forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: ЖАМШИДЖОН 28 Iyun 2009, 14:42:33

Nom: BUGUN BIROR BIR YAXSHI AMAL QILISHGA HARAKAT QILDIKMI
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 28 Iyun 2009, 14:42:33
Bugun o'tdimi demak umrimiz bir kunga qisqardi, uzaygani yo'q. Shunga yarasha amal qilaylik.
Haromni tinglashdan saqlandikmi? Amri ma’ruf, nahiy munkar qildikmi? Dinimiz nusrati uchun fidoyi bo’loldikmi, bor yo’g’imizni sarf qiloldikmi?"¦ biror kishiga yaxshilik qo'lini uzatdikmi?..bir birlarimizni kasal bo'lgan kunlarimizda ko'rgani bordikmi?... qiyin kunlarimizda eng yaqin bo'lgan birodarlarimizga yordam beroldikmi?...

shu savollarga hozirgi kunda ko'plab odamlar e'tiborsiz bo'lib borishyabdi. Keling aziz birodarlar har kungi yaxshi amallarimizni yozib borsak nima deysizlar.
Nom: Re: BUGUN BIROR BIR YAXSHI AMAL QILISHGA HARAKAT QILDIKMI
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 28 Iyun 2009, 14:47:32
Bugungi amaliz to'g'ri disangiz sinab ko'ring o'zingizni
Nom: Re: BUGUN BIROR BIR YAXSHI AMAL QILISHGA HARAKAT QILDIKMI
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 28 Iyun 2009, 14:48:12
Amal
- Amal nima?
- Bandaning hayotda qilgan ishlari.
- Islomda bandaning amali necha qismga bo’linadi?
- Hammasi sakkiz qismga bo’linadi: Birinchisi – farz. Ikkinchisi – vojib. Uchinchisi – sunnat. To’rtinchisi – mustahab. Beshinchisi – muboh. Oltinchisi – harom. Yettinchisi – makruh. Sakkizinchisi – mustakrah. Ushbu sakkiz qism amalning ba’zilarini bajarish shart, ba’zilarini bajarmaslik shart. Yana ayrimlarini qilish-qilmaslik ixtiyoriy.
Nom: Re: BUGUN BIROR BIR YAXSHI AMAL QILISHGA HARAKAT QILDIKMI
Yuborildi: siddiqa 04 Iyul 2009, 07:32:10
 :as:
amal...........bu so'z oldida kimlar titramadi,
u go'yo barchasini yutib yuborgandek .
amal ihlos bn bo'lsa taq'vo bo'ladi deyishardi.bir ustoz aytarkanlar; har kuni bir hadis yodlang demayman ,bir hadis yodlagach  unga amal qila olayotganingizdan ko'nglingiz to'q bo'lgach ikkinchisiga o'ting deb .bunda ham bir hikmat bor ekan .
Nom: Re: BUGUN BIROR BIR YAXSHI AMAL QILISHGA HARAKAT QILDIKMI
Yuborildi: Муҳаммад Соҳиб 04 Iyul 2009, 15:13:03
  Қисқа қилиб айтганда Аллоҳнинг буйруқларини бажариб, қайтариқларидан қайтиш сҳши амал бслса, У Зотнинг буйруқларидан буйин товлаб, қайтариқларига қулоқ солмаслик ёмон амал. Бу менинг билганларим! Валлоҳу аълам.
Nom: Re: BUGUN BIROR BIR YAXSHI AMAL QILISHGA HARAKAT QILDIKMI
Yuborildi: zuhrahon 24 Iyul 2009, 23:29:16
Assalomu  alaykum. :bs1:
Allbatda  har  birimiz  kun  yakunida  o'z-o'zimizni  ushbu  savolni  berishimiz  kerak.Lekin  dunyo  ziynatllari ko'zimiz  va hayolimizni  egallab  butkul  o'ziniki  qilib olgan.Harakatllarimizda  mubohlik  bor  biz  ohirat  uchunmas  dunyo  uchun  yelib  yugurayapmiz.Saodat  asri  insonllari  ohirat  uchun  yugurishgan  dunyo esa  ullarning  ketidan  yugurgan. Azizlar  amallarimizni  faqat  va  faqatgina  Alloh  rizoligi    uchun  qilaylik.
Nom: Re: BUGUN BIROR BIR YAXSHI AMAL QILISHGA HARAKAT QILDIKMI
Yuborildi: roziyaa 27 Iyul 2009, 09:54:18
assalomu alaykum  :bs1: Mna doim Ollohdan soriman amal qilguvchi bandlardan qilgin dib. Ollohim hammamizga amal qilguvchi bandaladan bolishlik nasib qilsin
Nom: Re: BUGUN BIROR BIR YAXSHI AMAL QILISHGA HARAKAT QILDIKMI
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 01 Avgust 2009, 17:35:38
Assalamu ALaykum va Rahmatullahi va Barakatuh!

BUGUNGU KUNINGIZNI QANDAY O'TKAZDINGIZ??? Mana, kun ham botdi, ishlarimiz ham tugadi, ho'sh kuningizni qanday o'tkazdingiz, qanday amallar qildingiz, dunyoviy yo'ldaku yetarlicha ish qilgandurmiz, din yo'lidachi, qancha ilm oldik, o'rgandik, o'rgatdik!
Qalb shunday bir narsa ekanki, u muhabbatga ehtiyoj sezarkan, doim muhabbati Egasiga talpinar ekan, biz buni sezmasdan siqilamiz, qalbimizga orom qidiramizu lekin topolmaymiz, lekin shu qalbga orom islomiy ilm va tafakkur ekan, birodar, bir kun ilm o'rganib, amal qilib, tafakkur qilib ko'ring, qalbingiz hotirjam bo'ladi, Allohni zikr qilsa qalb yanayam to'q, sokin bo'ladi.
Har kunimizni taqsimlab o'tkazaylik, falon soatda falon qilaman, boshqa soatda buni va hokozo. Birodar bir kunda 1 marta maruza eshitaylik, 10ta hadisni o'qiylik, va unga amalni qo'shaylik.
Ko'pchilik musulmonlar biror amal aytsangiz unga tayyormasman deyishadi, ha haqiqatdan ular tayyormas bo'lishadiki shuni aytishadi, lekin shunga tayyor bo'lishlik uchun harakat, ilm o'rganishlik kerak, odam o'zini 180 gradusga o'zgartira olmaydi, shu sababli har kuni o'rgangan Qur'ondan oyat va 10ta hadisga amal qilib boraversa, inshaAlloh hammasiga tayyor bo'lib, hammasini qilish qo'lidan keladigan bo'ladi, faqat unga harakat kerak!
Nom: Re: BUGUN BIROR BIR YAXSHI AMAL QILISHGA HARAKAT QILDIKMI
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 01 Avgust 2009, 17:35:59
Olloh taolo oyati karimasida:" Olloh taolo sizlarning orangizdagi iymon keltirganlarni va ilmni yuksaltirganlarni bu dunyoda yarlaqab,martabasini ulug’ qilg’aydir, oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir, Olloh taolo qilayotgan ishlaringizdan xabardordir ",-deyilgan. Yana boshqa oyati karimada esa:"Yo rabbiy,ilmimni ziyoda qilg’aysen,deb ayt! "-deyilgan.
Nom: Re: BUGUN BIROR BIR YAXSHI AMAL QILISHGA HARAKAT QILDIKMI
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 01 Avgust 2009, 17:37:56
Arshni ko‘tarib turgan va uning atrofidagi farishtalar mo‘minlar haqiga bunday duo qilishadi: Robban`a vasi’ta kulla shay’in rohmatan va ‘ilman fag‘fir lillaz`iyna t`ab`u vattaba’`u sab`iylaka vaq`ihim az`abal-jah`iym. Robban`a va adxil-hum jann`ati ‘adninillat`iy va adtahum va man solaha min `ab`aihim va azv`ajihim va zurriy`atihim innaka antal az`izul hak`iym. Vaq`ihimus-sayyi`ati, va man taqis-sayyi`ati, yavmaizin faqod rohimtah va z`alika huval favzul ‘az`iym.
«Parvardigoro, O‘zing rahmat va ilm jihatdan barcha narsada kengdirsan. Bas, tavba qilgan va yo‘lingga ergashgan kishilarni mag‘firat et va ularni do‘zax azobidan saqla. Parvardigoro, ularni ham, ularning ota-bobolari, jufti halollari va zurriyotlari orasidagi solih bo‘lgan kishilarni ham O‘zing ularga va’da qilgan mangu jannatlarga doxil qilgin. Albatta, Sen qudrat va hikmat sohibidirsan» (Mo‘min surasi,7-9).