forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: IXLOS 19 Avgust 2009, 11:14:30

Nom: Imom Qurtubiy. Jannat vasfi ("Tazkira"dan)
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 11:14:30
JANNAT VASFI

Imom Qurtubiyning  “Tazkirasidan”

Arabchadan:
Jahongir To‘lqin o‘g‘li va
Ubaydulloh Abdulaziz o‘g‘li o‘girdi

Muharrir:
Abdug‘afur Iskandar

Toshkent
« Movarounnahr »
2006

   Ushbu risola Imom Qurtubiyning Islom olamida «Tazkira» nomi bilan mashhur bo‘lgan "At-tazkiratu fiy ahvalil mavta va umuril axirot" (Jon berish holatlari va oxirat ishlaridan eslatma) kitobidan bir bobdir. Unda dorul baqo - jannat ishonchli xabarlar bilan vasf etilgan.
   Risola keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.


   Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘incha qo‘mitaning 2006 yil 31 mart 265-sonli ruxsati bilan chop etildi.

MUNDARIJA

Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184516#msg184516)
Jannat ne’matlari, sifatlari va u haqida kelgan xabarlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184517#msg184517)
Jannat ahlining bu dunyodagi sifatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184518#msg184518)
Jannatlarning bir-biridan afzalligi bormi? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184521#msg184521)
Jannat ne’matlari va jannat ahliga tayyorlab qo‘yilgan narsalarning sifati haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184527#msg184527)
Jannat anhorlari va tog‘lari hamda ularning bir parchasi dunyoda mavjudligi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184530#msg184530)
Ya’juj ma’juj chiqib zamon oxirlashganda, bu davrlarning yo‘qolishi, Qur’on va ilmning ko‘tarilishi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184531#msg184531)
Jannat daryolari qaerdan oqib chiqadi? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184533#msg184533)
Xamr jannat egalarining sharobi ekani, kim uni dunyoda ichsa, oxiratda ichmasligi, jannat egalarining libos va idishlari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184535#msg184535)
Jannat daraxtlari, ularning mevalari va dunyodagi mevalarga o‘xshashlari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184538#msg184538)
Jannat liboslari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184540#msg184540)
Jannatdagi barcha daraxtlarning tanasi oltindan ekani haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184541#msg184541)
Jannatdagi ziroat (ekin-tikin) haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184542#msg184542)
Jannat eshiklari, ularning soni, kimlar uchunligi, nomlari va kengligi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184544#msg184544)
Jannat darajalari va ulardan mo‘minga beriladiganlari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184546#msg184546)
Jannat bolaxonalari va ularning egalari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184547#msg184547)
Jannatdagi qasrlar, hovlilar, uylar va mo‘min banda erishadigan narsalar haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184556#msg184556)
Alloh taoloning "Baland ko‘tarilgan ko‘rpachalar", degan oyati haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184557#msg184557)
Jannat chodirlari, bozorlari, jannatiylarning dunyoda qilgan ishlari va ibodatlarini eslashlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184558#msg184558)
Hech kimning jannatga ruxsatsiz kirmasligi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184559#msg184559)
Jannatga birinchi kiradiganlar faqirlar ekani haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184561#msg184561)
Jannat ahlining sifati, darajasi, yoshi, bo‘yi, yoshligi, teri, kiyimi, tarog‘i, tutatqisi, jufti va tili hamda jannatda bo‘ydoq  bo‘lmasligi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184562#msg184562)
Hurlar, ularning so‘zlari va odamiy ayollarning javoblari hamda xo‘jayinlari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184563#msg184563)
Yaxshi amallar hurlarning mahri ekani haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184564#msg184564)
Hurlar nimadan yaralganligi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184565#msg184565)
Kishi dunyoda qaysi xotin bilan bo‘lsa, oxiratda ham u bilan bo‘lishi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184566#msg184566)
Jannatda yeyish, ichish va nikoh xaqiqatda borligi, ifloslik, kamchilik va uyquning yo‘qligi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184567#msg184567)
Mo‘min qachon jannatda bolani xoxlasa, bir lahzada homila bo‘lishi, tug‘ilishi va ulg‘ayishi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184568#msg184568)
Jannatdagi barcha narsa abadiy, eskirmaydi,  bo‘lmaydi, tugamaydi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184570#msg184570)
Jannatdagi ayol-hurning dunyoda yurgan juftlarini ko‘rishi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184571#msg184571)
Jannatdagi qush, ot va tuyalar haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184572#msg184572)
Hino jannat rayhonlarining sayyidi ekani va jannat rayhonlar bilan o‘ralgani haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184573#msg184573)
Qo‘y va echki jannat hayvonlaridan ekani haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184574#msg184574)
Jannatning atrofi, hidi va so‘zlashi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184575#msg184575)
Jannatga ekin daraxt ekish "Subhonallohi val hamdu lillahi..." kalimasi ekani haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184576#msg184576)
Zikr jannatni bino qilishda mablag‘ ekani haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184577#msg184577)
Jannat ahlining eng quyi va eng oliy darajasi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184578#msg184578)
Allohning roziligi jannatdan afzalligi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184579#msg184579)
Jannat ahlining Alloh taoloni ko‘rishi eng katta ne’mat ekani haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184580#msg184580)
Alloh taoloni ko‘rish haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184581#msg184581)
Jannat ahliga alloh taoloning salomi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184583#msg184583)
“Va yana bizning huzurimizda qo‘shimcha (izzat-ikrom)lar ham bordir” oyati haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184584#msg184584)
Jannat va do‘zax ahli haqida kelgan oyat va ulamolar tafsiri xususida ulamolarning so‘zlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184757#msg184757)
Musulmon va mushriklarning vafot etgan go‘daklari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184762#msg184762)
Farzandi vafot qilgan kishining mukofoti haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184764#msg184764)
Jannat ahlining jannatga kirgan paytlaridagi yegulik va sovg‘alari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184769#msg184769)
Jannat kaliti "Laa ilaha illalloh" kalimasi hamda namoz ekani haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184770#msg184770)
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 11:23:05
MUQADDIMA

   Yer yuzida xayrli, ezgu ishlarni amalga oshiradiganlar uchun jannatlarni shay etib qo‘ygan parvardigorimiz Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin. Insoniyatni ezgulikka bosh-lab, ul abadiy ne’matlar diyori sari chorlagan payg‘ambarimiz Muhammad mustafoga (s.a.v.) salovot va salomlar yog‘ilsin. Dunyoni yaxshilikka burkab, jannat eshigi tomon shoshgan, yaxshilikda musobaqalashgan sahobai kiromlar va boshqa solihlarga Allohning roziligi bo‘lsin. Jumladan, jannat vasfini kitobat etib, qalblarda u yoqqa nisbatan shavq uyg‘otgan Imom Qurtubiy hazratlarini Alloh rahmatiga g‘arq etsin.
   Aziz o‘kuvchi, ushbu mo‘‘jaz risola Islom olamining qadrli ilmiy meroslaridan sanalmish "At-tazkiratu fiy ahvalil mavta va umuril axirot" — "Jon berish holatlari va oxirat ishlaridan eslatma" kitobidan bir bobdir (Alloh nasib etsa, yaqin oylar ichida qolgan boblar ham qo‘lingizga yetib borishi ustida kamarbastamiz).  
Imom Qurtubiy Abu Abdulloh ibn Ahmad ibn Abu Bakr ibn Farh (vafotlari 671 hijriy, shavvol) Andalusning Qurtuba shahrida tavallud topganlar ("Qurtubiy" degan taxallus olishlari vatanlariga nisbatandir). Allohning solih bandalaridan, orif ulamo, taqvodor, zohid, mufassir, nasihatgo‘y edilar. "Al-jame’u liahkamil Qur’an" nomli tafsirlari Islom olamida juda mashhurdir.
   Ushbu jannat haqidagi bobda muallif jannat haqidagi oyatlarni batafsil tafsir etganlar, mufassirlarning mo‘‘tabar so‘zlarini keltirganlar, sahih-hasan hadislarni, sahobai kiromlar va boshqa ulug‘larning vasflarini bayon qilganlar, pirovardda, jannat xususida shunday "guldasta" bunyod etganlarki, o‘qigan kishi beixtiyor dimog‘ida ajib hidlarni, balki, jannat bo‘ylarini tuyadi. Albatta, jannat ulug‘ maskan, barcha mo‘minlar ko‘z tikkan makon. Qolaversa, u yerdagi ne’matlaru hurlar, qushlaru-buloqlar ham o‘z egalariga intizor turibdi. Jannat vasfini o‘qir ekansiz, qalbingizda ajoyib hislar uyg‘onadi, unga nisbatan sog‘inch paydo bo‘ladi, umidingiz kuchayib, toqatsizlik ham tug‘ilsa, ajab emas.
Ammo bir narsani unutmasligimiz kerak. Jannatni har  qancha sog‘inmaylik, shuning o‘zi u yerga kirish uchun kifoya emas. Uning mahri shu dunyodir. Uning qiymati shu dunyoda to‘lanadi. "Biz bu dunyoni yaxshi ko‘ramiz, chunki u dunyoni (ya’ni, jannatni) mana shu dunyoda topamiz", degan edilar Hazrati Ali. Jannatni sog‘inmoq bu dunyodan kechmoq, degani ham emas. "Alloh senga ato etgan mol-davlat bilan (avvalo) oxirat diyorini (obodligini) istagin va dunyodan bo‘lgan nasibangni ham unutmagin", deyilgandir Qasas surasining 77-oyatida.          Payg‘ambarimiz(s.a.v.) ham bu dunyosini deb, u dunyosidan, u dunyosini deb, bu dunyosidan kechganlar mo‘min emasligini aytganlar. Demak, mo‘min kishi ikki tarafni ham birday tutadi, u dunyosining g‘amini mana shudunyoda yeydi.
   Alloh taolo insonni yer yuziga inson o‘laroq jo‘natgan ekan, vazifasini uddalaganlar uchungina jannat hozirlab qo‘yilganini unutmaslik kerak.
"Jannat..."ga sayringiz xayrli bo‘lsin, shavqingiz toshsin, Allohning o‘zi uni muyassar aylasin, omiyn, yo Rabbil olamiyn
.
Muharrir

Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 11:25:11
JANNAT NE’MATLARI, SIFATLARI VA U HAQIDA KELGAN XABARLAR.

   Alloh taolo O’zining Kitobida jannatni kishida shubha qoldirmaydigan darajada, sifatlab berdi. Ayniqsa, "Rahmon", "Voqea", "G’oshiya" va "Inson" suralarida batafsil bayonlar kelgan. Shuningdek, payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam ham jannatni ochiq-ravshan hujjatlar bilan vasf qilganlar. Bu vasflarning "sahih" va "hasan"larini hamda salafi solihlardan vorid bo‘lgan xabarlarni o‘quvchilarimizga tortiq etamiz. Alloh taolo bizlarni u zotlar bilan birga qilsin. Omiyn.
   Ibn Vahb rivoyat qiladi: "Bizga Ibn Zayd ushbu hadisni aytdi: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Aniqki, insonning ustiga zamondan u tilga olgulik bir narsa bo‘lma-gan vaqt-muddat ham kelgandir" (Inson surasi, 1), oyatini o‘qiyotgan edilar. Bu sura nozil bo‘layotganda, huzurlarida bir qora tanli odam bor edi. U Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan bir narsalarni so‘rardi. Umar ibn Xattob unga: "Bas qil! Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga xalaqit berma", dedilar. Rasululloh (s.a.v.): "Qo‘yaver, ey Ibn Xattob", dedilar. Sura inib bo‘lgach, haligi kishiga o‘qib berdilar. Oyatlarda bayon qilingan jannat vasflarini eshitib, uning nafasi bir siqildi-yu joni uzildi.   Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunda: "Jannatga bo‘lgan shavq birodarla-ringizning jonini chiqardi", dedilar".
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 11:27:27
JANNAT AHLINING BU DUNYODAGI SIFATLARI.

   Ibn Vahb Ibn Zayddan rivoyat qiladi: "Alloh taolo jannat ahlini bu dunyoda qo‘rquvchi, mahzun, ko‘p yig‘laydigan, mushfiq, shuning oqibatida oxiratda ne’matlangan va shod bo‘ladilar, deb vasf etgan. Alloh taoloning shunday so‘zi bor:
   "Haqiqatan, bizlar ilgari (hayoti dunyoda) ahli oilamiz orasida (bo‘lgan chog‘imizda oxiratda Allohning azobiga duchor bo‘lishdan) qo‘rqar edik" (Vat-tur, 26).
   Do‘zax ahlini esa, bu dunyoda xursandchilik va shodlik bilan sifatlagan:
   "Darvoqe’, u (hayoti dunyodalik paytida) ahli oilasida (o‘z kufru isyoni bilan) shodu xurram edi. Albatta, u o‘zining hech qachon (Parvardigori huzuriga) qaytmasligiga ishonar edi" (Inshiqoq, 13-14)".
   Jannat ahlining bu dunyodagi vasfiga yuqoridagi xabar kifoya qiladi.

Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 11:38:30
JANNATLARNING BIR-BIRIDAN AFZALLIGI BORMI?

   Alloh taolo aytadi: "Parvardigori (huzurida) turishdan (ya’ni, Parvardigori oldida turib, hayoti dunyoda qilib o‘tgan barcha amallariga javob berishidan) qo‘rqqan kishi uchun ikki jannat bordir" (Rahmon, 46). So‘ngra: "U ikki (jannatdan) quyiroqda yana ikki jannat bordir" (Rahmon, 62), dedi.
   Abdulloh ibn Abbos "Parvardigori (huzurida) turishdan qo‘rqqan kishi uchun ikki jannat bordir", oyati haqida: "Farzlarni (Allohning buyruq va qaytariqlarini) ado qilganlar uchun ikki jannat bo‘ladi", deganlar. Ba’zi mufassirlar: "Allohdan qo‘rqqan har bir banda uchun ikkitadan jannat bor", desa, ba’zilari: "Hamma Allohdan qo‘rqqan bandalar uchun ikki jannat bor", deydilar.
   Allohdan qo‘rqqan har bir banda uchun ikkitadan jannat bor, degan so‘z kuchliroq.
   Muhammad ibn Ali Termiziy aytadi: "Jannatning biri Allohdan qo‘rqqani va buyruqlarini bajargani, ikkinchisi qaytariqlaridan qaytgani uchun".
   Albatta, Alloh har bir jonni amali ustida kuzatib turuvchi zotdir.
   Mujohid va Naxa’iy Alloh huzurida turishdan qo‘rqqan inson haqida deydilar: "U shunday kishiki, bir gunoh ishni    qilmoqchi bo‘ladi, yodiga Alloh tushadi, shu zahoti Allohdan qo‘rqib, u ishni tark etadi".
   Ikki jannat haqida ham turli fikrlar mavjud. Abdulloh ibn Abbos Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat  qiladilar: "Ikki jannat — jannat kengli-gidagi ikki bog‘-bo‘ston. Har bir bo‘stonning kengligi yuz yillik masofadir. Har bir bo‘stonning o‘rtasida ustma-ust nur yog‘ilib turadigan hovli bor, undagi har bir narsa ne’mat va ko‘kalamzordan iborat. Uning turishi abadiy va daraxtlari o‘suvchidir" (Buni Haraviy va Sa’labiylar Abu Hurayradan ham rivoyat qilishgan).
   Ba’zilar: "Ikki jannatning biri qasrlarning quyi qismi, ikkinchisi yuqorisi"; deydilar.
   Muqotil: "U ikki jannat "jannatun-na’im"dir", degan. "U ikki (jannatdan) quyiroqda yana ikki jannat bordir", oyati xususida ham turli fikrlar bildirilgan. Ibn Abbos aytadilar: "Avvalgi ikki jannatdan darajasi pastroq yana ikki jannat bor. Bu jannatlar Allohdan qo‘rqqan bandalar uchun. Avvalgi ikki jannatda xurmo va mevali daraxtlar o‘sadi. Keyingi ikki jannatda esa ekinzor va nabototlar, yoyilib to‘shalgan narsalar bor".
   Mavridiy: "Ehtimol, quyiroqdagi ikki jannat — jannat egalaridan martabasi pastroq bo‘lgan mangu yosh xizmatkor bolalar uchundir. Shunda erkak va ayol xizmatchilar alohida bo‘ladilar", deydi.
Ibn Jurayj: "Yuqoridagi ikki jannat peshqadam, muqarrab bandalar uchun, u yerda har bir mevadan ikki nav bor va ostlaridan buloqlar oqib turadi. Quyidagi ikki jannat o‘ng tomon egalari uchun, u yerda meva, xurmo, anorlar va otilib turuvchi buloqlar bor", deydi.
   Ibn Zayd aytadi: "Yuqoridagi ikki jannat oltindan bo‘lib, muqarrab bandalar uchun, quyidagi ikki jannat kumushdan bo‘lib, o‘ng tomon egalari uchun". Said ibn Jubayr ham Abdulloh ibn Abbosdan shunga o‘xshash fikrni rivoyat qilgan,   Abu Muso Ash’ariy ham shu fikrda. Alloh taolo bu to‘rt jannatni sifatlagach, ular o‘rtasidagi farqqa ham ishora qilgan. Avvalgi ikkisi haqida: "U ikkisida ikki oqar chashma bordir" (Rahmon, 50) degan; keyingi ikkisi haqida: "U ikkisida tinmay otilib turuvchi ikki chashma bordir" (Rahmon, 66), deydi. Otilish oqib turishdan pastroqdir. Yana avvalgisi haqida:
   "U ikkisida barcha mevadan ikki nav bordir" (Rahmon, 52), deydi, ya’ni, biz bilgan va bilmagan yoki ho‘l va quruq. Buni Alloh umumiy tarzda aytdi, xoslagani yo‘q. Ikkinchisi haqida: "U ikkisida meva, xurmo va anorlar bordir" (Rahmon, 68), degan. "Barcha mevadan" deb umumiy qilmasdan, xoslab aytdi. Yana avvalgi ikkisi haqida aytadi:
   "(Ahli jannat) astarlari shoyidan bo‘lgan ko‘rpachalar ustida yastangan hollarida (o‘ltirurlar)" (Rahmon, 54). Ikkinchisi haqida: "(Jannat ahli u jannatlarda) yashil bolishlar va go‘zal gilamlar ustida yastangan hollarida (o‘ltirurlar)" (Rahmon, 76), deydi. Aniqki, ipak-shoyi ko‘rpachalar gilamdan yaxshiroq.
Avvalgi ikkisidagi hurlar haqida: "Ular go‘yoki yoqut va marjondirlar" (Rahmon, 58), deb; ikkinchisidagi hurlar haqida: "U (jannat)larda xushhulq va go‘zal yuzli (ayol)lar bordir" (Rahmon, 70), deydi. Har qanday go‘zallik yoqut va marjonning go‘zalligi kabi emas. Avvalgi ikkisi haqida: "(U ikki jannat son-sanoqsiz) shox-novdalar egasidirlar (ya’ni, sermeva va soya-salqindirlar)" (Rahmon, 48), deydi. Pastdagi ikki jannat haqida:
   "(Ular sersuv va seryaproqlikdan) qoramtirdirlar" (Rahmon, 64), deb aytadi.
   Bu izohlar, avvalgi ikki jannatning darajasi yuqori, degan insonlarning nisbiy qarashlari. Aslida pastdagi jannat ham ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan ne’matlarga ega. Balki Alloh taolo zikr qilmagan farqlari yana ham ko‘prokdir.
"Nima uchun avvalgi ikki jannat egalarining sifatlari keltirildi-yu keyingi ikkitasiniki keltirilmadi?" deyilsa, "Jannatlarning umumiy soni to‘rtta, Allohdan qo‘rquvchi insonlarning darajalari ham har xil. Avvalgi ikkisi ko‘proq qo‘rquvchi taqvodorlarga, keyingi ikkisi ulardan pastroq darajadagi insonlarga", deb javob qilinadi.
   Aslida bu gaplar ham mufassirlarning fikrlari, lekin bu yerda boshqa bir fikr ham bor, u "keyin zikr qilingan ikki jannat avvalgi zikr qilingan ikki jannatdan oliy va afzal", degan fikrdir. Zahhok ham shuni ma’qullagan. Chunki avvalgi ikki jannat oltin va kumushdan, keyingi ikki jannat yoqut va zumraddandir.
   "U ikki jannatdan quyiroqda yana ikki jannat bor", oyatiga kelsak, "quyiroqda" so‘zi arab tilida "duun" kalimasi bilan ifodalangan. Bu so‘z "oldida, yaqinida, old tarafida", degan ma’nolarni ham beradi. Xuddi shu ma’noni Abu Abdulloh Muhammad Hakim Termiziy ixtiyor qilib, "Navodirul usul" kitobida aytadi: "U ikki jannatning old tarafida arshga yaqinroqda yana ikki jannat bor".
   Muqotil: "Avvalgi ikki jannat "Adn" va "Na’im" jannatlari, keyingi ikkitasi "Firdavs" va "Ma’vo" jannatlari", degan.   Bunga Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: "Agar so‘rsangiz, Firdavs jannatini so‘rangiz..." degan hadislari dalolat qiladi. Bu haqda hali so‘z keladi, inshaalloh.
   Keyingi ikki jannatni avvalgi ikkitasidan afzalroq, deb tushungan mufassir ulamolar, jumladan, Termiziy aytadi: "Keyingi ikki jannat haqida: "U ikkisida tinmay otilib turguvchi ikki chashma bordir" (Rahmon, 66), deyilgan. U har xil mushk, anbar, kofur kabi xush bo‘ylar bilan Allohning do‘stlariga sachrab-otilib turadi. Otilish oqishdan yax-shiroq".
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 11:39:10
DAVOMI...

   Abdulloh ibn Abbos: "Bu suv bilan otilib turuvchi favvoradir"; Said ibn Jubayr: "Suv va mevalar bilan otilib turadi", deganlar.
   Keyingi jannatlar haqida: "U ikkisida meva, xurmo va anorlar bordir" (Rahmon, 68), deyildi. Ba’zi ulamolar, xurmo bilan anor meva emas, chunki mevalarni zikr qilib, yana alohida xurmo va anorni zikr qildi, deydilar.  Bu zohir kalomdir. Jumhur ulamo, u ikkisi ham mevalar turkumidan, ikkisining alohida zikr qilinishi esa, boshqa mevalardan afzalligi uchun, bu hol Alloh taoloning: "Barcha namozlarni va xususan o‘rta namozni (asr namozini) saqlanglar — o‘z vaqtlarida ado qilinglar!" (Baqara, 238); yana:
   "Kim Allohga va Uning farishtalariga, payg‘ambarlariga, Jabroil va Mikoilga dushman bo‘lsa, bas, albatta, Alloh (bunday) kofirlarga dushmandir" (Baqara, 98), deb aytganiga o‘xshaydi, deyishadi.
   Ba’zilar: "Xurmo bilan anorning alohida zikr qilinishiga sabab ular xuddi bizlardagi nok, guruch kabi odatiy taom, xurmoni ,qorin to‘ydirish uchun, anorni meva sifatida iste’mol qilar edilar. Boshqa mevalar esa, ular uchun ajib va qiziqarli edi. Shuning uchun turfa xil mevalar aytilib, so‘ngidan o‘zlaringiz yeb yurgan xurmo va anorlar ham bor, degan ma’noda alohida zikr qilindi", deydi.
   Keyingi ikki jannatdagi hurlar "œxoyrootun hisan" kalimasi bilan sifatlangan. Termizii aytadi: "œXoyrotun"dan "œAlloh ixtiyor qilgan, tanlagan", degan ma’no chiqadi. Alloh o‘zi tanlab, o‘zi yaratdi, Allohning tanlovi odamlar tanlaganiga o‘xshamaydi. So‘ng  "œhisanun" (go‘zal) deb vasf qildi. Narsani yaratgan zot go‘zal deb sifatlaganidan keyin haqiqatda go‘zal bo‘ladi-da! Yana bir farq: avvalgi ikki jannatdagi hurlar haqida "begona erkaklarga qarashdan ko‘zlarini tiyguvchi, go‘yo yoqut va marjon kabi", deyiladi. Bu sifatga ega bo‘lganlar afzal-mi yoki Alloh tanlaganimi? Albatta,   Allohning tanlagani. Shuningdek, ikkinchisi haqida: "(Ular) chodirlarda asralgan hurlardir", deyildi, avvalgisida: "(begona erkaklarga qarashdan) ko‘zlarini tiyguvchi (qiz)lar bor", deyildi. Chodirlarda asralgani ko‘zlarini tiyguvchilardan oliyroq va afzalroqdir".
   Rivoyatlarda keladiki: "Arshning ostida turgan bulut yomg‘ir yog‘adi va uning rahmat tomchilaridan hurlar yaraladi, so‘ng anhor bo‘yida ularning har biriga kengligi qirq mil bo‘lgan chodir tikiladi, unda birorta eshik bo‘lmaydi. Allohning do‘sti, ya’ni, u hurlarning egasi kelib, chodirni yechadi. Bu narsa u hurlarga farishta va xizmatchilardan biror jonzotning ko‘zi tushmaganini bildirish uchun qilinadi. Ular maxluqlarning ko‘zlaridan asralganligi uchun ham, "chodirlarda asralgan hurlar", deyildi". Alloh bilguvchiroq.
   So‘ngra keyingi ikkinchi ikki jannat haqida: "(Jannat ahli u jannatlarda) yashil bolishlar va go‘zal gilamlar ustida yastangan hollarida (o‘tirurlar)" (Rahmon, 76), deyildi. "Bolish" arab tilida "rofrofun" kalimasida kelgan.  Uning ma’nosi haqida ham turli fikrlar bildirilgan. Ba’zilar, chodirning yopinchig‘i va kiyimlarning etagigacha osilib turadigan qismi, deydi. Ba’zilar, u beshik (arg‘amchi) kabi o‘ngga, chapga, tepaga, pastga tebranadi va unga juftlari bilan chiqqan kishi rohat oladi, qushning havoda qanot qoqishi ham "raffa" deyiladi, deyishgan.
   Hakim Termiziy aytadi: "Tebranuvchi bolish (rafraf) shoyi astarli ko‘rpachadan afzal. Avvalgi ikki jannat haqida: "Ahli jannat astarlari shoyidan bo‘lgan ko‘rpachalar ustida yastangan hollarida (o‘ltirurlar)"; keyingisi haqida: "(Ular) yashil bolishlar va go‘zal gilamlar ustida yastangan hollarida (o‘ltirurlar)", deyildi. Yashil bolish shunday narsaki, Allohning do‘sti unga o‘rnashsa, xuddi arg‘imchoq kabi u yoq-bu yoqqa, xohlagan tarafiga tebranib uchadi".
   Me’roj haqidagi hadisda keladi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Sidratul muntaho"ga yetgach, Rafraf kelib, u zotni Jabroildan qabul qilib oldi va Arshning ostonasiga uchib olib chiqdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "U men bilan bir tepaga, bir pastga uchdi, hatto meni Alloh taoloning huzuriga olib bordi", deganlar. So‘ng qaytish vaqti yetgach, yana Rafraf u zotning qo‘llaridan tutib, bir yuqoriga, bir pastga uchib, Jabroilga topshirdi. Shunda Jabroil alayhissalom ovozlarini baland ko‘tarib, Allohga hamd aytib yig‘ladi".
   Demak, Rafraf Alloh taoloning xizmatchilaridan. Unga eng mo‘‘tabar va xos ishlar topshirilgan. Xuddi Baroq payg‘ambarlarga ulov bo‘lgani kabi. U ham maxsus vazifadir.
   Keyingi ikki jannat ahliga berilgan "rafraf" esa ularning bolish va suyanchiqlaridir. U egalarini xohlagan tarafga — anhor bo‘ylariga, qirg‘oqlar, bog‘u-rog‘lar va hurlarning chodirlariga uchirib olib boradi.
   So‘ng: "...go‘zal gilam ustida", dedi. Alloh taolo uni go‘zal deb ta’riflayaptimi, demak, haqiqatda go‘zal. Naqadar go‘zal ekanini biz tasavvur qila olmaymiz.
   Alloh taolo bu ikki juft jannatni bir-biridan farq qiluvchi sifatlar bylan sifatladimi, demak, ular farqli ekan.
   Alloh subhonahu va taolo: "Parvardigori (huzurida) turishdan (ya’ni, Parvardigori oldida turib, hayoti dunyoda qilib o‘tgan barcha amallariga javob berishdan) qo‘rqqan kishi uchun ikki jannat bordir", dedi, so‘ng: "U ikki (jannat)dan quyiroqda yana ikki jannat bordir", dedi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, jannatlar yettita emas, to‘rtta ekan. Buning bayoni ham hali keladi, inshaalloh.
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 11:41:46
JANNAT NE’MATLARI VA JANNAT AHLIGA TAYYORLAB QO’YILGAN NARSALARNING SIFATI HAQIDA.

   Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Alloh azza va jalla: "Solih bandalarim uchun ularga bergan narsalarimdan tashqari zahira qilib, ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va birorta insonning xayoliga ham kelmagan narsalarni tayyorlab qo‘yganman", deyapti, dedilar, so‘ng ushbu oyatni o‘qidilar:
"Bas, ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot bo‘lsin, deb ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini biror jon bilmas" (Sajda, 17) (Muslim rivoyati).
   Usoma ibn Zayd roziyallohu anhumo aytadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kuni ashoblariga: "Jannatga kirish uchun yeng shimaruvchilar bormi? Chunki u ta’rifga ojiz. Ka’baning Rabbiga qasamki, jannat charaqlagan nur, tebranib turgan rayhonlar, tiklangan qasrlar, to‘lib oquvchi anhorlar, pishib yetilgan turli xil mevalar, go‘zal va chiroyli juftlar, sofligi va tiniqligi abadiy bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p zeb-ziynatlar diyoridir. U oliy, ajoyib, tinch va osoyishtadir", dedilar. Ashob: "Biz jannat uchun yeng shimaruvchilarmiz, ey Rasululloh!" deyishdi. Ul zot: "Inshaalloh, denglar", dedilar..." (Ibn Moja rivoyati).
   Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: "Rasulullohdan (s.a.v.): "Maxluqlar nimadan yaratilgan?" deb so‘radim. "Suvdan", dedilar. So‘ng: "Jannat nimadan bino bo‘lgan?" dedim. "Kumush va oltin g‘ishtlardan. Uning poydevori mushk, toshlari dur va yoqut, tuprog‘i za’faron. Kim unga kirsa, ne’matlanadi, umidsiz bo‘lmaydi, abadiy turadi, o‘lmaydi, kiyimlari eskirmaydi, yoshligi ham ketmaydi (qarimaydi)", dedilar" (Termiziy rivoyati).
   Ibrohim ibn Muoviya Said Toiydan rivoyat qiladi: "Menga ummul mo‘mininning ozod etgan quli Abul Mudalla Abu Hurayraning ushbu hadisini aytdi: "Ey Rasululloh, (s.a.v.):  nima uchun sizning huzuringizda bo‘lganimizda qalblarimiz yumshab, oxiratni o‘ylab qolamiz. Qachon sizning oldingizdan ketib, bola-chaqamiz oldiga borsak, dunyoga mashg‘ul bo‘lib ketamiz", dedik". Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Agar sizlar meni tark qilgan chog‘ingizda ham, huzurimda bo‘lganingiz kabi holatda turganingizda, farishtalar sizlar bilan, albatta, qo‘l berib so‘rashar, sizlarni ziyorat qilish uchun uylaringazga kelishar edi. Agar sizlar hech gunoh qilmaganingizda, Alloh taolo gunoh qiladigan qavmni keltirgan bo‘lur edi, so‘ng u qavm istig‘for aytib, gunohlarini kechirishini so‘rar va Alloh ularni kechirar edi", dedilar. Biz: "Ey Rasululloh, (s.a.v.) jannat haqida xabar bering, u nimadan bino bo‘lgan", dedik. "Oltin va kumush g‘ishtdan. Uning loyi xushbo‘y mushk, mayda toshlari dur va yoqut, tuprog‘i za’fa-rondir. Unga kim kirsa, boqiydir, umidsiz bo‘lmaydi, abadiydir, o‘lmaydi, kiyimi ham eskirmaydi, yoshligi ham ketmaydi", dedilar" (Abu Dovud Tayolisiy chiqargan).
   Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ibn Sayyodga: "Jannatning tuprog‘i nimadan?" deb savol qildilar. U: "Oppoq mushkdan bo‘lgan tuproq, ey Abul Qosim!" dedi. Janob Rasululloh (s.a.v.): "To‘g‘ri aytding", dedilar (Muslim rivoyati).
   Imom Muslimning yana bir rivoyatida kelishicha, Ibn Sayyod Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan jannatning tuprog‘i haqida so‘ragan. U zot: "Sof mushkdan bo‘lgan oppoq tuproq", deb javob berganlar.
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 11:45:13
JANNAT ANHORLARI VA TOG’LARI HAMDA ULARNING BIR PARCHASI DUNYODA MAVJUDLIGI HAQIDA

   Alloh taolo deydi: "Taqvo egalari uchun va’da qilingan jannatning misoli-sifati (bu): Unda aynimagan suvdan bo‘lgan daryolar ham, ta’mi o‘zgarmagan sutdan bo‘lgan daryolar ham, ichuvchilar uchun lazzatli, musaffo asaldan bo‘lgan daryolar ham bordir" (Muhammad, 15).
   Rivoyat qilinishicha, u daryolar o‘zansiz oqadi. Bu ish ham Allohning qudratidandir.
   Nabiy sollallohu alayhi va salam aytadilar: "œJannatdagi anhordar mushkdan bo‘lgan tepaliklar (yoki tog‘lar) ostidan oqib chiqadi" (Uqayliy rivoyati).
   Ismoil ibn Ishoq aytadi: Bizga Ismoil ibn Abu Idris Kasir ibn Abdulloh ibn Umar ibn Avfdan, u otasidan, u bobosidan hadis aytdi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "To‘rtta tog‘ jannat tog‘laridan, to‘rtta daryo jannat daryolaridan, to‘rtta maydon jannat maydonlaridandir".
   "Qaysi tog‘lar?" deyishdi. U zot: "Uhud tog‘i, u bizni yaxshi ko‘radi, biz ham uni yaxshi ko‘ramiz; Tur tog‘i ham jannat tog‘laridan. Lubiy va Judiy tog‘lari ham jannat tog‘lari-dandir. Jannat anhorlari — Nil, Furot, Sayhon va  Jayhon. Maydonlari - Badr, Uhud, Xandaq va Xaybar", dedilar.
   Hakim ibn Muoviya otasidan rivoyat qiladi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannatda suv dengizi, sut dengizi, asal dengizi va sharob dengizi bor. So‘ng undan keyin daryolar oqadi" (Termiziy rivoyati).
   Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Sayhon, Jayhon, Nil,.. Furot, barchasi jannat daryolaridandir" (Muslim rivoyati).
   Ka’b aytadi: "Dajla — jannat bog‘ daryosi, Furot — sut daryosi, Misr (ya’ni, Nil) — sharob daryosi, Sayhon — asal daryosi. Bu to‘rtala daryo Kavsardan oqib chiqadi".
   Buxoriy Isro va Me’roj haqidagi Anas roziyallohu an hudan rivoyat qilgan hadisda shunday zixr etadi: "U zot dunyo osmoniga yetganilarida, oqib turgan ikki daryoni ko‘rdilar va: "Ey Jabroil, bu ikkisi nima?" deb so‘radilar. Jabroil alayhissalom: "Nil bilan Furotning unsuri", dedi. So‘ngra keyingi osmonga chiqdilar. Unda boshqa bir daryoni ko‘rdilar.  Unda dur va zabarjaddan bo‘lgan qasr bor edi. Qo‘llari bilan urgan edilar, u xushbo‘y mushk ekan. "Bu nima, Jabroil?" deb so‘radilar. "Alloh sizga berkitib qo‘ygan Kavsar", dedi Jabroil".

Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 11:47:00
YA’JUJ MA’JUJ CHIQIB ZAMON OXIRLASHGANDA, BU DAVRLARNING YO’QOLISHI, QUR’ON VA ILMNING KO’TARILISHI HAQIDA.

   Abu Ja’far Nuhas Ibn Abbosdan hadis aytadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Alloh azza va jalla yer yuziga beshta daryoni tushirdi: Hind daryosi Sayhunni, Balx daryosi Jayhunni, Iroq daryolari Dajla bilan Furotni va  Misr daryosy Nilni. Alloh ularni eng quyi jannatdagi buloqdan Jabroil alayhissalomning qanotlari bilan nozil qildi. Ularni tog‘larga o‘rnatib, yer yuziga oqizdi va insonlar uchun foydali qildi. Bu ish Alloh taoloning ushbu: "Va Biz osmondan (aniq) o‘lchov bilan suv yog‘dirib, uni yerga joylab qo‘ydik" (Mo‘minun, 18), degan so‘zining isbotidir. Qachon Ya’juj-Ma’juj chiqish payti kelsa, Alloh Qur’onni, ilmni va ushbu beshta daryoni ko‘tarish uchun  Jabroil alayhissalomni yuboradi. So‘ng bu narsalar osmonga ko‘tariladi. Bu ish Alloh taoloning ushbu: "Shak-shubhasiz, Biz uni ketkazishga ham qodirmiz", degan so‘zidir (Mo‘minun, 18). Bas, qachon bu narsalar yer yuzidan ko‘tarilsa, odamlar dunyo va din yaxshiliklarini yo‘qotadi". Qur’onning Ya’juj-Ma’juj chiqish paytida ko‘tarilishi xususida turlicha qarashlar bor.
   Mas’udiydan rivoyat qilinadi: "Ibn Mas’ud davrlarida Furot daryosi toshdi. Bu hol insonlarga yoqmadi. Shunda Ibn  Mas’ud: "Uning toshishini yomon ko‘rmanglar! Hali shunday zamon keladiki, bir tog‘ora suv qidiriladi-yu, topilmaydi.  Bu hodisa hamma suv o‘z unsuriga qaytganda bo‘ladi. U paytda suv va buloq qoldiqlari faqat Shomda qoladi", dedilar.
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 11:47:40
JANNAT DARYOLARI QAYERDAN OQIB CHIQADI?

   Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Kim Allohga va Rasuliga iymon keltirsa, namoz o‘qisa, ro‘za tutsa, uni jannatga kirgizish Allohning zimmasida bo‘ladi, u Alloh yo‘lida hijrat qiladimi yoki (hijrat qilmay) tug‘ilgan yurtida qoladimi, farqi yo‘q", dedilar. Sahobalar: "Ey Rasululloh,(s.a.v.) insonlarga bu xushxabarni yetkazaylikmi?" deb so‘rashdi. U zot aytdilar: "Jannatda yuzta daraja bor, uni Alloh yo‘lida jaxd qiluvchilar uchun tayyorlab qo‘ygan. Har ikki darajaniig orasi osmon bilan yercha. Bas, agar Allohdan so‘rasangiz, Firdavsni so‘rangiz. Chunki u jannatning eng oliy va balandidir, uning shifti — Allohning Arshi. O’sha yerdan jannat daryolari oqib chiqadi" (Buxoriy rivoyati).
   Qatoda aytadi: "Firdavs — jannatning eng oliyi, eng o‘rtasi, afzali va eng balandidir".
   Ba’zilar: "Firdavs hamma jannatlarni ichiga olgan umumiy nom, xuddi jahannam barcha do‘zaxlarning umumiy nomi bo‘lganidek. Masalan, Alloh taolo Mo‘minun surasining av-valida mo‘minlarning sifatlarini maqtab, so‘ng: "Ana o‘shalar Firdavsga merosxo‘r bo‘ladigan vorislardir. Ular o‘sha joyda mangu qolurlar", deg‘an. Yana Ma’orij surasida xuddi shunday sifat egalarini: "Ana o‘shalar jannatlarda hurmat-izzat ko‘rguvchilardir", deydi. Bundan bilamizki, Firdavs bitta jannat emas, balki bir nechta jannat ekan", deydilar. Vahb ibn Munabbah ham shunday fikrda.

Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 11:48:41
XAMR JANNAT EGALARINING SHAROBI EKANI, KIM UNI DUNYODA ICHSA, OXIRATDA ICHMASLIGI, JANNAT EGALARINING LIBOS VA IDISHLARI HAQIDA.
   Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam: "Kim dunyoda ipak kiysa, oxiratda kiymaydi, kim dunyoda xamr ichsa, oxiratda ichmaydi, kim tilla va kumush idishlarda ichsa, oxiratda tilla va kumushda ichmaydi", dedilar. So‘ng: "Ular jannat egalarining liboslari, jannat egalarining sharoblari va jannat egalarining idishlaridir", dedilar (Nasoiy rivoyati).
   Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ushbu uchta narsaning oxirat ne’matlaridan ekani, kim bu dunyoda undan tavba qilmasa, jannatga kirgan taqdirda ham, u narsalardan mahrum bo‘lishini bayon etdilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: "Kim dunyoda xamr ichsa, so‘ng tavba qilmasa, oxiratda undan mahrum bo‘ladi". Bu hadisni Imom Molik rivoyat qilganlar. Ipak mato kiyuvchi ham, oltin va kumush idishda ichuvchi ham xuddi shunday.  Chunki banda Alloh taolo uchun oxiratga olib qo‘ygan narsani shoshib, bu dunyoda kiydi, Allox, bu dunyoda harom narsani istomol qildi.
   Abu Dovud Tayolisiy "Musnad"ida rivoyat qiladi: "Bizga Hishom Qatodadan, u Dovud Sirojdan, u Abu Said  Xudriydan hadis aytdi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Kim dunyoda ipak kiysa, oxiratda kiymaydi. Agar jannatga kirsa, jannat egalari kiyadilar, ammo u kiymaydi". Ushbu sahih sanadli hadis so‘zimizga ochiq hujjatdir.
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 11:55:39
JANNAT DARAXTLARI, ULARNING MEVALARI VA DUNYODAGI MEVALARGA O’XSHASHLARI HAQIDA.

   Abu Hurayra rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Alloh taolo: "Men solih bandalarim uchun ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va hech bir in-sonning xayoliga kelmagan narsalarni tayyorlab qo‘ydim", deyapti. Agar xohlasangiz: "Ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (ya’ni, jannat.ne’matlarini oldindan) biror jon bilmas", oyatini o‘qingiz. Jannatda bir daraxt borki, suvoriy uning soyasida yuz yil yursa. ham, kesib o‘ta olmaydi. Agar xohlasangiz: "(Ular) yoyilgan soya (osti)da..." (Voqea, 30) oyatini o‘qingiz. Jannatdagi qamchidek joy dunyo va undagi bor narsalardan yaxshidir. Agar xohlasangiz: "Bas, kim do‘zaxdan chetlatilib, jannatga kiritilsa, muhaqqaq (baxt-saodatga) erishgay. Bu dunyo hayoti esa aldaguvchi matodir" (Oli Imron, 185), oyatini o‘qingiz" (Termiziy rivoyati).
   Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannatda bir daraxt bor, suvoriy uning soyasida yetmish (yoki yuz yil) yuradi. U "xuld" (abadiyat) daraxtidir" (Ibn Muborak rivoyati).
   Ibn Muborak aytadi: "Bizga Ibn Abu Xalda Bani Maxzum ozod etgan Zayyoddan, u Abu Hurayradan rivoyat qilib aytdi: "Jannatda bir daraxt bor, chopar uning soyasida yuz yil yuradi.
   Agar xohlasangiz: "(Ular) yoyilgan soya (osti)da..." oyatini o‘qingiz", dedilar. Bu gap Ka’bga yetib borgach, u aytdi: "To‘g‘ri, Muso ibn Imronga Tavrotni, Muhammad sollallohu alayhi va sallamga Qur’onni nozil qilgan Zotga qasamki, agar bir kishi tuyaga minib, bu daraxtning tubini aylansa, tuya charchokdan o‘tiradi-yu, aylanib chiqa olmaydi. Albatta, Alloh taolo uni eqdi va ruhidan unga pufladi. Uning shoxlari jannat so‘rilarining orqasida. Jannatning hamma daryolari shu daraxtning tagidan oqib chiqadi".
   Asmo binti Abu Bakr aytadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Sidratul muntaho"ni zikr qilib, dedilar:  "Suvoriy uning bitta shoxi soyasida yuz yil sayr qiladi (roviylardan Yahyo: "Yo, yuzta suvoriy uning soyasida dam oladi, dedilar", deydi), u yerda oltin to‘shaklar bor, mevalari ko‘zaday" (Termiziy rivoyati).
   Abdurazzoq zikr etadi: Ma’mar Qatodadan, u Anasdan xabar qildi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar:  "Menga yettinchi osmonda "Sidratul muntaho" daraxti ko‘rsa-tildi. O’ning mevalari Hajrning ko‘zalariday, yaproqlari filning qulog‘iday. Uning tagidan ikkita zohiriy (ya’ni, ko‘rinib turgan) va ikkita botiniy (ya’ni, ko‘rinmaydigan) daryo oqib chiqadi. "Bular nima?" deb Jabroildan so‘raganimda, "Ikkita botiniyi jannatda, ikkita zohiriyi esa, Nil bilan Furotdir", dedi".
   Buxoriy Molik ibn Sa’so’adan hadis aytadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Menga "Sidratul muntaho" ko‘rsatildi. Uning mevasi Hajrning ko‘zalaridek, barglari filning quloqlaridek edi. Uning aslidan to‘rtta daryo oqar, ikkitasi oshkora va ikkitasi maxfiy edi...".Yuqoridagi hadisni to‘la zikr qilingan.                                  
   Ibn Mas’udning hadisida "Sidratul muntaho" jannatning eng yuqorisi, deyilgan.


Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 11:56:27
DAVOMI...

   Ibn Muborak aytadi: Safvon Salim ibn Omirdan rivoyat qildi: Sahobalar: "A’robiylar va ularning asl masalalari bizlarga juda foyda berdi", deyishardi. (Chunki ular ko‘p savol berishardi.) Bir kuni bir a’robiy kelib: "Ey Rasululloh (s.a.v.), darhaqiqat, Alloh Qur’onda aziyat beruvchi daraxtni zikr qildi, vaholanki, men jannatda aziyat beruvchi daraxt bo‘lmasa kerak, deb o‘ylagan edim?" dedi. Rasululloh sollalohu alayhi va sallam: "U nima ekan?" deb so‘radilar. A’robiy: "Sidr (lug‘aviy ma’nosi "buta"), unda aziyat yetkazuvchi tikanlar bo‘ladi", dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Alloh taolo: "Tikansiz butazorlarda..." (Voqea, 28) demaganmi? Alloh taolo har bir tikanining o‘rniga bittadan meva qildi. U meva bo‘lib o‘sadi. Har bir meva yetmish ikki rangda tovlanadi, ta’mi bir-biriga o‘xshamaydi", dedilar".  Abdurazzoq zikr qiladi: "Bir a’robiy Rasululloh sollallohu alayhi va sallam oldlariga kelib, jannat xususida so‘radi.  Rasululloh sollallohu alayhi va sallam  unga hovuz haqida gapirdilar. U: "Jannatda mevalar bormi?" dedi. "Ha, u yerda  Tubo degan daraxt bor", dedilar. U: "Ey Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, yerdagi qaysi daraxt unga o‘xshaydi?" deb so‘radi. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam: "Sening yeringda unga o‘xshaydigan daraxt yo‘q. Shomga borganmisan? U yerda Javzo degan daraxt bor, novdalari pastidan o‘sib, yuqorisida quyuq bo‘lib yoyilgan", dedilar.  A’robiy: "Ey Rasululloh(s.a.v.), uning (ya’ni, jannatdagi Tubo daraxtining) qalinligi qanday?" dedi. Aytdilar: "Agar besh yoshli baquvvat tuya uni aylanish uchun yursa, oxiriga yetmay, charchokdan sillasi quriydi". Keyin: "U yerda uzum bormi?" deb so‘radi. U zot: "Ha", dedilar. U: "Bir bosh uzumning kattaligi qanday?" dedi. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: "Uchqur chavandozning tinmay yuradigan bir oylik masofasicha".
   Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan kusuf (quyosh tutilishi) to‘g‘risidagi hadisda shunday keladi:  Sahobalar: "Ey Rasululloh(s.a.v.), biz sizni turgan joyingizda bir narsani olgandek qo‘l uzatganingizni, so‘ng yana orqaga chekinganingizni ko‘rdik", deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): "Men jannatni ko‘rdim va undan uzum olmoqchi bo‘ldim, agar olganimda, dunyo turguncha undan yer edinglar", dedilar (Muslim rivoyati).
   Abu Ubayda aytadilar: "Jannatning xurmosi tanasidan shox-shabbalarigacha (ya’ni, tagidan uchigacha) ustma-ust terilgandir. Har mevasi ko‘zaday. Undan bir dona uzib olinsa, o‘rniga yana boshqasi paydo bo‘ladi. Jannatning suvlari o‘zansiz oqadi, uning uzumlari o‘n ikki ziro’ keladi" (Ibn Mu-borak rivoyati).
   Ibn Vahb Shahr ibn Havshadan, u Abu Umoma Bohiliydan rivoyat qiladi: "Tubo jannatdagi daraxtdir. Birorta hovli yo‘qki, uning shoxi yetgan bo‘lmasa, birorta chiroyli qush yo‘qki, uning shoxida bo‘lmasa, birorta meva yo‘qki, uning shoxida pishmasa".
   Molik ibn Anas aytadi: "Banandan boshqa birorta meva jannat mevalariga o‘xshamaydi. Chunki Alloh taolo jannat mevalari va soyalarini doimiy degan (Ra’d, 34). Faqat banangina qishin-yozin pishib yotadi".
   Abu Zardan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bir lagan anjir hadya etildi. Undan yedilar, so‘ng ashobga: "Olinglar, yenglar! Agar osmondan meva nozil bo‘lgan desam, shu mevani aytgan bo‘lar edim. Chunki jannat mevalari danaksiz bo‘ladi. Bundan yenglar, u bavosilni kesadi va bo‘g‘imlar og‘rishida foyda beradi", dedilar (Sa’labiy Avzo-iydan rivoyat qilgan).
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 12:00:18
JANNAT LIBOSLARI HAQIDA

   Alloh taolo deydi:
"(Ular jannatlarda) ipak shoyilardan bo‘lgan, yashnab turuvchi liboslar kiyib..." (Qahf, 31);
"Liboslari esa harir (ipak bo‘lur)" (Haj, 23).
   Barro ibn Ozib aytadi: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bir harir kiyim hadya qilindi. Ashob qo‘lma-qo‘l tomosha qila boshladi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Shundan ajablanyapsizlarmi?" dedilar. Ular: "Ha", deyishdi. U zot: "Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Sa’d ibn Muozning jannatdagi dastro‘moli bundan yaxshidir", dedilar.
   Sa’d ibn Muoz aytadi: "Atorad ibn Hojibga Kisro ipak kiyim kiygizgan edi, uni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga hadya qildi. Shunda odamlar to‘planib, u kiyimni ushlab ko‘rib hayratlanishdi va: "Ey Rasululloh (s.a.v.), sizga bu osmondan nozil bo‘ldimi?" deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Ajablanmanglar! Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Sa’d ibn Muozning jannatdagi dastro‘moli bundan yaxshirokdir", dedilar".

Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 12:01:10
JANNATDAGI BARCHA DARAXTLARNING TANASI OLTINDAN EKANI HAQIDA.
   
   Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannatdagi barcha daraxtlarning tanasi oltindandir" (Termiziy rivoyati).
   Jannatdagi xurmo daraxti, uning mevasi va yaxshisi haqida Ibn Abbos aytadilar: "Jannat xurmosining tanasi zumraddan, novdasi qizil oltindandir, barg-yaproqlari jannat ahli uchun yopinchiq, ularning zeb-ziynatu bezaklari ham xurmoning novda va barglaridan. Mevasi ko‘zaday, chelaqday bo‘lib, sutdan oq, asaldan shirin va yog‘dan muloyimdir, unda danak bo‘lmaydi" (Ibn Muborak rivoyati).
   Ibn Zayd hadis aytadi: Bir kishi: "Ey Rasululloh (s.a.v.), jannatda xurmo bormi, chunki men xurmoni yaxshi ko‘raman?" dedi. "Ha, jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, undagi xurmoning tanasi oltindan, pastki qismi ham oltindan, shoxlari ham oltindan, yaproqlari butun olam bezaklaridan go‘zal, g‘ujumlari ham oltindan, poyalari ham oltindan, mevalari ko‘zadan katta, yog‘dan yumshoq va asaldan lazzatliroqdir", dedilar u zot (Ibn Vahb rivoyati).
   Abul Faraj ibn Javziy Jarir ibn Abdullohdan rivoyat qiladi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam mening qo‘limdan o‘rtasi kovak taxtani olib: "Ey Jarir, agar jannatda bu kabi taxtani qidirsang ham, topa olmaysan", dedilar. "Men: "U yerda xurmo va daraxt yo‘qmi?" dedim. U zot: "Bor, uning tanasi dur va oltindan, yuqorisida mevasi bor", dedilar".
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 12:01:56
JANNATDAGI ZIROAT (EKIN-TIKIN) HAQIDA.

   Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kuni gapirayotgan edilar, huzurlarida qishloqdan kelgan kishi ham bor edi: "Jannat ahlidan bir kishi Parvardigordan ekin ekishga izn so‘radi, — dedilar Nabiy (s.a.v.), — Alloh unga: "Senga xohlagan narsang muhayyo emasmi?!" dedi. U: "Ha, barcha narsa muhayyo, lekin men ekin ekishni, u tezda unib, o‘sib, meva berib yetilishini, uni yig‘ib olishni va tog‘day-tog‘day xirmon qilishni yaxshi ko‘raman", dedi. Alloh taolo unga: "Ma, ola qol! Seni hech narsa to‘ydirmaydi", dedi". Shunda haligi qishloqlik: "Ey Rasululloh(s.a.v.), o‘sha odam qurayshiy yoki ansoriy bo‘lsa kerak, chunki ular dehqonchilik qiladi. Lekin biz dehqon emasmiz", dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kulib qo‘ydilar" (Buxoriy rivoyati).
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 12:04:22
JANNAT ESHIKLARI, ULARNING SONI, KIMLAR UCHUNLIGI, NOMLARI VA KENGLIGI HAQIDA.

   Alloh taolo deydi:
"To qachon ular darvozalari ochilgan holdagi (jannatga) kelib yetganlarida..." (Zumar, 73).
Ilm ahlining ba’zilari jannat eshiklari sakkizta ekanini aytib, dalil sifatida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ushbu hadislarini keltiradilar: "Sizlardan kim tahorat olsa va tahoratini mukammal qilsa, tahoratdan forig‘ bo‘lgach, "ashhadu allaa ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh", desa, unga jannatning sakkiz eshigi ochiladi va u xohlaganidan kiradi" (Muslim rivoyati).
   Ba’zi ulamolar "Muvatto", "Sahihul Buxoriy" va "Sahihul Muslim"da Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan ushbu: "Kim Alloh yo‘lida, ikki juft narsani infoq qilsa, jannatda: "Ey Allohning bandasi! Bu yaxshidir", deb nido qilinadi. Kim namoz ahlidan bo‘lsa, namoz eshigidan, kim jihod ahlidan bo‘lsa, jihod eshigidan, kim sadaqa ahlidan bo‘lsa, sadaqa eshigidan, kim ro‘za ahlidan bo‘lsa, Rayyon eshigidan chaqiriladi". Abu Bakr roziyallohu anhu: "Ey  Rasululloh(s.a.v.), bir kishi bu eshiklarning barchasidan chaqirilishi mumkinmi?" deb so‘radilar. U zot: "Ha! Sen o‘shalardan bo‘lishingai umid qilaman", dedilar", hadisiga binoan, u eshiklardan kimlar kirishini tayin qilganlar.
Qozi Iyoz aytadi: "Muslim bu hadisda jannat eshiklarining to‘rttasini zikr qilib turib, qolgan yana to‘rttasini qo‘shgan. Ular: tavba eshigi, g‘azablarini ichiga yutuvchilar eshigi, rozi bo‘lganlar eshigi va hisob-kitobsiz kiradiganlar uchun o‘ng tomon eshigi".
   Hakim Termiziy "Navodirul usul"da jannat eshiklari haqida aytadi: "Muhammad sollallohu alayhi va sallamning eshiklari hamda rahmat va tavba eshiklari borki, Alloh ularni yaratganidan beri ochiq turadi. Qachon quyosh g‘arbdan chiqsa, yopiladi va qiyomat kunigacha ochilmaydi. Boshqa eshiklar esa ezgu amallarga ko‘ra taqsimlangan: namoz eshigi, zakot eshigi, sadaqa eshigi, jihod eshigi, silai rahm eshigi va umra eshigi. Shunga ko‘ra, jannat eshiklari o‘n bittadir".
   Abulhasan Ojiriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan keltirgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytganlar: "Jannatda bir eshik bor "zuho" (choshgoh) deb nomlanadi. Qiyomat kuni nido qilguvchi: "Zuho namozini o‘qishda bardavom bo‘lganlar qani? Bu sizlarning eshigingiz, bas, undan kiringlar!" deb nido qiladi".
Bu bilan o‘n ikkita bo‘ldi.
   Abu Iso Termiziy Solim ibn Abdullohdan, u otasidan rivoyat qilgan hadisga binoan jannat eshiklari o‘n uchta bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar; "Mening ummatim kiradigan eshikning kengligi uchqur choparning uch kunlik masofasidek. Ular undan shunday siqilib kiradilarki, hatto tizzalari uzilib tushay deydi".
   Termiziy aytadi: "Bu hadisni Buxoriydan so‘ragan edim, bilmadi. "Solim ibn Abdullohdan Xolid ibn Abu Bakrning rivoyat qilishi munkardir", dedi".
   "Ummatim kiradigan eshik..." degandagi "ummat" shunday odamlarki, ular eshikdan chaqirilishiga loyiq amallar qila olmagan. Ya’ni, ularning amallari eshikdan nido qilinishga loyiq darajaga yetmagan. Shuning uchun ular maxsus eshikdan siqilib kiradi. Shu bilan eshiklar soni o‘n uchtaga yetdi.
   Eshiklarning sakkiztadan ko‘p ekaniga Umar ibn Xattob roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadis ham dalolat qiladi:   Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Kim tahorat olsa va tahoratini mukammal qilsa, so‘ng "ashhadu allaa ilaha illalloh"ni qalbida tasdiq qilgan holda aytsa, uning uchun jannat eshiklaridan sakkiztasi ochiladi. Qiyomat kuni xohlaganidan kiradi" (Termiziy chiqargan). Abu Umar ibn Abdulbir "Tahmid" kitobida: "Hadisda: "jannat eshiklaridan sakkiztasi", deyilgan". Bu gapdan sakkiztadan boshqa eshiklar ham borligi tushuniladi", deyiladi.
   Abu Dovud va Nasoiylar rivoyatida: "Unga jannatning sakkiz eshigi ochiladi", deyilgan. Unda "jannat eshiklaridan..." deb aytilmagan. Shunga ko‘ra, ko‘pchilik aytganidek, jannat eshigi sakkizta bo‘ladi.
   Xolid ibn Umayr aytadi: "Utba ibn G’azvon (u Basra amiri edi) bizga xutba qildi. Xutbasida Allohga hamdu sano aytib, "Unga jannatning sakkiz eshigi ochiladi", degan hadisni esladi, so‘ng: "Darhaqiqat, bizga zikr qilindiki, jannat eshiklarining har ikki tabaqasi orasi qirq yillik masofadir. Hali shunday kun keladiki, u izdihomdan to‘ladi", dedi" (Muslim rivoyati).

Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 12:05:02
DAVOMI...

   Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan shafoat to‘g‘risidagi hadisda: "Muhammadning(s.a.v.) joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, jannat eshiklarining ikki tabaqasi orasi Makka bilan Hajr (yoki Busro) orasidagi masofa kabidir", deyilgan.
   Sahl ibn Sa’d aytadi: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Jannatga ummatimdan yetmish ming nafari (yoki yetti yuz mingtasi — roviy Abu Hozim qaysi biriligi1ni eslay olmadi) bir-birlarining qo‘llaridan tutganlaricha kirib boradi, oxiridagi kirmaguncha boshidagi kirmaydi. Ularning yuzlari to‘lin oy kabidir".
   Bu hadislar o‘zining sahihligi bilan birga, jannat eshiklari sakkiztadan ortiq ekaniga ham dalolat qiladi.
Imom Abulqosim Abdulkarim Qushayriy "Tahbir" nomli kitobida keltiradi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Chiroyli xulq kishi bo‘ynidagi Alloh roziligidan bo‘lgan halqadir. U halqa rahmat zanjirlariga ulangan. Zanjirlar esa, jannat eshigi halqasiga tutashgan. Chiroyli xulq qaysi tarafga yursa ham, zanjir uni o‘ziga tortib turadi va o‘sha eshikdan uni jannatga olib kiradi. Yomon xulq esa, kishining bo‘ynidagi Alloh g‘azabidan bo‘lgan halqadir. U halqa azob zanjiriga bog‘langan. Zanjir esa, do‘zax eshigiga tutashgan. Yomon xulq egasi qayoqqa yurmasin, zanjir uni o‘ziga tortib turadi va o‘sha eshikdan do‘zaxga olib kiradi".
   "Firdavs" kitobida Nabiydan (s.a.v.) ushbu hadis keltiriladi: "Jannatda "farah" {xushnudlik) otli bir eshik borki, undan faqat bolalarni xushnud etgan odamlargina kiradi".
   Hadisdagi "Kim bir juft narsani Alloh yo‘lida infoq qilsa..." jumlasidagi bir juft narsani Hasan Basriy: "Har bir narsadan ikkitadan", deb tushuntirgan, ya’ni, ikki dir-ham yoki ikki dinor, yoxud ikkita ko‘ylak yo ikkita mahsi va hokazo, deb aytishadi.
   Ba’zilar alohida-alohida narsalardan, ya’ni, dinor va dirham yoki dirham va kiyim, yoki mahsi va kalish yoki pul va mahsi va hokazo.
   Bojiy aytadi: "Bundan amal murod qilingan bo‘lishi ham mumkin, masalan, ikki kun ro‘za tutish, ikki rakat namoz va hokazo".
   Lekin birinchi tafsir haqiqatga yaqinroq. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan hadis shu ma’noda. Ojiriy Abu Zardan zikr qiladi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Kim Alloh yo‘lida ikki narsa infoq qilsa, jannat qo‘riqchilari uni jannatga shoshiltiradi", dedilar, so‘ng: "Ikki tuya, ikki dirham, ikkita kamon, ikkita kovush", deb qo‘shib qo‘ydilar.
   Jannat eshiklarining kengligi haqida kelgan hadislarda bir-biriga zidlik yo‘q. Chunki bir eshikning kengligi ikkinchisidan boshqacha bo‘lishi mumkin.
   Sahl ibn Sa’ddan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannatda Rayyon degan eshik bor, undan ro‘zadorlar kiradi. Ro‘zadorlarning oxiri kirgach, u eshik berkitiladi, so‘ng undan boshqa hech kim kirmaydi" (Buxoriy va Muslim rivoyati).
   Amallarga ko‘ra hos bo‘lgan boshqa eshiklar ham shunday.
   Abu Hurayraning hadisida barcha eshiklardan chaqiriladigan insonlar ham bo‘lishi zikr qilindi. Bu chaqiriq, ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra, amal qilgan insonni ulug‘lash, hurmatlash, e’zozlash chaqirig‘i bo‘lib, amallarining savobi buyuk ekanini bildirish uchundir. Zero, banda barcha amallarni qilar ekan, barcha eshiklardan chaqirilish baxtiga muyassar bo‘la oladi. Ammo banda, qaysi amali g‘olib, kelsa, o‘sha amalning eshigidan kiradi.
   Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat dilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Bugun sizlardan kim ro‘za tutdi?" deb so‘radilar. Abu Bakr roziyallohu anhu: "Men", dedilar. U zot: "Bugun sizlardan kim janozaga bordi?" deb savol qildilar. Abu Bakr: "Men", dedilar. "Bugun kim miskinga taom berdi?" deb so‘radilar keyin. Yana Abu Bakr roziyallohu anhu: "Men", dedilar. "Bugun sizlardan kim kasalni ziyorat qildi?" degan edilar, Abu Bakr: "Men", dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunda: "Kimda bu xislatlar jamlansa, u, albatta, jannatga kiradi", dedilar (Muslim rivoyati).
   Abu Dovud Tayolisiy "Musnad"ida keltiradi: Abu Umoma Rasulullohdan(s.a.v.) ushbu hadisni aytdi: "Bir kishi jannat eshigi oddiga keltirildi, boshini ko‘targan edi, jannat eshigida: "Sadaqaga o‘n barobar, qarzga o‘n sakkiz barobar", degan yozuvni ko‘rdi. Chunki qarz so‘ragan odam muhtojligi uchun sizga keladi, sadaqa esa goho muhtoj bo‘lmaganning qo‘liga ham tushishi mumkin".
   Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Isro kechasi jannat eshigida "Sadaqaga o‘n barobar, qarzga o‘n sakkiz barobar", degan yozuvni ko‘rdim. So‘ng Jabroilga nima uchun qarzga sadaqadan ko‘proq?" dedim. Jabroil alayhissalom: "Chunki tilanchi o‘zida bor bo‘lsa ham, so‘rayveradi, qarz so‘rovchi esa, faqat hojati tufayli so‘raydi", dedi" (Ibn Moja rivoyati).
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 12:05:59
JANNAT DARAJALARI VA ULARDAN MO’MINGA BERILADIGANLARI HAQIDA.

   Termiziy rahimahulloh Ato ibn Yasordan, u Muoz ibn Jabaldan rivoyat qiladi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannatda yuzta daraja bordir. Har bir daraja osmon bilan yer orasicha. Eng balandi Firdavsdir. Firdavsning ustida Arsh bor. Jannat daryolari o‘sha yerdan oqib chiqadi. Bas, agar Allohdan so‘rasanglar, Firdavsni so‘ranglar".
   Ibn Vahb aytadi: "Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi va sallamning oldlariga kelib: "Ey Rasululloh(s.a.v.), jannatda nechta daraja bor?" dedi. "Yuzta daraja, — dedilar u zot, — har bir darajaning orasi osmon bilan yer orasicha keladi. Birinchi darajaning hovlilari, uylari, eshiklari, so‘rilari va kalitlari kumushdan; ikkinchi darajaning hovlilari, uylari, eshiklari, so‘rilari va kalitlari oltindan; uchinchi darajaniki yoqut, dur va zabarjaddan. Qolgan to‘qson yetti darajaning qanday ekanini faqatgina Alloh biladi".
   Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannat yuz darajadir. Agar butun olamlar uning bittasiga joylapggirilsa, bemalol sig‘adi" (Termiziy rivoyati).
   Abu Said Xudriy roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Sohibi Qur’on jannatga kirganda, "o‘qi va ko‘taril!" deyiladi. U o‘qiydi va har bir oyatda bir daraja ko‘tarilib boraveradi, hatto o‘zi bilgan oyatning oxirgisini o‘qiguncha (ko‘tarilaveradi)" (Ibn Moja rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Sohibi Qur’onga, o‘qi, ko‘taril va dunyoda tartil qilganing kabi tartil qil (tartil — tajvid bilan dona-dona o‘qish). Sening manziling oxirgi oyatni o‘qigan joyingdadir", deyiladi" (Abu Dovud rivoyati).
   Abu Hafs Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qiladi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannatning darajalari Qur’on oyatlarining soniga teng, har bir oyatga bir daraja beriladi. Bu olti ming ikki yuz o‘n olti (6216) oyatdir. Har ikki darajaning oralig‘i osmon bilan yercha keladi. U darajalar "illiyyin"ning eng yuqorisida nihoya topadi. Uning yetmish ming ustuni bor, ular yoqutdan bo‘lib, bir necha kecha-kunduzlik masofadan nur sochib turadi".
Oisha roziyallohu anho aytdilar: "Jannat darajalari Qur’on oyatlarining adadicha. Jannatda Qur’on o‘quvchi kimsadan ham afzalroq darajada biror kimsa bo‘lmaydi".
   Ulamolar (ularga Allohning rahmati bo‘lsin) aytadilar: "Hofizul Qur’on, hamalatul Qur’on va qorilar hukmlarni, halol va haromlarni biluvchilar va undagi narsalarga amal qiluvchilardir".
   Shuningdek, Qur’onni maqtanish va riyo uchun o‘qigan kimsalar haqida Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilingan quyidagi hadisda yetarlicha ogohlik bor: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Kim Qur’onni o‘rgansa va o‘rgatsa-yu, undagi narsa (buyruq va qaytariq)larni olmasa va buzsa, jahannamga kirishi uchun Qur’on unga qarshi hujjat va guvoh bo‘ladi. Kim Qur’onni ta’lim olsa va ta’lim bersa hamda undagi narsalarni olsa, jannatga kirishi uchun Qur’on uning foydasiga hujjat va guvoh bo‘ladi".
   "Sahihul Buxoriy"da kelgan hadisda: "Qur’on o‘quvchi va unga amal qiluvchi mo‘minning misoli utrujja (apelsin) kabi, uning ta’mi ham, hidi ham shirin. Qur’on o‘qimaydi-gan mo‘minning misoli xurmo kabi, uning ta’mi shirin, lekin hidi yo‘q. Qur’on o‘qiydigan fojirning misoli rayhon kabidir. Uning mazasi achchiq, biroq hidi shirin. O’zi fojir, buning ustiga Qur’on o‘qimaydigan kishining misoli qalampir kabi, uning hidi ham yo‘q, mazasi ham achchiq", deyiladi.
   Xullas, ma’lum bo‘lyaptiki, jannatda yuzta daraja bor, uni Alloh yo‘lida yuruvchilarga tayyorlab qo‘ygan. Qur’on o‘qish esa, jami darajalarni hosil qiladi. Alloh taolo marhamati ila ixlosli qilsin.
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 12:11:54
JANNAT BOLAXONALARI VA ULARNING EGALARI HAQIDA.

   Alloh taolo deydi:
"Lekin Parvardigorlaridan qo‘rqqan zotlar uchun (jannatda) ustma-ust qurilgan xonalar bo‘lib..." (Zumar, 20);
   "Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar ana o‘shalar uchungina qilgan amallari sababli necha barobar mukofot bo‘lur va ular (jannatdagi) yuksak manzillarda tinch-omon bo‘lurlar" (Saba’, 37);
"Ana o‘shalar sabr-qanoat qilganlari sababli (jannatdagi) yuksak darajalari bilan mukofotlanurlar" (Furqon, 75).
   Sahl ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannat ahllari afzalliklari tufayli ulardan tepada bo‘lganlarga, xuddi ufqlarda porlab turgan yulduzlarga qaragandek qarab turadilar".    Sahobalar: "Ey Rasululloh (s.a.v.), u payg‘ambarlarning manzilimi? Unga boshqalar yeta olmaydimi?" deb so‘rashdi. U zot: "Yo‘q, jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ular Allohga iymon keltirgan va payg‘ambarlarni tasdiqlagan kishilardir", dedilar (Muslim rivoyati).
   Yana Sahl ibn Sa’ddan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Ana o‘shalar sabr-qanoatlari sababli (jannatdagi) yuksak darajalar (ba’zi tafsirlarda: "bo-laxonalar") bilan mukofotlanurlar" hamda "...va ular (jannatdagi) yuksak manzillarda tinch-omon bo‘lurlar", oyati haqida dedilar: "Ular qizil yoqutdan yoki yashil zabarjaddan yoki oppoq durdan bo‘lgan bolaxonalardir. Jannat ahli u bolaxonalarni xuddi ufqning sharqi yoki g‘arbidagi yulduzlarni ko‘rgandek ko‘rib, tomosha qilib o‘tiradilar. Albatta, Abu Bakr va Umar ne’matlangan hollarida o‘shalardandir" (Termiziy rivoyati).
   Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Alloh yo‘lida bir-birini yaxshi ko‘rganlar qizil yoqutli ustunlar ustidagi yetmish ming bolaxonalarda bo‘ladilar. Ularning husni, dunyo ahliga quyosh qanday nur sochsa, jannat ahliga shunday nur sochib turadi. Jannat ahllari bir-biriga: "Yuringlar! Alloh yo‘lida do‘stlashganlarni tomosha qilib kelamiz", deydilar. Qachon ularni ko‘rsalar, husnlari jannat ahliga nur taratadi, xuddi dunyo ahliga quyosh nur sochganidek. Ularning ustlarida ipak-shoyilardan bo‘lgan yashnab turuvchi liboslar bor. Peshonalariga: "Bular Alloh azza va jalla yo‘lida bir-birlarini yaxshi ko‘rganlar", deb yozib qo‘yilgandir" (Termiziy rivoyati).
   Abu Imron ibn Umarning hadisida keladi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Illiyyindagilar ahli jannatga qaraydi. Agar ulardan birortasi jannatga tashrif buyursa, yuzining nuridan jannat yanada yorishib ketadi. Shunda jannat ahli: "Bu qanday nur?" deydi. Ularga: "Illiyyin ahlidan itoatli, rostgo‘y, yaxshi banda tashrif buyurdi", deyiladi".
Abu Said Xudriy roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Bolaxonadagilar Illiyyin ahlini xuddi ufqda nur sochib turgan yulduzni ko‘rgandek ko‘rib turadi. Abu Bakr bilan Umar ne’matlangan hollarida o‘shalardandir" (Sa’labiy rivoyati).
   Rasululloh sollallohualayhi va sallam aytdilar: "Jannatda bir bolaxona bor, uning tashqarisi ichkarisidan, ichkarisi tashqarisidan ko‘rinib turadi". Shunda bir a’robiy: "Bu kimniki, ey Rasululloh?" deb so‘radi. U zot: "So‘zi shirin, taom beruvchi, ro‘zada bardavom bo‘lg‘an, insonlar uxlab yotgan paytda, qoim bo‘lib, namoz o‘qiganlar uchun", dedilar (Termiziy rivoyati).
   Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu aytadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kuni huzurimizga chiqib: "Sizlarga jannat boloxonalari haqida xabar beray-mi? U alvon-alvon javohirlardan bo‘lgan. Uning tashqarisi ichkarisidan, ichkarisi tashqarisidan ko‘rinib turadi. Unda quloq eshitmagan, ko‘z ko‘rmagan ne’matu karomatlar bor", dedilar. Biz: "Ota-onamiz sizga fido bo‘lsin, ey Rasululloh! Bu kimga?" deb so‘radik. "Salomni yoygan, ro‘zada bardavom bo‘lgan, taom bergan va insonlar uxlab yotganida, namoz o‘qiganlar uchun", dedilar. Biz: "Ota-onamiz sizga fido bo‘lsin ey, Rasululloh! Bunga kim toqat qila oladi?" dedik. U zot: "Mening ummatlarim toqat qila oladi. Toqat qiladiganlar haqida sizlarga xabar beraman: kim musulmon birodariga yo‘liqqanda salom bersa, darhaqiqat, u salomni yoygan bo‘ladi; kim ahli oilasiga taom berib, ularni to‘ydirsa, taom bergan bo‘ladi; kim ramazon ro‘zasini tutib, yana har oy uch kun tutsa, u ro‘zada bardavom bo‘lgan bo‘ladi; kim xufton namozini jamoat bilan o‘qisa, batahqiq, u insonlar (ya’ni, yahudiy, nasoro va majusiylar) uxlab yotganda namoz o‘qigan bo‘ladi", dedilar" (Abu Na’im rivoyati).
   Bu bolaxonalar egalarining amallariga ko‘ra turli xildir. Ba’zilari ba’zilaridan yuqori bo‘ladi.
Hadisda: "Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ular (bolaxonalar) Allohga iymon keltirgan va payg‘ambarlarni tasdiqlagan kishilar uchun", deyildi, biroq iymon va tasdiqdan boshqa birorta amal zikr qilinmadi. Bu yerda Allohga bo‘lgan yetuk iymon va payg‘ambarlarni hech ikkilanmasdan, dovdiramasdan tasdiqlagan inson nazarda tutilyapti. Zero, oddiy umumiy bo‘lgan iymon bilan bu manzillarga erishib bo‘lmaydi. Alloh taolo: "Ana o‘shalar sabr-qanoatlari sababli (jannatdagi) yuksak darajalari bilan mukofotlandilar" (Furqon, 75), dedi. Sabr butun jonini Allohga ibodatga sarflashdir. Yana boshqa bir oyatda: "Molu dunyolaringiz ham bolalaringiz ham sizlarni Bizning dargohimizga yaqin qilguvchi emasdir. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar — ana o‘shalar uchungina qilgan amallari sababli necha barobar mukofot bo‘lur va ular (jannatdagi) yuqsak manzillarda tinch-omon bo‘lurlar" (Saba’, 37), deb, yuksak manzilning darajasini zikr qildi. Bu bilan hadisda tilga olingan iymon barcha buyruqlaru hukmlarni, xabari kelgan barcha narsani qalban tasdiqlagan holda mukammal iymon keltirish ekani ma’lum bo‘ladi. Agar banda solih amal qilsa-yu, ziddini ham aralashtirsa, u fosiddir. Fasod aralashmagan solih amallar esa faqatgina Rasululloh sollallohu alayhi va sallam keltirgan narsalarga taskin topgan holda haqiqiy iymon keltirish bilan bo‘ladi. Fasod aralashganda esa, iymon va amal u darajada bo‘lmaydi. Shuning uchun manzili ham boshqalarnikidan pastroq bo‘ladi.
   Buni Hakim Termiziy rahmatullohi alayh ham: "Bu ochiq ravshan narsa", deb ushbu oyatlarni zikr qilgan: "Albatta (hayoti dunyodan Alloh taoloning amru farmonlariga itoat qilib o‘tgan) yaxshilar (jannatda) mizoji-aralashmasi kofur  - Allohning (yaxshi) bandalari ichadigan (jannatiy) chashma - bo‘lgan maykosalardan (may) ichurlar (Inson, 5);
   "U mayning mizoji-aralashmasi tasnimdandir. (Tasnim Allohning) yaqin (banda)lari ichadigan bir chashmadir"
(Mutaffifun, 27-28).
   Alloh taolo yaxshilar bilan yaqin muqarrablarning sharoblarini ana shunday bayon qildi. Ularning toatdagi g‘ayratlari bilan solih amallardagi tafovutlarga ko‘ra manzil va darajalarini ham bayon qilingan: "Darhaqiqat, yaxshilarning nomai a’mollari, shak-shubhasiz, illiyyindadir" (Mutaffifun, 18). Bas, inson "illiyyin"ga kirishi uchun abror va muqarrablardan bo‘lishga g‘ayrat qilsin. Illiyyin egalari Allohning hamsuhbatlaridir. Ular Qodir Podshoh huzuridagi rozi bo‘lingan o‘rinda nurli minbarlar egalaridir.
   Alloh taolo muqarrablardan so‘ng o‘ng tomon egalarini ham bayon qilib aytadi:
"Endi kitobi - nomai a’moli o‘ng qo‘lidan berilgan kishiga kelsak, bas, u: "Mana, mening kitobimni o‘qinglar. Darhaqiqat, men hisob-kitobimga (ya’ni, oxiratdagi ajr-mukofotga) ro‘baro‘ bo‘lishimni bilgan edim", der. So‘ng u ko‘ngilli hayotda, mevalari (ahli jannat uchun) yaqin bo‘lgan yuksak jannatda bo‘lur" (Al-Haqqa, 19-22).   O’ng tomon egalari oliy jannatdadirlar.
   Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Jannatda bir bolaxona bor, uning tepasida ilgagi ham, ostida ustuni ham yo‘q", dedilar. "Ey Rasululloh(s.a.v.), uning egalari unga qanday qilib kiradi?" deyishdi. U zot: "Bamisoli qush kabi kiradilar", dedilar. "Ey Rasululloh(s.a.v.), u kimlar uchun?" deyishdn. "Kasal, azob-uqubat va sinov ahllari uchun", dedilar (Abulqosim Zohir ibn Tohir Shahomiy taxrij qilgan).
   Yana Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Qiyomat kunida shunday kishilar keltiriladiki, ular payg‘ambar ham emas, shahid ham emas, lekin Alloh tarafidan ularga berilgan manzil-darajalari sababli payg‘ambarlar va shahidlar ularga havas qiladi. Ular nurli minbarlarda bo‘ladilar". Sahobalar: "Ular kimlar, Rasululloh?" deyishdi. "Allohni insonlarga, insonlarni Allohga yaxshi ko‘rdirgan kimsalar", dedilar. Sahobalar: "Allohni insonlarga yaxshi ko‘rdirishku, tushunarli, ammo insonlarni Allohga qanday yaxshi ko‘rdiradilar?", deyishdi so‘ng. U zot: "Yaxshilikka buyuradilar va yomonlikdan qaytaradilar, agar insonlar itoat qilsalar, ularni Alloh taolo yaxshi ko‘radi", dedilar (Lays ibn Sa’d rivoyati).

Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 14:46:29
JANNATDAGI QASRLAR, HOVLILAR, UYLAR VA MO’MIN BANDA ERISHADIGAN NARSALAR HAQIDA.

   Qasan aytadi: "Imron ibn Husayn va Abu Hurayradan "pokiza maskanlar" (Tavba, 72) oyatining tafsiri haqida so‘radim. Ular: "Eng biluvchidan so‘raymiz", deyishdi va so‘ng Rasululloh sollallohu alaihi va sallamdan so‘radik. U zot: "Jannatdagi durdan bo‘lgan qasrdir. U qasrda qizil yoqutlik yetmishta bino bor, har bir binoda toza zabarjadlik yetmishta uy bor, har bir uyda yetmishta so‘ri bor, har bir so‘rida turli-tuman yetmishta ko‘rpa-to‘shak bor, har bir to‘shakda hurlardan bo‘lgan yetmishta ayol bor va har bir uyda yetmishta dasturxon, har bir dasturxon ustida turli-tuman yetmish xil taom, har bir uyda yetmishta yosh o‘g‘il va qiz xizmatchilar bor. Alloh taboraka va taolo mo‘minga bir martada bularning barchasiga yetadigan quvvat ato etadi", dedilar.
   Ibn Zayd otasidan rivoyat qiladi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Albatta, bir kishiga bir durdan yasalgan qasr beriladi. Bu qasrda yetmishta xona bor, har bir xonada hurlardan bo‘lgan bir ayol va har bir xonada yetmishta eshik bor, har bir eshikdan jannat hidlari kirib turadi. Bir eshikdan kirgan hid boshqa eshikdan kirgan hidga o‘xshamaydi", dedilar va Alloh taoloning: "Ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini biror jon bilmas" (Sajda, 17), oyatini o‘qidilar" (Ibn Vahb rivoyati).
   Burayda ibn Xosibdan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kuni tongda turdilar va Bilolni chaqirib: "Ey Bilol! Nima sababli jannatga mendan oldin kirding. Jannatga kirsam, oldimda oyog‘ing tovushini eshitdim. So‘ng to‘rt burchakli, oltindan tiklangan qasrni ko‘rdim va: "Bu qasr kimniki?" deb so‘radim. "Bir arabniki", deyishdi.  Men: "Men arabman, bu qasr kimniki?" dedim. "Muhammadning (s.a.v.) ummatidan bo‘lgan kishiniki", deyishdi. "Men  Muhammadman! Bu qasr kimniki?" dedim. "Umar ibn Xattobniki", deyishdi". Shunda Bilol roziyallohu anhu: "Ey Rasu-lulloh(s.a.v.), har qachon azon aytsam, darhol ikki rakat namoz o‘qiyman va qachon tahoratim ketsa, darhol tahorat olaman, zimmamda Alloh taolo uchun ikki rakat namoz bor deb bilaman" (ya’ni, ikki rakat namoz o‘qib olaman), dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Shu ikki (xislating) sababli ekan", dedilar" (Termiziy rivoyati).
   Tabaroniy Anas roziyallohu anhuning hadislaridan muxtasar keltiradi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannatga kirgan edim, oltindan bo‘lgan qasrni ko‘rdim va: "Bu kimga?" deb so‘radim. "Umar ibn Xattobga", deyishdi".
   Dorimiy rivoyat qiladi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Kim "Qul huvallohu ahad"ni o‘n marta o‘qisa, uning uchun jannatda bir qasr bino qilinadi. Kim uni yigirma marta o‘qisa, ikkita qasr, kim o‘ttiz marta o‘qisa, uchta qasr bino qilinadi", dedilar. Shunda Umar ibn Xattob roziyallohu anhu: "Unday bo‘lsa, qasrlarimizni ko‘paytirib olaylik", dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Alloh yanada ko‘paytirib berguvchi zotdir", dedilar.
   Hammod ibn Zayd Abu Sinondan rivoyat qiladi: "O’g‘lim Sinonni dafn qildim, Abu Talha Xavaloniy qabrning chekkasida turib dedi: "Menga Zahhok ibn Abdurahmon Abu Musodan hadis aytdi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Agar Alloh azza va jalla bandasining farzandini olsa, farishtalariga: "Bandam nima dedi?" deydi. Farishtalar: "Senga hamd va istirjo’ aytdi", deydilar. Alloh taolo: "Unga jannatda uy bino qilinglar va u uyni "hamd uyi" deb atanglar", deydi", dedilar" (Abu Dovud Tayolisiy chiqargan).

Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 14:48:46
ALLOH TAOLONING "BALAND KO’TARILGAN KO’RPACHALAR", DEGAN OYATI HAQIDA

   Abu Said Xudriy aytadilar: "Nabiy sollallohu alayhi va sallam Alloh taoloning: (ya’ni, "Baland ko‘tarilgan ko‘rpachalar") (Voqea, 34), so‘zi xususida: "U (to‘shaklarning) balandligi osmon bilan yer orasicha, besh yuz yillik masofa kabi", dedilar (Termiziy rivoyati).
Ba’zi ahli ilmlar "ko‘rpacha"ni darajalar ma’nosida deb, har bir darajaning orasi osmon bilan yer oralig‘iga teng, deya, tafsir qilishgan.
   Ba’zilar esa: "Ko‘rpacha" jannatdagi ayollardan kinoya. Shunda undan husn va jamolda qadri baland bo‘lgan ayollar tushuniladi. Arablar ayolni to‘shak, kiyim, ishton, sovliq qo‘y, deb isti’ora qiladilar. Chunki to‘shak ayollar o‘rni, hadisda ham: "Farzand to‘shak sohibinikidir, fohisha esa boladan mahrum etiladi'', deyilgan. Shuningdek, Alloh taolo: "Ular (xotinlaringiz) sizlar uchun libosdir" (Baqara, 187);
   "(Da’vogarlardan biri dedi): Darvoqe’, mana bu mening birodarim bo‘lib, uning to‘qson to‘qqiz sovliq qo‘yi bor, mening esa birgana sovlig‘im bordir..." (Sod, 23), deb aytgan", deyishadi.
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 14:50:27
JANNAT CHODIRLARI, BOZORLARI, JANNATIYLARNING DUNYODA QILGAN ISHLARI VA IBODATLARINI ESLASHLARI.

   Abu Muso Ash’ariydan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannatda yaxlit durdan o‘yib yasalgan chodir bor, kengligi oltmish mil. Har burchagida mo‘min uchun ahllar bor. Ular bir-birlarini ko‘rmaydilar. Mo‘min ularni aylanib yuradi" (Muslim rivoyati).
   Boshqa bir rivoyatda: "Durdan ishlangan chodirning bo‘yi oltmish mil. Har bir burchagida mo‘min uchun ahllar bor, ular bir-birlarini ko‘rmaydilar", deyilgan.
   Anas ibn Molik roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannatda bir bozor bor. Har juma unga keladilar. So‘ng shamol esib, ularning yuzlari-yu kiyimlariga mushk sochadi va ularning husni jamoli ziyoda bo‘ladi. So‘ng husni va jamollari ziyoda bo‘lgan holda qaytadilar. Ahllari ularga: "Allohga qasamki, bizdan keyin husni jamolda yanada ziyoda bo‘libsiz", deydi" (Muslim rivoyati).
   Said ibn Musayyabga bir kuni Abu Hurayra: "Allohdan sen bilan meni jannat bozorida jamlanishini so‘rayman", dedilar. Said: "Jannatda bozor bormi?" deb so‘radi. Abu Hurayra roziyallohu anhu: "Ha", deb ushbulari aytib berdilar: "Farishtalar o‘rab turgan bozorga kelasan. Unda ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan, xayolga kelmagan narsalar bor. Xohlaganimiz beriladi, sotilmaydi ham, sotib olinmaydi ham. Va mana shu bozorda jannat ahllari bir-birlariga yo‘liqadilar. Yuqori manzil egalari quyirokdagilar bilan uchrashadilar — vaholanki, u yerda past darajaning o‘zi yo‘q uning ustidagi kiyimiga quyiroqdagining havasi keladi. U ham gapini tugatmasdanoq undan chiroylirog‘i unda gavdalanadi. Chunki biror kimsada jannatda xafalik bo‘lmaydi" (Termiziy rivoyati).
   Bu hadisni Abu Hurayradan mukammal tarzda Ibn Moja ham keltirgan. Unda bunday deyiladi: "Menga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xabar berdilar: "Jannat ahli jannatga kirsa, amallariga ko‘ra manzil-darajalarini egallaydi.  Ularga dunyodagi juma kuni miqdoricha muhlat beriladi, bas, ular Allohni ko‘radi. Alloh ularga Arshni va jannatning bir bog‘ida jamolini ko‘rsatadi. Ular uchun nurdan, durdan, yoqutdan, zabarjaddan, oltin va kumushdan bo‘lgan minbarlar qo‘yiladi. Ularning eng quyi manzildagisi — vaholangki, u yerda quyi darajaning o‘zi yo‘q — mushk va kofurdan bo‘lgan tepalikda o‘tiradi, ular minbarlardagi kursi egalarini o‘zlaridan afzal deb o‘ylamaydilar". Shunda men: "Ey  Rasululloh(s.a.v.), Parvardigorimizni ko‘ramizmi?" deb so‘radim. U zot: "Ha, havo ochiq kunda quyoshni va to‘lin oyni ko‘rishga biror narsa sizlarga to‘sqinlik qiladimi?" dedilar. "Yo‘q", deyishdi. "Xuddi shuningdek, Parvardigoringiz azza va jallani ko‘rishda ham to‘siq bo‘lmaydi. U majlisda Alloh taolo xitob qilmagan biror kimsa qolmaydi. Hatto ularning har biriga: "Ey falonchi, mana bunday, mana bunday qilgan kuningni eslay olasanmi?" deb dunyoda qilgan ishlarini eslatadi. U banda: "Ey Parvardigor, u ishimni kechirmaganmiding?" deydi. Parvardigor: "Ha, kechirganman! O’sha mag‘firatimning kengligi sababli sen shu manzylda o‘tiribsan", deydi", dedilar Nabiy alayhissalom".
   Parvardigor bilan bandalar bir-birlariga mana shunday xitob qilib turishgan chog‘da, bandalar ustini bulut qoplaydi va xushbo‘y yomg‘ir yog‘adi, uning bo‘yi boshqa biror narsada topilmaydi. So‘ng Parvardigor ularga: "Sizlarga saxiylik bilan tayyorlab qo‘ygan narsalarimga to‘yinglar va xohlagan narsalaringizni olinglar", deydi. So‘ng manzillariga qaytishadi va ularni juftlari kutib olishadi. Ular: "Xush keldingiz, marhabo, ketayotganingizda boshqacha edingiz, qaytganingizda jamolingiz va bo‘ylaringizdan yana ziyoda bo‘libdi", deyishadi. Ular esa: "Bugun biz Parvardigorimiz bilan hamsuhbat bo‘ldik va shu sababli ham biz bunday ko‘rinishda qaytishga haqlimiz", deydilar".
Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannatda bir bozor bor, unda sotish ham, sotib olish ham yo‘q. U yerda ayol-erkaklarning suvrat-qiyofalari bo‘ladi. Kim bir suvratga kirishni xohlasa, o‘sha qiyofaga kiradi" (Termiziy rivoyati).
   Anas ibn Molik aytadilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Jannatda bozorlar bor, unda sotish ham, sotib olish ham yo‘q. Jannat ahli jannat xursandligiga muyassar bo‘lgach, tuproqlari mushk bo‘lgan mayin durlar ustida yastangan holda o‘tiradilar. Ular jannatlarda bir-birlari bilan dunyoda qanday bo‘lganlari, Allohga qanday ibodat qilganlari, qanday qilib kechalarni bedor, kunduzlarni qoim o‘tkazganlari, dunyodagi faqirlik va boylik qanday ekani, o‘lim qanday kechgani va shuncha sinovlardan keyin qanday qilib jannatga kirganlarini eslashib o‘tiradi".

Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 14:51:27
HECH KIMNING JANNATGA RUXSATSIZ KIRMASLIGI HAQIDA.

   Salmon Forsiydan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Jannatga biror-bir inson kiritilmaydi, faqat "Bismillahir. rohmanir rohiym, bu Alloh tarafidan falonchi o‘g‘li falonchiga bo‘lgan kitob, uni mevalari yaqin bo‘lgan oliy jannatga kirgizing!" degan ruxsat bilan kiradi" (Ahmad ibn Hanbal rivoyati).
   Bu hadis jannatga hisob-kitob bilan kiritiladigan insonlar haqida bo‘lsa kerak.
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 14:55:45
JANNATGA BIRINCHI KIRADIGANLAR FAQIRLAR EKANI HAQIDA.

   Ibn Muborak aytadi: "Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi va sallam oldlariga keldi va: "Ey Rasululloh (s.a.v.), qiyomat kunida Alloh taolo bilan hamsuhbat bo‘luvchilar haqida xabar bering", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Ular Allohdan qo‘rquvchilar, Allohga bo‘yinsunuvchilar, o‘zlarini kamtar oluvchilar, Alloh taoloni ko‘p zikr qiluvchilar", dedilar. U kishi: "Ey Rasululloh(s.a.v.), jannatga birinchi kiruvchilar ham o‘shalarmi?" deb so‘radi. U zot: "Yo‘q", dedilar. U keyin:   "Unda, jannatga birinchi kiradiganlar kimlar?" deya so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Faqirlar jannatga kirishda boshqalardan o‘zib ketadi. Shunda ularning oldidan farishtalar chiqib: "Hisob-kitobga qaytinglar!" deydi. Faqirlar: "Nimamizga hisob-kitob qilinamiz? Allohga qasamki, bizlarda mol-davlat bo‘lmagan bo‘lsa, uni ba’zilardan qiz-g‘anib, ba’zilarga isroflarcha sarf qilmagan bo‘lsak. Shuningdek, bizlar amir ham emas edikki, ba’zilarga adolat qilib, ba’zilarga zulm etgan bo‘lsak. Biroq bizlarga Alloh-ning amri keldi, biz Unga ibodat qildik va to huzuriga kelgunimizga qadar Unga toatda bo‘ldik", deydi. Shunda ularga: "Jannatga kiringlar, amal qiluvchilarning ajr-mukofoti naqadar yaxshi!" deyiladi".
   Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Faqirlar haqida Alloh taolodan qo‘rqinglar! Chunki Alloh taolo qiyomat kunida: "Bandalarim ichidan tanlaganlarim qani?" deydi. Farishtalar: "Ey Parvardigor, ular kimlar?" deb so‘raydi. Sho‘nda Alloh taolo aytadi: "Ular qadarimga rozi bo‘lgan, sabr qilgan faqirlardir, ularni jannatga kirgizinglar!" Bas, ular jannatga kiritiladi. Faqirlar yeb-ichib turganida, boylar hali hisob qilinayotgan bo‘ladi".
   Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Muhojirlarning faqirlari jannatga boylaridan besh yuz yil oldin kiradi" (Termiziy rivoyat).
   Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Faqirlar jannatga boylardan besh yuz yil oldin kiradilar, u yarim kundir". Roviylarning boshqa silsilasidan kelgan hadisda:  "Musulmonlarning faqirlari jannatga boylardan yarim kun, ya’ni, besh yuz yil oldin kiradi", deyilgan (Hasan sahih).
   Umar ibn Xattob roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: "Musulmonlarning faqirlari jannatga boylaridan yarim kun oldin kira-di", deganlarini eshitdim. Shunda: "Ey Rasululloh(s.a.v.), yarim kun qancha?" deb so‘rashdi. U zot: "Besh yuz yil", dedilar. "Bir yili necha oy?" deyishdi. "Besh yuz oy", dedilar: "Bir oy necha kun?" deyishdi so‘ng. "Besh yuz kun", dedilar. "Bir kuni qancha?" deb so‘rashgan edi, "Sizlar sanaydigan kundan besh yuztasi", dedilar Rasululloh".
   Jobir ibn Abdullohdan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Musulmonlarning faqirlari boylaridan qirq kuz (ya’ni, qirq yil) oldin jannatga kiradi" (Hasan sahih).
   Ibn Amr aytadilar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Muhojirlarning faqirlari qiyomat kuni jannatga  boylardan qirq kuz oldin kiradi" (Muslim rivoyati).
   Hadislardagi miqdorlarning turli xilligi faqirlarning holatlari turliligi bilan bog‘liq, shuningdek, boylarning ham.
   Shu bilan birga, faqirlarning jannatga birinchi kirganlari boylarning birinchi kirganlaridan qirq kuz, ya’ni, qirq yil, oxirgi kirganlaridan besh yuz yil oldin, deyish ham mumkin.
   Bu bobda kelgan hadislardan faqirlik boylikdan afzal ekani ham tushuniladi. Ammo ulamolar bu xususda bahs qilishgan. Hatto kitoblar, boblar bitilib, har bir fikr egasi o‘ziga yarasha hujjatlarni keltirishgan.
   Abu Ali Daqqoqdan: "Qaysi sifat afzal: boy-behojatlikmi yoki faqirlik?" deb so‘rashdi. U kishi: "Boy-behojatlik, chunki u Allohning sifati, faqirlik esa, bandaning. Allohning sifati bandaning sifatidan afzal, Alloh taolo: "Ey insonlar, sizlar Allohga muhtojdirsizlar. Allohning O’zi (barcha olamlardan) behojat va (barcha) maqtovga loyiq zotdir" (Fotir, 15), degan", dedi.
   Xullas, faqir — Allohning quli-bandasi. Garchi unda mol ko‘p bo‘lsa ham, u Allohning quli. U boydir, qachonki Alloh taologa suyansa va Undan boshqaga qaramasa. Aksincha, butun e’tibori dunyoga bog‘lanib qolsa va o‘zini molga muhtoj bilsa, u haqiqatda molning quli bo‘lgan faqirdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Dinorning quli nochor bo‘pti", deganlar. Bu hadisni Buxoriy va boshqalar keltirganlar.
   Bandaning sharafi esa, Allohga muhtojligi, Uni ulug‘lashi, Unga bo‘yinsunishi bilandir. Agar bo‘yin Allohga tavoze’ bilan egilsa, shu egilish uning azizligidir.
   Mol-davlatga bog‘lanib qolgan, unga haris va rag‘batli bo‘lgan boy haqiqatda bechoradir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Boylik mol-davlatning ko‘pligi bilan emas, balki nafsning boyligi bilandir", deganlar (Muslim rivoyati). Banda kifoya qiladigan narsaga qanoat etishi lozim. Chunki u tong otguncha yoki kech tushguncha bormi, yo‘qmi, bilmaydi.
   Boylik ham, faqirlik ham mol-davlatning ko‘p yoki kamligida emas. Bu yerda eng oliy uchinchi daraja ham bor. U Rasululloh sollallohu alayhi va sallam so‘ragan "kaffof", ya’ni, insonlarga muhtoj bo‘lmaydigan darajadagi o‘rtacha rizkdir. U zot: "Ey Allohim, Muhammad oilasining rizqini yetarli qil", deb so‘raganlar. Ma’lumki, Rasululloh sol-lallohu alayhi va sallam hamisha holatlarning afzalini, daraja va amallarning oliyini so‘raganlar.
   Shuningdek, hamma olimlar o‘ta faqirlik ham, tug‘yonga olib boruvchi boylik ham yomonligiga ittifoq qilishgan.
   Ibn Mojaning "Sunan"ida Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Qiyomat kuni faqir ham, boy ham, dunyoda menga yetarli darajada rizq berilganida edi, deb orzu qilib qoladi". Yetarli rizq esa, nochorlik bilan behojatlikning o‘rtasidir.
   Darhaqiqat, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Ishlarning yaxshisi o‘rtachasidir", deganlar. Chunki o‘rtahollik tug‘yonga olib boruvchi boylik ofatidan ham, Rasululloh sol-lallohu alayhi va sallam panoh so‘ragan o‘ta nochorlikdan ham salomat bo‘lishdir.
   Sohibi kaffof — o‘rtahol odam dunyo ne’matlari-yu shodliklarida dabdaba qilmaydi. Uning holati faqirnikiga yaqin.  Unga ham sabri uchun faqirga beriladigan savob beriladi. Shunga ko‘ra o‘rta hol kishilar ham, inshaalloh, jannatga faqirlar qatorida boylardan besh yuz yil oldin kiradi. Chunki ular o‘rtacha hayot kechiradilar, boy emaslar. O’rtachalik esa, ayni adolatdir. Alloh taolo:
   "Shuningdek, sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh bo‘lishingiz va payg‘ambar sizlarning ustingizda guvoh bo‘lishi uchun o‘rta (adolatli) bir millat qildik" (Baqara, 143), degan.
   Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Umar roziyallohu anhu: "Jobiya degan joyda xutba qilib dedi: "Ey insonlar, men sizlarning orangizda qoim bo‘lib turibman, xuddi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizning oramizda qoim bo‘lganlaridek. U zot: "Sizlarga ashobimni va ulardan keyingilarni mahkam tutishingizni vasiyat qilaman. So‘ng yolg‘on yoyiladi, hatto qasam ichish talab qilinmasa ham, odamlar qasam ichadi, guvohlik so‘ralmasada, guvohlik beradi. Kishi nomahram ayol bilan xoli qolmasin, agar qolsa, uchinchisi shayton bo‘ladi", degan edilar. Jamoatni mahkam tutinglar, firqalanishdan saqlaninglar, chunki shayton yolg‘iz odam bilandir, ikki kishidan esa, uzoqdir. Kim jannat ne’matlarini xohlasa, jamoatni tutsin. Kim yaxshiliklardan xursand bo‘lsa va yomonlikni yomon ko‘rsa, ana o‘sha mo‘mindir" (Termiziy rivoyati).
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 15:01:22
JANNAT AHLINING SIFATI, DARAJASI, YOSHI, BO’YI, YOSHLIGI, TERI, KIYIMI, TAROG’I, TUTATQISI, JUFTI VA TILI HAMDA JANNATDA BO’YDOQ  BO’LMASLIGI HAQIDA.
   Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannatga kiradigan birinchi guruh (boshqa bir rivoyatda: "Ummatimning bir guruhi", deyilgan) badr kechasidagi to‘lin oy yanglig‘ bo‘ladi. So‘ng ulardan keyingilari osmonda nur sochib turgan charaqlagan yulduz kabi bo‘ladi. (Yana bir rivoyatda: "So‘ng bundan keyin darajalar bo‘ladi", deyilgan.) Ular u yerda bavl qilmaydilar, axlat chiqarmaydilar, tuflamaydilar, burun qoqmaydilar.  Taroqlari oltin, tuproqlari mushk, juftlari hurlardir (boshqa rivoyatda: "Ulardan har birining ikkitadan jufti bor, go‘zal-liklaridan boldirlarining iligi ko‘rinib turadi. Ular o‘rtasida ixtilof, bir-birlarini yomon ko‘rish bo‘lmaydi. Ularning qalblari bir qalbdek, ertayu kech Allohga tasbeh aytadilar", deyilgan)" (Muslim rivoyati).
   Bir rivoyatda: "Ularning xulqlari bir kishining xulqidek, bo‘ylari otalarining bo‘yidek (ya’ni, Odam alayhissalomning bo‘ylaridek)", deyilgan. Yana bir rivoyatda: "Otalarining bo‘yidek oltmish ziro’ bo‘ladi", deyilgan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan: "Jannatda erkaklar ko‘pmi yo ayollar?" deb so‘rashganda: "Har bir kishi uchun ikkita ayol bo‘ladi, ularning boldirlari suyagidagi iliklari go‘shtining ustidan ko‘rinib turadi. Jannatda bo‘ydoq odam bo‘lmaydi", dedilar.
   Ibn Mas’uddan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannat ahlidan bo‘lgan ayol (shunchalik go‘zalki) boldirining oqligi yetmishta ziynat ortidan ham bilinib turadi, hatto iligi ham ko‘rinadi. Bu hol Alloh taolo aytganidekdir:"Ular (ya’ni, hurlar soflik va oqlikda) go‘yoki yoqut va marjonlardir" (Rahmon, 58). Chunki yoqut shunday toshki, agar uning orasidan ip o‘tkazsang, sofligidan u ip ko‘rinib turadi" (Termiziy rivoyati).
   Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Agar jannat ahlidan bo‘lgan bir ayol yer ahliga ko‘rinsa, yeru osmon o‘rtasi nurlanib, xush bo‘yga to‘lib-toshadi. Shubhasiz, uning boshidagi ro‘moli dunyo va undagi barcha narsadan yaxshidir" (Buxoriy rivoyati).
   Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannat ahli soqolsiz, ko‘zlari tim qora bo‘ladi. Ularning yoshligi ketmaydi (ya’ni, qarimaydilar) va kiyimlari ham eskirmaydi" (Termiziy rivoyati).
   Muoz ibn Jabaldan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Jannat ahli jannatga soqolsiz, ko‘zlariga surma surtilgan holda yoshlari o‘ttiz yoki o‘ttiz uch bo‘lib kiradi".
   Jobir ibn Abdullohdan rivoyat: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannat ahli soqolsizdir. Faqat Muso ibn Imronninggina kindigigacha soqoli bo‘ladi".
   Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu aytadilar: Nabiy sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Agar jannatdagi tirnoqchalik bir narsa dunyoga ko‘rinsa, butun yeru osmon o‘rta-sidagi narsalar ziynatlanib, yashnab ketadi. Agar jannat ahlidan bir kishi chiqib, yengini ko‘rsatsa, quyoshning nuri yo‘qoladi, xuddi yulduzning nurini quyosh yo‘qotganidek" (Ter-miziy rivoyati).
   Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Kishi yosh o‘ladimi, qari o‘ladimi, jannatda o‘ttiz yoshda bo‘ladi, undan oshmaydi, kamaymaydi ham. Do‘zax ahliniki ham shunday bo‘ladi".
   Yuqorida Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda jannatda har bir kishi uchun ikkitadan ayol b-rilishi aytildi. Bu xabardan jannatda ayollar erkaklardan ko‘p bo‘lishi tushuniladi. Vaholanki, Imron ibn Husayn roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: "Ayollar jannatda kamchilikdir", deb ularning erkaklardan kamligi, aksincha, do‘zaxda ko‘pchilikni tashkil etishi aytilgan.
   Bu haqda ulamolarimiz turlicha fikrlar bildirishgan. Shulardan biri: mutlaq ayol zoti jannatda erkaklardan ko‘p bo‘ladi, bu to‘g‘ri. Ammo bu ko‘plik jannatda yaratilgan hurlarning hisobiga ko‘ra. Dunyoda yashab o‘tgan ayollar esa, jannatda erkaklardan oz bo‘ladi. Bu dunyo ayollari do‘zax ahlining ko‘pchiligidir.
   Jannatda dunyo ayollarining kamligi haqidagi hadis ayollar do‘zaxdalik paytlari nazarda tutib aytilgan bo‘lsa, ajabmas. Qachonki, do‘zaxdagi ayollar shafoat va Alloh taoloning rahmati tufayli do‘zaxdan chiqsa, hatto "Laa ilaha illalloh" degan birorta ayol qolmasdan jannatga kirsa, o‘shanda ayollar jannatda erkaklardan ko‘p bo‘lib, har bir erkakka dunyo ayollaridan ikkitasidan beriladi. Hurlar esa ko‘p-ko‘p ato etiladi.
   Xuddi shu ma’noda Abu Said Xudriydan rivoyat bor: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannat ahlining eng quyi darajadagisi uchun sakson mingta xizmatchi va yetmish ikkita ayol (juft) bo‘ladi" (Termiziy rivoyati).
   Yana shu ma’nodagi hadisni Abu Muhammad Dorimiy ham Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilgan.
   "Taroqlari oltin, kumush, tutatqilari xushbo‘y bo‘ladi", degan so‘z xususida ba’zilarda shunday fikr tug‘ilishi mumkin: "Jannatda soch tarashga ne hojat, vaholanki, sochlari to‘zimasa, kir bo‘lmasa; tutatqiga ne hojat, o‘zlarining hidlari mushkdanda xushbo‘yroq bo‘lsa?"
   Ularga shunday javob beriladi: Jannat ahliga berilajak ne’matlar, kiyimlar ularning avratlarini yopishga muhtojliklari uchun emas, ularning yeb-ichish, taomlari ochlikdan emas, sharob, may kabilar chanqoq sababli emas, xushbo‘y tutatqilar tutatilishi ham ularning yoqimsiz hiddi bo‘lishidan emas. Balki bularning hammasi doimiy lazzat, uzluksiz ne’matdir. Alloh taolo Odam alayhissalomga aytgan so‘zni eslang: "Shubhasiz, sen u joyda (ya’ni, jannatda) och-yalang‘och qolmaysan. Va u joyda tashna ham bo‘lmaysan, issiqda ham (issiqdan qiynalib ham) qolmaysan" (Toho, 118—119).
   Buning hikmati shuki, Alloh taolo jannat egalarini jannatda dunyoda ne’matlantirmagan ne’matlar bilan ne’matlantiradi va ularga O’zidan boshqa hech kim bilmaydigan narsalarni ziyoda qilib beradi.
Xuddi shunday fikr do‘zax ahli haqida ham bo‘lishi mumkin. Alloh taolo: "O’shanda (ya’ni, do‘zaxga tashlanganlarida) ular bo‘yinlarida kishan va zanjirlar bilan qaynoq suv tomonga sudralurlar, so‘ngra olovda yondirilurlar" (G’ofir, 71);
   "Zero, Bizning dargohimizda (kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan) kishanlar va (ularni kuydirib ozor beruvchi) olov-do‘zax bordir" (Muzzamil, 12), degan. Bas, Alloh taolo ularni dunyoda azoblamagan azoblari bilan azoblaydi. Sha’biy aytadi: "Alloh taolo do‘zaxiylarni qochib ketmasin uchun kishanlaydi, deb o‘ylaysanmi? Yo‘q, Allohga qasamki, unday emas! Ular ko‘tarilishni xohlasalar, bu kishanlar ularga og‘irlik qilib, bosadi va bo‘sh holatda azoblangandan ko‘ra qattiqroq azoblanadi".
   Ibn Muborak aytadilar: "Bizga Said ibn Abu Ayyub Uqayl ibn Shihobdan ushbu hadisni aytdi: "Jannat ahlining tili arabcha, qabrdan chiqqanlarida suryoniy bo‘ladi".
   Sufyon aytadi: "Bizlarga yetdiki, insonlar qiyomat kuni jannatga kirishlaridan oldin suryoniy tilida gapiradi. Jannatga kirganlaridan keyin arab tilida so‘zlashadilar".
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 15:02:50
HURLAR, ULARNING SO’ZLARI VA ODAMIY AYOLLARNING JAVOBLARI HAMDA XO’JAYINLARI HAQIDA.

   Jannatda Odam alayhissalom qizlari bir xil yoshda bo‘lishlari va ammo hurlar turlicha ekani, jannat ahlining nafslari qanday xohlasa, shunday — kichik yoki katta bo‘lishlari haqida xabarlar bor.
   Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Albatta, jannatda hurlar yig‘ilib, ovozlarini baland ko‘tarib aytadilar — u ovozga o‘xshashini xaloyiq eshitmagan: "Biz abadiymiz, halok bo‘lmaymiz, huzur-halovatdamiz, mahrum bo‘lmaymiz, rozi bo‘luvchimiz, g‘azablanmaymiz. U bizniki va biz uniki bo‘lgan kimsa naqadar yaxshi!" deydilar.
   Oisha roziyallohu anho aytadilar: "Qachon hurlar mana shu so‘zlarni aytsalar, dunyo ahlidan bo‘lgan mo‘mina ayollar ularga: "Biz namoz o‘qiganmiz, sizlar o‘qimagansizlar, biz ro‘za tutganmiz, sizlar tutmagansizlar, biz tahorat olganmiz, sizlar olmagansizlar, biz sadaqa qilganmiz, sizlar qilmagansizlar", deb javob qaytaradilar. Va dunyo ayollari ulardan g‘olib keladi". Alloh bilguvchiroq.
   Muhammad ibn Ka’b Quraziy aytadi: "Allohga qasamki, agar hurlardan biri Arshdan o‘z bilakuzugini ko‘rsatsa, bilakuzugining nuri quyosh va oyning nurini, albatta, o‘chiradi. Shunday ekan, uni taqqan hurning o‘zi qanday bo‘ldi?! Alloh taolo hurga qanday kiyim va ziynatlar yaratsa, uning egasiga ham shundayini yaratadi".
   Abu Hurayra roziyallohu anhu aytdilar: "Jannatda "iyno" degan bir hur bor. Yursa, atrofida, o‘ng va so‘l tarafida yetmish ming xizmatchi bo‘ladi. U: "Yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarganlar qaerda?" deb aylanib yuradi".
   Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytdilar: "Jannatda "la’ba" deb ataluvchi hur bor. Agar u dengizga tuflasa, suvi shirin bo‘lib ketadi. Uning dudog‘iga: "Kim meni xohlasa, Parvardigorimga itoat qilsin", deb yozib qo‘yilgan".
   Nabiy sollallohu alayhi va sallam "Isro" kechasidagi hurlarning vasfini shunday keltirganlar: "Ularning boshida yuzta soch o‘rimi, har bir soch o‘rimining orasida oltmish mingta kokil bor, har kokil to‘lin oydan ham nurliroq, boshlariga dur va sof gavhardan toj kiydirilgan. Uning peshonasiga duru gavhar bilan birinchi satrda: "bismillahir rohmanir rohim" deb, ikkinchi satrda: "Kim meni xohlasa, Rabbimning toatida bo‘lsin", deb yozilgan. Jabroil alayhissalom menga: "Ey   Muhammad(s.a.v.), bu va bunga o‘xshaganlar sening ummating uchun. Xursand bo‘l, ey Muhammad(s.a.v.), va ummatingga xushxabar ber hamda ularni g‘ayrat qilishga buyur", dedi".
   Abulqosim Xataliy aytadi: Ato Salmiy Moliq ibn Dinorga: "Bizni shavklantiring", dedi. Molik: "Ey Ato, albatta, jannatda bir hur bor, uning go‘zalligi bilan jannat ahli bir-birlariga faxrlanadilar. Agar Alloh taolo jannat ahliga o‘lmaslikni yozmaganida (ya’ni, jannatda o‘lim bo‘lganida) uning go‘zalligidan hamma o‘lib qolar edi", dedi.
   Muhammad ibn Solih deydi: "Ato Molikning bu so‘zidan keyin (o‘sha hurning ishqida) qirq yil mahzun holda yurdi".
   Ibn Muborak aytadi: Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytdilar: "Hurlarning ikki boldir suyagining iligi go‘shti, suyagi va yetmishta bezagi ortidan, xuddi qizil may oq shishaning ichida ko‘rinib turgandek ko‘rinib turadi".
Habbon ibn Abu Jabala aytadi: "Dunyo ayollaridan jannatga kirganlari dunyoda qilgan amallari sababli hurlardan afzal bo‘ladi".
   Yana bir rivoyatda: "Odam ayollari hurlardan yetmish ming barobar afzalroqdir", deyilgan.

Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 15:04:47
YAXSHI AMALLAR HURLARNING MAHRI EKANI HAQIDA.

   "Iymon keltirib yaxshi amallar qilgan zotlarga xushxabar beringki, ular uchun ostlaridan daryolar oqib turuvchi bog‘lar bor. Qachon o‘sha bog‘larning biror mevasidan bahramand bo‘lsalar, "ilgari totib ko‘rgan narsamizku", deyishadi. Zero, ularga surati bir-biriga o‘xshash mevalar beriladi. Va ular uchun jannatda pokiza juftlar bordir. U zotlar jannatda abadiy qolajaklar" (Baqara, 25).
   Hakim Termiziy "Navodirul usul"da keltiradi: AbuMas’-ud G’iforiy aytdi: "Alloh taolo: "Chodirlarda asralgan hurlar", deya sifatlagani yaxlit durdan o‘yib ishlangan chodirlardagi hurlardir. Ulardan har birining yetmish xil ziynati bor, u ziynatlarning biridagi rang boshqasida takrorlanmaydi. Ularga yetmish xil hid beriladi, bir hid boshqasida takrorlanmaydi. Ularda har bir ayol uchun dur va yoqutdan o‘yilgan yetmishta so‘ri bo‘ladi. Har bir so‘rida yetmishta to‘shak, har bir to‘shakda bolishlar bor. Har bir ayolga yetmish ming qiz va bola xizmat qiladi, ularning qo‘lida turli xil taomlar solingan oltin likopchalar bor. Taomlarning lazzati ham bir-birinikidan o‘zgacha. Uning juftiga ham shuning misli beriladi. Qizil yoqutdan bo‘lgan so‘ri ustida yoqutdan ishlov berilgan ikkita bilakuzuk bor. Bu ne’matlar ramazon oyida tutilgan ro‘zaning har bir kuni uchundir".
   Miqdam ibn Ma’dikaribdan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Allohning huzurida shahid uchun olti xislat bor... Unga hurlardan yetmish ikkitasi nikohlab beriladi" (Termiziy rivoyati).
   Bu xabarlar Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisdagi har bir jannatiyga beriladigan ikkita ayol dunyo ayollaridan ekanini quvvatlaydi.
   Yahyo ibn Muoz aytadi: "Dunyoni tark qilish qattiqdir, lekin jannatni yo‘qotish undanda qattiq. Oxiratning mahri dunyoni tark qilishdir".
   Huri iynlarning mahri masjidlarni supirib-tozalash ekani ham aytilgan. Bu haqda Anas rozyyallohu anhuning hadislarida keladi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam ayt-dilar: "Hurlarning mahri masjidlarni supirishdir".
   Abu Qarsofa ham: "Nabiy sollallohu alayhi va sallamning: "Masjiddan axlatni chiqarib tashlash huri iynlarning mahridir", deganlarini eshitdim", deydi.
   Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Hurlarning mahri bir necha hovuch xurmo va bir necha burda nondir" (Buni Sa’labiy ham zikr qilgan).
   Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: "Odam bolasining qiziga juda ko‘p mol evaziga uylanasizlar, vaholangki, hurlarni bir luqma taom, bir dona xurmo va bitta kiyim evaziga tark qilasizlar (ya’ni, hurga erishish uchun sadaqa qilib turmaysizlar)".
   Sahnundan rivoyat qilinadi: "Misrda Said ismli kishi bor edi. Uning onasi obida ayol edi. Said agar kechasi namozda qoim bo‘lsa, onasi ham orqasidan turardi. Agar uyqusi kelib, mudroq bossa, onasi: "Ey Said, do‘zaxdan qo‘rqadigan, go‘zal hurlarga uylanadigan inson uxlamaydi", der, shunda Said yana tetik holda ibodatini davom ettirar edi".
   Sobitdan rivoyat qilinadi: "Otam yarim kechasi juda ko‘p ibodat qilardi, aytardiki: "Bir kuni kechasi tushimda dunyo ayollariga o‘xshamaydigan o‘ta go‘zal qizni ko‘rdim va unga: "Sen kimsan?" dedim. U: "Hurman" dedi. "Menga xotin bo‘l", dedim. U: "Alloh tomonidan meni o‘zingga nikohlab ol va mahrimni ber", dedi. "Mahring nima?" deb so‘radim. U: "Ko‘p tahajjud", dedi".
   Shoirlar: "Ey hurlarga go‘shangada nikohlanuvchi, ey qadri baland hurlarni talab qiluvchi, beparvo bo‘lma, g‘ayratingni susaytirma, unga yetishishda sabrli bo‘l. Insonlarni tark qil, ular bilan aldanib qolma. Kechalari namozda qoim tur, kunduzlari tong otganda soim bo‘l, mana shular hurlarning mahridir. Chunki agar ko‘zing ularning kutib olishini, ko‘kraklari-yu nozlanib qarashlarini, dudoqlari-yu qomatlarini ko‘rsa, shubhasiz, bu dunyodagi ko‘rayotgan barcha xursandligu o‘yin-kulgularing, rohatu farog‘atlaring arzimas ekanini bilib qolasan", degan ma’noda juda chiroyli she’rlar bitishgan.
   Qori Muzar aytadi: "Bir kuni kechasi Qur’on o‘qiyotganimda meni uyqu bosdi. So‘ng uxlab qoldim. Shunda tushimda bir joriyani ko‘rdim, uning yuzi to‘lin oydek go‘zal, qo‘lida bir qog‘oz bor edi. Menga: "Qur’on o‘qiyapsanmi, ey shayx?" dedi. "Ha", dedim. U: "Mana buni o‘qi", dedi. Qog‘ozni olib ochdim, unda nimadir yozilgan edi. Allohga qasamki, shu zahoti uyg‘onib ketdim, unda nima yozilganini hech eslay olmadim".
   Molik ibn Dinor aytadi: "Men kechasi Qur’on o‘qir edim. Bir kuni o‘qiyotib, uxlab qoldim va tushimda husnu jamolda tengsiz joriyani ko‘rdim. Uning qo‘lida bir parcha qog‘oz bor edi. U menga: "Qur’on o‘qishni yaxshi ko‘rasanmi?" dedi.   Men: "Ha", dedim. Shunda u menga o‘sha qog‘ozni berdi. Unda ushbu baytlar bitilgan edi: "Uyqu seni jannatdagi osoyishtalik va go‘zallardan mashg‘ul qilib qo‘ydi. U yerda abadiy yashaysan, o‘lim yo‘q va chodirlarda go‘zallar bilan o‘yin-kulgu qilasan. Uyqudan voz kech, albatta, kechasi Qur’on o‘qish uyqudan yaxshidir".

Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 15:06:18
HURLAR NIMADAN YARALGANLIGI HAQIDA.

   Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan hurlar nimadan yaratilgani haqida so‘rashdi. Aytdilar: "Uchta narsadan: pastroqdagilari mushkdan, o‘rtadagilari anbardan, oliylari kofurdan. Sochlari va qoshlariga nurdan bo‘lgan qoralik chizilgan" (Termiziy rivoyati).
   Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: "Alloh taolo huri iynlarni oyoq barmoqlaridan tizzasigacha za’farondan, tizzasidan ko‘kragigacha mushkdan, ko‘kragidan bo‘ynigacha anbardan, bo‘ynidan boshigacha oq kofurdan yaratdi. Ularning egnida riongul (juda go‘zal gul) kabi yetmish ming bezak bor. Agar qarasa, yuzidan xuddi quyosh dunyo ahliga nur sochganidek porloq nur taraladi. Agar unga qaralsa, kiyimlari va terisining nozikligidan jigari ko‘rinadi.  Boshida xushbo‘y mushkdan bo‘lgan yetmish ming kokil sollanib turadi. Har bir kokilning etagida bir xizmatchi qiz ko‘tarib yuradi va: "Alloh-ning do‘stlari uchun qilgan amallari evaziga mukofotdir", deb nido qiladi".

Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 15:07:50
KISHI DUNYODA QAYSI XOTIN BILAN BO’LSA, OXIRATDA HAM U BILAN BO’LISHI HAQIDA.

   Ibn Vahb Molikdan zikr qiladi: Abu Bakrning qizi Asmo eri Zubayr ibn Avvomga qarshi chiqib, gap talashib qolishdi.  Eri unga ham, kundoshlariga ham g‘azab qilib, sochlaridan ushlab olib qattiq urdi. Kundoshlari qo‘rqar, Asmo esa unchalik hayiqmas edi. Zarb qattiq tekkani sababli otasi Abu Bakr roziyallohu anhuga shikoyat qildi. Shunda u zot:   "Ey qizginam, sabr qil! Zubayr yaxshi odam. Va u jannatda ham sening ering bo‘lishi mumkin. Kishi bir ayolni xotin tutsa, jannatda ham unga uylanishini eshitganmiz", dedilar.
   Agar ayollar birdan ortiq er ko‘rgan bo‘lsa, oxirgisi bilan bo‘ladi.
   Huzayfa roziyallohu anhu ayollariga aytdilar: "Agar Alloh taolo bizlarni jannatda jamlasa, kim mening xotinim bo‘lishni xohlasa, mendan keyin erga tegmasin. Chunki ayol dunyodagi oxirgi eri bilan bo‘ladi".
   Muoviya ibn Abu Sufyon Ummu Dardoga sovchi qo‘ydi. Ummu Dardo bosh tortib aytdiki: "Abu Dardo menga  Rasulullohning(s.a.v.): "Ayol jannatda oxirgi eri bilan bo‘ladi", degan hadislarini aytib: "Agar jannatda mening xotinim bo‘lishni xohlasang, mendan keyin turmushga chiqma", degan".
   Abu Bakr Najjod zikr qiladi: Anas roziyallohu anhu aytdilar: "Payg‘ambar alayhissalom ayollari Ummu Habiba aytdi:  "Ey Rasululloh(s.a.v.), dunyoda bir ayolning ikki eri bo‘lgan bo‘lsa, vafot qilganlaridan keyin Alloh ularni jannatda jamlasa, qaysi biriga bo‘ladi: birinchisigami yo ikkinchisiga?" U zot: "Xulqi go‘zalrog‘iga", dedilar.
   Yana boshqa rivoyatlarda, ayolning erlari ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, tanlaydi, deyilgan.

Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 15:12:36
JANNATDA YEYISH, ICHISH VA NIKOH XAQIQATDA BORLIGI, IFLOSLIK, KAMCHILIK VA UYQUNING YO’QLIGI HAQIDA.

   Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannat ahli u yerda (jannatda) yeydi, ichadi, tuflamaydi, bavl qil-maydi, axlat chiqarmaydi, burun qoqmaydi". "Yegan taomlari nima bo‘ladi?" deb so‘rashdi. U zot: "Xushbo‘y kekirik yoki xushbo‘y ter bilan (chiqib ketadi). Ularga tasbeh va hamd ay-tishga ilhom beriladi" (Boshqa rivoyatda: "tasbeh va takbir aytishga ilhom beriladi xuddi nafas olishga ilhom berilganidek", deyilgan.) (Muslim rivoyati).
   Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam: "Mo‘minga jannatda jimo’da shuncha-shuncha quvvat beriladi", dedilar. "Ey Rasu-lulloh(s.a.v.), bunga toqati yetadimi?" deyishdi. U zot: "Yuzta quvvat beriladi", dedilar (Termiziy rivoyati).
   Zayd ibn Arqamdan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannat ahlidan bo‘lgan kishiga yeyishda, ichishda, jimo’da va shahvatda yuz kishining quvvati beriladi". Shunda yahudiy bir kishi: "Yegan-ichgan kishi hojat ham chiqaradi", dedi. U zot: "So‘ng terisidan xushbo‘y ter sizib chiqadi, shunda uning qorni bo‘shaydi", de-dilar (Dorimiy rivoyati).
   Abdulloh ibn Ayyub zikr qiladi: Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytdilar: "Biz: "Ey Rasululloh(s.a.v.), dunyoda ayollarimiz bilan qo‘shilganimiz kabi jannatda ham qo‘shilamizmi", dedik. U zot: "Ha, jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, kishi bir kechada yuzta kelinchak-bokiraga qo‘shiladi", dedilar".
   Abu Hurayradan rivoyat qilingan shu ma’nodagi hadisni Bazzor ham "Musnad"ida keltirgan: "Ey Rasululloh(s.a.v.), jannatda ayollarimizga qo‘shilamizmi?" deb so‘rashdi. U zot: "Ha, jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, bir kishi bir kunda yuzta kelinga qo‘shiladi", dedilar".
   Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannat ahli qachon ayollar bilan qo‘shilsa, yana bokira bo‘lib qolishadi". Bu haqda, inshaalloh, keyinroq bayon keladi.
   Abu Qaloba: "Ularga taom va sharob keltiriladi. Buning oxirida (ya’ni, yeb-ichib bo‘lishgach) ularga bir sharob beriladi. Uni ham ichadilar va shu sababli ularning qorinlari bo‘shab, tanalaridan mushkdanda xushbo‘yroq ter oqib chiqadi", dedi va ushbu oyatni o‘qidi:
   "...Va Parvardigori ularni nihoyatda pokiza sharobla sug‘organdir" (Inson, 21).
   Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Jannatga kiradigan har bir kimsani Alloh yetmish ikkita ayolga juftlab qo‘yadi ikkitasi huri iynlardan, yetmishtasi do‘zax ahlining meroslaridandir. U ayollarning har birida bo‘shashmaydigan old tomon (farj) va erkaklarda susaymaydigan zakar bo‘ladi" (Dorimiy rivoyati).
   Hishom ibn Xolid aytadi: "Do‘zax ahlining meroslari", degan gapdan do‘zax ahli do‘zaxga kirib, ularning jannatga kirgan ayollari jannatiylarga meros bo‘lishi tushuniladi. Xuddi Fir’avn do‘zaxga kirib, xotini Osiyo jannatga meros bo‘lgani kabi.
   Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: "Jannat ahli ayollarini jimo’ qiladimi?" deb so‘rashdi. U zot: "Ha, susaymaydigan zakar, bo‘shashmaydigan farj va kesilmaydigan shahvat bilan", dedilar.
   Jobir roziyallohu anhudan rivoyat.qilinadi: "Ey Rasululloh(s.a.v.), jannat ahli uxlaydimi?" deyishdi. U zot: "Yo‘q, uyqu o‘limning birodaridir. Jannatda o‘lim yo‘q", dedilar (Doruqutiy rivoyati). Alloh bilguvchiroq.
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 15:14:11
MO’MIN QACHON JANNATDA BOLANI XOHLASA, BIR LAHZADA HOMILA BO’LISHI, TUG’ILISHI VA ULG’AYISHI HAQIDA.

   Abu Said Xudriydan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Mo‘min jannatda agar farzandni xohlasa, homilasi ham, tug‘ilishi ham, ulg‘ayishi ham xohlaganidek o‘sha zahoti bo‘ladi" (Termiziy rivoyati).
   Termiziy aytadi: "Bu xususida, ya’ni, jannatda farzand bo‘lishi haqida ilm ahli ixtilof qilishdi. Ularning ba’zilari:  "Jannatda jimo’ bo‘ladi, farzand bo‘lmaydi", dedilar. Jumladan, Tovus, Mujohid Ibrohim Naxa’iylar shu fikrda.
   Ishoq ibn Ibrohim Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan yuqoridagi hadis haqida ushbu fikrlarni aytadi: "Agar mo‘min jannatda farzand bo‘lishini xohlasa, shu zahoti xohlaganidek bo‘ladi, lekin u farzand bo‘lishini hech qachon xohlamaydi". Darhaqiqat, Abu Rozin Uqayliydan rivoyat qiladi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannat ahli uchun jannatda farzand bo‘lmaydi". Alloh bilguvchiroq.

Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 15:21:59
JANNATDAGI BARCHA NARSA ABADIY, ESKIRMAYDI,  BO’LMAYDI, TUGAMAYDI.

   Abu Said va Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Nido qilguvchi: "Albatta, sizlar sog‘ bo‘lasiz, hech qachon kasal bo‘lmaysiz, albatta, sizlar abadiysiz, hech qachon o‘lmaysiz, albatta, sizlar yoshsiz, hech qachon qarimaysiz, albatta, sizlar ne’matdasiz, hech qachon mahrum bo‘lmaysiz", deb nido qiladi. Bu haqda Alloh taoloning ushbu so‘zi bor: "Ularga: "Qilib o‘ttan (yaxshi) amallaringiz sababli sizlarga meros qilib berilgan jannat mana shudir", deb nido qilinur" (A’rof, 43)".
   Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Kim jannatga kirsa ne’matlanadi, mahrum bo‘lmaydi, kiyimi eskirmaydi, qarimaydi". Darhaqiqat, hurlarning: "Bizlar abadiymiz, halok bo‘lmaymiz",' degan so‘zlari yuqorida o‘tdi.
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 15:33:45
JANNATDAGI AYOL-HURNING DUNYODA YURGAN JUFTLARINI KO’RISHI HAQIDA.

   Ibn Zayd hadis aytadi: "Jannat ahlidan bo‘lgan ayol osmondalik paytida: "Dunyo ahlidan bo‘lgan juftingni ko‘rishni xohlaysanmi?" deyiladi. U: "Ha", deydi. Shunda parda ko‘ta-rilib, u bilan jufti o‘rtasidagi eshik ochiladi. U juftini ko‘radi, uni taniydi, unga qarash bilan ahdlashadi, hatto uning kelishini sabrsizlik bilan kutadi, ayol anchadan beri ko‘rmagan eriga mushtoq bo‘lgan kabi, unga mushtoq bo‘ladi. Agar jufti bilan dunyodagi ayoli o‘rtasida nizolar bo‘lsa, ya’ni, gap talashsa, urishsa, natijada xotini eridan g‘azablansa, bu narsa jannatdagi hurga malol keladi va aytadiki:   "Holingga voy bo‘lsin! Unga yomonlik qilma. U sen bilan juda oz kecha bo‘ladi (ya’ni, u tezda menga keladi)", deydi.
   Termiziy shu ma’noda Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: "Dunyoda ayol qachon eriga ozor bersa, hurlardan bo‘lgan xotini: "Alloh joningni olgur, unga ozor ber-ma! U sening huzuringda musofirdir. Yaqinda sendan ajrab, menga keladi", deydi".
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 15:35:40
JANNATDAGI QUSH, OT VA TUYALAR HAQIDA.

   Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: "Kavsar nima?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "Alloh taolo jannatda menga bergan daryodir. U sutdan oq, asaldan shirinroq. Unda bo‘yinlari tuyaning bo‘yniday keladigan qushlar bor". Shunda  Umar roziyallohu anhu: "Shubhasiz, bu huzur-halovatku", dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Uni yeyish huzur", dedilar (Termiziy rivoyati).
   Abu Dardodan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannatda bo‘yni tuyaning bo‘ynidek keladigan qushlar bor, egasining, ya’ni, Allohning do‘sti qo‘lida saf tortib turadi va ulardan biri: "Ey Allohning do‘sti, men arshning ostidagi jannat yaylovlarida boqilganman, tasnim buloqlaridan ichganman. Meni yegin", deya maqtanadi, shunda kishining xayoliga ulardan birini yeyish keladi. Va shu zahoti qush uning oldida turli xil taom bo‘lib qoladi. Undan xohlaganicha yeydi. To‘yganidan so‘ng qushning suyaklari jamlanib, jannatning xohlagan joyida o‘tlash uchun yana uchib ketadi". Shunda Umar roziyallohu anhu: "Ey Nabiyulloh, shubhasiz bu haqiqiy ne’mat", dedilar. U zot: "Yeyimliklari undan ham huzurliroq" dedilar (Sa’labiy rivoyati).
   Sulaymon ibn Burayda otasidan rivoyat qiladi: Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan: "Jannatda ot bormi?" deb so‘radi. U zot: "Agar Alloh seni jannatga kirgizsa, u yerda qizil yoqutdan bo‘lgan ot bor, qaerga uchib borishni xohlasang, o‘sha zahotiyoq muhayyo bo‘ladi", dedilar. Yana bir kishi: "Tuyachi, jannatda tuya ham bormi?" deb so‘radi. U zot sherigiga aytgan so‘zni aytmadilar, balki: "Agar seni Alloh jannatga kirgizsa, u yerda nafsing nimani xohlasa, ko‘zing nimadan shodlansa, shu narsa bo‘ladi", dedilar" (Termiziy rivoyati).
   Abu Mas’ud Ansoriydan rivoyat qilinadi: "Bir kishi yuganlangan tuya olib keldi va: "Bu Alloh yo‘liga", dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Qiyomat kunida buning evaziga senga yetti yuzta tuya beriladi, hammasi yuganlangan bo‘ladi", dedilar" (Muslim rivoyati).
   Ibn Vahb zikr qiladi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannatda eng quyi manzildagi inson hech qarimaydigan ming-minglab yosh xizmatchilari ichida oltin qanotli qizil, yoqutdan bo‘lgan otga minadi. Agar xohlasangiz: "U joyda qachon qarasangiz, noz-ne’matlarni va katta mulku davlatni ko‘rursiz" (Inson, 20), oyatini o‘qinglar".
   Ibn Muborak zikr qiladi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Albatta, jannat ne’matlaridan biri — jannat egalari zotdor hayvonlar ustiga minib, bir-birlarini ziyorat qilishidir. Yana ularga juma kunida egarlangan, yuganlangan ot beriladi, u ot bavl qilmaydi, axlat chiqarmaydi, unga minadilar va Alloh xoxlagan joyda to‘xtaydilar".
   Ibn Abbos jannatdagi markab-ulovlar haqida zikr qildilar va Alloh taoloning. "U joyda qachon qarasangiz, noz-ne’matlarni va katta mulku davlatni ko‘rursiz", oyatini ti-lovat qildilar.
   Abdulloh ibn Muboraqdan hikoya qilinadi: U kishi bir kuni g‘azotga chiqdi. Qarasa, bir kishi oti o‘lib, mahzun turibdi. Shunda unga: "Otingni menga to‘rt yuz dirhamga sot", dedilar. Kishi xursand bo‘lib sotdi. Kunlardan bir kun tushida o‘sha o‘lgan otini ko‘rdi, go‘yo qiyomat bo‘lib, oti jannatda tirilib, ortidan yetti yuzta otni ergashtirib yurganmish. Uni olishni xohlab oldiga borgan ekan, "Tegma! U kecha seniki edi, endi esa, Ibn Muborakniki", deb nido qilinibdi.
Tong otgach, Ibn Muborakning oldiga kelib, savdoni buzishni talab qildi. Ibn Muborak: "Nega?" deb so‘radi. U tushida ko‘rgan voqeani aytib berdi. Shunda u kishi: "Bor, ket, tushingda ko‘rganingni o‘ngimizda ko‘ramiz", dedi.
   Bu hikoya sahihdir. Chunki shu ma’nodagi hadis Muslimning "Sahih"larida Abu Mas’uddan rivoyat qilingan.
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 15:41:56
HINO JANNAT RAYHONLARINING SAYYIDI EKANI VA JANNAT RAYHONLAR BILAN O’RALGANI HAQIDA.
   Abdulloh ibn Umardan rivoyat kilinadi: Rasulululloh sallallohu alaihi va sallam aytdilar: "Hino jannat xushbo‘ylarining sayyididir. Unda (jannatda) hayajonga soladigan darajada muattarlik bor. Zotdor tuyalar ustlariga jannat ahlini mindirib yuradilar".
   Imom Termiziy Abu Usmon Hindiydan rivoyat qiladi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar: "Agar sizlardan birortangizga rayhon berishsa, uni qaytarmanglar, albatta, u jannatdan chiqqandir".
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 15:57:23
QO’Y VA ECHKI JANNAT HAYVONLARIDAN EKANI HAQIDA.

   Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Qo‘y jannat hayvonlaridandir" (Ibn Moja rivoyati).
   Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan hadisda: "Echkiga yaxshi qaranglar, unga ozor bermanglar, chunki u jannat hayvonlaridandir", deyilgan (Bazeor rivoyati).
   Soffot surasining 107-oyatida: "Biz (Ismoilning) o‘rniga (Ibrohimga) katta bir (qo‘chqorni) so‘yishni evaz qilib berdik (uni jannatdan tushirdik)", deyilgan. "Katta" deyilishiga sabab, u jannatda qirq yil boqilgan edi". Bu gap Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan.

Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 15:58:36
JANNATNING ATROFI, HIDI VA SO’ZLASHI HAQIDA.

   Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhn va sallam aytdilar: "Alloh taolo Adn jannatini yaratib, daraxtlarni qo‘li bilan ekkach, jannatga: "Gapir", deb buyurdi. U: "Darhaqiqat, mo‘minlar najot topdilar" (Mo‘minun, 1), dedi".
   Bu hadisni Bazzor ham Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan.
Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Alloh taolo jannatni oltin va kumush g‘ishtlardan yaratdi, uning loyi mushqdir. Unga: "Gapir!" deganida, "Darhaqiqat, mo‘minlar najot topdilar", dedi. Alloh taolo aytdi: "Barcha ne’matlar sendadir, ey mulklar manzili". Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Alloh jannatni yarattach, unga: "Ziynatlan", dedi, bas, ziynatlandi. So‘ng unga: "Gapir", dedi, bas, gapirdi. So‘ng "Men rozi bo‘lgan kimsaga jannat bo‘lsin", dedi".
   Umar ibn Abdulaziz, Zuhriy, Kalbiy va Mujohid aytadilar: "Jinlarning mo‘minlari jannat atrofidagi bo‘sh joy va maydonlarda bo‘lishadi, jannat ichiga kirishmaydi".
   Molik Muslim ibn Abu Maryamdan, u Abu Solihdan, u Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "O’zlari boshqalarga moyil va boshqalarni ham o‘zlariga moyil qiluvchi kiyim kiygan yalong‘och ayollar hargiz jannatga kirmaydilar va jannatning hidini ham topmaydilar, holbuki, uning hidi besh yuz yillik masofadan kelib turadi".
   Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ogoh bo‘linglar! Kim Alloh va Rasulining haqqi bog‘langan jonni o‘ldirsa, shubhasiz, Allohning haqqiga xiyonat qilibdi, bas, u jannatning hidini ham hidlamaydi, holbuki, uning bo‘yi qirq kuz masofadan kelib turadi" (Termiziy rivoyati).
   Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim Alloh bilan ahdlashgan jonni o‘ldirsa, jannatning hidini ham topmaydi, vaholanki, uning hidi qirq yillik masofadan kelib turadi" (Buxoriy rivoyati).
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 15:59:44
JANNATGA EKIN DARAXT EKISH "SUBHONALLOHI VAL HAMDU LILLAHI..." KALIMASI EKANI HAQIDA.
   Ibn Mas’uddan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Isro kechasi Ibrohim alayhissalomga yo‘liqdim. U menga: "Ey Muhammad(s.a.v.), ummatingga mendan salom yo‘lla va ularga xabar berginki, jannatning tuproqlari xushbo‘y, suvlari shirindir. U bir tekislikki, unga ko‘chat o‘tqazish "subhonallohi val hamdu lillahi va laa ilaha illallohu vallohu akbar"dir", dedi" (Termiziy rivoyati).
   Abu Hurayra roziyallohu anhu daraxt ekayotganlarida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o‘tib qoldilar va: "Ey Abu Hurayra, nima ekyapsan?" deb so‘radilar. "Ko‘chat", dedilar. U zot: "Bundan ham yaxshiroq ko‘chatni o‘rgataymi? U "subhonallohi, valhamdu lillahi, va laa ilaha illallohu vallohu akbar"dir. Bu kalimaning har biri uchun senga jannatda bir daraxt ekiladi", dedilar (Ibn Moja rivoyati).
   Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Kim "subhonallohil ‘aziym va bihamdih", desa, unga jannatda bir xurmo ekiladi" (Termiziy rivoyati).

Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 16:00:43
ZIKR JANNATNI BINO QILISHDA MABLAG’ EKANI HAQIDA.

   Tabariy "Adabun-nufus" nomli kitobida zikr qiladi: Hakim ibn Muhammad Ahmasiy dedi: "Eshitishimcha, jannat zikr bilan bino bo‘larkan. Bas, qachon zikrdan to‘xtashsa, bino qilish ham to‘xtar ekan. Ularga bu haqda ("Nega to‘xtadinglar?") deyilsa, "Bizga mablag‘ kelmayapti", deyishadi".
   Zikr Alloh azza va jallaning buyruqlarini bajarib, qaytariqlaridan qaytishdagi itoatdir.
   Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilinadi: "Kim Allohga itoat qilsa, garchi (nafl) namozlari, (nafl) ro‘zalari, yaxshi amallari kam bo‘lsada, Allohni zikr qilibdi. Kim Allohga osiylik qilsa, garchi nafl ro‘zasi va yaxshi ishlari ko‘p bo‘lsada, Allohni unutibdi" (Abu Abdulloh Muhammad "Ahkamul Qur’on"da zikr qilgan).
   Zikrning mohiyati Alloh taologa Uning buyruqlarini bajarib, qaytariqlaridan qaytishda itoat qilishdir.
   Said ibn Jubayr rahmatullohi alayh aytadilar: "Zikr — Allohga itoat qilish. Kim Unga itoat etmasa, zikr etmabdi, garchi tasbeh va tahlillarni ko‘paytirib, Qur’onni ko‘p o‘qisa ham". Bu ma’noda Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan: "Kim Allohga itoat qilsa, garchi jim tursa ham, Allohni zikr qilibdi, kim Allohga osiylik qilsa, garchi  Qur’on o‘qib, tasbeh aytuvchi bo‘lsa ham, Allohni unutibdi".
Qur’on o‘qib, tasbeh aytib turib Allohga osiylik qiluvchi — Allohu a’lam — masxaralovchi, bepisand, Allohning oyatlarini hazil deb biladigan insonga o‘xshaydi. Ulamolarimiz Alloh taoloning: "Allohning oyatlarini hazil deb bilmanglar!" so‘zi ta’vilida: "Allohning amrini tark qilib, xatoga yo‘l qo‘yuvchi, adashuvchi bo‘lmanglar!" demoqda, deydilar. Xuddi shuningdek, bu oyat ma’nosiga gunohdan tavba qilib, istig‘forni ko‘paytirib, yana gunohida davom etgan shaxslar ham kiradi. Shu ma’nodagi barcha insonlar Allohning oyatini hazil deb bilganlar qatoriga kiradi.
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 16:15:39
JANNAT AHLINING ENG QUYI VA ENG OLIY DARAJASI HAQIDA.

   Mug‘iyra ibn Shu’ba roziyallohu anhudan rivoyat: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Muso alayhissalom Parvardigordan: "Jannat ahlining eng quyi darajasi qanday?" deb so‘radi. Alloh dedi: "Bir kishi jannat ahli jannatga kirib bo‘lgach, kelib: "Ey Rabbim, qanday qilay? Insonlar joylarini egallab, oladiganlarini olib bo‘pti", deydi. Unga:   "Dunyoning mulkichalik mulk berilsa, rozi bo‘lasanmi?" deyiladi. U: "Roziman, ey Rabbim", deydi. Bas, unga: "Senga shu va yana shuncha, shuncha, shuncha", deyishadi va beshinchisida: "Roziman, ey Rabbim", deydi. Unga: "Senga shuncha va uning o‘n barobari, nafsing xohlagani va ko‘zingni quvontirgani hammasi senga", deyiladi. U: "Roziman", deydi". Muso alayhissalom: "Unday bo‘lsa, ey Parvardigor, eng oliy daraja qanday?" dedi. Alloh taolo: "Ular men tanlagan insonlardir. Ularning hurmatidan daraxtlarni o‘zim ekdim va unga muhr bosdim, uni ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va biror-bir mavjudotning xayoliga ham kelmagan", dedi". Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:  "Buning tasdig‘i ushbu oyatdir: "Ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (ya’ni, oxirat ne’matlarini oldindan) biror jon bilmas" (Sajda, 17) (Muslim rivoyati).
   Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannatga oxiri kiradigan va do‘zaxdan oxirgi chiqadigan inson shunday kishiki, emaklab keladi. Alloh unga: "Jannatga kir!" deydi, U: "Jannat to‘la-ku", deydi. Unga uch marta aytiladi, u har safar: "Jannat to‘la-ku", deydi. Shunda Alloh taolo unga: "Senga dunyoning mislicha va yana o‘n barobar", deydi" (Buxoriy rivoyati).
   Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannat ahlining eng quyi manzildagisi uchun yettita qasr bor: oltindan, kumushdan, durdan, zumraddan, yoqutdan, ko‘zlar idrok qila olmaydigan va Arshning rangidagi qasr. Har bir qasrda zebu ziynat va hurlar borki, ularni Alloh azza va jalladan boshqa hech kim bilmaydi". Buni Qitbiy "Uyunul axbor" nomli kitobida zikr qilgan.
   Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannat ahlining eng quyi darajasidagisi ming-ming xizmatchilar qurshovida ulovga minadi...".
   Ibn Umardan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Jannat ahlining eng quyi darajadagisi bog‘lari-yu ne’matlari, xizmatchilari-yu so‘rilariga ming yillik masofadan qaraydi. Jannat ahlining Allohga eng mukarrami Alloh taoloning yuziga yertayu kech tikiladi", dedilar, so‘ng: "U kunda (mo‘minlarning) yuzlari yashnab, Parvardigorlariga boqib turguvchidir!" (Qiyomat, 22) oyatini o‘qidilar.
   Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannat ahlining eng quyi manzildagisining sakson ming xizmatchisi va yetmish ikkita xotini bo‘ladi. Va uning uchun Jobiya bilan San’oning oralig‘ichalik dur, zabarjad va yoqutdan bo‘lgan qubba tiklanadi" (Ibn Muborak rivoyati).
   Mujohid aytadi: "Jannat ahlining eng quyi manzilidagi kishi o‘z mulkini ming yilda aylanib chiqadi, uning chetini oldini ko‘rib turgandek ko‘rib turadi. Jannatning eng yuqorisidagi kishi Parvardigorga ertayu kech qaraydi".

Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 16:19:33
ALLOHNING ROZILIGI JANNATDAN AFZALLIGI HAQIDA.

   Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Alloh taolo jannat ahliga: "Ey ahli jannat!" deydi. Ular: "Labbay, Rabbimiz...hamma yaxshiliklar qo‘lida bo‘lgan Zot", deydilar. Alloh taolo: "Rozi bo‘ldingizmi?" deb so‘raydi. Ular: "Qanday qilib rozi bo‘lmaylik, Parvardigor?! Holbuki, bandalaringdan hech kimga bermagan narsangni bizga berding", deydilar. Alloh: "Sizlarga bundan ham afzalrog‘ini berayinmi?" deydi. Ular:   "Parvardigoro, bundan ham afzal narsa nima ekan?" deydilar. Shunda Alloh: "Sizlarga roziligimni halol qildim, bundan keyin sizlarga hech ham g‘azab qilmayman", deydi" (Buxoriy rivoyati).
   Shu ma’nodagi uzun hadisni Muslim ham keltirgan.
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 16:21:21
JANNAT AHLINING ALLOH TAOLONI KO’RISHI ENG KATTA NYE’MAT EKANI HAQIDA.

   Suhaybdan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannat ahli jannatga kirgach, Alloh taboraka va taolo: "Sizlarga yana bir narsani ziyoda qilishimni xohlaysizlarmi?" deb so‘raydi. Ular: "Yuzimizni yorug‘ qilmadingmi? Jannatga kirgizmadingmi? Bizga do‘zaxdan najot bermadingmi?" deyishadi. Shunda parda ochiladi, bas, ularga Parvardigorlari azza va jallani ko‘rishdan ham suyukliroq biror narsa berilmaydi". (Boshqa rivoyatda: "So‘ng ushbu: "Chiroyli amal qilgan zotlar uchun chiroyli oqibat va ziyoda ne’matlar bordir" (Yunus, 26), oyatini o‘qidilar", deyiladi.) (Muslim rivoyati).
   Rasulullohdan (s.a.v.): "Chiroyli amal qilgan zotlar uchun chiroyli oqibat va ziyoda ne’matlar bordir" oyati haqida so‘rashdi. Shunda u zot aytdilar: "Jannat ahli jannatga, do‘zax ahli do‘zaxga kirgach, nido qilguvchi: "Ey ahli jannat, sizlar uchun Allohning huzurida va’da bor, uni sizlarga to‘liq qilib bermoqchi", deb nido qiladi. Ular: "Yuzlarimizni yorug‘, mezonimizni og‘ir qilmadimi, do‘zaxdan bizga najot bermadimi?" deyishadi. Shunda parda ochiladi va Unga qarashadi". Allohga qasamki, Alloh taolo ularga O’zining yuziga qarashdan ham suyukliroq, ko‘zlariga quvonchliroq narsa bermadi" (Nasoiy rivoyati).
   Abu Dovud Tayolisiy ham bu hadisni taxrij qilgan: Suhayb roziyallohu anhu aytadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Chiroyli amal qilgan zotlar uchun chiroyli oqibat va ziyoda ne’matlar bordir", oyatini tilovat qilib dedilar: "Jannat ahli jannatga kirsa, nido qilguvchi: "Ey ahli jannat, sizlar uchun Alloh taoloning huzurida va’da bor", deb nido qiladi. Ular: "U nima ekan? Darhaqiqat, yuzimizni yorug‘, mezonimizni og‘ir qilib, bizni jannatga kirgizdi-ku?" deyishadi. Bu ularga uch marta aytiladi. So‘ng Alloh taboraka va taolo ularga tajalliy qiladi, bas, ular Unga qaraydilar. Bu narsa ularning huzurida berilgan narsalarning eng ulug‘i bo‘ladi".
   Imom Ahmad va Muslim Anas roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan:  "Chiroyli amal qilgan zotlar uchun chiroyli oqibat va ziyoda ne’matlar bordir", oyati haqida so‘rashdi, bas, aytdilar:  "Dunyoda chiroyli amal qiltan zotlar uchun chiroyli oqibat — jannatdir, ziyoda ne’mat esa Alloh taoloning jamoliga qarash".
   Ibn Muborak zikr qiladi: Abu Bakr Hiloliy dedi: "Abu Muso Ash’ariydan Basrada ushbu xutbani eshitdim: "Alloh taolo qiyomat kuni jannat ahliga farishtalarini yuboradi. Ular: "Alloh sizlarga va’dasini to‘liq qilib berdimi?" deydi. Jannat ahli shunda qarashadi, ziynat, kiyim-kechak, mevalar, daryolaru go‘zal-pok ayollarni ko‘rib: "Ha, Alloh bizga va’dasini to‘liq qilib berdi",deydi. Farishtalar: "Va’da qilgan narsasini sizlarga to‘liq berdimi?" deya uch marta so‘raydi. Ular atroflariga qarab, va’da qilingan narsalardan biror narsa qolmaganini ko‘rib, har safar: "Ha", deydilar. Shunda farishtalar: "Sizlar uchun bir narsa qoldi, albatta, Alloh taolo aytganki: "Chiroyli amal qilgan zotlar uchun chiroyli oqibat va ziyoda ne’matlar bor", deb. Ogoh bo‘linglar! Chiroyli oqibat — jannat, ziyoda ne’mat — Alloh taologa qarash".
   Yuqoridagi Nasoiy, Abu Dovud va Ibn Muborak zikr etgan hadislar Muslim rivoyat qilgan hadisni sharxlab kelgan.  "Alloh taolo aytdi", degani "Allohning farishtasi ay-tdi", degan ma’noda. "Sizlarga yana bir narsani ziyoda qilishimni xohlaysizlarmi?" degani farishtalarning: "Alloh sizlarga ziyoda qilishni xohlaysizlarmi?" deganidir. "Shunda parda ochiladi", degan so‘z: "Ko‘zlari yetishidan to‘sib turgan mone’lar ko‘tariladi va ular Alloh taoloni buyuklik, ulug‘lik, kamolot, qudrat, oliylik va jamol sifatlari bilan ko‘radi, Alloh taolo botil firqalar sifatlagan nuqsonlardan pokdir", degan ma’noda.
   Bu yerdagi parda maxluqlarga tegishli, Yaratuvchiga emas. Maxluqlar to‘silgandirlar. Alloh taolo to‘silishdan pok va ulug‘ zot. Zero, to‘silish hissiy narsalar bilan o‘rab oli-nishdir. U bizning sifatimiz. Lekin Alloh taoloning maxluqlar ko‘zi va idrokidan to‘silishi Alloh xohlagan narsa va xohlagan kayfiyatda bo‘ladi.
   Sahih hadislarda rivoyat qilinishicha, Alloh taolo agar bandalariga tajalliy etib, ko‘zlaridan pardalar ko‘tarilsa, Allohning jamolini ko‘rsalar, anhorlar quyiladi, daraxtlar tiziladi, so‘ri-yu bolaxonalar shovqin bilan ovoz beradi, buloqlar shildiraydi, hayajonlantiruvchi shamol esadi, hovli-yu qasrlardan yanada kuchliroq mushk va kofur taraladi, qushlar sayraydi va hurlardan yanada yorishadi. Bu xabarni Abul Ma’oliy "Ar-rad" kitobida keltirib, "Bularning barchasi Allohning qadari bilan", deydi.

Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 16:24:25
ALLOH TAOLONI KO’RISH HAQIDA.

    Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "IKKI jannat bor, ularning idishlari-yu boshqa narsalari kumushdan yasalgan va yana ikki jannat bor, ularning idishlari-yu boshqa narsalari tillodan yasalgan. Adn jannatida qavm bilan  Parvardigorlari o‘rtasida unga nazar solmoqlariga ulug‘lik pardasigina mone’lik qilib turadi" (Muslim rivoyati).
   Jarir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi: "Kechasi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan o‘tirgan edik. Shunda u zot o‘n to‘rt kechalik oyga qarab dedilar: "Albatta, sizlar u dunyoda Rabbingizni xuddi mana shu oyni ko‘rgandek ko‘rasiz. Uni ko‘rishda bir-biringizga xalal bermaysiz. Agar quyosh chiqishidan va botishidan ilgarigi namozlarni shaytonga boy bermaslikka qodir bo‘lsangiz, o‘qingiz!" So‘ng: "Va quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Parvardigrringizga hamdu sano aytish bilan (U zotni) poklang — namoz o‘qing!" (Qof, 30) degan oyatni tilovat qildilar" (Buxoriy, Muslim rivoyati).
   Abu Dovud Uqayliydan rivoyat qiladi: "Men: "Ey Rasululloh(s.a.v.), har birimiz qiyomat kuni Allohni ochiq-ravshan ko‘ramizmi?" deb so‘radim. U zot: "Ha", dedilar. "Maxluklari ustida buning belgisi bormi?" deb savol qildim. "Ey Abu  Rozin, sizlarning har biringiz kechasi o‘n to‘rt kunlik oyni ochiq-ravshan ko‘rasizlarmi?" dedilar. Men: "Ha", deb javob qildim. u zot: "Alloh taolo buyukdir. Oy ham Allohning bir maxluqidir. Bas, Alloh buyukroq va ulug‘roqdir", dedilar".
   Muslim rivoyatidagi: "Ulug‘lik pardasigina mone’lik qilib turadi", so‘zidagi "parda" isti’ora bo‘lib, Allohning ulug‘ligi va buyukligidan kinoya qilib keltirilgan. Buni Abu Hurayra Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan hadisi qudsiy ochiq bayon etadi: "Alloh aytdi: "Ulug‘lik izorimdir, kibriyo ridoimdir..." Bu bilan ikki sifatni bayon etdi. "Ulug‘lik pardasi" deganda ulug‘lik sifatini iroda qildi. U zot o‘zining ulug‘ligi va buyukligi bilan qiyomatdan oldin hech kim Uni ko‘rishini xohlamadi. Qachon qiyomat bo‘lib, jannat ahliga Adn jannatiga kirishga izn berilgachgina Uni ko‘rishlarini xohladi. Bas, ular Adn jannatida U zotni ko‘radilar. Bu ma’noni Bayhaqiy va boshqalar aytishgan.
Ulug‘lik va buyuklikdan isti’ora qilingan rido va izor his qilinadigan kiyim jinsidan emas, albatta. Bu faqatgina o‘xshatish, xolos. Chunki rido va izor inson uchun maxsus narsalardan bo‘lib, ularga tushunarli bo‘lishi uchun shunday ishlatildi. Ammo bu sifatlarda Alloh taologa hech kim sherik bo‘la olmaydi.
   Hadisning oxirida ham: "Kim u ikkisidan biri ustida Men bilan tortishsa, uni yonib turgan jahannamga kirgizaman", deyilgan.

Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 16:26:48
JANNAT AHLIGA ALLOH TAOLONING SALOMI HAQIDA.

   Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannat ahli o‘zlariga va’da qilingan noz-ne’matlar ichida rohat-farog‘atda ekanlar, banogoh, ustlarida bir nur paydo bo‘ladi. Shunda Alloh taolo: "Assalomu alaykum, ey ahli jannat", deydi. Bu hol Alloh taoloning: "(Ularga) mehribon Parvardigor tomonidan salom aytilur" (Yosin, 58), degan so‘zining tasdig‘idir.
   Uni ko‘rganlarida jannatning barcha ne’matlarini unutadilar, toki to‘silgunicha shunday bo‘ladi. Qachon Alloh ulardan to‘silsa, Uning nuri va barakoti ular bilan qoladi".
   "Banogoh ustilarida..." degan so‘zdan murod Allohning oliyligidir. Zero, Alloh taolo joy va manzildan iborat makon bilan sifatlanmaydi. U oliylik va ulug‘lik jihatidan sifatlanadi. "Uni ko‘rganlarida, jannatning barcha ne’matlarni unutadilar", deganida Allohning jamoliga qarash lazzati bilan mashg‘ul bo‘lib qolishlari tushuniladi. Chunki Uning jamolini ko‘rishdan afzal narsa yo‘q, Alloh taoloning tajallisiga hech narsa barobar bo‘la olmaydi. Agarda Alloh taolo ularni sobit va boqiy qilmaganida edi, ularga ham tog‘ bilan sodir bo‘lgan narsa voqe’ bo‘lur edi. Zero, Alloh taolo toqqa tajalliy qilgan paytda, u parcha-parcha bo‘lib, qumga aylanib ketgan edi.
   "Qachon Alloh ulardan to‘silsa", deganining ma’nosi, Alloh ularni unutib qo‘ygan jannat ne’matlariga qaytarsa va ular yana o‘zlariga va’da qilingan ne’matlar ichida bo‘lib, tayyorlab qo‘yilgan narsalardan orom olishda davom etsalar, deganidir. Biroq bu, ulardan g‘oyib bo‘lsa, ular Allohni yana unutadi va ko‘rishdan to‘silib, jannat ne’matlari bilangina kifoyalanadilar, degani emas. Alloh taolo ularni unutgan narsalariga qaytaradi, ayni paytda ularni boshqa ko‘rib bo‘lmaydigan qilib to‘smaydi. Bunga hadisdagi: "Uning nuri va barakoti ular bilan qoladi", degan jumla dalolat qiladi.
   Hikoya qilinishicha, Majnunga: "Laylini senga chaqirib beraylikmi?" deyishdi. "U mening yonimdamasmidi?" deya hayratlandi Majnun. Keyin undan: "Laylini yaxshi ko‘rasan-mi?" deb so‘rashdi. "Muhabbat visolning urug‘i. Menda esa, visol bo‘lib o‘tdi. Men Layliman, Layli menman", dedi u.

Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 19 Avgust 2009, 16:28:51
"œVA YANA BIZNING HUZURIMIZDA QO’SHIMCHA (IZZAT-IKROM)LAR HAM BORDIR" OYATI HAQIDA.

   Yahyo ibn Salom aytadi: "Bizga kufa ahlidan bir kishi Rasulullohning ushbu hadislarini aytib berdi: "Jannat ahli har juma kuni kofurdan bo‘lgan, chetlariga ko‘z yetmaydigan tepalik ustida turib, Parvardigorlariga qaraydi. U tepalikda qirg‘oqlari mushklik daryo oqadi. U yerda shunday joriyalar borki, avvalgilaru oxirgilar eshitgan ovozlarning eng go‘zali bilan Qur’on o‘qiydilar. Manzillariga qaytsalar, har bir kishi ulardan xohlaganining qo‘lidan ushlab makonlariga olib ketadi. So‘ng durdan bo‘lgan peshtoqlar oldidan o‘tadilar. Agar Alloh taolo ularni manzillariga to‘g‘rilab qo‘ymasa, har juma Alloh ularga yangi narsalar barpo qilgani sababli manzillarini topa olmas edilar".
   Ibn Vahb zikr qiladi: Ibn Mas’ud aytdilar: "Jumaga shoshilinglar, chunki Alloh jannat ahliga har juma ko‘rinadi. Ular oq kofurdan bo‘lgan tepalikda Allohga yaqin bo‘ladilar". Ibn Muborak aytadilar: "Dunyoda jumaga qanchalik shoshgan bo‘lsalar, qiyomatda Allohga shunchalik yaqin bo‘ladilar".
   Hasan Alloh taoloning mazkur oyati haqida shunday deydi: "Qo‘shimcha ne’mat Allohning jamoliga qarashdir.  Jannat ahliga juma kunidan ham sevimliroq kun yo‘q. Chunki ular u kunda Allohni ko‘radi".
   Ba’zilar: "Qo‘shimcha izzat-ikromdan murod hurlarning ularga nikohlab berilishidir", deydi. Kasir ibn Murradan zikr qilinadi: "Qo‘shimcha izzat-ikromlardan biri shuki,
jannat ahlining ustidan bulut o‘tadi va: "Sizlarga nima yog‘dirilishini xohlaysizlar?" deydi. Ular nimani xohlasalar, o‘sha zahoti shu narsa yog‘adi". Xolid aytdi: "Kasir: "Agar Alloh meni shu kunga yetkazsa, osmondan bizga ziynatli go‘zal joriyalarni yog‘dirishini so‘ragan bo‘lur edim", dedi".
   Ibn Amrdan rivoyat qilingan hadisda: "Allohga eng mukarram bo‘lgan kishi Allohga ertayu kech tikilib o‘tiradi", deyilgan. Bu xabar jannat ahli Alloh taoloni ko‘rishda turlicha bo‘lishlariga dalolat qiladi.
   Darhaqiqat, Abu Yazid Bastomiy: aytadiki: "Alloh taoloning shunday bandalari borki, agar jannatda Alloh taoloni bir lahza ko‘rmasalar, jannat va uning ne’matlaridan (qutilishga) yordam so‘raydilar, xuddi do‘zax ahli do‘zax azobidan (qutilishga) yordam so‘raganlaridek".

Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 21 Avgust 2009, 10:55:13
JANNAT VA DO’ZAX AHLI HAQIDA KELGAN OYAT VA ULAMOLAR TAFSIRI XUSUSIDA ULAMOLARNING SO’ZLARI.

   Alloh taoloning: "Ularning ko‘ngillaridan (bir-birlariga nisbatan bo‘lgan) g‘illu g‘ashliklarni tortib olurmiz" (A’rof, 43), oyati xususida Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: "Jannat ahli jannatga kirganda birinchi bo‘lib, ularga ikkita buloq ko‘rsa-tiladi. Uning bittasidan ichadilar, bas, Alloh taolo ularning qalbidagi barcha g‘illu g‘ashliklarni ketkazadi. So‘ng ikkinchi buloqqa tushib, unda cho‘miladilar, bas, ranglari yarqirab, yuzlari soflashadi va ularda ne’matlar jilvasi ko‘rinadi".
   Ali roziyallohu anhu Alloh taoloning: "Va Parvardigorlari ularni nihoyatda pokiza sharobla sug‘organdir" (Inson, 21), oyati haqida shunday deydilar: "Jannat ahli jan-natga yo‘l olganlarida, ostidan ikkita chashma oqib turgan daraxt oldidan o‘tadilar. U chashmaning biridan ichadilar, bas, ularda ne’mat jilvasi tovlanadi va bundan keyin hech qachon terilari o‘zgarmaydi, sochlari to‘zimaydi. So‘ng ikkinchisidan ichadilar, bas, ularning qorinlaridagi barcha aziyatdan iborat narsa chiqarib tashlanadi. Keyin ularnn jannat qo‘riqchilari: "Sizlarga tinchlik-omonlik bo‘lsin! Xush keldingiz! Bas, unga kirib, mangu qolingiz" deya kutib oladilar".
   Ibn Muborak zikr qilishicha, Ali roziyallohu anhu: "Parvardigorlaridan qo‘rqqan zotlar esa, to‘p-to‘p holda (jannatga) kelib yetganlarida..." (Zumar, 73) oyatini uch marta tilovat qildilar va: "Yetganlarida jannat darvozasi oldida ostidan ikki chashma oqib turgan daraxtni ko‘radilar. Ularning biriga xuddi buyurilgandek boradilar va unda cho‘miladilar. Shundan so‘ng ularning sochlari hech qachon to‘zimaydi va terilari o‘zgarmaydi, xuddi yog‘ bilan yog‘langandek muloyim bo‘ladi. So‘ng ikkinchisiga boradilar, undan ichadilar va ularning qorinlari pok bo‘lib, ichkaridagi barcha iflosliklar yuvib tashlanadi. Ularni jannat darvozalarining har birida farishtalar: "Sizlarga tinchlik-omonlik bo‘lsin! Xush keldingiz! Bas, unga kirib, mangu qolingiz'', deb peshvoz chiqadilar. So‘ng ularni yosh xizmatchilar kutib olib, xuddi dunyoda uzoqdan kelgan mehmonlarni aylantirgani kabi, sayr ettirib: "Ey Falonchi!  Xursand bo‘l! Alloh senga mana bularni tayyorlab qo‘ydi", deydi. So‘ng ulardan bir bola xotinlarining oldiga borib:  "Dunyoda ismi falonchi bo‘lgan falonchi keldi", deydi. Xotini undan: "Uni ko‘rdingmi?" deb so‘raydi, hursandligidan hayajonlanib ketadi va eshik ostonasida kutib turadi. So‘ng keladi va uylar yashil, sariq, qizil va hokazo turli rangdaga dur toshlardan qurilganini ko‘radi. So‘ng o‘tirib tomosha qiladi, gilamlar to‘shalgan, buloq bo‘yida qadahlar terib qo‘yilgan, yostiqlar tizilgan bo‘ladi. So‘ng binoning shiftiga qaraydi, agar Alloh taolo taqdir qilmaganida, uning ko‘zi, albatta, ko‘r bo‘lardi, chunki shift chaqmoq misolidir. So‘ng Alloh taolo bizga xabar berganidek "Bizlarni bu (ne’matlarga) yo‘llagan zot — Allohga hamdu sano bo‘lgay. Agar bizni Alloh hidoyat qilmaganida, hargiz yo‘l topa  olmas edik" (A’rof, 43), deydilar".
   Qitbiy "Uyunul axbor" nomli kitobida Ali roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan Alloh taoloning: "Biz taqvodor zotlarni otliq hollarida Rahmon dargohiga to‘playdigan kunni (eslang)" (Maryam, 85), oyatidagi "Otliq"dan murod nima?" deb so‘radim. U zot: "Otliq hollarida to‘planadilar", dedilar.   So‘ng "Nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ular qabrdan chiqsalar, ustlarida oltindan bo‘lgan egarlar, turli-tuman gavharlardan bo‘lgan bezaklar tizilgan tuyaga minadilar, tuya ularni jannat darvozasi oldiga olib boradi. Jannat darvozasi oldida bir daraxt bor, uning tagidan ikki buloq chiqib turadi. Ularning biridan ichadilar. Ichganlari qorinlariga yetgach, Alloh ularni dunyodagi kirlik va axlatdan pok qiladi. Bu Alloh taoloning: "Parvardigorlari ularni nihoyatda pokiza sharobla sug‘organdir", degan so‘zidir. So‘ng ikkinchi buloqda cho‘miladilar, shundan keyin, ularning boshlari to‘zi-maydi, ranglari o‘zgarmaydi. So‘ng jannat darvozasining halqasini qoqadilar. Agar xaloyiq uning jarangini eshitsa, albatta, aqldan ozadi. So‘ng darhol Rizvon ismli farishta ularga eshikni ochadi. Ular uning go‘zal yuziga qarab, tiz cho‘kadilar. Rizvon ularga: "Ey Allohning do‘stlari, men sizlarga vakil qilinganman", deydi va ularni kumushdan bo‘lgan qasrlarga olib boradi, u qasrning ayvonlari oltindan bo‘lib, nurliligi, nozikligi va go‘zalligidan ichkarisi tashqarisidan, tashqarisi ichkarisidan ko‘rinib turadi. Shunda Alloh do‘stlari: "Ey Rizvon, bular kimniki?" deb so‘raydilar. Rizvon: "Sizlar uchun", deydi. Shunda, agar jannat ahlidan o‘lim ko‘tarilmaganida, ularning ko‘pchiligi shoddikdan o‘lgan bo‘lur edi. So‘ng ulardan biri qasrga kirishni xohlaydi. Rizvon unga: "Menga ergash, Alloh taolo sen uchun tayyorlab qo‘ygan narsalarni ko‘rsataman", deydi. Keyin unga qasrlarni, chodirlarni va boshqa narsalarni ko‘rsatadi. So‘ng uni yoqutdan bo‘lgan bolaxonaga keltiradi. U bolaxonaning pastidan yuqorisigacha yuz ziro’ bo‘lib, dur va yoqutlar turli-tuman ranglarda tovlanib turadi. Bolaxonada so‘ri bor, uzunligi va kengligi bir farsax, ustma-ust taxtlangan to‘shaklar uning ustida. Bu hol Alloh taoloning: "Baland ko‘tarilgan ko‘rpachalar (usti)dadirlar" (Voqea, 34), degan so‘zidir. To‘shaklar ham, so‘ri ham nurdan. Alloh do‘stining boshida toj bo‘ladi, unda yetmish bo‘lak bo‘lib, har bo‘lagida nur sochib turgan yetmishta yoqut bor. Darhaqiqat, Alloh uning yuzini to‘lin oydek qilgan.  Va unda nurdan yarqirab turgan uzun zanjirlar bor. Unda uchta — oltindan, kumushdan va durdan bo‘lgan bilaguzuk taqilgan. Bu Alloh taoloning: "Ular u joyda oltindan bo‘lgan bilaguzuklar va marvarid-marjonlar bilan bezalurlar, liboslari esa harir-ipak bo‘lur" (Haj, 23), degan oyatiga muvofiqdir", dedilar.
   Alloh taoloning: "(U diyor) abadiy turiladigan jannatlar bo‘lib..." (Ra’d, 23) oyati haqida Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: "Jannatlar yettita: dorul-jalol (ulug‘lik diyori); dorus-salom (tinchlik diyori); jannatu adn (mangu jannat); jannatul-ma’vo (ma’vo jannati); jannatul-xuld (abadiy jannat); jannatul-firdavs; jannatun-na’im".
   "Jannatlar to‘rtta", ham deyilgan. Chunki Alloh taolo: "Parvardigori (huzurida) turishdan qo‘rqqan kishi uchun ikki jannat bordir" (Rahmon, 46), deb ortidan: "U ikki (jannatdan) quyiroqda ikki jannat bordir" (Rahmon, 62), dedi.
   Bu to‘rtta jannatdan boshqa beshinchi jannatni jannatul-ma’voni ham zikr qilganku, deyilsa: "Ma’vo jannati barcha jannatlarning umumiy nomidir", deyiladi. Bunga Alloh taoloning ushbu so‘zi dalolat qiladi:
   "Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar uchun qilib o‘tgan amallari sababli jannat ma’volari manzil bo‘lur" (Sajda, 19).
   "Jannat" lafzi ismi jinsdir. Shuning uchun ba’zan "jannat", ba’zan "jannatlar", deb aytiladi. "Adn jannati" ham shunday. Chunki "adn" mangu degani, hamma jannat ham mangudir. Xuddi shuningdek, "ma’vo" ham, u boshpana, joy, degani, hamma jannatlar ham mo‘minlar uchun joydir. "Dorus-salom" va "dorul-xuld" ham shunday, barcha jannat tinchlik-omonlik va abadiylik diyoridir. Shuningdek,. "jannatun-na’im" ham, chunki hamma jannat turli ne’matlarga to‘la. Bu hakda Halimiy "Minhojuddin" kitobida zikr qilib aytganki: "Biz Adn, Ma’vo, Na’imlarni alohida-alohida jannat demaymiz, chunki Alloh uning nomlarini bir joyda bitta jannat uchun zikr qilgan bo‘lsa, boshqa joyda barcha jannatlarni shu nom bilan zikr qilgan. Shundan bilamizki, bu nomlar jannatlarni bir-biridan ajratish uchun emas, balki barcha jannatlar uchundir. Ayniqsa, Alloh taolo son bilan zikr qildi va uni to‘rttadan oshirmadi. Va bu jannatlarga darvozalar ham qildi va darvozalarni ochiq holda deb aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:  "Jannat darvozalari sakkiztadir", deganlar. Ehtimol, to‘rtta jannat-ning har birida ikkitadan darvozasi bordir.  Shuningdek, jannat ahlini sifatladi va sifatlayotganda ularni ikki sinfga ajratdi: biri — muqarrab-peshqadamlar; ikkinchisi — o‘ng tomon egalari. Va bizlarga bildirdiki, peshqadamlar yuqoridagi ikki oliy jannat egalari, o‘ng tomon egalari esa, u ikki jannatdan quyiroqdagi ikki jannat egalaridir". Bu haqda rivoyatlar kelgan.
   Said ibn Jubayr Ibn Abbos roziyallohu anhudan: "Parvardigor huzurida (turishdan) qo‘rqqan zotlar uchun ikki jannat bordir" (Rahmon, 42), oyatidan to "U ikki (jannat)dan quyiroqda ikki jannat bordir" (Rahmon, 62), oyatigacha bo‘lgan oyatlar haqida shunday rivoyat qiladi: "Avvalgi ikki jannat muqarrablar uchun, keyingi ikki jannat o‘ng tomon egalari uchundir". Abu Muso Ash’ariydan ham shunga o‘xshashi rivoyat qilingan.
   Alloh taoloning: "Ular u joyda oltindan bo‘lgan bilakuzuklar va marvarid-marjonlar bilan bezanurlar..." (Haj, 23), oyati haqida mufassirlar aytadilar: "Jannat ahlidan biror kimsa yo‘qki oltindan, marvariddan, kumushdan bo‘lgan uchta bilakuzuk bo‘lmasa. Bu yerda "oltindan va marvariddan" deyildi, boshqa oyatda: "...Ular kumush bilakuzuklar bilan bezangandirlar" (Inson, 21), deyilgan.
   Sahih hadislarning birida: "Mo‘minnning bezagi tahorat yetgan joygacha yetadi", deyilgan".
   Mufassirlar: "Podshohlar dunyoda bilakuzuk va tojlarni kiyar ekan, Alloh taolo jannat ahliga ham ularni kiydiradi, zero, ular jannatda podshohdirlar", deydilar.
   Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: "Mo‘minning jannatdagi hovlisi yaxlit durdan o‘yib yasalgan bo‘lib, unda qirqta uy mavjud, o‘rtasida daraxt bor, undan zeb-ziynatlar o‘sadi. U barmog‘i bilan marvarid, zabarjad va marjondan tizilgan kiyim-kechaklardan yetmishtasini oladi".
   Abu Hurayra rivoyat qiladilar: "Eshitishimcha, Allohning do‘sti ikki tarafli kiyim kiyadi. Kiyimning ikki tarafi chiroyli ovozda bir-birlari ila gaplashadi. Jasadga tegib turgan tarafi: "Allohning do‘stiga men mukarramroqman, chunki men uning badanini ushlayapman, sen esa tega olmaysan", deydi. Tashqarisi shunda aytadi: "Allohning do‘stiga men mukarramroqman, chunki men uning yuzini ko‘rib turibman, sen esa ko‘ra olmaysan", deydi".
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 21 Avgust 2009, 11:14:01
DAVOMI...

   Yuqorida o‘tdiki, kim bu dunyoda ipak kiysa, oxiratda kiymaydi. Bu hadisni Abu Said Xudriy rivoyat qilganlar. Abu Amr rahimahulloh uni sahihligini aytib shunday deganlar: "Bu gap xuddi, mast qiluvchi ichimliklarni ichuvchi odam qachon jannatga kirsa, may ichmaydi ham, eslamaydi ham, uni ko‘rmaydi ham, nafsi ham xohlamaydi, deganga o‘xshashdir. Dunyoda ipakni kiygan odam ham, agar tavba qilmasa, shunday bo‘ladi". Tillo idishlarni ishlatib, tavba qilmaganlar ham shu hukmda. Ba’zilar: "Maydan, ipak libosdan, oltin idishda ichishdan mahrum qilinishlari do‘zaxda azoblanayotgan chog‘larida bo‘ladi. Do‘zaxdan shafoat yoki umumiy rahmat bilan chiqib, jannatga kiritilsalar, ular may, ipak kabi narsalardan mahrum bo‘lmaydilar. Chunki jannatda dunyo lazzatidan biror narsaning bo‘lmasligi jazolash va aziyatning bir turidir. Jannatda esa har qanday ko‘rinishdagi aziyat ham, jazo ham bo‘lmaydi", deydilar.
   Abu Said Xudriyning hadisi bu so‘zlarni rad qiladi. Chunki, quyi darajadagi banda o‘zidan yuqori darajani xohlay olmaydi. Bu unga jazo emas. Shu kabi jannat maylarini ham, ipaklarini ham nafsi xohlay olmaydi. Va bu unga aziyat bo‘lmaydi.
   Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannat ahlidan bo‘lgan bir kishi bir oyda mingta hurga nikohlanadi.  Ularning har biri bilan dunyoda qancha yashagan bo‘lsa, shuncha muddat qo‘shiladi".
   Ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar: "Jannat ahlidan bo‘lgan bir kishi hur bilan yetmish yil qo‘shiladi. Bir-biriga hecham malol kelmaydi. Har qachon kelsa, uni bokira holida topadi va uning shahvati ham qaytadi, so‘ng uni yetmish kishining quvvati bilan jimo’ qiladi".
   Musayb ibn Shurayk aytadi: "Nabiy sollallohu alayhi va sallam Alloh taoloning:
   "Darvoqe’, biz ularni (ohu ko‘z hurlarni) daf’atan paydo qildik (ya’ni, ular onadan tug‘ilmadilar, balki Allohning qudrati bilan daf’atan paydo bo‘ldilar). So‘ng o‘ng tomon egalari uchun (yoshda ham husnu jamol va qaddu qomatda ham) bir-biriga teng, ehtirosli bokira qizlar qilib qo‘ydik" (Voqea, 35 — 36) oyati haqida shunday dedilar:  "Ular (ya’ni, ohu ko‘z hurlar) dunyo ojizalaridir. Alloh ularni yangidan paydo qildi. Har sayin erlari ularga kelsa, ularni bokira holda topadi". Oisha roziyallohu anho buni eshitgach: "Og‘riqdan qiynalmaydimi?" deb so‘radilar. U zot: "U yerda og‘riq bo‘lmaydi", dedilar.
   Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannat ahlidan bo‘lgan kishi jufti bilan bir manzilda yetmish yil ne’matlanadi. So‘ng undan ham go‘zalroq va nurliroq boshqa bir hujradan: "Sen bizga olijanoblik qiladigan vaqt yetmadimi?" degan ovoz keladi. U: "Sen kimsan?" deydi. Hur: "Men  Alloh taolo: "Bizning huzurimizda qo‘shimcha (izzat-ikrom)lar ham bor", deb sifatlagan ayollardanman", deydi. So‘ng borib, u bilan yetmish yil bir manzilda ne’matlanadi. Keyin boshqa bir xonadan undanda go‘zalrog‘i va nurlirog‘i: "Sen bizga olijanoblik qiladigan vaqt kelmadimi?" deydi. U o‘girilib: "Sen kimsan?" deydi. U: "Men Alloh taolo: "Bas, ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot bo‘lsin, deb, ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini biror jon bilmas" (Sajda, 17), deb sifatlagan ayollardanman", deydi. Bas, u yerga borib, u hur bilan bir manzilda yetmish yil ne’matlanadi. Ular mana shunday aylanib yuradilar".
   "Shak-shubhasiz, jannat egalari bu Kunda (o‘zlari istagan — orzu qilgan) ish (lari) bilan shod-xurram bo‘lguvchidirlar" (Yosin, 55-oyati) haqida Qatoda dedi: "Oxiratda yosh juvonlarla hordiq chiqarish bilan mashg‘uldirlar".
   Alloh taolo: "U joyda ular uchun erta-yu kech rizqlar hozirdir" (Maryam, 62), oyati haqida ulamolar aytadilar: "Jannatda kecha ham, kunduz ham yo‘q. Ular doim nur ichida bo‘ladilar. Kecha kirganini pardalarning tushirilishi va darvozalarning yopilishi bilan, kunduz kirganini pardalarning ko‘tarilishi va darvozalarning ochilishi bilan biladilar". Buni Abulfaraj ibn Javziy zikr qilgan.
   Termiziy "Navodirul usul" kitobida Ubbon ibn Hasandan rivoyat qilingan hadisni taxrij qiladi: "Bir kishi: "Ey Rasululloh(s.a.v.), jannatda kecha bormi?" deb so‘radi. U zot: "Nega buni so‘rayapsan?" dedilar. U kishi: "Alloh taoloning: "U joyda ular uchun erta-yu kech rizqlar hozirdir", degan oyatini eshitdim", dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "U yerda kecha bo‘lmaydi. U faqat tongni ravohga (zavoldan kechagacha bo‘lgan muddat), ravohni choshta qaytarib turuvchi yorug‘lik va nur bo‘ladi. Ular salovotlar yo‘llaydigan va farishtalar salomlar aytadigan vaqtni bildirish uchun ularga turfa xil sovg‘alar keltiriladi", dedilar.
   Ibn Abbos: "Yana biz ularni ko‘ngillari istaydigan meva-cheva va go‘sht bilan quvvatlantirdik" (Vat-tur, 22), oyatini turfa xil mevalarni qurug‘i ham, ho‘li ham, deb tushuntirganlar.
   Mujohid: "(Jannat) soyalari ularga dalil va mevalara ham  (uzib tanovul qilish oson bo‘lsin uchun) egib qo‘yilgan bo‘lur" (Inson, 14), oyati haqida aytadi: "Ya’ni, mevalar osilib qo‘yiladi, qanday xohlasalar, shunday tanovul qiladilar, xohlasalar, tik turib, xohlasalar, o‘tirib, xohlasalar, yonboshlab, xohlasalar, yotib, qanday holatda bo‘lsalar, shunday tanovul qilishlari uchun mashaqqatsiz qilib qo‘yiladi".
   Ibn Muborak ham Barro roziyallohu anhudan shu ma’noni zikr qilgan.
   Zayd ibn Aslamdan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannat ahli jannatga kirsalar, bo‘ylari uzun xurmo kabi oltmish ziro’ bo‘ladi, jan-nat mevalaridan tik turgan hollarida tanovul qiladilar" (Ibn Muborak rivoyati).
   Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, albatta, jannat ahli mevalardan to‘shaklarida yas-tangan hollarida tanovul qiladilar, hali og‘izlariga olib bormasidan, o‘rnida yana boshqasi paydo bo‘ladi" (Yahyo ibn Salom rivoyati).
   "Ularga oltindan bo‘lgan laganlar(da taomlar va qadahlarda sharoblar) aylantirilur" (Zuhruf, 71), oyati haqida Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannatning eng quyi manzili shundayki, uning (egasining) atrofida o‘n ming xizmatchi qoim bo‘ladi. Har bir xizmatchining qo‘lida ikki lagan bo‘lib, ularning biri oltindan, biri kumushdan, ularning har birida boshqasidan o‘zgacha nav bor". Buni Qitbiy "Uyunul axbor" kitobida zikr qilgan.
   Mufassirlar aytadi: "Eng quyi manzildagi kishini yetmish ming g‘ulom uni zavqlantirib, oltindan bo‘lgan yetmish ming lagan bilan aylanib yuradilar. U idishlarshshg har birida boshqasida bo‘lmagan taom bo‘ladi. Oxirgisidagi taomni birinchisidan yegandek ishtaha bilan yeydi. Oxirgisining ta’mini xuddi boshidagining ta’mini bilgandek biladi.  Jannatdagi eng yuqori manzilda bo‘ladigan kishini esa, har kuni yetti yuz ming g‘ulom har birida turli taomlar bo‘lgan yetti yuz ming idish bilan aylanib yuradilar. Laganning eng oxirgisidan birinchisidan yegan ishtaha bilan yeydi.  Oxirgisining ta’mini xuddi boshidagining ta’mini topgandek topadi. Shuningdek, qadahlarni ham aylantirib yuradilar.
   "Va o‘zi kumushdan (yasalgan bo‘lsada, nafisligidan) shisha-shisha bo‘lib ketgan qadahlar..." (Inson, 15—16). Ya’ni, shishaning sofligi kumushning oqligidan. Chunki har bir qavm o‘z yerining tuprog‘idan shisha oladi.  Jannatning tuprog‘i esa kumush, shuning uchun u yerdagi shishalar ham kumushdan yasalgan. Ibn Abbos roziyallohu anhumo bu haqda aytganlar: "U kumushning sofligidadir. Bunda jannatning yeri kumushdan ekaniga dalil bor. Chunki dunyoda idishlar tuproqdan olinadi. U idishlarning ichidan tashqi, tashqidan ichi ko‘rinib turadi. Xuddi may shisha idishda ko‘rinib turgani kabi. Birorta dunyo kumushida bunday bo‘lmaydi".
   "(U sharoblarni soqiylar) o‘lchab-belgilab qo‘ygandirlar" (Inson, 16), ya’ni, har kimning ehtiyojiga yarasha oz, ko‘p, o‘rtacha qilib o‘lchab qo‘yganlar. Bu gap Qatodaniki; Ibn Abbos va Mujohid: "Martaba-darajalariga ko‘ra belgilab qo‘yilgan, shunga yarasha keltiriladi", deydilar.   Soqiylardan murod farishtalardir.
   Shuningdek, farishtalar ularni may kosalarda sug‘orurlar. Boshqa oyatlarda keladiki:
   "Albatta, yaxshilar maykosalardan (may) ichurlar" (Inson, 5); "Ularga oqar chashmadan ichuvchilar uchun lazzat bo‘lgan oppoq (sharob) kosalari aylantirib turilur" (Saffot, 45). "Uning aralashmasi zanjabil bo‘lgan..." (Inson, 17). Arablar "zanjabil"ni juda yaxshi ko‘rar va unga zarbulmasallar keltirar edi, uni may bilan aralashtirib ichardi. Alloh taolo ularga yaxshi ko‘rgan narsalari bilan xitob qilib, go‘yo: "Agar iymon keltirsangiz, sizlarga oxiratda bu dunyoda yaxshi ko‘rgan narsalaringizga o‘xshashi bo‘ladi", demoqda.
   "Salsabil bilan sug‘orilur..." (Inson, 17). Salsabil ham chashmaning nomi bo‘lib, lug‘atda "o‘timli", deb, g‘oyatda muloyim bo‘lgani uchun shunday sifatlangan.
   Alloh taolo deydi: "Ular (jannatda) muhrlangan maydan sug‘orilurlarki, u mayning muhri mushk bo‘lur" (Mutaffifun, 25—26).
   Mujohid aytadi: "Oxirgi qultum mushk bilan muhrlanadi". Ba’zilar: "Bu mayni ichsa, oxiri mushk ta’mi bilan xotima topadi", deydi.
   
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 21 Avgust 2009, 11:15:11
DAVOMI...

Abdulloh ibn Mas’ud muhri mushk bo‘lishi haqida "Muhrlangan emas, balki aralashgan bo‘ladi", deganlar.
   Abu Dardo roziyallohu anhu aytadilar: "Kumush kabi oq mayning oxirgi qultumi mushk bilan nihoyalanadi. Agar dunyo ahlidan bir kishi qo‘lini unga bir botirib olsa, butun dunyo uning xush bo‘yini topadi".
   "Bas, bahslashguvchi kishilar (mana shunday mangu ne’matga yetish yo‘lida dunyoda solih amallar bilan) baxslashsinlar" (Muttaffifun, 26).                                                       
   "U mayning mizoji-aralashmasi tasnimdir. (Tasnim Allohning) muqarrab (yaqin) (banda)lari ichadigan bir chashmadir" (Mutaffifun, 27 — 28). Qatoda aytadi: "Undan muqarrab (yaqin) bandalar sof holda ichadilar va qolgan jannat ahllariga esa aralashtirib beriladi". Tasnim jannatdagi maylarning eng sharaflisi. U lug‘atda "baland" degan ma’noni bildiradi. Tasnim yuqoridan pastga qarab oqadigan chashmadir.
   Chashmalar muqarrablarga sharaf bo‘lish uchun yuqoriga ko‘tarib qo‘yilgan, hatto Arshning ostidan oqadi. Ali rivoyat qilgan hadis ham tasdiqlaydi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "œJannatda to‘rt chashma bor.  Ikkitasi Arshning ostidan oqadi. Alloh taolo shunday zikr qilgan: "Ular u (chashmani o‘zlari xohlagan joydan) chiqazib-oqizib olurlar" (Inson, 6). Ikkinchisi "tinmay otilib turguvchi ikki chashma"dir (Rahmon, 66). Yana ikki chashma Arshning yuqorisidan oqadi. Biri Alloh zikr qilgan "salsabil", ikkinchisi "tasnim"dir".
   Hakim Termiziy "Navodirul usul" kitobida aytadiki: "Tasnim — muqarrablar uchun; kofur —abrorlar uchun. Ularga kofurga tasnimdan aralashtirib beriladi. Jannat ahliga esa zanjabil va salsabil bo‘lgan maylar ichiriladi. Qur’on shunday zikr qilgan. Ya’ni, muqarrablarga tasnim, abrorlarga kofur, ahli jannatga zanjabil. Shuningdek abrorlarga aralashma bo‘lgani muqarrablarga sof holda, abrorlarga sof holda bo‘lgani ahli jannatga aralashma bo‘ladi.
Abrorlar — yaxshilar, sodiqlar, rostgo‘ylardir. Muqarrablar —yaqinlar, siddiqlar, o‘ta haqiqatgo‘ylar, Allohning yaqin bandalaridir.
   Hasan aytadilar: "Jannatning mayi sutdan oq, asaldan shirinroqdir".
   "Ularga oqar chashmadan ichuvchilar uchun lazzat bo‘lgan oppoq (sharob) kosalari aylantirilib turilur" (Vas-soffot, 45 — 46).
   "Yana ularning oldilarida ko‘zlarini (begonalarga qarashdan) tiyuvchi, go‘yo yashirib qo‘yilgan(oppoq) tuxumdek (pokiza, zahalanmagan) ohu ko‘zlar bo‘lur" (Vas-soffot, 48). Ya’ni, ko‘zlarini boshqalarga qarashdan tiyib, faqatgina erlariga qaraydilar.
   Ibn Zayd aytadi: "U ohu ko‘zlar erlariga: "Allohimning izzatiga qasamki, jannatda sendan go‘zalroq hech narsa ko‘rmayapman", deydi.
   Hasan va ibn Zayd aytadilar: "U ohu ko‘zlar tuyaqush o‘z patlari bilan shamol va g‘ubordan berkitib saqlab turgan tuxumiga o‘xshatildi. U tuxum oqlikda juda ham oppoq va bu ayollar ranglarining eng go‘zalidir".
   Ba’zilar: "Oqlikdan murod marvariddir, chunki Alloh taolo "Yana (ular uchun) xuddi yashirib qo‘yilgan marvarid misol ohu ko‘z hurlar bordir" (Voqea, 22), degan", deydilar.
   "U (jannat)larda xushxulq va go‘zal yuzli (ayol)lar bordir" (Rahmon, 70), oyati haqida Said ibn Abu  Omir aytadi: "Agar jannatdagi xushxulq go‘zallardan bittasi osmondan ko‘rinsa, osmonni yorishtirib yuboradi va yuzining nuri quyosh va oydan yunib keladi, uning yopinchig‘i dunyo va undagi barcha narsadan yaxshidir".
   Agarda Alloh taolo ularni xushxulq, go‘zal, deb sifatlayotgan ekan, kim yana ularni ta’riflab bera oladi, kim tasavvur qiloladi?! Hech kim.
   Ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar: "Chodir o‘yilgan durdir. Unda oltindan bo‘lgan to‘rt ming eshik tabaqasi bor".
   Abu Dardo roziyallohu anhu aytadilar: "Chodir bitta yaxlit marvariddir. Unda yetmish mint eshik bor, barchasi  durdan". Ibn Muborak.
   Hakim Termiziy Alloh taoloning: "(Ular) chodirlarda asralgan hurlardir" (Rahmon, 72), oyati haqida shunday deydi: "Rivoyatlarda kelishicha, rahmat tomchilaridan yaralgan bulut Arshdan turib yomg‘ir yog‘adi. So‘ng har bir hurga anhorlar bo‘yida kengligi qirq mil bo‘lgan chodirlar quriladi. Bu chodirlarda birorta eshik bo‘lmaydi.   Qachon Allohning do‘sti jannatga kirsa, farishtalaru xizmatchilarning birortasining ko‘zi ularga tushmaganligi bildirishi uchun chodirlar uning ko‘zi o‘ngidan ochiladi. Darhaqiqat, ular maxluqlarning ko‘zlaridan berkitilgandirlar".
   Doruqutniy "Madih" nomli kitobida Mu’tamar ibn Sulaymondan zikr qiladi: "Jannatda bokira joriyalarni o‘stiradigan daryo bor".
   Hakim Termiziy "Rafraf" haqida aytadi: "Agar unga sohibi chiqsa, xuddi belanchak kabi o‘ngu chapga, pastu yuqoriga tebranadi. Sohibi ayollari bilan, ular bu bilan lazzat oladi. Qachon "rafraf"lariga minsalar, Isrofil alayhissalom zikr va madh bilan kuy qila boshlaydi. Xabarlarda rivoyat qilinishicha Allohning maxluqlari ichida Isrofildan ham ovozi chiroyliroq biror jonzot yo‘q. Agar u zikru madhni boshlasa, yetti osmon ahli salotu tasbehlaridan to‘xtaydi. Agar yana "rafraf"ga o‘tirsalar, Isrofil alayhissalom yana turli kuylar bilan Alloh taologa zikru tasbeh ayta boshlaydi.  Shunda jannatda birorta daraxt qolmay, barchasi gullaydi, birorta parda-yu eshik qolmay, hammasi tebranadi va ochiladi, birorta eshik halqasi qolmay, barchasi turli-tuman ovozlar bilan jaranglaydi, birorta hur joriya qolmay, barchasi kuyga jo‘r bo‘ladi, qushlar ham kuylari bilan qo‘shiladi. Alloh taboraka va taolo farishtalarga: "Ularga javob qaytaringlar va dunyoda shaytonning musiqalaridan quloqlarini saqlagan bandalarimga eshittiringlar", deb buyuradi.  Bas, farishtalar kuylari va ruhoniy-qorilarning ovozlari bilan javob beradilar. Shunda ikki tarafning ovozlari aralashib, bitta yaxlit larzaga aylanadi. So‘ng Alloh azza va jalla: "Ey Dovud, Arsh oldida turib meni ulug‘la", deydi. Dovud alayhissalom barcha ovozlarni jamlovchi va yana ravshanlantiruvchi ovoz bilan Parvardigorni ulug‘lay boshlaydilar, bu bilan lazzat yanada ziyoda bo‘laveradi":
   Yahyo ibn Abu Kasir "Bas, ular (jannat) bog‘ida shodlanurlar" (Rum, 15), oyati haqida: "Ular zikr va tasbeh bilan aytiladigan kuy ichida shodlanurlar", deydi.
   Yana ular" go‘zal gilamlar" (Rahmon, 76), "Tizib qo‘yilgan yostiqlar" (G’oshia, 15) ustida yastangan hollarida o‘ltirurlar.
   ."O’ng tomon egalari (bo‘lmoq) ne (saodat)dir" (Voqea, 27). Peshqadamlardan boshqa barcha jannat ahli o‘ng tomon egalaridir.
   Ular "tikansiz butazorlarda, tizilgan bananzorlarda" (Voqea, 28—29) ne’matlanadilar.
   Mufassirlar aytadilar: "Bu banan daraxtidir. Uni arablar rangi yashilligi uchun go‘zal daraxt hisoblashadi. Bu oyatda bananni aynan zikr qilib xoslagani shundaki, qurayshiliklar butazor va banan daraxtining soyasi ko‘pligi va ko‘kalamzorligi uchun juda ham qiziqishar va yaxshi ko‘rishar edi. Shuning uchun ularga yoqtirgan narsalariga o‘xshashi bilan xitob etildi va va’da qilindi. "Va ular uchun jannatda pokiza juftlar bordir. U zotlar jannatda abadiy qolajaklar" (Baqara, 25). Ya’ni, u juftlar bavl, balg‘am, tuflash, maniy va tug‘ishdan pokdir hamda ular u yerda abadiydirlar, u yerdan chiqish yo‘q. Bu gapni Mujohid aytgan.
   "So‘rilar ustida bir-birlariga ro‘rabo‘ o‘tirgan hollarida izzat-ikrom ko‘rguvchidirlar" (Vas-soffat, 44), oyati haqida Mujohid aytadi: "Ya’ni, biri birining orqasidan g‘araz bilan qaramaydi". Ba’zilar: "Oilasi bilan qanday xohlasalar, shunday aylanadilar, hech kim bir-birining orqasiga qaramaydi", deyishgan.
   Ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar: "So‘rilar" dur, yoqut va zabarjaddan bezalgan. U so‘rilarning har bittasi   San’odan Jobiyagacha va Adndan Aylagacha bo‘lgan oraliq ma-sofagacha".
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 21 Avgust 2009, 11:26:52
MUSULMON VA MUSHRIKLARNING VAFOT ETGAN GO’DAKLARI HAQIDA.

   Abu Amr "At-tamhid bal istizkor" nomli kitobida, Abu Abdulloh Termiziy "Navodirul usul"da, shuningdek, mufassirlar  Alloh taoloning: "Har bir jon o‘zi (hayoti dunyoda) kasb qilgan amali sababli (do‘zaxda) ushlanguvchidir" (Mudlassir, 38) oyati haqida Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: "Ular musulmonlarning go‘daklaridir". Termiziy: Gunoh yoshiga yetmaganlar", deb ziyoda qilgan. Abu Amr aytadi: "Jumhur ulamolar musulmonlarning go‘daklari jannatda", deydilar. Ayrim ulamolar musulmon va mushriklarning go‘daklari jannat yoki do‘zaxdaligi haqida sukut qilganlar. Ular - Hammod ibn Zayd, Hammod ibn Salama, Ibn Muborak va Ishoq ibn  Rohavayhdirlar. Ular Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisga suyanadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan go‘daklar haqida so‘rashdi. Bas, aytdilarki: "Ularning nima qilganlarini Alloh bilguvchiroq".  Rasululloh (s.a.v.) "ular" (go‘daklar), deya umumiy aytdilar, musulmon yoki mushrik go‘dagi, deb ajratmadilar.
   Halimiy "Minhajuddin" nomli kitobida aytadi: "Mushriklar go‘daklari haqida sukut qilinadi. Musulmon go‘daklari haqida ham. Zero, Alloh taolo o‘zining azaliy va abadiy ilmi bilan ular balog‘atga yetganlarida, qanday amal qilishlariga qarab hukm etadi, bunga ushbu hadisni hujjat qilishadi: "Bir musulmon kishining yosh go‘dagi vafot qildi. Shunda  Payg‘ambar sollallohu adayhi va sallamning ayollaridan biri: "Jannat qushlaridan bo‘lgan qushga naqadar yaxshi", dedi. Shunda u zot: "Qaerdan bilasan? Albatta, Alloh jannatni yaratdi va uning ahlini ham yaratgan hamda do‘zaxni yaratdi va uning ahlini ham yaratgan", dedilar. Bu gap musulmonlarning go‘daklari haqida ham qatiy bir narsa deb bo‘lmasligiga dalolat qiladi".
   Halimiy aytadi: "Bu hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam go‘dakni jannatda deb qat’iy aytishni inkor qilganlari ehtimoldan xoli emas. Chunki bu narsadagi hukm ota-onasining iymoniga bog‘liq. Ota-onasi munofiq bo‘lishi mumkin. U holda go‘dak kofirlarning bolasi bilan qoladi. Bu fikr "Mushriklarning farzandi do‘zaxda bo‘lishi mumkin", deganlarning so‘ziga muvofiq.
   Balki bu inkor musulmonlarning bolalari haqida hali oyat tushmagan paytda aytilgan bo‘lishi mumkin. So‘ng Alloh taolo u zotga: "O’zlari iymon keltirib, zurriyotlari ham ularga iymon bilan ergashgan zotlarga (o‘sha) zurriyotlarini qo‘shdik" (Vat-tur, 21), oyatini nozil qildi. Alloh taolo bu oyatda hayoti dunyoda iymon keltirgan insonlarga zurriyotlarini e’tiqodda tobe’ etib, oxiratda ular bilan birga qilishi haqida xabar berdi. Bu bilan musulmonlarning zurriyotlari jannatdaligi bilinadi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Rabbimdan menga jannat va do‘zax ahlini ko‘rsatishini so‘radim. Tushimda menga Jabroil va Mikoil alayhissalomlar kelib: "Yur, ey Abul Qosim!" dedilar. Men go‘daklarning shovqin-suronlarini eshitib: "Ey Jabroil, bular kimlar?" dedim. "Ular musulmonlarning otalaridan oldin vafot etgan zurriyotlari. Ular ota-onalariga qo‘shilgunga qadar Ibrohim alayhissalom qaramog‘ida bo‘ladi", dedi". Bu hadis musulmon go‘daklari jannatdaligiga dalolat qiladi".
   Halimiy hujjat qilgan mazkur hadisni Abu Dovud Tayolisiy Qays ibn Robi’dan, u Yahyo ibn Ishoqdan keltirgan.
   Oisha binti Talha Oisha roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallamga janoza o‘qish uchun bir ansoriyning go‘dagi keltirildi. Men: "Hech qanday yomonlik qilmagan va yomonlik unga yetmagan", dedim. U zot:   "Ey Oisha, Alloh taboraka va taolo jannat ahlini ham, do‘zax ahlini ham ular otalarining bellarida paytidayoq yaratganini bilmaysanmi?" dedilar".
   Boshqa bir toifa ulamolar: "Musulmonlarning go‘daklari jannatda, mushriklarniki do‘zaxda", deb, Salama ibn Yazid  Ju’fiyning hadisini hujjat qiladilar: "Nabiy sollallohu alayhi va sallam oldlariga ukam bilan birga keldim va: "Ey  Rasululloh (s.a.v.), onamiz johiliyat davrida vafot etgan, lekin mehmonlarni hurmat qilar, silai rahmni o‘rniga qo‘yar, ro‘za tutar va falon, falon ishlarni qilar edi. Bu amallaridan birortasi unga naf beradimi?" dedik. U zot: "Yo‘q", dedilar.  Biz: "Onamiz johiliyatda hali esini tanimagan singlimizni tiriklayin ko‘mg‘an. Bu narsa singlimizga foyda beradimi?" dedik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Tiriklayin ko‘muvchi ham, ko‘milgan ham do‘zaxdadir, magar ko‘mgan odam keyin Islomni qabul etib, mag‘firat qilingan bo‘lsagina, najot topadi", dedilar".
   Boshqa bir rivoyat shunday deyiladi: "So‘ng u zot bizga yetgan narsani (ya’ni, xomush bo‘lganimizni) ko‘rib:  "Mening onam ham sizlarning onalaringiz bilan", dedilar".
   Bu hadisni Abu Dovud ham shunday rivoyat qilgan: "Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamdan: "Onam vafot etgan, u mehmonlarni hurmatini joyiga qo‘yar, qo‘shnilar haqqiga rioya qilar, ammo johiliyatda bir farzandini tiriklayin  ko‘mgan edi. Uning juda ko‘p molu davlati bor. Agar men uni onam uchun sadaqa qilsam, foydasi bo‘ladimi?" deb so‘radim. Shunda Rasululloh: (s.a.v.) "Islomni kim qabul etgan bo‘lsa, shundagina foyda beradi. Onang ham, tiriklayin ko‘milgan ham do‘zaxdadir", dedilar va bu narsa menga og‘ir botganini ko‘rgach: "Muhammadning onasi ham u bilan.  U ikkisida Muhammadning ixtiyori yo‘q", deb qo‘shib qo‘ydilar".
   
Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 21 Avgust 2009, 11:27:24
DAVOMI...

Abu Na’im va boshqalar Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: "Mulk egasining ikki o‘g‘li Nabiy sollallohu alayhi va sallam oldilariga kelib: "Onamiz erlarini hurmat qilar, bolalariga muloyim, mehmonlarni izzat qilar edi, lekin johiliyatda bolasini tiriklayin ko‘mgan", deyishdi. U zot: "Onangiz do‘zaxda", dedilar. Ular yuzlari bo‘zarib, ortlariga qaytishdi. Nabiy alayhissalom ularni chaqirib kelishni buyurdilar. Ular biror bir yangilik umidida xursand bo‘lib kelishdi.  Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Mening onam ham sizlarning onalaringiz bilan", dedilar.
   Abdulloh ibn Qays aytadi: "Oisha roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan musulmonlarning zurriyotlari haqida so‘radilar. U zot: "Ular otalari bilan", dedilar. Oisha: "Amal qilmasdan-a?" dedilar. "Nima qilishlarini  Alloh bilguvchiroq", dedilar. So‘ng Oisha mushriklarning zurriyotlari haqida so‘radilar. "Otalari bilan birga", dedilar.  Oisha roziyallohu anho: "Amal qilmasdan-a?" dedilar. "Nima qilishlarini Alloh bilguvchiroq", dedilar Nabiy alayhissalom.
   Abu Umar aytadi: "Abdulloh ibn Qays shomlik tobeinlardan, ishonchli. Ammo undan mazkur hadisni rivoyat qilgan   Baqiya ibn Valid zaif va ko‘p hadislari munkardir. Lekin bu hadis Oisha onamizdan boshqa yo‘l bilan ham rivoyat qilingan".
   Yana bir toifa ulamolar aytadilar: "Go‘daklar ham oxiratda imtihon qilinadi. Bunga dalil Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadis: "Rasululloh sol-lallohu alayhi va sallam johiliyat davrida (ya’ni, Islom kelmasidan avchal) halok bo‘lgan inson, nodon-aqlsiz inson hamda go‘dak haqida shunday dedilar: "Johiliyat davrida halok bo‘lgan odam: "Menga kitob ham, Payg‘ambar ham kelmadi", deydi", dedilar, so‘ng ushbu oyatni o‘qidilar: "Agar biz ularni (Muhammad kelishidan va Qur’on nozil bo‘lishidan) ilgari biror azob bilan halok qilganimizda, ular albatta:  "Parvardigoro, bizlarga biror payg‘ambar yuborganingda edi, bizlar xor-zor va sharmanda bo‘lmay, Sening oyatlaringga ergashar-itoat etar edik", degan bo‘lur edilar" (Toho, 134). So‘ngra yana so‘zlarida davom etdilar: "Nodon inson: "Ey Rabbim, menga yaxshi va yomonni ajratishim uchun aql bermading", deydi. Go‘dak esa:  "Parvardigoro, men balog‘atga yetmadim", deydi. Ulardan olov ko‘tariladi va: "Ularni qaytarib, unga kirgizinglar", deyiladi. Bas, ularni qaytaradilar va Allohning azaliy va abadiy ishida kim amal qilib, baxtlilar qatorida bo‘lishi yozilgan bo‘lsa, shu jannatga kirgiziladi va Allohning ilmida kim baxtsiz bo‘lsa (ya’ni, Islomni tanib, aqli yetib, balog‘atga yetsa ham, itoatsiz bo‘lish mumkin edi), u ushlab qolinadi. Bas, Alloh taolo: "Menga osiylik qilyapsizku, Payg‘ambarlarga qanday itoat qilardingiz", deydi".
   Bu hadis ma’no jihatidan zaifdir. Chunki oxirat imtihon diyori emas, savob va gunohlarning jazosini beradigan joy.
   Sumra ibn Jundub roziyallohu anhu Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan uzun hadisda shunday deyilgan: "Jannatda bo‘yi eng uzun kishi Ibrohim alay-hissalom. Atroflaridagi bolalar esa, barcha fitratga ko‘ra tug‘ilgan go‘daklardir". Shunda: "Ey Rasululloh, mushriklarning bolalarichi?" deb so‘rashdi. "Mushriklarning bolalari ham" dedilar" (Buxoriy rivoyati).
   Bir jamoalar ulamolar mana shu fikrdalar. Ayni paytda bu boblarda zikr qilingan fikrlarning to‘g‘rirog‘i ham shu, ya’ni, mushriklarning go‘daklari jannatdadirlar. (Mazhabimiz amomi Abu Hanifa mushriklarning bolalari kaerda bo‘lishi haqida sukut qilganlar. - Muh.) Ular fikrlariga Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisni hujjat qiladilar:  "Xadicha onamiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan mushriklar bolalari haqida so‘radilar. U zot: "Ular otalari bilan birga", dedilar. So‘ng bundan keyin yana so‘radilar. U zot unda: "Ular nima qiluvchi ekanliklarini Alloh bil-guvchiroq", dedilar. So‘ng Islom qaror topib, "Hech bir ko‘targuvchi (ya’ni, gunohkor jon) o‘zga jonning yukini (ya’ni gunohini) ko‘tarmas" (An’om, 164, Isro 15, Fotir, 18), oyati nozil bo‘lganidan keyin yana so‘radilar. U zot ularning jannatda ekani xabarini berdilar" (Abu Umar "Tahmid" kitobida keltirgan).
   Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:  "Parvardigorimdan bashariyat zurriyotidan bo‘lgan yosh bolalarni azob-lamasligini so‘radim, bas, U so‘raganimni berdi".
   Yana bir toifa ulamo: "Mushriklarning bolalari jannat ahlining xizmatchilaridir", deydi. Ularning xujjatlari Anas  roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisdir: Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Mushriklarning bolalari jannat ahlining xizmatchilaridir". Bu xabarni Abu Umar zikr qilgan, ammo isnodi quvvatli emas, biroq, ular jannatda yoki jannatda xizmatchi, degan ma’no sahihdir.

Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 21 Avgust 2009, 11:32:48
FARZANDI VAFOT QILGAN KISHINING MUKOFOTI HAQIDA.

   Muslim Abu Hassondan rivoyat qiladi: "Men Abu Hurayra roziyallohu anhuga ikki o‘g‘lim vafot qilganini aytib,  Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan u ikkovi tufayli nafsimizni shodlantiradigan hadisni so‘ylab berishini so‘radim.  U zot: "Ularning kichiklari jannatning daomislaridir (daomis — suvda yuradigan kichik hayvon), ulardan biri otasini yoki ota-onasini kutib oladi va kiyimidan yoki qo‘lidan, men sening mana bu kiyimingdan ushlaganim kabi, ushlaydi, so‘ng Alloh uni va ota-onasini jannatga kirgizadi", dedilar".
   Abu Dovud Tayolisiy Shu’ba Muoviya ibn Kurradan, u otasidan rivoyat qiladi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlariga ansorlardan bir kishi o‘g‘li bilan tez-tez kelib turar edi. Bir kuni Rasululloh   sollallohu alayhi vasallam u kishidan: "O’g‘lingni yaxshi ko‘rasanmi?" deb so‘radilar. U: "Ha", deb javob berdi. "Sen uni yaxshi ko‘rgandek, Alloh seni yaxshi ko‘rsin", dedilar shunda Nabiy (s.a.v.). So‘ng u kishi bir muddat ko‘rinmay qoldi. Uni surishtirgan edilar, o‘g‘ilchasi vafot qilganini aytishdi. (U kelgach) Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Jannat eshiklaridan biriga yetganingda, u yugurib kelib, eshikni senga ochishiga rozi bo‘lmaysanmi?!" dedilar. Atrofdagilar: "Ey Rasululloh (s.a.v.), bu faqat unga tegishlimi yoki hammamizgami?" deb so‘rashdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Hammalaringizga", dedilar".
   Uboda ibn Somitdan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Nifoslik ayollarning (ya’ni, yangi tuqqan ayolning hali nifosdan poklanmay turib vafot etgan) bolasi qiyomat kuni ularni shodlik bilan jannatga yetaklaydi" (Abu Dovud rivoyati).
   Bu hadis mo‘minlar bolalari jannatda ekaniga dalolat qiladi. Ilm ahlidan ko‘pchilikning so‘zi ham shu, Alloh taoloning ushbu: "O’zlari iymon keltirib, zurriyotlari ham ularga iymon bilan ergashgan zotlarga (o‘sha) zurriyotlarini qo‘shdik" (Vat-tur, 21), oyatining zohiri ham shu ma’noni taqozo qiladi.
   Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Kimning balog‘atga yetmagan uch farzandi vafot qilsa, unga do‘zaxdan to‘siq bo‘lishadi va u jannatga kiritiladi" (Buxoriy rivoyati).
   Ibn Mas’uddan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Kim esini tanimagan bolasidan uchtasini berib qo‘ysa, ular ota-onasi uchun do‘zaxdan mustahkam qo‘rg‘on bo‘ladilar". Abu Zar shunda: "Ikkita bolasi o‘lgan bo‘lsachi?" deb so‘radi. U zot: "Ikkita bo‘lsa ham", dedilar. So‘ng qorilarning sayyidi Ubay ibn Ka’b: "Bitta bo‘lsa-chi?" dedi. "Bitta bo‘lsa ham. Lekin dastlabki lahzadayoq sabr qilgan bo‘lsa", dedilar (Termiziy, Ibn Moja rivoyati).
   Bu hadislarning hammasida musulmonlarning go‘daklari jannatda bo‘lishiga dalil bor. Chunki bolalar rahmat qilin-ganlari tufayli otalari ham rahmat qilinyapti. Bolalar rahmat qilinmagan bo‘lsa, otalariga shafoatchi qilinishi mumkin bo‘lmagan ishdir.

Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 21 Avgust 2009, 11:39:03
JANNAT AHLINING JANNATGA KIRGAN PAYTLARIDAGI YEGULIK VA SOVG’ALARI HAQIDA.

   Abu Said Xudriy roziyallohu anhu rivoyat qiladylar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Qiyomat kuni yer bitta non zuvalagi kabi bo‘ladi, sizlar xamir qorib, zuvala qilganingiz yanglig‘ Alloh taolo uni zuvala qilgay, so‘ng jannat ahliga taom qilib yo‘llagay", dedilar. Shu asnoda bir yahudiy kelib: "Ey Abulqosim, Alloh taolo sizga barakot ato qilsin! Qiyomat kuni jannat ahliga yuboriladigan yegulik haqida sizga aytib beraymi?" dedi. Janob Rasululloh (s.a.v.): "Ha, ayt!" dedilar. Yahudiy: "Ha, Nabiy aytganlaridek, qiyomat kuni yer bitta non zuvalasi kabi bo‘ladi", dedi. Shunda Nabiy sol-lallohu alayhi va sallam bizga bir kulib qarab qo‘ydilar, hatto qoziq tishlari ko‘rinib ketdi, so‘ng "Uni xushxo‘r qiluvchi xurushlari haqida ham aytib beraymi? U "lom" va "nun" bilan xushxo‘r bo‘ladi", dedilar. Sahobalar: "U nima?" deyishdi. Janob Rasululloh (s.a.v.): "Ho‘kiz va nahang bo‘lib, ularning jigaridan o‘sib chiqqan parchasini yetmish ming kishi yeydi", dedilar" (Buxoriy va Muslim rivoyati).
   Rasulullohning (s.a.v.) mavlolari Savbon rivoyat qiladi: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlarida o‘tirgan edim, bir yahudiy ruhoniy kelib: "Assalomu alayka, ey Muhammad (s.a.v.)", dedi. Shunda men uni bir itarib yubordim, yiqilib tushishiga oz qoldi. U meng‘a: "Nega itarasan?" dedi. Men: "Rasululloh (s.a.v.), demaysanmi?" dedim. Yahudiy: "Biz uni ahli chaqiradigan nom bilan chaqiramiz", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Ahlim meni Muhammad (s.a.v.), deb chaqiradi", dedilar. Juhud: "Sendan ba’zi narsalarni so‘rash uchun keldim", dedi. Janob Rasululloh (s.a.v.) unga:  "Ayttanlarim senga foyda berarmikan?" dedilar. U: "Ikki qulog‘im bilan eshitaman", dedi. So‘ng Rasululloh (s.a.v.) qo‘llaridaga cho‘p bilan yerni chizdilar-da: "So‘ra", dedilar. Yahudiy: "Yer boshqa yerga, osmonlar boshqa osmonga aylanib qoladigan kunda insonlar qaerda bo‘ladi?" dedi. Janob Rasululloh (s.a.v.): "Ko‘priksiz zulmat-da", deb javob berdilar. Yahudiy: "Birinchi ijozat beriladigan insonlar kimlar?" dedi. Janob Rasululloh (s.a.v.): "Muhojirlarning faqirlari", deb javob berdilar. Yahudiy: "Ularning yeguliklari nima?" dedi keyin. Janobimiz: "Ular uchun jannatning ko‘katlaridan yeb yurgan jannat ho‘kizi so‘yiladi", deb javob berdilar. Yahudiy: "Uning ketidan ichadigan ichimliklari nima bo‘ladi?" dedi. Janob Rasululloh (s.a.v.): "U yerdagi salsabil chashmasidan ichadilar", dedilar. Shunda haligi juhud ruhoniy: "Rost aytding", dedi" (Muslim rivoyati).

Nom: Re: "JANNAT VASFI". Imom Qurtubiy
Yuborildi: IXLOS 21 Avgust 2009, 11:46:20
JANNAT KALITI "LAA ILAHA ILLALLOH" KALIMASI HAMDA NAMOZ EKANI HAQIDA.

   Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Namozning kaliti - tahorat, jannatning kaliti - namoz" (Abu Dovud rivoyati).
   Muoz ibn Jabalni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Yamanga yuborayotganlarida unga shunday dedilar: "Tez kunlarda ahli kitoblar sendan jannat kaliti haqida so‘raydilar, ularga "Laa ilaha illalloh", deb guvohlik bermoq, degin" (Bayhaqiy rivoyati).
   "Sahihul Buxoriy"da kelishicha, Vahb ibn Munabbahga: "Jannatning kaliti "laa ilaha illalloh" emasmi?" deyildi. Vahb:  "Shundoq, lekin har qanday kalitning tishlari bo‘la-di. Agar kalit tishli bo‘lsa, eshik ochiladi, tishi bo‘lmasa, ochilmaydi", dedi.
   Tishlar Alloh taoloni yakka-yu yolg‘iz bilish va Ungagina ibodat qilishdan iborat.
   Alloh taolo dedi: "Iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlarga xushxabar beringki, ular uchun ostlaridan daryolar oqib turuvchi bog‘lar bor" (Baqara, 25);
   "Albatta iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar uchun firdavs bog‘lari manzil bo‘lur" (Qahf, 107).
   Iymon bilan amal haqidagi bunday misollar Qur’onda juda ko‘p. Yuqorida Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilingan birinchi hadisning taqozosi ham shu.
   Jannat kaliti faqat tavhid ekani haqida hadislar juda ko‘p. "Sahihayn"da Abu Zar va boshqalardan rivoyat qilinadi:  Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Kim Alloh ta-ologa biror narsani shirk keltirmasdan vafot qilsa, jannatga kiradi", dedilar. "Zino va o‘g‘rilik qilsa hammi?" deyishdi. "Zino va o‘g‘rilik qilsa ham", dedilar.
   Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Malakul mavt (O’lim farishtasi) bir kishining oldida hozir bo‘ldi. A’zolarining har birini qarab chiqdi va hech qanday yaxshilik topmadi. So‘ng qalbini yorib ko‘rdi, unda ham hech narsa topmadi. So‘ng jag‘ini ochdi va tili tanglayiga "laa ilaha illalloh" deb yopishib qolganini ko‘rdida; "Ixlos kalimasini aytganing evaziga senga jannat vojib bo‘ldi", dedi" (Tabaroniy rivoyati).







"Tazkira..."ning "Jannat bobi" tugadi
Nom: Re: JANNAT VASFI ("Tazkira"dan). Imom Qurtubiy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Avgust 2009, 05:53:00
MUNDARIJA

Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184516#msg184516)
Jannat ne’matlari, sifatlari va u haqida kelgan xabarlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184517#msg184517)
Jannat ahlining bu dunyodagi sifatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184518#msg184518)
Jannatlarning bir-biridan afzalligi bormi? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184521#msg184521)
Jannat ne’matlari va jannat ahliga tayyorlab qo‘yilgan narsalarning sifati haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184527#msg184527)
Jannat anhorlari va tog‘lari hamda ularning bir parchasi dunyoda mavjudligi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184530#msg184530)
Ya’juj ma’juj chiqib zamon oxirlashganda, bu davrlarning yo‘qolishi, Qur’on va ilmning ko‘tarilishi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184531#msg184531)
Jannat daryolari qaerdan oqib chiqadi? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184533#msg184533)
Xamr jannat egalarining sharobi ekani, kim uni dunyoda ichsa, oxiratda ichmasligi, jannat egalarining libos va idishlari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184535#msg184535)
Jannat daraxtlari, ularning mevalari va dunyodagi mevalarga o‘xshashlari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184538#msg184538)
Jannat liboslari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184540#msg184540)
Jannatdagi barcha daraxtlarning tanasi oltindan ekani haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184541#msg184541)
Jannatdagi ziroat (ekin-tikin) haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184542#msg184542)
Jannat eshiklari, ularning soni, kimlar uchunligi, nomlari va kengligi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184544#msg184544)
Jannat darajalari va ulardan mo‘minga beriladiganlari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184546#msg184546)
Jannat bolaxonalari va ularning egalari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184547#msg184547)
Jannatdagi qasrlar, hovlilar, uylar va mo‘min banda erishadigan narsalar haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184556#msg184556)
Alloh taoloning "Baland ko‘tarilgan ko‘rpachalar", degan oyati haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184557#msg184557)
Jannat chodirlari, bozorlari, jannatiylarning dunyoda qilgan ishlari va ibodatlarini eslashlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184558#msg184558)
Hech kimning jannatga ruxsatsiz kirmasligi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184559#msg184559)
Jannatga birinchi kiradiganlar faqirlar ekani haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184561#msg184561)
Jannat ahlining sifati, darajasi, yoshi, bo‘yi, yoshligi, teri, kiyimi, tarog‘i, tutatqisi, jufti va tili hamda jannatda bo‘ydoq  bo‘lmasligi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184562#msg184562)
Hurlar, ularning so‘zlari va odamiy ayollarning javoblari hamda xo‘jayinlari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184563#msg184563)
Yaxshi amallar hurlarning mahri ekani haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184564#msg184564)
Hurlar nimadan yaralganligi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184565#msg184565)
Kishi dunyoda qaysi xotin bilan bo‘lsa, oxiratda ham u bilan bo‘lishi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184566#msg184566)
Jannatda yeyish, ichish va nikoh xaqiqatda borligi, ifloslik, kamchilik va uyquning yo‘qligi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184567#msg184567)
Mo‘min qachon jannatda bolani xoxlasa, bir lahzada homila bo‘lishi, tug‘ilishi va ulg‘ayishi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184568#msg184568)
Jannatdagi barcha narsa abadiy, eskirmaydi,  bo‘lmaydi, tugamaydi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184570#msg184570)
Jannatdagi ayol-hurning dunyoda yurgan juftlarini ko‘rishi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184571#msg184571)
Jannatdagi qush, ot va tuyalar haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184572#msg184572)
Hino jannat rayhonlarining sayyidi ekani va jannat rayhonlar bilan o‘ralgani haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184573#msg184573)
Qo‘y va echki jannat hayvonlaridan ekani haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184574#msg184574)
Jannatning atrofi, hidi va so‘zlashi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184575#msg184575)
Jannatga ekin daraxt ekish "Subhonallohi val hamdu lillahi..." kalimasi ekani haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184576#msg184576)
Zikr jannatni bino qilishda mablag‘ ekani haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184577#msg184577)
Jannat ahlining eng quyi va eng oliy darajasi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184578#msg184578)
Allohning roziligi jannatdan afzalligi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184579#msg184579)
Jannat ahlining Alloh taoloni ko‘rishi eng katta ne’mat ekani haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184580#msg184580)
Alloh taoloni ko‘rish haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184581#msg184581)
Jannat ahliga alloh taoloning salomi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184583#msg184583)
"œVa yana bizning huzurimizda qo‘shimcha (izzat-ikrom)lar ham bordir" oyati haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184584#msg184584)
Jannat va do‘zax ahli haqida kelgan oyat va ulamolar tafsiri xususida ulamolarning so‘zlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184757#msg184757)
Musulmon va mushriklarning vafot etgan go‘daklari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184762#msg184762)
Farzandi vafot qilgan kishining mukofoti haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184764#msg184764)
Jannat ahlining jannatga kirgan paytlaridagi yegulik va sovg‘alari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184769#msg184769)
Jannat kaliti "Laa ilaha illalloh" kalimasi hamda namoz ekani haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.msg184770#msg184770)
Nom: Re: JANNAT VASFI ("Tazkira"dan). Imom Qurtubiy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Avgust 2009, 05:56:07
Jannat vasfi

(http://ziyouz.com/images/books/jannat_vasfi.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=426)

Muallif: Imom Qurtubiy
Hajmi: 500 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=426)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3873.0)