forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumchilar blogi => Mavzu boshlandi: As-Samarqandiy 28 Dekabr 2009, 06:13:42

Nom: Ona tilim - O'zbek tili!
Yuborildi: As-Samarqandiy 28 Dekabr 2009, 06:13:42
                                                              
Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum!

         Aziz Forumdoshlar ushbu blogni ochishimdan maqsad Ona tilimiz -O'zbek tilini yanada boyitishga, rivojlantirishga ozgina bo'lsada hissa qo'shishdir. Yana ancha muncha menga o'xshagan talabalar  so'z boyligini oshirib olsalar ham ajab emas. Tilimizni qay darajada bilamiz? Hech o'zingizga ushbu savolni berib ko'rganmisiz? O'z tilimizda mukammal gaplasha olamizmi? Albatta yo'q.
       
         Siz bu yerga tushunmagan so'zlaringizni qoldirishingiz mumkin. Bu sohada yetarli bilimlarga ega bo'lgan forumdoshlar biz tushunmagan so'zlarga izoh qoldirishadi.. Xullas bilmaganimizni o'rganamiz, bilganimizni o'rgatamiz!
       
         Talab:  Bu mavzuda imlo va grammatik qoidalariga e'tibor bering!(InshoOlloh, imkon darajasida to'g'ri yoshishga harakat qilaman.)
             
Olloh ilmimizni ziyoda qilsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!
       
Til - millat mohiyati, millat dili, millat ustunidir.Abzal Rafiqov
                                                               

                                                                   
                                                                  
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili!
Yuborildi: Bekmirzo 28 Dekabr 2009, 08:40:32
Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rohmatullohu va barakatoh!

         Aziz Forumdoshlar ushbu blogni ochishimdan maqsad Ona tilimiz -O'zbek tilini yanada boyitishga, rivojlantirishga ozgina bo'lsada hissa qo'shishdir. Tilimizni qay darajada bilamiz? Hech o'zingizga ushbu savolni berib ko'rganmisiz? O'z tilimizda mukammal gaplasha olamizmi? Albatta yo'q. Yaqinda bir hikoya qo'limga tushib qoldi. Hikoya sof o'zbek tilida yozilgan. Bu hikoyaning nomi "Uloqda". Adabiyot muxlislari darrov anglashgan bo'lishsa kerak, bilmaganlar uchun aytib o'taman. Bu hikoya atoqli o'zbek adibi " Julqunboy " qalamiga mansub. Hikoyani o'qiy turib ba'zi bir so'zlarga umuman tushunmadim. Shu sababli ushbu blogni oshishni niyat qildim.
         Kelinglar o'z tilimizda gaplashaylik! Maqsad faqatgina to'g'ri yoki chiroyli gaplashish emas, balki gapirayotgan gapimizni mag'ziga chaqishdir. Nafaqat gapni, balki so'zimizni ham. ( Shu o'rinda bir savol bermoqchiman. "Fuqoro" so'zining lug'aviy ma'nosini bilasizmi?) Qayerdagi chet el so'zlarini emas, balki sof o'zbek so'zlarini qo'llaylik.
         Siz bu yerga tushunmagan so'zlaringizni qoldirishingiz mumkin. Forumdoshlar bilan birgalikda muhokama qilamiz. Hullas bilmaganimizni o'rganamiz, bilganimizni o'rgatamiz!
         Talab:  Bu blogda imlo va grammatik qoidalariga e'tibor bering!
             
Olloh ilmimizni ziyoda qilsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!
         
Hurmatli Samarqandiy,
tashabbusingiz tahsinga sazovor.
Shu o'rinda, ba'zi fikr va savollarimni qoldirsam:

- sof o'zbek tili qanday ko'rinishga ega? Ta'rif bera olasizmi?
- Qodiriyning "Uloqda" hikoyasining sof o'zbek tilida yozilganini qanday qilib aniqladingiz? Aytishingizga ko'ra, hikoyadagi ba'zi so'zlarni umuman tushunmagansiz...

keyin:
- o'zingiz qo'yayotgan talabga avvalo o'zingiz ham amal qilsangiz, yaxshi bo'lar edi. Xatolar bor ekan. Masalan, "Hullas"  emas, "Xullas" deb yoziladi.

ishlaringizda rivoj tilab
kamina
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili!
Yuborildi: As-Samarqandiy 28 Dekabr 2009, 19:11:21
Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

    Avvalombor qilgan xatoim uchun ming bora uzr so'rayman. Beayb parvardigor. Biz bandalar esa xato qiluvchi va bilmaguvchidirmiz. Tashabbusimdan maqsadim ham bilmaganimni bilish va xatolarimni to'grilashdir. Men hozirda horijda tahsil olyapman. Til borasida juda ko'p qiyinchiliklarga duch kelaman. Ayniqsa ba'zi so'zlarni muqobilllarini topa olmayman. Birovga bilmaganini o'rgatish savob ishdir. Umid qilamanki bu forumda qatnashasizlar.
    Hurmatli Bekmirzo savolingizga javob berish juda qiyin. Bir so'z bilan javob berib bo'lmaydi. Bu hikoya sof o'zbek tilida yozilgan degan xulosaga kelishimga sabab, o'zbek halqi ruhiyatini, xarakterini mahorat bilan yoritib berganlikda deb bilaman. Balki men adashyotgandirman. Xolis fikrlaringiz va tanqidlaringiz uchun oldindan katta rahmat.
      Ba'zi bir tushunmagan so'zlarimni yozib qoldiraman. Imkon darajasida javob berasizlar degan umiddaman.
 - qaqshag'ir       - bodisarsar    - chovkar
 - chovi             - guppon        - to'riq
 - chopqon         - bordon         - sirib olmoq
quyidagi so'zlarning ayrimlarini eshitganman, lekin uning ma'nosini to'liq tushunmayman. Bilganlar bo'lsa yozib qoldirsin.

Ollohim imoningizni quvvatli, ilmingizni barokatli qilsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

     
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili!
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 28 Dekabr 2009, 20:20:07
Assalomu alaykum.

Siz bergan so’zlardan ba’zilarini ma’nolari quyidagicha:

Bordon — [fors-tojik]
1. Qobig’i olinmagan qamishdan to’qilgan qalin dag’al to’shama.
2. Shunday to’qimadan tayyorlangan maxsus qop, idish. — Yo’lchi oshxonadagi bordonga bug’doyni ag’darib,hovlida choldan haqini olib turarkan, qarshidagi uydan iljayib Abdushukur chiqdi. Oybek, Qutlug’ qon.


To’riq — Qora qizil, to’q jiyron (ot tusi haqida). Otabek to’riq yo’rg’ani chiqarib Qutidorga tutdi. A.Qodiriy, O’tgan kunlar.

Qaqshag’ir so’zini matn bilan beringchi, balki qaqshamoq fe’lining biror tuslangan variantidir.

Chopqon so’zini ham matnini bersangiz, balki chopog’on yoki chopqin so’zlari bilan sinonim bo’lishi mumkin.

Sirib olmoq so’zini ham matnini bersangiz yaxshi bo’lardi. Balki u sirmoq fe’lining sinonimidir. Quyida sirmoq fe’lining ma’nolarini berayapman:

Sirmoq — 1. Ustini biror mato bilan tarang qilib qoplamoq.
2. Gavdaga yopishib tarang siqib turmoq (kiyim haqida). Xonadan yashnab Zaynab chiqib keldi"¦ boshida loladay yongan tovar durra, shohi ko’ylak ustidan sirib tugmalangan beqasam nimchasi chiroyli qabargan ko’kraklarini yashirolmas edi. Oybek, Qutlug’ qon.
3. Arqonni kalta qilib bog’lamoq, bo’glab qantarib qo’ymoq. Otni ustunga sirib qo’y. Sirib bog’lamoq 1) aynan sirmoq; 2) Mahkam siqib bog’lamoq. Usta"¦ chorsisini beliga sirib bog’lab, minbarga chiqdi. S.Ahmad, Hodivoy.
4. Birmuncha vaqt ovqat bermay och qo’ymoq, och qoldirmoq. — Ovqat-povqating bormi, opkelsang-chi, o’ldirding-ku sirib, - dedi Ikromjon Jannat xolaga. S.Ahmad, Ufq. //
Birmuncha vaqt o’zini ovqatdan tiymoq. O’zini nondan sirmoq. O’zini go’shtdan sirmoq.

Chovi so’zini ham matn bilan bersangiz. Balki uning o’zagi Chov (eshkak) so’zidan olingandir.
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili!
Yuborildi: Shokir63 29 Dekabr 2009, 00:17:06
Assalomu aleykum.

Juda ham yaxshi mavzu ochibsiz. Lekin sof o'zbek tili deganda nimani tushunamiz, juda ham qiyin savol.

O'zi o'zbek deganda nimani tushunasiz, ikkala savolning javobi bir-biriga bog'liq.

O'zbekiston hududida yashagan ajdodlarimiz fors va arab tillarida jod qilishib, hatto arablarga arab grammatiasini o'rgatishgan. Fors va arab tillaridagi so'zlar tilimizga singib ketgan. Bugun u so'zlarni tilimizdan ajratshning iloji yo'q aslida hojat yo'q, chunki bu so'zlar ortiq o'zlashgan so'zladir. Sof o'zbek tilida gaplashaman deb ajdodlarimiz qo'lagan so'zlardan voz kechish, menimcha to'g'ri emas.

Masalan fuqaro so'zi. Haqiqattan ham faqir s'zidan kelib chiqqan, lekin O'zbekiston fuqarosi deganda ko'z o'ngizga kabag'al kishi kelmaydiku, bu so'z ortiq o'zbekcha so'z bo'lib, bu o'rinda uning faqirlik bilan aloqasi yo'q (albatta asl manosini ham ishlatsak bo'ladi).

O'zbeklar kimlar, Alisher Novoiy man o'zbekman deganmidi? Lekin biz gaplashadigan tilda gaplashib, ijod etib uning boyligini isbot etdi va uning asarlarida fors va arab tilidagi so'zlar juda ham ko'p.
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili!
Yuborildi: As-Samarqandiy 29 Dekabr 2009, 04:26:06
Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahamatullohu va barakatoh!

1.«Qaqshag’ir, kir qilasan, to’y-po’yga borganda kiyarsan!» — deb qarg’ay boshlaydi.
2. Oyimga bildirmasdan sekingina uyga kirib, dadamning kumush chopqon qamchisini ichimga tiqib, tashqariga chiqdim.
3. «Kiyimlaringni pes qilibsan!» — deb oyimning qarg’ishidan qo’rqib boraman.
4. Qo’rqinchli emasmi? — Yo’q, sag’al.
5.«Otning boshini qo’y, choviga qamchini shig’ab ber!»,
6 Lekin boshqa chavandozlar uloqni undan olmoqchi bo’lib ustiga duv yig’iladilar, u bermaslikka tirishadi, boshqalar o’rtaga sanjob qilib siqadilar.
7.Men keyinroq borganim uchun otliq-yayov xalq o’rtani sirib olgan
edi.
8. Iqtibos so'zini birinchi bor ushbu saytda uchratdim. Quyidagi so'zlarning ma'nolarini imkoni boricha yozib qoldirasizlar degan umiddaman. Bu tashabbus tufayli hamyurtlarimiz so'z boyliklarini oshirib olsa ajab emas.

Olloh sizlardan rozi bo'lsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili!
Yuborildi: As-Samarqandiy 29 Dekabr 2009, 04:49:37
1.Qaqshag'ir--qaqshagur.Qaqshab qolsin degani,buni hamma tushunsa kerak

2. chopqon--???
3.pes--kir qilibsa degan ma'noda kelgan (manimcha bu adabiy tilda yozilmagan shekillik a? Eski Toshkent shevasida yozilgan edi bu hikoya)

4.chov--dumba tomoni bo'lsa,kerak..sonini yuqoriroq qismi,qamchi uriladigan joyi (yana bilmadim)

5.shig'ab---aniq ma'nosini bilmadim

6.sanjob--biz tomonlarda tor,tolpa.tiqilinchdan so'ng,odam kamaysa,shunda sanjob bo'ldi,joy kengaydi degan ma'noda aytilardi...

7.sirib---o'rab,doira qilib (taxmin)

8.Iqtibos--quote
Rahmat javoblar uchun.
1. qaqshab qolsin degani nima degani?
2. Iqtibos so'zini ma'nosini ham tushunmadim.
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili!
Yuborildi: As-Samarqandiy 29 Dekabr 2009, 05:28:17
qaqshab qolsin---zor bo'lib qolsin,xor bo'lib qolsin...Qaqshamoq degan so'z bor o'zbek tilida..endi uni sizga qanday tushuntirishni bilmayman bundan ortiq..qaqshamoq=quimoq,qurib qolmoq.

istibos--kimnidur so'zidan olish,gapidan butunlay va yoki ma'lum bir qismini olish.xuddi siz yuqorida mani postimdan olganingiz kabi...tsitata desa ham bo'sla kerak manimcha
Rahmat chin dildan bergan yordamingiz uchun!
    Qarang bir necha so'zni ma'nosini tushunib oldim. Bemalol endi qo'llay olsam bo'ladi. Kimlar uchundir muhum emasdir, lekin men uchun juda muhim, chunki til sohasida tahsil olyapman. Bu yerda o'zbekcha manbalar umuman yo'q. Ko'p til boasida qiyinchiliklarga duch kelaman. Ilohim ilmingizni ziyoda bo'lsin!

Yana bir iltimos "Iqtibos" so'zini to'liq gap shaklida bera olasizmi? Nur ustiga a'lo nur bo'lar edi. Oldindan Rahmat!

Olloh sizdan rozi bo'lsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili!
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 29 Dekabr 2009, 11:34:08
qaqshab qolsin---zor bo'lib qolsin,xor bo'lib qolsin...Qaqshamoq degan so'z bor o'zbek tilida..endi uni sizga qanday tushuntirishni bilmayman bundan ortiq..qaqshamoq=quimoq,qurib qolmoq.

istibos--kimnidur so'zidan olish,gapidan butunlay va yoki ma'lum bir qismini olish.xuddi siz yuqorida mani postimdan olganingiz kabi...tsitata desa ham bo'sla kerak manimcha
Rahmat chin dildan bergan yordamingiz uchun!
    Qarang bir necha so'zni ma'nosini tushunib oldim. Bemalol endi qo'llay olsam bo'ladi. Kimlar uchundir muhum emasdir, lekin men uchun juda muhim, chunki til sohasida tahsil olyapman. Bu yerda o'zbekcha manbalar umuman yo'q. Ko'p til boasida qiyinchiliklarga duch kelaman. Ilohim ilmingizni ziyoda bo'lsin!

Yana bir iltimos "Iqtibos" so'zini to'liq gap shaklida bera olasizmi? Nur ustiga a'lo nur bo'lar edi. Oldindan Rahmat!

Olloh sizdan rozi bo'lsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Men xozir Samarqandiyning gaplaridan iqtibos keltirish orqali, ularning "Iqtibos so'zini gap shaklida bersangiz" degan iltimoslarini bajarishga harakat qildim.
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili!
Yuborildi: As-Samarqandiy 29 Dekabr 2009, 19:34:00
Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatulloh va barakatoh!

        Sizlarga bir videolavhani ko'rishni tavsiya etaman. Balki allaqachon ko'rgandirsizlar. Shunday bo'lsa ham foydadan holi bo'lmaydi.http://://www.youtube.com/watch?v=Ax9C1uvnpLA     
        Kundalik hayotimizga singib ketgan so'zlar mavjud. Shulardan ba'zilarini so'ramoqchi edim.
1. Inson
2. Pir
3. Murid
4. Avliyo
Bu so'zlar haqida ozroq tasavvurga egaman. Ongu-shuurimizga singib ketgan. Batafsilroq ma'lumotga ega bo'lmoqchi edim.

Olloh amalingizdan rozi bo'lsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili!
Yuborildi: Shokir63 29 Dekabr 2009, 21:07:15
Inson - arabcha nisyon so'zidan kelib chiqqan bo'lib unutguvchi, deb, o'qigandim. Biz inson o'laroq Kim tomondan yaratilganimizni va U tomondan berilgan va berilayotgan ne'matlarni unutguvchilarmiz.

Pir - bu ma'lum bir yo'lning ustozi, murid esa uning shogirdi.

Avliyo - Allohga qurbat hosil qilgan, hayoti davomida faqatgina Uning rizoligi yo'lida harakat qilgan kishi. Adashmasam.
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili!
Yuborildi: As-Samarqandiy 31 Dekabr 2009, 10:35:07
Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Forumda faol qatnashayotganingiz va javoblaringiz uchun katta rahmat.Quyidagi so'zlarga ham oydinlik kiritb o'tsangizlar:

1. Din
2. qurbat
3. jo'mard
4. firqa
5. Alloh alla va jalla

Javoblaringiz va e'tiborlaringiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiraman.

Olloh amallaringizni chiroyli qilsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili!
Yuborildi: As-Samarqandiy 31 Dekabr 2009, 11:24:21
Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Aziz yurtdoshim quyida men "Jamiyat" ijtimoiy-siyosiy gazetasidan ayrim lavhalarni taqdim etyapman. Bu yerda O'zbekiston xalq artisti A. Rafiqovning  tilimiz haqida maqtovga sazovar fikrlari joy olgan. Mobodo suhbatni to'liqroq o'qimoqchi bo'lsangiz ushbu linkni bosing. http://www.jamiyatgzt.uz/uzb/kongil_mulki/abzal_rafiqov_yurakda_vatan_tuygusi_bolsa.mgr

- Ona tilimizning qadr-qimmatini his etish barchamizning burchimiz. Siz rus tilida ta`lim olgansiz, lekin o'zbek tilining so'zlarini ham, talaffuzini ham o'z o'rnida ishlatasiz.  

- Bunga sabab bitta: yurakda Vatan tuyg'usi, millatga sadoqat bo'lsa, o'zga til, o'zga madaniyat quchog'ida ham inson qalbidagi milliy g'urur, milliy o'ziga xoslik, ona tiliga, tarixiga bo'lgan muhabbat hech qachon so'nmaydi.

Teatr menga ko'p narsani o'rgatdi. O'z ona tilini, tarixini chuqur bilmagan kishi yetuk san`atkor bo'la olmaydi. Istiqlol yillarida men tarixiy-badiiy merosimizni yaxshiroq o'rganishga kirishdim. Navoiyni ang­lashga intildim va Ollohga shukrki, ko'p narsaga erishdim.

 Til - millat mohiyati, millat dili, millat ustunidir. Millat ijodidagi, ya`ni uning adabiyoti, san`ati, ilm-fanidagi yuksalish ham, eng avvalo tilda aks etadi. Ona tilimizning kelajagi shu tilda so'zlovchi xalq ijodiy tafakkurining quvvatiga bog'liq. Ayniqsa, yoshlarimiz o'ziga xoslik va ruhiy jipslikni qattiq tutsa, ijodiy qudrati uyg'oq bo'lsa, tilimiz hamisha barqaror bo'ladi.

Bugun ko'pchilik yoshlarimizning bu boradagi muvaffaqiyatlari meni quvontiradi. Ular barcha sohalarda xalqimizning salohiyatini, qudratini namoyon etmoqda. Bu ulkan yutuq. Binobarin, bizning eng muhim vazifalarimizdan biri - Vatan taqdiri, uning buguni va kelajagi uchun mas`uliyatni chuqur his etadigan avlodni tarbiyalash. Shukr­ki, yurtimiz tinch-osoyishta. Xalqimiz bunday tinchlikni yuksak qadrlaydi. Zotan, tinchlik va barqarorlik bo'lgan mamlakatdagina ilm-fan, madaniyat yuksaladi, yurt gullab-yashnaydi.
                                                                                             Nurali Shodiyev  suhbatlashdi


Olloh ilmingizni ziyoda qilsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili!
Yuborildi: Shokir63 01 Yanvar 2010, 01:21:05
qurbat - (arabcha) yaqinlik. (mutaqorribiyn-yaqinlar)
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili!
Yuborildi: As-Samarqandiy 11 Yanvar 2010, 16:22:12
Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Aziz forumdoshlar quyudagi so'zlar ma'nosini imkon darajasida berasizlar degan umiddaman:
1. Ban, ban qilmoq ( bu so'z o'zbekchami?)
2. Buzruk
3. mengzar
4. o'sal
5. palid

Aniq bilmaymanu, lekin Buzruk so'zi Buzrukvorim so'ziga yaqin bo'lsa kerak. Yana ham sizlar bunga aniqlik kiritib yuborasizlar.

Ollohdan sabr-bardosh tilab qolaman!
Assalomu alykum va rahmatullohu vabarakatoh!
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili!
Yuborildi: AbdulAziz 11 Yanvar 2010, 16:40:18
Va alaykum assalom!

Ban - so'zi asli inglizcha bo'lib, cheklov, taqiq degan ma'noni anglatadi. Forumda ban qilmoq degani uzerni forumda ishtirok etishdan cheklash degan.

Buzruk - asli forsiy so'z bo'lib, katta, ulug' ma'nolarini bildiradi.

Mengzamoq - eski turkiy so'z bo'lib, o'xshamoq ma'nosini bildiradi. Mengzar - o'xshar deganidir.

O'sal - turkiy so'z bo'lib, serjahl degan ma'nosi bor.

Palid - forsiy so'z bo'lib, nopok, najas degan ma'nolari mavjud.
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili!
Yuborildi: As-Samarqandiy 12 Mart 2010, 14:21:19
Bismillohir rohmanir rohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Aziz tilshunos forumdoshlar! Menga notanish bo'lgan ba'zi so'zlarning ma'nolarini tushunturib bersangizlar.

1. Nashid
2. jumhur
3. g'azot
4. Nashida ( ushbu so'zni qayerdadir o'qiganman, balkim "nashid" so'zi bilan bog'liqlik joyi bordir?)

Oldindan katta rahmat!

Ilmingizni Ollohim ziyoda qilsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili!
Yuborildi: ZUBAIR 16 Mart 2010, 00:48:12
Bismillohir rohmanir rohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Aziz tilshunos forumdoshlar! Menga notanish bo'lgan ba'zi so'zlarning ma'nolarini tushunturib bersangizlar.

1. Nashid
2. jumhur
3. g'azot
4. Nashida ( ushbu so'zni qayerdadir o'qiganman, balkim "nashid" so'zi bilan bog'liqlik joyi bordir?)

Oldindan katta rahmat!

Ilmingizni Ollohim ziyoda qilsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Va alaykum assalam varohmatulloh
Nashid: Musiqasiz kuylangan islomiy she'r
Jumhur: ko'pchilik degan manoni bildirsa kerak
G'zaot:  G'azot - payg'ambarimiz o'zlari ishtirok etgan urush, sariyya - Rasululloh s.a.v. amri bilan,lekin payg'ambarimiz o'zlari ishtorok etmagan urush.
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=197.msg89862#msg89862
Nashida-Nashid
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili!
Yuborildi: Shokir63 17 Mart 2010, 12:01:41
Bir zamonlar Arnoldning "Kamondo" nomli filmini ko'rgandim.

Kamando so'zi kecha o'ylab qarasam, qo'mondon so'ziga juda o'xshar ekan. Shu masalada yordam bera olasizlarmi?
Qo'mondon so'zining tarixini bilasizlarmi?

Kamon so'zining aloqasi bormi? Agar bo'lsa masala hal qilingandek go'yo.



Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili!
Yuborildi: AbdulAziz 17 Mart 2010, 13:48:50
Bir zamonlar Arnoldning "Kamondo" nomli filmini ko'rgandim.

Kamando so'zi kecha o'ylab qarasam, qo'mondon so'ziga juda o'xshar ekan. Shu masalada yordam bera olasizlarmi?
Qo'mondon so'zining tarixini bilasizlarmi?

Kamon so'zining aloqasi bormi? Agar bo'lsa masala hal qilingandek go'yo.

Qo'mondon so'zi o'zbek tilidagi nisbatan eski bo'lmagan so'zlardandir.
Uning kelib chiqishi haqida ikki xil taxmin bor:

- command (buyruq berish) so'zi (руссча команда) orqali Yevropadan turklarga, so'ng boshqa turkiy tillarga. Commander so'zi esa, qo'mondon ga aylangan.

- turkiy tildagi nisbatan eski komut (buyruq, amr) so'zi orqali Yevropa tillariga o'tgan bo'lishi mumkin. Komutan (buyruq beruvchi harbiy rahbar) so'zi keyinroq qo'mondonga aylangan bo'lishi mumkin.
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili! mavzusida O'zbekcha lug'at.
Yuborildi: As-Samarqandiy 02 May 2010, 06:51:16
Bismillohir rohmanir rohim!

Marhamat hurmatli forum a'zolari va tilga qiziquvchi hamyurtlar ushbu so'zlar bilan tanishib chiqing va tushunganingizni yozib qoldiring.

6. abadiyat
7. abadulabad
8. abajur
9. abas
10. abgor

Ilm olishda sabrli bo'ling!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili! mavzusida O'zbekcha lug'at.
Yuborildi: Ansora 02 May 2010, 10:22:01
V.assalom Samarqandiy, anchadan beri yo'q edingiz, tinchmisiz : )
So'zlarga kelsak:

Abadiyat- Arabcha so'z bo'lib, kam qo'llanilgan so'zlardan biridir. Abadiyliki mangulik, degan ma'nolarni bildiradi.

Abadulabad- To abad, umrbod, hamisha, doimo.

Abajur - Fransuzchadan Rus tiliga- keyin esa tilimizga kirib kelgan so'z.
Yorug'likni bir joyga to'plab tushirish yoki ko'zni yorug'lik nuridan pana qilish uchun lampa ustiga o'rnatiladigan qalpoq.


Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili! mavzusida O'zbekcha lug'at.
Yuborildi: Ansora 02 May 2010, 10:25:02
Abas -Eski Arabcha sifat. Foydasiz, behuda. Xozirgi Turk tilida ham "abes" shaklida qo'llaniladi.

Abgor- Forscha- Turkcha sifat, aslida-Afgor.

Yomon ahvolga tushib qolgan; nochor, xarob.
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili! mavzusida O'zbekcha lug'at.
Yuborildi: As-Samarqandiy 02 May 2010, 18:25:14
Bismillohir rohmanir rohim!

Marhamat keyingi so'zlar.
1. abdol
2. abjad
3. abjak
4. abjir
5. abjirlik
6. abzal
7. abzallamoq
8. abzats
9. abira
10. ablak

Ilmingizni Ollohim ziyoda qilsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili! mavzusida O'zbekcha lug'at.
Yuborildi: Ansora 02 May 2010, 19:42:57
Abdol - Arabcha. Xudojo'y, dindor, degani.

Abjad - Arab harflaridan tuzilgan va qaysi harfning son qiymatini hamd qadimiy arab alfaviti sirasini esda saqlash uchun o'ylab chiqarilgan sakkizta so'zdan birinchisining va shu sakkiz so'z majmuining nomi.
Abjad hisobi yoki hisobi abjad eski arab harflarining abjad sirasidagi son qiymatiga muvofiq bir soz yoki iboradan ma'lum bir son, sanoq, tarix chiqarish.

Uzr, Samarqandiy- Abjakmi yoki Abjaqmi ? chunki Abjak degan so'zni birinchi marta eshitishim...
Agarda abjaq bo'lsa- u holda majaq, pachoq bo'lmoq, dabdala bo'lmoq, ichdan chiqmoq ma'nolarini bidiradi.
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili! mavzusida O'zbekcha lug'at.
Yuborildi: Ansora 02 May 2010, 19:46:08
Abjir - Oyoq-qo'li tez, epchil, chaqqon, degani.

Abjirlik- belgi oti. Epchil harakat, epchillik, chaqqonlik.


Abzal - Forshca-Turkcha so'z. Asli- Afzor. Ot-ulovni aravaga qo'shish uchun zarur asboblar majmui: egar-jabduq.
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili! mavzusida O'zbekcha lug'at.
Yuborildi: Ansora 02 May 2010, 19:50:13
Abzallamoq - egarlamoq, egar-jabduq urmoq.

Abzats - Nemis tilidan Rus tiliga o'tgan so'z.
                       1. Xat boshi, satr boshi.
                       2. İkkita xat boshi orasidagi tekst.

Abira -evara

Ablakmi yoki Ablaqmi ? Agar Ablaq bo'lsa u holda ot tusi haqida aytilgan so'z bo'lib, Chipor, chavkar degan ma'nolarni bildiradi.
 


Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili! mavzusida O'zbekcha lug'at.
Yuborildi: Ansora 02 May 2010, 20:34:25
Samarqandiy, sizda O'zbek tilining izohli lug'ati yo'qmi?

Yoki topish imkoningiz yo'qmi?

1981 chi yilda 2 jil chiqqandi. O'tgan yillarda aynan shu kitob to'ldirilgan holda 5 jild bo'lib yana chiqdi.

Hatto Abdulaziz bu lug'atlar bilan bog'liq maqolani forumda ham joylagandilar.

Sizga dabdurustdan kerak bo'lib qolgan so'zlar uchun juda yaxshi ko'makchi bo'lar edi. Har bir oilada bu izohli lug'at bo'lishi kerak, deb o'ylayman.

Hammaning ham kitobni olish imkoni bo'lmasligini nazarda tutgan holda siz savollaringizni so'rayvering. Asosiysi bu tur savollarga javob izlaganlarga yordam bersak bo'lgani.

Men javoblarni shu kitoblardan olyabman...
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili! mavzusida O'zbekcha lug'at.
Yuborildi: Ansora 04 May 2010, 20:12:11
Himmm masala bunday deng. Men ham hayron qoldim savollaringiz lug'atdagi so'zlar bilan bir xil navbatda kelganiga.
Albatta hammamizni ham o'zimizga yarasha so'z boyligimiz bor, bizdan so'ralgan so'zlarni qo'limizdan kelguncha ta'riflay olamiz.

Men o'ylabmanki, sizga juda tez suratda bu so'zlarni izohlari kerak....
Nom: Re: Ona tilim - O'zbek tili!
Yuborildi: As-Samarqandiy 19 Iyul 2010, 03:35:06
Bismillohir rohmanir rohim!

Aziz forumdoshlar! Yordamlaringiz kerak bo'lib qoldi. Kecha tahrir uchun bir kitob olgan edim. Kitobda tushunmagan so'zlarim chiqib qoldi. Imkon qadar javob berasizlar degan umiddaman.

1. куйиккан,  "А аис. Куйиккан сиғирлар... сна сиғирлар, куйиккан сигирлар кспайиб, молхона алғов-далғов бслиб кетди. "
2. тарғил, семон , "Масалан, куни кеча А­стонисдан келтирилган тарғил, сиғирга сакрайман деганда, оёғи чалиниб кетиб (албатта мадорсизликдан), шалоп стиб семон полга йиқилди. "
3. карт, "Сулаймон отаникидан, қаерда қсй сутидан карт  думбадек қатиқ қилинади? "
4. дорпеч, "Сочвон, паранжи, сски маҳси... дорпеч ..."
5. зихи, "Хотинига чой беради, ссри зихига  стиради.)"
Nom: Javob: Ona tilim - O'zbek tili!
Yuborildi: Arkmon 24 Mart 2016, 17:47:57
O'zbek tilini ona til qilgan xalq 40 mllion!