forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Madaniyat => Mavzu boshlandi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:12:53

Nom: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: maknuna 16 Iyul 2006, 05:12:53
Assalomu alaykum!
Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilsa bo'ladi?
Qanday yutuq va kamchiliklari bor deb o'ylaysiz?
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:35:27
hamma ko'rsatuvlarni ham emas-u, ba'zilarini ko'rsa bo'ladi.
Men asosan informatsion ko'rsatuvlarni tomosha qilaman.
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Laylo 16 Iyul 2006, 07:37:16
men TVdan voz kechganman :)
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Odina 16 Iyul 2006, 09:26:42
Assalomu Alaykum!!!

Men xam tilvizor kormiman.Rosa zeriksam radyo eshitaman
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Munira xonim 16 Iyul 2006, 09:42:19
Assalamu alaykum.
O'zi TVda tomosha qiladigan ko'rsatuvlar bormi???
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: AbdulAziz 19 Iyul 2006, 04:06:25
Assalamu alaykum.
O'zi TVda tomosha qiladigan ko'rsatuvlar bormi???

ha, ba'zida uchrab qoladi...

PS. Men ham TVni deyarli 7 yildan beri ko'rmayman.
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Shoxjahon12 04 Avgust 2006, 10:31:09
Assalomu alaykum!
Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilsa bo'ladi?
Qanday yutuq va kamchiliklari bor deb o'ylaysiz?
Men ko'proq "Sport" kanalini ko'raman. Asosan informasion ko'rsatuvlarini ko'raman. Teletranslyasiyalarni qoldirmayman.  "Sport" kanalini kamchiliklari: ko'p yangiliklarni juda kech beradi. "Bellashuv" degan ko'rsatuvi bor ekan: qiziqmikan deb ko'rsam, jonli ijrodagi qo'shiqlar bellashuvi ekan, men sport musobaqasi deb o'ylabman...:)
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Mahdiyah 05 Avgust 2006, 21:27:12
TV da ko'rish uchun albatta ko'rsatuvlar bor.

Man ham uncha TV tomosha qilmaymanu, lekin ba'zida qiziqarli ko'rsatuvlar bo'lsa qiziqib vaqtim o'tib ketganini bilmay qolaman.
aynisa "Vokrug sveta" ko'rsatuviga oxshagan dasturlar juda yoqadi.
Keyin Rambler, Diskovery kanallaridaki ko'rsatuvlar juda qiziq va foydali manimcha
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Shahina 04 Yanvar 2007, 00:13:01
Man Yoshlarni ko'rib turaman.
Hammasi mas-ku, lekin ba'zi ko'rsatuvlari boshqa telekanallardan ajrab turadi.
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: JustMe 25 Aprel 2007, 23:46:37
news! Toshkentda davr ahbarot , intelektual , peredachalar bir bir kurardim, lekin hozir umuman tel kurmiman news va yani habarlar inetdan bilib olish qulay va kupro malumotka ega bulas;)
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: ikbaljohn 26 Aprel 2007, 11:38:55
Sport telekanali-Neftchini o'yinini to'g'ridan - to'g'ri obergani uchun ko'rishni boshladim.Toshkent kanali yaxshi va yangi kinolarni qo'yyapti.Markaz tv bekorchilkda kor;adigan kanal.Yoshlar zo'r.Yaxshi ko'rsatuvlari bor.
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Akmal 09 Avgust 2007, 04:35:34
Телевизор ксришга вақт қани. Бслганда ҳам парабалкада каналлар тиқилиб ётибди... Аоиложликдан баъзида кинолар ксриб қолишим мумкин...
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2007, 12:51:50
Hamma kanallarning kamchiligi va bir-biriga o'xshamaydigan jihatlari bor.
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Iroda 11 Avgust 2007, 16:30:38
-Man ishdan keyin Koreys serialidan boshqa umuman TV kormiman.
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Domla 07 Noyabr 2007, 11:05:37
Uzb. kanllarini deyarli ko`rmiman... Faqat Ramazon oyida ko`rib qomasam.
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Huseyn 07 Noyabr 2007, 14:45:44
Yoshlar telekanali kechki dasturidagi so'nggi ko'rasatuv - "Taskin" menga yoqadi. nozima vohidovaning "Bekat" va G.Musajonovaning "Oddiy haqiqatlar" ko'rsatuvi yoqadi.
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Muzayyana 13 Noyabr 2007, 13:36:59
"Yoshlar" kanalini bazi dam olish ko'rsatuvlarini ko'rsa bo'ladi, qolganlaridan ayniqsa siyosiy ko'rsatuvlardan ensam qotadi, yolg'ondan boshqa gap yo'q! Bu mani shaxsiy fikrim!
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Foniy 23 Noyabr 2007, 09:41:00
Assalomu alaykum!
Men deyarli televizor ko'rmayman, yaqinda O'zbekiston telekanalida ertalab efirga uzatilayotgan "TAQDIR CHORRAHALARIDA" deb nomlangan ko'rsatuvni ko'rib qoldim, juda yaxshi ko'rsatuv ekan, tarbiyaviy jihatlari anchagina yuqori, sizga ham ko'rishni maslahat beraman.
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Oskar 23 Noyabr 2007, 11:29:44
Yoshlar TVda nechta xodim ishlaydi?
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Foniy 26 Noyabr 2007, 10:37:44
Assalomu alaykum!
Mehr ko'zda ko'rsatuvi ham yaxshi ko'rsatuvlar sirasiga kiradi,.. qarindosh-urug'laridan judo bo'lib, ularni izlab yurganlarni, topishib, ko'zda yosh bilan diydorlashganlarni ko'rib o'ylanib qolasan kishi: biz bu besh kunlik dunyoda yaqinlarimizning qadriga yetyapmizmi, bir yilda bir marta bo'lsa ham uzoqlardagi qarindoshlarimiz holidan xabar olyapmizmi?..(bunday savollar anchagina)
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Salmoni Forsiy 28 Noyabr 2007, 03:15:54
Hech qaysi kanalni ko'rmayman,LOL!!!
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: asadov 06 Dekabr 2007, 14:19:07
TV mavzusi juda ham muhim mavzulardan biridir! Chunki TV jamiyatni shakllantirishda muhim qurollardan biridir.
Man uzim TV ga kam vaqt topaman chunki, bush vaqt topish sal muammoyu, shunda ham TV dan ma'naviy ozuqa olmayman.
Hozirgi kunda Uz TV da axborot yo ma'rifiy dasturlar emas balki, bema'ni qushiqlar, chet el seriallari bosib ketgan.
Kup narsaga tushunmagan yoshlar hayot shu ekan degan notugri fikrga borib, shu kunning uzida uz natijasini bermoqda. Kiyinishda odobda bu narsa uzining salbiy oqibatlarini bermoqda.
Hamma uziga kerakli narsani topib oladi deganlaridek, ma'naviyatli odamlar uzlariga kerak narsani topib kuradilar. Ongi past, dunyoqarashi tor odamlar har doim bema'ni kursatuvlarni kuradilar. Chunki 5 barmoq bir xil emas.
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: abdu3333 16 Yanvar 2008, 22:07:36
Assalomu alaykum to'grisi bizning telekanallarda yaxshi ko'rsatuvlar bor ammo ba'zi jiddiy kamchiliklardan ham xoli emas
bunga juda ko'plab misollar keltirish mumkin MASALAN :
TV1 va Yoshlar telakanalida efirga uzatiladigan meksika va turkiya teleseriallarini to'g'risi oila davrasida o'tirib ko'rishga odam uyaladi saviyasi naqadar past  bo'lgan seriallar undan ko'ra  milliy kinolar, yoki ilmiy ommabop  ko'rsatuvlar berilsa  yaxshi bo'lardi.
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: djepotai 17 Yanvar 2008, 10:29:11
Авваламбор Ассалому Алейкум. Олдиндан кирилл тилида ёзганим учун узр. Куп йиллардан бери кирилл тилида чоп стиб келаётгандим. ТВ хакида мавзу очганингиз схши..  Аммо, бирок танловда 1-2 та кушимча: "бирортаси хам ёкмайди", ёки "бошкалар (руйхатда мавжуд булмаган ТВ ва нимага, кискача маълумот) деган банд кушилганда, максадга мувофик булармиди. Тугрисини айтсам, менга бирорта узбек каналидаги ТВ ёкмас сди, аммо 1-1,5 йил ичида улар билар даражада узгарган, буни шахсан тан оламан ва руйхатингизда мавжуд булмаган ТВ-Марказ хамда мавжуд булган Ашлар каналини танлайман.
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 08 Fevral 2008, 18:00:12
Assalomu alaykum! Bu mavzuni birma-bir o'qib chiqdim. Umid qilgan edim: bizni ko'rsatuvni nomi ham aytilganmikin degandim. Afsus. Albatta, bitta ko'rsatuvni hammaga manzur bo'lishi qiyin. Kimnidir umuman TV ko'rishga vaqti yo'q. Kimdir esa shunchaki qiziqmaydi. Hatto o'zim ham xozir TV ko'rolmayapman. O'qish, bu yoqda ish. Niyatim oltindan qimmat vaqtizni ayamasdan O'zbekiston telekanalida beriladigan "Zakovat" Intellektual o'yinini bir kuzatib ko'ring. Balki sizga yoqar. Agar yoqmasa demak xali biz ancha ishlashimiz kerak ekan.
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Miss Shaxrizoda 21 Fevral 2008, 21:47:23
Assalomu Alaykum! Man O'zbekiston kanalidagi ilmiy-ommabop filmlarni ko'rib turaman.
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: dilshodnod 22 Fevral 2008, 13:11:47
 Man ham ko'pchilik qatori TV ko'rmiman chunki  uyda TV yo'q  agar bo'lganda ham ko'rmasam kerak chunki  ko'radigan narsa yo'q.
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Intizor 24 Fevral 2008, 06:59:32
Kustoni ko'rardim qiziqib.. Hozir ko'radigan narsani o'zi yoq . ;D
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: BaÑ…tiyor 02 Aprel 2008, 02:13:56
Hamma kanallarni birdek qiziqib tomosha qilaman, lekin hozirda o'zimizda TV-Markaz kanalini ko'raman.
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Mahdiya 03 Aprel 2008, 21:05:53
Assalomu alaykum.
Men deyarli televizor ko'rmiyman,aniqrogi hushlamiyman.
Hamma kanaliarda  faqat oldi qochdi gaplar.
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Shoxjahon12 04 Aprel 2008, 19:02:32
"Forum TV' degan kanal ochilibdi.
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: BaÑ…tiyor 05 Aprel 2008, 18:09:33
"Forum TV' degan kanal ochilibdi.

Yo'g'e, bu kanalni qanaqa qilib topsa bo'ladi...?...
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Amina 07 Aprel 2008, 17:39:21
tug`risi hozirgi kunda tv kurishga ham qurqadi odam. shuning uchun hech qanaqa kanalni kurmiman!
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Musannif Adham 11 May 2008, 05:57:35
Bizning televideniye hozir g'irt bekorchilar uyasiga aylanib qolgan. Bundan uch-to'rt kun oldin kursdoshimning qo'lida ko'rsatuvlar dasturi berilgan gazeta ko'rib qoldim. Birgina O'zbekiston TV ning o'zida kuniga 4 ta serial berilar ekan. Yana uni kunduzi qaytarib qo'yisharkan. Bunda 8 ta serial bo'ladi. Agar har bir serial, orasidagi reklama bilan qo'shganda o'rtacha 40-45 daqiqa davom etsa, bir kunda 5,5-6 soat vaqt shunga sarflanar ekan. Mana bugun xalqimiz nimalar bilan mashg'ul?!
2002 yildan beri muntazam ravishda televizor ko'rishni yig'ishtirganman. Yashasa bo'larkan. Axborotlarni asosan Internet yoki gazetalardan olaman.
Umuman bizning sharoitda televizor ko'rgandan ko'rmagan ma'qul bo'lib qoldi. Har holda ortiqcha vaqtingiz yoningizga qoladi.
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Ahmadiy 11 May 2008, 16:39:29
-Balki bekorchilikda ko'z tushib qolar... Lekin shunda ham "buzuqlik qutusi"ga ko'pam berilavermayman... chunki hozirgi "seryallar" va bazi ko'rsatuvlar faqatgina "etiqodni emiruvchi kislata"lar bo'lib hizmat qiladi holos... Aslida TV qarshisida o'tirishga vaqtni o'zi qayda deysiz... Va Payg'ambarimiz (s.a.v) bashorat qilganlari "Bir ko'zli Dajjol" ham shu TV mikan-a deb o'ylab qolaman... sabab hammani o'ziga qaratgan va yo'ldan ozdirgan NAMOZlarni "qazo" qildirgan qizlarni "echintirgan" bolarni "dayus" qilgan... ham shu "bir ko'zli Dajjol","buzuqliklar qutusi" TV........
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: MUTLU 11 May 2008, 19:18:08

Brodar gaplariz balki to'g'ridir. man aytgan gaplarizga umuman qarshilik qilmayman. Lekin ayni payitda odam o'zini ichidagi gaplar erkin gapirish ham to'g'ri kelavermaydi. Shuni bir o'ylab ko'rsinlar???
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Ahmadiy 12 May 2008, 19:16:36

-Ha gapingizga man ham qo'shilaman... Sizdan faqat do'stona taklif va yordam chiqishiga ishonaman... Lekin do'stim "qalb vulqoni" degan narsalar ham borda insonda...
Mayli yana bir bora tashakkur...
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Amina 23 Iyun 2008, 13:27:20
assalomu alaykum, man odatda TV ko`rmayman. chunki hozirgi kunda buni foydali taraflari yoq. faqatgina avvalgi o`zbek filmlari berilsa, "Hidoyat sari" yoki biror yaxshi xonanda kuylasagina korishim mumkin. aksar hollarda vaqtimni yaxshiroq narsaga sarfliman.
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Abdulhafiz 03 Fevral 2009, 00:46:07
Men "sport" da tuzukroq o'yin bo'lsa, futbol ko'rishim mumkin. Boshqa ko'radigon narsani o'zi yo'q.
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: zuhrahon 25 Aprel 2009, 09:18:36
Assalomu  alaykum  Olloh  barchamizni  o'zi  hohlaganidek  tarbiyat  qislin.
men  esa  telvizor ko'rmiman  vaqt  yo' toshkenda yangi kanllarni ham bilmiman bizada 3 ta kanal oladi toshknet yoshllar titivi lekin  ko'rishga  vaqti  yo'  shunisiga  shukur ;D
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Ansora 01 Sentyabr 2009, 14:40:43
Tv-da bazan juda yaxshi narslar chiqib qolardi eskidan. Hozir bilmadim. Lekin kecha qani endi O'zbekiston kanallaridan biri bo'lsa edida, men ham Mustaqillik konsertini ko'rsaydim, deb o'yladim:(
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Ansora 19 Dekabr 2009, 15:20:55
Eskidan "Otalar so'zi-aqlning ko'zi" degan ko'rsatuv bo'lardi, haliyam bormi?

İnsonlarimizda juda foydali bo'ladigan voqealar teatr holida ko'rsatilardi.

"Zarang kosa"ni ko'rganimga balki 10 yil bo'lgandir, lekin huddi kecha ko'rganday esimda...

Ko'rsatuvni olib boruvchi otaxonni juda yaxshi ko'rardim...Nurli yuzlari bor edi, Alloh rahmat qilsin. Vafot etganlarini eshitgandim....
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Akbarjоn 26 Yanvar 2010, 17:11:00
Iqtibos
Eskidan "Otalar so'zi-aqlning ko'zi" degan ko'rsatuv bo'lardi, haliyam bormi?

İnsonlarimizda juda foydali bo'ladigan voqealar teatr holida ko'rsatilardi.

Xozir shu "Otalar so'zi aqilning ko'zi" ni "Umr manzaralari" hamda "Turmush chorahalari" deb nomini ozgartirishib ko'rsatishyabdi, nomlari qayta qayta o'zgaraveradi, xar xar zamonda yangilarini berib qolishadi

Iqtibos
Ko'rsatuvni olib boruvchi otaxonni juda yaxshi ko'rardim...Nurli yuzlari bor edi, Alloh rahmat qilsin. Vafot etganlarini eshitgandim....
Oldinlari shu ko'rsatuvni ko'rganimizda eex shunqa odamlar xam bo'larmikan deb o'ylardik, xayron qolardik, bora bora o'zimiz ham tanqid qilingan shu kishilarga o'xshab boryabmiz... Alloh asrasin
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Munavvar Bonu 01 Mart 2010, 10:06:08
men oxirgi marta O'zbekistondaligimda televizor ko'rganimdim.Rossiyada biron marta TVni tomosha qilganim yoq. chunki ko'rishga arzirli narsani o'zi yo'q. hammasi behayo filmlarva reklamalar bilan to'lib ketgan
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: UzMuslim 14 Aprel 2010, 13:54:00
Man Agar Noboda Tv Ko'rsam albatta Sport telekanalini Ko'raman Bazi Bazida..
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: abdu3333 18 Avgust 2011, 18:30:27
Bizlarni telekanallar juda zerikarli  ayniqsa bir xil tipdagi seriallar juda zerikarli . :(
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Aqoid 19 Avgust 2011, 12:15:29
O'zbekiston terma jamoasi o'yinlarini ko'raman,sport tvda
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Ansora 19 Avgust 2011, 12:48:20
Zerikarli bo'lsayam qani endi bir kanal "sayrab" tursa edi:)
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Humayro 19 Avgust 2011, 13:25:26
Prabolani tomga qistirib qoymismi opa ))

mani ayamni dardiyam shu edi, har ikki gapida ko'z yosh qivolardilar, mana endi bittasi sayrab turadi, zerikarli bo'lsayam, lekin ayam xursand  :7
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Donishmand 19 Avgust 2011, 13:41:22
O'zbekiston telekanallarining hammasini ko'ramiz, faqat yoqqan ko'rsatuvlarini. Yoqmaganlarini aytish osonroq manimcha, chunki ularning salmog'i baland hozirda.
Uyga kelsam "Turmush chorrahalarida"ni ko'rib o'tirishgan bo'ladi ba'zan. Men iltimos qilaman doim, uydagilardan, shu ko'rsatuvni ko'rmasliklarini. Balki men noto'g'ri fikrlayotgandirman, lekin bu ko'rsatuv tomoshabinni tushkunlikka, kimgadir nisbatan nafratga, behuda siqilishga, asabiylashishga olib keladi. Ba'zi ko'ngli bo'shlar buni ko'rib yum-yum yig'lashadi ham, koshki edi o'shalar behuda o'tayotgan umrlari uchun shunday yig'lashsa. Achinarlisi, shu senariyni kimdir yozgan, o'zicha qandaydir taqdir yaratgan, Olloh saqlasin...
Bir misol, keksayib qolgan ona qishlog'idagi uyiga sig'madi, shahardagi o'g'linikiga ham sig'madi. Uch kun ko'chada sarson bo'lib yurgan onani ko'rsatishayapti: - vokzalda, qo'lida tugunchasi, nochor, holdan toygan...
Yonimda o'tirgan do'stlarim o'sha onaning farzandlarini "bo'ralatib" so'kishayapti, men esa ana shuni yozgan senariychi bilan rejissyorni borib bo'g'ib qo'ygim keldi, Onani shunday xor qilganlari uchun! Tomoshabinga asablar taranglashishidan boshqa hech narsa berisholgani yo'q ular.
Ilgarigi "Otalar so'zi..." bilan buning o'rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Hozir o'zini oqlashadi "Biz odamlarga ibrat bo'lsin deb qildik bu narsalarni, bunday qilmasinlar keyinchalik dedik..." va hokazo. Lekin hamma narsaning ham chegarasi bor, yaxhshi tomonlarimiz yo'qmi ibrat bo'ladigan?! Hullas, gapiraman desa gap ko'p bu haqida...
Serilallarni aytmasa ham bo'ladi, ularning bizga berayotgan "ma'naviy ozuqalari"ni ta'riflashga til ojiz. Turkiyadagi bir oilaning muammolari bilan nima ishimiz bor. Qo'shnimizning muammosi ularnikidan o'n marta ortiq. (Bir yaxshi serial olaman degan rejissyor bo'lsa kelsin, butun dunyoga mashhur bo'lib ketadi, bu serialdan keyin :))))
Telekanallarimiz ko'pku, lekin bitta faqat ma'naviyatimizni, milliyligimizni o'ylaydigan, yoshlarimizning kelajakda qanday shakllanishi kerakligi haqida qayg'uradigan kanal yetishmayapti bizga...
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Shuhrat_ 19 Avgust 2011, 22:51:41
 :asl3:
men uzbekiston kanallarini kurmayman nimagadir
men kuradigan kanallar:
euvro news,vesti,,saudia sunnah,saudia quran,saudia 1
ayniqsa wu kanallarda (saudi1)taroveh namozlari,hadm quronlar juda zur,tasirli bulyapdi
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Aqoid 20 Avgust 2011, 03:31:00
Saudia sunnah bilan saudia quran qaysi yo'ldoshdan uzatilyapti? Asiasat dan olib qo'yildi-da shu kanallar.
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Shuhrat_ 20 Avgust 2011, 10:30:26
saudi-sunnah (Hotbird  12380 v 27500)
saudi-quran  (Hotbird  12654 H  27500)
saudi1            (Hotbird  12654  H  27500)
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Aqoid 20 Avgust 2011, 13:05:32
Hotbird ga o'tib ketganmidi? Biziki Turksat da
Nom: Re: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Dostonbek_N 06 Sentyabr 2011, 13:31:38
Man asosan Sport TV ni tomosha qilaman.
Nom: Javob: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: sadida 01 Fevral 2013, 12:00:07
Koreys seriallari baribir boshqachade  :)
Nom: Javob: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Muxsiya 07 Mart 2013, 10:37:26
Qaysi kanalda qiziqarli ko'rsatuv yoki film bo'layotgan bo'lsa o'shani ko'raman. Bir xonanda "Shoir tanlamayman, sh'er tanlayman" deganidek, kanal tanlamayman dastur tanlayman
Nom: Javob: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Bechora_Bandang_ 12 Mart 2013, 22:14:37
O'zbdagi kanallarni hozircha, hozirgi kunlarda hech  qaysi kanalni ko'rish bahtiga emasman erkan.
Nom: Javob: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Muxsiya 13 Mart 2013, 12:53:31
hozir hech qaysi kanalni mazza qilib ko'ra olmaysiz 1 soat davomida kamida 20 min reklama beriladi 30daqiqalik serialning orasiga kamida 3 marta reklama tiqishtirishadi
Nom: Javob: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Zumrad1995 20 Avgust 2013, 14:16:59
Bolajon kanalini:)
Nom: Javob: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Muxsiya 03 Sentyabr 2014, 09:14:40
Hozir oila kanalidan ancha foydali ma'lumotlar olyapman
Nom: Javob: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Hadichaiqubro 04 Sentyabr 2014, 11:25:46
to`g`ri tv vaqt o`g`risi men har hil ko`rsatuvlarga filmlarga qiziqmiman hatto yangiliklargaham lekin sarguzashtli birorta multfilm bo`lsa albatta ko`raman
Nom: Javob: Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?
Yuborildi: Math13 13 Fevral 2015, 22:20:08
Dunyo bo'ylab va madaniyat va ma'rifat kanallarida ba'zida foydali ko'rsatuvlarni ko'raman.