forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Madaniyat => Kino olami => Mavzu boshlandi: JaviK 19 Fevral 2010, 08:27:33

Nom: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: JaviK 19 Fevral 2010, 08:27:33
assalomu alaykum  bo`sh vaqtimda shu kinoni to`liq ko`rib chiqdim, yana bir bor o`zbek kinochilar  va Toxir Malikka qoyil qoldim. shuning uchun shu mavzuni ochishga qaror qildim. filmni ko`rganlar marhamat o`zizga yoqqan parchani kiritin.
http://www.youtube.com/watch?v=5MIg6bXcat4
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: JaviK 19 Fevral 2010, 08:30:07
San bu o`yinda 2 ta hatoga yo`l qo`ynin, Birinchisi akademikni tuz deb o`yladin.
ikkinchi  hatoyin sen hech bir ishni pinhona qilolmaysan manabu qiyshiq barmoqlarin seni sotib `qo`yadi.

Asadbek va Elchin suxbatidan
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Habib 19 Fevral 2010, 12:30:38
Menga esa bu filmdagi Asadbekni yoshligni eslayotganda qo'yiladigan musiqa yoqadi. Telefonimda ham bor  ;D
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 22 Fevral 2010, 09:11:58
-Katta urushlar kichkina qitmirliklardan boshlanadi. Bu boyvachchaning g'imirlashi manga yoqmiyapti.

(Xosilboyvachcha Asadbekka qo'ng'iroq qilib, kalaka qilgandan keyin Asadbekning o'ylagan gaplari)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: JaviK 22 Fevral 2010, 10:12:22
ma manabu 10 000 ni olginde qulog`inga quyib ol.
San bu harom oyog`in bilan makkani iflos qilmagin.

Asadbek va masjiddagi qori suxbati
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 23 Fevral 2010, 11:10:46
-Sadirvoy, Farg'onani nosidan ol!

:)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: OnLine 24 Fevral 2010, 00:17:11
Agar man hozi hammasini post qisam flood bop ketadi sekn asta qoyib boraman. Eng birinchi qoymoqchi bolganimni Thread egasi birinchi postlarida qoyib qoyibdilar.

On: Boylar kenglik qiling tenglik qiling. (toliq keltrolmadm)
Asadbek: Tog`ri etasiz biz esa bir birimizni bo`riga oxshab g`ajib yotibmiz.
Anvar: Bo`ridek desak bo`rilar hafa boladimi ????!!
-Eshitshimcha bo`rilar ham ahil yashasharkan.

Anvarni eski uyida Elchin bn kitob titkilab o`tirganda Asadbek uzi uyga kirib kelgan holat.
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: OnLine 24 Fevral 2010, 00:24:34
Zohid esindami bir zamonlar bir bir otarchi bolardi. Qimorda hotinini yutqazib qoyib. Kein hotinini o`limida ayblanib qamalib ketgandi. Oradan 10 yil otib usha kelib shu ishni qilmaganmikan.
"Balkm meni tahminlarim hatodir" deb chiroqni ochirib yoqib o`ylanib o`tiradi.

1 faslda edi bunisi.
Elchin qamoqdan chiqib Shilimshiqni vahshiylarcha o`ldirgandan kein usha ish buyicha Zohid va Hamdamov ni suhbatidan lavha edi.
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: ZUBAIR 24 Fevral 2010, 00:44:16
Sevimli kinolardan mashxur so'zlar degan mavzu bor ediku, xullas..
------------
-Balki xo'jayiningga sodiq qolarsan?
-O'likkami?
-Ha barakalla, aqling kiribdi.
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 24 Fevral 2010, 09:00:47
-Yetim bo'lib qoldi, bu bechora.
-Ha, xo'jayiniga nima qipti?
-Chiqqan joyiga kirg'izib yuborishibdi.
-Kim?
-Bek akamlarda.
-Ha, juft qila qolmabdida.

(Xosilboyvachcha o'ldirilgach, Xaydar va Mahmudning suhbatidan)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: JaviK 24 Fevral 2010, 09:32:44
Tor ko`nggillik beklar manman demang kenglik qiling
92  bovlik o`zbek yurtidir tenglik qiling

Anvarning uyida elchinga o`qib bergan sheri, Dera ortida asadbek eshitib o`yga toladi
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 25 Fevral 2010, 16:48:41
-Tushundingizmi?
-_Yo'q. Bu meni qo'limdan kelmaydi.
-Qo'lingizdan hech narsaga aralashmaslik keladimi?
 
(Asadbek va Sharif Namozov suhbati)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: JaviK 18 Mart 2010, 13:31:44
San bilan birgaman dedimi? haa albatta birgasan o`ladigon bo`lsam ham seni birga olib ketaman.

(Asadbek  hongrey  bilan telefondan keyin o`ylaydigon holati)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 18 Mart 2010, 15:13:07
-Bugundan boshlab radio televideniye faqat sizning qo'shiqlaringizni beradi. Anovi dong'i chiqqanlar sizga xavas qilib qoladi.
-Rahmat,Bek aka. Evaziga men nima qilishim kerak. Bilaman, siz ko'p so'ramaysiz. Nari borsa sizga qul bo'lishim kerak-da.
-Sandan tuzukroq qul ham chiqmaydi,akasi.

(Asadbek & Elchin suhbatidan)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: JaviK 22 Mart 2010, 15:24:40
-Ota -onamni hovlisini buzdirmiman degan ekansiz,

-soli  aka siz shu gaplarga ishondizmi,  hukumat buzman desa buzaveradida men hukumatga kimman hech kimman,   odamlar gapirsa ishonordizmi soli aka                                 -odamlar ahmoq emas, sizni kimliginggizni juda yahshsi bilamiz.

-san o`zin kimsan, sandan so`ravomman, kimsan, mahallaga bitta tosh qo`yganmisan,kecha kelib bugun  hammayodi sasitib yurgan sanmisan.
-soli aka bunaqa it yetaklab yuradigon odatiz yo`q ediku,

(Asadbek va mahalladagilar bilan suhbati)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 22 Mart 2010, 15:57:19

Shu sahnasi juda zo'r chiqqan-da.
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 23 Mart 2010, 17:02:04
-Hosilga aytadigan yana bitta gapim bor. Giyoxvandga aralashmayman, deb so'z berasan. Agar biror gap eshitsam mandan xafa bo'lma.
-Chetdan talab asosan qoradoriga bo'lyapti. Og'zimizni ochib o'tiraversak kelgindilar hamma pulni opketib qolishadi.
-Opketsa opketaversin. Yemoqni qusmog'i ham bor. Shuni unutma.

(Manukyanni tug'ilgan kunida Asadbek va Hosilboyvachchani suhbatidan)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 26 Mart 2010, 10:21:05
-Endi nimani tikmoqchisiz, xofiz? Pullarni yutqazdiyz, mashina ham ketdi. Uyiz ham ketdi.
-Qolaversa tor ham ketdi,xofiz. Endi nima chalasiz?
-Nimani tikay? O'zimni tikaymi?
-E, past ketmang, xofiz. Siz Bek akamga tegishli odamsiz. Bek akamni yutib qo'ysak rasvoyi jahon bo'lamizku.
-Pidjagimni tikaman.
-Yo'q-yo'q, xofiz. Bunchalik past ketmang.
-Nima, xotinimni tikaymi?
-Tag'in o'ziyz bilasiz.
-Xofiz aka, yetar endi.
-Shoshmang,uka. Ketma-ket yutish ham mumkinmasku. Suzing,aka.

(Elchin va Shilimshiqning qimor o'ynashi saxnasi)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 26 Mart 2010, 16:11:54
-Shilimshiqni o'ldirishiyzni bilardimu, lekin bunchalikka borasiz, deb o'ylamagandim. Axir sizdek nozikta'b odam...
-Tushunmadim, Shilimshiq deganiyz kim?

(Asadbek va Elchinni suhbati)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 30 Mart 2010, 13:32:39
-Do'stingiz kasal bo'lsa unda Xudo shifosini bersin. Xudo xoxlasa, tuzalib ketadi.
-Nima o'sha Xudongiz do'stimni tuzatishni xoxlamiyaptimi?
-Nomusulmon odamdek gapiryapsiz. Xudo meniki emas. Hammamizniki.

(Tabib va Haydar suhbatidan)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: JaviK 30 Mart 2010, 13:44:39
--Sen ollohdan umid qil, ollohda  najot so`ra
-hade olloh, olloh deyorasan, agar olloh so`zinga kiradigon bo`lsa et  unga o`g`limni qaytarib bersin,
-jim, asad jim, bo`ldi, do`stim sen tavba qil, tavba, tavba..

(Asadbek va jalil suhbati. Asadbek ko`zida yosh olib ollohga tavba qiladi...)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 31 Mart 2010, 11:05:48
-Bor, Elchinga ayt. Bitta qo'shiq aytib bersin.

(Asadbek Elchinni to'yida aytadi)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 31 Mart 2010, 18:59:45
-Shomil, Asadning kasalini do'xtir senga aytganmidi?
-Ha.
-Sen borib bu xabarni xo'jayiningga aytib, suyunchi olgansan, shundaymi? Agar akangni yoniga ketishni istamasang bu gaplarni unut. Asad kasal bo'lsa mana men turibmanku. Soppa sog'manku, g'ilay.

(Haydar va Shomilning tabibnikiga ketayotganda yo'lda suhbatidan)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 07 Aprel 2010, 18:00:05
-San Haydar akangni yaxshi bilmaysan. Mayda o'g'ri edi. Maydaligicha qolgan. Eng yaqin do'stini yuziga tuflashdan ham qaytgan emas.

(Asadbek Jamshidga aytgan gapidan)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: siddiqa 07 Aprel 2010, 18:32:19
-San Haydar akangni yaxshi bilmaysan. Mayda o'g'ri edi. Maydaligicha qolgan. Eng yaqin do'stini yuziga tuflashdan ham qaytgan emas.

(Asadbek Jamshidga aytgan gapidan)

bu gaplarni Mahmudga aytadi .
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: siddiqa 07 Aprel 2010, 18:34:27
Manzur shu payt namoz o'qivossanmi ?

yo'q ,bolalarimizni duo qilayotgandim .
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 08 Aprel 2010, 08:21:34
-San Haydar akangni yaxshi bilmaysan. Mayda o'g'ri edi. Maydaligicha qolgan. Eng yaqin do'stini yuziga tuflashdan ham qaytgan emas.

(Asadbek Jamshidga aytgan gapidan)

bu gaplarni Mahmudga aytadi .
To'g'ri. Adashibman. :)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: JaviK 09 Aprel 2010, 14:25:07
-eshittilarimi?.
-akamiz shaxarga hokim bo`libdilar, yo man yanglishdimmi, dunyoga hokim bo`libsiz, ha shunaqami
-yo`q, asadbek aka gunohim bo`lsa aytin.
-sharifni nima qildin.
-o`ziz tanobini tortib qo`ysiz deganakansizu, 1 -2 ta ishimizni ochaman dedi.
-nimani ochadi , kimni ochadi, birov kelib seni qo`linga kishan solarmidi? qamatishga ketgan pulni yarimini o`ziga bersang olarmidi?
-U pul olmedigon eshshak
-U pul olmedigon eshshak bo`lsa, san pul beromidigon molsan.
Bu dunyoda olmedigonlar qolmagan
Pul beromedigon lapashanglar bor.
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 09 Aprel 2010, 14:25:47
-Zavodda ishlar qalay, o'rtoq direktor?
-Yaxshi rahmat.
-Nimaga planni to'ldiraman, deb qattiq tirishyapsiz?
-Yuqoridagilar qo'yishmayapti.
-O'v, san uchun yuqori manman. Kim o'sha?
-Ffffarxodov degani...
-Farxodov? Haydar, aytmaganmiding?
-Hozir.

(telefon qiladi)
-Allo. Farxodovmi bu? Bu Namozoving nima deyapti? Planni to'ldir deb qo'ymayotgan ekansanku. Ha, majlisda aytdingmi? Unga tegishlimasmi? Ha shuni o'ziga sekin aytib qo'ysang o'lasanmi, so'tak. "Duoyi salom"ni oldingmi? Endi jim yur. (Sharif Namozovga qarab) Eshitingizmi? Direktor degan munaqa lallaymaydi.

(Asadbek, Haydar va Sharif Namozov suhbatida)

Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: JaviK 11 Aprel 2010, 18:49:03
-Bu inimizni ko`z qora chig`lari ko`p zulm ko`rganliklarini aytib turibdi,
-Ko`zlarining osti esa ko`p yomonliklarni qilgani ko`rsatyapti, ishqilib men adashayotgan bo`le>

(Tabib : Asadbekni ko`rayotib aytgan gaplari)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 13 Aprel 2010, 09:09:20
-Ie,assalomu alaykum. Qani ichkariga kiramiz.
-O'shda o'yin bor ekan.
-Uyga kiraylik. Birpasdan keyin borarmiz.
-Tezroq yetib borish kerak. Vaqt tig'iz.
-Xo'p, kiyinib chiqay.
-Kiyinishga vaqt yo'q.Shundoq ketsang ham bo'laveradi. Qani, o'tir.

-Sadirvoy, Farg'onani nosidan ol.
-Bajonudil.
-Farg'onalar qalay?
-Xudo shukur. Bek akam yaxshimilar? Sog'liqlari yaxshimi?
-Yaxshi.
-Farg'onaga kamoyoq bo'lib ketdinglar. Bulturgi dam olgan Shoximardonlar hozir shunaqayam shakar bo'lganki.
-Shu yerda to'xtat. Seni uyoqqa kuzatib qo'yishadi.
-Haydarbek, tinchlikmi o'zi? Nima gap?
-Bek haqida aytgan gaplaring esingdami?
-Kayfim bor edi. Kechirim so'raganman. Agar kerak bo'lsa yana so'rayman. Xo'sh, yana nima qilay?
-Bilasan, bunaqa gaplar kechirilmaydi. Tush mashinadan.

(Haydar va Sadir qimorvozning suhbatidan. 1-qismning boshida bo'ladi.)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: JaviK 13 Aprel 2010, 19:31:01
-Zelexon Xongreyevni tanimasam yurgan ekanmande-a?
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 14 Aprel 2010, 16:24:40
Asadbek: Xongirey manga biron narsa bervormadimi?
Mahmud: Bervordi. Sizga ko’rsatmasam degandim.
Haydar: Nima bir qop axlat bervoribdimi?
Mahmud: Undan ham battar. G’ilayni kallasini.
Haydar: O’ldirishguncha lallayib qarab turdingmi?
Mahmud: Borgan kunimoq mandan ajratib olishdi. Xongirey:"Xo’jayiniga xiyonat qilgan sizlarga xizmat qila olmaydi", dedi.
Asadbek: Bu gapni to’g’ri aytibdi.

(Mahmud Moskvadan qaytib kelgandagi suhbat)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 28 Aprel 2010, 17:00:09
(http://uzhits.com/uploads/posts/2010-03/1268072084_809.jpg)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 03 May 2010, 12:00:37
-Murodilla uka, seni ikkita jonga qarz qildim.
-Tushunmadim,aka.
-Buni tushunish uchun xum emas, kalla kerak. Do'xtir bu bitta jon. Sen esa ikkinchisi.  Do'xtirni nima qilmoqchisan?
-Ishxonasidan javob so'rasakmikin?
-Axmoq, uni tezda qayergadir yashir. Ishxonasidagilar ham, uyidagilar ham bilmasin. Mahmudga "O'ldirib, cho'ktirib yubordim", degin.

(Xaydar va Murodilla xumkallaning suhbatidan)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 24 May 2010, 08:49:43
-Bu dunyoda olmaydiganlar qolgan emas. Berolmaydigan lapashanglar bor.

Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 26 May 2010, 12:04:34
(http://s56.radikal.ru/i153/0808/90/60dc8059b7ef.jpg)
Nom: Re:"SHAYTANAT" FILMIDAN LAVXALAR
Yuborildi: Shoxjahon12 05 Iyun 2010, 12:53:44
(http://s199470326.onlinehome.us/kinolar/S/shaytanat/vlcsnap-946167.jpg)

-Uni kuyov qilmoqchiman.
-Hazillashyapsizmi, Bek aka?
-Nima? Ko'zi ko'rmi? Yo g'ilaymi? Cho'loqmi? Tuppa-tuzuk odam bolasiku. Mani boshqa ilojim yo'q... yo'q...

(Asadbek qizini Elchin o'g'irlaganligini bilgandan so'ng Kesakpolvon va Mahmudni maslaxatga chaqirganidagi suhbatdan)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: JaviK 09 Avgust 2010, 01:51:13
http://www.youtube.com/watch?v=6xem0aKUvaw
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Naimjon 09 Avgust 2010, 02:40:50
Asadbek: Bu hayot ham bitta qimor, eplasen oyna, eplamasen chetga chiq. O`zi ilgarittan qo`linga tuz chiqib qosa, bosar-tusarini bilmiy qolardin...

(Asadbek & Elchin suhbati)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: AL_laziz87 21 Avgust 2010, 14:13:42
-U omiydigan eshak bo'lsa, Sen berishdi bilmidigan molsan.
(Asadbekni Qilichga ayitgan so'zlari.)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 06 Sentyabr 2010, 14:48:42
-Katta urushlar kichkina qitmirliklardan boshlanadi. Boyvochcha bekorga qo'ng'iroq qilmaydi.
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: JaviK 31 Oktyabr 2010, 01:17:10
Joynamoz ustia o`tirganni hotinni, Eri qimorga tikmaydi....
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 26 Noyabr 2010, 23:34:27
-Mashinaga chiqqisi kelmiyapti. Qazi bo'lishga ketaytganini sezvottimi, deyman-a.

(Kesakpolvon tabibnikiga borganda, otlarni mashinaga chiqarayotgan yigitga aytadi) :)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 04 Dekabr 2010, 16:20:16
-Bu meni qo'limdan kelmaydi.
-Qo'lingizdan aralashmaslik keladimi? Keladi.Rejamiz  ikki bosqichdan iborat bo'ladi. Birinchisida siz chetda turasiz. Boshqalar zavodni cho'ktirishadi. Ikkinchi bosqichda siz direktor bo'lasiz. Yangi usulingiz bilan zavodni ko'tarasiz. Bu orada biz zavodni sotib olamiz. Foydaning to'rtdan bir qismi sizziki bo'ladi. Kelishdik-a?

(Asadbek va Sharif Nomozovning suxbatidan)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Nurdinboy 06 Dekabr 2010, 23:03:09
Asadbek: Qimorga tikadigan hech narsang qolamdi. Endi nimangni tikasan?
Blabuxa: Men qimorga erkaklik g'ururim b-n xotinimni tikaman.
Asadbek: ekak kishi qimorga hech qachon g'ururini tikmaydi. Xotinini ham. Bugundan boshlab seni xotining mani singlim. San esa kuyovimsan. Ikkinchi mani singlimni qimorga tikma...
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 19 Dekabr 2010, 09:40:03
-Bola-chaqam omonmi?
-Siz kimdan qo'rqyapsiz?
-Hech kimdan.
-Qoradorini qanchadan olib qanchadan sotardingiz?
-Kilosinimi?
-Aytaylik kilosini...
-Ming so'm. Ming so'mdan olib, bir yarim ming so'mdan sotardim.
-Aha. Demak, bir kilosidan 500 so'mdan qolarkanda-a?
-Ha, shunaqa.
-Anchadan beri shug'ullanarmidingiz?
-Anchadan beri. 3 yil bo'ldi.
-Nima meni laqillatmoqchimisiz?

(Sharif Namozovni tergovchi Zohid tergov qilgandagi suhbat)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 25 Dekabr 2010, 12:02:16
-E,qoyile..Yana bitta tashlaylik. Bitta chiylang.
-Xofiz, yuzta-yuzta olamizda keyin o'yinni davom ettiramiz.
-E, bo'ladi.
-Yigt o'lmaylik,balo ko'rmaylik. Endi buyam kep tursa guldek xunar-da. Qani oldik!

(Elchin va Shilimsqning qimor saxnasidan)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 22 Yanvar 2011, 00:39:23
-Bek,unaqa dema,Bek. Axir tepamda Xudo bor.
-E, o'sha sani... xudojo'y qilgan onangniyam... Yana nima? Nima gaping bor yana?
-Bek.. Bek aka. Bir qoshiq qonimdan keching. Sizga noto'g'ri xabar yetkazishibdi. Noto'g'ri informatsiya kepti sizga.
-O'v, boshimni qotirma mani xo'pmi? Manga judayam to'g'ri xabar keladi. Xajga borishing ham yolg'on xabarmi?
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 30 Yanvar 2011, 11:23:14
Asadbek: Siz kimgadir yoqmay qolgansiz. Shuning uchun jallodni bizni ichimizdanmas, xaligi bir-biriga surma ichirib, ovozini bo'g'ib qo'yadigan otarchilaringizni ichidan qidiring. O'ziyzni bitta ashulangiz borku, haligi nimaydi:"O'ynamasa kimdir birov nayiga, Shum niyat-la tushadilar payiga." Shunaqami-a? Siz endi o'sha naychini qidiryapsiz, bilaman. Agar qidirmaganingizda sizni o'gil bola demasdim.

(Asadbek va Elchin suxbatidan)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 30 Yanvar 2011, 15:10:52
-U vinzavodga burnini tiqmoqchi. Fe'lini bilasizku.
-Bilaman,bilaman. Bu o'jarni fe'lini yaxshi bilaman. Esingdami, ilgari ham insofga chaqirib gapirganimda, "amalingizdan qo'rqasiz",derdi. Mana hozir amalidan qo'rqadigan boshlig'i boshqa. Bukrini go'r to'g'rilarkan. Lekin sen bukri bo'lsang ham bu dunyoda yuraver. U dunyoga shoshilma. Senga Choqunlani aytib berganmidim? Eshit: Bir tajang uyg'ur yigit bo'lgan ekan. Bir kuni ustarada sochini qirdirib mazza qilib ketayotsa, boshini ari chaqibdi. Nima qilarini bilmasdan arini ketidan quvlabdi. Yetib borib qarasa, eski paxsani orasida otni kallasidek keladigan arining uyasi bor ekan. Shartta cho'pni olib, arini uyasini kovlabdi. Arilar to'zigandan to'zibdi. Shunda tajang yigit boshini arining uyasiga tiqib, "Choqsunla, choqsunla endi otash", degan ekan. Sen o'sha choqsunlaga o'xshaysan. Lekin sen arini uyasini emas, o'limni uyasini kovlashni niyat qilibsan. Bu niyatingdan qayt. Qadamingni o'ylab bos. Bola-chaqang borligini unutma. Seni o'sha haqiqat, adolat, deb javrayotganlaringni hammasigayam jon shirin. Jon shirin. Men ularni bo'yniga qo'ng'iroq ilingan serkaga o'xshataman. O'zlari podani boshlab boradilaru, pichoqqa esa senga o'xshaganlar ilinadi.
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 04 Mart 2011, 07:04:37
Asadbek: Xongirey manga sovg'a-povg'a bervormadimi?
Maxmud: Buni sizga ko'rsatmay,degandim.
Haydar:Nima bir qop axlat bervoribdimi?
Maxmud:Undan ham battar. G'ilayni kallasini bervoribdi. Borgan kunimo mendan ajratib olishdi. Xongirey "Xo'jayiniga xiyonat qilgan senlarga xizmat qilolmaydi",dedi.
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 12 Mart 2011, 22:47:15
-Sizzi bir Xolidiy degan domlangiz bor-a? U muttaxam haliyam hamma o'zbeklarni bosmachi deb yuribdimi?
-Bek aka, menda tarixiy dalillar bor. Mana masalan Qo'qon muxtoriyatini olsak. Lenin:"O'z xuquqing o'zlaringda",dedimi? Dedi. Lekin Qo'qon muxtoriyatini qonga botirvordku. Men buni tarixiy dalilllar  asosida isbotlasam, anovi padarla'nati:"sizzi xulosayz milliy nizo keltrib chiqardi",deydi.

(Anvar va Asadbek)
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 23 Mart 2011, 15:50:39
Asadbek: Bilib qo'y:san mani odamimsan! Man sani Sharif Namozovga almashtirganim yo'q. San xoinlik qilding.Shuning uchun jazoladim. Bizni oramizda xoinga bitta jazo beriladi. Man sani ayadim. Bundan buyog'iga shunga yarasha qadamingni bosgin.
Qilich: Xo'p!
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 23 Mart 2011, 16:05:07
Elchin: Nima gaping bor edi? Mani so'ragan ekansan.
Anvar: Qaynotangga uchrasim kerak.
Elchin:Iye, nechuk? Qaynotamga ishing tushib qolibdi. Bunaqa odamlardan xazar qilarding, shekilli.
Anvar:Otasi masalasida iltimos qiluvdi. Arxivlarni kovlashtidim... Xe, topdim. Endi natijasini aytishim kerak.
Elchin: O'zi kimu, otasi kim bo'lardi...
Anvar: Menga qara, otasi zo'r odam bo'lgan. Eshityapsanmi, zo'r odam bo'lgan. Ko'plar qatori asirga olingan. Konslagerdan qochgan. Yugoslaviya o'rmonlarida jang qilgan. Uning bittagina aybi bo'lgan: Yugoslaviya doxiysi Tito bilan shaxsan tanish bo'lgan. Tushunyapanmi? Urush tugagach doxiy uni bag'riga bosib, suratga tushgan. Stalin bilan Tito orasidan olamushuk o'tganidan keyin xoinlar ro'yhatiga tushib qolgan. Xo'sh, endi nima deysan?
Elchin: Nima derdim, bunaqa qahramonlardan son mingta.
Nom: Re: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: Shoxjahon12 24 Aprel 2011, 19:54:36
Muxiddin ota: Xudo ko'ngliga soldi.
Abduraxmon tabib: Barchamizning qalbimiz Olloxning izmida. Ha, hamma narsada zang bor. Qalbning zanglashi esa nafsdan. Birodar, hazrati Alisher Navoiy aytgan ekanlar: Oniy bilkim, xudoy bermish anga, Nafsi ammora tarkini ganjin. Balki shu ondan inimdagi qalb zangi to'kila boshlagandir.

Muxiddin ota: Ularning qonida asli zulm ham, yomonlik ham bo'lmagan. Palagi toza edi. Bu dunyoda har bandaga muxlat berilarkan. Men sezib turibman, bo'tam yurak-yurakdan tavba qilyapti. Tavbalari qabul bo'lar. Inshoollox! Muxiddin ota: Bu dunyoda adashmagan kim bor? Asadbek inim ham adasha-adasha bir kunmas bir kun asli nasliga qaytsa ajab emas.

Abduraxmon tabib: Iloxo omin, aytganingiz kelsin!

(Asadbek tabibnikidaligida bo'lgan gaplar)
Nom: Javob: SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar
Yuborildi: JaviK 12 Yanvar 2013, 11:55:24
Asadbek: Don berganni tovug`i. Topgan odamini qarayu...