forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => Mavzu boshlandi: jasonnur 10 Mart 2010, 17:29:12

Nom: Kundalik post
Yuborildi: jasonnur 10 Mart 2010, 17:29:12

Forumdoshlarning o'zingiz uchun eeng yoqqan,eeng ajoyib deb topgan,eeng sheddevr postlaridan iqtibos qilib qo'ying.

Shart:

1 ishtirokchi 1 kunda faqatgina 1 post qoldirishi mumkin

O'zini postlaridan ham iqtibos olib qo'yishi mumkin ;D
Nom: Re: Kundalik post
Yuborildi: lolo 13 Mart 2010, 08:09:08
Mayli ruxsat berdim, maniyam postlarimdan iqtibos olaqolila, qo'ymadila-qo'ymadilade...
Nom: Re: Kundalik post
Yuborildi: JaviK 13 Mart 2010, 08:38:13
namuncha sevip qoganlaga o'xshab ketimdan postma-post izg'ib yuribsiz?! Abdumuhaymin!
:1 ;D :D ;) :) ::) :5
Nom: Re: Kundalik post
Yuborildi: JaviK 20 Mart 2010, 13:55:15
Onam shifokorlar.Oldilariga 14 yoshlik nogiron qizchani davolanish uchun og'ir ahvolda olib kelishibdi..Qizcha Oyimga "Do'xtir opa,iltimos mani tuzalishim uchun yaxshi dorilaringizdan yozib bering,man o'lib qolmay.Adam hamma etgan dorilarizzi opkeberadilar,faqat man o'lib qolmasam bo'ldi"degandi.
Bu gapni qizcha o'tgan Jum'ada aytgan edi...
Inna lillahi va inna ilayhi rojiuun..Bugun qizcha ota-onasini qon yig'latib omonatini topshirdi  :'( :'(.Alloh uni rahmatiga olgan bo'lsin.
Nom: Re: Kundalik post
Yuborildi: siddiqa 03 Aprel 2010, 11:01:51
bu postni o'qib baqirib baqirib yig'lagim kelgan .
ALLOH ROZI BN

 
Nomoz qilaverib oyoqlari shishgan Payg'ambarimiz :sw:ning, Uhlayverib ko'zlari shishgan Ummatimiz (Alloh :jl: O'zi asrasin. :amn:
Nom: Re: Kundalik post
Yuborildi: BelleQizcha 03 Aprel 2010, 17:30:05
Olislarni ko'rish uchun umr karvoni ,
Saboq ekan kiprigimni yosh qilib qo'ydi ,
Umr o'ta har  kuzning bargi hazoni ,
yumshoqqina yuragimni tosh qilib qo'ydi ... Siddiqani shu sherlari yoqadi..
Nom: Re: Kundalik post
Yuborildi: Muhseena 11 Aprel 2010, 07:34:57
Biz kaltakdan,qo'rquvdan hushsizlangan erkagu ayol haqida ko'p eshitganmiz.Lekin hayo zo'ridan hushdan ketish hodisasi haqida juda kam eshitgan yoki o'qiganmiz.Holbuki dunyo ayollariga ibrat bo'la olgan momolarimiz shunday hayoga ega bo'lganlar.Ayni yuqoridagi bu jumlalar bizlarni yanada taajubga solisa ne ajab.
O'rta asr ayollarini boshlaridan yopinchiqlarini yulib olish hodisasiga guvoh bo'lgan bir momo hikoyasi.
 "Boshlarimizdan yopinchiqlarni tortib olib olovga tashladilar.Ayollar yuzlaridan chimmatlar yulinib olinganda huddi samodagi yulduzlar yerga tushgandek atrof chaqnab ketdi.Ayollar shunday go'zal edilarki bu gulchehralarni ko'rgan inson osmondagi yulduzlar yerga sochilib ketganmi deb o'ylardi.Chachvonsiz qolib ketgan qiz juvon ayollar yuzlarini nozik qo'llari bilan yopa boshladilar.Biz ovoz chiqazmay unsiz har tomonga qocha boshladik.Shunda 16 yoshlik dilbar qiz yuzlarini  jajji qo'lchalari  bilan yopib olamdan o'tdi.U hammamizdan hayoli edi"

Nom: Re: Kundalik post
Yuborildi: UzMuslim 11 Aprel 2010, 20:48:01
Assalamu alekum!
 Yaqinda bir maganizga kirdim, ayollar kiyim do'koni, aylanib yursam bir onahon keldila. Ko'rinishlaridan judayam zamonaviy ekanlar, aylanib plash oladigan bo'ldila. sotuvchi qizlaga etvotila, iloji bosa manga plashni yopishib tuardigani bo'sa hijobligimni ishxonamdigila bilishmasa didi. Onahonni gaplari: Vazilik bilan ishliman, Hijobli boganim uchun qo'yishmayapti, romolizi yechin dib qo'yishpayapti,  anginam bor shunga ro'mol o'rab yuriman didi. Makka borib keganman, bormaganimdayam yechib yuborardim divotila, romoldan shundo sochlarini chiroyli qilib ko'rsatib qo'yganla! Iloji bosa tor kiyim bosa hijobligimi hich bilmasa didi. Tor kiyimlani kiyib oladigan bo'ldila. Azgina vaqt o'tgandan keyin tikuvchilari keldila, o'g'il bola dizaynerakan! Astafilulloh  Hozir ayollaga nima bovotiya shu dunyo uchun imonlarinyam sotib yuborishadimi?
Nom: Re: Kundalik post
Yuborildi: BelleQizcha 11 Aprel 2010, 22:00:27
Hayot guzal.. Faqat uning Qadriga yetsan-gina..
Nom: Re: Kundalik post
Yuborildi: Imron 11 Aprel 2010, 22:49:50
Бу пост қсшни форумда (http://forum.islom.uz/smf/index.php?topic=8228.msg70747#msg70747) чоп стилган, лекин шундай бслса-да, менга жуда ёққани учун шу ерга пост қилспман:
Iqtibos
Ҳар бир нарсанинг бахти бслади. Биринчи - туғилиш бахти (бу сизнинг ихтиёрингизда смас) - мусулмон оилада туғилсангиз. Гсдаклик, йигитлик вақтининг бахти шуки - исломга мувофиқ ҳаёт кечирса ҳамда исломни срганишда ижтиҳодли бслса. Давлат топишликнинг бахти шуки — топган давлатингизни Аллоҳ буюрган жойларга сарфласангиз. Камбағалликнинг бахти — Аллоҳ берган нарсаларга қаноат қила олсангиз. Аллоҳ берган аъзоларни сзини йслига сарфлашлик бу саломатликнинг бахтидир. Ўлишнинг бахти — шаҳид бслишликдир. Инсонларнинг снг бахтлиси - исломнинг фикрига сга булса ва шу фикрига амал қилиб сшай олса...
Nom: Re: Kundalik post
Yuborildi: Abdulhafiz 09 Avgust 2010, 21:55:54

Onajonim! Sizni sog'inaveraman!

Inson o'zi shunaqa: yonimizda bizga bor muhabbati bilan mehr berayotganlarni ular bizga yaqinliklarida kam tafakkur qilamiz, ularning mehru muhabbatlarini kundalik bir oddiy qilinishi kerak bo'lgan e'tibordek qabul qilamiz. Vaqti kelib, bu mehr va muhabbat taftidan uzoqlashganimizda esa, o'sha mo'tabar, aziz insonlarimizni qo'msay boshlaymiz. Kunda aytiladigan "o'g'lim, yaxshi uxlab turdingmi?", "Qorning ochmadimi?", "Charchab qolmadingmi?" degan so'zlarning ham qanchalik qudratga ega ekanligini afsuski, ular oldimizda bo'lmagan paytlarda his qilamiz.

Ota-onanning farzandga mehri hech qachon so'nmaydi. Katta bo'lib, oila qurish yoshiga yetsak-da, biz uchun hamon "qo'zichog'im", "toychog'im" kabi erkalashlar ataladi. Ular bizni xuddi yosh bolalardek asrab-avaylashadi.

Bir kuni uyga borganimda so'rida erta uxlab qolibman. Kechroq uyqum qochdi. Dadam haliyam uyg'oqlar. Onamga gapiryaptilar: "Qo'zichoq rosa charchabdi, qarang, asal bo'lib uxlashini...". Men eshitib yotibman, biroz kulgim qistadi. Keyin dadam oldimga kelib: "Qo'zivoy, tur joyingga yotvol" dedilar. Men kulimsiragancha, o'z joyimga yotdim. Dadam esa nimadan kulimsiraganimni ham bilmasdilar...

Onalar... Ulardagi mehrning ta'rifi yo'q. Onalar... Ular shunday zotlarki, bizni o'ylab yig'laydilar, ozginagina mehrimizdan suyunib o'zlarini qo'yarga joy topa olmaydilar. Biz esa ularni kam eslaymiz. Qachonki boshimizga biron mushkul tushganda, o'sha mehri daryo insonimizni eslab qolamiz. O'sha beminnat, samimiy mehru muhabbatni qo'msab qolamiz...

Farzand onaning bag'ridan yaralgan. Shuning uchun bo'lsa kerak, ba'zida biz yashirsak-da, ular bilib olaveradilar. Ba'zida og'rib qolganimda uyga telefon qilsam, onajonim: "qo'zichog'im, og'rib qoldingmi, yoki manga shunday tuyuldimi, bolajonim..." deya so'rab qoladilar. Yo'q, hammasi o'tib ketganini aytaman... Qayerdan bildilar ekan-a? Bir kuni ishdan kelayotib qornib qattiq siqib og'rib qoldi. Yurishga qiynalyapman. Qornimni changallagancha bekat tomon yuraman. Shunda xayolimdan o'tkazdim: onajonim yonimda bo'lganlarida hozir... Asal choy berib qornimni bog'lab qo'yardilar... Og'riq ham o'tib ketardi... Alloh-alloh! Shuni o'ylagan zahotim yarim soatdan beri meni azoblayotgan og'riqlar taqa-taq to'xtadi...

Onalarning bizga beradigan mehru muhabbatini qanchalik qaytara olayapmiz...? Hisoblashga, ijobiy javob berishga urinmang... Alllohim onalarni o'zi shunaqa bebaho qilib yaratgan. Ming chiransak ham ulardek mehr ko'rsata olmaymiz. Yagona umidimiz ularning xizmatlarini sidqidildan bajarish va roziliklarini olishdir.

Onajonim! Sizni sog'inaveraman!

18.06.2007
Nom: Re: Kundalik post
Yuborildi: Abdulhafiz 12 Dekabr 2010, 03:39:09
:as:

U ha deb shahar havosidan nolirdi. Toza havo yo'q degani-degan. U toza havo olay deb toqqa chiqdi.



Toza havo, naqadar toza havo dedi, keyin, keyin esa, sigareta tutatdi...




"Xayolga sig'magan xayollar" -dan
Nom: Re: Kundalik post
Yuborildi: Abdulhafiz 15 May 2012, 21:49:11
Mavzu egasining blogida aylanib yuruvdim, mashi post chiqib qoldi:
ikkita yosh ko'ngil berib turmush qurishdi........
boshida hammasi yahshi edi ,keyin kichik muommolar bo'ldiyu,hamma tuyg'ular uchib ketdi ........janjallashishlar ko'paydi ,ular ohiri bunday yashab bo'lmasligi haqida bu ishni bir yoqli qilish kerakligi o'ylashdi lekin ajralgilari kelmasdi ,
bek o'z begoyimiga shunday dedi kel shu bog'chamizga bir ko'chat o'tkazamiz ,keyin unga 1 oylar qaraymiz keyin agar ko'chat nobud bo'lsa ajralamiz dedi ,ular niholni ekishdi va alohida yashashdi ,bir kun kechasi bek va begoyim bir birlariga sezdirmay bog'chaga chiqishdi
ikkisining qo'llarida ham suv  bor edi .
Nom: Re: Kundalik post
Yuborildi: Shuhrat_ 14 Iyun 2012, 18:10:53
iqtibos tugmasi yugakan, kople qildim.      Iqtibos: Chustiy dan Kecha
20:10:48
Gunohimni yuvish uchun bitta
osh mandan
Qachon? Qayerda? Soat nechida?
To'ydagi osh hisobga o'tmaydi.