forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumdoshlar hayoti => Mavzu boshlandi: JaviK 25 Mart 2010, 18:04:14

Nom: Forumdagi birinchi postim - forumdoshning birinchi do'sti...
Yuborildi: JaviK 25 Mart 2010, 18:04:14
 :bs1: :as: Aziz Forumdoshlar, uchbu mavzuni ochishimdan maqsadim, barchani birinchi postini bir joyga jamlash, o`zim uchun bir ma`lumot sifatida olmoqchi bo`ldim.

SHART : Bu yerda har bir a`zo forumdagi 1-postini kiritishini so`rab qolaman.


P.S: Meni yangi ochayotgan mavzularim kimlargadur o`yin sifatida tuyilishi mumkin, shuni aytib o`tamanki
forumga maqtanish uchun kirmadim,
forumda ko`p post qoldirish uchun kirmadim,
forumga 2 ta maqsad uchun kirdim
Bilim va birodarlarimni ko`paytirish uchun kirdim.

Bu forumga kirganimda men hech narsani bilmasligimdan yig`laganman, hattoki hech qaysi sahobani bilmas,  hadislar borligini umuman bilmasdim ham, forumdan o`qib o`rgandim o`rganganlarimni eshitmaganlarga so`ylab berdim. Ko`p akalar, opalar, maslahat go`ylarimni topdim, ulardan olloh rozi bo`lsin.

Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: JaviK 25 Mart 2010, 18:05:30
Assalomu alaykum. salom sevarxon. siz bi fikrni o`rtaga tashlaganizdan xyrsandman, chunki men ham shu voqealarni ko`rib xayron qolyapman. bizga, musulmon xalqimizga yevropa madaniyati va dini kirib kelyatganligidan ko`pchilik afsusda, chunki mening bir tanishimni otasi xristian dini qabul qilibdi va oilasini ham shu dinga itoat qilishini talab qildi. bunday voqealarni ko`rib biz nima qilishimiz kerak?

             


Bizning dinimiz islom. Muqaddas kitobimiz Qur`on.
Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: Abu Muso 25 Mart 2010, 23:20:40
(http://s52.radikal.ru/i136/0910/c1/e131ba84fc40.jpg) (http://www.radikal.ru)

 :as:

Haqiqatda juda serqirra mazmunga ega surat ekan...
Shunday bo'lsada, baholi qudrat izohlashga harakat
qilib ko'raman.


Izoh: Avvalo suratdagi shaxmat doskasi, dunyo. Bunga etarlicha
dalillar bor, masalan dunyo o'tkinchi bir o'yin ekanligiga, Qur'oni
karimda ishora bor. Oq va qoara donalar, dunyodagi solih va johil
kishilarga ishora bo'lsa, oq va qora kataklar esa, haq va zalolat
yo'llaridir. Ya'ni, har bir manzilga borishning halol va harom yo'llari
bor. Hammasining tarozi ustida turishi esa, dunyo imtihonligi va
hisobi borligidan darak. Cholni agar Insoniyat desak, uning qariligi,
ayni damda oxirzamon ummatlari dunyoda yashab turganlariga ishora.
Cholga yarashmay turgan boshyalanglik esa, bugungi kunga kelib
ummatning sunnatga e'tibori qanday ekani haqida bildirmoqda.
Tarozining vaznni ko'rsatadigan joyi katta ilon bilan to'silganligi esa,
dunyoning imtihonligidan va ilon esa bu imtihonda bizga halaqit
beruvchi nafsimiz ekani tasvirlangan. Ya'ni, qilgan amalimizning gunoh
yoki savobligini bilish bizdan to'silgan, nafsimiz esa bu haq o'lchovni
o'zgartirib, boshqacharoq qilib ko'rsatadi bizga. Biz esa uni o'z qo'limiz
bilan boqib turamiz(choy uzatilayotgan piyola). E'tibor bersangiz, chol
bu tarozi ustida omonatgina o'tiribdi, bu esa dunyoda abadiy qola
olmasligimizga, dunyo o'tkinchi ekaniga ishora. Kitoblar ilm bo'lsa,
ularning tarozidan pastda turishi amalsiz ilm tarozida vazn bosmasligidan
darak. Tasvirdagi tarozi dunyo bolsa, ko'kka qad ko'targan minorani,
oxirat manzili deb angladim. Afsuski, suratdagi o'simlikni qanaqa o'simlik
ekanini aniqlay olmadim.  :(

Xulosa:
Ey Inson, o'yinsifat bo'lgan bu imtihon dunyosida o'zing omonatgina
o'tiribsanu, ammo sunnatlarga beparvo holda, ilmalrni oyoqosti qilib,
oxirat manzilinga qaramasdan, haqiqat tarozisini sendan to'sib turuvchi
nafsingni hanuzgacha, keksayib qolgan bo'lsang ham o'z qo'llaring bilan
boqib turish bilan ovorasan.

Hozircha faqat shu fikrlar keldi, lekin bu suratda yana ma'nolar ko'p...
[/b][/color]
Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: JaviK 28 Mart 2010, 16:40:09
 :as: bu mavzuni davomiyligi uchun agar uselar rozi bo`lsa o`zim joylab boraman.
Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: JaviK 28 Mart 2010, 16:40:57
AbdulAziz  aka
O'zbekcha islomiy manbalar:

(http://www.islam.uz/main/templates/peekfresh/images/logo.gif) (http://www.islam.uz/main/index.php)
http://www.islam.uz - Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf sayti

(http://islam.uz/main/images/banners/forum.gif) (http://forum.islam.uz)
http://forum.islam.uz - Islam.Uz saytining forumi
Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: JaviK 28 Mart 2010, 16:43:13
AKa Titan-Uz

tarvuzchilarning yarmi sho'ttami deyman!!!!!!!!

Ps.... Qale ishla o'zi forumdoshlar............................
Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: JaviK 28 Mart 2010, 16:47:11
Aka Ziyovuddin

Hozirgi kunda ota-onalar farzandlariga islomiy, ma`noli ismlar qo'yishmoqda. Shuning bilan birga boshqacha ismlar ham. Masalan Indira, Damira va boshqalar. Bu ismlar o'zi o'zbekchami? Ma`nosi nima?
Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: JaviK 08 Aprel 2010, 12:04:57
AKA SHOXJAHON12

Futbol bo'yicha JCH-2006 da qaysi terma jamoa "syurpriz"ga aylanadi, deb o'ylaysiz?
Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: JaviK 09 Aprel 2010, 15:05:31
KAPALAK OPA

Assalomu-alaykum aka-uka, opa-singillar:) Barchangizga yaqinlashib kelayotgan Ramazoni Sharif munosabati bilan, bu qutlug' oyni haqiqiy ma'noda his qilib, haqqini ado etgan bandalar bo'lishingizni tilayman.
Mavzuga javob beradigan bo'lsam, Alloh'dan avvalo sog'lik tilayman. Tilak-istaklarimizni cheki-chegarasi yo'q albatta....
Allohdan bir narsa tilab-yolvorgan paytimiz biz qullarning qanchalar ojiz, Yaratganning esa qanchalar Qudratli ekanligini yana bir bor qabul qilgan bo'lamiz... Hurmat bilan,
Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: Shoxjahon12 09 Aprel 2010, 15:48:52
AKA SHOXJAHON12

Futbol bo'yicha JCH-2006 da qaysi terma jamoa "syurpriz"ga aylanadi, deb o'ylaysiz?
Aslida eng birinchi postim bu emas. :)
Chunki men birinchi postimni 2004 yillarda forum endi ochilgan vaqtda qoldirganman. :)
Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: UzMuslim 09 Aprel 2010, 19:01:15

Assalomu alaykum!!!
Man Oyijonim Uchun Oxirgi martda Sotib olgan sovg'am BU Hadis Va Hayot Kitobidir..
Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: ibrohim 09 Aprel 2010, 21:14:35
Iqtibos
ha, men ham Zidanning o'rnida bo'lganimda shu yo'lni tutgan bo'lar edim. Orbitirning Zidanni chetlatishi nohqlik edi. Agar Buffon yugurib kelib Orbitirga aytmaganida balki Zidan yana o'yinni davom ettirgan bo'lar edi va Chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lardi

Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: JaviK 02 Iyun 2010, 10:06:43
Aka Habib

Assalomu Alaykum! Juda ko'p foydali maslahatlarni kiribtibsizlar! Barchangizga tashakkur. Bularni ko'chirib oldim. Onamga,singillarimga va ayolimga asqotadi degan umiddaman!
Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: JaviK 02 Iyun 2010, 10:10:07
Aka Nodirshoh

Assalamu alaykum aziz  mushtariylar bugun sizlar bilan Adobe photoshop dasturida ajoyib mashqni  bajaramiz, demak boshladik.
1.   Dasturni ishga tushiramiz va avtomobil rasmini olamiz.
(http://s48.radikal.ru/i122/0812/c5/08422682f2c6.jpg) (http://www.radikal.ru)
2.   Endi ana shu background layerimizni nusxalaymiz. (Ctrl+J)
(http://s52.radikal.ru/i137/0812/72/44bf9b05e9d6.jpg) (http://www.radikal.ru)
3.   Pen tool yordamida avtomobil farasi atrofini belgilab olamiz.
(http://s55.radikal.ru/i149/0812/53/fc9ee7626854.jpg) (http://www.radikal.ru)
Filter > Render > Lens flare
(http://s40.radikal.ru/i089/0812/2c/4395618ba1ec.jpg) (http://www.radikal.ru)
O’ng tomondagi farani ham 3- bosqichda ko’rsatilgan holda yoqamiz.
(http://s54.radikal.ru/i144/0812/71/3696642ad444.jpg) (http://www.radikal.ru)
4.   Image Readyga o’tamiz. Ctrl+Shift+M  layer1 dagi ko’zchani olib tashlaymiz.
(http://s49.radikal.ru/i124/0812/49/b88b40a48be8.jpg) (http://www.radikal.ru)
Background layerni tanlab,  Animation oynasiga tushamiz va  Duplicates current frames tugmasini bosamiz.
(http://i042.radikal.ru/0812/88/49f93674a540.jpg) (http://www.radikal.ru)
5.   Layer 1 ga o’tamiz va undagi ko’zchani o’z o’rniga keltiramiz va Animation oynasiga tushib, Duplicates current frames tugmasini bosamiz.
6.    Animation oynasiga tushib xuddi quyidagi rasmda ko’rsatilganidek animatsiyamiz davomiyligini belgilaymiz
(http://i062.radikal.ru/0812/96/e8162f4d7c1a.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nihoyat natija ham tayyor
(http://s44.radikal.ru/i104/0812/02/2404becab0f4.gif) (http://www.radikal.ru)
File > Save optimized as  .gif formatda soxranit qilamiz.
Muallif: Nodirshoh

Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: Nоdirbek 02 Iyun 2010, 10:20:04
Aka Chustiy:
Assalamu alaykum wr wb!!!
avvalo ramazoni sharif muborak bo'lsin garchi birinchi 10 kunlik o'tib ketgan bo'lsada..
Birodarlar shu sayt nomi bo'yicha bir savol bor edi agar mumkin bo'lsa..
hullas sayt nomi ziyo ekan Alloh rozi bo'lsin...
S:mana shu ziyo degani nima?
Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: Муҳаммад Соҳиб 02 Iyun 2010, 12:05:48
 :bs1:
Ассаламу алайкум!
 
 Инсонни сшашдан мақсади Аллоҳнинг розилигини топиш бслиши керак! Аллоҳнинг розилиги сса жаннат! Жаннатга Аллоҳнинг буйруқларини бажараиб, қайтариқларидан қайтганлар киради. Демак, инсон мақсадини мана шу нарсалар асосида шакллантири керак. Валлоҳи аълам.
Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: Chustiy 02 Iyun 2010, 12:39:00
Aka Chustiy:
Assalamu alaykum wr wb!!!
avvalo ramazoni sharif muborak bo'lsin garchi birinchi 10 kunlik o'tib ketgan bo'lsada..
Birodarlar shu sayt nomi bo'yicha bir savol bor edi agar mumkin bo'lsa..
hullas sayt nomi ziyo ekan Alloh rozi bo'lsin...
S:mana shu ziyo degani nima?

тсрт йил бсп қопти шу ерда оффтоп қилишни бошлаганимга :) биринчи кириб Админга ташап қоганман, худди бошқалар каби :)
Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: Muzayyana 04 Iyun 2010, 14:08:39
Umr ajoyibdir Islomla o'tsa,
O'lin ajoyibdir Iymonla o'tsa.
Yanada go'zal bo'lur jumang agar,
Toatla, xayrla, duola o'tsa!!!

Mana mani forumdagi ilk postim...
Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: JaviK 06 Iyul 2010, 14:55:28
AKA Forumnnb
Men yuqorida bildirilgan fikrlarga to`liq qo`shilaman. Adashmasam o`tgan yilning noyabr oylarida "Huquq" gazetasining navbatdagi sonlarining birida Y.Pardaning "Mamnu ne`matlar" degan maqolasini o`qib juda ta`sirlangandim. Qisqacha ma`nosini aytganda, avtobusda chol-kampir o`tirganda yoniga beli ochiq bir qiz keladi. Shunda chol qizga qarab "belingni yopib ol" deganida, qiz esa cholning ustidan kula-kula avtobusdan tushib ketadi. Shunda chol kampirga qarab, bunaqada yigit kishida "qitiq" qoladimi deydi......
Ha juda ham to`g`ri berilgan savol.  Koshki edi buni qiz-ayollar tushunsa....
Aytadigan bitta gapim qoldi shekilli, hurmatli ayollar yigitlarning kelajaklari sizlarning qo`llaringizda!(afsus bu haqiqat) :-(
Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: JaviK 06 Iyul 2010, 14:57:42
Aka shokir
Assalomu Alaykum hammalarizga ALLOHdan sog'lik omonlik su'rayman,bilib turganizdek men ham bu erda yangiman u'ylaymanki tez orada hammalariz bilan tanishib olaman inshaolloh  : )
Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: JaviK 06 Iyul 2010, 15:00:05
Aka braupov

Maqola egasiga katta rahmat
Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: Sadulla 07 Iyul 2010, 06:23:36
Iqtibos
Assalomu alaykum hurmatli forumdoshlar.
Bugun 1431-hijriy yil muharram oyining 10-kuni.Bu kun "Ashuro kuni" nomi bilan mashhur.Bu kuni tutilgan ro'zani Payg'ambarimiz (S.A.W) eng maxbub amallardan biri ekanligini takidlab o'tganlar.Bu kunni nafaqat musulmolar balki yahudiylar va nasorolar ham ulug'lab ro'za tutadilar.Ibn Abbos roziyalloxu anhudan rivoyat qilinadi:

"Nabiy sollalloxu alayhi vassallam Madinaga kelib ,yahudiylar Ashuro kuni ro'zasni tutayotganini ko'rdilar va:
  "Bu nima ?" dedilar.
 "Bu solih kundir.Bu kun Alloh Bani Isroilni dushmandan qutqargan kun.O'shanda Muso uning ro'zasini tutgan" deyishdi
  U zot sollalloxu alayhi vassallam :
  "Men sizlardan ko'ra Musoga haqliroqman" dedilar va uning ro'zasini tutdilar,tutishga amr qildilar".

Uchovlari rivoyat qilganlar.

Payg'ambarimiz (S.A.W) yahudiy va nasorolarlarnikiga o'xshash ishni qilishni yoqtirmas edilar,doimo ularnikidan boshqacha Islom ummatiga xos ishni qilib o'rganganlar.Shuning uchun   yahudiy va nasorolarlarnikiga o'xshab faqat o'ninchi kun emas, balki ularga xilof qilib, to'qqizinchi kunini ham ro'zasini tutishlarini aytdilar.Shuning uchun musulmonlar muxarram oyining 9 va 10-kunlarini ro'zasini tutishlari kerak.
Abu Qatoda roziyalloxu anhudan rivoyat qilinadi:

"Nabiy sollalloxu alayhi vassallam :
  "Allohdan umid qilamanki,Ashuro kunining ro'zasini o'zidan oldingi gunohlarininng kafforati bo'lsa " dedilar".

Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan . (Xadis va Hayot 9-juz Ro'za kitobi)

Alloh barchamizni islom va imonda bardavom qilsin Assalomu alaykum varahmatullohi va barakotu.

Bu postimdan keyin, birinchi tanbehni Lolo opadan olganligim hech esimdan chiqmaydi.
Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: JaviK 28 Sentyabr 2010, 17:56:13
Billur opa

Assalomu aleykum aziz forum ishtirokchilari. Men bu saytga yaqinda a'zo bo'ldim. Oldinlari mehmon sifatida ko'p kuzatar edim. Garchi Alhamdulillah musulmonman desamda Islom dini haqida deyarli bilmayman.Namoz o'qish farzligi va yana bir qancha ma'lumotlarni shu kabi islomiy saytlardan o'rganib bormoqdaman.
Hozir ham lolo opani Qirq HADIS mavzusida yozgan postlarini o'qib chiqdim. Qisqacha qilib yozadigan bo'lsam Alloh insonlarni taqdirini, jannatiy yoki do'zahiy bo'lishlarini oldindan taqdir daftariga bitib qo'yar ekan. Shu kabi ma'lumotlarni yanada batafsilroq kiritishni iloji bormi? Chunki men b-n 1-2 ta dugonalarim ham bahslashishgan edi. Oldindan bitilib qoyilsa gunoh ishing ham savob ish ham unda yashashdan ma'no nima deb. Baribir bu narsani o'z hohishingcha qilmaysan hammasi oldindan yozib qo'yilgan deb..
Inshaalloh ushbi forumdan ancha narsalarni o'rganaman deb umid qilaman.(chunki Islom dini haqida  shu erdan boshqa bilim oladigan joyni bilmayman) Chunki forumga a'zo bo'lishimdan maqsad ham diniy bilimimni takomillashtirishdir.
Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: Gabriela 10 Oktyabr 2010, 07:35:12
Bugun birinchi bor forumga kirdim va post qoldirdim. 1-postim sevimli saytlar mavzusida bo'ldi.
"men asosan xush kayfiyatda bo'lish uchun, kayfiyatimni ko'tarish va do'stlar orttirish uchun www.sherlar.uz ga kiraman"
Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: Solihatun 28 Dekabr 2010, 15:04:01
Birinchi stipendiyamga tangala berishgan...

Nom: Re: Birinchi postim
Yuborildi: Anonim 23 Sentyabr 2011, 22:31:18
Assalamu alaykum adashmasam andijonda qiz kuyov tomondan katta bolsa qozon berishadi
Nom: Forumdagi birinchi postim - forumdoshning birinchi do'sti...
Yuborildi: Govegastar 06 Mart 2012, 09:17:21
  Assalomu alaykum.

  Marifat shaydolari tarixning ahamiyatini nechog'lik anglasalar...anglagancha-aylasin )

  Mavzu orqali forum tasarrufidagi maydon chegaralariga bir bo'ylasak. Forum tarixini bir lahzaga yodaga olib bazi hulosalarga ega bo'lsak. Buni forumning bir foydali elementi deb bilaman.

 ...Buning uchun mavzuga forumga azo bo'lgan dastlabki paytlarda qoldirgan birinchi postlarimizni jamlasak, ikki yoki birnecha niklari bor forum azolari birinchi nikidagi birinchi postdan iqtiboz keltirishsa, barchasi jam bo'lsa.

  Albatta muslimlar muslimlarga, muslimalar muslimalarga do'st bo'lgan post deb bilamiz....
Nom: Re: Forumdagi birinchi postim - forumdoshning birinchi do'sti...
Yuborildi: Govegastar 06 Mart 2012, 09:20:14


   Subhanalloh...birinchi postim link ekan.



 Assalamu alaykum.
  http://islom.uz/content/view/510/105/

 
Nom: Re: Forumdagi birinchi postim - forumdoshning birinchi do'sti...
Yuborildi: ossiyobinti 06 Mart 2012, 09:46:05
Abu Said al Xudriydan r.a. rivoyat qilinadi. Rasululloh s.a.v. ''Agar masjidga borishga odatlangan kishini ko'rsangizlar, uning iymonli ekaniga guvoxlik beringlar. Chunki Alloh taolo: Alloxning masjidlarini faqat Alloxga va oxirat kuniga iymon keltirganlargina obod qilurlar", deb aytgan. Imom Termiziy rivoyatlari.

Mni birinchi postim judayam manili post qoldirganakanman ;D
Nom: Re: Forumdagi birinchi postim - forumdoshning birinchi do'sti...
Yuborildi: Govegastar 06 Mart 2012, 11:36:19

  Yuqoridagi hadis ko'p muslimlarga hamroh hadislardan. Ajoyib...

 Hayronman...qolganlar qani )
Nom: Re: Forumdagi birinchi postim - forumdoshning birinchi do'sti...
Yuborildi: registan 06 Mart 2012, 12:35:40
Meniki ham hadis ekan, oldin yaxshi bola bo'lgan ekanman, forumga kelib buzilib ketdim shekilli. )))


Sadaqa haqida.

"Rasululloh (s.a.v.): "Sadaqa barcha musulmonlarga vojibdir", deb marhamat qildilar. "Agar mo'min kishi sadaqa uchun biron narsa topolmasachi?" - deb so'rashdi. "Qo'llari bilan mehnat qilsin; ham o'ziga foyda, ham sadaqa bera oladi", deb marhamat qildilar. "Mehnat qilishga kuchi yetmasachi?" - deb so'radilar. "Yaxshilik qilsin", dedilar. "Bu ish ham qo'lidan kelmasachi?" - deb so'radilar. "O'zini yomonlik qilishdan saqlasin, zero, bu ham uning sadaqasi bo'ladi", dedilar.
Nom: Re: Forumdagi birinchi postim - forumdoshning birinchi do'sti...
Yuborildi: Ҳанафий 06 Mart 2012, 12:42:31
 Assalomu alaykum.

 Biz forumga a'zo bo'lganimizga hali ko'p bo'lmagan bo'lsa ham yaqin o'tmishga bir nazar solsak:

Bismillahir Rohmanir Rohiym.

 Alhamdu lillahi Robbil a'lamiyn! Vassolatu vassalamu a'la ashrafil mursaliyn!

 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatux.


 Azizlar, bir qancha muddat oldin bir birodarimiz bilan bir nechta test dasturlar tayyorlagan edik. Shularni sizlarga taqdim etishni niyat qildik. Inshalloh bundan keyin bu testlarga yana savollar kiritamiz hamda yana boshqa mavzularda test dasturlar tuzamiz.

 Fikr va mulohazalaringizni shu erga yozib qoldirsangiz iltimos.

Marhamat:

  Allohning go'zal ism va sifatlari haqida test dastur:

 www.test2.tanga.uz

Qur'oni Karimga oid test dastur:

 www.test.tanga.uz

 Rosululloh (s.a.v.)ning sunnatlari haqida test dastur:

 www.test3.tanga.uz

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=6320.msg345686#quickreply
Nom: Re: Forumdagi birinchi postim - forumdoshning birinchi do'sti...
Yuborildi: Muslima Salma 06 Mart 2012, 13:58:04
maniyam birin4i postim xadis bölgan ekan, lekin siladaka iqtibos qb yoziwni bilmadim copy qildm
     Re: Hadislar — ezgulik kaliti
« Javob berish #576 : 08 Fevral 2010, 21:34:18 » Iqtibos olish Rahmat

Abdulloh ibn Abbos (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Parvardigori Alloh taboraka va ta’olodan rivoyat qilib dedilar: - Alloh ta’olo hasanotlarni ham, yomon amallarni ham yozib qo‘ydi (ya’ni, farishtalariga ularni voqelikka muvofiq yozib qo‘yishni buyurdi). So‘ng bayon qildiki, kim bir yaxshilikni ko‘ngliga tugib, keyin uni qilmasa-da, Alloh ta’olo uni komil yaxshilik sifatida yozib qo‘yadi. Agar bir yaxshilikni ko‘ngliga tugib, uni amalga ham oshirsa, Alloh ta’olo uni o‘z huzurida o‘n hasanotdan yetti yuz barobargacha — behad ziyodalar bilan yozib qo‘yadi. Agar banda bir yomonlikni ko‘ngliga tugsa-yu, so‘ng uni qilmasa, Alloh ta’olo o‘z huzurida uni komil yaxshilik sifatida yozib qo‘yadi. Agar bir yomonlikni ko‘ngliga tugib, uni amalga oshirsa, Alloh ta’olo uni bitta yomonlik sifatida yozib qo‘yadi.

Buxoriy va Muslim rivoyati.

Xar safar shu xadisni o'qiganimda Allohning naqadar rahimdil Zot ekanligini,Va Uning dini end mukammal din ekanligidan va musulmon bo'lib tug'ilganimga Alhamdilullah deyman
Nom: Re: Forumdagi birinchi postim - forumdoshning birinchi do'sti...
Yuborildi: Donishmand 07 Mart 2012, 17:16:55
Off top: Chustiy bu mavzuning "ruchnoy"ini tortib qo'yibdilar-u :) Off top ichida taklif: AbdulAziz, o'sha mavzu bilan ushbusini birlashtirib qo'ysangiz yaxshi bo'larmidiykin. (Moderatorlarning borligiyam bilinmayapti, bunaqada admin.ga qiyin-ov...)
Nom: Re: Forumdagi birinchi postim - forumdoshning birinchi do'sti...
Yuborildi: gayrat17 06 Aprel 2012, 03:13:23

315     Ilm va ziyo / Intellekt / Re: Ziyo-Uz BukToPuHaCu    : 13 Sentyabr 2006, 16:00:38

Iqtibos: AbdulAziz dan 16 Iyul 2006, 16:23:02
Geografiya
Qaysi davlatning 3 ta poytaxti bor?

Tahminim
 Braziliya , Brazilia hozirgi poytaxti, Rio-de-Jeneyro eski poytahti, San-Poulu Iqtisodiy poytaxti

Nom: Re: Forumdagi birinchi postim - forumdoshning birinchi do'sti...
Yuborildi: munlu 12 Aprel 2012, 17:25:19
Assalomu alaykum.
Nom: Re: Forumdagi birinchi postim - forumdoshning birinchi do'sti...
Yuborildi: IRFON-2012 17 Aprel 2012, 19:33:18
Mening birinchi postim, Qur'oni Karim haqida savol ekan!
Nom: Re: Forumdagi birinchi postim - forumdoshning birinchi do'sti...
Yuborildi: gayrat17 20 Aprel 2012, 01:59:56
Mening birinchi postim, Qur'oni Karim haqida savol ekan!
Қачон бергандиз.........
Nom: Re: Forumdagi birinchi postim - forumdoshning birinchi do'sti...
Yuborildi: IRFON-2012 20 Aprel 2012, 14:24:54
g'ayrat17, ro'yhatdan o'tgan kunimda.
Nom: Re: Forumdagi birinchi postim - forumdoshning birinchi do'sti...
Yuborildi: Govegastar 22 Aprel 2012, 18:51:30

  Rahmat.

  Chustiy tog'a, haryon qoldim...Javik birodar bilan bir hil odam bo'lib chiqsaga ? Rasmimizham bir hil : ))

  Mayli, nima qilsangizlar roziman.