forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => Mavzu boshlandi: Kinjo 10 Avgust 2009, 20:10:09

Nom: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Kinjo 10 Avgust 2009, 20:10:09
Hammamiz bir birimizga matematikadan yordam beramiz chiqmagan misollar bo`lsa yozinglarchi bir ko`ramiz o`rtaga olib...
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: BEKO 11 Avgust 2009, 10:20:20
2350+632211 NECHA
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Hadija 11 Avgust 2009, 14:40:01
634561 :) Аасл? ")
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Muhammad Amin 12 Avgust 2009, 12:06:31
Matematika ajoyib fan. Ham qiziq, ham aqilni charxlaydigan juda ham ajoyib fan.

Qani kim mana bu misolning javobini topa oladi?

7 ni kvadratini 9ni kvadratiga qo'shganda yig'indini oxirgi raqami qanday raqam bilan tugaydi?
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 12 Avgust 2009, 12:08:33
1000000000000000000000000000000000000000 mana shu raqamlar nima deb aytiladi.
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Ziyovuddin 12 Avgust 2009, 15:12:40
Matematika ajoyib fan. Ham qiziq, ham aqilni charxlaydigan juda ham ajoyib fan.

Qani kim mana bu misolning javobini topa oladi?

7 ni kvadratini 9ni kvadratiga qo'shganda yig'indini oxirgi raqami qanday raqam bilan tugaydi?
729 bilan tugaydi
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Hadija 12 Avgust 2009, 17:30:13
Matematika ajoyib fan. Ham qiziq, ham aqilni charxlaydigan juda ham ajoyib fan.

Qani kim mana bu misolning javobini topa oladi?

7 ni kvadratini 9ni kvadratiga qo'shganda yig'indini oxirgi raqami qanday raqam bilan tugaydi?
729 bilan tugaydi

Iya birodar adashibsiz, 0 bilan tugaydi, 130 bo'ladi ;)
729 qanday chiqardingiz?
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Hadija 12 Avgust 2009, 17:33:20
1000000000000000000000000000000000000000 mana shu raqamlar nima deb aytiladi.

yo'q son deyiladi, muhtaram Jamshidjon... Matematikadagi eng so'nggi xona birliklari trl b-n tugaydi, Vallohu A'lam :)
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 12 Avgust 2009, 17:36:11
1000000000000000000000000000000000000000 mana shu raqamlar nima deb aytiladi.

yo'q son deyiladi, muhtaram Jamshidjon... Matematikadagi eng so'nggi xona birliklari trl b-n tugaydi, Vallohu A'lam :)

triliondan keyin yana sonlar davom etaveradi, to'g'ri bu sonlardi uncha muncha odam ham bilolmidi lekin bu bor son.
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Hadija 12 Avgust 2009, 17:39:42
1000000000000000000000000000000000000000 mana shu raqamlar nima deb aytiladi.

yo'q son deyiladi, muhtaram Jamshidjon... Matematikadagi eng so'nggi xona birliklari trl b-n tugaydi, Vallohu A'lam :)

triliondan keyin yana sonlar davom etaveradi, to'g'ri bu sonlardi uncha muncha odam ham bilolmidi lekin bu bor son.

Ho'p unda bu sonlar qanday xona birliklariga kirishini o'zingiz aytingchi?
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 12 Avgust 2009, 17:40:48
1000000000000000000000000000000000000000 mana shu raqamlar nima deb aytiladi.

yo'q son deyiladi, muhtaram Jamshidjon... Matematikadagi eng so'nggi xona birliklari trl b-n tugaydi, Vallohu A'lam :)

triliondan keyin yana sonlar davom etaveradi, to'g'ri bu sonlardi uncha muncha odam ham bilolmidi lekin bu bor son.

Ho'p unda bu sonlar qanday xona birliklariga kirishini o'zingiz aytingchi?

1000000000000000000000000000000000000000 mana shu raqamlar nima deb aytiladi.

yo'q son deyiladi, muhtaram Jamshidjon... Matematikadagi eng so'nggi xona birliklari trl b-n tugaydi, Vallohu A'lam :)


mana bu sonlarga e'tibor bering. Bu sonlardi hech kim o'qib berolmaydi.

179 254 100 245 301 100 548 001 145 020 009 900 456 457

Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 12 Avgust 2009, 17:42:33
Bir yuz yetmish to’qqiz dedetsillion ikki yuz ellik to’rt undetsillion yuz detsillion ikki yuz qirq besh nonillion uch yuz bir oktillion yuz septillion besh yuz qirq sakkiz sekstillion bir kvintillion bir yuz qirq besh kvadrillion yigirma trillion to’qqiz milliard to’qqiz yuz million to’rt yuz ellik olti ming to’rt yuz ellik yetti. Qarang-a, qanchalik aytilishi qiyin.

Mana shunday o'qiladi
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Hadija 12 Avgust 2009, 17:44:26
Bir yuz yetmish to’qqiz dedetsillion ikki yuz ellik to’rt undetsillion yuz detsillion ikki yuz qirq besh nonillion uch yuz bir oktillion yuz septillion besh yuz qirq sakkiz sekstillion bir kvintillion bir yuz qirq besh kvadrillion yigirma trillion to’qqiz milliard to’qqiz yuz million to’rt yuz ellik olti ming to’rt yuz ellik yetti. Qarang-a, qanchalik aytilishi qiyin.

Mana shunday o'qiladi

Iltimos, odam bolasi tushunadigan tilda aytib tushuntiring? :))
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 12 Avgust 2009, 17:48:02
O'qing, bu qiziq !!!  O'zgarmas sonlar

 Ixtiyoriy 3 xonali sonni oling, va o'sha sonni teskarisini yozing. Biridan ikkinchisini ayring. Natija quyidagilardan biri chiqadi.

990, 891, 792, 693, 594, 495, 396, 297, 198, 099.
Masalan:  ixtiyoriy 321 soni, uning teskarisi 123. Bularni ayirsak    321-123=198
Yuqoridagi qatorda 198 soni ham bor.
 
Qarang ,Qiziq-a ! hammasining o'rtadagisi 9 soni turibdi. Yuqoridagi sonlar manfiy ishorali bo'lishi ham mumkin.


--------------------------------------------------------------------------------

Istagan 2 xonali sondan uning teskarisini ayirsangiz o'n ta variantning biri chiqadi...
Bu variantlar ushbu sonlar
 0, 18, 27, 36, 45, 54, 63, 72, 81, 9 
shulardan boshqasi chiqmaydi
Ixtiyoriy iki xonali sonni oling va o'sha sondan uni teskarisini ayring, masalan  32 sonining teskarisi 23 bo'ladi. ularni ayramiz 
32-23=9   yoki  23-39=-9   
boshqa misol:  62-26=36 
boshqa misol 38-83=-45 Qarang yuqoridagi qatorda shu sonlar ham bor


--------------------------------------------------------------------------------
 Yuqoridagi aytilgan qoidaga kabi 4 xonali sonlarni ham qo'llash mumkinmi ?
Ha, Albatta mumkin, 
bularni saytni kuzatish davomida ko'rasiz, hozircha shu bilan cheklanib qolamiz....
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 12 Avgust 2009, 17:48:27
RAQAMLAR HAQIDA NIMA BILASIZ ?

Kundaik turmushimizda har qadamda raqam va sonlarni ishlatamiz. Raqamlar bozor- do’konlarda, pul sanashda, vaqtni aniqlashda, transportga chiqishimizda, telefon qilishimizda va boshqa har qanday narsani o’lchashda bizning eng yaqin yordamchimizdir. Lo’nda qilib aytganda, raqamlarsiz hayotni mutlaqo tasavvurga sig’dirib bo’lmaydi. Ko’zi ojiz kishiga hassa qanchalik asqotsa, raqamlar ham bizga shunchalik ko’mak beradi.

Raqamlar hatto bizning ishlarimizni, maktab yoki oily o’quv yurtlarida qanday o’qiyotganimizni ham ko’rsatib turadi. Fan texnikani raqam va sonlarsiz xayolga keltirib ham bo’lmaydi: Fazoviy kemalar uchishidan tortib, yerdagi qadamimiz ham raqamlar bilan o’lchanadi. Shu jumladan, iqtisodiyot ham raqamlarga tayanadi. Bunga kundalik gazeta va jurnallarni iqtisodiyotga bag’ishlagan satrlarini ko’rib ishonch hosil qilishimiz mumkin. Ular raqamlarga boy: aksiyalar qiymati, valyuta kurslari qiymati, ularning foizi, xarajatlar miqdori va boshqa barcha statistik ma’lumotlarni ko’rishimiz mumkin. Xo’sh, biz raqamlarni shunchalik ko’p ishlatar ekanmiz, ularning tarixi, qayerda va kim tomonida o’ylab topilganini bilamizmi?
Insonlar ibtidoiy davrda qo’l sanog’ bilan ovlarning sonini, kunlarni, oylarni, qurol aslahalar soning salmog’ini hisob kitob qilib bir biriga tushuntirgan. Vaqt o’tgan sari bu raqamlarga nom qo’yib ularni yozuvda ham ifodalashni o’rgangan. Eng birinchi raqamlarni yozuvda ifodalaganlar bu- Bobilliklar va Misrliklar bo’lgan ekan.

Bugungi kunda butun dunyoda arab va rim raqamlari amal qiliadi.
Ular: - 0, 1 ,2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9
Ana shu raqamlar yordamida har qanday katta yoki kichik sonlarni hosil qilishimiz mumkin. Aytaylik, bitta sonning yonida bitta nol bo’lsa, bu o’sha sonni 10 ga ko’paytirish deganidir, ya’ni 0 ning ma’nosi :10 ga ko’paytirish. Agar ikkita nol bo’lsa, masalan: 100 degani ma’nosi: 1*10*10 Masalan : 250 da 1 ta nol mavjud, buning ma’nosi shu-ki: 25 ni 10 ga ko’paytirish ya’ni 25*10 Masalan: 14000 da 3ta nol bu: 14*10*10*10 deganidir.
1 dan kichik qiymatni ifodalashdayam nolning ma’nosi 1 ni 10 ga taqsimlashdir Masalan: 0,1 degani ma’nosi 10/1 demakdir. 0,03 degani ma’nosi esa (10*10)/3 0,0045 degani esa (10*10*10)/45 demakdir.

Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Ziyovuddin 12 Avgust 2009, 17:59:13
Matematika ajoyib fan. Ham qiziq, ham aqilni charxlaydigan juda ham ajoyib fan.

Qani kim mana bu misolning javobini topa oladi?

7 ni kvadratini 9ni kvadratiga qo'shganda yig'indini oxirgi raqami qanday raqam bilan tugaydi?
729 bilan tugaydi

Iya birodar adashibsiz, 0 bilan tugaydi, 130 bo'ladi ;)
729 qanday chiqardingiz?
Man kubga hisoblagan ekanman uzr : )
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 12 Avgust 2009, 18:06:36
Matematika ajoyib fan. Ham qiziq, ham aqilni charxlaydigan juda ham ajoyib fan.

Qani kim mana bu misolning javobini topa oladi?

7 ni kvadratini 9ni kvadratiga qo'shganda yig'indini oxirgi raqami qanday raqam bilan tugaydi?

Man Madhiyah qizdi post qoldiganini ko'rib qolgandim, 0 deb javob bergan edilar. Oldin Ziyoviddin javob berganlarigami postlarini o'chirib tashadilar darrov
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Muhammad Amin 31 Avgust 2009, 11:25:02
Savol: 2 ni 2002chi darajasini 5 ni 1998chi darajasiga qo'shganda yig'indi qanday raqam bilan tugaydi?
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Abdul_Malik 31 Avgust 2009, 11:32:02
Javob: 9 bilan tugaydi.
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Muhammad Amin 31 Avgust 2009, 23:00:58
Javob: 9 bilan tugaydi.

To'g'ri javob. Barakalla!
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 04 Sentyabr 2009, 13:43:39
QUR’ONDA TAKRORLANGAN SO’ZLAR
O’xshashlik, tenglik, moslik



Qur’oni karimda bir qancha so‘z va tushuncha teng miqdord va bir necha marotaba takrorlanib keladiki, Qur’on tadqi qotchilari bu narsaga ham e’tibor berganlar. Misrlik olsh Abdurazzoq Navfal o‘shanday so‘z va tushunchalarning qatarzda va qanday miqdorda joy olgani haqida "žAl-I’jazu. Qur’oni karim" nomli asarida so‘z yuritib, bizga bu xususd batafsil ma’lumotlar beradi.
Quyida miqdor jihatdan teng bo‘lgan va mazmunan bir-bi riga uzviy bogliq so‘zlardan misollar beramiz:
So‘z Necha marta takrorlangan
Dunyo - oxirat -115
Shayton - farishta - 68
Shaytonlar - farishtalar- 68
Hayot - o‘lim-145
Bunday mutanosibliklar, hayratga soluvchi muqobillik lar bir-biriga mazmunan yaqin yoxud zid so‘zlardagina emas balki nodir va ajoyib masalalarda ham bor.
Masalan: "žAl-Kufr" va "žal-Iymon" so‘zlari Qur’onda 17 martada takrorlangan. "žKufr" va uning turli shakllari hamda zalol (zalolatga tushgan, to‘gri yo‘ldan adashgan)ning soni 697 (kufr va turli shakllari 506 ta, zalol 191 ta), Iymon va turli shakllari ham 697 ta.
Rahmon 57 - Rahim 2 x 57 = 114
Jazo 117 Mag‘firat 2 x 117 - 234
Yomonlar (fujjor) 3 Yaxshilar (abror) 2 x 3 = 6
Oy (shahr) 12
Kun (yavm) 365
Kunlar ("yavm" so‘zining ko‘pligi) Osmon (birlikda) 30 7
Salot (namoz - duo) 99
Bularning barchasi hali tugallanmagan tadkiqotlar natijasidir. Zero, Qur’onning mo‘‘jizalari tugab bitmaydi va unda hali insonning aql darajasi qamrab ololmaydigan ko‘p narsalar bor. Shuning o‘zi Qur’onning Alloh kalomi ekanligani va uni inson zoti yoza olmasligini ko‘rsatib turibdi.
«Ayting: "žQasamki, agar bor insu jin mana shu Qur’onning o‘xshashini keltirish yo‘lida birlashib, bir-birlariga yordamchi bo‘lsalar-da, uning o‘xshashini keltira olmaslar"» (Al-Isro surasi, 88-oyat).
«Axir, ular (Qur’on haqida) fikr yuritmaydilarmi? . Agar u Allohdan boshqa birov tomonidan bo‘lsa edi, unda ko‘p qarama-qarshiliklarni topgan bo‘lar edilar-ku?!» (Niso surasi, 88-oyat).

Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 11 Sentyabr 2009, 14:49:28
Qur’on Karimda:
114 sura;
6236 dan ortiq oyat;
30 pora;
har porada 4 tagacha xizb deb atalgan bo‘lim;
jami 60 hizb bordir.
1 — Qur’on Karimdagi:
nuqtalar soni (taqriban) 1 015 030 ta;
harflar soni (taqriban) 323 670 ta;
so‘z (kalima)lar soni: 77 934 ta.
2 — Har bir sura «oyat» deb atalgan jumlalardan tuzilgan.
3 — Qur’on Karim oyatlaridan 87 tasi «Makkiy», 27 tasi esa «Madaniy» deb ataladi.
4 — «Tavba» surasidan boshqa barcha suralar basmala (Bismillahir rohmanir rohiym) bilan boshlanadi. Muborak «Naml» surasida esa basmala ikki marta zikr qilingan.
5 — Qur’on Karimning 6 surasi 6 ta payg‘ambar ismi bilan atalgan. Ular: Yunus, Hud, Yusuf, Ibrohim, Muhammad va Nuh (ularga Allohning salavotu salomlari yog‘ilsin!).
6 — Eng uzun sura — «Baqara» surasi bo‘lib, 286 oyati bo‘lsa, eng kichik sura «Kavsar» surasi bo‘lib, oyatlari 3 tadir.
7 — Tavhid surasi «Ixlos», basmalani nazarga olmaganda, qaratqich kelishigi bir martagina iste’mol qilingan yagona suradir.
8 — Qur’on Karimning nozil bo‘lish emas, yozilish tartibida muborak «al-Hamdu» surasi Qur’on Karimning birinchi, «Nos» surasi esa oxirgi suradir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamnigg qalbiga nozil bo‘lgan ilk sura «Alaq», oxirgisi esa «Nasr» surasidir.
9 — «Alloh» lafzi Qur’on Karimda 2707 marta, shundan 980 martasi bosh kelishik, 592 martasi tushum kelishik va 1135 tasi qaratqich kelishikda iste’mol qilingan. 
10 — «وَليَتَلَطَّفْ» (Valiyatalattof) so‘zi Qur’onning umumiy so‘zlarining teng yarmida, «te» harfi esa umumiy harflrining qoq o‘rtasida zikr qilingan.
11 — Har bir suraning o‘z nomi bo‘lib, ayrim suralarning birdan oshiq nomlari bor. Hatto, muborak «al-Hamdu» surasining yigirmadan ortiq nomi bor. Ulardan ba’zilari: Fotiha, Ummul-Kitab, Sab’ul-Masaaniy, Kanz, Vaafiya, Kaafiya, Shaafiya va boshqalar.
12 — Ba’zi suralar o‘z nomlarini suralar avvalidagi qisqartirilgan harflardan olgan: Toha, Yosin, Sod va Qof kabi.Makkiy oyat va suralar hijratdan avval Makkada, Madaniy oyat va suralar esa hijratdan so‘ngra Madinada nozil bo‘lgandir. Ayrim ulamolar esa bu suralarning hijratga aloqasi bo‘lmay, nozil bo‘lgan makoniga ta’alluqli ekanini qayd qilganlar.
13 — Eng qisqa oyat «Yosin» surasidagi «Yosin» bo‘lib ... ba’zilar: «ar-Rahmon» surasidagi «Mudhaammataan» oyati, dedilar ..., eng uzun oyatlar «Baqara» surasining ikki yuzinchi oyatidan keyingi oyatlardir.
14 — 29 ta sura qisqartirilgan harflar bilan boshlanadi.
15 — 5 ta sura «Alhamdu li...» bilan boshlanadi. Ular: «Fotiha», «An’om», «Kahf», «Saba’» va «Fotir» suralaridir.
16 — 7 ta sura Xoliqqa tasbih aytish — Uni poklash: «Sabbaha» — «yusabbihu» — «subhona» bilan boshlanadi. Ular: «Isro’», «A’lo», «Tag‘obun», «Jum’a», «Soff», «Hashr» va «Hadid» suralaridir. 
17 — 3 ta: «Ahzob», «Taloq» va «Tahrim» suralari «Yaa Ayyuhann—nabiyyu» jumlasi bilan boshlanadi.
18 — 3 ta sura «Yaa ayyuhallaziyna aamanuv» jumlasi bilan boshlanadi. Ular: «Moida», «Hujurot» va «Mumtahana» suralaridir.
19 — 5 ta sura «Qul» so‘zi bilan boshlanadi. Ular: «Jin», «Ixlos», «Falaq», «Nos» va «Kofirun» suralaridir.
20 — 2 ta sura «Yaa ayyuhan-naas» jumlasi bilan boshlanadi. Ular: «Niso» va «Haj» suralaridir.
21 — 4 ta sura «Innaa» so‘zi bilan boshlanadi. Ular: «Fath», «Nuh», «Qadr» va «Kavsar» suralaridir.
22 — 15 ta sura qasam ichish bilan boshlanadi. Ular: «Zoriyot», «Tur», «Najm», «Mursalaat», «Naazi’aat», «Buruj», «Toriq», «Fajr», «Shams», «Layl», «Zuho», «Tiyn», «Aadiyat», «Asr» va «Sooffaat» suralaridir.   
23 — Quyidagi 15 surada sajda oyati kelgan: «A’rof», «Ha mim, fussilat», «Ha mim, sajda», «Nahl», «Maryam», «Haj» (bu surada ikkita sajda bor), «Naml», «Inshiqoq», «Ra’d», «Isro’», «Furqon», «Sod», «Van-Najm» va «Alaq».
24 — Qur’on Karimning nomlari
Qur’on Karim o‘z ichida o‘zi uchun o‘nlab nomlarni zikr qildi: Furqon, Kitob, Nur, Tanzil, Kalom, Hadis, Mav’iza, Hodiy, Haq, Bayon, Munir, Shifo, Azim, Karim, Majid, Aziz, Ne’mat, Rahmat, Ruh, Habl (Arqon), Qasas (Qissalar), Muhaymin (Qamrovchi), Hakam, Zikr, Siroj (Chiroq), Bashir (Xushxabarchi), Nazir (Ogohlantiruvchi), Tibyon (Bayon), Adl (Adolat), Munodiy (Darg‘achi), Shofiy (Shifo beruvchi), Zikro (Eslatma) va Hakim (Dono).  Ulamolar Qur’on Karimning boshqa nomlarini ham aytib o‘tdilar. Ular: Mezon (Tarozi), Ahsanul-Hadis (Eng Go‘zal So‘z), al-Kitabul-Mutashaabih (Oyatlari balog‘at va fasohatda bir-biriga o‘xshash Kitob), Masoniy, Haqqul-Yaqiyn (Chin Haqiqat), Qoyyim (Sobit), Ablag‘ul-Vu’’oz (Vo’izlarnig Eng Yetugi).

Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 11 Sentyabr 2009, 14:51:05
Ushbu maqola http://www.emanway.com/showmsg.php?cid=7&id=323 bog‘lamadan ba’zi qisqartmalar bilan iqtibos qilindi.
Qur’on oyatlarini tarjima qilishda Alouddin Mansurning «Qur’oni Karim» izohli tarjimasidan ba’zi tuzatishlar bilan foydalanildi.   
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: NafisaBonu 11 Sentyabr 2009, 17:03:48
(sinx)'=?    sinx  ning  hosilasi  nechi  buladi?
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: AbdurRohman 13 Sentyabr 2009, 14:09:17
(sinx)'=?    sinx  ning  hosilasi  nechi  buladi?
(sin x)'= cos x
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Nurdinboy 13 Sentyabr 2009, 14:22:59
Pifagor teoremasini kim biladi  ???

[вложение удалено Администратором]
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: AbdurRohman 13 Sentyabr 2009, 15:01:35
Pifagor teoremasini kim biladi  ???

to'g'ri burchakli uchburchak katetlari kvadratlari yig'indisi gipotenuza kvadratiga teng!

Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: NafisaBonu 14 Sentyabr 2009, 19:07:45
(sinx)'=?    sinx  ning  hosilasi  nechi  buladi?
(sin x)'= cos x

  HA juda  tug'ri!
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: NafisaBonu 14 Sentyabr 2009, 19:10:09
1/3tgx=?   ni  boshlang'ichini   toping.
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Fatima 15 Sentyabr 2009, 15:22:46
(sinx)'=?    sinx  ning  hosilasi  nechi  buladi?
(sin x)'= cos x

  HA juda  tug'ri!

Topganga sovg`asiyam bormi, Nafisaxon?
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: asr 17 Sentyabr 2009, 00:46:49
Mantiqiy savol:
oldin kun paydo bo'lganmi yo tun?
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Kinjo 28 Sentyabr 2009, 12:41:46
Mantiqiy javob:
Alloh (a.j.) kunni tundan va tunni kundan ayirdi va ularning hech biri ikkinchisining o'rnini olmasligini tamin etdi. Demak, bizning ta'limotga ko'ra tun kundan va kun tundan oldin yaratilmagan balkim ular birgalikda yaratilgandirlar. Tun va kun yaratilinmagan davrda bu tushunchalarning ahamiyati bo'lmagan. Bu fikri ojizim olingan manba bor deb bilaman. Alloh bilguvchi va rahmli zotdir.
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: NafisaBonu 05 Oktyabr 2009, 17:43:26

Topganga sovg`asiyam bormi, Nafisaxon?
Agar 1/3tgx=?   ni  boshlang'ichini   topsez, Sizga  SOVG"A bor!!! 
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: MSJON 22 Dekabr 2009, 14:41:18
BAC to’g’ri burchаkli uchburchаk (<A = 90º) vа ikkitа BEFC vа AMNB kvаdrаtlаr shundаy jоylаshgаnki, E vа A nuqtаlаr BC to’g’ri chiziqqа nisbаtаn turli tоmоnlаrdа, M vа C nuqtаlаr esа — AB to’g’ri chiziqdаn turli tоmоnlаrdа yotibdi. Аgаr AB = b, AC = a bo’lsа,  kvаdrаtlаr mаrkаzlаri оrаsidаgi mаsоfаni tоping.
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Andalus 24 Dekabr 2009, 01:23:53
                                                                                            2                                              2                                   2
Masofani x deb hisoblasak x = (b/2+a) + (b/2)
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Andalus 25 Dekabr 2009, 11:03:07
Agar:

2 + 3 = 10
7 + 2 = 63
6 + 5 = 66
8 + 4 = 96 bo'lsa

9 + 7 = ??

 
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Mas'ud 26 Dekabr 2009, 03:40:48
2+3=10 (2+3)*2=10

7+2=63 (7+2)*7=63

6+5=66 (6+5)*6=66

8+4=96 (8+4)*8=96

9+7=??? (9+7)*9=144

Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Mas'ud 26 Dekabr 2009, 03:50:36
Ikkita tishli  soat g'ildiraklarimiz bor - biri 8 ta tishli va ikkinchisi 24 tishli (tishlar o'lchami teng bo'lgani abab, g'ildiraklar radiuslari mos ravishda 3 barobar farq qiladi). Shu ikkala g'ildirak bir biriga kiritilib, aylantirilsa, kattasi bir bor aylanganda, kichigi necha marta aylanadi? (rasmga qarang) Javobingizni asoslang

(http://i002.radikal.ru/0912/e3/821b0d4c8241.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Rakhmat26 11 Fevral 2010, 22:39:42
Шахмат доскаси
3 та шашка билан фокус
   Кс‹рсатувчи доскадан бошkа ерга kараб тургунча, томошабинлардан бири доскага шашакаларни расмда кс‹рсатилган иккита диагоналлардан бирига yхшатиб kyсди.
   Ва уларни yз ичида фамилисси ёки исмини hарфларини айтиб шашкаларни бирма­бир юргиза бошлайди. Шунда хар бир харфга биттадан юриш тугри келади. Шашкалар факат ок катаклар устидан юради. Фамилис бутун айтиб булингач, томошабин бу жараённи бир неча марта такрорлаши мумкин. Шуни айтиб утиш керакки шашкалар таваккалига танланиб, ихтиёрий томонга юргизилади. Бундан кейин курсатувчи доскага бир караб, шашкалар кайси бурчакдан юргиза бошлаганини айтиб беради. 
   Тушунтириш
    Айтиладиган исм ёки фамилислардаги харфлар сони албатта жуфт бс‹лиши керак. Курсатувчи доскага караганда, жуфт устунларга сътибор бериши лозим булади( 2, 4, 6, 8). Агар бу устунларда шашкалар сони жуфт булса, съни 2та ёки умуман булмаса, шашкалар пастки унг бурчакдан юргизилган хисобланади. Агар жуфт устунларда хаммаси булиб учта ёки битта шашка булса, юкори чап бурчакдан бошланган булади.


(http://a a a c c c)
      a               
   a                  
a                     
                     
                     
                     c
                  c   
               c      
                    1  2  3  4  5  6  7  8
(http://C:\Documents and Settings\User\А абочий стол\Безс‹мсннс‹й.JPG)

[вложение удалено Администратором]
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Robiya 13 Fevral 2010, 09:16:15
 :as:

Menda matematiklarga bir savol bor. Kecha maktabda matematika darsiga tahlilga kirdim. 5 - sinflarda edi, mavzu "To'g'ri va noto'g'ri kasrlar". Shunda o'qituvchi mavzuni tushuntira boshladi: ...Maxraj bo'luvchi, surat bo'linuvchi..." degan joyga kelganda o'ylab qoldim. Maxraj bo'linuvchi emasmi deb? Kim ayta oladi kasrda bo'linuvchi qaysi-yu, bo'luvchi qaysi?
Nom: Re: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Kinjo 12 Aprel 2010, 23:58:35
                                                                                            2                                              2                                   2
Masofani x deb hisoblasak x = (b/2+a) + (b/2)
yana ham soddalashtiradigan bo`lsak bu holat faqat bir shartda to`g'ri burchakli uchburchagimiz teng yonli bo`lgandagina bajariladi. Demak, AC=AB yoki a=b
bunga ko`ra ularni harflarning biri bilam ham ifodalash mumkin: J/b: kvadrat ildiz ostida besh taqsim ikki ko`paytiruv a yoki b.
Nom: Javob: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Muxsiya 08 May 2013, 11:34:19
Menda matematiklarga bir savol bor. Kecha maktabda matematika darsiga tahlilga kirdim. 5 - sinflarda edi, mavzu "To'g'ri va noto'g'ri kasrlar". Shunda o'qituvchi mavzuni tushuntira boshladi: ...Maxraj bo'luvchi, surat bo'linuvchi..." degan joyga kelganda o'ylab qoldim. Maxraj bo'linuvchi emasmi deb? Kim ayta oladi kasrda bo'linuvchi qaysi-yu, bo'luvchi qaysi?




bo'linuvchi surat bo'luvchi mahraj
Nom: Javob: M A T E M A T I K A
Yuborildi: braupov 08 May 2013, 11:55:15
Menda matematiklarga bir savol bor. Kecha maktabda matematika darsiga tahlilga kirdim. 5 - sinflarda edi, mavzu "To'g'ri va noto'g'ri kasrlar". Shunda o'qituvchi mavzuni tushuntira boshladi: ...Maxraj bo'luvchi, surat bo'linuvchi..." degan joyga kelganda o'ylab qoldim. Maxraj bo'linuvchi emasmi deb? Kim ayta oladi kasrda bo'linuvchi qaysi-yu, bo'luvchi qaysi?
bo'linuvchi surat bo'luvchi mahraj

MATEMATIKA 5 sinf (2007 yil) 130 bet
Nom: Javob: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Donishmand 08 May 2013, 12:09:45
:) Yaxshi ketayapmiz. Surat-mahrajni 3 yilda aniqlashtiribmiz, bunaqada o'ttiz yilda olim bo'lib ketamiz-ov.
Nom: Javob: M A T E M A T I K A
Yuborildi: NANO 08 May 2013, 17:52:30
Braupov kimalani kasriga qolib yuribsiz!  ;D :1
Nom: Javob: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Muxsiya 10 May 2013, 11:53:01
BAC to’g’ri burchаkli uchburchаk (<A = 90º) vа ikkitа BEFC vа AMNB kvаdrаtlаr shundаy jоylаshgаnki, E vа A nuqtаlаr BC to’g’ri chiziqqа nisbаtаn turli tоmоnlаrdа, M vа C nuqtаlаr esа — AB to’g’ri chiziqdаn turli tоmоnlаrdа yotibdi. Аgаr AB = b, AC = a bo’lsа,  kvаdrаtlаr mаrkаzlаri оrаsidаgi mаsоfаni tоping.


shu savolning javobini topganlar bormi ikki kundan beri 10ta listni qoralab tashladim geometriyani ancha esimdan chiqarb qo'yibman shekilli.
Nom: Javob: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Zokir85 11 May 2013, 04:50:46
Hoop birinchi misolingizni chizib olamiz.
(http://)
Agar togri chizib olsangiz u yogi menimcha oson.
Kvadratlarni M nuqta bilan B nuqta orasidan va B nuqta bilan F orasidan togri chiziq otkazamiz.
MAB togri burchakli uchburchak, Pifagor teoremasiga kora, AB orasidagi masofa a ga teng bolganiga kora MB chizigi  ildizosti 2 kopaytirilgan a ga teng boladi. Huddi shu usulda, BF ni ham  ildizosti 2 kopaytirilgan b ga ga tengligini aniqlasak boladi.
Endi, N va A keyin E va C nuqtalarini bir biri bilan tutashtiramiz.
Korishimiz mumkinki, ikki kvadrat orasidagi masofa MB chizigini yarmi va BF chizigini yarmidani yigindisiga teng boladi.
Javob ham rasmda keltirilgan, menimcha shu yetarlik izoh bolsa kerak.
Nom: Javob: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Muxsiya 16 May 2013, 16:09:28
rasm ko'rinmayaptiku
Nom: Javob: M A T E M A T I K A
Yuborildi: azizbek_mx 16 May 2013, 16:29:07
mana:


(https://fbcdn-sphotos-c-a.akamaihd.net/hphotos-ak-ash3/923489_501437173254738_1945193491_n.jpg)
Nom: Javob: M A T E M A T I K A
Yuborildi: Muxsiya 16 May 2013, 16:33:32
ha birgina pifagor teoremasi bilan chiqadigan masala ekanku men chizmani chizishda adashiman kvadratlarni uchburchakka ichki kizilgan qilib chizibman