forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: jasur.best 13 Sentyabr 2009, 14:32:46

Nom: tez o'qish
Yuborildi: jasur.best 13 Sentyabr 2009, 14:32:46
kitob yoki jurnalni qanday qilib tez o'qish mumkin. agar shuning biror yo'li bo'lsa, bu bizning vaqtimizni ancha tejagan va biz o'z vaqtimizdan samarali foydalangan bo'lardik.
Nom: Re: tez o'qish
Yuborildi: Nurdinboy 13 Sentyabr 2009, 14:41:55
Avvalambor kitobni o'qish emas - uqish darkor hurmali Jasur_best. Shoshqaloqlik mimg turli sitamlarning sababchisidir.


[вложение удалено Администратором]
Nom: Re: tez o'qish
Yuborildi: _B_E_K_ 01 Oktyabr 2009, 12:24:06
Кушиламан фикризга. Шошкалоклик куп панд бериши мумкин лекин айрим холларда фойда бериши хам мумкин. Буни шароитга караб англай олиш лозим.
Nom: Re: tez o'qish
Yuborildi: siddiqa 02 Oktyabr 2009, 14:31:18
 :as:

haqiqatdan tushunib o'qish kk ,o'zimda sinaganman ,o'tgan yilgi o'qigan 3 ta kitobimni bu yil birinchi bor o'qigandek o'qidim ,shoshib o'qimaslik kk ,

off:mavzuni nomidan maktabda 1 minutda nechta o'qish ,tez o'qish darsi bo'lardi ,shu esimga tushib ketdi . :D :D
Nom: Re: tez o'qish
Yuborildi: roziyaa 02 Oktyabr 2009, 14:59:28
maktabli paytimizda kim tez kitob o'qish boyicha sinfda dars bolardi. lekin kitobni tez o'qidimu, nima o'qivotganimi bilmasdim. Umuman tushunmasdim. Man kitob o'qisam bitta tushunmasam ikki uch marta o'qiman tushugunimcha o'qiman.
Nom: Re: tez o'qish
Yuborildi: Ansora 02 Oktyabr 2009, 19:12:10
Tez o'qish, siz  o'qiydigan matn, u matndan chiqarmoqchi bo'lgan hulosaga ko'ra har hil bo'ladi. Masalan, Turkiyada tez o'qish uchun alohida kurslar beriladi. Asosan adabiyot va tarih o'qituvchilari uchun bu juda asqotadi. Miyyaning faoliyati shu darajada mukammal yaratilgan-ki(Hamdlar bo'lsin) masalan, bir tez o'qish turida siz bir sahifaning markazidagi bir so'zga qaraysiz va 4 tarafdagi burun jumlalarni ko'ra olasiz. Bu esa yozma ish uchun soatlab vaqt ajratishi kerak bo'lgan o'qituvchi uchun juda muhim.
Nom: Re: tez o'qish
Yuborildi: yoqutxon 19 Sentyabr 2010, 07:23:21
Assalom aleykum. Mavzuda berilgan savoldan kelib chiqib javob beradigan bo'lsam. Aynan mana shunaqa qilsangiz ham tez o'qiysiz ham tez uqasiz deya olmayman. Lekin menimcha bu har bir insonda individual shaklda rivojlangan bo'ladi. Hammaning o'qish va uqish salohiyati har xil demoqchiman. Masalan menda hech qachon sekin o'qiy olmayman. Hayolim buzilib ketadi. Tez o'qisam aksincha hammasi yodimda qoladi keyin o'qiyotgan narsamni tez tushunaman .
Nom: Re: tez o'qish
Yuborildi: UzMuslim 20 Sentyabr 2010, 22:26:52
Bu Hammada Har xil Shakillanadi.Masalan Man Oldinlari Juda ham Tez O'qir edim Lekin O'qiganimni Eslab Qola Olmasdim.Hozir bo'sa Sekin LekiN O'zimga Tushunarli Qilib O'qiyman..
Adashmasam  Aqsh Prizidenti Ruzveltmidakin Bir Minutda 2000tagacha So'z O'qiy Olgan Ekan..
Nom: Re: tez o'qish
Yuborildi: UzMuslim 22 Sentyabr 2010, 01:30:19
Adashmasam  Aqsh Prizidenti Ruzveltmidakin Bir Minutda 2000tagacha So'z O'qiy Olgan Ekan..
Birodar adashdiz shekilli  ;) 1-deganda 33-ta so'z o'qishlik aqlga sig'medi ???
Siz qande sig'dirdiz hayronman  :D

Bir  Jurnalda O'qigan Edim Brodar.Albatta Alloh Bilguvchidir..
Nom: Re: tez o'qish
Yuborildi: yoqutxon 22 Sentyabr 2010, 10:51:14
Adashmasam  Aqsh Prizidenti Ruzveltmidakin Bir Minutda 2000tagacha So'z O'qiy Olgan Ekan..
Birodar adashdiz shekilli  ;) 1-deganda 33-ta so'z o'qishlik aqlga sig'medi ???
Siz qande sig'dirdiz hayronman  :D

Bir  Jurnalda O'qigan Edim Brodar.Albatta Alloh Bilguvchidir..
Assalom aleykum. Men ham o'qigandim bu haqda.Lekin Ruzveltmas, Jimmi  Karter edi bunday qobiliyatga ega bo'lgan A.q.sh Prizidenti.Odam o'z miyasining atiga 9 foizidangina foydalanishini hisobga oladigan bo'lsak bu haqiqatga yaqin narsa menimcha.
Nom: Re: tez o'qish
Yuborildi: UzMuslim 22 Sentyabr 2010, 13:11:16
Shunchun Adashmasam deb Yozdimda,adashibman Bilsam.... :13
Nom: Re: tez o'qish
Yuborildi: Gabriela 10 Oktyabr 2010, 07:17:40
masalan, men ham biror ktob yoki jurnalni qo'limga olar ekanman tez o'qishga harakat qilaman. Bu uchun ma'nosini tushunishga harakat qilgan holda tez-tez o'qiyman. Shu paytgacha yomon tarafi bo'lgani yo'q. Uni tez o'qimayman, oxiri qanday tugashini tezroq bilgim kelardi.
Nom: Re: tez o'qish
Yuborildi: jasur.best 13 Noyabr 2010, 10:39:03
masalan, bir tez o'qish turida siz bir sahifaning markazidagi bir so'zga qaraysiz va 4 tarafdagi burun jumlalarni ko'ra olasiz. Bu esa yozma ish uchun soatlab vaqt ajratishi kerak bo'lgan o'qituvchi uchun juda muhim.
Javobingiz uchunrahmat. Menga faqat shu tez o'qishni texnikasini o'rgatadigan mashqlar kerak. O'zimda 1-2ta programmalari bor, lekin sizda ham bo'lsa yuboring. 
Nom: Jurnalistlar nega tez o'qib uqishadi?
Yuborildi: Mutaallim-2010 13 Noyabr 2010, 11:43:56
Jurnalistlar nega tez o'qib uqishadi?
Shu savolga men toliq ,qonoqarli javob olganim yo'q.
Meni fikrimcha:
Zehn,farosat,idrok,fahm,ong va aql bular birgalikda tez ishlasa shundagina tez o'qib uqish mumkin.
Bularni manosi:
Zehn-???
Farosat-kuzatishlik.
Idrok-o'zgartirish(kelgan malumotni yoki bor malumotni dilda oylab ozgartirish).
Fahm-Tushunib yetish (idrokdan keyin tushunib yetganligini bilish,tushunib yetish).
Ong-tezkor hotira(ongimiz hotira omboriga kirib chiqish,qayerda nima turganligini bilish,ongga dasturlar yozilib shunga binoan ishlash).
Aql-dono,zaki,yuqoridagilarni hammasini boshqaruvchi.

Agar zehn olib kelgan malumotni uqishlik-fahimlashlik,shu fahimlay olmagandan keyin uni qanday tez uqish mumkin?Demak tez o'qish mumkin ammo tez uqish asosi maqsadku.
Tez o'qishlik uchun so'zlarni bosh harifidayoq nima deb yozilganini boshidanoq bilishni organish kerak.Masalan ''Nafsni poklash''so'zida ''nafs''so'zini o'qishingiz bilan ''p''harifi ko'rinishi bilan nima ekanini oldin ongingizda borligi uchun tez o'qib uqiladi.
Gap nima haqida ketayotganini bilib ketishlik zarur ekan. Yani o'qib uqishlikni birgalikda olib borish kerak,shunda maqsadga muofiq bo'ladi.
                                                                           Shunchaki firklarim!
Nom: Re: tez o'qish
Yuborildi: Mutaallim-2010 13 Noyabr 2010, 12:43:02
shu o'rinda yana bir gap.Bironta maqolani o'qib chiqib yana qaytadan o'qisangiz,avvalgidan ko'ra tez o'qishingiz mumkin.Demak ongingizga bu maqoladagi so'zlar joylanib tez o'qishingiz oson bo'ladi.Ha, demak,so'zlarni manosi ongingizda tilingizni uchida turadigan darajaga yetkizish kerak.
Masalan bironta tanishni uchratib qoldingiz,shunda u ongingizdagi uni kimligi,ismi,va hakozolar yodingizga tushadi.Yoki uni bironta sifatidan ham tez tanishingiz mumkin.
Asosan hayol chalg'imaslik kerak.Sababi hayol boshqa narsada bo'lsa, o'qiyotgan maqolada nima yozilganini anglanmay qoladi.Bu esa maqsadni hosil qilmaydi.

                                                   Hato va kamchiliklar bo'lgan bo'lsa,uzur!
Nom: Re: tez o'qish
Yuborildi: Mutaallim-2010 13 Noyabr 2010, 13:04:19
Eng asosiysi fikrni bir joyga jam qilib,hayolni olib qochadigan narsalardan holi bo'lish kerak.shunda asl maqsadga erishishmukin.Insha Alloh!

Yuqoridagi postlardaham juda chiroyli tarzda tushintirilibti,qoil!
Nom: Re: tez o'qish
Yuborildi: Shokir63 13 Noyabr 2010, 14:09:14
Shoshilib o'qiganda tushunmaganlar, shoshilmasdan tez o'qishsin. Ruslar aytgande "tarapis ne spisha".

Menda tez o'qish kursi bor. Turk tilida lekin.
Nom: Re: tez o'qish
Yuborildi: Zamiraxon 13 Noyabr 2010, 16:43:05
Diktorlar tez gapirganda bir chalg'isangiz tushunmay qolasiz, quloqlar ding bo'lishi kerak :)
Kitoblarni ovoz chiqarib tez-tez o'qishni yaxshi ko'raman, chetdagilarga halaqit qilmaslik uchun, boshqa xonada o'qiyman. Tepada yozganlar judayam to'g'ri aytishibdi, kitob o'qiyotgan odam chalg'isa  yaxshimas, yana qayta o'qishi kerak tushunish uchun.
Nom: Re: tez o'qish
Yuborildi: Gabriela 15 Noyabr 2010, 10:15:13
Diktorlar tez gapirganda bir chalg'isangiz tushunmay qolasiz, quloqlar ding bo'lishi kerak :)
Kitoblarni ovoz chiqarib tez-tez o'qishni yaxshi ko'raman, chetdagilarga halaqit qilmaslik uchun, boshqa xonada o'qiyman. Tepada yozganlar judayam to'g'ri aytishibdi, kitob o'qiyotgan odam chalg'isa  yaxshimas, yana qayta o'qishi kerak tushunish uchun.
ha albatta chalg'isa o'sha o'qigan narsasi kallasiga kirmay qoladi. agarda men ovoz chiqarib o'qisam atrofdagilar tushunadi, lekin o'zim tushunmi qolaman  :) :D
Nom: Re: tez o'qish
Yuborildi: jasur.best 15 Noyabr 2010, 10:29:50
Men kitob o'qish tartib qoidalarni so'ramadim, aziz forumdoshlar. Qanday qilib tez o'qish mumkinligini so'radim. Napoleon 1 minutda 2 ming so'z o'qigan. Shunga erishish yo'lini bilmoqchiman
Nom: Re: tez o'qish
Yuborildi: Mutaallim-2010 17 Noyabr 2010, 18:59:50
Men kitob o'qish tartib qoidalarni so'ramadim, aziz forumdoshlar. Qanday qilib tez o'qish mumkinligini so'radim. Napoleon 1 minutda 2 ming so'z o'qigan. Shunga erishish yo'lini bilmoqchiman

Napoleon qobilyatli bo'lgandur...
Nom: Re: tez o'qish
Yuborildi: Habib 17 Noyabr 2010, 19:02:26
Men kitob o'qish tartib qoidalarni so'ramadim, aziz forumdoshlar. Qanday qilib tez o'qish mumkinligini so'radim. Napoleon 1 minutda 2 ming so'z o'qigan. Shunga erishish yo'lini bilmoqchiman
Napоleondan so'rash kerak ;)
(hazil)
Nom: Re: tez o'qish
Yuborildi: Mutaallim-2010 17 Noyabr 2010, 19:07:02
Men kitob o'qish tartib qoidalarni so'ramadim, aziz forumdoshlar. Qanday qilib tez o'qish mumkinligini so'radim. Napoleon 1 minutda 2 ming so'z o'qigan. Shunga erishish yo'lini bilmoqchiman
Napоleondan so'rash kerak ;)
(hazil)


Meni kuldirdingiz, Alloh taolo sizni kuldirsin!
Nom: Re: tez o'qish
Yuborildi: Mutaallim-2010 17 Noyabr 2010, 19:10:54
Va mavzu ochgan birodarimizga ham tilab qolamiz.Chunki shul mavzu ham birichi sabab bo'ldi.
Nom: Re: tez o'qish
Yuborildi: jasur.best 17 Noyabr 2010, 20:14:17
Menda tez o'qish kursi bor. Turk tilida lekin.
Agar o'sha kursni online tarzda yo'llashni iloji bo'lsa yuboring. Xursand bo'lardim.