forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumchilar blogi => Mavzu boshlandi: Mr.Twister 10 Fevral 2010, 00:50:45

Nom: Shukrona
Yuborildi: Mr.Twister 10 Fevral 2010, 00:50:45
Assalamu alaykum.

Keling, shukr qilaylik, borligimizga, ust boshimiz butunligiga, dunyomiz tinchligiga Ollohga shukronalar aytaylik.

Bu mavzuni ochishimdan maqsad, ba'zan qiyin ahvolga tushib qolganimizda Ollohni eslaymizu, undan qutilib, ishlarimiz rivoj topganida esa Ollohni eslamaymiz. Bu esa noshukurlikning birinchi belgilaridan deb o`ylayman.
Nom: Re: Shukrona
Yuborildi: Mr.Twister 10 Fevral 2010, 02:04:55
O`ylab qoldim, nega biz "Shukur" so`zini esdan chiqaramiz, bahona qilish mumkin insonmiz, esdan chiqarguvchimiz deb. Lekin, mening fikrimcha, bu egaistlik xislatidan, qilgan ishlarimiz, erishgan yutuqlarimiz, sog`ligimizni hammasini o`zimiz hech kimning yordamisiz bajardim deb o`ylamiz.

Banda, nega shukur qilmaysan...

Sog`ligingdan noliysan, bir masjid tomonlarga o`t, Jum'aga bor, ko`rasan oyog`i yo`q, qo`li yo`q. Lekin iymon bor, sajda qiladi.
Rizqingdan noliysan, Olloh har bir kishiga rizqini o`zi taqsimlagan, tashqariga chiq tilamchini ahvoliga qara. Lekin u o`sha kimdir bergan ozgina pulga shukur qiladi, pul yo`q, lekin iymon bor, shukur bor.
Zamonadan noliysan, qo`pol bo`lsa ham aytaman "ovozingni o`chir", bundan ziyod yaxshi zamonni qayerda ko`rgansan, Alhamdulillah yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo.
Ishin yurishmayaptimi, shunisiga ham shukr qil.

Shukur qil, shukur qil
Nom: Re: Shukrona
Yuborildi: Mahdiyah 10 Fevral 2010, 07:26:31
Bir inson aytganakan:
"Sen Allohni hursandchilik kuningda eslagin... U seni qiyin kuningda eslaydi!"

P.S. Blog muborak. Yaxshi mavzu  :)
Nom: Re: Shukrona
Yuborildi: Hadija 19 Mart 2010, 12:26:52
«Қачон инсонни бирон зиён ушласа, у Ларвардигорига тавба-тазарру қилган ҳолида дуо-илтижо қилур. Сснгра қачон (Аллоҳ) Ўз томонидан унга бирон неъмат ато стса, (инсон) илгари (Аллоҳга) қилган дуо-илтижоларини унутиб қсюр...». (Зумар: 8).

«Қачон инсон зотига бирон зиён-мусибат етса, ётган ҳолида ҳам, стириб ҳам, туриб ҳам Бизга дуо-илтижо қилур. А­нди қачонки ундан мусибатини кеткизсак, гуё (ҳеч қачон) сзига етган бало-мусибатдан Бизга илтижо қилмагандек (юз сгириб) кетур. Ҳаддан ошувчи кимсаларга сз қилмишлари мана шундай чиройли қилиб қсйилди» (Юнус: 12).

«Қачон (кофирларни) тоғлардек тслқин(лар) сраб олса, улар чин ихлос билан Аллоҳга дуо илтижо қилурлар. А­нди қачонки, (Аллоҳ) уларга нажот бериб, қуруқликка (чиқарса), у ҳолда улардан (айримларигина) тсғри йсл тутувчидир» (Луқмон: 32).

«Қачон денгизда сизларга бирон мусибат етса, сизлар илтижо қиладиган бутлар ғойиб бслур, фақат Унинг Ўзигина қолур. А­нди қачонқи, У зот сизларга нажот бериб қуруқликка чиқариб қсйгач, сизлар Ундан юз сгирурсиз. Дарҳақиқат, инсон куфрони неъмат қилувчидир» (Исро: 67).

Ҳа, инсон табиати шундай! Аллоҳ таоло айтади: «А­й инсон, нима сени улуғ Ларвардигоринг ҳақида (Унга ибодат қилмасанг ҳам бславеради, деб) алдаб қсйди?! У сени сратиб, сснг (барча аъзоларингни) тиклаб, сснг (қоматингни ҳам) расо қилиб, қсйган зот-ку! У сени Ўзи қай суратни хоҳлаган бслса (сша сурат — шаклда) таркиб топтирди — ижод қилди-ку!» (Инфитор: 6-8).

Фитрат мантиқининг сзи кишини Аллоҳ таолога йсллар скан, ваҳоланки фитрат холис виждоннинг сзи ҳам смас, холис ақлнинг сзи ҳам смас, балки иккаласининг, съни виждон-қалб ва ақлнинг аралашмасидир.

Manba: islamnuri.com

Kecha yuqoridagi misol qilib Qur'ondan keltirilgan oyatlarni o'qib judayam ta'sirlandim. Haqiqatda boshimizga sinovli kun tushganda, mushkul vaziyatda qolganda yolg'izlanib qolganda faqat va faqat najotkorimiz Alloh taolo bo'ladi. Yaxshi kunimizda esa shkurona qilmay yana yana dunyo bilan mashg'ul bo'lib qolaveramiz! :( Aslida bu ham bizning noshkurligimizdandir balki! Shu keladigan sinov ham gunohlarimizga kafforat bo'lishi haqida esa o'ylab ham ko'rmaymiz...
Nom: Re: Shukrona
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 19 Mart 2010, 15:42:44
Bismillohir rahmonir rahiym! Ulamolardan biri Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning bir kitoblaridagi, quyidagi gaplari esimga tushdi: "Ey, do'stim! Seni ALLOHning rizqini eng ko'p bilgan, eng ko'p tanovvul qilgan, eng ko'p mazasini tatigan bu tishing ediku, bu tishlarning rizqlarni yeganini eng ko'p ko'rgan tiling ediku, rizqni yeyaverib tishlaring to'kilib ketdi, lekin bu tilingdan shukr chiqmadi" degan ekanlar. Yaratgan egam ALLOH bizlarni noshukurlikdan saqlasin!
Nom: Re: Shukrona
Yuborildi: Sadulla 19 Mart 2010, 16:19:37
Assalomu alaykum Wr Wb.Barchangizni Jumadul ayyom bilan tabriklayman.Juda ham yaxshi mavzu ochilibdi.Bandaga rizq bergan Zotga shukr qilish mo'minnig eng oliy sifatlaridan biridir.Shukr qilish ne'mat beruvchi Zotga maqtov so'zlarini aytish va ne'matni uni bergan Zotning roziligi uchun ishlatish bilan mukammal bo'ladi.Banda shukr qilishi uchun doimo o'zining ahvolidan ham yomon ahvolda bo'lgan bandaga nazar tashlashi kerak.Agar o'zidan ko'ra yaxshi yashayotgan bandaga nazar solsa,xafa bo'lib,bu narsalarni Olloh unga rizq qilib berganini unutib qo'yishi ham mumkin.Bunda shukrning ziddi kelib chiqadi.Banda bu dunyoda yashayotgani uchun ham,sog'-salomat yurgani uchun ham shukr qilishi kerak.Olloh barchamizni shukr qiluvchi bandalardan qilsin!
Nom: Re: Shukrona
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 19 Mart 2010, 17:30:55
Nega nolib yashaysan, berganiga shukr qil,
Ko'zing yorug' dunyoni ko'rganinga shukur qil.

Shivirlagan maysalar qilam bo'ldi yo'lingga,
Oqar suvlar uyinga kelganiga shukr qil.

Boshin egib daraxtlar, yuz ming nozu ne'matlar,
Dasturxonni to'ldirib turganiga shukr qil.

Bahor bilan qo'shilib, darvozangga urilib,
Ayvoningga qaldirg'och kirganiga shukr qil.

Jajjigina qo'lida yurt tuprog'i bolangning,
Ohista qadam tashlab, yurganiga shukr qil.

Ahtamquli ogoh bo'l, olamda yoq bunday yurt,
Qalam qog'ozga ko'ngling yozganiga shukur qil 
 

Nom: Re: Shukrona
Yuborildi: Robiya 19 Mart 2010, 17:38:52
Assalamu alaykum! Hozir Ismoil Mahmudning she'rlarini kiritayotib, mana bu shje'rga duch keldim:

Шукрини қилгил Худонинг

Шукрини қилгил Худонинг, руҳу аҳволинг гсзал,
А­тгучи дилни сарафроз асли тимсолинг гсзал.

Шавқи ишқи бирла топгай ҳар кснгил осудалиғ,
Аслист завқини тотган рсзу моҳ, солинг гсзал.

Ўйлаганда сен ҳақингда тилларидан бол томар,
Ҳусну одобинг биланким, асли ул ҳолинг гсзал.

Сийрату сувратдасен покиза иймонинг била
Ҳам диёнат ичра балққан юздаги олинг гсзал.

Тақдиринг берди самарким, ризқу рсзингдур ҳалол,
Талъатинг исмат ароким, бахту иқболинг гсзал.

Чун фасоҳат бобида ҳам айлабон ҳар дилни ром,
Ҳикмати ҳақ бирла тотли тилдаги болинг гсзал.

Ким азал ул бандасининг руҳи Маҳмуддир, улуғ,
Ҳақ билан, ҳамдам билан покиза аъмолинг гсзал.
Nom: Re: Shukrona
Yuborildi: JaviK 19 Mart 2010, 18:12:16
Musulmon bo`lib tug`ilganimizga shukuronalar bo`lsin. Olloh bizlarni unga ibodat qilishlik uchun    yaratdi, shundoq ekan Farzlarini vaqtida etaylik ado, Omin
Nom: Re: Shukrona
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 21 Mart 2010, 06:53:05
Bismillohir rahmonir rahiym!
AlamdulILLAHI Robbil'alamin va solatu va salamu ala hoyri holqihi Muhammad va ala alihi va sohbihi ajmai'yn! Ama'bad...
 Hurmatli mo'min birodarlar! Shukr deganda nimani tushunasiz? Ayrimlarimiz shukr deganda faqat ibodatni tushunadigan bulib qolganmiz. Hatto ba'zi namozxonlarimizda ham shu hislat yuqolib ketgan, issiq bulib ketti sovuq bulib kettti, qimmat bulib ketti arzon bulib ketti...ALLOHning bergan kuniga rozi bulish shukrni kattasimasmi?
Nom: Re: Shukrona
Yuborildi: Ansora 21 Mart 2010, 12:34:02
Kechagina o'qigandim:
 
Bir inson ertalab uyidan chiqar ekan xayolidan: "Ey Allohim, Sen meni yaratding, Sen menga haqqini berib ishlamasam ham kunlik rizqimni berasan. Yaratgan qulingni hech qachon rizqsiz qo'ymaysan. Meni bunga ishonchim so'ngsiz.
Lekin men yana Sening qudrating bilan ertalabdan oilam, bola-chaqamga halol rizq olib kelish uchun, Sening rizoingni qozonish uchun uyimdan chiqdim. Sog'-salomat chiqqan uyimga oqshom yana shu shaklda qaytishim uchun Sen meni qo'ri, rizqimni ulug' qil Yo Rabbim....deb o'tkazsa bu qul butun kun gunohlardan holi bo'lar, har bir amaliga savob yoziladi, inshAllohu Taolo....

Rabbimiz shunchalar mehribonki, har bir shukrimiz bilan yana o'zimizga foyda keltiramiz. Yetarki buni unutmaylik....
Nom: Re: Shukrona
Yuborildi: Habib 07 May 2010, 09:33:51
Alloh kecha qiz farzand ato etdi.
O'ZIga behisob shukr!
Nom: Re: Shukrona
Yuborildi: Abu Muso 07 May 2010, 09:37:59
Alloh kecha qiz farzand ato etdi.
O'ZIga behisob shukr!

 :as:
Alloh umri bilan ato qilgan bo'lsin!
Soliha, masturalardan bo'lib yursin!
Nom: Re: Shukrona
Yuborildi: Shoxjahon12 07 May 2010, 09:45:19
Alloh kecha qiz farzand ato etdi.
O'ZIga behisob shukr!
Umri uzun,
Baxti butun bo'lsin!
Nom: Re: Shukrona
Yuborildi: Muslima.bgm 03 Iyun 2010, 09:28:23
Assalomu aleykum aziz forumdoshlar.
Bugun ertalab uydan chiqar ekanman havo aynib turganini ko'rdimu lekin zontik olgim kemadi. Metrodan chiqsam yomg'ir tomchilab boshladi. Ishxonamgacha ozgina yayov yurish kerak. Yo'lda ketgancha Ey Allohim, yomg'ir qattiq yog'may tursin ishhonamga etib olay dedim ;D.  Buni qarangki, ishxonamizni eshigidan kirishim bilan yomg'ir shunaqa qoydiki. Allohni rahmdilligi ,karami kengli, bandasini o'z panohida asrashiga ko'p hamdu sano ayttim. Yo'mg'irda qolish balki uncha yomon narsamasdir lekin chin dildan qilingan duolar albatta ijobat bo'lishiga yana bir bor amin bo'ldim...
Nom: Re: Shukrona
Yuborildi: studentcha 14 Oktyabr 2010, 01:35:15
ajoyib mavzu ekan
Nom: Re: Shukrona
Yuborildi: yoqutxon 01 Dekabr 2010, 23:12:56
Assalom aleykum.
Ushbu voqeani birovni dardini doston qilish niyatida emas balki Shukr qilish,fikr yuritish,  ibrat bo'lsin uchun yozayapman......
Bir hola borlar bir necha oydan ber bizning dorihonadan ko'p ko'p dori darmon olib ketadilar.Bir kunni "Xola shuncha dorilarni kimga olasiz har doim ?" deb qiziqib so'radim. U esa " Ey qizim nimasini aytay, hayot shundaty ekanda" deb o'z voqealarini aytib berdilar..........
Bu holaning uyidagi bemor 7 yosh nevarasi ekan. Oyog'i ishlamaydi, gaplari ham aniq ravon emas, tug'ma majruh ekan. Holaning qizi(yani bolaning onasi) bir necha yillar oldin vafot etib qolibdi, bechora murg'ak bolani esa o'z otasi mujruh bolalar uchun mo'jallangan yetimxonaga topshirib yuborgan.Qizi dardida kuyib turgan holaga kuyovining bu qilig'i qanchalar qattiq zarba bo'lganini o'zingiz tassavur qilavering.O'sha yetimxonaga borganda karavotda qarovsiz yig'lab yotgan nevarasini ko'rib yuraklari tilka pora bo'lib o'sha kunni o'zidayoq kerakli hujjatlarni tayyorlab uni olib chiqib ketib o'zi qarayotgan ekan. Mana shularni menga aytib berarkanlar "Voy  meni nevaramni ko'rmabsiz qizim.Shunday asal, shunday shakar.Farishtaga o'xshaydi.Bechorada nima ayb oyog'i ishlamasa ham, gapira olmas ham umiddim bor, Ollohdan har kunni unga shifo so'rayman. Zora oyoqqa turib ketsa, tuzalib ketsa.........Mana telefonimda rasmlari bor mana ko'ring qizim"
Rostan ham shunaqangi shirin bola ekan.Rasmlarni ko'rib zo'r'g'a ko'z yoshlarimni to'htatib turdim. Ayiqchasi bilan tushgan, stulchada o'tirib tushgan rasmlari bor ekan.
Eh shu voqea bo'ldiyu rosa o'ylanib qoldim.Noliydigan narsalarim eng keraksiz narsalardek,hayotim shohonadek ko'rinib ketti.Ollohga yanada ko'proq shukrona aytishimiz kerak..........Zero qancha ko'p shukrona keltirsak ham shuncha kam bo'laveradi....
Nom: Re: Shukrona
Yuborildi: Zamiraxon 03 Dekabr 2010, 23:33:28
 :as:

Shukronalar bo'lsinkim, biz avvalo muslumonmiz, Alloh taoloni, Uning Kitobini, Uning farishtalarini, Payg'ambarlarni, Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo (sav)ni, sahobiylarni, tobeiynlarni, ularning yo'llarini bosib o'tgan solih insonlarni taniymiz, tanish yo'lidamiz, tanimagan bo'lsak niyatimiz shu!!!

Shukronalar bo'lsinkim, Qur'oni Karim tufayli biz necha asrlar avval bayon etilgan Allohning mo'jizalaridan xabardor bo'lish imkoniga egamiz, bunga iyomn keltiramiz.

Shukronalar bo'lsinkim, biz ota-onamizga o'zgacha bir mehr-muhabbat, xurmat ila munosabatda bo'lamiz, g'ayridin ahlining ba'zi qatlamlari 18-19 yoshdan keyin na onaga na otaga o'zini muhtoj sezadi, ba'zi qatlamlari ota-onasini qarigan chog'ida zor qaqshatib qariyalar uyiga tashlab ketishadi.

Shukronalar bo'lsinkim, boshqa chet mamlakatlarida o'zaro yoki ichki urushlar, qahatchilik bo'lib turgan bir paytda biz Allohning nazari tushgan, tinch, alhamdulillah to'q davlatda yashayapmiz.

Shukronalar bo'lsinkim, og'ir kunda, yengil kunda yonimizda turadigan, bizga haqiqiy ko'zgu bo'lguvchi birodarlarimiz bor.

Shukronalar bo'lsinkim, farzandlarimizga chiroyli tarbiyani berish kabi muhim va o'ta jiddiy masalada ham muborak dinimiz yordamga keladi.

Shukr, shukr....