forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: ЖАМШИДЖОН 21 Sentyabr 2009, 13:35:47

Nom: ROSTGO'YLIK VA YOLG'ONCHILIK
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 21 Sentyabr 2009, 13:35:47
Assalomu aleykum!!!

Azizlarim gapimizni rostgo‘ylik va yolg‘onchilik haqida boshlaganimizning sababi, bugun aynan shu mavzuda fikr yuritamiz

Siz necha yil umr kechirdingiz? Hayotingizning qancha qismi odamlar bilan muloqotda o‘tdi, yana qancha payt ovqatlanib, uxlab yashadingiz? Necha marta yolg‘on gapirdingiz, necha marta o‘z-o‘zingizni, ota-onangizni, umuman siz bilan suhbatda bo‘lgan, sizdan biror bir savolning javobini so‘ragan odamlarni aldadingiz? Biror marta rostgo‘y bo‘lishning foydalari va yolg‘onchilikning zararlarini his qildingizmi? Yolg‘on gapirib bu aldovingiz fosh bo‘lganida mulzam bo‘lib qolmaganmisiz?

Agar shu savollarimizga «men biror marta ham yolg‘on gapirmaganman, men faqatgina do‘stlarim o‘rtasini isloh qilish uchun ularni aldaganman, men faqat bir inson hayotini saqlash uchun yolg‘onchilik qilganman» deya javob bera olsangiz, demak, baxtli odam ekansiz, demak, mo‘min ekansiz, demak, to‘g‘ri tarbiya olgan ekansiz.

Nom: Re: ROSTGO'YLIK VA YOLG'ONCHILIK
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 21 Sentyabr 2009, 13:36:41
Safvon ibn Sulaym bunday rivoyat qiladi: «Rasullullohdan (S.A.V) so‘rashdi: «Mo‘min qo‘rqoq bo‘ladimi?» «Ha», deb javob berdilar. Yana so‘rashdi: «Mo‘min baxil bo‘ladimi?» «Ha», dedilar. Yana so‘rashdi: «Mo‘min yolg‘onchi bo‘ladimi?» «Yo‘q», deb inkor qildilar.»
Nom: Re: ROSTGO'YLIK VA YOLG'ONCHILIK
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 21 Sentyabr 2009, 13:37:36
Ko‘rinib turibdiki, insonlar turli muhitda va turfa fe’lli ota-onalar qo‘lida tarbiyalanadi. Unda qaysidir fazilatlar bilan birga, qandaydir qusurlar ham birga ulg‘ayib boradi. Baxillik, qo‘rqoqlik, boringki, hasad ham kechirilishi mumkin bo‘lgan illat ekan. Ammo yolg‘onchilikni aslo kechirish mumkin emas.
Nom: Re: ROSTGO'YLIK VA YOLG'ONCHILIK
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 21 Sentyabr 2009, 13:38:40
Mas’uliyatdan qochish yolg‘on gapirishga majbur qiladi. Xalqimizda «bildim — tutildim, bilmadim — qutildim» degan gap borku. Bildim degani, bu rost gapirgani, bilmadim esa rost bilan yolg‘onning o‘rtasidagi so‘z. Ya’ni mas’uliyatni yelkaga olishni xohlamaslik. Biz doimo «bilmadim, esimdan chiqib ketibdi, uyda qolib ketibdi, men buni qila olmayman, qo‘limdan kelmaydi» kabi iboralarni ishlatamiz. Aslida bu so‘zlarni aytish bilan birovlarni va o‘z-o‘zimizni aldayotganimizni o‘ylab ham ko‘rmaymiz.
Nom: Re: ROSTGO'YLIK VA YOLG'ONCHILIK
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 21 Sentyabr 2009, 13:42:42
To‘g‘risini aytish kerak, rostgo‘y bo‘laman deb qanchalik urinmang, baribir yolg‘on gapirib qo‘yganingizni bilmay qolasiz. Sababi, vaziyat, holatlar sizni shunga majbur qilib qo‘yadi. Hech kim men ota-onamdan yomon tarbiya olganman, ular meni o‘g‘ri-kazzob, yolg‘onchi-firibgar bo‘lsin deb tarbiyalagan, deya ayta olmaydi. Masalan, men ota - onam qo‘lida tarbiyalanganman. onam doimo bir gapni takrorlardilar, «Jon bolam, yolg‘on gapirma, yomon bo‘ladi». Albatta, bu kabi «yomon bo‘ladi»lar sirasiga «uni qilma, buni qilma, u so‘zni aytma» kabi bir-biridan ko‘p cheklovlar ham kirardi. Ammo kattalarning o‘zi ana o‘sha «yomon bo‘ladigan» ishlarni bajaraverardilar. Uyimizda bir dasta pul tursa ham, qo‘shni yoki qarindosh-urug‘ so‘rab qolsa, «yo‘q, o‘zimiz ham falonchidan falon so‘m olib keldik» deyishardi, qo‘shni ayol to‘rt donagina kartoshka so‘rab chiqsa, «kecha oxirgisini ovqatga solgandim, bugun dadasi olib kelib qolar» degan gapni eshitardi. Shunday muhitda voyaga yetganingizdan keyin qanday qilib tilingiz aldovga buralib ketmaydi. Bolaligimdanoq birorta yomon ishni qilsam «men qilmadim, men bilmayman» deb turaverardim. Bu yolg‘onchilik ekanligini bilmasdim, faqatgina o‘zimni oqlayapman, deb o‘ylardim. Bu qo‘rquvning oqibati ekanligini endi-endi tushunyapman. Agar daraxt shoxini sindirsam, otam buyurib ketgan ishni qilib qo‘ymasam darrov bahonayu sabab topishga tushardim. Bu bora-bora menda yolg‘onchilik kasalligini paydo qildi. Endi esa men bolalarimga «boshingga qilich kelsa ham rost gapir» deya aytishga harakat qilaman hozir bu yomon odatlar ortda qolyabdi. Ammo ba’zan ularning ham yolg‘on gapirayotganimi sezib qolaman.
Nom: Re: ROSTGO'YLIK VA YOLG'ONCHILIK
Yuborildi: _B_E_K_ 01 Oktyabr 2009, 15:08:32
Бошинга килич келсада рост гапир. Лекин айрим холларда битта ёлгон билан инсон умрини асраб колиш ёки шунга ухшаш схши ишларни килиш хам мумкин. Тан олиб айтиш лозимки кези елганда схшилик йулида ёлгон гапираман. Бошкаларни бунга фикри кандай билмадим.
Nom: Re: ROSTGO'YLIK VA YOLG'ONCHILIK
Yuborildi: Foniy 14 Oktyabr 2009, 18:19:17
 :as:
Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg`on so`zlash, va’dasining ustidan chiqmaslik va omonatga xiyonat qilish.

- Olloh nazdida eng yaxshi gap - rost gapdir.

- Gunohning kattasi: Ollohga shirk keltirmoqlik, nohaq qon to`kmoqlik, ota-onaga oq bo`lmoqlik va yolg`on guvohlik bermoqlik.

- Gaplarning yomoni — bu yolg`onchilikdir, yolg`onni hazil bilan ham, jiddiy ham gapirib bo`lmaydi. Ota o`z bolalariga biron narsani va'da qilib, keyin uni bajarmay qo`ymasin! Rostgo`ylik ezgulikka boshlaydi, ezgulik esa jannatga. Yolg`onchilik yovuzlikka boshlaydi, yovuzlik esa jahannamga. Rostgo`y odamga yaxshi baho, yolg`onchi odamga yomon baho beradilar. Rostgo`y odam chin so`zi bilan borib-borib Olloh huzurida siddiq (so`zida sodiq) deb yozib qo`yiladi. Yolg`onchi ham borib-borib uning huzurida kazzob (yolg`onchi) deb yozib qo`yiladi. Chaqimchilik ham yomon illatdir, chunki u tufayli odamlar o`rtasi buziladi.

- Ko`rmagan tushini ko`rgandek gapirib berish — yolg`onning yolg`onidir.

- Rostgo`ylikda xavfu xatar ko`rsanglar ham rost so`zlanglar. Shunda najot topasizlar. Garchi foyda ko`rib turgan bo`lsangiz ham yolg`ondan saqlaninglar. Chunki bari bir yolg`onning oxiri voy.

- Gumondan saqlaninglar! Zero, u yolg`on gapdan iboratdir...

- Rostgo`y, ishonchli savdogarlar payg`ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo`lurlar.

- Jihod to`rt xildir:
1. Amri ma'ruf (yaxshi ishlarga buyurish).
2. Nahyi munkar (yomon ishlardan qaytarish).
3. O`zining zarariga bo`lsa ham rost so`zlash.
4. Fosiq kishi masxara qilsa, unga chidab turish.
Nom: Re: ROSTGO'YLIK VA YOLG'ONCHILIK
Yuborildi: Foniy 14 Oktyabr 2009, 18:19:31
- Kimki qalbini imon uchun xolis va sog`lom, tilini rostgo`y, o`zini xotirjam, xulqini to`g`ri, qulog`ini tinglovchi, ko`zini ibrat nazari bilan boquvchi qilib olgan bo`lsa, demak, u baxtlidir.

- Sakkiz toifa kishilar qiyomat kuni Ollohning maxluqlari ichida eng yomoni hisoblanurlar:
1. Yolg’onchilar...

- Yolg`on guvohlik beruvchining oyoqlari yerdan qo`zg`almay turib, Olloh unga do`zaxni ravo qilib qo`yadi.

- Inson gapirgan har bir yolg`on gapi unga gunoh bo`lib yoziladi, uch xili esa bundan mustasno:
1. Urushda, chunki urush hiyla va makrsiz bo`lmaydi.
2. Erning xotiniga murosa uchun gapirgan yolg`on gapi.
3. Arazlashgan ikki kishini murosa yoki sulhga keltirish niyatida gapirilgan yolg`on gap.

- Eshitgan har bir gapini gapiraverishi uning yolg`onchiligiga dalildir...

- Xiyonat va yolg`onchilikdan boshqa har bir nuqson mo`minda bo`lishi mumkin.

- Odamlarni murosaga keltirish uchun ularga yaxshi gaplarni tashigan kishi yolg`onchi hisoblanmaydi.

- Odamlarni sulhga keltirish, arazlashganlarni yarashtirish uchun gapirilgan yolg`on gapning zarari yo`qdir.

- Ko`rgan bilgani haqida guvohlik berishdan bosh tortgan odam yolg`on guvohlik bergan bilan barobardir.

- Odamlarni kuldiraman deb yolg`on gapiradigan odamlarning holiga voy, holiga voy.
Nom: Re: ROSTGO'YLIK VA YOLG'ONCHILIK
Yuborildi: ossiyobinti 14 Oktyabr 2009, 21:31:17
Bitta yolg'on ikkinchisini boshlab keladi.
Nom: Re: ROSTGO'YLIK VA YOLG'ONCHILIK
Yuborildi: lolo 15 Oktyabr 2009, 16:56:10
Subhanalloh, ajoyib mavzu bo'libdi. Man yolg'onchilarni ikki ishidan darrov bilib olaman. 1) Odatda ular uncha-buncha gapga ishonmaydigan bo'lishadi. Chunki o'zlari ko'p yolg'on gapirganidan boshqalarni ham yolg'onchi deb o'ylaydilar. 2) Doyim ikxil gapiradilar. Oldingi safar unday degan bo'lsa, bu safar bunday deb turadi, ilgarigi yolg'on gapi o'zini esidan chiqib qoladi.
Shundaylarga maslahat berib kelganman, oz va rost so'zla, deb. Shunda kamroq parot bo'lishadi.