forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Mavzu boshlandi: Mr.Twister 07 Noyabr 2009, 19:56:03

Nom: Talaba taomi...
Yuborildi: Mr.Twister 07 Noyabr 2009, 19:56:03
Eng oson pishiriladigan taomlardan biri to`g`rirog`i man bilgan taom...

Go`sht qovurilib, Piyoz qizarganicha qovuriladi... Kartoshkani o`zingizga yoqqan holda qozonga solib ustidan tomat yoki pomidorni yaxshilab qovurasiz. Qaynagan suv solib vaqtni o`tkazasiz...

Yaxshi qaynagan suvga makaron :) grechka yoki biror bir masaliq solib qozon og`zini yopib qo`yasiz. Qarabsizki ovqat pishib tayyor bo`ladi. Aytgancha suvi qurib qolmasin...

Rasmini keyinroq qo`yaman...
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: registan 07 Noyabr 2009, 20:03:44

Ie bu ovqatni tuzsiz qilib qo'ydizuuuuuuu :D
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Mr.Twister 07 Noyabr 2009, 20:13:32
Studentni peshonasi bor joyda tuz kerak emas degan ekan bir aqlli...

Lekin aqli yo`q aqlli ekan studentlikka erishish qiyin ish...
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: siddiqa 07 Noyabr 2009, 21:29:04
Eng oson pishiriladigan taomlardan biri to`g`rirog`i man bilgan taom...

Go`sht qovurilib, Piyoz qizarganicha qovuriladi... Kartoshkani o`zingizga yoqqan holda qozonga solib ustidan tomat yoki pomidorni yaxshilab qovurasiz. Qaynagan suv solib vaqtni o`tkazasiz...

Yaxshi qaynagan suvga makaron :) grechka yoki biror bir masaliq solib qozon og`zini yopib qo`yasiz. Qarabsizki ovqat pishib tayyor bo`ladi. Aytgancha suvi qurib qolmasin...

Rasmini keyinroq qo`yaman...

mavzuni nomi "Talaba taomi" yu--Go'sht haqida gapiribsilami???

chota,uncha o'xshamabdi.... ::)
hozirgi super dangasa talabalarning antiqa bilimga to'la miyyalari go'sht yemasa ishlamiydi  ::)
bu yog'iga H.Tojiboyevning gaplari (RQ) ;) ;) ;)

Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Ansora 08 Noyabr 2009, 12:17:46
Talaba taomlarining eng osoni bizni davrimizda mastava edi.

Masalliqlar:
1. 2-3 qoshiq oq yog'
2. yarimta piyoz
3. 1 qoshiq tomat, 1 dona pomidor ham bo'ladi, ikkalasi bo'lmasa ham bo'laveradi..
3. Davlatni suvi, xlorli bo'lardi odatda..
4. 5 qoshiq guruch, kam bo'lsa ham bo'laveradi...

Osh bo'lsin, talabalar. Ha, eng muhimi qozon va gaz topishingiz shart...
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: registan 08 Noyabr 2009, 12:25:02
Tushunmadim hamma talabalar tuzsiz taom yeyishganmi deyman-a? ;D
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Ansora 08 Noyabr 2009, 12:31:45
Tushunmadim hamma talabalar tuzsiz taom yeyishganmi deyman-a? ;D

Ovqatti ichida nima bor-ki tuz solasiz oshna :7
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Abdul_Malik 08 Noyabr 2009, 13:13:59
Juda vaqtiz kam bo'lsa, bitta issiq non bilan sabzi chim-chim ham talaba uchun tushlik vazifasi o'tay oladi.  :)
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Ansora 08 Noyabr 2009, 13:16:04
Keyin yana eng oson talaba taomlarini ichida shu ham bor edi. Tuxumli non.

Masalliqlar 2 kishi uchun:
1. Yarim bo'lka
2. 2-3 dona tuxum (topishingizga qarab, bazan hidi chiqib qolsa ham yetardi bizga)
3. 2-3 qosiq oq yog', margarin ham bo'ladi, agar saryog' bo'lsa nur ustiga nur bo'ladi (saryog' lekin talabaga luks sanaladi)  
4. Mayli Registonni sazasi o'lmasin, bir chimdim tuz:)

Bo'lkalarni mayda qilib to'g'raysiz. Qozonga yog'ni solib qizdirasiz, nonlarni solib 1 daqiqa aralashtirgandan keyin ustiga chqilib, ichiga tuz solingan va yaxshilab aralshtirilgan tuxumlarni solasiz. Yaxshilab aralashtirasiz.

Biz talabaligimizda ertalab, tushda, kechqurun tuxum yerdik bazan.

Yaqinda tovuqday baqirvormasak bo'lgani deb kulardik:)
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Ansora 08 Noyabr 2009, 13:17:04
Juda vaqtiz kam bo'lsa, bitta issiq non bilan sabzi chim-chim ham talaba uchun tushlik vazifasi o'tay oladi.  :)

Lekin har doim bo'lmasin bu odat, chunki ichingiz shilinib ketadi...Boshimdan o'tgan....
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Mr.Twister 08 Noyabr 2009, 17:54:47
Ovqat ortib qolsa, Yotoqxona xaladilnigiga qo`yib qo`yinglar, axir uning ham og`zi bor...  ;D ;D
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Mr.Twister 08 Noyabr 2009, 18:26:27
Xaladilnik og`zi aynan shu ovqat qilmagan talabada...
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Ansora 08 Noyabr 2009, 18:28:15
Ovqat ortib qolsa, Yotoqxona xaladilnigiga qo`yib qo`yinglar, axir uning ham og`zi bor...  ;D ;D

Bizni yotoqxonada muzlatgich yo'q edi, sizlarnikida bor bo'lsa luks yotoqxona ekan-da:)

Bairibiram sog'inadi odam talabalik yillarini. Qanchalik och qolgan bo'lsak ham baribir yaxshi kunlarimiz ko'p bo'lgandi, hamd bo'lsin...
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Ansora 08 Noyabr 2009, 18:38:10
Talaba uchun eng afzal taom bu Mak mak makaron...... Hohlasayiz qaynatib yeng, hohlasayiz qovirib yeng makaronni tayyorlash usullari ko'p :)

Makaron- İtalyanlari Milliy taomlari sanaladi,(SPAGETTİ) yani bizga oddiy narsadayku-ya. Odamlarni hamma narsalari Makarondan:)

Lekin pishirishni bilgan odam Makarondan zo'r ovqatlar tayyorlaydi...

Asosiysi Makaron bor, Makaron bor:)
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Mr.Twister 08 Noyabr 2009, 18:45:34
Sizlar hozir ovqatga masaliqni qo`shnilardan qarzga olib turinglar man hozir bozorlik qilib kelaman./...
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Mr.Twister 10 Noyabr 2009, 19:44:29
Endi, moshni yeb, qorin to`ysa bo`ldi degan ekan, birta talaba
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Mr.Twister 10 Noyabr 2009, 21:10:39
Boshqa retseplar shu har bir masaliqni shu masaliqqa o`xshagan turidan ishlatib ovqat qivurasiz
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: registan 10 Noyabr 2009, 21:13:55
Aslida talabaning retsepti bisotida bor narsa. Hammasini aralashtirib ovqat pishiraveradi. Ham shirin chiqadi. Buni talaba bo'lganlar bilishadi.
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Mr.Twister 10 Noyabr 2009, 21:21:05
Bir akamiz borlar, ovqat qilish usullari zo`r:

Hamma narsani qozonga tartibsiz solib og`zini yopib qo`yalla, ovqat tayyor
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Mr.Twister 12 Noyabr 2009, 16:39:25
QOzonga butun solish kerak!!! Bir marta o`rtog`im go`sht ustidan issiq suv soluvdi!
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Mr.Twister 12 Noyabr 2009, 16:53:43
urinib ko`ring. man birinchi gapni (qozonga solish) hazil tariqasida aytuvdim!!!
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Abdullоh 12 Noyabr 2009, 18:48:29
Eng oson pishiriladigan taomlardan biri to`g`rirog`i man bilgan taom...

Go`sht qovurilib, Piyoz qizarganicha qovuriladi... Kartoshkani o`zingizga yoqqan holda qozonga solib ustidan tomat yoki pomidorni yaxshilab qovurasiz. Qaynagan suv solib vaqtni o`tkazasiz...

Yaxshi qaynagan suvga makaron :) grechka yoki biror bir masaliq solib qozon og`zini yopib qo`yasiz. Qarabsizki ovqat pishib tayyor bo`ladi. Aytgancha suvi qurib qolmasin...

Rasmini keyinroq qo`yaman...

mavzuni nomi "Talaba taomi" yu--Go'sht haqida gapiribsilami???

chota,uncha o'xshamabdi.... ::)

Akam hozir talabalar boy (xoh). Rahmatlik Hojiboy Tojiboevning bir gaplari bo'lardi:

-Ha, bu domlalar ham boyib qolibdimi (mashinalarga qarab)
-Bularning hammasi talabalarniki!
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: ikbaljohn 13 Noyabr 2009, 11:11:30
1 kilocha piyozni to'g'rab,ozgina yog'da qovurasiz.Buxanka bilan jaa yaxshi ketadi.Lekin bu taom turklarda bor ekan,soğan salata    deyisharkan
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Ansora 13 Noyabr 2009, 12:23:18
muzlagan go'shtni pichoq kessa bo'ladigan qilish uchun nima qilish kere?

ChehMik- aslida go'shtni oldindan chiqarib, o'z holicha erishi eng ma'quli agar unutgan bo'lsangiz yoki tezda kerak bo'lgan bo'lsa. Bir kattaroq idishga qaynagan suv soling. Go'shtni ichiga soling, orada ustiga qaynagan suv bilan aylantirib to'kib turing. Ust qismlari yumushay boshlagach esa ularni kesib oling, ich qismlari erimasdan darrov muzxonaga qaytarib soling, aynimasin. Chunki eritib yana muzlatganingizda go'sh tez ayniydi.

Foydali maslahat: Men qiyma yoki go'sht olganimda hammasini biror ovqatlik qilib mahsus muzlatgich tsellofanlariga yoki go'sht o'rab berilgan mahsus qog'ozlarga o'rayman, kerak bo'lganda bitta-bitta olib ishlataman. Ham tez eriydi ham qogan go'shtlar birdaniga hammasi erimaydi...Go'sht yoki qiymani mummun marotaba ingichka holatga keltiraman, tez eriydi...

Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Fatima 13 Noyabr 2009, 14:29:31
Talaba uchun eng tez pishadigan ovqat ---- Rolltonkuuu, birodarlar.
Ichida hamma masalliqlari bo`ladi, tuzi diysimi, har xil ziravorlar diysimi, ishqilib ancha- muncha narsa topsa bo`ladi. Yaxshilab shu rolltonni ichiga qarasangiz ko`zga ko`rinmaydigan go`shtlari ham bo`ladi.  :10 Voheeey.... shu oxirgi gapimga rosa ishongim kelyaptidaaa  :2 , faqat bir narsa esdan chiqibdi, roltonni oshqazonga zarari ko`p ekan bilishimcha   :13  :1
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Mr.Twister 15 Noyabr 2009, 19:00:22
Voy adressni bering boraman talabalarni yig`ib!
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Mr.Twister 15 Noyabr 2009, 19:03:20
Talaba uchun eng tez pishadigan ovqat ---- Rolltonkuuu, birodarlar.
Ichida hamma masalliqlari bo`ladi, tuzi diysimi, har xil ziravorlar diysimi, ishqilib ancha- muncha narsa topsa bo`ladi. Yaxshilab shu rolltonni ichiga qarasangiz ko`zga ko`rinmaydigan go`shtlari ham bo`ladi.  :10 Voheeey.... shu oxirgi gapimga rosa ishongim kelyaptidaaa  :2 , faqat bir narsa esdan chiqibdi, roltonni oshqazonga zarari ko`p ekan bilishimcha   :13  :1
Birovning gapi: "Oltin olma rolton ol, rolton oltin emasmi?"
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Ansora 15 Noyabr 2009, 21:49:22
ChehMik, nima bo'ldi 2 kg go'sht  :7
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Mr.Twister 17 Noyabr 2009, 16:30:18
Voy qorin och qoldi! Salom qadrdonim ochliK!!!  :) :) :)
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: BahSULTAN 18 Noyabr 2009, 19:52:05
(http://www.univer.by/files/u5/sosiska.jpg)
 камбагалга шашлик хам ош :D
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Nurzoda 18 Noyabr 2009, 20:09:22
Talaba taomi:

Zavtrak:

non bilan choy

Obed:
choy bilan non

Ujin:
ham choy ham non

:))))))))))))
[/b]

Avvalo uzr postizga iqtibos olganim uchun

lekin bu yuqorida keltirgan menyungiz faqat musofirchilkda yurgan talabala uchunmasmikin  ;)
tegiga yozib qo'ymabsizde "musofir talaba menyusi" dib ;)  P:S  xazilli tushunas digan umiddaman  :)
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Chustiy 25 Noyabr 2009, 13:23:31
Bir paytlar bir rasm ko'rgandim, rasmda, sim yog'ochlarga "Zararsiz ozish" e'lonini yopishtirib qo'yilgandi, tagida, " buni yo'li, talaba bo'lish" deb yozilgandi, shu rasmni qidirib topolmadim, adashmasam agar Ismoilzoda aka qo'ygandilar...

"Haqiqat egiladi, sinmaydi,
Talaba och qoladi o'lmaydi" deb qo'shimcha qilingandi..  :)
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Ansora 25 Noyabr 2009, 13:34:22
Talabalikda och qolishni ham o'ziga yarasha zavqi bor : ) chunki hali talabasiz.
Asosiysi ishlab turib, maoshga ega bo'lib turib, och qolishdan saqlasin Xudoyim....
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: siddiqa 26 Noyabr 2009, 02:04:24
Talabalikda och qolishni ham o'ziga yarasha zavqi bor : ) chunki hali talabasiz.
Asosiysi ishlab turib, maoshga ega bo'lib turib, och qolishdan saqlasin Xudoyim....
ayrim darslarga kechiksak 1 minut o'tgan bo'lsa ham kirgizmaydi domlalar ,
shuning uchun tez-tez ovqatlanib ,darsda o'ylanib o'tiramiz nima yedik ,choy ichdikmi ?? ??? rahmatli H.Tojiboyev aytganlaridek non topsak choy topilmaydi choy topsak ovqat ovqat topsak qoshiq yo'q ,a hammasi bo'lsa vaqt yo'q  :D :D
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Mr.Twister 27 Noyabr 2009, 20:57:02
Uyga kelib mazza qilib ovqatlandim.

Qorning ochdimi, sabodan bahra ol,
Semirdingmi, talabalikdan xabar ol.
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Muhseena 29 Dekabr 2009, 23:06:19
 Uchta Dugonalar bilan birga baham ko'rildi :)
(http://i046.radikal.ru/0912/94/3ab649bae2e8.jpg) (http://www.radikal.ru)

Oxirida esa...kimga nasib qilgani esimda yo'q,lekin mangamas :D

(http://i018.radikal.ru/0912/b1/285722647b6a.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: Mr.Twister 09 Yanvar 2010, 15:47:08
Bir kursdoshimiz bor yotoqxonada ham 4 kishi ovqatlanamiz.
Bir kuni mening navbatchiligim edi, men esa aynan o`sha kuni Qoraqamichga ketgan edi, qolgan ikki o`rtog`im ham boshqa yerdan ovqatlanishgan, bechara kursdoshimiz bular ovqat qilishyapti deb kutib o`tirgan. Aksiga olib ertasi kuni o`zining navbatchiligida (biz 3 kishi tashqaridan ovqatlangandik) qozonni qo`yib, o`zi haligi Yoshlar telekanalidan berayotgan Koreys serialini (nomini bilmayman) ko`rgani chiqib ketgan, ovqat esa kuygan.
Nom: Re: Talaba taomi...
Yuborildi: ZUBAIR 10 Yanvar 2010, 00:38:52
Bir paytlar bir rasm ko'rgandim, rasmda, sim yog'ochlarga "Zararsiz ozish" e'lonini yopishtirib qo'yilgandi, tagida, " buni yo'li, talaba bo'lish" deb yozilgandi, shu rasmni qidirib topolmadim, adashmasam agar Ismoilzoda aka qo'ygandilar...

"Haqiqat egiladi, sinmaydi,
Talaba och qoladi o'lmaydi" deb qo'shimcha qilingandi..  :)

(http://img123.imageshack.us/img123/4192/ozish.jpg)

surat Ismoilzodaga tegishli

ps: arbuz o'zgarganidan keyin postlarni qidirish qiyinlashib qolibdi. Lekin eplasa bo'larkan (http://www.google.com/search?hl=uz&client=opera&rls=en&hs=ZI2&q=%D0%BC%D0%B5%D0%BD+%D0%BE%D0%BB%D0%B3%D0%B0%D0%BD%2Bismoilzoda&btnG=Qidir) :-)