forum.ziyouz.com

Kutubxona => Jahon adabiyoti => Mavzu boshlandi: saltanat 03 Fevral 2010, 06:30:51

Nom: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 03 Fevral 2010, 06:30:51
Jamila (qissa)

(http://ziyouz.com/images/books/jamila.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=600)

Muallif: Chingiz Aytmatov
Hajmi: 157 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=600)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4333.0)


Chingiz Aytmatov

JAMILA
    
Qissa


G'ofur G'ulom nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi
2005 yil
Nom: Re: Chingiz Aytmatov "Jamila"
Yuborildi: saltanat 03 Fevral 2010, 06:48:32
    Har gal safarga chiqishim oldidan kichkina yog'och ramkaga solingan surat oldida turish menga odat bo'lib qolgandi. Ertaga ovulga jo'nashim kerak.Mana hozir ham o'sha suratga tikilib, go'yo undan oq yo'l tilayotgandek, ko'zimni uzolmay uzoq termilib qoldim.
    Suratni hali biron marta ham ko'rgazmaga qo'yganim yo'q.Ovuldan  qavm-qarindoshlarim kelganida ko'rib qolishmasin deb yashirib qo'yaman.Demak, suratda biron nijo'ya narsa tasvirlangan ekan, deb o'ylamang tag'in, uning iymanadigan, shuningdek bu nodir asar "ko'z tegadi" deydigan hech joyi ham yo'q, shunchaki o'rgamchikka chizilgan bir surat. Unda oddiy dala manzarasining aynan tasviri berilgan xalos.
    Suratning orqa planida so'lg'in kuz osmoninig chekkalari oqarib ko'rinadi. Shamol parqu bulutlarni uzoq-uzoqlarga, qorayib ko'ringan tog' cho'qqilari sari haydab borardi. Suratning old qismida sarg'ish libos kiygan bepayon dala, keng daryo tasvirlangan.Yog'in-sochindan keyin po'rsillab yotgan chekkalaridagi qamishlar bir-biriga ayqashib ketgan yo'lda ikki yo'lovchining oyoq izlari ko'zga tashlanadi. Yo'lovchilar uzoqlashgan sayin, oyoq izlari xiralasha boradi.Go'yo yana bir-ikki qadam yurishsa ramkadan chiqib ketadigandek tuyulardi. Ha aytmoqchi, yo'lovchilardan biri... Keling bir boshdan gapirib bera qolay.
Nom: Re: Chingiz Aytmatov "Jamila"
Yuborildi: saltanat 03 Fevral 2010, 07:07:35
  Bu voqea bolaligimda yuz bergan edi.Ikkinchi jahon urushi uchinchi yiga qadam qo'ygan,ayniqsa Kursk bilan Oryol ostonalarida dahshatli janglar borardi. O'shanda biz bir gala o'spirin bolalar xo'jalikda ekin sug'orib, arava haydab, o't o'rib yurar edik, xullas, urushga ketgan erkaklarning og'ir mehnati bizning zimmamizga tushgan edi.Ayniqsa xosil yig'im-terimida haftalab uy betini ko'rmasdik, kechayu-kunduz xirmonda bo'lardik, yoki stansiyaga g'alla tashirdik.
   Stansiyaga qatnab yurib, uydagilarni ko'pdan beri uydagilarni kop'rmaganim uchun, o'roqning ayni qizigan saraton kunlarining birida yo'l-yo'lakay uyga kirib o'tay deb bo'sh aravamni yo'ldan burdim.
    Biz azaldan yonma-yon tushgan ikki uyda turardik.Ularniong balandligi uch metrcha keladigan devorlari juda pishiq qurilgan bop'lib, daryo tomoni daraxtlar bilan o'ralgan xovli bizniki edi. Men katta uyning o'gli edim. Akalarim urushga ketishgan, ulardan xat-xabar yo'q edi.Ikkalasi ham balog'atga etib, ayni uylanadigan vaqtda ketishgan. Keksa otam- duradgor usta.Tong saxarda namozini o'qirdi-da, ustaxonaga jo'nardi, shu ketgancha qosh qorayganda kelardi.Xo'jalikdagi barcha aravalar uning qo'lidan o'tardi. Uyda onam bilan singilcham qolardi, xolos.
Nom: Re: Chingiz Aytmatov "Jamila"
Yuborildi: saltanat 03 Fevral 2010, 07:57:00
  Berigi kichik uyda esa yaqin qarindoshlarimiz turishardi. Qarindoshimiz deyishimning boisi, oradan ikki-uch avlod o'tib ketgan bo'lsa ham ular bilan azaldan mol-jonimiz bir edi. Ota-bobolarimiz birga ko'chib birga qo'nib juda ahil yashagan ekan, bu odatni muqaddas bilib biz ham oraga sovuqlik tushirmay apoq-chapoq bo'lib kelardik.Jamoa xo'jaligi tuzilgan mahalda otalarimiz bir joyga o'troqlashganlar. Bugina emas,ikki suv o'rtasidagi Orol ko'chada turuvchilarning hammasi bir otaning farzandlari edi.
  Keyinchalik berigi uyning egasi dunyodan op'tib, xotini ikki go'dak bilan qoldi. Eski odat bo'yicha qarindosh-urug'lar yesirning boshini bog'lab qo'yaylik deb arvoh va Xudoni pesh qilib uni otamga nikohlab qo'yganlar. Garchi u uyning qozon tovog'i, mol-joni, chorbog'i bo'lak bo'lgani bilan aslida biz bir xonadon edik. Ularning ham ikki o'g'li askarga ketgan edi, Sodiq degan katta o'g'li uylanishi bilan ketgandi. Ular ---"Biz frontdamiz"---deb onda-sonda xat yozib turishardi.Kichik uyda kichik oyim bilan kelini qolgan edi, Men uni doim "kichik oyi" deb chaqirardim. Ikkalasi ham ertadan qora kechgacha dalada ishlashardi. Kichik oyim ( uni ovuldagilar ishchan ayol, baraka topsin, bunaqasi topilmaydi deb maqtashardi) brigadir bilan adi-badi aytib o'tirmas,yur deganiga yuraverar, buyurgan ishini qilaverar,anovi yosh kelinchaklar qatori ariq chopishga ham, ekin sug'orishga ham yo'q demasdi, qo'lidan sira ketmon tushmasdi. Xudo bilib berganmi deyman uning kelini Jamila ham serg'yrat, baquvvat bo'lib, biroq fe'l-atvori sal boshqacharoq edi.
   Jamila yangamni chin qalbimdan yaxshi ko'rardim. Bir tomoni yangam, ikkinchi tomoni mendan biroz katta, lekin biz xuddi tengqur do'stlardek edik. Meni "kichkina bola" deb o'z ukasidek erkalatganini aytmaysizmi.
Nom: Re: Chingiz Aytmatov "Jamila"
Yuborildi: saltanat 03 Fevral 2010, 10:29:09
  Xullas, ikkala ro'zg'orning tirikchiligini, ro'zg'rini oyim bilan singilcham tebratib turardi.Singilcham juda sho'x qiz edi. Lekin o'sha ogir kunlarda ancha oyimga jon-dili yordamlashganini sira-sira unutmayman. Ikki xonadonning qo'y-echkilariga qaragan ham o'sha, tezak terib o'tin-cho'p g'amlagan ham o'sha, dom-daraksiz ketgan o'g'illarini qo'msab g'amgin hayollarga cho'mgan oyimning ko'ngliga tasalli bergan ham o'sha edi. Har ikkala oilaning boshini qovushtirib, rizq-ro'zini saqlagan ham, bilarmoni ham oyim edi.U o'lganlarning arvohini hurmatlab, seniki-meniki demay ikki xonadonga baravar qarab turgan, ovulning obro'li, dindor xotinlaridan biri edi.Bizga taaluqli har qanday ishni oyim hal qilardi.Otam bo'lsa hech kimning esiga ham kelmasdi. "Hoy, usta akangga bormay qo'ya qol.Uni g'ildirakdan boshqa hech narsa bilan ishi yo'q.Har ikki ro'zg'orni ham boyvuchcha xotini tebratib turibdi, o'shanga bor " deyishardilar. Men ham yosh bo'lishimga qaramay uncha-muncha ishlarga aralashib turardim. Darvoqe, akalarim askarga ketib qolganidan men har ikki uyning dastyor yigiti bo'lib qolgandim. Shuning chun ham o'zimda qandaydir mas'uliyat xis etardim. Bu oyimga juda yoqardi, pishiq bo'lsin, yog'ochdan boshqani bilmaydigan otasiga o'xshamay, ro'zg'or ishlariga aralashib ko'zi pishsin, der edi. Men aravamni chorbog'ning chetiga, ko'lankaga haydab kelsam, qamchisini qanjig'asiga qistirib olgan brigadir O'rozmat og'a bilan oyim eshik oldida negadir aytishib turgan ekan.Ularga yaqinlashganimda oyimni ovozi esitildi:
  ---Bormaydi! Axir bu innsofdan emas-ku.Xudodan qo'rqishsin! Xotin kishini arava haydagani nimasi.Xudo xayringni bersin, aylanay, kelinimga tegma, o'rog'ini o'rib yuraversin, shusiz ham yolg'izlik azobini tortib, ikkala xonadonning tirikchiligidan bosh qashirga ham qo'li tegmaydi. Buning ustiga bir haftadan beri belim sanchib anovi jo'xorilar qarovsiz qoldi. Baxtimga yaxshiyam o'sha mushtdek qizcha bor ekan...
   Oyim odaticha ro'molining uchlarini ko'ylagini yoqasi ostiga qistirar edi.O'rozmatning chayqala-chayqala tinkasi quridi:
  --Obbo siz-ey--- dedi u--- agar to'rt mucham sog' bo'lib qo'limdan kelsa o'zimoq ilgarigidek qoplarni aravaga irg'itib-irg'itib, otlarni choptirib ketmasmidim! Hoji yo'q-da, yosh kelinlarga arava haydatib bo'ladimi, desak, o'zi rozi bo'lgan keliningizni siz yo'ldan ursangiz, bunaqada plan to'ladimi? Boshliqlar frontga yuboriladigan g'allani nega to'xtatdinglar, deb stolni mushtlab bizga do'q ursa, axir nima qilaylik, siz ham tushuningda!
   Brigadir meni qmchini sudratib kelayotganimni ko'rib, go'yo miyasiga bir yaxshi fikr kelgandek xursand bo'lib ketdi.
  ---Agar kelinimga yo'lda-po'lda tentak aravakashlar tegajog'lik qiladi deb qo'rqsangiz, mana qayin inisi bor-ku,--dedi meni ko'rsatib---bu inim yangasiga birovni yaqin yo'latish u yoqda tursin, qaragani ham qo'ymas.Seit ham chakana emas, azamat yigit-ku.Sadag'asi ketay, jonimizga oro kirayotganlar manashu bolalarda...
    Oyim meni ko'rgach brigadirning so'zini bo'lib yalina boshladi:
  ---Qayoqlarda tentirab yuribsan bolam? Sochlaring o'sib devonaga o'xshab ketibsan-ku. Otasi tushmagur bolasini sochini olishga ham qo'li tegmaydi...Ota emish...


Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 03 Fevral 2010, 11:12:56
  ---Unday bo'lsa mayli, bugun sochini olib, chol-kampirlar yonida bir dam olsin---dedi O'rozmat chehrasi ochilib---Seitjon uka, bugun uyda qolib otlaringga biroz dam ber.Ertaga Jamilaga arava beramiz, yangangni birga olib, unga o'zing bosh bo'l.Siz esa onasi, Seit bor ekan ko'nglingiz to'q bo'lsin, kamlik qilsa yangi kelgan Doniyorni ham qo'shib beray.O'zingiz bilasizki, u birovga ziyoni tegmaydigan xokisor odam...O'zlaricha uch arava bir brigada bo'lib stansiyaga qatnay berishsin...Mayli bularni yoniga boshqalarni qo'shmay...Xo'sh Seit, sen nima deysan? Bu oying Jamilaga arava haydataylik desak ko'nmayapti.Qani o'zing bir narsa dechi...
   Bir tomoni brigadir meni rosa ko'klarga ko'tarib maqtagani, ikkinchidan katta kishilardek mendan aql so'ragani,buning ustiga yangam yonimda arava haydab yursa qanday maza bo'ladi degan bolalarcha xayol bilan ishbilarmon odamlardek oyimga dedim:
  ---Haydasa haydayversin, nima bo'ri yeb ketarmidi!---deb xuddi katta aravakashlardek chirt etkazib chetga tupurdimda, qamchini sudraganimcha salmoq bilan qadam tashladim.
  ---Ee, jin ursin seni, bo'ri yeb ketarmidi deydiya! Qo'y bolam, sen nimani bilarding...---dedi oyim achchiqlanib.
  ---Iyee, nega bilmas ekan, ikki uyning azamat yigiti bo'ladi-yu bilmaydimi?---deb yubordi O'rozmat. Oyim endigina ko'nganda yana aynib qolmasmikan degan shubha bilan nima deyarini bilmay shoshib qoldi.Oyim bo'lsa og'ir bir ux tortib qo'ydi.
  ---Ey Xudoyim, shu tirnoqdek bolamizga O'zing umr ber... Devdek azamat yigtlarimiz qayerlarda yuribdi...Ularsiz uylarimiz xuvillab qoldi...
  Shundan keyin men ularning gaplarini eshitmadim. Bora turib uyning muyulishiga qamchi urdim, kokillarini selkillatib kichkina qo'lchalari bilan devorga tappi yopayotgan, menga ochiq chexra bilan qarab turgan singilchamga ham nazar solmay o'tib ketdim. Daxlizda turgan cho'yan qumg'onni engashtirib shoshilmay qo'limni yuvdim-da, qo'ltig'imga artdim, keyin uyga kirib hash-pash deguncha katta kosadagi ayronni simirib tashladim, ikkinchisini esa deraza oldiga olib borib non to'g'rab edim. Oyim bilan O'rozmat hali ham tashqarida suxbatlashib turishardi.Biroq bu safar ular xasratlashayotgandek ko'rindi. Oyim yenglari bilan yig'idan qizarib ketgan ko'zlarini artib, tasalli berayotgan O'rozmatning so'zlarini bosh irg'ab ma'qullar, ich-ichiga botib ketgan ko'zlari bilan dom-daraksiz ketgan bolalarini go'yo ko'rmoqchi bo'lgandek olis-olislarga tikilardi. Haytovur ancha dardlashib ko'ngli yumshagan oyim Jamilaning arava haydashiga ko'ndi shekilli, birozdan keyin brigadir ko'ngli tinchib yo'rga baytalini yo'rttirib ketdi.
   O'shanda bu ishning oqibati nima bilan tugashini oyim ham men ham bilmagan edik. Jamilaning ikki ot qo'shilgan aravani bemalol haydab ketishiga hech ham shubha qilganim yo'q, chunki u yoshligidan yilqichilar orasida o'sib katta bo'lgan, tog' etagiga joylashgan Baqayir ovulidagi yilqichining qizi edi.Sodiq akam ham chavandoz bo'lgan ekan, u bir kuni yaylovdagi chorvadorlar to'yi munosabati bilan o'tkazilgan poygada Jamilaga yetolmay qolgan ekan. Shundan keyin izza bo'lib uni olib qochib ketganligini bilardim. Ovsin-ajinlar bo'lsa --Hechamda ular bir-birlarini yaxshi ko'rib topishgan--deyishardi. Har qalay nima bo'lsa ham ular uch-to'rt oy birga turishgan, keyin Sodiq akamni harbiyga olib ketishgan edi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 03 Fevral 2010, 11:52:57
Bilmadin, yoshligidan otasi bilan birga dala-dashtlarda yilqi haydashib, ot choptirib erka o'sganidanmi, yoki bittayu-bitta qiz bo'lganligi uchunmi, ishqilib Jamilaning xatti-harakatlarida allaqanday jo'shqinlik, erkaklarga xos fazilat bor edi. Har bir ishga astoydil kirishar, boshqa kelinlardek boshim, belim og'riyapti deb sira zorlanmasdi. Biroq o'zi ham birovga haqini ketkizmaydigan, aytishgan bilan aytishib, so'kishgan bilan so'kishadigan, o'jar ayollardan edi. Uning ovuldagi kelinlar bilan yumdalashgan paytlari ham bo'lgandi.
  ---Ee, bu qanday shaddod kelin o'zi! Tushganiga hech qancha vaqt bo'lmay tilidan zaxar sochadiya!--- deganlarida oyim:
  ---Mayli, shunisi yaxshi, kelinimiz ochiq-yoriq, sira bo'sh kelmaydi...Ana hsunday ko'nglida kiri yo'q odam yaxshi, indamay yurgan pismiqlardan qo'rqish kerak, hamma fisqi-fasod o'shalardan chiqadi--deb javob qaytarardi.
  Otam bilan haligi "ishchan" degan oyim boshqa qaynona qaynotalardek Jamilani turtmay, so'kmay aksincha o'z farzandlaridek erkalatishib: --"Xudo ishqilib o'ziga insof bersin, to'g'ri yurib, to'g'ri tursa bo'lgani!"--deyishardi. Ular voyaga yetgan to'rt o'gillarini harbiyga jo'natishib, ikki xonadondagi yakkayu yagona kelinlarini ranjitisharmidi? Biroq men oyimning ba'zi ishlariga xayron qolardim. Boshqalarni qo'yib turaylik, oyim birovning qo'liga qaraydigan ayollardan emas edi.Har yili kuz kelishi bilan odati bo'yicha otam tayyorlagan olti qanotli qora o'tovni tikib archa tutardi, bizlarni chizgan chizig'idan chiqmaydigan qilib tarbiyalab, hargiz ikki oilaning boshini qovushtirib kelardi. Oyimning aytgani aytgan, degani degan edi. Ammo Jamila oramizda ajralib turardi. To'g'ri u kampirlardan biroz tortinar, ularning hurmatinoi joyiga qo'yar, biroq ovuldagi ko'pchilik kelinlardek indamay boshini quyi solib o'tirmas, yoki teskari qarab po'ng'illamas, ko'nglida borini yashirib o'tirmay shartta gapirib qo'ya qolar edi.Gaplari o'rinli bo'lsa oyim uni ko'pincha ma'qullar, lekin o'shanda ham o'z gapini ikki qilmasdi. Nazarimda oyim uni to'g'riligi, bir so'zligi uchun o'ziga yaqin tutar, kelajakda uni ikki xonadonning boshini qovushtirib, ro'zg'orning rizq-barakasini o'zidek saqlay oladigan, uddaburon o'rinbosar qilib qoldirish niyatida edi.
   --Xudoga shukur, tagli-tugli yerga tushding bolam.Bu ham bo'lsa seni baxting, buni sira ham yodingdan chiqarma. Xotin degan tangrining berganiga shukur qilib, ro'zg'orini birini ikki qilib yursa shuning o'zi katta davlat. Biz chol-kampir topgan tutganimizni o'zimiz bilan birga go'rga olib ketarmidik...O'z qadr qimmatingni bilsang sira kam bo'lmaysan, doim martabang baland bo'ladi bolam--deb eslatib turardi.To'g'ri chol-kampirlarning cho'chiganicha bor edi: Jamila juda sho'x, yosh bolaga o'xshardi, bir qarasangiz o'zidan-o'zi kampirlarga suykalib erkalanar, yo bo'lmasa birdan qah-qah urib kular, yoki ko'chadan kirib kelayotganida xuddi yosh qizchalardek ariqdan lorsillab sakrab o'tar, yoki o'zicha xirgoyi qilib yurardi.Kampirlar Jamilaning bu qiliqlarini o'zlaricha gap qilib: "Hali bolada, bora-bora quyilib qoladi" deyishardi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 03 Fevral 2010, 12:34:27
  Menga bo'lsa yangamning shunaqaligi yoqardi. Ba'zida ikkovimiz olishib kurashib, quvlashib ham ketaverardik.
   Jamila sarvqomat, bejirim ayol edi. Ikki o'rim sochini boshiga chambarak qilib o'rab, ustidan tang'ib olgan oppoq durrasi uning bug'doyrang kulcha yuziga shuinday yarashib tushar ediki, asti qo'yaverasiz. Jamila kulganda uning shaxlo ko'zlarida navqiron yoshlik barq urar, shunda u beixtiyor qaddini rostlab ovulning sgo'x laparini kuylab yuborardi. Ovuldagi yigitlar, ayniqsa frontdan qaytib kelgan yigitlarning Jamilani ko'z ostiga olishib, tegishib yurganlarini necha bor payqardim. Hangomatalab yangam ular bilan bemalol xazil-xuzul qilishardi-yu, biroq xaddidan oshganlarni ta'zirini berib qo'yardi. Bari bir bu mening izzat-nafsimga qattiq tegar, yangamni rashk qilardim. Shuning uchun ham haligi "bezorilarga" o'zimni ko'rsatib qo'yay deb: "Hoy bilib qo'yinglar, bu mening yangam bo'ladi-ya, ko'p pashshaxo'rda bo'lavermanglar" degandek ularning so'zini shartta bo'lib viqor bilan ho'mrayib qarardim.
  "Endi nima qildik, buning yangasi ekanku" deb yigitlar masxara qilib kulishganida qizarib-bo'zarib, azbaroyi xo'rligim kelganidan yig'lab yuboray derdim.Bunim sezgan yangam xursand bo'lib, kulgidan o'zini tiyolmay: "Ishlaring bo'lmasin, yanga degan yerda qolibdimi? Yur ketdik qaynim" deb ulartning qitig'iga tegar, so'ngra boshini mag'rur ko'targancha dadil qadam tashlab ketardi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 04 Fevral 2010, 06:16:53
U yigitlarning ta'zirini berganidan ham xursand bo'lib, ham o'ziga xo'rligi kelib menga qarab bir kulimsirab qo'yardi. Balki u : "E tentak, yangamga ko'z quloq bo'laman deysanmi, agar buzilaman desam ming ko'z quloq bo'lsang ham buzilaman.Axir man chumchuq emasmanku." degan xayolga borganmikin? Men ham o'shanday vaqtlarda aybdor kishidek g'ing demasdim. Ammo birozdan so'ng yangam xiyol yozilib "Obbo kichkina bolayey, juda g'alatisanda" deb meni yana bag'riga bosib peshonamdan o'pardi.
   Ha, chindan ham yangamni hech kimga ravo ko'rmay rashk qilardim. Uning quvnoqligi, o'zini erkin tutishi bilan faxrlanardim. BIz u bilan juda apoq-chapoq, bir-biridan hech nimani yashirmaydigan sirdosh do'stlardek edik. Nega shundayligini o'zim ham bilmasdim, o'sha kezlarda ovulda erkaklar juda oz edi. Shu sababli ba'zi yigitlar ko'krak kerib, balandparvoz gapirib, "ovulda mendan boshqa yigit yo'q" degandek ayollarni nazr-pisand qilishmasdi. Bir kuni pichan o'rimida o'ziga ishonganlardan biri--uzoq qarimdoshimning o'g'li Usmon--yur desam bo'ldi orqamdan ergashib kelaveradi deb tegajog'lik qilavergan edi, u Usmonnning qo'lini siltab yubordi-da g'aram soyasida o'tirgan joyidan turarkan:
 --Tur yo'qol!--deb o'shqirdi va teskari qarab oldi--Qo'llaringdan modabozlik qilishdan boshqa ish kelarmidi--dedi.
  G'aram ostida taltayib yotgan Usmon qalin lablarini nafrat bilan birlashtirib to'ng'illadi:
 --Ola-a, mushukning bo'yi shiftda osig'lik turgan go'shtga yetmay puff sassiq degan ekan...Shunga o'xshab ko'p noz qilaverma ichingda jon-jon deb turibsanu, yana...
  Jamila unga yalt eyib qaradi-da:
 --Jon-jon deb tursam turgandirman, lekin peshonamga yozilgani shu ekan, nima qilay. Ey axmoq, buning kuladigan joyi bormi? Jon-jon deyish u yoqda tursin, ming yil toq o'tsam ham senga o'xshagan shumshuklarga nazarimni solmayman. Axmoqsan. Ilgarigidek tinch zamon bo'lganda shunday deb bo'bsan edi!--dedi.
 --Shuni aytyapmanda. Urushning kasofati bilan qamchini yemay quturib yuribsanda-- dedi istehzo bilan Usmon ko'zlarini o'ynatib tamshanarkan -- Mening xotinim bop'lganingdami, nima qilishimni o'zim bilardim!
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 04 Fevral 2010, 06:45:38
 Jamila lablarini dir-dir titrartib Usmonga yeb qo'ygudek qaradi, unga bir narsa demoqchi bo'lib og'iz jiftladiyu, lekin "shu axmoq bilan aytishib nima obro' topardim" deb o'yladi shekilli jirkanish bilan "tfu" dedida yerda yotgan panshaxasini yelkasiga tashlab indamay nari ketdi. Men berigi tomonda aravaning ustidan xashak tushhirayotgan edim,Jamila meni ko'rishi bilan boshqa tomonga burilib ketdi. Yangam meni qay axvolda ekanimni sezgan edi. Nazarimda yangamni emas, meni xaqorat qilishganlaridek izza bo'lib, g'azabim qaynab ketdi. "Nega ularga yondashasan, nega ular bilan gaplashasan?" deb yangamga jonim achidiyu, ichimda uni koyidim.
  Jamila o'sha kuni kechgacha noxush yurdi, kulmadi ham, gapirmadi ham. Men shoti aravani haydab g'aram oldiga borganimda, Jamila ayataylab meni gapirmasin deb ishga alaxsitib, dilini o'rtayotgan o'y fikrlarini yashirishga xarakat qildi. U panshaxasini kattakon pichan g'aramiga sanchdi-da, xuddi tog'ni ag'darayotgandek uni yerdan shart ko'tarib yuzini yashirgancha g'ayrat bilan pichanni arvaga otaverdi. Undan uzoqlashar ekanman, qayta-qayta orqamga qayrilib qarardim: yangam panshaxa dastasiga suyanib biroz xomush turar, o'ylanib qolar, keyin yana ishga tushib ketardi.
  Men aravaga oxirga marta pichan bosar ekanman, Jamilaning botib borayotgan quyoshga uzoq tikilib turganini payqadim. Quyosh daryoning narigi yog'ida, qozoq dadshtlarining allaqayerida o't yoqilgan tandirning og'zidek alangalanib xoldan toyib, osmonda suzib yurgan pag'a-pag'a bulut parchalarini qizg'ish rangga bo'yab, binafsharang dashtlikka so'nggi su'lalarini sochib asta-sekin yfq orqasiga o'tib borardi. Jamila qo'li bilan quyoshni to'sib, o'sha tomonda ajib bir manzara bordek, ko'zlarini uzmay kulimsirab qarab turardi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 04 Fevral 2010, 07:39:08
  Endi uning chexrasi ochilib, kulimsirab qarab turardi. O'shanda Jamila mening aytmagan lekin yiuragimda tugilib, tilim uchida turgan: "Nega ularga yondoshasan, nega ular bilan gaplashasan" degan ta'namga javob berayotgandek:
 --Haligi gaplarimni ko'nglingga olma kichkina bola -- deb qo'ydi, eng yaqin sirdoshi bilan gaplashayotgandek -- Usmon ham odammi? It ham bir, u ham bir. -- Jamila botib borayotgan quyoshdan ko'zini uzmay indamy qoldi, keyin go'yo menga emas, o'ziga gapirayotganday shunday dedi -- Bunday kishilar ko'nglingdagini bilarmidi...Buni hech kim bilmaydi.Xudo bilsin, bunday erkaklar dunyoda yo'qdur ham!
  Men aravani qaytarishga ham ulgurmasdan qarasm, Jamila allaqachon narigi tomonda ishlayotgan kelinlar oldiga yugurib borib, ular bilan chaqchalashib, quvalashib yuribdi. Olovdek tovlanib turgan kechki shafaqqa qarab ko'ngli ochildimi, yoki bugun yaxshi ishlaganidan xursand bo'ldimi, har qalay ko'ngli chog' edi. Hashak ortilgan arava ustida o'tirar ekanman, Jamilaning qo'llarini keng yozgancha, oppoq durrasini xilpiratib chopib borayotganini ko'rib ko'nglim ancha taskin topdi "Ha, Usmon o'zi kimu, uning so'zi nima bo'lardi?"
  --Chux jonivor, chux! -- deb otga qamchi urdim.Brigadir O'rozmat aytganidek sochimni oldirib ketayin deb, otamning ustaxonadan qaytishini kutdim. Lekin u kulguncha bekor o'tirmay deb Sodiq akamning xatiga javob yozdim.

 
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 04 Fevral 2010, 08:18:15
 Darvoqe, xat yozishda bizlarning o'zimizga xos bir taomilimiz bor. Harbiydagi akalarim xatni otamning nomiga yozishardi,pochtalon esa ularni onamga berardi. Xatlarni o'qib berish, ularga javob yozish mening vazifam edi.Xatni o'qiy boshlashim bilanoq unda nimalar yozilganini darrov bilib olardim. Chunki hamma xatlar egiz qo'zilardek bir-biriga o'xshardi. Sodiq akam har doim xatni "Sog'inchli salom xat" degan so'zdan boshlardi. Keyin "yetib ma'lim bo'lsnki, u tomonda, ya'ni gullab-yashnayotgan Tolosning salqin havosida o'ynab-kulib yurgan jondan aziz, mehribon otajonim Yo'lchiboyga" -- deb salomni otamdan boshlardi, keyin katta oyimni, so'ngra ishchan oyimni, undan keyin qavm-qarindoshlarimiznig sog'lig'ini so'rab, eng oxirida "shuningdek xotinim Jamila ham sog'-omon yuribdimi?"deb bir og'iz qistirib o'tardi.
  Ota-onasi, qavm-qarindoshlari turganda dastlab xotinini esga olish, xatni uning nomiga yozish odobdan emas albatta, bu narsa faqat Sodiqqa emas, balki, umuman erkak zotiga to'g'ri kelmaydi. Biroq iz shu ikki enlik xat olib turganimizga ham shukur qilamiz.Ovuldaglar uchun bu bir katta baxt edi. Oyim xatni menga ikki-uch marta o'qitib olgandan keyin, qozon-tovoq, issiq-sovuqqa urilaverib yorilib ketgan qo'llariga olib, go'yo uchirib yuboriishdan qo'rqqandek uni avaylab uchburchak qilib buklab qo'yardi.
  -- E tumordek xatlaringdan onang aylansin -- derdi u ko'ziga yosh olib, og'ir xo'rsinib -- Ota-ona, qarindoshlarning axvolini so'raydi-ya! Axir biz uydamiz-ku, bizni jin urarmidi? Baxtimizga ishqilib, sizlar omon bo'linglar, Xudo o'z panohida saqlasin, ikki enlik xat yozib: sog'-salomt yuribman deb qo'ysalaring shuning o'zi ham katta g'animat. Oyim xatga yana biroz termulib qarab turardi-da, so'ngra uni sandiqdagi xatlar saqlanadigan xaltaga yashirib qo'yardi.
  Agar shu payt Jamila uyda bo'lsa u ham xatni bir karra ichida o'qib chiqardi. Jamila har safar xatni qo'liga olishi bilan o'z-o'zidan qizishib ketar, uni harislik bilan tez-tez o'qiy boshlardi.Lekin xatning oxiriga yaqinlashgan sayin yuzidagi quvonch alangalari so'nib, rangi o'chib, qoshlari yana chimirilib qolardi. Ba'zida xatni oxirigacha o'qib chiqishga ham sabri chidamay, hafsalasi pir bo'lardi-yu g'ing demasdan, go'yo qarz olayotgan narsasini qaytarib berayotgandek bo'shashib xatni oyimning qo'liga tutqazardi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 04 Fevral 2010, 08:46:17
  Xat saqlanadigan xaltachani sandiqqa berkitarkan, kelinining tumshayib qolganini payqagan oyim unga tasalli bergan bo'lardi:
 -- Xabar kelganida quvonish o'rniga xafa bo'lganing nimasi, bolam. Yoki faqat sening kuyoving askarlikka ketganmi? Barchaga barobar musibat, sabr qil...Ko'z ochib ko'rgan yorini kim sog'inmaydi, sog'insang ham ichingda saqla.
   Jamila bo'lsa miq etmasdi. Lom-mim demasa ham parishon chexrasi go'yo "Ehh, koshki edi tushunsangiz!" deyayotgandek bo'lardi.
   Sodiq akam bu xatini ham Saratovdan -- gospitaldan yozgan edi. Xudo xohlasa kuzning o'rtalariga borib qolarman, debdi. Ilgari ham shunday deb yozganida biz juda quvongan edik.
   Otam ishdan qaytgach tezda sochimni oldirdimu, uyda qolmay otlarni bedazorga qo'yib yubordimda, o'zim har kungidek xirmonda tunadim. Raisimiz mollarni bedazorga yoyishga ruxsat bermasdi, biroq men otlarim yaxshi to'ysin deb ko'zdan ovloq joydagi bedazorga tushovlab qo'yardim, buni hech kim bilmasdi. Bu safar aravani xirmonda qoldirib borsam pastlikda yana to'rt ot o'tlab yuribdi. Jahlim chiqib ularni chekkaroq joyga haydab yubormoqchi bo'ldim. Biroq otlarning ikkitasi brigadir aytgan o'sha Doniyorniki ekanini tanib qoldim. Men, ertadan boshlab barimiz bir brigada bo'lib stansiyaga qatnay boshlaymiz, degan o'y bilan otlarga tekkanim yo'q. So'ngra xirmonga kelsam Doniyor ham shu yerda ekan. U endigina aravasining g'ildiraklarini moylab bo'lib, o'qning gaykalarini burayotgan ekan.
 -- Doniyor aka, otlar siznikimi? -- deb so'radim undan.
   U menga bir qarab qo'ydi-da:
 -- Ikkitasi meniki -- dedi.
 -- Qolgan ikkitasici?
 -- Haligi, oti nima edi, Jamilamidi, o'sha kelinniki. Aytmoqchi u sening yangang bo'ladimi?
 -- Ha, yangam bo'ladi.
 -- Bo'lmasa, bugun kechasi Seit qarab tursin, deb brigadirning o'zi tashlab ketdi.
    "Yaxshiyam ularni haydab yubormagan ekanman-a"  deb qo'ydim ichimda.Kech kirib, tog'dan esgan mayin shaboda ham tinib, xirmon jimjit bo'lib qoldi. Doniyor ham kelib men yotgan somon ustiga yonboshladi. Lekin ko'p o'tmay yana o'rnidan turdida, soy bo'yi tomon ketdi. U tik jar yoqasiga bordida, boshini sal qiyshaytirib, qo'llarini orqasiga qilgancha turib qoldi. Orqasidan qaraganda uning gavdasi oy yorug'ida ko'zga aniq tashlanib turardi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 04 Fevral 2010, 09:19:14
  Doniyor aftidan, mudroq, sokin tun uyqusini buzib, toshlardan-toshlarga urilib sharillab oqayotgan soy suvining musiqiy ohangini yo bo'lmasa boshqa bir quloq ilg'amas tovushlarni tinglayotgandek qimir etmay turardi.
  "Odaticha soy bo'yiga borib tunamoqchi shekilli" deb kulib qo'ydim o'zimcha. Doniyor ovulimizga yaqindagina kelgandi. Pichan o'rogi endigina boshlangan kezlar edi. Bir bola chopib keldi-da, ovulga bir yarador askar qaytdi, lekin kimligini o'zim ham bilmayman, deb qoldi. Ovulda birov askardan qaytib kelgudek bo'lsa, ko'rgani hamma yopirilib borardi. Ammo bu safar frontdan kelgan kishining nasl-nasabi noma'lum bo'lgani uchun, o'roqchilar tozayam shov-shuv ko'tarishdi.
 -- Begona deyihadiku.
 -- Begona bo'lsa bizning ovulga kelarmidi?
 -- Shuni ayt-a?
    Shunday qilib, u kim ekan, o'zimizning qarindosh-urug'imizda bitta-yarimtasining bolasi bo'lmasin tag'in, deyishib bir to'da odam ovulga ham borib kelishdi. Keyin bilishsa Doniyor asli shu yerlik ekan. U yoshligidan etim qolib har kimlarning eshigida yurgan, oxiri Chaqmoqdagi qozoq tog'alarinikiga ketib qolgan, shu-shu bolani izlab borgudek bironta ham jonkuyari bo'lmagan ekan. Shunday qilib u el-urug'ining yodidan ham chiqib ketgan ekan. Ovuldan ketib qolgandan keyingi hayoti to'g'risida esa Doniyor unchalik yozilib gapirmaganmish. Biroq xozir o'ylab ko'rsam, uning tortmagan azob-uqubatlari qolmaganga o'xshardi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 04 Fevral 2010, 10:44:01
  Turmush bu bolani ne ko'ylarga solmagan, tirikchilik dardida u qayerlarga bosh urmagan. Doniyor ko'p vaqt Chaqmoq dashtida qo'y boqib yurib, voyaga yetgach jazirama cho'llarda kanal qazigan, yangi tuzilgan paxta sovxozlarida paxta ekib, ekin sug'orib, oxiri toshkent yaqinidagi Ohangaron shaxtalarida ishlab, o'sha yerdan harbiyga ketgan edi.
  Xullas, Doniyorning harbiydan qaytib kelganiga ovuldagilar xursand bo'lishgandi, bechoraning tuz-nasibasi uzilmagan ekan, mana oxiri o'z eliga qaytib keldi! Shuncha yil chetda yursa ham tilimizni esdan chiqarmaptiya. Biropq tili sal-pal qozoqchaga tortib ketadi, deyishardi.
  "Ot aylanib qozig'ini topadi deganlar. Tug'ishgan yer,el-yurtni unutish osonmi? Kelganingga biz ham, ota-bobolaringning arvohi ham xursand. Girmonni yengib, tinchlik bo'lsa sen ham uy-joy qilarsan, bola-chaqali bo'larsan" --deyishardi keksalar. Ular Doniyorning yetti pushtini surishtirib, uning qaysi urug'dan ekanligini, ovuldagi ba'zi bir tug'ishganlarining kim ekanligini ham aytib berishdi. Xullas, ovuldagilar "Doniyor dunyoga yangi kelgandek bo'ldi" deyishadigan bo'lishdi.
   Oradan ko'p o'tmay brigadir O'rozmat shinelini yelkasiga tashlab, chap oyog'iga sal oqsoqlagan novcha, bo'yni uzun bir kishini ergashtirib keldi. Yorga baytalini gijinglatib kelayotgan pakana O'rozmatning yonida haligi novcha askar salmog'ini o'ng oyog'iga solib, orqada qolmay, tez-tez yurib kelardi.
   Bizlar, pichan o'radigan mashinada ishlayotgan bolalar Doniyorni birinchi ko'rishimiz edi. Doniyor yarasi yaxshi bitib ketmaganidan oyog'ini bukolmasdi. Uni o'roqqa yaramydigan bo'lgani uchun biz bilan birga mashinaga qo'yishdi. rostini aytsam, biz uni avvaliga unchalik yoqtirmadik. Chunki Doniyor juda odamovi edi, gapirishganda ham uning butunlay boshqa, faqat o'zigagina ma'lum bo'lgan narsalar xaqida xayol surayotgani, kishiga tikilib tursa ham ko'ngli butunlay boshqa yoqda ekanligi sundoq sezilib turardi. U og'ir xayolga botganday angrayib turardi.Buni payqagan kishilar "Bechora frontdan keyin hali ham o'zini o'nglab ololmasa kerak" deb yurishdi. Lekin Doniyorning o'zini tutishiga, qo'li-qo'liga tegmay ishlashiga, xarakatchanligiga qarab uni ochiq-yoriq, aqlli, gapga chechan ekan, deb o'ylaysan kishi. Balki yetimlik azobini ko'p tortganidan u mehnatchan, lekin kamgap, sir-asrorini hech kimga aytmaydigan bo'lib qolganmikin? Ehtimol shundaydur. Sersavlat, bo'y basti kelishgan Doniyorning jag'i bir-biriga yopishib ketgan, qovog'i sira ochilmas, ko'zlari bir xilda g'amgin boqardi. Faqat doim uchib turadigan qoshlari uning yuziga xusn berib turardi. Goho-goho u qandaydir sirli tovush eshitgandek xushyor tortar, qoshlari uchib, go'yo bir narsadan xursand bo'lgandek ko'zlari yaraqlab ketardi. Lekin biz uning sababini bilmasdik. Bugina emas, uning boshqa qiziq odatlari ham bor edi. Qosh qorayganda otlarni aravadan chiqarib, ovqat qachon tayyor bularkin deb o'choq atrofida dam olar edik. Doniyor bo'lsa yonimizdagi Qorovultepaga chiqib, qorong'u tushgunga qadar o'sha yerda o'tirardi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 04 Fevral 2010, 11:27:33
  " U yerda nima bor ekan? U kimni qo'riqlaydi, nimani qo'riqlayapti?" deb kulishardik biz. Kunlardan birida men ham qiziqib uning yoniga chiqib o'tirdim. Bu yerda aytarlik hech narsa yo'q edi. Tog' etaklari bo'ylab yastanib yotgan bepayon dashtlik chuqur dengizga cho'kib borayotgandek, oqshom qo'ynida yo'qolib borardi. Doniyor mening kelganimga parvo qilmadi. U chexrasi yorishib, bir tizzasini quchoqlaganicha xayol surib o'tirardi. U men anglab yetmagan, ma'nosiga tushunmagan allaqanday sirli tovushlarni butun vujudi bilan berilib tinglayotgandek tuyulardi. Ba'zan qoshlari chimirilib, ko'zlari chaqnab, kuchi tanasiga sig'mayotgandek to'lg'onar, go'yo o'rnidan irg'ib turib qulochini yozgancha butun borliqni ko'ksiga bosib quchoqlamoqchi bo'layotgandek tuyulardi. Bir qarasang qattiq charchagan odamday bo'shashib, g'amgin bo'lib qolardi.
   Xo'jaligimizning pichan o'radigan mashinalari buralib-buralib oqayotgan kattakon Gurkirov soyining bo'ylarida xuddi shu Gurkirov soyidek gurkirab yurardi. Pichan o'rog'i soylarning to'lib-toshib oqayotgan davriga to'g'ri keldi. Toshdan-toshga urilib, ko'piklanib, pishqirib oqqan suv kech kirishi bilan yana ko'payardi va yarim kechaga borib sharillab oqqan ovzidan kapada yotgan yerimda uyg'onib ketardim. Qaymog'i olingan sutdek osmonda muzdek shabada g'ir-g'ir esib, ko'kdagi yulduzlar shu'la sochib mo'ralab turardi. Tun og'ushida hayqirib oqqan soy suvining to'lqini yana ham kuchliroq sezilib, go'yo ustimizga bosib kelayotgandek tuyulardi. Biz qirg'oqdan olisda bo'lsakda kapamizni suv oqizib ketmasmikin, degan vahima ko'ngilga beixtiyor vahima solardi. Do'stlarim hech narsadan bexabar dong qotib uxlashardi. Men tashqariga chiqib ketaman.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 04 Fevral 2010, 12:13:02
  Tunda soy bo'yi ham ko'rkam ham vahimali bo'ladi. O'tloqning u yer, bu yerida o'tlab yurgan otlar qorayib ko'rinardi. Hammayoq jimjit. Otlar shabnam ingan o'tlarga to'yib, dam-badam pishqirishar va yengil mudrashardi. Sal narida Gurkirov suvi quturib, mayda tol novdalarini egib, toshlarni yumalatib, sokin tun jimligini buzib, go'yo yer qa'ridan otilib chiqayotgandek dahshat bilan sharillab oqardi. Shunday kechalarda men doim Doniyorni eslardim. "Darvoqe, Doniyor qayerda qoldi ekan?" deb so'rardim o'zimdan-o'zim. U doim o'zi yakka suv bo'yidagi pichan g'aramlari ustiga borib yotardi. "Nima balo u kechasi qo'rqmaydimi? Suvning sharillashidan qulog'i bitmaydimi? -- degan fikr xayolimdan o'tardi -- U xozir ham uxlayotganmikin, yo uyg'oqmikin. Tavba, yolg'iz suv bo'yiga borib yotishning nima xojati bor ekan, nima halovati bor? Qiziq sira odamlarga qo'shilmaydi-ya. U xozir qayerda ekan? -- deb atrofga nazar tashlab, quloq solaman, hammayoq jimjit.
 Qirg'oq bo'ylab cho'zilib ketgan tog' etaklariga qorong'ulik cho'kmoqda, osmonning u yer-bu yerida yulduzlar miltillab ko'rinmoqda. Ovulga kelganiga bir necha kun bo'lsa ham o'zini chetga tortib, hech kimga qo'shilmay yurgan Doniyor oshna-og'ayni orttira olmadi. Birovga yondoshmas, janjallashish, tortishish nima ekanligini bilmas, birovga yaxshi ham gapirmas, yomon ham gapirmas edi. Ovulga yaxshilik ham qilib, yomonlik ham qilib, yig'ilishlarda so'zlab, to'y-ma'rakalarda qariyalar bilan yonma-yon o'tirib, elning issiq-sovug'iga aralashib yurgan o'ktam yigitlar qadr-qimmatli bo'lib darrov og'izga tushadigan, xotin-qizlarimizning nazariga ilinadiganlar ham shular bo'lardi.
  Doniyorga o'xshab ertadan-kechgacha ter to'kib ishlaydigan, lekin o'zini boshqalardan chetga olib yuradigan, o'zi bilan o'zi bo'lib, birovga foydasi ham, zarari ham tegmaydigan kishilar to'g'risida "Bir amallab kun ko'rib yurgan bechora-ku" deyishardi. Bizlarga o'xshagan o'zibilarmon, mahmadona bolalar esa haligidek chinakam, asl yigitlardek bo'lishni xavas qilib, Doniyorni yuz-kozi oldida bo'lmasa ham, orqasidan mazax qilardik. Uni ko'ylagini o'zi yuvganiga ham kulardik. U harbiydan bitta ko'ylak bilan kelganligi uchun ham, uni qurir-qurimas kiyib olardi. Biroq qizig'i shundaki, Doniyor mo'min-qobil bo'lsa ham, biz u bilan bemalol, botinib gaplasha olmasdik. Gap unin kattaligida emas edi, albatta. Chunki u, nari borsa akalarim bilan teng edi. Shuning uchun ham biz u bilan sansirab gaplashardik. Nima, o'zimizni pastga urarmidik.  Garchi Doniyor ulug'sfat bir odam bo'lmasada, uning shunday hech kim bilan gapirishmay, vazmin yurishida qandaydir bir xosiyat bordek, sho'x, shayton bolalar undan xayiqib turishardi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 04 Fevral 2010, 12:46:27
  Bunga qisman o'zim ham sababchi bo'ldimmi deymanda. Chunki men odamlardan, ayniqsa frontga borib kelganlardan ko'rgan bilganlarini ipidan-ignasigacha gapirib berishlarini iltimos qilib, ularni xol-joniga qo'ymasdim, savollarni yog'dirib yuborardim. Shuning uchun ham "Seit xira" deb laqab orttirganman.
  Doniyor kelgan dastlabki kunlarda men undan urush to'g'risida ko'p narsalarni so'rab, bilib olaman deb yurdim. Bir kuni ishdan so'ng gulxan atrof'ida ovqat ichib, dam olib o'tirganimizda Doniyordan so'rab qoldim:
 --Doniyor aka ururshda ko'rgan-kechirganlaringdan bir gapirib bermaysanmi?
  Doniyor hadeganda gapira qolmadi. Chamamda mening bu gapim unga yoqmadi shekilli.
 -- Urush deysanmi -- dedi u va xuddi o'ziga javob berayotgandek qo'shib qo'ydi -- Urushning nomi o'chsin, bilmaganlaring yaxshi!
  Doniiyor narida yotgan xashakdan katta bir tutam olib gulhanga tashladi va olovni tez-tez puflab yondirdi-da hech kimga qaramay qo'llarini o'tga toblay boshladi. U alangalanib yonayotgan olovga tikilgancha uzoq jim qoldi. Doniyorning nega bunday qilganini kim bilsin, lekin uning o'sha ikki og'iz shu gapidan ham urushni ertakdek ermak qilib gapirib bo'lmasligi,u odamning yurak-yuragiga singib ketishi, u haqda gapirish nihoyatda og'ir ekanligi shunday sezilib turardi. Uyalganimdan boshimni yerdan ko'tara olmadim. Shu-shu Doniyordan urush haqida so'ramaydigan bo'ldim. Bolalar ham unga tegajog'lik qilmaydigan bo'lishdi.
  Biroq ko'rinishi tund, odamga aralashmaydigan Doniyor o'zicha yakka yuravergani uchun uning harbiydan kelganligini qizig'i ham qolmadi. Qay bir kishilar "Shunchaki bir odamda" degandek qilib uni nazariga ilmas, boshqa birovlar esa undan ro'yi-rost kulib, ko'pchilik esa rahmi kelib: "Boshpanasiz, bir amallab jon saqlab yurgan bir g'aribda...Xo'jalikning dalada beradigan issiq ovqati bo'lmasa tentirab ketib qolarmidi...o'ziyam qo'ydek yuvvosh ekan..." deb achinib gapirishardi.Bora-bora kishilar Doniyorga ko'nikishdi shekilli, uni boshqa gap qilmaydigan bo'lishdi.Odamlarning u bilan ishi bo'lmay qo'ydi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 08 Fevral 2010, 06:21:46
  Ertasi saxarlab Doniyor ikkalamiz otlarni xirmonga olib keldik, shu payt Jamila yangam kelib qoldi. U bizni ko'rishi bilan uzoqdan qichqirdi:
 --Ey kichkina bola, qaysisi meni otlarim, bu yoqqa xaydab kel.Xomutlari qani? -- deb umri bo'yi aravakashlik qilgan odamdek, g'ildiraklari joyidamikin degandek tepib ko'rar, uyoq bu yog'ini chinchiklab ko'zdan kechirardi. Biz Doniyor bilan otlarni yetaklab xirmonga yaqinlashib kelganimizda ikkalamizning aftu-angorimiz Jamilaga g'alati ko'rindi shekilli, u bir kulimsirab qo'ydi. Doniyorning uzun va oriq oyoqlaridan qo'nji keng soldatcha etiklari chiqib ketgudek bo'lib shalvirab turardi. Men bo'lsam qorayib, toshday qotib ketgan oyoqlarim bilan otni niqtab kelardim.
 -- O'xshatmaguncha uchratmas, deganlaridek juda topishibsizlarku -- Shu-shu go'yo bizning jilovimizni qo'liga olgandek, u buyruq qilaverdi: -- Qani tez-tez bo'linglar, urushda turish yo'q. Ertaroq salqinda jo'nay qolaylik. -- deb otlarini aravaga qo'sha boshladi.
  Jamila Doniyorni bori ham, yo'gi ham bilinmaydi degandek, uni nazarga ilmasdi. Gapirishsa ham men bilan gaplashardi. U bizdan qolishmay yelib-yugurib ishlardi. Jamiladagi bu jasorat, ayniqsa o'zini katta olib gapirishi Doniyorga qattiq tekkandek bo'ldi. Doniyor chakkasi tirishib, uni ham yoqtirmagandek, ham hayratda qolgandek, tumshayib teskari burilib oldi. Jamila buni payqagani ham yo'q. Doniyor tarozi ustidagi qoplardan birini indamay dast ko'tarib aravasiga tashlaganda Jamila unga yopisha ketti:
 -- Bu nima qiliq har kim o'z bilganicha ishlayveradimi? Qani qo'lingni ber, qo'llashganni Xudo qo'llaydi. Hoy kichkina bola aravaga chiq qoplarni joylashtir!
  Jamila Doniyorni qo'lidan shartta ushlab qoplarni ikkovlashib ko'targanida Doniyo uyalganidan qip-qizarib ketdi. Shundan keyin ham ular qoplarni qo'llashib ko'tarib bosishdi. Qo'llari bir-biriga chirmashib qop ustidan asta sirpanib tusharkan Doniyor o'ng'aysizlanib unga qaramslikka harakat qilardi. Jamila bo'lsa parvoyipalak, har safar tarozibon xotinnig yoniga kelganida u bilan xazil-xuzul qilib xiring-xiring kulishardi. Jo'nash oldidagina, u ko'zini bir qisib qo'yib Doniyorga:
 -- Hoy yigit, isming nima, Doniyormidi, ko'rinishdan erkakka o'xshaysanku, qani yo'l boshla! -- dedi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 08 Fevral 2010, 07:01:53
  Doniyor bu safar ham miq etmadi, Jamilaga cho'chigandek bir qarab qo'ydi-da, aravani haydab ketdi. "Obbo sho'ring qurg'urey, muncha uyalmasang"  deb achinib qo'ydim unga.
  Yo'l olis, dashtdan yigirma chaqirimcha yo'l bosib, Qoratog' darasidan o'tib stansiyaga borish kerak.
  Shunis yaxshiki xirmondan to stansiyagacha yo'l qiyalab boradi, otlarga ham yengil edi. Ulug'tog' tog'ning etagidagi ko'm-ko'k daraxtlar ichiga ko'milgan ovulimiz to daradan chiqib ketguncha aniq kaftdagidek ko'rinib turardi. Daraning etagidan esa temir yo'l kesib o'tadi.
  Shunday qilib biz stansiyaga har kuni galla tashib yurdik. Ovuldan ertalab chiqib satansiyaga peshinda yetib boramiz. Taqir yo'ldagi shag'al arava g'ildiraklari ostida g'ichirlardi. Kun isigan sayin otlarning yag'rinlaridan ter quyilib oqardi...
  Saratonning jazirama quyoshi hammayoqni qovjiratib kuydiradi.Stansiyaga kelsang ot-aravani ko'pligidan qadam bosolmaysan. Tog' etagidagi uzoq xo'jaliklardan eshak va xo'kizlarga g'alla ortib kelgan bolalar bilan xotinlarning kiyimlari terdan sho'ri chiqib, chang bosgan betlari qorayib kuyib, shamoldan lablari yorilib, yalangoyoq, yalangbosh xorib-tolib kelardilar. Zagotzernoning xovlisi qiy-chuv bo'lib, uning darvozasiga "Hamma g'alla front uchun!" degan shior yozib qo'yilgandi. Paxsa bilan aylantirib olingan pastqam xovlining tashqarisida vagonlarni bir-biriga ulab yurgan parovoz qaynoq bug' chiqarib, qumursqadek tinmay xarakat qilardi. Sal nariden poezdlar quloqni kar qilgudek bo'kirib o'tishardi. Xuddi darvoza oldiga cho'ktirilgan tuyalar o'rnidan turgisi kelmay, jini qo'zib ko'pik sochib ovozini boricha bo'kirardi.
  Kattakon kopponning ichiga g'alla tog'-tog' qilib uyib tashlangan. G'alla solingan qoplarni orqalab taxta trapdan ana shu uyumlarning tepasiga olib chiqib to'kish kerak. Kopponning qizigan tomiga chiqqan bo'yoq aralash temir xidi bug'doy changi bilan birga qo'shilib dimoqni qichitardi.
  Uyqusizlikdan ko'zlari qizarib ketgan omborchi pastga qo'lini paxsa qilib so'kinardi:
 -- Hoy bola, ko'zingga qara, ustiga opchiqib to'ksanchi!
  U nega so'kinadi? So'kinmasa bo'lmaydimi? O'sha yerga olib chiqib to'kish kerakligini o'zimiz ham bilamizku.
  Biz bu yerdagina emas, balki dalaning o'zida yerga don tashlangan kundan mehnat qilamiz. Yosh-yalang, xotin, bolalarimiz yoz bo'yi tinmay parvarish qiladi, kombaynchilarimiz har kuni yuz martalab buziladigan, sharti ketib
qolgan kombaynni bir nafas ham to'xtatmay, saratonning jazirama kunlarida ham daladan chiqishmaydi. Xozir ham dalada o'roqchilar tong saxardan qorong'i kechgacha zirqirab og'rigan bellarini yozolmay g'alla o'rmoqdalar. Bir qarich bolalar bitta boshoqni ham qoldirmay terib olmoqdalar, o'sha kunlarda biz barcha topgan-tutganimizni frontga jo'natamiz. Bu bizning g'alabaga qo'shgan ter bilan qonimizdir.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 08 Fevral 2010, 07:43:48
  Hali-hali esimda, yosh bola ekanman, zabardast yigitlar ko'taradigan katta-katta qoplarni yelkamga tashlab, uning bir burchagidan mahkam tishlab trapdan yuqoriga chiqar ekanman, qovurg'alarim mayishib ko'zlarim tinib ketardi. Qadam sayin trapning taxtalari egilib,koppon ichidan ko'tarilayotgan chang aralash g'ubor o'pkani qisardi. Necha marta xoldan toyib, orqamdan sirg'alib tushib borayotgan qopni yelkamdan irg'itib, o'zim ham sakrab yuborgim kelardi.Lekin orqamdan ham qop ko'targan odamlar kelardi. U ham menga o'xshagan bir yosh boladir, yoki tushib chiqib yurgan ayollarning biridir. Agarda urush bo'lmaganida bunday og'ir yukni ularga kim ko'tartirib qo'yardi? Shunday og'ir ishga ayollar dosh berayotganida nolishga haqqim bormi?
  Ana oldinda Jamila yangam borayapti. Etagini qistirib olgan, uning bug'doyrang chiroyli oyoq muskullari tarang tortilib, paylari uzilib ketgudek bo'lardi. U go'yo yukini yengillatayotgandek bukilib, egilib og'ir qadam tashlab borardi. Goh-goh u mening xoldan toyib borayotganimni sezgandek to'xtab qolardida:
 -- Boshashma kichkina bola, oz qoldi -- deb qo'yardi. Biroq o'zi ham qattiq charchaganidan ovozi bo'g'ilib chiqardi.
  Bug'doyni to'kib orqaga qaytayotganimizda doim Doniyorga duch kelardik. U odati bo'yicha hech kimga qo'shilmay, salmoq bilan oyog'ini oqsoqlatib borardi. Biz unga yondoshganimizda, og'ir tortgan bo'ynini cho'zib,qistirilgan ko'ylagining barini yozib kelayotgan  Jamilaga qovoq ostidan tikilib o'tardi. U Jamilani xuddi birinchi marta ko'rayotgandek hamisha ana shunday tikilib qarardi. Lekin JAmila bunga sira e'tibor bermasdi. Birga ishlaganimizdan buyon ularning biron marta ham ochilib gaplashganini ko'rganim yo'q. Jamila ba'zan shunchaki xazillashib, tegishib kulib gapirsa,
ba'zida mutlaqo ishi bo'lmasdi, bu uning kayfiyatiga bog'liq edi. Hushi kelsa yo'lda kelayotib Jamila menga: "Qani chux de, kichkina bola, ketdik!" der edi-da, o'tirgan yeridan sapchib turib, qiyqirib qamchini o'ynatganicha aravani haydab ketardi. Men ham undan qolishmasdim, hash-pash deguncha oldinda borayotgan Doniyorni quvib o'tib ketardik. Doniyor orqada chang-to'zon ichida qolardi. Aslida bu xazil bo'lsada, lekin bunday xazilga hammayam chidayvermasdi. Biroq Doniyor g'ing demas, ranjimas edi. Biz chang-to'zon ko'tarib, uning yonidan tasir-tusur qilib o'tib ketsak ham, u go'yo aybdor kishidek muloyimgina kulimsirab, aravada tik turganicha otlarga ustma-ust qamchi bosib borayotgan Jamilaga ajablanib, indamay qarab qolardi. Uning jahli chidmikin deb orqamga qayrilib qaraganimda, chang quyuni ichida qolgan Doniyorning mamnun bo'lgandek Jmiladan ko'zini olmay tikilib turganini payqardim. Uning bu qarashida o'ta ko'ngilchanlik, olijaniblik bilan birga yuragini kuydirayotgan allaqanday sirli bir xasrat borligi sezilib turardi. Jamilaning bu qiliqlarini, istexzoli kulishlarini, yonida go'yo mesimagandek indamay o'tishlarini Doniyor hecham ko'ngliga og'ir olmas, bariga chidab, bir og'iz so'z qaytarmas edi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 08 Fevral 2010, 08:03:28
  Ba'zida Doniyorga rahmim kelib:
 -- Qo'yday yuvvosh odamni dilini og'ritganing nimasi, yanga -- desam, Jamila menga:
 -- Ke qo'y, shuni gapirma -- deb qolini siltab kulib qo'yardi.-- E, shunchaki bekorchilikdan xazillashdimda, nima biron joyi kamayib qolarmidi?
  Bora-bora yangamga qo'shilib men ham xazil-xuzul qiladigan bo'ldim. Chunki Doniyorning Jamilaga ma'noli tikilib qarashlari menga g'alati tuyula boshladi. Ayniqsa Jamila qop ko'targanida Doniyor ko'zining qiri bilan unga tikilib qolardi. Har kim o'zi bilan o'zi ovora bo'lib, ko'pchilik ish bilan alaxsib buni payqamaydi, deb o'ylaydi shekilli. Aravakashlar qiyqirig'i ot-aravalarning ko'pligidan stansiyaning xuddi bozorga o'xshab ketgan to's-to'polon xovlisida Jamila qanchalik qiynalmasin, sira bo'sh kelmay yelib-yugurib ishlaganidan, qah-qaha urib kulganidan u hammadan ajralib, ko'zga yaqqol tashlanib turardi. Jamila arava chetiga qo'yilgan qoplarni ko'kragini kerib yelkasiga olarkan, qop-qorq qo'ngir soch o'rimlari yerga tegay-tegay deb ketar, salmoq bilan orqasiga burilganida esa, qisiq ko'zlarining qorachiqlari kipriklari orasidan yalt etib ko'rinardi. O'shanda qop ko'targan Jamila kopponning eshigiga yetguniga qadar Doniyor uni zimdan kuzatib qolardi. Men buni payqab yurardim, hadeganda ko'nglimga olmay yurgan bo'lsam ham lekin keyinchalik Doniyorning yangamga bunday ko'z tashlab yurishi menga yoqmadi, hatto izzat nafsimga tekkandek bo'ldi. Hech kimga ravo ko'rmay qizg'anib yursamu, Jamilaga boshqalar qolib Doniyorboy ko'z tiksa-ya. "Doniyorki Jaimlaga ko'z tikdimi, boshqalardan xafa bo'lmasam ham bo'larkan. Tavba!" derdim jahlim chiqib o'zimga-o'zim.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 08 Fevral 2010, 08:31:51
  Endi Doniyorni mo'mmin-qobil yigit deb aytmoq u yoqda tursin, yomon ko'ra boshladim. Shundan keyin men yana yangamga qo'shilib uni masxara qila boshladim. Ammo bu xazilimizning tagi zil bo'ldi.
  Galla tashib yurgan qoplarimiz orasida olachadan tikilgan yetti pudlik katta bir qop bor edi, hamisha yangam ikkovimiz uni kopponga olib borib, uni yerga to'kardik, chunki uni bir kishi ko'tarolmasdi. BIr kuni xirmonda aravalarga yuk ortayotib yangam bilan birga haligi katta qopni Doniyorning aravasiga tashladikda, ustidan boshqa qoplarni bostirib qo'ydik. Qani nima qilar ekan, deb o'yladik o'zimizcha.
  Xirmondan kun chiqarda jo'nab ketdik. Yo'lda rus qishlog'ida birovning bog'iga kirib Jamila ikkovimiz olma og'irlab chiqdikda, yo'l-yo'lakay qahqahlashib, kulishib ketdik. Jamila bora-borguncha Doniyorga " Ilib ol! " deb olma otib borardi. Olma tugagandan so'ng biz odatdagicha uni chang-to'zon ichida qoldirib, ancha uzoqlashib ketdik. Doniyor daradan chiqishdagina bizni quvib yetdi. Temir yo'l berk ekan, uning ochishini kutib turishga tog'ri keldi. Bu yerdan to stansiyagacha birga keldik. Bu orada haligi yetti pudlik qop yodimizdan ko'tarilib ketibdi, hayolimizda hecha gap yo'q g'allani tashib bo'lay deb qoldik. Bir mahal Jamila biqinimga turtib, Doniyorni ko'rsatib bir kulib qo'ydi. Doniyor arava ustida turgan ekan. "Buni nima qilsam ekan?" degandek haliogi katta qopning u yoq bu yog'iga qarab turardi. Songra u Jamilaning qiqir-qiqir kulayotganini payqab qolib, bizningsinamoqchi bo'lganimizni sezdi shekilli, qip-qizarib ketdi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 08 Fevral 2010, 08:45:46
  -- Hoy, ishtoningni baland ko'tar, tushib ketmasin, tag'in-- deb qichqirdi Jamila.
  Doniyor unga bir o'qrayib qaradi-da, qopni nari-beri surib aravaning chatiga keltirdi, so'ngra uni bir qoli bilan suyab turib aravadan sakrab tushdi. Hash-pash deguncha bo'lmay zildek qopni bir siltab yelkasiga oldida, koppon tomon yura boshladi. Biz qani nima qilar ekan deb, o'zimizni go'llikka solib sir bermay turdik, boshqalar ham unga parvo qilishgani yo'q. Hammayam qop ko'tarib yuribdida, kim bilan kimning ishi bor deysiz. Ammo Doniyor trapga yaqinlashganida Jamila uning orqasidan yugurib ketdi:
 -- Buni qayerga olib boryapsan, esing joyidami o'zi, nima, xazilni tushunmaysanmi?
 -- Nari tur -- deb Doniyor uni jerkib soldi. Shoxi singan Jamila o'ng'aysizlanib, trapdan chiqib ketayotgan doniyorning orqasidam kulib qarab:
 --Bu o'larmonni qaranglar, ko'tarib ketdiya!-- deb, xuddi aybli kishidek iljayib, ozihcha to'ng'illab qo'ydi. Garchi Jamila hadeb qiqir-qiqir kulsa ham, borgan sari uning kulgisi suniylashib, o'zini zo'rlab kulayotgandek bo'lib tuyildi. Doniyor qopni ko'tarib borar ekan, yarador oyog'iga zo'r kelib, oqsay boshlaganidagina, biz uni qanday azobga qo'yganimizni tushundik.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 08 Fevral 2010, 09:32:37
  Doniyorning oyog'i yarador ekanini nega ilgariroq o'ylamadik axir? Exx, bolaligim qursin-a, shu gap mendan chiqdiya.
 -- Orqangga qayt deb qichqirdi JAmila kulgi aralash, biroq endi buning iloji yo'q edi. chunki orqassidan ham qop ko'targan kishilar kelishayotgan edi.
  Men esimdan og'ayozib keyin nima bo'lganini ham bilmayman. Ko'z o'ngimda o'sha kattakon qora qopni ko'targan Doniyor. U bukilib, yer bag'irlab trapdan yuqoriga chiqib borardi. Yarador oyog'ini avaylab bosar, unga zo'r kelmasin deb qanchalik urinmasin, baribir har qadam tashlaganda og'riqqa chidayolmay, tishini tishiga qo'yib boshini chayqardi. U yuqorilagan sari ustidagi og'ir qop yelkasiga minib olgan balo-qazoday battar bosar, u tobora ko'p chayqalardi. Yangam bilan o'ylamay qilgan bu qilmishimizga azbaroyi uyalganimdan, yer yorilsa-yu yerga kirib ketgudek bo'ldim. Qo'rqqanimdan yuragim orqamga tortib ketdi. Qop ko'targan Doniyor emasu, go'yo men o'zimdek, oyoqlarim zirqirab, ko'z oldim qorong'ulashib ketdi.
  Doniyor yana to'xtab qopni tishladi-da ko'zini yumdi. Mening ham boshim aylanib, yer o'pirilib keltayotgandek bo'ldi. Bir nafas hech narsani bilmay qoldim. Kimdir bilagimni changallab, sindirib yuborguday siqib ushladi. Bunday qarasam, Jamila ekan. Qo'rqqanidan murdadek oqarib ketgan, lablari dir-dir titrab, ko'zlarini katta-katta ochaganicha Doniyorga termulib turardi. Atrofimizxni omborchi va boshqalar o'rab olishibdi. Ular ham nima gapligiga tushunmay Doniyorga hayron bo'lib qarashardi.
  Mana Doniyor yurib borayotib sirg'alib tushib borayotgan qopni o'nglab olay deb bir silkidi-yu, lekin og'irlikka ortiq tob berolmay cho'kkalay boshladi.
 -- Tashla, tashla qopni -- deb qichqirib yubordi Jamila. Doniyor quloq solmadi, orqada kelayotganlarga tegib ketmasligi uchun qopni trapning chetidan pastga tashlab yuborsa bo'lardi. Biroq u o'jarlik qilib qopni ko'targanicha turaverdi. Jammilaning ovozini eshitishi bilan yana oyoqlarini rostlab, oldinga intildi. Bir-ikki qadam yurib orqaga tisarila boshlaganida, tarozibon jon-poni chiqib ketib, ovozining boricha qichqirib yubordi:
 -- Tashla, tashlasangchi it emgan!
 -- Tashla! -- deb boshqalar ham qichqirishdi. Doniyor bu safar ham o'z bilaganini qilib, chayqalib-surinib ilgari bosdi.
 -- Yo'q, u qopni tashlaydigan emas.O'z aytganini qiladigan yigitga o'xsgaydi -- dedi kimdir qo'l siltab.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 08 Fevral 2010, 09:49:57
  Endi faqat haligi odamgina emas, balki yonimizda turgan boshqa odamlar ham, uning orqasidan qop ko'tarib borayotgan kishilar ham bunda bir sir borligini sezishib Doniyor qop bilan birga qulab tushmaguncha uni tashlamasligiga ishonch xosil qilishdi. Hamma bir zum jim bo'lib qoldi.
  Kopponning orqasida parovoz zir yugurib vagonlani bir-biriga ulamoqda. Doniyor yuqoriga yuk tortib chiqib ketayotgan otdek ilgarilab borardi. U chayqalib yiqiladigandek bo'lsa, shartta to'xtab kuch to'plar, keyin yana oldinga qarab intilardi. Doniyorning orqasidan kelayotgan odamlar ham noiloj u to'xtaganda to'xtab, u yurganda yurishardi, Ularning ham tinkasi qurib,qora terga botib ketishgandi. Biroq ulardan bittasi ham Doniyor bilan sen-menga bormadi. Ular tayg'oq yo'lda go'yo bir-biria ko'rinmas ip bilan bog'langandek turnaqator bo'lib jim borishardi. Go'yo bittasi toyib ketgudek bo'lsa, boshqalar ham xarob bo'ladigandek tuyulardi. Ularning indamay qadam tashlashlarida, bir xil chayqalishlarida kuchli g'ayrat va shijoat, hamkorlik sezilib turardi. Doniyyorning orqasidan kelayotgan ayolning oyog'i chalishib, yiqilishiga sal qoldi-yu, shunda ham u o'ziga emas, Doniyorga Xudodan madad so'rayotgandek unga rahmdillik bilan termilib qaradi. Mana oz qoldi, Doniyor yana bir zo'r bersa, marraga yetadigandek ko'rinardi. Lekin Doniyor yana gandiraklab, yarador oyog'i unga itoat qilmay qo'ydi. Agar u yelkasidagi qopni tashlab yubormasa, o'zining ham qulab ketishi tayin edi.
 -- Yugur, orqasidan suyashib yubor -- deb qichqirdi Jamila menga. O'zi bo'lsa go'yo Doniyorni ushlab qolmoqchi bo'lgandek qo'llarini oldinga cho'zardi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 09 Fevral 2010, 06:27:54
Men trapdan yuqoriga yugurdim, qop ko'targanlar orasidan siqilib o'tib Doniyorga yetib oldim. U qo'ltig'i ostidan menga bir qarab oldi. Betidan ter quyilib, manglay tomirlari bo'rtib chiqib, ko'ziga qon to'lib ketgan edi. men unga ko'maklashmoqchi bo'lgan edim, Doniyor menga:
 -- Nari tur! -- dedi zarda bilan, keyin qopni bir silkidida,bor kuchini to'plab yana oldinga imtildi.
  Doniyor qavarib, qadoq bo'lib ketgan qo'llarini shalviratib trapdan pastga tushganida pastdagilar lom-mim deyishmasdan yo'l berishdi. Faqat tarozibongina jahli chiqib Doniyorni koyib ketdi:
 -- NIma, seni jin urdimi, yo esingni edingmi? Yoki memi odammas deb o'yladingmi? Axir bir og'iz aytsang pastga to'ktirardim-ku, bunday og'ir qopni ko'tarsin deb senga kim aytdi?
 -- Ishing bo'lmasin, o'zim bilaman -- dedi Doniyor sekingina, so'ngra chirt etkazib tupurdida, aravasi tomon ketdi. Orqasidan Jamila:
 -- Hazilni tushunmagan tentak. -- deb pichirlab qo'ydi. Shunday dediyu, boshini yerdan ko'tara olmadi. Doniyor buni uqdimi-uqmadimi, har qalay yangam ikkovimiz uning yuziga qaray olmasdik.
  Yo'l bo'yi ham birontamiz og'iz ochganimiz yo'q, Doniyorning-ku kamgapligi hammaga ma'lum, so'zga no'noq. Ayniqsa, bugungisiga tushunolmay hayron edik, u bizdan hafami, yuz ko'rishmaydigan bo'ldimi, yoki oqko'ngillik qilib hamma gapni unutib yubordimi, bilmasdik. Bizning sukut saqlashimizni boisi bor edi, bir tomoni uyalganimizdan yuziga qarayolmasak, ikkinchidan hazilimimzni ko'ngliga og'ir olib yurgani uchun undan hafa edik.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 09 Fevral 2010, 06:46:06
  Ertalab g'alla qoplayotganda Jamila bu kasofat qopni oldida, uni chok-chokidan shir-shir yirtib yubordi.
 -- Ma, topgan matoingni boshingga ur! Brigadiringga aytib qo'y, ikkinchi marta bunday qoplarni bera ko'rmasin. -- deb haligi yirtilgan qop parchalarini tarozibonning oldiga otib yubordi.
 -- Hoy, aqling joyidami? Bu nima qilganing?
 -- Hech nima!..
  Ertasiga har kungiday stansiyaga kelib, qosh qorayganda yana ovulga yo'l oldik. Doniyor oldinda ketib borar edi. Uning ko'nglidagi xijillik yozildimi-yo'qmi bila olmadik, zotan, buni bilish oson emasdi. Xuddi o'rtamizda hech gap o'tmagandek, Doniyor indamay ishini qilaverdi, shunisi borki, yarador oyog'i ko'proq lat yegan bo'lsa kerak, u qattiq oqsab, ayniqsa, qop ko'targanda qiynalib yurdi. Garchi u hech narsa demasa ham, uning yurish-turishi gunohkor ekanligimizni eslatib, ko'nglimizni og'ritar edi. Loaqal, Doniyor sal-pal xazillashib kulib qarasa edi, ko'glimiz ravshan tortardi.
  Jamila otdan tushsa ham, egardan tushmay, go'yo ko'nglida hech gap yo'qday xazil-xuzul qilib yuraverdi. Lekin ich-ichidan ezilib, hafa bo'lib yurganini aniq sezardim.
  Mana ovulga ketib boryapmiz. Latofatli ajoyib tun. Sutdek oydin avgust kechalarini kim bilmaydi deysiz. Osmondagi yulduzlar uzoq-uzoqlardan mo'ralashsa ham, go'yo ular shunday yaqindan, har biri o'zicha nur sochayotgandek tuyulardi.
 
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 09 Fevral 2010, 07:11:59
  Yulduzlar charaqlagan shunday go'zal kechada biz dara bo'ylab kelardik. Otlar go'yo uyga shoshilayotgandek tobora tez yo'rg'alardi. Mayda shag'al ot tuyoqlari va arava g'ildiraklari ostida g'irchillab, atrofga uchib chiqardi. G'ir-g'ir esib turgan mayin shaboda ermanning achchiq isi bilan g'arq pishgan hushbo'y xidini dimoqqa keltirib urardi. Bularning hammasi otlarning terga botgan egar-jabdug'idan chiqayotgan xid bilan qo'shilib boshni aylantirar edi. Yo'lning bir tomonida na'mataklar bilan qoplangan qoyalar qad ko'tarib turardi. Yo'lning ikkinchi tomonida pastlikda tol va yovvoyi teraklar orasidan Gurkirov jo'sh urib oqardi. Orqada ko'prikdan taraqa-turuq qilib o'tayotgan poezdlarning yangroq gudogi olis-olislardan ham eshitilib turardi.
  Bunday so'lim tunda yo'l yurishning o'ziga yarasha gashti bor. Tun quchog'ida baliqdek suzib borayotgan otlarning sag'rasiga qarab borish, son-sanoqsiz xashoratlarning yoqimli "chir-chir"iga quloq solish, shamol dimoqqa urayotgan hushbo'y xidlarni to'yib-to'yib simirish qanday yaxshi!
  Jamila oldimda ketib borardi. U tizginni bo'sh qo'yib atrofga suqlanib qarar, o'zicha allaqanday ashulani xirgoyi qilardi. Bizning og'zimizga tolqon solgandek jim kelayotganimizdan Jamilaning toqati toq bo'layotganini sezib turardim. Sgunday kechada jim yurib bo'ladimi? Yuragida o'ti bor odam shunday go'zal tabiat manzarasini ko'rib jim tura oladimi?
  Yo'q! Jamila jim tura olmadi. U ovozini baralla qo'yib kuylab yubordi. Menimcha uning yana bir boshqa niyati Doniyorniong ko'nglini ochib, hafachiligini yozmoqchi bo'lsa kerak. Zotan, odamlar bir-birlarining gunohlarini kechirmasmikin, deb ikkilanib turgan paytda qandaydir bir turtki kerak bo'ladiku. Ehtimol, Jamila shu fikrga borgandir. Xullas, u bir silkinib qo'ydida, qalbidan qaynab chiqayotgan yangroq ovoz bilan kuylab yubordi:
     Shohi ro'moling bog'lab,
     Yonimda yursang yayrab...
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 09 Fevral 2010, 07:31:08
  Jamila bunday sho'x-sho'x laparlarni juda ko'p bilardi. Uning ashulasi kishiga orom bag'ishlardi. Jamila ashulasini bir zum bo'lib, oldinda borayotgan Doniyorga qichqirdi:
 --Hoy, bo'shang yigit, ovozingni bir chiqarchi. Yigitmisan o'zing?
  Doniyor aravasini to'xtatdi-da, Jamilaga bir qarab qo'yib:
 -- Kuylayver Jamila, qulog'im senda, -- deb qo'ydi tortinib.
 -- NIma, boshqalarni qo'shiq eshitgisi kelmaydi, deb o'ylaysanmi? -- dedi kesatib Jamila -- Aytmasang aytma, tarang qilishini qarayuu!
  Shundan so'ng  "sen aytmasang, men aytaman " degandek, Doniyorga o'chakishib yana ashulani oldi. Uning nima uchun Doniyorni ashula ayt deb qistaganini bilolmadim.Gapga solmoqchi bo'ldimikin? Shunday bo'lsa kerak, chunki birozdan keyin Jamila yana iltimos qila boshladi:
 -- Hoy Doniyor, umringda birovnni sevganmisan? -- dediyu, nima uchundir kulib yubordi.
  Doniyor javob qaytarmadi, Jamila ham churq etmay qoldi. Dara ichiga bir nafas jimlik cho'kdi, faqat g'ildiraklarni dukur-dukur ovozi, otlarning pishqirgani eshitilardi, xolos.
  "Juda odamini topib so'radingda" deb kulib qo'ydim men.
  Yo'lni kesib o'tib sharqirab oqayotgan soyga yetganimizda., Doniyor aravani sekinroq haydab ot taqalarining kechuvdagi kumushdek yaqarlagan toshlarga tegib shaqillashiga diqqat bilan quloq sola boshladi. Songra "chux" deb otlarga bir qamchi urdida, birdan titroq ovoz bilan:
   Eh olatog', olatog',
    Ota-bobom o'sgan yer!..
-- deb kuylab yubordi, biroq u yana to'xtab yo'talib qo'ydi. Lekin keyingi ikki misrani yirakdan chiqarib, zavq bilan aytdi.
   Ey olatog', olatog'
    Oq bulut qalqib ko'chgan yer!


Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 09 Fevral 2010, 07:56:36
  Doniyor nimadandir cho'chigandek yana jim bo'lib qoldi. Kishi degan uyalmasada, nima endi shu ham ashula aytish bo'ldimi, bundan ko'ra aytmagani tuzuk edi. Xudo biladi yuzi olov bo'lib yonib ketgandir. Negadir uning uchun o'zim ham mulzam bo'ldim. Lekin Doniyorning shu bir og'iz kuylashida ham qandaydir joziba, nafosat borligi aniq sezilib turardi. Ha, ovozi ham yaxshi edi.
  "Qoyilman" deb qo'ydim ichimda hayratlanib.Jamila ham qichqirib yubordi:
 -- Iye, durustsanku, ilgari qayerda yurgan eding? Qani ayt, yaxshilab ayt!
  Doniyor miq etmay kelaverdi, oldimizda daradan vodiyga chiqadigan joy oqarib ko'rinardi, o'sha tomondan shabada esardi. Doniyorni hali boshlagan kuyini davom ettirishini sabrsizlik bilan kutardim. Doniyor yana kuylay boshladi, men o'zimda yo'q quvonib ketdim.
  Doniyor avvaliga tortinib sekin-sekin kuylay boshladi. Ammo bora-bora ovozini baralla qo'yib erkin ayta boshladi. Uning ashulasi darada qo'ng'iroqdek yangrab, uzoq-uzoqlardagi qoyalarda aks-sado berdi. Doniyorning qo'ng'iroqdek ovozigina emas, balki kuyning ohangraboligi, jo'shqin xis-tuyg'ilarga boyligi ham kishini o'ziga maftuin etardi. Buning nimasligini aqlimga sig'dira olmay lol bo'lib qoldim. Bu ahulachining ovozimi, yo bo'lmasam yurakdan qaynab chiqayotgan boshqa bir narsami? Kishi qalbining eng nozik torlarini chertib, unda ezgu tuyg'ular uyg'otayotgan bu nima o'zi? Rostini aytsam, bu savolga xozir ham javob bera olmayman.
  Qani endi, qo'limdan kelsayu bularning hammasini qog'ozga bitib o'tirmay, iloji bo'lsa o'sha ajoyib kuyning o'zginasini yaratib bersam. Unda deyarli so'z yo'q, lekin bu kuy so'zsiz ham samimiy, sof niyatli qalb egasining butun quvonchi, orzu-umidlari va tilaklarini ifodalab berardi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 09 Fevral 2010, 08:12:15
Men umrim bino bo'lib bunday kuyni eshitgan emasman. U qirg'izchaga ham, qozoqchaga ham o'xshamasdi, biroq bu kuyga azalda bir-biriga qondosh-jondosh bo'lgan qirg'iz bilan qozoq xalqining kuy;laridagi eng nafis, eng dilrabo ohanglar singdirilgandek bo'lib tuyulardi. Bu kuy goh qirg'iz tog'laridek baland-balandlarga parvoz qilsa, goh bepayon qozoq daralaridek uzoq-uzoqlarga taralardi. "Yo tavba, Doniyorni shunday ashulachi deb kim o'y;agan edi" der edim men o'zimga o'zim.
  Darani bosib o'tib keng dalaga chiqqanimizdan so'ng Doniyorning ashulasi qanot yozib, yana ham kuchliroq yangradi. Bugun Doniyorga nima bo'ldi, tinchlikmi o'zi, hech narsaga tushuna olmasdim. Go'yo u shu kunni orziqib kutgandek, qalbidagi butun sir-asrorini to'kib soldi. Doniyorning nima uchun merov odamday elga kulgi bo'lib yurganini, nima uchun kechqurunlari Qorovultepaga chiqib olib yolg'iz o'yga cho'mib o'tirganini, nima uchun kishi ilg'amas tovushlarga quloq osganida qoshlari chimirilib, ko'zlari quvonchga to'lganini endi bir qadar tushuna boshlagan edim. U -- qalbida yuksak insoniy muhabbat tug'yon urgan bir inson edi! Menimcha uning sevgisi biror kishiga ishqi tushib, o'sha odamga ato qilingan sevgi emas, balki insonni yaratib uni kamolga yetkagan keng olamga yorug' dunyoga bo'lgan cheksiz, jo'shqin sevgi edi! Ha, u bu sevgini o'z qalbida ardoqlab saqlagan ana shu sevgi bilan yashagan edi.
  Agar u shunday yuksak qalb egasi bo'lmay, didi past, yuragi muz bir kishi bo'lganida edi, tabiat uni qanchalik iste'dodli qilib yaratgan bo'lmasin baribir u bunchalik kuylay olmas edi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 09 Fevral 2010, 08:35:19
  Doniyorning kuyi tungi dasht ustida yana jo'sh urib, mudroq dalani uyg'otgandek bo'lardi. keng poyonsiz dala o'zi yaratib, o'zi ardoqlab o'stirgan qadrdon kuychisining ashulasiga jim quloq soladi. Bug'doyzor oydinda dengiz kabi chayqalar va mo'l xosildan darak berib, o'z o'roqchilarini kutardi. Yo'l chetiga joylashgan eski tegirmon atrofidagi mirzateraklarning yaproqlari ham nimalarnidir shivirlashardi. Soyning narigi tomonida, uzoq-uzoqlarda xirmonchilar o't yoqishib go'ja pishirmoqdalar. Huv ana, kimdir allaqanday ish bilan qishloqqa shoshib ketmoqda. Oldinda qishloq bog'i ko'rinar, shabada g'arq pishgan olmalarning, ayni gullagan makkajo'xorilarning yoqimli xidlarini hovlilarga yoyilgan tezaklarning xidlariga aralshtirib dimoqqa keltirib urardi.
  Doniyor yana ancha vaqtgacha kuylab keldi. Avgust tuni uning ashulasiga mahliyo bo'lgandek jim quloq solardi. Hatto otlar ham go'yo maroqli kuyni buzishdan qo'rqqandek yurishini sekinlashtirgandi. Kishiga cheksiz orom baxsh etib, zavq-shavq bilan kuylab kelayotgan Doniyor ayni avjiga chiqqanida birdan jim bo'lib, otlarni choptirib ketdi. O'zimcha Jamila yana uning orqasidan ergasha kerak, deb o'ylab, men ham xozirlanib turdimu, biroq Jamila boshini quyoi solganicha chuqur hayolga cho'mib, qimir etmay o'tirardi. U havoda uchib yurgan ashula sadolariga hamon quloq solayotgandek edi.
  Doniyor shu bo'yi to'xtamay birozdan song ko'zdan g'oyib bo'ldi. Biz to ovulga yetguncha og'iz ochmadik. Ba'zida kishi o'z dardini so'z bilan ifoddalashga ojiz bo'lib qoladi.
  Shu kundan boshlab xayotimizda qandaydir bir o'zgarish yuz bergandek bo'ldi. Endi ko'nglim allaqanday yaxshi narsalarni qo'msab, yuragim g'alati xis-hayajonlarga to'lib, o'zimdan-o'zim xursand bo'lib yurdim. Ertalab xirmondan jo'nab stansiyaga kelib, g'allani topshirib bo'lgach, Doniyorning sehrli ashhulasini qachon eshitarkanmiz, deb ketishga shoshilar, o'sha damni sabrsizlik bilan kutar edik.
  Uning ashulasi yurak-yuragimga singib, qayerga bormay, qayerda turmay, qulog'im tagida jaraglayotgandek bo'lardi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 09 Fevral 2010, 10:18:32
  Tong saxarda turib yalangoyoq, yalangbosh shabnam tushgan bedazor orqali o'tloqdagi tushovlangan otlarning oldiga borayotganimda ham, bu kuy menga hamroh bo'lardi. Tog' orqasidan mo'ralab ko'tarilgan quyosh xuddi mening quvonchimga sherik bo'lgandek jilmayib nur sochardi.
  Oltin donalari kabi keksa xirmonchilarning panshaxalaridan sachrab tushayotgan bug'doy donalarining mayin shildirashida ham, ko'kda parvoz qilib yurgan yolg'iz kalxatning qanot qoqishida ham, xullas, ko'rib, uqib, sezib yurgan narsalarimning hammasidan Doniyorning kuyi eshitilayotgandek bo'lardi. Kechqurun daraga arava haydab borayotganimizda men o'zimni xuddi boshqa bir olamga kirib borayotgandek xis qilardim. Ko'zlarimni yumib Doniyorning ashulasiga quloq solar ekanman, ona suti bilan qonimga singib, bir qarichligimdan tanish bo'lgan manzaralar ko'z o'ngimdan birma-bir o'ta boshlardi. Goh ovulning zumrad osmonidan pag'a-pag'a bulutlar, suzib o'tishar, goh o'tlab yurgan yilqilar uyuri dukurlashib, kishnashib yaylovda chopib qolishar, qulunlar kokillarini o'ynatib, qop-qorq ko'zlarini jovdiratganlaricha onalarini qidirishib qolishar, goh suruv-suruv qo'ylar tepaliklarda o'tlab yurishar, goh qoyalardan oqib tushayotgan shalola oynadek yarqirab ko'zlarni qamashtirar, dengizdek mavjlanib qamishzorlar orasiga cho'kib borayotgan quyoshni lolarang ufq sari yoritib borayotgan yog'iz otliq mana xozir qo'li bilan ushlab oladigandek bo'lib tuyulardi. Keyin o'zi ham quyosh bilan birga butalar orasiga kirib g'oyib bo'lardi.
  O' jonajon, bepoyon dalam! Qozoq jondoshimning yeri bilan payvand bo'lgan azamat dalam! Mana tog'larimizni ikki yoqqa ayirib tashlab, qamish va shuvoqlarga ko'milib buyuk bir dengizdek chayqalib yotasan.Sening nimalaraga qodir ekanligingni kim biladi! Qarog'im, sirtingdan qarasa qimirlagan jon yo'qdek bo'zarib yotganing-yotgan. Ammo kechagina qon-qardoshlaring unib-o'sgan bag'ringda urush boshlanib, dushmanlar o'lkamizga chang solganda quchog'ingdagi giyohlar yonib, chavandozlaring dushman ustiga sherdek tashlanganida, musaffo osmoningni issiq chang qopladi. Yer-ko'k larzaga keldi, o'shanda qirg'oqning narigi betidan ot o'ynatib kelgan qozoq xabarchisi:
 -- Otlan, qirg'iz otlan. Yov keldi! --de saraton quyuni ichida yana qayoqqadir otini yeldirib ketdi. O'shanda keng dalam, daryolarim, tog'larim larzaga kelib o'z elini otga mingizdi. Yigitlar jangga otlanganda osmonu-zamin titrab, yovni mahv etishga chorlab bong urildi. Minglab uzangilar bir-biriga tegib shaqirlashib, son-sanoqsiz chavandozlarniong ko'zlaridan qaxr va g'azab o'ti chaqnab el bilan, yurt bilan xo'shlashdi. Ularning oldida qizil bayroqlar xilpirab, orqada otlarning tuyog'idan chiqqan chang orasida onalar ba juvonlarning: "Keng dalamiz madadkor bo'lsin. Xosiyatli Ona yer madad bersin. Buyuk Manasning ruxi yor bo'lsin" -- deb bo'zlab qolishdi. Senga jonim fido ey muqaddas dalam, tog'larim. Elimga shu kuch qudratni sen o'zing berding.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 09 Fevral 2010, 10:49:11
  Mana shularning barisini Doniyor kuyga solib, ko'z o'ngimda gavdalantirib, sermazmun keng olamning butun zeb-ziynatini, ko'rkini ochib ko'rsatdi. "Yopiray, u bularning barini qayerdan o'rgandi ekan." deb hayron bo'laman. O'zimcha chet yerlarda ko'p sarson-sargardon bo'lib, o'z el-yurtini ko'rish ishtiyoqi bilan yashagan, shu quvonchli damni intizorlik bilan kutgan odamgina o'z ona tuprog'iga shunchalik mehr qo'yishi, uni shu qadar seva olishi mumkin, degan fikrga keldim. Doniyorning u kuylarini tinglar ekanman, uning boshpana izlab o'tkazgan mashaqqatli yetimlik yillarini ham, qonli jang maydoninda bosib o'tgan yo'llarini ham ko'z oldimga keltirar edim. Ehtimol, uning ona vatan haqidagi jo'shqin kuylari o'shanda tugilgandir. Doniyorning ashhulalarini tinglab o'tirib, inson bolasi o'z ona tuprog'ini shunchalik seva olganligi uchun ham, tiz cho'kib, o'sha ona tuproqni xuddi o'z onagdek quchoqlab o'pging keladi. Ana shunda, birinchi marta yuragimda qandaydir yangi bir xis uyg'onib, qalbimni o'rtab, qani endi o'sha yerning muqaddasligini Doniyorchalik seza bilsam, seva bilsam, uning madhiyasini DOniyorchalik tarannum qilolsam, degan bir xavas uyg'onganligini sezdim. NImanidir orziqib kutardim, lekin nima ekanligini bilmasdim. Bunga ham xursand ham xunob bo'lardim. O'shanda menda rassomlik san'atining ilk kurtaklari paydo bo'lganini, kelajakda xayotni bo'yoqlar, suratlar orqali tasvirlashga xavas uyg'onayotganini bilmagan ekanman.
  men bolaligimdan surat solishni yaxshi ko'rardim. Bolalar o'qish kitoblaridan ko'chirib solgan rasmlarimni ko'rishib: "Voy, xuddi o'ziya." deyishardi. Muallimlarimiz ham maktab devoriy gazetasini menga topshirishar edi. Lekin keyinchalik surat solishni bir chekkaga yig'ishtirib qo'yishga to'g'ri keldi. Urush bboshlanib akalarim harbiyga ketgach, men o'qishni tashlab o'z tengqurlarim qatori dalada ishlay boshladim. O'sha vaqtlarda surat solmoq kimning ham esiga kelardi deysiz? Kelajakda rassom bo'laman degan o'yoim yo'q edi, ammo Doniyornning kuylari meni hayratlantirib, xayotning butun go'zalligini sezishga ilhomlantirdi...
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 09 Fevral 2010, 11:17:47
   Men o'ngimda emas, go'yo tushdagidek bir totli hayolga berilib, xuddi dunyoga yangi kelib, ko'zim endi ochilgandek atrofga suqlanib qarardim. Mening uchun bu juda katta turmush sabog'i edi.
 Jamilaning o'zgarib ketganini aytmaysizmi, oldingi sho'z, gapga chechan kelindan go'yo asar ham qolmagandek edi. Uning o'ynoqi o'tkir ko'zlari endi go'yo bulutli kundagi quyosh singari negadir g'amgin boqardi. Yo'lda ketib borayotganimizda Jamila doimo chuqur o'yga tolar, Lablarida bilinar-bilinmas tabassum o'ynab, u faqat o'zigagina ma'lum bo'lgan allaqanday latif bir narsadan xuzur qilayotgandek, undan suyunayotgandek tuyulardi. Ba'zan esa, hayolini bir narsa buzgandek, qopni aravadan yelkasiga silkib olib, shu turgancha qotib qolardi. U shu turishida go'yo, quturib oqayotgan suvga duch kelib, uni kechib o'tishini ham, o'tmasligini ham bilmay lol bo'lib turgan odamga o'xshardi. Doniyorga esa u nima uchundir yaqin yo'lamay, uning ko'ziga tushushdan qochib chetlab yurdi. Jamila o'zini uni avvalgidek nazarga ilmayotgandek qilib ko'rsatishga qanchalik urinmasin, oxiri bir kuni sabri cidamay xirmonda Doniyorga gap otdi -- Ustingdagi ko'ylagingni yechsang bo'lardi. Yuvib berardim.
 Koylakni soyga olib borib yuvdida, quritish uchun yozib qo'yib, burishgan joylarini tekislagan bo'lib, uni ancha vaqtgacha mehr bilan siladi. Ko'ylakning to'zigan joylarini quyoshga tutib ma'yus tikilar, nimadandit kuyingandek boshini chayqab qo'yardi.
 
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 09 Fevral 2010, 11:41:15
  Keyingi kunlarda Jamila biroz ochilib qah-qah urib kuladigan, xazil-xuzul qiladigan bo'ldi. Bir kuni beda o'rimidan kelayotgan bir to'p qiz-juvonlar bilan yigitlar xirmonga burilishdi. Oralaridagi harbiydan qaytib kelgan yigitlar:
 --Hoy qizlar, bug'doy nonni o'zlaring yeyaverasizlarmi, qani bizning ulushimizni beringlar, bo'lmasa hammangizni suvga pishamiz! -- deyishdi xazillashib va panshaxalarini o'qtalishdi.
 -- BIzlarni panshaxalar bilan qo'rqitolmaysizlar. Mana bu qiz-juvonlarni nima bilan mehmon qilishni o'zim bilaman. Sizlar tuyoqlaringni shiqillatib qolinglar -- dedi Jamila o'rnidan sapchib turib.
  Yigitlarning hafsalasi pir bo'ldi shekilli:
 -- Unday bo'lsa, qiz-juvining bilan baringni qo'shib suvga pishamiz. -- deyishdi battar o'chakishib.
  Shu zahotiyoq tapir-tupur olisha ketgan yoshlar shovqin-suron ko'tarishib bir-birini suvga itara boshlashdi.
 -- Ushla, qo'yib yuborma! -- deb qichqirdi Jamila hech kimga bo'sh kelmay, ustalik bilan chap berib. yigitlar ham shuncha qiz-juvonni ichida faqat Jamilani ko'zlari ko'rgandek, nima uchundir hammasi ham unga yopishar, tortqilashar, har biri uni quchoqlab, bag'riga bosishga harakat qilishardi. mana, uch yigit birgalashib Jamilani yerga yiqitishdida, oyoq-qo'lidan ko'tarib suv bo'yiga olib borishdi.
 -- Hozir hammamizni o'pasan, bo'lmasa suvga tashlaymiz. Qani bo'l tez! -- deyishib xoxolab kulgan yigitlar uni enkaytira boshladilar.
 -- Qo'ymanglar yigitlar, bo'sh kelmanglar! -- ichagi uzilib kulgan Jamila baliqdek sirg'anib, qo'ldan chiqib ketar, xotinlarni yordamga chaqirib qichqirar, lekin ular qiy-chuv ko'tarishib o'zlarining suvda oqib borayotgan ro'mollari ushlash bilan ovora edilar. Yigitlar xoxolashib Jamilani suvga otib yuborishdi. Osmonga sachragan suv tomchilari xuddi kumush donalaridek tovlanar edi. Hali ham kulgidan o'zini to'xtata olmagan Jamila suvdan chiqib kelar ekan, uning to'zgigan xo'l sochi yana ham choryigas chiroy qo'shib yuborgan edi. Chit ko'ylagi badaniga yopishib, siynasi olmaday dirkillab turardi. Jamila bo'lsa parvoyipalak qiqir-qiqir kular, ust-boshidan sirqib tushayotgan suvni ham payqamasdi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 09 Fevral 2010, 12:03:24
 -- O'p, darrov o'p! -- deb qistashardi yigitlar. Jamila ularni o'par, yigitlar uni yana suvga otishar, u bo'lsa go'yo buni xush ko'rgandek suvdan chiqib sochini silkitib, yana qotib-qotib kulardi. Yoshlarning bu qilig'iga xirmonda kulmagan odam qolmadi. Xirmon sovurayotgan chollar ham o'zlarini yigirma besh yashar bo'z bolalardek xis qilib, ajin bosgan yuzlari sevinchdan porlab: " Ha, ha bosh kelma, ushla etagidan tort"  deb ko'pkarida uloq tortishgandek zavq-shavq bilan qichqirishar, sharaqlab kulishardi. Men ham o'zimni to'xtata olmay qotib-qotib kulardim. Bu safar yangamni qo'riqlash esimga ham kelmabdi. Birgina, Doniyor indamay qovog'ini solib o'tirardi. Unga ko'zim tushishi bilan men ham jim bo'ldim. U xirmonning bir chekkasida bir o'zi yog'iz o'tirgan ekan. Doniyor yigitlarga yeb qo'ygudek o'qrayib qarar, vajohatidan go'yo hozir yugurib borib, Jamilani ularning qo'lidan ajratib oladigandek edi. Yuziga tik boqishga botinolmay, farishtadek pok deb bilgan Jamilani yigitlarning quchoqlab o'pishi, tortqilashib o'ynaganlari Doniyorning ko'ngliga juda qattiq botdi. Uning butun fikri-zikri, es-xushi Jamilaning xusni jamolida  edi. Doniyor yigitlardan qanchalik qizg'anmasin, xandon otib kulayotgan Jamiladan ko'zini olmay, uning bu qilig'iga ham koyinib, ham maroqlanib, xo'mraygan qovoqlari ostidan muloyim boqib, tishini tishiga bosib o'tirdi. igitlar Jamilaga har tomondan yopishib betlarini o'ptirganlarida Doniyor quti o'chib turib ketmoqchi bo'lar, lekin oyoqlari itoat qilmayotgandek qimir etolmasdi. bir vaqt Jamila uning qarab turganini payqadi shekilli, qanoti qayrilgandek bo'shashib, xiralik qilavergan yigitlarni siltab tashladi.
 -- Yetar, xazilning tagi zil bo'lmasin tag'in!
 -- Iya, senga nima bo'ldi -- deb kimdir xoxolab kulib uni yana quchoqlamoqchi bo'lgan edi, Jamila uning ko'kragidan itarib yubordi.
 -- Nima ishing bor? Nari tur!
   Keyin Doniyyorga yalt etib bir qaradida, ko'ylagini siqqani butalar orasiga kirib ketdi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 09 Fevral 2010, 13:35:52
  Doniyor bilan Jamila o'rtasidagi munosabatning qanday oqibatlarga olib kelishini o'shanda men bilmagan edim. Rostini aytsam, bu haqda chuqurroq o'ylashga qo'rqib, ko'pincha ozimni boshqa narsalarga alaxsitishga xarakat qilardim. Lekin JamilaningDOnniyordan chetlanib yurgani, bunga o'zi yana ich-ichidan kuyinib yurgani ko'nglimni g'ash qilardi. Bundan ko'ra ilgarigidek xazillashib yuraversa bo'lmasmidi? O'zim shunday deymanu, biroq kechalari ovulga qaytayotganimizda DOniyorning ashulasini eshitar ekanman, ularni o'ylab qalbim quvonchga to'lib-toshar, haligi g'amgin o'y-fikrlar hayolimdan ko'tarilib, dunyoning butun lazzati shu ashhulada deb bilardim. Daradan o'tib daryo bo'yiga chiqqanimizda Jamila aravadan tushib, piyoda yurardi. Men ham aravadan tushib piyoda yurardim, yayov yurib kuy tinglaganga nima yetsin! Bunday paytda yo'ldagi chang to'zonlar orasida emas, xuddi osmonda bulutlar qo'ynida ketib borayotgandek bo'lasan kishi. Avval yangam ikkalamiz aravalarimiz yonida boramiz, so'ngra asta-sekin, beixtiyor Doniyorga yondoshib qolganimizni o'zimiz ham sezmay qolamiz. Qandaydir sehrli kuch bizni Doniyor sari yetaklardi. Qorong'uda uning yuz ifodasini, ko'z qarashini ko'rishni istardik. Nahotki shu qadar kuylayotgan kishi o'sha o'zimizning odamovi, kamgap Doniyor bo'lsa! Yuragi talpinib kuydan orom olgam Jamila Hardoim unga yaqinlab borganida Doniyor tomon sekin qo'l cho'zganini o'zi ham sezmay qolardi. Lekin zavq-shavq bilan kuylayotgan Doniyor buni payqamas edi. Uning o'y hayollari qayerlardadir, osmonda kezib yurgandek, uzoq-uzoqlarga ko'z tikib qo'llarini ko'zksiga qovushtirganicha kuy ohangiga chayqalib o'tirardi. Jamilaning qo'li shilq etib tushib arava chetiga tekkanda xuddi xushoga kelgandek qo'lini tortib olar va yo'l o'rtasida serrayib turib qolardi. Jamila hangu-mang bo'lib anchagacha Donniyorga mo'ltayib qarab turar, keyin yana qadam tashlardi.
 
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 10 Fevral 2010, 06:38:16
  Ba'zan menga yangam ikkovimizni ham bir xil, allaqanday ajib bir xis-tuyg'u hayajonga solayotganday bo'lib tuyulardi. Ehtimol bu xis-tuyg'ular ikkivomizning ham qalbimizda ko'pdan beri yashirinib yotib, endi vaqti-soat kelganda tug'yon urayotgandir.
  Jamila ish bilan alaxsirab uncha sir-boy bermaslikka xarakat qilardi. Lekin xirmondaqolib qo'li ishdan bo'shadi deguncha, Jamila o'tirgani joy topolmay kalovlanib qolardi. Bekorchilikdan nima qilarini bilmagan odamdek shu o'rtada aylanib yurar, so'ngra xirmon sovurayotganlarning yoniga borar, ularga yordamlashmoqchi bo'lib uch-to'rt kurak g'alla tashlardi-da, keyin birdan kurakni chetga irg'itib somon g'arami oldiga ketardi. U dam olmoqchi bo'lgandek g'aram soyasigs o'tirardi-yu, g'oyo yakka-yolg'iz o'tirishdan qo'rqqandek meni chaqirardi:
 -- Bu yoqqa kel, kichkina bola!
   Men, yangam xozir menga butun sir-asrorini ochib, yuragidagi dardini aytsa kerak, deb kutardm. Lekin, u hech narsa aytmas, erkalatib boshimni o'z tizzasiga qo'yardida, o'zi olis-olislarga uzoq tikoilganicha qaltiragan kaftlari bilan sochimni, yuzimni sekin-sekin silardi. Men yangamni tashvishli, g'amgin chexrasiga qarar ekanman, negadir o'zimni unga o'xshatardim. Chunki, uning ham qalbini allaqanday bir xissiyot o'rtayotganini, uning ham yuraida yangi orzu-umidlar uyg'ona boshlaganini sezib qolgandim. Nazarimda, Jamila bu otashin xisni qalbidan chiqarib tashlashga urinayotgandek bo'lardi. Biroq, o'z sevgisini tark etolmay, uning barcha zaxmatlariga chidashga majbur bo'lardi. Men ham unga o'xshab, Jamila Doniyorni sevsa yaxshi bo'lardi, desa, bir ko'nglim sevmagani yaxshi bo'lardi, derdi. Axir, ming qilsa ham kelinimizk-ku, akamning xotini-ku. Uni birovga qanday ravo ko'ray. Biroq bu xil fikrlarni darrov hayolimdan chiqarib tashlashga xarakat qilardim.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 10 Fevral 2010, 06:50:39
  Jamilaning tizzasiga bosh qo'yib yotib uning sal ochilga g'uncha lablariga, yosh to'la shaxlo ko'zlariga termulib yotish menga dunyo-dunyo rohat bag'ishlar edi. Jamila o'shanda naqadar go'zal, naqadar latofatli edi. Qalbinig naqadar pok, beg'uborligi, o'y-hayollarining naqadar teran, yorqin ekanligi unoing hur yog'ilib turgan chexrasidan ko'rinib turardi. O'sha kezlarda men shularning hammasini o'z ko'zim bilan ko'rib yurgan bo'lsam ham, ammo tub ohiyatiga uncha tushunib yetmagam edim. Lekin hozir oradan qancha vaqtlar o'tib ketgandan keyin, o'sha voqealarni eslab, ko'pincha o'zimga-o'zim savol beraman: balki sevgi degan narsa--inson har tomonlama kamolotga yetib, aql-idroki to'lgandan keyin paydo bo'ladigan bir tuyg'umikin? Bu ham shoir yoki rassom ilhomiga o'xshab insonga kuch-qudrat bag'ishlab yangi orzu-umidlar, istiqbol sari yetaklovchi bir kuch emasmikin? Ehtimol, oshiqlikning butun suri ham shundadi. Jamilaning yuziga qarab, ba'zi paytlarda o'zim ham xis-xayajonlariga o'zim ham sherik bo'lgandek, qandaydir sirli bir narsa yuragimga quvonch bag'ishlagandek bo'lar edi. O'rnimdan sapchib turib, yugurgim kelar, ovul chetidagi keng dalaga chiqib  yuragimga g'ilg'ula solayotgan tashvish bilan quvonchning siri nimadaligini yer va samodan qichqirib so'ragim kelardi. Bir kun men bu savolimga javob topgandek bo'ldim.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 10 Fevral 2010, 07:24:38
  Kunlardan birida biz stansiyadan ovulga qaytib kelayotgan edik. qosh qorayib qolgandi. Ko'kda yulduzlar jimirlardi, atrof jim-jit. Bu sukunatni Doniyorning vodiy bo'ylab yangragan ashulasigina buzardi. Jamila ikkovimiz uning orqasdidan borardik. Doniyorning ashulasi busafar negadir yolg'izlik dard-alamlarini ifoda qilgandek juda mungli eshitilib, kishi qalbini poralar edi. Ko'zimga qaynoq yosh kelib, tomog'imga bir narsa tiqilgandek bo'ldi. Jamila bu safar qo'llarini Doniyor tomon uzatib unga yaqin bordida, aravaga suyanib, boshini quyi solganicha indamay ketaverdi. Doniyorning ovozi tobora kuchayib, tungi dashtda yangidan to'lqinlana boshlaganda Jamila qaddini rostlagancha sakrab aravaga chiqib oldi. U Doniyor bilan yonma-yon o'tirdida, qimirlahsdan qo'rqqandek, qo'lini ko'ksiaga qovushtirganicha qotib qoldi. Qani, bu yog'i nima bo'larkin, degandek men ham ulardan ko'zimni uzganim yo'q. Jamilaning chiqib o'tirganini Doniyor payqamdai shekilli, unga qaramy kuylayverdi. Birozdan so'ng Jamila qo'llarini asta-sekin Doniyorning yelkasiga tashladida, unga suyanib boshini yelkasiga qo'ydi. Shunda Doniyorning ovozi bir zum titradida, keyin yana ham kuchayib qo'ng'iroqdek yangradi. U sevgi haqida kuylardi.
   Tong otib gullagan vodiy yuzidan qora parda ko'tarilganida, men o'sh keng dala o'rtasida sevishgan ikki yoshni ko'rdim. Ular menga hech nazar solmasalar ham ko'z ostidan qarab, sexrlangandek ergashib borardim. Sevishganllr men bilan ishi bo'lmay faqat menigina emas, balki biutun borliqni ham unutib yuborgandek, jonga orom berguvchi kuy oqimiga chayqalib, bir-biriga termilishib sekin borishardi. Nazarimda Doniyor bilan Jamila butunlay boshqacha bo'lib qolgandek edi.
  Bular men ilgari ko'rmagan-bilmagan, qandaydir baxti kulib boqqan kishilar edi. Ha, ularning biri ko'zi qorong'uda o'tdek yonib, eski ko'ylagining yoqasini ochib yuborib, dala-dashtga yangroq kuy taratib borayotgan Doniyor edi. Ha, ikkinchisi DOniyorga erkalanib jimgina o'tirgan mening yangam Jamila edi! Uning kipriklarida sevinch yoshlari miltirar, yuzida baxt nuri porlar edi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 10 Fevral 2010, 08:11:57
  Chinakam baxt shu emasmi? Doniyor o'zidagi ona vatanga, yorug' dunyoga bo'lgan yuksak, otashin mehr-muhabbatini ham, anashu ulug' sevgi tug'dirgan dilrabo kuyni ham Jamila ga tortiq etdi. U Jamila uchun, Jamila haqida kuylardi. Axir baxt degani shu emasmi? Ularga yuragimdan baxt-saodat tiladim. Doniyorning kuylari meni yana hayajonga osldi-da, birdan,  miyamga g'alati nir fikr keldi: " Men ularning suratini chizaman!" -- dedim o'zimcha va g'oyo nodir bir narsa topib olganday o'zimda yo'q suyunib ketdim. Lekin men shu zaxoti o'z fikrimdan o'zim cho'chib ketdim: "Bu ish meningqo'limdan kelarmikin, eplay olarmikinman?" Lekin orzu-istak qo'rquvdan kuchli keldi. " Ha, men ularning suratini albatta chizaman, men ularni xuddi xozirgiday baxtiyor qilib tasvirlayman!" derdim.
   Men shunday shirin orzu-hayollar og'ushida mast bo'lib, atrofga nazar tashlar ekanman, avgust tuni ko'zimga yana ham go'zal ko'rinib, dala gullab-yashnayotganday tuyulardi. Orzu-niyatimga xuddi xozir yetadigandek bo'lardim. Lekin, endi bilsam o'shanda juda g'or, yosh bola ekanman, kelajakda qanchadan-qancha qiyinchiliklarga duch kelishimni bilmagan ekanman. Men, o'zimga ona Yerni Doniyor ko'zi bilan ko'ra bilish, Doniyor qalbi bilan seva bilish kerak derdim Men uning ashulalarini bo'yoqlar yordamida hikoya qilib beraman. Menda ham o'sha tog'lar,dalalar, maysazorlar, bulutlar, daralarning jonli tasviri beriladi. Buning uchun juda katta mahorat kerakligini o'ylamay " buning uchun bo'yoqlarni qayerdan olsam ekan, maktabdan so'rasam berishmas, axir o'zlariga kerakku" deb tashvishlanib yurardim. Endi bilsam o'shanda chuchvarani xom sanab bolalik qilib yurgan ekanman. Doniyorning ashulasi birdan uzilib qoldi. Bunday qarasm Jamila uni mahkam quchoqlab, bag'riga bosib olgan ekan. Biroq shu zaxotiyoq nimadandir cho'chigandek tisarilib, aravadan sakrab tushdi. Doniyor shoshib qo'rqqanidan tizginni tortib aravani to'xtatdi. Jamila teskari qaragancha yo'lning qoq o'rtasida serrayib turib qoldi. So'ng boshini shart burdida, yig'i aralash:
 --  Nega qaraysa? Menda nimang bor? Aravangni haydada jo'na! -- dedida, orqada qolgan aravasi tomon ketdi.
   Men lol bo'lib og'zimni ochib qolgan ekanman, yangam meni ham koyib berdi:
 -- Ho'sh, senchi, sen nega angrayib turibsan, aravangga min! Boshimga bitgan balo bo'ldilarngda!
   "Qiziq, unga nima bo'ldi? Chap yoni bilan turganmi?" deb o'ylardim yo'l-yo'lakay. Albatta chuqurroq o'ylagan odam Jamilaning rostdan ham iztirob chekayotganini izoxsiz ham tushunar edi: ko'z ochib ko'rgan eri Saratov gospitallaridan birida yotsa, yaqinda qaytib boraman desa, axir bu oson gapmi? Men hech narsa to'g'risida o'ylagim kelmasdi. Men o'zimdan ham, Jamiladan ham hafa bo'ldim. Agar Doniyorning bundan keyin ashula aytmasligini, uning ovozini boshqa eshitmasligimni aniq bilsam Jamiladan butun vujudim bilan nafratlangan bo'lardim.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 10 Fevral 2010, 08:34:59
  Hozir o'lgudek charchab, ko'nglim negadir g'ash bo'lib, tezroq xirmonga yetib, somonga cho'zilsam derdim. Arava tinmay silkinib tinkamni quritar, tizgin qo'limdan chiqib-chiqib ketardi. Xirmonga yetib kelganimizda bir amallab otlarning xomutlarini yechdimda, ularni aravaning tagiga tashlab keyin somon g'arami ustiga borib cho'zildim. Doniyor kecha otlarni Doniyor tushovlabdi.
  Lekin ertalab juda xursand bo'lib turdim, ko'nglim musaffo tong kabi ravshan, quvonchga to'la edi. Ha men Jamila bilan DOniyorning suratini chizaman. Lekin " O'xshata olarmikinman?" degan gumon butun miyamni chulg'ab olgan edi.Ko'zimni yumib ularni qanday tasvir qilmoqchi bo'lsam, ana o'shanday tasavvur etdim. O'rnimdan irg'ib turdimda, kattakon soy bo'yiga tushib, qo'l-betimni yuvdim. Keyin o'tloqqa tushovlangan otlarni ko'zdan kechirdim. Ertalab shudring tushgan muzdek beda oyoqlarimni savalab, tizzamgacha shilta ho'l qilgandi. Lekin men buni pisand qilmay oldingga chopib borar, tevarak atrofdagi har bir narsani sinchiklab ko'zdankechirar, yodimda saqlab qolishga urinar edim. Mana, quyosh tog' orqasidan ko'tarilib kelar, ariq bo'yidagi yolg'iz kungaboqar esa unga tomon bo'y cho'zardi. Uni kakralar o'rab olgan, biroq kungaboqar bo'sh kelmay ko'kka intilar, sariq gulli boshlarini mag'rur ko'tarib, quyosh nurlarini simirardi. Mana, ariqning arava o'tgan joyidan -- g'ildiraklar izidan suv jimirlab oqmoqda, suv o'rtasida ko'karib turgan binafsharang yalpizdan atrofga muattar xid taralardi.
  " Qani endi rassom bo'lsamu, musaffo go'zal tongni, ko'k bilan o'pishgan azamat tog'larni, shudring qo'ngan ko'm-ko'k bedazorni, ariq bo'yidagi bir tup kungaboqarni suratga solsam!"
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 10 Fevral 2010, 09:42:46
  Biroq xirmonga kelishim bilan bu shirin hayollarimdan asar ham qolmay ko'nglim g'ash bo'ldi. Aftidan Jamila o'tgan kechasi uxlamay chiqqan bo'lsa kerak, ko'alari kirtayib, qovog'idan qor yog'ib turardi. Menga u nech narsa demadi, qayrilib qaramadi ham. Xirmonga brigadir O'rozmat kelib endi otidan tushayotganida Jamila uning yoniga bordida,salom-alik ham qilmay, tomdan tarasha tushgandek gapirib qoldi:
 -- Aravangizni oling! Qayoqqa yuborsalaring ham mayli, lekin stansiyaga g'alla tashimayman!
 -- Iye, senga nima bo'ldi Jamilaxon, jin tegdimi? -- dedi O'rozmat xazillashib.
 -- Jin tekkani yog'u, lekin bormayman dedimmi, bormayman.
 -- Bu gapingni qo'y, g'alla tashiysan, vassalom! -- dedi u qo'ltiqtayog'ini yerga do'q etkizib urib -- Agar birov hafa qilgan bo'lsa, ayt, mana shu tayog'im bilan gardaniga bir tushiray. Bo'lmasa, ishingga jo'na g'alla menga emas frontga kerak. Ering ham frontdaku. -- brigadir jahl bilan shartta burildida, tez-tez odimlab ketdi.
  Jamila g'ing deyolmay qo'lidagi qamchini o'ynatib, qizarganicha turib qoldi. Berigi oqda turgan Doniyorni ko'rdi-yu, sir-boy bermay og'ir birxo'rsinib qo'ydi. Doniyor hamma gapni eshitdiyu, lekin sezdirmadi. U teskari qaraganicha xomut iplarini qattiq tortib bog'lay boshladi. Jamila ham xirmon o'rtasida bir pas turdida, so'ng " ee, nima bo'lsa bo'lar " degandek qo'l siltab, aravasi tomon ketdi.
   O'sha kuni biz ovulga har kungidan barvaqt qaytdik. Chunki borayotganda ham, kelayotganda ham Doniyor otlarini zabtlab haydab bordi. Jamila g'amgin, gapirmas edi. Men qaqragan biyday dalani ko'rib ko'zlarimga ishonmasdim: axir kuni kech u xuddi afsonalarda tasvirlangandek gullab-yashnab turgandiku... Kechagi ajoyib manzara, Doniyor bilan Jamilaning aravada yonma-yon o'tirganlari sira ko'z oldimdan ketmas edi. Go'yo xayotning eng go'zal bir lavhasini qo'limda ushlab turgandek bo'lardim.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 10 Fevral 2010, 10:13:24
O'sha ajib bir lavha butun fikri hayolimni band qilgan edi.O'ylagan maqsadimga yetmagunimcha jonim xotirjamlik topmaydigandek edi. Xirmondagi xisobchining bir varaq qalin aog'ozini o'girlab olib, faram orqasiga yashirinib, g'alla sovuradigan kurak ustiga qo'yganimda yuragim chiqib ketayotgandek dukillab bo'g'zimga tiqildi. Otam meni birinchi marta ot ustiga mingizgandagi kabi "bismilloh" qalamni qog'ozga tekkizdim. Ana-mana deguncha Doniyorning qiyofasini qog'ozga chiza boshladim. Lekin bu hali mukammal bo'lmagan shunchaki o'rgamchikka chizilgan surat edi. lekin, Doniyorning qomati ancha o'ziga o'xshay boshlaganida boshim ko'klarga yetib, qayerdaligimni, nima ish qilayotganimni ham unitib qo'ydim. O'sh avgust tuni, yastanib yotgan bepayon dala qog'oz betida jilolangandek, Doniyorning dilrabo kuyi hozir ham qulog'im ostida jaranglab turgandek bo'ldi. Ko'z omgimda askarcha ko'ylagining yoqasi ochiq DOniyor bilan uning yelkasiga bosh qo'ygan Jamila gavdalandi. Bu mening umrimda birinchi marta mustaqil chizgan suratim edi. Mana arava, mana yonma-yon o'tirgan Doniyor bilan Jamila, mana bosh tashlab qo'yilgan tizginlar. Mana qotong'uda sag'risi zo'rga ko'rinib yo'rtib  borayotgan otlar, undan narida biyday dala, uzoq-uzoqlarda yulduzlar miltillaydi... Ishga shunchalik berilib ketibmanki, kimningdir tepamda jahl bilan qichqirganidan xushimga keldim. Qarasam Jamila ekan:
 -- Nima balo, kar bo'lib qoldingmi?
  U meni izlab yurgan ekan, shoshganimdan suratimni berkitishga ham ulgurolmay qoldim.
 -- Bug'doyni allaqachon yuklab bo'ldik, bir soatdan beri qichqiramiz-a, ovozing chiqsachi!.. Qo'lingdagi nima? -- deb Jamila suratni mendan tortib oldi va -- Bu nima qiliq! -- dedi avzoyi buzilib,. Qog'ozga termulganicha qoldi. O'shanda xijolatdan juda mulzam bo'ldim. Jamila suratga uzoq tikilib tirdida, keyin yoshlangan ko'zlari bilan menga ma'yus boqib:
 -- Shuni menga bergin-a, kichkina bola! -- dedi u sekingina -- sendan menga yodgor...
  Jamila surat solingan qog'ozni ikki buklab qo'yniga solib qo'ydi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 10 Fevral 2010, 10:35:26
  Biz yo'lga chiqib ovuldan ancha uzoqlashib ketguncha o'zimga kela olmadim. Qalbimni shu qadar to'lqinlantirgan o'sha lavhani qog'ozda aks ettira oldimmi yoki bu bir tush -- hayolmi deb gumonsiradim. Lekin shunday bo'lsa ham qalbimning chuqur bir joyida chizgan suratimdan faxrlanish xissi uyg'onib, yuragim sevinchdan to'lib-toshar, yaqinda bo'yoq topsam juda ko'p suratlar chizib, maktabga ilib qo'yardim, degan shirin hayollar meni mast qilardi. Endi bilsam, bu bolalikka xos bir fazilat ekan. Men o'z hayollarim bilan band bo'lib, juda tez ketayotganimizni ham payqamapman. Chunki oldinda borayotgan Doniyordan orqada qolmaylik deb Jamila otlarga ustma-ust qamchi urardi. Keyingi paytlarda Doniyor aravasini har qachongidan ham tez haydaydigan bo'lib qolgandi.
   Jamila Doniyor bilan yonma-yon borardi, . U goh o'ngga, goh so'lga qarar, ba'zan esa biron ayb ish qilib qo'ygandek ayanchli jilmayib turardi. Buni ko'rib men ham jilmayardim va "Chizgan suratim yangamga yoqdi shekilli, xafaligi tarqab ko'ngli yozildi. Jamila Doniyorga ashhula aytib ber desa u albatta aytib beradi... Demak, bugun Doniyorning ashulasini maza qilib tinglar ekanmanda...Ehh, tezroq ayta qolsa ekan" degan o'y ko'nglimdan kechardi.
  Bu safar biz stansiyaga ancha barvaqt yetib keldik. Lekin otlarimiz qora terga tushib ketgan edi. Tarozi ham bo'sh ekan, Doniyor aravadan tusha solib, qoplarni tashiy boshladi. Uning buncha shoshib-pishib ishlashiga, indamay tumshayib yurganiga hayron edik.Poyezdlar o'tganida Doniyor to'xtab qolib, uzoq vaqt qarab qolar, negadir chuqur o'ylanib qolardi.
  Jamila ham go'yo uning ko'nglidagini bilmoqchi bo'lgandek, Doniyor boqqan tomonga qaradi. Jamila aravasining yoniga borib Doniyorni chaqirdi:
 -- Beri kel-chi Doniyor, qashqa otning taqasi tushay deb turibdi, shuni yulib tashlagin.
  Doniyor otning tuyog'ini tizzalari orasiga qisib, taqani yulib olib qaddini rostlaganida, Jamila sekin shivirladi:
 -- Nima, menga oson deb o'ylaysanmi? -- dei Jamila xo'rsinib.
  Doniyor Jamilaga mehr bilan boqib allanima dediyu, lekin men eshitmay qoldim, chunki yuganidan ushlab turgan otim boshini siltab pishqirib yuborgandi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 10 Fevral 2010, 11:06:03
Doniyor nimadandir mamnun bo'lgandek taqani silab o'z aravasi tomon ketdi. Men unga qarab nahotki uning yuragi Jmilaning haligi so'zlaridan taskin topdi ekan, deb hayron bo'lardim. Axir "menga oson deb o'ylaysanmi?" degan so'zning nimasiga xursand bo'ladi. Biz qoplarni tashib bo'lib endi ovulga qaytmoqchi bo'lib turganimizda, xovliga egniga g'ijimlangan eski shinel kiygan, yelkasiga xalta ilib olgan bir oriq yarador askar kirib keldi. Undan sal oldin stansiyaga bir eshelon kelib to'xtagan edi. Haligi askar chor-atrofga alang-jalang qaradida:
 -- Gurkirov ovulidan kim bor? -- deb qichqirdi.Bu kim bo'ldiykin, deb o'yladimda:
 -- Men Gurkirovdan bo'laman -- dedim. Askar quvonib ketdi-da:
 -- Kimning bolasisan, ukajon? --  deb so'rab oldimga kelmoqchi bo'lgan edi, birdan Jamilaga ko'zi tushib turgan joyida dong qotib qoldi.
 -- Karimmisan? -- dedi Jamila shodlanib.
 -- Voy, Jamila singiljonim! -- deb askar Jamilaning yoniga yugurib borib, u bilan qo'sh qo'llashib so'rasha ketdi. Bu kelgan yigit Jamilaning uzoq qarindoshi, hanqishlog'i ekan.
 -- Buni qara-ya, xuddi bilgandek shu yoqqa qayrilibman-a -- dedi u xayajon bilan -- Sodiqning yonidan chiqqanimga atigi besh kun bo'ldi.Gospitalda u bilan birga yotdik, Xudo xoxlasa, u ham bir-ikki oyda kelib qoladi. Men kelayotganimda xotiningga xat yozib ber, o'z qo'lim bilan topshiray deb xat yozdirib olgandim... Juda yaxshi qilgan ekanmanda, mana, omonatingni ol! -- deb xursand bo'lib askar shinelining ichidan uchburchak xatni olib, Jamil;aga uzatdi. Jamila xatni shosha-pisha oldida quvonganidanmi, yo uyalganidanmi avvaliga qizarib, so'ngra rangi duv o'chib, indamay Doniyorga ko'z qirini tashladi. U boyagi xirmondagidek oyoqlarini kerib, aravasining yonida yolg'iz turarkan, Jamilaga ma'yus boqardi. Bu orada har tomondan yugurib kelishgan kishilar askarni o'rab olib, ba'zisi qarindosh, ba'zisi hamqishloq chiqib hol-ahvol so'rashib qolishdi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 10 Fevral 2010, 11:28:06
 Jamila o'z hamqishlog'iga minnatdorchilik bildirishga ulgurmagan ham ediki, Doniyor uning yonidan aravasini taqir-tuqur qilib o'tdi-da chang-to'zon ko'tarib yo'lga tushdi. Kishilar uning orqasidan:
 -- Nima balo, uni jin urdimi? Esi joyidami o'zi? -- deb qichqirib qolishdi.
  Askarni ham tanish-bilishlari olib ketishgan shekilli, xovlida yangam ikkalamizdan boshqa hech kim qolmapdi. Biz Doniyorning aravasi ko'zdan g'oyib bo'lguncha, olisda ko'tarilayotgan changga qarab turdik.
 -- Yur yanga, uyga ketaylik! -- deedim men.
 -- O'zing ketaver. -- dedi Jamila.
  Ana shunday qilib biz birinchi marta alohida-alohida ketdik.Havoning dimligidan hafas olish qiyin edi. Yerdan ko'tarilayotgan lablarimni qabarsitib, tomogimni qaqratib yubordi. Jazirama quyosh nuri ertalabdan kuydirib, qovjiratib yotgan yer beti endi sho'rxok tuz bilan qoplanib,asta-sekin soviyotgandek bo'lardi. Quyosh sho'rxok yerdan ko'tarilayotgan sarob singari parda ichida ufq sari cho'kib borardi.
 Uzoqda, ufq tepasida qizil-sur bulutlar yig'ila boshladi. Ba'zan kuchli garmsel esib, otlarning tumshuqlariga chang aralash oqish sho'rxoklarni keltirib urar, hamda ularning chang bosgan yol va dumlarini yulqib, yo'l bo'yidagi ermanlarni yulqib uchirib ketardi.
  "Yomg'ir yog'adi shekilli" deb o'yadim. Shunda yolg'izlik dardi ichimni o'rtab, allanimadan qo'rqqandek otlarni jadal haydab ketdim. Mengina emas, xatto uzun oyoqli tuvaloq qushlar ham bir narsadan cho'chigandek qamishzorlar orasiga kirib yashirinishdi. Shamol jazirama issiqdan qovjiragan qariqiz yaproqlarini allaqayerlandandir yo'l ustiga uchirib kelardi. Biz tomonlarda bunday o'simliklar o'smaydi. Chamamda, bu yaproqlar qozoq cho'llaridan uchib kelgan bo'lsa kerak. Tevara-atrofda qimirlagan jon yo'q, Doniyor ham ko'rinmaydi.Orqada qolgan Jamiladan ham darak yo'q. Quyoshning oxirgi nuri ham so'ndi, toliqqan dala ham uyquga ketdi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 11 Fevral 2010, 06:30:15
  Men xirmonga qosh qorayganda yetib keldim. U yer tinch g'ir etgan shabada yo'q. Doniyorni chaqirgan edim, qorovul javob berdi:
 -- U soyga ketdi, nima ishing bor ed? -- dedida, so'ngra bir yutinib olib o'zicha ming'irladi -- Havoning dimliginichi, hamma uy-uyiga ketdi, shamol bo'lmasa xirmonda ish bo'larmidi...
  Otlarni bedazorga tushovlab soyga burildim. Doniyor odatdagidek tik tushgan jar tepasida tizzasini quchoqlab, boshini quyi solganicha jar ostida suvning sharillab oqishiga quloq solib o'tirardi. Uning mustar bo'lib o'tirishi yuragimni ezib yubordi. Doniyorning yoniga borib, uni mahkam quchoqlab tasalli bermoqchi, iliq so'lar bilan ko'nglini ko'tarmoqchi bo'ldim. Lekin nima ham deya olardim, uni qanday yupataman axir. Anchagacha ikkilanib turdimda, so'ngra xirmonga qaytib ketdim.
  O'shandan keyin g'aram ustoda yotib, anchagacha uxlayolmay, osmonni qopklab kelayotgan bulutlarga qarab xayol surib ketdim. "Inson xayoti nega bunchalik murakkab, sira tushunib bo'lmaydiya". Jamilaning bo'lsa xali-hamon daragi yo'q. Nega buncha xayalladi ekan. Qayerlarda yurganikin, deb aravaning g'ildirak tovushlarini eshitishga zor bo'lib quloq solib yotdim. Qattiq charchagan bo'lsam ham sira uyqum kelmadi. Tog'larning tepasidagi bulutlar orasidan yashin yalt-yult etib chaqnardi.
  Doniyor kelganda hali uyg'oq edim. U nima qilarini bilmay, qayta-qayta yo'lga qarab, xirmonda biroz aylanib yurdida, so'ngra yonimga kelib o'zini yuztuban otdi.
  "Endi u ovilda qolmaydi, boshini olib ketsa kerak" deb o'ylardim. Lekin bechora qayerga ham borardi? Boshpanasiz bir musofir kimga ham kerak? Bechoraga qiyin bo'ldida, endi nima qilarkin?
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 11 Fevral 2010, 06:52:25
  Endi ko'zim ilingan ekan, xirmon tomondan arava rovushi eshitildi. "Jamila bo'lsa kerak" deb o'yladim uyqu aralash. Qancha uxlaganimni bilmayman, bir vaqt naq qulog'im tagida shitirlagan tovush eshitilib, birov kelayotgandek bo'ldi. Qanot serpigandek bir sovuq narsa betimni silab o'tdi, ko'zimni ochsam Jamila ekan. Cho'milib kelgan bo'lsa kerak, ko'ylagini ham xo'llab olibdi, shuning uchun ham yonimdan o'tayotganda salqin shaboda esgandek bo'ldi. Jamila to'xtab qoldi-da, u yoq-bu yoqqa alanglab, Doniyorning bosh tomoniga o'tirdi.
 -- Doniyor, mana men o'zim keldim! -- dedi u sekin shivirlab.
  Atrof jim-jit, osmonni gumburlatib yashin chaqnadi.
 -- Hafa bo'ldingmi? Qattiq hafa bo'ldingmi?
  Yana jimlik cho'kdi, qirgo'qdan tuproqning suvga  "sho'lp" etib tushgani eshitildi.
 -- Lekin mening aybim nima? Senda ham gunoh yo'q.
  Tog'lar ustida yashin gumburladi. Jamila cho'chib yalt etib qaraganida yashin uning yuzini yoritib yubordi. Jamila atrofga bir qaradida, o'zini Doniyorning ko'ksiga tashladi. Uning yelkasi Doniyorning baquvvat qo'llari ostida dir-dir uchardi. Jamila ham g'aramga cho'zilib DOniyor bilan yonma-yon yotdi. Kuchli shamol somonni ko'kka sovurib, xirmon chetida qiyshayib turgan o'tvni yalab o'tdida, quyun bo'lib osmonga ko'tarildi. Chaqmoq bulutlar ostida ko'kimtir iz qoldirib, qarag'ay singandek qasira-qusur ailib hamma yoqni larzaga soldi. Azoyi badanim titrab, ham qo'rqib, ham quvonib ketdim. Momaqaldiroq, yoaning oxirgi momaqaldirog'i yopirilib kelar, ilk kuz nafasi dimoqqa urilardi. Endi Jamilani hech qanday kuch to'solmasdi, u Doniyorga sekin shivirladi:
 -- Chindan ham gumonsiradingmi, nahotki men seni unga almashtirsam! U meni hech qachon sevgan emas, sevmaydi ham! Mayli, kim nima desa deyaversi, lekin men senikiman! Yolg'izim, azizim, men seni hech kimga bermayman. Men seni ko'pdan beri sevaman. G'oyibona oshiq bo'lib kelishingni intizorlik bilan ko'zim to'rt bo'lib kutgandim. kutganligimni bilgande, mana, sen ham meni izlab kelding...
  Jarlik yoqasidagi soy qirg'oqlaridan ivib suvga tushayotgan tuproq chaqmoq yorug'ida ko'rinib turardi. Dastlabki yirik yomg'ir tomchilari somon ustiga shitirlab yog'a boshladi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 11 Fevral 2010, 07:17:19
 -- Jamilam, jonginam, sevgilim Jamilaxon! --deb Doniyor qirg'izcha va qozoqcha eng nafis so'zlar bilan o'z ma'shuqasini erkalatardi. -- Men ham seni ko'pdan beri sevib yurardim. Umrimda ko'rmagan bo'lsam ham okoplarda yotib seni o'ylardim. Sevgan yorim Vatanimda ekanligini bilardim. Bu sen ekansan, Jamilam!
 -- Shunqorim, mard lochinim! Bu yoqqa qarachi, ko'zlaringga to'yib boqay!
  Yomg'ir sharros quyib berdi. qora uy tepasiga yopilgan namatlar xuddi qanot qoqqan qushdek uchib ketdi. Goh qiyalab, goh tik quygan jala yerni orziqib kutgandek ustma-ust o'pardi. Ketma-ket momaqaldiroq gumburlab, butun osmon qa'rini tilib o'tgandek bo'lardi. Uzoq-uzoqlardagi tog'lar bahor lolaridek qizrib ko'rinardi.
  Yomgir kuchaya bordi. Men bo'lsam somonga ko'milib olib yuragimning duk-duk urishini sezib yotardim. Men nihoyatda bahtiyor edim. O'zimni uzoq kasallikda so'ng birinchi marta ko'chaga chiqqan odamdek xis etib, har bir narsaga suqlanib qarar, go'yo xayot lazzatini endi bilayotgandek edim.
  Yog'in ham, chaqmoqlarning yorug'i ham somon ostida yotgan yerimga yetib borardi. Lekin men o'zimni juda yaxshi xis etardim. Uyquga ketar ekanman, o'zimcha kulimsirab qo'yardim. qulogimga chalingan sharpaning nima ekanligini bilmasdim. Bu Jamila bilan Doniyorning shivirlashimi, yo bo'lmasa tinayotgan yog'irning somonga shitirlab tushishimi?
  "Mana endi yomg'ir tinmaydi, hademay kuz ham kiradi" derdim o'zimga o'zim. Nam somon bilan erman hidi dimoqqa urilib kuzdan darak berardi. Lekin bu kuzda bizni nimalar kutayotgani haqida o'ylamabman.
  O'sha kuzda men ikki yillik tanaffusdan so'ng yana maktabga qatnay boshladim. Darsdan bo'sh vaqtlarimda haligi soy bo'yidagi jar tepasiga borib o'tirardim. Xirmon xuvillab bo'shab qolgan edi. Bu yerda men maktabdan olgan bo'yoqlarim bilan o'zimning dastlabki etyudlarimni chizdim. Chizgan suratchalarimdan o'zimning ham ko'nglim to'lmas edi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 11 Fevral 2010, 08:09:20
  "Bo'yoqlarimning mazasi yo'q. Qani endi chinakam asl bo'yoqlar bo'lsa" -- deb o'ylardim ichimda. Yaxshi bo'yoqlarni qanday bo'lishini bilmasdim ham. Rassomlar ishlatadigan moybo'yoqlarni faqat keyingi vaqtlardagina ko'rishga muyassar bo'ldim. Bo'yoq o'z yo'li bilanu, lekin muallimlarning gapida ham jon borga o'xshardi: rasoom bo'lish uchun o'qish kerak. Lekin bu gap to'g'riligini biliob tursam ham o'qishimga ko'zim yetmasdi. O'qish qayoqda deysiz. Akalarim dom-daraksiz ketgan bo'lsa, men ikki uyning yolg'izgina dastyori bo'lsam o'qishga yuborisharmidi. Shuning uchun o'qish to'g'risida og'iz ham ochmasdim. Lekin o'qishni qo'msab, borolmasligimga ich-ichimdan achinardim. Buning ustiga bu yil kuzning bu qadar ko'rkam kelishini aytmaysizmi. qo'lingdan kelsayu o'tirib chizsang ajoyib surat chiqardi-da.
  Gurkirovning suvi kamayib, qozondek-qozondek suvlar turtib chiqib, ularning usti yam-yashil, sap-sariq yo'sin bilan qoplangandi. Ertalabki izg'irindan yalang'och tolchalarning tanalari qizarib ketgandi. Biroq teraklarning sap-sariq yaproqlari hali to'kilmagan edi.
  Yiqichilarning yozi bilan o't yoqilaverib tutundan qorayib ketgan o'tovlari katta soyning u yer-bu yerida ko'zga tashlanardi. O'tovdan buralib-buralib chiqayotgan ko'k tutun xuddi to'y-to'ylagan xotinlardek ovulma-ovul suzib yurishardi. Toychalar atrofga yoyilib ketgan onalarini qidirishib, zo'r berib kishnashard. Endi toychalar kishnagani-kishnagan, chunki biyalarni to bahorgacha uyurda saqlash qiyin. Tog'lardan qaytgam mollar xosili yig'ib olingan dalalarda poda-poda bo'lib yurishardi. Dasht sahni tuyoq izlaridan ilma-teshik bo'lib ketgan edi.
  Bu yil ham kuz kuzligini qildi: hammayoqni to'zitib izg'irin shamol qo'zg'aldi va osmonning avzoyi buzilib qor aralash yomg'ir yog'a boshladi. Bir hafta surunkasiga yoqqan yomg'ir bir kun sal tinishi bilan, men Gurkirov tomonga qarab jo'nadim. Toshloqdagi bit tog' chetani qip-qizil chog'dek yonib, "meni suratga ol" degandek bo'y cho'zib turardi.
  Men soy bo'yidagi butalar orasida surat chizib o'tirganimda qosh qorayib qolgan edi. Bir vaqt boshimni ko'tarib qarasn haligi soxilda ikki kishi turibdi, daryoning sayoz joyidan o'tishgan bo'lsa kerak. Ularning Doniyor bilan Jamila ekanini darrov tanidim.  Men ularning jiddiy va tashvishli yuzidan ko'zlarimni uza olmay tikilib turdim. Doniyor har galgiday dadil qadam tashlar, yurgan sayin shinelining bari oxori to'kilgan askarcha etigining qo'njlariga shartillab tegardi. Jamila bo'lsa egniga bozorga borganda kiyadigan parcha-parcha gullik ko'ylagini, chiybaxmal choponini kiyib, boshiga oq jun ro'molini o'rab olgandi. Bir qo'liga tugunchak ko'tarib, ikkinchi qo'li bilan Doniyorning xakltasidan ushlab bormoqda. Ular yo'l-yo'lakay nimalar to'g'risidadir o'zaro gaplashib borishardi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 11 Fevral 2010, 08:23:56
  Ularning ovulimizni tashlab qayoqqadir ketishayotganini sezib, yuragim "jiz" etib ketdi. Mana, ular jarlikdan o'tib qamishzor oralab ketib borardi. men bo'lsam xuddi bir narsasini yo'qotgan kishidek, ularning orqasidan qarab nima qilarimni bilmay qoldim. Qichqirayin desam nafasim siqilib, ovozim chiqmasdi.
  Quyosh tog'lar oralab suzib borayotgan bulutlarga qixg'ish nurlarini so'nggi bor sochdi. Atrofni qorong'ulik qoplay boshladi. Doniyor bilan Jamila orqa-oldilariga qaramay temir yo'l razyezdini ko'zlab tez-tez odimlab borishmoqda. Bora-bora ularning qoralari uzoqlashib, qanishlar orasiga kirib butunlay g'oyib bo'ldi. Ana o'shandagina men o'zimga kelib orqalaridan ovozimning boricha:
 -- Jamilaaaaaaa! -- deb qichqirdim.
  Dala ustida ancha vaqtgacha "a-a-a-a" degan aks-sado eshitilib, birozdan so'ng so'nar edi. Yana bir marta jahl bilan:
 -- Jamilaaaa! -- deb qichqirdim-da, so'ng ularning orqasidan yugurib qoldim. Suvni suv demay ularning orqasidan oyoqyalang, boshyalang yugurib quvib borardim. ust-boshim jiqqa xo'l bo'lgandi, shunga qaramay, yana tezroq chopa boshladim. Birdan oyog'im nimagadir chalinib ketdi-da, yuztuban yiqildim. Boshimni ko'tarmay ikki qo'lim orasiga olib o'ksib-o'ksib yig'lab yubordim. Ko'z yoshlarimdan namlangan mayin tuproq qo'l betimni muzlatib, g'ira-shira qorohg'ulik ko'nglinmga g'ulg'ula solgandek o'pkam qisilib achchiq-achchiq yig'ladim. Qamishlar go'yo mening xasratimga sherik bo'lgandek tinmay shitirlashar edi.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 11 Fevral 2010, 08:51:37
 -- Jamila, Jamila! -- derdim men o'pkamni bosolmay piq-piq yig'lab. Men eng yaqin, eng aziz odamlarim bilan xayrlashar edim. Mana xozirgina yerda yotib o'zim ham Jamilani sevib qolganimni tushundim. Bu mening ilk bolalikdagi sevgim edi.
  Yuzimni ko'z yoshidan xo'l bo'lib ketgan yengimga artib yana anchagacha yig'lab o'tirdim. Men faqat Jamilalar bilan emas, balki bolalik davrim bbilan ham hayrlashar edim.
  Qorong'ida timirskilanib uyga kelganimda shovqin-suron avjida edi: it egasini tanimasdi. Kimdir otga egar urardi, bezori Usmon bo'lsa har kungidek mast, otini gijinglatib, ovozini boricha baqirardi:
 -- Aytmaganmidim, mana oqibati nima bo'ldi. Yo'lchiboy ota sharmandayu-sharmisor bo'ldi. Qani ketdik, bu sayoq it, chala qozoqni ushlab bo'ynini uzmasam otimni boshqa qo'yaman. O'n yiga kesilsam kesilamanu, lekin har qanday yalangoyoqning xotinlarimizni olib ketishlariga yo'l qo'ymayman. Qani ketdik yigitlar! Qayerga ham borardi deysan?
  "Ular qaysi tomonga borarkin" degan fikr hayolimdan o'tdiyu, yuragim shuv etib, a'zoyi badanim muzlab ketdi. Nima qilarimni bilmay otliqlarning orqasidan men ham ovul chekkasiga yugurib bordim-da, ularning razyezd tomonga emas stansiyaga olib boradigan katta yo'ltomonga burilib ketganlarini ko'rib jonim o'rniga tushdi. So'ngra uyga qaytib keldimda, yig'laganimni hech kim bilmasin deb, otamning to'niga o'ralib yotdim.
  Ovulda har-xil mish-mish gaplar tarqaldi. Hamma xotinlar Jamilani qoralashardi:
 -- Ahmoq-da! Aqli bo'lsa tuz ichgan joyiga tuflab, sang'ib yurgan bir musofirga ergashib ketarmidi.
 -- Shunisiga kuyamanda. Uning nimasiga qiziqdi ekan deymanda! Eski shineli bilan,teshik etigidan boshqa hech balosi yo'q ediku!
 -- Qo'tan-qo'tan qo'yi bbormidi!. Uyi yo'q-joyi yo'q, nasl-nasabi betayin bir daydi-da! Mayli, uvoli o'ziga, hali attang deydi...Bu tannoz xotinning xolini o'shanda ko'ramiz.
 -- Tavba, Sodiqdan ortiq erni topib bo'pti!
 -- Qaynonasini aytmaysanmi, qaynonasini! Bunday yovvosh qaynonani qayerdan topadi? O'ziga o'zi qildi, juvonmarg, mayli!
  Burungi yangamni Jamilaning qilmishini qoralamay, to'g'ri deb topgan yolg'iz men bo'lsam kerak. Doniyorning eski shineli, teshik etigidan boshqa hech narsasi bo'lmasa ham, lekin uning ma'naviy boy, qalbi yuksak odamligini men bilmaganimda kim biladi? Jamila Doniyorning etagini ushlab ketib, o'z baxtini topadi, degan gaplarga ishonish u yoqda tursin, aksincha, men u o'z baxtini endi topdi, deb ishonardim. Faqat oyimga achinardim xolos, Jamila bilan birga uning butun kuch quvvati ketgandek. Oyim g'amgin bo'lib, o'zini ancha oldirib, qaddi bukilib qoldi. Ohh, bechora oyim. Xayot oqimi ba'zida eskilik ildiziga shafqatsiz bolta urib, yangi baxt sari intilishini oyim tushunmasa kerakda.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 11 Fevral 2010, 10:05:19
  Agar bo'ron azim chinorni tag-tomiri bilan qo'porib tashlasa, u qaytib qaddinin rostlayolmaydi...Oyimning har bir xatti-xarakatidan uning oldingi kuch-quvvati qolmaganligi bilinib turardi. Ilgai u hech kimdan ignaga ip o'tkazib berishini iltimos qilmas, qarilik g'ururi bunga yo'l qo'ymasdi. Bir kuni uyga kirib kelsam, oyim ignaning ko'zini topolmay qiynalib yug'lab o'tiribdi.
 -- Ma, ipni o'tkazib berchi! -- dedi u qaltiragan qo'llari bilan igna va ipni menga uzatib. So'ngra og'ir xo'rsindida ko'z yoshlarini artib o'zicha ming'irladi: -- Ee, sho'rlik kelinim, ko'ra-bila turib o'zingni o'tga tashlading-a. Uyimning to'ri seniki, yeganing oldingda, yemaganing ketingda edi...O'zingni o'zing juvonmarg qilding...Bizni dog'da qoldirib ketding...Nega ketding...Uyimizda nima kamchilik ko'rding...Sho'rlik Jamila...
  Oyimni bunday mung'ayib o'tirganini ko'rib, o'zimni tutolmay, beixtiyor "Yo'q oyi, u sho'rlik emas" deb qichqirib yuborgim keldiyu, lekin o'zimni bosdim. Oyimni mahkam quchoqlab Doniyorning kimligini, uni jonimdan aziz ko'rishimni aytib, yig'lab yuborishimga oz qoldi. Lekin bu so'zlarni aytishga tilim borarmidi. Bu gapim bilan oyimnni bir umrga hafa qilgan bo'lardim. Lekin baribir bu "begunoh qilmishlarim" sir bo'lib qolmadi.
  Oradan ko'p o'tmay Sodiq akam harbiydan qaytib keldi.Rostni aytganda u ko'rinishdan uncha sir-boy bermagan bo'lsa ham, lekin nomusdan kuyinib jig'ibiyron bo'lib yurdi. Usmonlar bilan ichishib qolgudek bo'lsa:
 -- Ketgan bo'lsa sadqai-sar. Sarson-sargardon bo'lib yurib, oxiri bir kuni ochidan o'ladi-ketadi! Xotinman deganing to'lib yotibdi, chertib-certib olish mumkin. Oltin boshli xotindan baqa boshli er yaxshi! -- derdi jahl bilan.
 -- Gaping-ku to'g'ri-ya -- deb javob qaytarardi Usmon -- afsuski, o'shanda qo'limga tushmadi-da. Unisi ichak-chavog'ini ag'darib, bunisini sochlaridan otga bog'lab sudratardim! Ehtimol, ular janubda paxta dalalarida, yo bo'lmasam qozoq dalalarida tentirb yurishgandir. Sayoqlik Doniyorga kasb bo'lib qolgan. Shunisiga dog'manki, buni hech kim bilmay, hech kim sezmay qolgan-a... Qanday bo'lganiga kishining sira aqli yetmaydiya... Bu ishning hammasini o'sha qanjiqning o'zi qilgan. Isiniyam chiqarmadiya, la'nati, bo'lmasa men uni naq!..
  Bunday gaplarni eshitganimda qonim qaynab, mushtlarimni qisardim. Kuchim yetsa o'sha Usmonning basharasiga tuflab: "Pichan o'rog'ida adabingni bergani esingdan chiqibdi-da...Eng yaramas, eng razil odam sensan-ku!" degan bo'lardim.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 11 Fevral 2010, 10:19:42
  Bir kuni uyda maktab devoriy gazetasiga rasm chizib o'tirgan edim, oyim ham pechka oldida cho'qqayib o't yoqib o'tirardi. Bexosdan eshik ochilib rangi ko'karib, g'azabidan ko'zlariga qon to'lgan Sodiq akam kirib keldi. U meni ustimga yopirilib kelayotganida yelkasiga tashlab olgan shineli yerga tushib ketdi.
 -- Buni sen chizdingmi? -- dei bir varaq qog'ozni umshig'imga taqab. Qog'ozdagi suratni ko'rib yuragim orqamga torib ketdi: bu o'sha xirmonda qalamda chizgan Doniyor bilan Jamilaning surati edi. Suratga ko'zim tushishi bilan go'yo ular menga qarab turishgandek bo'ldi. "Qiziq, Jamila buni nega tashlab ketdiykin? Uni bir yerga yashirib qo'ygan-u, keyin esidan chiqarib ketgan bo'lsa kerak!" deb o'yladim ichimda.
 -- Ha, men chizgan edim.-- dedim.
 -- Bu-chi, bu kim o'zi?
 -- Doniyor.
 --E ablah. Sotqin -- deb o'shqirdi Sodiq akam menga va suratni mayda-mayda qilib yirtdi-da, oyog'i ostiga olib toptab keyin esikni qattiq yopib chiqib ketdi. Uy ichiga og'ir jimlik cho'kdi.
 -- Sen buni bilarmiding? -- de so'radi oyim bir mahal.
 -- Ha, bilardim.
  Oyim pechkaga o't yoqib o'tirib menga shunday ta'na va hayrat nazari bilan qaradiki, men nima qilishimni bilmay, bosh barmog'imni uzib olgudek bo'lib:
 -- Men ularning suratini yana chizaman! -- dedim.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 11 Fevral 2010, 10:36:35
  Oyim g'ing demay boshini ma'yusgina chayqab yerga boqdi. Yerda sochilib yotgan suratga qarab ichimni o'tdek o'rtayotgan xo'rlikka hech chidayolmadim. Mayli, men oilamiz, urug'imiz uchun "sotqin" bo'layin. Biroq men odamgarchilikka, haqiqatga, xayot haqiqatiga xiyonat qilganim yo'q. Mening ko'nglim sof, niyatim xolisligini hech kim bilgan emas. Buni odamlarga ham aytib bo'lmaydi, boshqalar tugul xatto oyim ham tushunmasdi, albatta.
  Oyim indamay o'tiraverdi. Izza bo'lganimdan ko'zlarimga yosh kelidi. Yirtib tashlangan surat parchalari go'yo jonliday yerda aylanib yurardi. Doniyor bilan Jamilaning yorqin qiyofasi sira kko'z o'ngimdan ketmas, Doniyorning o'sha avgust kechasi aytgan orombaxshqo'shiqlarini yana eshitayotgandek bo'lardim. Ularning ovuldan ketganlarini esladimda, men ham g'ayratga to'lib ular kabi o'z istiqbolim yo'lida qiyin safarga otlanishga qat'iy bel bog'ladim.
 -- Men o'qishga ketaman -- dedim oyimga -- Rassom bo'lgim keladi. Rassomlik o'qishiga boraman, otamga ham aytib qo'ying.
  Men xozir oyim urushda xalok bo'lgan akalariimni eslab yig'lasa kerak. deb o'ylagan edim. Lekin baxtimga oyim yig'lagani yo''u, faqat g'amgin, eshitilar, eshitilmas qilib gapirdi:
 -- Mayli, o'zing bilasan, borsang bora qol...Uchirma qanot bo'lganlaringdan keyin gapimizga kirarmidilaring. Har qaysing o'z bilganlaringni qilasizlar. Biz nimani bilamiz. Balki sizlarning bilganlaring to'g'ridir, balki juda katta odam bo'lib ketarsanlar... Hozir zamon o'zi shunaqa-ku. Mayli, boraver... Ehtimol o'sha yoqlarga borganingdan  keyin suratkashlik yaxshi kasb emasligini o'zing tushunib olarsan...Uyingni, ota-onagni unutma, nasihatim shu...
  Shu kundan boshlab kichik uy o'z-o'zidan bo'linib ketdi. Hademay men ham o'qishga jo'nadim.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 11 Fevral 2010, 10:50:24
  Rassomlik maktabini bitirib, o'z mahoratimni oshirish uchun yana Sankt-Peterburg akademiyasiga o'qishga borganimda o'z diplom ishimni topshirdim. Bu diplom ishi -- ko'pdan beri orzu qilib, yuragimda saqlab yurgan suratim edi.
  Albatta sizlar bu suratda Doniyor bilan Jamila tasvirlanganini darrov fahmlagandirsizlar. Ular daladagi yolg'izoyoq yo'ldan yonma-yon ketishar edi. Doniyorning shineli shamolda yelpinib, yuzidan sevinch balqigan Jamila uning xaltasida ushlab olgandi. Ularning oldida Dniyor kuylagan poyonsiz, yorug', keng dala yastanib yotardi. Hozir olamda Jamila bilan Doniyordan  baxtli odam bo'lmasa kerak!
  To'g'ri, suratimni har tomonlama mukammal, bekamu-ko'st ishlangan deb aytolmayman. Axir mahorat degani o'z-o'zidan darrov kelmaydi-ku. Bu og'ir--mashaqqatli mehnat mevasi. Lekin baribir bu surat men uchun dunyoda eng qimmatli, eng aziz narsa edi. Chunki, o'zimdagi san'atga bo'lgan barcha mehr-muhabbatim, ixlosim, zavqimni ana shu suratga bergandim.
  Mana endi ancha tajribali bo'lib qolgan bo'lib bo'lsam ham, ba'zan chizgan suratlarim ko'nglimdagidek bo'lib chiqmaydi. O'zimga yoqmaydi, o'shanda o'z kuchimga o'zim ishonmay, gumonsirab qolaman. shunday og'ir damlarda o'sha surat -- Doniyor bilan Jamila meni o'ziga chorlaydi. Ularga uzoq tikilib har gal ular bilan maslahatlashganday bo'laman.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: saltanat 11 Fevral 2010, 11:32:22
  "Hozir qayerdasiz, qaysi yo'ldan ketyapsiz? Hozir da;lamizda yangi yo'llar ko'p. Qozog'istondan tortib Oltoy va Sibirga qadar cho'zilib ketgan. Hozir u yerlarda cho'lni bo'stonga aylantirish, yangi yerda yangi turmush qurish uchun ko'plab azamatlar mardona mehnat qilmoqdalar. Balki sizlar ham o'sha yoqqa ketgandirsizlar! Unday bo'lsa oq yo'l! Safarlaring bexatar bo'lsin! Jamila, mening Jamilam, sen boshingni baland ko'tarib keng daladan mag'rur qadam tashlab ketding... Hozir ham o'shandaymisan, hozir ham yo'l yurishdan toliqmaysanmi? Yo o'z kuchingga ishonmay, charchagan ikkilanib qolgan kunlaring ham bo'ladimi? Bo'sh kelma bardam bo'l, Doniyordan madad ol! Doniyor senga sevgi, vafo, ona Yer, xayot to'g'risidagi jo'shqin kuylarini kuylab bersin. O'shanda ko'z o'ngingda keng dala gullab, avgust tunidagi kuchli bo'ron guvillasin! Olis yo'ldan qo'rqma Jammila, sening yo'ling baxt yo'lidir, sen o'z baxtingni topding!"
   Men ularga qarab Doniyorning ovozini eshitaman, demak, Jamila ikkisi meni safarga chorlaydi. Ha, men yo'lga chiqishim kerak. Ha keng dala bag'ridan o'tib,ovulimga boraman! Tug'ilib o'sgan yerim -- kuch-quvvatim. Men undan yangi-yangi bo'yoqlar topaman. Chizgan suratimning har bir bo'yog'idan, har bir lavhasidan Doniyorning kuyi eshitilib tursin! Chizgan suratimning har bir bo'yog'ida, har bir chizigida Jamilaning qalbi urib tursin! 



                                                                                                                      1958-yil.
Nom: Re: Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Yuborildi: AbdulAziz 13 Fevral 2010, 08:53:15
Jamila (qissa)

(http://ziyouz.com/images/books/jamila.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=600)

Muallif: Chingiz Aytmatov
Hajmi: 157 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=600)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4333.0)