forum.ziyouz.com

Yurtdosh => Hamyurtlar => Andijon viloyati => Mavzu boshlandi: shoir 13 Iyul 2006, 04:30:01

Nom: Marhamatning taniqli farzandlari
Yuborildi: shoir 13 Iyul 2006, 04:30:01
Muhammad Yusuf

Shavfqatsiz o`lim O`zbekiston xalq shoiri, Oliy Majlis deputati, yorqin iste`dod egasi Muhammad Yusuf (Muxammadjon Yusupov)ni oramizdan bevaqt olib ketdi.

Muxamad Yusuf 1954 yili Andijon viloyti Marhamat tumani Qoraqo`rg`on fuqarolar yig`iniga qarashli Qovunchi qishlog`ida dehqon oilasina tug`ildi.
U 1971 yilna o`rta Maktabni bitirib, Respublika rus tili va adabiyoti institutida tahsil oldi. O`zbekiston kitobxonlar jamiyatida muharrir, "Toshkent oqshomi" gazetasida muxbir, G`ofur G`ulom nomidagi Adabiyot va San`at nashryotida muharrir, "O`zbekiston ovoz" gazetasida muxbir, O`zbekiston milliy axborot agentligida bosh muharrir o`rinbosari, shuningdek "Tafakkur" jurnalida bo`lim mudiri lavozimlarida samarali mehnat qildi.

1996-1997 yillari O`zbekiston yozuvchilar uyushmasida adabiy maslaxatchi bo`lib ishladi. 1997 yildan buyon O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash bo`yicha o`rinbisari lavozimida faoliyat ko`rsatib kelayotgan edi.

Muxammad Yusufning yigirma yillik qizg`in ijodiy faoliyati mobaynida e`lon qilingan "Tanish teraklar", "Ishq kemasi", "Ko`nglimda bir yor", "Erka kiyik", "O`zingdan qo`ymasin xalqim" kabi she`riy to`plamlari va qator dostonlari adabiyotimiz xazinasidan o`rin oldi. Iste`dodli shoir, ayniqsa, qo`shiqchilik san`ati rivojiga katta hissa qo`shdi.

Shu yil shoirning "Saylanma asarlar" majmuasi nashr etilgan edi. Hassos shoirning istiqlolimizga sadoqat, Vatanga muhabbat tuyg`ularini yuksak badiiy mahorat bilan tarannum etuvchi ko`plab asarlari adabiyot muxlislari, butun xalqimiz qalbidan joy olgan edi.

Muxammad Yusufning o`zbek adabiyotini rivojlantirishdagi xizmatlari navlatiMiz tomonidan munosib taqdirlangan. U 1996 yilda "Do`stlik" ordeni, 1998 yilda "O`zbekiston xalq shoiri" faxriy unvoni bilan mukofatlangan edi.

Mustaqilligimizning jo`shqin va tolmas kuychisi, noyob iste`dod egasi, yosh ijodkirlarning mexribin murabbiysi, jamiat arbobi Muhammad Yusufning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

I.Karimov, E. Xalilov, O`. Sultonov, X. Sultonov, X. Karomatov, Q. Obidov, A. Oripov, X. Jo`raev, R. Abdullaev, Said Ahmad, E. Vohidov, Yu. Usmonova.
Nom: Re: Marhamatning taniqli farzandlari
Yuborildi: shoir 13 Iyul 2006, 04:30:16
M. Tojiboev

Mehnat qaxramonlari, mamlakatda nom qozonganlarning qisqa bo`lsada xayot yo`li xaqida to`xtalib o`tmoq farzdir. M. Tojiboev 1905 yilda Marhamat tuman Sverdlov nomli kolxozining yangi qishlog`ida tug`ilgan. U kolxozchi, qishloq soveti ijroviy komitetida rais, 1939 - 1962 yillar davomida Sverdlov nomli kolxozda raislik lavozimida ishladi. 1950 yilda kolxozda paxta xosildorligi oshirildi. Shu munosabat bilan kolxoz raisi Madumar aka Tojiboev Lenin Ordeni bilan mukofatlandi. Bu mukofat Madumar akani yangidan-yangi mehnat zafari tomon ruxlantirdi. 1956 yili Sverdlov nomli kilxiz barcha xo`jaliklar ichida (gektaridan 37,5 sentner) xosildorlikka erishdi. Bunday yuksak g`alaba evaziga 1957 yilda xo`jalik raisi Madumar aka Tojiboevga Vatanning Sioialistik mehnat qahramoni unvonini berdi. U O`zbekiston partiysi XV suezdiga delegat bo`lib qatnashgan. Ikki Marta Lenin ordeni, "Hurmat belgisi" ordeni va medallar bilan mukofatlangan. Madumar ota to umrining oxirigacha katta xurmatga sazovor bo`lib yashadi. Shu boisdan sobiq Sverdlov nomli kolxoz uning nomiga o`zgartirildi. M. Tojiboev nomli shirkat xo`jaligi deb ataldi. Xo`jalik idorasi joylashgan madaniyat saroyi ro`parasiga uning baraleft byusti o`rnatilgan. Madumar ota juda ko`p shogirdlar chiqargan. U kishining ruhi hamisha shod bo`lsin.
Nom: Re: Marhamatning taniqli farzandlari
Yuborildi: shoir 13 Iyul 2006, 04:30:36
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasida "Davlat tili xaqidagi Qonuni amalga oshirish, ma`muriy — xududiy birliklar va boshqa ob`ektlarning nomlarini tartibga solish masalalari bo`yicha respublika kommisiyasi" ning navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi. Unda boshqa masalalar qatori xalq xo`jaliklarining turli soxalarini rivojlantirishda sezilarli iz qoldirgan shaxslar nomini abadiylashtirish bo`yicha takliflar ham ko`rib chiqildi. Tavsiya etilganlar orasida xamyurtimiz, O`zbekiston xalq shoiri, marxum Muxammad Yusuf nomi ham bor. Respublika kommisiyasi Toshkent shaxri xokimligining Mirzo Ulug`bek tumanidagi Dog`iston ko`chasiga, Andijon viloyati xokimligining viloyat bolalar kutubxonasiga, Marxamat tumanidagi 25-maktabga, shu tumandagi U. Qoraboev nomli shirkat xo`jaligi xududidagi shoir tug`ilib, o`sgan ko`cha Muxammad Yusuf nomini berish to`g`risida takliflarga rozilik bildirdi.
Bu, istiqlolning sevimli shoir Muxammad Yusuf va uning ijodiga bo`lgan xurmat — ehtirom namunasidir.

Muxammad Yusuf O`zbekiston xalq shoiri.
ONA VATANIMGA


Kuzda ketgan turna qaytganday baxor,
Bir kun xuzuringga qaytishlarim bor,
Uzirimni o`zinga aytishlarim bor,
Ey mening yuragim yo`qolgan diyor!"¦

Qaytaraman, ammo qay axvolda bilmam,
Balki, undan men bukkan bo`lar g`am,
Balki, qaytmoq nasib etmas menga ham,
Cho`lponni yodidan chiqarmagan diyor.

Garchi bo`lmasam ham yoningda yo`ldosh,
Dardinga dildoshman, joninga jondosh,
Hattoki qalandar Mashrabi talosh,
Boburni bag`riga sig`magan diyor.
Nom: Re: Marhamatning taniqli farzandlari
Yuborildi: shoir 13 Iyul 2006, 04:30:56
Marhamat farzandi Gveniyada xizmat qilmoqda.

Obidjon To`lanov 1944 yilda Qoraqo`rg`on fuqorolar yig`ini o`ramidagi Chuqur maxalla qishlog`ida tavallud topdi. Ma`lumoti oliy, irrigator. 5 farzandi otasi.

Bir necha xorijiy mamlakatlarda mutaxasisligi bo`yicha maxsus topshiriq bilan xizmat qilgan. Xozirda Gveniyada xizmat qilayapti. Tabiyatdan vazmin, xar bir so`zni o`ylab gapiradigan mushaxadasi keng fikirli shaxs. 1968 yili Toshkent Irrigattsiya va Mexanizatsiyalash inistitutini bitirgan Marhamat farzandi Obidjon To`lanov o`z yurti Andijon shaxridagi "Andijonirstroy" trestiga ishga yuboriladi. U o`z kasbi bu`yicha dastlab katta usta, prorap, uchastka boshlig`i, loyixalash ishlari bo`yicha muxandis vazifalirida dadil ishladi. U o`z ish tajribalarini boyitib, yangi - yangi loyixalash ishlarini ishlab chi`arishga joriy etdi. O`z ishini mukammal bilgan Obidjonni yu`ori raxbariyat 1973 yili Avfg`oniston mamlakatiga irigattsiya ishlari va qurilish qilishga mutaxasis sifatida yuboradi. U bu yerda yangi yerlarni o`zlashtirish, suv inshotlari kurilishi buyicha yetuk mutaxasis bo`lib xizmat qiladi. 2 yil ishlagach u o`z vataniga qaytib keladi. Oradan 10 yillar o`tib yana Avfg`onistonga ishga yuboriladi. Bu safar xam o`z xizmatini dadil uddalab `aytadi. Boy tajribaga ega bo`lgani uchun uni 1978 yili tug`ilib o`sgan joyi Marhamat tumanidagi "Andijonirstroy" trestiga qarashli Marhamat mexanizatsiyalashgan qoshma safga boshlik qilib yuboriladi. U bu yerda 1980 yillargacha tashabbus bilan ishlaydi. Keyinchalik uni trestga qaytarib olishadi. U 1996 yili Obidjon Gveneya respublikasiga tajribali mutaxasis sifatida yuboriladi. 9,5 million axoliga ega bu mamlakatda ishlash Obidjon uchun sinov edi. U borgan yillaridan boshlaboq ishga qizg`in kirishib ketdi. Atlantika okeanining qirg`oqlariga joylashga bu mamlakat ekin maydonlarini tez - tez suv bosib turardi. Okean o`zanining suv toshib chiqadigan qirg`oqlarini dambalash ishlari boshlanib ketdi. Rejalashtirilgan ish muvofaqiyatli amalga oshgach, Boffo viloyatiga 2,5 ming gektar er ekinzorga ya`ni sholi poyalarga aylantirib berildi. Obidjon bilan birgalikda ishlayotgan o`zbekistonlik mutaxasislarning bu yutug`idan ruxlangan Gveneya xalqi ularga o`z minnadorchiligini bildirdi. Bugina emas balkim kattaroq ishlar ham amalga oshyapdi. Maskur mamlakatning bepayon kengliklarida yo`llar chiqarish, ko`prik, uy, dambalar qurish ishlari jadal olib borilmoqda. Ana shu ishlarga bosh qosh bo`lgan Obidjon yana bir estalik qoldirdi. Sangareza bilan Balandugagani birlashtiradiga 20 kilometrlik zamonaviy yo`l chiqarilib, el xizmatiga topshirildi. Xar ikki tumanning 5-10 ming axolisi bu qulaylikdan nixoyatda minnatdor. Shuning uchun bu yulga Obidjon nomi berildi.

- 80 foyizdan ortiqroq axolisi musilmon diniga mansub bo`lgan bu mamlakat ayniqsa Obidjon ishlayotgan viloyat mexnatkashlarining urf - odatlari, bir-biriga xurmati, muomilasi xuddi o`zbeklarnikiga o`xshab ketar ekan, - deb xikoya kiladi Obidjon To`lanov. - Biz yashab, ish yuritayotgan joyda ularning bizga ko`rsatayotgan iltifotlari benixoyat yuksak. Xuddi aka - ukadek birgalashib mexnat qilamiz. Insho Ollox ikki yil xizmat qilish niyatim borligini xam yashirmayman. Chunki kishilarning bo`lgan munosabati, u yerdagi obi - xavoninig musaffoligi menga yoqdi.

Xa, 5 farzandni dunyoga keltirib, voyaga yetkazib, ro`zg`or ishlarini but olib yurgan Maxfiratxon Madumarova, o`z xayot yo`lini topa bilgan, xalqi, mamlakati, qolaversa tumani uchun xorijda xalol xizmat qilayotgan Obidjon To`lanovlarning oilasi xamisha osoyishta yashab, badavlat bo`laversin. Obidjon, Sizga ma`suliyatli ishingizda omadlar yor bo`lsin.
Nom: Re: Marhamatning taniqli farzandlari
Yuborildi: shoir 13 Iyul 2006, 04:31:13
Otaxon Alamatov

Qishloq dehqonlari ko`plab shogirdlar chiqardilar. Ulardan biri O`zbekiston Qaxramoni Otaxon Alamatovdir. Otaxon Alamatov 1947 yili Marhamat tuman Qoraqo`rg`in fuqarolar yig`ini o`ramidagi Qovunchi qishlog`ining bir bo`lagi bo`lgan Oinsod To`pi maxallasida dehqon oilasida tavallud topdi. Otasi Yoqubov Alimuxammad yolg`iz farzand bo`lgan. Otaning eslashicha oilada 22 nafar chaqaloq bola tug`ilgan bo`lsada, ular voyga yetmayoq olamdan o`tishgan. Katta bobolari Turdivoy o`g`li Isoqning aytishicha, ularning urug`laridan biri oinsod o`tgan, shundan kelib chiqib, shu maxalla nomi xam Oinsod to`pi deb atala boshlagan. Bu urug`ning barchasi chorvachilik va dehqonchilik bilan shug`ullanishgan, 83 yoshni yashab vafot etgan, Alamat bobo U. Qoraboev nimli shirkat xo`jaligina oddiy dehqon, keyinchalik entimolig-agronom vazifalarida uzoq yil ishladi. Uch o`g`il va bir qizni tarbiylab voyga yetkazdi, ularga kasb, xunar o`rgatdi. Ota kasbiga mexr qo`yganimdanmi, Otaxon maktabni bitirgan kuniyoq nalaga yo`l oldi. Uni, o`sha 1965 yillari Mamalkatga paxtachilik soxasida nom chiqargan Obidjon Akbarov brigadasiga hisobchilikka tayinlashdi. Xar bir ishna talabchan, xaqiqiy dexqon, o`z kasbiga o`ta mehr qo`ygan Obidjon aka Otaxonni xar tominlama tarbiya qildi. Otaxon o`n ikki yil hisob-kitob ishini o`rniga qo`yib, dexqon va usta paxtakorlardan ko`p narsani o`rgandi. Xo`jalikning mutaxassis va raxbarlari sinovidan o`tdi. Uni brigadirlik vazifasiga tayinlashdi. 1978-2001 yillar mobaynida dexqonchiligi ancha murakkab maydonlarda ekin ekib, mo`l hosil olishda brigada a`zolariga boshchilik qildi. 178 gektar sug`orish o`ta qiyin bo`lgan, Qirg`iziston Resiublikasining chegarasi ya`niy, Janubiy Farg`ona kanalining ustki qismida joylashgan ekin maydonlaridan mo`l hosil olishni uddasidan chiqdi.

Brigada a`zilarini to`g`ri yo`ldan yetakladi. Xar qanday qiyinchilikni yengishga qodir ekanligini xayotda isbot etdi. Xosildirlikni oshirish, daromadni ko`paytirish yo`llarini izlab topdi. Qilgan mashaqqatli mexnat xamisha xisobga olinadi. Tuman va viloyt xokimligi bularni barchasini sarhisob qildi. 1999 yilning 30 avgust kuni Otaxin Alamatovni "O`zbekiston Qaxramoni" degan unvon bilan Mukofotlanganligi haqidagi xushxabarni qishloq axlining aksariyati eshitdi. Birinchilardan bo`lib, quchoq ichib brigadir xuzuriga kelgan xo`jalik raisi Mamasodiq Mamitalievni ko`rgan Otaxon bir iz bo`lsada sarosimaga tushib qoldi. Inson ikki holda bir iz bo`lsada o`zini yo`qotib, ko`zidan yosh chiqadi. G`amgin va xursandchilik hollarida, Otaxonniki esa ikkinchisi edi.

- Menga berilgan bu oliy mukofat,- deydi Otaxon xursandchilik ko`z yoshlarini artib, - eng avvali brigadamiz, qolaversa shirkat xo`jaligimiz a`zolarining jasoratli mehnatiga ishonch deb bilaman. Meni bu darajaga etishimda ustozlarimiz Akbarov ObidjOn, Yusupov Temir, Axmedov Abduxoshim, Musurmonqulov Abduraxmon, Voxidov Axmadjon, Abduraxmonov Abduvoxid, Xo`jamov Jumaboy, Toxirov Qayumjon, Jo`raev Toshtemir va boshqa o`nlab insonlar turli sohalarda ishlab murabbiylik qilishgan. Ulardan xayot so`qmoqlaridan qanday chiqish, dehqonchilik sirlari, xalq bilan muomala qilish va boshqa saboqlarni ko`i ilganman. Hayotdan ko`z yumganlarning ruhi shod bo`lsin, faxriylik gashtini surayotganlarning umri boqiy, xayoti charog`on bo`lishini istayman. Otaxon har kuni ertalab onasi Bobosigina onadan duo olib, nala tomon yo`l oladi. Doimi Yoqub bobosining otasiga "Shu o`g`ling haqiqiy dehqon bolasi bo`ladi"- degan gaplari esiga tushadi-yu, yana yo`lida davom etadi. El ishonchiga, hurmatiga sazovor bo`lgan Otaxonni jamoa xo`jaligi mehnatkashlari 2001 yil 1 May kuni o`zlariga rais etib sayladilar. Xo`jalikka rahbarlik qilish ancha murakkab, biroq tajribali dehqon bolasi bu vazifani chidam va bardosh bilan bajarib kelmoqda. Sinov bo`lgan 2001 yil rejalari hamma soxa bo`yicha Muvofaqqiyatli ado etildi.

http://marhamat.freenet.uz saytidan olindi.
Nom: Re: Marhamatning taniqli farzandlari
Yuborildi: oishabegim 21 Iyul 2007, 01:12:26
Agar mumkin bo'lsa, Muhammad Yusufning "Qora quyish" degan dostonchasi bor edi. Shu matnini yozib bervorsalaringiz. Oldindan tashakkurlar!