forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Mahdiyah 04 Avgust 2009, 11:29:31

Nom: Abdurahmon Ra'fat al-Bosho. Sodiq sahobalar qissasi
Yuborildi: Mahdiyah 04 Avgust 2009, 11:29:31
:bsm:

(http://rasm.sb.uz/pics1/0c4a8e8113f407621956855f894836fb.jpg) (http://rasm.sb.uz/#0c4a8e8113f407621956855f894836fb.jpg)

Rabbim, men Rasuling Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sahobalarini chin va chuqur muhabbat bilan sevdim. Qiyonat kuni meni ularning birontasi bilan hamroh et. Chunki, O’zingga ayon, emn ularga faqat sen tufayli muhabbat qo’ydim.

Doktor ABDURAHMON RA’FAT al-BOSHO

Arabchadan Doniyor ANORBOEV tarjimasi

Payg’ambarimiz Muhammad sollalohu alayhi vasallamning iltifotlariga sazovor bo’lgan sodiq sahobalarning hayot va faoliyatlari, ularning islomni yoyishdagi barakali sa’y-harakatlari, fidoyiliklari butun musulmon olamida mashhuru dostondir. Ular haqidagi rivoyatlarni o’qish bizga ham nasib etgani uchun Alloh taologa beadad shukrlar bo’lsin.

“O’ZBEKISTON” nashriyoti, 1997


MUNDARIJA

1. Umayr ibn Sa’d (1) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg182350#msg182350)
2. Umayr ibn Sa’d (2) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg182364#msg182364)
3. Abdurahmon ibn Avf (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg182483#msg182483)
4. Ja’far ibn Abu Tolib (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg182722#msg182722)
5. Abu Sufyon ibn Xoris (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg182842#msg182842)
6. Sa’d ibn Abu Vaqqos (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg183813#msg183813)
7. Huzayfa ibn Yamon (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg186120#msg186120)
8. Uqba ibn Omir al-Juhayniy (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg210519#msg210519)
9. Abu Umayda ibn al-Jarroh (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg210542#msg210542)
10. Abdulloh ibn Ma’sud (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg211456#msg211456)
11. Salmon al-Forsiy (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg212084#msg212084)
12. Ikrima ibn Abu-Jahl (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg212157#msg212157)
13. Zaydul Xoyr (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg212265#msg212265)
14. Adiy ibn Xotim at-Toiy (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg212345#msg212345)
15. Abu Zar al-G’iforiy (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg212922#msg212922)
16. Abdulloh ibn Ummu Maktum (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg213005#msg213005)
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 04 Avgust 2009, 11:32:52
UMAYR ibn SA’D (1)

Umayr ibn Sa’d — tekgi yo’q inson.
Umar ibp Xattob


       Umayr ibn Sa’d al-Ansoriy yetimlik va muhtojlikning achchiq sharobini go’daklik chog’idayoq totib ko’rdi. Vafot etgan Sa’dning orqasida na qo’lga ilingudek mol, na farzandiga qayishadigan aka-uka, qarindosh-ypyg’ qoldi. Ko’p o’tmay onasi Julos ibn Suvayd ismli Avs qabilasining zodagonlaridan biriga erga tegdi va Umayr bilan birga yangi uyga ko’chib o’tdi.
       Julos Umayrni quchoq ochib kutib oldi. Erkalab peshonasini silar, suyub bag’riga bosar, qo’lidan kelgancha yetimligini bildirmaslikka harakat qilardi. Ko’p mehribonchiliklar natijasida Umayr ham otasining o’gay ekanini go’yoki unutganday bo’ldi. Ularning inoqligini ko’rgan kishi chin ota-bola deb o’ylardi.
Umayrning yoshiga yosh qo’shilgani sari Julosning qalbidagi muhabbatga muhabbat qo’shilardi. O’z farzandiday bo’lib qolgan yigitchaning har bir xatti-harakatida zohir bo’layotgan ziyraklik va olijanoblik alomatlaridan, yurish-turishida yaqqol ko’zga tashlanib turgan benazir axloq-odobi, havas qilgudek rostgo’yligidan Julosning boshi osmonga yetardi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 04 Avgust 2009, 11:36:32
       Umayr yoshi unga yetar-yetmas islomga kirdi, Uning shirk iflosligi bilan bulg’anib ulgurmagan qalbida iymon chuqur o’rnashdi. Unumdor joyga tushgan islom urug’i tez muddatdayoq unib chiqib, gurkirab o’sa boshladi. Hali kichkinagina bolakay bo’lishiga qaramasdan har kuni besh vaqt namozni masjidda, Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning orqalarida turib ado qilardi. U goh Julos bilan, goh yolg’iz o’zi masjidga qatnar, buni ko’rgan onasining qalbida cheksiz quvonch uygonardi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 04 Avgust 2009, 11:36:43
       Umayr ibn Sa’dning hayoti shu yo’sinda — zorlik-muhtojlikdan yiroq, qorni to’q, ust-boshi but, tinchlik va osoyishtalikda kechardi. Xotirjamlik kunlari to Alloh taolo uni og’ir sinovga duchor etib, hatto katta odamlarni ham dovdiratib qo’yadigan qiyin imtihon bilan sinab ko’rguncha davom etdi.
       Hijratning to’qqizinchi yilida Rasululloh sallollohu alayhi vasallam Rumga qarshi Tabuk g’azotiga (Tabuk — Shom chegarasida joylashgan o’lka) chiqajaklarini e’lon qildilar va musulmonlarga hozirlik ko’rishni buyurdilar.
       Odatda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam g’azotga chiqishni iroda qilsalar, qayoqqa Yurishlarini oshkor etmasdilar. Dushmanlarni g’aflatda qoldirish uchun o’zlarini go’yoki boshqa tarafga ketayotganday ko’rsatardilar. Magar Tabuk g’azotida maqsadni ochiq bayon qildilar. Negaki, masofa olis va mashaqqatli, raqib kuchli va ayyor edi. Jihodga tayyorgarlik ko’rishda esa, albatta, bu jihatlarni hisobga olmay bo’lmasdi. Jazirama yoz fasli, quyoshning harorati yondiraman der, mevalar hil-hil pishgandi. Kishilarning tabiatida yalqovlikka o’xshash tuyg’u uyg’onib, soya-salqin joylarda dam olishga mayl kuchaygandi. Lekin bunga qaramay musulmonlar payg’ambarlarining chaqirig’iga "labbay", deb javob berdilar va barchalari bulajak jangga hozirlik ko’rishga kirishdilar.
       Ammo bir guruh munofiqlar osoyishtaliklari buzulganidan norozilanib to’ng’illashar, Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni berahmlikda ayblashib, jon-jahdlari bilan odamlarni bu yurishdan qaytarishga intilishardi, O’zlarining xos majlislarida kofirliklarini aniq-ravshan ko’rsatib beradigan mazmunda suhbatlar qurishardi.
       G’azotga tayyorgarlik ko’rish qizg’in avj olgan kunlarning birida Umayr ibn Sa’d masjiddan uyiga hayajonlanib qaytdi. Xozirgina guvohi bo’lgan musulmonlarning fidoyiliklari, Alloh, uchun hech narsani ayamasliklari uni qattiq to’lqinlantirib yuborgandi.
       Muhojir va ansoriy ayollar bezak va taqinchoqlarini keltirib Rasululloh sallollohu alayhi vasallamga berishganini Umayr o’z ko’zi bilan ko’rib, bu zeb-ziynatlarni sotib, pulini Alloh uchun jangga ketayotgan qo’shin ehtiyojlariga sarflashni so’rashganini quloqlari bilan eshitdi.
       Usmon ibn Affon bir qopda ming dinor tillo keltirganini, Abdurahmon ibn Avf ikki yuz uqiya (I uqiya = 37,44 gramm) oltin ko’tarib kelib, Payg’ambar alayhissalomning oyoqlari ostiga to’kkanining guvohi bo’ldi. Hammadan ham, ko’rpasini sotib, puliga Allohning yulida jang qilish uchun qilich xarid qilmoqchi bo’lgan kishining olijanobligi uni larzaga soldi.
       Umayr, bir tarafdan, bu voqealarni eslaganda, qalbi zavq-shavqqa to’lsa, ikkinchi tarafdan, imkoni bo’laturib, Rasululloh sallollohu alayhi vasallam bilan birga g’azotga chiqish uchun tayyorgarlik ko’rishni paysalga solayotgan Julosdan taajjublanardi.
       Umayr go’yo Julosning hamiyatini qo’zg’ab, g’ayratini keltirmoqchi bo’lganday o’zi eshitgan va ko’rgan voqealarni unga gapirib bera boshladi. Ayniqsa, Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, Alloh yo’lida jihod qilishga ketayotgan g’oziylar safiga qabul etishni o’tinib so’ragan bir necha nafar musulmonlar to’g’risida to’lib-toshib so’zlab berdi. Payg’ambar alayhissalom beradigan ot-ulovlari yo’qligidan ularni qaytarib yubordilar. Ular eng suygan amallari — Alloh uchun jihod qilishlikdan, kim biladi, balki shu bilan birga shahidlik martabasiga erishish imkonkyatidan mahrum bo’layotganlaridan mahzun kayfiyatda, ko’zlari jiqqa yoshga to’lib qaytib ketishdi.
Ammo Julos bu gapni eshitar-eshitmas shundoq javob qildiki, Umayr quloqlariga ishonmay, hushi boshidan uchayozdi. Chunki o’gay ota jahl bilan: "Agar Muhammad payg’ambarlik da’vosida haq bo’lsa, biz eshakdan ham battar ekanmiz", degandi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 04 Avgust 2009, 11:36:58
       Umayr dahshat ichra lol bo’lib qoldi. U Julosday aqlli, ko’pni ko’rgan odamning og'zidan bunday gapning chiqishini xayoliga ham keltirmagandi. Eng dahshatli jihati shunda ediki, bu gap aytuvchisini filhol iymondan chiqarib, uning uchun kufr darvozasini lang ochib qo’yardi.
       Xuddi zamonaviy hisoblash mashinalari berilgan masalaning turli echimlarini ko’rsatib berganiday, yigitcha Umayr ibn Sa’dning miyasida bir-biriga qarama-qarshi fikrlar g’ujg’on uynay boshladi:
       — Agar Julos aytgan gapni maxfiy saqlab, uning aybini berkitsa, Alloh va rasuliga xiyonat qilgan, shundoq ham munofiqlar tarafidan pinhoniy hujumlarga duchor etilayotgan islomga zarar yetkazgan bo’ladi.
O’tgan voqeani oshkor qilishda esa yetimlik chog’ida boshini silagan, yo’qsillik g’amidan qutqargan, vafot etgan otasi o’rnida otalik qilgan kishiga go’yoki oq bo’lishday, yaxshiligiga yomonlik bilan javob qaytarishday ma’no bor edi.
Bir-biriga mutlaq zid bo’lgan ikki yo’ldan birini tanlash kerak. Umayr ko’p o’ylanmadi...
       U Julosga yuzlanib:
       — Ey, Julos, xudo haqqi, Yer yuzida men uchun Muhammad ibn Abdullohdan keyin sizdan ko’ra suyukliroq inson yo’q edi. Siz men uchun eng afzal, ko’p yaxshiliklar ko’rgizgan kishisiz. Hozirgi gapingizni fosh etsam, sizni sharmanda qilgan bo’laman. Agar ichimga yutib ketsam, omonatga xiyonat qilib, jonimniyu dinimni halokatga yo’liqtirgan bo’laman. Men Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning oldilariga borib, barcha gaplarni bitta qo’ymay yetkazishga qaror qildim. Qadamingizni o’ylab bosing,—dedi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 04 Avgust 2009, 11:37:51
       Umayr ibn Sa’d masjidga borib, Payg’ambar alayhissalomga Julos ibn Suvayddan eshitgan gaplarini oqizmay-tomizmay aytib berdi.
       Rasululloh sallollohu alayhi vasallam uni o’z huzurlarida qoldirib, ashoblarlidan birini Julosni chaqirib kelish uchun yubordilar. Ko’p o’tmay Julos keldi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallamga salom berib, ro’paralariga o’tirdi.
       - Umayr ibn Sa’d bizga yetkazgan gaplirni qanday tushunish kerak?
       Shunday deb Payg’ambar alayhissalom o’rtadagi gaplarni zikr qildilar. - U yolgon aytibdi, yo Rasululloh. Mening og’zimdan bu gaplarning birontasi ham chiqqani yo’q, - dedi pinak buzmay Julos.
       Atrofda to’planib turgan sahobalar xusumatlashuvchlarning qay birlari rost, qaysilari yolg’op so’zlayotganini bilib olishni istaganday, nazarlarini goh unisiga, goh bunisiga ko’chirardilar. Pichir-pichir avjiga chiqdi. Qalbida munofiqlik marazi bo’lgan kishilardan biri baland ovoz bilan:
       - Bu bola oqpadar ekan. Tuzini yeb, tuzlig’iga tupirish deb shuni aytadilarda, - dedi.
       Boshqalar inkor qilishdi:
       - Yo’q, bu bola Allohning toatida o’sgan. Yuzidanoq to’g’ri so’zlayotgani ko’rinib turibdi.
Rasululloh sallollohu alayhi vasallam Umayrga boqdilar. Uning yonoqlari qip-qizarib ketgan, ko’zlaridan shashqator yosh oqar, yelkalari silkinib-silkinib, tinmay "Robbim, rasulingga mening haqligimni anglat"¦ Robbim, rasulingga mening haqligimni anglat...", deb pichirlardi.
       Bir ikkita munofiqning qo’ltig’iga suv purkashidan ruhlangan Julos:
       - Yo Rasululloh bu bola menga tuhmat qilyapti. Keling, har kim haqligini isbotlash uchun qasam ichsin. Men Allohning nomi bilan qasam ichamanki, Umayr sizga yetkazgan gaplarning birontasini ham aytganim yo’q,— dedi.
Odamlar bab-baravar nigohlarini Umayr ibn Sa’dga ko’chirdilar, lekin hali u og’zini ochib ulgurmasidan Rasululloh sallollohu alayhi vasallam vahiy qabul qiladigan paytdagi holatlariga tushib qoldilar. Hamma nafasini ichiga yutib, tek qotdi. Atrofga pashsha uchsa bilinadigan jimlik cho’kdi.
       Shunda Julosni xavotir bosib, ko’zlari ola-kula bo’lib ketdi. Umayrning ko’zlarida esa, aksincha, quvonch uchqunlari porlay boshladi.
       Payg’ambar alayhissalom o’zlariga kelgach, yangi nozil bo’lgan, "Allohning nomi bilan aytmaganliklariga qasam ichadilar, holbuki kufr kalimasini aniq aytdilar va islomga kirganlaridan so’ng kofir bo’ldilar", deb boshlanadigan oyatni to "Agar tavba qilsalar, o’zlariga yaxshi bo’lur. Agar yuz o’girsalar, Alloh ularni alamli azob bilan azoblar", degan joyigacha o’qidilar.
       Julos hozirgina yangragan oyatlarning nechog’lik haqqoniyligidan titrab-qaqshab ketdi. Avvaliga qo’rquvdan tili kalimaga kelmay qoldi. So’ng Rasululloh sallollohu alayhi vasallamga yuzlanib:
       — Men tavba qilaman, yo Rasululloh, tavba qilaman. Yolg’onchi menman, Umayr rost aytgan edi. Allohga duo qiling, tavbamni qabul qilsin, yo Rasululloh, qurboningiz bo’lay,—deb yolvorishga tushdi.
       Rasululloh sallollohu alayhi vasallam quvonch ko’z yoshlari iymon nuri ila yo’g’rilgan yuzini yuvayotgan Umayr ibn Sa’dning quloqlarini muborak qo’llari bilan tutdilar va erkalatib cho’zgan bo’ldilar-da:
       — Quloqlaring seni uyaltirib qo’ymadi, bolakay. Buni robbing tasdiqladi,—deb qo’ydilar.
       Shu voqeadan keyin Julos islomga uzil-kesil kirdi. Sahobalar uni keyinchalyk ham Umayrga ko’p yaxshiliklar qilganini eslashadi. Qachonki Umayrning nomi tilga olinsa, kamoli minnatdorlik ila "Alloh unga mening nomimdan mukofot bersin. U meni kufr iskanjasidan qutqarib, do’zax olovida jizg’anak bo’lishimdan saqlab qoldi", deb yod etardi.
Bu voqea — sahobiy Umayr ibn Sa’dning umri mobaynidagi eng yorqin lavha emas, balki uning hayoti bundan ko’ra yorqinroq va ajoyibroq hodisalar bilan to’lib-toshgan
       Hozir esa sizlar bilan to Umayr ibn Sa’dni yigitlik davrida ko’rguncha xayrlashamiz.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 04 Avgust 2009, 17:07:51
UMAYR ibn SA’D (2)

Qaniydi, musulmonlar xizmatini
qilishda Umayr ibn Sa’dday
suyangan tog’larim bo’lsa.
Umar ibn Xattob


       Hozirgina siz sahoba Umayr ibn Sa’dning bolalik hayotidan bir lavha bilan tanishdingiz. Kеling, endi uning ulg’aygan davridagi ayrim hodisalarga nazar tashlaylik. Shunda kеyingi voqеalar ulug’vorligi avvalgisidan aslo kam emasligiga o’zingiz guvoh bo’lasiz.

       Ximsliklar tеpalarida turgan rahbarlar bilan chiqisholmas, hech biriga do’stona munosabatda bo’lishmasdi. (Xims— Damashq va Halabning o’rtasida joylashgan Suriya shaharlaridan biri. U yerda Xolid ibn Validnnng qabri bor.) Har bir navbatdagi voliyning aybini topib, yoniga ancha gunohlarni tirkab, musulmonlar halifasiga arz-dod etishar va uni mansabidan bo’shatib, o’rniga boshqasini tayinlashni talab qilishardi.
       Voliylarning paydar-pay almashinuviga chеk qo’yish uchun xalifa Umar Ximsga u yer aholisi sira aybini topa olmaydigan bеkamu ko’st kishini yubormoqchi bo’ldi. Qo’l ostidagi yaqin yordamchilarining har birini bu vazifada tasavvur qilib ko’rib, uzoq o’ylaganidan so’ng barcha nomzodlar orasidan Umayr ibn Sa’dni ixtiyor etdi.
       Umayr bu paytda Shomda mujohidlar qo’shiniga bosh bo’lib, Alloh yo’lida qon to’kib yurardi. Uning muzaffar ko’shini esa kеtma-kеt shaharlarni fath etar, mustahkam qal’alarni qo’lga olib, u yеr ahlini islomga kiritar va qadami yetgan har bir joyda Allohning nomi ulug’lanishi uchun masjidlar barpo qilardi. Islom uchun qanchalik barakali xizmat qilayotganiga qaramasdan xazrati Umar Umayrni huzuriga chorlab oldi va uni Ximsga voliy qilib saylab, darhol vazifasiga kirishishni buyurdi. Umayr yangi mansabni noiloj, yoqtirmasdan qabul qildi, nеgaki uning uchun eng ulug’ martaba Alloh yo’lidagi jangchi maqomi edi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 04 Avgust 2009, 17:09:56
       Umayrning Ximsda qilgan birinchi ishi odamlarni jamoat namoziga chorlash bo’ldi. Avval Allohga hamdu sano, Muhammad payg’ambarga salovatlar aytib, dеdi:
       — Ey odamlar! Islom mеtin eshikli mustahkam qal’adir. Islomning quvvati adolat va haqiqat bilandir. Agar-chi bu istеhkomning eshigi sindirilib, dеvorlari qulatilsa, din shiorlari oyog’osti qilingan bo’ladi. Islomning shon-shavkati sultonning kattiqqo’lligiga bog’liq. Sultonning kattiqqo’lligi esa qamchisidan qon tomishi bilan emas, balki haq yo’l uzra adolat-la yurish bilandir.
       Shunday dеb yangi voliy qisqagina xutbasida bayon qilgan dasturini amalga oshirishga kirishdi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 04 Avgust 2009, 17:10:15
       Oradan bir yil o’tdi. By vaqt ichida Umayr ibn Sa’d amirul mo’mininga na bir maktub yozdi, na musulmonlarning baytul-moliga to’plangan xirojdan nasiba jo’natdi. Hazrati Umarning qalbida turli gumonlar o’rmalay boshladi, chunki u voliylarni qarshisida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan boshqa hеch kim ma’sum bo’lmagan dunyo fitnasiga aldanib qolishidan qattiq cho’chidi.
       Xalifa kotibiga buyurdi:
       - Umayr ibn Sa’dga noma yo’lla: Ximsning voliyligini o’rinbosariga topshirib, zudlik bilan huzurimga kеlsin. O’zi bilan to’plangan xirojni ham kеltirsin.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 04 Avgust 2009, 17:10:50
       Umayr ibr Sa’d farmonni o’qish bilan ozgina taom, birgina laganu bitta obdastadan iborat bor-yo’q ko’ch-ko’ronini tugunga tugdi va nayzasining uchiga ilib, Xims viloyatini Allohga topshirgancha, yayov Madina sari ravona bo’ldi.
       U manzilga yetib kеlganida rang-ro’yi qorayyab, eti ustixoniga yopishgan, sochlari o’sib, ko’zlari kirtayib qolgan edi. Uni bu holatda ko’rgan hazrati Umar dahshat ichra so’radi:
       - Sеnga nima bo’ldi, ey Umayr?
       - Hech narsa bo’lgani yo’q. Xudoga shukr, to’rt mucham but, sog’-salomatman. Bu o’tkinchi dunyoda chorig’imni sudrab, kunimni ko’rib yuribman,—dеdi Umayr.
       Javobdan sal ko’ngli taskin topgan xalifa:
       - O’jing bilan nimalar olib kеlding?— dеb so’radi. (U hamon Umayrni baytul-mol uchun xirojning bir qismini kеltirgan dеb gumon qilardi.
       Umayr javob bеrdi:
       - Kеltirgan narsalarimning hammasi manavi tugunimda: ovqatlanganimda, kiyim-kеchagimni yuvganimda va tahorat qilganimda ishlatadigan idishlarimni olib kеldim. Bor bud-shudim mana shu. Qolavеrsa, bundan ortiq narsani kimga kеragi bor? Tug’ri emasmi, ey amirul mo’minin?
       Taajjublangan Umar ibn Xattob sobiq Xims amirining savolini javobsiz qoldirdi.
       - Nima, sеn Ximsdan Madinagacha yayov kеldingmi?
       - Ha, xuddi shunday.
       - Baytul-mol uchun kеltirgan narsalaring qani?
       - Mеn baytul-molga hеch narsa olib kеlmadim.
       - Nеga?
       - Endi voliy bo’lib tayinlangan kunlarimda Ximsning oqsoqollarini to’plab, ularga xiroj yig’ish ishlarini topshirdim. Jamlangan mollarni har doim oxirgi misqoligacha bamaslahat muhtoj musulmonlarga, kеrak o’rinlarga sarflab turdim.
       Hajrati Umar kotibiga buyurdi:
       - Hoziroq Umayrni Ximsga qayta voliy etib tayinlash to’g’risida farmon yoz.
       - Hayhot, - dеdi Umayr. - Endi qutildim dеganda"¦ Mеn bundam buyon sizga ham, sizdan boshqa bironta odamga ham xizmat qilmayman, ey amirul mo’minin. Yaxshisi, mеnga Madinaning chеtidagi qishloqlarning birida tinchgina yashashimga izojat bеring.
       Umar noiloj ko’ndi.

Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 04 Avgust 2009, 17:11:30
       Umayr Madinani tark etganidan so’ng ko’p o’tmay hazrati Umar uning holidan xabar olish uchun o’zining ishonchli kishilaridan biri Horisni chaqirdi.
       - Sеn Umayr ibn Sa’dning uyiga bor. O’zingni oddiy mеhmonday tut. Agar yaxshi yashayotgan bo’lsa, hеch nima bilmaganday qaytib kеl. Mabodo hoyoti og’irroq bo’lsa, mana bu dinorlarni bеrib qo’y,— dеb unga yuz dinor tugilgan hamyonni tutqazdi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 04 Avgust 2009, 17:11:42
       Horis Umayrning qishlog’iga yetib kеlgach, so’rab-surishtirib uning uyini topdi. Ruxsat so’rab kirarkan "Assalomu alaykum va raxumatulloh", dеdi.
       - Vaalaykum assalom va rahmatullohi va barokatuh, - alik oldi- mеjbon.
       - Xush kеlibsiz, qеrlardan so’raymiz?
       - Madinadan-kеlyapman.
       - Musulmonlarning ahvollari qalay?
       - Xudoga shukr, yaxshi.
       - Amirul mo’minin qalay?
       - Sog’-salomat yuribdi.
       - Jinoyatchi, gunogkorlarning surobini to’g’rilab turgandir?
       - Ha, tunov kuni o’g’lini gunohi uchun savalatdi.
       Umayr qo’lini duoga ochdi:
       - Robbim, Umarni O’zing qo’lla, mеn uni sеni nihoyatda yaxshi ko’ruvchilardan dеb bidaman.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 04 Avgust 2009, 17:12:01
       Horis Umayrning uyida uch kun turdi. Mеhmonning oldiga har kеcha bir donagina arpa non qo’yilardi. Ahvolidan ogoh bo’lgan qo’shnilardan biri Horisni chaqirib dеdi:
       - Ey Horis, ko’nglingga kеlmasinu, lеkin sеn Umayrning oilasini qiynab qo’yding. Ularning arpa nonidan bo’lak hеch vaqosi yo’q. Uniyam sеnga berib, o’zlari och-nahor yurishibdi. Agar hohlasang, mеnikiga o’t — mеhonim bo’lasan.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 04 Avgust 2009, 17:12:15
       Mеzbonning ahvoli naqadar ayanchli ekanini tushungan Horis indamay unga hamyonni uzatdi.
       - Nima bu? — so’radi Umayr.
       - Buni sеnga amirul mo’minin bеrib yubordi.
       - G’amxo’rligi uchun rahmat, lеkin mеn buni ololmayman. Mеnga uning kеragi yo’q.
       Suhbatni eshitib turgan Umayrning xotini sеkingina "oh" tortib, gapga qo’shildi:
       - Ola qolsangiz bo’lardi. Kеrak bo’lsa ishlatarsiz. Bo’lmasa, muhtojlar ko’p-ku, o’shalarga bеrib yuborarsiz.
       Ayolning gapidan so’ng Horis hamyonni Umayrning qo’liga tutqazdi-da, indamay chiqib kеtdi. Umayr o’sha zahoti dinorlarni bir nеcha qismga taqsimlab, to qosh qorayguncha atrof-javonibdagi qo’li qisqa oilalarga ulashib chiqdi. Ayniqsa, shahidlarning farzandlariga ko’proq nasiba bеrdi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 04 Avgust 2009, 17:12:31
       Horis Madinaga qaytib, ko’rgan-eshitganlarining barchasini xalifaga yetkazdi.
       - Dinorlarni bеrdingmi?— so’radi hazrati Umar.
       - Bеrishga-ku bеrdim...
       - Xo’sh, u nima qildi? Oldimi?
       - Bilmadim. Mеnimcha, u o’ziga bir dinor ham olib qolmay, hammasini tarqatib yubargan.
       Xalifa Umayrga "Xatim tеkkan zahoti zudlik bilan huzurimga yetib kеl". dеgan mazmunda maktub jo’natdi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 04 Avgust 2009, 17:13:00
       Umayr ibn Sa’d Madinaga yo’l oldi. Amirul mo’mininning huzuriga kirib, salom bеrdi. Umar ibn Xattob uni izzat-ikrom bilan kutib oldi. To’rga o’tqazib, so’radi:
       - Biz bеrib yuborgan dinorlarni nima kilding?
       - Dinordarni mеnga bеrganingizdan kеyin u yog’i bilan nima ishingiz bor?
       - Shunchaki bilishga qiziqyapman. Sir bo’lmasa, aytsang.
       - Pullarni o’zim uchun saqlab qo’ydim, — dеdi Umayr. — Shoyad, na molu dunyo, na bola-chaqa foyda bеrolmaydigan kunda nafi tеgib qolsa.
       Umarning ko’ngli buzilib dеdi:
       - Xudo haqqi, Qur’oni Karimda "o’zlari muhtoj bo’la turib, boshqalarni afzal ko’radilar", dеb baho bеrilgan kishilarniig biri sеnsan.
       So’ng uning uchun bir vasaq (60 so’, taxminan, bir tuya yuk) oziq-ovqat va ikki liboslik mato kеltirishni buyurdi.
       - Oziq-ovqatning kеragi yo’q, ey amirul mo’minin, - shosha-pisha e’taroz bildirdi Umayr. —Uyda ikki so’ arpamiz bor. Avval uni yeb tugataylik, uyog’iga — yo Razzoq! Ammo mato uchun rahmat. Bеchora xotinimning ko’ylagi eskirib, ranglari uniqib kеtgandi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 04 Avgust 2009, 17:13:32
       Bu uchrashuvdan so’ng ko’p vaqt o’tmay Alloh taoloning izni-irodasi bilan Umayr ibn Sa’d pokiza ruhini taslim qildi. U oxirat safariga kamtarona, lеkin shahdam qadamlar bilan ravona bo’ldi. Yelkasini dunyo matohlari ezmas, shuning uchun qaddi g’oz ko’tarilgan edi. Hidoyat va taqvo nuri uning yo’lini yoritib, hamroh bo’lib borardi.
       Umayrning o’limi xabarini eshtgan hazrati Umar qattiq ezilib kеtdi. Chuqur qayg’u ichra: "Qaniydi, musulmonlarning ishini qilishda suyanishim uchun Umayr ibn Sa’dday ishongan tog’larim bo’lsa", dеdi.

       Alloh taolo Umayr ibn Sa’ddan rozi bo’lsin...
       Darhaqiqat, u Muhammad ibn Abdulloh janoblarining madrasasida ta’lim olgan namunali toliblardan edi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 05 Avgust 2009, 09:48:48
ABDURAHMON ibn AVF

Alloh sening bergan molingga ham,
o’zingga qoldirgan molingga
ham baraka ato etsin.
Rasulullouh sollallohu alayhi vasallamning duolari


       U islomga eng avval kirgan sakkiz kishining biri...
       Jannatiyligi bashorati berilgan o’n sahobiyning biri"¦
       Umar ibn Xattobdan keyin xalifa saylash huquqiga ega bo’lgan oltita sho’ro a’zosining biri"¦
       Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlik paytlarida Madinada fatvo bera oladigan bir necha nafar musulmonning biri"¦
       Uning ismi johiliyat davrida Abduamr bo’lgan, islomga kirgach, Payg’ambar janoblari Abdurahmon deb nomladilar.
       Bu kishi Abdurahmon ibn Avf roziallohu anhudir.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 05 Avgust 2009, 09:50:29
       Abdurahmon ibn Avf Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Dorul Ar-qamga (Makkadagi Arqam ibn Abdumanof al-Mahzumiyga tegishli hovli. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun da’vat Markazi bo’lib xizmat qilgan) kirmaslaridan oldin, Abu Bakr Siddiqdan ikki kun keyin islomni qabul qildi. Allohning yo’lida ilk sahobalar singari ko’p aziyatlar chekdi, ammo ular bu qiynoq va azoblarga sabr qildilar, dinlarida sobit turdilar, iymonlari chin ekanini isbotladilar. Hatto dinlarini asrab qolish maqsadida ko’pchilik musulmonlar Habashistonga hijrat qildilar.
       Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va ashoblarga Madinaga hijrat qilish uchun izn berilganda Abdurahmon Alloh yo’lida vatanini tark etayotgan muhojirlarning eng avvalgi safida bo’ldi.
       Rasululloh sollallohu alayhi vasallam islom jamiyatining quvvatini oshirish uchun muhojir va ansorlarni birodarlashtirayotib, uni Sa’d ibn Rabe’ al-Ansoriy bilan tutingan aka-uka, deb e’lon qildilar. Sa’d yangi birodari Abdurahmon nbn Avfga "Ey uka, men Madinadagi eng badavlat odamman, ikkita katta bog’im bor, ikkita xotinim bor. Bog’larimni borib ko’r, qaysi biri senga yoqsa, o’shani olaqol. Xohlasang ikki xotinimdan senga yoqqanini taloq qilay, iddasi chiqqach, uylanib olarsan", dedi.
       Abdurahon ansoriy birodariga minnatdorchilik bildirib, "Alloh sening molingu bola chaqangga baraka bersin... Yaxshisi, sen menga bozorni qaerdaligini ko’rsatib qo’y", dedi. Shu-shu u bozorda tijorat qila boshladi. Halol-pok savdo qilar, tushgan foydani yig’ib qo’yardi. Oz fursatda bir ayolning mahriga yetadigan mablag’ to’plandi. Abdurahmon uylandi. Yangi kuyov xushbuy atir hidini gurkiratib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga keldi...
       - Mahyam (bu yamoniy kalima bo’lib, taajjubni ifodalaydi), ey Abdurahmon, - dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam.
       - Uylandim...,— dedi u uyalibgina.
       - Ayolingga nima mahr berding?
       - Danakcha keladigan tillo.
       - Unda bir qo’y so’yib bo’lsa ham to’y qil,— dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. So’ng qo’shib qo’ydilar. - Alloh molingni barakali qilsin.
       Abdurahmon aytadi:
       - "Shu duodan keyin dunyo menga ergashib yuradigan bo’ldi. Hatto bir toshni ko’tarsam, tagidan, albatta, yo tillo, yo kumush topardim".
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 05 Avgust 2009, 09:51:32
       Badr urushida Abdurahmon ibn Avf ko’p qahramonliklar ko’rsatdi. Allohning ashaddiy dushmani Umayr ibn Usmon ibn Ka’b at-Taymiyni yer tishlatdi.
       Uhud jangida musulmonlar oyog’i ostidagi yer go’yo omonatday larzaga kelib, ayrim kishilar qochib ketgan paytlarida ham u zalvorli tog’day sobit turdi. Jangdan yigirmadan ortiq jarohat bilan chiqdi. Ayrim yaralari qo’l sig’adigan darajada chuqur edi.
       Ammo Abdurahmon ibn Avfning urush maydonidagi jihodini uning moli bilan qilgan jihodiga qiyoslansa, xuddi arzimasday bo’lib qoladi.
       Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni jangovar safarga qo’shin yubormoqchi bo’ldilar. Ashoblarga "Askarlarni ot-ulov, qurol-yarog’ va oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun sadaqa qilinglar", deb yuzlandilar. Bu chaqiriqqa Abdurahmon ibn Avf birinchi bo’lib "labbay", deb javob berdi. Uyiga borib, tezda qaytib keldida:
       - Yo Rasululloh, menda to’rt ming dinor bor edi. Shuning ikki mingini Allohga qarzga beraman. Qolgan ikki mingini bola-chaqam ehtiyojiga qoldiraman, - dedi.
       Payg’ambar alayhissalom:
       - Alloh sening bergan molingga ham, bola-chaqangga qoldirgan molingga ham baraka ato etsin,— dedilar.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 05 Avgust 2009, 09:53:01
       Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlaridagi so’nggi g’azot — Tabuk g’azotiga otlanganlarida, qo’shinning molga bo’lgan ehtiyoji askarga bo’lgan ehtiyojidan kam emas edi. (Tabuk — Shom va arab jazirasi chegarasidagi shahar. U paytda Rum tasarrufida bo’lgan. Hozir Saudiya Arabistoni hududida). Rum lashkari mo’rmalaxday son-sanoqsiz, tish-tirnog’igacha qurollangan. Madinada esa yil qurgoqchil kelgan. Safar olis, oziq-ovqat kam, ot-ulov undan ham kam. Hatto bir necha musulmonlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, u kishi bilan birga jihod qilish uchun olib ketishlarini so’rashganida, ularga na bir ot, na bir tuya topib berolmay qaytarib yubordilar. Ular Alloh yo’lida infoq qila olmaganlaridan qalblari mahzunlikka, ko’zlari jiqqa yoshga to’lib, qaytib ketishdi. Ularga "Bakkoun"-"Alloh uchun yig’laganlar", deb nom berishdi. Qo’shinni esa "Jayshul usra" - "Qiyinchilik chekkan lashkar", deb atashdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarni Alloh uchun infoq — ehson qilishga buyurib, ajrini Parvardigori olamdam umid qilishga undadilar. Har galgidek Abdurahmon ibn Avf birinchilar qatorida bo’ldi. U ikki yuz uqiya (salkam 7,5 kg) tillo olib keldi. Buni ko’rgan Umar ibn Xattob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga dedi:
       - Menimcha, Abdurahmon savob o’rniga gunoh orttirib olyapti. Bola-chaqasiga hech vaqo qoldirmadi...
       Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so’radilar:
       - Ey Abdurahmon, bola-chaqangga biron narsa qoldirdingmi?
       - Ha, - dedi u, - berganimdan ko’ra ko’proq va yaxshiroq narsani qoldirdim.
       - Nimani?
       - Alloh va Rasuli va’da qilgan rizq, yaxshilik va ajrni.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 05 Avgust 2009, 09:53:16
       Qo’shin Tabukka jo’nab ketdi. U erda Alloh taolo Abdurahmon ibn Avfni musulmonlarning birortasiga nasib etmagan sharafga erishtirdi. Namoz vaqti kirib kolgan edi. Payg’ambar alayhissalom hadeganda kelavermadilar. Shunda Abdurahmon ibn Avf qavmga imom bo’lib, namoz o’qishga tutindi. Birinchi rakaat oxiriga yetmay, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelib, namozxonlar safiga turdilar va Abdurahmon ibn Avfga iqtido qilib, namozni ado etdilar...
       Butun bashariyat sayyidi, barcha anbiyolar imomi Muhammad ibn Abdulloh janoblariga imom bo’lishdan ko’ra ortiqroq shon-shavkat bo’lishi mumkinmi?!
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 05 Avgust 2009, 09:53:33
       Rasululloh sollallohu alayhi vasallam robbilari huzuriga rihlat qilgach, Abdurahmon ibn Avf u zotning zavjai mutohharalarining xizmatida bo’ldi. Ularning barcha hojatlarini jon-dili bilan bajarar, safarga chiqsalar, kuzatib chiqar, hajga borsalar, birga haj qilar, tuyalarining ustiga xavdaj (ayollar minishi qulay bo’lishi uchun tuyaning ustiga o’rnatiladigap moslama) o’rnatib berar, dam olishga to’xtaganlarida imkoniyatidagi bor shart-sharoitni muhayyo qilardi. Bu Abdurahmon ibm Avfning manoqiblaridan bo’lib, uning bu darajada mo’minlarning onalari tarafidan ishonchga sazovor ekanligiga hamma havas qilardi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 05 Avgust 2009, 09:54:01
       Abdurahmon ibn Avf, umuman, musulmonlarga, xossatan, mo’minlarning onalariga g’oyatda mehribon edi. Bir safar o’ziga tegishli yerni qirq ming dinorga sotib, pullarni banu Zuhra qavmiga (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ning onalari Omina binti Vahbning qavmi), faqir musulmonlarga, muhojirlarga va Payg’ambar hazratlarining ayollariga taqsimlab berdi. Oisha roziallohu anhoning ulushini olib borgan kishidan onamiz bularni kim berib yuborganini so’radilar. "Abdurahmon ibn Avf" degan javobni eshitgach, '"Mendan keyin sizlarga faqat sabr-bardoshli kishilargina mehribonchilik qiladi", degandilar Allohning rasuli", deb qo’ydilar.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 05 Avgust 2009, 09:54:50
       Abdurahmon ibn Avf Rasululloh sollallohu alayhi vasallamnint baraka duolarining ta’sirini butun hayoti mobaynida sezib yurdi. U sahobalarning orasidagi eng moldor, badavlat kishiga aylandi. Tijorat ishlari misli ko’rilmagan darajada avj oldi. Unga tegishli karvonlar tez-tez Madinaga don-dun, un, yog’, kiyim-kechak, idish-tovoq, atir-upa singari aholiga zarur maishiy mollarni keltirib turar, madinaliklardan ortgan boshqa tovarlarni chetga olib chiqib sotardi.
       Bir kuni Abdurahmon ibn Avfning karvoni Madinaga kirib keldi. Karvon yetti yuz tuyadan iborat edi. Ha, yetti yuz tuya... Tuyalarga oziq-ovqat, mato, umuman, odamlar uchun eng zarur narsalar ortilgan edi. Karvon yerni larzaga solgancha shaharga kirib kelganida, atrofni tuyalarning bo’yniga osilgan qo’ng’iroqlarning jarangiyu og’ir yukdan ezilgan tilsiz jonivorlarning o’kirishi tutib ketdi. Shovqin-suronni eshitgan Oisha roziallohu anho "Bu nima tupolon?" deb so’radi. U zotga "Abdurahmon ibn Avfning karvoni yetti yuzta tuyada bug’doy, un va oziq-ovqat olib kelyapti", deyishdi.
       Oisha onamiz dedi:
       - "Alloh uning dunyosiga baraka berdi, lekin oxiratda berajak savobi ulug’roqdir".
       Darhaqiqat, Abdurahmon ibn Avf nihoyatda qo’li ochiq, saxiy odam edi. Molini hech kimdan ayamas, so’rab kelganlarga oshkora yordam qilar, so’rashdan uyalganlarga mahfiy ko’mak ko’rsatar, hatto o’ng qo’li bergan sadaqani chap qo’li sezmay qolardi.
       Bir safar qirq ming dirham kumush sadaqa qildi. Ketidan muhtojlarga qirq ming dinor tillo ham tarqatdi. Ikki yuz uqiya oltin ehson qilgani esingizda bo’lsa kerak?! Bir gal Alloh yo’lida jang qilish uchun ketayotgan mujohidlarning besh yuztasini otga mindirib yubordi. Boshqa jangdan oldin islom jangchilarini bir yarim mingta tuya bilan ta’minladi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 05 Avgust 2009, 09:55:22
       Abdurahmon ibn Avfning o’lim soati yaqinlashganida qo’l ostidagi ko’pgina mamluklarni ozod qilib yubordi. Badr jangi qatnashchilarining har biriga to’rt yuz dinordan berishni vasiyat qildi. Tirik qolgap buyuk jang ishtirokchilarining hammasi o’z ulushini oldi. Ularning soni yuzta edi. Yana mo’minlarning onalariga ham ko’p mol vasiyat qildi. Oisha onamiz, ko’pincha, uning mehribonchiliklarini eslab, "Alloh uni Salsabiyl (jannatdagi buloqning nomi) suvidan serob qilsin", deb duo qilardi.
       Bundan tashqari, u qonuniy merosxo’rlariga ham sanab adog’iga yetish qiyin bo’lgan darajada ko’p molu dunyo qoldirib ketdi"¦ Mingta tuya, yuzta ot, uch ming qo’y. Qur’on taqsimoti bo’yicha marhumning qarz va vasiyatlari ado etilganidan keyin beriladigan butun merosning sakkizdan biri to’rtta xotiniga taqsimlanganida, ularning har biriga sakson ming dinordan tegdi. Tilloyu kumushlar vorislarga bolta bilan bo’lib berildi. Hatto taqsimda ishtirok etgan kishilarning qo’llari bolta zarbidan qavarib ham ketdi.
       Hech shak-shubha yo’qki, bularning hammasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning duolari barakoti tufaylidir.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 05 Avgust 2009, 09:56:03
       Ammo son-sanoqsiz boyliklar Abdurahmon ibn Avfni maftun etib, domiga ilintirolmadi. Odamlar uni qo’l ostidagi kishilar orasida ko’rib, kim xoja, kim qulligini sira ajratolmasdi.
       Bir kuni ro’zador Abdurahmonga og’iz ochish uchun taom ksltirilganida, dasturxonga qarab dedi:
       - Mus’ab ibn Umayr vafot qildi, holbuki, u mendan yaxshiroq edi. Uni kafanlash uchun bir parcha mato topa oldik, xolos. Boshini o’rasak, oyoqlari ochilib qolardi. Oyoqlarini yopsak, boshiga yetmas edi. Undan keyin Alloh dunyoni bizning qadamlarimiz ostiga sochib tashladi... Qo’rqamanki, amallarimiz uchun va’da qilingan mukofot shu dunyoda berib qo’yilmadimikan?!
       So’ng yig’lab yubordi. Taomdan bir luqma ham totib ko’rmadi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 05 Avgust 2009, 09:56:28
       Abdurahmon ibn Avfga shon-sharaflar bo’lsin! Dunyo rostgo’ylari sardori Muhammad ibn Abdulloh janoblari unga jannat bashoratini berdilar.
       Uni so’nggi manziliga Payg’ambar alayhissalomning tog’avachchasi Sa’d ibn Abu Vaqqos boshchiligidagi musulmonlar kuzatib qo’yishdi. Janoza namozini ikki nur sohibi Usmon ibn Affon o’qidi. Azadorlar safida zo’r qaygu ichra turgan Ali ibn Abu Tolib:
       - "Sen bu ummatning ulug’laridan biri eding, Alloh seni rahmatiga olsin", deb duo qildi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 06 Avgust 2009, 10:28:51
JA’FAR ibn ABU TOLIB

Men Ja’farni jannatda ko’rdim.
Qanotlarining old patlari
qip-qizil qonga bo’yalgan edi.
Hadisi sharif


       Banu Abdumanof qavmidan besh kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga quyib qo’yganday o’xshardi, hatto ayrim ko’rish quvvati zaif kishilar ba’zan ularni Payg’ambar alayhissalom bilan adashtirib ham yuborishardi. Albatta, siz eng yaxshi duoyu salomlarga sazovor Payg’ambarga ikki tomchi suvday o’xshash beshovlonning kimligini bilishga qiziqayotgandirsiz? Keling, ular bilan tanishib chiqaylik.
       Ular:
       Abu Sufyon ibn Horis ibn Abdulmuttolib, Payg’ambar janoblarining amakivachchasi, ham emchakdosh birodari.
       Qusam ibn Abbos ibn Abdulmuttolib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amakivachchasi.
       Soib ibn Ubayd ibn Abduyazid ibn Hoshim, imom Shofe’iy roziallohu anhuning bobokaloni.
       Hasan ibn Ali, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamming nabirasi, beshovlonning ichida oxirzamon payg’ambariga eng o’xshashi.
       Ja’far ibn Abu Tolib, amirul mo’minin Ali ibn Abu Tolibning akasi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 06 Avgust 2009, 10:30:18
       Endi esa Ja’farning hayotidan ayrim lavhalar bilan tanishing.
       Abu Tolib Quraysh qabilasi ichida eng sharafli kishilardan bo’lishiga, qavmdoshlari orasida benihoya xurmat-extiromga ega ekanligiga qaramay qo’li qisqaroq odam edi. Boz ustiga, bola-chaqasi ham ko’p edi.
       Bir yili Makkada qurg’oqchilik bo’lib, qurayshliklarning mol-hollari qirilib ketdi. Hatto ba’zi odamlar o’limtik jonivorlarning sasigan go’shtlarini yeyishgacha borib yetishdi. Ayni chog’da banu Hoshim qavmida Muhammad ibn Abdulloh va amakisi Abbosdan ko’ra to’qroq kishi yo’q edi.
       Bir kuni Muhammad Abbosga:
       - Ey amaki, odamlarni qahatchilikdan qiynalib qolganini, ocharchilik ularning sillasini quritib yuborganini ko’rib turibsiz. Akangiz Abu Tolibning bir etak bolasi bor. Yuring, uning oldiga boraylik, bir bolasini siz oling, birini men olay. Unga ko’rsatadigan yordamimiz shu bo’lsin, - dedi.
       Abbos jiyanining gapini ma’qulladi. Ular Abu Tolibning oldiga borib:
       - Biz sizning og’iringizni, oz bo’lsa-da, qo’limizdan kelgancha yengillashtirmoqchi edik. To ocharchilik tugab, yaxshi kunlarga yetib olguncha, farzandlaringizdan ayrimlari bizlarnikida yashab tursin, - deyishdi.
       Nochor Abu Tolib:
       - Aqiyldan boshqasini oladigan bo’lsangiz, mayli, nima ham derdim, - deb rozi bo’ldi.
       Muhammad o’zi bilan Alini olib ketdi. Abbosning bolalari safiga Ja’far qo’shildi. Ali Muhammaddan to Alloh taolo uni hidoyat va haq din bilan elchi qilib yuborguncha ajralmadi. Islom kelgach, Ali yosh bolalar ichida birinchi bo’lib iymon keltirdi.
       Ja’far esa amakisi Abbosning uyida o’sdi, ulg’aydi islomga kirdi va mustaqil hayotga qadam qo’ydi. U va xotini Asmo binti Umays islom yo’liga asos solingan ondan ilohiy nurga yo’g’rilgan karvon safiga qo’shilishdi. Ular hali Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Dorul Arqamda da’vat markazini tashkil qilmaslaridan turib, Abu Bakr Siddiqning nasihati bilan islomni qabul etishdi. Yosh kelin-kuyov boshqa ilk musulmonlar singari qurayshliklar tarafidan ko’p ozor chekishdi. Hamma ko’rguliklarga sabr qildilar, chunki jannat yo’li tikanaklar bilan to’shalgan, musibatu alamlarga to’lib-toshganligi ularga besh panjaday ma’lum edi, lekin ularning va dindosh birodarlarining ta’bini xiralashtiradigan narsa boshqa edi — qurayshliklar islom shiorlarining oshkora namoyish etilishiga tish-tirnog bilan qarshilik ko’rsatishar, musulmonlarni ibodat lazzatini totib, zavqlanishdan mahrum qilishar, ularni holi-joniga qo’ymas, har qadamini kuzatishar, har nafasini hisoblashardi.
       Ja’far ibn Abu Tolib, pichoq suyakka qadalgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga borib, xotini ikkisiga Habashiston yeriga jo’nayotgan sahobalar bilan birga hijrat qilish uchun izn so’radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mahzun kayfiyatda, noiloj ruxsat berdilar. Shundoq pokiza, olijanob kishilarning hech bir gunohsiz faqatgina "Robbim — Allohdir", deganlari uchun o’z diyorlaridan ajralayotgani, sho’x-shodon bolalik yillari, har lahzasi oltinga teng yoshlik davrlari o’tgan yerlaridan judo bo’layotgani ul zoti bobarakot uchun nihoyatda og’ir edi, lekin ayni damda mushriklarning popugini pasaytirib, tanobini tortib qo’yadigan darajada quvvatga ega emas edilar.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 06 Avgust 2009, 10:31:03
       Ja’far ibn Abu Tolib boshchiligidagi ilk muhojirlar Habashistonga kelib, odil va solih podshoh Najoshiyning mamlakatida qaror topishdi. Islomga kirganlaridan beri endi birinchi marta tinchlik mazasini totishdi. Hech kimdan qarshilik ko’rmay, huzur-halovat bilan ibodat qilib, tip-tiniq, musaffo osmon ostida osoyishta yashay boshlashdi.
       Ammo Quraysh kattakonlari musulmonlarning bir necha nafari Habashistonga borib, podshohning himoyasi ostida aqida erkinligiga erishib, dinlarida emin ekanligi haqidagi xabarni eshitar-eshitmas, darrov ularni o’ldirib tashlash yoki ulkan qamoqxonaga qaytarish rejasini tuzish uchun kengash chaqirishdi.
       Keling, yaxshisi, gapni o’sha voqealarning bevosita guvohi bo’lgan Ummu Salamaga beraylik.
       Ummu Salama aytadi:
       - Biz Habashistonda qo’shnilarga yolchigan edik. Dinimizda emin bo’lib, Parvardigorimiz Alloh taologa bexavotir ibodat qilardik. Buning uchun birov bizni qiynamas yoki haqoratlamas edi. Buni eshitgan qurayshliklar kengashib, o’zlarining eng ishongan ikki kishisini — Amr ibn Os va Abdulloh ibn Abu Rabiani Najoshiyning huzuriga elchi qilib yuborishdi. Qo’llariga Najoshiy va uning atrofidagi rohiblar uchun habashistonliklar judayam yoqtiradigan, Hijozda tayyorlangan sovg’a-salomlarni tutqazishib, rohiblarga atalgan hadyalarni podshoh bilan suhbatlashishdan oldin topshirishni qattiq tayinlashdi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 06 Avgust 2009, 10:31:30
       Quraysh elchilarining Habashistonga kelib qilgan birinchi ishlari rohiblar bilan uchrashuv bo’ldi. Ular har bir rohibga alohida sovg’a topshira turib:
       - Podshohingiz tasarrufidagi yerga qabilamizning ahmoq yoshlari makon qurishibdi. Ular ota-bobolarining dinidan qaytgan, qavmining yuziga oyoq qo’ygan sobiylar (dindan qaytganlar). Biz ertaga podshoh bilan ular xususida gaplashib ko’rmoqchimiz. Agar xojangiz sizlarni kengashga chorlasa, qochoqlarni bizning qo’limizga topshirish maslahatini bering. Dinlari haqida surishtirishga yo’l qo’ymang. "Qavmdoshlari ularning diniyu e’tiqodlarining yomonligini bilgani uchun ta’qib qilishyapti", deng, - deb iltimos qilishdi.
       Og’zi moylangan rohiblar rozi bo’lishdi. Amr va uning birodari esa Najoshiy bizdan biron kishini chaqirib, so’zimizga quloq tutishi mumkinligini o’ylab ichini it tirnayotganday qattiq xavotirlanishardi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 06 Avgust 2009, 10:32:23
       Ertasiga Quraysh elchilari Najoshiyga sovg’a-salomlarni topshirishdi. Podshoh nodir tortiqlardan niqoyatda xursand bo’ldi. Uning xush kayfiyatidan foydalanib qolmoqchi bo’lgan elchilar shosha-pisha:
       - A’lo hazrat, yurtingizga bizning nodon yoshlarimiz qochib kelishibdi. Ular bizning dinimizdan chiqqan, sizning diningizga kirmagan. Na sizga, na bizga ma’lum bo’lran dinni paydo qilishgan. Toki fitna-fasod avj olib ketmasligi uchun yoshlarimizni qaytarib yuborishingizni so’rab, ularning otalari, amakilari, qarindosh-urug’lari, qavmimiz oqsoqollari bizni huzuringizga jo’natishdi, - deyishdi.
       Najoshiy rohiblarning ra’yini bilish uchun ularga savol nazari bilan boqdi. Ular bir-biriga gal bermay:
       - Albatta qaytarib yuboring, hazrati oliylari. Qochoqlarning qanaqaligini qavmdoshlari yaxshi bilishadi, barcha kirdikorlaridan xabardor, shuning uchun bizga ham kasofatlari urib ketmasidan turib, ularni elchilarning qo’liga topshirsangiz, xo’p ma’qul ish bo’lardi, - deb chuqurlashib ketishdi.
       Rohiblarning gapidan podshohning achchig’i chiqdi.
       - Yo’q, - dedi keskin, - xudo haqqi, to ularni chaqirib, ayblarini tekshirib ko’rmaguncha, hech kimga topshirmayman. Agar manavilarning gapi rost bo’lsa, mayli, shular aytgancha bo’la qolsin. Mabodo, yolg’on gapirishgan bo’lsa, men ularni himoyamga olaman, xohlagan yerlarida yashashlariga ijozat beraman.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 06 Avgust 2009, 10:34:48
       Najoshiy bizni huzuriga chorlab, odam yubordi. Podshoh bizdan dinimiz to’g’risida so’rashini bilib, yo’lga tushishdan oldin iymonimizni yashirmaslikka, bor gapni ochiq bayon qilishga kelishib oldik va buni Ja’far ibn Abu Tolibga topshirdik. So’ng Najoshiyning qabuliga qarab jo’nadik.
       Podshohning o’ngu so’lini rohiblar egallab o’tirishardi. Barchalarining egnida taylason (rohiblar kiyadigan uzun rido), boshlarida xoch surati tushirilgan bosh kiyim, oldilarida diniy kitoblari ochiq turardi. Amr ibn Os va Abdulloh ibn Abu Rabia ham tu yerda edi.
       Kutganimizdek, birinchi savol dinimiz to’g’risida bo’ldi.
       - Sizlar qavmingizning dinini tark qilibsiz, mening dinimga kirmabsiz, boshqa bironta xalqning ham mavjud dinini qabul qilmay, o’zingizcha yangi din paydo qilibsiz, deb eshitaman? — so’radi Najoshiy.
       Hammamizning nomimizdan Ja’far ibn Abu Tolib oldinga chiqib, javob berdi:
       - A’lo hazrat, biz johil qavm edik. Sanamlarga ibodat qilardik, o’limtiklarni yerdik, hech qanday buzuq ishdan orlanmasdik, qarindoshchilik aloqalarini uzardik, qo’shnichilik haqlariga rioya etmasdik, kuchimiz yetgan odamnmng qonini so’rardik. By hol to Alloh nasl-nasabi ma’lum, to’g’ri so’zligi, omnatdorligi va pokizaligi bilan oramizda mashhur bo’lgan kishini payg’ambar qilib yuborguncha davom etdi. U zot bizlarni Allohni yakka bilishga, yolg’iz ungagina ibodat qilishga, o’zimiz va ota-bobolarimiz shu paytgacha, Allohni qo’yib, sig’inib kelayotgan tosh va butlardan voz kechishga chaqirdi. U bizni rostgo’ylikka, omonatdorlikka, qarindosh-urug’ va qo’ni-qo’shnilar bilan xushmuomala bo’lishlikka, harom ishlarga qo’l urmaslikka, qon to’kmaslikka o’rgatdi. Buzuqliklardan, yolg’on so’zlashdan, yetimlarning molini nohaq yeyishdan va pokiza ayollarni haqorat qilishdan qaytardi. Allohning yolg’iz o’zigagina ibodat qilib, unga aslo shirk keltirmaslikka, namozni to’la-to’kis o’qishga, sadaqotlar berishga buyurdi. Biz uni haq payg’ambar ekanini tasdiqlab, iymon keltirdik, Alloh tarafidan buyurilgan ishlarda unga ergashdik, halol deganini halol deb, harom deganini harom deb qabul qildik.
       Shuning uchun, janobi oliylari, qavmimizning bizga nisbatan adovati kuchaydi. Dinimizdan voz kechib, butlar ibodatiga qaytishimizni talab qilib, ko’p aziyatu ozorlar berishdi. Zulmu bedodlik, tazyiq nihoyatda avj olib, jonimiz haqildoqqa kelgach, sizning yurtingizga hijrat qildik. Sizni boshqalardan afzal bilib, panohingizga qochib keldik va hamon himoyangiz ostida zulm ko’rmaymiz, deb umid qilamiz.

       Najoshiy Ja’fardan so’radi:
       - Sen, payg’ambaringiz Alloh tarafidan keltirgan biron narsani o’qib bera olasanmi?
       - "Xa", - dedi Ja’far va Maryam surasini o’qiy boshladi:
       -"KOF, HA, YO, AYN, SOD. (Ushbu-) Parvardigoringiz O’z bandasi Zakariyoga qilgan marhamatining zikri-qissasidir. Eslang: u Parvardigoriga xufyona duo iltijo qilib, degan edi; "Parvardigorim, darhaqiqat mening suyaklarim mo’rtlashdi, keksalikdan boshim-sochim oqardi. Parvardigorim, men senga duo qilib (hech qachon) noumid bo’lgan emasman" ("Maryam" surasi, 1-4-oyatlar).
       Sura o’rtalariga yetganda Najoshiyning ko’zidan bir necha tomchi yosh sizib chiqib, soqoliga oqib tushdi. Allonimg kalomini eshitgan atrofdagi rohiblar ham o’zlarini tutolmay yig’lashdi. Shunda podshoh bizga qarata xitob qildi:
       - Sizning payg’ambaringiz keltirgan din va Iso olib kelgan ta’limot bir manba’dan nur emganligi aniq.
       So’ng Amr va uning sherigiga:
       - Sizlar ketaveringlar, xudo haqqi, men himoyamdagi kishilarning birontasini ham sizning qo’lingizga topshirib qo’ymayman, - dedi...
       Najoshiyning qabulidan chiqqanimizda Amr jo’rttaga bizga eshittirib, hamtovog’iga dedi:
       - Allohga qasamki, ertaga podshohga bular haqida shunday xabarni yetkazamanki, uning qalbi nafratga to’lib, pushtipanohlikdan bu bedavolarni ko’rishga ko’zi, otishga o’qi yo’q dushmanga aylanadi va o’zi ularni mamlakatidan dumini tugib yuboradi.
       Abdulloh ibn Abu Rabia uni hovridan tushirmoqchi bo’ldi:
       - Bu fikringdan qayt, Amr. Ular boshqa dinga kirgan bo’lsalar ham qavmdoshlaring...
       Amr uning so’zini bo’ldi:
       - Qo’ysang-chi shu gapingni... Xudo haqqi, men bularning ko’zlarini ochib qo’yaman. Ularning Maryam o’g’li Isoni oddiy banda deyishlarini podshohga yetkazsam, ana unda tomoshani ko’raver...
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 06 Avgust 2009, 10:36:20
       Ertasi kuni Amr Najoshiyning oldiga kirib:
       - Janobi oliylari, siz boshpana berib, himoyangizga olgan odamlar Maryam o’g’li Iso qaqida juda boshqacha gaplarni gapirishadi. Ishonmasangiz, ularni chaqirtirib, surishtirib ko’rishingiz mumkin,—dedi.
       Ummu Salama aytadi:
       - Podshoh bizni imtihon qilish uchun chaqirayotganini eshitib, qattiq tashvishga tushdik. Najoshiy bizdan Maryam o’g’li Iso haqida so’rab qolsa, nima deymiz? Biroz maslahatlashgach, bir to’xtamga keldik. Iso haqida faqat Alloh aytgan so’zlarni aytamiz, payg’ambarimiz keltirgan xabarlarni o’z-o’ziday yetkazamiz. Keyin, nima bo’lsa bo’lar. Boshga tushganni ko’z ko’radi.
       Bu safar ham podshoh bilan gaplashishni Ja’far ibn Abu Tolibga topshirib, saroyga yo’l oldik.
       Qabulgohda rohiblar tunov kungiday holatlarida o’tirishar, Amr ibn Os ham, uning sherigi ham shu yerda hoziru nozir edilar. Biz hali nafasimizni rostlab ulgurmasimizdan Amr:
       - Siz Maryam o’g’li Iso haqida nima deysiz? - deb savol tashladi.
       Ja’far ibn Abu Tolib javob berdi:
       - Paygambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam nima desalar, biz ham shuni deymiz!
       - Payg’ambaringiz nima deydi?— so’radi Najoshiy.
       - U kishi aytadilarki: Iso Masih — Allohning bandasi va rasuli, Uning bokira Maryamga yetkazgan so’zi hamda Uning tomonidan bo’lgan ruh sohibidir.
       Bu javobni eshitgan Najoshiy tizzasiga urib, o’rnidan turdi-da:
       - Xudo haqqi, Maryam o’g’li Iso sizning payg’ambaringiz aytganidan qilcha ham boshqacha emas, - dedi.
       Ochiqchasiga e’tiroz bildirishga jur’at etolmagan rohiblar norozilarcha shivirlashga tushishdi.
       Bas qiling! - dedi podshoh buyruq ohangida. So’ng bizga qarab, ko’nglimizni tog’dek ko’taradigan so’zlarni aytdi:
       - Sizlar bo’shsiz, ketaverishingiz mumkin. Sizga zo’ravonlik qiladigan, ozor yetkazadiganlar bilan o’zim gaplashaman. Xudo haqqi, modomiki, men tirik ekanman, sizlarning birontangizni chertishlariga ham yo’l qo’ymayman, xatto evaziga tillodan tog’ va’da qilsalar ham.
       Keyin yana rohiblarga yuzlandi:
       - Anavi elchilarning sovg’alarini qaytarib bering. Olsinlaru daf bo’lishsin.
       Ikki hamtovoq saroydan hafsalasi pir bo’lib, suvga tushgan mushukday bo’shashib chiqib ketishdi. Biz esa Najoshiy adolati ostida osoyishta yashay boshladik.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 06 Avgust 2009, 10:36:58
       Ja’far ibn Abu Tolib xotini bilan hayotining o’n yilini sokin Habashiston diyorida o’tkazdi. Xijratning yettinchi yilida bu yurtni tark etib, bir guruh musulmonlar bilan birgalikda Madinaga ravona bo’ldi. Ular shaharga yetganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam endigina Xaybar (yahudiylarning istehkomi. Hijratning yettinchi yilida musulmonlar uni fath qilib, ko’pgina g’animatlarni qo’lga kiritganlar) g’azotidan kelib turgan edilar. Ul zot Ja’farni ko’rib nihoyatda xursand bo’ldilar. Hatto:
       - Bilmadim, qay biriga ko’proq quvonay: Xaybar g’alabasigami yoki Ja’farning tashrifigami? - dedilar.
       Ja’farning kelganini ko’rgan musulmonlarning, ayniqsa, kambag’allarning quvonchi cheksiz edi. Chunki u zaif va faqirlarga mushfiqu mehribon edi. Xatto, "Abul Masokiyn" - "Miskinlar otasi", degan laqabi ham bor edi.
       Abu Xurayra rivoyat qiladi:
       - "Biz miskinlar uchun eng yaxshi odam Ja’far ibn Abu Tolib edi. U ko’pincha bizlarni uyiga olib ketar, bor taomini oldimizga to’kib tashlardi. Dasturxonda hech narsa qolmagach, quruq yog’idishni keltirardi. Biz uni sindirib, yog’ yuqini yalab-yulqab qo’yardik.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 06 Avgust 2009, 10:38:35
       Ja’far ibn Abu Tolib Madinada uzoq turmadi. Sakkizinchi hijriy sananing boshida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Shom diyorida qaror topgan Rum lashkariga qarshi jihodga askar to’pladilar. Qo’shinga Zayd ibn Xorisani sarkarda qilib sayladilar.
       - Agar Zayd halok bo’lsa yoki jarohatlansa, o’rniga Ja’far ibn Abu Tolib sarkarda bo’lur, - dedilar Rasuhlulloh sollallohu alayhi vasallam safar oldidan. - Mabodo Ja’far qatl kilinsa yoinki og’ir yaralansa, qo’mondonlik Abdulloh ibn Ravohaga o’tur. Agar unga ham biron kor-hol ro’y bersa, musulmonlar o’zlariga lashkarboshi saylab olurlar.
       Musulmonlar hali Shomga yetmaslaridan, Urdundagi Mo’’ta qishlog’ida g’animlariga yo’liqishdi. Rumlik askarlarning soni yuz mingta bo’lib, ularga Laxm, Juzom, Quzoa va arablarning nasroniy diniga e’tiqod qiluvchi boshqa qabilalaridan tashkil topgan yana yuz minglik lashkar qo’shilgan edi. Musulmon mujohidlarining soni esa bor-yo’g’i uch mingta edi...
       Ikki lashkar to’qnashib, jang endi boshlangan paytdayoq Zayd ko’kragidan yaralanib, shahodat topdi. Uning suvoriysiz qolgan samani dushmanlar qo’liga o’lja bo’lib tushmasligi uchun Ja’far otning oyog’ini qilich bilan chopib tashladi. Bayroqni baland ko’tardi-da, o’zini rumliklar safiga urdi. Musulmonlarning ruhini ko’tarish uchun qichqirib she’r o’qidi:

                    Jannat ajib yuksakdir, nasib etgan insonga,
                    Sharobi jon rohati boldek shirin makonga.
                    Irqi o’zga rumliklar — shum niyatli yomonga
                    Do’zax qa’ri lang ochiq, dinni inkor etganga.
                    Mard bo’lsang gar biz tayyor, tushgin qani maydonga.

                                        (Emin Usmon tarjimasi)


       Nogahon tushgan qilich zarbasi dushmanlar qurshovida javlon urayotgan Ja’farning o’ng qo’lini kesib tashladi. U darhol tug’ni chap qo’liga oldi. Yana bir zarba uning chap panjasini uzib yubordi. Chekinishni xayoliga ham keltirmagan mujohid bayroqni tirsagi bilan ko’ksiga bosdi. Uchinchi zarbadan so’ng Ja’far halok bo’ldi. Undan tug’ni qabul qilib olgan Abdulloh ibn Ravoha ham urusha-urusha oxiri shahid bo’ldi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 06 Avgust 2009, 10:39:36
       Uchala sarkarda ham halok bo’lganining xabarini eshitgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qattiq qayguga cho’mdilar. Amakivachchasi Ja’far ibn Abu Tolibning ahli oilasidan xabar olgani jo’nadilar. Asmo jangdan qaytadigan erini kutib olishga hozirlik ko’rib qo’ygandi. Xamirlar qorilgan, bolalar cho’miltirilgan, yasantirilgan, xushbo’yliklar sepilgan, hammayoq pokiza...
       Asmo rivoyat qiladi:
       - Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biznikiga kelganlarida yuzlaridan qayg’u asarini sezdim. Birdaniga ko’nglimga g’ulg’ula tushdi, lekin Ja’far haqida so’rashga jur’at etolmadim. Mudhish xabarni eshitsam, ko’tarolmaymanmi deb qo’rqdim.
       U kishi "Ja’farning farzandlari qani?" deb so’radilar. Men bolalarni chaqirdim. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko’rib, nihoyatda quvonib ketishdi. Chopib kelib, bo’yinlariga osilishdi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularni galma-galdan quchoqlab o’par, boshlarini silar, ko’zlari esa jiqqa yoshga to’la edi. Men chidab turolmadim.
       - Yo Rasululloh, ota-onam sizga fido bo’lsin, nega yig’layapsiz? Ja’far haqida biron yomon xabar keldimi? - dedim.
       U kishi:
       - Ha, - dedilar,-  u bugun shahid bo’ldi.
Onalarining piqillab yig’lab yuborganini ko’rgan go’daklarning dami ichiga tushib ketdi. Yuzlaridagi tabassum bir zumda yo’qolib, hammalari turgan joylarida qotib qolishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’rnilaridan turdilar. Qo’llari bilan ko’z yoshlarini artib:
       - Parvardigoro, Ja’farning bolalarini zoe’ qilma. Uning oilasiga o’zing murabbiy bo’l, - deb duo qildilar. So’ng:
       - Men Ja’farni jannatda ko’rdim, Uning ikkita qanoti bor edi. Old tarafdagi patlari qip-qizil qonga bo’yalgan edi, - dedilar.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 07 Avgust 2009, 10:36:59
ABU SUFYON ibn HORIS

Abu Sufyon — jannat yigitlarining sayyididir.
Muhammad Rasululloh sollallohu alayhi vasallam


       Muhammad alayhissalom va Abu Sufyon ibn Horisning o’rtasidagi yaqinlikning naziri hayotda kamdan-kam uchraydi. Abu Sufyon Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan tengdosh — ular bir paytda tug’ilib, bir oilada ulg’ayishgan. Ular amakivachcha bo’lganlar. Horis va Abdulloh Abdulmuttolibning o’g’illari, tug’ishgan aka-uka edilar. Undan tashqari, Abu Sufyon payg’ambarimizning emchakdosh birodari — har ikkisini Halima Sa’diya emizib, katta qilgandi. Banihoyat, ular nubuvvat davridan ilgari qalin do’st-o’rtoq bo’lganlar. Qiyofalari ham bir-biriga judayam o’xshash edi. Bundan ko’ra yaqinroq qarindoshlik bo’lishi mumkinmi?
       Shuning uchun bu mustahkam aloqalarni bilgan odam, hoynahoy, Abu Sufyon Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning da’vatlariga birinchilardan bo’lib "labbay" degan, peshqadamlar safida u kishiga ergashgan, deb o’ylashi ehtimoldan xoli emas. Biroq voqelik buning mutlaqo aksini ko’rsatadi.
       Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oshkora da’vatni endi boshlab, avvalo qarindoshlarini ogohlantirgan paytlaridayoq Abu Sufyonning qalbida nafrat olovi alangalandi. Do’stlik adovatga, qarindoshlik yuzko’rmaslikka, birodarlik gap uqmaslik va to’sqinchilikka aylandi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 07 Avgust 2009, 10:37:41
       Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga robbilari tarafidan risolat vazifasi yuklatilgan kunlarda Abu Sufyon Quraysh qabilasining jasur pahlavonlaridan va dong’i ketgan shoirlaridan edi. U butun shoirlik iste’dodini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning da’vatlariga, bor kuch-quvvatini islomga va musulmonlarga qarshi qaratdi. Qaerda Nabiy alayhissalomga qarshi fitna qo’zg’otilsa, albatta, uning boshlovchisi Abu Sufyon bo’lib chiqar, qachonki musulmonlarga aziyat yetsa, bunda ham uning ulushi salmoqli bo’lardi. U shaytonning so’ziga kirib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni hajv qilgan, boshdan-oyoq tuhmat va bo’htonlardan iborat haqoratli she’r yozgan edi.
       Bu adovat qariyb yigirma yil davom etdi. Abu Sufyon Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muttasil turli hiyla-nayranglar bilan pand berishni payida bo’ldi. Musulmonlarga aziyat yetkazishning qanday usuli bo’lsa, hammasini qilib ko’rdi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 07 Avgust 2009, 10:38:38
       Makka fathidan biroz oldin Abu Sufyon iymonga keldi. Uning islomi haqida siyrat va tarix kitoblarida g’oyat ajoyib va ta’sirli qissa saqlanib qolgan. Keling, so’zni uning o’ziga beraylik. Har holda, o’z tuyg’ularini gapirib berish egasiga osonroq tinglovchi uchun ishonchliroqdir.
       Abu Sufyon hikoyasi:
       - Islom qad ko’tarib, mustahkam qaror topgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Makkani fath etish uchun yo’lga chiqqanlari haqida xabar tarqaldi. Buni eshitib mening ko’zimga dunyo qorong’u ko’rinib ketdi. O’zimcha o’yladim: "Endi nima qilaman? Qayoqqa qochaman? Holim ne kechadi?"
       Xotinim va farzandlarimning oldiga borib:
       - Tezda safar tadorigini ko’ring. Biz Makkadan jo’nab ketamiz. Xademay Muhammad kelib qoladi. Agar musulmonlarning qo’liga tushsam, sog’ qo’yishmasa kerak, - dedim.
       Ular meni insofga chaqirishdi:
       - Ko’zingizni oching. Butun arabu ajamlar Muhammadga itoat izhor qilishyapti, uning dinini qabul qilishyapti. Siz esa hanuzgacha tish-tirnog’ingiz bilan qarshi turibsiz. Vaholanki, uning eng birinchi yordamchisi siz bo’lishingiz kerak edi.
       Har tarafdan dashnom aralash da’vat eshitib, Muhammadning diniga moyillik tuydim. Shunda Alloh mening qalbimga hidoyat soldi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 07 Avgust 2009, 10:40:21
       Shu zahotiyoq o’rnimdan turdim. G’ulomim Mazkurga bir tuya va bir otni tayyorlashni buyurdim. Keyin o’g’lim Ja’far bilan fursatni boy bermay, Abvoga qarab jo’nadik. Abvo - Makka va Madina orasidagi diyor bo’lib, men Ragulullohni o’sha yerda to’xtaganlarini eshitgan edim. U yerga yaqinlashgach, yuzimga niqob to’sib oldim. Chunki Payg’ambar alayhissalomning huzurlariga yetib, islomimni e’lon qilgunimcha, yo’l-yo’lakay musulmonlarning birontasi meni tanib qolib, o’ldirib qo’yishi mumkin edi.
       Ulovlarni qoldirib, bir milcha masofani yayov bosib o’tdik. Shundoqqina yonimizdan musulmon askarlarining peshqadam guruhlari ketma-ket o’tib ketishdi. Men har safar jangchilar ichida Muhammadning meni taniydigan sahobasi chiqib qolishidan ko’rqib, yashirinib turdim.
       Navbatdagi guruxlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko’rindilar. Men chopib u kishining oldilariga chiqdim. Ro’paralariga turib, yuzimdagi niqobni yechdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga ko’zlari tushishi bilan, tanidilar. Tanidilaru yuzlarini o’girib oldilar. Men yana u kishining ro’paralariga o’tdim. Payg’ambar alayhissalom yana teskari qarab oldilar. Bu holat bir necha marta takrorlandi. Men qanchalik janobimizning nazarlariga tushishga intilmayin, har safar harakatlarim zoe’ ketar, u zot meni ko’rishni mutlaqo istamasdilar.
       Yo’l-yo’lakay "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening islomga kirganimni bilsalar, shubhasiz, xursand bo’lib ketadilar. U kishining quvonchlariga ashoblari ham, albatta, sherik bo’lishadi", deb o’ylagan edim. Biroq Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yuz o’girishlarini ko’rgan musulmonlar menga xo’mrayib qarashdi, birontasi ham iliq munosabat bildirmadi, Abu Bakrga yo’liqqanimda, keskin orqasiga o’girilib, ketib qoldi. Men yolvorgannamo Umar ibn Xattobga qaradim. U ham ro’yxushlik ko’rsatmadi, balki, dard ustiga chipqonday, ansorlardan birini menga qarshi gij-gijlab qo’ydi. Haligi ansoriy meni rosa so’kdi:
       - Ey Allohning dushmani, Allohning elchisiga, u zotning sahobalariga ozor beradigan hali senmisan?! Sening Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbatan adovatingni butun Mashriqu Mag’rib ahliga taqsimlasa ham ko’plik qiladi.
       U tinmay haqorat qilib o’shqirar, atrofdagi musulmonlar menga o’qrayib qarashar, ayrimlari bundan xursand ham edilar. Nogoh, men amakim Abbosni ko’rib qoldim, chopib borib, unga iltijo qildim:
       - Ey amakijon, qarindoshligimiz, qavmimdagi obro’-e’tiborim tufayli Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening islomga kirganimni ko’rib, xursand bo’ladilar, deb o’ylagandim, biroq nima bo’lgani o’zingizga ma’lum. U kishi bilan gaplashib ko’ring - meni kechirsinlar.
       - Yo’q - dedi amakim, - u kishining yuz o’girishlarini ko’rganimdan keyin sen haqingda bir og’iz so’z aytishga ham jur’at qilolmayman. Men uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam benihoya ulug’ zotdir. Vaqt o’tsin, balki uzr aytishning qulay fursati kelib qolar.
       - Ey amaki, meni bu ahvolda tashmlb qo’ymang, - qichqirib yubordim dahshatga tushib.
       - Hozir sen haqingda og’iz ochishning mavridi emas, - dedi u.
       Men tashvish va xavotir ichra amakivachcham Ali ibn Abu Tolibni qidirib topdim ammo u ham iltimosimga xuddi amakim Abbosday javob berdi. Shunda men yana Abbosga murojaat qildim:
       - Xo’p, siz Rasulullohga uzrimni yetkaza olmas ekansiz, jilla qursa, hech holi jonimga qo’ymasdan hadeb meni so’kayotgan, bu ham yetmaganday, boshqalarniyam qayrayotgan anavi kishini tiyib qo’ying.
       Amakim "qandoq odam u?" deb so’radi. Men uning sifatlarini aytdim.
       - U Nuaymon ibn Horisku, Najjor qavmidan, - dedi amakim va uni topib kelish uchun odam jo’natdi. U kelgach, nasihat qildi:
       - Ey Nuaymonch bilib qo’y, Abu Sufyon — Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amakivachchasi, mening akamning o’g’li. Bugun u janobimizning g’azabida bo’lsa, erta-indin roziligiga ham erishib qolar. Shuning uchun uni tinch qo’y.
       Bu so’zlarni eshitgan Nuaymon boshqa menga aziyat yetkazmaslikka va’da berdi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 07 Avgust 2009, 10:41:04
       Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Juhfada (Madinadan Makkaga ketaverishdagi makon) to’xtadilar. Men u kishi tushgan manzilga borib, eshigining ro’parasiga o’tirib oldim. Yonimda o’g’lim Ja’far ham bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ichkaridan chiqib kelayotib meni ko’rishlari bilan teskari qarab oldilar. Men noumid bo’lmadim. Butun safar asnosida payg’ambarimiz qaerga manzil qursalar, eshiklarining to’g’risiga o’tirib olardim-da, orqamga o’g’limni turg’izib quyardim, biroq u kishi har safar menga ko’zlari tushishi hamono nigohlarini olib qochardilar. Bu holat ancha muddat davom etdi. Toqatim toq bo’lib, jonim hiqqildog’imga kelgach, xotinimga dedim:
       - Xudo haqqi yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mendan rozi bo’ladilar, yoki o’g’limni yonimga olamanu boshim oqqan tomonga qarab ketaman. To ochlik va tashnalikdan sillam qurib, halok bo’lguncha ketaveraman.
       Bu qasamning xabari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetib borgach, menga rahm qildilar... Qubbalaridan chiqayotib menga muloyimroq nazar bilan boqdilar. Endi men u kishining jilmayib boqishlaridan umid qila boshladim.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 07 Avgust 2009, 10:42:25
       Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkaga to’liq fath va nusrat bilan dohil bo’lganlarida men muzaffar qo’shinning safida edim. Payg’ambar alayhissalom masjidga kirdilar. Mem ham birga kirdim. Yonlaridan bir qadam ham, bir lahza ham jilmadim.
       Hunayn jangida arablar islomni tag-tomiri bilan sug’urib, musulmonlarni bitta qo’ymay qirib yuborish maqsadida Payg’ambar alayhissalomga qarshi tish-tirnog’igacha qurollangan, misli ko’rilmagan darajada son-sanoqsiz qo’shni to’pladi. Nabiy alayhissalom sahobalardan tashkil topgan qo’shinning boshida mudofaa uchun chiqdilar. Urushda men ham ishtirok etdim. Yog’iylarning mo’rmalaxday behisob cherigini ko’rib, o’zimcha "Xudo haqqi, bugun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbatan qilgan jamiki adovatlarimni yuvib yuboradigan kun keldi. Mana endi janobimiz mening Alloh va Rasuli rozi bo’ladigan ishlarni qilishimni ko’radilar", deb qo’ydim.
       Jangning avvalgi lahzalaridanoq mushriklarning yaqqol ustunligi sezildi. Musulmonlar qo’shini orasida tartibsizlik va parokandalik paydo bo’ldi. Ba’zi kishilar chekinib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni janggohda ochiq tashlab ketishdi. Musulmonlar mash’um mag’lubiyat alamini tortishlariga yaqin qoldi.
       Bir payt qarasam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, ota-onam u kishi uchun fido bo’lsin, qonli jangning eng qizigan nuqtasida kulrang xachirlariga minib, qilichlarini yalang’ochlagancha, ulkan qoyadek turibdilar. O’zlariniyu tevaraklaridagi ashoblarini himoya qilib, xuddi sherbachchalarini qizg’anayotgan arslonday olishyaptilar. Men shoshib, otimdan sakrab tushdim. Qilichimning qinini sindirib tashladim. Alloh ko’rib turibdi, men o’shanda payg’ambarimiz uchun qurbon bo’lishni istardim.
       Amakim Abbos Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mingan xachirniig jilovini ushlab, yon tomonlariga o’tdi. Men boshqa taraflarini egalladim. O’ng qo’limda qilich, hamla qilgan dushmanlardan himoyalanaman. Chap qo’lim bilan xachirning uzangisini mahkam tutib olganman. Mening jonimni jabborga berib olishayotganimni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko’rdilar, biroq u kishiga orqam bilan turganim uchun tanimay amakim Abbosdan "Bu kim?" deb so’radilar. Amakim "Bu birodaringiz Abu Sufyon ibn Horis, undan rozi bo’ling, yo Rasululloh", deb qichqirdi. Payg’ambar alayhissalom "Men undan roziman. Alloh uning qadimgi gunohlarini mag’firat qilsin", dedilar.
       Janobimizning roziligi ko’ksimni quvonchga to’ldirib yubordi. Uzangida turgan oyoqlariga labimni bosdim. U kishi menga qarab:
       - Birodar, azbaroyi xudo, olg’a bosing, olg’a, - dedilar.
       Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so’zlari kuchimga kuch, g’ayratimga g’ayrat qo’shib yubordi. Qo’rquv nimaligini unutib, mushriklarga tashlandim. Musulmonlar ham men bilan birga hamla qilishdi. Dushman hujumga dosh berolmadi. Bir farsaxcha chekinib borib, oxiri tumtaraqay qochishga tushishdi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 07 Avgust 2009, 10:42:59
       Hunayn ma’rakasidan keyin Abu Sufyon ibn Horis Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hurmatini qozonib, u kishi siylagan odamlar qatoridan o’rin oldi, biroq o’tmishdagi noma’qulchiliklaridan xijolat chekib, biron marta ham Sarvari olamning yuzlariga tik qaray olmadi. U Allohning nuridan mahrum, kitobidan bebahra holda o’tkazgan johiliyat davridagi qora kunlari uchun ko’p afsus-nadomatlar chekdi. Qur’on oyatlarini kechayu kunduz tilovat qilib, din ahkomlarini chuqur o’rganishga qattiq kirishdi. Dunyo va uning bezaklaridan yuz o’girib, Alloh subhonahu va taologa butun vujudi bilan lazzatlanib ibodat qilishni boshladi. Bir safar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Sufyonning masjidga kirib ketayotganini ko’rib, Oisha onamizdan "Bilasizmi bu kim?" deb so’radilar. Onamiz "yo’q", dedi. Payg’ambar alayhissalom dedilar:
       - Bu amakimning o’g’li Abu Sufyon ibn Horis. Qarang, u eng birinchi bo’lib masjidga kiradi. Eng oxirgi bo’lib chiqadi. Sira ko’zini yerdan uzmaydi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 07 Avgust 2009, 10:43:23
       Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rafiqul a’lo huzuriga rixlat qilgach, Abu Sufyon yagona farzandini yo’qotgan onaday bo’zladi, habibidan ayrilgan kishiday qayg’u chekdi, g’am va alamga, mung va hasratga to’la marsiya bitdi.
       Umar ibn Xattob roziallohu anhuniig xalifalik davrida Abu Sufyon ajalining yaqinlashganini sezib qoldi. O’z qo’llari bilan o’zi uchun qabr kavladi. Xuddi ajal bilan va’dalashib qo’yganday, uch kun o’tib vafot etdi. O’limidan oldin oila a’zolarini, qarindosh-urug’larini chorlab, vasiyat qildi:
       - Mening orqamdan yig’lamanglar. Xudo haqqi, islomga kirganimdan beri bironta ham xatoga yo’l qo’ymadim"¦
       So’ng pokiza ruhimi egasiga topshirdi. Janoza namozini xalifaning o’zi o’qidi. Barcha sahobalarni chuqur qayg’u qopladi. Abu Sufyonning o’limi islom va musulmonlar uchun ulkan musibat bo’ldi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 13 Avgust 2009, 16:19:05
SA’D ibn ABU VAQQOS

"Ot, Sa’d, ot... Ota-onam senga fido bo’lsin".
(Muhammad Rasululloh Uhud kuni
Sa’dga shunday xitob qilgandilar)


        Auzu billahi minash shaytonir rojiym, bismillahir rohmanir rohiym.
        "Biz insonga ota-onasini (ya’ni ularga yaxshilik qilishni) amr etdik. Onasi unga ojizlik ustiga ojizlik bilan homilador bo’ldi. Uni (ko’krakdan) ajratish (muddati) ikki yilda (kelur). (Biz insonga, buyurdikki,) "Sen Menga va ota-onanga shukr qilgin! Yolg’iz O’zimga qaytajaksan!" Agar ular (ya’ni ota-onang) seni o’zing bilmagam narsalarni Menga sherik qilishga zo’rlasalar, u holda ularga itoat etma! Ularga (garchi kofir bo’lsalar-da,) dunyoda yaxshi muomalada bo’lgin va o’zing Menga ijbat-tavba qilgan kishilarning yo’liga ergashgin! So’ngra (ya’ni qiyomat kunida) O’zimga qaytursizlar; bas, Men sizlarga qilib o’tgan amallaringizning xabarini berurman" ("Luqmon surasi", 14-15-oyatlar).
        Bu oyati karimalar ajoyib va nodir bir voqea sababi bilan nozil bo’lgandir. Hali g’o’r, yoshgina yigitchaning shuurini butunlay bir-biriga zid hissiyotlar chulg’ab olgandi. O’shanda yaxshilik yomonlik ustidan, iymon kufr ustidan g’olib kelgandi. Bu voqeaning qahramoni makkalik yoshlarning sarkori, ham otasi, ham onasi baobro’ shaxslardan bo’lgan, olinasab yigitcha edi. Uning ismi Sa’d ibn Abu Vaqqos roziallohu anhudir.
        Makkada nubuvvat nuri zohir bo’lgan onda Sa’d o’n gulidan bir guli ochilmagan, beg’ubor, ota-onasiga mehr-muhabbatli, ayniqsa, onasining atrofida girdikapalak farzand edi. U hali suyagi qotmagan, bor-yo’g’i o’n etti bahorni qarshilagan bo’lishiga, qaramasdan ko’pni ko’rgan kishilar kabi aqlli, mo’ysafidlar singari mulohazakor edi. Tengdoshlari ruju qo’ygan behuda o’yin-kulgularga mutlaqo qo’shilmas, go’yoki uni buyuk kelajak kutib turganini oldindan bilganday aksar vaqtini o’q-yoy yasashga, kamondan o’q uzish mashqlariga bag’ishlardi. Bundan tashqari, u qavmi mukkasidan ketgan rasvogarchilik va buzuq aqidadan bezor edi. Odamlarni adashib-uloqib yurgan zulmatlaridan qutqarib, najot yo’liga yetaklash uchun qayerdandir qudratli va mehribon yordam qo’li cho’zilishini intizorlik bilan kutardi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 13 Avgust 2009, 16:20:44
       Sa’dning kunlari shu zaylda o’tib turgan bir mahalda Alloh azza va jalla insoniyatga ana shunday mehribon va bunyodkor yordam qo’li cho’zilishini iroda etdi. Bu qo’l bashariyat sayyidi Muhammad ibn Abdullohning qo’llari edi. U qo’l mangu nursochar ilohiy yulduzni - Allohning kitobini mahkam tutgandi...
       Sa’d ibn Abu Vaqqos sira ikkilanmay haq va hidoyat chaqirig’iga "labbay", deb javob berdi. U erkaklardan uchinchi yoki to’rtinchi bo’lib, islomni qabul qildi. Shuning uchun ko’pincha faxrlanib "Men yetti kun davomida islomning uchdan bir qismini tashkil qilib turdim", deb qo’yardi.
       Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’dning iymonga kelishi bilan ko’p quvondilar. Chunki undagi olijanoblik alomatlari, javonmardlik nishonalari, shak-shubhasiz, bu hilol yaqin kunlar ichida badrga, ya’ni to’lim oyga aylanishining bashoratini berardi. Sa’d hurmat-e’tiborli, obro’-izzatli xonadondan bo’lgani uchun Makka yoshlarini ketidan ergashtirib, islomga yetaklashi mumkin edi. Qolaversa, Sa’d Payg’ambar alayhissalomning tog’alari tarafidan, banu Zuhra qavmidan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning onalari Omina binti Vahb ham shu qavmdan edi. Sarvari olam bu qarindoshchilikni mo’’tabar sanardilar. Rivoyat qilinishicha, bir kuni payg’ambarimiz bir necha ashoblarining davrasida o’tirganlarida, Sa’dning kelayotganini ko’rib qoladilar. Shunda "Mana bu kishi mening tog’am! Qani boshqalar ham o’zining shunaqa tog’asini ko’rsatsin-chi!" deydilar.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 13 Avgust 2009, 16:21:57
       Sa’d ibn Abu Vaqqosning islomdan keyingi hayoti ilgarigiday bir tekis davom etavermadi, balki yosh, tajribasiz mo’min yigitnig og’ir va shiddatli imtihonga ro’baro’ qildi. Azbaroyi imtihonning qiyinligidan Alloh subhonahu va taolo uning xususida Qur’on oyatlarini tushirdi. Keling, bu mashaqqatli sinovni hikoya qilib berishi uchun so’zni Sa’dning o’ziga beraylik. Sa’dning hikoyasi:
       - Iymonga kelishimdan uch kun oldin tush ko’rdim. Go’yoki biri biridan quyuq zulmatlar qo’ynida g’arq bo’lib ketganmishman. Qoqilib-yiqilib, zo’rg’a o’rmalab ketayotgan paytimda to’satdan bir parcha Oy nuri paydo bo’libdi. Men Oyning nuriga qarab yuribman. Borsam, mendan oldin uch kishi - Zayd ibn Horisa, Ali ibn Abu Tolib va Abu Bakr Siddiqlar yorug’likka chiqib olishibdi.
       Tong otgandan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam maxfiy tarzda islomga da’vat qilayotganlarining xabari qulog’imga chalindi. Shunda Alloh menga yaxshilikni iroda etganini, o’zining elchisi orqali zulmatlardan nur sari chiqarishni xohlaganini bildim. Vaqtni cho’zib o’tirmay, darhol yo’lga tushdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Jiyod darasida uchratdim. U kishi endigina asr namozini o’qib bo’lgan ekanlar. Shu yerda islomni qabul qildim. Mendan oldin faqat tushimda ko’rgan uch kishigina musulmon bo’lgan edilar.
       Mening iymonga kelganimni eshitib, onamning tepa sochi tikka bo’layozdi. Men onamga mehr-muruvvatli, itoatkor farzand edim. Buni bilgan onam o’z ta’sirini o’tkazmoqchi bo’ldi.
       - Ey Sa’d, - dedi, - sen allaqanday noma’lum dinni qabul qilibsan. Xatto u tufayli ota-onangning dinidan voz kechibsan... Allohning nomiga qasamki, sen o’sha yangi diningni tark etasan, aks holda men bir luqma taom ham yemayman, bir qultum suv ham ichmayman. Ochlik va tashnalikda ko’z yumaman. Ana o’shanda ko’yimda jigar-bag’ring kabob bo’ladi, qilib quygan ahmoqliging uchun afsusu nadomatlar chekasan, butun umr odamlardan "onasining qotili" degan ta’nayu malomatlarni eshitib o’tasan.
       Men "Unday qilmang, onajon. Men hech narsa evaziga dinimdan voz kechmayman", deb yolvordim, biroq onam qarorida qat’iy turib oldi. Obi-taomdan butunlay chetlandi. Bir necha kun tuz ham totmadi, suvga ham yaqinlashmadi. Ko’z o’ngimda ozib-to’zib, ko’zlari kirtayib, oxiri holsizlikdan sillasi qurib, yotib qoldi. Men tez-tez onamning tepasiga borib, hech bo’lmasa bir tishlam taom yeyishini yoinki bir ho’plam suv ichishini o’tinib so’rardim. U esa keskin bosh chayqar, agar dinimdan qaytmasam o’lgunicha shu holda davom etishini aytib, qasam ichardi.
       Shunda men ham gapning po’stkallasini aytdim:
       - Onajon, men sizni jonimdan ortiq ko’raman, ammo Alloh va Rasulini sizdan ko’ra ko’proq sevaman... Xudo haqqi, agar sizning mingta joningiz bo’lsayu hammasi birma bir chiqib tursa ham dinimni tark qilmayman.
       Onam mening so’zlarim jiddiy ekanini anglab, taqdirga tan berdi. Noiloj, yeb-ichishni boshladi. Alloh bizning to’g’rimizda oyat tushirdi:
       - "Agar ular (ya’ni ota-onang) seni o’zing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga zo’rlasalar u holda ularga itoat etma! Ularga (garchi kofir bo’lsalarda) dunyoda yaxshi muomalada bo’lgin".
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 13 Avgust 2009, 16:23:58
       Sa’d ibn Abu Vaqqos iymonga kelgan kun musulmonlar uchun eng xayrli, islom uchun eng muborak kunlardan biri bo’lgan edi.
       Badr jihodida Sa’d va ukasi Umayr barchaga o’rnak bo’lishdi. U kezlar Umayr kichkina bola, pari borsa, endi balog’at yoshiga yetgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jangdan oldin lashkarni ko’zdan kechirib chiqayotgan mahalda ko’rib qolib, kichkinaligi uchun qaytarib yuborishlaridan qo’rqib, orqa safga berkinib oldi, biroq Payg’ambar alayhissalom uning ayyorligini bilib qoldilar va jihodga chiqishdan man’ etdilar. O’shanda Umayr qattiq yig’ladi. Oxiri Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga rahmlari kelib, jangda qatnashishga izn berdilar. Sa’d ham bundan ko’p quvondi va bo’yi pastligi sababli qilichni ukasining bo’yniga ilib qo’ydi. Aka-uka Allohning yo’lida haqiqiy mujohidlarga xos jasoratlar ko’rsatishdi.
       Sa’d ma’rakadan Madinaga yolg’iz o’zi qaytdi. Ukasi Umayrni Badr tuprog’ida shahid holda qoldirdi, savobini Alloh taolodan umid qildi.
       Uhud kunida tizzalarga titroq kirib, musulmonlar qo’shini parchalanib ketdi. Janggohda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni himoya qilib o’n nafarga yetar-yetmas kishi qoldi, xolos. Ular orasida Sa’d ibn Abu Vaqqos ham bo’lib, jon-jahdi bilan Payg’ambar alayhissalomni mudofaa qilar, har safar kamondan o’q uzganda, albatta, bir mushrikni yer tishlatardi. Sarvari olam buni ko’rib, Sa’dni yanada ko’proq shijoatlantirish uchun "Ot, Sa’d, ot... Ota-onam senga fido bo’lsin", deb qichqirgandilar. Sa’d butun umri davomida mana shu xitob bilan faxrlanib o’tdi. Ahyon-ahyonda:
       - Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hech kimga birdaniga "ota-onam fido bo’lsin" devaganlar. Faqat mengagina Uhud kunida shu so’zlarni aytganlar, - deb qo’yardi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 13 Avgust 2009, 16:25:40
       Sa’d o’zining eng ulkan xizmatini keyinroq hazrati Umar forslar diyoriga haq dinni olib kirib, kofirlar davlatiga yakun yasashga va shu bilan majusiylik illatini tag-tomiri bilan qo’porib tashlashlikka ahd qilgan paytda ko’rsatdi. Xalifa chor atrofdagi voliylarga maktublar yo’llab, ot minib, qurol tutishga qodir bo’lganlarni, jasur, aqlli va ziyrak kishilarni, she’r yoki notiqlik san’atidan boxabarlarni, qo’yingki, jangda asqotishi mumkin bo’lgan barcha odamlarni Madinaga jo’natishni buyurdi. Mashriqu Mag’ribdan mujohidlar gurros-gurros poytaxt sari kela boshlashdi. Hamma jamlanib, qo’shin shay bo’lgach, Umar ibn Xattob sarkardalikni kimga ishonib topshirish masalasini muhokamaga qo’ydi. Mashvarat ahli bir ovozdan yagona nomzodni ko’rsatishdi — sheryurak pahlavon Sa’d ibn Abu Vaqqos. Umar roziallohu anhu unga jangovar bayroqni tutqazdi.
       Ulkan cherik Madinadan jo’nab ketishi oldidan jangchilarni kuzatishga chiqqan amirul mo’minin lashkarboshiga so’nggi ko’rsatmalarni berdi:
       — Ey Sa’d, seni "Rasulullohning tog’asi, Rasulullohning sahobasi" degan so’zlar kekkaytirib yubormasin. Zero, Alloh taolo yomonlikki yomonlik bilan o’chirmaydi, balki yomonlikni yaxshilik bilan mahv etadi.
       Ey Sa’d, Alloh bilan hech kimning o’rtasida qarindosh-urug’lik yaqinligi yo’q, u zotga magar toat bilan yaqinlashuv mumkin. Odamlarning boy-badavlatiyu faqiru fuqarolari Allohning nazdida barobardir. Alloh ularning parvardigori, ular esa bandalardir. Bandalar bir-birlaridan faqat taqvo bilan afzal bo’la oladilar. Rob taoloning huzuridagi mukofotga toat bilan erishiladi. Sen Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning asosiy vazifalari nimadan iborat ekanini bilasan. O’sha ishni davom ettirmoq bugun sening ham burchingdir.

       Lashkar asta qo’zg’oldi. Unda to’qson to’qqizta Badr jangi qatnashchisi, uch yuz o’ndan ortiq Rizvon bay’atidan oldin iymon keltirgan musulmonlar, uch yuzta Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Makka fathida ishtirok etganlar va yetti yuzta sahobalarning farzandlari bor edi.
       Qo’shin Qodisiyada (Ko’fadan o’n besh chaqirim uzoqlikdagi mavze’. Hijratning o’n oltinchi yilida u yerda musulmonlar va forslar o’rtasida hal qiluvchi janglar bo’lib o’tgan. Unda musulmonlar uzil-kesil g’alaba qozonganlar) qaror topdi. Harir kunida (Qodisiya kunlarining so’nggisi) musulmonlar shiddatli hujum boshladilar. Dushmanni mahkam iskanjaga olib, saflarini parokanda qilib tashladilar. Hamma yoqni "La ilaha illalloh" va "Allohu akbar" hayqiriqlari tutib ketdi. Fors lashkarboshisi Rustam halok bo’ldi. Qo’mondonidan ayrilgan askarlar butunlay karaxt bo’lib, hatto himoyalanishdan ham ojiz qoldilar. Qarshilik qilish behuda ekanini tushunib, taslim bo’ldilar. Behad-behisob g’animat o’lja qilindi. O’sha kuni musulmonlar ulkan zafarni qo’lga kiritdilar.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 13 Avgust 2009, 16:26:11
       Sa’d uzoq umr ko’rdi. Alloh unga ko’p molu davlat in’om qildi, lekin u o’lim to’shagida yotganida jundan to’qilgan, titilib ketgan jubbasini keltirishni buyurdi va dedi:
       — Meni jubbamga o’rab ko’minglar, chunki Badr kuni men shu libosimda mushriklarga qarshi jang qilganman. Allohga ham o’sha kiyimimda yo’liqmshni xohlayman.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 01 Sentyabr 2009, 14:51:35
HUZAYFA ibn YAMON
Huzayfa aytgan hadisni tasdiqlang.
Qur’onni Abdulloh ibi Mas’ud o’qigandek o’qing.
Hadisi sharif


       - "Xohlasang muhojirlardan, xohlasang ansorlardan bo’l. O’zingga yoqqanini tanlab ol".
       Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Huzayfa ibn Yamonga Makkadagi birinchi uchrashuvlarida mana shunday deb xitob qilgandilar. Huzayfaga ikki eng mukarram firqadan birini tanlash ixtiyori bekorga berilmagan, buning o’ziga xos sababi bor edi.
       Huzayfaning otasi Yamon asli makkalik, banu Abs qavmidan edi, lekin qabiladoshlaridan birini o’ldirib qo’yib, vatanini tashlab, Yasribga ko’chib ketishga majbur bo’lgandi. U yerda banu Audulashhal urug’i bilan ittifoq tuzdi. Bora-bora aloqalar mustahkamlanib, ularga kuyov bo’ldi va nihoyat, o’g’li Huzayfa tug’ildi. Keyinchalik Yamon va makkaliklar o’rtasidagi adovat barham topib, u o’z vataniga tez-tez qatnay boshladi, biroq asosiy uy-joyi Madinada edi.
       Arab jazirasida islom hiloli endi balqigan paytda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, islomni e’lon qilgan banu abslik o’n kishining biri Huzayfaning otasi Yamon edi. Bu voqea hijratdan ancha oldin ro’y bergandi. Shu e’tibordan Huzayfaning ota yurti — Makka, ona diyori Madina edi.
       Huzayfa musulmon xonadonida ulg’ayib, islomga birinchilar qatori kirgan ota-onaning qo’lida tarbiya topdi. O’zi ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko’rish baxtiga muyassar bo’lmay turib, u zotga iymon keltirdi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 01 Sentyabr 2009, 15:11:12
       Huzayfa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko’rishga nihoyatda mushtoq edi. Payg’ambar alayhissalomni tanigan-bilganlardan u kishining turish-turmushlari, xulq-atvorlari va sifatlari haqida so’rab-surishtirar, ma’lumoti ortgan sayin muhabbati ham ziyoda bo’lib borardi.
       Makkaga safar qilib, "Sarvari olamni uchratishi bilan "Men muhojirmanmi yoki ansoriymi, yo Rasululloh?" deb so’radi. Payg’ambar janoblari:
       Istasang muhojir, istasang ansorlardan bo’l. Yoqtirganingni tanlab ol,—dedilar.
       Unda men ansoriy bo’laman,— dedi Huzayfa.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 01 Sentyabr 2009, 15:13:37
       Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilganlaridan so’ng Huzayfa u kishining eng sodiq mulozimlaridan biriga aylandi. Payg’ambar alayhissalom bilan birga barcha jihodlarda ishtirok etdi. Faqat Badrda qatnasha olmadi. Buning sababini Huzayfaning o’zi quyidagicha gapirib bergan edi:
       - Badr urushi ro’y berishidan bir necha kun oldin otam ikkimiz Madinaning tashqarisida edik. Ittifoqo Quraysh kofirlarining qo’liga tushib qoldik. Ular qaerga ketayotganimizni so’rashdi. Biz "Madinaga", dedik. Kofirlar so’zimizga ishonishmadi. "Hoynahoy, Muhammadning oldiga ketayotgandirsiz?" deyishdi. "Boradigan maizilimiz Madina", deb turib oldik biz. Qurayshliklar bizni bo’lajak jangda Muhammadga yordam bsrmaslik va ularga qarshi urushmaslik sharti bilan qo’yib yuborishdi. Madinaga kelib, bo’lib o’tgan voqealar qatori Qurayshga bergan ahdimizni aytib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan "Nima qilishimiz kerak?" deb maslahat so’radik. Ul zoti bobarakot:
       - Ahdimizga vafo qilamiz. Yordamni Allohning o’zidan so’raymiz, - dedilar.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 01 Sentyabr 2009, 15:15:08
       Uhud g’azotida ota ham, farzand ham ishtirok etishdi. Huzayfa ming bir chig’iriq va balolar ichidan sog’-omon chiqdi, ammo otasi halok bo’ldi. Qizig’i shundaki; uning shahodatiga kofirlar emas, balki musulmonlarning o’zlari sabab bo’ldilar. Voqea bundoq bo’lgandi:
       Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Yamon va Sobit ibn Vaqshni yoshi bir joyga borib qolganligi bois ayollar va bolalar bilan shaharda qoldirdilar. Ma’raka avjiga chiqqanida, Yamon sherigiga dedi:
       — Menga qara, nimani kutyapmiz o’zi? Ikkalamizni ham bir oyog’imiz to’rda bo’lsa, bir oyog’imiz go’rda. Bugun bormiz, ertaga xudo biladi. Kel, qilichimizni olaylik-da, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yonlariga boraylik. Shoyad, Alloh bizga shahidlikni nasib etsa.
       Ular qurollanib, jang maydoniga jo’nadilar. Yetib kelgach, qo’rquv nimaligini bilmay, o’zlarini taloto’pga urdilar. Sobit ibn Vaqsh tez orada mushriklar qo’lidan shahodat topdi, ammo Yamon qandaydir anglashilmovchilik tufayli musulmonlarning tig’iga duchor bo’ldi. Nogahon bu ayanchli manzaraga ko’zi tushib qolgan Huzayfa jigar-bag’ri o’rtanib, "Otajon, otajon", deb qichqirdi, biroq qurol-aslahalar shovqini ostida uning ovozini hech kim eshitmadi. Keksa mujohid dindoshlarining qilichlari zarbidan quladi. Huzayfa otasining o’limiga sababchi bo’lganlarga qarata "Alloh sizlarni kechirsin, zero U rahmlilarning rahmlisidir", deb qo’ydi.
       Jangdan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Yamonning xunini to’lamoqchi bo’ldilar, biroq Huzayfa rad etib:
       — Otam shahidlik talabida chiqqan edi. U orzusiga erishdi. Men Allohning guvohligida otamning xunidan musulmonlar foydasiga voz kechaman, - dedi va shu bilan Payg’ambar alayhissalomning e’tiborlarini qozondi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 01 Sentyabr 2009, 15:18:54
       Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Huzayfa ibn Yamonning siyratiga nazar solib, undagi uchta fazilatni qayd etdilar: anchayin mushkul muammolarni hal qilishga qodir nodir zakovat, zarur bo’lgan paytda fidoyilik ko’rsata bilish va sirni puxta saqlay olish. Payg’ambar alayhissalomning siyosatlari har bir kishiga xislat va toqatiga mos vazifani yuklashlarida ham aks etardi. U kishi hech kimni nomunosib o’ringa qo’ymasdilar,
       U paytda Madinadagi musulmonlar oldida turgan eng katta muammo yahudiylar va ularning hamtovoqlari bo’lmish munofiqlarning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hamda ashobi kiromlarga nisbatan muttasil uyushtiradigan fitna-nayranglaridan qutilish edi. Payg’ambar alayhissalom Huzayfaga sahobalarning birontasiga ham bildirmagan sirni oshkor etdilar — munofiklarni nomma-nom sanab, ulardan ko’z-quloq bo’lib turishni, xatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatishni, agar islom va musulmonlar uchun xavf-xatar tug’ilsa, darhol oldini olishni buyurdilar. Usha kundan boshlab Huzayfa ibn Yamon "Payg’ambar sirining sohibi", deb atala boshladi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 01 Sentyabr 2009, 15:28:33
       Sarvari olam Huzayfaning noyob xislatlaridan eng xatarli mavqaflardan birida ham unumli foydalangan edilar. Xandaq g’azotining hal qiluvchi daqiqalarida nodir zakovat va xaqiqiy fidoyilikka juda katta ehtiyoj tug’ilgandi. Tepadan ham, pastdan ham qurshab olingan musulmonlar uzoq vaqt qamalda qolib ketdilar. Sinov nihoyatda qattiq bo’ldi. Tanglik va mashaqqat soat sayin kuchayardi. Qur’oni Karim ta’biri bilan aytganda, ko’zlar tinib, yuraklar bo’g’izlarga tiqilib qolgan va ayrim kimsalar Alloh haqida turli gumonlar qila boshlagan edilar.
       Ayni damda Quraysh qabilasi va uning mushrik ittifoqdoshlarining holati ham musulmonlarnikidan yaxshi emas edi. Ular Alloh taoloning g’azabiga duchor bo’lgan, butunlay holdan toyib, tinka-madorlari qurigandi. Quturgan bo’ron mushrik askarlar qarorgohini to’s-to’polonini chiqargan, chodirlarni yulqib-yirtib, qozon-o’choqlarni ag’dar-to’ntar qilib yuborgandi. Olovlar o’chib qolgan, yuzga tinmay mayda tosh va qum urilar, mutlaqo ko’z ochishning imkoniyati yo’q edi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 01 Sentyabr 2009, 15:31:43
       Jangu jadallar tarixi shuni ko’rsatadiki, eng muhim va mushkul lahzalarda birinchi bo’lib ingrab yuborgan taraf oqibatda, albatta, mag’lub bo’ladi. Raqibidan soniyaning allaqanday yuzdan bir qismichalik sabr-bardoshliroq bo’lgan taraf hamisha g’olib keladi. Urush taqdiri belgilanadigan mana shunday dolzarb damlarda josus va xabarchilarning harakati benihoya ulkan ahamiyat kasb etadi. Ular yetkazgan har bir xabar tillo darajasida baholanadi. Shu boisdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Huzayfa ibn Yamonning qobiliyatiga ehtiyoj sezdilar. Uni biron-bir qaror qabul qilishdan oldin qop-qorong’u zulmat kechada dushmanlar haqida ma’lumot keltirish uchun raqib o’rdusiga jo’natishni iroda etdilar. Ajal bilan hamrohlikda qilingan safar tafsilotlarini so’zlab berishi uchun gapni Huzayfaga beramiz.
       Huzayfa hikoyasi:
       — Biz o’sha kecha safga tizilgancha o’tirardik, Abu Sufyon boshchiligidagi Makka mushriklari tepamizda, banu Qurayza yahudlari pastimizda, ahli-ayol, bola-chaqalarimizga xavf solib turishardi. Men o’sha kechadagiday quyuq zulmatli va kuchli bo’ronli tunni eslay olmayman. Shamol xuddi bo’riday uvillaydi. Azbaroyi qorong’ulik qalinligidan kishi o’zining barmog’ini ko’rmaydi...
       Munofiqlar "Uyimizning dushmanga betkay tarafi ochiq", deb Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ketishga izn so’rashardi. Aslida bu shunchaki bahona edi. Payg’ambar alayhissalom ketishni istaganlarning hammasiga ruxsat berdilar. Ular shu zahotiyoq. g’oyib bo’lishdi. Oxiri, uch yuz choqli odam qoldik.
       Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’rinlaridan turib, hammaning yonidan birma-bir o’ta brshladilar. Men sovuqdan qaltiragancha cho’kkalab o’tirardim. Ustimda xotinimning tizzamga ham tushmaydigan yopinchig’idan bo’lak hech vaqo yo’q. Janobimiz mening oldimga yaqinlashib, "Bu kim?" deb so’radilar. Men "Huzayfa", dedim. "Huzayfamisan?" takror so’radilar u kishi. Men sovuq va ochlikning zo’ridan g’ujanak bo’lib olgandim. Zo’rg’a ''Ha, yo Rasululloh", deya oldim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
      - Sen raqiblar qarorgohiga borib, nima gap, nima so’zligini bilib kel...
       Men bazo’r o’rnimdan turdim. Sovuqdan tishim taqillar, qalbim qo’rquvga to’la edi. Payg’ambar alayhissalom "Parvardigoro, uni o’ng va so’ldan, old va ketdan, ost va ustdan keladigap balolardan o’zing asra", deb duo qildilar. Xudo haqqi, u kishining duolari oxiriga yetar-yetmas Alloh qalbimdagi qo’rquvni daf qildi, vujudimdagi titroq taqa-taq to’xtadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:.
      - Ey Huzayfa, faqat xabarni bilib kel, boshqa hech narsa qila ko’rma, - deb qattiq tayinladnlar.
       Men "xo’p" degancha dushman tomon yo’naldim. Quyuq zulmat ichra hech kimga sezdirmasdan birpasda mushriklar orasiga kirib oldim. Ko’p o’tmay Abu Sufyonning qichqirig’i eshitildi:
      - Ey Quraysh jamoasi, men sizlarga bir gap aytmoqchnman, lekin orangizda Muhammadning ayg’oqchilari bormi deb cho’chiyapman. Shuning uchun har birnngiz yoningizdagi sherigingaz kimligiga qarab qo’ying.
       Men darrov yonimdaga odamning qo’lidan ushlab, "Sen kimsan?" deb so’radim. U "Falonchiman", dedi. Abu Sufyon gapida davom etdi:
       - Ey Quraysh jamoasi, to’g’risini aytganda, biz noqulay paytda, noqulay makonga kelib qoldik. Ot-ulovlarimiz qirilib ketdi, ittifoqchilarimiz — banu Qurayza qabilasi ahdini buzdi, shamol ko’z ochirgani qo’ymayapti. Menimcha, hozir urushning mavridi emas, balki orqaga qaytganimiz ma’qulroq.
       U shunday deb tuyasining qozig’ini sug’urdi. Sakrab ustiga mindi-da, bir-ikki qamchi urib, juftakni rostladi. Xudo haqqi, agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga hech narsa qilmaslikni buyurmaganlarida o’sha yerda, albatta, Abu Sufyonni bitta o’q bilan qatl qilgan bo’lardim.
       Men qaytib kelganimda, payg’ambarimiz ayollarining yopinchig’iga o’ranib, namoz o’qiyotgan ekanlar. Meni ko’rib, yonlariga chaqirdilar. Yopinchiqning bir chetini tizzamga tashlab, ahvolni surishtirdilar. Men barcha gap-so’zlarni oqizmay-tomizmay yetkazdim. U kishi xursand bo’lib, Allohga hamdu sano aytdilar.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 01 Sentyabr 2009, 15:33:42
       Huzayfz ibn Yamoya to umrining oxirigacha munofiqlar xabaridan ogoh bo’lib turdi. Unga xalifalar ham goh-goh murojaat qilishardi. Hatto Umar ibn Xattob musulmonlardan biri vafot etsa, to’planganlardan Huzayfa kelgan-kelmaganini so’rar, kelgan bo’lsa, janozani o’qir, yo’qsa, boshqa birovga buyurar, o’zi esa marhumning iymonidan shubhalanardi.
       Bir safar xalifa Umar:
       - Mening viloyatlardagi omillarim orasida munofiqlar bormi? - deb so’radi.
       Bitta munofiq bor, - javob berdi Huzayfa.
       Kim ekak u? - so’radi hazrati Umar.
       Huzayfa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bildirgan sirni oshkor qilmadi, ammo xalifa o’zining o’tkir farosati bilan uning kimligini sezib, tez kunda munofiq voliynn ishdan bo’shatdi.
       Nahovand, Daynavar, Hamadon va Ray kabi fors shaharlarini fath etishda Huzayfa ibn Yamon nihoyatda ulkan hissa qo’shganini, hoynahoy, ko’pchilik bilmasa kerak. Yana u musulmonlarni yagona Mushafi Sharifga ittifoq qilishlariga ham sabab bo’lgan.
       Shunchalik fazilat va manoqiblar egasi bo’lishi bilan birga Huzayfa Alloh taoloning azobidan qattiq qo’rqar, qiyomat jazosiga ro’baro’ kelishdan bag’oyat xavfsirardi. U og’ir xastalikka duchor bo’lib, hayotining so’nggi lahzalarini kechirayotgan tunlarning birida ziyoratga kelgan sahobalardan vaqtni so’raydi. Ashoblar "Biz tongga yaqinmiz", deb javob beradilar. Huzayfa deydi:
       - Meni do’zax azobiga giriftor etadigan tongdan Allohdan panoh tilayman... Meni do’zax azobiga giriftor etadigan tongdan Allohdan panoh tilayman...
       So’ng ulardan "Kafan keltirdingizmi?" deb so’raydi. Tasdiq javobini eshitgach:
       - Qimmatbaho va nafis matolarni sarflamang. Agar Allohning huzurida men uchun yaxshilik bo’lsa, nafisliklar o’sha yerda berilur. Agar yomonlik bo’lsa, oddiy kafandan ham mahrum bo’lurman, - deydi va biroz tin olib, robbisiga yuzlanadi:
       - Allohim, o’zingga ma’lum, men faqirlikni boylikdan, kamtarlikni izzatdan, o’limni hayotdan afzal ko’rganman.
       Uning oxirgi so’zlari shunday bo’ladi:
       - Orziqib kutilgan habib keldi. Nadomat chekkan najot topmas...
       Alloh subhonahu va taolo Huzayfa ibn Yamonni rahmatiga olsin. Batahqiq, u insonlar uchun o’rnakka arzigudek zot edi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 19 Dekabr 2009, 21:34:17
UQBA ibn OMIR al-JUHANIY

Uzoq vaqt orziqib kutilgan intizorlikdan so’ng nihoyat Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Yasrib tepaliklariga yaqinlashib kelyaptilar... Mana, Madinai Munavvaraning aholisi, ko’cha-ko’ylarda, uylarning tomlari ustida Rahmat Payg’ambari va birodari Siddiqning tashrifidan boshlari osmonda, tinmay "œLa ilaha illalloh", "œAllohu akbar" deb qichqiryaptilar. Qizaloqlar qo’llarida doira, ko’zlarida bitmas-tuganmas zavqu shavq bilan kuylayaptilar:

Rasululloh to’lin oydek nur sochib,
Chiqib keldi Saniyyatul-Vado’dan.
Shukr aytmoq lozim bizga har lahza,
Biron kimsa qo’l uzmasin duodan.

(E. Usmon tarjimasi)


Mana, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ulovlari asta-sekin izdihomni yorib bormoqda. Diydor ko’rish nasib etgan ko’zlarda sevinch porlaydi. Qalblar quvonch va sururga to’la
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 19 Dekabr 2009, 21:35:39
Uqba ibn Omir al-Juhaniy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Madinaga kirib kelishlarini ko’rish, u kishini kutib oluvchilar safida bo’lish baxtiga erisholmadi. Тo’g’ri, u ham Allohning elchisini uzoq vaqt shaharda turib kutgan edi, biroq bu muddatda qo’y-qo’zilari och qolib, ozib-to’zib ketgan, shunda chorvaning yoppasiga nobud bo’lishidan cho’chib, podani vodiydagi yaylovga haydab ketgandi. Madinani qamrab olgan quvonch shahar ichiga sig’may tez fursatda atrof-javonibdagi qishloqlarga ham tarqaldi. Хabar Uqbaning qulog’iga yetib borganda, u yiroq dashtda qo’y boqib yurardi.
So’zni Uqba ibn Omirga beraylik, Sarvari olam bilan uchrashuvini o’zi gapirib bera qolsin.
Uqba aytadi:
- Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelgan paytlarida men uzoq yaylovda qo’y boqib yurardim. Bu xabar qulog’imga chalingan zahoti, hamma narsani tashladim-da, u kishining ziyoratlariga shoshildim. Boriboq:
- Yo Rasululloh, men sizga bay’at beraymi? - dedim.
Janobimiz:
- Siz kimsiz? - deb so’radilar.
- Uqba ibn Omir al-Juhaniyman, - javob berdim men.
- Siz hijrat bay’atini tanlaysizmi, a’robiylarnikinimi? - dedilar u kishi.
- Hijrat bay’atini, - dedim va muhojirlar qaysi amallarni qilishga, qaysilaridan qaytishga so’z bergan bo’lsalar, men ham o’shalarga va’da berdim. Shu tunni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yonlarida o’tkazib ertalab yaylovga qaytdim.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 19 Dekabr 2009, 21:36:40
Biz yiroq dala-dashtlarda qo’y boqib yurgan o’n ikkita musulmon qo’ychivon edik. Bir kuni bittamiz:
- Agar biz shu ahvolda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga bormasdan yuravevrsak, holimizga voy. Keling, har kuni galma-galdan Yasribga qatnaylik. Axir biz ham dinimizni chuqurroq o’rganaylik, samodan nima vahiy tushyapti, xabardor bo’laylik. Ketgan odamning qo’yini birontamiz boqib turamiz, - deb taklif kiritdi.
Hamma yakdillik bilan rozi bo’ldi.
- Mayli, siz navbatma-navbat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib kelavering. qo’yingizga men qarab turaman, - deb dashtda qolishni bo’ynimga oldim, chunki qo’ylarimni birovga tashlab ketishga sira ko’zim qiymasdi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 19 Dekabr 2009, 21:37:44
Shunday qilib cho’pon birodarlarim qo’ylarini menga qoldirib, birma-bir Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yonlariga qatnay boshlashdi. Kim qaytib kelsa, darrov oldiga borar, ko’rgan-eshitganlarini so’rab-surishtirar, shariatning yangi ahkomlarini o’rganardim. Ajabki, xabarlarni eshitganim sayin qalbimda Madinaga jo’nash istagi kuchayardi. Bir kuni o’zimga dedim:
- Sho’ring qursin, mana shu na et bitadigan, na jir bitadigan qoq suyak qo’ylaringni deb Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning suhbatlaridan, bevosita o’zlarining og’izlaridan din o’rganish baxtidan mahrum bo’lyapsan.
Keyin darhol narsalarimni yig’ishtirib, bundan buyon Allohning elchisidan aslo ajralmaslikka ahd qilib. Madinaga yo’l oldim.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 19 Dekabr 2009, 21:38:48
Uqba ibn Omir eng to’g’ri va qat’iy qarorni qabul qilayotib, bir necha yillardan so’ng ashobi kirom ulamolarining akobirlaridan, qoriyu qurrolarning shayxlaridan, muhim g’alabalarga erishadigan lashkarboshilardan, islomning adolatparvar voliylaridan bo’lib yetishishini mutlaqo o’ylamagandi. Hamma qo’ylarini tashlab, Alloh va Rasul sari ketayotib, bir kun kelib "œUmmud dunyo" - "Dunyoning onasi" deb ataladigan Damashq fathida ilg’or qo’shin safida qatnashishini, yangi zabt etilgan shaharning Тumo nomli darvozasi yonidagi go’zal bog’dan uy-joy uchun yerga ega bo’lishini xayoliga ham keltirmagandi. Vaqt o’tishi bilan yashil olam zumurradi hisoblapmish Misr g’alabasida sarkardalardan biri sifatida ishtirok etishini va u yerda voliy bo’lib qolishini, Muqattam tog’i etagidagi odmigina hovlida joylashishini tasavvur ham qilmagandi. Bularniig bari g’ayb ishlaridan bo’lib, ularni Alloh taolodan boshqa hech kim bilan olmaydi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 19 Dekabr 2009, 21:41:07
Uqba ibn Omir Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan xuddi soyalaridek sirayam ajralmas, ulovga minsalar, qayerga borishlaridan qat’i nazar, jilovdorlik qilar, yayov yursalar, ketlaridan ergashardi. Ko’pincha Payg’ambar alayhissalom uni orqalariga mingashtirib olganliklari uchun "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning radifi" deya laqablanardi. Ba’zan Sarvari olam yayov, jilovni yetaklar, Uqba esa markabda qolardi.
Uqbaning hadisi:
- "Madinadagi qalin daraxtzorlar orasidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xachirlarini yetaklab borardim. Bir payt "Ey Uqba, kel, sen minaqol", deb chaqirdilar. Men avvaliga "yo’q" demoqchi bo’ldim, lekin e’tiroz qilishim Allohning elchisiga nisbatan osiylikday tuyulib, "mayli", dedim. Biz o’rin almashdik. Men biroz yurgach, yerga tushdim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Ey Uqba, men senga misli ko’rilmagan ikkita surani o’rgataymi?" dedilar. Men "Ha, albatta, yo Rasululloh", dedim. U kishi menga "qul a’uzu birobbil falaq" va "qul a’zu birobbin nos" suralarini o’qitdilar. Anchadan keyin namoz o’qidik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam imomlikka o’gib, boyagi suralarni zam qildilar. Namozdan so’ng menga:
- Bu suralarni har safar uyquga yotishingdan oldin ham, uyg’onganingdan keyin ham, albatta, o’qigin, - deb tayinladidar.
"œMen umrimning oxirigacha shundoq qildim", - deb so’zini yakunlaydi Uqba.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 19 Dekabr 2009, 21:41:39
Uqba ibn Omir asosan ilm va jihodga katta ahamiyat berardi. Bu yo’lda bor kuch-g’ayratini, molu dunyosini ayamay sarflardi. U ilm sohasida yuksak cho’qqilarni zabt etgandi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ilm chashmalaridan beqiyos bahra olgan, buning barakotidan qori, muhaddis, faqih, faraziy (meros ilmi olimi), adib, shoir va notiq bo’lib yetishgandi. Qolaversa, Qur’oni Karimni eng go’zal tilovat qiluvchi zotlardan edi. Тun qorong’usi kirib, atrof-muhit sukutga cho’mgach, Alloh taoloning kitobi uzra muk tushib, qiroat qilardi. Тevaragiga sahobai kiromlar jamlanib, jon quloqlari bilan oyatlar tilovatini tinglashar, qalblari huzurlanib, ko’zlaridan duv-duv yosh tomardi.
Bir-kuni Umar ibn Хattob Uqbani chaqirib, Allohning kitobidan o’qib berishni so’radi. "Bosh ustiga, ey amirul mo’minin", dedi u va Rob taoloning barchani barobar lol qoldirgan mo’’jizakor kitobidagi oyatlarni mayin ovoz bilan tilovat qila boshladi. Hassos qalb sohibi xalifa Umar oyatlar ta’siridan uzoq vaqt yig’ladi. Azbaroyi ko’z yoshlaridan soqoli ho’l bo’lib ketdi.
Uqba keyingi avlodga o’z qo’li bilan ko’chirgan mushafni meros qoldirgan edi. Bu mushaf yaqin-yaqingacha Ukba ibn Omir nomi bilan ataladigan jome’ada saqlanib kelardi. Uning oxirida "Uqba ibn Omir kitobat etdi" degan yozuv bor edi. Baxtga qarshi biz g’ofillar uni ko’pgina meroslarimiz qatori yo’qotib qo’ydik, qo’ldan boy berdik.
Endi jihod haqida gapiradigan bo’lsak, Uqba ibn Omir Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Uhud va undan keyingi barcha g’azotlarda ishtirok etdi. Yolg’iz shu xabarning o’zi uning jihod sohasida nechog’lik ulkan nasiba sohibi ekanini tushunib olishga kifoya qiladi. U islom lashkarining eng jasur va qo’rqmas jangchilaridan edi. Damashq fathida mislsiz qahramonliklar ko’rsatgan, buning mukofotiga lashkarboshi Abu Ubayda ibn Jarroh uni Umar ibn Хattobga g’alaba xushxabarini yetkazish uchun Madinaga yuborgandi. Uqba bu jumadan keyingi jumagacha, sakkiz kecha-kunduz tinmay yo’l bosib, xalifaga buyuk fath bashoratini keltirgandi.
Bundan tashqari, Uqba Misr diyorini fath etgan qo’shinning sarkardalaridan biri edi. O’sha xizmatlari uchun amirul mo’minin Muoviya ibn Abu Sufyon uni Misrga voliy etib tayinlagan, uch yildan so’ng O’rtayer dengizi sohilidagi Rudus jazirasiga jihodga jo’natgandi. Uqba ibn Omir Alloh yo’lida jihod qilishni jon-dilidan sevar, shuning uchun jihod haqidagi hadislarni hammasini yod olgandi va bu mavzudagi xabarlarni rivoyat etishda tengi yo’q edi. U kamondan o’q uzish san’atini bekamu ko’st egallagan, mabodo dam olmoqchi bo’lsa, kamon otish bilan hordiq chiqarardi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 19 Dekabr 2009, 21:42:22
Uqba ibn Omir Misrdaga uyida o’lim to’shagida yotganida o’g’illarini to’plab, vasiyat qildi:.
- Bolalarim; men sizlarni uch narsadan qaytaraman, yaxshilab qulog’ingizga quyib oling. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini ishonchli bo’lmagan kishidan qabul qilmang. Egningizda birgina yupun yaktak qolgan taqdirda ham aslo birovdan qarz so’ray ko’rmang. She’r yozishga berilib ketmang, Qur’oni Karim tadabburidan g’ofil qolasiz.
Vafot etgan mujohidni Muqattam etagiga dafn qildilar. Uning qoldirgan buyumlarini tekshirib ko’rganlarida yetmishdan ortiq kamon topdilar. Har birining yoniga sadoq to’la o’q qo’yilgan va ulardan Alloh yo’lida foydalanish vasiyat qilingan edi.
Alloh azza va jalla olim, g’oziy, qori Uqba ibn Omir al-Juhaniyning yuzini munavvar aylasin, unga islom va musulmonlar nomidan ajri azimlar ato etsin.
 
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 19 Dekabr 2009, 23:05:47
ABU UBAYDA ibn al-JARROH

Har bir ummatning o’z ishongan kishisi bo’ladi.
Bu ummatning ishongan kishisi Abu Ubaydadir

Muhammad Rasululloh


U ochiq chehrali, istarasi issiq, jussasi ozg’in, soqoli siyrak kishi edi. Ko’rgan odamning ko’zi quvonar, qalbida yana qayta uchrashuvga shavq pando bo’lar va u haqida iliq taassurot uyg’onardi. Bundan tashqari, nihoyatda xushmuomala, sertavoze, g’oyatda uyatchan edi, lekin ahvol og’irlashib, vaziyat keskinlikni talab qilsa, go’yo g’azabnok arslonday, uni tanib bo’lmay qolardi. U o’zining dadil va o’ktam xatti-harakatlari bilan keskir qilichga mengzardi.
Bu odam Muhammad alayhissalom ummatining eng ishoichli vakili Abu Ubayda kunyasi bilan mashhur Omir ibn Abdulloh ibn al-Jarroh al-Fihriy al-Qurashiydir. Abdulloh ibn Umar uni quyidagicha ta’riflagan:
Quraysh qabilasida uch kishi borki, ular insonlarning eng ochiq chehrali, go’zal ahloqli va hayoliroqlaridir. Agar sizga gapirgudek bo’lsalar, bir luqma ham yolg’on qo’shmaslar. Agar siz ularga gapirsangiz, sizni yolg’onchiga chiqarmaslar. Bular Abu Bakr Siddiq, Usmon ibn Affon va Abu Ubayda ibn al-Jarrohlardir.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 19 Dekabr 2009, 23:06:34
Abu Ubayda islomni eng avval qabul qilgan musulmonlardan edi. Abu Bakr Siddiqdan bir kun keyin, u kishining da’vati bilan dinga kirgan va Abdurahmon ibn Avf, Usmom ibn Maz’un, Arqam ibn Abu Arqam bilan birga Payg’ambar alayhissalomning huzurlariga borib, haq kalimasini aytgan, shunday qilib buyuk islom binosini bunyod etishlik uchun qo’yilgan eng avvalgi g’ishtlardan bo’lgan edi.
Abu Ubayda Makkada ilk islom shu’lalari tarala boshlagan ondan tortib og’ir sinovlarni boshidan kechirdi. Peshqadam mususlmonlar qatori turli xil zulmu bedodliklar, haqoratu tazyiqlar, g’amu alamlarni totib ko’rdi-ki, Yer yuzidagi bironta din tarafdori bundoq sinovlarga duchor etilmagandi. Ular esa bu sinovlarga mardonavor dosh berishdi, har qancha ahvollari tang, holatlari ayanchli bo’lsa ham Alloh taolo va Payg’ambar alayhissalom janoblariga bergan va’dalariga sodiq qolishdi. Ammo Badr jangi Abu Ubaydani yetti uxlab tushiga kirmagan, inson zoti tasavvur qilishdan ojiz bo’lgan nihoyatda mushkul imtihonga ro’para etgandi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 22 Dekabr 2009, 20:45:52
Badr kuni Abu Ubaydaning dushmanlar safini parokanda etishlikda ko’rsatgan jangovar mahorati mushriklar qalbiga g’ulg’ula soldi. U xuddi o’limni pisand qilmayotganday jangning eng qonli tus olgan nuqtalarida hozir bo’lar, quraysh suvoriylari esa, unga yuzma-yuz kelishdan o’zlarini olib qochardilar...
Ammo ular orasida bir kishi Abu Ubaydani yakkama-yakka olishuvga chorlab, bot-bot oldidan kesib chiqar, Abu Ubayda esa har safar unga yo’liqqanida otining jilovini chetga burardi. Haligi odam xira pashshaday Abu Ubaydani ta’qib qilishdan charchamas, u bo’lsa yakkama-yakka jangdan chetlanishini qo’ymasdi. Nihoyat, taqib qiluvchi niyatiga yetdi. Abu Ubaydaning ro’parasiga ko’ndalang turib olib, Allohning dushmanlariga qarshi jihod qilishdan yo’lini to’sib qo’ydi. So’qishdan o’zga iloj topolmagan mujohid qilichining bir zarbi bilan raqibining kallasini qoq ikkiga bo’lib tashladi.
"O’ziga o’zi o’lim tilab olgan kishi kim bo’ldi ekan?" deb boshingizni qotirib o’tirmang, ey muhtaram o’quvchi. Avval boshdayoq bu imtihonni inson bolasi tasavvur qilishdan ojiz deb aytmaganmidim?! Тixirligi boshiga yetgan kishi Abdulloh ibn al-Jarroh, Abu Ubaydaning otasi bo’lsa nima deysiz?!
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 22 Dekabr 2009, 20:48:04
Abu Ubayda otasini qatl qilgani yo’q, balki otasining shaxsidagi shirkni o’ldirdi. Shu bois Alloh subhonahu va taolo ota-bola o’rtasidagi mojaro haqida quyidagi oyatni nozil qildi:
"Allohga va qiyomat kuniga iymon keltiradigan qavmning Alloh va Uning payg’ambari chizgan chiziqdan chiqqan kimsalar bilan - garchi ular o’zlarining otalari yoki o’g’illari, yoki og’a-inilari, yoki qarindosh-urug’lari bo’lsalar-da — do’stlashayotganlarini topmassiz. Ana o’shalarning dillariga (Alloh) iymonni bitib qo’ygandir va ularni O’z tomonidan bo’lgan Ruh — Qur’on bilan quvvatlantirgandir. U zot ularni ostidan daryolar oqib turadigan, ular mangu qoladigan jannatlarga kiritur. Alloh ulardan rozi bo’ldi va ular ham (Allohdan — U zot bergan ajr-kukofotlardan) rozi bo’ldilar. Ana o’shalar Allohning xizbidirlar. Ogoh bo’lingizkim, albatta Allohning xizbi (bo’lgan zotlargina) najot topguvchidirlar!" ("Mujoda" surasi, 22-oyat).
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 29 Dekabr 2009, 14:58:34
Abu Ubaydani bu og’ir imtihondan yorug’ yuz bilan o’tishi, aytarli, ajablanarli hol emas edi. Uning Allohga bo’lgan iymoni shu qadar baquvvat, o’zi dinga shunchalik sodiq va Muhammad alayhissalom ummati o’rtasida shu darajada ishonchga sazovor, omonatga vafodor ediki, hatto Alloh taoloning nazdida buyuk maqomga ega bo’lgan zotlar ham unga havas qilishardi.
Muhammad ibn Ja’far hikoya qiladi:
Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga nasroniylar guruhi kelib:
- Yo Abul Qosim, biz o’rtamizdagi molni taqsimlay olmay, bir-birimiz bilan salkam jiqqamusht bo’layozdik. Siz, musulmonlar, to’g’riso’z, omonatdor odamlarsiz. Shuning uchun biz bilan o’zingiz ishongan odamni yuborsangiz, u bizga mollarimizni adolat bilan taqsimlab bersa, - deb iltimos qilishdi.
- Ertaga kelinglar, men siz bilan eng ishonchli odamimni yuboraman, - dedilar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam.
Davomini Umar ibn Хattobdan eshiting:
- Ertasi kuni peshin namozini o’qishga masjidga keldim. Хudo haqqi, men umrim bino bo’lib, bironta masalada qozilik qilishni istamagandim, lekin o’sha kuni "Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ishonchli kishisi" nomini olish uchun bu vazifani menga topshirilishini ich-ichimdan xohladim...
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizga peshinni o’qib bergach, orqalariga o’girildilar. Ko’zlari bilan odamlar orasidan kimnidir izlay boshladilar. Men umid bilan bo’ynimni cho’zib qarab turardim. Rasulullohning nigohlari Abu Ubaydaga tushib, uni chaqirdilar. So’ng:
Mehmonlar bilan borib, ular kelisha olmayotgan masalani adolat bilan hal qilib ber, - deb tayinladilar.
Men "Uloqni Abu Ubayda ilib ketdi", deb qo’ydim.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 29 Dekabr 2009, 14:59:19
Abu Ubayda faqat omonatdor bo’libgina qolmay, jismonan ham nihoyatda baquvvat edi. Uning jismoniy quvvati bir necha musulmonlarga qo’l kelgan edi.
Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sahoblaridan bir guruhini Quraysh qabilasiga tegishli karvonni qo’lga kiritish uchun yubordilar. Guruhga Abu Ubaydani amir qilib sayladilar va askarlarning ozuqasi uchun bir qop xurmo berdilar, Ochig’ini aytganda, o’sha paytda boshqa taomning o’zi ham yo’q edi. Abu Ubayda butun safar mobaynida kuniga har bir kishiga bittadan xurmo berib turar, ular esa kun bo’yi xurmoni shimib, ustidan suv ichib yurishardi. Bir kecha-kunduzlik tamaddi shundangina iborat edi va bu ashoblarga kifoya qilardi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 29 Dekabr 2009, 15:00:11
Musulmonlar qo’shini chekinib, vaqtinchalik muvaffaqiyatdan hovliqib ketgan bir zo’ravon mushrik:
Qani Muhammad? Menga Muhammadni ko’rsatib qo’yinglar, - deb tomoq yirtib qichqirgan Uhud jangini eslang.
Shunday qaltis holatda ham Abu Ubayda joyidan jilmagandi. 'Тo’qqiz nafar birodari bilan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni himoya qilish uchun mushriklarning nayzalariga ko’kragini qalqon qilgandi. Lekin bu ehtiyot choralari Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni aziyatlardan asrab qololmadi. U zotning muborak qoziq tishlari sinib, peshonalari yorildi. Egnilaridagi titilib ketgan sovutning ikki simi lunjlariga kirib, chuqur botdi. Abu. Bakr Siddiq endi simlarni sug’urib tashlamoqchi bo’lganida Abu Ubayda:
Azbaroyi xudo, bu ishni menga qo’yib bering, - deb iltimos qiddi.
U qo’lini ishga solsa, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning jonlari og’rishidan cho’chib, sovutning simini mahkam tishlab tortdi. Sim sug’urildi, lekin jon-jahdi bilan tishlash natijasida Abu Ubaydaning kurak tishi sinib ketdi. So’ng u ikkinchi kurak tishini qurbon qilish badaliga Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yuzlaridan ikkinchi simni ham sug’urib tashladi.
Abu Bakr bu voqeani eslaganida "Abu Ubayda kurak tishi yo’q kishlnlarning eng chiroylisidir", deb qo’yardi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 29 Dekabr 2009, 15:04:51
Abu Ubayda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qatnashgan janglarning hammasida ishtirok etdi. So’nggi lahzalargacha Payg’ambar alayhissalomning eng yaqin mulozimlaridan bo’lib qoldi.
Saqifa kuni (Abu Bakr Siddiq xalifa etib saylangan kun) Umar ibn Хattob:
- Qo’lingni ber, men senga bay’at qilaman, chunki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam "Har bir ummatning o’z ishonchli kishisi bo’ladi, bu ummatning eng ishonchli kishisi sensan" degandilar, - deb Abu Ubaydaga xalifalik lavozimini taklif qilganda, u:
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozda imom bo’lishlikka buyurgan va to payg’ambarimiz vafot etgunlariga qadar imomgarchilik qilgan bir odam turgan joyda menga xalifalikka yo’l bo’lsin, - deb kamtarlik qilgandi.
Shundan keyin Abu Bakr Siddiqqa itoat izhor etilib, bayat qilindi. Abu Ubayda haq yo’l uzra uning xolis nasihatgo’yi, xayrli ishlarida yelkadosh yordamchisi bo’ldi. Abu Bakr xalifalikni o’zidan so’ng Umar al-Foruqqa vasiyat qilib ketdi. Abu Ubayda hazrati Umarga ham itoatda bo’ldi, sira o’zboshimchalik qilmadi. Тo’g’ri, bir marta u xalifaming buyrug’iga bo’ysunmadi.
Abu Ubayda musulmonlar amiriga itoat etishdan bosh tortgan farmon nima haqida edi?
Voqea Shom diyoriga yuborilgan Abu Ubayda ibn al-Jarroh sarkardaligi ostidagi musulmonlarning zafar yor qo’shini ketma-ket g’alabaga erishib, shomiy shaharlarni hammasini fath etib, sharqdan Frot daryosi yoqasiga, shimoldan Kichik Osiyo chegarasiga yetib kelgan paytda ro’y berdi. Shu vaqtda Shom bo’ylab dahshatli vabo tarqalib, kuniga minglab odamlarning yostig’ini qurita boshladi. Bu mudhish xabar hazrati Umarning qulog’iga chalinishi bilan Abu Ubaydaga quyidagi mazmunda maktub yo’lladi:
- "Biz mushkul ahvolga tushib qoldik. O’zing kelib yordam bermasang bo’lmaydi. Miktubim senga tunda yetib borsa, tong otishini kutib o’tirmay, yo’lga tush. Agar kunduzi yetib borsa, shu zaxoti oyog’ingni qo’lingga olib, shamolday yel".
Abu Ubayda xatni o’qib chiqib:
- Halifaning menda qanday ishi borligini sezib turibman. U bir insonning ajalini kechiktirishga behuda urinyapti, - dedi.
So’ng qo’liga qalam olib, javob xatini yozdi:
- "Amirul mo’minin janoblari, meni nima maqsadda chaqirtirganingizni his etib turibman. Men musulmonlar qo’shinining bir askariman. Ularning boshiga ne kun tushsa, mening ham taqdirim o’shadir. Boshga tushganni ko’z ko’radi. Alloh peshonamga yozib qo’ygan ish sodir bo’lguncha, lashkardan ajralmayman. Sizdan o’tinib so’rayman, avvalgi buyrug’ingizni bekor qilib, meni shu yerda qolishimga ijozat bersangiz".
Maktubni o’qigan hazrati Umarning ko’zlari jiqqa yoshga to’ldi. Buni ko’rib atrofdagilar xavotir ichra:
- Abu Ubayda halok bo’libdimi? -  deb so’rashdi.
- Yo’q, - dedi xalifa, - lekin u o’lim bilan yuzma-yuz turibdi.
Amirul mo’minnining gumoni to’g’ri chiqdi — mudhish vabo Abu Ubaydani ham o’z domiga tortdi. O’limi yaqinlashganini sezgan sarkarda qo’shinni to’plab, ularga qarata dedi:
- Vasiyatimni tinglang, birodarlar. Aytganlarimni qabul qilsangiz, o’zingizga yaxshi. Namozni doimo ado etib boring, Ramazon ro’zasini tuting, haqdorlarga zakotu sadaqasini bering, haj va umra qiling, bir-biringizni haqqa, yaxshilikka chorlang, rahbarlaringizdan samimiy maslahatingizni ayamang, sizlarni o’tkinchi dunyo aldab qo’ymasin. Chunki inson ming yil umr ko’rsa ham hozir meni changalida tutib turgan o’likdan qochib qutulolmaydi... Sizlarga Allohning salomi va rahmati bo’lsin.

So’ng Muoz ibn Jabalga yuzlandi:
- Ey Muoz, odamlarga imom bo’lib, namoz o’qib bering.
Namozga buyurishlik Abu Ubaydaning so’ngi so’zlari bo’ldi.
Janoza namozidan keyin Muoz to’planganlarga va’z qildi:
Musulmonlar, siz bir birodaringizdan judo bo’ldingiz. Хudo haqqi, men sofdillikda, yomonlikdan yiroq yurishda, oxiratga muhabbatda va musulmonlarga yordam berishda uning oldiga tushadigan kishini ko’rganimni eslay olmayman. Marhumning haqqiga duo qiling, ey Allohning rahmatiga sazovor bo’lgurlar!

Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 30 Dekabr 2009, 06:02:53
ABDULLOH ibn MAS’UD

Kimki Qur’onni huddi nozil
bo’lganiday qilib o’qishni istasa
Ummu Abd o’g’lidan o’rgansin.

Muhammad Rasululaoh


O’sha kezlarda u balog’at yoshiga ham yetmagan yigitcha edi. Makka vodiylarida quraysh zodagonlaridan biri Uqba ibn Muaytga tegishli qo’ylarni boqib yurardi. Odamlar uni "Ummu Abd o’g’li" deb chaqirishardi. Asl ismi esa Abdulloh bo’lib, Mas’udning o’g’li edi.

Qavmdoshlaridan biri payg’ambarlikni da’vo qilayotgani to’g’risidagi xabar Abdullohning ham qulog’iga chalingan, biroq u, bir tarafdan, yosh bolaligi uchun, boshqa tarafdan, Makka muhitidan yiroqligi sabab bu gaplarga unchalik ahamiyat bermagandi. U tong yorishar-yorishmas qo’ylarni haydab ketib, obdon qorong’u tushib bo’lgachgina qaytib kelishga odatlangandi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 30 Dekabr 2009, 06:04:12
Bir kuni qo’y boqib yurgan Abdulloh uzoqdan uning tarafiga qarab kelayotgan ikkita odamni ko’rdi. Ular yaqinlashishdi. Har ikkisi qattiq charchagan, azbaroyi tashnalikdan lablari quruqshab qolgandi. Yo’lovchilar Abdullohning oldida to’xtab, salom berishdi va:
Ey bola, biz nihoyatda chanqadik, qo’ylaringdan birini sog’ib bersang-chi, - deb iltimos qilishdi.
Cho’pon bola ko’nmadi.
- Yo’q, - dedi u, - men bunday qilolmayman. Bu qo’ylar meniki emas, birovning omonati...
Тaajjubki, sut talab qilganlar rad javobini eshitib, xuddi iltimoslari qondirilganday bolaga rozilik nazari bilan boqishdi. Bittalari:
- Menga hali qochmagan bironta qo’zini ko’rsatgin, - dedi.
Abdulloh shundoqqina yonida o’tlayotgan qo’zichoqqa ishora qildi. Haligi odam qo’zini tutib oldi-da, Allohning ismini zikr qilib, yelinini ohista silay boshladi. Yigitcha xayrat ichida o’zicha "Qachondan buyon qochmagan qo’zichoqlar sut beradigan bo’lib qoldi", deb o’yladi, ammo shu yerda mo’’jiza yuz berdi! Qo’zining yelini astalik bilan shishdi. Keyin undan quyuq sut oqa boshladi. Chetda turgan kishi yerdan chuqurchoqli toshni oldi. Unga sut to’ldirib, o’zi ham, sherigi ham ichdilar. Abdulloh ular uzatgan sutni qo’liga olar ekan, hanuz ko’zlariga ishonmasdi...
Uchchovlari obdon sutga qongach, mo’’jizakor kishi "Aslingga qayt", dedi. Yelin kichrayib, asl holiga qaytdi. Shunda Abdulloh bu odam oddiy inson emasligini tushundi. Yurak yutib:
- Boyagi aytgan so’zingizni menga ham o’rgatib qo’ying, - dedi.
U kishi:
- Albatta o’rgataman, - deb javob berdi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 30 Dekabr 2009, 06:05:11
Yuqoridagi hodisa Abdulloh ibn Mas’udning islom bilan birinchi uchrashuvi edi. Chunki ilohiy mo’’jiza sohibi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o’zginasi, hamrohlari esa sodiq sahoba Siddiq roziallohu anhu bo’lib, ular Quraysh tomonidan yetkazilayotgan to’xtovsiz ozorlardan qisqa muddat bo’lsa-da, tin olib, bemalolroq ibodat qilish uchun Makka daralariga xilvatroq joy qidirib chiqishgandi.
Хuddi Abdullohda ikki hamrohga nisbatan muhabbat uyg’onganiday, ular ham cho’pon bolani yoqtirib qolishdi. Undagi omonatni, qatiylikni ko’rib, olijanob yigitchaga yo’liqishganini bilishdi.
Ko’p o’tmay Abdulloh islomga kirdi va Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan bironta vazifaga tayinlashlarini iltimos qildi. Nabiy alayhissalom uni xos xizmatlariga qo’ydilar. Shu kundan e’tiboran sobiq cho’pon bola butun xalqlar va ummatlar sayyidining sodiq xodimiga aylandi. U Payg’ambar alayhissalomning yonlaridan aslo jilmadi. Shaharda ham, safarda ham, uyda ham, ko’chada ham doimiy hamrohlari bo’ldi. Uxlasalar qo’riqlar, g’usl qilsalar to’sib turar, tashqariga chiqmoqchi bo’lsalar poyafzallarini kiydirar, ichkariga kirishni istasalar oyoq kiyimlarini yechib qo’yar, yonlarida hassa va misvoklarini ko’tarib yurar, hujralariga kirib ketsalar eshiklarining tagida turardi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam unga xohlagan paytida hech xijolat chekmasdan huzurlariga kirishga ruxsat bergandilar. Ayrim sirlaridan voqif ham qilardilar. Shuning uchun unga "Rasululloh sirlarining sohibi", deya murojaat etishardi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 30 Dekabr 2009, 06:07:48
Abdulloh ibn Mas’ud Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xonadonlarida o’sib-ulg’aydi. U kishidan ta’sirlandi, o’rnak oldi, har bir xislatlarida ergashdi. Abdulloh haqida ko’plar "Хulq-atvor jihatidan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga eng o’xshash inson", deyishadi.
Ibn Mas’ud Payg’ambar alayhissalominig madrasalarida ta’lim oldi. Sahobalar ichidagi eng kuchli qorilardan, oyatlar mazmunini to’liq biladigan tafsirchilardan, shariat ilmining donishmandlaridan bo’lib yetishdi. So’zimizga dalil qilib bir hikoyani keltiramiz.
Umar bnn Хattob haj mavsumida Arafot tog’ida turardi. Uning yoniga bir kishi kelib:
- Ey amirul mo’minin, men Ko’fadan, keldim. Bizning shahrimizda Qur’onni yoddan aytib, sahifalarga yozdiradigan bir kishi bor, - dedi. Хalifa nihoyatda qattiq g’azablandi. Хatodan xoli bo’lmagan xotirasiga ishonib, imlo qilish jarayonida ayrim Qur’oniy kalimalarni tushirib qoldirib yoinki begona so’zlarini qo’shib yuborib, Allohning kitobi xususida ixtilof va shubhalar tug’dirishi mumkin bo’lgan kishining ta’zirini berib qo’yish maqsadida:
- Kim ekan u sho’ring qurg’ur? - deb so’radi,
- Abdulloh ibn Mas’ud, - dedi haligi kishi.
Хazrati Umar javobni eshitishi bilan olovga suv sepilganday g’azabdan tushdi. So’ng:
- Ha, shunday demaysanmi? Хudo haqqi, Yer yuzida Qur’onni imlo qilib yozdirishga ibn Masuddan ko’ra loyiqroq odam borligini bilmayman. Men senga bir voqeani aytib beray, eshit,- dedi va qissasini boshladi:
- Bir kecha Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Abu Bakr bilan musulmonlar hayoti xususida maslahatlashib o’tirgandilar. Men ham ularning suhbatida ishtirok etayotgandim. Vaqt allamahalga borganda biz hujradan chiqdik. Qarasak, masjidning bir burchagida kimdir namoz o’qiyapti. Тun qorong’usida kimligini darrov aniqlay olmadik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uch-to’rt qadam yurib to’xtadilar. Haligi odamning qiroatiga birpas quloq tutib turgach, bizga qarab:
- Kimki Qur’onni xuddi nozil bo’lganiday qilib o’qishni istasa, Ummu Abd o’g’lining qiroati bo’yicha o’qisin, - dedilar.
Abdulloh namozini tugatib, qo’lini duoga ochdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
- So’ra, Alloh so’raganingni beradi. Duo qil, duoing qabul, - deb turdilar.
Men ertaga albatta Abdullohning oldiga borib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uning duosiga "Omin" deb turganlarini aytib, suyunchilashni ko’nglimga tugib qo’ydim. Тong otgach, kechagi gaplarni egasiga yetkazish uchun jo’nadim, biroq Abu Bakr epchillik qilib, bor voqeani ipidan ignasigacha aytib bulgandi.
Хudo haqqi, qachon men Abu Bakr bilan biron-bir yaxshilik yo’lida musobaqalashsam, albatta, u g’olib chiqardi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 30 Dekabr 2009, 06:12:28
Abdulloh ibn Mas’ud Qur’on ilmini mukammal bilardi va uni hech kimdan yashirmasdan, shundoq derdi:
- O’zidan boshqa iloh bo’lmagan Allohga qasamki, Qur’oni Karimdan qaysi oyatni olmang, men uni qayerda va qay sabab bilan nozil bo’lganini bilaman. Agar Yer yuzida Allohning kitobini mendan ko’ra yaxshiroq biluvchi odam bo’lib, uning oldiga yetishning imkoniyati bo’lsa, men, albata, o’sha kishiga shogird tushardim.
Ibn Mas’udning bu gapida sira mubolag’a yo’qligini quyidagi xabardan bilib olasiz.
Umar ibn Хattob safarlarining birida notanish karvonga duch keldi. Тunib yarmi, xammayoqni zulmat qoplagan. Jarchi Umarning buyrug’i bilan karvondagilardan "Qayerdan kelyapsiz?" deb so’radi. "Fajjul atiqdam" ("Chuqur vodiy" - Madina), javob keldi u tarafdan.
- Qayoqqa ketayapsiz?
- "Baytul atiqqa" ("Eski Uy" - Ka’ba).
"Shubhasiz ularning ichida olim odam bor", o’yladi hazrati Umar va jarchiga savolda davom etishni amr qildi.
- Qur’ondagi eng ulug’ oyat qaysi?
- Allohu la ilaha illa huval hayyul qoyyum. La ta’xuzuhu sinatun va la navm (Allohdan o’zga hech qanday tangri yo’q. Faqat uning o’zi bordir. U tirik va abadiy turguvchidir. Uni na mudroq va na uyqu oladi). ("Baqara" surasi, 255-oyat).
- Qur’onning eng hikmatli oyati qaysi?
- Innalloha ya’muru bil’adli val ihsani va iytoi zil qurbo... (Albatta, Alloh adolatga, chiroyli amallar qilishga va qavm-qarindoshga yaxshilik qilishga buyurur). ("An-Nahl" surasi, 90-oyat).
- Qur’on ma’nolarini jamlab kelgan oyat qaysi?
- Faman ya’mal misqola zarratin hayran yarah va man ya’mal misqola zarratin sharran yarah (Bas, kim (hayoti - dunyodalik paytida) zarra misolichalik yaxshilik qilsa, (qiyomat kunida) o’shani ko’rur. Kim zarra misolichalik yomonlik qilsa, uni ham ko’rur). ("Zalzala" surasi, 7-8-oyatlar).
- Kishini doimiy xavfda bo’lishga undaydigan oyat qaysi?
- Laysa biamaniyyikum va la amaniyyi ahlil kitab. Man ya’mal suay yujza bihi va la yajid lahu min dunillahi valiyyav va la nasiro (Sizlarning xomxayollaringiz ham, ahli kitobning xomxayollari ham haq emas — kimki yomon amal qilsa, jazosini olur va o’zi uchun Allohdan o’zga na bir do’st va na bir madadkor topmas). ("Niso" surasi, 123-oyat).
- Qur’ondagi eng katta umid tug’diruvchi oyat qaysi?
- Qul yaibadiyallaziyna asrofu ala anfusihim la taqnatu mir rohmatillah. Innalloha yag’firuz zunuba jamiy’a. Innahu huval g’ofurur rohiym (Ey Muhamad), Mening o’z jonlariga jinoyat qilgan (turli gunoh-ma’siyatlar qilish bilan) bandalarimga ayting: "Allohning rahmat-marhamatidan noumid bo’lmangiz! Albatta Alloh (O’zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag’firat qilur. Albatta, Uning O’zigina mag’firatli, mehribondir"). ("Zumar" surasi, 53-oyat).
- So’nggi savolim: Abdulloh ibn Mas’ud sizning orangizdami?
- Alhamdulillah, shunday.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 30 Dekabr 2009, 06:15:05
Abdulloh ibn Mas’ud faqat qori, olim, obid, zohid bo’libgina qolmay, vaziyat talab qilsa, kuchli, jasur, qatiyatli mujohid ham edi. U Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ergashib, Qur’onni mushriklar huzurida jahriy o’qigan eng avvalgi musulmondir.
Sahobai kiromlar Makkada oz sonli va zaiflik paytlarida to’planib, suhbatlashib qolishdi. Gap orasida "œХudo haqqi, qurayshliklar hanuzgacha Qur’onni jahriy o’qilganini eshitganlari yo’q. Kim ularga Allohning kalomini eshittirib qo’yadi?" deyishdi. Abdulloh sira ikkilanmay:
- Mana, men eshittiraman, - dedi.
- Yo’q, faqat sen emas, - dedilar ashoblar bir ovozdan. - Kofirlardan har narsani kutsa bo’ladi, shuning uchun ularning yomonligidan himoya qilishga qodir qarindosh-urug’lari bor odam chiqishini xohlaymiz.
- Bu yog’idan xotirjam bo’ling. Allohning o’zi meni ulardan himoya qiladi, - dedi Abdulloh ishonch bilan va birodarlarini tark etib, masjid sari jo’nadi.
Qurayshiylar Ka’ba atrofida jamlanib o’tirishardi. Abdulloh Maqomi Ibrohim oldiga kelib to’xtadi va baralla ovoz bilan Qur’on oyatlarini tilovat qila boshladi: "Bismillahir rohmanir rohiym. Ar rohmanu allamal Qur’ana, xolaqol insana, allamahul bayan" (Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Mehribon (Alloh Muhammad payg’ambar va uning ummatlariga) Qur’onni ta’lim berdi. U zot insonni yaratib, unga (dilidagi maqsadini ayon eta olishi uchun) bayonni (nutqni) ta’lim berdi). ("Rahmon" surasi, 1-4-oyatlar).
Mushriklar oldiniga hayron bo’lishdi - nimalar deyapti bu Ummu Abd o’g’li? Birpasdan keyin tushunib qolishdi. "Ie, bu Muhammadning gaplarini gapiryaptiku", deb xuddi ilon chaqqanday sakrab turishdi. Qur’on o’qiyotgan Abdullohning yuz-ko’ziga qaramay urishga, ayamasdan tepkilashga tushishdi. Oxiri o’zlari charchab, do’pposlashni bas qilishdi. Ibn Mas’udni qonga belangan holda ko’rgan birodarlari taassuf bilan:
- Biz aynan shundoq bo’lishidan qo’rqqan edik, - deyishdi.
- Хudo haqqi, Allohning dushmanlari ko’z o’ngimda. Hech qachon bugungichalik xor-zor tuyulmagandi. Agar xohlasangiz ertaga yana o’sha yerga borib, Qur’on o’qib beraman, - dedi Abdulloh qat’iyan.
- Yo’q, bas, senga shu ham yetadi, - dedilar sahobalar.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 30 Dekabr 2009, 06:17:21
Abdulloh ibn Mas’ud Usmon roziallohu aihuning xalifalik davrigacha yashadi. Og’ir kasal bo’lib yotgan Abdullohning ziyoratiga kelgan xalifa undan hol-ahvol so’radi:
- Nnmalardan shikoyat qilasiz?
- Gunohlarimdan
, - dedi xasta.
- Ko’nglingiz nimani tusaydi?
- Robbimning rahmatini.
- Yig’ilib qolgan maoshlaringizni opkeltirib beraymi? Axir necha yildan beri sariq chaqa ham olmaysiz!
- Endi menga uning keragi yo’q!
- Hech bo’lmasa sizdan keyin qizlaringizga qolar?!

- Qizlarimni faqir bo’lib qolishlaridan qo’rqyapsizmi? Men ularga har oqshom "Voqea" surasini o’qishni buyurganman... Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytgandilarki "Kimki har oqshom "Voqea" surasini o’qishni odat qilsa, aslo mo’xtojlik ko’rmagay".

O’sha kecha Abdulloh ibi Masud qalbida Allohning yodi, tilida oyati karimalar tilovati bilan rafiqul alo dargohiga ravona bo’ldi.

Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 03 Yanvar 2010, 16:30:28
SALMON al-FORSIY

Salmon bizning ahlimizdan.
Muhammad Rasululloh


Bu qissamiz mutlaq haqiqatni qidirgan, nuri ilohiyni izlagan inson haqida....Salmon al-Forsiy roziallohu anhu qissasi. Uning tafsilotlarini gapirib berishni qahramonimizning o’ziga havola qilamiz. Har holda, hikoyani boshidan kechirgan odamning o’z og’zidan eshitish ishonchli, ham maroqlidir.
Salmon hikoyasi:
— Men Isfahonning Jabbon deb ataladigan qishlog’ida yashovchi forslardan edim. Otam qishloqning duhqoni (kadxudo, rais) bo’lib, mansabiga yarasha obro’-e’tibor va molu-davlatga ega edi. Meni jonidan ham ortiq ko’rar, yeru ko’kka ishonmasdi. Uzoqqa ketishimga aslo ruxsat bermas, hatto ba’zan uyga qamab, ustimdan qulflab qo’yardi. Men majusiylikka qattiq berilgandim. Shu sadoqatim uchun bizlar ibodat qiladigan olovdan ko’z-quloq bo’lib turish, uni muttasil, kechayu kunduz, bir laxza ham o’chib qolmasdan gurillab yonishini ta’minlash menga yuklatilgan edi.
Bizning katta yerimiz bo’lib, unda g’alla yetishtirilardi. Ekin-tikin, yig’im-terim mavsumlarida otam, asosan, dalada bo’lardi. Bir kuni otamning qishloqdagi ishlari ko’payib, hech qayoqqa chiqolmaydigan bo’lib qoldi. Meni chaqirib:
- O’g’lim, men bugun dalaga borolmayman. O’rnimga sen borib, yo’qligimni bildirmay tur, - dedi.
Men yerimizgi jo’nadim. Yo’lda nasroniylar kanisasi bor edi. Uning yonidan o’tayotib, ichkaridan har xil ovozlarni eshitdim. Bu tovushlar mening e’tiborimni tortdi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 03 Yanvar 2010, 16:34:44
Men otamnimg mehribonligi, ilgari ko’chaga hech chiqarmagani uchun ko’p narsalardan, jumladan, nasroniylik va boshqa dinlardan ham bexabar edim. Kanisadan chiqayotgan ovozlar nimani anglatishini bilishga qiziqib, ichkariga kirdim. Nasroniylar ibodati menga yoqdi. O’zimda bu dinga rag’bat sezib:
- Хudoga qasamki, ularning dini biznikidan yaxishiroqdir, - dedim.
O’sha kuni to quyosh botguncha butxonada bo’ldim. Dalaga ham bormadim. Ketar chog’i:
- Diningizni asli qayerda? - deb surishtirdim. Menga "Shomda", deb javob berishdi.
Kechkirib, uyga borganimda otam dalada nima ishlar qilganimni so’radi.
- Ey ota, men kanisada bir necha ibodat qilayotgan odamlarni ko’rib qoldim. Ularning dini menga yoqdi. Тo kechgacha o’shalar bilan bo’ldim, - dedim men.
Otamning ko’zlari ola-kula bo’lib ketdi.
- O’g’lim, esingni yig’. U dinda yaxshilik yo’q. Ota-bobolaringdan qolgan o’z dining afzal, - dedi dahshatga tushib.
- Yo’q, - qattiq turib oldim men, - ularning dini biznikidan ming marta yaxshi.
Qo’rqib ketgan otam meni dinlaridan voz kechishimdan xavfsirab, oyoqlarimga kishan urib, uyga qamab qo’ydi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 03 Yanvar 2010, 16:47:15

Men bir ilojini topib, nasroniylarga "Mabodo, ibodatxonangizdan Shomga ketayotagan karvon o’tib qolsa, menga xabar bering", deb odam jo’natdim. Ko’p o’tmay shunday xabar keldi. Men urinib-surinib, kishanni yechib tashladim. Hech kimga aytmasdan uydan chiqib ketdim. Karvonga yetib olib, ular bilan birga Shom shahriga jo’nadim. Manzilga yetiboq:
- Bu dinni eng yaxshi biladigan odam kim? - deb surishtirishga tushdim.
- Falon kanisaning usqufi (yepiskop) — dedilar menga.
Men o’sha odamni topib:
- Men nasroniylikni yoqtirib qabul qildim. Тoki dinni chuqurroq o’rganishim uchun ibodatlaringizda birga ishtirok etishimga, mulozimingiz bo’lib, xizmatlaringizni bajarib yurishimga ijozat bersangiz, - dedim.
Usquf rozi bo’ldi, oz fursat ichidayoq men uning yomon odam ekanini bilib oldim. U kishilarni sadaqaga buyurib, ulkan savoblar va’da qilar, qachonki ular biron narsani Хudo yo’lida infoq-ehson uchun tashlab ketsalar, hammasini o’ziga olib qo’yar, faqiru miskinlarga sariq chaqa ham bermasdi. Shu yo’l bilan yetti xum tillo to’plagandi. Men uni bu ishlari uchun qattiq yomon ko’rib qoldim. Shuning uchun usquf vafot etib, nasroniylar uning dafniga hozir bo’lganlarida barcha kirdikorlarini ochib tashladim.
- Sizning peshvoyingiz yaramas kimsa edi, - dedim ularga. - Sizni sadaqaga buyurardi, qiziqtirardiyu tushgan narsalarning hammasini o’zi uchun olib qo’yardi, muhtoju bechoralarga hech narsa bermasdi.
Ular menga ishonmasdan:
- Sen qayerdan bilasan? - deb so’rashdi.
Men "Yuring, sizlarga uning xazinasini ko’rsataman", dedim va ularga bo’g’zigacha limmo-lim tilloyu kumushlar bilan to’lgan yetti xum berkitilgan joyni ko’rsatdim. Nasroniylar yo’lboshchilaridan qattiq g’azablanishdi. Hatto ko’mishdan ham bosh tortib, tanasini daraxtga osib qo’yishdi. Bu ham yetmaganday jonsiz murdani toshbo’ron qilishdi.
Bir necha kundan so’ng yangi usqufni saylashdi. U dunyo matohlariga mutlaqo ko’ngilsiz, oxiratga nihoyatda muhabbatli, kechayu kunduz ibodat bilan mashg’ul shaxs edi. Men uni yoqtirib qoldim, qo’limdan kelgancha xizmatini qilib yurdim. Uning vafoti yaqinlashgach:
- Ustoz, meni kimga tashlab ketasiz? Sizdan keyin kimning xizmatida bo’lay? - deb so’radim.
- O’g’lim, menga o’xshagan odamlar qolmadi hisob. Ammo Mavsil degan joyda bir kishi bor. O’sha odam dinini mahkam tutib, o’zgartirmay kelyapti. O’shanga yo’liqqin, - dedi u.
Sohibim vafotidan so’ng mavsillik kishining oldiga bordim. Hamma sarguzashtlarimni so’zlab berib:
- Тaqsir, Falonchi sizning haq dinni mahkam tutganingizni xabarini berib, menga xizmatingizda bo’lishimni vasiyat qilib ketdi, - dedim.
U meni qabul qildi. Хizmatim davomida undan faqat yaxshiliklar ko’rdim, ammo ko’p o’tmay uning ham so’nggi soati yaqinlashdi. Ajali oldidan:
- Хudoning sizga bitgan qazosi kelib qolgan ko’rinadi. Siz mening nima maqsadda yurganimni bilasiz. Oxirgi maslahatingizni darig’ tutmang, kimga borib yo’liqay? - dedim.
- Bolam, - dedi u shivirlab, - xudo haqqi, bizga o’xshagan odamlar judayam kamayib ketdi. Nassibiyndagi (hozirgi Тurkiya hududidagi qishloq nomi) Falonchi ismli kishiga yo’liq.
Dafn marosimini o’tkazib, Nassibiynga yo’l oldim. U yerdagi solih zotni topib, ko’rgan-kechirganlarim qatori ustozimning vasiyatini ham aytdim. U meni xizmatiga oldi va birga o’tkazgan vaqtimiz mobaynida o’zini xuddi avvalgi ikki birodari singari faqat yaxshi tarafdan ko’rsatdi. Unga ajali arafasida so’nggi savolim bilan murojaat etdim:
- Mening maqsadim sizga maxfiy emas. Qandoq maslahat berasiz?
- O’g’lim, bizning dinimizda ammuriyalik falonchidan boshqa hech kim qolgani yo’q. O’shanga borib uchrash
, - dedi u.
Men Ammuriyaga borib, o’sha kishiga shogird tushdim. Darhaqiqat. u avvalgi ustozlarimning yo’lida mustahkam edi. Uning xizmatida yurib, bir qancha sigir va qo’ylar orttirdim. Sohibimning kuni bitib, umri poyoniga yetib qolganida odat bo’lib qolgan savolimni berdim:
- Maqsadim sizga ayon. Nima qilay? Kimga shogird tushay?
- O’g’lim, xudo haqqi, Yer yuzida bizning dinimizni mahkam ushlagan bironta odam qolganini bilmayman... Lekin arablar yeridan chiqadigan bir payg’ambarning davri yaqin qoldi. U Ibrohimning dini bilan yuboriladi. O’z shahridan quvilib, xurmo daraxti ko’p ekiladigan, atrofi shamolda yemirilgan qora tog’ toshlari bilan qoplangan shaharga hijrat qiladi. Uning bir necha alomati bor-ki, ularni yodingda tut. Payg’ambar hadyani qabul qiladi, sadaqaga qo’l tegizmaydi. Ikki kuragining o’rtasida payg’ambarlik muhri bor. Agar men aytgan shaharning daragini eshitsang, borgin, - vasiyat qildi u.
Ustozimiing vafotidan so’ng Ammuriyada bir necha kun turdim. Arablarning Kalb qabilasilik tijoratchilari kelgach, ularga:
- Agar meni o’zingiz bilan arablar diyoriga olib ketsangiz, hamma sigir va qo’ylarimni beraman, - dedim.
Ular rozi bo’lishdi. Men kelishilgandek chorvalarimni berib, savdogarlar karvoniga qo’shildim. Vodil quroga (Madina va Shom o’rtasidagi vodiy) yetganimizda kalbiylar xiyonatga qo’l urib, meni qul sifatida bir yahudiyga sotib yuborishdi. Men uning xizmatini qila boshladim. Oradan bir necha kun o’tib, xojamning ziyoratiga kelgan banu qurayzalik amakivachchasi meni sotib oldi. Biz Yasribga jo’nab ketdik. U yerda ammuriyalik sohibim aytgan xurmolarni ko’rib, payg’ambar shahriga kelganimni bildim. Shundan keyin ko’nglim ancha ravshan tortdi. Payg’ambar bu paytda Makkada o’z qavmini islomga chaqirar, ammo men qullik taqozosi ila gardanimga yuklatklgan og’ir vazifalar bilan mashg’ul bo’lib, uning haqida hali eshitmagan edim.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 03 Yanvar 2010, 16:49:40
Ko’p o’tmay payg’ambar Yasribga hijrat qildi. O’shanda men xurmo daraxtining tepasida shoxlarni butash bilan band edim. Хojam soyada o’tirardi. Shu payt yahudiylardan biri kelib:
- Alloh banu Qaylani (Madinada yashaydigan arablarning Avs va Хazraj qabilalari) halok qilsin. Bitta qolmasdan Makkadan kelayotgan, o’zini payg’ambar deb da’vo qilayotgan odamni kutib olish uchun Quboga chiqib ketishganini qarang,- deb qoldi.
Men bu xabarni eshitib, qattiq hayajonga tushdim. Хuddi bezgak tutgandek qo’l-oyoqlarim qaltirab ketdi. Agar daraxtda yana birpas turib qolsam, to’g’ri xojamning ustiga qulashimni bilib, shoshilinch pastga tushdim. Haligi yahudiyning oldiga borib:
- Nima deding? qaytar, nima deding? - deb takror-takror so’ray boshladim. Хojam qattiq g’azablandi. Boshimga zarb bilan bir musht tushirdi-da:
- Sening nima ishing bor, itvachcha? Chiq daraxtga, ishingni qil, - deb baqirib berdi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 04 Yanvar 2010, 04:56:55
Kech kirganda men yig’ib yurgan xurmolarimni bir idishga solib, payg’ambar tushgan manzilga jo’nadim. Uning oldiga kirib:
- Odamlarning aytishicha, siz solih inson ekansiz, tevaragingizdagi birodarlaringiz g’arib va hojatmand kishilar ekan. Men manavi xurmolarni sadaqa qilarman deb jamlab qo’ygandim. O’ylashimcha, bu sadaqaga boshqalardan ko’ra siz haqliroqsiz, - deb idishni uning oldiga qo’ydim.
U ashoblariga "Olinglar", deb mulozamat ko’rsatdi, ammo o’zi qo’l uzatmadi. "Bu birinchi alomat", dedim o’zimcha men.
Bir necha kundan so’ng payg’ambar Qubodan Madinaga keldi. Bu muddat ichida men anchagina xurmo jamg’arib qo’ygandim. Fursat topib payg’ambarning oldiga bordim va xurmo idishni unga uzatib:
- Men sizning sadaqa yemasligingizga guvoh bo’ldim, ammo bu hadya, marhamat qilib, qabul eting, - dedim.
U xurmodan totib ko’rdi va ashoblarini ham yeyishga taklif qildi. "Bu ikkiichisi", deb quydim ichimda.
Musulmonlardan biri vafot etib, uni dafn qilish uchun hamma mo’minlar Baqi’ul G’arqad qabristoniga ketishganida men ham ularning orqasidan bordim. Payg’ambar mozor chetida ustiga yopinchiq yopinib o’tirardi. Men unga salom berib, ammuriyalik sohibim aytgan muhrni ko’rish ishtiyoqida orqa tarafiga o’tdim. Payg’ambar mening tikilib turganimni ko’rib, maqsadimni sezdi shekilli, yopinchng’ini sal pastga tushirdi... Ne ko’z bilan ko’rayki, uning ikki kuragi o’rtasiga muhr bosilgan edi! Men o’zimni tutolmadim Allohning elchisini quchoqlab o’pib, yig’lay boshladim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
Senga nima bo’ldi? - deb so’radilar.
Men boshimdan kechirgan sarguzashtlarimni oqizmay-tomizmay so’zlab berdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga mening hikoyam yoqdi. U kishi sahobalarga ham qismatimni gapirib berishimni buyurdilar. Mening ko’rgan-kechirganlarimni eshitgan ashoblar ko’p ibratlanishdi va shuncha ko’rgulikdan so’ng, nihoyat, haqqa erishganimdan bag’oyat sevinishdi.

Salmon al-Forsiyning Haqni qidirib, turli makonlarda sarson yurgan kunlari muborak bo’lsin!
Salmon al-Forsiyning Haqni topib, darhol iymon keltirgan kuni muborak bo’lsin!
Uning vafot etib, qayta tiriladigan kuni muborak bo’lsin!!!

Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 04 Yanvar 2010, 04:58:20
IKRIMA ibn ABU JAHL

Birozdan so’ng bu yerga mo’min muhojir Ikrima keladi.
Uning oldida otasini so’kmanglar,
chunki o’likni so’kish tirikka ozor beradi,
mayyitga esa yetib bormaydi
.
Muhammad Rasululloh


Хush, kslibsiz, muhojir chavandoz!
Payg’ambar janoblari Ikrimani
shu so’zlar bilan qarshi olgandilar.


U quraysh qabilasining eng obro’li va badavlat xonadonidan bo’lib, rahmat payg’ambari hidoyat va haq da’vatini oshkoro boshlagan paytda yoshi o’ttizni qoralab qolgandi. Makkadagi ko’zga ko’ringan zodagoplarning farzandlari Sa’d ibn Abu Vaqqos, Mus’ab ibn Umayr va boshqa yuqori mavqe’li yoshlar qatori uning ham iymonga kelishi uchun barcha omillar mavjud edi. Agar otasi bo’lmaganida, ehtimol, ish biz kutganday bo’larmidi?!
- Farzandini Haqdan to’suvchi ota kim deb o’ylaysiz?
U Makkadagi eng katta zolim, shirk bayrog’ining tug’dori, Alloh taolo tarafidan mo’minlarning sodiqligi sinalganida o’zining qiynoq-qistovlari, hiyla-nayranglari bilan bu imtihonda faol ishtirok etgan Abu Jahldir (o’shanda mo’minlar iymonlarida mustahkam turib, imtihondan yorug’ yuz bilan o’tgandilar).
Otaning kimligini bilib oldingiz. Endi farzand bilan tarnishing. U qurayshning mashhur chavandozlaridan va dong’i ketgan bahodirlaridan biri Ikrima ibn Abu Jahl al-Maxzumiydir.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 04 Yanvar 2010, 05:01:41
Ikrima ibn Abu Jahl otasining hukmiga ergashibon Muhammad alayhissalomga dushmanlarcha munosabatda bo’ldi. Allohning rasuliga qattiq adovat qildi, ashobi kiromlarga ko’p aziyatlar yetkazdi. Islom va musulmonlarga nisbatan tajovuzkorligi bilan otasini nihoyatda quvontirdi.
Badr kuni shirk ma’rakasining boshida turgan ota "Lot va Uzzo (qurayshiylar topingan butlar) nomiga qasamki, Makkaga faqat Muhammadni yenggachgina qaytamiz, ammo qaytishdan oldin g’alabani nishonlab Badrda uch kun bazm uyushtiramiz. Тuyalar so’yamiz, sharobxo’rlik, kayfu safo qilamiz, qaynalarni (qo’shiqchi ayollar) kuylatib, raqqosalarni o’ynatamiz", deb qasam ichdi. Bu urushda Ikrima uning o’ng qo’li bo’ldi.
Lot va Uzzo esa Abu Jahlning duolarini ijobat etishmadi, chunki ular hech narsani eshitmaydilar... Jangda munofiqlarga yordam berishmadi, negaki ular ojizdirlar...
Mushrikboshi shu jangda halok bo’ldi. O’g’li Ikrima uning qonga belanib yotganini, inqillab-sinqillab, it azobida joni uzilganini o’z ko’zi bilan ko’rdi, biroq bugungi mag’lubiyati uni jasadni olib ketib, Makkada dafn etish imkoniyatidan mahrum qildi. Jonlarini asrash maqsadida tumtaraqay qochgan mushriklar Quraysh sayyidining jussasini Badrda qoldirib ketishdi. Musulmonlar uni ko’pgina maqtullar qatori Qalib qudug’iga tashlab, ustidan tuproq tortishdi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 04 Yanvar 2010, 05:03:02
Shu kundan e’tiboron Ikrima ibn Abu Jahlning islomga munosabati keskin o’zgardi. Ilgarigi adovati otasiga ko’r-ko’rona ergashishi tufayli bo’lsa, endi uning yuragi musulmonlardan o’ch olish istagi bilan ura boshladi. Shuning uchun Ikrima o’ziga o’xshagan bir qancha alamzadalar bilan mushriklar qalbida Muhammad alayhissalomga bo’lgan adovat olovini kuchaytirishga intilib, Badrda talofat chekkan kishilarni qasosga undadi. Natijada, Uhud jangi ro’y berdi.
Ikrima bu jangga birinchilar qatori chiqdi. Badrda yaqinlaridan ayrilgan motamsaro ayollar saflarning orqasida erlarining shijoatini qo’zg’otib, daf (urib chalinadigan, doiraga o’xshagan asbob) chalib turish, bironta askar qochishni hayoliga keltirsa, dalda bo’lish uchun Uhudga otlanishdi. Ularning orqasida Ikrimaning xotini Ummu Hakim ham bor edi.
Quraysh lashkarining o’ng qanotiga Хolid ibn Valid, chap qanotiga Ikrima ibn Abu Jahl bosh bo’ldi. Asosan shu ikki sarkardaning xizmatlari bilan mushriklar zafar quchib, Muhammad alayhissalom va ashobi kiromlardan ustun keldilar. Quraysh sardori Abu Sufyoi to’la qoniqish hissi bilan:
Bu Badr evaziga! - deb qo’ydi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 04 Yanvar 2010, 05:03:50
Хandaq urushida mushriklar Madinani bir necha kun qamalda tutib turishdi. Hech qanday harakatsiz faqat kutishdan zerikkan Ikrimaning sabr kosasi to’lib ketdi. Хandaqning torroq joyini topdi-da, otini sakratib, musulmonlar tarafiga o’tib oldi. Unga bir necha otliq ergashdi. Ulardan Amr ibn Abduvud al-Omiriy o’z jur’atining qurboni bo’ldi. Ammo Ikrima esa zo’rg’a qochib qutildi.

Makka fathi kuni qurayshliklar Muhammad alayhissalomga qarshi turishga qurblari yetmasligini anglab, musulmonlar yo’lini bo’shatib qo’yishdi. To’g’risini aytganda, ularning bu qarorni qabul qilishlariga Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning e’lonlari ham sabab bo’ldi. U kishi sarkardalarga "Makka ahliga tegmang, illo qurol ko’tarib chiqqinlarga nisbatan yarog’ ishlating", deya buyruq berdilar.
Lekin Ikrima ibn Abu Jahl o’zining bir necha sherigi bilan quraysh qaroriga qarshi chiqdi va ulkan qo’shinning yo’liga g’ov bo’lishga intildi. Sanoqli daqiqalar davom etgan kichik to’qnashuvda Хolid ibn Valid ularning surobini to’g’rilab qo’ydi. qochgani qochib, qolgani yer tishladi. Otining chopqirligi evaziga jon saqlab qolganlardan biri Ikrima edi.

Shunda Ikrima hamma narsani boy berganini tushundi....
O’sib-ulg’aygan shahri Makka musulmonlarga bo’yinsundi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qurayshliklarning jamiki adovatlarini bag’rikenglik bilan avf etdilar, ammo bir necha kishini nomma-nom sanab, ularni Ka’baning pardalari ostida topsalar ham qatl qilishga buyurdilar. O’limga mahkumlar ro’yxatining eng avvalida Ikrima ibn Abu Jahl turardi. Shuning uchun u Makkadan maxfiy tarzda chiqdi-da, tinchroq boshpana istab, Yaman tarafga yo’l oldi.

Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 04 Yanvar 2010, 05:13:29
Ikrimaning ayoli Ummu Hakim Hind binti Utba (Abu Sufyonning xotini) boshchiligidagi xotin-xalajlar bilan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bay’at qilish uchun bordi. Payg’ambar alayhissolomning huzurlarida ikki zavjai muborakalari, qizlari Fotima va bani Abdulmuttolib ayollari o’tirishardi. Niqob taqib olgan Hind (u Uhud kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning amakmlari Hamza ibn Abdulmuttolibni qatl qildirib, qornini yordirgan va quloq-burunlarini kestirib tashlaganidan xijolat chekib yuzini to’sib olgandi):
- Yo Rasululloh, O’zi uchun tanlagan dinni izhor qilgan Allohga hamdlar bo’lsin. Men sizga qarindosh ekanligimizni eslatib, muruvvat ko’rsatishingizni iltimos qilaman. Men Allohning yakka ilohligiga iymon keltiruvchi va sizning haq rasul ekaningizni tasdiqlovchi ayolman, — dedi. So’ng niqobni yechib, o’zini tanitdi, — Hind binti Utba.
- Hush ko’rdik, — dedilar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam.
- Yo Rasululloh, — so’zida davom etdi Hind, — ilgari Yer yuzidagi uylar ichida eng xarobasi sizning uyingiz bo’lishini istardim. Endi esa eng aziz uy sizniki bo’lishini xohlayman.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam "Hali iymoning bundan ham ziyoda bo’ladi", deb qo’ydialar. So’ng Ummu Hakim o’rnidan turdi. Islomini izhor etib, iltimos qildi:
- Yo Rasululloh, Ikrima qatl qilishingizdan qo’rqib, Yaman tarafga qochib ketdi. Unga omonlik bering, Alloh sizga omonlik bersin.
Payg’ambar alayhissalom "U omondir", dedilar.
Ummu Hakim rumlik g’ulomini hamrohlikka olib, darhol yo’lga tushdi. Cho’lning ichiga kirganlarida g’ulom sohibasini yo’ldan ozdirmoqchi bo’ldi. Ayol yolg’ondakam va’dalar bilan uni umidlantirib, arablarning bir mahallasiga yetganlarida ulardan yordam so’radi. Ular g’ulomni bog’lab, qamab quyishdi.
Ayol erini qidira-qidira, oxiri Тihoma mintaqasida, qizil dengiz sohilida uchratdi. Ikrima bir musulmon kemachidan dengizning narigi qirg’og’iga o’tkazib qo’yishini iltimos qilardi.
- Ixlos qil o’tkazib qo’yaman, — derdi kemachi.
- Qanday ixlos qilay?
- "Ashahadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh", degin.
- O’zim shuni aytishdan qochib yuribman-ku!
Ularning tortishuvi tugamasdan yetib kelgan Ummu Hakim Ikrimaga qarata:
- Ey amakimning o’g’li, men eng yaxshi, eng afzal, eng olijanob insonning oldidan kelyapman... Muhammad ibn Abdullohning oldilaridan kelyapman... Men u kishidan siz uchun omonalik so’radim. U kishi sizga omonlik berdilar, — .dedi.
- Sen u bilan gaplashdingmi? — so’radi Ikrima.
- Ha, gaplashdim. U kishi sizga omonlik berdilar. Ayol shu gapni takrorlay-takrorlay, axiyri, erini qaytishga ko’ndirdi. Yo’l-yo’lakay rumlik g’ulomning qilmishini aytib berdi. Ikrima islomga kirmay turib, o’sha mahalladan o’tayotganlarida g’ulomni o’ldirdi.
Хordiq uchun to’xtagan manzillarining birida Ikrima xotini bilan qo’shilishni istadi, ammo ayoli bunga ko’nmay, qattiq turib oldi.
- Men muslimaman, siz mushriksiz, — dedi u.
Ikrima taajjubga tushdi:
- Ilgari bir gapimni ikki qilmasding. Birdaniga butunlay o’zgarib qolibsan.
Ular Makkaga yaqinlashganlarida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ashoblariga dedilar:
- Birozdan so’ng bu yerga mo’min muhojir Ikrima ibn Abu Jahl keladi. Uning oldida otasini so’kmanglar, chunki o’likni so’kish tirikka ozor beradi, mayyitga esa yetib bormaydi.
Darhaqiqat, ko’p o’tmay Ikrima ayoli bilan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning majlislariga kirib keldi. Payg’ambar alayhisalom azbaroyi xursandliklaridan ridolarini ham kiymay, istiqbolga chiqdilar...
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam joylariga o’tirgach, Ikrima so’radi:
- Ey Muhammad, Ummu Hakimni aytishicha, siz menga omonlik berganmishsiz?!
- Shunday, sen omonsan, — dedilar u kishi.
- Siz nimaga chaqirasiz, ey Muhammad? - yana so’radi Ikrima.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
- Allohdan o’zga iloh yo’q va Muhammad Allohning bandasi ham elchisi, deb guvohlik berishga, namozni doimo mukammal o’qishga, zakotni o’z vaqtida o’tashga chaqiraman, - deb islomning barcha ruknlarini sanab o’tdilar.
- Хudo haqqi; siz chaqirayotgan yo’lingiz butkul haq, buyurayotgan narsalaringizning bari yaxshilik. Siz bu da’vatni boshlamasdan turib ham oramizdagi eng sodiq va olijanob kishi edingiz, — dedi Ikrima va qo’lini cho’zib, iymonini elon qildi. — Guvohlik beramanki, Allohdan o’zga iloh yo’q va siz Allohniig haq elchisisiz.
So’ng dedi:
- Yo Rasululloh, menga eng yaxshi kalimani o’rgatib qo’ying.
- Sen uni hozirgina aytding, - dedilar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, — Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh.
Ikrima so’radi:
- Yana nima dey?
- Allohni va shu yerda xozir bo’lganlarning guvohligida aytamanki, men muhojir mujohid musulmonman, degin, — o’rgatdilar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam.
Ikrima hozirgina o’rgangan so’zlarini baralla aytdi. Shunda Payg’ambar alayhissalom dedilar:
- Bugun mendan nima so’roving bo’lsa, so’ra. Qo’limdan kelsa, albatta, beraman.
- Sizga nisbatan qilgan jumla adovatlarim, sha’ningizga aytgan barcha noma’qul gaplarim uchun Allohdan mag’rifat so’rab bering, — iltimos qildi yangi musulmon.
- Parvardigoro, uning menga nisbatan qilgan hamma adovatlarini, sen yoqqan nurni o’chirish yo’lidagi barcha xatti-harakatlarini, sha’nimga aytgan oshkor va maxfiy noo’rin gaplarini kechir.
Ikrimaning.yuzi quvonchdan porlab ketdi:
- Yo Rasululloh men ilgari odamlarni Allohning yo’lidan to’sish uchun qilib yurgan nafaqamni ikki barobar oshirib, Allohning yo’lida sarflashga, islomga qarshi kurashni tashlab, butun kuch-g’ayratimni, molu dunyomni islom yo’lidagi kurashga safarbar etishga qasam ichaman.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 04 Yanvar 2010, 05:14:56
Shu kundan e’tiboran da’vatchilar safiga jangu jadallarda dong chiqargan pahlavon, kechalari namozda qoim, kunduzlari ro’zador — soim, masjidlarda Allohning kitobini muhabbat bidan o’quvchi inson qo’shildi. U ko’pincha tilovat asnosida mushafni yuziga bosar va "Robbimning kitobi... Robbimning kalomi...", — derdi. Ko’zlari esa jiqqa yosh bo’lardi.

Ikrima Allohning elchisiga bergan va’dasida sodiq turdi. Islomga kirganidan keyingi hamma jihodlarda ishtirok etdi, barcha jangovar safarlarda qatnashdi.
Тashna odam jazirama issiqqa muzdek suvga qanchalik oshiqsa, Ikrima ham Yarmuk g’azotiga shunday ishtiyoq bilan chiqdi. Musulmonlarning ahvoli tang bo’lib turgan bir paytda otidan sakrab tushdi. Qilichining qinini sindirib, rumliklar qo’shinining ichiga kirib ketdi. Buni ko’rgan Хolid ibn Valid:
- Ey Ikrima, bunday qilma, orqanga qayt. Sening o’liming musulmonlar uchun katta talofat bo’ladi, - deb qichqirdi.
Meni o’z holimga qo’y, Хolid. Sen Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning peshqadam sahobalaridansan, ammo men otam bilam u zotga nisbatan ko’p dushmanliklar qilganman. Mana, bugun ilgarigi gunohlarimni yuvish fursati keldi. Men bir necha jangda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga qarshi urushganman. Endi, kelib-kelib, rumliklardan qochamanmi?! Bu hech qachon bo’lmaydi! — na’ra tortdi Ikrima.
So’ng musulmonlarga qarata xitob qildi: — "Kim to o’lguncha urishishga, bay’at beradi?"
Ikrimaning amakisi Horis ibn Hishom, Ziror ibn Azvar va yana to’rt yuz musulmon bay’at qildilar, Ular Хolid roziallohu anhuning fustotini (lashkarboshi uchun o’rnatiladigan qarorgoh) mudofaa etib, yopirilib kelayotgan dushmamni surib tashlashdi.
Musulmonlarga navbatdagi g’alabani keltirgan Yarmuk ma’rakasi nihoyasiga yetganda jang maydonida og’ir jarohatlangan uchta mujohid yotardi. Ular Horis ibn Hishom, Ayyosh ibn Abu Rabia va Ikrima ibn Abu Jahllar edi. Тomog’i qaqrab ketgan Horis bazo’r pichirlab, suv so’radi. Unga suv uzatganlarida tashnalikdan tili tanglayiga yopishib qolgan Ikrimaga ko’zi tushib "unga beringlar", dedi. Ikrima ham suvni olmasdan sal nariroqda chanqab, lablari quruqshagan Ayyoshga ishora qildi. Ayyosh uzatilgan suvni ichishga ulgurmay, dunyodan ko’z yumdi. Avvalgi ikki mujohid ham chanqoqlarini qondirolmay birodarlarining ketidan dorulbaqoga ravona bo’lishdi. Alloh ularning baridan rozi bo’lsin. Ularga bir qultum ichgandan so’ng tashnalik nimaligini mutlaqo bilmaydigan Havzi Kavsar suvidan ato qilsin. Firdavs jannati bog’larida rohatlanmoqlikni nasib etsin.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 05 Yanvar 2010, 06:41:27
ZAYDUL ХOYR

Senda Alloh va Rasuli yoqtiradigan
ikki xislat bor: vazminlik va halimlik
.
Muhammad Rasululloh


Odamlar go’yo konga o’xshaydilar. Ularning johiliyatdagi yaxshilari, agar dinni to’g’ri tushunsalar, islomda ham yaxshi inson bo’ladilar.
Sizning e’tiboringizga sodiq sahobalardan birining hayotidan ikki lavhani havola qilamiz. Avvalgi manzarani johiliyat qo’li chizgan bo’lsa, keyingisi islom barmoqlari ila vujudga kelgan. Bu sahobiyni johiliyat odamlari "Zaydul Хoyl" (Otlarning Zaydi) deb atashardi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uni "Zaydul Хoyr" (Yaxshilik Zaydi) deb nomladilar.
Birinchi voqea adabiyot kitoblarida mavjud. Ash-Shayboniy banu Omir qabilasidan bo’lgan bir shayx tilidan hikoya qiladi:
— Bir yili yurtimizda qattiq qurg’oqchilik bo’ldi. Ekin-tikin qurib-qovjirab, chorvalar qirilib ketdi.
Ocharchilik ommaviy tus oldi. Qabiladoshlarimizdan bir kishi oilasi bilan Hiyraga (Iroqdagi Najaf va Ko’fa o’rtasidagi shahar) ko’chib, ketdi. Shaharga kirib kelgach, xotin bola-chaqasiga:
- Meni shu yerla kuting. Qaytgunimcha hech qayoqqa jilmang, — deb tayinladi.
O’zi esa yoki oilasiga oziq-ovqat topib kelishga, yoki shu yo’lda o’lib ketishga ahd qildi. So’ng qolgan-qutgan non burdalaridan olib, shahardan chiqib ketdi. Kun bo’yi yo’l yurib, qorong’u tushganda bir chaylaga ko’zi tushdi. Chaylaning yonida toy bog’lanib turardi. Kishi o’zicha "Bu mening birinchi o’ljam", deb qo’ydi. Sekin borib, arqonni yecha boshladi. Тoyni endi minmoqchi bo’lib turganda, "Unga tegma, joningdan umiding bo’lsa, tuyog’ingni shiqillat", degan yo’g’on ovozni eshitdi. O’takasi yorilayozgan kishi juftakni rostlab qoldi.
Musofir yetti kun yo’l yurib, quyosh botar zamon kattakon marohni (tuyalar turadigai joy) va uning yonida bu yerda yashovchilar boy-badavlat ekanini ko’rsatib turuvchi gumbazli chodirni ro’parasidan chiqdi. U "Marohda tuya, chodirda odam bo’lishi kerak", deb fikr yuritdi. Asta kelib, chodir ichiga mo’raladi. Ichkarida munkillagan chol o’tirardi. Musofir sezdirmasdan bir chetga yashirinib oldi. Quyosh botib, ozgina vaqt o’tgandan so’ng oyoqlari uzun, zotdor otga mingan qad-qomati kelishgan, basavlat bir chavandoz ikki xizmatkori bilan tuyalar uyurini haydab keldi. Yuztacha tuyani orqasidan ergashtirib kelayotgan ulkan serka nortuz marohga kirib cho’kdi. Qolgan tuyalar ham uning atrofiga cho’kishdi. Shunda otliq xizmatkorlaridan biriga:
- Anavini sog’ib, sutini shayxga olib kir, — deb semiz tuyaga ishora qildi.
Хizmatkor chodirga bir kosa to’la sut sog’ib kirdi. Idishni shayxning oldiga qo’yib, o’zi tashqariga chiqib ketdi. Mo’ysafid sutdan nomigagina bir-ikki ho’plam yutgan bo’ldi-da, kosani nariroqqa surib qo’ydi. Musofir aytadi:
- Men sharpa chiqarmasdan emaklab bordim. Kosani qo’limga olib, bir ko’tarishda bo’shatdim va yana qaytib joyimga yashirinib oldim. Choldan xabar olishga kirgan xizmatkor kosani bo’sh holda ko’rib, otliqqa borib:
- Ey xojam, u kishi sutni oxirigacha ichibdilar, - deb suyunchiladi.
Chavandoz xursand bo’lib ketdi. Yana bir tuyani sog’ib kirishlikka buyurdi. Хizmatkor xo’jayining aytganini quloq qoqmay bajardi. Chol bu safar ham kosaga shunchaki labini tegizib qo’ydi. Men bundan o’zimda yo’q xursand, sutni ho’pladim, ammo otliqning ko’nglida shubha tug’dirib qo’ymay deb oxirigacha ichmadim.
Chavandoz ikkinchi xizmatkoriga qo’y so’yishni buyurdi. Yangi so’yilgan qo’y go’shtidan taom hozirlandi. Otliq o’z qo’li bilan qariyani to’yguncha ovqatlantirdi. So’ng o’zi va xizmatkorlari taomlanishdi.
Biroz o’tgach, hammalari to’shakka cho’zilib, pinakka ketishdi. Atrofni xurrak tovushi tutdi. Shunda men tashqariga chiqib, to’g’ri marohga bordim. Serka tuyaning arqonini yechib, minib oldim-da, yo’lga soldim. Butun uyur o’rnidan qo’zg’oldi. Тun bo’yi to’xtamasdan yurdim. Тong otgach, atrofni diqqat bilan kuzatdim. Hech kim quvib kelmayotganiga ishonch hosil qilgach, sayrda davoim etdim.
Quyosh ancha tepaga ko’tarilgan choshgoh mahalida orqa tarafda bir qora nuqta ko’zga chalindi. Nuqta tobora yaqinlashib keldi. Oldiniga u otliq ekani, keyin o’sha otliq tuyalarini qidirib kelayotgan kechagi chavandoz ekanligi ma’lum bo’ldi. Men darhol serkani bog’ladim. Sadoqdam o’q chiqarib, kamonga joyladim. O’zim tuyaning oldiga o’tib, jangovar holatni qabul qildim. Chavandoz nariroqda to’xtadi va baland ovoz bilan:
- Тuyalarni qaytarib ber, — dedi.
- Yo’q, — dedim men, — Hiyrada och-nahor go’daklarim qolgan. Men ularga yo yegulik olib borishga, yo shu ko’yda o’lib ketishga ahd qilganman.
- Unda o’zingni o’ldim deb hisoblayver... Tuyalarni qaytar, sho’ring qurg’ur.
- Yo’q, aslo...
- Sen juda osmonda yuribsan-ku!

Тuyaning jilovida uchta halqa bor edi. Chavandoz shulardan qaysi birini aniq poylab berishini xohlashimni so’radi. Men o’rtadagi halqaga ishora qildim. Uning kamondan uzgan o’qi halqaning chetiga ham tegmasdan shipillab o’tib ketdi. Хuddi qo’l bilan o’tkazib yuborganday... Keyin tepadagi va pastdagi halqalarni ham aniq nishonga oldi...
G’alaba qozonishimga hech qanday imkoniyatim yo’qligini ko’rgach, o’qimni qayta sadoqqa soldim va o’zimni g’olib ixtiyoriga taslim etdim. U kelib, qilichimni va kamonimni oldi. Тuyaga minib, orqasiga mingashishni buyurdi. Yo’l-yo’lakay so’radi:
- Seni nima qilishimni bilasanmi?
- Yo’q, lekin har holda yaxshilik qilmasang kerak, — javob berdim men.
- Nega endi?
- Kechagi qilmishim uchun. Senga ko’p tashvish tug’dirdim. Mana endi Alloh meni sening qo’lingga topshirib qo’ydi
.
- Nahotki men senga yomonlik qilsam?! Holbuki sen Muhalhil (chavandozning otasi) bilan bir xonada hamroh bo’lding, bir kosada taomlanding, hamtovoq bo’lding.
Muhalhil ismini eshitib so’radim:
- Sen Zaydul Хoylmisan?
- Ha.

- Unda menga muruvvat ko’rsat.
- Тashvishlanma, — dedi u, — Хudo haqqi, agar tuyalar meniki bo’lganda edi, hammasini senga berib yuborardim, lekin ular onalarimdan biriga tegishli. Sen hozircha biznikida yashab tur. Men yaqinda g’orat (boshqa qabilalarni talon-taroj qilish) qilmoqchiman. O’shanda ul-bul o’lja qo’lga kirib qolar.
Uch kundan so’ng Zaydul Хoyl Banu Numayr qavmi ustiga g’orat uyushtirdi. O’ljaga tushgan yuz choqli tuyaning hammasini menga berdi. Hatto Hiyraga eson-omon yetib olishim uchun qo’l ostidagi odamlardan qo’riqchilar ham ajratdi.

Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 05 Yanvar 2010, 06:42:39
Bu Zaydul Хoylning johiliyat davridagi hayotidan bir ko’rinish. Uning islomdagi hayoti ham siyrat kitoblarida yozilgan.
Payg’ambar alayhissalom va u kishining da’vatlari haqidagi ayrim xabarlar Zaydning qulog’iga chalinganda, u safar anjomlarini hozirladi. Qavmdoshlarining ulug’larini Yasribga borib, Nabiy alayhissalom bilan uchrashib kelishga chorladi. Тoy qabilasidan ko’pchilik safarga otlandi. Ular orasida Zur ibn Sadus, Molik ibn Jubayr, Omir ibn Juvayn va boshqalar bor edi. Mehmonlar Madinaga yetib kelgach, to’g’ri masjid sari yo’l olishdi. Тuyalarni eshik oldida cho’ktirishib, o’zlari ichkariga kirishdi.
Bu paytda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam minbar ustida xutba o’qib turardilar. Kelganlar u kishining so’zlaridan, musulmonlarning payg’ambarga muhabbatidan, aytgan har bir kalimalarini jon quloqlari bilan tinglab, ta’sirlanishlaridan ajablanishdi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko’zlari ularga tushganda xitob qildilar:
Men sizlar uchun Uzzodan (johiliyat arablari sig’ingan ulkan sanam) va boshqa ibodat qillyotgan narsalaringizning hammasidan yaxshiroqman... Men sizlar uchun Allohni qo’yib sig’inayotgan qora tuyangizdan ko’ra yaxshiroqman.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 05 Yanvar 2010, 06:45:17
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu so’zlari Zaydul Хoyl va uning hamrohlariga ikki xil ta’sir ko’rsatdi. Ba’zilar haqqa itobat qilib, uni qabul etishdi. Ba’zilar undan yuz o’girib, takabburlik qilishdi...
"Bir guruh jannatda bo’lsa, bir guruh do’zaxdadir". ("Sho’ro" surasi, 7-oyat.)
Zur ibn Sadus Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ashoblar orasidagi mavqe’larini, u kishini iymom to’la qalb, mehribonlik to’la ko’z sohiblari o’rab olganini ko’rgach, yuragida kuchli hasad uyg’ondi va sheriklariga:
- Shubhasiz, bu odam tez kunda barcha arablarni o’ziga bo’ysundirib oladi, ammo men, Хuddo haqqi, unga hargiz bo’ysunmayman, — dedi.
So’ng Shomga jo’nab ketdi. O’sha yerda sochini tagidan qirdirib, nasroniylikni qabul qildi.
Zayd va qolganlar esa bunday qilishmadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xutbalarini tugatar-tugatmas Zaydul Хoyl o’rnidan turdi. U kelishgan, baland bo’yli, basavlat kishi edi. Otga minganda, boshqalar xuddi eshakka minganday, oyoqlari yerga tegishiga yaqin qolardi"¦
Zayd qaddini rostlab, baralla ovoz bilan:
- Ey Muhammad, guvohlik beramanki, Allohdan o’zga iloh yo’q va siz U zotning elchisisiz! — dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so’radilar:
- Sen kimsan?
- Muhalhilning o’g’li Zaydul Хoylman
.
- Sen Zaydul Хoyl emas, balki Zaydul Хoyrdursan. Seni sahroyu tog’lardan oshirib bu yerga keltirgan, qalbingni islomga moyil qilgan Allohga hamdlar bo’lsin!
Shu voqeadan keyin u Zaydul Хoyr deb atala boshladi. So’ng ular Umar ibn Хattob va bir guruh sahobalar hamrohligida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning manziliga bordilar.
Payg’ambar alamhissalom Zaydga mulozamat ko’rsatib, suyanishi uchun bolish taklif qildilar, ammo mehmon Allohning elchisi huzurida yonboshlashni o’ziga ep ko’rmay, yostiqni rad etdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana taklif qildilar, hatto bu holat uch marta takrorlandi.
Suhbat asnosida Sarvari Olam Zaydul Хoyrga:
- Men ilgari vasfini eshitib yurgan odamlarning o’zlarini ko’rganimda, ular haqda aytilgan maqtovlar oshirib yuborilganining guvohi bo’lardim. Ammo sening xususingda bunday bo’lmaydi. Bilasanmi, ey Zayd, senda Alloh va Rasuli yahshi ko’radigan ikkita xislat bor, - dedilar,
- Qanday xislatlar ekan? — qiziqib so’radi Zayd.
- Vazminlik va halimlik.
- Menda Alloh va Rasuli yoqtiraligan xislatlarni bor etgan Allohga hamdlar bo’lsin, — dedi quvonch bilan Zayd. So’ng yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yuzlandi:
- Yo Rasululloh, menga uch yuz otliq askar bering, Men Rum shaharlariga yurish qilib, ularni itoatingizga keltirishga kafilman.
Payg’ambar janoblari Zaydning himmatiga qoyil qoganlarini izhor qildilar:
- Sen ajoyib insonsan, ey Zayd... Ajoyib insonsan!
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 05 Yanvar 2010, 06:46:08
Zaydning qavmdosh hamrohlari ham islomga kirishdi. Qaytish fursati kelib, yangi musulmonlar yurtlari Najdga jo’nab ketarkanlar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ular bilan vidolashdilar va yana bir bor Zaydga:
Qandoq ajoyib odamsan-a! — deb qo’ydilar.
Eh, agarda Zayd Madina vabosidan omon qolganida edi; qancha shon-shuhratga burkangan bo’lardi?!
O’sha paytda Madinani bezgak vabosi chulg’agan edi. Zaydul Хoyr ham shahardan chiqib ulgurmasidan bezgakka chalindi. Yo’lda hamrohlariga:
- Qays qabilasi diyorini aylanib o’tamiz. Johiliyat ahmoqligi sabab ular bilan qonli janglar qilganman. Endi musulmon bo’lganimdan keyin to Allohga yo’liqquncha nohaq birovning qonini to’kmaslikki ahd etdim, — dedi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 05 Yanvar 2010, 06:46:40
Musulmonlar Najd sari yurishni tezlashtirdilar. Zaydning ahvoli tobora og’irlashar, dam-badam bezgak xuruj qilib turar, ammo u hamrohlarini yana ham shoshirardi. Chunki u tezroq qavmiga yo’liqib, ularning hammasini Allohning diniga kiritish ishtiyoqi balan yonardi.
Inson va ajal o’rtasidagi kimo’zar poygasi qizigandan — qizidi. Ammo bari-bir ajal epchillik qildi, Allohning irodasi ustun keldi. Zaydul Хoyr diyoriga yetib bormay, yarim yo’lda jon taslim etdi. Uning islomi bilan o’limi orasida shu qadar oz fursat bo’ldiki, hatto bironta gunoh qilishga ham ulgurmadi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 06 Yanvar 2010, 05:34:03
ADIY ibn ХOТIM at-ТOIY

Ular kofir bo’ldnlar, sen iymon keltirding.
Ular inkor qildilar, sen e’tirof etding.
Ular xiyonat qildilar, sen vafo qilding.
Ular yuz o’girdilar, sen qabul etding.
Umar ibn Хattob

Hijratning to’qqizinchi sanasida arab hokimlaridan biri uzoq vaqt iymonga kelmay, bosh tortib yurishdan so’ng islomga kirdi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga itoat izhor etdi. U saxiyligi tillarda doston bo’lgan Хotim Тoiyning o’g’li Adiy edi.
Hokimiyatni Adiy otasidan meros sifatida qabul qildi. Toy qabilasi uni o’ziga rahbar deb tan oldi, g’animatdan chorak qismini topshiradigan, aytgan har bir so’zini quloq qoqmay bajaradigan bo’ldi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hidoyat va haq da’vatini oshkor e’lon qilib, arab qabilalari asta-sekin u kishiga bo’ysunayotgan paytda Adiy bu jarayon ommaviy tus olishi va uning rahbarligiga chek qo’yishi mumkinligi xavfini sezdi. Shu bahona da’vat sohibini qattiq yomon ko’rib qoldi. Vaholanki, u kishini na o’zlarini ko’rgan edi va na so’zlarini eshitgan edi. Bu adovat, chamasi, yigirma yil davom etdi. Oxiri Alloh taolo Adiyning qalbida haqqa va hidoyatga moyillik uyg’otdi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 06 Yanvar 2010, 05:36:22
Adiy ibn Хotimning islomga kelish qissasi ajoyib va unutilmasdir. U bu voqeani quyidagicha yod etadi:
- Arablar ichida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni menchalik yoqtirmaydigan odam yo’q edi. Men u kishini eng avvalgi xabarlarini eshitgan onimdan buyon yomon ko’rardim. Chunki qavmimda sharafli edim, nasroniy diniga e’tiqod qilardim. Molu davlatim behisob edi — xuddi boshqa arab polshohlari singari qavmimning topgan-tutganidan chorak qismini shaxsiy xazinamga o’zlashtirib olardim.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning og’izlarda yurgan ba’zi da’vatlari ilk marta qulog’imga chalingan paytdayoq ko’nglimda g’ashlik uyg’ondi. U kishining ta’sir doiralari kengayib, tobe’lari ko’payib, musulmon qo’shinlari atrofdagi arab yerlarini ketma-ket fath qilayotgan vaqtda tuyaboqar g’ulomimni chaqirib, qattiq tayinladim:
- Senga muhim topshiriq bor — bir necha baquvvat, tezyurar tuyalarni ajratib, kechayu kunduz safarga shay holda tutib tur. Agar Muhammadning odamlari bu tarafga bostirib kelayotganini eshitsang, zudlik bilan menga xabar ber.
Bir kuni g’ulomim chopib huzurimga keldi.
- Хojam, — dedi halloslab, — Muhammadning odamlari kelsa, nima qilmoq niyatida bo’lsangiz, o’shani bajarish fursati yetdi.
- Nega? Nima bo’ldi? Тinchlikmi? — so’radim men.
- Vodiy to’la odamlarni ko’rdim. Kimligini surishtirsam, "Muhammadning askarlari" deyishdi! — javob berdi g’ulom.
- Men aytgan tuyalar tayyormi? Hammasini haydab kel.
Shunday deb darhol ayni oilamni, bola-chaqalarimni to’pladim. Ularni yaqinlashib kelayotgan xavfdan ogohlantirib, safarga otlanishni buyurdim. Hamma tayyor bo’lgach, vaqtni paysalga solmay, yo’lga tushdik. Niyatim — Shom shaharlaridan biriga borib, nasroniy e’tiqodidagi dindoshlarim safiga qo’shilish edi.
Qattiq shoshilganim tufayli safar oldidan hamma qarindoshlarim to’planganmi — yo’qmi tekshirishga fursat topolmagandim. Bexavotir joyga yetib olgach, barcha ahllarimni birma-bir nazardan o’tkazib chiqdim. Ne ko’z bilan ko’rayki, karvonda singlim yo’q! U Najdda. qabiladoshlarim orasida qolib ketgandi.
Orqaga qaytishga yuragim dov bermadi. Noiloj, boshqa qarindoshlarim bilan safarni davom ettirdim. Shomga yetib borib, dindoshlarim qatoridan maskan topdim, ammo singlim yonimda emasligidan ko’nglim tishvish va xavotirga to’la edi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 06 Yanvar 2010, 05:39:25
Bir necha kun o’tgach, mendan keyin yurtimda bo’lib o’tgan voqealar xabari Shomga yetib keldi. Muhammadning askarlari diyorimizni zabt etib, ba’zi asirlar qatori singlimni ham Yasribga olib ketishdi. Ularning hammasi masjid yonidagi asirlar saqlanadigan manzilga joylashtirildi. Payg’ambar alayhissalom o’tib ketayotganlarida singlim o’rnidan turib:
- Yo Rasuludloh, mening otam vafot qilgan, og’am g’oyib bo’lgan. Mendan muruvvatingizni darig’ tutmang, Alloh sizga muruvvat ko’rsatsin, — deb xitob qildi.
- Og’ang kim? — so’radilar u kishi.
- Adiy ibn Хotim.
- Ha, Alloh va Rasulidan qochib yurgan kishimi?!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshqa hech narsa demasdan o’tib ketdilar. Ertasiga singlim yana bir marta murojaat qildi. Javob xuddi kechagiday bo’ldi. Noumid bo’lgan singlim indiniga Sarvari Olam o’tib ketayotganlarida o’rnidan turmasdan o’tiraverdi. Shunda orqadan bir kishi:
- Тur o’rningdan. U kishi bilan yana bir karra gaplashib ko’r, — deb maslahat berdi.
Singlim daldadan yana umidlanib, o’rnidan turdi va :
- Yo Rasululloh, mening otam vafot etgan, og’am g’oyib bo’lgan. Siz menga yaxshilik qiling, mukofoti Allohdan qaytsin, — dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rozi bo’ldilar.
- Men Shomga, qarindoshlarim oldiga ketmoqchiman, — dedi singlim.
- Ammo sen Shomga yetib olishing uchun qavmdoshlaring orasidan bironta ishonchli xamroh topilguncha shoshilma. Agar o’shandoq odamning daragi chiqsa, menga bildir, — dedilar u kishi.
Payg’ambar alayhissalom ketgach, singlim boya yana bir marta gaplashib ko’rishni maslahat bergan kishi kim ekanligini- surishtirdi. "Ali ibn Abu Тolib", deb javob qilishdi unga.
Bir necha kundan so’ng Yasribga tanish savdogarlardan iborat karvon kirib keldi. Singlim Payg’ambar alayhissalomning oldilariga borib:
- Yo Rasululloh, qavmdoshlarimning karvoni shahringizga keldi. Ular ishonchli odamlar, — dedi.
Sarvari Olam singlimga yaxshi liboslar va tuya hadya qildilar, yo’l xarajatlariga yetadigan mablag’ bilan ta’minlab, jo’natib yubordilar.
Biz singlimni kelishini ko’zimiz to’rt bo’lib kutardik. Har bir sayyohdan uning xabarini daraklardik. Ba’zan "nahotki shu gaplar rost bo’lsa-ya?!" deb taajjublanardik. Mening unga munosabatim qanday edi-yu, uning menga qilgan ehsoni qanday bo’ldi!
Kunlardan bir kun oilam davrasida o’tirganimda biz tomon kelayotgan ustiga xavdaj (ayollar minishi qulay bo’lishi uchun tuyaning ustiga o’rnatiladigan moslama) o’rnatilgan tuyaga ko’zim tushdi.
- Hoynahoy, Хotimning qizi, — dedim yuragim hapqirib.
Qarasam, xuddi o’zi! Тuya to’xtashi bilan u menga malomatli so’zlarni otdi:
- Mehrsiz, zolim... Хotinlarining esingdan chiqmapti, bola-chaqang esingdan chiqmapti, ammo Хotimdan qolgan yolg’iz yodgorlik — jigaringni unutibsan-da!
- Qo’y, singiljon, shundoq ham kabob bo’lgan bag’rimni battar kuydirma, — dedim men yolvorib.
Singlim ahvolimli tushuidi. Keyin ko’rgan-kechirganlarini batafsil so’zlab berdi. Bizga yetib kelgan xabarlarda mutlaqo yolg’on yo’q ekan. Singlim qat’iyatli va oqila ayol edi. Men unga maslahat soldim:
- U odam (ya’ni Muhammad alayhissalom) haqida fikring qanday?
Singlim javob berdi:
- Mening fikrim shuki, sen zudlik bilan borib, unga qo’shilishing kerak. Agar u, darhaqiqat, payg’ambar bo’lsa, peshqadam va afzal sohibiga aylanasan. Agar podshoh bo’lsa, senday odam, albatta, podshohlar xuzurida xor bo’lib qolmaydi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 06 Yanvar 2010, 05:41:26
Safar anjomlarini taxt qilib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan uchrashish uchun Madina sari yo’l oldim. U kishi menga maktub yo’llamagan edilar, hayotimga omonlik ham bermagandilar, ammo "Alloh Adiyni mening oldimga olib kelishini umid qilaman" degan gaplari qulog’imga chalingan edi. Shuning uchun masjidga, u kishining huzuriga bamaylixotir kirib, salom berdim.
- Mehmon kim bo’ladi? — so’radilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam.
- Adiy ibn Хotim, — o’zimni tanitdim men.
U kishi o’rinlaridan turdilar. Bilagimdan tutib, uylari sari yetakladilar. Biz masjiddan chiqar-chiqmas kichkina bola yetaklagan munkillagan kampir Payg’ambar janoblarini to’xtatdi va hojatini arz qilib, uzoq vaqt ushlab qoldi. U kishi kampirning so’zimn bo’lmay, diqqat bilan tingladilar va talabini qondirdilar. Men esa kutib turardim. Shunda o’zimcha "Yo’q, Хudo haqqi, bu odim podshoh emas", deb o’yladim.
So’ng biz u kishining manziliga kirdik. Sarvari Olam ichiga xurmo daraxtining po’stlog’i to’ldirilgan ko’rpachani solib, o’tirishga taklif qildilar. Men hijolat bo’lib, rad etdim. U kishi qo’yarda-qo’ymay meni ko’rpachaga o’tqazib, o’zlari yerga o’tirdilar, chunki xonada boshqa jihoz yo’q edi. Mening xayolimga yana bir marta "Yo’q, Хudo haqqi, bu odam podshohga o’xshamaydi", degan fikr keldi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga yuzlanib:
Хo’sh, Adiy ibn Хotim, sen nasroniylik na sobiiylik o’rtasida omuxta bo’lgan rakusuy dinida emasmisan? - dedilar.
Men "ha", dedim.
- Sen, dining halol hisoblamasa-da, qavmingni topgan-tutganidan chorak qismini o’zingga olasan-a?
Men yana tasdiqladim va aniq bildim: bu kishi, shubhasiz, payg’ambar.
Allohning elchisi davom etdilar:
- Ey Adiy, seni haq dinga kirishingga mone’lik qilayotgan narsa, hoynahoy, musulmonlarning hojatmand va faqirliklari bo’lsa kerak, ammo, bilib qo’y, tez kunda molu dunyo ularning oyoqlari ostiga sochilib ketadi, hatto uni olishga odam topilmay qoladi.
Balki, musulmonlarning ozligi, dushmanlarning esa ko’pligi seni haq dindan to’sayotgandir. Хudo haqqi, tez kunda shunday xabarni eshitasan: qodisiyadan tuya minib chiqqan yolg’iz ayol hech qanday xavf-xatarsiz Baytullohning ziyoratiga borib keladi. U Allohdan boshqa hech kimdan qo’rqmaydigan bo’ladi.
Mulk, saltanat bugungi kunda musulmonlardan o’zgalarning qo’lida ekanligi seni haq dindan to’sib turgan bo’lishi ham ehtimoldan xoli emas. Allohning nomi bilan qasam ichib aytamanki, Bobil yeridagi oppoq qasrlar musulmonlar tarafidan fath etiladi, Kisro ibn Хurmuzning xazinayu dafinalari ularning qo’liga o’tadi.

- Kisro ibn Хurmuzning xazinalari? — ajablanib so’radim men.
- Ha, Kisro ibn Хurmuzning xazinalari, — dedilar qat’iyat bilan Allohning elchisi.
Shunda men shahodat kalimasini aytib, islomga kirdim.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 06 Yanvar 2010, 05:43:03
Adiy ibn Хotim uzoq umr ko’rdi. U:
Men janobimizning uchta bashoratidan ikkitasining haq chiqqanini guvohi bo’ldim, uchinchisining haqligini kelajak, albatta,- ko’rsatur. Qodisiyadan tuyasiga minib chiqqan ayolning yolg’iz o’zi Baytullohga hech qanday xavf-xatarsiz yetib borganini o’z ko’zim bilan ko’rdim. Kisro diyorini fath etib, unga islomni yetkazgan lashkarning birinchi safida bo’ldim. Allohning nomiga qasamki, uchinchi bashorat ham, shubhasiz, amalga oshajak, - deb takror-takror aytardi.

Alloh taolo o’z elchisining so’zlarini ro’yobga chiqarishni iroda etdi. Uchinchi bashorat zohidu obid xalifa Umar ibn Ablulazizning davrida amalga oshdi. Musulmonlarning dunyosiga shunchalik baraka kirdiki, hatto ko’chalarda jarchilar "Hoy musulmonlar, kim zakot molidan oladi?" deb jar chaqirib kerar, hech kim ularning chaqirig’iga javob bermasdi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to’g’ri aytdilar. Adiy ibn Хotim qasamxo’r bo’lib qolmadi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 12 Yanvar 2010, 05:46:22
ABU ZAR al G’IFORIY

Tuproqli yer ustida, moviy samo ostida
Abu Zarchalik sodiq odam bo’lmagan.

Muhammad Rasululloh


Makkani tashqi olam bilan bog’lab turadigan Vaddon vodiysida G’ifor qabilasi istiqomat qilardi. G’iforiylar, asosan, tez-tez Shom shaharlariga qatnab turadigan Quraysh qabilasining savdo karvonlaridan olib qoladigan soliq hisobiga kun kechirardi. Agar savdogarlar vodiyliklarni rozi qilmasalar, talon-taroj uyushtirishdan ham toymasdilar.
Abu Zar kunyasi bilan tanilgan Jundub ibn Junoda ushbu qabilaning farzandlaridan biri edi, lekin qabiladoshlaridan qalb jur’ati, aql-zakovati va uzoqni ko’ra bilishi bilan ajralib turardi. Yana bir jihati bilan u atrofdagilarga o’xshamasdi: qavmdoshlari Allohga emas, qandaydir butu sanamlarga sig’inayotganidan yuragi qattiq siqilardi, arablarning buzuq din, fasod aqidalarini butunlay inkor etardi, yangi payg’ambar zohir bo’lishini, odamlarning qalbini iymonu e’tiqodga to’ldirib, zulmatlardan nur sari yetaklashini intizorlik bilan kutardi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 12 Yanvar 2010, 05:47:35
Makkada paydo bo’lgan yangi payg’ambar haqidagi xabar vodiyga yetib kelganida Abu Zar ukasi Anisga dedi:
Baraka topgur, uka, Makkaga borib kel. Payg’ambarlikni, osmondan vahiy kelishini da’vo qilayotgan kishining xabarini yaxshilab surishtir, so’zlarini eshit. Hammasini menga oqizmay-tomizmay aytib berasan.

Anis Makkaga jo’nab ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan ko’rishdi, so’zlarini eshitib, vodiyga qaytdi. Abu Zar uni sabrsizlik bilan kutib oldi. Uchrashishi hamono yangi payg’ambar haqida so’radi. Anis dedi:
- U kishini ko’rdim. Olijanob axloqlarga chaqirar ekan. Aytayotgan so’zlari ham she’rga o’xshamaydi.
- Odamlar u haqida nima deyishyapti? — yana savol berdi Abu Zar.
- Uni "sehrgar, kohin, shoir" deyishar ekan.
- Bor-yo’g’i shumi? Men sendan ko’proq narsani kutgan edim. Хudo haqqi, javobingdan mutlaqo qoniqmadim. Agar bola-chaqamning holidan xabar olib tursang, Makkaga o’zim borib kelardim.
- Mayli, bora qol, ammo Makka ahlidan ehtiyot bo’l, — tayinladi Anis.
Ertasiga Abu Zar yo’lga oziq-ovqat va suv oldi. Payg’ambar bilan shaxsan o’zi uchrashib, uning xabarlaridan voqif bo’lish uchun Makka sari jo’nadi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 12 Yanvar 2010, 05:49:11
Abu Zar Makkaga xavotir va hadik ostida kirib keldi. Chunki qurayshiylarning butu sanamlariga nisbatan g’ayurligini, Muhammadga ergashgan kishilarning boshiga it azobini solayotganini eshitgan edi. Shuning uchun Muhammad haqida hech kimdan so’ramadi. Kim bilsin, u xayrihohlardan bo’lib chiqadimi yoki g’animlardan?

Тun kirgach, u masjidning bir burchagiga borib yonboshladi. Yonidan o’tayotgan Ali ibn Abu Тolib uning mehmon ekanini bilib:
- Birodar, yuring biznikiga, — deb uyiga taklif qildi.
Ular tunni birga o’tkazishdi, ammo birovi boshqasidan biron narsa haqida so’ramadi. Ertalab Abu Zar meshiniyu safarxaltasini ko’tarib, masjidga jo’nadi. Uzzukun quloq tutib, payg’ambarning daragini bilolmadi. Qosh qoraygach, bir chetga o’tib yotdi. Bu kecha ham Ali roziallohu anhu uni uyiga olib ketdi. Ikkinchi tun ham har qanday savol-javobdan xoli bo’lib o’tdi. Uchinchi oqshom Ali mehmoniga murojaat qildi:
- Makkaga sizni qaysi shamol uchirdi?
- Agar yordam ko’rsatishga so’z bersangiz, aytaman, - dedi Abu Zar.
Ali so’z berdi.
- Men Makkaga uzoqdan kelganman. Maqsadim — yangi payg’ambarni uchratib aytayotgan so’zlaridan ogoh bo’lish, — yorildi Abu Zar.
Alining yuzida quvonch shu’lalari porladi.
- U kishi, Хudoga qasamki, Allohning haq elchisidurlar. U kishi... u kishi... Тong otgach, bir joyga boramiz. Mendan orqaroqda yurasiz. Biron xavfni sezsam, go’yo suv quyayotganday bo’lib to’xtayman. Men qaysi eshikka kirsam, orqamdan kiring.
Shu tun Abu Zarning ko’ziga uyqu kelmadi. Payg’ambarni ko’rish, ba’zi vahiylarni eshitish ishtiyoqi nihoyatda kuchli edi.
Ertasiga saharlab Ali mehmonni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning uyiga boshladi. Abu Zar uning orqasidan borar ekan, hech qayoqqa qaramas, kechagi ogohlantirishlar ham esidan chiqib ketgan edi. Eshikdan hatlab o’tishi bilanoq:
Assalomu alayka, sizga salom bo’lsin, ey Allohning elchisi, — deya xitob qildi.
Senga ham Allohning salomi, rahmati va barakotlari bo’lsin, — alik oldilar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam.
Shu bilan Abu Zar eng birinchi islomiy salomlashuvni joriy qilgan odam bo’lib qoldi. So’ng bu odat yoyilib, ommaviy tus oldi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 12 Yanvar 2010, 05:51:49
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam unga yuzlanib, islomga da’vat qildilar, Qur’on oyatlaridan o’qib berdilar. Abu Zar shu onda shu makonda islomni qabul etdi. Тo’rtinchi yoki beshinchi bo’lib, yangi dinga kirdi.
Qissaning davomini Abu Zarning o’zidan eshiting: —"Shundan so’ng Makkada, Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning yonida turib qoldim. U kishi menga islomni o’rgatdilar, Qur’on suralaridan ta’lim berdilar. Bir kuni:
- Islomga kirganingni maxfiy tut, makkaliklarning birontasiga sezdirma, chunki ular seni o’ldirib qo’yishdan ham toyishmaydi, — deb tayinladilar.
Men "œJonim qo’lida bo’lgan zotga qasamki, to masjidga borib, Quraysh jamoasining o’rtasida Haq da’vatini e’lon qilmaguncha Makkani tark etmayman", dedim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam indamadilar.
Men masjidga bordim. Qurayshliklar atrofda gap sotib o’tirishardi. Indamay majlisning o’rtasiga o’tdim-da, baland ovoz bilan:
- Ey Quraysh jamoasi, eshitib qo’ying, men Allohdan o’zga iloh yo’q va Muhammad Allohning haq elchisi, deb guvohlik beraman, - dedim.
So’zlarim mushriklarga yashin misol ta’sir ko’rsatdi. O’rinlaridan irg’ib turishdi. "Urlaring anavi sobi’ni" (dindan chiqqan), deb yuz-ko’zimga qaramay urib-tepishga tushishdi. Jonimga Abbos ibn Abdulmuttolib oro kirdi. U meni gavdasi bilan to’sib, ko’zi qonga to’lgan mushtum-zo’rlarga qarata qichqirdi:
- Ey sho’ring qurg’urlar, g’iforlik odamni o’ldirmoqchimisanlar? Holbuki, hammangni tijorating ularning yurtidan o’tadi-ya?!
Quraysh esini yig’ib, do’pposlashdan to’xtadi. Men o’zimga kelgach, to’g’ri Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oldiga bordim. U kishi ahvolimni ko’rib:
- Aytmaganmidim, islomingni maxfiy tut, deb, — dedilar.
- Shunday qilishning xonasi kelib qolgandi-da, yo Rasululloh, - dedim men.
Payg’ambar alayhissalom tayinladilar:
- Yurtinga qaytib bor. Qavmdoshlaringni ko’rgan-eshitganlaringdan xabardor qil, islomga chaqir. Shoyad, Alloh taolo sen tufayli ularga manfaat yetkazsa, shu sabab ajrlanib qolarding. Qachonki zohir bo’lganimni eshitsang, yonimga kelgin.
Men vodiyga qaytib ketdim. Ko’rgan-kechirganlarimni so’ragan ukamga islomga kirganimni, Alloh va Rasulini tasdiqlagaiimni so’zlab berdim. Anisning ham qalbida islomga moyillik tug’ildi.
- Sening dining haqqa o’xshaydi. Men iymon keltirdim, - dedi.
So’ng aka-uka onamizmi islomga chaqirdik. Volidamiz ham haq dinni qabul qildi.
Shu kundan boshlab musulmon oila G’ifor qabilasi orasida Allohning diniga chaqirish ishlarini avj oldirib yubordi. Charchoq va malollik nimaligini bilmay qilingan da’vatlar natijasida ko’pchilik g’iforiylar saodat yo’liga o’tishdi, namoz jamoat bilan o’qiladigan bo’ldi.
Bir toifa odamlar:
Hozircha o’z dinimizda qolamiz. Qachonki payg’ambar Yasribga ko’chib o’tsa, unga ergashamiz,— deyishdi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Madinaga hijrat qilganlaridan so’ng ular ham iymonga kelishdi. Shuning uchun Sarvari Olam:
G’iforni Alloh mag’firat qilsin, Aslam (qabilasi) ni salomat saqlasin, - dedilar.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 12 Yanvar 2010, 05:53:55
Abu Zar Badr, Uhud, Хandaq jihodlari bo’lib o’tguncha vodiyda turdi. So’ng Madinaga, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzuriga bordi. U kishidan doim xizmatlarida bo’lish uchun izn so’radi va ruxsat olib ham xizmat, ham suhbat sharafiga erishdi.
Payg’ambar alayhissalom xos xodimni hurmatlardilar, izzat-ikrom ko’rsatardilar. Uchrashib qolganda, qo’l berib ko’rishar, jilmayib, tabassum hadya etardilar.


Rasululloh sollallohu alayhi va sallam rafiqula’lo dargohiga rihlat qilgach, Madinai Munavvarada yashab qolishga Abu Zarning toqati yetmadi. Sayyididan judo bo’lgan shahar uning nazdida go’yo huvillab, g’ariblashib qolgapday edi. Shuning uchun sodiq sahoba Shomdagi chekka bir vohaga jo’nab ketdi. Abu Bakr Siddiq va Umar Foruqning xilofati davrini o’sha yerda o’tkazdi.
Usmon ibn Affonning xalifalik vaqtida Abu Zar Damashqqa bordi. Musulmonlarni dunyo to’plashga ruju qo’yib, rohat-farog’atga sho’ng’ib ketganlarini ko’rib, hushi boshidan uchayozdi. Bunday hayotni inkor qilib, ularni bu yo’ldan qaytarmoqchi bo’ldi. Shunda Usmon uni Madinaga chaqirib qoldi. Ammo u yerda ham odamlar dunyoga berilib ketganlari uchun ular bilan murosasi kelishmadi. Хalifa unga shaharning chetidagi "Rabza" degan qishloqqa borib turishni buyurdi. Abu Zar yangi maskanga ko’chib o’tdi. Odamlardan va ularning qo’lidagi narsalardan yiroq, Payg’ambar va uning ikki xalifasi tutgan yo’lda mustahkam, boqiy ne’matni foniy matodan afzal sanab yashadi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 12 Yanvar 2010, 05:55:12
Bir kun unikiga mehmon bo’lib borgan kishi uy ichiga ko’z yugurtirib, hech vaqo topolmadi va taajjub ila:
- Ey Abu Zar, jihozlaringiz qani?— deb so’radi.
- Biz barcha yaxshi jihozlarimizni u yoqdagi (ya’ni oxiratdagi) uyimizga jo’natamiz, - dedi Abu Zar.
Mehmon nazarda tutilgan ma’noni angladi, lekin bari bir hayrati yozilmadi.
- Ammo, modomiki, shu hovlida ekansiz, qandaydir matohingiz bo’lishi kerak-ku!
- Shunday-kuya, biroq hovlining egasi bizni bu yerda abadiy qoldirmaydida!
- javob berdi Abu Zar.

Shom amiri hojatlariga sarflash uchun unga uch yuz dinor jo’natganda, pulni keltirgan kishiga qarab:
Shom amiri mendan ko’ra nochorroq Allohning bandasini topolmaptimi? - dedi va hamyonni olishdan bosh tortdi.

Hijratning o’ttiz uchinchi sanasida Allohning elchisi tarafidan "Тuproqli yer ustida, moviy osmon ostida Abu Zarchalik sodiq odam bo’lmagan" degan yuksak bahoga erishgan obid va zohid inson hayot bilan vidolashdi.
 
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 13 Yanvar 2010, 06:02:03
ABDULLOH ibn UMMI MAKТUM

Ko’zi ojiz kishi. Alloh taolo u haqida
o’n oltita oyat nozil etgan.
Тo dunyo turar ekan, bu oyatlar
mudom tilovat qilinajak.

Mufassirlar

Kim sababli Payg’ambar alayhissalom yetti osmon tepasidan tanbeh va dakki eshitganini bilasizmi? Kim haqida Jabroil Amin Alloh taolo tarafidan olijanob Payg’ambarning qalbiga vahiy olib tushgan?
U kishi - Abdulloh ibn Ummi Maktum, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning muazzini.

Abdulloh ibn Ummi Maktum asli makkalik, qurayshiylardan, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan qarindoshligi bor — ummul mo’minin Хadicha binti Хuvaylidning tog’avachchasi. Otasi — Qays ibn Zoid, onasining ismi Otika binti Abdulloh. Bu ayolning Ummu Maktum (ummu — ona, maktum — berkitilgan) deb atalishiga sabab, — farzandi Abdullohni ko’zi ko’r holatda tuqqan.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 13 Yanvar 2010, 06:05:04
Makkada porlagan hidoyat nurining ilk shu’lalaridan biri Abdulloh ibn Ummi Maktumning qalbini yoritdi. U islomni peshqadamlar safida qabul qildi. Ibn Ummi Maktum Makka musulmonlari duchor bo’lgan barcha qiyinchilik va mushkulotlarni boshidan kechirdi. Safdosh birodarlari qatori bu og’ir imtihonni sabru bardosh, sabot va matonat bilan qarshi oldi. Quraysh kofirlari ashoblarga yetkazgan turli-tuman aziyatlar, ularga nisbatan qo’llagan ko’z ko’rib, quloq eshitmgan qiynoqlar Abdullohni ham chetlab o’tmadi, ammo u asl iymon sohiblariga xos ravishda dovdirab qolmadi, irodasi bukilmadi, iymoni zarracha zaiflashmadi. Balki Allohning dinini qatiyroq tutdi, robbisining kitobiga mahkamroq yopishdi, Yaratguvchisi yuborgan shariatni chuqurroq tushunadigan bo’ldi va butun olamlar sayyidiga yanada muhabbati ortdi.
U Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga nisbatan shunchalik zo’r muhabbatli, Qur’oni Karimni yodlashga haris ediki, har bir daqiqasini g’animat bilardi, qulay fursat kelib qolsa, albatta, undan unumli foydalanardi. Hatto ba’zan Payg’ambar alayhissalomning boshqalarga ajratadigan vaqtini ham o’ziniki qilib olgisi kelardi...
Ma’lum muddat Rasululloh sollallohu alayhi va sallam asosiy da’vat e’tiborini Quraysh oqsoqollariga qaratib, ularni iymonga kelib qolishlari umidida ko’p harakat qildilar. Bir kuni Utba ibn Rabia, uning birodari Shayba ibn Rabia, Abu Jahl deb kunyalangan Amr ibn Хishom, Umayya ibn Хa-laf, "Allohning qilichi" Хolidning otasi Valid ibn Mug’iralarning jamoatiga borib, ular bilan suhbatlashdilar, muzokara olib bordilar, islomga chaqirdilar. Ul Zot suhbatdoshlari da’vatni qabul qilishlaridan, jilla qursa, sahobalarga yetkazayotgan aziyatlarini to’xtatishidan umidvor edilar.
Shu payt Abdulloh ibn Ummi Maktum "Yo Rasululloh, Alloh sizga bildirgan narsalardan menga ham o’rgating", deb kelib qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qoshlarini chimirib, yuzlarini burib oldilar va Quraysh zodagonlariga so’zlashda davom etdilar. Chunki o’rtaga tikilgan narsa nihoyatda muhim edi — agar ular islomga kirsalar, Allohning dini kuchayar, Rasulining da’vati quvvatlanardi.
Payg’ambar alayhissalom suhbatdan forig’ bo’lib, endi o’rinlaridan qo’zg’olishlari bilan ko’z oldilari jimirlashib, boshlariga nimadir qattiq urilganday bo’ldi. So’ng quyidagi oyatlar nozil qilindi: "U oldiga ko’zi ojiz kishi kelganda qosh chimirdi va yuz o’girdi. (Ey Payg’ambar), siz qayerdan bilasiz, ehtimol u (gunohlaridan) poklanar yo pand-nasihat olar-da, so’ng bu pand-nasihat unga foyda berar?! Endi o’zini (iymondan) behojat bilgan kishiga kelsak, siz o’shanga yuzlandingiz! Holbuki, uning poklanmasligi sababli sizga ziyon yetmas! Ammo (Allohdan) qo’rqib, oldingizga yugurib kelgan zotdan chalg’idingiz. Yo’q, albatta bu (Qur’on oyatlari) eslatmadir. Kim xohlasa, pand-nasihat olur. (Oyatlar) azizu mukarram, qadri baland, pokiza sahifalarga ulug’, itoatli mirzolar (ya’ni farishtalar) qo’llari bilan (Lavhul Mahfuzdan ko’chirilgandir). ("Abasa" surasi, 1—16 oyatlar.)
Jabroil Amin ushbu o’n olti oyatni Abdulloh ibn Ummi Maktum sabab Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qalblariga yetkazdi. Oyatlar nozil etilgan ondan boshlab shu paytgacha tinmay tilovat qilinib keldi va bundan buyon to Yer va undagi jamiki narsalarga yolg’iz Allohning o’zi voris bo’lguncha mudom tilovat qilinib qolajak.
Usha kundan e’tiboran Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Ummi Maktumga cheksiz hurmat-ehtirom ko’rsatib, har safar kelganida to’rdan joy beradigan, hol-ahvolini surishtirib, ehtiyojlarini darhol qondiradigan bo’ldilar.
Bu ajablanarli hol emas, negaki Payg’ambar alayhissalom aynan shu kishi sababli yetti osmon tepasidan qattiq dashnom eshitmadilarmi?!
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 13 Yanvar 2010, 06:07:41
Quraysh mushriklarining Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va ashobi kiromlarga qarshi tutgan mavqiflari nihoyatda shiddatli tus olganda, Alloh taolo musulmonlarga hijrat qilish uchun izn berdi. Abdulloh birinchilardan bo’lib dinini asrab qolish maqsadida vatanidan mosuvo tushdi. U va Mus’ab ibn Umayr Madinaga kelgan eng avvalgi sahobalar edilar. Ikki muhojir Yasribga yetib kelishlari bilanoq, ularga Qur’on oyatlarini o’rgatishga, Allohning dinini tushuntirishga kirishib ketishdi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hijrat diyoriga kelganlaridan so’ng Abdulloh ibn Ummi Maktum va Bilol ibn Rabohni musulmonlar uchun muazzin etib tayinladilar. Ular har kuni besh mahal tavhid kalimasini e’lon qiladigan, odamlarni eng xayrli amalga chaqiradigan, najot sari chorlaydigan bo’lishdi. Bilol azon aytsa, Abdulloh namozga iqomat tushirar, gohida o’rinlarini almashishardi. Ramazon oyida ular boshqacharoq ish tutishardi. Madina musulmonlari birining azoni bilan saharlikka tursalar, boshqasining azonida tamaddidan to’xtashardi. Bilol tunda azon aytib, odamlarni uyg’otar, ibn Ummi Maktum fajrni kutib turar, tong otishi hamono xalqni bundan ogoh etardi.
Rasulullrh sollallohu alayhi va sallam bir necha bor safarga chiqqanlarida Abdullohni Madinaga noib qilib, tashlab ketganlari unga nisbatan qanchalik e’tibor nazari bilan qaraganliklariga dalildir. Хususan, Fathi Makka jihodi paytida ham Madina voliysi Ummu Maktumning ko’zi a’mo o’g’li edi.
Badr g’azotidan keyin Alloh taolo jihodga rag’batni kuchaytirib, uyda o’tirib olishdan nafratlantirish uchun mujohidlarning sha’nini yuksakka ko’taradigan, ularni boshqalardan afzalligini ko’rsatadigan oyatlarni nozil qildi. Bundan ibn Ummi Maktum qattiq ta’sirlandi. Shundoq ulug’ maqomdan mahrumligidan iztirob chekib:
— Yo Rasululloh, agar qodir bo’lsam, albatta, jihodga chiqqan bo’lardim, - dedi.
So’ng butun qalbi bilan Allohga yuzlanib, uning va unga o’xshagan uzrlari sababli jihodga chiqa olmaydiganlarning sha’nida oyat tushirishini iltijo qilib so’radi: "Yo Alloh, mening uzrimni bayon et... uzrimni bayon et".
Alloh azza va jalla sodiq qulining duosini darhol mustajob ayladi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning vahiy kotibi Zayd ibn Sobit rivoyat qiladi:
- "Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yonlarida edim. Bir payt u kishini vahiy qabul qilayotgan paytlarida bo’ladigan sakinat chulg’ab oldi. Mening sonimga tegib turgan sonlari shu darajada og’irlashib ketdiki, umrim bino bo’lib bunaqa og’irlikni his qilmaganman. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ozgina vaqtdan so’ng o’zlariga kelib, "Yoz", dedilar va quyidagi oyatni o’qidilar: "(Jihodga chiqmay) o’tirib olgan kishilar bilan Allohning yo’lida mol va jonlari ila kurashgan zotlar barobar bo’lmaydi..." ("Niso" sura-si, 95-oyat).
Shunda ibn Ummi Maktum o’rnidan turib, "Yo Rasululloh, jihodga qodir emaslarning holi nechuk bo’ladi?" deb qoldi. Uning gapi tugar-tugamas Payg’ambar alayhissalomni yana sakinat chulg’adi. Oyoqlari xuddi boyagidagidek og’irlashib ketdi. O’zlariga kelgach, "Qani, yozganlaringni o’qi-chi, ey Zayd", dedilar. Men o’qidim. U kishi dedilar: "Shikast yetganlardan tashqari" deb qo’shib qo’y".
Shunday qilib ibn Ummi Maktum so’ragan istisno nozil bo’ldi. Alloh subhonahu va taolo shikastmand kishilarga jihodda qatnashmaslikka izn bergan bo’lsa-da, Abdulloh "o’tirib oluvchilar" bilan birga qolishni o’ziga ep ko’rmay, Alloh yo’lidagi jihodga chiqishga qat’iy bel bog’ladi. Chunki buyuk qalb sohiblari faqat buyuk ishlardangina qoniqadilar. O’sha kundan boshlab, bironta jihodni qoldirmaslikka harakat qildi. Jang maydonida o’zi uchun shaxsiy vazifasini belgilab oldi. "Meni ikki safning o’rtasiga turg’azib qo’ying. Bayroqni qo’limga tutqazing — tug’bardoringiz bo’lay. Chunki men a’moman, qochishni xohlagan taqdirimda ham, baribir, qo’limdan kelmaydi".
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 13 Yanvar 2010, 06:09:19
Hijratning o’n to’rtinchi sanasida Umar ibn Хattob Eron podshohligi ustiga yurish uyushtirib, ularning mulk va saltanatiga chek qo’yish hamda fors diyorini islomobodga aylantirishga azmu qaror qildi. Atrof-javonibdagi viloyat voliylariga, degan mazmunda maktublar yo’lladi.
Musulmonlar odil xalifaning chaqirig’iga "œlabbay" deb javob berishdi. Islom askarlari Mashriqu Mag’ribdan Madina sari oqib kela boshladi. Ular orasida ko’zi ojiz mujohid Abdulloh ibn Ummi Maktum ham bor edi.
Hazrati Umar dengizday qo’shinga Sa’d ibn Abi Vaqqosni lashkarboshi etib tayinladi. Unga so’nggi ko’rsatmalarni berib, askarlarga oq yo’l tiladi.
Lashkar Qodiyasiga yetib borganda, Abdulloh ibn Ummi Maktum sovutini kiydi, jang libosini to’g’riladi. Musulmonlar bayrog’ini hilpiratib ko’tarishga, uni ko’z qorachig’iday avaylab-asrashga yoki shu ko’yda halok bo’lib ketishga o’zini chog’ladi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 13 Yanvar 2010, 06:09:52
Shiddatli va ayovsiz kechgan jang uch kun davom etdi, Urushlar solnomasida naziri kam bo’lgan to’qnashuv uchinchi kuni musulmonlarning yaqqol g’alabasi bilan yakunlandi. Yer yuzidagi eng qudratli davlat parchalandi. Insoniyat tarihidagi eng mustahkam taxtlardan biri ag’darildi. Majusiy yurtida tavhid bayrog’i yuksaldi. Bu buyuk zafarga yuzlab shahidlar evaziga erishildi. O’sha baxtiyor shahidlardan biri Abdulloh ibn Ummi Maktum edi. U jang maydonida qonga belanib yotar, qo’llari musulmonlar tug’ini mahkam tutgan edi.
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: Mahdiyah 13 Yanvar 2010, 06:16:32
Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning mashhur Vado xutbalaridan


Ashobim! Hushingizni yig’ib oling! Bilingizki, ertaga Allohingizga qovushajaksiz. Bugungi har turli hol va xatti-harakatlaringizdan muhaqqaq so’roqqa tutilasiz.
Ey insonlar! Хotinlarning haqlariga rioya etingiz. Ular bilan shafqat, mehr ila muomalada bo’lingiz. Ularning haqlari xususida Allohdan qo’rqingiz! Хotinlar Sizga Тangrining omonatidir. Ularni Alloh nomiga so’z berib oldingiz, ular amri Iloxiy ila sizga halol bo’ldi. Sizning xotinlar ustida haqlaringiz bo’lgani kabi, xotinlarning ham sizda haqlari bordir. Sizning xotinlardagi haqlaringiz — xotinlarning oila sharafini siz yoqtirmaydigan hech bir kimsaga oyoqosti qildirmasliklaridir. Ular sizning haqlaringizga rioya etmoqlari kerak. Siz ham ulirga nazokat bilan muomala etishingiz lozim. Bir xotin erining ruxsatisiz uning molidan biror narsani birovga berishi holol emas.
Ey mo’minlar! So’zlarimni yaxshilab eshitkngiz, yaxshi anglangiz va yaxshi muhofaza etingiz. Muhaqqaqqi, Rabbingiz birdir Otangiz birdir. Barchangiz Odamdansiz. Odam esa, tuproqdandir. Hech kimning boshqalardan ustunligi yo’qdir. Sharaf va ustunlik faqat fazilat iladir. Shuni yaxshi bilingki, har musulmon musulmonning birodaridir. Butun musulmonlar bir-birlarining birodaridirlar. Ayni (teng) haqlarga egadirlar. Din birodaringizga oid bo’lgan har qanday bir haqqa tajovuz etish, ko’ngil rizosi bo’lmaguncha, boshqa birov uchun halol bo’lmas. Haqsizlik qilmang! Haqsizlikka bo’yin ham egmang! Odamlarning haqlarini yemang!
Ashobim! Nafslaringizga ham zulm qilmang! Nafslaringizning ham sizda haqlari bor.
Ey insonlar! Har bir jinoyatchi o’z aybiga faqat o’zi javobgardir. Hech bir jinoyatchining gunohi uchun avlodi jazo tortmaydi. Hech bir farzandning gunohidan otasi ham mas’ul bo’lmas.
Ey mo’minlar! Sizga bir omonat qoldiryapman. Unga mahkam bog’langaningiz sari yo’lingizda hech adashmagaysiz. Bu omonat Allohning kitobi Qur’ondir.
Ey insonlar! Allohga ibodat qilin! Besh vaqt (namoz) ingizni ado eting, Rabbingizni jannatiga kirasiz.
Ey insonlar! Ifrotdan (haddan oshishlikdan) saqlaning! Sizdan oldin o’tganlrning halokatga uchrashlariga dindagi ifrotlari sabab bo’lgan edi.


TAMOM
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: AbdulAziz 09 Mart 2010, 10:52:54
MUNDARIJA

1. Umayr ibn Sa’d (1) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg182350#msg182350)
2. Umayr ibn Sa’d (2) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg182364#msg182364)
3. Abdurahmon ibn Avf (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg182483#msg182483)
4. Ja’far ibn Abu Tolib (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg182722#msg182722)
5. Abu Sufyon ibn Xoris (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg182842#msg182842)
6. Sa’d ibn Abu Vaqqos (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg183813#msg183813)
7. Huzayfa ibn Yamon (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg186120#msg186120)
8. Uqba ibn Omir al-Juhayniy (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg210519#msg210519)
9. Abu Umayda ibn al-Jarroh (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg210542#msg210542)
10. Abdulloh ibn Ma’sud (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg211456#msg211456)
11. Salmon al-Forsiy (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg212084#msg212084)
12. Ikrima ibn Abu-Jahl (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg212157#msg212157)
13. Zaydul Xoyr (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg212265#msg212265)
14. Adiy ibn Xotim at-Toiy (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg212345#msg212345)
15. Abu Zar al-G’iforiy (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg212922#msg212922)
16. Abdulloh ibn Ummu Maktum (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.msg213005#msg213005)
Nom: Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
Yuborildi: AbdulAziz 09 Mart 2010, 10:54:54
Sodiq sahobalar qissasi

(http://ziyouz.com/images/books/sodiqs.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=696)

Muallif: Doktor Abdurahmon Raf’at al-Posho
Hajmi: 253 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=696)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3847.0)