forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: javohir 18 Iyul 2006, 13:06:37

Nom: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: javohir 18 Iyul 2006, 13:06:37
Assalom-u alaykum...

Umuman forumda yaxshi mavzular qo`yilganidan xursandman... Menda ham bir savol bor edi... menimcha bizning o`zbek tilimiz so`ngi yillarda ancha lug`aviy jihatdan boyib qoldi shekilli... (bu kesatiq emas...) men o`ylanmanki, yigitlarimiz, ayrim qizlarimiz tuturuqsiz gaplarni ko`p tilga olishayapti... ba`zi tengdoshlarimiz birga bo`lib qolishsa, betayin suhbatlardan nari o`tishmaydi... hey, inson... vaqtni bekorchi narsalar bilan yo`qotma... (achinib ketasan ularga)...
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: forumnnb 18 Iyul 2006, 20:58:25
Assalomu alaykum!

Hurmatli Javohir, fikrlaringizning qaysidir qismiga qo`shilaman.
Siz aytingchi shu muammolarni hal qilish uchunnimalarga e`tibor berish kerak, umuman buni oldini olish uchun ota-onalar va yigit-qizlarning o`zlari nima qilishlai kerak???
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: maknuna 19 Iyul 2006, 06:49:42
Otabek:

Assalomu alaykum, aziz forumchilar!
Yana bir muammoli mavzuni o'rtaga tashlamoqchiman. Faqat "uffff, yana boshladi-ya..." demanglar. ;D
Hozirda ayniqsa yoshlarimiz orasida o'ziga xos "urf-odat"ga aylangan narsa bor. Ya'ni, ona tilimiz qolib, rus, ingliz tillarini aralashtirib "g'aroyib til"da gapirishadi. Bu holat hozir rap va estrada qo'shiqlarimizda ham o'z aksini topmoqda. Xo'sh, biz nega boy ona tilimizda emas, savodsizligimizni, tilimizga hurmatsizligimizni namoyon qilib, rus va ingliz tillarida gaplashamiz? (rus va ingliz tilini umuman bilmaydigan yoshlar ham shu tillardagi eng "ommabop" so'zlardan "foydalanishmoqda" :'()
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: maknuna 19 Iyul 2006, 06:49:55
farzonochka:

Assalomu alaykum, ushbu muammoli savol juda ham orinli. Rostdan ham, shu kunlada, har xil sozla bilan ona tiimizni buzilishiga olib keladigan insonla kopayib ketvotti, lekin manimcha bu yaxhsi emas, axir bizzi millatimiz tili, biz uchun boshqa tilladan-da muhim emasmi, undan kegin, biz ozgalaga ozimizzi tilimizzi chuqurro orgatse yaxshi bolardi.. ::)
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: maknuna 19 Iyul 2006, 06:50:21
Mohinur:
Bu narsani o`ylab ko`rish kerak.
Ba'zida bu holat sharoitdan kelib chiqadi.
Ya'ni bola tojiklar orasida, yoki ruslar orasida katta bo`ladi va bu narsa uning tiliga ham ta'sir ko`rsatadi.
Ikkinchi siz aytgan holatga menam qarshiman.
Rus tili, yoki ingliz boshqa tillar biz uchun moda yoki, maqtanish belgisi emas.
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: maknuna 19 Iyul 2006, 06:50:42
Noza:
Bola ota onasi qaysi tilda gaplshsa u ham shuni eshitadi va albatta huddi shunday gapiradi.
Bu barchamizga ma'lum. Otabek siz etganizdek o'sha tilni bilmasa ham o'zlaricha "ommabop" bo'lgan so'zlardan foydalanishadi. Va buni "moda" deb o'ylashadi.
Lekin man tan olaman man ham har doim to'liq 100% o'zbekcha gapirmiman. Masalan ko'pincha XA o'rniga OK ni ishlataman. Rus tilidan ayniqsa "uje" so'zlarini ishlataman. Rosti bu so'zni o'zbekch tarjimasini bilmiman.
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: maknuna 19 Iyul 2006, 06:51:00
farzonochka:
Assalomu alaykum Mohinur, fikrlaringiz tori, boshqa til kere bolgan davralada gapira olish ham bir qobilyat osha tilda, biroq ozbe tilida gapirvotganda manimcha tori ish emas...
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: maknuna 19 Iyul 2006, 06:51:16
Otabek:
Men ham chet tilini bilishlik yomon odat, deb hisoblamayman. Onangizga :"Mamochka", deb, akangizga "Bratan", deb, yoki o'rtoqlaringiz bilan salomlashganda "Hi", "privet", deb gapirsangiz o'zingizning nazaringizda "MODNIY" bo'lishingiz, zamondan "oldin"da ekanligingizni "ko'rsatib qo'yishingiz" mumkin. Ammo tashqaridan bu holat ancha xunuk ko'rinsa kerak, nazarimda. :-[
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: maknuna 19 Iyul 2006, 06:51:29
gareeb:
meni fikrimcha qaysi tilda gaplashishdan qat'iy nazar o'sha tilni hurmat qilish kerak. Agar ingliz , rus, uzbek tillarinining qorishmasidan gaplashasak bu uchala tilga ham hurmatsizlik bo'ladi. agar eplasa mayli gapirsin hohlagan tilida lekin osha tilni hurmatini joyiga qo'ysin. Yana boshqa masala shuki uzbek tilimizga boshqa tillardan kirib qolgan so'zlar juda ko'p. Agar sof o'zbek tilida gapiraman desangiz unda arabcha yoki forscha so'zlarni qo'shishga majbur bo'lib qolishingiz mumkin. Masalan tsitata o'rniga iqtibos desangiz buni ko'pchilik tushunmasligi mumkin vaholanki birinchisi ruscha ikkinchisi arabcha. Menimcha hamma uchun tushunarli tilda gapirgan ma'qul.
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: maknuna 19 Iyul 2006, 06:51:55
margilanets:
Judayam yaxshi mavzu ochibsiz.
Siz aytkanizdaka oliftalar juda ko'p uchraydi.
O'zi tuzik-quruq ruscha yo inglizchani bilsayam mayli. Yana tag'in gap orasiga ruscha qistirib gapiradi:

- karochi, manga qaragin, san bola uchilsya v shkole?
- Hammasi Okeymi? Normalniymi?
- Mamashkaga bryukki utyuklab qo'ygin dovdim


va hokazo. Qanaqa "chiroyli suhbat"-a?
Lekin ba'zi oilalar, ota-onalargayam tan bermiyman.
Uydayam ruscha gaplashishadi. Nima emish shunaqa bo'lsa yaxshi tarbiya ko'rarmish.
Naabarot, tarbiya buziladi-yu. Kere bo'sa ko'chadanam o'rganuradi. Lekin o'zimizi tilimizi xor qimaligimiz kere.
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: maknuna 19 Iyul 2006, 06:52:06
Ozoda:
Assalomu alaykum!!
Men ham shunga hayronman..
Masalan Samarqand shahrida, ko'chaga chiqsangiz ruscha yoki tojikcha gapirishingi kerak, o'zbekcha gapirsangiz sini hech kim pisand qilmaydi...Ruscha yoki tojikcha gapirsangiz ozgina bo'lsa ham hurmatingiz bo'ladi!! Nega endi o'zimizni ona tilimizda gapirishdan uyalamiz??
Men bu gapim bil;an Samarqanddagi tojiklarni ayblamoqchi emasman, lekin aynan mana shuni deb hattoki o'zbeklar Samarqandda o'zbekcha gapirishga uyalishadi!!!
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: maknuna 19 Iyul 2006, 06:52:23
Feruza:
Bizda agar rus tilini bilmasangiz, ishingizni bitirishingiz qiyin. Soatlab o'tirmaysizmi, ularga desa! AGar rus tilida gaplashsangiz, boshqacha munosabatda bo'lishadi. Ba'zida jahlim chiqqanidan ataylab o'zbekchada gapirib, rus tiliga tushunmayman deb turardim.
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: maknuna 19 Iyul 2006, 06:53:20
Mohinur:
Shunisiga afsus chekaman.
Go'yoki, ruschani bilsa obro'si ko'tariladigandek.
katta og'alar zamoni o'tib ketdi-ku.
Balki...

Feruza:
To'g'ri aytasiz, xuddi rus tilida gapirishsa, obro'si ko'tariladi. Eng achinarlisi o'zbek yoshlar o'zbek tili qolib ketib, rus tilida gaplashishadi. Bunga qanday chidash mumkin? Agar o'zbek tilini bilmagan insonga gapirgan bo'lsa mayli, ikki o'zbek rus tilida, bilmadim, bunga qanaqa ta'rif berish mumkin?
   
Maknuna:
Radiolarimizning 70 %i rus tilida, TV da ham ruscha programmalar ko'p.
Boshqacha bo'lishi mumkin emas :(
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: maknuna 19 Iyul 2006, 06:53:54
Shahobiddin:
Men o'z ona tilimda gapirishga uyalmayman .

Feruzabegim:
 Bu judayam yaxshi. Lekin o'zingiz qatori zamonaviy yoshlarning orasida sal vaqtingizni o'tkazib ko'ring, hamma ham shunaqa fikrdamikin? Achinib ketasiz, o'zimizning ona tilimizga bo'lgan munosabatni ko'rib.
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: maknuna 19 Iyul 2006, 06:55:02
Uztermbek:
Ajabo...
Aksiga olib, mustaqillikdan keyin o'zbek tiliga bo'lgan bunday behurmatlik urchib ketganini qarang-a...
Asilda, o'sha sizlar aytayorgan chulchutlar na o'z tilini na ruschani yolchitib gapira oladi, ammo tillaru shevani kokteyl qilib nag'ma qilishga usta! Nima qilsak bo'ladi bunga qarshi, kim ayta oladi?!

Shoir:
Judayam to'g'ri fikrlarni aytdingiz.
Jonajon respubikamizning ba'zi mutasaddilari ham o'zbek tilida gapirishni bilishmaydimi, nuqul ruscha sayrashadi TVlarda ham.
Jahlingiz chiqib ketadi, ba'zida shularni ko'rib.
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: javohir 19 Iyul 2006, 19:23:23
salom...

mening fikrimni ko`pchilik tushunmagan ko`rinadi... men boshqa tillarni haqorat qilishni hayolimga ham keltirganim yo`q... bolalar ona tilida gaplashmayapti demoqchi ham emasman... gapning dangali  yoshlar to`gri gapirishdan ko`ra ko`proq so`kinib gapirishadi !!!... (mana men nima demoqchi edim)...

(aybim uchun uzr so`rayman...)
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: Munira xonim 22 Iyul 2006, 14:15:56
Assalamu alaykum.
Sizni gapingiz juda to'g'ri.Hozirda yoshlarimiz juda ham ayanchli holga tushib qolganlar. Hatto o'z og'aynilari bilan oddiy suhbatlarda ham bir-birlarini yomon laqablar bilan chaqirishayorganini guvohi bo'lishingiz mumkin. Men shahsan guvohi bo'lmaganman,lekin ustozlarimiz juda ko'p gapirishadi shu haqda. Hatto qizlarimizga ham yuqqan shu illat.O'zlaricha am'nolarini bilmay har hil so'zlar bilan bir0birlariga murojaat qilishadi. Hatto bu bilan o'zlarini madaniyatli qilib ko'rsatishadi. Buning ildizi nimada?Yoshlarimizning ongsizligidami yoki ota-ona va maktablardagi tarbiyaning "zo'rligidami"? Siz nima deb o'ylaysiz aziz birodarim.
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: forumnnb 22 Iyul 2006, 18:37:38
salom...
ayni kunda men talabar safida ko`p bo`layapman... shuning uchun ular orasida bo`ladigan suhbatlardan boxabarman... buni ongsizlikkka yo`ysa ham bo`ladi...maktabdagi tarbiya ham...ota-onalar menimcha farzandlarining bunday betayin gaplaridan bexabar bo`lishsa kerak (chunki ular ularning oldida muloyim mushuk bo`lib qolishi mumkin. ular ko`p vaqtini ko`chada o`tkazishadi, tabiiyki onalar, otalar bilan muloqot kamayadi... otalar ham ko`p ishlashi kerak, farzandi kelajagi uchun, shuning uchun ham farzandlar bilan suhbatlar kamayadi...(balki umuman bo`lmas...))...
bilasizmi, atrof-muhit bolaga ta`sir ko`rsatmaydi deb hisoblayman. bundan kelib chiqib yigit-qizlar o`zlari, o`z tafakkuri bilan hisoblashgan holda ish ko`rishlari kerak (shu o`rinda bir narsani ham aytib qo`yishim kerak, ko`pgina yosh bolalarga "qani, anovini manovinaqa qilib so`kib qo`ygin..." deb "o`git"beradiganlar ham topilib qolayapti...). (yana bir izoh: ba`zi otalar (yolg`on bo`lsa aybdorman) farzandlari oldida onalarini yoki qo`shnilarini so`kib qo`yishi mumkin...)

endi maktab masalasiga kelsak, bu borada kamina ba`zi o`qituvchilarning beradigan "ta`limlar"i oldida ojiz qolaman... bu alohida mavzu...
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: Mas'ud 02 Avgust 2006, 11:30:57
Donishmandlardan biri: "Aytgan so'zim shohim, aytmagan so'zim qulim", degan ekanlar
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: Mashhura 10 Avgust 2006, 08:56:50
Ozoda:
Assalomu alaykum!!
Men ham shunga hayronman..
Masalan Samarqand shahrida, ko'chaga chiqsangiz ruscha yoki tojikcha gapirishingi kerak, o'zbekcha gapirsangiz sini hech kim pisand qilmaydi...Ruscha yoki tojikcha gapirsangiz ozgina bo'lsa ham hurmatingiz bo'ladi!! Nega endi o'zimizni ona tilimizda gapirishdan uyalamiz??
Men bu gapim bil;an Samarqanddagi tojiklarni ayblamoqchi emasman, lekin aynan mana shuni deb hattoki o'zbeklar Samarqandda o'zbekcha gapirishga uyalishadi!!!
Qaniydi biror chora ko'rishning iloji bo'lsa???????????????????????????????????????????
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: shoir 01 Sentyabr 2006, 05:56:09
Ozoda:
Assalomu alaykum!!
Men ham shunga hayronman..
Masalan Samarqand shahrida, ko'chaga chiqsangiz ruscha yoki tojikcha gapirishingi kerak, o'zbekcha gapirsangiz sini hech kim pisand qilmaydi...Ruscha yoki tojikcha gapirsangiz ozgina bo'lsa ham hurmatingiz bo'ladi!! Nega endi o'zimizni ona tilimizda gapirishdan uyalamiz??
Men bu gapim bil;an Samarqanddagi tojiklarni ayblamoqchi emasman, lekin aynan mana shuni deb hattoki o'zbeklar Samarqandda o'zbekcha gapirishga uyalishadi!!!
Qaniydi biror chora ko'rishning iloji bo'lsa???????????????????????????????????????????

Hamma o'zini tilida gapirgani yaxshi, lekin birovlarning tilini kamsitish yaxshi emas.
Masalan, bironta o'zbekka tojik birodarimiz o'zbek tilini bilgani holda o'z tilida gapirsa biroz g'alati tuyuladi. Agar bu so'zlashda kibr namoyon bo'lsa, undan yomoni yo'q...
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: Foniy 12 Avgust 2009, 18:41:43
... gapning dangali  yoshlar to`gri gapirishdan ko`ra ko`proq so`kinib gapirishadi !!!...

Bu albatta achinarli, ma'naviy kambag`allik. 
... eng avvalo o`sha "yoshlar"ning qanday oilada tarbiya topayotganligi, qanday muhitda o`sayotganligi, kimlar bilan muloqot qilib yurganligi,.. muhim ahamiyatga ega. Eng achinarli holat ba'zi oilalarda ota-onalarning tarbiya masalasiga loqaydlik bilan (ikkinchi darajali) qarashlari,.. boshqalardan kam bo`lmasin deb, moddiy jihatdan yetarlicha ta'minlab qo`yishlari va lekin eng muhim jihati, ma'naviy tomondan esa... afsus,..
Albatta yaxshi bog`bon egri nihollarni ham tarbiyalab foydali daraxtlar yetishtiraoladi,.. yaxshi bog`bonlarimiz ko`payaversin, amiyn,
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: Hadija 12 Avgust 2009, 19:04:36
... gapning dangali  yoshlar to`gri gapirishdan ko`ra ko`proq so`kinib gapirishadi !!!...

Bu albatta achinarli, ma'naviy kambag`allik. 
... eng avvalo o`sha "yoshlar"ning qanday oilada tarbiya topayotganligi, qanday muhitda o`sayotganligi, kimlar bilan muloqot qilib yurganligi,.. muhim ahamiyatga ega. Eng achinarli holat ba'zi oilalarda ota-onalarning tarbiya masalasiga loqaydlik bilan (ikkinchi darajali) qarashlari,.. boshqalardan kam bo`lmasin deb, moddiy jihatdan yetarlicha ta'minlab qo`yishlari va lekin eng muhim jihati, ma'naviy tomondan esa... afsus,..
Albatta yaxshi bog`bon egri nihollarni ham tarbiyalab foydali daraxtlar yetishtiraoladi,.. yaxshi bog`bonlarimiz ko`payaversin, amiyn,
:amn: Shu o'rinda yana bir narsani ham qo'shib o'tish mumkinki, tashqi muhit ham inson harakatiri va ongiga juda katta ta'sir o'tkazadi. Tashqarida yurganingizda ikki rus millatiga tegishli bolalar o'tib ketayotib og'izdan bo'lar bo'lmas so'kog'ich so'zlar chiqib ketsa, ma'nosini tushunmay, o'sha eshitib qolgan inson, ongiga singadi va kuni kelib hohlasa-hohlamasa uni aytib yuborishi mumkin. Ammo nafsini va ongini mustaqil, o'zi boshqara oladigan odamdan bu natijani kutish qiyin. Buni ham tan olib aytish kerak menimcha :)
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: Muslima.bgm 28 Avgust 2009, 15:31:22
Yaqinda qizimni bog'chaga berdim. Bir kuni Ishga ketayotsam qo'shnim "qizingizni bog'chaga berdizmi?" deb so'rab qoldi. O'zbek bog'chami yo rus bog'chami deydi. Albatta O'zbek bog'chagada desam bekor qilibsiz rus bog'cha yaxshi, berganingizda rus tilini zo'r o'rganardi? madaniyatli bo'lardi deydi.
Azizlar, bunday fikrlaydigan o'zbeklarimiz talaygina. Endi tili chiqayotgan bolamizga o'z ona tilimizni o'rgatmaganimizdan keyin , keyinchalik ulardan nima kutish mumkin? Albatta yuqorida keltirilgandek "olifta " larnida
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: Ansora 28 Avgust 2009, 17:38:54
Yana ham biz O'zbeklar ona-tilimizga qadr-qiymat beramiz. İstambulga qolgan Turkiy Jumhuriyatlardan kelgan talabalar oralarida ruscha gaplashishadi. Biz bo'lsak, yo O'zbekcha yoki Turkcha aralash gapirar edik. Ruscha gapirgani uyalardim. Qirg'iz yoki Qozoq bilan bo'lsa ham Turkcha gaplashar edim. Gohida hayron bo'liashardi, Ruscha bilmaysanmi, deb. Men ham ataylab sen Qirg'zicha gapir men ham O'zbekcha javob beray, qani bir-birimizni qanchalik tushunar ekanmiz, derdim:) Tabii Ruscha bilish kerak, lekin men onam bilan Rus tilida gaplashganimni hech tasavvur qila olmayman, Xudo saqlasin, huddi boshqa insonday bo'ladiya:)
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: roziyaa 27 Sentyabr 2009, 10:13:35
Assalomu alaykum juda yahshi mavzu ochibsiz. manimcha hozir yoshlarni har turli millatlarga mansub soz ishlatishla bu hunuk. Alhamdulilah muslmonmiza. muslmon davlatga tu'g'ilganmiza o'zimiz tilimizda tilimiz chiqan, nega o'zizmizni tilimizni unutib, rus, ingliz tilida gaplashmiza. ahir biza o'zbekmiz. hozirgi yoshlani hayron qolaman. mani yaqin qo'shinim o'zbekcha gapirsa uylarkan ruscha gaplashi kerekan. o'zi umuman bilmdi. hayron qoldim. bu ota onani tarbiyasimi yoki o'qtuvchilanmi. hozir yana yengi moda bopti qizlaga bola qolib, qizla o'g'il bolani kursdoshlarini OG'AYNIM dib chaqirish. bu judayam hunuk. yana, taki tak, yedirdimi, kidirdimi, ushab qo'ydimi, digan sozla qizlarimizni o'g'izdan tushmi qovoti. man bu gaplani juda kop qizladan eshtvoman. Forumdoshla qanaqa chora korsa boladi. Qizlarimizda hayo ibo digan narsa yoqolib borvotiku. Ahir biz o'zbekla,hayo iboyimiz uchun boshqa millat vakillaridan ajralib turamizku.nega shulani o'zimizda saqlab qololmayamiza.
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: Ansora 27 Sentyabr 2009, 10:40:45
Roziyaxon, siz aytgan muammolar, afsuski Turkiyada ham bor. Men boshda bu yerga kelganimda juda ko'p narsaga o'rgana olmadim. Masalan avtobusda yoshi ulug'larga joy berish masalasi. Yoshgina qiz-erkaklar yoyilib o'tirishib olishgan, yoshi ulug'lar esa, oyoqda. Qo'limdan kelguncha, joy berishga harakat qildim. Lekin hamma sizga hayron bo'lib qaraydi, bilasizmi? Meni boshqa yerdan kelganligim bilinib turadi, yana joy berib, o'rningizdan turganingizdan keyin yana ko'p o'zingizga diqqatni tortasiz. Bir kuni yana paraxodda yoshi ulug' bir onaxonga joy berdim, u bo'lsa menga, "qizim sen o'tir, biz qariyalar uyimizda uxlab uxlab dam olib, aylanishga chiqqanmiz, sizlar erta sahardan ishga, o'qisha chopasizlar, bizdan ko'p charchaysizlar," deb meni joyimga qaytib o'tirg'izib qo'ydi. Hech masalaga bu tarafdan yondoshmagandim. Rostdan ham onaxon bir navi haqli. Chunki shahar katta. Bir joydan ikkinchi joyda borish uchun avval avtobus kutasiz 15-30 daqiqa orasi, keyin yo'llar tiqiling bo'ldimi, 15 daqiqalik yo'lni 2 soatda o'tganimizni bilaman, jami faqatgina bir tarafga borish uchun 3 soatga yaqin yo'ldasiz, bu yo'lni hali qaytishi ham bor. Nim uchun bu mavzuni aytdim, chunki o'z madaniyatiga hurmat bilan qaragan, kattalariga hurmatda, kichiklariga izzatda bo'lgan inson Tilini ham hurmat qiladi. Bekorga "Ona-tili" deyilmagan, siz o'z onangizni boshqasiga almashasizmi, yoki onangizga har qanaqangi ko'cha og'zidagi so'zlar bilan murojaat qilasizmi? İnson o'z tilini yaxshi bilmasdan, boshqa tilni o'rgana olmaydi, o'z tilini hurmat qilmasdan boshqa tilni hurmat qilaman, degan inson esa yolg'onchi!!!
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2009, 19:33:37
Assalomu alaykum juda yahshi mavzu ochibsiz. manimcha hozir yoshlarni har turli millatlarga mansub soz ishlatishla bu hunuk. Alhamdulilah muslmonmiza. muslmon davlatga tu'g'ilganmiza o'zimiz tilimizda tilimiz chiqan, nega o'zizmizni tilimizni unutib, rus, ingliz tilida gaplashmiza. ahir biza o'zbekmiz. hozirgi yoshlani hayron qolaman. mani yaqin qo'shinim o'zbekcha gapirsa uylarkan ruscha gaplashi kerekan. o'zi umuman bilmdi. hayron qoldim. bu ota onani tarbiyasimi yoki o'qtuvchilanmi. hozir yana yengi moda bopti qizlaga bola qolib, qizla o'g'il bolani kursdoshlarini OG'AYNIM dib chaqirish. bu judayam hunuk. yana, taki tak, yedirdimi, kidirdimi, ushab qo'ydimi, digan sozla qizlarimizni o'g'izdan tushmi qovoti. man bu gaplani juda kop qizladan eshtvoman. Forumdoshla qanaqa chora korsa boladi. Qizlarimizda hayo ibo digan narsa yoqolib borvotiku. Ahir biz o'zbekla,hayo iboyimiz uchun boshqa millat vakillaridan ajralib turamizku.nega shulani o'zimizda saqlab qololmayamiza.

Assalamu alaykum.
Yigit qizlarni, farzandlarimizni, umuman inson zotini hayolik iboli bo'lishi uchun,avvalo, ularda IYMON degan ulug' ne'mat bo'lishi shart.
"Hayo - IYMONdandir", degan hadisi sharif bekorga aytilmagan.
Yoshlarda bu iymonni shakllantirib ularga haqiqiy tarbiya berishlik uchun esa avvalo ota-onalar harakat qilisi lozim. Buning uhcun esa ota-onalar o'zlari iymonli, hayoli bo'lishilari lozim.
Bu tarbiya deganlari shunaqa zanjir hammasi bir-biriga bog'liq.
Har bir oilada Islom va islomiy tarbiya birinchi o'rinda turmas ekan, unday oiladagi farznadlar, nafaqat tillarini, yaqinda Alloh saqlasin,Vatanlarini sotishdan ham ikkilanishmaydi.
O'zi hozirda muloqotda,kiyinishda, kattalarga muomalda, oila tutishda, uylanishlikda boshqa millat vakillariga taqlid qilib bo'lishgan.
Gapiraversa gap ko'p. Alloh barchamizga go'zal iymon, xusnixulq ato qilsin.
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: Hadija 12 Oktyabr 2009, 18:23:02
Савол: Мен ҳаётимда бир муаммога дуч келдим. У ҳам бслса мактабда дугоналарим билан бошқа одамлар ҳақида гаплашамиз. Мен буни ғийбат деб ҳисоблайман ва суҳбатдан сснг пушаймон бсламан. Аллоҳ сизга схши мукофотлар берсин, менга қандай насиҳат қиласиз?

Жавоб: Алҳамду лиллаҳ "¦

Одамлар, одамларнинг шарафи ёки хусусистлари ҳақида гапириш - гуноҳ, бслганда ҳам катта гуноҳдир. Буни сзингизга қиёслаб ксринг: Бошқаларнинг ҳаққингизда сиз суймаган гапларни айтишларини хоҳлайсизми? Сиз йсқлик пайтингизда ҳаққингизда айтмасликларини хоҳлаганингиз гапларни гапиришларини хоҳлайсизми?

Сиз сзингиз ҳақингизда сшитишингизни хоҳламаган гапларни, одамлар ҳам сзлари ҳақида гапиришингизни хоҳлашмайди "¦

Бундан ташқари А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам ҳам одамларни жаҳаннамга юзлари билан улоқтирадиган нарса тиллари гапирган гаплар сканидан хабар бердилар "¦

Қанча-қанча ссзлар борки, сътибор бермай талаффуз қилиб қсссиз?!

Барака топгур, мен сизга шуни айтмоқчиман: Тил Аллоҳнинг зикри билан машғул бслмаса, бошқа нарса билан машғул бслади "¦

Сизнинг у дугоналарингиз билан тспланаётган йиғилишларингиз Аллоҳнинг тоатида бслмаса, Аллоҳнинг маъсистида бслади "¦

Сиз бу тспланишлардан Аллоҳнинг ғазаби билан туриб кетишга розимисиз?! Аки сизга: Гуноҳларингиз кечирилган ва ёмонликларингиз схшиликка алиштирилган ҳолатингизда срнингиздан туринг!, -деб айтилишини хоҳлайсизми?

Менинг фикрим шу: Агар у қизларнинг иши бошқаларни ғийбат қилиш бслса, Аллоҳга шукрки, Аллоҳнинг зикри ва тоати учун тспланаётган бошқа қизлар ҳам бор. Ўтиришларингиз, суҳбатдошларингиз ва дугоналарингизни сзгартиринг!

Аллоҳни сслаган, тиллари ва қалблари билан Аллоҳни зикр қилган қизлар билан дугона бслинг!!

Тсғри, биз хатодан кейин афсус қиламиз "¦ Хсш, афсусдан кейин нима қилишимиз керак?! "¦

Сиз: Мен пушаймон бсламан, дедингиз. Айтингчи, пушаймондан кейин нима қиласиз?!

Воз кечиш керак "¦

Агар юракдан тавба қилган ва тавбангизнинг қабул бслишини хоҳлаган бслсангиз, бу хунук қилмишингизга қайтманг ва қайтишга жазм ҳам қилманг!! Аллоҳга нисбатан бир ссзли ва қатъистли бслинг! Гуноҳлардан воз кечинг!!

Лушаймон бслинг "¦

Агар пушаймон бслмасангиз, (сқинда) сзингизнинг устингиздан сзингиз куласиз!! Хатоларни такрор-такрор қилаверасиз!

Аллоҳ номига қасам ичиб айтаманки, инсонга тилини сақлашдан ксра оғирроқ иш йсқдир!!

У шунчалар оғирки, аввалгилар ҳам, кейингилар ҳам бошқалар ҳақида тилларини тийишда анчагина қийналишган "¦

Бу тил сизни жаннатнинг снг олий мақомларига кстаришга ҳам, жаҳаннамнинг снг тубига улоқтиришга ҳам кучи етадиган узвдир "¦

Агар уни зикр, тасбиҳ ва таҳлилларда ишлатсангиз, сизни жаннатнинг тепаларига олиб чиқади "¦

Ўйин-кулгу, ғийбат, чақимчилик, ҳақорат, сскиниш ва лаънат қилиш учун ишлатсангиз, сизни юзингиз билан жаҳаннамга улоқтиради "¦

Ҳой Аллоҳнинг чсриси, Аллоҳдан қсрқинг!!

Фалончи ва пистончи қизлар ёки хотинлар ҳақида оғзингиздан чиқаётган ссзларни енгил санаманг!!

А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг муҳтарама рафиқаларидан бири бслган Оиша разисллоҳу анҳо сзича арзимас деб сйлаган бир жумлани съни (кундошларидан бири бслган Зайнаб разисллоҳу анҳо ҳақида): «Зайнабнинг бсйи пастдир!» - деди.

Сиз буни арзимас дес тушунишингиз мумкин "¦

Бироқ А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам Оиша разисллоҳу анҳога: «Сиз бир гапни айтдингизки, уни денгиз сувига қориштирилса унинг таъмини сзгартириб ташларди» - дедилар "¦

Бунга схшаш гапларни айтишда лоқайд бслманг ва унутмангки:

«Қайси ссзни айтса унинг олдида жиддий назоратчи бордир» (Қоф: 18).

Демак, тил тузалса ксплаб ишлар тузалади "¦

Тил устувор бслмай бузилса, Аллоҳ таолога сқинлашиш учун қилаётган амал ва ибодатларимизнинг нима қиймати қолади?! "¦

Аллоҳнинг чсриси, оғзингиздан чиқаётган ссзларни айтар скансиз Аллоҳдан қсрқинг!!"¦

Manba (http://forum.islom.uz/smf/index.php/topic,10391.20.html)
Nom: Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: Hadija 13 Oktyabr 2009, 17:06:34
Тилни тийиш

Абу Ҳурайра розисллоҳу анҳудан ривост қилинади: «Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Ким ёлғон гапиришни ва унга амал қилишни қсймаса, унинг таоми ва шаробини тарк қилмоғига Аллоҳнинг сҳтиёжи йсқ», дедилар». Бешовларидан фақат Муслим ривост қилмаган.

Шарҳ: Ислом дини ва таълимоти бсйича мусулмон инсон доимо тилини ёмон ссзлардан, беҳуда гаплардан тиймоғи лозим. А сзадор мусулмон учун сса бу таъкид сна ҳам кучли бслади. Уламоларимиз ушбу ҳадисдаги «ёлғон гапириш»га ғийбатчилик, чақимчилик, иғво ва бсҳтонлар ҳам киради, дей-дилар. Шунингдек, унга амал қилишга Аллоҳ таолонинг ва Унинг А асулининг норозилигига сабаб бсладиган ҳар бир иш киради, дейдилар.
Демак, рсза тутган одам сзини нафақат таом ва шаробдан, балки номаъқул гап-ссз ва ишлардан ҳам тиймоғи лозим. Зотан сзини таом ва шаробдан тийиб туриб, ёлғон, иғво, чақимчилик, ғийбат, бсҳтон ссзларни гапираверишдан, ношаръий ишларни қилаверишдан нима фойда бор? Аки унинг оч қолиб, чанқаганига Аллоҳнинг сҳтиёжи борми?
Афсуски, ҳаётимизда бу ҳақиқатни унутиб қссмиз. Ичимизда рсзани тутиб олиб, кун бсйи беҳуда гап-ссзлар, ишлар билан машғул бсладиганлар йсқ смас. Мусулмонларнинг устидан ғийбат, чақимчилик, бсҳтон қиладиганлар ҳам йсқ смас. Ҳаммамиз ёлғон ссз ва унга амал қилиш рсзанинг савобини бутунлай кетказишини ҳеч қачон унутмаслигимиз лозим.

Яна сша кишидан ривост қилинади: «Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Қачон бирингиз рсзадор ҳолида бслса, беҳаё ссзларни гапирмасин ва жоҳиллик ҳам қилмасин. Агар биров у билан сскишмоқчи ёки урушмоқчи бслса, мен-рсзадорман, мен рсзадорман десин», дедилар». Бешовлари ривост қилганлар.
Шарҳ: Худди шу маънодаги ҳадис олдин ҳам стган.

Яна сша кишидан ривост қилинади: «Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Баъзи рсзадорлар борки, уларга рсзаси учун очликдан сзга нарса бслмас. Баъзи тунда бедор бслган борки, уларга бедорлиги учун уйқусизликдан сзга нарса бслмас», дедилар». Ибн Можа, Аҳмад ва Ал-Ҳоким ривост қилганлар.
Шарҳ: Баъзи бир кишилар рсзани тутиб олиб, тилини тиймай ёлғон-сшиқ гапирадилар, иғво, бсҳтон, ғийбат қиладилар, турли ёмон ишлардан сзларини тиймайдилар. Ана шундай кишилар рсзанинг фойдасидан, савобидан маҳрум бсладилар. Уларга рсза тутишдан фақат оч қолганлиги қолади, холос.
Шунинг учун ким рсзадан тсла манфаат олмоқчи, савобига тслиқ сришмоқчи бслса, сзини таом ва шаробдан ташқари беҳуда, бслмағур гап-ссз ва амаллардан тиймоғи лозим.
Шунингдек, баъзи бир кишилар тунда бедор таҳажжуд намоз сқийдилар. Кейин сса, сша ишлари билан мақтаниб риё-корлик қиладилар, ёлғон гапириб нолойиқ ишларга қсл урадилар. Ана сшандай одамлар ҳам тунда бедор туриб қилган ибодатлари савобидан бебаҳра қолурлар. Ўша бедорлик оворагарчилигидан уйқусизлик қолади, холос.
Шунинг учун ҳар бир ибодатни иложи борича риёкорликдан қочиб қилмоғимиз керак.
Manba (http://islom.uz/content/view/1238/105/)
Nom: Javob: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
Yuborildi: Muxsiya 24 Mart 2014, 15:05:50
Bir mashur san'atkor bergan intervyusida o'ziga qarashli bir nechta mehmonxonasi borligi va ulardan birida yolg'iz yashashi. Oilasi haftada bir to'planib birga ovqatlanishi, asosan rus, ingliz tilida so'zlarida so'zlashishlari va ho.k. Aytyapti bu nima maqtanishmi yoki el nazararidagi insonning boshqalarga bo'layotgan na'munasimi