyariylar davrida kirgan edi. Ximyariy davlati yiqilganidan so‘ng Yaman mamlakati habash istilosiga mubtalo bo‘ladi.
Shunda Habashiston podshosi Yamanga Abraha nomli shaxsni hokim etib tayinlaydi. Abraha (habashcha Ibrohim, ismi Sabboh Habashiy; burni majaqlangani va lablari tirtiq bo‘lgani uchun unga Ashram laqabi ham berilgan) o‘ta mutaassib, ashaddiy bir nasroniy bo‘lib, Yamanda hukmronlik qilib turgan vaqtida San’o shahrida misli qo‘rilmagan hashamatli kanisa (cherkov) qurdiradi va Arabiston yarim oroliga nasroniylikni yoyish maqsadida Ka’ba ziyoratiga borayotgan arablarni San’oga burishga harakat qiladi. Ammo odamlar baribir Makkaga qarab ketavergach, Ka’bani buzishga qaror qiladi.
Bu vaqtda Omina Payg‘ambarimizga homilador edi. Ominaning homilasi oddiy homila emasdi. Bu xayr-baraka homilasi edi. Alloh taolo o‘sha homilaning barakasidan ham Ka’bani buzib tashlash niyatida Makkaga bostirib kelgan Abraha boshliq fil egalarini halok etadi. Bu«voqeaga juda ko‘p kishi guvoh bo‘lgan.
Abraha puxta reja asosida o‘zidan oldingilar qilolmagan ishga qo‘l urgan edi. Uning asosiy maqsadi urushish emas, balki Makkani bosib olib, Yaman bilan Shom o‘rtasini bog‘lab, nasroniy olamini kengaytirish edi! O’sha vaqtda Makka hokimi bo‘lib turgan Abdulmuttalibga jo‘natgan elchisi orqali: "Men sizlar bilan urushishga emas, balki Ka’bani yiqitishga keldim", deya asl maqsadini bildirgan. ("Hidoyat", 2005 yil, 11-son, 6 - 7-betlar.)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 20:26:13
9. To‘qqizta.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bobolari Abdulmuttalibning 10 ta o‘g‘li bo‘lgan:
1) Horis (Abdulmuttalibning Safiyya ismli xotinidan);
2) Zubayr (Abdulmuttalibning Fotima ismli xotinidan);
3) Abu Tolib (ismi Abdumanof bo‘lib, Bani Hoshim shayxidir. Abdulmuttalibning Fotima ismli xotinidan);
4) Abdulloh (Abdulmuttalibning Fotima ismli xotinidan);
5) Hamza (Abdulmuttalibning Hola ismli xotinidan);
6) Abu Lahab (ismi Abdul Uzzo. Abdulmuttalibning Lubno ismli xotinidan);
7) G’aydoq (Abdulmuttalibning Muna’ ‘ama ismli xotinidan);
8) Miqvam yoki Muqavvim (Abdulmuttallibning Hola ismli xotinidan);
9) Safor (Abdulmuttalibning Taniyla yoki Natiyla ismli xotinidan);
10) Abbos (Abdulmuttalibning Taniyla yoki Natiyla ismli xotinidan).
Ba’zilar: "Abdulmuttalibning 11 ta o‘g‘li bo‘lgan", deb, Qusam ismli o‘g‘ilni ham qo‘shadilar. Ba’zilar: "13 ta o‘g‘il bo‘lgan", deb, Abdulka’ba bilan Hajalni qo‘shadilar. Muhaqqiqulamolar esa: "Abdulmuttalibning 10 ta o‘g‘li bo‘lgan. Abdulka’ba Miqvamdir, Hajal G’aydoqdir va farzandlari orasida Qusam ismli bola bo‘lmagan", deyishadi.
Payg‘ambarimizning ba’zi amakilarining ismlarida har hillik bor ekan. Shuking uchun ham biz ularning ismlarini "Ar-rahiyqul maxtum" kitobidan olib yozdik va undagi ma’lumotlar bilan qanoatlandik.

10. Oltita.
1) Ummu Hakim Bayzo (Abdulmuttalibning Fotima ismli xotinidan);
2) Barra (Abdulmuttalibning Fotima ismli xotinidan);
3) Otika (ma’kosi - Tohira. Abdulmuttalibning Fotima ismli xotinidan);
4) Safiyya (Abdulmuttalibning Hola ismli xotinidan);
5) Arvo (Abdulmuttalibning Fotima ismli xotinidan);
6) Umayma (Abdulmuttalibning Fotima ismli xotinidan).
Payg‘ambarimiz ammalarining oltita bo‘lganiga ulamolar ittifoq qilishgan.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 20:28:29
11. To‘rtinchisi.
Ma’lumki, Zubayr, Abu Tolib va Abdulloh bigta (Fotima) onadan tug‘ilishgan. Payg‘amparimizning otalari Abdulloh bularning ichida kichigi edi.
Abdulloh o‘nta o‘g‘il ichida eng kenjasi emasligiga bir misol: Hamza bilan Abbos roziyallohu anhumolar Payg‘ambarimizdan salgina katta bo‘lganlar va Hamza roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz bilan emikdosh ekanliklari ma’lum va mashhurdir! ("Ar-rahiyqul maxtum".)

12. Makkalik.
Makka Saudiya Arabistonining g‘arbida, Qizil dengiz sohilidan 80 km uzoqlikda joylashgan shahardir. Payg‘ambarimizning otalari Abdulloh Quraysh qabilasining hoshimiy urug‘idan, onalari Omina esa, Quraysh qabilasining Bani Zuhra urug‘idan bo‘lib, qabila boshlig‘i Vahbning qizidir. Har ikkilari ham mak-kalik, har ikkilari ham Makkaning hokimi va Ka’baning himoyachisi bo‘lgan Quraysh qabilasidan edi.
Omina odobli, sabrli va go‘zal bir qiz edi. Uning haqidagi xabarlarga qaraganda Omina xuddi Bibi Maryamning sifatlariga ega bo‘lgan.
"Zamonamiz tarixchilari orasida Payg‘ambarimizning onalari Ominani madinalik deb, uning keyin Makkaga kelin bo‘lib tushganini yozganlar ham bor. Hatto bir paytlar tantanali "kelin keltirish" hikoyasi to‘qib chiqarilgan edi". (Zakoi Ko‘nrapa, "Payg‘ambarimiz va asharai mubashshara", 1-kitob, 58-bet.)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 20:29:45
13. Tug‘ilmaslaridan oldin, ona qornida homila ekanliklarida. ("Ar-rahiyqul maxtum".)

14. Fil yilida.
Payg‘ambarimizning Fil yilida tug‘ilganlariga ulamolar ittifoq qilishgan. (Ibni Kasiyr, "As-siyratun nabaviyya".)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 20:33:42
15. 571-yili. ("Ar-rahiyqul maxtum"; "Nurul yaqiyn"; Sayyid Mahmud Taroziy, "Nurul basar"; Sobit hoji domla Abdul Boqiy o‘g‘li, "Siyratu xotamin nabiyyin".)

16. Dushanba kuni.
Payg‘ambarimizdan dushanba kuni ro‘za tutishlarining sababini so‘rashganda, u zot: "O’sha kunda tug‘ildim va o‘sha kunda menga Qur’on nozil qilindi", deganlar. (Muslim va Abu Dovud rivoyatlari.)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 20:38:10
17. Rabi’ul avval oyida.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning rabi’ul avval oyi, dushanba kuni, ertalab quyosh chiqishidan oldin tug‘ilganlariga ittifoq qilingan.

18. Bahorda (20 yoki 22 aprel). ("Ar-rahiyqul maxtum"; "Nurul yaqiyn"; "Nurul basar"; "Rahmatun lil olamiyn", 1-kitob; Sobit hoji domla Abdul Boqiy ug‘li, "Siyratu xotamin nabiyyin".)("Nurul yaqiyn"; "Nurul basar".)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 20:41:49
19. Rabi’ul avval oyining sakkizinchi, to‘qqizinchi yoki o‘n ikkinchi kuni.
Imom Molik ulug‘ tobe’in Muhammad ibn Jubayrdan sahih isnod bilan qilgan rivoyatda: "Rabi’ul avval oyining sakkizinchi kuni" deyilgan. Hofiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy mana shu rivoyatni qattiq ushlagan. Hofiz Abul Xattob Umar ibn Dihya ushbu ma’lumotni "arjah" (eng kuchli) deb sanagan.
Shayx Muhammad Xuzariy "Nurul yaqiyn" kitobida, Shayx Safiyyur Rahmon Muborakfuriy "Ar-rahiyqul-maxtum" kitobida, Alloma Muhammad Sulaymon Mansurfuriy "Rahmatun lil olamiyn" kitobida, Sayyid Mahmud Taroziy (Oltinxonto‘ra) "Nurul basar" kitobida, Sobit hoji domla Abdul Boqiy o‘g‘li "Siyratu xotamin nabiyyin" kitobida va misrlik mashhur general va tarixchi Muhammad Tal’atbek Harb "Tarixu duvalil arabi val Islom" kitobida: "Rabi’ul avval oyining to‘qqizinchi kuni" deyishgan. Misr rasadxonasining sobiq mudiri, falakiyotshunos olim, geometriya fanlari mutaxassisi Mahmud Posho mana shu kun milodiy 571 yil, rabi’ul avval oyining dushanbasiga to‘g‘ri kelishini ilmiy asoslab bergan.
Ko‘pchilik ulamolar: "Rabi’ul avval oyining o‘n ikkinchi kuni", deyishgan. Usmonli turk davlati tomonidan bu kunni "mavludi nabiy" kuni sifatida qutlanishi buyurilgan. Ammo rabi’ul avval oyining 12-kuni (571 yil, rabi’ul avval oyining) dushanbasiga to‘g‘ri kelmasligini unutmaslik kerak! (Zakoi Ko‘nrapa, "Payg‘ambarimiz va asharai mubashshara", 1-kitob, 45-bet.)
Bu ixtilofda katta hikmat bor, albatta. Vallohu a’lam!

20. Abu Tolibning uyida. ("Nurul yaqiyn"; "Nurul basar")
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 20:43:43
21. Abdurahmon ibn Avfning onasi Shifo. ("Nurul yaqiyn".)

22. Yolg‘iz farzand bo‘lganlar. Payg‘ambarimizning aka-uka, opa-singillari bo‘lmagan.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 20:45:30
23. Bobolari Abdulmuttalib (Allohning ilhomi bilan).
Abdulmuttalibdan: "Nevarangga qanday ism qo‘yding?" deb so‘raganlarida, u: "Muhammad deb ism qo‘ydim", deydi. Ular: "Ota-bobolaringda bunaqa ism yo‘q-ku?" deyishganida, u: "Men bu nevaramning osmonlar-u, yerda doimo maqtalishini xohladim", degan. ("Ar-rahiyqul maxtum"; "Nurul yaqiyn"; "Nurul basar".)

24. Onalari Omina (3-7 kuncha).
Onalarining suti yetmagach, bir necha kun amakilari Abu Lahabning ozod qilgan cho‘risi Suvayba emizgan. So‘ng Bani sa’dlik Halima Abu Zuayb qizi eng ko‘p emizgan. ("Ar-rahiyqul maxtum"; "Nurul basar")
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 20:46:54
25. Ummu Ayman.
Ummu Ayman (Baraka Sa’laba qizi) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning otalari Abdullohning joriyasi bo‘lib, Abdullohning vafotidan so‘ng Payg‘ambarimizning xonadonida qolgan. Abdullohdan bu joriyadan tashqari, yana beshta tuya va bir suruv qo‘y ham qolgan. ("Ar-rahiyqul maxtum".)

26. Ikki yil. (Ibn Ishoq rivoyati; "Ar-rahiyqul maxtum"; Ibn Hishom, "As-siyra-tun nabaviyya".)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 20:49:12
27. Bobolari Abdulmuttalib xatna qilgan (arablar odatiga ko‘ra, yetti kunligida).
("Ar-rahiyqul maxtum"; Shayx Muhammad Sha’roviy, "As-siyratun nabaviyya", 24-bet.)
Abdulmuttalib o‘g‘li Abdullohdan xotira-esdalik bo‘lib tug‘ilgan nabirasini Ka’baga olib borib, duo qilib qaytadi va Allohning ilhomi ila unga Muhammad deb ism qo‘yadi hamda yettinchi kuni chaqaloq nomidan qurbonlik so‘yib, xatna qilib, katta ziyofat beradi. (Ibnu Abdil Barr, "At-istiy’ob bi hoshiyatil isoba", 1-kitob; Shomiy, "Subulul huda var-rashod", 1-kitob.)
Ba’zilar Payg‘ambarimizni xatna qilingan holda tug‘ilganlar, deb aytishgan. Ammo imom Zahabiy: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yetti kunlik bo‘lganlarida bobolari Abdulmuttalib xatna qilgan, Muhammad deb ism qo‘ygan va qurbonlik so‘yib ziyofat bergan", degan rivoyat "Xatna qilingan holda tug‘ilgan", degan rivoyatdan kuchliroq", degan. (Shayx Muhammad Sha’roviy, "As-siyratun nabaviyya", 24-bet; Ibn Qayyim Javziyya,"Zodul ma’od", 1-kitob.)
Umuman olganda, bu bahs etadigan mavzu emas. Qolaversa, ko‘plar o‘ylaganidek, xatna qilingan holda tug‘ilish fazilatmas.

28. To‘rt — besh yoshlar orasida.
Halimai Sa’diyya (eri Horis ibn Abdul Uzzo, laqabi Abu Kabsha) Muhammad alayhissalomni har olti oyda Makkaga mushtipar onalari Omina va qarindosh-urug‘larining oldlariga olib kelib turar edi. Payg‘ambarimiz ikki yoshga to‘lganlarida Halimai Sa’diyya u zotni sutdan chiqarib, tuqqan onalari Ominaning oldiga olib boradi va bu barakali boladan ajralmaslik uchun yalinib-yolvorib, yana Sa’d qabilasiga olib ketadi. Omina ham Makka havosining o‘sha vaqgda yaxshi emasligi, ya’ni, shaharda vabo tarqalgani uchun rozi bo‘lishdan boshqa chorasi qolmaydi. (Ibn Ishoq rivoyati; "Ar-rahiyqul maxtum"; "Nurul basar".)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 20:55:23
29. Ikkita. ("Nurul yaqiyn"; Ibn Hishom, "As-siyratun nabaviyya")
Mazkur farishtalarning ikkita bo‘lganini imom Hokim Ibn Ishoqdan rivoyat qilib, "Isnodi sahih", degan. Zahabiy uning fikriga qo‘shilgan. Ibn Hibbon ham, "Sahih" degan.
Imom Muslim rivoyatida o‘sha farishtalarning faqat bittasi zikr qilingan: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bolalar bilan o‘ynab yurganlarida, uning oldiga Jabroil alayhissalom kelib, uni yerga yetqizdi. Ko‘kragini yorib, yurakni oldi va ichidan quyuq qora qonni chiqarib tashlab: "Bu shaytonning sendagi nasibasi edi", dedi, so‘ngra yurakni tilla tog‘oradagi zamzam suvida yuvib, kesilgan yerlarini tikib, yana joyiga solib qo‘ydi...".
Shu sababli ham shayton Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni umuman vasvasa qila olmagan!
Nafs uch xil bo‘ladi:
1. "Nafsi ammora" — yomonlikka undovchi nafs.
"Men nafsimni oqlamayman. Chunki nafs — agar Parvardigorimning O’zi rahm qilmasa — albatta yomonlikka buyurguvchidir". (Yusuf surasi, 53-oyat.)
2. "Nafsi lavvoma" — malomatgo‘y nafs.
"Va Men malomatgo‘y nafsga qasam ichurman". (Qiyomat surasi, 2-oyat.) "Malomatgo‘y nafs" Alloh taologa ibodat qilishda qosirlik — beparvolik qilgan egasini malomat qiladigan nafsdir.
3. "Nafsi mutmainna" - xotirjam nafs.
"(Qiyomat Kunida hayoti dunyodan Alloh taoloning va’dasiga ishonib iymon va ezgu amallar bilan o‘tgan mo‘minlarga xitob qilinib, deyilur): "Ey (Allohning zikri bilan) xotirjam (bo‘lgan) nafs". (Fajr surasi, 27-oyat.)

30. Ikki marta.
Birinchisi: To‘rt — besh yoshlar orasida, Bani Sa’d qabilasida.
Ikkinchisi: Me’roj kechasi, Isro voqeasidan oldin, Ka’ba yonida. (Buxoriy va Muslimlar rivoyati; "Ar-rahiyqul maxtum"; Ibni Kasiyr, "Sahihus siyratin nabaviyya".)
Alloh taolo aytadi:
"(Ey Muhammad alayhissalom), Biz sizning ko‘ksingizni (qalbingizni) ochib qo‘ymadikmi?!" (Sharh surasi, 1-oyat.)
Bu oyatda Muhammad alayhissalomning yoshlik davrlaridagi "Shaqqi Sadr" voqeasiga ishora bor! (Alouddin Bag‘dodiy, "Tafsiri Xozin; Muhammad Ali Sobuniy, "Sofvatut-tafosiyr"; Shayx Muhammad Sha’roviy, "As-siyratun nabaviyya".)
Bu oyatda Isro kechasidagi "Shaqqi Sadr" voqeasiga ishora bor. ("Tafsiri Ibni Kasiyr".)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 02 Iyun 2009, 20:58:42
31. Olti yoshga to‘lganlarida.
Payg‘ambarimiz olti yoshga to‘lganlarida onalari Omina eri Abdullohning qabrini ziyorat qilish maqsadida o‘g‘li Muhammad alayhissalom, xodimasi Ummu Ayman va qaynotasi Abdulmuttaliblar hamrohligida Yasribga boradi. U yerda bir oy turishadi. Qaytayotganlarida, yo‘lda betob bo‘lib, Yasrib yaqinidagi Abvo degan joyda vafot etadi. ("Ar-rahiyqul maxtum".)
Shunday qilib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham otadan, ham onadan yetim qoladilar.
Ulamolarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yetimlikda o‘sishlariga Alloh taoloning hikmati deb qaraydilar. Agar u zot yetim o‘smaganlarida, bir qun kelib dushmanlari: "Ota-onasidan yoki bobosidan o‘rganib olgan narsalarni aytib, men payg‘ambar man, demoqda", deyishlari mumkin edi.
Alloh taolo Zuho surasining 6-oyatida:
"(Ey Muhammad alayhissalom, Parvardigoringiz) sizni yetim holda topib, boshpana bermadimi?!" deya, Payg‘ambar alayhissalomning yosh go‘daklik chog‘larida yetim bo‘lib qolganlarida, avval bobolari Abdulmuttalibning, so‘ngra amakilari Abu Tolibning qaramog‘ida tarbiya topganlariga ishora qilgan. ("Tafsirul-Jalolayn"; "Tafsiri Ibni Kasiyr"; "Tafsirun Nasafiy"; "Tafsiri Xozin"; "Sofvatut tafosiyr".)

32. Ahli fatrat.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning onalariga istig‘for aytishga izn so‘raganlari farzandlik burchlarini chuqur his qilganlaridandir. Izn berilmagani esa, u zotning onalari Omina binti Vahbning Islomdan oldin o‘tib ketganlaridir. Istig‘forning sharti Islomdir.
Ahli sunna va jamoa ulamolari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning onalari jannatiydir, chunki u kishi "ahli fatrat"dir, ahli fatrat jannatiy bo‘lishida shubha yo‘q, deyishadi. ("Hadis va Hayot", 7-juz, 338-bet.)
Alloh taolo aytadi:
"...Biz to biron Payg‘ambar yubormagunimizcha, azoblaguvchi bo‘lgan emasmiz". (Isro surasi, 15-oyat.)
Ya’ni, "insonga aql, farosat berganimizdan keyin, dunyodagi qudratimizga, xoliq, mudabbir va roziq ekanimizga dalolat etuvchi mo‘‘jizalarga qarab to‘g‘ri yo‘lni tanlab, Bizga iymon keltirib ibodat etishini farz qilib, bajarilmasa, jazolashni joriy qilsak, haqqimiz bor edi. Ammo bunday qilmadik. Bandalarimizga rahm etdik. Mazkur narsalar ustiga yana ogohlantiruvchi — eslatuvchi Payg‘ambar yuborishni ham iroda etdik. Payg‘ambar ogohlantirganidan keyin ham iymon va Islom yo‘lini tanlamaganlarni azoblashga ahd etdik. Payg‘ambar va uning da’vati yetmaganlarni esa, azoblamaslikka qaror qildik". ("Tafsiri Hilol", Isro surasi, 15-oyat tafsiridan.)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 03 Iyun 2009, 19:55:45
33. Sakkiz yoshda (qo‘shimcha: ikki oy-u o‘n kun). ("Ar-rahiyqul maxtum"; "Nurul basar".) Abdulmuttalib shamsiy 82, qamariy 84 yoshida Makkada vafot etadi.

34. 12 yoshda.
Bahiyroning ismi Jirjiys (Georgiy)dir. Bayrutdagi "Katolik bosmaxonasi" tomonidan 1996 yilda chop etilgan "Al-munjid fil a’lom" (atoqli ismlarning izohli lug‘ati) kitobida quyidagi ma’lumotlar yozilgan: "Rohib (monax) Bahiyro milodiy VI asrda Arab jazirasida, karvonlar yo‘li ustida yashar, badaviy (ko‘chmanchi xalq)larni yakka xudolikka da’vat qilar edi. Muhammad (alayhissalom)ni Quraysh savdogarlari hamrohligida ko‘rib, amakisi Abu Tolibga: "Mana shu jiyaning (Muhammad) haqida ulug‘ xabar bor", deydi".
U Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sifatlarini Tavrot va Injillardan ochiq-oydin o‘qib bilgan edi.
Bugungi Injillarda ham Payg‘ambarimiz haqlaridagi bashoratlarga ishoralar qolgan. Masalan: "Iso shogirdlariga dedi: "Agar meni sevsangizlar, amrlarimga amal qilinglar. Men otamga (aslida: Rabbimga) murojaat qilaman va U to abad (Qiyomatgacha) sizlar bilan qoladigan boshqa (ya’ni, mendan boshqa) Yupatuvchini yuboradi. Bu Yupatuvchi -Haqiqat Ruhidir"; ("Yuhanno Injili", 14-bob, 15 - 17-jumlalar. "Yuhanno Injili", 16-bob, 7 - 8- va 13-jumlalar. "Hidoyat", 2005 yil, 1-son.)
"Ammo sizlarga haqiqatni aytaman, mening ketishim siz uchun foydalidir. Agar men ketmasam, Yupatuvchi oldingizga kelmaydi. Agarda ketsam, uni oldin-gizga yuboraman (aslida: Rabbim yuboradi). U esa kelib, gunoh, adolat va hukm xususida dunyoning xato qilganini fosh etadi... Muqaddas Haqiqat Ruhi kelgach, U sizlarni butun haqiqat yo‘liga boshlaydi. U O’zicha gapirmaydi, neki eshitsa, o‘shani so‘zlab beradi. U kelajak haqida sizlarga xabar qiladi". ("Yuhanno Injili", 14-bob, 15 - 17-jumlalar. "Yuhanno Injili", 16-bob, 7-8- va 13-jumlalar. "Hidoyat", 2005 yil, 1-son.)
Izoh: "Yupatuvchi" so‘zi ibroniy (eski yunon) tilidagi "Parakletos" so‘zining tarjimasidir. "Parakletos" aslida, hamd, maqtov ma’nosidagi "Periklutos" bo‘lgan. "Muhammad" ismi ham so‘z sifatida "to‘xtovsiz maqtaladigan", "Ahmad" esa, "ko‘proq maqtovchi" ma’nosini beradi.
XVI asr boshida yashagan, avval katolik ruhoniyi bo‘lib, so‘ng Islomni qabul qilgan ispaniyalik Anselmo Turmedoning ustozi usquf (episkop) Nikola Martel shogirdiga: "Injildagi Parakdit ismi musulmonlarning payg‘ambari Muhammadning ismidir. Unga Jabroil farishta vositasida to‘rtinchi kitob — Qur’on nozil bo‘lgan", deb Injil sirini ochgan edi! ("Yuhanno Injili", 14-bob, 15 - 17-jumlalar. "Yuhanno Injili", 16-bob, 7 - 8- va 13-jumlalar. "Hidoyat", 2005 yil, 1-son.)
Zamondoshlarimizdan ustoz Ahmad Najjor g‘arb olimlaridan biri doktor Karlu Nilinudan: "Forqilat (Parakletos)ning ma’nosi nima?" deb so‘rasalar, u kishi: "Rohiblar "Mu’azziy" deb aytishadi", debdi. Shunda ustoz Najjor: "Men rohibdan emas, balki yunon tily fan doktori Karlu Nilinudan so‘rayapman", deb rad qilibdilar. Faqat shu gapdan keyingina ajnabiy doktor: "Bu so‘zning asl ma’nosi "maqtash, ko‘p shukr", debdi. So‘ngra, ustoz Najjor: "Arabcha "hamd" so‘zining "Ahmad" shaklida ishlatilishiga to‘g‘ri keladimi?"desalar, doktor Karlu: "Ha", debjavob kilgan ekan. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Sunniy aqiydalar", 353 -354-betlar; "Hadis va Hayot", 19-juz, 38-bet.)

35. Yigirma besh yoshlarigacha (Xadicha roziyalpohu anhoga uylangunlarigacha).

36. Ellik yoshlarigacha (Abu Tolibning vafotigacha).
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 03 Iyun 2009, 20:02:28
37. O’n besh yoki yigirma yoshda.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu jangda ishtirok etmaganlar, balki kamonchi amakilariga o‘q uzatib turganlar.
Ibn Hishomning ma’lumotiga asoslangan ulamolar: "O’shanda Rasulullohsollallohu alayhi vasallam 15 yoshda edilar", deyishadi. ("Ar-rahiyqul maxtum"; Ibn Hishom, "As-siyratun nabaviyya"; Shayx Muhammad Xuzariy, "Muhozarotu tarixil umamil islomiyya", 1-kitob; "Mavsu’atul musobaqotil islomiyya", "As-siyratun nabaviyya" qismi.)
Ibn Ishoqning ma’lumotiga asoslangan olimlar esa: "20 yoshda bo‘lganlar", deyishgan. ("Nurul yaqiyn"; Ibn Hishom, "As-siyratun nabaviyya".)
Shayx Muhammad Sodiq hazratlari Ibn Hishomning ma’lumotini olganlar! ("Hadis va Hayot", 19-juz, 71-bet.)

38. Hilful fuzul
(fazilatli kishilar shartnomasi).

39. Yigirma besh yoshlarida.


40. Erkak (yosh qul bo‘lgan).
"Maysara"ning ma’nosi - osonlik, yengillik, boylik, badavlatlilik, davlatmandlik. (Qarang: "Al-munjid fil-lug‘at"; Al-qomusul jadid"; Baqara surasi, 280-oyat ma’nolari tarjimalari.)
Demak, Maysara degan ism faqat ayollarniki emas ekan!
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 03 Iyun 2009, 20:08:41
41. Qirq yoshda.
Ibn Ishoq: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xadicha roziyallohu anhoga uylangan vaqtda, Xadicha onamiz 28 yoshda bo‘lganlar", degan gapni aytgan. Lekin, bu rivoyatning isnodi yo‘q (Shayx Muhammad Sha’roviy, "As-siyratun nabaviyya", 82 — 83-betlar.)
Ibn Kasiyr "Al-bidoya van-nihoya" kitobida 35 yoshni zikr qilganlar. Bu ma’lumot ham sahih emas.
"Xadicha roziyallohu anho Payg‘ambarimizning birinchi ayollari bo‘lib, u zot Xadicha onamizga uylanganlarida yigirma besh yoshda, onamiz esa, qirq yoshda edilar.
Ko‘rinib turibdiki, bu nikohda shahvoniylik maqsad emas. Alloh taolo O’z hikmati ila Muhammad alayhissalomni payg‘ambarlikni qabul qilib olishga tayyorlar edi. Darhaqiqat, Xadicha onamiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Jabroil alayhissalom birinchi bor vahiy keltirib, u zot qo‘rqib ketganlarida, taskin berarkanlar, payg‘ambarlikka musharraf bo‘lganlarini tushunib, iymon keltirganlar. Keyinchalik ham Xadicha onamiz Payg‘ambarimizga eng og‘ir paytlarda ishonchli yordamchi bo‘ldilar. O’zlarining mol-mulklarini, jamiyatdagi obro‘larini va bor imkoniyatlarini Islom yo‘lida sarfladilar. O’sha paytda Xadicha onamizning o‘rinlarida tajribasiz yosh kelin bo‘lganida bundoq oqilona ishlarni qila olmas edi" ("Hadis va Hayot", 13-juz’, 35-bet.)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 50 yoshlarigacha — 25 yil Xadicha onamiz bilan mazmunli hayot kechiradilar va ustlariga boshqa xotin olmaydilar. Umuman olganda, Payg‘ambarimiz 53 yoshlarigacha, Madina hijratigacha bir ayol bilan yashaganlar.
Xadicha onamiz bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yoshlari o‘rtasidagi farqni ba’zi kimsalar hazm qilolmasliklari mumkin. Ammo kechayu kunduz Payg‘ambarimizning "kamchiliklari"ni qidirgan Quraysh mushriklari buni mutlaqo ayb sanamaganini esimizdan chiqarmasligimiz kerak!
Jabroil alayhissalom Payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga kelib: "Ey Rasululloh! ...Agar Xadicha huzuringizga kelsa, unga Parvardigori nomidan va mening nomimdan salom ayting hamda unga xushxabar beringki, jannatda uning uchunyo marvariddan keng bir qasr bunyod etilgan bo‘lib, u yerda shovqin-suron ham, mehnat-mashaqqat ham yo‘q", deydi. (" Buxoriy va Muslim rivoyati.)
Payg‘ambarimizning nasablari Xadicha onamizning nasabi bilan to‘qqizinchi bobolari Luayda birlashadi. ("Rahmatun lil olamiyn", 2-kitob.)

42. Yigirmata urg‘ochi bo‘taloq. ("Ar-rahiyqul maxtum"; Ibn Hishom, "As-siyratun nabaviyya"; "Nurul basar".)

43. Ikki o‘g‘il va to‘rt qiz. Tartib bilan:
1) Qosim. U Islomdan avval Makkada tug‘ilib, "asahh" (eng sahih) qavlga binoan o‘n yetti oy yashab, olamdan o‘tgan;
2) Zaynab. Ko‘pchilik olimlar: "Zaynab Payg‘ambarimizning katta qizlari bo‘lib, u zot 30 yoshga to‘lganlarida tug‘ilgan va hijratning 8-yili vafot etgan", deyishadi;
3) Ruqayya. U Payg‘ambarimiz 33 yoshga kirganlarida tug‘ilgan;
4) Ummu Gulsum. Hazrati Usmon roziyallohu anhu avval Ruqayyaga, uning vafotidan keyin Ummu Gulsumga uylanganlar va "Zunnurayn" (ikki nur egasi) laqabini olganlar;
5) Fotima. Fotimai zahro Payg‘ambarimiz 41 yoshga kirganlarida tug‘ilgan. Darvoqe’, Xadicha roziyallohu anhoning onalari ismi ham Fotima bo‘lgan. Payg‘ambarimizning ota tomondan buvilarining ismi ham Fotima bo‘lgan;
6) Abdulloh. Nasl-nasab bilan shug‘ullanuvchi ko‘pchilik olimlarning gaplariga qaraganda, Abdulloh toza va yoqimli bo‘lgani uchun, unga Tohir va Toyyib laqablari berilgan. Muhammad alayhissalomga payg‘ambarlik kelganidan keyin Makkada tug‘ilgan va o‘sha yerda go‘dakligidayoq olamdan o‘tgan. (Mazkur ma’lumotlarni Mulla Aliyyul Qori Hanafiy "Al-fiqhul ak-bar" sharhida va Alloma Muhammad Sulaymon Mansurfuriy "Rahmatun lil olamiyn" kitobi 2-juz’ "Payg‘ambarning avlodi" bobida chuqur tah-lil etib, xulosasini bayon qilganlar.)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘g‘il farzandlari go‘daklik yoshlarida hayotdan ko‘z yumishgan. Qizlari esa, Islom davriga yetib, musulmon bo‘lishgan. Hijrat qilishgan, lekin Payg‘ambarimizning hayot paytlarida olamdan o‘tib ketishgan. Faqat eng sevimli qizlari Fotima roziyallohu anho Payg‘ambarimizdan olti oy keyin vafot etganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning avlodlari faqat Fotimaning Hasan va Husayn o‘g‘illaridan tarqagan.
Payg‘ambarimiz: "(Qizim) Fotima mening bir bo‘lagimdir, kim uni yomon ko‘rsa, meni ham yomon ko‘ribdi", deganlar. (Buxoriy va Muslim rivoyatlari.)
Boshqa bir hadislarida: "(Ey Fotima), siz mo‘minlar ayollarining sayyidasi bo‘lganingizdan rozi emasmisiz?!" deganlar. (Buxoriy va Muslim rivoyatlari.)

44. O’ttiz besh yoshda.
Ka’ba qayta qurilib bitganidan keyin balandligi 15 m, "Hajarul asvad" joylashgan tomon bilan qarshi tomon 10 m va eshik joylashgan tomon bilan qarshi tomon 12 m bo‘ldi. Hozir ham shunday! ("Ar-rahiyqul maxtum".)

45. Ibrohim alayhissalom o‘g‘li Ismoil alayhissalom bilan birga.
"Ibrohim"ning ma’nosi "Abul umam", ya’ni, barcha millatlar va xalqlarning otasi, degani. ("Rahmatun lil olamiyn", 1-kitob.)
Allohning amri bilan Ka’bani birinchi bo‘lib, Ibrohim alayhissalom o‘g‘li Ismoil alayhissalom bilan birga qurganlariga Qur’oni karim va sahih sunnatda ochiq dalillar bor.
Alloh taolo aytadi:
"(Ey Muhammad alayhissalom) eslang! Ibrohim (o‘z o‘g‘li) Ismoil bilan birgalikda Baytullohning poydevorlarini ko‘tarib (shunday duo qildilar): "Parvardigoro, bizdan (ushbu qilgan amalimizni) qabul ayla. Albatta, Sen Eshitguvchi, Bilguvchisan!"; (Baqara surasi, 127-oyat.)
"Albatta, odamlar (Yolg‘iz Alloh taologa ibodat qilishlari) uchun qurilgan birinchi uy - Makkadagi muborak va butun olamlar uchun hidoyat (manbai) bo‘lgan (Ka’ba)dir. Unda (bu uyni Ibrohim alayhissalom qur-ganiga) aniq oyat (alomat)lar bor bo‘lib, (shulardan biri) maqomi Ibrohimdir (ya’ni, Ka’bani qurishda Ibrohim alayhissalom oyoqlari ostida bo‘lgan xarsang tosh. U toshdan hanuzgacha Ibrohim alayhissalomning oyoq izlari ketmagan)". (Oli Imron surasi, 96 - 97-oyatlar.)
Doktor Muhammad Said Ramazon Butiy: "Ka’baning Ibrohim alayhissalomdan oldin qurilganiga doir barcha ma’lumotlarda yo zaiflik yo noaniqlik bor", deydi. ("Fiqhus siyratin nabaviyya", 58 - 59-betlar.)
Alloma Ibn Kasiyr: "Baytullohning Ibrohim alayhissalomdan ilgari qurilgani haqida birorta ham sahih (ishonchli) xabar kelmagan", deydi. ("Al-bidoya van-nihoya", 1-kitob, 153-bet; Shayx Muhammad Sha’roviy, "As-siyratun nabaviyya", 45-bet.)
Zamonlar o‘tishi bilan ilk bor Ka’bani qurgan zot haqida ko‘p rivoyatlar paydo bo‘ldi. Birida Odam alayhissalom deyilsa, boshqasida farishtalar, yana bir rivoyatda Shis alayhissalom yoki Idris alayhissalom, deyiladi. Haqiqati Ibrohim alayhissalom va Ismoil alayhissalom tomonidan qurilganidir. ("Hidoyat", 2001 yil, 1-son, 22-bet.)
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari "Hadis va Hayot" kitoblarining 6-juz’ 31-betida: "Rivoyatlarda kelishicha, Ka’bani Ibrohim va Ismoil alayhissalomlar qurishlaridan oldin u farishtalar va Odam ota tomonidan qurilgan", deb yozib, bu ma’lumotni "Rivoyatlarda kelishicha" deyish bilan, bu ma’lumotning zaif ekaniga ishora qilganlar!
"Bu Uy (Ka’ba)ning boni’i avvali (ya’ni, ilk quruvchisi) hazrati Ibrohimdurlar va hazrati Ismoil yordam bergandurlar". (Oltinxon to‘ra, "Qur’oni karimning turkiy tilda izohli tarjimasi", Oli Imron surasi, 97-oyat izohi. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun qarang: "Rahmatun lil olamiyn", 1-kitob; Zakoi Ko‘nrapa, "Payg‘ambarimiz va asharai mubashshara", 1-kitob, 40-bet va 58-bet.)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 03 Iyun 2009, 20:13:57
46. O’rta (o‘rta bo‘ydan bir oz bapandroq). (Imom Termiziy, "Shamoili Muhammadiyya".)( Imom Termiziy, "Shamoili Muhammadiyya".)
Payg‘ambarlar sultoni Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam xalq (yaratilish) va xulq jihatidan insonlarning eng go‘zali edilar. Ruh va qalb pokligiga erishgan minglarcha avliyolar, qalami sayqallangan minglarcha adiblar, vasf mulkining podshohiga aylangan minglarcha shoirlar to shu kungacha u zotning surat va siyratlarini, xulqu shamoillarini sifatlashga urinishadi, ammo bu ishni maromiga yetkazishdan ojiz ekanlarini e’tirof etishadi. Shunday bo‘lsada, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbat va sog‘inch u zotning go‘zal surat va xulklariga qayta-qayta murojaat etishga unday beradi. ("Hidoyat", 2000 yil, 3-son, 19-bet.)

47. O’rta. ("Shamoili Muhammadiyya".)

48. Oq-bug‘doyrang.
Anas ibn Molik aytadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juda oq ham, bug‘doyrang ham emasdilar". (Buxoriy, Muslim, Termiziy, Molik va Bag‘aviylar rivoyati.)
Ranglari bir oz qizilga ham moyil bo‘lgan. (Mulla Aliyyul Qori Hanafiy, "Shamoili Muhammadiyya" sharhi.)

49. O’rtacha (dumaloq ham emas, cho‘zinchoq ham emas). ("Shamoili Muhammadiyya".)

50. Katta (o‘rtachadan kattaroq).("Hidoyat", 2000 yil, 3-son, 19-bet.)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 03 Iyun 2009, 20:15:41
51. O’rtahol.
Hayotlari davomida muborak sochlari uzun bo‘lgan. Ba’zan ikki quloqlari yarmiga, ba’zan quloqlarining ostki yumshoq qismiga, ba’zan undan ham pastroqqa tushar edi.
Bu hol Payg‘ambarimizning o‘zlariga xos sunnatdir!
U zot hijratdan keyin sochlarini uch marta qirdirib oldirganlar.
1) Hudaybiyya sulhida (hijriy 6-yil);
2) Umratul qazoda (hijriy 7-yil);
3) Hajjatul vado’da (hijriy 10-yil oxiri). ("Shamoili Muhammadiyya".) Sochni qirish muboh ish, sochini parvarish qiladigan kishi sochini o‘stirish ham muboh. Ibn Umar rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz: "Sochning hammasini qiringlar yoki hammasini qo‘yinglar", deganlar (Muslim, Ahmad riyuyati). Yana bir rivoyatda: "Kimning sochi bo‘lsa, uni parvarish qilsin", deganlar (Abu Dovud rivoyati).

52. Qalin va uzun. ("Shamoili Muhammadiyya".)
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "O’n narsa fitratdandir (ya’ni, Alloh taolo odamlarni yaratgandagi sof tabiat, sof dinidandir): mo‘ylabni qaychilash, soqolni o‘stirish..." dedilar. (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasoiylar rivoyati.)
Ya’ni, soqolni mo‘ylabga o‘xshatib qirqib turilmaydi, uning uzun bo‘lishiga qo‘yib beriladi. Ammo uzunligi qancha miqdorgachaligi haqida bir oz ixtilof bor. Payg‘ambarimiz: "Mushriklarga xilof qilinglar: soqollarni to‘liq qo‘yinglar, mo‘ylablarni qiringlar", deganlar.
"Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo haj yoki umra qilsa, soqolini tutamlab turib, ortig‘ini olar edi". (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasoiylar rivoyati.)
Sharh: Mushrik va majusiylar soqollarini qirib, mo‘ylablarini o‘stirar edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam musulmonlarga bu holning aksini qilishni, mo‘ylabni qirib, soqolni o‘stirishni amr qilmoqdalar. Ushbu rivoyatdagi "mo‘ylablarni qiringlar" birikmasi ulamolar orasida "mo‘ylabni qirish afzalmi yoki qaychilab qisqartirishmi?" degan masalada ikki xil ijtihod kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Molikiylar ayni ushbu rivoyatni mahkam tutib, mo‘ylabni kirish mustahabdir, deydilar. Hanafiy, Shofe’iy va Hanbaliylar esa, mo‘ylabni qisqartirish yaxshi, uni labning qizg‘ish qismi ochilib turadigan qilib qisqartirish kerak, deydilar.
Jumhur (ko‘pchilik) ulamolar, jumladan, Hanafiy, Molikiy va Shofe’iy mazhabi ulamolari ushbu "Ibn Umar roziyallohu anhumo haj yoki umra qilsa, soqolini tutamlab turib, ortig‘ini olar edi", degan rivoyatni dalil qilib, soqol har odamning o‘z tutamida bir tutam bo‘lishi sunnatdir, undan ortig‘i qisqartiriladi, deydilar. ("Hadis va Hayot", 17-juz’, 337 - 343-betlar.)

53. Keng (elkador bo‘lganlar). ("Shamoili Muhammadiyya".)

54. Ikki yelkalari o‘rtasida (chap kuraklarining ustpki qismiga yaqinroq).
Payg‘ambarimizning "muhri nubuvvat"lari qizg‘ish go‘sht bo‘lib, kaklik va kabutar tuxumlariga o‘xshar, atrofida mayda so‘gallarga o‘xshash qizil xollar bo‘lib, ustini mo‘y qoplagan edi. ("Shamoili Muhammadiyya".)
Ko‘pchilik, xususan, avvalgi samoviy kitoblardagi oxir zamon payg‘ambari haqidagi ma’lumotlardan xabardor kishilar u zotning muhri nubuvvatlarini ko‘rib iymonga kelishgan.

55. Oz.

Ko‘kraklaridan kindiklarigacha uzun va ingichka mo‘y bo‘lgan, serjun emasdilar. ("Shamoili Muhammadiyya".)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 03 Iyun 2009, 20:17:55
56. To‘la (go‘shtli).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan qo‘l berib ko‘rishgan odamning kafti to‘lar edi. ("Shamoili Muhammadiyya".)

57. Yo‘g‘on.
("Shamoili Muhammadiyya".)

58. Jimjiloqlariga.
(Imom Muslim va Nasoiylar rivoyati; "Shamoili Muhammadiyya".)

59. Ibrohim alayhissalomga.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: "Men Isro kechasi Muso alayhissalomni ko‘rdim, u kishi Yamanning Shanua qabilasidagi baland bo‘yli, vazni o‘rta, sochlari jingalakroq va bug‘doyrang yuzli kishilarga o‘xshar ekanlar. Keyin Iyso alayhissalomni ko‘rdim, u kishi o‘rta bo‘yli, xuddi hammomdan endi chiqqan kishi kabi oq-qizil yuzli va sochlari silliq edi. So‘ng Ibrohim alayhissalomni ko‘rdim, men ko‘proq u kishiga o‘xshar ekanman". (Buxoriy, Muslim va Termiziylar rivoyati.)

60. O’qish-yozishni bilmaganlar, ya’ni, ummiy-savodsiz bo‘lganlar.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bir sifatlari "ummiy" ekanliklaridir. Ya’ni, onadan qanday tug‘ilgan bo‘lsalar, shunday - o‘qishni ham, yozishni ham o‘rganmay o‘sganlaridir. Bu sifat u zotning o‘zlariga xos bo‘lib, haqiqiy payg‘ambar ekanliklarini tasdiqlovchi mo‘‘jizadir. Ummiyligi hammaga ma’lum va mashhur bo‘lgan kishidan Qur’ondek mo‘‘jiza kalomning eshitilishi, turli hukm va bashoratlar chiqishi ul zotning yagona Allohning payg‘ambari ekanliklariga dalodat qilmasa, nimaga dalolat qiladi?!
Buning ustiga, o‘sha Payg‘ambar yer yuzidagi ustozlardan ta’lim olmagan savodsiz bo‘lsa, hech kimdan yozishni ham, o‘qishni ham o‘rganmagan, balki dunyoga kelganidan so‘ng bevosita Allohning O’zidangina ta’lim olgan bo‘lsa, bu nechuk ulug‘ saodat! ("Tafsiri Hilol", A’rof surasi, 157—158-oyatlar tafsiridan.)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 03 Iyun 2009, 20:21:10
61. Ha.
Muhammad alayhissalotu vassalom Allohning habib payg‘ambari, xos quli, oldingi shariatlarni nasx qilguvchi rasuli va tanlab-saralab olgan do‘stidir. U zot payg‘ambar bo‘lishlaridan oldin ham, keyin ham but-sanamlarga ibodat qilmaganlar, biron lahza Allohga shirk keltirmaganlar va hech qachon katta yo kichik gunohlarni qilmaganlar. (Mulla Aliyyul Qori Hanafiy, "Al-fiqhul akbar" sharhi.)

62. Yahudiylar.
Alloh taolo aytgan:
"...Holbuki, ilgari u (yahudiy)lar (Madinadagi arab)kofirlariga qarshi (oxirzamon Payg‘ambaridan) yordam kutardilar...". (Baqara surasi, 89-oyat.)

63. Ramazon oyi. ("Ar-rahiqul maxtum"; "Hadis va Hayot", 19-juz, 121-bet; Ibn Hishom, "As-siyratun nabaviyya"; "Fathul Boriy", 12-juz’, "Ta’bir kitobi".)

64. Olti oy.
Demak, u zotda payg‘ambarlik alomatlaridan bo‘lmish rost tush ko‘rish rabi’ul avval oyidan boshlangan. ("Ar-rahiyqul maxtum"; "Nurul basar"; "Fathul Boriy", 1-juz’.)

65. (Qamariy yil hisobida) 40 yosh-u 6 oy-u 12 kun. (Shamsiy yil hisobida) 39 yosh-u 3 oy-u 12 kun. ("Ar-rahiyqul maxtum".) Alloh taolo aytadi:
"Biron odam uchun Alloh unga so‘zlashi mumkin emas, magar vahiy-ilhom orqali yo biron parda-to‘siq ortidan yoki biron elchi-farishta yuborib, o‘sha (farishta Allohning) izni-ixtiyori bilan U xohlagan narsani vahiy qilishi orqali (so‘zlar). Albatta, U zot oliy va hikmatlidir". (Sho‘ro surasi, 51-oyat.)
Allohning kalomini vahiy orqali qabul qilib olishga har bir odam ham qodir emas. Faqat tanlangan, yetuk va ma’lum sifatlarga ega shaxslargina bunga loyiq-dirlar. Ularni hamma narsani yaxshi biluvchi zot — Alloh taoloning O’zi tanlab oladi. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Iymon" kitobi, 158-bet.)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 03 Iyun 2009, 20:25:18
66. Ramazon oyida.
Alloh taolo aytadi:
"Ramazon oyi, bu oyda Qur’on nozil qilingandir..-" (Baqara surasi, 185-oyat.)
"Albatta, Biz u (Qur’on)ni Qadr kechasida nozil qildik". (Qadr surasi, 1-oyat.)
"Albatta, Biz u (Qur’on)ni bir muborak kechada nozil qildik...". (Duxon surasi, 3-oyat.)
Ko‘pchilik ulamolarning aytishlaricha, bu kecha ramazon oyidagi Qadr kechasi bo‘lib, Qur’oni karim o‘sha kechada nozil bo‘la boshlagandir. (Alouddin Mansur, "Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi", Duxon surasi, 3-oyat izohi.)
Abu Hanifa rahimahullohning eng katta shayxi, katta tobe’inlardan biri, hadis va fiqhda imom Omir ibn Sharohiyl Sha’biy aytadilar: "Mazkur uch oyatdagi Qur’on nozil bo‘lishi haqidagi gapdan murod — Qur’onning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘la boshlagan paytini bildirishdir. Haqiqatda, Qur’on ramazon oyida, muborak Qadr kechasida nozil bo‘la boshlagandir". (Manno’ Qatton, "Mabohisu fiy ulumil Qur’on", 102-bet.)
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ramazon oyida Hiro g‘orida ekanliklarida, Jabroil alayhissalom ilk vahiyni olib tushganlar. ("Ar-rahiyqul maxtum"; "Nurul basar"; Ibn Hishom, "As-siyratun nabaviyya"; Shayx Muhammad Sha’roviy, "As-siyratun nabaviyya", 89-bet; Doktor Oisha Shoti’ qizi, "Ma’al Mustafo fiy asril mab’as", 22-bet.)

67. Yigirma birinchi kechada.
Milodiy 610 yildagi ramazon oyining dushanbalari 7-14-21-28 kunlarga to‘g‘ri kelyapti. Sahih hadislarda Qadr kechasi, ramazonning oxirgi o‘n kun-larining toq kechalaridan birida ekani bayon qilingan. ("Ar-rahiqul maxtum".)
Arjah (eng quvvatli) qavlga binoan, Qadr kechasi har yili mazkur toq kechalarda biridan-biriga ko‘chib yuradi. ("Fathul Boriy".)
Ulamolarimiz Qadr kechasi bir yil u kechada, bir yil bu kechada bo‘lib, ko‘chib yuradi, degan fikrni aytganlar. ("Hadis va Hayot", 9-juz’, 159-bet.)
Agar biz Allohning: "Albatta, Biz u (Qur’on)ni Qadr kechasida nozil qildik", oyatini va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning dushanba kechasi payg‘ambar bo‘lganliklarini hamda ilmiy taqvim hisobi bo‘yicha o‘sha yilgi ramazon oyining oxirgi o‘n kunidagi dushanbalar 21 va 28-kunlarga to‘g‘ri kelayotganini bir-biriga bog‘lasak, Payg‘ambarimizga dastlabki vahiy ramazonning 21-kechasi kelgani aniqlanadi. ("Ar-rahiyqul maxtum".)

68. Nur tog‘i.
Nur tog‘i Makkadan Minoga ketaverishda chap tomonda, 3 milcha uzoqlikda joylashgan. (Uch mil bir farsaxga teng. Bir farsax - 5544 m). (D. Vahba Zuhayliy, "Al fiqhul islomiy va adillatuh", 1-kitob, "O’lchov-lar jadvali"; Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Hadis va Hayot", 6-juz, 280-bet.) G’orning uzunligi 4 ziro’ (2,5 m), eni 1,75 ziro’ (107 sm)dir. ("Ar-rahiyqul maxtum".)

69. Odam suratida.
Birinchi vahiydan keyin ma’lum vaqt o‘tadi...
Payg‘ambarimiz aytadilar: "Men yo‘lda ketayotgan edim, nogahon osmon tarafdan bir ovoz eshitdim va yuqrriga qaradim. Qarasam, Hiro g‘orida oldimga kelgan o‘sha farishta osmon bilan yer oralig‘ida, kursida o‘tiribdi...". (Buxoriy rivoyati.)
Demak, Payg‘ambarimiz Hiro g‘orida farishtani ko‘rganlar. Agar ko‘rmaganlarida, ikkinchi martasida uni tanimas edilar.
Lekin Hiro g‘orida farishtani asl holida ham ko‘rmaganlar. Chunki, Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytganlar: "Muhammad alayhissalom Jabroil farishtani asliy suratida bor-yo‘g‘i ikki marta ko‘rganlar. Birinchi marta u zot Jabroil alayhissalomdan o‘zini asliy suratida ko‘rsatishini so‘raganlar. Jabroil alayhissalom u zotga asliy suratini ko‘rsatganlarida, (600 ta qanoti bilan) butun ufqni to‘sib qo‘yganlar. Ikkinchi marta esa, Me’rojga chiqqanlarida "Sidratul muntaho" (nihoya, chegara daraxti) oldida ko‘rganlar". (Imom Ahmad va Tabaroniylar rivoyati, isnodi hasan.)
Mana shu ikkinchi ko‘rish Qur’oni karimda ochiq-oydin aytilgan:
"Qasamki, (Muhammad alayhissalom Jabroil farishtani o‘zining asliy suratida) ikkinchi bor "Sidratul muntaho" (nihoya, chegara daraxti) oldida ko‘rdi". (Najm surasi, 13 — 14-oyatlar.)

70. Uyg‘oq hollarida.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Hiro g‘orida ilk vahiyni qabul qilishlari haqidagi barcha sahih ma’lumotlar mana shunga dalolat qiladi!
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 03 Iyun 2009, 20:32:27
71. Alaq surasining.
"(Ey Muhammad alayhissalom, siz o‘zingizga nozil bo‘ladigan Qur’onni barcha mavjudotni) yaratgan zot bo‘lmish Parvardigoringiz nomi ila o‘qing! (U Zot) insonni (zuluksimon) laxta qondan yaratdi. O’qing!
Sizning Parvardigoringiz (insoniyatga) qalam bilan (yozishni) o‘rgatgan o‘ta karamli zotdir. U zot insonga uning bilmagan narsalarini o‘rgatdi"
. (Alaq surasi , 1-5-oyatlar.)
Ushbu oyatlar nozil bo‘lishi bilan Muhammad alayhissalom "nabiy" bo‘ldilar.

72. Bir necha kun.
Ibn Sa’dning Abdulloh ibn Abbosdan qilgan rivoyatida shunday deyilgan. («Fathul boriy», 1 va 12 juz’lar)
Bu haqdagi ma’lumotlar har tomonlama chuqur o‘rganilsa, mazkur javob ayon bo‘ladi («Ar-rohiyqum maxtum»)

73. Muddassir surasining. («Ar-rohiyqum maxtum»; «Rahmatan lil olamiyn»)
"Ey (liboslariga) burkanib olgan zot (Muhammad alayhissalom), turing-da, (insonlarni oxirat azobidan) ogohlantiring! Yolg‘iz Parvardigoringizni ulug‘-lang! Liboslaringazni pok tuting! Butlardan yiroq bo‘ling! (Berayotgan narsangizni) ko‘p sanagan holingizda ehson qilmang! Yolg‘iz Parvardigoringiz uchun (kofirlar tomonidan yetadigan ozorlarga) sabr qiling!" (Muddassir surasi, 1 — 7-oyatlar.)
Mazkur oyatlar nozil bo‘lishi bilan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam "nabiylik" maqomidan "rasullik" martabasiga ko‘tarildilar.

74. Alloh subhonahu va taolo.
"Albatta, Alloh nazdida (maqbul) din Islom (dini)dir". (Oli Imron surasi, 19-oyat.)
"Kimki Islomdan boshqa dinni xohlasa (ya’ni, ixtiyor etsa), bas, (Alloh huzurida uning o‘sha "dini") undan hargiz qabul qilinmaydi va u oxiratda ziyon ko‘rguvchilardandir". (Oli Imron surasi, 85-oyat.)
"...Va sizlar uchun Islomni din bo‘lishiga rozi bo‘ldim (din qilib tanladim)...". (Moida surasi, 3-oyat.)
Islom — bandalarning faqat Allohga to‘liq bo‘ysunishidir.
Islom - bandalarning faqat Alloh taologa to‘liq ibodat qilishidir.
Islom — bandalarning faqat Alloh taolo qo‘rsatgan io‘ldan yurishidir.
Islom — bandalarning faqat Alloh taoloni ibodatga sazovor yagona zot deb tan olishidir.
Islom - bandalarning faqat Alloh taoloni o‘zlari ustidan yagona qoim turuvchi deb tan olishidir. ("Tafsiri Hilol", Oli Imron surasi, 19-oyat tafsiridan.)

75. Alloh subhonahu va taolo.
"Toki (Qiyomat kunida) Payg‘ambar sizlarning ustingizda guvoh bo‘lishi uchun, sizlar esa (barcha dinlardagi) odamlar ustida guvoh bo‘lishingiz uchun (Allohning) O’zi sizlarni ilgari(gi muqaddas Kitoblarida) ham, mana shu (Qur’onda) ham musulmonlar (ya’ni, O’ziga Islom ta’limoti asosida bo‘yinsunuvchilar) deb atadi. Bas, sizlar namozni to‘kis ado etingiz, zakotni (haqdorlarga) beringiz va Allohga bog‘laningiz! U sizlarning Xojangizdir. Bas, U zot naqadar yaxshi Xoja va (madad so‘ragan mo‘minlarga) naqadar yaxshi Madadkordir!" (Haj surasi, 78-oyat.)
Ha, Allohning o‘zi bu millatni "musulmonlar" deb nomlagan. Qur’on kelishidan oldin, o‘tgan samoviy kitoblarda ham "musulmonlar" deb nomlangan. Qur’onda ham "musulmonlar" deb nomlangan. Shuning o‘zi bu millat uchun cheksiz shon-sharafdir! ("Tafsiri Hilol", Haj surasi, 78-oyat tafsiridan.)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 04 Iyun 2009, 15:22:52
75. Alloh subhonahu va taolo.
"Toki (Qiyomat kunida) Payg‘ambar sizlarning ustingizda guvoh bo‘lishi uchun, sizlar esa (barcha dinlardagi) odamlar ustida guvoh bo‘lishingiz uchun (Allohning) O’zi sizlarni ilgari(gi muqaddas Kitoblarida) ham, mana shu (Qur’onda) ham musulmonlar (ya’ni, O’ziga Islom ta’limoti asosida bo‘yinsunuvchilar) deb atadi. Bas, sizlar namozni to‘kis ado etingiz, zakotni (haqdorlarga) beringiz va Allohga bog‘laningiz! U sizlarning Xojangizdir. Bas, U zot naqadar yaxshi Xoja va (madad so‘ragan mo‘minlarga) naqadar yaxshi Madadkordir!" (Haj surasi, 78-oyat.)
Ha, Allohning o‘zi bu millatni "musulmonlar" deb nomlagan. Qur’on kelishidan oldin, o‘tgan samoviy kitoblarda ham "musulmonlar" deb nomlangan. Qur’onda ham "musulmonlar" deb nomlangan. Shuning o‘zi bu millat uchun cheksiz shon-sharafdir! ("Tafsiri Hilol", Haj surasi, 78-oyat tafsiridan.)

76. Xadicha roziyallohu anho.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga birinchi bo‘lib Xadicha onamiz iymon keltirganlariga ittifoq qilingan.

77. Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga payg‘ambarlik kelgan vaqgda hazrati Ali hali balog‘atga yetmagan, 8—10 yoshlarida edi.

78. Zayd ibn Horisa roziyallohu anhu.
Zayd Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ozod qilgan qullari va tutingan o‘g‘illaridir.

79. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu.
Abu Bakrning ismi Abdullohdir. Chiroyli, go‘zal yuzli bo‘lgani uchun Atiyq laqabi ham berilgan. Quraysh tarixining bilimdoni va aslzoda farzandi edi. Nasabi Payg‘ambarimiz bilan yettinchi bobolari Murrada birlashadi.
Abu Bakr, Ali va Zaydlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ikkinchi vahiy kelganidan keyin bu haqiqatdan xabardor bo‘lishib, da’vatning birinchi ku-nidayoq Islomni qabul qilganlar. ("Ar-rahiyqul maxtum"; "Rahmatun lil olamiyn", 1-kitob.)
Rohib Bahiyro Payg‘ambarimizni Islom dini kelishidan oldin ko‘rgan. Tavrot va Injil xabarlariga asoslanib, u zotning payg‘ambar bo‘lishlarini tan olgan va johiliyat davrida olamdan o‘tib ketgan.
Varaqa ibn Navfal esa, nasroniy dinidagi ilmli qariya bo‘lib, butlarni yomon ko‘rar, ularga ibodat qilmas edi. U Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga ilohiy xabar kelganiga iymon keltiradi, ya’ni, nubuvvatlarini tasdiqlaydi va mabodo Islom da’vati davrigacha yashab tursa, din yo‘lida yordam berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Ma’lumki, birinchi vahiy (Iqro’ surasi, 1-5-oyatlar) kelganida Payg‘ambarimiz "nabiy" bo‘lganlar. Ikkinchi vahiy (Muddassir surasi, 1-7-oyatlar) nozil bo‘lganida esa, "rasul"lik maqomiga ko‘tarilganlar.
Bu ikki vahiy orasida ma’lum vaqt — bir necha kun o‘tgan. Mana shu oraliqqa Islom tarixida "fatratul vahiy" deyiladi. Varaqa ibn Navfal aynan mana shu oraliqda olamdan o‘tgan bo‘lib, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning "rasul"lik (da’vat) davriga yetib borolmagan. ("Tuhfatul Ahvaziy bi sharhi jome’it Termiziy", 6-kitob, 567-bet, 2390-hadis sharhi.)
"Nabiy" deb, Alloh tomonidan vahiy kelgan payg‘ambarga aytiladi. "Rasul" esa, o‘sha qabul qilib olgan ilohiy vahiyni xalqqa yetkazishga Alloh taolodan buyruq olgan elchidir.
Demak, Payg‘ambarimiz rasul bo‘lganlaridan keyin, kim u zot bilan uchrashib: "La ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh" deb, iymon keltirgan bo‘lsa, sahobalik sharafiga muyassar bo‘lgan!
Varaqa ibn Navfal Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga sahoba bo‘la olmagan bo‘lsa-da, lekin u kofir (do‘zaxiy) ham deyilmaydi. Balki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Varaqani yomonlamanglar! Zero, men (tushimda) uning uchun tayyorlab qo‘yilgan bir yoki ikki jannatni ko‘rdim", deganlar. Payg‘ambarlarning tushlari ham vahiy o‘rnidadir! (Bazzor va Hokim rivoyatlari. Hokim: "Buxoriy va Muslimlar shartaga ko‘ra sahih", degan. Zahabiy ma’qullagan. Alboniy tasdiqlagan; Ibn Ka-siyr, "Sahihi siyrati nabaviyya", 94-bet.)

80. Besh kishi.
1) Usmon ibn Affon Umaviy Qurashiy;
2) Zubayr ibn Avvom Asadiy Qurashiy;
3) Abdurahmon ibn Avf Zuhriy Qurashiy;
4) Sa’d ibn Abu Vaqqos Zuhriy Qurashiy;
5) Talha ibn Ubaydulloh Taymiy Qurashiy. Islom tarixida Xadicha, Abu Bakr, Ali, Zayd ibn Horisa va mana shu besh sahoba, jami to‘qqiz sahoba "As sobiqunal avvalun" (avvalgi peshqadamlar) martabasini olishgan.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 04 Iyun 2009, 15:26:59
81. Ertalab va kechqurun namoz o‘qishgan (ertalabquyosh chiqishidan oldin ikkirakaat va kechqurun quyosh botishidan oldin ikki rakaat).
Muqotil ibn Sulaymon aytadi: "Alloh taolo:
"...(Ey Muhammad alayhissalom), tunu kun (ertalab va kechqurun) Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan (U zotni) poklang!" oyati (G’ofir surasi, 55-oyat.) ila Islomning avvalida ertalab ikki rakaat va kechqurun ikki rakaat namoz o‘qishni buyurdi". ("Ar-rahiyqul maxtum"; "Tafsirun Nasafiy", G’ofir surasi, 55-oyat; "Tafsiri Xozin", G’ofir surasi, 55-oyat; "Hadis va Hayot", 19-juz, 140-bet.)

82. Xadicha roziyallohu anho. (Ibn Ishoq rivoyati; Ibn Hishom, "As-siyratun nabaviyya"; Haysa-miy, "Majma’uz zavoid".)

83. Quddus yo‘nalishida Ka’baga yuzlanib.
"Muhammad alayhissalom Madinaga hijrat qilishlaridan ilgari musulmonlar mana shu Ka’baga yuzlanib ibodat qilardilar". (Alouddin Mansur, "Qur’oni karimning o‘zbekcha izohli tarjimasi", Baqara surasi, 144-oyatdan oldingi izohidan.)
"Ma’lumki, Payg‘ambar alayhissalom Me’rojga chiqqanlarida, namoz farz bo‘ldi. Shundan buyon musulmonlar Ka’bai Muazzamaga qarab namoz o‘qib yurganlar". ("Tafsiri Hilol", Baqara surasi, 142-oyatdan oldingi tafsiridan.)
Darhaqiqat, bu bobda hadislar ko‘p kelgan bo‘lib, gapning xulosasi shuki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (namozda Quddusdagi) Baytul Maqdis tarafiga yuzlanishga buyurilgan edilar. Shuning uchun Makkada Ka’baning ikki rukni orasida turib, Baytul Maqdis tarafiga yuzlanib namoz o‘qir edilar... Bu gapni Ibn Abbos va jumhur (ko‘pchilik) ulamolar aytishgan! ("Tafsiri Ibni Kasiyr", Baqara surasi, 142-143-oyatlar tafsiridan.)

84. Uch yil. ("Ar-rahiyqul maxtum".)

85. "Va (ey Muhammad alayhissalom), yaqin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring". (Shuaro surasi, 214-oyat. "Hadis va Hayot", 19-juz, 141-bet.)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mana shu oyatga binoan avval qarindosh-urug‘larini Makka davrining to‘rtinchi yili boshidan oshkora da’vat qilishni boshlaganlar.
"Bas (ey Muhammad alayhissalom), siz o‘zingizga buyurilgan ishni (ya’ni, Haq Dinga da’vat qilishni) yuzaga chiqaring va mushriklardan yuz o‘giring!" oyati (Hijr surasi, 94-oyat.) nozil bo‘lganidan keyin esa, oshkora da’vatni ommaviy tarzda qilib yuboradilar. ("Ar-rahiyqul maxtum"; "Rahmatun lil olamiyn", 1-kitob.)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 04 Iyun 2009, 15:30:08
86. To‘rtinchi yili (yil boshida). ("Ar-rahiyqul maxtum")
"Abu Lahabning qo‘llari qurisin (halok bo‘lsin)! Quridi (halok bo‘ldi) ham! Mol-mulki va kasb qilib topgan narsalari (boyliklari) unga asqotmadi! Yaqinda (u) ham, uning o‘tin orqalagan, bo‘ynida pishiq toladan (eshilgan) arqoni bo‘lgan xotini ham (lovullab turgan) alangali do‘zaxga kirajak!". (Masad surasi.)

87. Nubuvvatning 5-yili.
Arqam ibn Abul Arqam (Abul Arqamning ismi Abdumanof) Maxzumiyning uyi Ka’baning g‘arb tomonida, Safo tepaligidan sal nariroqda, dushmanlar e’tibor bermaydigan yerda joylashgan edi. Bir necha kishi shu uyda Islomga kirganlari bois, bu joy Islomning ilk beshigi hisoblanadi. Ayni chog‘da, bu uy "Dorul Islom" nomini ham olgan.

88. Abu Jahl (ismi Amr ibn Hishom, kunyasi Abul Hakam).
Alloh taolo habibi Muhammad alayhissalomga tasalli berib, ushbu oyatni nozil qiladi:
"(Ey Muhammad alayhissalom), albatta, Biz ularning aytayotgan gaplari sizni mahzun (xafa) qilayotganini bilurmiz. Ular, (aslida) sizni yolg‘onchiga chiqarmayaptilar, balki bu zolimlar Allohning oyatlarini inkor qilmoqdalar". (An’om surasi, 33-oyat.)
Haqiqatan ham, Makka mushriklari hech qachon Payg‘ambarimizni yolg‘onchi degan emaslar. Ular bu zotning bir og‘iz ham yolg‘on so‘zlamaganlarini e’tirof etar, ammo izzat-obro‘laridan ayrilib qolishdan qo‘rqib, hasad qilib, Islomga kirishdan bo‘yin tovlashar, Allohning oyatlarini inkor etishar edi. ("Tafsiri Hilol", An’om surasi, 33-oyat tafsiridan.)

89. Hakam ibn Abul Os.
Allohning qudratini qarangki, mana shu Hakamning o‘g‘li Marvon ibn Hakam keyinchalik Umaviy xalifalaridan biriga aylanadi.

90. Nazr ibn Horis.
Alloh taolo aytadi:
"Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular bilimsizlik bilan (boshqalarni) Allohning yo‘lidan adashtirish uchun va u (Yo‘lni) masxara qilish uchun "behuda so‘z(lar)"ni sotib olurlar. Ana o‘shalar uchun xor qilguvchi azob bordir. Qachon unga Bizning oyatlarimiz tilovat qilinsa, go‘yo ularni eshitmagandek, go‘yo quloqlarida og‘irlik (karlik) bordek kibru havo bilan yuz o‘girib ketur. Bas, unga alamli azob haqida "xushxabar" berib qo‘ying!" (Luqmon surasi, 6—7-oyatlar.)
Abdulloh ibn Abbos: "Mazkur oyat mana shu badbaxt (Nazr ibn Horis) haqida nozil bo‘lgan", deydi. ("Ar-rahiyqul maxtum".)
Ushbu oyatdagi "behuda so‘z(lar)"dan murod afsonalar, tungi befoyda suhbatlar, qo‘shiq va qo‘shiqchi joriyalar, degan tafsirlar ham bor. (Abdulaziz Mansur, "Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi" izohi.)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Badr g‘azotida qo‘lga tushgan yetmishta asirni ozod etib yuborganlari holda, ikkitasini o‘limga mahkum qilganlar! Biri mana shu badbaxt Nazr ibn Horis edi. Ikkinchisi Payg‘ambarimiz Ka’bada namoz o‘qiyotganlarida orqalaridan kelib, qurbonlik mollarining qog‘onoqlari (ona qornidagi bolani o‘rab olgan shilimshiq pardalari)ni u zotning ustlariga tashlagan va hokazo dushmanchiliklarni tap tortmasdan bajargan Uqba ibn Abu Mu’aytdir. ("Ar-rahiyqul maxtum".)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 04 Iyun 2009, 15:32:50
91. Nazr ibn Horis.  ("Ar-rahiyqul maxtum".)
Buyuk haqiqatlar hamisha avvaliga masxara qilingan. (Bernard Shou, "Hilol" taqvimi, 2006 yil, 1-son, 25-bet.)

92. Abu Lahab. (Imom Ahmad va Termiziylar rivoyati; "Ar-rahiyqul maxtum".)

93. Sehrgar.
Valid ibn Mug‘iyra majlisda yig‘ilganlarga: "Muhammad haqida bir fikrga kelib olinglar. Ixtilof qilmanglar, toki bir-biringizni yolg‘onchiga chiqarmanglar va gaplaringiz bir-birini inkor qilmasin", deydi.
Shunda ular: "Bo‘lmasa, sen gapir", deyishadi.
Valid: "Yo‘q! Avval sizlar gapiringlar, men eshitaman", deydi.
Ular: "Muhammadni kohin-folbin, deymiz", deyishadi.
Valid: "Yo‘q! Allohga qasamki, u kohin-folbin emas. Bizlar kohin-folbinlarni ko‘rganmiz. U kohinlarga o‘xshab g‘ulduramaydi (tushunib bo‘lmaydigan tarzda so‘zlamaydi) va saj (qofiya) bilan gapirmaydi", deydi.
Ular: "Unday bo‘lsa, uni majnun, deymiz", deyishadi.
Valid: "U majnun emas. Biz jinnilikni ko‘rganmiz, uning nima ekanini yaxshi bilamiz. Muhammadda bo‘g‘ma (difteriya) kasali ham, qaltirash-titrash (ataksiya) kasali ham, vosvos kasali ham yo‘q", deydi.
Ular: "Unday bo‘lsa, uni shoir, deymiz", dedilar.
Valid: "U shoir ham emas. Biz she’rning barcha turlarini bilamiz: she’rlarning "rajaz"ini ham, "hazaj"ini ham, "qariyz"ini ham, "maqbuz"ini ham va "mabsut"ini ham bilamiz. Aniqki, (Muhammadning aytayotgan so‘zlari) she’r emas", deydi.
Ular: "Unday bo‘lsa, uni sehrgar, deymiz", deydilar.
Valid: "U sehrgar ham emas. Darhaqiqat, biz sehrgarlarni va ularning sehrlarini ham ko‘rganmiz. Muhammad ularga o‘xshab tuflamaydi va tugunlarga dam solmaydi", deydi.
Ular: "Nima deylik, bo‘lmasa?" deb so‘raydilar.
Valid: "Allohga qasamki, (Muhammad o‘qiyotgan) kalomning o‘zgacha halovati bor! Uning asli ildizi barakali, shoxlari esa samaralidir! Siz u haqidagi mazkur sifatlardan qaysi birini aytsangiz ham, botil-yolg‘onligi ma’lum bo‘lib qolaveradi... (So‘ng biroz o‘ylanib turdi-da), Muhammad haqida yuqorida aytilgan gaplarning ichida eng jonlisi uni "sehrgar" deya gap tarqatmoqlaringizdir. Chunki, u ota-bola, aka-uka, eru xotin va qarindosh-urug‘larning o‘rtalarini buzadigan sehr-jodu so‘zlarini olib keldi. Shuninguchun ham ularning o‘rtalari buzilib ketdi", deydi. ("Ar-rahiyqul maxtum"; Ibn Hishom, "As-siyratun nabaviyya", 1-kitob.)
Alloh taolo mana shu Valid ibn Mug‘iyra haqida Muddassir surasining 11 - 26-oyatlarini nozil etgan.

94. Kahf surasi. ("Ar-rahiyqul maxtum".)
Qissalar:
1) Ashobi Kahf qissasi;
2) Xizr va Muso alayhissalomlar qissasi;
3) Zul Qarnayn qissasi.
Islom da’vatining mashaqqatli bosqichida — musulmonlarni kofirlar azoblayotgan bir paytda tushgan bu sura-i karima oyatlari, undagi ibratli qissalarda, agar iymon ahli qiyinchiliklarga bardosh bersa, albatta, g‘olib bo‘lajaklari uktiriladi. Har zamon va har makonda ham iymon ahli sinovga uchrashi, kofirlar vaqtincha ustun kelishi mumkinligi tushuntiriladi". ("Tafsiri Hilol", Kahf surasi muqaddimasidan.)

95. Sumayya roziyallohu anho (Ammor ibn Yosirning onasi).
Sumayya roziyallohu anhoni badbaxt Abu Jahl o‘ldiradi. Ikkinchi shahidlik Sumayyaning eri Yosir roziyallohu anhuga nasib etadi. (Shayx Muhammad Yusuf Kandehlaviy. "Hayotus sahoba".)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 04 Iyun 2009, 15:35:15
96. Beshinchi yili (rajab oyida). ("Ar-rahiyqul maxtum")

97. O’n ikkita erkak va to‘rtta ayol (jami 16 ta sahoba). ("Ar-rahiyqul maxtum")
Mazkur to‘rt ayol yo‘lga erlari bilan birga chiqqan edilar.
Bu muhojirlar guruhiga Usmon ibn Affon roziyallohu anhu amir bo‘lganlar. U zot bilan birga ayollari Ruqayya ham bor edi. ("Ar-rahiyqul maxtum"; Ibn Qayyim Javziyya,"Zodul ma’od"; "Rahmatun lil olamiyn", 1-kitob.)
Ba’zi kitoblarda: "Usmon ibn Maz’un amir bo‘lgan" deyiladi, lekin bu rivoyat zaifdir. (Ibn Hishom, "As-siyratun nabaviyya", 1-kitob.)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Najoshiy (Habashiston imperatori, ismi Ashama)ning adolatli podshoh ekanini bilganlari uchun ham mazlum musul-monlarni aynan Habashistonga jo‘natadilar. Oradan uch oy o‘tib, shavvol oyida ular yana Makkaga qaytishadi.

98. Qur’oni karimning ilohiy lafzlari va ma’nolaridan qattiq ta’sirlanganlari uchun.
Quron — Alloh taoloning Muhammad alayhissalomga tushirgan, tilovati ibodat hisoblanadigan, ojiz qoldiruvchi kalomidir. (Manno’ Qatton, "Mabohisu fiy ulumil Qur’on", 65 - 68-betlar.)
Imom Buxoriy qilgan rivoyatda Payg‘ambar alayhissalom ushbu oyatni o‘qib sajda qilganlarida musulmonlaru mushriklar barchasi qo‘shilib sajda qilishgani aytiladi. Ha, tilovatni eshitib turgan din dushmanlari, mushriklar Qur’on ta’sirida mushrikliklari eslaridan chiqib qolib, Allohga sajda qilishgan. Keyinchalik o‘zlari ham qoyil qolib yurishgan. Bu mashhur hodisa ko‘pchilikni taajjubga solgan. ("Tafsiri Hilol", Najm surasi, 62-oyat tafsiridan.)
Mushriklarning doimiy uslublari - Alloh taolo aytganidek:
"Kofir bo‘lgan kimsalar: "Bu Qur’onga quloq solmanglar va unga xalaqit beringlar! Shoyadki g‘olib bo‘lsangizlar" (Fussilat surasi, 26-oyat), deyishni bir-birlariga maslahat be-rardilar. Chunki quloq solsa, ta’sirlanib iymonga kelib qoladi. Lekin bu safar ular Allohning kalomini diqqat bilan eshitishdi. Ilohiy kalomning til bilan ta’riflab bo‘lmaydigan fasohatu balog‘ati va jozibasiga mahliyo bo‘lib, qotib qolishdi. Qur’oni karim ularning ko‘ngillarini qamrab olgan edi. Har biri o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoldi. Ayniqsa, sura oxiridagi kufru isyon bilan o‘tgan qavmlarning qanday halokatlarga duchor bo‘lganlari haqidagi hamda barcha inson-larni Yolg‘iz Allohgagina ibodat qilishga da’vat etuvchi oyatlar ularni umuman dahshatga solib qo‘ygan edi...
Jamoat tarqalganidan keyin majlisda hozir bo‘lmagan boshqa mushriklar sajdada qatnashgan sheriklarining ustlaridan ta’na-malomat toshlarini yog‘dirishgan! ("Ar-rahiyqul maxtum").

99. Yo‘q.
"G’aroniyq" masalasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbatan ochiq tuhmat, bo‘hton va uydirma ekanini buyuk mufassirlar, barcha muhaddislar, mo‘‘tabar siyrat mualliflari, mashhur Islom tarixchilari, aqiyda olimlari, arab tili mutaxassislari va muhaqqiq ulamolar ta’kidlab, isbotlab o‘tishgan. (Kengroq ma’lumot olmoqchi bo‘lganlar uchun: "Tafsiri Hilol", Haj ; surasi, 52-oyattafsiri; Zakoi Ko‘nrapa, "Payg‘ambarimiz va asharai mubashshara", 1-kitob, 102 - 105-betlar; "Nurul yaqin" (o‘zbek tilida), 54 -56-betlar; "Ar-rahiyqul maxtum"; "Tafsiri Ibni Kasiyr", Haj sura-si, 52 - 54-oyatlar tafsiri; "Tafsirun Nasafiy", Haj surasi, 52 - 54-oyatlar tafsiri; Shayx Muhammad Ali Sobuniy, "Sofvatut tafosiyr", Haj surasi, 52-oyat tafsiri; Shayx Muhammad Sha’roviy, "As-siyratuN nabaviyya", 151 - 163-betlar; Abu Mansur Moturidiy, "Hisosul Atqiyo'';' Shayx Muhammad Alboniy, "Nasbul majoniyq linasfi qissatil g‘aroniyq" (g‘aroniyq qissasini buzish uchun manjaniqlarni o‘rnatish), 37 ' 39-betlar; Doktor Muhammad ibn Abu Shuhba,"Al-isroiliyot val-mavzu’ot", 315 - 316-betlar; Qozi Iyoz, "Ash-shifo"; Muhaqqiq mufassir Olusiy, "Tafsiri Olusiy"; Shayx Muhammad Sodiq Urjun, "Muhammadun Rasululloh"; Shayx Muhammad G’azzoliy, "Fiqhus siyratin nabaviyya"; Faxriddin Roziy, "At-tafsirul kabir", 23-kitob, 48 - 54-betlar; Doktor; Ibrohim Sha’ut, "Abotiylu yajibu an tumho minat tarixi Muhammad", Abdulloh Xatib, "Min fiqhil hijrah", 42 - 45-betlar.)
Masalan, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari shunday deydilar: "Bu hol payg‘ambarlar sha’niga, xususan, Muhammad alayhissalom sha’nlariga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan holdir. Avvalo, bu rivoyatlar Islom dushmanlari tomonidan to‘qilib, yomon g‘araz bilan kiritilgani ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. E’timolli ulamolar mazkur rivoyatlarning hech biri Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga tegishli bo‘lishi aslo mumkin emasligini isbot qilganlar. Jumladan, Hofiz ibn Kasiyr bu rivoyatlarning hammasini inkor etganlar. Boshqa olimlarimiz ham bunga qo‘shiladilar. Zaif, asossiz rivoyatni Qur’oni Karim oyati tafsiriga, xususan, aqidaga tegishli masalaga dalil qilib olish hech ham to‘g‘ri kelmaydigan ish ekani hammaga ma’lum". ("Tafsiri Hilol", Haj surasi, 52-oyat tafsiridan.)

100. Oltinchi yili (o‘rtalarida).
Kutilgan natija bo‘lmagach, qurashiylar uchinchi kelishlarida Valid ibn Mug‘iyraning o‘g‘li Ammorani olib kelishadi va: "Ey Abu Tolib, bu yigit Quraysh yigitlari ichida eng yoshi navqironi va eng chiroylisi-go‘zalidir. Uni o‘zingga o‘g‘il qilib ol. O’rniga, bizga jiyaning Muhammadni berasan. Biz uni o‘ldiramiz, shunda boshga-bosh bo‘ladi", deyishadi. Abu Tolib: "Mening bo‘ynimga qanday ham yomon ishni qo‘yyapsizlar. Demak, siz o‘z o‘g‘lingizni menga uni boqib-parvarishlab berishim uchun bermoqdasizlar, men esa sizga o‘g‘limni sizlarga uni o‘ldirishingiz uchun beraman, shunday-mi? Aslo! Allohga qasamki, bu ish hech qachon amalga oshmaydi", deb zarda bilan javob beradi. ("Ar-rahiyqul maxtum".)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 04 Iyun 2009, 15:39:43
101. Utayba ibn Abu Lahab.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning duolari qabul qilinadi. Utayba bir guruh qurashiylar bilan Shomga boradi va u yerda "Zarqo" degan joyga qo‘nadi. O’sha kecha ularning atrofida bir sher aylanib yuradi. Utayba: "Birodarim (Muhammad)ning holiga voy bo‘lsin! Allohga qasamki, Muhammad meni duoibad qildi. Shuning uchun sher endi meni yeydi. Men Shomda bo‘lsam ham, Muhammad Makkada turib meni o‘ldirdi-ya", deb gapira boshlaydi. Ertalabga yaqin sher odamlar orasidan aynan unga tashlanib, boshini g‘ajib tashlaydi. ("Ar-rahiyqul maxtum"; Shayx Muhammad Yusuf Kondehlaviy. "Hayotus sahoba".)

102. Uqba ibn Abu Mu’ayt.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Badr g‘azotida qo‘lga tushgan asirlarni ozod etib yuborganlari holda, ikkitasini o‘limga mahkum qilganlar. Biri qo‘shiqchi ayollarni yollagan Nazr ibn Horis bo‘lsa, ikkinchisi mana shu badbaxt Uqba ibn Abu Mu’aytdir!

103. Uchala odam ham mo‘tabar siyrat kitoblarida tilga olingan!
Ibn Hishom "As-siyratun nabaviyya" kitobi, 1-juz’ida Ibn Ishoqning rivoyatiga ko‘ra, "Nu’aym ibn Abdulloh Adaviy", degan.
Ibn Javziy "Tarixu Umar ibn Xattob" kitobi 10-betida Anas ibn Molik roziyallohu anhuning rivoyatiga ko‘ra, "Bani zuhralik kishi", degan.
Shayx Abdulloh ibn Muhammad Najdiy "Muxtasaru siyratir Rosul" kitobi, 102-betida Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumoning rivoyatiga ko‘ra, "Bani maxzumlik kishi", degan.
Vallohu a’lam bissavob! ("Ar-rahiyqul maxtum".)

104. Uch kun.
Hazrati Hamza Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga ham amaki, ham ikki tomonlama (Halima va Suvaybalar tomonidan) emikdosh bo‘lganlar. ("Ar-rahiyqul maxtum".)
Umar ibn Xattob o‘shanda 33-34 yoshlarda edilar.
"Umar ibn Xattobning Islomni qabul qilishi Islom uchun g‘alaba, musulmonlar uchun quvvat va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkada tavhid bayrog‘ini ko‘targanlaridan keyin asta jon taslim qilayotgan shirkning yuragiga sanchilgan nayza bo‘ldi". ("Hidoyat" jurnali, 2002 yil, 4-son.)

105. Rukona ibn Abdu Yazid. ("Saodat asri qissalari", 2-kitob, 27—29-betlar; Ibn Hishom, "As-siyratun nabaviyya"; Ibni Kasiyr, "Sahihus siyratin nabaviyya"; Ibn Hajar Asqaloniy, "Tuhfatul ashrof bi ma’rifatil atrof", 3-kitob, 173-bet.)
Bu hodisa Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning badantarbiyaga ham katta e’tibor berganlarini ko‘rsatadi. O’ylab ko‘raylik-a, qaysi Payg‘ambar o‘z ummatining oddiy bir a’zosi ila kurash tushgani kuzatilgan. Bu kurash badantarbiya musobaqasidir. Islom dini bu narsaga katta e’tibor berishini shundan bilib olsak ham bo‘ladi. ("Hadis va Hayot", 17-juz’, 251-bet.)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 04 Iyun 2009, 15:44:32
106. Abdulloh ibn Zaba’riy Sahmiy.
Alloh mushriklarning asl niyatlarini fosh qilib shunday deydi:
"...Ular u (misol)ni Sizga faqat talashib-tortishish uchungina keltirdilar. Axir, ular xusumatchi (urushqoq, janjalkash) qavmdirlar!" (Zuxruf surasi, 58-oyat.)
Qolaversa, mushriklar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tilovat qilgan oyatning mazmunini yaxshi bilardilar, chunki ular arab edilar. Arab tilida harfi jonsiz predmetlarga ishlatilib, (narsa) ma’nosini anglatadi. Oyatdagi "Allohdan o‘zga ibodat qilayotgan narsalaringiz"dan murod but-sanamlardir!

107. Utba ibn Rabiy’a. ("Ar-rahiyqul maxtum".)

108. Abu Lahab (ma’nosi: do‘zax olovining otasi). Ismi Abdul Uzzo ibn Abdulmuttalibdir. Bu badbaxt ko‘zi g‘ilay bo‘lib, sochini ikki o‘rim kilib yurardi. O’zi Payg‘ambarimizning (ota bir ona boshqa) amakisi bo‘lsa ham, u zotga juda ko‘p ozorlar yetkazgan edi. ("Ar-rahiyqul maxtum".)

109. Yettinchi yili. ("Ar-rahiyqul maxtum".)

110. Sakson uchta ta erkak va o‘n sakkizta ta ayol, jami 101 ta sahoba. ("Ar-rahiyqul maxtum"; "Nurul yaqin"; "Nurul basar"; "Rahmatun lil olamiyn", 1-kitob.)
Ular Ja’far ibn Abu Tolib boshchiligida Makka davrining 7-yili boshlarida hijrat qilganlar. Ikkinchi hijrat avvalgisiga qaraganda ancha mashaqqatli kechgan. Alloh taolo aytadi:
"Zulm (qiynoq)larga duchor bo‘lganlaridan so‘ng, Alloh yo‘lida hijrat qilgan zotlarni, albatta, bu dunyoda ham go‘zal (maqomlarga) joylashtirurmiz. Endi Oxirat ajri (mukofoti) yanada kattaroq ekanini (odamlar) bilsalar edi! Ular (mushriklar yetkazgan ozor-aziyatlarga) sabr-toqat qilgan va Parvardigorlarigagina tavakkal etadigan zotlardir". (Nahl surasi, 41 — 42-oyatlar.)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 06 Iyun 2009, 17:18:57
111. Amr ibn Os bilan Abdulloh ibn Abu Rabiy’a.
Habashiston arboblari elchilarning sovg‘a-salomlariga uchib, quruq gaplariga aldanib, musulmonlarni tutib berishni Najoshiyga maslahat solishga kelishib olishadi.
Saroyda Najoshiy bilan muhojirlar boshlig‘i Ja’far roziyallohu anhu o‘rtalarida diqqatga sazovor so‘zlashuv bo‘lib o‘tadi. Natijada, adolatli hukmdor elchilarning talabi noo‘rin ekanidan hamda musulmonlar mazlum holda himoya istab aynan uning yurtiga kelishganini tushunib, elchilarni ham, sovg‘alarini ham orqaga qaytarib yuboradi. Shu voqeadan keyin Najoshiyning yurtida biror kishi musulmonlarga aziyat beradigan bo‘lsa, unga jarima solinar edi.
Payg‘ambarimiz Madinaga hijrat kilganlaridan keyin: Habashiston muhojirlarining bir qismi Madinaga ko‘chib o‘tishadi. Ja’far roziyallohu anhu boshchiligidagi bosh jamoa esa, kema yo‘li bilan hijratning 7-yil Xaybar fathi asnosida Madinaga yetib kelishadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hatto: "Qay biriga quvonay: Xaybarning fathigami yo Ja’farning qaytib kelganigami?" deya nihoyatda xursand bo‘lgan edilar.

112. Bag‘iz ibn Omir.
Ibn Qayyim Javziyya aytadi: "Ba’zilar: "Ahdnomani Mansur ibn Ikrima yozgan", desa, boshqalar: "Nazr ibn Horis yozgan", deydi. To‘g‘risi esa, Bag‘iz ibn Omirdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni duoibad qilganlar va uning qo‘li shol bo‘lib qolgan". ("Zodul ma’od", 3-kitob.)

113. Uch yil (nubuvvatning 7-yili muharram oyidan 10-yili muharram oyigacha). ("Ar-rahiyqul maxtum".)
Abu Jahl boshchiligida Quraysh peshvolaridan qirq kishi qaror qabul qilishadi. Abu Jahl imzolangan qarornomani amalga tatbiq etish uchun kecha-yu kunduz tinmay harakat qiladi.
Har yoqda parokanda yashayotgan butun musulmonlar Abu Tolib dahasidagi hali musulmon bo‘lmagan hoshimiylarga kelib qo‘shilishadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham Arqamning uyidan chiqib, o‘sha yerga ko‘chib o‘tadilar. Bu yer o‘zlari tug‘ilgan mahalla bo‘lib, ilgari "Bani Hoshim dahasi" deyilar edi.

114. Sakkizinchi yili.

Oyning ikkiga bo‘linishi mo‘‘jizasi mashhur voqea bo‘lib, musulmonlar Abu Tolib mahallasida qamalda yashayotganlarida, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Minoda turgan paytlarida, oydin bir kechada, Allohning irodasi ila sodir bo‘lgan. Alloh taolo aytadi:
"(Qiyomat) Soati yaqinlashdi va oy ham (ilohiy mo‘‘jiza sifatida ikkiga) bo‘lindi". ("œQamar" surasi, 1-oyat.)
Bu juda ham mashhur hodisa bo‘lib, o‘sha kechada kim unga nazar solgan bo‘lsa, oyning yorilganini ko‘rgan, mulohaza qilgan.
Yaqinda Hindistonda tarixiy yodgorliklarni o‘rganish jarayonida bir ibodatxonaning qurilish tarixiga oid hujjatlar ko‘rib chiqildi. Buni qarangki, mazkur hujjatda "bu ibodatxona oy yorilgan kechaning ertasi kuni qurila boshlangan", deb yozilgan ekan". ("Tafsiri Hilol", Qamar surasi, 1-oyattafsiridan.)
1992 yili Nobel mukofotini berish payti edi. Amerikalik bir guruh olimlar yetti yil davomida olib borgan izlanishlari natijasida Oyning xaritasini tuzib chiqishdi. Kashfiyotchilar tomonidan aniqlanishicha, Oy qachonlardir o‘rtadan bo‘lingan ekan. Xaritada Oyning o‘rtasidan bo‘linish asorati sifatida dioganal chiziq o‘tgan edi. Anjumanga yig‘ilganlar bu faktni eshitgan zahoti "qachon-qachon" degan savollar yangray boshladi. Xakkerbi: "Milodiy sana bo‘yicha taxminan olti-ettinchi asrlarda", degan javobni berdi...". ("Musulmonlar taqvim kitobi", 2006 yil, 1-chorak.)

115. Besh kishi.

Hishom ibn Amr; Zuhayr ibn Abu Umayya; Mutim ibn Adiy; Abul Baxtariy ibn Hishom; Zam’a ibn Asvad. ("Ar-rahiyqul maxtum".)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 06 Iyun 2009, 17:22:11
116. Islomni qabul qilish uchun.
Habashiston rohiblari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Masjidul Haromdan topishdi. U kishi bilan o‘tirib gaplashishdi, savollar berishdi. Payg‘ambarimiz ularni Islomga da’vat etdilar, Qur’on tilovat kilib berdilar.
Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamda o‘z kitoblarida vasf qilingan sifatlarni ko‘rib, iymoi keltirishadi. (Bu hakda Qasas surasining 52 — 55-oyatlari nozil bo‘lgan. Mazkur! "Tafsiri Hilol"ning Qasas surasi, 52 — 55-oyatlari tafsirida bayon)
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zot (Alloh) bilan qasam ushbu ummatdan birortasi: yahudiyimi, nasroniyim mening haqimda eshitsa-yu, so‘ngra menga yuborilgan narsaga iymon keltirmay o‘lib ketsa, albatta, do‘zax egalaridan bo‘ladi", dedilar". (Muslim, Ahmad, Abu Uvona va Sulamiylar rivoyat qilishgan.)
Ushbu hadisi sharifda gap butun yer yuzi aholisi haqida bormoqda. Demak, yer yuzida kim Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqida, u kishining dinlari haqida eshitsa, u zotga iymon keltirib, Islom diniga kirishi lozim bo‘ladi. Agar kirmasa, kofir bo‘ladi, do‘zaxga tushadi. ("Sunniy aqiydalar", 338-339-betlar.)

117. Olti oy (rajab oyida, 87 yoshida). ("Ar-rahiyqul maxtum"; Shoh Akbarxon Najib Obodiy, "Tarixi Islom", 1-kitob, 120-bet.)
Abu Tolibning ramazon oyida Xadicha roziyallohu anhodan uch kun oldin vafot etgani haqida rivoyat ham bor. Lekin uning rajab oyida vafot etgani haqidagi rivoyat kuchliroq. ("Ar-rahiyqul maxtum"; Shoh Akbarxon Najib Obodiy, "Tarixi Islom", 1-kitob, 120-bet.)
Abu Tolibning vafoti yaqinlashganda, uning oldiga Payg‘ambarimiz kirdilar. Abu Jahl va unga o‘xshaganlar ham shu yerda edi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ey amaki, "La ilaha illalloh" kalimasini ayting! Shunda men Allohning huzurida bu kalimani sizning foydangizga hujjat qilaman", dedilar.
Abu Jahl: "Ey Abu Tolib, (otang) Abdulmuttalibning dinidan yuz o‘girasanmi?" deya takrorlayverdi.
So‘ng Abu Tolib: "Men Abdulmuttalibning dinidaman", dedi, "La ilaha illalloh" deyishni xohlamadi. Bas, Payg‘ambarimiz: "Allohga qasam, agar man’ qilinmasam, siz uchun istig‘for aytaman", dedilar. Shunda, Alloh taolo quyidagi oyatlarni nozil qildi: (Buxoriy va Muslimlar rivoyati; Mulla Aliyyul Qori Hanafiy, "Al-fiqhul akbar" sharhi.)
"Na Payg‘ambar va na mo‘minlar - agar mushriklar qarindoshlari bo‘lsa ham - ularning do‘zax egalari ekanliklari aniq ma’lum bo‘lganidan keyin, u mushriklar uchun mag‘firat so‘rashlari joiz emasdir". (Tavba surasi, 113-oyat.)
"(Ey Muhammad alayhissalom), aniqki, siz o‘zingiz suygan kishilarni hidoyat qila olmassiz, lekin Alloh O’zi xoxlagan kishilarni hidoyat qilur. U hidoyat topuvchi zotlarni yaxshiroq bilguvchidir". (Qasas surasi, 56-oyat.)
Odamlarni hidoyat qilish faqat Alloh taoloning izmidadir. Allohdan boshqa hech kim, hatto oxir zamon Payg‘ambarining ham bu ishga qurblari yetmaydi. Agar u zot biror kishini hidoyat qilish imkoniga ega bo‘lganlarida, amakilari Abu Tolibni hidoyat qilgan bo‘lar edilar. Ammo buning imkoni bo‘lmadi. Abu Tolib hidoyatga muyassar bo‘lmay, dunyodan o‘tdi. Bundan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qattiq afsus chekdilar. ("Tafsiri Hilol", Qasas surasi, 56-oyat tafsiridan.)
Butun koinotning Yaratuvchisini e’tirof etmagan, unga iymon keltirmagan insonning qilgan yaxshilik va xizmatlari qanchalik buyuk bo‘lmasin, qiyomat kunida aslo foyda bermaydi. Bunga Abu Tolibning hayoti yorqin misoldir. U Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni go‘daklik chog‘laridan boshlab, 42 yil himoya qildi. Biror kishining Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ziyon yetkazishiga yo‘l qo‘ymadi. Shunga qaramasdan, iymon keltirmagani uchun ilohiy rahmatga erisha olmadi". (Muhammad Ayyub Homidov, "Hidoyat", 2001 yil, 6-son, 21-bet.)
Abbos ibn Abdulmuttalib: "Ey Rasululloh! (Amakingiz) Abu Tolibga biror narsa bilan (oxiratiga) foydangiz tegdimi? Axir u kishi sizni himoya qilar, siz uchun (dushmanlaringizdan) g‘azablanar edi", deb so‘ra-di. U zot: "Ha! U (amakim) hozir do‘zaxning eng sayoz qismidadir. Agar men(ing shafoatim) bo‘lmaganida, u kishi do‘zaxning tuban joyida bo‘lar edi", deb, javob berdilar. (Muslim, Ahmad, Abu Ya’lo va Ibn Asokirlar rivoyat qilishgan.)

118. O’z uylarida.

Abu Tolibning vafoti haqida Payg‘ambarimizga Hazrati Ali xabar olib kelganlar.
Ali roziyallohu anhu aytadilar: "(Otam) Abu Tolib vafot qilgach, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib: "Zalolatdagi (ya’ni, Islom diniga kirmagan) qariya amakingiz olamdan o‘tdi. Uni kim ko‘madi?" dedim. U zot: "Borib dafn qil, keyin oldimga kel. Kelguningcha, boshqa biron ish qilma", dedilar. Men: "Axir (otam) mushrik holida vafot etdi-ku?" dedim. U zot: "Bor, dafn qil", dedilar. Men borib (otamni) dafn qildim, so‘ngra u zotning huzurlariga keldim. U zot: "Endi borib g‘usl qilib, keyin oldimga kel. Kelguningcha, boshqa biron ish qilma", dedilar. Men borib g‘usl qilib keldim. U zot sollallohu alayhi vasallam mening haqimga shunday duoi xayrlar qildi-larki, agar o‘sha (duolar)ning o‘rniga qizil va qora tuyalar (berilganida), bunchalik xursand bo‘lmas edim". (Ahmad ibn Hanbal, Abu Dovud, Nasoiy va Bayhaqiylar rivoyati, isnodi sahih.)

119. Sakkiz oy
(ramazon oyida, 65 yoshlarida).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning homiy amakilari Abu Tolib va vafodor-sirdosh ayollari Xadicha roziyallohu anhoning vafotlari hamda Toifdagi g‘am-anduhlar tufayli bu yilni Payg‘ambarimiz "G’am yili" deb nomlaganlar.
Xadicha onamizni qabrga Payg‘ambarimizning o‘zlari qo‘yadilar.
Xadichai Kubro besh vaqt namoz farz qilinadigan vaqtga yetisholmadilar, chunki onamiz "me’roj" voqeasidan oldin vafot etganlar. ("Ar-rahiyqul maxtum".)

120. Savda Zam’a qiziga.
Savda onamiz avval Sakron ibn Amr ismli kishiga tekkan edilar. Yoshlari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yoshlaridan katta bo‘lgan. Savda onamiz erlari bilan Habashiston hijratiga borgan Islom fidoyilaridan edilar. U yerdan qaytib kelishganida, erlari vafot etadi. Katta yoshli ayol, Islom uchun fidokorlik qilgan inson yolg‘iz va qarovsiz qoladi. Rasuli Akram uning ko‘nglini ko‘tarish hamda onadan yetim qolgan qizlari kichkina Fotimaga qarab turishi uchun keksa ayolni nikohlariga oladilar.
Agar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning uylanishlari shahvat uchun bo‘lganida, dunyodagi eng go‘zal qizlarning ota-onalari u kishini kuyov qilishni orzulab turgan bir paytda oltmishning atrofidagi beva ayolga uylanar edilarmi? (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Hadis va Hayot", 13-juz’, 36-bet.)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 06 Iyun 2009, 17:36:28
121. Uch mil.
Tentaklar Payg‘ambarimizni Rabiy’aning ikki o‘g‘li Utba va Shaybalarga tegishli bog‘gacha toshbo‘ron qilib borishgan. Bu bog‘ Toifdan uch mil uzoqda joylashgan. ("Ar-rahiyqul maxtum".)

122. Addos.
Addos roziyallohu anhu Yunus payg‘ambar yashab o‘tgan yurt (Assiriya poytaxtlaridan biri) Niynavodan bo‘lgan. Yunus payg‘ambar Qur’onda zikri kelgan yigirma beshta payg‘ambarning tartib bo‘yicha yigirma birinchisidirlar.

123. Naxla vodiyida.
Naxla Makkadan bir kechalik yo‘l bo‘lib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Toifdan qaytayotganlarida Zayd ibn Horisa bilan bu yerda bir necha kun turganlar. ("Ar-rahiyqul maxtum".)
Jinlar Qur’onni eshitishga hozir bo‘lganlarida, insonlarga o‘xshab, bu o‘tganlarning afsonalari, sehr, she’r yoki uydirma, demadilar, balki, "jim, quloq osinglar!" deb aytdilar. Ushbu omil ularning baxtiga sabab bo‘ldi. Avval yaxshilab quloq osdilar, haqni botildan ajratishga urindilar. Haqiqatni tushunib yetganlaridan so‘ng esa, zudlik bilan iymon keltirdilar. ("Tafsiri Hilol", Ahqof surasi, 29-oyat tafsiridan.)
Ha, Qur’onga oshno bo‘lish, uni tinglash, o‘qish, ma’nosini tushunish iymonga sabab bo‘ladigan amallardandir. Albatta, e’tibor qulog‘i bilan Qur’on tilovatini tinglash juda ham foydali.
Jazoirda bo‘lib o‘tgan ilmiy anjumanda olimlardan biri Amerikada o‘tkazilgan tajriba haqida ma’ruza qildi. Tajribachilar to‘rt kishini tanlashgan — biri arab-musulmon. Ikkinchisi ham arab, lekin musulmonmas, Qur’on tilini yaxshi biladi, lekin unga e’tiqo-di yo‘q. Uchinchisi arabmas-musulmon, ya’ni, tilini tushunmaydi, lekin Qur’oni karimni ilohiy kitob deb e’tiqod qiladi. To‘rtinchisi arab ham emas, musulmon ham emas, ya’ni Qur’onga na til jihatidan va na e’tiqod jihatidan aloqasi bor shaxs. Eng yangi zamonaviy asboblarda to‘rtovlarining ruhiy o‘zgarishlari tekshirilgan. Shunda Qur’oni karim tilovatini eshitgan bu to‘rttala shaxs ruhida bir xil o‘zgarish ro‘y berganini asboblar qayd etadi. Qur’on haqiqiy ilohiy kitobligi yana bir bor ta’kidlandi. ("Tafsiri Hilol", Jin surasi, 13-oyat tafsiridan.)
Jinlarning Qur’on tinglaganlari haqidagi rivoyatlarni sinchiklab o‘rganib chiqqandan so‘ng ma’lum bo‘ladiki, aynan shu safar Muhammad alayhissalomning o‘zlari jinlar u zotning tilovatlariga quloq osganidan va undan keyingi gaplardan bexabar bo‘lganlar. Faqat Alloh taolo oyat tushirib xabar berganidan so‘ng bilganlar. Ammo ushbu voqeadan so‘ng jinlar yana kelib tinglashganda, Payg‘ambar alayhissalom bilib turganlar. ("Tafsiri Hilol", Ahqof surasi, 31-oyat tafsiridan.)

124. Mutim ibn Adiy.

Mazkur voqea milodiy 619 yil, iyun oxirlari yo iyulning boshlariga to‘g‘ri keladi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Mut’imning bu jasoratini unutmaganlar. Hatto, Badr jangidan so‘ng: "Agar Mut’im ibn Adiy tirik bo‘lganida va asirlar haqida mendan (shafoat) so‘raganida, albatta, ularni qo‘yib yuborgan bo‘lur edim", deganlar. (Buxoriy rivoyati.)

125. Birortasi ham qabul qilmagan. (Imom Termiziy rivoyati; "Ar-rahiyqul maxtum"; Shayx Abdulloh Najdiy, "Muxtasaru siyratir Rasul", 149-bet.)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 06 Iyun 2009, 17:40:14
126. Bani Hanifa.
Payg‘ambarlik da’vosi bilan chiqqan kazzob Musaylama mana shu Bani Hanifa qabilasidan edi.
Musaylama kazzobning buzg‘unchiligi kundan-kunga oshavergach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni zalolatdan qaytarish uchun bir maktub hozirladilar. Bu paytda musulmonlar Madinada kuchli davlat barpo etgan edilar. Choparlik vazifasi Habib ibn Zaydga topshirildi. U Payg‘ambar alayhissalomning buyrug‘ini bajarish uchun qiru adirlar osha Bani Hanifa qabilasi yashaydigan Najd tepaliklariga yetib bordi va maktubni Musaylamaga topshirdi. Noma bilan tanishgach, Musaylamaning dilidagi marazi yanada kuchaydi. Shotirlariga aytib, Habibni kishanlatib qo‘ydi va ertasiga choshgoh vaqtida olib kelishni buyurdi. Tayinlangan vaqtda Musaylama tobe’larini to‘pladi. Jamoat jam bo‘lgach, zo‘rg‘a qadam bosayotgan Habibni olib kirishdi. Musaylama unga savol tashladi:
— Muhammad Allohning elchisi ekaniga guvohlik berasanmi?
— Albatta, - dedi Habib. - Guvohlik beramanki, Muhammad rasulullohdir.
— Mening ham Allohning elchisi ekanimga-chi?
— Bilasanmi, mening qulog‘im og‘irroq. Nima deyayotganingni eshitmayapman.
Masxara ohangida berilgan javobdan Musaylamaning g‘azabi qo‘zib, asablari titrab dedi:
— Jallod, uning tanasidan bir bo‘lagini kesib ol. Jallod Habibning badanidan katta bo‘lakni kesib, yerga tashladi.
Kazzob savolni takrorladi:
— Men Allohning elchisiman-mi?
— Aytdim-ku, men garangroqman. Gaplaring hech qulog‘imga kirmayapti.
Musaylama yana jallodni ishga soldi. Yerda yotgan Habibning go‘sht parchasiga yana bir bo‘lak qo‘shildi. Odamlar elchining tog‘lar havas qilsa arzigulik sabotidan dahshatga tushib, baqrayib qolishdi. Kazzob takror-takror savol so‘rar, jallod Habibni qayta-qayta qiymalar, u esa har safar "Ashhadu anna Muhammadar rosululloh", der edi. Bir necha daqiqadan so‘ng Habib ikkiga bo‘linib qoldi. ("Musulmonlar taqvim kitobi", 2006 yil, 1-chorak.)

127. Jabroil alayhissalom kelib, har bittasining mazkur a’zolariga ishora qilgan. ("Tafsiri Ibni Kasiyr", Hijr surasi, 95-oyat tafsiri; Ibn Kasiyr, "Sahihus siyratin nabaviyya"; Ibn Hishom, "As-siyratun nabaviyya".)

128. Tufayl ibn Amr Davsiy.
Tufayl aqlli-dono, mashhur shoir va Davs qabilasining aslzoda amiri bo‘lgan. (Ibn Hishom, "As-siyratun nabaviyya"; Shayx Muhammad Yusuf Kon-dehlaviy, "Hayotus sahoba".)

129. Oisha Abu Bakr qizi roziyallohu anhumoga.
Bir yostiqqa bosh qo‘yishlari esa, Madinaga hijrat qilganlaridan keyin hijriy birinchi yil shavvol oyidan boshlangan. (Buxoriy rivoyati.)
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Oisha onamizga uylanishlarida ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash hikmati bor. Abu Bakr roziyallohu anhuning Islom uchun, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uchun bo‘lgan fidokorliklarini taqdirlash hamda u zot bilan aloqalarini mustahkamlash maqsadida qizlariga uylanganlar.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qiz uylangan birdan-bir ayollari Oisha onamizdir. U kishi onalarimiz ichida eng zakovatli, yodlash qobiliyati kuchli, eng ilmlilari edilar. Ulug‘ olim sahobalar ham o‘zlari yecha olmagan masalalarda Oisha onamizdan yordam so‘rardilar. Oisha onamiz Abu Hurayra roziyallohu anhudan keyin eng ko‘p hadis rivoyat kilgan zotdirlar. ("Hadis va Hayot", 13-juz’, 34- va 36-betlar.)
Oishai Siddiqa Islom ummati ayollarining eng faqihasi va olimasidirlar. Imom A’zam rahimahulloh "Al-vasiyyat" nomli kitobida: "Oisha roziyallohu anho Xadichai kubro roziyallohu anhodan keyin butun olam ayollarining afzali va mo‘minlarning onasidirlar. Zinodan pokdirlar. Bas, kim Oishani zinoda ayblasa, o‘zi valadi zinodir", deganlar. (Mulla Aliyyul Qori Hanafiy, "Al-fiqhul akbar" sharhi.)

130. Oltita.

As’ad ibn Zurora; Avf ibn Horis; Rofi’ ibn Molik; Qutba ibn Omir; Uqba ibn Omir; Jobir ibn Abdulloh.
Hammasi Yasribning Xazraj qabilasidan.
Yigitlar yurtlariga qaytib borishib, Islom dini va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqlarida shu qadar targ‘ibot ishlarini yurgizib yuboradilarki, hatto, Yasribda Payg‘ambarimizning nomlari kirmagan xonadon qolmaydi. ("Ar-rahiyqul maxtum".)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 06 Iyun 2009, 17:45:07
131. Yasribdagi yahudiylardan eshitishgan.
Yigitlarning: "Bu o‘sha payg‘ambar-ku?"deyishlariga sabab, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam payg‘ambar bo‘lishlaridan oldin, yahudiylar Yasribdagi arab mushriklari (Avs va Xazraj qabilalari)ga: "Yaqinda oxir zamon payg‘ambari chiqadi, biz unga iymon keltirib, sizlarning ustingizdan g‘alaba qozonamiz", deb ko‘p gapirishardi. ("Ar-rahiyqul maxtum".)
Ma’lumki, Injilda oxir zamon payg‘ambarining kelishi ochiq-oydin aytilgan:
"Quddusdagi yahudiylar yuborgan ruhoniylar va levitlar (yahudiy din arboblari) Yahyo payg‘ambarning oldiga borib undan:
— Sen kimsan? — deb so‘radilar. Yahyo shahodat (guvohlik) berdi:
— Men (Iyso) Masih emasman, — deb ochiq tan oldi u, inkor etmadi.
Yana undan:
— Bo‘lmasa Ilyos payg‘ambarmisan? — deb so‘radilar.
— Yo‘q! - dedi u.
— Oxirzamon nabiysi (payg‘ambari)misan? - deb savol berdilar. U yana:
— Yo‘q! — deb javob berdi..." ("Yuhanno Injili", Stokgolm, Shvetsiya. 1992. 1-bob.)
Bundan ma’lum bo‘ladiki, yahudiy ulamolari o‘sha asrda uchta payg‘ambar kelishini kutardilar: Ilyos, Iyso va oxir zamon Payg‘ambari. Ilyos va Iyso alayxissalomlarning kelib ketgani Injilda ham sobit bo‘lgan. Ulardan keyin tabiiyki "oxir zamon payg‘ambari"ning kelishi kutilgan. Bu payg‘ambarni biz musulmonlar, shak-shubhasiz, Muhammad alayhissalomdirlar, deymiz". (Ahmad Diydot, "Chto Bibliya govorit o Muxammade".)

132. O’n ikkinchi yil oxirlari (birinchi Aqaba bay’atidan salgina oldin) yoki o‘n uchinchi yili (ikki Aqaba bay’ati orasida, Payg‘ambarimiz 52 — 53-yoshda ekanlarida). ("Ar-rahiyqul maxtum".)
"(Alloh) O’z bandasi (Muhammad alayhissalom)ni, unga oyat-mo‘‘jizalarimizdan ko‘rsatish uchun (Makkadagi) Masjidul Haromdan (Quddusdagi) Biz atrofini barakotli qilib qo‘ygan Masjidul Aqsoga tun (ning bir qismi)da sayr qildirgan Zot (barcha aybu nuqsonlardan) pokdir. Darhaqiqat, U eshitguvchi, ko‘rguvchi zotdir". (Isro surasi, 1-oyat.)
Bu voqeaning qachon ro‘y bergani to‘g‘risida turli ma’lumotlar mavjud bo‘lib, haqiqatga yaqinrog‘i mana shudir! Chunki, Xadicha onamiz Makka davrining 10-yili ramazon oyida besh vaqt namoz farz bo‘lishidan oldin vafot etganlar. Besh vaqt namozning esa, Me’roj kechasi farz bo‘lgani xususida ixtilof yo‘q. Isro surasining ifodasiga ko‘ra, Me’roj bilan hijrat orasidagi vaqt uzoq emas, Me’rojdan so‘ng hijrat ham yaqinlashib qolgan edi. ("Ar-rahiyqul maxtum".)
Isro va Me’roj voqeasi mutavotir bo‘lib, 45 ta sahobadan rivoyat qilingan. (Ali ibn Muhammad Shokir, "Al-Isro va Me’roj", 8-9-betlar; Shayx Muhaddis Qattoniy, "Nazmul mutanosir minal hadisil mutavotir", 207 — 208-betlar.)
Makka bilan Quddus orasi to‘g‘ri 1100 km, aylana 1500 km, tuya yurishida 30-40 kunlik yo‘ldir. (Shayx Muhammad Sha’roviy, "As-siyratun nabaviyya", 220-bet; Ali ibn Muhammad Shokir, "Al-Isro val-Me’roj", 12-bet.)

133. Rajab oyi.

Rajab oyining 27-kechasida insoniyat tarixidagi eng muhim hodisalardan biri sodir bo‘lgan. O’sha kechada Payg‘ambarimiz alayhissalomning Isro va Me’rojlari bo‘lgan.
Isro kechasida to‘planib, ilmiy suhbatlar o‘tkazish keyingi davrlarda yuzaga chiqqan. Ba’zi ahli ilmlar mazkur ulug‘ hodisani yodga olish bilan birga ko‘pchi-likka uning ahamiyatini eslatish va dinu diyonat yo‘lida va’zlar qilishni musulmonlar uchun foydali deb, bu ishni o‘tkazishgan. Ammo Isro kechasidagi alohida namozlar va boshqa narsalar hujjatsiz ishlardir. ("Zikr ahlidan so‘rang", 7-son.)

134. Uyg‘oq hollarida, ruh va jasadlari bilan.

Isro va Me’roj hodisasi tush emas, ruhiy safar ham emas, balki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ham jasadlari, ham ruhlari ila qilgan safarlaridir. Agar tush yoki ruhiy safar bo‘ladigan bo‘lsa, bu voqeaning mo‘‘jizaligi qolmas edi.
Oyati karimada "O’z bandasini" deb ta’kidlanishi ham Isro hodisasi jasad va ruh bilan bo‘lganini ko‘rsatadi. Agar faqat ruh bilan bo‘lganida, bandasining ruhini, deyilgan bo‘lar edi. ("Tafsiri Hilol", Isro surasi, 1-oyat tafsiridan.)
Ahli sunna va jamoa ulamolarining ko‘pchiligi mana shu fikrga ittifoq qilishgan. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam arablarga: "Bu kecha mening ruhim Quddusga borib-keldi" yoki "Men bu kecha uyqumda-tushimda Quddusga borib-kelibman", desalar, kim ham bu gapni yolg‘on derdi?! Ular Isro va Me’roj voqeasining aynan uyg‘oqlikda (ya’ni, ruh va jasad bilan) bo‘lgan, deb tushunganlari uchun ham to‘polon qilishgan va Islomni yangi qabul etganlarning ba’zilari dindan qaytib, murtad ham bo‘lishgan. Agar faqat Payg‘ambarimizning ruhlari sayr qilganida edi, ruhning Buroq nomli ulovga hojati tushmas edi!
"Buroq" porlamoq, chaqmoq chaqish va yashin, ma’nosidagi "barq" so‘zidan olingan ismdir. Payg‘ambarimizni manzilga eltgan ulov esa rangining sof va porloq-ligi yoki juda tez harakatlanishi sababli shunday nomlangan. U nigohi yetadigan joygacha qadam bosadigan, o‘tgan bir necha Payg‘ambarlarga ham xizmat qilgan, tiniq oq rangli, no‘xtalangan, egarlangan, eshakdan katta va xachirdan kichik mo‘‘jizaviy hayvondir.
Isro va Me’roj voqeasini haqiqatan ham bo‘lib o‘tganini aqllariga sig‘dirolmaydigan kimsalarga aqliy gap aytamiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Me’rojga o‘zlari chiqmaganlar, balki, Alloh taolo u zotni Jabroil farishta va Buroq ismli ulov hamrohligida sayr qildirgan. Shuning uchun ham oyatda "(Alloh) O’z bandasi (Muhammad alayhissalom)ni sayr qildirdi", deyilyapti. Misol: "Men chaqalog‘imni baland tog‘ning cho‘qqisiga olib chiqdim", desam, biror kishi menga: "Chaqaloq qanday qilib toqqa chiqa oladi", deydimi? Yo‘q, albatta! (Shayx Muhammad Sha’roviy, "As-siyratun nabaviyya", 223 — 224-betlar.)
Usmonli Turk davlati tarixida hozirjavobligi bilan nom qozongan mashhur Fuod Poshodan Ovro‘pa sayohati chog‘ida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasal-lamning Me’rojlari haqidagi bir suhbatda masihiylar: "Muhammad osmonga qaysi zinapoyadan chiqqan ekan", degan masxaraomuz savol tashlaydi. Olim hech o‘ylab o‘tirmay: "Iyso Masih chiqqan zinapoyadan!" deb javob beradi! (Zakoi Ko‘nrapa, "Paygambarimiz va asharai mubashshara" 1-kitob, 170-bet.)
"Me’roj"ning lug‘aviy ma’nosi narvon, zinapoyadir. Lekin kayfiyatini (qandayligini) bilmaymiz. Uning hukmi ham boshqa g‘ayb narsalarning hukmi kabidir. Unga iymon keltiramiz, kayfiyati bilan shug‘ullanmaymiz. ("Sharhi aqiydai Tahoviyya", arabchasi, 245-bet.)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan boshqa bironta payg‘ambarning Me’rojga chiqqanini bilmaymiz, ya’ni, Payg‘ambarimizdan boshqa bironta payg‘am-bar Allohning huzuriga ko‘tarilib, yana qaytib yerga tushmagan. (Doktor Xalil Ibrohim, "Ar rahmatul muhdot".)

135. Bir marta. ("Sharhi aqiydai Tahoviyya", 246-247-betlar; "Tafsyri Ibni Kasyyr", Isro surasi, 1-oyattafsiri; "Zodul ma’od", 3-kitob, 42-bet; "RahShgun lil olamiyn", 3-kitob; "Al-isro val-me’roj fiy Fathil Boriy".)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 06 Iyun 2009, 17:49:58
136. Mavzu’ (to‘qima).
Mazkur rivoyat kitoblarning birortasida dalil bilan zikr etilmagan!
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Me’rojga chiqqan vaqtlarida Quddus shahrida hozirgidek masjid yo‘q edi. Hazrati Sulaymon alayhissalom davrlarida qurilgan masjid milodiy 70 yilda ro‘y bergan vayronagarchilikda yiqitilgan edi. Hozirgi kunda yahudiylar "Yig‘i devori", musulmonlar "Buroq devori" deb ataydigan devor Sulaymon alayhissalom qurdirgan ibodatxonaning qoldig‘idir". ("Hidoyat", 2002 yil, 9-son.)

137. Ha.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Me’rojga chiqqanlarida Alloh taolo bilan gaplashganlari ko‘plab sahih hadislarda kelgan. Allohning kalomi (gapiri-shi) masalasida Ahli sunna va jamoaning aqiydasi bunday: "Allohning kalom sifati Alloh taoloning zotida azaldan qoim bir sifat bo‘lib, u bilan U zot amr etuvchi, nahiy qiluvchi va xabar beruvchidir. Kalomning Alloh taolodan sodir bo‘lgani ma’lum, ammo qaysi kayfiyatda sodir bo‘lgani ma’lum emas. Uning kalomi odamlarning kalomiga o‘xshab maxluq emas. Allohning kalomi basharning kalomiga o‘xshashdan oliy, sharafli va fasohatlidir. Alloh taolo qachon xoxlasa, qandoq xohlasa, shunday gapiruvchidir. U zot eshitiladigan ovoz bilan gapiradi". (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Sunniy aqiydalar", 138- 142-betlar.)
Eng sahih qavlga binoan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Isro va Me’roj kechasi Alloh taolo bilan gaplashganlar. Bu Alloh taoloning:
"Biror odam uchun Alloh unga so‘zlashi joiz emas, magar vahiy-ilhom orqali yo biror parda-to‘siq ortidan yoki biror elchi-farishta yuborib, o‘sha (farishta Allohning) izni-ixtiyori bilan U xohlagan narsani vahiy qilishi orqali (so‘zlar)..." oyatida (Sho‘ro surasi, 51-oyat.) zikr qilingan "yo biror parda-to‘siqortidan" bo‘lgan ikkinchi qismdan hisoblanadi. (Manno’ Qatton, "Mabohisu fiy ulumil Qur’on", 38-bet.)

138. Ha.
Sobit bo‘lgan ma’lumotlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Alloh taoloni uyqularida - qalb qo‘zi bilan ko‘rganliklariga dalolat qiladi, ya’ni, Payg‘ambarimiz Alloh taoloning jamolini uyqularida ko‘rganlari haq.
Mulla Aliyyul Qori Hanafiy "Al-fiqhul akbar"ga bitgan sharhida: "Sahih qavl shuki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Rabbilarini qalblari bilan (uyqularida) ko‘rganlar", deb yozadi. (213-bet.)

139. Yo‘q.
Bu borada Ahli sunna va jamoa ikki xil fikrni aytgan.
Birinchisi: Oisha onamiz va Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu boshliq bir guruh sahobalarning mazhabidir:
Imom Buxoriy va boshqa muhaddislar keltirgan rivoyatda Masruq quyidagilarni aytadi: "Men Oisha onamizga: "Ey onajon! Muhammad sollallohu alayhi vasallam Rabbilarini ko‘rganmilar?" dedim. Oisha roziyallohu anho: "Sen aytgan gapdan sochim tikka bo‘ldi! Uch narsani senga kim aytsa, batahkiq, yolg‘on aytibdi. Kim senga Muhammad sollallohu alayhi vasallam Rabbilarini ko‘rganlar, desa, batahqiq, yolg‘on aytibdi...", dedilar".
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu boshliq bir guruh sahobalar oldingi gapga zid fikrni aytganlar. Ularning ijtihodlari Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Me’rojga chiqqanlarida Alloh taoloni qo‘rganlar, degan fikrga asoslangan. Ular o‘zlarining bu fikrlariga Alloh taoloning:
"...Eslang, (ey Muhammad alayhissalom), Biz sizga ko‘rsatgan "tush"ni faqat odamlar uchun bir fitna-imtihon qildik, xolos..." degan oyatini (Isro surasi, 60-oyat.) dalil qiladilar.
Ammo, to‘g‘risini aytganda, bu oyati karima haqida mufassirlar qo‘plab ta’villarni keltirgan bo‘lsalar ham, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Alloh taoloni ko‘rganlari haqidagi gapga uncha rozi bo‘lishmagan.
"Al-fiqhul akbar" kitobining sharhida Mulla Aliyyul Qori Hanafiy: "To‘g‘ri so‘z u zot sollallohu alayhi vasallamning o‘z Rabbilarini qalblari bilan ko‘rganlaridir, ko‘zlari bilan emas. Bu "Sharhi aqoid" va boshqa kitoblarda ham zikr qilingan", degan. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Sunniy aqiydalar", 273-275-betlar.)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloning jamolini zohiriy ko‘zlari bilan ko‘rganlari xususida birorta ham sahih, sarih (ochiq-oydin) hadis yo sahobalardan sahih asar yoki birorta ham qat’iy dalil yo‘q. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumoning "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam me’rojga chiqqanlarida Alloh taoloni zohiriy ko‘zlari bilan ko‘rganlar", degan gaplarini Ibn Xuzayma "zaif" sanad ila rivoyat kilgan. ("Sharhi aqiydai Tahoviyya", arabchasi, 213- va 248-betlar.)
Darvoqe’, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zohiriy ko‘zlari bilan Alloh taoloning jamolini ko‘ra olmaganlarini o‘zlari ham ochiq bayon qilganlar. Masalan, Abu Zarr G’iforiy: "Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: "Parvardigoringizni (zohiriy ko‘zingiz bilan) ko‘rganmisiz?" deb so‘raganimda, u zot javob berdilar: "Nur (ya’ni, Alloh taoloning hijobi nurdir). Bas, qanday qilib U zotni ko‘ra olaman. (Me’rojga chiqqanimda nur Parvardigorimni ko‘rishimdan to‘sdi). Nurni ko‘rdim (xolos, boshqa narsani ko‘rolmadim)". (Muslim rivoyati, Navaviy sharhi bilan, Iymon bobi; "Sharhi aqiydai Tahoviyya", 213-214-betlar.)
Yana: "...Allohning hijobi nurdir (ya’ni, U zotning jamolini ko‘rishdan nur to‘sib turadi). Agar uni ochsa (ya’ni, jamolini namoyon qilsa), Yuzining nurlari butun maxluqotni (borliqni) yondirib-kuydirib yuborar edi", deganlar. (Muslim rivoyati, Navaviy sharhi bilan, Iymon bobi; "Sharhi aqiydai Tahoviyya", 213-214-betlar. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun qarang: Mulla Aliyyul Qori Hanafiy, "Al-fiqhul akbar" sharhi, 213-bet; "Tafsiri ; Ibni Kasiyr", Najm surasi, 13-oyat tafsiri; "Ar-rahiyqul maxtum"; "Nurul yaqin"; "Zodul ma’od", 3-kitob, 36-38-betlar; "Fathul Boriy", 8-juz’, Tafsir kitobi, Najm surasi; Shayx Muhammad Sha’roviy, "As-siyratun nabaviyya", 133-bet).

140. Amanar rosul (285 - 286-oyatlar). (Imom Muslim rivoyati; "Tafsiri Ibni Kasiyr".)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 06 Iyun 2009, 17:54:48
141. O’n ikkita.
Ularning beshtasi bir yil oldin Makkaga kelib musulmon bo‘lgan edi. Ular o‘shanda olti kishi bo‘lib, bu safar Jobir ibn Abdulloh kelmagan.
Boshqa yetti nafar yangi musulmon quyidagilar:
1) Mu’oz ibn Horis (Xazraj qabilasidan);
2) Zakvon ibn Abdul Qays (xazrajiy);
3) Uboda ibn Somit (xazrajiy);
4) Yazid ibn Sa’laba (xazrajiy);
5) Abbos ibn Uboda (xazrajiy);
6) Abul Haysam ibn Tayyihon (Avs qabilasidan);
7) Uvaym ibn So’ida (avsiy).
Bu birinchi bay’at - yolg‘iz Alloh taologa ibodat qilish, U zotga biron narsani shirk keltirmaslik, o‘g‘rilik qilmaslik, zino qilmaslik, farzandlarini o‘ldirmaslik, hech kimga bo‘hton-tuhmat qilmaslik va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga hamisha itoat qilish xususida qasamyod qabul qilish edi. Mukofoti esa jannat bashorati bo‘ldi. ("Ar-rahiyqul maxtum")

142. Mus’ab ibn Umayrni.

Mus’ab roziyallohu anhu johiliyat davrida boy oilada o‘sgan, birinchilar qatorida Islomni qabul qilgan sahobalardan bo‘lib, "Muqri’ul Madina" (Madina musulmonlariga Qur’oni karim tilovatini o‘rgatuvchi ustoz) unvoniga sazovor bo‘lgan.

143. Yetmish beshta sahoba
(73 ta erkak va 2 ta ayol). Ayollar: Nasiba (Ummu Ammora) Ka’b qizi va Asmo Amr qizi.
"Ikkinchi Aqaba bay’ati"ning bandlari quyidagicha bo‘lgan:
1) har qanday holatda ham Payg‘ambarga quloq solish va itoat etish;
2) Alloh yo‘lida moliyaviy sarf-xarajat qilish;
3) amru ma’ruf va nahiy munkar qilish;
4) malomatgo‘yning malomatidan qo‘rqmay, Alloh yo‘lida qoim bo‘lish;
5) Payg‘ambarimiz Yasribga kelganlarida, u zotga yordam berish hamda o‘zlarini, xotinlarini va bolachaqalarini himoya qilganlaridek, u zotni ham himoya qilish;
6) rahbarlikka kim loyiq topilsa, keyin bu masalasida talashib-tortishmaslik.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bay’atning bu bandlariga to‘la amal qilgan musulmonlarga jannatni va’da qildilar! (Ahmad, Bazzor, Ibn Hibbon va Bayhaqiylar rivoyat qilishgan. Isnodi Muslim shartiga ko‘ra sahih; "Ar-rahiyqul maxtum".)
"Ikkinchi Aqaba bay’ati" Islom tarixida "Katta Aqaba bay’ati" yoki "Bay’atul Harb" deb ham nomlanadi.

144. As’ad ibn Zurora
(Yasribdagi Bani Najjor urug‘ining raisi). ("Ar-rahiyqul maxtum"; Shayx Muhammad Yusuf Kondehlaviy. "Hayotus sahoba".)
Imom Bayhaqiy As’ad ibn Zuroraning "Ikkinchi Aqaba bay’ati"da qatnashgan yasriblik musulmonlar ichida yoshi eng kichigi bo‘lganini aytadi. Yoshi eng kattasi esa, Baro ibn Ma’rur edi. (Doktor Mahmud Abdul Fattoh Sharafuddin, "Ishroqotu shamsil hijratil Muhammadiyya ‘alal Islam".)

145. O’n ikkita
(Avs va Xazraj qabilalaridan). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Yasrib musulmonlariga kafil bo‘lsinlar deb, ansorlardan 12 ta naqibni saylab berishlarini iltimos qiladilar. Quyidagi zabardast ansoriylarni yasriblik musulmonlarning o‘zlari saylaydilar.
To‘qqiztasi Xazraj qabilasidan: As’ad ibn Zurora; Sa’d ibn Rabiy’; Abdulloh ibn Ravoha; Rofi’ ibn Molik; Baro ibn Ma’rur; Abdulloh ibn Amr; Uboda ibn Somit; Sa’d ibn Uboda; Munzir ibn Amr.
Uchtasi Avs qabilasidan: Usayd ibn Huzayr; Sa’d ibn Xaysama; Rifo’a ibn Abdul Munzir yoki Abul Hay-sam ibn Tayyihon. ("Ar-rahiyqul maxtum"; Shayx Muhammad Yusuf Kondehlaviy. "Hayotus sahoba".)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 06 Iyun 2009, 17:57:39
146. Abu Bakr va Ali roziyallohu anhumo.
Abu Bakr bilan Ali roziyallohu anhumo Payg‘ambarimizning buyruqlari bilan qolgan edilar. Mushriklarning qamoqxonalaridagi mahbus musulmonlar ham hijrat qila olishmagan.
Rasulullohsollallohu alayhi vasallam: "Men tushimda Makkadan bir xurmozor yerga hijrat qilayotganimni ko‘rdim. Shunda men u yerni Yamoma yoki Hajar bo‘lsa kerak deb o‘yladim. Keyin bilsam, u yer Yasrib madinasi (ya’ni, shahri) ekan", deganlar. (Buxoriy va Muslim rivoyatlari.)
Hijrat Alloh taoloning barcha payg‘ambarlaridagi sunnati-qonunidir. Nuh alayhissalom va u kishiga ergashgan zotlar, Hud, Solih, Lut va Shu’ayb alayhissalomlar, Muso alayhissalom va Bani Isroil, Yunus alayhissalom, shuningdek, Maryam roziyallohu anho va Iyso alayhissalom, shuningdek "Ashobul Kahf" qissasidagi yigitlarning hijrat qilganlari ma’lum va mashhurdir. (Doktor Mahmud Abdul Fattoh Sharafuddin, "Ishroqotu shamsil hijratil Muhammadiyya ‘alal Islam".)

147. Abu Salama ibn Abdul Asad Maxzumiy.

Abu Salamaning ismi Abdullohbo‘lib, Habashistondan Makkaga qaytib kelganida, mushriklar yana aziyat berishni boshlaganlar. Yasribliklarning musulmon bo‘layotganlarini eshitgach, "Ikkinchi Aqaba bay’ati"dan bir yil oldin hijrat qilib ketgan edi. (Ibn Ishoq rivoyati; "Ar-rahiyqul maxtum".)

148. Abbos ibn Abdulmuttalib roziyallohu anhu. ("Ar-rahiyqul maxtum".)

149. Yigirmata sahoba bilan. (Buxoriy rivoyati.)
Madinaga ko‘chishda musulmonlar Makkadan yashirincha chiqar edilar. Hazrati Umar bo‘lsalar, avval Ka’bani ziyorat qildilar, so‘ngra mushriklarga qarata: "Meni bilmaganlar bilsin, tanimaganlar tanib olsin! Men Xattob o‘g‘li Umarman! Hozir Yasribga ketyapman. Onalarini yig‘latishni, xotinlarini tul, bolalarini yetim qoldirishni istaydiganlar bo‘lsa, yo‘limni to‘ssin", deya ochiqchasiga hijratga otlanadilar.
Umardan boshqa deyarli hamma musulmonlar oilasi bilan birgalikda yilning boshida muharram va safar oylarida hijrat qilgan. Umar roziyallohu anhuning hijrati Payg‘ambarimiz hijratlaridan 15 kun oldin bo‘lgan.

150. Abu Jahl.
Majlisda qatnashgan odam suratidagi shayton Abu Jahlning fikrini ma’qullagan! Mazkur majlis Makka davrining 14 yili 26 safar, milodiy 622 yil 12 sentyabr payshanba kuni ertalab bo‘lib o‘tadi. ("Ar-rahiyqul maxtum".)
Mushriklarning bunday makr-hiylalari va buning oqibati haqida Alloh taolo aytadi:
"(Ey Muhammad alayhissalom), kofir bo‘lgan kimsalar sizni hibs qilish yo o‘ldirish yoki (Makkadan) chiqarib yuborish uchun sizga makr qilgan paytlarini eslang! (Ular) makr qilurlar, Alloh ham "makr" qilur. Alloh makr qilguvchilarning "eng yaxshisi"dir" («Anfol» surasi, 30-oyat).
Qur’on yoki hadisda Alloh taologa nisbatan "makr" lafzi ishlatilsa, uni bandalarga nisbatan qo‘llanilgani kabi tushunmaslik kerak. Kofirlar o‘zlaricha makr qilishga urinadilar, ammo Alloh taolo ularning makrini yo‘qqa chiqaradi, makrlarining jazosini beradi. ("Tafsiri Hilol", Anfol surasi, 30-oyat tafsiridan.)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 06 Iyun 2009, 18:05:07
151. O’n bir kishini. Ular quyidagilar:
Abu Jahl; Hakam ibn Abul Os; Uqba ibn Abu Mu’ayt; Nazr ibn Horis; Umayya ibn Xalaf; Zam’a ibn Asvad; Tu’ayma ibn Adiy; Abu Lahab; Ubay ibn Xalaf; Nabih ibn Hajjoj; Munabbih ibn Hajjoj.
Dushmanlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uylariga bostirib kirishga jur’at etishmaydi. Chunki u paytlar bir insonni o‘z uyida o‘ldirish o‘ta chirkin, razil ish deb hisoblangan. Shu sababli ham ular Payg‘ambarimizning ko‘chaga chiqishlarini kutishadi. Buni bilgan Payg‘ambar alayhissalom dushmanlarni ertalabgacha chalg‘itish uchun to‘shaklariga Ali roziyallohu anhuni yotqizib qoldiradilar.
Makka mushriklari payg‘ambar Muhammad Amin sollallohu alayhi vasallamga mollarini omonat qo‘yar edilar. Payg‘ambarimiz mana shu omonatlarini egalariga tarqatish vazifasini ham Ali roziyallohu anhuga topshirdilar. O’shanda Ali 21-23 yoshlarda edi.
Shunday og‘ir vaziyatda ham Payg‘ambarimizning omonatdorligiga qarang!

152. Janub (Yaman) tarafida.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam izquvarlarni chalg‘itish uchun ham, aynan Yasribdan teskari tomonga borib yashiringanlar.
Savr tog‘i qariyb besh mil (9 km) uzoklikda edi. Makka tog‘lari ichida eng balandlaridan biri bo‘lib, uning ustiga o‘nqir-cho‘nqir, toshlari ham katta-katta, g‘or esa, uning tepasida edi. Shuning uchun g‘orgacha chiqib borish juda qiyin kechgan.

153. G’orga e’tibor berishmagan.

Bu masalada uch xil ma’lumot bo‘lib, har birini alohida-alohida o‘rganamiz.
1) Buxoriy va Muslimlar rivoyatiga ko‘ra, dushmanlar g‘orga e’tibor berishmagan.
Abu Bakr Siddiq rivoyat qiladilar: "Men (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga) g‘ordaligimda, u zotga: "Agar u (izquvar)lardan birortasi oyog‘i ostiga qaraganida (ya’ni, nigohini pastga qaratganida), bizni ko‘rgan bo‘lardi", dedim. U eot: "Ey Abu Bakr, gapirmay turing tinchlaning. Alloh uchinchisi bo‘lgan ikki kishi haqida nima deb o‘ylaysiz (ya’ni, Alloh biz bilan ekan, kim ham bizga zarar yetkaza oladi)", dedilar". (Buxoriy va Muslim rivoyatlari.)
Savr — katta tog‘. Ammo uning tepasida Hiro g‘origa o‘xshash g‘or yo‘q. Balki, Savr g‘ori deb nom olgan o‘sha g‘or, ikki kishi sig‘adigan teshik-kovakdir. Kovak og‘zi ham tor bo‘lib, pastda joylashgan edi. ("Fathul Boriy", 7-juz’, 3653-hadis sharhi; "Tafsirul Jalolayn", Tavba surasi, 40-oyat tafsiri; "Tafsirun Nasafiy", Tavba surasi, 40-oyat tafsiri; Muhammad Ali Sobuniy, "Sofvatut tafosiyr", Tavba surasi, 40-oyat tafsiri.)
Demak, Savr g‘ori deb atalmish kovak izquvarlar e’tibor beradigan darajada ko‘zga ko‘rinarli katta bo‘lmagan.
"Payg‘ambarimiz g‘or ichida tik turib namoz o‘qiganlar", degan rivoyat asossizdir.
Payg‘ambarimiz hijrat kechasi uylaridan chiqqanlarida, dushmanlar u zotni ko‘rmaganlaridek, "g‘or"ga ham e’tibor berishmagan - qarashmagan, balki chor-atrofga alanglab ketaverishgan. Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Alloh taologa bo‘lgan chuqur e’tiqodi va tavakkulining mukofoti o‘laroq, Alloh taoloning O’z payg‘ambarini ikrom qilgan navbatdagi mo‘‘jizasidir. Shuning uchun ham Imom Navaviy mazkur rivoyatni "Riyozus solihiyn" kitobining, "Komil ishonch va tavakkul bayoni" bobida zikr qilganlar.
Quyidagi kitob mualliflari mazkur voqeani bayon etarkanlar, mana shu ma’lumot bilan kifoyalanishgan va o‘rgimchak rivoyatini zikr qilishmagan. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Tafsiri Hilol", Tavba surasi, 40-oyat tafsiri; Oltinxon tura, "Qur’oni karim turkiy tidda izohli tarjimasi", Tavba surasi, 40-oyat izohi; "Tafsiri Ibni Kasiyr", Tavba surasi, 40-oyat tafsiri; "Tafsirul Jalolayn", Tavba surasi, 40-oyat tafsiri; Muhammad Ali Sobuniy, "Sofvatut tafosiyr", Tavba sura-si, 40-oyat tafsiri; Shayx Safiyyur Rahmon Muborakfuriy, "Ar-rahiy-qul maxtum"; Doktor Muhammad Sa’iyd Ramazon Butiy, "Fiqhus siyra-tin nabaviyya", 134-bet; Shayx Muhammad Xuzariy, "Nurul yaqiyn"; Shayx Muhammad Sha’roviy, "As-siyratun nabaviyya", 320 - 323-betlar; Imom Buxoriy, "Hadis", 2-kitob, 502-bet, o‘zbek tilida; Imom Navaviy, "Riyozus solihiyn", 7-bob.)
Alloh taolo aytadi:
"...Alloh (O’z) ishida g‘olibdir, lekin ko‘p odamlar (buni) bilmaydilar". (Yusuf surasi, 21-oyat.)
"Albatta, Biz payg‘ambarlarimizga va iymon keltirgan zotlarga hayoti dunyoda ham, guvohlar (hozir bo‘lib) turadigan Kun (Qiyomat)da ham yordam berurmiz"; (G’ofir surasi, 51-oyat.)
2) g‘orning og‘zida o‘rgimchak uyasini ko‘rib: "Agar Muhammad bu yerga kirganida, o‘rgimchak uyasi bo‘lmas edi", deb o‘tib ketganlar", degan rivoyat.
Imom Zahabiy mazkur o‘rgimchak rivoyati roviylaridan Bashshor ibn Muso Xaffofni "Zu’afo" (zaif roviylar) kitobi ro‘yxatiga kirgizib: "Abu Zar’a uni zaif, degan", imom Buxoriy: "Munkarul hadis (ya’ni, zaif roviy ishonchli roviyga qarshi tarzda rivoyat qilgan hadis), degan", deydi.
Hofiz Ibn Hajar Asqaloniy ham "Taqrib" kitobida Bashshor ibn Musoni: "Zaif, ko‘p hadis rivoyat qilgan, lekin ko‘p xato qiladi", deydi.
O’rgimchak rivoyatining yana bir roviyi Usmon ibn Amr ibn Soj Jazariyni imom Zahabiy "Zu’afo" (zaif roviylar) kitobi ro‘yxatiga kirgizgan.
Hofiz Ibn Hajar Asqaloniy "Taqrib" kitobida Usmon Jazariy haqida: "Unda zaiflik bor", deydi.
Ibn Abu Hotim "Aljarhu vatta’diyl" kitobida Usmon Jazariyni: "Hujjatga yaramaydi", degan.
Ammo Ibn Kasiyr "Al-bidoya" nomli tarix kitobining 3-juz’ 181-betida: "O’rgimchak rivoyati Hasan Basriydan "mursal" rivoyatdir (ya’ni, sanadidan sahoba tushirib qoldirilgan). Ammo "shohidi" ila quvvatlanib, "hasan" darajasiga chiqadi", degan.
Muhaqqiq muhaddis Ahmad Shokir rahmatullohi alayh Ahmad ibn Hanbalning "Musnad" kitobi 3251-hadis ta’liqida: "O’rgimchak rivoyatining isnodini muhokama qilish kerak, bu ish janjalli, hal etilmagan", deydi.
Alloh taolo Qur’oni karimda:
"Agar sizlar unga (ya’ni, Payg‘ambarga) yordam qilmasangiz (Allohning O’zi unga yordam qilur). Uni kofirlar ikki kishining biri bo‘lgan holida (ya’ni, bir hamrohi bilan Makkadan) haydab chiqarganlarida, unga Alloh yordam berdi-ku. O’shanda ikkovlon g‘orda bo‘lgan paytlarida hamrohiga: "G’amgin bo‘lma, albatta, Alloh biz bilan birgadir", deyishi bilan Alloh O’z tomonidan uning ustiga - qalbiga bir xotirjamlik tushirdi va uni sizlar ko‘rmagan lashkarlar (ya’ni, farishtalar) bilan Qo‘llab-quvvatladi hamda kofir bo‘lgan kimsalarning so‘zlarini tuban qilib qo‘ydi. Allohning So‘zigina eng yuksak So‘z va Alloh qudratli, hikmatlidir". (Tavba surasi, 40-oyat.)
Bu oyati karimadagi: "Va uni sizlar ko‘rmagan lashkarlar bilan qo‘llab-quvvatladi" jumlasi "o‘rgimchak" haqidagi rivoyatning zaifligini ko‘rsatadi. Chunki oyati karimada Payg‘ambar ko‘zga ko‘rinmaydigan lashkarlar, ya’ni, farishtalar bilan qo‘llab quvvatlangani ochiq-ravshan aytilgan. Rivoyatda esa, o‘rgimchak to‘rlari bilan deyilgan, holbuki, o‘rgimchak va uning to‘rlarga ko‘zga ko‘rinadigan narsalardir. Shuning uchun ham imom Bag‘aviy mazkur oyat tafsirida: "U (ko‘zga ko‘rinmaydigan lashkar)lar farishtalar bo‘lib, kofirlarning yuzlarini va ko‘zlarini Payg‘ambarni ko‘rishdan qaytarish uchun nozil bo‘lishgan", degan. ("Tafsiri Bag‘aviy", 4-juz’, 174-bet; "Tafsirul Jalolayn", Tavba su-rasi, 40-oyat tafsiri; "Muxtasarun min tafsiritTabariy", Tavba surasi, 40-oyat tafsiri; Muhammad Ali Sobuniy, "Sofvatut tafosiyr", Tavba surasi, 40-oyat tafsiri.)
Xulosa: Mazkur o‘rgimchak rivoyati "zaifdir. (Zaif — tarkibida "sahih" va "hasan" hadislarning sifati bo‘lmagan rivoyat.)
3) mushriklar g‘or og‘zida daraxt o‘sib chiqqanini, unda bir juft yovvoyi kaptar in qurib yotganini va daraxt shoxlari g‘or og‘zini to‘sib turganini ko‘rishib, izlayotgan kishilari bu yerda emas, deb fikr qilishgan.
Yahyo ibn Mu’iyn bu rivoyatni: "Bo‘lmagan gap", deydi.
Haysamiy "Al-mujamma’" nomli kitobida (6-juz’, 53-bet): "Bu rivoyatni Bazzor va Tabaroniylar zikr qilgan bo‘lib, sanadida (Uvayn laqabli Avn ibn Amr Qaysiy va Abu Mus’ab Makkiy kabi) men tanimaydigan kishilar bor", deydi.
Ibn Kasiyr "Al-bidoya" kitobida (3-juz’, 182-bet): "Bu rivoyat juda g‘aribdir". degan.
Imom Zahabiy "Al-mezon" kitobida: "Imom Buxoriy bu rivoyatni munkar va majhul, degan", deydi. (Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Zakoi Ko‘nrapa, "Payg‘ambarimiz va asharai mubashshara", 1-kitob, 171-bet, 88-izoh.)
Xulosa: Ushbu kaptarlar haqidagi rivoyat "munkar"dir. (Munkar — zaif roviy ishonchli roviyga qarshi tarzda qilgan rivoyat.)

154. Uch kecha.
Mazkur uch kecha juma (payshanbadan jumaga o‘tar kechasi), shanba va yakshanba kechalaridir.
Makkada Islom sho‘‘lasi Nur tog‘idagi Hiro g‘ori-dan tarqalgan bo‘lsa, Madinada Savr tog‘idan porlay boshlagan edi.

155. Abu Bakrning o‘g‘li Abdulloh roziyallohu anhumo.

Abdulloh aqlli, ziyrak va zehni o‘tkir bola edi. U otasining buyrug‘i bilan g‘orga tunda kelib, azonlab kun yorishmasdan yana qaytib ketardi.
Abu Bakrning topshirig‘i bilan uning ozod qilgan quli Omir ibn Fuhayra esa, o‘sha tog‘ atrofida sog‘in qo‘ylarni o‘tlatar, kechqurun g‘orga sut olib chiqar va tong saharda Abdulloh ketishi bilan uning izlarini yo‘qotish maqsadida orqasidan qo‘ylarini haydab solar edi.
Payg‘ambarimiz hamrohlari bilan Madinaga ketishlari arafasida esa, Abu Bakrning qizi Asmo ularga yo‘lda yeyish uchun oziq-ovqat olib kelib beradi.
Abu Bakr Siddiq hazratlarining Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan vafodorligi naqadar buyuk. ("Ar-rahiyqul maxtum".)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 06 Iyun 2009, 18:07:44
156. Sakson oltita sura. (Hijriy 1409 yil, milodiy 1989 yil Madinai munavvaradagi "Mushafi sharif" bosmaxonasida chop etilgan Qur’oni karim mundarijasidan.)

157. Abdulloh ibn Urayqit Laysiy.
U Quraysh mushriklarining dinida bo‘lib, yo‘lni yaxshi biladigan, tajribali yo‘l ko‘rsatuvchi edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Abu Bakr ro-ziyallohu anhuning qaerdaliklarini besh qo‘lday bilardi. Ularni topgan kishiga va’da qilinayotgan mukofot unga xizmatiga beriladigan haqdan kamida o‘n marta ortiq edi. Shunday bo‘lishiga qaramay, nega ular haqida mushriklarga xabar bermadi, unga omonat qilingan sirni saqladi? Ularning qaerda ekanlarini bildirish uning uchun hech qanday qiyinchilik tug‘dirmasdi. Holbuki, yo‘l boshlab borish g‘oyat xavfli, tahlikali va mushkul ish edi. Uning ustiga, qurashiylar bilib qolsalar, hujum qilishlari muqarrar bo‘lib, yo‘lda yoq o‘lib ketishi, juda bo‘lmasa, ushbu ishi uchun ayovsiz jazolanishi hech gap emasdi. Sal kam besh yuz chakirimlik yo‘lni og‘ir shart-sharoitlar ostida bosib o‘tish va yana Makkaga qaytish tashvishi-chi?! Oldinda kamida yigirma kunlik mushkulot-mashaqqat bor. Lekin bu qiyinchilikka qaramay, u so‘zida tura oldi va bergan va’dasini ba-jardi. O’shanda qurashiylar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan Abu Bakr roziyallohu anhuning har biriga yuztadan tuya va’da qilishgan edi. Abdulloh ibn Urayqit bu mukofotga sotilmadi, nomardlik qilmadi!

158. Omir ibn Fuhayra (Abu Bakrning ozod qilgan quli).
Payg‘ambarimiz bilan Abu Bakr bir tuyada, yo‘lboshlovchi bilan Omir ikkinchi tuyada Qizil dengiz bo‘ylab, Yasrib tomon yo‘l oladilar.

159. Sakkiz kunda.
Qubo bilan Madina orasi taxminan ikki mil - bir soatlik yo‘l.
Makka bilan Madina orasi tuya yurishida 12-13 kunlik yo‘l bo‘lishiga qaramay, Payg‘ambarimiz hamrohlari bilan bu yo‘lni (g‘ordagi 3 kundan tashqari) 8 kunda bosib o‘tadilar.
Payg‘ambarimiz Abu Bakr roziyallohu anhu bilan g‘ordan chiqib, tog‘dan pastga tushishganida yo‘lboshlovchi tezda ularni avval janub - Yaman tarafga, keyin g‘arb — sohil tomonga olib boradi, odamlar yurmaydigan yo‘lga yetganlarida, yo‘lni shimol tomonga - Qizil dengiz qirg‘og‘i yaqiniga buradi va odamlar kamdan-kam yuradigan yo‘lga tushib olishadi.
Abu Bakr roziyallohu anhu tuyaga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning orqalaridan mingashgan edilar. Mabodo, yo‘lovchilar Abu Bakrdan: "Oldingdagi odam kim?" deb so‘rashsa, "Bu kishi mening yo‘l boshlovchim", derdilar. Abu Bakr hazratlarining mazkur javoblaridan haligi so‘rovchi Payg‘ambarimizni "oddiy yo‘l boshlovchi ekan", deb xulosa chiqarardi". (Buxoriy rivoyati; "Ar-rahiyqul maxtum".)

160. Sakkizinchi kuni.
Bu mashhur voqea milodiy 622 yilning 23 sentyabriga to‘g‘ri keladi. ("Ar-rahiyqul maxtum".)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 06 Iyun 2009, 18:09:56
161. Gulsum ibn Hadm (Hidm) Avsiynikida (U Bani Amr shayxi edi). ("Ar-rahiyqul maxtum"; "Zodul ma’od", 3-kitob.)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam cho‘lning jazirama issig‘ida uzoq yo‘l yurib charchaganlari tufayli ham Quboda dam oladilar.

162. Masjidi Qubo.
Bu masjid haqida Alloh taolo:
"...(Ey Muhammad alayhissalom), birinchi kundan taqvo asosiga qurilgan masjid borki, siz o‘shanda turishingiz loyiqroqdir. Unda poklanishni sevadigan kishilar bor. Alloh esa o‘zlarini mudom pok tutguvchi zotlarni sevadi". (Tavba surasi, 108-oyat.)
Qibla tarafini Rasululloh sollallohu alayhy vasallamga.Jabroil alayhissalom ko‘rsatib belgilab bergan edilar. ("Tafsiri Ibni Kasiyr", Tavba surasi, 108-oyat tafsiri.)
Abdulloh ibn Umar aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Qubo masjidiga har shanba kuni piyoda va ulovda kelar edilar. Men ham shundoq qilar edim". (Buxoriy, Muslim va Nasoiylar rivoyat qilishgan.)
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Madina-i munavvaraga joylashib, u yerga o‘z masjidlarini bino qilganlaridan keyin ham Qubo masjidini qadrlashda davom etdilar. Haftaning har shanba kuni u yerga kelib, namoz o‘qib turdilar.
Shuning uchun Madinai munavvara ziyoratiga borgan kishilar Qubo masjidini ham ziyorat qilib, unda namoz o‘qishga harakat qilishadi.
Yana Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Qubo masjididagi namoz xuddi umra kabidir", deganlar. (Termiziy va Nasoiylar rivoyati, sahih.)
Bu hadisi sharifda Qubo masjidida o‘qilgan bir namozning savobi umra qilganning savobiga teng kelishi ta’kidlanmoqda. Bu hadis Qubo masjidini Islom olamining to‘rtinchi martabadagi masjidi deya tan olishimizga asos beradi. Chunki boshqa masjidlar haqida bu ma’nodagi hadislar yo‘q. ("Hadis va Hayot", Namoz, 6-juz.)

163. To‘rt kun (dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba). (Ibn Ishoq rivoyati; Ibn Hishom, "As-siyratun nabaviyya"; "Ar-rahiyqul maxtum"; "Rahmatun lil olamiyn", 1-kitob; Aliyyul Qarniy, "An-Nabiy fiy mir’oti ashobihi", 73-bet; Doktor Oisha Shoti’ qizi, "Ma’al Mustafo fiy asril mab’as", 132-bet; Doktor Mahmud Abdul Fat-toh Sharafuddin, "Ishroqotu shamsil hijratil Muhammadiyya alal Islom" 63-bet; "Tafsiri Xozin", Juma surasi, 9-oyat tafsiri.)
Bu muddat ichida "Bo‘ydoqlar uyi" nomini olgan Sa’d ibn Xaysamaning hovlisida suhbatlar bo‘ladi. (Abdul Hafiz Farag‘liy Aliyyul Qarniy, "An-Nabiy fiy miroti ashobihi", 73-bet.)

164. Qubo bilan Madina orasida.
Alloh taolo aytadi:
"Ey iymon keltirgan zotlar, qachon juma kunidagi namozga chorlansa (azon aytilsa), darhol Allohning zikriga (ya’ni, juma namozini ado qilish uchun) shoshilinglar...". (Juma surasi, 9-oyat.)
Xuddi shu oyat bilan ikki rakaatli juma namozi musulmonlarga jamoat bilan o‘qishga farz qilindi. ("Tafsiri Hilol", Juma surasi, 9-oyat tafsiridan.)
Payg‘ambar alayhissalom Qubodan Madinaga kyotayotganlarida Bani Solim ibn Avf mahallasida, Batnuya vodiydagi "Ronuno" degan joyda yuz kishilik jamoat bilan juma namozini o‘qiganlar. ("Ar-rahiyqul maxtum"; Ibn Hishom, "As-siyratun nabaviyya", 2-kitob; "Tafsiri Xozin", Juma surasi, 9-oyat tafsiri; Doktor Mahmud Abdul Fatgoh Sharafuddin, "Ishroqotu shamsil hij-ratil Muhammadiyya ‘alat Islom", 20-bet.

165. Juma kuni (juma namozidan keyin).
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 06 Iyun 2009, 18:11:22
166. O’n ikkinchi kuni.
Bu milodiy 622 yil 27 sentyabrga to‘g‘ri keladi. ("Ar-rahiyqul maxtum".)

167.Madinaga kirganlarida. ("Ar-rahiyqul maxtum"; "Rahmatun lil olamiyn" 1-kitob.)

168. Payg‘ambarimiz Yasribga kirib kelgan kundan.

Aslida "Madinatur rosul" yoki "Madinatun nabiy" (Payg‘ambar shahri) bo‘lgan. Keyinchalik iste’molda "Madina" bo‘lib qisqargan.
Madinaning yana "Dorul axyor", "Dorul abror", "Dorul iymon", "Dorus sunna", "Dorus salom" va "Dorul fath" nomlari ham bor. (Doktor Mahmud Abdul Fatgoh Sharafuddin, "Ishroqotu shamsil hij-ratil Muhammadiyya ‘alat Islom", 20-bet.)

169. Ellik uch yoshlarida (to‘liq qamariy hisobida). ("Ar-rahiyqul maxtum".)

170. Abu Ayyub Ansoriyning (Xolid ibn Zayd). Islom tarixida shuhrat qozongan ikkita Xolid bor.
Biri makkalik sarkarda Xolid ibn Valid bo‘lsa, ikkinchisi madinalik Xolid ibn Zayd Abu Ayyub Ansoriydir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu baxtiyor xonadonda to "Masjidi nabaviy" va yonidagi xonalar qurilib bitgunicha yetti oy yashaydilar.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 06 Iyun 2009, 18:12:17
171. As’ad ibn Zurora (Madinadagi Bani Najjor urug‘ining raisi).
Bu yigit Makka davrining 11-yili, haj mavsumida Payg‘ambarimizga dastlab iymon keltirgan, so‘ng Islom dini va Payg‘ambarimiz haqlaridagi xushxabarni xalqiga yetkazgan olti madinalikning biri edi.
U "Birinchi Aqaba bay’ati"da ham, "Ikkinchi Aqaba bay’ati"da ham qatnashgan.
"Ikkinchi Aqaba bay’ati"da Payg‘ambarimizning muborak qo‘llarini ushlagan holda birinchi bo‘lib bay’at qilgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga muallim qilib jo‘natgan Mus’ab ibn Umayr roziyallohu anhuga o‘z uyidan joy berib yordam qilgan.
"Ikkinchi Aqaba bay’ati" bandlaridagi shartlarning bajarilishiga mas’ul etib tayinlangan naqib-rahbarlarning biri... ("Ar-rahiyqul maxtum".)
Alloh u kishidan va barcha sahobiylardan rozi bo‘lsin.

172. Masjidi nabaviy.
Subhanakallohumma va bihamdik, ashhadu alla ilaha illa anta, astag‘firuka va atubu ilayk!

Birinchi kitob tugadi.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 06 Iyun 2009, 18:13:38
FOYDALANILGAN MANBALAR RO’YXATI

1. Shayx Safiyyur Rahmon Muborakfuriy. "Ar-rahiyqul maxtum — Siyratu Rasulillah". Dorul xayr. Bayrut. 1998.
2. Abu Muhammad ibn Abdul Malik ibn Hishom ibn Ayyub Humayriy Ma’ofiriy Basriy. "As-siyratun nabaviyya". Dorul bayonil hadiysa. 2001.
3. Hofiz Imoduddin Abul Fido Ismoil ibn Umar ibn Kasiyr Qurashiy Dimashqiy. "Sahihus siyratin nabaviyya". Al-maktabatul islomiyya. Ammon—O’rdun.
4. Alloma qozi Muhammad Sulaymon Mansurfuriy. "Rahmatun lil olamiyn", 1-3-juz’lar. Ad-dorus salafiyya. Bombay. Hindiston. 1989.
5. Doktor Muhammad Sa’iyd Ramazon Butiy. "Fiqhus siyratin nabaviyya". Dorus salom. Qohira. Misr. 1994.
6. Shayx Muhammad Xuzariy. "Nurul yaqiyn fiy siyrati sayyidil mursaliyn". Doru Ibn Kasiyr. Damashq - Bayrut. 1989.
7. Shayx Muhammad Mutavalliy Sha’roviy. "As-siyratun nabaviyya". Al-maktabatul asriyya. Bayrut. 2002.
8. Ibn Qayyim Javziyya. "Zodul ma’od", 1 va 3-juzlar. Maktabatul manoril islomiyya. Bayrut. 1992.
9. Munir Muhammad G’azbon. "Fiqhus siyratin nabaviyya". Muassasatu Makkatal Mukarrama. 1989.
10. Qosim Abdulloh Ibrohim va Muhammad Sa’id. "Mavsu’atul musobaqotil Islomiyya", "As-siyratun nabaviyya" qismi. Dorut tavziy’i van nashril islomiyya. Qohira. Misr. 2002.
11. Doktor Oisha binti Abdurahmon Shoti’. "Ma’al Mustafo fiy ‘asril mab’as". Dorul ma’orif. Qohira. 1989.
12. Abdul Hafiz Farag‘liy Aliyyul Qarniy. "An Nabiyyu fiy mir’oti ashobihi". Al-maktabus saqofiy. Azhar. Qohira. 1990.
13. Yosin Sulton. "Ma’ar Rasuli sollallohu alayhi vasallam". Al-majmuatul i’lomiyya. Jidda. 1990.
14. Shayx Muhammad Yusuf Kondehlaviy. "Hayotus sahoba". Baytul afkorid davliyya.
15. Abdulloh Hajjoj (to‘plovchi). "Al-Isro val-Me’roj fiy Fathil Boriy". Maktabatut turosil islomiy. Qohira. 1984.
16. Ali ibn Muhammad Shokir. "Al-Isro val-Me’roj". Maktabatu manoris sabiyl.
17. Shayx Muhammad Alboniy. "Al-Isro val-Me’roj". Al-maktabatul islomiyya. Ammon — O’rdun. 2000.
18. Ali Yusuf Ali. "Nihoyatul lajoj fiy mavzu’il Me’roj". Dorul jiyl. Bayrut. 1987.
19. Muhammad Abdulloh Xatib. "Min fiqhil hijrah". Dorul manoril hadiysa. 1990.
20. Doktor Mahmud Abdul Fattoh Sharafuddin. "Ishroqotu shamsil hijratal Muhammadiyya ‘alal Islom". Dorul bayon. Misr. 1987.
21. Muhammad Nabihon Xabboz. "Ba’sul himam li mujazi siyrati sayyidil umam". Al-matba’atul hadiysa. 1978.
22. Doktor Xalil Ibrohim mulla Xotir. "Ar-rahmatul muhdot". Madinai munavvara.
23. Muhammad ibn Alaviy Molikiy. "Tarixul havodis val ahvolin nabaviyya". Yozuvchi. Toshkent. 1992.
24. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Hadis va Hayot". Toshkent. 2006.
25. Sobit hoji domla Abdul Boqiy o‘g‘li. "Siyratu xotamin nabiyyin". Dorul funun. Jidda. 1985.
26. Zakoi Ko‘nrapa. "Payg‘ambarimiz va asharai mubashshara", 1-kitob, Makka davri. Toshkent. 1995.
27. Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Tarixi Muhammadiy". Toshkent. 2004.
28. Sayyid Mahmud Taroziy (Oltinxonto‘ra). "Nurul basar". Dorul Asfihoniy. Jidda. 1393 hijriy sana.
29. Ahmad Lutfiy. "Saodat asri qissalari", 1—2-kitoblar. Toshkent. 2005.
30. Usmon Keski o‘g‘li. "Siyari Nabiy" (Hazrati Payg‘ambarning hayoti). Anqara. 1995.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 06 Iyun 2009, 18:14:31
Qo‘shimcha foydalanilgan adabiyotlar:
31. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Tafsiri Hilol". Ikkinchi nashr. Toshkent. 2005.
32. Alouddin Mansur. "Qur’oni karimning o‘zbekcha izohli tarjimasi". Bishkek. 2001.
33. Sayyid Mahmud Taroziy (Oltinxonto‘ra). "Qur’oni karimning turkiy tilda izohli tarjimasi". Qatar. 1993.
34. Hofiz Imoduddin Abul Fido Ismoil ibn Umar ibn Kasiyr Qurashiy Dimashqiy. "Muxtasaru tafsiri Ibni Kasiyr". Honiy Hojj. Almaktabatut tavfiqiyya. Qohira. Misr.
35. Alloma Jaloliddin Muhammad ibn Ahmad Mahalliy va Shayx Jaloliddin Abdurahmon ibn Abu Bakr Suyutiy. "Tafsirul Jalolayn". Pekin. Xitoy. 1982.
36. Alloma Alouddin Ali ibn Muhammad ibn Ibrohim Bag‘dodiy. "Tafsiri Xozin". Misr.
37. Abu Yahyo Muhammad ibn Sumodih Tujiybiy. "Muxtasarun min tafsirit Tabariy". Hay’atul ig‘osatil islomiyatil olamiya.
38. Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiy. "Tafsirun Nasafiy". Hay’atul ig‘osatil islomiyatil olamiya.
39. Shayx Muhammad Ali Sobuniy. "Sofvatut tafosiyr". Dorul Qur’onil karim. Bayrut. 1981.
40. Hofiz Ahmad ibn Hajar Asqaloniy. "Fathul Boriy". Dorur rayyon litturos. Qohira. 1987.
41. Muhyiddin Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy. "Sharhi imomi Navaviy li sahihi Muslim". Dorul kutubil ilmiyya. Bayrut - Livan.
42. Ali ibn Ali ibn Muhammad ibn Abul Iz Hanafiy. "Sharhi aqiydai Tahoviyya". Al-maktabul islomiy.
43. Mulla Aliyyul Qori Hanafiy. "Sharhul fiqhil akbar". Dorul kutubil ilmiyya. Bayrut - Livan. 1995.
44. Manno’ Qatton. "Mabohisu fiy ulumil Qur’on". Muassasatur risola. Bayrug. 1980.
45. "Sunani Termiziy", Mirzo Kenjabek tarjimasi. 1-kitob, Muqaddima, kitobxonga yordam. "Adolat". Toshkent. 1999.
46. Abu Iyso Muhammad Termiziy. "Shamoili Muhammadiya". Maktabatul maorif. Riyoz.
47. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Iymon". To‘ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashr. Toshkent. 2006 yil.
48. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Sunniy aqiydalar". "Movarounnahr". Toshkent. 2005.
49. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Zikr ahlidan so‘rang". "Movarounnahr". Toshkent.
50. "Hidoyat" jurnallari. Toshkent.
51. "Musulmonlar taqvim kitobi". "Movarounnahr". Toshkent.
52. Ahmad Diydot. "Chto Bibliya govorit o Muxammade". Moskva. 1994.
53. Ahmad Diydot. "Muxammad yestestvennsh preemnik Xrista". Baku. 1997.
54. "Al Munjid fil a’lom". "Dorul mashriq". Bayrut. 1996.
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: Hadija 06 Iyun 2009, 18:15:10
MUNDARIJA

Muharrirdan (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3642.msg171976#msg171976)
Siyrat tavsifida yangi uslub. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3642.msg172650#msg172650)
Siyrat ilmini tiniqlashtirish zarur. Anvar qori Tursunov (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3642.msg172651#msg172651)
Muallif muqaddimasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3642.msg172652#msg172652)
Ma’lumot (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3642.msg172653#msg172653)
G’arblik xolis mutafakkirlarning Payg‘ambarimiz haqlaridagi tavsiflari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3642.msg172654#msg172654)
Siyratga kirish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3642.msg172655#msg172655)
Savollar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3642.msg172656#msg172656)
Javoblar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3642.msg173487#msg173487)
Foydalanilgan manbalar ro‘yxati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3642.msg173762#msg173762)
Nom: Re: SIZ PAYG’AMBARNI KO’RGANMISIZ? Abdul Azim Ziyovuddin
Yuborildi: AbdulAziz 07 Iyun 2009, 02:36:32
Siz Payg'ambarni ko'rganmisiz?

(http://www.ziyouz.com/images/books/siz_paygambarni.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=373)

Muallif: Abdul Azim Ziyovuddin
Hajmi: 738 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=373)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3642.0)