forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Mahdiyah 26 Sentyabr 2009, 17:19:31

Nom: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Mahdiyah 26 Sentyabr 2009, 17:19:31
:bsm:

(http://s002.radikal.ru/i200/1002/1f/2c3ee306e04e.jpg) (http://www.radikal.ru)

Bu mavzuni ochishga Imlaah opani takliflari sabab bo’ldi.
Allohdan hayrli ishlarda bardavomlikni so’rab mavzuni ochamiz.


Maqsad:
Bu yo’l bilan o’qiganlarimizni esda saqlashlik, ularga imkon darajasida amal qilishlik va boshqa birodarlar bilan baham ko’rishlik!!!

Tartib:
1. Boshlovchi - Munira xonim tomonidan ma'lum kitobdan har kuni bittadan hadis kiritib boriladi.
2. Mavzu doirasida aynan shu kunlik hadis mavzusi yuzasidan savol-javoblar uyushtirlishi mumkin. Boshlovchi yoki boshqalar hadisni rivoyat qilgan shaxs, hadis matnida uchraydigan so'zlar yoki tarixiy voqealar yuzasidan ma'lumot berib o'tsa yaxshi bo'ladi.
3. Kitoblardagi tartib berilgan hadislar ba'zan takrorlanishi mumkin. Bu narsa bizga yana esga olishimizga yordam beradi.
4. Boshlash uchun avval quyidagi kitoblardagi hadislarni tavsiya qilinadi:
Arba'iyn - 40 hadis (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=826.0) (Imom Navaviy)
Islomning o'zagi bo'lgan hadislar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg27928#msg27928) ("Al-Azkor"dan)

Alloh taolodan madad so'rab, imom Navaviynining "Qirq hadis" kitobchalaridagi hadislarni yodlashni boshladik:
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: imlaah 28 Sentyabr 2009, 06:03:14
1-hadis

Amirul mo‘minin Abu Hafs Umar ibn Xattob (r.a)dan: Men Rasululloh (s.a.v)ning shunday deyayotganlarini eshitdim:

«Amallar (faqatgina) niyatlar bilan (e’tibor qilinadi) va har bir kishi uchun niyat qilgan narsasigina (savobi yoki jazosi) bordir. Bas, kimning hijrati Alloh va Rasuli uchun bo‘lsa, uning hijrati Alloh va Rasuli uchun (deb e’tibor qilinajak). Kimning hijrati biron dunyo (matosi) ni qo‘lga kiritish yoki bir ayolni nikohlab olish uchun bo‘lsa, uning hijrati nima uchun qilingan bo‘lsa, o‘sha uchundir».

Buxoriy va Muslim rivoyati
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: IXLOS 28 Sentyabr 2009, 08:01:32
2-hadis

Umar (r.a)dan:

«Bir kuni biz Rasululloh (s.a.v) huzurlarida o‘tirganimizda banogoh oldimizga oppoq kiyimli, tim qora sochli, ustida safar izlari ko‘rinmaydigan, oramizda ham hech kim uni tanimaydigan bir kishi chiqdi va Payg‘ambar (s.a.v) oldilarga borib o‘tirdi. Tizzasini (Rasululloh (s.a.v) tizzalariga taqab, ikki qo‘lini (o‘zining) sonlariga qo‘yib, dedi:
- Ey Muhammad! Menga Islom haqida xabar bering!
Rasululloh (s.a.v) dedilar:
- Islom Allohdan o‘zga iloh yo‘qligi hamda Muhammad alayhissalom Allohning Rasuli ekanligiga guvohlik berishing, namozni barpo qilishing, zakotni ado qilishing, Ramazonda ro‘za tutishing va agar qodir bo‘lsang, Baytullohni haj qilishingdir.
Haligi kishi:
- To‘g‘ri aytdingiz! dedi.
Biz uning ham so‘rab, ham tasdiqlab qo‘yayotganiga hayron bo‘ldik.
- Menga iymon haqida xabar bering!
- Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Payg‘ambarlariga va Oxirat kuniga ishonishing hamda taqdirning yaxshisi-yu yomoniga (barchasining Alloh tarafidan ekaniga) iymon keltirishing.
- To‘g‘ri aytdingiz! - deb, yana so‘radi:
- Menga ehson haqida xabar bering!
- Allohga xuddi Uni ko‘rib turgandek ibodat qilishing, agar ko‘rmayotgan bo‘lsang, U seni ko‘rib turibdi.
- Menga Soat (Qiyomat kuni) haqida xabar bering.
- U haqda so‘ralayotgan kishi so‘rovchidan ko‘proq bilguvchi emas.
- Uning alomatlari haqida aytib bering.
- (Uning belgilari shuki) cho‘ri o‘zining ho‘jayinini tug‘adi va o‘zlari yalangoyoq, yalang‘och, kambag‘al bo‘lgan qo‘yboqarlar faxr va riyo uchun bino qurayotganini ko‘rasiz.
So‘ng haligi kishi ketdi. Men (o‘sha kishi haqida so‘ramay) ancha muddat kutdim. Keyin (Rasululloh (s.a.v) mendan so‘radilar:
- Ey Umar! Bilasanmi, o‘sha so‘rovchi kimligini?
- Alloh va Rasuli biluvchiroq!
- U kishi — Jibriyl alayhis-salom, sizlarga diningizni ta’lim bergani kelgan edilar, - dedilar».


Muslim rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Mahdiyah 28 Sentyabr 2009, 08:24:54
3-hadis

Abu Abdurahmon Abdulloh ibn Umar ibn Xattob raziyallohu anhumodan:

Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Islom besh narsa ustiga barpo qilingandir:
1 Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad alayhis-salom Allohning Rasuli, deb guvohlik berish;
2 Namozni barpo qilish;
3 Zakotni ado etish;
4 Baytullohni haj qilish;
5 Ramazon oyida ro‘za tutish».


Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2009, 11:57:53
4-hadis

Abu Abdurahmon Abdulloh ibn Mas’ud (r.a)dan:
  
Bizga sodiq (barcha ishlari va so‘zlarida rostgo‘y) va masduq (Alloh tarafidan rost va’da berilgan) zot — Rasululloh sollalloс›u alayс›i vasallam quyidagi hadisni aytganlar: «Darhaqiqat, har biringizning xilqati (ya’ni yaratilishi) onasining qornida qirq kun ichida «nutfa» (tomchi suv) holida jamlanadi, so‘ngra xuddi shuncha muddat ichida «alaqa» (laxta qon) holida bo‘ladi, so‘ngra xuddi shuncha muddat ichida «muzg‘a» (bir parcha go‘sht) holida bo‘ladi. So‘ngra unga bir farishta yuboriladi va o‘sha farishta unga jon purkaydi. Keyin farishtaga shu inson ahvoli-taqdiriga taalluqli bo‘lgan to‘rt narsani: rizqi, ajali, amali hamda baxtsiz yoki baxtli ekanini yozish farmon qilinadi.
Undan o‘zga hech qanday iloh yo‘q bo‘lgan Allohga qasam-ki, bir kimsa jannat ahlining amallarini qilib yuradi, hatto u bilan jannat o‘rtasida bir gaz (yarim qadam)gina (masofa) qoladi. Shunda uning kitobi (Alloh ta’olo uning do‘zaxiy ekanligi haqida azalda yozib qo‘ygan taqdiri) yetib kelib (ya’ni undan g‘olib kelib), do‘zax ahlining amalini qilib qo‘yadi-da, do‘zaxga kirib ketadi. Va (yana) birov do‘zax ahlining amallarini qilib yuradi, hatto u bilan jahannam o‘rtasida bir gazgina masofa qoladi. Shunda uning kitobi (Alloh ta’olo uning jannatiy ekanligi haqida azalda yozib qo‘ygan taqdiri) o‘zib ketib (ya’ni undan g‘olib kelib), jannat ahli amalini qiladi-da, jannatga kirib ketadi».


Buxoriy va Muslim rivoyati
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Munira xonim 03 Oktyabr 2009, 12:04:36
5-hadis

Ummul mo‘minin Oisha (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Kimki dinimizda asli yo‘q bo‘lgan narsani paydo qilsa, u albatta rad qilinur».

Imom Muslimning rivoyatida:
«Kimki biz unga buyurmagan amalni qilsa, u albatta rad qilinur».

Buxoriy va Muslim rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Munira xonim 04 Oktyabr 2009, 08:40:03
6-hadis

Abu Abdulloh No‘‘mon ibn Bashir (r.a)dan:

- Men Rasululloh sollalloс›u alayс›i vasallamning shunday deganlarini eshitdim: «Darhaqiqat, halol (bo‘lgan narsalar) aniqdir, harom (bo‘lgan narsalar) ham aniqdir. Ikkisining o‘rtasida ishtibohli bo‘lgan (ya’ni na halolligi va na haromligi aniq bo‘lmagan) narsalar ham borki, ko‘pchilik ularni bilmaydi. Bas, kimki shunday shubhali narsalardan o‘zini ehtiyot qilib yursa, dinini ham, nomus-obro‘sini ham pok asrab qoladi. Bamisoli (doim) birovning qo‘riqlanadigan yeri atrofida suruvni o‘tlatib yurgan cho‘pon qo‘ylarining bexosdan o‘sha yerga ham kirib ketishidan omonda bo‘lmagani singari, shubhali narsalardan o‘zini ehtiyot qilmagan (ularga bemalol jur’at qilaveradigan) kishi keyinchalik haromga ham aralashib qoladi (ya’ni haromga ham bemalol jur’at qiladigan bo‘lib qoladi). Ogoh bo‘ling, har bir podshohning (o‘zgalar kirishini man qiladigan) qo‘riqlanadigan yeri bo‘ladi. Ogoh bo‘ling, Allohning qo‘riqlanadigan yeri Uning harom qilgan narsalaridir.
Ogoh bo‘ling, tanada bir parcha go‘sht borki, agar u salohiyatli bo‘lsa, butun tana salohiyatli bo‘ladi. Agar u aynisa, tana ham ayniydi (buziladi) Ogoh bo‘ling u (parcha go‘sht) qalbdir.


Buxoriy va Muslim rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Abdul_Malik 04 Oktyabr 2009, 12:07:51
7-hadis

Tamim ibn Avs Doriy (r.a)dan:

Rasululloh sollalloс›u alayс›i vasallam dedilar:
- Din bu nasihatdir.
- Kim uchun?- deb so‘radik biz.
- Alloh uchun, Uning kitobi va Rasuli uchun, musulmonlarning rahbarlari va hammalari uchundir,- deb javob berdilar Nabiy sollalloс›u alayс›i vasallam.


Muslim rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Munira xonim 06 Oktyabr 2009, 14:56:07
8-hadis

Ibn Umar (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «(Dinsiz, mushrik) kimsalar «Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad Uning Rasulidir» deb guvohlik berib, namozni (davomiy suratda to‘kis) ado etmagunlarigacha va zakotni (haqdor kishilariga) bermagunlarigacha, ular bilan urishishga buyurildim. Agar odamlar yuqoridagilarga (to‘liq) amal qilsalar, mendan qonlari va mollarini omon saqlaydilar. Faqat Islom haqqi (ya’ni musulmon bo‘lganlaridan keyin biron jinoyat qiladigan bo‘lsalar, ularni Islom shariati belgilagan hadlarga muvofiq jazoga tortish) bundan mustasno. (So‘ng) ularning hisobi (ya’ni qalblaridagi narsaning hisobi) Allohga havola».

Buxoriy va Muslim rivoyati
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: ossiyobinti 06 Oktyabr 2009, 15:39:47
9-hadis

Abu Hurayra Abdurahmon ibn Saxr (r.a)dan:

Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: «Sizlarni nimadan qaytargan bo‘lsam, uni tark etinglar. Nimaga buyurgan bo‘lsam, imkon qadar o‘sha narsani bajaringlar. Sizlardan avval o‘tgan qavmlarni halok qilgan narsa ularning o‘z Payg‘ambarlariga ko‘pdan-ko‘p savol berishlari va ko‘rsatmalariga xilof ish qilishlari bo‘lgan».

Buxoriy va Muslim rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Munira xonim 08 Oktyabr 2009, 11:35:21
10-hadis

Abu Hurayra (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: - Alloh Pokdir va faqat pok narsanigina qabul qiladi. Albatta Alloh Payg‘ambarlarga buyurgan narsani mo‘minlarga ham amr etdi: «Ey Payg‘ambar, halol-pok taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar».
«Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz-pokiza narsalardan yenglar».
So‘ng Rasululloh sollalloс›u alayс›i vasallam uzoq safarlarga chiqqan, sochlari (taroq tegmaganidan) patila-patila bo‘lib ketgan, (uzoq safarda yurgani sababli) chang-to‘zon sochining rangini o‘zgartirib yuborgan bir kishi haqida gapirdilar. Haligi odam qo‘llarini ko‘kka cho‘zib: «Parvardigoro! Parvardigoro!» deb duo qilmoqda. Biroq uning yegani harom, kiygani harom va (butunlay) harom bilan oziqlangan. Bunday kishining duosi qanday qilib ijobat bo‘lsin?!».


Muslim rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Abdul_Malik 08 Oktyabr 2009, 12:13:05
11-hadis

Abu Muhammad Hasan ibn Ali ibn Abu Tolib (r.a)

— Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nabiralari va gul-rayhonlaridan: - Men Rasululloh sollalloс›u alayс›i vasallamdan (quyidagi hadisni) yodlab qolganman: «Seni shubhaga solgan narsani qo‘ygin-da, shubhalantirmaydigan (halol-pokiza) narsani ol.

Termiziy va Nasoiy rivoyati. Termiziy hasan- sahih hadis degan.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Munira xonim 09 Oktyabr 2009, 12:59:53
12-hadis

Abu Hurayra (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: - Kishining o‘zi uchun muhim (zarur) bo‘lmagan narsalarni tark qilishi uning Islomining go‘zalligi (komilligi)dandir.

Termiziy va Ibn Mojja rivoyati. Hasan hadis
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2009, 14:33:28
13-hadis

Imomi Navaviy «Sahihi Muslim» sharhida yozadi:

- O’z zamonida mag‘ribda molikiylar imomi sanalgan Abu Muhammad Abdulloh ibn Abu Zayd shunday degan edi: «Barcha xayrli odoblar ushbu to‘rt hadis asosida tarkib topgan:
1. «Alloh va Oxirat kuniga iymon keltirgan kishi (faqat) yaxshi narsani gapirsin yoki sukut saqlasin».
2. «Kishining o‘zi uchun muhim bo‘lmagan narsalarni tark etishi uning Islomining go‘zalligidandir».
3. «G’azab qilma!».
4. «Sizlarning (hech) biringiz to o‘ziga yaxshi ko‘rgan (xayrli) narsani birodariga ham sog‘inmagunga qadar (komil) iymonli bo‘lmaydi».

Ehtimol shuning uchun Imomi Navaviy mazkur to‘rt hadisni «Arba’iyn» safiga kiritgandir. Xurdoniy ushbu hadisni Islom asoslaridan biri sifatida ta’kidlagan.


Buxoriy va Muslim rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2009, 10:09:20
14-hadis

Ibn Mas’ud (r.a)dan:

Rasululloh sollalloс›u alayс›i vasallam dedilar: - Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga va mening Payg‘ambar ekanimga guvohlik keltirgan musulmon kishining qoni (ni to‘kish) faqat (quyidagi) uch holatdagina halol bo‘ladi: jufti-haloli bo‘lgan (ayol-erkak) zinokor, jonga-jon sifatida (ya’ni qasddan birovni o‘ldirgan kishi) va (murtadlik sababli) jamoatni tark qilib (Islom) dinidan chiqqan kimsa.

Buxoriy va Muslim rivoyati
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2009, 09:43:20
15-hadis

Abu Hurayra (r.a)dan:

Rasululloh sollalloс›u alayс›i vasallam dedilar: - Kim Allohga va Oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, (faqat) yaxshi so‘zlarni gapirsin yoki sukut saqlasin. Kim Allohga va Oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisini izzat-ikrom qilsin. Kim Allohga va Oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, mehmonini izzat-ikrom kilsin.
Ibn Hajar yozadi: «Mazkur hadis ham javomeul kalim namunasidir. Yuqoridagi uchta asosni o‘zida jamlagan bu sahih rivoyat qovliy va fe’liy go‘zal axloqlarga targ‘ib qiladi».


Buxoriy va Muslim rivoyati
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Munira xonim 13 Oktyabr 2009, 10:31:22
16-hadis

Abu Hurayra (r.a)dan:

- Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamga: «Menga nasihat qiling», dedi.
- G’azab qilma!- dedilar Payg‘ambar sollalloс›u alayс›i vasallam. Haligi odam iltimosini bir necha barobar takrorladi.
- G’azab qilma!- dedilar Rasululloh sollalloс›u alayс›i vasallam.


Buxoriy rivoyati
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: ossiyobinti 13 Oktyabr 2009, 12:11:10
17-hadis

Abu Ya’lo Shaddod ibn Avs (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Alloh ta’olo har bir ishni (shariatga muvofiq tarzda puxta) yaxshi qilishni vojib etdi. Agar (shariat hukmiga binoan biror jonni) qatl qilsangizlar, qatl holatini chiroyli etingiz! (Biror jonliq) so‘ysangiz, uni ham chiroyli amalga oshiringiz. (So‘yishdan oldin) pichoqlaringizni o‘tkirlab oling va jonivorni qiynab qo‘ymang.

Muslim rivoyati
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Robiya 13 Oktyabr 2009, 13:08:50
18-hadis

Abu Zar - Jundub ibn Juqoda   :ra: va Abu Abdurahmon Mu’oz ibn Jabal  :ra: dan rivoyat qiladilar:

Rasululloh  :sw: dedilar:

- Qayerda (qaysi zamonda, qay holatda) bo‘lsang ham, Allohdan taqvo qil! Yomonlik ortidan bir yaxshilik qilgin-ki, uni o‘chirib yuboradi. Odamlar bilan chiroyli xulq ila muomalada bo‘lgin.
 

Termiziy rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Munira xonim 16 Oktyabr 2009, 13:26:55
19-hadis

Abu Abbos Abdulloh ibn Abbos (r.a)dan:

Bir kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam ulovlarining orqasiga mingashib ketardim.
- Ey bola!- dedilar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam- Men senga bir nechta (foydali) kalimalarni o‘rgataman: (Alloh hududlariga rioya etib, buyurgan narsalarini bajarib, qaytargan ishlardan tiyilib) Allohni saqlagin, U Zot ham seni asraydi. Allohni saqla-yod etgin, Uni (ng madadini- nusratini) qarshingda ko‘rasan. Agar so‘ramoqchi bo‘lsang, (yolg‘iz) Allohdan so‘ra. Agar ko‘mak istasang, (yolg‘iz) Allohdan ista. Bilgin-ki, butun ummat (insoniyat) senga bir foyda bermoq niyatida jamlansa ham, faqat Alloh ta’olo sen (ing peshonang)ga yozib qo‘ygan foydanigina bera oladi. Agar ular senga bir zarar bermoq qasdida to‘plansalar ham, faqat Alloh senga yozib qo‘ygan zararnigina bera olishadi. (Taqdir) qalamlari ko‘tarildi, (taqdir bitilgan) sahifalar quridi.
Yana bir rivoyatda shunday deyilgan: «Allohni (buyruqlariga bo‘ysunish, qaytargan ishlaridan tiyilish bilan U Zotni) asragin, Uni qarshingda topasan. Yorug‘ kunlaringda Allohni tanigin (unutib qo‘yma), og‘ir kunlaringda U Zot seni taniydi. Bilgin-ki, nima seni chetlab o‘tgan bo‘lsa, uning senga tegishi (taqdirda) yo‘q edi. Senga yetgan narsaning (taqdiri azalda) seni chetlab o‘tishi yo‘q edi. Bilgin-ki, g‘alaba sabr bilan, yorug‘lik-echim qayg‘u-qiyinchilik bilan, og‘irlik yengillik bilan birgadir».


Termiziy rivoyati. Hasan-sahih hadis.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Abdul_Malik 17 Oktyabr 2009, 12:42:13
20-hadis

Abu Mas’ud Uqba ibn Amr Al-Ansoriy Al-Badriy (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: - Avvalgi Payg‘ambarlardan qolgan gap shuki: agar uyalmasang, xohlagan ishingni qil!

Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Abdul_Malik 18 Oktyabr 2009, 09:44:41
21-hadis

Abu Amr (yoki Amra) Sufyon ibn Abdulloh al-Saqafiy (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga dedim: - Yo Rasululloh! Menga Islom (aqidasi, shariati)da shunday bir so‘z ayting-ki, bu haqda boshqa hech kimdan so‘ramay.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Allohga iymon keltirdim» deb aytgandan so‘ng mustaqim- (haq ustida) to‘g‘ri bo‘l!».


Muslim rivoyati
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: ossiyobinti 18 Oktyabr 2009, 19:22:58
22-hadis

Abu Abdulloh Jobir ibn Abdulloh al-Ansoriy (r.a)dan:

(No‘mon ibn Qu’qol Huzoiy degan ) bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘radi:
- Aytingchi, men farz namozlarini o‘qisam, Ramazon ro‘zasini tutsam, halolni halol deb, haromni harom deb bilsam (ya’ni halol narsaga halol deb qarab, haromdan hazar qilib yursam) va boshqa hech narsa ziyoda qilmasam, jannatga kiramanmi?
- Ha! - dedilar Nabiy sollallohu alayhi vasallam».


Muslim rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: ossiyobinti 22 Oktyabr 2009, 10:50:07
23-hadis

Abu Molik Horis ibn Osim al-Ash’ariy (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: - Tahorat-pokizalik iymonning yarmidir. «Al-hamdu lillah» mezonni to‘ldiradi. «Subhanalloh va al-hamdu lillah» osmonlaru yer oralig‘ini to‘ldirishadi — yoki to‘ldiradi. Namoz nurdir. Sadaqa- zakot (iymonning sahihligiga) dilil-burhondir. Sabr ziyodir! Qur’on sizning foydangizga yoxud zararingizga ishlaydigan hujjatdir. Hamma tong sahardan harakat qilib o‘zini (Allohga yoki shaytonga) sotadi. Pirovardida nafsini (dunyo xorligi-yu Oxirat azobidan) xalos qiladi yoki (gunoh-ma’siyatlarga botib,) uni halok etadi.

Muslim rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Abdul_Malik 25 Oktyabr 2009, 01:52:15
       24-hadis.
Abu Xumayd Soidiy (r.a) rivoyat qiladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh azza va jalladan rivoyat qilib dedilar: Alloh ta’olo aytadi:
- Ey bandalarim, Men zulmni o‘zimga harom qildim. Uni sizlarning o‘rtangizda ham harom etdim. Bas, bir-birlaringizga zulm qilmangiz.
- Ey bandalarim, barchalaringiz zalolatdasizlar. Faqat Men hidoyat etganlargina bunday mustasno. Bas, Mendan hidoyat tilang, sizlarni hidoyatga yo‘llayman.
- Ey bandalarim, barchalaringiz ochsizlar. Faqat Men taom berganlargina (och emas). Bas, Mendan taom so‘rangiz, sizlarni taomlantiraman.
- Ey bandalarim, barchalaringiz yalang‘ochsizlar. Faqat Men kiyintirgangina (yalang‘och emas). Bas, Mendan kiyim so‘ranglar, sizlarni kiyintiraman.
- Ey bandalarim, sizlar kecha-yu kunduz xato qilasizlar. (Faqat) Men barcha gunohlarni mag‘firat etaman. Bas, mendan mag‘firat tilangiz, sizlarni mag‘firat qilaman.
- Ey bandalarim, sizlar Mening zararimga (ya’ni Menga zarar yetkazish darajasiga) hech qachon yetolmaysizlar-ki, Menga zarar bersangizlar! Mening foydamga ham aslo yetolmaysizlar-ki, Menga foyda bersangizlar!
- Ey bandalarim, agar avvalingiz-u oxiringiz, insu jinlaringiz orangizdagi eng taqvodor insonning qalbidek bo‘lsa ham bu Mening mulkimga hech narsa ziyoda qilmaydi.
Ya’ni bir fojir qalbda bo‘lsangizlar... (?!)
- Ey bandalarim, agar avvalingiz-u oxiringiz, insu jinlaringiz bir joyga to‘planib Mendan (hojatlarini) so‘rasalar va Men ularning har biriga so‘ragan narsasini berganimda ham, bu Mening huzurimdagi narsalarni igna dengizga botirilganda (dengiz suvidan) qanchalik kamaytiradigan bo‘lsa, o‘shancha miqdorda kamaytiradi.
- Ey bandalarim, mana shu amallaringiz, Men ularni hisoblab qo‘yaman va shunga qarab sizlarga to‘liq jazo-mukofot berurman. Kim yaxshilikni topsa, bas, Allohga hamd aytsin. Kim boshqa narsani topsa, faqat o‘zini malomat qilsin!


Muslim rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Munira xonim 27 Oktyabr 2009, 22:24:11
25-hadis

Abu Zar G’iforiy (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ashoblaridan bir nechasi (kambag‘al-muhtojlari) Nabiy sollallohu alayhi vasallamga dedilar:
- Yo Rasululloh! Boy-badavlat odamlar ajru savoblarni olib ketdi. Ular biz namoz o‘qiganimizdek namoz o‘qiydilar, ro‘za tutganimizdek ro‘za tutadilar va (o‘z ehtiyojlaridan) ortiqcha mol-davlatlarini sadaqa qilib yuborishadi.
- Alloh ta’olo sizlarga ham sadaqa qilinadigan narsalarni bermaganmi?- dedilar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam- Har bir tasbehingiz (Subhanalloh) sadaqa (ya’ni uning ajru mukofoti sadaqa ajri kabi), har bir takbiringiz (Allohu akbar) sadaqa, har bir tahlilingiz (La ilaha illa Alloh) sadaqa, yaxshilikka buyurish sadaqa, yomonlikdan qaytarish sadaqa va (jufti halolingiz bilan) qovushishingiz ham sadaqa!
- Yo Rasululloh! Agar birimiz (o‘z haloli bilan qovushib) shahvatini qondirsa, shuning uchun ham ajr oladimi?
- Axir u shahvatini haromga to‘kkanida gunohkor bo‘larmidi?! Demak, shahvatini halolga to‘kkani uchun unga ajr yoziladi.


Muslim rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Munira xonim 30 Oktyabr 2009, 21:51:54
26-hadis

Abu Hurayra (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: - Insonlardagi jami a’zolar uchun quyosh chiqadigan har bir kunda sadaqa mavjud: Ikki (tortishib qolgan) kishi o‘rtasida adolat (bilan hukm) qilmog‘ing - sadaqa. Birovga uloviga chiqishida yordam berib, uni chiqarib qo‘yishing yoki narsasini (erdan) olib berishing - sadaqa. Yaxshi so‘z - sadaqa. (Odamlar yuradigan) yo‘ldan (tosh, tikan, cho‘p kabi) ozorlarni olib tashlamoq ham sadaqadir.

Buxoriy va Muslim rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Munira xonim 02 Noyabr 2009, 22:09:50
27-hadis

Navvos ibn Sum’an (r.a)dan: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: - Yaxshilik husni xulqdir. Gunoh esa ko‘nglingiz xotirjam bo‘lmagan va odamlar bilib qolishini istamaydigan ishingizdir".
Muslim rivoyati.

Vobisa ibn Ma’bad (r.a)dan: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga keldim:
- Sen birr-yaxshilik xususida so‘ragani keldingmi?- dedilar Nabiy sollallohu alayhi vasallam.
- Ha!- deb javob berdim.
- Qalbingdan so‘ra!- dedilar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam - Nafsing va qalbing xotirjam bo‘lgan narsa yaxshilikdir. Garchi odamlar fatvo berib, seni fatvolantirgan esalar-da, nafsingni xotirjam qilmagan, ko‘nglingga o‘rnashmagan narsa (ish) gunohdir.
"

Imom Ahmad va Dorimiy rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: registan 06 Noyabr 2009, 21:56:24
28-hadis

Abu Najih Irbod ibn Soriya (r.a)dan:

- (Bir kuni) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga mav’iza qildilar. (Bu mav’izani eshitib) qalblar (Alloh) qo‘rquviga tushdi, ko‘zlar yoshga to‘ldi.
- Yo Rasululloh! Bu bamisoli vidolashayotgan kishining mav’izasidek bo‘ldi,- dedik biz - Endi nasihat qiling!
- Sizlarga Alloh azza va jalladan qo‘rqishni vasiyat qilaman. Agar bir qul ustingizga amir bo‘lsa ham, unga quloq tuting, itoat eting. Hali sizlardan (uzoqroq) yashaganlaringiz ko‘p ixtilof- kelishmovchiliklarni ko‘radi. Bas, mening sunnatimga va haq yo‘lga boshlanmish xulofoi roshidinlar sunnatiga ergashingiz! Uni aql tishlaringiz bilan (mahkam) tishlab olinglar. (Dinda) yangi paydo bo‘lgan ishlardan ehtiyot bo‘linglar. Zero, har bir bid’at zalolatdir.


Abu Dovud va Termiziy rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: registan 07 Noyabr 2009, 19:52:45
29-hadis

Mu’oz ibn Jabal (r.a)dan:

- Yo Rasululloh, menga shunday bir amalni ayting-ki, u meni jannatga kiritib, do‘zaxdan uzoqlashtirsin,- dedim Nabiy sollallohu alayhi vasallamga.
- Sen ulkan narsa haqida so‘rading,- dedilar Nabiy sollallohu alayhi vasallam- Biroq u Alloh ta’olo oson qilgan kishiga osondir: Allohga ibodat qil va Unga hech narsani sherik etma. Namozni to‘kis ado et, zakot ber, Ramazon ro‘zasini tut va bayt (Ka’ba)ga haj qil!
So‘ng dedilar:
- Senga yaxshilik eshiklarini ko‘rsatayinmi?! Ro‘za (do‘zaxdan saqlovchi) qalqondir. Sadaqa bamisoli suv o‘tni o‘chirganidek gunoh-ma’siyatlar (asari)ni o‘chiradi. Kishining (kechasi turib) tunda o‘qigan namozi ham (yaxshilik eshiklaridandir).
So‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagi oyatni tilovat qildilar:
«Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur (ya’ni, tunlarini ibodat bilan o‘tkazib, oz uxlaydilar) Ular Parvardigorlariga qo‘rquv va umidvorlik bilan duo- iltijo qilurlar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilurlar. Bas ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot qilib ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (ya’ni Oxirat ne’matlarini) biron jon bilmas».
So‘ng dedilar:
- Senga ishning boshi, asos-ustuni va o‘rkachining tepasi- oliy nuqtasi haqida xabar beraymi?!
- Ha! Yo Rasululloh!- dedim men.
- Ishning boshi Islom, ustuni namoz va o‘rkachining tepasi (ya’ni cho‘qqisi) jihoddir!
So‘ng (yana) dedilar:
- Senga mana shularning hammasining asosiy qismi- o‘zagi haqida xabar beraymi?!
- Ha! Yo Rasululloh!- deb javob berdim. Nabiy sollallohu alayhi vasallam tillarini ushlab dedilar:
- O’zing uchun manavini tiygin!
- Ey Allohning Nabiysi, nima biz gapirgan gaplarimizga ham javob beramizmi?!
- Seni yo‘qlab onang yig‘lasin, axir odamlarni yuzlari bilan- yoki burunlari bilan dedilar, do‘zaxga itqitayotgan narsa tillarining mevalari emasmi?!- dedilar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam.


Termiziy rivoyati. hasan-sahih hadis.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: registan 08 Noyabr 2009, 14:49:54
30-hadis

Abu Sa’laba Xushanniy Jursum ibn Noshir (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: - Alloh ta’olo (bir qancha) farzlarni lozim etdi, bas, ularni zoe qilmangiz. Had-chegaralarni belgiladi, ularni bosib o‘tmangiz. (Ayrim) narsalarni harom qildi, ularga yaqin yo‘lamangiz. (Ba’zi) narsalar xususida -unutganidan emas, sizlarga marhamat ko‘rsatib,- sukut qildi, bas, ular ustida bahs qilmangiz.

Doroqutniy va boshqalar rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: registan 09 Noyabr 2009, 17:24:04
31-hadis

Abul Abbos Sahl ibn Sa’d Saidiy (r.a)dan:

- Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bir kishi kirib dedi:
- Yo Rasululloh! Menga shunday bir amalni ko‘rsating-ki, agar uni qilsam, Alloh ham, odamlar ham meni yaxshi ko‘rsin.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar:
- Dunyoga nisbatan zohid bo‘l (ko‘ngil berma), Alloh seni yaxshi ko‘radi. Odamlarning oldidagi narsalarga zohid bo‘l (ko‘z tikma), shunda odamlar ham seni yaxshi ko‘rishadi.


Ibn Moja va boshqalar rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Munira xonim 11 Noyabr 2009, 22:32:23
32-hadis

Abu Sa’id Sa’d ibn Sinon Xudriy (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: - (Islomda ziyoni tegmagan kishiga) zarar bermoq ham, (ziyon-zahmat yetkazgan kimsaga g‘ayri shar’iy suratda) zarar yetkazmoq ham yo‘qdir!.

Ibn Moja, Doroqutniy va boshqalar rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Munira xonim 14 Noyabr 2009, 20:28:47
33-hadis

Abdulloh ibn Abbos (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: - Agar odamlarning (quruq) da’volariga (asoslanib so‘ragan narsalari) berilganida, (ayrim...) kimsalar (butun) qavmining moli-yu qonini da’vo qilib chiqqan bo‘lardi. Biroq da’vo qiluvchi dalil keltirishi, inkor etuvchi esa qasam ichishi shart.
Bayhaqiy, Abu Dovud, Nasoiy, Termiziy va Ibn Moja (?!) rivoyati.

Hasan hadis. Hadisning ba’zi qismlari Buxoriy va Muslimda ham keltirilgan.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Munira xonim 18 Noyabr 2009, 07:56:28
34-hadis

Abu Sa’id al-Xudriy (r.a)dan:

- Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim:
- Qay biringiz biron yomon ishni ko‘rsa, uni qo‘li bilan o‘zgartirsin. (Qo‘li bilan o‘zgartirishga) kuchi yetmasa, tili bilan o‘zgartirsin. (Agar tili bilan o‘zgartirishga) qodir bo‘lmasa, qalbi bilan o‘zgartirsin. Bu (ya’ni, qalb bilan o‘zgartirish) iymonning o‘ta zaifligidir.


Muslim rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Munira xonim 21 Noyabr 2009, 21:49:50
35-hadis

Abu Hurayradan (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: - Bir-biringizga hasad qilmangiz, sotish uchun emas, birovga zarar bermoq niyatida molning narxini bozor bahosidan oshirib qo‘ymangiz, o‘zaro nafrat-adovatda bo‘lmangiz, bir-birlaringizdan yuz o‘girib o‘rtadagi aloqani uzmangiz. Hech biringiz boshqa birovning savdosi ustidan savdo qilmangiz. Alohning (haqiqiy) qullari sifatida o‘zaro birodar bo‘lingiz. Musulmon-musulmonning birodaridir: U (birodariga) zulm qilmaydi, yolg‘on gapirmaydi va uni pastga urmaydi. Taqvo mana bu yerda!- Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uch marta ko‘kraklariga ishora qildilar. -Kishining yomonligiga uning musulmon birodarini pastga urishi-haqir ko‘rishi kifoyadir. Musulmonning qoni, moli va obro‘-nomusi boshqa bir musulmon uchun haromdir.

Muslim rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: AbdulAziz 16 Dekabr 2009, 16:28:43
36-hadis

Abu Hurayra (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: - Kim bir mo‘minning (boshidan) dunyoviy g‘am-tashvishini aritsa, Alloh ta’olo uning (boshidan) Qiyomat kunining g‘amini aritadi. Kim qiynalgan kishiga yordam bersa, Alloh ta’olo unga dunyo-yu Oxiratda yengillik-yordam beradi. Modomiki, banda birodarining yordamida ekan, Alloh ta’olo uning yordamida bo‘ladi. (Foydali) ilm talabida yo‘l bosgan insonga Alloh ta’olo jannat yo‘lini oson qilib qo‘yadi. Odamlar Alloh uylari (masjidlar)dan biriga yig‘ilib, Alloh kitobini tilovat qilib, uni o‘zaro dars qilib o‘rgansalar, ular ustiga sakinat-orom tushiriladi, ularni rahmat qoplaydi va farishtalar o‘rab oladi. Alloh ta’olo o‘z huzuridagilarga ularni zikr qiladi. Amali sekinlashtirgan kimsani nasl-nasabi tezlashtira olmaydi. (Ya’ni, solih amali kamligi bois kamolat rutbasida qosir bo‘lgan kimsa sababli nasl-nasab oliylikka erishmaydi. Otalari ko‘rsatgan xizmatlar uni ko‘tarib qo‘ymaydi).

Muslim rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 17 Dekabr 2009, 08:46:01
37-hadis

Abdulloh ibn Abbos (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Parvardigori Alloh taboraka va ta’olodan rivoyat qilib dedilar: - Alloh ta’olo hasanotlarni ham, yomon amallarni ham yozib qo‘ydi (ya’ni, farishtalariga ularni voqelikka muvofiq yozib qo‘yishni buyurdi). So‘ng bayon qildiki, kim bir yaxshilikni ko‘ngliga tugib, keyin uni qilmasa-da, Alloh ta’olo uni komil yaxshilik sifatida yozib qo‘yadi. Agar bir yaxshilikni ko‘ngliga tugib, uni amalga ham oshirsa, Alloh ta’olo uni o‘z huzurida o‘n hasanotdan yetti yuz barobargacha — behad ziyodalar bilan yozib qo‘yadi. Agar banda bir yomonlikni ko‘ngliga tugsa-yu, so‘ng uni qilmasa, Alloh ta’olo o‘z huzurida uni komil yaxshilik sifatida yozib qo‘yadi. Agar bir yomonlikni ko‘ngliga tugib, uni amalga oshirsa, Alloh ta’olo uni bitta yomonlik sifatida yozib qo‘yadi.

Buxoriy va Muslim rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 18 Dekabr 2009, 09:16:34
38 - hadis

Abu Hurayra (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: - Alloh ta’olo aytadi: Kimda-kim Mening do‘stimga dushmanlik qilsa, Men unga (qarshi) urush e’lon qilaman. Bandam Men uning zimmasiga farz etgan amallardan ko‘ra suyukliroq narsa bilan Menga nisbatan qurbat-yaqinlik hosil qilmagan. Bandam Menga nafl ibodatlar bilan tobora yaqinlashaverganidan, hatto uni yaxshi ko‘rib qolaman. Agar uni yaxshi ko‘rsam, Men uning eshitadigan qulog‘i, ko‘radigan ko‘zi, uradigan-tutadigan qo‘li va yuradigan oyog‘i bo‘laman. Agar Mendan so‘rasa, (so‘ragan narsasini) unga beraman. Agar Mendan panoh tilasa, uni panohimga olaman.

Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: AbdulAziz 01 Yanvar 2010, 08:31:13
39-hadis

Abdulloh ibn Abbos (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Alloh ta’olo men uchun ummatimdan bilmasdan, unutib va majbur holatda qilingan ishlarni kechdi».

Ibn Moja, Bayhaqiy va boshqalar rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: AbdulAziz 05 Yanvar 2010, 12:31:15
40-hadis

Abdulloh ibn Umar (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki yelkamdan tutib dedilar:
- Dunyoda bir g‘arib yoki yo‘lovchidek bo‘lgin.
Abdulloh ibn Umar (r.a) aytardi:
- Kun botsa, tongni kutma (Ya’ni, tonggacha yashayman deb o‘ylama). Tong kirsa, kech bo‘lishini kutma. Kasallikdan oldin sog‘ligingni, o‘limingdan oldin hayotingni g‘animat bil».


Buxoriy rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: shoir 19 Yanvar 2010, 14:19:59
41-hadis

Nu’mon ibn Bashirdan (r.a.)  rivoyat qilinadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta halol ochiq-ravshan. Albatta harom ochiq-ravshan. Uning o‘rtasida shubhali narsalar bo‘lib, uni ko‘p insonlar bilishmaydi. Kimki shubhadan taqvo qilsa, dini va obro‘sini soflabdi. Kimki shubhaga voqe’ bo‘lsa, haromga yo‘liqibdi. Rioya qiluvchi qo‘riqxona atrofiga borib, uning ichiga kirib qolishi mumkin. Har bir podshohning qo‘riqxonasi bor. Ogoh bo‘ling, Allohning qo‘riqxonasi U harom qilgan narsalardir. Ogoh bo‘ling, jasadda bir parcha go‘sht bor. Agar u isloh bo‘lsa, jasadning barchasi isloh bo‘ladi. Agar u fasod bo‘lsa, jasadning barchasi fasod bo‘ladi. U ham bo‘lsa qalbdir», dedilar.

Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Zamiraxon 04 Fevral 2010, 09:46:19
42-hadis

Ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz onasi qornida ekanida qirq kun maniy holatida xalq qilinishi jamlanadi. So‘ngra quyuq qon bo‘lib, o‘sha kabi xalq qilinishi jamlanadi. So‘ngra parcha go‘sht bo‘lib, o‘sha kabi xalq qilinishi jamlanadi. So‘ngra farishta yuborilib, unga ruh puflaydi. Va to‘rt kalima, ya’ni rizqi, ajali, amali, baxtli yoki baxtsizligini yozish buyuriladi. Undan boshqa iloh yo‘q bo‘lgan Zot ila qasamki, sizlardan biringiz jannat ahlining amalini qiladi. Hattoki, u bilan jannat orasida bir gaz (o‘lchov) qoladi. Bas, uning o‘sha yozilgan kitobi ilgarilaydi-da, u do‘zax ahlining amalini qilib, do‘zaxga kirib ketadi. Sizlardan biringiz do‘zax ahlining amalini qiladi-da, hattoki u bilan do‘zax orasida bir gaz qoladi. Bas, uning kitobi ilgarilaydi-da, u jannat ahli amalini qilib, jannatga kirib ketadi», dedilar.

Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: BecK_Uz 04 Fevral 2010, 20:28:43
43-hadis

Abu Sa'iyd Xudriy (r.a.)dan rivoyat qilinadi:

Nabiy (s.a.v.): "Sizdan kim bir munkar ishni ko'rsa, qo'li bilan qaytarsin, agar qodir bo'lmasa, tili bilan qaytarsin, agar qodir bo'lmasa, dili bilan qaytarsin, ana o'sha eng zaif iymondur" - dedilar.

Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmaganlar.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: AbdulAziz 10 Fevral 2010, 11:59:20
44-hadis

Hasan ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shubhali narsani shubhasiziga qo‘y», dedilar. (Ya’ni, shubhali narsani tark qilib, shubhasiz narsani ol.)

Termiziy va Nasaiy  rivoyatlari.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: AbdulAziz 12 Fevral 2010, 08:57:25
45-hadis

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Befoyda so‘zlarni tark qilish kishining Islomi chiroyligidan (dalolat)dir», dedilar.

Imom Termiziy va Ibn Mojalar  rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: JeeS 13 Fevral 2010, 10:29:40
46-hadis

Tamiym ad-Doriydan (r.a.) rivoyat qilinadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Din xayrixohlikdir», deganlarida, sahobalar: «Kim uchun, ey Rasululloh?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, kitobiga, rasuliga va musulmonlar imomi hamda ommasiga», deb aytdilar.

Imom Muslim  rivoyatlari.

(Allohga bo‘lgan xayrixohlik - Unga imon keltirib, aytganlarini qilib, qaytariqlaridan qaytish. Kitobiga bo‘lgan xayrixohlik - undagi narsalarga bo‘ysunib, tilovat qilish. Rasuliga bo‘lgan xayrixohlik- u olib kelgan risolatni tasdiqlash. Musulmonlar imomiga bo‘lgan xayrixohlik- ularga haq yo‘lda bo‘lsalar, ularga yordam berib, itoat qilish. Ommaga bo‘lgan xayrixohlik-amru-ma’ruf, nahiy-munkar qilib hamda aziyat bermaslik bilan bo‘ladi)
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: AbdulAziz 25 Mart 2010, 08:43:19
47-hadis

Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan qaytargan narsamdan chetlaninglar. Buyurgan narsamni qodir bo‘lganingizcha bajaringlar. Chunki sizlardan avvalgilar ko‘p so‘rash va payg‘ambarlariga ixtilof qilish sababli halok bo‘lishdi», dedilar.

Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: AbdulAziz 29 Mart 2010, 17:27:02
48-hadis

Vobisa ibn Ma’baddan (r.a.)  rivoyat qilinadi.
Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaxshilik va gunoh haqida so‘rash uchun keldingmi?» dedilar. Shunda bu zot: «Ha», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qalbingdan fatvo so‘ra. Yaxshilik - nafs va qalb unga xotirjam bo‘lganidir. Gunoh - nafs xira bo‘lib, qalb beqaror bo‘lganidir. Agar kishilar senga fatvo berishsa ham va berdirishsa ham», dedilar.
Imom Ahmad va Doramiylar  rivoyati.


Navvos ibn Sam’ondan (r.a.)  rivoyat qilinadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaxshilik husni xulqdir. Yomonlik - nafsing kirlanib, kishilar undan xabardor bo‘lishlarini karih ko‘rganingdir», dedilar.
Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: AbdulAziz 05 Aprel 2010, 10:22:33
49-hadis:

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, yaxshi narsalarni gapirsin yoki jim tursin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, qo‘shnisini hurmat qilsin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin», dedilar.

Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: registan 05 May 2010, 20:51:22
Абу Ҳурайра розисллоҳу анҳудан ривост қилинади:

«Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Қачон ср кечаси сз аҳлини уйғотиб, икковлари бир бслиб намоз сқисалар, зокир ва зокиралар қаторига ёзиладилар», дедилар».

Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: registan 02 Iyun 2010, 17:55:28
Ибн Аббосдан ривост қилинади:

«Унинг олдига бир одам келиб:
«Мен бир аёлга совчилик қилувдим у менга никоҳланишдан бош тортди. Ўша аёлга мендан бошқа одам совчилик қилган сди, уни схши ксриб, унга тегмоқчи бслди. А ашк қилиб ҳалиги аёлни слдириб қсйдим. А­нди мен тавба қилсам бсладими?» деб ссради.
«Онанг тирикми?» деди.
«Йсқ», деди.
«Унда Аллоҳ азза ва жаллага тавба қил. Унга қслингдан келганича қурбат ҳосил қил!» деди.
Ато ибн Ясор айтади: Кейин Ибн Аббоснинг олдига бориб:
«Аима учун ундан онанг тирикми деб ссрадинг?» дедим.
«Мен Аллоҳ азза ва жаллага онага схшилик қилишдан ксра сқинроқ амални билмайман», деди».
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Shukrona 22 Iyul 2010, 06:15:14
Abu Hurayra (r.a)dan rivoyat qilinadi:"Rasululloh sollallohu alayhi vassallam:"Vaqtiki,musulmon banda taxorat qilsa, bas, u yuzini yuvganida o'sha suv yoki suvning oxirgi qatrasi ila uning ikki ko'zining nazari orqali qilgan xatolari yuzidan to'kiladi.Vaqtiki, ikki qo'lini yuvsa,o'sha suv ila uning ikki qo'li bilan qilgan xatolari to'kiladi.Vaqtiki, ikki  oyog'ini yuvsa, o'sha suv ila ikki oyog'i bilan yurib qilgan xatolari to'kiladi.Shundoq qilib u gunohlardan pok bo'lib chiqadi",dedilar". :amn:
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Lu`lu` 31 Iyul 2010, 10:13:09
                                                      :bs1:
"O`z nafsingizdan fatvo so`rang! Qalb va nafs xotirjam, qaror topib qilingan ish ezgulikdir. Qalbni g`ash qiluvchi (vijdonni azobga soluvchi) har qanday ish gunohdir. Kishilar fatvo bersalar ham, siz o`z qalbingizdan fatvo so`rang!"  (Ahmad ibn Hanbal.Musnad, 228-bet)
48-hadis ham shu haqda ekan
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Isroilov Islom 09 Avgust 2010, 23:09:09
hadislar uchun rahmat
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: yoqutxon 24 Oktyabr 2010, 21:09:21
54-hadis

Abu Hurayra(r.a)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh(s.a.v) dedilar:

"Quyidagi olti narsa kelmasdan burun yahshi amallarga shoshilinglar: quyoshning mag'ribdan chiqishi, duhon-tutun, Dajjol, Dobba, biringizning fitnalarga(uchrashi) va umumiy fitnalarning (kelishi)"

Muslim rivoyati
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: yoqutxon 25 Oktyabr 2010, 22:32:31
55-hadis

Payg'ambarimiz(s.a.v) dedilar:
- Hikmatli gap mo'mining yo'qotib qo'ygan narsasi kabidir-qayerda topsa, o'sha yerda olishga haqli.
Termiziy:2611;Ibn Moja: 4159
[/color]
     

Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: yoqutxon 27 Oktyabr 2010, 10:08:45
56-hadis

Rasululloh(s.a.v) aytganlar:

- Payg'ambarlar bir dinor, xatto bir dirham ham mol-dunyo meros qoldirmaganlar. Ular ilmni meros qoldirganlar. O'sha merosdan nasibador bo'lganlar, buyuk baxtga muyassar bo'lganlardir.

Termiziy:4616;Ibn Moja:219,221;Ahmad:20722
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: JeeS 02 Dekabr 2010, 16:16:01
 :bsm:

BESH MING QO'YDAN AFZAL

XAZRATI ALI ROZIALLOHU ANHUDAN RIVOYAT QILINADI:
"PAYG'AMBAR(S.A.S)BIR KUNI MENDAN:
-EY,ALI SENGA BESH MING QO'Y BERAYMI YOKI HAM DUNYO HAM OXIRAT UCHUN FOYDALI BESH KALIMANI O'RGATAYMI?-DEB SO'RADILAR.
-YO RASULLALLOH BESH MING QO'Y OZMUNCHA FOYDA EMAS.BIROQ  MENGA O'SHA FOYDALI KALIMANI O'RGATISHINGIZNI HOHLAYMAN,-DEDIM
SHUNDA ULAR:-ALLOHIM,GUNOXLARIMNI MAGFIRAT QIL.MENGA KENG FE'L VA HALOL BIR DAROMAD NASIB ET.NAFSIMNI BERGAN RIZQINGGA QANOATLI QIL VA QALBIMNI O'ZING MA'N ETGAN NARSALARGA MOYIL QILIB QO'YMA"- DEDILAR.
Nom: Икки сўкишганнинг гуноҳи биринчиси зиммасида
Yuborildi: Habib 02 Dekabr 2010, 16:33:07
Абу Ҳурайра розисллоҳу анҳудан ривост қилинади:
«Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Модомики, икки сскишган айтишар скан, (гуноҳи) бошлаганнинг зиммасида. Агар мазлум тажовуз қилмаган бслса», дедилар».
Шарҳ: Биз бу ҳақиқатни тушуниб олишимиз керак. Бировни сскиш, унга қаттиқ гапириш керак смас. Чунки у киши жавоб қайтарса, гуноҳ тенг бслинади.
Агар мазлум сскишга сскиш қайтармаса, гуноҳ батамом биринчи бошлаган кишига бслади.
Бу ҳадиси шарифда бошланган фитнанинг авж олишдан сақлашнинг ажойиб услуби тақдим қилинмоқда.

Анас ибн Молик розисллоҳу анҳудан ривост қилинади:
«Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Модомики, мазлум тажовуз қилмаса, икки сскишган айтишар скан, (гуноҳи) бошлаганнинг зиммасида», дедилар».
Шарҳ: Бир киши бошқа бир кишини сскса, иккинчи киши жавоб қилмай турса, гуноҳ биринчи кишига бслиб тураверар скан. Иккинчи одам ҳам чегарадан чиқиб, сска бошласа, уриш-жанжал бошланиб кетса, гуноҳга икковлари ҳам тенг шерик бслиб қолар скан.
Иккинчи киши «сскишмаган, сабр қилган кишига ажр бслади» деган нистда сабр қилса, гуноҳ биринчи кишига ёзилиб тураверар скан. Бироқ бу киши ҳам сскишиб кетса, икковлари ҳам гуноҳда, маъсистда шерик бслишар скан.

Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Азҳ нималигини биласизларми?» дедилар.
«Аллоҳ ва А асули билгувчидир», дейишди.
«Одамларнинг орасини бузиш учун баъзисининг гапини баъзисига ташишдир», - дедилар».

Шарҳ: Бу ҳадисда зикр қилинган иш жуда катта гуноҳ скан. Уриштириб қсйиш, орасини бузиш ва бошқа ғаразгсйлик мақсадида бировнинг гапини бошқа одамга чақимчилик қилиш, гап ташиб юриш ана шундай катта гуноҳ ҳисобланар скан.
Биз ушбу гуноҳдан сақланиб, одамларнинг орасини бузишдан, уларнинг гапларини чақимчилик йсли билан ташиб юришдан сақланишимиз зарур.

Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Албатта Аллоҳ Азза ва Жалла менга ваҳий қилиб: «Тавозеъли бслинглар! Баъзингиз баъзингизга тажовузкорлик қилманг!» дедилар»
Шарҳ: Бир-бирингизга душманлик маъносидаги гап-ссз, ҳатти-ҳаракатларни қилманглар, балки камтар, тавозеъли бслинглар, сзларингизни паст тутинглар, деган сканлар.
Мсмин-мусулмонлар мана шу ҳадиси шарифларга амал қилиб, мутавозеъ бслишлари, сзларини паст тутишлари, бир-бирларига душманлик қилмасликлари керак.

Муслимаат.уз (http://muslimaat.uz/content/view/971/111/)
 
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: _IYMONA_ 05 Dekabr 2010, 10:40:04
4 та схши иш борки, улар пайгамбарларнинг суннатларидан хисобланади: Хаё, хушбуйлик, мисвок тутиш ва уйланишликдир. (Термизий ривости)
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Mirоlim 06 Dekabr 2010, 16:04:08
:bsm:
 :as:

А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар:

«Кечанинг срми ёки учдан бири кетгач

Аллоҳ таборака ва таоло қуйи осмонга тушади ва субҳи ёришгунигача:

Ссраган борми, унга берилади? Дуо қилган борми, унга ижобат қилинади?

Мағфират ссраган борми, уни мағфират қилинади?, — дейди» (Имом Муслим 1263)



Имом Абу Довуд ва Термизий Абу Умома р.а дан ривост қилган ҳадисда

А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам:

«Одамлардан Аллоҳнинг раҳматига сқинроғи саломни биринчи бошлаган кишидир»,

дедилар.




"Qabrga tayyorgarliksiz kirgan odam, kemasiz dengizga tushgan kishiga o'xshaydi"
Abu Bakr Siddiq (r.a)



Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

"Befoyda so'zlarni tark qilish kishining Islomi chiroyligidan (dalolat)dir"- dedilar.

Imom Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati.

Umar ibn Xattobdan  rivoyat qilinadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
 «Albatta, amallar niyat bilandir. Har bir kishi niyat qiluvchidir. Kimning hijrati Alloh va rasuli uchun bo‘lsa, bas, Alloh va rasuli uchun hijrat qilibdi.

Kimning hijrati dunyoga yetishish yoki xotinga uylanish uchun bo‘lsa, uning hijrati o‘sha narsaga bo‘libdi».



Rosululloh (sav) :
"Odam qiladigan gunohi azimlardan biri - ota-onasini haqorat qilmoqdir!" - dedilar.

Shunda: "Yo Rosululloh, odam o'z ota-onasini qanday qilib haqorat qilmog'i mumkin", - deyishdi.

Janob Rosululloh (sav):
"Birovning ota-onasini so'kkan odam o'z ota-onasini haqorat qilgan bo'lur", - deb javob qildilar.

(Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar, Imom Buxoriy)


Rosululloh (s.a.v.) dedilar:

"Bir-biringizga adovat, hasad qilmanglar, bir-biringizdan yuz o'girib ketmanglar.

Allonhing aka-uka bandalari bo'linglar.

Hech bir musulmonga birodari bilan uch kundan ortiq arazlashib yurishi halol bo'lmaydi".


(Imom Muslim rivoyati)



Abu Hurayra (r.a.) Abdurahmon ibn Saxr (r.a.) dan rivoyat qilinadi:

Rosululloh  (s.a.v.):

"Albatta Alloh jismlaringiz va suratlaringizga qaramaydi. Lekin U zot qalblaringizga qaraydi", dedilar.


(Imom Muslim rivoyatlari)

Anas (r.a.) dan rivoyat qilinadi. Rosululloh (s.a.v.):

"Agar bir banda har luqma tanovul qilayotganda va har ho'plam ichimlik ichayotganida Allohga hamd aytsa, Alloh taolo o'sha bandasidan albatta rozi bo'ladi", dedilar.

(Imom Muslim rivoyati)

Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilinadi:

"Nabiy (s.a.v.) aytdilar. Musulmonning musulmondagi haqqi beshtadir:

1. Salomga alik olish;

2. Bemorni ko'rish;

3. Janozaga ergashish;

4. Da'vatiga javob berish;

5. Aksa urguvchiga yaxshilik tilash;

dedilar"


Beshovlari rivoyat qilishgan.

Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Saliha 08 Dekabr 2010, 17:25:27
 :bsm:
Paygambarimiz sallallahu alayhi vasallam:
< Muhammad va uning ahli baytiga salovat aytmaguncha qilingan duo ijobat maqomiga etib bormaydi>, deb aytganlar. ( Buhoriy)
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Saliha 09 Dekabr 2010, 14:20:07
   :as:
PS.  hadislani bugun yod olish shartmi?.. man bugun yod omagan bo'sam ham bilganlarimni yozyotgandim..
 :bsm:

Rasululloh (SAV)  dedilar : " YEr yuzida amallarning afzali uchtadur: Ilm talab qilish, nafsiga qarshi kurashish va Kasb qilish. Ilm talab qiladigan kiwi Allohning sevikli bandasidur. Nafsiga erk bermaydigan inson Allohning yaqinidir. Hunarlisi esa Allohning Do`stidir!".
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: MaHfiYa 11 Dekabr 2010, 19:16:13
  :bsm:
Abu Hurayra Abdurahmon ibn Saxr r.a dan rivoyat qilinadi, Rasulullah s,a,v  Albatta Allah
 sizlarni jisimlaringizga yo suratlaringizga emas ,balki u zot qalblaringizga qaraydi, dedilar.
Muslim rivoyati.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Lu`lu` 23 Dekabr 2010, 11:54:52
                                        :bs1:
   
Абу Хурайра(р.а.)дан:"А осулуллох с.а.в."Батахкик,мен 1кишини одамларга намозга утиб беришни амир килиб,узим хилоф килиб,намозга келмаспганларга бориб,уларнинг уйларига утин калаб туриб ёкиб юборишни касд килдим.Агар бирлари семиз гуштли сускни топсалар,унга хозир булардилар""дедилар
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Anorushka 24 Dekabr 2010, 08:58:55
Prophet Muhammad (peace be upon him) said, "A person will not be able to move from his place (on the day of retribution), until he replies to five questions: How did you spend your life? How did you spend your youth? Where did you earn your wealth from? Where did you spend your wealth? How much did you act upon your knowledge?" [Tirmidhi - Termiziy rivoyati]
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Aqoid 24 Yanvar 2011, 16:25:31
 :bsm: Abu Hanifa(r.al.) Muhammad ibn Munkadirdan, u Umayya binti Ruqayqadan rivoyat qiladi.Umayya (r.a)aytdi:"Nabiyga(s.a.v)Bay'at qilish uchun borganimda Hazrati Payg'ambar(s.a.v):- Men ayollar bilan qo'l ushlamayman,-dedilar".
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Shokir 25 Yanvar 2011, 14:05:33
Имом Аҳмад «Муснад»да
саҳиҳ санад билан
келтирган ҳадисда Абу Зар
розисллоҳу анҳу шундай
дейдилар:
Халилим соллаллоҳу
алайҳи ва саллам мени етти
нарсага буюрганлар:
1. Мискинларни дсст
тутишга ва уларга сқин
бслишга;
2. Дунёвий ишларда
сзимдан қуйи одамларга
қарашга, сзимдан
юқориларга қарамасликка;
3. Қариндошларим юз
сгирсалар-да улар билан
борди-келди қилишимга;
4. Бировдан бирон нарса
ссрамасликка;
5. Аччиқ бслса-да ҳақни
гапиришга;
6. Аллоҳ йслида
маломатчининг
маломатидан
қсрқмасликка ;
7. «Ла ҳавла ва ла
қуввата илла биллаҳ»ни
ксп айтишга, зеро бу
калималар аршнинг
остидаги хазинадан
олинган.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Sadulla 11 May 2011, 05:58:42
 :as:

Muslim ibn al-Horis attamimiy (r.a.)dan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollalohu alayhi vasallam menga maxfiy ravishda :

«Shom namozini o'qib bo'lganingdan keyin yetti marta "Allohumma ajirnii minannar" deb aytgin.Agar sen o'shani aytsangu mazkur kechada o'lsang,senga undan saqlanish yoziladi.Bomdodni o'qib bo'lganingda ham o'shani aytgin.agar shu kunda o'lsang,senga undan saqlanish yoziladi",dedilar"

Abu Dovud rivoyat qilgan.

Sharh:"Allohumma ajirnii minannar"ning ma'nosi "Allohim,meni do'zaxdan saqlagin"deganidir.
Senga undan saqlanish yoziladi,degani do'zaxdan saqlanish yoziladi,deganidir.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Mahdiyah 28 Iyun 2012, 04:36:48
Assalamu alaykum.
Ilgari bunaqa deb o'ylamagandim, shu hadisni o'qib bilib oldim.

Балоғатга етмаган, отаси йсқ ёш болани етим, дейилади. Отаси бор ёш бола етим смас. Шунингдек, балоғат ёшига етгандан кейин ҳам етимлик қолмайди.

Али розисллоҳу анҳудан ривост қилинади: «А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламдан: «А­ҳтиломдан кейин етимлик йсқ, кундузи кечқурунгача жим юриш йсқ»ни ёдлаб олдим». Абу Довуд ривост қилган.
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Mahdiyah 03 Noyabr 2012, 12:43:43
Muslimaat da bitta hadis o'qib qoldim, juda yoqdi.

Payg'ambarimiz alayhissalom aytganakanlar: "Ayolning xush qadamligi uning birinchi farzandi qiz bola bo’lishligidadir"
Nom: Re: Bugun men yod olgan HADIS...
Yuborildi: Bobur Sharipov 10 Dekabr 2012, 23:31:29
Payg'ambarimiz(s.a.v) hadislaridan:
"Qaysi biringiz tongda uyqudan uyg'onganida oilasi tinch,tani sog' va uyida bir kunlik yeguligi bor bo'lsa,bilsin,unda dunyodagi barcha ne'matlar mujassam ekan"(Imom Termiziy rivoyati)
Nom: Javob: Bugun men yod ololmagan HADIS...
Yuborildi: Salsabil 22 Fevral 2013, 11:00:35

Аабий саллалоÒ³у алайÒ³и васаллам дедилар: "Ким суннатимни тирилитирса, Ò³аÒ›иÒ›атда мени схши ксрибди. Ким мени схши ксрса, жаннатда мен билан бирга бслур".
Сижзий Анасдан Ò›илган ривост.
Nom: Javob: Bugun men yod ololmagan HADIS...
Yuborildi: Salsabil 22 Fevral 2013, 11:06:36
Аабий саллалоÒ³у алайÒ³и васаллам дедилар: "Агар АллоÒ³ таоло бир бандага схшиликни хоÒ³ласа, бу дунёнинг сзида (Ò›илган гуноÒ³и учун) уÒ›убатни тезлатиб Ò›ссди. Агар АллоÒ³ таоло бир бандага ёмонликни хоÒ³ласа, Ò›илган гуноÒ³ига сраша жазони тсхтатиб туради Ò³амда Ò›иёмат куни тсла-тскис Ò›илиб беради".
Имом Табаронийнинг Аммор ибн Асир (р.а.)дан Ò›илган ривости.