forum.ziyouz.com

Kutubxona => O'zbek adabiyoti => O'zbek nasri => Mavzu boshlandi: shoir 16 Iyul 2006, 07:06:10

Nom: Tohir Malik. Ov (qissa)
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:06:10
Ov (qissa). Tohir Malik

(http://www.ziyouz.com/images/books/ov.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=44)

Muallif: Tohir Malik
Hajmi: 187 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=44)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=407.msg75937#msg75937)
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:06:26
(http://www.ziyouz.com/rasmlar/books/ov.jpg)

OV

Sen tebranib o‘rtangin,
Men yiqilib ingrayin.
Sen o‘tli un chekarda
Men qonli yosh to‘kayin.

           Abdurauf Fitrat

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Erta saharda mo‘minlar qatorida o‘rnimdan turg‘izgan, ko‘zimga nur bergan, ongimni tiniqlashtirgan, qo‘lga qalam olishga imkon yaratgan Egamga  hamd aytmoq bilan ishga kirishgumdir. Yo Tangrim, dilimda bir dard uyg‘ongan, uni dindoshlarimga-da yetkazishga o‘zing madad bergaysen. Ey Olloh, boshimga qilich kelganida ham Sening muborak nomingni tildan qo‘ymagan, Vatan hurligi uchun jon bergan, ammo Vatan tuprog‘ida yotish nasib etmagan shahidlarni o‘z rahmatingga olg‘aysen. Ul muborak zotlarni qiyomatda bandam degaysen, Rasulillah shafoatlariga O’zing muyassar qilg‘aysen, omiyn!
Yo Tangrim, O’zingning rizoliging bilan, shahidlar ruhini shod etmoq maqsadida shul asarni yozmoqqa jazm etdim. Biz gunohkor bandalaringga O’zing hidoyat, insofu tovfiq ber...


www.tohirmalik.com


MUXTASAR MUQADDIMA

Bu tong Unet sayyorasi tashvishli xabar bilan uyg‘ondi. Bir etagi dengizga tutash baland tog‘ siynasiga joylashgan kuzatuv maskani «1248» raqami bilan belgilangan sayyoraga yetib borgan koinot kemasining halokatga uchragani haqida ma’lumot tarqatdi. Kema nima sababdan sayyora sathiga qulagani noma’lum edi. Unet olimlariga ma’lum bo‘lgan narsa — fazogirlarning uchtasi halok bo‘lgan. Birovi hayot, ammo uning-da qismati qorong‘i.
O’sha tong unetliklar taqvimida 2419 yil, erta kuz oyining o‘n birinchi kuni boshlandi. Unetliklar «1248» sayyoraning nomi «Yer» ekanini, kemalari Yer vaqti bilan 1908 yil iyunining o‘ttizinchi tongida halokatga uchraganini keyinroq biladilar. Tirik qolgan yagona fazogirning taqdiri esa ularga uzoq yillar noma’lum bo‘lib qolaveradi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:06:49
O’TTIZ YILDAN SO’NG...

1

Bu qamoqxona qush uchsa qanoti, odam yursa oyog‘i kuymaydigan, ammo qushning ham, odamning ham yetib kelmog‘i mushkul bo‘lgan uzoq bir o‘rmonzorga joylashgan edi. Fuqaro urushida chapdastligi bilan dong taratgan, Buxoro amirini Afg‘on chegarasiga qadar ta’qib etib borgan, chavandozlikda, qilich chopishda tengi yo‘q odam kelib-kelib mana shunday ovloqdagi qamoqxonaga boshliq bo‘lganidan xafa edi. U osuda hayotga toqat qilolmasdi. Siyosiy mahbuslarning mo‘‘min-qobilligi uning g‘ashini keltirardi. Nafsilambirini aytganda, bu yerdagilarning barchasi u uchun shunchaki siyosiy mahbus emas, balki xalq dushmanlari edilar. Fuqaro urushi chog‘ida ularni tamoman qirib tashlamaganidan afsuslar chekardi. Yaxshi hamki aqlli odamlar bu qamoqqa o‘g‘ri-kallakesarlarni ham yuborishgan. Boshliq dastlab ularni ishga solib, ko‘ngil xumorini yozdi. O’g‘ri-kallakesarlar birgina ishora bilan siyosiy mahbuslarni do‘pposlab qolishar, Boshliq esa bu manzarani huzurlanib tomosha qilar edi. Biroq bu ham bora-bora ko‘ngliga lazzat bermay qo‘ydi. Chunki quruq tomoshabinlik Boshliqning tabiatiga yot, bunday do‘pposlashda o‘zi ishtirok etmasa, dili taskin topmas edi.
Kunlarning birida u ko‘ngliga taskin-tasalli beruvchi ajoyib bir o‘yin o‘ylab topdi. Bu o‘yin oqibatida boshqarmaga g‘alati ma’lumotlar bera boshladi: «Falon ismli, falon raqamli mahbus qochishga uringan paytda otib tashlandi...» Boshqarmadagilar bu qamoqxonadan kim qocha olarkin, qochib qayga borarkin, deb o‘ylab o‘tirishmasdi. Ular uchun eng muhimi — mahbus tiriklayin qochib ketmabdi — kifoya!
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:07:01
Ikki kundan beri tinmayotgan yomg‘ir qamoqxona boshlig‘ining ruhini tamoman ezib tashladi. Rejasi bo‘yicha kecha ovga chiqishi kerak edi. Yomg‘ir yerni atala qilib yubordi. Qadam bosganingda etikka bir pud loy ilashib chiqqandan oyoqni ko‘tara olmay qolasan. Turkistoning issiq quyoshiga, sara mevalariga o‘rgangan Boshliq bu namgarchilikka, yomg‘ir tinganidan keyin yopiriladigan chivinlarga toqat qilolmas edi. U biron yumush bilan shug‘ullanmasa, yuragi tars yorilib ketishini his qilib, to‘qqizinchi barakdagi ayg‘oqchisini chaqirtirdi. Tumshug‘i oldinga turtib chiqqan ayg‘oqchi ostona hatladi-yu podshoh qarshisida «Buyursinlar, oliy hazratlari», deb qo‘l qovushtirgan mulozimday yuvoshgina turdi. Bu holatda qamoqxona boshlig‘i chindan ham podshoh, u esa sodiq mulozim maqomida edi. Albatta, Boshliqqa «Siz podshohsiz!» degan odam balolarga qolardi. Chunki Boshliq bu so‘zdan hazar qilar edi. Podshohu boylarga qarata o‘t ochgan, jahon inqilobi uchun qilich yalang‘ochlagan odamni «podshoh» deb atashni eng ulug‘ haqorat sanardi. Kimda-kim jur’at etib «Sen eshaksan!» desa, kechirishi mumkindir, ammo «Sen podshohsan!» degan tilning oqibatda kesiluvi tayin edi. Shunga qaramay Boshliq kichik bir mamlakat podshohi ega bo‘lgan imtiyozlardan foydalanardi. Uning ayrim qiliqlariga qarab, u o‘zini oddiy podshohmas, Xudo deb, qamoqxonadagilarni bandi emas, banda deb biladi shekilli, deyish ham mumkin edi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:07:08
U mushuk boladay titrayotgan ayg‘oqchisiga achingansimon qarab turdi-da, ustol ustidagi aroqdan istakonga to‘ldirib quydi. Ayg‘oqchi ildam yurib kelib, istakonni qo‘liga oldi-da, to‘rt yutumda bo‘shatdi. «Kuf» deb qo‘yib tilini chiqarib, labini yalab qo‘ydi.
— Xudo yorlaqasin sizni, — dedi.
Boshliq uning yuziga tarsaki tortib yubordi.
— Bu xonada Xudoni tilga olma demabmidim?! — dedi G’azab bilan.
Ayg‘oqchi kutilmagan tarsaki zarbidan bir chayqaldi-yu, o‘zini tutib oldi.
— Bilmay aytvoribman, kechiring. Mullaning atrofida yuraverib, tilim o‘rganib qolibdi.
— Bunaqa tilni kesib, itlarga tashlash kerak. Xo‘sh, nima deydi mullang?
— Ko‘nmayapti, — ayg‘oqchi shunday deb yana labini yaladi. Boshliq javobdan qoniqmaganini anglab, qo‘shimcha qildi: — Indamay yotaversak gunoh-ku, qochish ham jihodning bir turi, deb ham ko‘rdim.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:07:15
— Nima deydi?
— Ko‘p gapirmaydi, bosh chayqaydi, xolos.
— Boshqalar-chi?
— Boshqalar ancha ko‘ngan.
— Ancha deganing nimasi?
— Mullaga qarab turishibdi.
— O’zlarida kalla yo‘qmi?
— Mullaning ko‘zi yomon. Bir qarasa, odamni g‘alati qilib qo‘yadi.
— g‘alati deganing nimasi?
— Qo‘l-oyoq bo‘shashib, jon halqumga kelib qolganga o‘xshaydi.
— Joning halqumingga keldimi? — Boshliq shunday deb unga qattiq tikildi. So‘ng jag‘iga musht tushirdi. Ayg‘oqchi ikki qadam nariga uchib tushdi. Bunday mushtdan keyin tepkilash boshlanishini bilgani uchun g‘ujanak bo‘lib oldi. Bu safar Boshliq marhamat qilib, tepmadi.
— Yomg‘ir tinganidan keyin qochasanlar, — deb gapni kalta qildi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:07:32
Ayg‘oqchi chiqib ketgach, minoradagi soqchilar o‘rmonga qarab o‘q ota boshladilar. «Yana keldimi?» deb o‘yladi Boshliq deraza osha hovliga qarab. Keyin yordamchisini chaqirib «Nima gap?» deb so‘radi.
— O’q o‘tmas bug‘u yana paydo bo‘libdi, — dedi yordamchi.
Erta bahorda qamoqxona atrofida katta shoxdor bir bug‘u paydo bo‘lgan edi. Unga qarab otilgan o‘q izsiz ketardi. Hatto merganlar ham poylab otish-di — foyda bermadi. Shundan so‘ng bug‘uni ko‘rganda askarlarni sarosima bosadigan bo‘ldi. Boshliq «O’q otishsa, qo‘rquvlari kamayar», degan fikrda soqchilarga bug‘u ko‘rinishi bilan otishga ruxsat bergan edi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:07:45
2

Toza havodan nafas olishga ko‘nikkan ta’bi nozik odam to‘qqizinchi barakka kirib qolsa, bu joyning qo‘lansa hidiga toqat qilolmay qochib chiqishi tayin. Odam bo‘yidan ikki qarichgina balandroq qilib solingan bu bostirmaning beldan sal yuqorisigina yer sathidan tepada. Ikki shapaloq hajmdagi darchalardan xira nur bazo‘r kiradi. Qo‘pol eshik ochilgan mahalda toza havo yopirilib kirishi mumkin. G’o‘lalar tirqishidan sizib o‘tuvchi havo esa tamaki, ter va yana allambalolarning hidini haydab chiqara olmaydi.
Rahmatulloh bu barakka qadam bosgan dastlabki daqiqada ko‘p qiynaldi. O’qchiq tutaverib tinka-madorini quritdi. Bundan battar balolarga chidagan odam bolasi, taqdir ekan, bu sassiq havoga ham ko‘nikdi. Rahmatulloh bilan birga kelgan Mirhosil barak ostonasini hatlash bilan burnini berkitib:
— Xuddi lahadga o‘xshaydi-ya, — deganida Rahmatulloh:
— Unday demang, birodar, lahad bunaqa sassiq bo‘lmas, — deb edi.
« Last Edit: Apr 25, 2006, 10:18am by Shoir »   
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:07:55
Qishda yoqqan qor barak bo‘g‘otigacha bosib, G’o‘la tirg‘ishlaridan kirib turuvchi havo yo‘li ham berkilganida, o‘pkasi zaifroq mahbus bahorga yetib borishidan umidini uzadi. Rahmatulloh yomg‘ir yoqqan kunlari qiynaladi. Boshqa mahal, qor yog‘ib turganida ham, o‘rmonda ishlab, ko‘ngli sal ovunadi. Tuni bilan qiynalgan o‘pkasi rohatlanadi.
Ikki kun ezib yoqqan yomg‘ir uni sil qilib yuboray dedi. Kecha oqshomda, jala avjiga chiqqan mahalda Boshliq «Zerikib qolishmasin», deb rahm qilib, barchani tashqariga quvib, yugurtirdi. O’shandan beri barakdan chiqishga hech kimning toqati yo‘q. Rahmatulloh o‘rmondagi allaqanday yovvoyi mevaning no‘xatdek keladigan danagidan o‘zi yasab olgan donalarni o‘girib, tasbeh aytadi. U Ollohga nolalar qilmaydi. «E Tangrim, ne uchun menga bunday azoblarni ravo ko‘rding, gunohim ne edi?» deb fig‘on chekmaydi. Shundaygina yonida jag‘ini mushtumiga tiragan holda, kirlanib ketgan darcha orqali tashqariga tikilib yuztuban yotgan Mirhosil bir kuni shunday deb zorlanganida, Rahmatulloh:
— Asti unday demang, birodar, neki ko‘rgulik ko‘rgan bo‘lsak, o‘zimizning fe’limizdan. Qolaversa, Ollohning imtihoni ham bir marhamat, — degan edi.
« Last Edit: Apr 25, 2006, 10:19am by Shoir »   
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:08:02
— Men-ku, Xudoni unutayozgan bir banda edim, menga bir og‘ir sinovni ravo ko‘ribdimi, taqdirimga tan beray. Ammo sizday taqvo egasini bunchalar xor qilmasa?.. — degan edi Mirhosil.
— Astag‘firulloh! Kimni qanday sinashni o‘rgatmoq ojiz bandalarning yumushi emas. Kimni iymonga qaytarmi yo yo‘qmi, deb sinasa, kimni iymoni naqadar sobit ekanini aniqlamoqdir, vallohi a’lam...
«Ya’ Ibadii! Iza ibtalaytu ‘abdan min ‘ibadii mu’minan fahamidani va sabara alayya ma ibtalaytuhu fainnahu yaqumu min madja’ihi zalika kayavma valadathu minal xatayaa». (Mazmuni budir: "œEy bandalarim! Men bandalarim ichidan bir mo‘‘min kishini 9biron musibat yetkazib) imtihon qilsam, u menga hamd aytib, mening imtihonimga sabr qilsa, u o‘sha joydan turganida xatodan (gunohlardan) onasi tuqqan kishidek pok bo‘lib turadi". Xadisi Qudsiydan)
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:08:26
Tabiatan jizzakiroq bo‘lgan Mirhosil Rahmatulloh bilan bu xususda yana bir necha karra bahs yuritdi. Mirhosilning gaplari ba’zan shakkoklik sari yetaklasa ham Rahmatulloh unga haqiqatni sabr bilan uqtirmoqchi bo‘laverdi. Ustozi shayx Ismoil unga shunday ta’lim bergan: «Iymondan qaytganlarga yoki kofirlarga duch kelsang, sabrli bo‘l, Haq-taoloning yo‘lini sabr bilan tushuntir. Shoyad, bugun bo‘lmasa ertaga Olloh ular qalbidagi qulfni ochsa...»
Ollohning zikri bilan band bo‘lib o‘tirgan Rahmatulloh xayolini Mirhosilning ovozi buzdi:

«Men endi xuddi bir somon parchasi...
Lokin zo‘r dengizning cheksiz qo‘ynida,
Jimgina boradir kirsiz qo‘ynimda,
Erkin ko‘paklarning allaqanchasi...»
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:08:41
Rahmatulloh tasbeh donalaridan ko‘zini olib Mirhosilga qaradi. Uning qimir etmay yotganini ko‘rib «o‘zicha gapiryapti», deb o‘yladi-da, yana tasbeh donalariga tikildi. Shu onda Mirhosil yana tilga kirdi:

Qipg‘izil qon bo‘lib
Kunlar botadir...
Yomon hidga to‘lib
Tonglar otadir...
Og‘ir kunlar tushdi mening boshimga...


Mirhosil qaddini ko‘tarib, chordona qurib o‘tirdi-da, aybdor odamday boshini egdi.
— She’r tug‘ilib qoldimi, shoir birodar? — dedi Rahmatulloh hilmlik ila.
— Ustozning she’rlarini esladim. Hozir qayda ekanlar, qaysi sassiq barakda yotibdi ekanlar?

«Erkin boshqalardir, qamalgan menman...»
Hayvon qatorida sanalgan menman...»
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:08:49
— Shunday odamga jabr qilishdi-ya! — Mirhosil alam bilan bosh chayqadi. — O’z hamkasblari qo‘llariga kishan urib berishdi-ya! Taqsir, erta-indin ustoz qamoqdan chiqib kelsalar, ularning vijdonlari azob chekmasmikin?
— Vijdonlari deysizmi? — Rahmatulloh ajablandi. — Munofiqda vijdon bo‘ladi, deb sizga kim aytdi?
— Ular do‘zaximilar?
— Buni qiyomatda yolg‘iz Ollohning o‘zigina belgilaydi. Biz ojiz bandalarmiz. Kim do‘zaxga, kim jannatga noil bo‘lmog‘i bizga qorong‘i.
— Shunaqa deysiz-u, ko‘rinib turgan aniq narsani tan olgingiz kelmaydi. Odam go‘shtini yeyish harommi? Harom! Harom yeganlar do‘zaxga tushadimi? Tushadi. Tuhmat, g‘iybat odam go‘shti yeyish bilan barobarmi? Barobar... Do‘zaxdan boshqa yerga tushmaydi u mal’unlar. Ammo men ham ularning ketidan do‘zaxga tushishni istardim. Ularning kuyib, jizg‘anak bo‘lib, azoblar chekishlarini ko‘rish uchun ham do‘zaxda bo‘lishni istardim.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:08:56
— Astag‘firulloh! — Rahmatulloh shunday deb tasbeh o‘girganicha pichirladi: «Va ma-a allamnohu-sh-she’rra va ma-a yanbag‘yi lahu...» (Ma’nosi: Biz unga muhammadga she’r o‘rgatmadik va shoirlik uning uchun durust emasdir...Yosin surasi, 69-oyat)
Rahmatulloh shoirlarning fe’l-atvorini bilmagani uchun shu paytgacha bu oyatning mohiyatini durust anglamas edi. To‘g‘ri, ustozi bu xususda ham ta’lim bergan. Rahmatulloh u zotning aytganlarini yaxshi eslaydi. Hozir ham tasbeh o‘gira turib, yodga oldi: «Muhammad alayhissalom modomiki, Olloh-taolo tomonidan yuborilgan payg‘ambar ekanlar, demak, faqat va faqat rost so‘zlamoqliklari shartdir. Nazm esa o‘z ehtirosi, mubolag‘asi bilan rostgo‘ylikni ko‘tara olmaydur. «She’rning eng shirini yolg‘onidir», deb shoirlarning o‘zlari ham e’tirof eturlarkim, o‘z ummatlariga bir umr amal qilinadurg‘on din arkonlarini o‘rgatuvchi, xususan, g‘ayb olami, oxirat diyori haqida xabar beradurg‘on payg‘ambarning shoir bo‘lishi chindan ham durust emasdur...»
Rahmutulloh Mirhosilga ko‘z qiri bilan boqadi. «Bu bandaning ko‘kragida olov bor. Yondiradi, kuydiradi... Buki yurt qayg‘usida bunchalar yonsa, ustozi qanchalar yonar ekan?» deb o‘ylaydi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:09:06
Mirhosil gaplari Rahmatullohga yoqmaganini fahmladi. Ko‘z qiri tashlab qo‘yganini ham sezdi. «Taqsirga ma’qul gap aytish mushkul. Uni aytsang, makruh deydi, buni aytsang, shayton vasvasasi, deydi. Pichirlab duo o‘qiyverar, o‘qiyverar... Durust, Ollohni zikr etmoq — muslim uchun farz. Ammo jihod degan tushuncha ham bor-ku?! Nechun eslamaydi buni?» deb xayoldan kechiradi. Tunov kuni Komissar shunday deganida Rahmatulloh unga qattiq tikildi-yu, indamadi. So‘ng xoli qolib, Mirhosil buni takrorlaganda, «Jihodga qanday ko‘tarilasiz? Chor-atrof g‘ayri din bo‘lsa, farosat egalari oz, kallakesar-muttahamlar ko‘p bo‘lsa, yana munofiqlar...» dedi.
Mirhosil sezib yuribdi: Rahmatulloh Komissarni yoqtirmaydi. Shundan bo‘lsa kerak, uning takliflariga bepisand qaraydi. Qochishdan qo‘rqadimi yo Komissarga ishonmaydimi? Barakda uni hech kim ismi bilan chaqirmaydi. Hamma «Komissar» deydi. Mirhosil uning chindan komissar bo‘lgan-bo‘lmaganini bilmaydi. Ammo katta papka qo‘ltiqlab izvoshlarda, so‘ng avtomobilda kerilib o‘tirganini ko‘rgan. Bu taqsir-ku, ma’lum — bolsheviklarni hazm qila olmaydi. Qizil komandir-chi? U nimaga ishonmayapti? Rahmatullohning o‘ng tomonida g‘ujanak bo‘lib yotgan sochu qoshlari sap-sariq bu odamni «Qizil komandir» deyishlari notanish kishiga g‘alati, hatto kesatiq kabi tuyuladi. Aslida esa u chindan ham qizil komandir bo‘lgan. Frunze taqdim etgan qilichini o‘ynatib, xo‘p davr surgan. Haqiqat deb qilich chopganida, rahmat eshitardi, haqiqat gapni aytib qo‘yib, o‘zini bu yerda ko‘rdi. Kecha yomg‘ir ostida mahbuslar yugurtirilganda yana bir haq gap aytdi, o‘zi kabi qilich chopgan, o‘zi kabi qizil komandir bo‘lgan, biroq, tilini tiya olgani uchun mahbus kiyimini kiymagan sobiq quroldoshi birgina musht bilan ko‘zi atrofini ko‘kartirdi. Bu ko‘k ketar, ammo qoringa tushgan tepkilar asorati ketmas ko‘rinadi. Kechadan beri og‘riq kuchaysa kuchaydiki, kamaymadi. Og‘riq zabtiga olganida beixtiyor ingrab qo‘yadi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:09:26
Hozir ham ingradi. Rahmatulloh tasbeh donasidan ko‘zini olib, Qizil komandirga qaradi. Kaftini uning peshonasiga qo‘ydi.
— Isitmasi bormi? — deb so‘radi Mirhosil.
Rahmatulloh «Ha», deb bosh irg‘adi. Qizil komandir ko‘zlarini ochib, qaddini sal ko‘tardi.
— Komissar qani? — dedi zaif ovozda.
— Chaqirib ketishdi, — dedi Mirhosil.
— Uning taklifini o‘yladim, — dedi Qizil komandir. — To‘g‘ri aytadi: qochish kerak. Qutulib ketolmasmiz balki, ammo o‘lganda ham isyon qilib o‘lish kerak. Bunday yashash mumkin emas. Boshqalarga saboq bo‘lsin. Taqsir, boshqa yo‘l yo‘q.
Kechagi kunga qadar qochish haqida so‘z ketsa, Qizil komandir qat’iy rad etayotgan edi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:09:33
«Biz anglashilmovchilik tufayli bu yerlarga kelib qoldik. O’rtoq Stalin bu noma’qulchiliklarni shundayligicha qo‘yib qo‘ymaydi. Men dohiyga xat yozdim. Hademay uyimizga ketamiz», deb ishontirmoqchi bo‘lardi. (Maktublari Boshliq xonasida umrini yashab bo‘lganini u nodon banda qaydan bilsin?) Kecha yomg‘irda bo‘kib, maydonning atalasini chiqarib yugurishganidan so‘ng Boshliq xonasiga haqiqat izlab kirdi. Kirishda dadil edi, dam o‘tmay chap ko‘zi xiralashgan, tepki azobidan bukchaygan holda chiqdi. Hozir uxlab yotgandir, deb o‘ylashgan edi. Yo‘q, uyg‘oq ekan. Uyqusiz tun uni dohiydan marhamat kutish befoyda ekaniga ishontiribdi. Dilida isyon ruhini uyg‘otibdi. Kimga, nimaga qarshi isyon qiladi? Nimaga erishadi? Bir marta isyon qilib-ku, ko‘radiganini ko‘rib yotibdi.
— Taqsir, gapirsangiz-chi... — dedi Qizil komandir.
Rahmatulloh tasbeh donalaridan ko‘zlarini olmagan holda:
— Men sizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishga ojizman. To‘g‘ri yo‘lni Yaratganning o‘zi ko‘rsatadi. Bu yerdan-ku qochib qutularsiz, keyin-chi? — dedi. So‘ng pichirlab qo‘shib qo‘ydi: — Innaa lilahi va innaa ilayhi roji’un...
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:09:40
— Siz... o‘zingiz bilasiz... xohlasangiz, o‘tiravering,— Qizil komandir shunday deb Mirhosilga qaradi: — Bular hech qachon biz bilan birga bo‘lishmagan.
— Komandir, — dedi Mirhosil keskin ohangda,— o‘ylabroq gapiring.
— Ranjimang, birodar, bu kishi to‘g‘ri gapni aytdilar, — dedi Rahmatulloh xotirjamlik bilan. — Biz faqat Ollohdan yuz o‘girmaganlar bilan birga bo‘lamiz.
— Ha... birga bo‘lasiz... — Qizil komandir shunday deb ingradi. Bu ingrash tan og‘rig‘i azobidanmi edi yoinki ruh azobidanmi edi, hamsuhbatlar farqlay olishmadi. Bir-ikki nafas o‘tmay, Qizil komandir yana tilga kirdi: — Olloh «sabr qilgin», degan — sabr qildik. Olloh «boylikka berilma, kibrga berilma», dedi. Ammo boylar quloq solmadilar. Sabrlilar azobda yuraverdi. Ollohga bo‘yinsunmaganlar rohatda yayrayverdi. Shumi haqiqat? «Olloh», «Olloh» deysiz... Ollohingiz sizdan yuz o‘girgan, shunga aqlingiz yetmayaptimi?
Rahmatulloh pichirlab istig‘for aytdi, ammo Qizil komandirga javob qaytarmadi, bahsga kirishmadi. Mana shu odati mahbus birodarlarining yuragini yorib yuboray derdi. Qizil komandir ham, Komissar ham, ba’zan Mirhosil ham uni bahsga tortishga urinib ko‘rardi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:09:49
Biroq, Rahmatulloh ular boshlamoqchi bo‘lgan yo‘lga yaqinlashmas edi. Bir kuni Komissar: «Siz nima uchun bahsdan qochasiz, bizning haqiqatimiz oldida siz ojizsiz», deganida uning xayoliga dastlab «Ya ibni Adama! Ila kam tajolisu-solihiyna va la takunu minhum faiza jalastahum va lam takun minhum famato tuflihu?» degan kalima keldi. Ammo bu muborak so‘zlarga Komissarning fahmi yetmasligini eslab, fikrini lo‘nda bayon qila qolgan edi: «Sizning qalbingizga shayton in qurib joylashib olgan. Siz avval qalbingizni poklang, so‘ng haqiqat xususida men bilan so‘zlashing».
Komissar kirib joyiga cho‘zildi. U har safar navbatdagi «so‘roq»dan qaytgach, shunday qiladi. Ayniqsa, xo‘jayin aroq bilan siylagan damda, hididan payqab qolishmasin, deb boshini ham choyshabga o‘rab oladi. Rahmatulloh buni fahmlagan, uning qadam olishi bejo ekanini sezgan. Shu bois uning gaplari, takliflarini e’tiborsiz qoldirardi. Komissar boshini choyshabga o‘rab olgan bo‘lsa-da, Rahmatullohning o‘tkir nigohini his qildi. U shart choyshabni yulqib, qaddini ko‘tardi — yanglishmagan edi, Rahmatulloh unga qattiq tikilib turardi.
— Nimaga menga bunday qaraysiz? — dedi Komissar titroq ovozda. — Gapiring, maqsadingizni yashirmang, ayting!
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:09:58
Rahmatulloh undan nigohini olib qochmadi. Komissar bundan battar talvasaga tushdi.
— Qaramang menga, — dedi bu safar yalinish ohangida.
Soqchi kirib, Rahmatullohni chaqirmaganida oxiri nima bo‘lishini aytish mushkul edi. Har holda Komissarning bu nigohga chiday olmasdan talvasa olovida qovrilib, oqibat portlashi haqiqatga yaqin edi.
Rahmatulloh o‘rnidan turayotib, Mirhosilga bir qarab oldi. Mirhosil bu qarashning ma’nosini to‘g‘ri anglab, unga ergashdi. Eshikka yaqinlashganida Rahmatulloh Mirhosilga qaramagan holda, xuddi o‘ziga-o‘zi gapirayotganday dedi:
— Siz esli odamsiz, ehtiyot bo‘ling.
Boshqa gap aytmadi. Randa ko‘rmagan qalin taxtalardan ishlangan beo‘xshov eshikni ochib, tashqariga chiqdi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:10:06
3

Ayg‘oqchi chiqib ketishi bilan Boshliq uning izidan tupurdi. Garchi Komissar xolis xizmat qilayotgan bo‘lsa-da, Boshliq undan nafratlanar edi. «Sotilishi bu qadar oson bo‘lgan odam qanday komissarlik qilgan, odamlarni nimalarga da’vat etgan, bunga ergashganlar qanday ahmoqlar ekan?» deb o‘ylar edi. Hozir ham shu o‘y xayoliga kelib, g‘ijinib tupurdi. So‘ng labiga papiros qistirib, qo‘llarini shimining cho‘ntagiga solgan holda, g‘oz kelbatida u yon-bu yon yurdi.
Xuddi shu onda minoradagi soqchilar o‘q o‘tmas bug‘uni ko‘rib qolib, palapartish o‘qqa tuta boshladilar. Boshliq «O’q o‘tmas bug‘u yana paydo bo‘lyapti», degan xabar bilan kirgan yordamchisiga qattiq tikildi. Yordamchi bu qarashga dosh berolmay, bug‘uni o‘zi atayin boshlab kelib gunohga botgan odamday, boshini egdi.
— To‘qqizinchi barakdagi mullani chaqir. Tunneldan kelsin.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:10:13
Yordamchi «Xato eshitmadimmi?» degan xayolda boshlig‘iga savol nazari bilan qarab oldi. Boshliq buni sezib, keskin ta’kidladi:
— Ha, tunneldan!
«Tunnel» deganlari simto‘r bilan o‘ralgan itxonaning o‘rtasidan kesib o‘tuvchi dahlizmonand yo‘l. Hamisha yarim och holda saqlanuvchi, «bos!» deyilsa, har qanday tirik jonni Qajib tashlashga tayyor itlar orasidan o‘tib kelishning o‘zi bo‘lmaydi. Bu ham Boshliqning ixtirolaridan biri. Jazoga loyiq mahbuslar boshlariga shunday ko‘rgulik tushishidan qo‘rqishadi. Boshliq esa «Xalq dushmanlaridan hatto itlar ham hazar qiladilar», deb ularning talanishlarini huzur bilan kuzatadi. Yordamchi mo‘‘ming‘obil holda yuruvchi mullani bilar edi, shu bois ham «U qanday gunoh qilibdi?» degan o‘yda boshlig‘iga savol nazari bilan qaragan edi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:10:20
Rahmatulloh Boshliqning xonasiga to‘g‘ri yo‘ldan emas, orqa tomondan borishlarini bilib, tunneldan o‘tishga hukm bo‘lganini fahmladi. Simto‘r eshik ochilmay turib Yaratganga munojot etib, bu azoblardan qutqarishni so‘rab edi, shu daqiqada qamoqxona devori ortidagi o‘rmonzorda bug‘uning uzun o‘kiriq ovozi eshitildi. Munojot bilan band bo‘lgan Rahmatulloh avvaliga bu zorli ovozga unchalik e’tibor bermadi. Ikkinchi o‘kiriq yanada baland ovozda, butun o‘rmonzorni, o‘rmonzorning pokiza bag‘riga kanadek yopishib turgan qamoqxonani larzaga solgandek bo‘ldi. Rahmatulloh bir zum to‘xtadi. Uning qulog‘i ostida bug‘uning oddiy o‘kirig‘i emas, «Ollohu akbar!» degan sof, jarangli ovoz yangragan edi. Bunday ovozni u Ka’batullohda eshitar edi. Ulg‘ayib, Turkistonga qaytganidan keyin necha ming marta azon ovozini eshitdi, ammo Ka’batullohdagi muazzin ovoziga o‘xshaganini uchratmadi. Bolalikda qulog‘iga quyilib qolgani uchunmi, bu sof, jarangdor ovoz, bu ohang Rahmatulloh uchun qadrli edi. Nima uchun bug‘uning o‘kirig‘i unga «Ollohu akbar!» bo‘lib eshitildi — o‘zi ham anglamadi. Avvaliga, menga shunday tuyuldi, deb o‘yladi, biroq, bu holat yana uch karra takrorlangach, kalimai toyyibani aytib, beixtiyor osmonga qaradi. Yuzlarini sovuq tomchilar savaladi. Minoradagi soqchilar o‘rmonga qarab palapartish o‘q otaverdilar. Soqchi yelkasiga asta turtib, uni tunnelga yo‘lladi. Rahmatulloh «Bismilloh», deb ostona hatlab, kalimai shahodatni aytdi-yu, so‘ng «Oyatal kursiy»ni o‘qib, o‘zi tomon yugurib kelayotgan itlarga tikildi. Oradagi masofa uch qadam qolganida «Shu qoqsuyak bandani ermak qilamiz» deb vovullab yugurib kelayotgan itlar birdan dumlarini qisib, to‘xtab qoldilar. So‘ng orqalariga qaytib, in-inlariga kirib ketdilar. Rahmatulloh tunneldan o‘tib olgach, xuddi bo‘ri kabi bo‘yinlarini cho‘zib bir necha marta ulidilar.
Bu manzarani ko‘rgan soqchining esi chiqib ketayozdi. Deraza osha qarab turgan Boshliq ham sarosimaga tushdi. Sarosima to‘ridan chiqishga ulgurmay, eshik ochilib, ostonada Rahmatulloh ko‘rindi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:10:27
Boshliqning Rahmatulloh bilan gaplashish istagi yo‘q edi. Aniqroq aytilsa, uning bus-butun holda, biron yeri hatto tirnalmagan tarzda kirib kelishi mumkinligini mutlaqo kutmagan edi. Na iloj qilsinki, eti ustixoniga yopishgan, qorachadan kelgan, botiq ko‘zlarida qat’iyat zuhur bo‘lgan bu mahbus ro‘parasida turibdi. Bir necha daqiqa muqaddam shu yerda turgan ayg‘oqchi kabi ko‘zlari javdiramaydi, qaddi egilmaydi. Boshliq uning qoramag‘iz yuziga qarab ajablandi: ayg‘oqchi ham, yordamchisi ham oq-sariqdan kelgan bo‘lsa-da, yuzi tund ko‘rinadi. Bu mahbusning qoramtir yuzi esa yorishib turganga o‘xshaydi. Boshliq bu muammoga javob topishga harakat qilmaydi. U mahbusni chaqirtirdi. Mahbus ro‘parasida turibdi. Endi nimadir deyishi kerak.
— Sen nima uchun aksilinqilobiy tashviqot bilan shug‘ullanyapsan? — dedi to‘ng ohangda. Boshliq bu savolni jazolamoqchi bo‘lgan mahbusiga qarab, odatda baqirib aytardi. To‘qqizinchi barakdan chaqirtirilgan bu mullaga nima uchundir baqirolmadi. Bunga dastlab o‘zi ham ajablandi. So‘ng o‘zidan o‘zi nafratlandi. Mullaning savolga darrov javob bermay, kiprik qoqmagan holda turishi uning G’azabini yanada oshirdi:
— Ayt, nima uchun aksilinqilobiy tashviqot yurgazyapsan?!
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:10:34
Bu safar odatini kanda qilmadi — ovozi baralla chiqib, hovuri bir oz ko‘tarildi. Bu safar ham savoli javobsiz qolgach, urishga shaylandi-yu, ammo beixtiyor ravishda o‘zini tiydi.
— Gapga tushunasanmi o‘zing?
Rahmatulloh uning tilida so‘zlashishni bilmas edi. Faqat ayrim buyruqlarning ma’nosinigina tushunar, soqchilar, ishdagi nazoratchilar po‘pisa qilib qolsa, Mirhosil o‘rgatgan ikki so‘zni ishlatib, ularning dag‘dag‘asidan qutulardi. Hozir ham bisotidagi o‘sha so‘zlarni ishlatdi:
— Net ponimash.
Boshliq «Tfu!» deb so‘kindi. Chindan ham, o‘zi bu mahbusning tilini bilmasa, bu mahbus esa uning gaplariga tushunmasa, nima desin? U mullaga nafrat ko‘zini bir oz qadab turdi-da, qimir etmagan holda baqirib, yordamchisini chaqirdi:
— Bu marazning tilini biladiganlardan bittasini boshlab kel!
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:10:58
Buning tilini kim bilishi yordamchi uchun qorong‘i edi. Aniqroq aytilsa, hozirgina hammani hayratga solib tunneldan o‘tib kelgan bu odamning millatini bilmas edi. Qamoqda osiyoliklar ko‘p, ammo, ularning millati har xil bo‘lsa... Boshliq yordamchisining talmovsirab turganini ko‘rib, G’azabini unga sochdi:
— Buyruqqa tushunmadingmi, galvars?!
— Tushundim, lekin...
— Nima, «Lekin»?
— Qaysi tilda gaplashar ekan?
— Borib, barakdagi hamtovoqlaridan so‘raysan. Shunga ham kallang ishlamaydimi?
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, xona eshigi ochilib, Yordamchi buyruq bajarilganini ma’lum qildi. Unga na Boshliqdan, na Rahmatullohdan sado chiqdi. Boshliq nigohi o‘tkir bu mullani nima deb qiying‘istovga olishni o‘ylardi. Mana shu qisqa fursat ichida u nihoyatda og‘ir vazifaga tayin etilganini yana bir bor his etdi. Fuqaro urushida ming chandon durust edi. Bunaqalarga nima desam ekan, deb bosh qotirib o‘tirmasdi. Qilichini yalang‘ochlab, bir siltar edi, tamom.
Rahmatulloh Boshliqning do‘pposlab qolish odati borligini eshitgan, shu sababli undan ko‘z uzmay turardi. «Ya bani Adama! Inni harramtu-z-zulma ala nafsii va jaaltuxu baynakum muharraman fala tazaalamuu»... Bu ham odam farzandi-ku, zulmga buncha oshna bo‘lmasa, — deb o‘ylar edi u.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:11:05
Xonaga kirib kelgan Komissar uning xayolini to‘zitib yubordi. Xona o‘rtasida Boshliq bilan yuzma-yuz turgan Rahmatullohni ko‘rib, Komissar qo‘rqib ketdi. U tilmochlik qilajagidan bexabar edi, shu bois «Bu mulla mening haqimda yomon gap aytdimi?» degan o‘y badaniga sovuq titroq tarqatdi. Komissarning xiyonatga moyil ekanini gumon qilib yurgan Rahmatulloh ham «Bu biron nimani chaqqan ekan-da», deb o‘yladi. Ularning gumonli o‘ylariga Boshiliqning G’azabli ovozi barham berdi:
— Buning tilini bilasanmi?
— Bilaman... — Komissar Boshliqqa najot nazari bilan boqdi-da, pastroq ovozda qo‘shib qo‘ydi: — bittasini bilaman.
— «Bittasi» deganing nimasi?
— Bu ko‘p tillarni biladi.
— Menga bittasi ham yetadi. Tarjima qil: nima uchun lagerda aksilinqilobiy tashviqot yurgizyapti?
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:11:13
Komissar tarjima qildi. Rahmatulloh savolni tushunmay, Boshliqqa qaradi:
— Aksilinqilobiy tashviqot nima?
Boshliq yana yon tomonga tupurib, so‘kindi:
— Xudoga sig‘inasanmi?
— Ha, men yolg‘iz Ollohga sig‘inaman.
— Daraxt kesgani chiqqaningda berkinib ibodat qilasanmi?
Bu savoldan so‘ng Rahmatulloh Komissarga tikildi. Komissar ko‘zini olib qochdi. Qamoqxonada kim bo‘lsin — musulmonmi, nasroniymi, yahudiymi — farqi yo‘q, ibodat qilish qat’iyan man etilgan edi. Rahmatulloh ichkarida ekanida imo-ishora bilan bo‘lsa-da, namozini o‘qir, daraxt kesishga chiqqanida esa butalar orasiga yashirinib ibodat qilar, bunday damlarda o‘zini suvga qaytib tushgan baliqdek rohatda his etar edi. Soqchilar ko‘rishsa ham indashmas, Rahmatulloh shuning uchun ham Yaratganga shukrlar qilar edi. Uning namoz o‘qishini soqchilar Boshliqqa chaqishmaydi. Rahmatullohning Komissarga qarab qo‘yishi shu vajhdan bo‘ldi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:11:20
— Men faqatgina omonatini O’ziga topshirganimdan keyingina ibodatni qo‘yaman, — dedi Rahmatulloh qat’iy ohangda.
— Omonati nima ekan? — deb ajablandi Boshliq.
— Jonini aytyapti, — dedi Komissar, — o‘lgunimcha o‘qiyveraman, demoqchi.
Boshliq bu o‘jar odamni faqatgina urib xumordan chiqish mumkin degan xulosaga keldi. «Bular bilan musht tilida gaplashish kerak. Tilmoch ham lozim emas». U shunday fikrda qo‘l ko‘tardi. Rahmatulloh uning urushga chog‘langanini ko‘rsa-da, qilt etmadi. Boshliq urmoqqa hezlandi-yu, ammo kutilmaganda qo‘lini orqaga siltadi. Bundan Komissargina emas, o‘zi ham hayratlandi. Oldinga o‘qdek uchishi lozim bo‘lgan mushtni qandaydir kuch orqaga siltab tashlagan edi.
— Buguncha urmayman, — dedi Boshliq hayratini oshkor qilmaslikka tirishib. — Uzr so‘ramoqchiga o‘xshadi, ayt, tiz cho‘ksin, uzrini qabul qilaman.
Rahmatulloh Komissarning tilidan bu gapni eshitib, kulimsiradi.
— Nimaga ishshayyapsan?
— Men banda oldida tiz cho‘kmayman. Men faqat Ollohning quliman, bandaga tavba qilmayman.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:11:30
Bu gapdan Boshliqning G’azab daryosi to‘lib toshdi. Yana urmoqchi bo‘ldi, biroq yana haligi holat takrorlanmasin degan xavotirda o‘zini tutdi.
— Shunaqami, ko‘ramiz, — dedi ijirg‘anib. So‘ng yordamchisini chaqirib, buyurdi: — Tunneldan hayda bularni!
— Mening nima gunohim bor? — dedi Komissar qo‘rquv bilan.
— Hammang bir go‘rsanlar.
— Til uchida bo‘lsa ham tavba qilib qo‘ya qoling, bular bilan o‘chakishmang,— dedi Komissar Rahmatullohga yalinib.
— Men munofiqlik qila olmayman, birodar.
— Axir, och itlarga talatmoqchi.
— O’zingiz tiz cho‘kavering.
Rahmatulloh shunday deb Yordamchining «Chiq!» degan ishorasiga itoat etdi. Komissar yig‘lamasa ham yig‘lagudek bo‘lib unga ergashdi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:11:43
Bu safar manzara o‘zgacha bo‘ldi — itlar dumlarini qisib inlariga kirib ketmadilar, aksincha, Rahmatulloh bilan Komissar atrofida jon-jahdlari bilan vovullayverdilar.
Boshliq bu manzarani ham hayrat, ham G’azab bilan kuzatdi. Mushtumini qattiq qisdi — hatto barmoqlari qisirlab ketdi.
— Men it emasman, mendan qochib qutulib bo‘psan!— U o‘zicha shunday dedi-da yordamchisini chaqirdi:
— Ikki soatdan so‘ng Komissarga ayt: operatsiya ertaga tongga belgilanadi. Tayinla: tosh yog‘sa ham qoldirilmaydi. «Ayiq»qa aytib qo‘y: bugun ularni bir ermak qilsin.
«Ayiq» qamoqxonaning azroili hisoblanadi. U kimnidir ermak qildimi — demak, u bechoraning umr shomi yaqinlashibdi. Boshliq to‘qqizinchi barakdagilarni bekorga «Ayiq»qa topshirmadi. Ertangi «ov» oldidan ularning sillasini quritib, o‘zining yumushini picha osonlashtirmoqchi edi. Yordamchi buni tushunib, iljayib qo‘ydi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:11:55
4

«Tunnel»dan o‘tib olishganidan so‘ng Komissar Rahmatullohning chap yelkasidan asta ushlab, uni o‘ziga qaratdi:
— U badbaxt bilan yomon o‘chakishdingiz. Endi tinch qo‘ymaydi. Qochmasangiz, o‘ldim, deyavering.
Rahmatulloh to‘xtab, atrofga quloq tutdi: bug‘uning zorli o‘kirig‘i ham, qulog‘i ostida jaranglayotgan «Ollohu akbar!» degan ovoz ham tingan, hammayoq birdaniga osudalik bag‘riga singgan edi. Rahmatulloh Komissarga qaradi — uning qo‘rquvdanmi yo izg‘irindanmi, rangi oqargan, lablari bilinar-bilinmas titrar edi.
— Yana o‘sha gapmi? — deb yelkasidan Komissarning qo‘lini oldi. — Sizga bir hikmat aytayinmi? Siz Qul Xoja Ahmad ismli zoti bobarokatni bilarsiz? U kishi bola choqlarida maktabdagi ustozlari ilm toliblariga bir yumush buyuribdilar. Aytibdilarki, «Bolalar, sizlar ertaga bittadan xo‘roz so‘yib olib kelasizlar. Ammo xo‘rozni Ollohning nazari tushmaydigan joyda so‘yingizlar». Ertasiga bolalar ustozlari vazifasini bajarib kelibdilar. Birovi ko‘prik ostida, birovi esa oshxonadami so‘yibdi-da, Qul Xoja Ahmad esa xo‘rozni tirigicha ko‘tarib kelibdilar. Ustozlarining «Siz nima uchun so‘yib kelmadingiz?» degan savollariga u zoti bobarokat: «Men Ollohning nazari tushmaydigan joyni topa olmadim», degan ekanlar. Komissar, siz bu hikmat yong‘og‘ini bir chaqib ko‘ring, ma’qulmi?..
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:12:03
Komissar Rahmatullohdan ko‘zlarini olib qoch-di.
O’sha qo‘lansa hidli barakka oldinma-keyin kirib borishdi. Qizil komandir hamon ingrab yotar, Mirhosil esa chordona qurib olgan, tirsagini tizzasiga, mushtumini esa iyagiga tiraganicha o‘yga botib o‘tirar edi. Rahmatullohni ko‘rib, chaqqonlik bilan o‘rnidan turdi-da, unga peshvoz chiqib, uzoq safardan qaytgan odamni qarshilaganday, quchoqlab oldi.
— Bu chaqiruvning boisi nima ekan, deb ko‘nglim bir alag‘da bo‘ldi, tinchlikmi ekan?
— Ko‘rib turganingizdek, — dedi Rahmatulloh uni quchog‘idan bo‘shatib. — So‘raydirgan so‘roqlari bor ekan. Ularning yumushi shu-da. Komissar akangiz tilmochlik qilib berdilar.
— Xayriyat, ziyon yetkazmabdi, — dedi Mirhosil uning yelkalarini mehr bilan silab.
«Ziyon yetkazmabdi, deb Boshliqni nazarda tutyapti, — deb o‘yladi Rahmatulloh. — Ollohning o‘zi asraganini bu bilmaydi. Komissar-chi? Uning fahmi yetdimikan bunga?» Rahmatulloh shu xayolda orqasiga o‘girildi. Komissar hech narsa anglamaganday, ko‘zlarini chetga olib, uning yonidan o‘tdi-da, joyiga borib cho‘zildi.
— Komandir qiynalyapti, — dedi Mirhosil Rahmatulloh joyiga borib o‘tirgach. — Bir nima qilsangiz-chi?
— Men nima qilay? Tabiblik qo‘limdan kelmasa... Men ham Ollohning siz kabi ojiz bandasiman.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:12:10
— O’qisangiz-chi? Em bo‘lmasmikin?
— O’qisammi? — Rahmatulloh bosh chayqadi. — Bu kishi Ollohni tan olmasalar, aqidalari bo‘lak bo‘lsa... Avval iymonga kalima keltirsalar edi...
Qizil komandir ko‘zlarini ochdi.
— Kerakmas, — dedi u xasta ovozda. — Kerakmas... Endi foydasi yo‘q. Taqsir, Fir’avnning qismatini eslaysizmi? — Qizil komandir «uh-h» deb yubordi. So‘ng qiynalib yutindi. — O’lim oldida kalima keltirganida, Xudo «Bo‘ldi, endi kech», degan ekan.
Rahmatulloh unga ajablanib qaradi.
— Buni siz kimdan eshitgansiz?
— Eshitmaganman... o‘qiganman, — U bir oz tin oldi. — Men... madrasa ko‘rgan odamman.
— Astag‘firulloh! Shunday bo‘la turib?..
— Ha... Nikolay podshoni duo qilish, u falokatning nomini xutbaga qo‘shib o‘qish durust emas, deganim uchun haydashgan. Meni haq so‘zim uchun ko‘kragimdan itardilaringmi, men endi senlar bilan bir dinda qololmayman, deb xudosiz bo‘lgan odamman. Bu yog‘iga endi men emas, ular gunohkordirlar.
— Bu yog‘i yolg‘iz Ollohga ma’lum.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:12:25
— Ha, ma’lum. Men ular bilan... — Qizil komandir Rahmatullohga qattiq tikildi. — Siz bilan ham birga bo‘lmadim. To tirik ekanman, birga bo‘lmayman. Ammo... ammo... kambag‘alning qonini so‘rib yotgan boylarni sizlarga o‘xshab duo qilmadim. Sizlar Ollohning kalomini bir tuguncha noz-ne’mat evaziga sotib kun ko‘ruvchi chayqovchisizlar. Boy yelkangizga chopon tashlasa «Ey Olloh, mana shu saxiy bandangga jannatdan joy hozirlab qo‘y», deb ertayu kech duo qilasizlar. Ha... a, Mirhosil, siz yana bu zotga «O’qib qo‘ying», deysiz. Agar chopon yopsam, iymon keltirganmanmi, yo‘qmi, surishtirib o‘tirmay o‘qib tashlayverardilar...
— Astag‘firulloh! — Rahmatulloh azob iskanjasidagi odam bilan bahslashishni o‘ziga ravo ko‘rmadi. O’zini oqlashni ortiqcha deb bildi. Gunohkor odamgina o‘zini oqlashga kirishib ketadi. Qizil komandir isbotsiz, tuzsiz gaplarni aytdi. Bir-ikki og‘iz gap bilan uning toshga aylangan qalbini erita olarmidi?
Mirhosil Rahmatullohning sukut saqlashini o‘zicha tushundi. Rahmatullohdan arzirli javob kutib bezovtalandi. Javobga Qizil komandir ham ilhaq edi. O’zi istamasa-da, holi bo‘lmasa-da, qandaydir kuch uni bahsga da’vat etardi. Rahmatullohga zahrini sochsa, go‘yo dardi yengillashadiganday edi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:12:34
— Javob bermaysizmi, taqsir?
— Birodar, shu sharoitda, shu holatda bahs joizmikin?
— Joiz! — Qizil komandir shunday deb tirsagiga suyanib, qaddini ko‘tardi. — Men haqiqatni yanada oydinlashtirib olmoqchiman.
— U holda javob shuki...— Rahmatulloh bir oz sukut saqlab, so‘ng davom etdi:
— Deydilarki, «Burgaga achchiq qilib, ko‘rpa kuydirma»... Siz ko‘rpani emas, iymonni kuydirib qo‘yibsiz. Qiyomatda dalillaringiz, uzrlaringiz inobatga olinmay qolsa-chi, degan hadikdaman.
— Uh-h... — Qizil komandir ingrab, boshini qattiq yostiqqa qo‘ydi.
— Bas qilinglar,— dedi Komissar yotgan yerida.— Bu yer haqiqatni oydinlashtiradigan joy emas. Bekorga falsafa so‘qmay, jonni omon saqlash choralarini o‘ylanglar. Bittagina yo‘l qolgan. Hozir biz «tunnel»dan o‘tib keldik. Itlarning qorni to‘qroq ekan, tegishmadi. Bola-chaqamga «Otang itlarga talanib, yem bo‘lib o‘ldi», degan xabar borishidan isnod qilaman. O’lsak ham, odamga o‘xshab o‘laylik.
U shunday deyishga dedi-yu, bularga qo‘shib o‘zini ham otib tashlashlari mumkinligini o‘ylab, ichidan qirindi o‘tdi.
— Odamlar qochishyapti, — dedi u sir boy bermaslikka harakat qilib. — Quvib chiqishdi. Ammo bo‘sh qaytishdi. Yetib olishsa, yo tirigini, yo o‘ligini keltirishardi. Bu yerlar ovloq bo‘lgani bilan yo‘l bor-ku? — U bir oz jimlik saqladi-da, qat’iy qilib qo‘shib qo‘ydi: — Ha, yo‘l bor!
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:12:42
Rahmatulloh uning gaplarini eshitgisi kelmadi. Uning mo‘ljalida asr namozining vaqti bo‘lgan edi. Eskirib, titila boshlagan junchoyshabga kaftini urib qo‘yib tayammum qildi-da, devor tomonga o‘girilib,tiz cho‘kib o‘tirdi. U namozni o‘qib bo‘lguniga qadar suhbat uzildi. Qizil komandir bir-ikki ingradi. Komissar qo‘lini boshiga bolish qilib, shipga tikilganicha jim yotdi. Mirhosil yana chordona qurib, qaddini bukibroq o‘tirib oldi. Rahmatulloh namozni o‘qib bo‘lgach, yonboshladi.
Ahli muslim orasida esini tanigan bu odamning Ollohni unutgan bandalar bilan birga sassiq barakda yotishi inson bolasi uchun og‘ir sinov edi. Yaratganning huzuriga qaytish kuni yaqinlashayotganini uning ko‘ngli sezib turardi. Vujudini allaqanday g‘ashlik tobora mahv etardi. Uning tanasi bu ovloqdagi qamoqxonada, yuragi esa ko‘krak qafasida tutqun. Faqat xayoli ozodlikda. Ruhi ham erkinday go‘yo, ammo tutqun vujudni, ko‘krak qafasida qon qaqshayotgan notinch yurakni tashlab uzoqqa keta olmaydi. Yaxshi hamki, tutqunlikni bilmas xayol bor. Parvardigorning zikridan bo‘shadi deguncha, xayol unga avval huzur baxsh etadi, keyinroq esa iskanjaga olib qiynaydi.
Hozirgiday yonboshlagan chog‘ida maylini xayol ixtiyoriga beradi. Xayol uni bir zumda kindik qoni to‘kilgan Makkai mukarramaga eltadi. Parishon o‘tirgan zavjasini ko‘radi. Rahmatulloh ota yurtini qoralab safarga chiqqanida u yukli edi. Yaratganning irodasi bilan eson-omon ko‘zi yorib olgandir, hozir farzandi arjumandi yugurgilab o‘ynab yuradigan yoshga yetgandir... Rahmatulloh avvaliga uni ham birga olib ketmoqchi bo‘lgan edi. Onasi ham «Xotiningni qoldirma», deb yalindi. Rahmatullohning o‘zi o‘jarlik qildi. «Tug‘iladigan bolam o‘zimga o‘xshab musofir bo‘lib tug‘ilmasin», dedi. Ana shu gapi uchun keyin yuz afsus chekdi, ming nadomatlar qildi. Nodon ekan. Uning bolasi o‘zining ota yurtida musofir bo‘lib tug‘ilar ekanmi? O’jarlikni, jahlni jilovlay olmadi. Aql ojizlik qildi o‘shanda.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:12:49
Rahmatulloh taqdiridan nolimas edi, nolish gunoh ekanini bilardi. Ayni choqda hayotidan ko‘ngli to‘lmas edi. Otasi ham savdo vajhidan, ham Ollohning farzini bajarayin, deb yo‘lga chiqqan, shu niyatda xotinini ham yoniga olgan edi. Yo‘l azobimi yo Makkai mukarramadagi ob-havo ta’sir etdimi — Rahmatullohning onasi betoblanib qoldi. Bir tomonda betoblik, bir tomonda oy-kuni yaqinlashayotganidan darak beruvchi yuzdagi dog‘larning quyuqlashuvi ortga qaytish masalasini muammo qilib qo‘ydi. Otasi bu yerda orttirgan birodarlari — Makkada muqim turib qolgan o‘zbeklar maslahati bilan xotinini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Rahmatulloh otasi ketgach, bir oydan so‘ng tug‘ildi. Unga Rahmatulloh ibn Inoyatulloh Andijoniy deb ism berishdi. Shu ism bilan ulg‘aydi, kamol topdi. Ammo ota diydorini ko‘rmadi. U shunisidan dog‘da edi. Onasi Andijon tomonlardan keluvchi savdogarlardan erini so‘roqlab, «Eson-omon yuribdi» degan javobni olardi. Bir necha marta yurtiga otlandi, biroq, turli sabablar bilan bora olmadi. Rahmatulloh madrasani hatm qilgach, mudarris uni xush ko‘rib, yelkasiga kuyovlik sarposini yopdi. Ana shundan keyin onaning ko‘ngli bir oz taskin topib, andijonlik savdogarlarga qo‘shilib yurtiga borib kelmoqni ixtiyor etdi. Rahmatulloh onasini yolg‘iz yubora olmas edi. Ham bu sabab bo‘lib, ham qon ota yurtiga tortib, ham otani bir ko‘rish istagi ustun kelib — barchasi taqdir yozug‘ida mujassam bo‘ldi-yu, tug‘ilgan muqaddas shahrini o‘z nazarida bir oz muddatga tark etdi. Tark etish u o‘ylaganicha bir oz muddatga emas, balki (buni yana Olloh biladi!) umrbodga ekan. Ota yurtga keldi ham, otani, o‘gay ukalarini ko‘rdi ham. Biroq, zamon alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib iziga qayta olmadi. Ahli mo‘‘minga va’z aytib yurib edi. Chustdagi birodarinikida mehmon bo‘lib turganida hibsga olishdi. Bir necha kun Namangan turmasida ushlashdi, so‘ng Toshkentga olib ketishdi. Qo‘rboshilardan birontasining xizmatini qilmagan bo‘lsa ham, «Bosmachilar bilan qanday aloqangiz bor edi», deb qaytag‘ayta so‘rayverishdi. Qiyin-qistovga olmay shunchaki so‘rab-so‘rab qo‘yishlaridan angladiki, qo‘rboshilarga aloqasi yo‘qligi bularning o‘ziga-da ma’lum. Faqat nimaningdir ilinjida uni sarson qilishar edi. O’sha «nimadir» ko‘p o‘tmay aniq bo‘ldi: unga bir necha sahifa qog‘oz berishdi. «Ertalabgacha muhlat: Xudo yo‘q, deb yozasan. Makkada hech qanday muqaddas tosh yo‘q, hammasi Muhammad degan savdogarning uydirmasi, Qur’on osmondan tushmagan, o‘sha savdogar to‘qib yozgan, deysan. Shularni yozsang — ozod bo‘lasan. Yozmasang — suyaklaring qamoqda chiriydi...».
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:13:06
Rahmatulloh bu buyruqni eshitib, o‘z quloqlariga ishonmadi. Ollohning sherigi bor yoki Iso masih Ollohning o‘g‘li, deb yozishni talab etishsa balki bunchalik hayratga tushmas edi. Qon-qoniga singib ketgan haqiqatni rad etish, yozish u yoqda tursin, xayolga keltirishning o‘ziyoq u uchun benihoya dahshatli hol edi. Ular aytganni qilsa balki chindan ham chiqarib yuborishar. Yana yigirma yilmi, o‘ttiz yilmi yashar. Ammo qiyomatda o‘zini Ollohga shirk keltirganlar, Rasulillohga qarshi qilich ko‘targanlar yoki o‘z onasini zino qilganlar qatorida ko‘radimi?! Shu fikrning o‘ziyoq vujudini muz holiga keltirib, uni bir necha nafas murdaga aylantirib qo‘ydi. U buyruqqa itoat etaymi yo yo‘qmi, deb fikrlab ham ko‘rmadi. Chunki shunday fikrning o‘ziyoq imonini darz ketkazib qo‘yar edi.
Buyruqqa itoat etmagach, bu daxriy so‘zlarni ularning o‘zlari yozib berishdi. Imzo cheksa bas — ozodlikka chiqadi. U ko‘zlarini chirt yumib, Ollohga munojot etdi: «Ey Olloh, shunga imzo chekadigan qo‘limni bu imonsizlarning o‘zlari qayirib sindira qolishsa, shu xatni o‘qigan ko‘zlarimga qum sepib ko‘r qilishsa yaxshi bo‘lmasmidi! Olloh, hozir ko‘zimni ochganimda hech narsani ko‘rmayin, qo‘llarimni shol qilib qo‘ygin, aqlimni ham olgin...» Yolborishlari zoe ketdi. Ammo Yaratgan unga madad berdi — aqlini olmadi, shaytonga qul qilib qo‘ymadi.
Uni ota yurtdan yanada uzoqroq sovuq o‘lkalarga jo‘natishdi. Kindik qoni issiq tuproqqa to‘kilgan edi, joni sovuq o‘lkada chiqarmikin?..
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:13:19
U shaytonga qul bo‘lmaganidan xursand edi. Qiyinchiliklarga uchraganida mana shu quvonch unga dalda berardi. Biroq Ollohning bu sodda bandasi bir narsani bilmas edi: imzo chekmagan kunning indiniga gazetda Rahmatulloh Inoyatulloh o‘g‘lining Xudodan yuz o‘girgani haqidagi maqolasi chop etildi. Oradan o‘n besh kun o‘tgach, uning «mutaassib ruhoniylar» tomonidan o‘ldirilgani haqida kichkina xabar chiqdi...

Soqchi barak eshigini ochib, Komissarni chaqirdi. Komissar bu chaqiruvdan ajablanib, erinibgina o‘rnidan turdi. Hammalari «Bugun ko‘p yo‘qlab qolishdimi?» degan savol nazari bilan unga qarashdi. Komissar bu qarashlarni sezmagandek, indamay eshik tomon yurdi.
Mirhosil Rahmatullohga yaqinroq surilib, faqat hamsuhbati eshita oladigan past ovozda so‘radi:
— Hali nima uchun «Ehtiyot bo‘l», deb ketdingiz?
— Hech nimani sezmayapsizmi? — Rahmatulloh shunday deb Komissarning bo‘sh o‘rniga qarab qo‘ydi.
— Unga ishonmayapsizmi?
— Iymonsiz bandaga ishonish mumkinmi?
— Sotadi, deysizmi?
— Maqsadi menga qorong‘u.
— Nimaga pichirlashib qoldilaring?!
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:13:29
Ikkalasi baravar ovoz bergan odamga qarashdi. Ular qamoqxonada «Ayiq» degan laqab olgan, kelbati chindan ham ayiqni eslatuvchi, fe’li esa quturgan itnikidek bo‘lgan bu badaxloq odamni shu tomonga kelayotganini ko‘rishgan, ammo nariga o‘tib ketar, deb o‘ylashgan edi. Chunki «Ayiq»ning shu paytgacha ular bilan ishi bo‘lmagan edi.
«Ayiq» ularga zaharli nigohini qadab turardi:
— Meni ig‘vo qilyapsanlarmi?
Ular javob berishga ulgurishmadi. «Ayiq»ning uzun qo‘li cho‘zilib, Mirhosilning yoqasidan oldi. Rahmatulloh hay-haylab turgunicha Mirhosil bir-ikki musht yedi. Rahmatulloh «Ayiq»ning chayir qo‘llariga yopishdi. Lekin birodarini ajrata olmadi. «Ayiq» so‘kindi-da, tizzasi bilan uni turtib yubordi. Rahmatulloh tisarilib yiqildi, chekkasini so‘ri qirrasiga urib olib, bir necha nafas hushini yo‘qotdi. O’ziga kelganida «Ayiq» vazifasini ado etib bo‘lib, joyiga qarab qaytib borardi. Mirhosil esa yorilgan labidan oqayotgan qonni artish bilan mashg‘ul edi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:13:46
5

Komissar qaytganida Mirhosilning labidan oqayotgan qon to‘xtagan, Rahmatulloh ham hushiga kelib, joyida o‘tirgan edi. «Ayiq» hunarini ko‘rsatayotgan damda Qizil komandir tirsagiga suyanib qaddini ko‘targanicha qoldi — joyiga cho‘zilishga shoshilmadi. Uni hozir tan azobi emas, nochorlik azobi qiynoqqa olardi. Haqsizlikni ko‘rganida chiday olmaydigan Qizil komandir birodarlariga yordam bera olmaganidan ezilardi. «Haqiqat egiladi, bukiladi, biroq sinmaydi», deb qattiq ishongan bu odam, Yer yuzida adolat o‘rnatish qasdida ko‘pga qo‘shilib qilich yalang‘ochlagan sururli bu kimsa yuragida titrab turgan so‘nggi umid iplari shart uzildi. Umidsiz yurak egasi, garchi nafas olib tursa-da, murdadan farq qilmay qolgan edi.
Komissar joyiga qaytganida manzara shunday edi. Undan birov «Yana nima uchun chaqirishibdi?» deb so‘ramadi. U ham «Nima gap, tinchlikmi?» demadi. Notekis taxtalardan ishlangan karavotda xuddi omonat gapni aytib iziga qaytadigan odamday oyoqlarini osiltirib o‘tirdi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:13:53
— Bugundan bo‘lak qulay vaziyat bo‘lmaydi, — dedi u o‘ziga o‘zi gapirganday. — Uchinchi minorada o‘zimizning hamshahar yigit soqchilik qiladi. Uning otasi boshiga ham bizning qora kunimiz tushgan. Buni boshliqlari bilishmaydi. «To bilib qolishguncha yordam qilay, otam tushgan joyda ham zora menga o‘xshagani topilsa», deydi.
Rahmatulloh gaplarini eshitgisi kelmay, unga orqasini qilib, o‘girilib yotdi. Qizil komandir ham boshini yostiqqa qo‘ydi. Mirhosil barakdan tashqariga chiqib yomg‘ir suvida yuz-qo‘lini yuvib qaytganda Komissar ham joyiga yotib olgan edi. Uchchovining ko‘zlari yumuq: xuddi uxlayotganday, bir tekisda nafas olib yotishardi. Mirhosil ularning o‘rtasidagi bo‘sh joyga chiqib chordona qurib oldi. «Uchchovi — uch olam. Qaysi biriga ishonishni bilmaysan, — deb o‘yladi u.— Domla «Olloh ko‘rsatgan yo‘ldan chiqma», deydi. O’zi shunga amal qiladi. Men ham Xudoga qarshi biron nojo‘ya ish qilmadim. Odam o‘ldirmadim. O’g‘irlik qilmadim, halol yashadim. Bolalarni o‘qitdim. Vatanni sevishni, ozodlikni qadrlashni o‘rgatmoqchi bo‘ldim. Ustoz tuzumni hazm qila olmadilar. Menga ham yoqmadi bu tuzum. Ammo murosa qildim. Biz-ku, shu tuzumga g‘anim ekanmiz. Shu tuzumning egalari nima qilib yurishibdi bu yerda? Bizday odamlarning qanchasini u dunyoga jo‘natishdi. Qanchasini bu yoqlarga surgun qilishdi. Oxir-oqibat bizga hamtovoq bo‘lishdi. Ozodlikda yurishganida biz bilan bir dasturxon atrofida o‘tirishga or qilishar edi. Bizdan nafratlanishardi. Ko‘rgiligimiz bir ekan-ku? Endi birga qochmoqchimizmi? Qayoqqa qochamiz? Yana o‘sha buzuq yurtgami?
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:14:01
U yerda bizga kimning ko‘zi uchib turibdi? Xudoning qarg‘ishi tekkan bu joylardan qochib xorijga o‘tib ketishning nahot imkoni bo‘lsa?» Mirhosil bu savolni o‘ziga-o‘zi yuz bora bergan bo‘lsa, yuz bora, ming bora bergan bo‘lsa, ming bora javobsiz qoldirar, javob topa olmas edi. Rahmatulloh «Qiyomat kuni qachon?» degan savolga javob berolmaganidek, Mirhosil ham bu muammoni yecha olmas edi. «Tavakkal qilmoqdan o‘zga chora yo‘q!» — shu to‘xtamdan nariga o‘ta olmasdi.
Qizil komandir ko‘zlarini ochib, chordona qurib o‘tirgan Mirhosilga qarab yotdi. «Bu bola faqirga qiyin bo‘ldi. Hali go‘shanga ko‘rmay turib boshini ne azoblarga tutib berdi. Ustozi-ku, nodon ekan. Nima edi?.. — Qizil komandir Mirhosildan eshitgan satrni eslamoqchi bo‘ldi: — Ha.. «Ey, har turli qulliklarni singdirmagan hur o‘lka, nega sening bo‘g‘izingni bo‘g‘ib turar ko‘lanka?..» Esi butun bo‘lsa, shunaqa deb yozadimi? Bo‘lganda, shunaqa yoshlarga jabr bo‘ldi. Shoir-ku, o‘zi pishirgan oshni o‘zi ichibdi. Bu bolalarda nima gunoh edi? Ayni go‘shangada ayshini suradigan paytda-ya... Men bu yoshda adolat deb ot surib yurdim. Adolat faqat shu jamiyatda qadr topishi mumkin edi. Bular nima uchun ishonishmadi? Biz tushunmovchilik qurboni bo‘ldik. Buzuq fikrlilar ro‘yxatiga noo‘rin tushdik. Endi birga qochmoqchimiz. Domlaning maqsadi tayin. Bu yerdan qutulsa, xorijga qochadi. Lekin bu yerdan ketgisi yo‘q. Shunisi ajablanarli. Nima uchun qochib qutulishiga ishonmayapti? Komissarni oilasi kutib turibdi. Mirhosilning sevgilisi bor. Nima edi?.. «Men suygan suyukli shunchalar go‘zal. Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!..» Meni kim kutyapti? O’lsam kim aza ochadi?..»
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:14:10
Qizil komandirning xayolidagi bu savolga kimdir «Seni kim kutardi, Azroil kutyapti», deb shivirlaganday bo‘ldi. Vujudini muz xarsangi bosib o‘tganday, a’zoyi badani seskandi. «Bu ham to‘g‘ri, — deb taqdirga tan berdi u, — bu yerdan qochganim bilan uzoqqa yetmayman. Har holda qamoqda, sassiq barakda xunuk basharalar orasida o‘lgandan ko‘ra, erkinlikda o‘lganim durust-ku? Jonim kechqurun uzilsa, yulduzlarni ko‘rib qolarman. Kunduzi o‘lsam, balki quyoshni ko‘rarman. Osmonni bulut bossa hech bo‘lmasa o‘sha bulutni, daraxt shoxini, bittagina giyohni ko‘rib qolaman-ku? Balki yuzimga bittagina pokiza yomg‘ir tomchisi tushar? So‘nggi nafasim chiqayotganda balki tabiatning o‘zi labimga suv tomizar? Ollohning menga ko‘rsatgan marhamati balki shu bo‘lar? Olloh gunohlarimni kechirib, meni shu martabaga loyiq ko‘rar? Domla biz bilan qochsa yaxshi bo‘lardi. O’lsam, janozamni o‘qirdi. Uch kunlik chaqaloqligimda qulog‘imni azon aytib ochishgan ekan. Janozasiz ketsam durust bo‘lmas. Men halol yashadim. Xudo gunohlarimni kechiradi. Men Xudodan emas, nodon dindorlardan yuz o‘girganman. Xudodan yuz o‘girganlar qancha? Yurishibdi hammalari davru davronlarini surib. Men ularday munofiq emasman. Lekin domla meni aynan o‘sha munofiqlar qatorida ko‘radi. Unga haqiqatni tushuntira olmadim. Tushuntirolsam, insofga kelarmidi...
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:14:23
Xayolidan shu gaplar o‘tgan Qizil komandir Mirhosilning yelkasidan ushlab, o‘ziga qaratdi:
— Domlaga ayting, o‘jarlik qilmasinlar, — dedi muloyim ovozda.
Mirhosil unga javob berishga ulgurmadi, gapga Komissar aralashdi:
— Aytmang, zo‘rlamang.
— Domla menga keraklar, — dedi Qizil komandir o‘jarlik bilan.
— Nimaga?
— Yo‘lda o‘lguday bo‘lsam, janozamni bu kishidan boshqa kim o‘qiydi?
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:14:33
— Bunaqa bema’ni xayolga bormang. Siz komandirsiz, axir! Men sizni yolg‘izlatib qo‘ymayman. Komissarligimni unutganim yo‘q. Qancha yursak, sizni o‘zim suyab yuraman.
Qizil komandir bir oz jim qoldi. Komissar va’da bergani bilan ko‘ngli tinchimadi. Komissar mehribon odam, chindan ham suyab yuradi. Ammo o‘limga duch kelsa, u ham nochor... Azroilning changalidan saqlab qola olmaydi.
— Domla, — dedi Qizil komandir xayollaridan chekinib. Rahmatulloh indamadi. — Domla, uyg‘oqsiz, bilib yotibman. Agar sizga malol kelmasa, janozamni hozir o‘qing. Issiq jon, bilib bo‘lmaydi.
Rahmatulloh javob bermadi, hatto qimirlab ham qo‘ymadi. Unga javob berish yangi bahs darvozasini ochish bilan teng edi. Shu bois sukutni afzal bildi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:14:43
6

Qizil komandirning «Janoza o‘qib qo‘ying», deyishi Rahmatulloh ko‘ngliga bir jihatdan taskin berdi. «Har holda iymonini butunlay sovurib yubormagan ekan, dilida Olloh bor ekan», deb qo‘ydi. Ammo uning iltimosini yerda qoldirishga majbur edi. Mo‘ljallanayotgan qochish Olloh yo‘lida jihod uchun bo‘lsa ekan, bularga shahidlik martabasi nasib etsa ekan, oldindan janozalari o‘qib qo‘yilsa... «U Fir’avnning qismatini bo‘yniga olib yotibdi, — deb o‘yladi Rahmatulloh, — shu dard jonimni oladi, degan fikr xayolini egallagan. g‘ofil banda! Erta-indin o‘la qolishini qayoqdan bilibdi? Dard bergan Olloh shifosini ham beradi-ku?..»
Rahmatulloh turli xayollarga bandi bo‘lib uzoq yotdi. Mahbuslarning u yoqdan-bu yoqqa yurishlari tindi. Qo‘ng‘ir-qo‘ng‘ir ovozlar ham eshitilmay qoldi. Buning o‘rnini turli ohanglardagi xurrak, alahsirashlar egalladi. Tun yarimlaganda Rahmatullohning ko‘zi ilindi. O’n daqiqagina davom etgan uyqusida g‘alati tush ko‘rdi. Tushida mudarrisi — qaynotasi uch bo‘lak oq surpni unga uzatyapti. «Bittasi senga, qolgani sheriklaringga», dermish. «Menam bular bilan ketayinmi? Unda to‘rt kishi bo‘lamiz», dermish Rahmatulloh. «Bittangga lozim emas». U shunday deb shoxdor bug‘uga aylanib qolganmish. So‘ng Rahmatulloh unga minib olganmish. Bug‘u yeldek uchib, uni to‘g‘ri Ka’batullohga olib borganmish... «Xayriyat, bomdodga yetib keldik», dermish Rahmatulloh.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:14:49
Keyin muazzinning ovozi eshitilibdi: «Ollohu akbar!» Rahmatulloh Makkai mukarramada ekanida ba’zan shu azon tovushini eshitib uyg‘onardi. Subhi sodiqda yangragan azon ovozi uning ruhiga madad berar, yaxshi bir kayfiyatda boshini yostiqdan ko‘tarardi. Hozir ham qush uyqusidan shu holda uyg‘ondi. Qulog‘iga azon tovushi boshqa eshitilmadi. O’zini Ka’batullohda emas, yana sassiq barakda ko‘rib, yuragi ezildi. Komissarning «Bo‘laqolinglar», degan ovozini eshitdi. Qizil komandir bir ingrab, o‘rnidan turdi.
— Taqsir bilan xayrlashaylik, — deb pichirladi Mirhosil.
— UyQotmang, bilmagani ma’qul. Sotib qo‘yishi mumkin.
Shivirlab aytilgan gap qilichga aylanib, Rahmatullohning tanasini qiymalab tashlaganday bo‘ldi. Xoinlik ko‘chasidan o‘tish mumkinligini xatto xayol qilmagan odam uchun bunday gumon eng yomon haqoratdan ham battar edi. Komissarga esa aynan shu kerak edi. So‘nggi yo‘qlovda u «Qanday bo‘lmasin Mullani olib chiqasan», degan qat’iy topshiriq olgan, o‘ylay-o‘ylay Rahmatullohning jig‘iga tegishni reja qilgan edi. Rejasi amal berdi — Rahmatulloh o‘rnidan turib ularga ergashdi. «Shularga qo‘shilib jon berish yozug‘imda bo‘lsa, na chora», deb o‘yladi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:15:01
7

Boshliq qorong‘u xonada, deraza oldida yordamchisi bilan turardi. To‘qqizinchi barak eshigi ochilib, hovlida odam qorasi ko‘ringach, mamnun jilmayib ko‘ydi.
— Umrimdagi eng maroqli ov shu bugun bo‘ladi, — dedi-da, sharpalarga sinchiklab tikildi: — Kimni suyab yurishibdi, sudralayotgan kim?
— Kecha sizdan adolat talab qilib kelgan odam.
— Ikkita tepkili holi bor ekanmi? Shu ahvolda komandirlik qilgan ekanmi, e onasini... — Boshliq so‘kinib, yoniga tupurdi. — Nima qilardi sudrab, o‘lsa shu yerda ham o‘laverardi.
— Sir ochilib qolmasin, deb qo‘rqdi.
— Ha, bo‘pti. Bulari — senga. Mulla — menga.
— Bular deganingiz... Komissar hammi?
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:15:09
— Umi?.. Buguncha tegmay qo‘ya qol unga. Yana kerak bo‘lib qolar. Uni keyinroqqa olib qo‘yasan. O’ziga o‘xshagan uch-to‘rtta maymunbasharani to‘playsan. Xuddi maymun ovlagandek bo‘lamiz. Taygada maymun ovi! Zo‘r bo‘ladi, a?
— Zo‘r narsalarni o‘ylab topasiz-a, — deb Yordamchi unga xushomad qilib qo‘ydi.
Qizishib olmoq uchun istakonlarni to‘ldirib aroq sipqorishdi. Yordamchi labini kafti bilan artib, tashqariga chiqdi. Dam o‘tmay soqchilar o‘q uzib «Qochdi! Qochdi!» deb baqirib qolishdi. Shundan so‘ng Boshliq xuddi katta ishni qoyil qilib qo‘yganday G’oz yurish bilan xonasidan chiqdi.
Hovliga tushgan zahoti soqchiboshi yugurib kelib, hisob berdi:
— Mahbuslar qochgani aniqlandi.
— Ko‘zlaring qayoqda edi, soqchilaring g‘aflat bosib uxlab qolibdimi? — deb baqirdi Boshliq. — Nechta ekan qochgani?
— To‘rtta.
— Qaysi barakdan?
— Aniqlayapmiz. Soqchilar izdan quvishga shay.
— Sen shu yerda qol. O’zim boraman izlaridan.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:15:16
Shu payt tikanli simto‘r ortidan bug‘uning o‘kirig‘i eshitilib, hamma hushyor tortdi.
Boshliq qochoqlarni quvishga shoshilmayotgan edi. Ayniqsa, bug‘uning o‘kirig‘idan so‘ng ko‘nglida «Men chiqmay qo‘ya qolsam-chi?» degan fikr ham paydo bo‘ldi. Bu fikrning umri qisqa edi. «Mish-mishlarga ishonuvchi qo‘rqoq odamga aylanyapmanmi?» degan ikkinchi fikr birinchisini bo‘g‘ib o‘ldirdi. Boshliq oyoqlarini kerib, qo‘llarini orqasiga qilgan holda bir oz turdi. Keyin papiros tutatdi. U bunday turishni sobiq komandiriga taqlid qilib o‘rgangan edi. Garchi hozir oq zobitlarni ko‘rarga ko‘zi bo‘lmasa-da, o‘zi sezmagan holda ularning ko‘p odatlarini o‘ziga singdirgan edi. Xususan, mana shu turishi, ikki gapning birida «onang-ni», deb so‘kinib qo‘yishi, so‘kina turib tupurishi zobitlardan unga meros bo‘lib o‘tgan. Turkiston o‘lkasiga ilk marta kelganida, hali yigit chog‘ida unda bunday odatlar yo‘q edi. Dalada qo‘sh haydab yurgan yigit bu issiq o‘lkalarga kelib odam o‘ldirarman, deb o‘ylamagan ham edi. Dastlab qo‘zg‘olonchilarni otishda qo‘llari qaltirab tepkini bosa olmagan edi. Bir u emas, yonidagilar ham shu holga tushishgandi. O’sha manzarani u tez-tez eslaydi. «Shunaqangi galvars ekanmana», deb o‘zidan-o‘zi kuladi. O’shanda yigirmaga yaqin qo‘zg‘olonchi otishga hukm bo‘lgan edi. Ular jar bo‘yida, otuvchilarga orqa o‘girib turishardi. «Otilsin» degan buyruq yangrashi hamon boshlarini burib qarashardi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:15:25
Ularning ma’yus ko‘zlarini ko‘rgan askarlar miltiq tepkisini bosa olishmas edi. Ana o‘shanda otda o‘tirgan zobit shart qilichini yalang‘ochlab qo‘zg‘olonchilarga yaqinlashgan, ularning kallasini bir-bir uzib tashlagan edi. Askarlar mashq paytida xodachalarga yopishtirilgan loy kallalarni shunday uzishardi. Zobit so‘nggi kallani uzgach, mo‘ylovini buragan, askarlarni avval so‘kib, so‘ng bunga qanoat qilmay, qamchilab xumordan chiqqan edi. Oradan yillar o‘tib, Boshliqning diydasi qotdi, qo‘li qaltiramaydigan bo‘ldi. Uning qilichi ham talay kallalarni bearmon uzdi. Chopon kiyib, salla o‘raganlarni ko‘rganda qo‘li qilich dastasiga boradigan bo‘lib qolgan edi. Tong otishi bilan boshlanajak ov o‘sha o‘rgangan ko‘ngilning o‘rtanishi tufayli edi. Uning ko‘ngli qanchalik o‘rtanmasin, shoshilmadi. Chunki qochoqlarning borar joylari tayin — Komissar belgilangan aniq yo‘l bo‘yicha boshlaydi ularni. O’rmonzorga chiqib, duch kelgan tarafga qochishsa, boshqa gap edi. Buning ustiga, chalajon odamni sudrab yurishlari qiyin. Sal nari ketishsin. Yugurib, sudralib, loyga belanib holdan toyishsin. Aft-basharalarini butalar tirnab azob bersin. Ana undan keyin ovni boshlasa bo‘ladi — Boshliqning rejasi shunday edi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:15:35
8

«Nahot sezdirmay o‘tdik?! Nahot, qochib qutulish nasib etgan bo‘lsa?!» Simtikondan uzoqlashishgani sayin ularni umid hissi tobora chulg‘ab borar edi. Hatto Rahmatullohda ilinj uyg‘ona boshlagandi.
Dastlab tez-tez yurishdi. Qizil komandirga ham quvvat kirganday bo‘ldi.O’limni emas, ozodlikni o‘ylab, qadamini ildam tashlashga harakat qildi. Badanidagi og‘riqlarning to‘xtaganiga o‘zi ham ajablandi.
Qamoqxona tomonda miltiqlardan o‘q uzildi. «Sezib qolishdi», deb o‘ylashdi baravariga. O’q ovozlari ularni yanada tez yurishga majbur etdi. Oyoqlari ko‘lmaklarga tushib, sirg‘anib yiqilishsa ham, tizzalarigacha jiqqa ho‘l bo‘lsa ham, ildam yurishdi. Bir zamon bug‘uning o‘kirig‘i eshitildiyu o‘q ovozlari butunlay tindi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:15:42
Bug‘uning o‘kirig‘ini eshitishi bilan Rahmatulloh to‘xtadi. O’sha zahoti uning quloqlari ostida muazzinning tanish ovozi yangradi. «Bu ne sinoat bo‘ldi?» deb o‘yladi Rahmatulloh.
— Domla, to‘xtamang, — dedi Komissar.
Chindan ham to‘xtab, o‘y suradigan vaziyat emas edi. Tong bo‘zara boshlaganida ular qamoqxonadan o‘n besh-yigirma chaqirim uzoqlashdik, deb mo‘ljal qilishdi. Bunchalik ko‘p uzoqlashishmaganini, balki yo‘l ilonizi qilib olingani uchun shunday tuyulganini faqat Komissar bilardi. Tongda mo‘ljaldagi manzilga yetib kelishgach, dam olishga ruxsat berdi.
Yomg‘ir suvini bo‘kib ichib, xamirdek ko‘pchib qolgan yerga cho‘zilishdi. Tez yurib badanlari qizib ketganidan, holdan toyganlaridan, yerning zaxini sezmadilar. Yer bir necha daqiqa yumshoq ko‘rpadek tuyulib, rohatlandilar. Badanlari sovugach, zax o‘z kuchini ko‘rsata boshladi. Eng avvalo, Qizil komandir tepki azoblarini yana his qildi. Bir necha soat xoli qo‘ygan bu azob endi haqini undirishga qasd qilganday zabtiga oldi. Suyaklari zirqirab, joni halqumiga kelib qolganday bo‘ldi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:15:49
Komissar qaddini ko‘tarib, daraxtga suyanib o‘tirdi. «Vazifam bitdi hisob, — deb o‘yladi u. — Hozir kelib qolishadi. Komandir azoblaridan birato‘la qutuladi. Mana bular bir-birlarining safsatalarini eshitishdan qutuladilar». Komissar ularga achinganday bo‘lib, bir-bir qarab chiqdi. Rahmatulloh uning xavotir zuhur bo‘lgan nigohini ilg‘adi. «Nimaga o‘tirib oldi, nimaga shoshirmayapti?» deb o‘yladi. Mirhosilda bunday sinchkovlik yo‘q, u o‘zini tamoman ozod his qilib, sururli bulutlar ustida suzmoqda edi. Komissar bir necha oy hamtovoq bo‘lgan yurtdoshlarining o‘lim bilan olishuvlari boshlanishini bilardi. U faqat o‘z qismatinigina bilmas edi. «Bularning nima bo‘lishlari tayin, — deb o‘yladi u. — Men-chi? Daydi o‘q o‘limga yaqin turgan Komandirga emas, menga tegsa-chi?» Shu fikr xayoliga kelib seskandi. «Boshliq ov tugagandan so‘ng qaytasan, devdi. Nima uchun ov tugashini kutishim kerak? Tayinlagan manzili shu yer. Men topshirig‘ini uddaladim. Bularni chalg‘itib izimga qaytaman endi. Boshliq o‘shqirsa, «Gapingizni yaxshi anglamabman», derman. Tepsa, bir-ikki tepar. Ursa, bir-ikki urar. O’qdan ko‘ra musht yegan ma’qulroq». Shu qarorga kelib, u o‘rnidan turdi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:15:57
— Jilamizmi? — dedi Rahmatulloh ham o‘rnidan turib.
— Yo‘q-yo‘q, — dedi Komissar cho‘chib. — Sizlar o‘tira turinglar. Men yo‘lni qarab kelay.
— Men birga boray. Yoki Mirhosil borsin. Yolg‘iz yurmaganingiz ma’qul.
— Xavotirlanmang, domla, tezda qaytaman.
Komissar shunday deb atrofga alanglab, yo‘lni mo‘ljal qilgan bo‘lib, so‘ng ohista yurib ketdi. Rahmatulloh tik turgan holida uning izlarini nigohi bilan ta’qib etdi. Azobning temir barmoqlari orasida ezilayotgan Qizil komandir uning ketganiga e’tibor bermadi.
— «Yabna Odama! Iza lam tasdahii minni fa’mal ma shi’ta ya miskinu...»
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:16:04
Rahmatullohning pichirlab aytgan gaplari Mirhosilning shirin xayollarini to‘zitdi.
— Taqsir, bir nima dedingizmi?
— Komissar ketdi.
— Ha, yo‘lni qarab keladi.
— Komissar ketdi,— deb yana qaytardi Rahmatulloh.
Mirhosil ajablanib, o‘rnidan turdi.
— Taqsir, unga hali ham ishonmayapsizmi?
— Men har qancha yaxshi gumonda bo‘lmayin, u ketdi. Harakatimizni qilaylik.
— Shoshilmang, shubhangiz noo‘rin.
Shu payt yana o‘q ovozlari eshitildi. Dam o‘tmay bug‘uning o‘kirig‘i yangradi.
— Qayoqqa boramiz? — dedi Mirhosil xavotir ingan kipriklarini pirpiratib.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:16:12
Rahmatulloh Qizil komandirga qaradi. U ko‘zlarini chirt yumib olgan, bularning tashvishiga sherik bo‘la olmas edi. Rahmatulloh engashib, uning peshonasiga kaftini qo‘ydi.
— O’lyapti, boyaqish, — dedi Mirhosilga qarab.
Yana miltiq otildi. Mirhosil o‘q ovozlari qay tarafdan kelayotganini bilolmay alangladi. To‘satdan bosh ko‘targan qo‘rquv uni telba holiga tushirayotgan edi.
Qizil komandir og‘riqqa dosh berolmay baqirib yubordi. Bu nogoh qichqiriqdan ikkovi ham cho‘chib tushdi.
— Astag‘firulloh! — dedi Qizil komandir bu safar pastroq ovozda. So‘ng kalima qaytardi.
— Taqsir? — Mirhosil «Eshitdingizmi?» deganday hamrohiga qaradi. Rahmatulloh eshitdi, ammo Mirhosil kabi ajablanmadi. Chunki «Ey odam farzandi, qachon balo va musibatga yo‘liqsang, meni yodga olasan. Lekin qachon u baloni sendan ko‘tarsam, meni hech tanimas kishidek esdan chiqarib yuborasan», degan kalomning hayotdagi tasdig‘ini ko‘p ko‘rgan edi.
— Fir’avnni bekor eslamagan ekan, — dedi Rahmatulloh.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:16:24
9

Komissar sheriklaridan chamasi uch yuz qadam uzoqlashgach, doira yasab, orqaga qayta boshladi. Qamoqxona shu tomonda bo‘lsa-da, sezib qolishmasin, deb atayin qaramag‘arshi yo‘lni tanlagan edi. Bilishga-ku, baribir bilishadi, qarg‘ashadi, la’nat o‘qishadi. Lekin bu paytda ularning hayoti qil ko‘prik ustida, Komissarniki esa omonlikda bo‘ladi. Ularning qarg‘ishlari, la’natlari yomg‘ir tomchisi kabi yerga singib ketadi. Komissar shunday bo‘lishiga ishonardi.
U butalarni shitirlatmay yurishga harakat qildi. Endi shoshilmas, ko‘lmaklarni chetlab o‘tar, dam-badam to‘xtab, atrofga quloq tutar edi. Sheriklaridan ancha uzoqlashib, mo‘ljaldagi yo‘lga tushib olgach, o‘q ovozlarini eshitib yana to‘xtadi. O’q ovozining qay tomondan kelayotganini chamalayotganida bug‘uning o‘kirig‘i eshitilib, o‘zi kutmagan holda yuragiga qo‘rquv oraladi. U o‘q otilayotgan yerni aylanib o‘tish uchun ovoz kelayotgan tomonni aniqlamoqchi edi. Bug‘uning o‘kirig‘i uning rejasini parokanda qilayozdi. U o‘rmonzorda o‘q o‘tmas bug‘u borligini, bug‘u qandaydir ilohiy kuchga ega ekanini eshitgan, endi ham o‘q otayotganlarni, ham bug‘uni chetlab o‘tishga majbur edi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:16:35
Nima uchun qo‘rqib ketganini o‘zi ham bilmadi. Avvaliga qo‘rquvni o‘tkinchi deb o‘yladi. Yo‘q, qo‘rquv uni tark etmadi. Yuragi qinidan chiqquday bo‘lib, tez-tez ura boshladi. Qandaydir kuch uni orqaga, sheriklari yoniga undadi. «Qayt, — dedi o‘sha noma’lum kuch, — ularni yanada uzoqroqqa boshla. Balki qutulib ketishar... Axir, sen ham insonsan-ku? Keyin vijdoning qiynalmaydimi?..»
«Vijdon... vijdon... — deb pichirladi Komissarning lablari. — Qani, kimda bor o‘sha vijdon?! Men umrimni tikkan g‘oyamga sodiqman! Bular — dushman! Men tuhmat qurboniman. Ertami-kechmi, menga o‘xshaganlarning dodi o‘rtoq Stalinga yetadi. Bular-chi? Qochishmoqchi bo‘lishdi... Nodonlar... Dushman dushmanligini qiladi. Baribir o‘limga mahkum edi ular. Hukmni men chiqarmadim. O’zlariga o‘zlari chiqarishdi. Bular baribir o‘ladi. Qamoqda o‘lganidan ko‘ra ozodlikda o‘lgani yaxshi emasmi?.. Men aybdor emasman. Vijdonim pok. Oqlanib chiqqanimdan keyin ularning uylariga boraman. Ozod holda jon berganlarini aytaman...»
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:16:42
«O’lishmasa-chi? Qochib qutulishsa-chi? — dedi o‘sha noma’lum kuch. — Hech bo‘lmasa bittasi qochib qutulsachi?..»
Komissar bu savolga darrov javob qaytara olmadi. «Qutulib ketish qiyin», — deb o‘ziga o‘zi dalda bermoqchi ham bo‘ldi. Ammo bu javobda qat’iylik yo‘q edi. U noma’lum kuch bilan bahslashishni bas qilishga o‘zida kuch topdi-da, tavakkal qilib qamoqxonaga olib borishi mumkin bo‘lgan eng qisqa yo‘lni tanladi. Bu safar qadamini tezlatdi. Vujudini tark etmayotgan qo‘rquv, tezroq jon saqlash qasdidagi hovliqish uning ziyrakligini mahv etgan edi. U tobora telba odam holiga kirib borardi. Endi ko‘ziga ko‘lmaklar ham, yuzg‘o‘lini tirnovchi butalar ham ko‘rinmas edi. Hozir uning panoh topadigan joyi — qamoqxona. O’y-xayoli bir — o‘sha yerga tezroq yetib olish... Bir mahal sayoz tuyulgan ko‘lmakka oyoq qo‘ydi-yu, munkib, yuztuban yiqildi. Avvaliga hech nimani sezmadi. Darrov o‘rnidan turib, yuziga yopishgan loyni yengi bilan sidirib, bir-ikki qadam tashladi-yu, chap oyog‘ida uyg‘ongan og‘riqqa dosh berolmay baqirib, yana yiqildi. Bu safar tez turmadi. To‘pig‘i atrofidagi og‘riq avval boldiriga chiqdi, keyin hamma yog‘i zirqirab og‘riy boshladi. «Eti uzildi shekilli», deb o‘yladi u. Asta qaddini ko‘tardi. Ehtiyotlik bilan qadam bosmoqchi bo‘ldi. Og‘riq uni yana yuztuban qulatdi. Bir oz hushini yo‘qotdi, hushiga kelib, sudrala boshladi. «Yaqin qoldi, sudralsam ham bir amallab yetib olaman», deb o‘yladi. Ust-boshi bo‘kib ketdi. Miyasi qiziy boshladi. Og‘riq kuchaya bordi. Bir ko‘lmak yonida to‘xtab, yuzini yuvdi. Sal yengil tortganday tuyuldi. Yana sudralmoqchi bo‘lganida butaning shitirlaganidan cho‘chib, atrofga alangladi: shoxlar orasida miltiq milini ko‘rdi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:16:48
— Otmanglar, bu menman! — dedi jonholatda. — Komissarman, otmanglar. Topshiriqni bajardim.
Shoxlar ikkiga ayrilib, qamoqxona boshlig‘ining yordamchisi, keyin bir askar yigit chiqib kelishdi.
— Ha, Komissar, bu yerda nima qilib yotibsan? — dedi u miltiqni yelkasiga osar ekan.
— Oyog‘im qayrilib ketdi, yurolmay qoldim.
— Boshqalar qani?
— O’sha yerda. Boshliq aytgan joyda.
— Sen komandiring bilan birga bo‘lishing kerak edi?
— Uning ahvoli og‘irlashdi. Hushsiz yotibdi.
— Boshliq sen bilan Komandirni menga hadya etgan edi. Qaerdan qidirsam ekan, deb boshim qotib turuvdim. Oyoq ostidan sudralib chiqding-a. Maroqlanib ov qilamanmi, devdim. Ishni buzding, sen maraz. Bugun chuvalchang otadigan kunim ekan-da. — Yordamchi miltiqni yana qo‘liga olib, Komissarga qaratdi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:16:54
— Otmang, axir topshiriqni bajardim.
— Bajargan bo‘lsang, yana yaxshi, — u shunday deb qo‘ndoqni yelkaga tirab, Komissarni nishonga oldi. U Boshliqning topshirig‘ini buzmoqchi emasdi. Boshliq «Komissar tirik qolsin», dedimi, demak tirik qoladi. Faqat payti kelganida uni bir o‘ynatib, tomosha qilsa chakki bo‘lmas. Yordamchi tipirchilab yolborayotgan Komissardan bir qadam naridagi daraxtni mo‘l tepkini bosdi. O’q ovozi daraxtlarning yalang‘och tanasiga urilib aks-sado berdi. Komissar jonholatda bir sakradiyu, yerga qapishganicha qimirlamay qoldi. Uning bu qilig‘ini ko‘rgan askar yigit kulib yubordi.
— Tur! Komissar, o‘zingni o‘lganga solma. Senga o‘q tegmadi. Birinchisi xato ketdi.
Komissar boshini ko‘tardi. Ammo qaddini rostlamadi.
— Axir, men sizlarning xizmatingizni qilyapman-ku? — dedi u yig‘lamsirab.
— Sen sheriklaringga xoinlik qilding.
— Ular sheriklarim emas, xalq dushmanlari...
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:17:11
— Hammang bir go‘rsan... Ular dushman bo‘lsa, sen dushmandan chiqqan xoinsan, ulardan ham battarroqsan. — Yordamchi yana tepkini bosdi. O’q Komissarning shundaygina yonidagi yerni titib tashladi.
— Otmang! — U Yordamchi tomon emakladi.
— Orqangga qayt! — deb baqirdi Yordamchi.
Komissar tiz cho‘kkan holida unga najot ko‘zlari bilan boqib, toshdek qotdi. Yordamchi yana o‘q uzdi. Komissarning qulog‘iga endi o‘qning aks-sadosi emas, balki ayol kishining nolasi urilganday bo‘ldi.
«Sen bizni yerimizdan haydab chiqaryapsanmi, seni qaro yer ham bag‘riga olishdan hazar qiladi. Jasading bir quloch lahadga zor bo‘ladi. Murdang qumursqalarga yem bo‘ladi hali...»
Bu nolani eshitib, Komissarning etlari jimirlashib ketdi. Atrofga telbalarcha alangladi. Ovoz egasini qidirdi. Yordamchi undagi o‘zgarishni sezib, «Nima qilarkin», deb kutdi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:17:28
omissar bu ovozni bir marta eshitgan, keyin o‘sha zahotiyoq unutib yuborgan edi. Qorako‘lchi boyning oilasini ko‘chirayotganida uning keksayib qolgan zavjasi shunday nola bilan qarg‘agan edi.
Komissar o‘shanda ham, undan oldin ham buyruqni bajargan edi. Dastlab bu xonadonga bostirib kirib, barcha boyliklarni tortib olishdi. Boy ota zarracha qarshilik qilmadi. Faqat bir chekkaga ajratib qo‘yilgan terilarga tegmaslikni so‘radi. «Bularni zakot uchun ajratib qo‘ygan edim», deb yalindi. «Zakot bilan Xudoni aldaysiz, xalqni alday olmaysiz», dedi Komissar.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:17:36
Boy ota indamadi. «Hoy yigit, sen ham, ota-onang ham tuzimdan totgansizlar. Seni odam bo‘lar, deb o‘qitib edim, muhtojlarni qo‘limdan kelganicha suyadim. Haj safariga ketar chog‘imda butun mahalla ahlini yarim yil boqadigan mulk qoldirdim...», demadi. Minnat qilishdan qo‘rqdi. Komissar esa uning shu gaplarini aytishini kutgan, shunga yarasha «Sen bu mulkni xalq qonini so‘rib topgansan», degan javobni tayyorlab qo‘ygan edi.
Komissar bir haftadan keyin eshitdi — Boy ota o‘libdi. Komissar janozaga u yoqda tursin, hol so‘rab ham kirmadi. Onasi ko‘p yalindi, kir, deb, yo‘q, kirmadi. Oradan bir necha yil o‘tib, yana kirdi bu xonadonga. Hammasini ko‘chirdi...
O’shanda shunday nolani eshitgan edi.
«Nahot u jodugarning qarg‘ishi urgani chin bo‘lsa?» deb o‘yladi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:17:43
Bir mahal Yordamchi miltig‘ini yelkasiga osdi.
— Yarim soat vaqt beraman. Lagerga yetib olsang — yetib olding, bo‘lmasa, naq sassiq og‘zingdan otaman.
Bu gapdan Komissar hushiga kelib, o‘rnidan turmoqchi, yugurib ketmoqchi bo‘ldi. Lekin chap oyog‘ini bosishi bilan jon azobida baqirib, yiqildi. Yordamchi, battar bo‘l, dedi-da, cho‘ntagidan papiros chiqarib, tutatdi. Bir necha nafas harakatsiz yotgan Komissar sudrala boshladi. Bu sudralishda yarim soat emas, yarim kunda ham qamoqxonaga yetib ololmas edi. Buni bilardi, lekin «chiqmagan jondan umid» deganlariday, hozirgina eslagan qarg‘ishini ham unutib, olg‘a intilardi. U bir oz sudralgach, ustiga shox-shabba tashlangan o‘raga duch keldi. O’rani bir necha yil muqaddam ovchilar ayiq tutish uchun qazishgan, qamoqxona qurilgach, bu yerlarga kelmay qo‘yishgan edi. Chirib qolgan shox-shabba Komissarni ko‘tara olmadi. Komissar chuqurligi bir yarim odam bo‘yi keladigan o‘raga qulab, hushidan ketdi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:17:54
10

Kun yorishdi.
Boshliq yoniga avvalgi ovlarda ham birga bo‘lgan, sinalgan askarlardan to‘rttasini olib, yo‘lga tushdi. Qamoqxonadan picha uzoqlashishgach, yordamchisiga bitta askarni berib, «Sen o‘ngdan yur», dedi. O’zi qochoqlar dam olib o‘tirgan joyga tikka yurib chiqmoqchi bo‘ldi. Yarim soatlar chamasi yo‘l yurgach, ro‘paradagi butalar qattiq shitirladi. Boshliq to‘xtab to‘pponchasini qo‘liga oldi-da, yo‘g‘on daraxt panasiga o‘tdi. Uning ishorasi bilan askarlar ham o‘zlarini panaga oldilar. Shitirlash ovozi kuchayib, dam o‘tmay bahaybat shoxli, bahaybat gavdali bug‘u ko‘rindi.
«O’q o‘tmas bug‘u shumi?» deb o‘yladi Boshliq. Bug‘u to‘xtab, boshini g‘oz tutganicha jim turdi. Boshliq unga qarab ko‘zlari cho‘g‘dek qipg‘izil ekanini, o‘zidan g‘alati yog‘du taratayotganini ko‘rdi. «Qani, ko‘raylikchi, rostdanam o‘q o‘tmas ekanmi?» deb shu ko‘zni mo‘ljalga olib, tepkini bosdi. O’q izsiz ketgandek bo‘ldi — bug‘u qilt etmadi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:18:02
— Otinglar! — deb baqirdi Boshliq. — Ko‘zini nishonga olinglar, ko‘zini!
Askarlar pala-partish o‘q uza boshladilar. Bug‘u «Qani, hunaringni ko‘rsatib qol», deganday bir oz jim turdi. So‘ng tumshug‘ini osmon sari cho‘zib o‘kirdi. Bu o‘kirig‘dan Boshliqning qulog‘i qomatga keldi. Ikki askar miltiqlarini yerga tashlab, orqaga qocha boshladilar. Boshliq to‘pponchasidagi o‘qlarni otib tugatdi. Bug‘u yana cho‘zib o‘kirdi. Boshliq shoshilib to‘p-ponchani qayta o‘qladi. Ammo otishga ulgurmadi. Bug‘u boshini xiyol eggan holda unga daf qilganicha yaqinlasha boshladi. Boshliq beixtiyor tisarildi. Bug‘u uni shoxiga ilib, chetga uloqtirib yuborishga qasd qilgan, biroq maqsadini amalga oshirishga shoshilmas edi.
Uchinchi askar ham allaqachon g‘oyib bo‘lgan, bug‘uning ro‘parasida faqat Boshliq qolgan edi. «Nimaga faqat meni ta’qib qilyapti?» Nima uchun askarlarga parvo qilmadi?» deb o‘yladi Boshliq. Bug‘u uni shunchaki ta’qib qilmas, balki dam o‘ng, dam so‘l tomonga o‘tib, o‘zi istagan yo‘ldan yurishga majbur etardi. Boshliq bir necha marta yiqilib, balchiqqa belandi, afti, qo‘llarini shox tilib yubordi. Bir necha daqiqada u ham qochoqlar holiga tushdi. Hech kutilmaganda bug‘u keskin sapchidi-da, uni shoxiga ilib oldi. Ikki-uch qadam bosgach, boshini qattiq silkib, tipirchilayotgan Boshliqni itqitib tashladi. Boshliq yumshoq shox-shabba ustiga tushganday bo‘ldi. Tik qazilgan o‘ra ustiga tashlangan shox-shabba uni ko‘tara olmadi. Boshliq o‘ra tubida hushidan ketdi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:18:13
11

— Nima, shunday turaveramizmi? — dedi Mirhosil.
— Qayoqqa yuraylik? — dedi Rahmatulloh. — Yo‘lni Komissar bilardi.
— Taqsir, hozir pichingning o‘rnimi?
Rahmatulloh bu gapni to‘g‘ri ma’noda aytgan bo‘lsa ham Mirhosil undan ranjidi. Qizil komandir ko‘zlarini ochdi. Garangsib turgan sheriklariga qaradi-da, ingroq ovozda:
— Bu yoqqa yurmanglar, — dedi Komissar ketgan tomonni ko‘rsatib. — O’q ovozi shu yoqdan eshitilyapti. Komissar yo qo‘lga tushdi, yo o‘qqa uchradi. Bo‘lmasa, shu paytgacha qaytardi. Domla, men muddaomga yetdim. Endi menda hayotdan umid yo‘q. Erkinlikda topshiraman jonimni. Sizlar menga qaramanglar. Ketaveringlar...
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:18:21
Atrofda sharpa sezilib, uchchovlari ham pusib qolishdi. Bir ozdan so‘ng avval qamoqxona boshlig‘ining yordamchisi, so‘ng esa askar yigit ko‘rindi. Ularning ust-boshlari loyga belanmagan, yuzlarida esa charchoq sezilmas edi. Yordamchi Boshliqning bu yerga yetib kelmaganidan avvaliga ajablandi. So‘ng o‘q ovozlari, bug‘uning o‘kirig‘ini eslab «Bug‘u ovlashga kirishib ketgan shekilli?» deb o‘yladi. Keyin ko‘ngliga bir shumlik kelib, o‘zidan o‘zi quvondi. «Boshliqni bir qoyil qilay», degan xayolda o‘girilib, askar yigitga qaradi:
— Bular eplab qochishni ham bilishmaydi. Yalpayib yotishini qara, — dedi Qizil komandirni imlab ko‘rsatib. — Yana bittalaring qani?
Qizil komandir javob bermay ko‘zlarini yumdi. Yordamchi Mirhosilga yaqin keldi:
— Yana bittang qani deyapman?
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:18:33
«Demak, Komiscarni ushlashmabdi», deb o‘yladi Mirhosil.
— Biz uch kishimiz...
— Komissarlaring qani? — dedi Yordamchi Rahmatullohga qarab.
— Net ponimash...
— Tushuntirib qo‘yaymi?
Shunday deb Rahmatullohga musht tushirish qasdida qo‘l ko‘tardi-yu, ko‘zi uning nigohiga tushgach, qo‘lini qandaydir kuch siltab tashlaganday bo‘lib, urolmadi. Sir boy bermaslik uchun kulimsiradi:
— Xo‘p, tushunmasang tushunmabsan. Qani, oldimga tushlaring!
Mirhosil Qizil komandirni suyab turg‘azdi. Ularning qiynalayotganini ko‘rib, Rahmatulloh ham Qizil komandirning qo‘ltig‘idan oldi. Askar yigit oldinda, Yordamchi orqada bordi. Bir chaqirim yo‘l bosishgach, askar to‘xtab, orqasiga qaradi. Yordamchi unga, chetroq o‘t, deb imlab, mahbuslarga buyurdi:
— To‘g‘riga yurlaring!
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:18:41
Ular yana besh qadam bosishgach, og‘zi o‘prilib yotgan o‘ra labiga kelishdi.
— Ha, yurmaysanlarmi? — dedi Yordamchi to‘xtab. — Yo tanish odamni ko‘rib qoldilaringmi?
Mirhosil engashib, behush yotgan Komissarni ko‘rdi.
— U sizlarni orziqib kutyapti.— Yordamchi shunday deb askarni imlab chaqirdi-da, shivirladi: — O’rtadagisi senga, sonidan ot. Ikki chetdagisi menga. Ehtiyot bo‘l, o‘ldirib qo‘yma. Boshliq teringni shiladi-ya!..
Ular nima bo‘lganini bilmay ham qoldilar. Miltiq otilib, avval qizil komandir sapchib tushdi. Keyingi o‘qdan Mirhosil o‘raga quladi. Oradan bir nafas ham o‘tmay Rahmatulloh sonidan qattiq og‘riq sezib, cho‘kkalab qoldi. Keyin bo‘yniga miltiq qo‘ndog‘i zarb bilan urilgach, u ham o‘raga yiqildi.
— Sen o‘lim raqsini hech ko‘rganmisan? — dedi Yordamchi askardan. So‘ng o‘ra labiga kelib, cho‘nqayib o‘tirdi: — Qarab tur, ko‘rasan. Hozir hushlari o‘ziga kelsa boshlashadi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:18:50
Askar yigit ham Yordamchi yonidan joy oldi. O’q ovozlari ham, bug‘uning o‘kirig‘i ham eshitilmay qoldi.
«Ov tugadi shekilli?» deb o‘yladi Yordamchi. Anchagacha o‘rmon sukunat qa’riga cho‘mdi. «Ov tugadi. Boshliq balo, bug‘uni tinchitmay qo‘ymaydi, — degan qat’iy xulosaga keldi u. — Endi Boshliq qidirib ovora bo‘lsa achchiqlanishi mumkin». Yordamchi shu to‘xtamga kelib, askarga buyurdi:
— Uchinchi kvadratga qarab yur. Boshliqni topib, shu yerga olib kel!
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:19:01
Askar buyruqqa itoat etib, o‘rnidan turgan joyida qotib qoldi:
— Bug‘u! — dedi u jonholatda. —O’q-o‘tmas bug‘u!
Yordamchi o‘ylab ham o‘tirmay Bug‘uni nishonga olib, miltiq tepkisini bosdi. Askar esa miltiq otish lozimligini ham unutib, qochdi. Yordamchi yana bir o‘q otdi-da, u ham qocha boshladi... Bug‘u lopillab yugurganicha uni ta’qib etdi. Boshliqni qanday quvlagan bo‘lsa, buning ham dam o‘ng, dam so‘l tomoniga o‘tib, o‘zi istagan yo‘l bo‘ylab quvdi. Yordamchi og‘zi o‘pirilgan o‘ra labiga kelganida taqqa to‘xtadi. Pastga egilib qarashga qo‘rqdi. Orqasiga o‘girilganida boshini egganicha shitob bilan yugurib kelayotgan bug‘uni ko‘rdi. O’zini chetga olishga ulgurmadi. Bug‘uning qattiq shoxi uning ko‘kragini teshib yuborganday bo‘ldi...
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:19:19
12

Yana yomg‘ir savalay boshladi.
O’radagilar birin-ketin hushlariga kelishdi. Komissar ularning yaralanganlaridan bexabar, xomush boqayotgan ko‘zlarda aybnoma o‘qiganday bo‘lib, talvasaga tushdi:
— Men yo‘l qidirib yurgan edim. Qochdi, deb o‘yladilaringmi? Ha, bular o‘ylamasa ham siz o‘ylagansiz, — dedi Rahmatullohga tikilib. Rahmatulloh unga javob bermadi. Mirhosil esa unga qarab turib, xasta ovozda dedi:

— «Tonglarning sirlari to‘rni keng yoyganda,
Biz — g‘ofil, uyquning qa’rida qolamiz.
To‘lgan oy ko‘klarda suzilib borganda.
Biz — qo‘pol, tonglarning qahrida qolamiz...
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Derlarki: «Oylarning nurida vafo yo‘q!»
Demaslar ularki: «Ayb bizda, biz buzuq»...
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:19:27
— Aniqroq gapiring, nima demoqchisiz?!
— Komissar... — Qizil komandir so‘nggi kuchini yig‘ib, gap boshladi: — Komissar, sizni hech kim ayblayotgani yo‘q. Siz yo‘l topganingizda ham baribir qo‘lga tushib, o‘lib ketardik. Domla, ayting bunga: o‘lim — haq. Hech kim tirik qolmaydi bu dunyoda. Shuning uchun o‘limdan qo‘rqmaslik kerak. Ibodat qilganlar ham, qilmaganlar ham vaqti kelib, jonlarini topshirishadi. Komissar, biz yaralanganmiz. Bu yerdan tirik chiqishimiz amri mahol. Siz harakat qilib ko‘ring. Hech bo‘lmasa bir kishi tirik qolishi, qachon bo‘lmasin yurtga qaytib, bizning dushman emasligimizni yetkazishi kerak. Har birimiz yurtni o‘zimizcha sevdik, o‘zimizcha xizmat qildik. Har birimiz bir joyda qoqildik, bir yerda adash yo‘lga kirdik...
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:19:33
Qizil komandirning keyingi so‘zlarini anglash mushkul bo‘ldi. Pichirlab, yamlab aytilayotgan so‘zlar tindi. Yarim ochiq ko‘zlar yumildi. Sariq kipriklar qovushdi. Mirhosil savol nazari bilan Rahmatullohga qaradi. Rahmatulloh uning nigohini sezmaganday jim o‘tiraverdi.
Tildan qolgan Qizil komandir endi gapini xayolan davom ettirar, dam bulutlar ustida sarxush uchib, dam qattiq yerga qulab azoblanardi. Ko‘zlari yumuq bo‘lsa-da, tutqun hamrohlarini ko‘rib turganday tuyulardi. Bir mahal tutqunlarni oppoq bulut bag‘riga yutdi-yu, ko‘rinmay qolishdi. Bulut tarqalganda ularning o‘rnida ko‘zlari o‘yib olingan o‘sha oqsoqol turar edi. Uning ikki qo‘li oldinga cho‘zilgan, ikki kaftida ikki ko‘z soqqasi turar edi...
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:19:40
— Ma, ol bu ko‘zlarni, — dedi Oqsoqol.
— Kerakmas, — dedi Qizil komandir. — O’zimning ko‘zlarim bor.
— Ko‘zlaring ko‘rmaydi. Ko‘rsa edi, do‘st kim, dushman kim, farqlar eding.
— Vaqt o‘tdi endi... Yaramga tuz sepmang.
— Qishloqqa kirganing esingdami?
— Esimda. Qishloq kimsasiz edi.
— Qishloqda faqat men qolgan edim. Ko‘zim ko‘r bo‘lgani uchun uyda yolg‘iz mengina qolgandim. Ko‘zim nima uchun o‘yib olinganini aytmadim, a, o‘shanda? Senday norg‘ul yigit edim. Muhammad Amin eshon qanotiga kirib, g‘azotga qo‘shilganim uchun o‘yishgan ko‘zlarimni. Juda ko‘p odamni o‘ldirishdi. «Olloh», degan tillarini kesishdi. Sen u damlarni bilmaysan... Sen o‘shalarga qarshi ot surishing kerak edi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:19:47
— Bu gapni aytgansiz...
— Ha, aytganman. Yuragim zardobga to‘lib aytganman. O’sha kuni dashnoqlar kelib «Bosmachi yo‘lini to‘samiz, handaq qazinglar», deb keksayu yoshni qirga haydadi. Shomga yaqin nabiram qaytdi. Dir-dir titraydi. Qo‘rqib ketgan ekan bechora. Barchani qilichdan o‘tkazib, o‘zlari qazigan handaqqa ko‘mishibdi. Ollohning marhamati bilan nabiram qochishga ulguribdi. Nima bo‘lganini aytdi-yu, o‘ldi. Yuragi yorilib o‘ldi. Keyin sen askarlaring bilan kelding. Dashnoqlarni quv, dedim. Sen beklarga qarshi ot surding...
— Eslatmang u damni. Adashganman. Men ham Xudoning bir gunohkor bandasiman. Armon bilan topshirayapman omonatimni. Jonimning qiynalishi ham shundandir.
— Sen xun olmading.
— Ololmadim...
— Endi kim oladi? Ruhimiz chirqirab qolaveradimi?
— ...
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:19:54
— Gapir.
— Meni qiynamang.
Shu payt Oqsoqol yonida Komissar paydo bo‘ldi. Qo‘lida chegalangan kosada za’faron suv.
— Komissar, kelganingiz yaxshi bo‘ldi. Ichim yonyapti. Yuragimdagi armonlarim cho‘qqa aylanganga o‘xshaydi. Suvni menga olib keldingizmi, rahmat.
— Suv sizga, ammo bitta shartim bor: Xudo yo‘q, deb ayting, payg‘ambar aldoqchi, deb ayting.
— Komissar, qo‘ying bu gaplarni. Men hech qachon bunday demaganman.
— Demagan bo‘lsangiz, endi ayting. Suvni iching. Tashnalikni bosing. Orom oling. Suvni ichsangiz qo‘zingiz ochiladi, shifo topasiz.
— Bolam, bu shaytonning gapiga kirma, — dedi Oqsoqol.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:20:02
Komissar uni nari itardi. Talabini yana qaytardi. Shu damda Qizil komandir Rahmatullohning ovozini eshitdi, aniq eshitdi:
— La ilaha illolloh...
Rahmatullohning ovozi eshitilishi bilan Komissar g‘oyib bo‘ldi.
«Suv» dedi Qizil komandir.
Uning ovozini yonidagilar eshitmadi. Bittagina yomg‘ir tomchisi labiga tushib, joni rohatlandi. Chuqur-chuqur nafas oldi-da, jimib qoldi. Burun kataklari kerildi. Changak bo‘lib turgan oyoqlarini uzatdi. Rahmatulloh surilib, Mirhosil bilan joy almashdida, Qizil komandirga yaqinlashdi. Uning nafas olishi yana tezlashdi, keyin birdan susaya boshladi. Rahmatulloh kaftini uning jag‘iga qo‘yib, dona-dona qilib kalima keltira boshladi. Qizil komandir ko‘zlarini ochib, nimanidir qidirib olazarak bo‘ldi. Rahmatullohni ko‘rib, jilmaydi. Shu alpozda ko‘z qorachig‘i ham qotdi. Nafasi ham o‘chdi. Rahmatulloh bir kafti bilan uning jag‘ini ushlaganicha ikkinchi kafti bilan ochiq ko‘zlarini yumdi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:20:09
Mirhosil ich ko‘ylagini yirtdi. Marhumning jag‘ini, oyoqlarini bog‘lab qo‘yishdi. Qizil komandirning ustidagi kalta to‘nni yechib, yuziga yopishdi. Komissar qunishib o‘tirganicha ularning ishiga aralashmadi. Rahmatulloh devorni tirnab jasadning ustiga tuproq to‘kmoqchi bo‘ldi. Bir necha marta tatalagandan so‘ng tirnoqlari orasidan qon chiqdi. Sonidan oqayotgan qon holdan ketkazdi. Pichirlab «Taborak»ni o‘qiy boshladi. So‘nggi oyatlarni o‘qiyotganida tepada shoxdor bug‘uning qorasi ko‘rindi. Rahmatulloh duo qilayotganida u o‘kirdi. Rahmatulloh boshini ko‘tarib, tepaga qaradi. Qulog‘iga muazzinning shirali ovozi urildi — «Ollohu akbar!» Rahmatulloh ovoz chiqarib tasbeh aytdi. Bug‘u yana cho‘zib-cho‘zib o‘kirdi. Rahmatulloh qulog‘iga muazzin tasbeh aytganday bo‘ldi.
Bug‘u pastga tushishga intilganday tipirchilab, o‘ra atrofida aylana boshladi.
— Tushmoqchiga o‘xshaydi, — dedi Komissar uning harakatini kuzatib. — Tushsa, hammamizni bosib o‘ldiradi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:20:16
Bug‘u ham shuni o‘ylabmi, pastga tushishga harakat qilmadi. Old oyoqlarini bukib o‘ra labiga cho‘kkaladida, boshini egdi. Rahmatulloh ham, Mirhosil ham ko‘p qon yo‘qotganlari sababli o‘rinlaridan qimirlashga majollari yo‘q edi. Komissar o‘ra devoriga suyanganicha o‘rnidan turdi. Tepaga qo‘lini cho‘zdi. Qo‘li bug‘uning shoxiga yetay-etay dedi. Yarim qadam yonga surilsa, murda ustiga oyoq qo‘ysa yetadi. Shuni xayol qilgan damda, Mirhosil uning maqsadini anglab qolib, surildi.
— Komissar, yelkamga qo‘ying oyog‘ingizni.
Mulozimat uchun fursat yo‘q edi. Komissar sog‘ oyog‘ini yigitning yelkasiga qo‘yib ko‘tarildi-da, bug‘uning shoxini mahkam changalladi. Bug‘u boshini osonlik bilan ko‘tarib, uni o‘radan tortib oldi. Keyin yana cho‘kkalab boshini egdi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:20:23
— Ey jonivor, bizni chiqara olmaysan, — dedi Mirhosil unga qarab. — Taqsir bilan qismatimiz bir ekan. «Mangu tutqunlikka kirdimi o‘lka, xayolda porlagan shamlarmi so‘ndi?» Agar gapimizga tushunayotgan bo‘lsang, Komissarni qamoqxonaga eltib qo‘y. U bizni sotdi.
— Sotganim yo‘q! — deb baqirdi Komissar o‘tirgan yerida.
— Sotdingiz, Komissar, o‘layotgan damda to‘g‘ri gapni aytib qolay. Siz uzoq umr ko‘rishingiz kerak. To o‘lguningizcha shu o‘rani eslaysiz. Eslab qiynalasiz. Men uzoq umr ko‘rishingizni istayman. Bug‘ujon, uning hayotini asra, o‘lmasin...
Bug‘u uning gaplariga tushunganday bo‘ldi. Qaddini tiklab, Komissarga yaqinlashdi-da, boshini egdi. Komissar avvaliga uning harakatiga tushunmadi. Keyin shoxiga osildi. Bug‘u asta yura boshladi. Komissar ertaklardagina sodir bo‘lguchi bu kutilmagan hodisadan xursand edi. Sudralayotgan oyog‘ida og‘riq tursa ham ko‘ngli charog‘lanib borar edi. U o‘lmay qolganiga chippa-chin ishondi. Bug‘u to‘xtamasdan yurdi. Komissarning qo‘llari toldi, ammo chidadi. Ancha yo‘l bosib o‘tilgach, bug‘u to‘xtab, Komissar o‘zini o‘ra og‘zida ko‘rdi. «Shu joyga aylantirib olib keldimi yana?» deb o‘ylab, shoshilganicha pastga qaradi va... harakatsiz yotgan Boshliq bilan Yordamchini ko‘rdi-yu, qo‘rquvdan yuragi qinidan chiqib ketayozdi. Sudralib nari ketmoqchi edi, ulgurmadi. Bug‘u shoxi bilan surib uni o‘raga qulatdi-da, cho‘zib-cho‘zib o‘kirib qo‘ydi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:20:31
Komissar nazarida o‘raga qulamadi, balki yumshoq gilam ustiga yumaladi, bu gilam uni osmonga ko‘tarib, suzib ketdi. Anchagacha sarxush kezdi. So‘ng bir tanish ovozni eshitdi:
— Seni o‘ldirgan odam to‘g‘ri jannatga tushadi!
Kimniki edi bu ovoz? Ha... Boy otaning kenja o‘g‘liniki... Mulklari musodara etilgach, uch kundan keyin «Otam chaqiryaptilar», deb kelgandi. «Bormayman, — degan edi Komissar. — Boylar bilan gaplashadigan gapim yo‘q». «Otam qon siyib yotibdilar. Sizga aytar gaplari bor ekan». «Bilaman nima deyishini otangning. Meni o‘qitish uchun pul berganini pesh qiladi-da. Tag‘in ham oson qutuldilaring. Boylarning kuni bitgan, otangga aytib qo‘y».
Boyning o‘g‘li bu gapga chiday olmasdan unga tashlangan edi. To‘pponchasi yonida bo‘lmaganida Komissarni bu hirsday yigit bo‘g‘ib o‘ldirishi mumkin edi. Osmonga qarab bir o‘q uzganida yigit qochdi. Qocha turib aytgan edi bu gapini.
Oradan yarim soat o‘tmay eshiklari oldida arava to‘xtadi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:20:49
— Boy otamning o‘zlari kelibdilar, — dedi Komissarning onasi. — Jon bolam, ularning tuzini totganmiz, otang o‘lganlarida kafanlikni ham Boy otam berganlar. Tuz haqqi bu kishiga qattiq gap aytma, ranjitma, jon bolam...
Ko‘cha eshigi qiya ochilib, Boy otaning to‘ng‘ich o‘g‘li ko‘rindi.
— Hech bo‘lmasa shu ostonaga kelarsan? — dedi u dag‘al ovozda.
Komissar onasining zo‘ri bilan ostonaga qadar bordi. Boy ota holdan toygan bo‘lishiga qaramay, tirsagiga tiralib, qaddini sal ko‘tardi.
— Bolam, men sendan bir nima talab qilib kelmadim. Sendan so‘raydiganim bitta — rozi bo‘lgin. Esingdami, qimorda yutqazib pul so‘raganingda yuzingga bir tarsaki urgan edim. Haqqim yo‘q edi urishga. Shunga rozi bo‘lgin, bolam. Ayt, rozi bo‘ldingmi?
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:20:57
...Ancha yil burun bo‘lgan edi bu voqea. Boy ota chindan ham tarsaki tushirgan edi. Ammo qarzni to‘lab, so‘ng uni o‘qishga joylab qo‘ygandi...
Komissarning onasi qulog‘i ostida shivirladi:
— Roziman, degin, bolam.
Komissar indamadi.
— Boy ota, bolam mingdan ming rozi, hammamiz rozimiz. Siz ham...
— O’z og‘zi bilan aytsin.
Komissar indamadi. Boy ota boshini yostiqqa qo‘ydi...
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:21:05
Komissar shularni esladi-yu, ko‘z o‘ngida Boy ota gavdalandi. Uni so‘nggi marta bemor holida, arava ustida tirsagiga suyangan holda ko‘rgan edi. Hozir toza kiyimlar kiygan, xushro‘y holda ko‘rdi.
— Boy ota, men o‘shanda majbur edim, — dedi Komissar.
Boy ota jilmayib qo‘ydi-yu, indamadi.
— Men sizdan rozi bo‘lganman. Siz ham rozi bo‘ling...
Boy ota yana indamadi...
Komissar ko‘zlarini ochdi. O’ra og‘zida bulutli osmonning bir parchasigina ko‘rinib turardi. Bug‘u ko‘rinmas, uning ovozi ham eshitilmay qolgan edi.
O’rnidan qo‘zg‘olmoqchi edi, belida qattiq og‘riq turib, baqirib yubordi. «Nima balo, belim sinibdi-mi? — deb o‘yladi. — Bir oz dam olay, keyin chiqishga urinib ko‘raman. Mana bularni ustma-ust qo‘ysam, chiqib ketaman. Bu o‘ra pastroqqa o‘xshaydi... Bular tirikmi yo o‘likmi?..»
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:21:17
Dam o‘tmay ular ham qimirlashdi. Avval Yordamchi, so‘ng Boshliq ko‘zlarini ochdi.
— Senmisan? — deb ajablandi Boshliq yordamchisini ko‘rib. So‘ng Komissarga ajablanib qaradi: — Bu qaerdan kelib qoldi?
— Hayronman, boshqa o‘rada edi.
Boshliq yelkasini o‘ra devoriga tirab turmoqchi bo‘ldi. Ammo ko‘kragida kuchli og‘riq turib yana yiqildi.
— Sen anavi marazning ustiga chiq, — dedi Boshliq yordamchisiga.
Yordamchi u aytganday qildi. Boshliq tishini tishiga qo‘yib, og‘riqqa chidab, chap oyog‘ini Komissarning yuziga, o‘ng tizzasini Yordamchining yelkasiga qo‘yib ko‘tarilmoqchi bo‘ldi. Biroq, qaddini ko‘tara olmadi. Ikkinchi marta urinishda og‘zidan qon keldi.
— Tamom, — dedi Yordamchi. — Chiq, ustiga.
Komissar sudralib Boshliqning jasadi ustiga chiqdi. Yordamchi o‘rnidan turishga urindi. Uddalay olmadi. Bir necha daqiqadan so‘ng u ham jon berib azoblardan qutuldi. Komissar ularni ustma-ust qo‘yishga harakat qildi-yu, uddalay olmadi. Tobora holdan toyaverdi...
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:21:27
13

Bug‘u Rahmatulloh bilan Mirhosil tushib qolgan o‘ra tepasiga bir necha marta keldi. Atrofni aylandi. Boshini egdi. Nochorlikdan ezilganday to‘xtovsiz o‘kirdi.
Pastdagilar bu jonivorning siridan bexabar, bu jumboqni yechishga harakat ham qila olmas edilar. Bug‘u uchinchi marta kelganida yuqoriga qarashga majollari yetmadi. Mirhosil ko‘z o‘ngida ustozi gavdalangan, uni bag‘riga mahkam bosib «Ko‘rishamiz degan edim-ku, mana, ko‘rishdik. Sening ko‘rganlaring bir tush edi... Bir tush edi...», deydi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:21:36
Rahmatulloh esa xayolan Ka’batulloh atrofida zikr aytib yurardi. Makkai mukarramaning iliq havosi tanasidagi muzni haydab chiqarib, badaniga harorat berar edi. Muazzin ovozi eshitildi. «Ollohga shukr, subhga yetdik», deb o‘yladi Rahmatulloh. Shu o‘y fikrini yoritdiyu joni uzildi...
Bug‘u o‘ra labida uzoq vaqt qimir etmay turdi. So‘ng shoxlari bilan loy tirnab, o‘rani ko‘ma boshladi. Keyin Komissar yotgan o‘raga borib uni ham ko‘mib tashladi.
Soqchiboshi rahbarligidagi askarlar ertasiga qo‘rqa-pisa o‘rmonga chiqdilar. Uzoq qidirishga yuraklari betlamay orqalariga qaytdilar.
Shu voqeadan so‘ng bug‘u qamoqxona soqchilarini bezovta qilmay qo‘ydi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:21:47
’TTIZ BESH YILDAN SO’NG...

Bu yorug‘ olamda tasodif ila yuz berguchi voqealar ko‘p. Ba’zan yetti uxlab bir tushda ko‘rmaydigan, o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib ham ishongingiz kelmaydigan hodisalarning guvohi bo‘lasiz. Endi bayon etilguchi voqea ham shular sirasidan.
O’q o‘tmas bug‘u shoxi bilan yer tirnab, tutqun holida jon berganlarni dafn etganidan keyin olam necha bor turlandi. Rahmatulloh yotgan yerdan maysalar unib chiqdi. O’rmonzorda daydib yuruvchi bug‘u ba’zi-ba’zida bu yerga kelib, uzoq vaqt ma’yus ko‘rinishda turar edi. So‘ng Boshliq yotgan yerga borib unib chiqmoq ilinjidagi maysalarni depsib tashlardi. Bu hol yillar osha takror bo‘laverdi. Shu tarzda oradan o‘ttiz besh yil o‘tdi. Bug‘u endi uzoqlarga keta olmaydigan bo‘lib qoldi. Uning o‘kirig‘i ham o‘rmonni larzaga soladigan darajada emasdi. Bug‘uning uzoqlarga keta olmayotgani faqat umr shomi yaqinlashayotganidan emas, balki bu atrofda odamlarning ko‘payib qolgani, na’ra tortib ishlovchi texnikaning o‘rmon sukunatini buzishi ham sabab bo‘layotgan edi. O’rmonning qoq belidan temir yo‘l o‘tishi lozimligi, bu qurilish BAM deb yuritilishi, bu qurilishga Rahmatullohning yurtidan ham odamlar kelgani, shubhasiz, bug‘u uchun noma’lum edi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:21:58
Yigirma yilning naryog‘ida, qamoqxona boshqa yerga ko‘chirilgach, uning o‘rni xarobazorga aylangan edi. Qurilish boshlanib, qolgan-qutgan binolar ta’mir etildi, idoraga, yotoqxonaga aylantirildi va peshtoqiga «Shtab» deb yozib qo‘yildi. Bu yer garchi «Komsomol zarbdor qurilishi» degan nomda zikr etilsa ham, aslida unda og‘ir jazosi yengillashtirilib, majburiy mehnatga hukm qilinganlar ter to‘kishardi.
Uch kun ezib yoqqan yomg‘ir tunda tinib, ertalabga yaqin bulut choklari so‘kildi. Ola chalpoq bulutlar orasidan quyosh ko‘ringanda «Shtab» hali uyquda edi. Ikki kun burun markazdan kelgan Vakil ko‘ngil xumorini yozish maqsadida bu yerda tuni bilan muhim tadbir o‘tkazgan edi. Oqshomda boshlangan majlis zarbdor qurilishda komsomollarning vazifalarini muhokama qilib olgach, ziyofat boshlangan, so‘ng sarxush Vakil istagi bilan qarta o‘yiniga o‘tirishgan edi. O’n tiyindan tikib boshlangan o‘yin avjiga mindi. Qurilishning katta-kichik yetakchilari qimorga uquvsiz edilarmi, har holda ikki-uch mingdan yutqazib, mo‘‘tabar mehmon oldida «uyalib» qolishdi. Yutuq tug‘yonga keltirdimi yo ichilgan aroq miqdori me’yordan oshdimi, Vakil usta qimorboz ekaniga o‘zi ham ishonib, «Lagerning zo‘rini olib kelasan», deb turib oldi. Uzun bo‘yli, qomati kelishgan, sochlari orqaga taralgan, ko‘zlari kibr bilan boquvchi Vakilning istagi mezbon — komsomol zarbdor qurilish otryadining komissari uchun amri vojib edi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:22:05
Mezbon ham, mehmon ham shu bahorda o‘ttiz beshga to‘lgan edilar. Shundanmi, yurish-turishda ham, gap-so‘zda ham, xurmacha qiliqda ham bir-birlariga o‘xshab ketardilar. Komissar Vakilning istagi yaxshilik bilan tugamasligini bilib, u aytganday «zo‘r»ni emas, zo‘rlar orasidagi Dastyorni chaqirtirib keldi. Dastyor Vakilni yarim soatdayoq shilib olishi mumkin edi. Komissarning imo-ishoralariga itoat etib, o‘yinni tongotarga qadar cho‘zdi. So‘ng «Bu o‘yin hazil edi», deb yutganlarini tashlab chiqib ketdi.
Ana shu maroqli tundan so‘ng Vakil ham, Komissar ham hordiq chiqarishardi. «Zarbdor» quruvchilar nonushta qilib, ish-ishlariga tarqashganida ham «Shtab» uyg‘onmagan edi.
Komissar peshinga yaqin lanj holda turdi. Qabulxonasiga chiqib kerishdi. Eti junjikib, qo‘llarini bir-biriga ishqadi. Shundagina eshik yonida mo‘‘minlik bilan turgan yigitga ko‘zi tushdi.
— Ha, keldingmi? — dedi mensimagan tarzda.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:22:13
Yigit salom berdi-yu, unga yakinlashishga jur’at etmadi.
— Kech koldingmi? Endi nima kilamiz?

Yigit bo‘ynini kisib, kalin kogoz kutilarga karadi.
— Nima bu?
— Noz-ne’matlar...
— O’zing keldingmi?
— Akam birga keldilar.
— Akangmi? Akang nima ish kiladi?
— Aytuvdim-ku... bazada...
— Chakir akangni...

Yigitning akasi eshik orkasida turgan edi, bir zumda Komissar ro‘parasida paydo bo‘ldi. U ukasiga o‘xshab iymanib turmasdan, chakkon kelib Komissar bilan ko‘shko‘llab so‘rashdi.
— Ukang besh kun kechikib keldi. Buning uchun nima bo‘lishini bilasanmi? Yana besh yil ko‘shib berishsa BAM bitguncha shu yerda mogorlab yuraveradi, — Komissar shunday deb ogzini baralla ochib esnab, kerishdi.
   
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:22:20
Besh yil qo‘shib berilishi haqida bepisandlik bilan aytilgan gapni eshitgan Yigit ham, uning akasi ham cho‘chib ketishdi.
— Hazil qilmang, akaxon, — dedi Aka jilmayishga harakat qilib.
— Hazil onangning uyida bo‘ladi. Bu yer davlatning idorasi.
— Besh kunning bir ilojini topsa bo‘lar, gunohni yuvarmiz. Akaxon, har holda oshna-og‘aynilarimiz qarab turishgani yo‘q.
— Sen chiqib tur, — dedi Komissar Yigitga. Yigit buyruqni bajargach, Akaga qaradi. — Gunohni yuvish oson emas, buni bilasanmi?
— Bilamiz, akaxon, biz ham ko‘cha ko‘rgan odamlarmiz.
— Ko‘cha ko‘rganmish... Ko‘cha ko‘rgan odam ukasini qamatib qo‘ymaydi.
— Ha, endi g‘aflatda qoldik. Tuhmat bo‘ldi-da...
— Tuhmatmi?.. Nima, sovet tuzumi faqat tuhmatchilardan iboratmi? Shunday demoqchimisan?
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:22:27
— Yo‘g‘-e, akaxon, unaqa niyatim yo‘q. Men siyosatga tushunmaydigan omi odamman. Cho‘t qoqib yurgan odamda bunaqa fikr qayoqdan bo‘lsin?
— Gapni cho‘zmay cho‘tingni qoq. Uyga borib kelishga berilgan ruxsat, besh kun kechikish... xo‘-xo‘sh... Agar xohlasang, muddatini qisqartirish imkoni ham bor. Maskovdan vakil kelgan, shuni xursand qilish kerak.
— Hammasiga tayyormiz.
— Tayyor bo‘lsang, ana pidjagim. O’ttiztani cho‘ntagiga sol. Xonamga ukang olib kirsin.
Komissar shunday deb ichkariga kirdi. Aka u bilan savdolashishga jur’at qila olmadi. Pulni sanadi-da, ilgichdagi havorang pidjakni olib, cho‘ntagiga avaylab soldi. So‘ng ukasini chaqirdi.
Komissar ichkariga kirgach, divanda yotgan Vakil ko‘zlarini ochdi.
— Shampan topsang-chi, Komissar, — dedi u esnab.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:22:35
Komissar javondan shampan vinosini oldi-da, kosaga quyib uzatdi. Vakil qaddini sal ko‘tarib, ko‘zlarini yumganicha vinoni simirdi.
So‘ng bo‘shagan kosani Komissarga uzatib, labini yalab qo‘ydi.
— Onamdan qayta tug‘ilganday bo‘ldim, yasha, — dedi huzur qilib.
Yigit kirib pidjakni uzatdi.
— Ha, aytganimday bo‘ldimi? Yaxshi, mana, akangga ilg‘orlardan ekaningni aytdim. Bugun ikki enlik xat qilamiz. Muddating qisqaradi. Bor, ishingni qilaver.
— Komissar,— dedi Vakil yotgan yerida kerishib.— O’zbekistonda bo‘lganimda menga kabob ma’qul kelgan edi. Ikki kundan beri kutaman, kabobning isi chiqmayapti. Nima, mehmondo‘stlikni unutib qo‘ydinglarmi?
— Kabobni saylga mo‘l qo‘yuvdim. Hozir ovga jo‘naymiz. Yigitlar joy tayyorlab kutishyapti. Shu atrofda bug‘u ko‘ringan ekan. Ochiq havoda bug‘u go‘shtidan kabob yeyishga nima yetsin, a?
Vakil mamnun jilmaydi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:22:47
— Kechagi zo‘rni ham chaqir. Kayfda meni aldadi. Bugun bir burnini yerga ishqay.
— Bugun o‘zimiz o‘tiraylik. Yigitlar suhbatingizni sog‘inishgan.
Vakil bu taklifga noiloj ko‘ndi.
Ular tushgan «Vezdexod» kichikroq bir yalanglik yonida to‘xtadi. Yalanglikka gilamlar to‘shalgan, o‘rtada to‘kin dasturxon mehmonga muntazir edi. Ular ovdan oldin qizishib olmoqni ma’qul ko‘rishdi. «Qizishib olish» marosimi mo‘ljaldagidan ko‘proq cho‘zildi. Vakil shirakayf bo‘lib, yonboshlab oldi. Komissar xizmatda bo‘ldi. Boshqalar «Vezdexod» panasida davra qurishdi. Bug‘u go‘shti nasiya bo‘lgani uchun shtabda ziralangan go‘shtdan kabob qilishdi.
— Urushdan ilgari bobom shu yerlarda xizmat qilgan ekan, — dedi Vakil. — Aksilinqilobchilar o‘qidan halok bo‘lgan ekan.
— Qabrlarini ziyorat qildingizmi? — deb so‘radi Komissar.
— Qabrlari yo‘q... Otishmadan so‘ng jasadlarini topisha olmagan ekan. Ha, aytmoqchi, biz sen bilan hamyurtmiz, desam ham bo‘ladi. Bobom yurtingni bosmachi g‘alamislardan tozalashda qon to‘kkan.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:22:55
— Shuning uchun ham biz sizni yaxshi ko‘ramiz-da. O’zbekiston — sizning uyingiz. Qachon borsangiz, yuragimiz shodlikka to‘lib kutib olamiz. Mana, qarang, siz keldingizu bu yerlarda ham oftob charaqlab ketdi. Yaxshi odamning nabirasi ekaningizni Quyosh ham tasdiqladi.
Ular o‘tgan yaxshi odam uchun ichishdi.
So‘ng Komissar tilga kirdi:
— Meni bu ishga taklif qilishganida, nima uchun yo‘q demaganimni bilasizmi? — U Vakildan javob kutmay, davom etdi: — Ko‘pchilik ko‘nmadi. Men uchun esa bu yerlar qadrli. Mening bobom ham shu yerlarda halok bo‘lgan ekanlar. Bobom fuqaro urushida komissar bo‘lganlar. Mening lavozimim ham komissarlik...
— Biz ota-bobolarimiz ishining davomchilarimiz, — dedi Vakil ko‘tarinki ohangda.
Otalar ishini davom ettirish uchun ichdilar.
— Sizning o‘g‘lingiz bor ekan, — dedi Komissar jo‘shib. — Mening qizim bor. Biz quda bo‘lishimiz mumkin. O’g‘lingizni O’zbekistonga olib kelasiz. Qizimning qulog‘ini tishlab qo‘ysin. Bizda shunday udum bor.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:23:04
— Ungacha men sening qulog‘ingdan tishlab qo‘ya qo-lay, — deb hazil qildi Vakil.
Hazildan zavqlanib, o‘pishdilar.
Kuda-andachilik uchun ichmoqchi bo‘lishganida korjomadagi bir yigit ularga yaqinlashdi.
— Komissar, qirq ikkinchi ob’ektni qaziyotganimizda odam suyaklari chiqdi.
Yigitning gapi Komissarning g‘ashini keltirdi.
— Chiqsa nima bo‘pti, bir chekkaga surib tashla.
— Bir bug‘u paydo bo‘lib qoldi. Hech kimni yo‘latmayapti.
Bug‘u paydo bo‘lib qolganini eshitib, ular bu yerga ov bahonasida chiqqanlarini eslashdi.
— O’lja o‘z oyog‘i bilan kelibdi-ku, ketdikmi? — dedi Komissar Vakilga qarab.
Shirakayf Vakil o‘rnidan turdi-da:
— Bug‘u ovlash jonu dilim, — deb g‘udrandi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:23:14
Ekskavator oldida uch kishi turardi. Odam suyaklari sochilib yotgan chuqurcha labida boshini egib olgan bug‘u xuddi tosh qotgandek edi. Komissar shoshib miltiqni o‘qladi-da, «Avval siz oting», deb Vakilga mulozimat qildi. Vakil miltig‘ini shoshilmay o‘qladi, shoshilmay nishonga oldi. Tepkini bosdi. Birinchi o‘qdan bug‘u qilt etmadi. Vakil ikkinchi tepkini ham bosdi. Bug‘u yana qimirlamadi. Vakil «Nahot tegmadi?» degan savol nazari bilan sheriklariga qaradi. Shoshilganicha miltiqni qayta o‘qlab yana tepkini bosdi. Bug‘u boshini ko‘tarib, o‘kirdi. Komissar ham uni nishonga olib o‘q uzdi. Bug‘uning tanasida jarohat izi sezilmadi. Ishchilar bu holdan ajablanib, ekskavator ortiga chekindilar. Bug‘u ham orqasiga tisarildi. Keyin hech kutilmaganda Komissar sari sapchidi. Ikki-uch sakrashda uning ro‘parasida paydo bo‘ldi. Avval Komissarni, so‘ng Vakilni shoxiga ilib uloqtirdi-da, daraxtlar orasiga kirib g‘oyib bo‘ldi. Ishchilar Komissar bilan Vakilni suyab turg‘azib, «Vezdexod»ga olib boramiz deb turishganida bug‘u yana paydo bo‘ldi. U suyaklar sochilib yotgan chuqurlik oldida bir oz turdi. Keyin kutilmaganda yonboshiga shart quladi. «O’q tekkan ekan-ku? — deb o‘yladi Komissar. — Unda nimaga qon chiqmadi?» Bug‘uga yaqinlashishni ham, yaqinlashmaslikni ham bilmay turishganida jonivor kichraya boshladi. Bir necha daqiqada dami chiqqan pufakdek undan hech nima qolmadi. U yotgan yerdan yengil hovur ko‘tarildi. Bu hodisadan qo‘rquvga tushib, tezda izlariga qaytdilar. Yaqinginada ziyofat yeb o‘tirgan yerlari toptalgan, idish-tovoqlar singan, yegulik-ichguliklari sochilib ketgan edi. Xizmat qilib yurgan yigitlar esa qo‘rqib, «Vezdexod» ichida o‘tirishardi. Ular bir bahaybat bug‘u payo bo‘lib hammayoqni yakson qilib ketganini aytib berishdi
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:23:25
Hamma narsa joy-joyida qoldi. Barchalari mashinaga o‘tirib, shoshqich ravishda shtabga qaytdilar. Kechga borib Komissar bilan Vakilning isitmasi ko‘tarildi. Ratsiya orqali vrach chaqirdilar. Vrach yetib kelganida ikkovi ham hushini yo‘qotgan edi. Ularni vertoletda olib ketishdi.
Shundan so‘ng qirq ikkinchi ob’ektdagi ekskavatorga ikki hafta davomida hech kim yaqinlasha olmadi. O’n besh kun deganda dadilroq ishchilar borib, suyaklarni qayta ko‘mishdi. Loyihani buzib, temir yo‘lni yuz qadam naridan o‘tkazadigan bo‘lishdi. Ziyofat bo‘lgan joyga esa birov qadam ham bosmadi. Shtabdan olib kelib yozilgan gilamlar namgarchilikdan chiriy boshladi.
Gilamlar to‘shalgan yer ostida ham uch kishining suyaklari borligini, bu yerda Vakilning bobosi — qamoqxona boshlig‘i va otryad komissarining bobosi — Komissar madfun ekanliklarini hech kim bilmadi. Bu sirni bug‘u o‘zi bilan birga olib ketgan edi.
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:23:45
Muxtasar xotima

«Unet» sayyorasi «1248» deb belgilagan Yer ahli sakson yil muqaddam Tungus yerlarida sodir bo‘lgan voqea yechimiga yetolmay garangsib yurganlarida falakda g‘aroyib hodisalarga duch keldilar. Yer sayyorasining turli joylarida ko‘rinishi ulkan laganni eslatuvchi jism paydo bo‘la boshladi. Birovlar bu jismni shunchaki odamlar ko‘zini aldovchi nur o‘yini deb isbotlamoqchi bo‘ldilar. Birovlar esa uzoq sayyoralar vakili deb ishondilar. Ikkinchi toifa odamlar yanglishmagan edilar. Chindan ham bu jism Unet elchilarini olib kelgan ikkinchi fazo kemasi edi. Ular yer atrofini aylanib, avval safar qilgan fazogirlarini izlar edilar. Ularga hali falokat sababi qorong‘u. Lekin fazogirlarning biri berayotgan xabar oqimi ularda ilinj uyQotgan edi. Avvalgi kema bepoyon o‘rmon ustida to‘xtaganini, fazogirlardan biri shu yerlarda ko‘p uchraydigan bug‘u jasadiga kirganini, kutilmaganda kema portlashi natijasida o‘z qiyofasiga qaytolmagani yoinki yerliklar shakliga kira olmaganini ana shu xabar oqimidan bilishdi. Xabar nihoyatda ojiz to‘lqinda edi. Shunda ular bu oqim ancha ilgari tarqagan, fazogir esa halok bo‘lgan degan taxminga borishdi. Ularga Yer bilan aloqa o‘rnatish man etilgan edi. Shu bois osmonda yog‘du taratib uchishdan bo‘lak imkonlari yo‘q edi. Bepoyon o‘rmonzor ustidan uchishayotganda ular so‘nggi xabar oqimini olishdi: «Men o‘zimiz kabi musulmon bandani uchratdim. Uni qutqarib qola olmadim. Armon bilan ketmoqdaman...»
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 16 Iyul 2006, 07:24:05
Unet sayyorasidan kelgan fazo kemasi iziga qaytdi.
Uchinchi kema Yer vaqti bilan oradan ellik to‘rt yil o‘tgach keladi. Ular yerga tushadilar. Rahmatulloh ko‘milgan, bug‘u jon bergan joyni topadilar. O’sha yerda marhumlarga janoza o‘qiladi. Biz ham fotihaga qo‘l ochamiz: «Allohum mag‘firlihayyina va mayyitina va shahidina va g‘oibina va sog‘iyrina va kabiriyna va zakarina va unsana. Allohumma man ahyaytahu minna fa ahyihi a’lal-islami va man tavaffaytaxu minna  fatavaffahu a’la-l-iyman!» Omiyn!

1996 yil
Tohir Malik


TAMOM
Nom: Re: Ov (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: AbdulAziz 21 Noyabr 2009, 11:09:05
Ov (qissa). Tohir Malik

(http://www.ziyouz.com/images/books/ov.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=44)

Muallif: Tohir Malik
Hajmi: 187 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=44)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=407.msg75937#msg75937)