forum.ziyouz.com

Kutubxona => O'zbek adabiyoti => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 01:57:43

Nom: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyul 2006, 01:57:43
O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" kitobi haqida fikr va mulohazalaringiz?
Nom: Re: Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O'tkir Hoshimov
Yuborildi: forumnnb 17 Iyul 2006, 21:14:18
Juda yaxshi yozilgan fikr va mulohazalar...
Ayniqsa menga quyidagi mulohazasi yoqadi:
Xullas, o`zbek to`y qilibdi. osh damlanibdi, to`y yaxshi o`tibdi. Ertalab O`tkir Hoshimov uyqudan turib qarasa, qo`shni tomonda janjal bo`layotgan emish, O`tkir Hoshimov choponini elkasi tashlab kirib boribdi o`sha yerga. Qarasa bir burchakda qizaloq yi`g`lab turgan emish, otasi esa uni urishayotgan ekan. Nima bo`ldi? - deb so`rabdi O`tkir Hoshimov. Anavini qaramaysizmi, o`zi hali to`yning harajatlarini qutulganimiz yo`q bu esa  kitob sotib olibdi..... debdi.
Shunda O`tkir Hoshimov ushbu mulohazaning oxiriga quyidagi so`zlarni yozgan edi:
"Men birinchi marta o`zbek bo`lganimga uyalib ketdim"......


Bu gap menga juda ham qattiq ta`zir qildi
Nom: Re: Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O'tkir Hoshimov
Yuborildi: AbdulAziz 18 Iyul 2006, 02:26:31
Judayam ta'sirli mulohazalar.
O'zbek xalqining mentaliteti haqida bu asarda birqancha fikrlar mavjud.

O'zbek to'y qiladi, yillab yig'ganini bir kunda to'kib sochadi. Keyin esa... yana yillab qiyinchilik bilan mehnat qiladi... So'ng esa yana to'y... Tashqaridan kuzatib tugan odamning bu holatni ko'rib ensasis qotsa kerak.
Nom: Re: Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O'tkir Hoshimov
Yuborildi: MaxCmd 18 Iyul 2006, 16:07:56
Menga eng yoqqani "Laylak" bo`ldi. Shu gaplarni topib yozganiga jilmayib qo`yasan va ... Va ichingni NIMADIR kemirishni boshlaydi. Jilmaygan yuzing o`rnini tundlik va o`z-o`zidan pushaymonlik qoplaydi. Alam qiladi. O`zingni o`sha o`gildan nima farqing borligini o`ylab o`zingdan jirkanib ketasan. Afsuslangan holda hech narsa bilmaganday yana o`z ishlaringda davom etaverasan!
Chunki, sening ham g`o`r, go`dak bolalaring bor!

"Men birinchi marta o`zbek bo`lganimga uyalib ketdim"......

Hamma biladigan latifa ham borku, gruzinlar bilan o`zbeklar haqida. Shu ham menga juda yomon ta'sir qilgan.
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: Ziyovuddin 16 Aprel 2010, 12:32:02
Negadir shu kitobni skachat qila olmayapman?
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: HMF 16 Aprel 2010, 12:49:52
Utirasizmi skachat qilib Chorsuga tushing 3000-3500 so'mga beradi.... ana maza qilib o'qizsiz lekin rostan ham zo'r yozgan, qayta qayta o'qishni maslahat beraman .......
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: BelleQizcha 18 Aprel 2010, 08:06:40
Judayam zor kitob...hammaga tavsiya etaman ayniqsa Yoshlaga
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: Ansora 18 Aprel 2010, 16:17:29
Bu kitob har birimizni yostiq'imizni yonida turadigan kitob!

Har bir satri bir dunyo nasihatning "qaymog'i"day gap!

Asar yozuvchini o'zlari ham aytganlariday umr bo'yi kuzatgan voqealaridan kelib chiqqan holda yozilganligi uchun biz uchun juda yaxshi hayotiy qo'llanma...
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: AbdulAzim 27 Avgust 2010, 03:47:52
 :as:
Bugun shu kitobning yarmiga yaqinini o'qidim (elektron variantini). Haqiqatda juda sermazmun, foydali kitob ekan. O'tkir Hoshimovga nisbatan qarashim o'zgardi. Bu kitobni dunyoning past - balandini ko'rgan bir dono kishining hikmatlari jamlanmasi deyish mumkin.
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: Zamiraxon 27 Avgust 2010, 04:24:06
Assalomu alaykum.
Bu kichkina kitobcha shaklidagi asar 7 yoshdan 70 yoshgacha bölgan barcha öquvchilar uchun birdek yoqadi. Bolajonlar tilida aytilgan latifanamo satrlaru, yozuvchi öz hayotidan olgan qiziqarli, ostida olam-olam ma'no yashiringan hikoyalar. Ikki qator sözga ikki bet yozsa ham tushuntirish mushkul ma'noni jamlay olgan. Ötkir Hoshimovdan Allohim rozi bölsin.
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: Zulfina 27 Avgust 2010, 11:13:33
 :as:

Ba'zi insonlar har hafta yangi gazeta xarid qilishadi. Mani esa har hafta o'qishga arzirli gazetam "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"im bor. Bu kitobni qancha o'qisamam hech zerikmiman.
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: BilmasOY 27 Avgust 2010, 13:01:04
"Daftar hoshiyasidagi bitiklar"... Men bu kitobni 2-sinfda o'qigan paytlarim birinchi marta o'qigandim. O'shanda laylak haqidagi hikoya judayam yoqqandi. Keyinchalik bu kitobni yana ko'p marta o'qidim. Har o'qiganimda yangi ma'no topaman bu kitobdan. Tanqidiy fikrlar judayam tog'ri qo'llanilgan... Ota-ona va farzand o'rtasidagi munosabat zo'r tasvirlab berilgan. Voqealar real hayotdan olingan... Shunaqa hikoyalar ham borki, uni ta'siridan 2-3kun chiqolmay yurasiz. Xullas, ajoyib kitob.
 Tanqid haqidagi fikrga kelsak, O'tkir Hoshimovni tanqid qiladigan darajaga hali yetganimiz yo'q deb o'ylayman...
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: ZANGIOTA_DONIYOR 09 Noyabr 2010, 13:01:21
"Daftar hoshiyasidagi bitiklar"...elektro'n variantini olib o'qigandim. Kitobcha shaklida to'laroq chiqanini ko'rib xursand bo'ldim. Hammamiz uchun ibrat bo'la oladi. Siz ham o'qidingizmi...Manga juda yoqdi. :)
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 11 Noyabr 2010, 00:03:27
Kutubxona bo'limida shu kitobning adobe formatda 30-betligi, usha hammasimi?
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 11 Noyabr 2010, 17:24:26
Kutubxona bo'limida shu kitobning adobe formatda 30-betligi, usha hammasimi?

Shu savolga javob bervoringlar, iltimos! Bu kitobni boshqachasi ham bormi?

So'raganimni sababi, bir vaqtlar darakchi gazetasida bu kitobdan kam-kam yozilar edi, pdf formatini o'qib chiqdim, darakchida yozilganlari yo'q ekan...
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: birborekan 11 Noyabr 2010, 18:33:17
Kutubxona bo'limida shu kitobning adobe formatda 30-betligi, usha hammasimi?

Shu savolga javob bervoringlar, iltimos! Bu kitobni boshqachasi ham bormi?

So'raganimni sababi, bir vaqtlar darakchi gazetasida bu kitobdan kam-kam yozilar edi, pdf formatini o'qib chiqdim, darakchida yozilganlari yo'q ekan...

Menda kitobning 1998-yil, "Sharq" nashriyotidan chiqqan bichimi 84X108 kitobi bor. Kitob 160 sahifadan iborat.
Kitob kichkinagina, shapaloqday.
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: yoqutxon 11 Noyabr 2010, 23:52:32
Hamma rosa maqtabdi.
Tanqid qiladiganlar ham bormi?

Yoki tanqidga uchraydigan fikrlar yo'qmi u kitobda?

shu savol javobsiz qopti,O'zbekistonning yosh avlodlari?
:as: Asarni o'qib chiqqan bo'lsangiz kerak. Har holda bitta mavzuda yozilgan gapni shu asardan olinganligini darrov tanibsiz.Shunday ekan o'zingiz asarni qaysi tomonlarini tanqidga olgan bo'lar edingiz? Qaysi taraflari yoqmadi. Menga keladigan bo'lsak men bu asarni juda katta qiziqish bilan o'qib chiqqanman uni hech qanaqasiga tanqidga ololmayman....
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: jasur.best 24 Noyabr 2010, 20:33:53
Kitobdagi ko'p gaplar hazilga o'xshaydi, lekin shu hazilga aralash juda kuchli falsafa singdirilgan. Kitobni har doim sumkamda olib yuraman. O'qigan sahifaarimni ham qayta-qayta o'qiyman. Har kimga har qachon tavsiya etishga arzigulik "bitik"lar jamlangan kitobcha!
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: Nurdinboy 02 Dekabr 2010, 01:24:01
Kitob adibning ijodga kirib kelganidan buyon to'plab kelgan mulohazalari, mushohadalari, hikoyalari, xotiralari. Menga ko'proq yoqqani "Tarnov" va "Laylak" hikoyalari. Keyin Tabassumga moyil gaplardagi adibning xotiralari juda ma'qul bo'lgan. Yozuvchi bu kitobida hayot haqida, jamiyatimiz haqida, bugungi kunimizga, yaqin o'tmishimizga donishmand nighlar bilan qarab undagi har bir savolga donishmad javoblar beradi.
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: Nurdinboy 02 Dekabr 2010, 01:26:09
"Daftar hoshiyasidagi bitiklar"da kichik "bitiklar"

Olim va shoir
Hech nimaga hayron qolmaydigan odamdan olim chiqadi.
Hamma narsaga hayratlanadigan odamdan Shoir chiqadi!

Paxtakor
Ko’ngli- paxtasidek oppoq. Fe’li-paxtasidek yumshoq. Mehri- paxtasidek qaynoq"¦ faqat bitta aybi bor: "œpaxta qo’yish"ni bilmaydi.

Kapalak va toshbaqa
Toshbaqa guldan-gulga qo’nib yurgan kapalakni ko’rib g’ashi keldi. "œBir kunlik umriga uchishini qara!" Kapalak toshbaqani ko’rib kuldi. "œYuz yillik umriga sudralib yurishini qara!"
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: Nurdinboy 02 Dekabr 2010, 01:28:02
Teskari haqiqat
Odam qancha ko’p qiziqsa, shuncha ko’p o’qiydi. Qancha ko’p o’qisa, shuncha ko’p biladi. Qancha ko’p bilsa, yashashi shuncha qiyin bo’ladi.

Savob va gunoh
Odamzotning tabiati qiziq: o’zining tariqdek savobi-tarvuzdek, tarvuzdek gunohi tariqdek tuyuladi...
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: akula 27 Oktyabr 2011, 11:53:06
Man ham skachat qilolmadim iltimos admin shuni iloji bolsa qaytadan joylang
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: akula 08 Noyabr 2011, 15:41:19
iltimos biz ham shu kitobni uqiylik qayerdan olsam buladi kimda busa junatilar
Nom: Re: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: AbdulAziz 08 Noyabr 2011, 15:46:44
Man ham skachat qilolmadim iltimos admin shuni iloji bolsa qaytadan joylang

http://www.ziyonet.uz/ru/library/book/8002/libid/20300
Nom: Javob: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: Muxsiya 07 Iyun 2013, 22:54:05
O'zbek tilida yozilgan eng bebaho durdona asar, qadri tengsiz hazinadir bu kitob.
Nom: Javob: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: Ansora 08 Iyun 2013, 10:55:52
Ham yashab ham fikr qilib, ham oquvchilariga bu asari bilan katta nasihat eta olgan yozuvchimiz, Alloh rahmat aylasin...


Bazilar jild jild kitob yozadi bir gapni uqtirish uchun lekin bu asardagi har bir misra bir umrga tatiydi...
Nom: Javob: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: Muxsiya 08 Iyun 2013, 21:43:45
Mawaqqatli va achchiq bolalik yillaridan olgan xulosalarini menimcha adib wu asarda jamlagan. Alloh rahmatiga olsin.
Nom: Javob: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: Sunbula 08 Avgust 2013, 10:01:03
Kitob haqiqatdan ham juda ta'sirli va tarbiyaviy hususiyatga ega. Manga bu kitob juda yoqdi. Bu kitobni o'qishni hammaga tavsiya qilgan bo'lardim.
Nom: Javob: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: munlu 06 Avgust 2014, 05:00:38
Shu so'zlar sizga ham tasir qildimi?

Tarix “xatosi”

     To’qqizinchi asr. Muhammad al- Xorazmiy algebra faniga asos soldi.
     O’ninchi asr. Abu Nasr Forobiy Aristotelning “Metafizika” asariga ehg mukammal sharh yozib, “ikkinchi ustoz” unvonini oldi.
     On birinchi asr. Abu Rayhon Beruniy Yer bilan Oy o’rtasidagi masofani o’lchadi. Ibn Sino medetsina Qomusi- “Tib qonunlari” ni yaratdi.
     O’n to’rtinchi asr. Sohibqiron Amir Temur Yevroosiyoning yarmini tasarrufga oldi. Ahli ilm boshini silab, o’lmas obidalar yaratdi.
     O’n beshinchi asr. Ulug’bek 1019 yulduzning harakat jadvalini tuzdi. Alisher Navoiy o’lmas “Xamsa” sini yozdi.
     O’n oltinchi asr. “Boburnoma” olamga tarqaldi.
     O’n yettinchi asr. Shoh- Jahon dunyodagi yeti mo’jizaning biri- “Tojmahal” ni bunyod etdi.
     Yigirmanchi asr. O’zbek-sovet olimlari misli ko’rilmagan “ixtiro” qildilar: tarix “xato” sini tuzatib, o’tmishda biz yoppasiga “savodsiz” bo’lganimizni isbotlab berdilar…
Nom: Javob: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i haqida
Yuborildi: olim_83 23 Iyun 2017, 18:20:50
O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" kitobi haqida fikr va mulohazalaringiz?
Iltimos elektron variantini yuklang. Sotib olishni iloji yo'q shahardan uzoqdan