forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: uzboy 27 Fevral 2010, 04:21:20

Nom: Sizningcha "Sivilizatsiya" nima?
Yuborildi: uzboy 27 Fevral 2010, 04:21:20
Sivilizatsiya nima aslida?

Kecha bir achchiq haqiqatga iqror bo’ldim. Ko’pchiligimiz Sivilizatsiya deganda G’arbliklar hayot tarzi, ular ishlayotgan kinofilmlardagi lavhalarni va shunga o’xshash yengil yelpi hayot tarzini tushunamiz. Aslida esa unaqa emas, ha unday emas ekanligini kecha alamli tarzda yana bir bor tushundim"¦

O’tgan kuni "œAfrika huquq va moliyasidagi dolzarb muammolar" (Issues of Law and Finance in Africa) darsi vaqtida bir kursdoshim Afrikada olib borilgan mustamlakachilik, uning ijobiy va salbiy oqibatlari haqida prezentatsiya qildi. So’zlarini yakunlagach, hammamiz qiziqarli savollarni berdik, u ham qo’lidan kelguncha javob berdi.
(http://utc.iath.virginia.edu/abolitn/abhp.jpg)

Nihoyat Professorimiz Romuald Haule "œAfrika mustamlakachilik davrini o’tkazmaganida, ya’ni Evropa tomonidan bosib olinmaganida bugungi hayot qanaqa bo’lar edi" degan savol bilan murojat qildi. Shunda kursdoshim "œbilmasam, bu narsa haqida o’ylab ko’rmagan ekanman, shuning uchun aniq fikrim yo’q" deb qisqa javob qildi. Men esa o’z fikrimni aytish uchun ruhsat so’ragach "œagar Afrika Evropa tomonidan ishg’ol qilinmaganida ahvol bugungidan ham yomonroq bo’lar edi" deb o’z fikrimni ommaga aytdim.

Guruhimizda anchagina Afrikaliklar bo’lgani uchun hammasi mening bergan javomimni eshitgach g’azab bilan qarashib nimalar deyishmoqchi bo’lishganida professorimiz tanaffus bo’lganini aytib qoldi. Hammamiz tanaffus (coffee break) qildik. Tanaffusda o’zim bilan birga yashaydigan honadoshim birinchi marta ko’zida yonib turgan olov bilan menga murojat qildi, "œsen menga aytchi, nega unaqa deding, Evropasiz Afrika bugungidan battar bo’lardi, menga tushuntir nimaga asoslanib bunday deganingni " deb so’rab qoldi.
(http://artfiles.art.com/images/-/Edmond-Morin/A-Slave-Auction-in-Richmond-from-Le-Globe-Illustre-1862-Giclee-Print-C11724068.jpeg)

Men fikrimni isbotlash uchun, "œmana qara, Evropa Afrikani bosib olgach silarda o’sish bo’ldi, zamonaviy hayot kechiryapsilar, dunyoni ko’ryapsizlar, telivizor, internet, kompyuter nimaligini bildizlar, ilm-fan tehnika rivojlandi, bir so’z bilan aytganda sivilizatsiya kirib keldi" dedim. Shunda afrikalik do’stim yana savol berdi menga "Avval aytchi, sen uchun sivilizatsiya nima degani?". Men esa o’shanda ham tushunib yetmay tortishib, evropacha hayotni, bugungi kunda biz o’ralashib qolgan, bizni qo’g'irchoqdek boshqarib turgan G’arbliklar hayotidan na’munalar ko’rsata ketdim, shu "œzamonaviy" hayot dedim.
(http://www.istockphoto.com/file_thumbview_approve/5030375/2/istockphoto_5030375-modern-life.jpg)

Shu yerda do’stim meni to’htatib "bilib qo’y, men uchun san aytayotgan narsalar sivilizatsiya emas, Evropaliklar Afrikaga kelmasdan oldin bizni o’z urf odatlarimiz bor edi, milliy qadriyatlarimiz, yashash tarzimiz boshqacha edi, bahtli edik. Mayli internet, kompyuter, transportlar kirib kelmasdi, lekin o’z ota-bobolarimiz yashab kelgandek yashab yuraverardik. Biz uchun hamma narsadan muhimi tinchlik, bahtli hayot edi" deb ko’zlarida yosh qalqidi va davom etdi "œEvropa Afrikaga san aytayotgan sivilizatsiya bilan birga, turli hil balo qazolarni ham olib keldi, biz o’z qadriyatlarizmini yoqotdik, oldin cho’lu biyobonda bo’lsa ham toza musaffo havodan nafas olardik, bugunchi atrof-muhit ifloslanib ketdi, ichishga suv yo’q, odamlar turli hil kasalliklardan o’lib ketayapti, shumi san aytayotgan sivilizatsiya" deb so’zlarini tugatdi. Bu gaplardan so’ng, men bilmasdan noto’gri gapirib afrikalik do’stlarimni ranjitganimni ilg’ab o’zimdan uyalib ketdim.
(http://exploringafrica.matrix.msu.edu/images/2910jd12.jpg)

(http://www.wildernesstravel.com/images/trips/africa/kenya/out_of_africa-kenya-john-warburton-lee-danitadelimont_rm_af21_jle0709-pano.jpg)

Bu narsalarni yozishimdan maqsad, bugungi kunda biz Evropa, Amerika tomon oshiqmoqdamiz, ularning hayotiga havas bilan qaraymiz, aslida sizning sivilizatsiya haqida fikringizni bilis edi. Bunga sabab biz ko’rayotgan kinofilmlar, har kuni oynai jahon orqali ko’rsatiladigan yo’lg’on aralash yangiliklar orqali bizni miyamizga shunday narsalarni singdirib borishyapti. Shunda yana bir bor mashxur siyosatchi, faylasuf Noam Chomskiyning "œOngni Media orqali boshqarish" asari ko’z oldimga keldi.

Aslidachi, biz havas qilayotgan G’arbliklarda muammolar biznikidan ming chandon ko’p, bizdan ko’ra bahtsizroq, bizdan ko’ra iflosroq muhitda yashashadi. Bunga misol tariqasida amerikalik bir nasroniy qizining musulmon opa-singillarga atab yozilgan maktubini (A letter from Christian sister to Muslim sisters) ham olish mumkin. Azizlar yengil yelpi G’arbliklar hayotini zamonaviy hayot shu ekan deb aldanib qolmaylik. O’zligimizni yoqotmaylik, oddiy bo’lsa ham baxtliroq hayot kechiraylik. Hulosa o’zingizdan, fikr va mulohazalaringiz bilan o’rtoqlashing. Ho'sh, siz sivilizatsiya deganda nimani tushunasiz?
Nom: Re: Sizningcha "Sivilizatsiya" nima?
Yuborildi: Lu`lu` 03 Yanvar 2011, 09:36:43
БААªЗИЛАА АИ А¦ИВИЛИЗАА¦ИЯСИ ЖАА ГА ЕТАКЛАСА,БААªЗИЛАА  ЮКСАЛИШДА ЯАГИ-ЯАГИ ХУДУД-ЧЕГАА АЛАА ГА А­А ИШМОКДА.
Nom: Re: Sizningcha "Sivilizatsiya" nima?
Yuborildi: FAR@SEV 02 Aprel 2011, 22:19:49
Sivilizatsiya hayotning rivojla
nishi ya'ni gap suvga borib taqaladi chunki Sivilizatsiya daryo bo'ylarida joylashgan bo'ladi, suv bor joyda hayotham
bo'ladi.    [/b]