forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 17 Iyun 2009, 10:03:50

Nom: Fitna san'ati
Yuborildi: AbdulAziz 17 Iyun 2009, 10:03:50
FITNA SAN'ATI
(Qonli Farg‘ona voqealariga doir ayrim mulohazalar)

(http://ziyouz.com/images/ferghana89.jpg)

Ey, go‘zal Farg‘ona, qonli ko‘ylagingdan  aylanay!..
Cho’lpon

1. PONTIY PILAT BASHORATI

Farg‘ona voqealari matbuotda turlicha talqin etilayotgan kunlarda, 1989 yil iyunining 14-kuni «Izvestiya» ro‘znomasida «Farg‘ona: kulfatning oldini olish mumkinmidi?» sarlavhali maqola chiqdi. Maxsus muxbir V. Ardaevning mazkur maqolasi O’zbekiston SSJ Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Eduard Didorenkoning «avliyoligi», «folbinligi» to‘g‘risida bo‘lib, unda Didorenko Farg‘ona fojiasini uch oy oldin bashorat etgani ta’kidlanadi. Muallif, Didorenkoning «Milliy munosabatlarni keskinlashtirayotganlar boshi berk ko‘chaga boshlamoqdalar» degan musohabasi «Quvasoy shahrida qonli yong‘inning ilk uchqunlari sachragan kundan roppa-rosa uch oy oldin—1989 yil fevralining 23-kuni «Tashkentskaya pravda» ro‘znomasida bosilgan»iga urg‘u beradi.
Ma’lumki, Didorenko musohabasi o‘sha paytdayoq shubha qo‘zg‘ab, qarshi zarbaga uchragan; bu shaxsda munozara madaniyatining yetishmasligi fosh etilgan edi. Aftidan, Didorenkoning aytajak gaplari oldindan tayyorlab qo‘yilgan, bo‘lajak fitna qat’iy rejalashgach, u «folbinlik» qilgan. Muxbir suhbatdoshni emas, suhbatdosh muxbirni chorlagani shubhasiz. Isbot tariqasida, ro‘znomadan ko‘chirma keltiraman: «Tashkentskaya pravda» ning o‘z gazetxonlarini «Musohaba beruvchining javoblari birmuncha katta hajmda bo‘lsa-da, ularni to‘liq bosib chiqarish haqidagi istagi bajarildi», degan ogohlantirishi kishini hushyor torttiradi. Tahririyatning bunday «eslatmasi»dan musohaba beruvchi nimalar demoqchi bo‘lgani oldindan yaqqol ko‘rinib turibdi» («Pravda Vostoka», 1989 yil fevralining 25-kuni).

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3687&Itemid=59)
Nom: Re: Fitna san'ati
Yuborildi: AbdulAziz 17 Iyun 2009, 10:07:21
"Fitna san'ati"dan iqtiboslar:

"1989 yili uyushtirilgan tartibsizlikdan maqsad yosh avlodni yana bir karra qatag‘on qilish, milliy ruh va milliy an’analar nisbatan tuzukroq saqlangan Farg‘onada ularning ko‘zidan o‘tini olish, ijtimoiy-siyosiy faoliyati jonlanib borayotgan millatning bundan keyingi har qanday haqli talab va harakatlarini bosib qo‘yishdan iborat edi.

Farg‘onada o‘ttiz to‘qqiz oy davomida 394 «aybdor»ga nisbatan 205 ta jinoiy ish ochilgan. Shulardan 370 ga yaqin ayblanuvchiga nisbatan qo‘zg‘otilgan 108 ta jinoiy ish ayblov fikri bilan oliy sudga hamda viloyat sudlariga oshirilgan. «Ommaviy tartibsizliklar, odam o‘ldirganlik, milliy qirg‘in (?), o‘t qo‘yishlar kabi 110 ta jinoyat ishi bo‘yicha 160 dan ortiq aybdor og‘ir jazolarga hukm etilgan. Shuningdek, «ommaviy bezoriliklar uchun sudlanganlar soni juda ko‘p». Endi «jinoyat sodir qilganlarning o‘ziga kelsak, ko‘pchiligi 13—14 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlardirki, aksariyati jinoyatni mish-mishlar tufayli, ehtirosga berilib, ayrim hollarda boshqalar undovi orqasida sodir etganlar». (A. Otajonov. «Kommuna», 1990 yil mayining 16-kuni). Ko‘rinib turibdiki, eskidan qolgan ayblov turi ko‘p! Tomoshaga chiqqan yosh bolalar ham «jinoyatchi»! Qatag‘on emasmi bu?!

Yovuz fitna tufayli Farg‘onada 112 kishi shahid bo‘ldi, 1000 dan ortiq kishiga tan jarohati yetdi, 400 yigit javobgarlikka tortildi, 700 ga yaqin kishi ma’muriy jazo oldi. Qatag‘on emasmi bu?! Bularning qanchasi gunoh qilgan-u, qanchasi tuhmatga qolgan, qanchasi vahshiyona qiynoqlar ostida qilmagan aybini bo‘yniga olgan»?!

Mamlakat xalqlari bilan birga, musulmon millati boshiga tushgan umumiy kulfatlarni gapirmaylik. «Quloq» qilinganlarni, «bosmachi», «aksilinqilobchi», deb otilganlarni, sun’iy ochlikdan qirilganlarni, xullas, 20-yillar bosqiniyu 30-yillar qatag‘onini qo‘ya turaylik. 40-yillar qirg‘inidan, 50-yillar zulmlaridan so‘zlamaylik! 1920 yildan 1950 yilgacha SSSRda o‘ldirilgan 66 million 800 ming kishidan qanchasi turkiy musulmon xalqi ekanini bilmaganga olaylik! Biroq 70-yillardagi ma’naviy o‘limlar, Afg‘oniston bosqinidagi mislsiz qirg‘inlar, 80-yillardagi asossiz qamashlar — Gdlyan, Ivanov boshchiligidagi 200 kishidan ortiq «tergovchilar guruhi»ning qilmishlari, Olmaota harakatining bostirilishi, minglab yigitlarning surgun qilinishi, Dushanbe va Boku shahridagi, Farg‘ona, Bo‘ka, Parkentdagi xunrezliklar, yigitlarimizning armiyada qirilayotgani... Zaharli zavodlar, ekologik halokatlar, qishloq xo‘jaligidagi ajal urug‘lari... Bu ongli qatag‘on-qirg‘inni (genotsidni) eng kaltafahm zot ham o‘z nomi bilan atashga farosat topadi!.. O’zbekistondagi bugungi ahvol qirg‘inning (genotsidning) rejali ravishda, keng jabha bo‘ylab olib borilayotganini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, tinimsiz haqoratlar, tuhmatlar, milliy ayblovlar turkiy xalqlarning ko‘zini ochirmaslik uchun qo‘llanayotgan usullar ekanligi sezilib qolayotir. Insoniyat o‘z tarixida bundan ham ortiqroq zulmni ko‘rganmikan?!

Xalqning muxtor vakilaridan tuzilajak komissiya halol va sotilmas huquqshunoslar bilan birgalikda, Farg‘ona, Bo‘ka, Parkent, Andijon, qolaversa, Boku, Dushanbe, O’sh fitnalarida ayblangan yigitlarning «jinoiy ish»larini sinchiklab tekshirib, haqni nohaqdan ajratishlari shart! Qirg‘in-qatag‘onning bundan ham mudhishroq sirlari o‘shanda ochiladi!"
Nom: Re: Fitna san'ati
Yuborildi: imlaah 18 Iyun 2009, 07:18:00
Assalamu alaykum.
Allah ajringizni go'zal natija bilan bersin.
Bu "sanatni" o'qib mulohaza qilsam bugungi kunimiz ham tarihimizdan qolishmayotgan ekan.Avvalda boltani sopi o'zga o'rmondan olingan bo'lsa bugunda sop uchun o'zga o'rmonga borishga hojat qolmagan ,chunki soplikka men yarayman deb o'z o'rmonimizdan atrofimizdagilar tayyor turibdilar.
Allah bizlarni isloh qilmasa holimiz juda achinarlik va harob holatdamiz.
Bu mavzuni davomini ham kutib qolaman va birodarlarning ham bu berilayotgan manbaadan hulosalarini o'rtoqlashsalar degan umiddaman..
Nom: Re: Fitna san'ati
Yuborildi: Kumush 18 Iyun 2009, 14:38:12
Fitna sa'nati...
Bashariyat tarixi asrlar davomida bundayin "sa'nat"larning ko'pini guvohi bo'lgan.Gohida Imperatorlar, jahonga hukmini o'tkazgan podshohlar qilgan fitnalarini:urush ochayotgan elatining iqtisodini izdan chiqaradigan(sohta pullar,qalbaki mollar yordamida va hakozo),yoki o'sha mamlakatga qarshi urush ochish bahonasini topish (turli jinoiy yo'llar bn)kabi nayranglarni o'qib qolamiz.
Lekin "qizillar" o'ylab topgan bunday "sanat"lardan dahshatga tushasan.(Gulag arhipelagi haqida bir eslang)Bu xuddi bizni halqni tili bn aytganda "jonim jonim deb joningni oladi" degan iboraga o'hshaydi...

Farg'ona voqealarini butun tafsilotini o'qib etim junjikib ketti...

         Ich ichimdan ko'zimga yosh kelar qalqib,
         Baliqday gung,qo'ydek yuvosh o'zbek xalqi.
         Sen ham bunday qomat kerib yursang balki,
         Uyingga o't ketmasmidi Farg'onajon.
         Shuncha g'aming yetmasmidi Farg'onajon!

Ha bo'lgan bo'ldi ketdi endi qaytmaydi...
Quyosh sharqdan chiqib g'arbga botishi qanchalik xaqiqat bo'lsa,bu voqeaning ham "pahta ishi o'zbeklar ishi" singari siyosiy nayrang ekanligi,millatni hurkitib tili qisiq qilishni bir yo'li ekanligi ayni xaqiqat.Makkorlikni qarangki ular bir o'q bilan uch to'rtta kerak bo'lsa undan ham ortiq quyonni urvorishibdi.Yana izdan chiqqan agrar sanoatini ishchi kuchi bn ta'minlashni ham o'ylashibdiya!?
Ana sizga siyosat!
Lekin baribir mantiq yo'q. Ahir ikkinchi jahon urushi davrida xech vaqosi yo'q oddiy o'zbek oilasi 14 ta yetimni o'z qaramog'iga olgani xaqiqat emasmi?!Bunday sodda hotamtoylikni yana qaerda uchratish mumkin!Qanchadan qancha yetim oilalarni o'z bag'riga olgan o'zbeklar,nahotki non suvini birga baham ko'rayotgan qondosh turklarni chiqishtirmasa?Xa ya bu voqealar oldin stenariylashtirib qo'yilganku?Lekin "rejisyorl"ar "tomosha" tugaganidan keyin o'z "sa'nat"larini,o'z sirlarini o'zlari oshkor etib qo'yishi judayam kulgili emasmi?..

O'sha kunlarni tasavvurimda jonlantirmoqchi bo'laman...
Qulog'imga halqni dod faryodi  eshitilgandek bo'ladi.Keyin ichimda bir sado bugungi kuningni shukrini qil deydi.
Lekin bugungi kunimda ham gohi gohida notinchroq voqelarni eshitib yuragimda bir nima uzilgandek bo'ladi.Yana kaltak yuvosh halqimning boshiga tushadi...
Ko'chaga qarasam u deydi uyimdagilar bu deydi...
Kimga ishonay?Qayoqqa qaray?
Erkinlik istovdingiz mana sizga erkinlik,
Tor ko'ylaklar o'rniga kebgroqlarini kiydik<<---qabilida bo'lishidan Allohim o'zi asrasin!

P.S:Bilaman bundayin yoshlar aralashmaydigan narsalar haqida tushunib tushunmay fikr yuritib shakkoklik qildim.Lekin shu gaplarni o'zimcha men ham o'ylayman fikr qilaman.Ertangi kunim qanday bo'ladi deyman.Va bu borada fikri ojizimni siz azizlarga ham yozishga jur'at etdim.
Agar noo'rin bo'lsa uzr.



Nom: Re: Fitna san'ati
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2009, 01:28:10
Shavkat Rahmon

Maxfiya

(http://ziyouz.com/images/osh1990.jpg)

Bir yuz yigirma besh yildan buyon izchillik bilan mustamlakachilik siyosatini turli shakllarda amalga oshirib kelayotgan ulug‘ rus shovinizmining makkor mexanizmi g‘ildiraklari ostida ming yillik ma'naviy va moddiy qadriyatlari yanchilgan Turkiston zamini yana begunoh fuqarolar qoniga bo‘yaldi. Bir yuz yigirma besh yildan buyon harbiy, siyosiy, iqtisodiy, kimyoviy, ruhiy, ma'naviy zulmlardan ezilgan turkistonliklar qayta qurish, oshkoralik, demokratiya g‘oyalariga ishonib, endigina qaddi-qomatlarini tiklayotgan chog‘larida, beixtiyor, bir-birlari bilan to‘qnashib ketayotganlariga nima deylik?

Qayta qurishning oltinchi yilida, Farg‘ona fojialaridan roppa-rosa bir yil keyin, hali Bo‘kadagi, Parkentdagi qonga bo‘yalgan rasmiy ig‘vogarliklar ta'sirida gangib turgan o‘zbek xalqi boshiga yana bir musibat tushdi. Bu safar O'sh viloyati qirg‘izlari aroqqa qo‘shib berilgan milliy mumtozlik zahrg‘oyasidan bangilardek quturib, qurolsiz o‘zbek qardoshlari qonini to‘kdilar. G'aflatda qolgan o‘zbeklar esa partapparatning mitti dohiylari irodasiga, byurokratizmga qarshi kurash qanday dahshatli fojialarga olib kelishini qalb ko‘zlari, xotira ko‘zlari bilan ko‘rib qo‘ydilar!

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3689&Itemid=59)
Nom: Re: Fitna san'ati
Yuborildi: AbdulAziz 21 Iyun 2009, 01:43:47
"Maxfiya"dan iqtiboslar:

Ig‘vo to‘la amalga oshdi! Endi qochayotgan o‘zbeklarni «ommaviy tartibsizliklar» keltirib chiqarganlikda ayblab, bemalol qatag‘on qilish mumkin edi. Ko‘p qavatli uylar oralaridan o‘tmoqchi bo‘lganlar «pistirma»ga yo‘liqdilar. Yarador bo‘lib yiqilib qolganlarni qizil peshanabog‘ichli «jazo otryadlari» armatura bo‘laklari bilan urib o‘ldira boshladilar. Qochishdan to‘xtaganlar, orqaga qayrilib qaraganlar izma-iz kelayotgan melisalar o‘qiga uchdilar. «Qirg‘iziston» ko‘chasining har ellik metrida bittadan o‘zbek otildi, deydi bu dahshatni ko‘rganlar. Xuddi shu ko‘chaning besh-olti joyida melisalar muhofazasidagi qurollangan «jazo otryadlari»ning ig‘vogarona hujumlari uyushtirildi.. Boshqa tomonda esa bedapoyadagi qizil peshanabog‘ichli 3 mingga yaqin olomon qo‘zg‘olib, tekstil kombinati atrofidagi o‘zbek mahallalariga, ko‘pqavatli uylardagi ilgaridan shartli belgi qo‘yilgan o‘zbek xonadonlariga «o‘zbekni yo‘qot, o‘zbekni o‘ldir, O'sh qirg‘izlarniki!», degan hayqiriqlar bilan hujum boshlab yubordi. Shaharning boshqa tomonlarida qurolsiz aholi nomersiz mashinalardan o‘qqa tutilgan. 5 iyunga o‘tar kechasi mahallalarga melisa muhofazasidagi talabalar hujumlari uyushtirilgani, 4-5 iyunlarda melisa boshchiligidagi to‘rt tomondan shaharga kirishga harakat qilgan «jazo otryadlari» bir yoqda qolib, qizil vertolyotlar o‘zbeklarni uylaridan chiqarmaslik, biron joyda yig‘ilmasliklari uchun, xonadonlar, mahallalar ustidan shu qadar pastlab uchganki, hayratdan yoqangni ushlaysan. 4 iyunda boshlangan qora qirg‘in (terror) 5 iyun peshingacha davom etgan. Bu paytga kelib, kasalxonadayoq 35 o‘zbek o‘ldi, 363 tasi yaralandi, 31 uy, 7 ob'ekt, 12 mashina yondirildi!

Ikki kun ichida O'zganda 200 ga yaqin o‘zbek o‘ldi, 1200 tasi yarador bo‘ldi, 92 xotin-qiz zo‘rlandi, (bedaraklar to hanuz aytilmaydi). 343 xonadon avval talanib, keyin kuydirildi; jami 503 xonadon, 88 avtomashina, 36 ob'ekt, 212 qora mol yondirildi! Zarar - 4 milyon 587 ming so‘m. Iyun oyidayoq O'zgan shahridagi 5 ming jinoyat bo‘yicha tergov boshlangan. Biz bu ro‘yxatga O'zgan atrofidagi qishloqlarda sodir etilgan jinoyatlarni qo‘shmadik. 4 iyunda O'shda yoqilgan fitna alangasi O'zganni kul qilib, 6-7 iyunlarda viloyatning o‘zbeklar yashaydigan barcha tumanlariga yoyilgancha, chinakamiga millatlararo to‘qnashuvga aylana boshladi. Qirg‘izistonning Masaliev boshliq hukumati qaerga qaradi dersiz?

Nachora, da'volarimizdan ko‘ra, savollarimiz ko‘p! «Qandaydir, ko‘zga ko‘rinmas, qo‘lga tushmas maxfiy guruhlar»ning fitnalaridan tobora mujohidlashayotgan fuqarolar tilida qotib qolgan bu savollarga hech javob topa olamizmi?! Kavkaz musulmonlari diniy boshqarmasi raisi Shayxulislom Olloshukur Poshshozoda 1990 yil 21 yanvarda, Bokudagi qirg‘in munosabati bilan, M. S. Gorbachevga yuborgan murojaatnomasida bunday degan edi: «O'zining mustamlakachilik maqsadlari yo‘lida millatlararo nizolarni bartaraf etish o‘rniga, uni o‘t oldiradigan mamlakat sharmandalikka mustahiqdir. Bunday mamlakat o‘z armiyasini o‘z fuqarolarining qotiliga aylantiradi; bunday mamlakatda inson, haqiqiy hayotdan ko‘ra, ko‘proq o‘limga mahkumdir. Biroq xalq bilan, jumladan, ozar xalqi bilan ham, qurol tilida so‘zlashish mumkin emas. Bu, Afg‘onistondagi kabi, ehtimol, o‘n yil, ehtimol, o‘n kun. davom etar. Ammo ertami, kechmi haqiqat, baribir qaror topadi!..»
Men bu chin musulmon so‘zlarini xayolimning eng yorug‘ yerlariga yozib qo‘ydim...

Shavkat Rahmon

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3689&Itemid=59)
Nom: Re: Fitna san'ati
Yuborildi: AbdulAziz 25 Iyun 2009, 00:54:00
YO'LDOSH SULAYMON

BAG'RI QON FARG'ONA

Ona Farg‘onam, onajonim, nega yig‘layapsan, nega ingrayapsan, nega titrayapsan? Musibat qaerdan kela qoldi, uni kim olib keldi? Ana shu xunrezlikni, birodarkushlikni boshlab bergan, tinchingni o‘g‘irlagan, seni qon qaqshatgan kim o‘zi? Mehr-muhabbatning, qon-qardoshliknig yuziga oyoq qo‘ygan, o‘ziga yozilgan dasturxonga oyoq uzatgan, boshimizga g‘am toshini otayotgan yuzi qora kim o‘zi? Nahotki, sening suvingni, havongni, mehringni ichib ulg‘ayganlar orasida shunday betavfiqlar bor bo‘lsa?!

Butun Farg‘onaning azador hovliga o‘xshab qolganiga chidolmay hayqirgim kelyapti Bu alamli nido tomog‘imga tiqilib-tiqilib, butun vujudimni ayovsiz og‘ritgani bilan, nega ovozimni chiqara olmayapman? Gapirish navbati kelganda tilim lol bo‘lib, ko‘zlarim yoshga to‘lyapti. Farg‘onada qon, to‘kilganiga, 2 mingdan ortiq hamyurtimiz boshpanasidan ayrilganiga, mingga yaqin uzoq-yaqinlarimizning jarohatlanganiga, ko‘plab kishilarning halok bo‘lganiga, hovli-joylarining kuli ko‘kka sovrilganiga o‘zim shohid bo‘lib turibman-ku! Qani endi bularning barchasi yolg‘on bo‘lsa? Qani, bolalar va onalar faryodini eshitmayotgan bo‘lsam? Bu shafqatsizliklar uchun ich-ichim kuyishga kuyyapti, ammo kimni la'natlay, kimga yalinib-yolvoray? Axir, turk bilan o‘zbek nima uchun, nima talashib, bir-birlariga tajovuz qilishdi? Nahotki, bir hovuch beboshlarning qasdma-qasdi ikki xalqni - tili bir, dini bir, urf-odati bir, hatto qoni bir ikki xalqni bir-biriga yov etib qo‘ysa? Yo‘q, bu hech aqlga sig‘maydi...

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3725&Itemid=372)
Nom: Re: Fitna san'ati
Yuborildi: Muzayyana 25 Iyun 2009, 14:55:05
 :2 :2 :2

"BAG'RI QON FARG'ONA" mana shu maqola juda ta'sirli ekan...
Nom: Re: Fitna san'ati
Yuborildi: AbdulAziz 26 Iyun 2009, 09:00:43
YOQUBJON XO'JAMBERDIYEV

JAR YOQASIDAGI OLOMON

(O'sh viloyatidagi fojialar izidan)

«AN-2» harbiy tayyora motor kuchidan dirillaydi. Farg‘onalik jurnalist Abdunazar Hudoynazarovning ham tayyoradagi boshqa harbiylarning ham ikki ko‘zi pastda. Tayyora O'shga yaqinlashmoqda edi. Mana, yigirma yildirki, O'sh viloyatiga - ota yurtimga gohi ulovda, gohi piyoda qatnayman.. Shuncha yil yashab, bir kuni o‘z yurtimga hozirgiday harbiylar yordamida boraman, degan o‘y xayolimga kelmagan. Tayyorada boryapmanu vujudimni allaqanday begonalik chulg‘aganini his etaman. Nahot, o‘zim tug‘ilib o‘sgan qishloqning sharqiroq soylari, bahavo qir-adirlari men uchun begonaga aylansa? Nahot, ulug‘ bobom Bobur Mirzo «Farg‘ona viloyatida safo va havoda O'sh chog‘lik qasaba yo‘qdur», deb ta'rif bergan shaharga men endi begonaman? Bunday begonalik qaerdan paydo bo‘ldi? Yuz yillab yonma-yon yashab kelgan ikki xalqning orasiga nizo solgan qanday kimsalar? Ikki xalq o‘rtasida qo‘pgan nizo, nohaq to‘kilgan qonlar uchun kim javob beradi?!

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3726&Itemid=372)
Nom: Re: Fitna san'ati
Yuborildi: AbdulAziz 05 Iyul 2009, 08:36:31
SA'DULLA SIYOYEV, MUROD ABDULLAYEV

BUYRUQ BERGAN KIM?

(Parkent voqealari xususida)

« O'zbekiston adabiyoti va san'ati» ro‘znomasi tahririyatiga!

1990 yil 3 mart kuni Parkent tumani aholisi bilan ichki qo‘shin askarlari va militsiya xodimlari o‘rtasida qonli to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda markaziy va ayrim jumhuriyat matbuotlari tomonidan berilgan xabarlar biryoqlama va noxolis bo‘lganligi tumanning ko‘p ming sonli va ko‘p millatli aholisini behad g‘azablantirmoqda. Hatto ayrim muxbirlar voqea sodir bo‘lgan joyga kelmasdan, odamlar bilan uchrashmasdan, yolg‘on ma'lumotlarni tarqatishgacha borib yetdilar. Mehnatkash xalq sha'niga malomat yog‘diruvchi bunday kimsalarni sudga berishga qaror qildik.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3727&Itemid=372)
Nom: Re: Fitna san'ati
Yuborildi: AbdulAziz 08 Iyul 2009, 01:28:22
SHARIFA SALIMOVA

AYOL JINOYATGA QO'L URDI

O'sha mudhish kunda u, ikki dunyo bir tutam bo‘lib, olamga keltirgan jigarporalarini - Mirodiljonni, Manzuraxonni, Mansurbekni va Nargizani o‘z qo‘li bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi.

Xonadagi to‘rt polopon, qafasga tushgan qushdek, najot istab to‘rt tarafga tirqirab qochdi. Ammo sovuq devorlar shafqat qilmadi: Bir oniy jaholatdan telbalangan, hayotning beayov zarbalaridan qalbi nuqul o‘ch hissi bilan to‘lgan ayol qo‘liga gul bo‘yi taralib turgan chechaklarni - uning o‘z bolalarini hech ikkilanmay topshirdi!.. Ona qo‘llaridan yolg‘iz panoh ko‘rib o‘rgangan go‘dak, tanidan sut hidi anqib turgan bir yarim yoshli Nargizaning hech narsadan bexabar munchoq ko‘zlaridagi iltijo yoshlari azobli chinqiriqqa aylandiyu mijjalarida qotib qoldi...

O'sha kun... dunyoning sochlariga oq tushdi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3697&Itemid=372)
Nom: Re: Fitna san'ati
Yuborildi: Kumush 11 Iyul 2009, 10:55:04
Astog'furilloh o'qib ko'rib dahshatdan yoqa ushladim.Nahot o'zbek ayoli shu ishga qodir bo'lsa?Ketma ket To'rtta jigargo'shasini o'ldirishlik...Bittasini desa ham ishonsa bo'ladi.Bu ayol yo banggi ...Yo'q bunga ishonish qiyin.Aslida notinch oilada tarbiya topgan xudobehabar....Keyin ham insofga kelishiga ishonamyman bundaylarni.Ming mashaqqatlar cheksa ham dunyoda bolam deb yashaydiku o'zbek.Tag'inam ayol...
 Uhlamaydi tunlari
Oy nurlari taralgan
O'bekning xotinlari
Farzand uchun yaralgan.

Yildan uzun kunlari
Kim ko'nglini so'rolgan
O'zbekning xotinlari
Mehnat uchun yaralgan.

Qirq yil qirg'in bo'lsa ham
O'z ahdida turolgan
O'zbekning hotinlari
Toqat uchun yaralgan.

O'zbekning ayollari
O'zbekning xotinlari
Suvdan halol
Guldan pok
Qo'llari oltinlari...

Endi nima deyin?Yana nima deyin ey o'zbek ayoli.Kim edingu kim bo'lding.?!

Umrida uyidan boshqa joyda tunab qolmagan,uzoq safardagi bolasiga nasibasi deya qozonda bir kapgir bo'lsa ham ovqat qoldiradigan,70 yillik erini ismini bir marta ham aytolmagan musichadek beozor o'zbek enalarimni yuziga qanday qaradim endi...

Alhazar,alhazar ming bor alhazar...

Nom: Re: Fitna san'ati
Yuborildi: saltanat 11 Iyul 2009, 13:47:36
 :as:ayolning jinoyatga qo'l urishiga u yashayotgan muhitning
ham ta'siri katta bo'lgan.Odamning boshiga bir mushkul ish tushsa atrofdagilar uni tushunish u bilan dildan samimiy suxbatlashish o'rniga darrov g'iybatni boshlashadi, ba'zilari
u odamdan gap olish uchun turli ko'rinishlarda ya'ni bazan uchi
og'rigan bo'lib bazan u odamga dushman sifatida oldidan chiqib
har xil gaplar gapirib dili pora kishini qalbining yarasini o'yadi, battar achishtiradi, shunda haligi bag'ri qon inson hayotdan to'yib ketadi, bazan og'zidan yomon so'zlar chiqadi, atrofidagi kishilar bilan yaxshi muomalada bo'lish uchun o'zini tuta olmaydi
Har qanday vaziyztda ham o'zini tuta bilish ancha-muncha odamni qo'lidan kelmaydi, natijada yo atrofidagilarga yomon gaplar gapirib qo'yishi, yoki biron zarar etkazib qo'yishi mumkin,
Man bu ayolni oqlamoqchi yoki yonini olmoqchi emasman , faqat u yashagan sharoitni tushunishga harakat qilyapman, fahmlashimcha u eridan mehr ko'rmagan vaqtlarda uni kongliga taskin beradigan mehrli inson ham topilmagan, bu hayotning ruhiy azoblaridan to'yib ketgan ayol jinoyatga qo'l urgan lahzada uning ongida faqat alamdan chiqish va shinday qiyin hayotda yashagandan ko'ra olganlari afzal bolalarimning degan o'y ham bo'lishi mumkin,eng odil hukmni Alloh bergusi albat.
Nom: Re: Fitna san'ati
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2009, 11:25:18
Assalomu alaykum!
Avvalo maqolaning yozilgan payti 1990 yil ekanini unutmaylik. O'sha davrdagi holat bilan hozirgi ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyat tubdan farq qiladi.

Lekin har qanday muhitda ham ayolning bunday mudhish jinoyatga qo'l urishi kechirib bo'lmaydigan, menimcha umuman tushunib bo'lmaydigan holatdir. Bunga eng avvalo uning iymoni sustligi sababchi bo'lgan. Zero, iymoni butun insondan bu kabi qabih jinoyat chiqmaydi. Balki ayolning ham bu holga tushishiga sabab bo'lgan kamchiliklari bordir. Oilada islomiy muhitning mavjud emasligi, ikkala tarafning ham insoniylik chegarasidan chiqqan holatlari ayni shu jinoyatga sabab bo'lgan.
Nom: Re: Fitna san'ati
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2009, 11:26:27
ASHURALI JO'RAYEV

FALOKAT QO'NG'IROG'I

Mabodo, biz bugun siyosiy jihatdan tinchlikni asrab, ertangi kunda yashash huquqini qo‘lga kiritganimizda ham, indiniga havo, suv va zaminning zaharlanishidan qirilib ketishimiz mumkin.
Valentin RASPUTIN

Navoyga avtobusda borsangiz, Paxtachi nohiyasi Sultonobod posyolkasidan o‘tishingiz bilanoq, achqimtil havo birdan tomog‘ingizni, ko‘zlaringizni achita boshlaydi. Mabodo, poezdda borib, Navoiy shahar vokzaliga tushsangiz, o‘z o‘zidan nafas olishingiz qiyinlashadi, ba'zida ko‘nglingiz ayniydi. Tayyorada borilsa, yuqoridan shaharni turli-tuman tutunlar tumanidan zo‘rg‘a ilg‘aysiz. Sariq, kulrang, qo‘ng‘ir, oqish tutunlar zanjiri shahar osmonini ilondek o‘rab olgan. Men qadrdon shahrim Navoiyga borganimda, har safar shunday og‘ir holatlarga tushib, zaharli havo iskanjasida qiynalayotgan odamlarni, shaharni ko‘rib yuraklarim eziladi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3695&Itemid=372)
Nom: YOZIG'IMIZ NE EDI?
Yuborildi: AbdulAziz 16 Iyul 2009, 09:09:07
YOQUBBEK YAKVALXO'JAYEV

YOZIG'IMIZ NE EDI?

1937 yilning kech kuzi bo‘lsa kerak, otamizni kimdir «yo‘ldan urgan». «Ko‘rib turibsanki zamonning avzoyi buzuq, qolaversa, sen ham Fayzulloning dumisan Jaynak, bola-chaqam ko‘chada tentirab qolmasin desang yur biz bilan», deb aytganlarida, u ham ko‘ch-ko‘ronini ko‘tarib, adashgan olomonning orqasidan ergashib, Qashqar viloyatidan boshpana izlaganlar bilan birga vatanni tark etgan.

Vatangadolikning ibtidosi mana shunday boshlangani aniq. Lekin bu qadamning ham umri uzoq bo‘lmagan. 1939 yilga bormay kimdir ushlagan o‘tkir shamshirning tig‘i uning ham aziz boshiga tushgan, onamiz Tojiniso begim bir etak bola - yettita farzand bilan baribir ko‘chada, begona yurtda tentirab qolgan.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3707&Itemid=372)
Nom: Re: Fitna san'ati
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2009, 08:39:45
ABDUQODIR ERGASHEV

OG'UNING BAHOSI QANCHA?

Biz hayot kechirayotgan atrof-muhitni ifloslantirgan kimyoviy moddalarning turi to‘rt milliondan ortiq. Ular orasida eng yomoni-inson uchun xatarlisi ksenobiotiklar, ya'ni tabiatga yot bo‘lgan zahri-qotil pestitsidlardir. Qishloq xo‘jalik ekinlarini turli kasallik va zararkunandalardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan gerbitsidlar, zamburug‘larga, hasharotlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalar shular sirasiga kiradi. Har yili yer yuzining 15 million kvadrat kilometrga yaqin maydoni dorilanadi. Buning natijasida faqatgina rivojlanayotgan mamlakatlarda 375 ming kishi zaharlanib, 10 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yummoqda. Bizda bunday ma'lumotlar yo‘q. Ammo ahvol ancha murakkabligi sir emas.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3694&Itemid=372)
Nom: Re: Fitna san'ati
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2009, 23:27:06
MIRZAALI MUHAMMADJONOV

ASORAT

O'zbekiston, tabiiy shart-sharoitlari, asrlar osha shakllangan dexqonchilik madaniyati bilan, eng boy va farovon jumhuriyat bo‘lishi mumkin edi. Afsuski, bunday bo‘lmadi. Qaytanga xalq turmushida muayyan turg‘unlik, sihat-salomatligida jiddiy boy berishlar, tabiat muvozanatida ulkan talofotlar ro‘y berdi. Biz bugun sovet hokimiyatining 72 yillik tarixiga nazar solayotib, buning sabablari ustida bosh qotirmasligimiz va nihoyat, yangi asr bo‘sag‘asida mehnatkash, xokisor xalqimizni qiynagan jumboqlarga javob izlamasligimiz mumkin emas. Zero, bu nomutanosibliklar xalqimizning milliy o‘z-o‘zini anglash jarayoni bilan chambarchas bog‘liq muammolardir.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3696&Itemid=372)
Nom: Re: Fitna san'ati
Yuborildi: Ansora 14 Avgust 2009, 02:17:48
S.Alaykum. Formdagi jiddiy mavzularni ichiga olgan bu sahifadan oladigan darslarimiz albatta ko'p. İnsonning vujudidagi yaraday achigan voqealardan biri Farg'ona voqealaridan keyin boshqa yurtlarga ketishga majbur bo'lgan Mesheti-Turk (aslida Ahıska Turklari, Turkiya Jumhuriyat bo'lmasdan oldin, Usmonli paytida Ahıska viloyati Turklarni qo'lida edi) qardoshlarimiz bilan İstanbuldagi Universitetlarda yuzma-yuz kelgan paytlarim ichimdan ezildim. Qo'limdan kelguncha ular bilan yaqindan munosabatda bo'lib, shirin muomala qilishga harakat qildim. Bir paytlar O'zbekistonda ularga qarshi qilingan yomonliklarni kechiringlar, deganday...O'ylab qarang, qarshingizda O'zbekistodan "haydalishlariga" qaramay, O'zbekchamizni haliyam dona-dona gapirayotgan qardoshingiz bor. Afsuski, ularning taqdiri hech ham porloq bo'lmadi, to Amerikagacha urug'-urug' bo'lib ko'chishdi, Alloh hech kimni Vatansiz qo'ymasin ekan. Yana qattiq ta'sir qilgan voqealardan biri: İstanbulda o'qiydigan boshqa mamlakatlardan kelgan talabalar orasida bilim musobaqasi o'tkazildi. Mesheti-Turklarimiz İkkinchilikni qozonishdi. Har bir o'lka o'z bayrog'i bilan chiqar ekan, ularning na bayro'qlari bor edi nada Vatanlari...İchlaridan biri abjrilik bilan sahnani burchagida osig'lik turgan Turkiya bayrog'ini shartta sug'irib oldi va "bizni bayrog'imiz ham bu bo'lsin, biz Turkmiz, dedi. U paytlar (1988) men ham yosh edim, lekin juda yomon voqealar bo'layotganini yuragimdan his qilgandim. Afsuski, dunyoning har yerida asosan Turkiy qavmlar va Musulmonlar ustidan buning kabi "o'yinlar" o'ynaldi va afsus haliyam o'ynalyapdi. Bizning uzoq va yaqin tariximizni o'qib, undan dars chiqarishimiz kerak. Zero:
"Tarixidan ibrat, dars olmagan millatlar chirishga mahkumdir"....
Hurmat bilan,
Nom: Re: Fitna san'ati
Yuborildi: AbdulAziz 31 Avgust 2009, 05:17:47
ODIL YOQUBOV

KO'KSIMIZGA SHAMOL TEGSIN

SSSR xalq deputatlarining birinchi s'ezdida so‘zlangan nutq

Biz yetmish yil badalida, ha, ha, bir necha asrga tatigulik mana shu davr ichida jon qadar aziz bo‘lgan juda ko‘p qadriyatlarimizdan judo bo‘ldik. Ular ichida shunday bir qadriyat ham borki, ming afsus, uning o‘rnini biron-bir narsa bilan qoplash bag‘oyat mushquldir. Tirikchilikning mushkullashganligi, birida ochin, birida to‘qin yashayotganimiz tufayli, insoniy qadr-qimmatni yer bilan bitta qilguvchi uzundan-uzoq navbatlarda navbat kutishlar tufayli yuz berdi bu. Inson bolasiga xos bo‘lgan eng olijanob fazilat bo‘lmish rahm-shafqatdan, muruvvatdan asar qolmadi bizda.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3692&Itemid=372)
Nom: Re: Fitna san'ati
Yuborildi: AbdulAziz 31 Avgust 2009, 05:25:28
ERKIN VOHID

ULG'AYISH AZOBI

-Erkin aka, avvalo O'zbekiston SSR xalq deputati, Oliy Kengashimiz Oshkoralik qo‘mitasining raisi sifatida, oshkoralikning jumhuriyatimizdagi bugungi ahvoli to‘g‘risida gapirib bersangiz.

- O'zbekistonda oshkoralik, so‘z erkinligi bobida ma'lum qadamlar ilgari qo‘yildi. Masalan, Oliy Kengashimiz sessiyalarining oynai jahon orqali to‘liq namoyish etilishi ham oshkoralikning bir ko‘rinishi. Ammo o‘zimizni Rossiya, Boltiqbo‘yi, Ukraina, Belorussiya, Gurjiston va boshqa regionlarga solishtirib ko‘rsak, bizda oshkoralik yo‘q darajada. Bu ko‘pchilikka ma'lum.

Shuning uchun, mening birinchi e'tirozim ommaviy-axborot vositalarimizga bo‘ladi. Ular erkin fikrga bag‘rini keng ochmayaptilar. To‘g‘ri, bir-ikki ro‘znoma-jaridalarimizda bag‘rikenglikning ishoralari sezilib turadi, ba'zan. Masalan, O'zbekiston adabiyoti va san'ati, Yosh leninchi, Fan va turmush, Sharq yulduzida. Ammo asosiy matbuot organlari - partiya ro‘znoma-jaridalarida deyarli o‘zgarish bo‘lgani yo‘q.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3693&Itemid=372)
Nom: Re: Fitna san'ati
Yuborildi: AbdulAziz 31 Avgust 2009, 05:30:57
ABDUNABI HAYDAROV

DAYDILAR

Yodimda: bolalik yillarim qishlog‘imizga tez-tez gadolar oralab turishardi. Ko‘chalarimizda goho yuzlari oftobdan qoraygan, oyoq-qo‘llari chang-tuproqdan taram-taram yorilgan, yelkalariga katta-katta xurjin yo to‘rva orqalagan ayollar, jazirama kunga qaramay, to‘n, mahsi-kalish kiyib olgan, nari-beri yo‘nilgan tayoqdan aso tutgan sersoqol chollar paydo bo‘lib qolishardi. Ularning ko‘rinishlari qishlog‘imiz kishilarinikiga o‘xshamasdi, shevalari ham allanechuk boshqacharoq edi. Ammo bot-bot kelib turishganidan, barchaga tanish, hech kim ulardan o‘zini olib qochmas, aksincha, qadrdonlaridek, iliq kutib olishardi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3698&Itemid=372)
Nom: Re: Fitna san'ati
Yuborildi: AbdulAziz 31 Avgust 2009, 05:36:07
O’TKIR HOSHIMOV

DO’STLIK HURMATDAN BOSHLANADI

«Molodoy kommunist» oynomasining 1989 yil 2-sonida «Turmushdagi islom» maqolasi bosildi. Maqolada jo‘yali fikrlar bor bo‘lsa-da, undagi talay bir yoqlamaliklar, salbiy holatlarni umumlashtirishlar, O’rta Osiyodagi real ahvolni bilmasdan qo‘yilgan «aybnomalar» jamoatchilik, ziyolilar va talabalar o‘rtasida norozilik tug‘dirdi...

«Sharq yulduzi» tahririyatiga kelgan yigit o‘zini  tanishtirdi:
— Omonjon Nurmatovman, Toshkent Davlat dorilfununida o‘qiyman.

U shunday! deb, «Molodoy kommunist» oynomasinining 1989 yil 2-soni, unda e’lon qilingan maqolaga yozgan javobini topshirdi.

— Tushunolmay qoldim, —dedi hayajonlanib. — Bunaqa pala-partish gaplar xalqlar do‘stligiga qay darajada xizmat qilarkin? Axir, bu kamsitish-ku!

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3700&Itemid=372)
Nom: Re: Fitna san'ati
Yuborildi: AbdulAziz 31 Avgust 2009, 05:49:03
MIRZO KENJABEK

TIL ERKI - EL ERKI

Bir mahallar Vladimir Ilich Lenin «Rus tilini tozalash to‘g‘risida» degan maqolasida bunday deb yozgan edi: «Nedoschyotyy» yoki «nedostatki» yoki «probeli», deb aytish mumkin bo‘lgani holda, «defekty» deyishning nima hojati bor?.. Chet el so‘zlarining o‘rinsiz yashlatilishiga qarshi kurash e’lon qilish vaqti kelmadimikan?»

Taajjubki, dohiyning yonishlariga qaramay, bu so‘z rus lug‘atida mustahkam o‘rnashib oldi. Taajjubki, bu so‘z rus tili orqali boshqa tillarga o‘rmalab kirdi va... o‘zbek lug‘atida ham paydo bo‘ldi! Yana ajablanarlisi shundaki, Ilich «defekt»ning uchta ruscha muqobilini keltirgan bo‘lsa, biz buning o‘zbekcha oltita nusxasini keltiramiz: Aybi, nuqsoni, illati, qusuri, kamchiligi, yetishmovchiligi. Matn talabiga ko‘ra, farosatli inson istaganini ishlataverishi mumkin. Biroq «Ruscha-o‘zbekcha lug‘at»da (1983 yil, 1-jild) «defekt» degan so‘z qarshisiga yana «defekt», deb yoziladi. Keyin yoniga (o‘zbekning o‘zi ham tushunsin debmi!..) kamchilik, nuqson, illat, deb tirkaladi. Xo‘sh, shu o‘rinda haligi oltita muqobil so‘z yozib qo‘yilsa, kifoya qilmasmidi?!

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3701&Itemid=372)
Nom: Re: Fitna san'ati
Yuborildi: yoqutxon 13 Sentyabr 2010, 18:51:00
Assalom aleykum. Yuqoridagi  Xalqimiz, Farg'ona tarix zarvaraqlarida achinarli, dahshatli izlar qoldirgan  voqealar ketma ketligini o'qib, ko'p narsalar haqida fikr yuritadi kishi. Adolatsizlik, qabohat, asl insoniylikning yo'qolishi kabi insonni o'zligidan ayiradigan illatlarning aynan o'sha SSSR paytlarida ildiz otishi bekorga emas.Biz bilamizki SSSR Hukumati Ateistik ruhdagi aqidalar ustiga qurilgandi. "Men Maymundan tarqalganman" deb turgan "inson"dan bundanda ortiqrog'ini kutish mumkin.Odamiylika aloqador fazilatlarning ham yo'qolib borishi ham aynan mana shundandir.Albatta bu Olloh taolo tomonidan ayrimlar boshiga sinov va ayrimlarga ibrat olishilik uchun yuborilgandir . VA shu o'rinda bir narsani aytmasdan keta olmayman 70 yillik qabohat va zulmatdan so'ng  erishgan mustaqilligimizni qadriga yetaylik,Zero mustaqillik bizga eng katta nematimiz bo'lmish Dinimizni qaytarib berdi.Iymonimiz, odamiyligimizni tiklash saqlash esa har birimizning o'z qo'llarimizda.