forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Ro'za => Mavzu boshlandi: Muhammad Amin 31 Avgust 2009, 12:27:16

Nom: Ramazon haqida ajoyib sherlar
Yuborildi: Muhammad Amin 31 Avgust 2009, 12:27:16
Ramazon fazilati


Inson ba’zan unutar

Noshukrlik kasrini

Ro’za tutarkan bilar

Ne’matining qadrini

 

Ro’za bizga o’rgatar

Sabrni va shukrni

Insonga marhamatni

Ibodatu zikrni.

 

Ramazonda shaytonlar

Bog’lanadi, bilingiz

Fursagtni boy bermanglar

Yaxshi amal qilingiz.

 

Ro’zada fayz, baraka

Doim hukm suradi

Buni his etmaganlar

Hali afsus qiladi

 

Ramazonda o’rgandik

Ko’pgina yaxshi amal

Unutmaylik ularni

Ramazondan keyin ham

 ***************************
Nom: Re: Ramazon haqida ajoyib sherlar
Yuborildi: Muhammad Amin 31 Avgust 2009, 12:27:55
O’rgandim ro’za ila

Och va suvsiz qolmoqni,

Sabr-toqat qilmoqni,

Allohga yetishmoqni,

O’rgandim ro’za ila.

 

Bandaga marhamatni,

Ro’zadagi rahmatni,

Minglab minglab hikmatni,

O’rgandim ro’za ila.

 

Yo’qsillikning ma’nosin,

Solihlarning taqvosin,

Sahovatning bahosin,

O’rgandim ro’za ila.

 

Shukr mohiyatini,

Zikr fazilatini,

Taqvodor hayotini,

O’rgandim ro’za ila.

 *******************************
Nom: Re: Ramazon haqida ajoyib sherlar
Yuborildi: Muhammad Amin 31 Avgust 2009, 12:28:31
Qabul et ro’zamizni, Allohim.

Yemadik, ichmadik

Tutdik tilimiz

Qabul et ro’zamizni, Allohim

Faqirning, yo’qsilning

Bildik holini

Qabul et ro’zamizni, Allohim

 

Qo’shnimiz och bo’lsa

Beramiz yordam

Qabul et ro’zamizni, Allohim,

Yetimning boshini

Silaymiz har dam

Qabul et ro’zamizni, Allohim.

 

Gunoh qilmaslikka

Bo’lamiz ogoh

Qabul et ro’zamizni, Allohim,

Istab rizoliging

Yashaymiz har chog’

Qabul et ro’zamizni, Allohim.
Nom: Re: Ramazon haqida ajoyib sherlar
Yuborildi: siddiqa 04 Sentyabr 2009, 04:59:04
А амазон
Ойларнинг ичида снг сркатойи,
 
Хайрли ишларга жуда хам бойи,
Мусулмон банданинг севикли ойи,
А амазон, йил буйи сени кутамиз,
Сен келсанг, шодланиб руза тутамиз.


Аввалги ун кунинг ёгилар рахмат,
Кейинги ун кунинг булар магфират,
 
Охирги ун кунинг дузахдан рохат,


А амазон, йил буйи сени кутамиз,


Сен келсанг, шодланиб руза тутамиз.

Сен келсанг, богланар шайтонлар бари,


Йуллар хам очилар жаннатлар сари,


Дузах-чи, чекиниб кетади нари,


А амазон, йил буйи сени кутамиз,


Сен келсанг, шодланиб руза тутамиз.


Ифторлик туфайли купдир маърака,


Таровехда хатм килар кори ака,


Осмондан ёгилиб турар барака,


А амазон, йил буйи сени кутамиз,


Сен келсанг, шодланиб руза тутамиз.

Охирги ун кунда Лайлатул кадр,


У кеча схшидир "мин алфи шахр",


Шунинг-чун сен билан киламиз фахр,


А амазон, йил буйи сени кутамиз,


Сен келсанг, шодланиб руза тутамиз.

Хайр деб коламиз снг охирги дам,
Гуёки уттиз кун булган каби кам,
Оллох насиб стсин, келгуси йил хам,
А амазон, йил буйи сени кутамиз,
Сен келсанг, шодланиб руза тутамиз.
Nom: Re: Ramazon haqida ajoyib sherlar
Yuborildi: siddiqa 04 Sentyabr 2009, 05:00:08
А амазон

Ўн икки ойнинг султони-
cор бслиб кел, А амазон,
А асулуллоҳ умматига
ёр бслиб кел, А амазон!

Жоним тсшай йслларингга
зор бслиб, кел, А амазон,
Хаста руҳим даво излар-
кор бслиб кел, А амазон!

«Ла илаҳа иллаллоҳ»ни
ёр қилиб кел, А амазон,
Томирларда қон бслиб оқ,
жон бслиб кел, А амазон!

Даъюслардан сл безордур-
ор бслиб кел, А амазон,
Сени суймаган нафсларни
хор қилиб кел, А амазон!

Қалб қаросин поклагувчи
қор бслиб кел, А амазон,
Мухаббатла чертилгувчи
тор бслиб кел, А амазон!

А ахмат ойи-шафқатлари
бор бслиб кел, А амазон
Гуноҳларим бир-бир осай-
дор бслиб кел, А амазон!

Ўн икки ойнинг султони-
cор бслиб кел А амазон,
А асулуллоҳ умматига
ёр бслиб кел, А амазон!
Nom: Ramazon haqida she'rlar>>>>
Yuborildi: Skato 25 Iyul 2012, 19:13:40
Assalamu alaykum vr.vb Forumdoshlar!!! Alloh qodir qilganicha Ramazon haqida she'rlarni yozishila mumkin.......
Nom: Re: Ramazon haqida she'rlar>>>>
Yuborildi: Bobur Sharipov 25 Iyul 2012, 22:21:45
Umr shoshqin daryo ekan, soy
ekan,
Bu oy "œQur’on" nozil bo‘lgan oy
ekan,
Ro‘za tutgan zot iymonga boy
ekan
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za
muborak!
Qabul qilsin Subhon Alloh
Taborak.
Ro‘za bizga yordam qo‘lin
uzatmish,
Takabburlar axloqini tuzatmish.
Rasululloh yig‘lab uni kuzatmish
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za
muborak!
Qabul qilsin Subhon Alloh
Taborak.
Miskinlarni boy yedirib ichirsin
Arazlashgan bir-birini kechirsin
Alloh olov kamzullarni yechirsin
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za
muborak!
Qabul qilsin Subhon Alloh
Taborak.
Bo‘lsang uyda, xoh dalada,
adirda,
Uxlab yotma sen Laylatul-qadrda.
Bu tun hatto ruhlar yotmas
qabrda
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za
muborak!
Qabul qilsin Subhon Alloh
Taborak.
Ro‘zamizni Alloh uchun tutaylik,
Bu dunyodan Iymon bilan
ketaylik,
Mangu xuzur-xalovatga yetaylik,
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za
muborak!
Qabul qilsin Subhon Alloh
Taborak!
Nom: Javob: Ramazon haqida ajoyib sherlar
Yuborildi: Muxsiya 07 Mart 2013, 11:55:10
Bu ramazon haqidagi emasku lekin hammamiz bilgan ramazon qo'shig'i
Ramazon aytib keldik eshigizga
Xudoyim o'g'il bersin beshigizga
Taxmonda pul, katmonda pul
Chiqaraqoling 1000 so'm pul
1000 so'm pulga ot oldinh
Otni sotib qiz oldik
Qizni oti Nigora
Non yopadi bechora
Nom: Javob: Ramazon haqida ajoyib sherlar
Yuborildi: كوثر 06 Avgust 2013, 03:35:23
                                                   O'RGANDIM  RO'ZA  ILA

Och va suvsiz qolmoqni,
Sabr-toqat qilmoqni,
Allohga yetishmoni,
O'rgandim ro'za ila.

Bandaga marhamatni,
Ro'zadagi hurmatni,
Minglab minglab hikmatni,
O'rgandim ro'za ila.

Yo'qsillikning ma'nosin,
Solihlarning taqvosin,
Sahovatning bahosin,
O'rgandim ro'za ila.

Shukr mohiyatini,
Zikr fazilatini,
Taqvodor hayotini,
O'rgandim ro'za ila.