forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Salomatlik => Mavzu boshlandi: JaviK 26 Mart 2010, 14:02:42

Nom: TO'G'RI TUTILGAN PARHEZ.
Yuborildi: JaviK 26 Mart 2010, 14:02:42
TO'G'RI TUTILGAN PARHEZ.

      Hozirgi kunda ozish xaqida ko’p gapirilmoqda. Turli hildagi parhezlar zamonaviy rusmga aylanib qoldi. Lekin bu o’rganizmga kerakmikin? Ba’zi kerakli oziqalardan o’rganizmni mahrum qilib hato qilmayotganmikinmiz? Ma’lumotlarga ko’ra ohirgi yillarda avj olgan ozdiruvchi parhezlar ko’pgina kasalliklarga, jumladan xolsizlanish, stress, aqildan ozish, oshqozon-ichak kasalliklari, sklerozlarga sabab bo’lmoqda. Fotomodel bo’lishni orzu qiladigan qizlarda yog’ tanachalarning etishmasligi sababli farzandsizlik kasalliklari kelib chiqmoqda. Xammasini toshu taroziga qo’yib parhez qilishga ahd qilgan ekansiz ba’zi narsalarni bilib qo’yish kerak. Avvalambor oqsilni koni bo’lmish go’shtdan voz kechish mumkin emas. Qon o’z funksiyasini to’liq bajarishi uchun kerak bo’lgan temirni biz aynan go’sht, baliq, jigar mahsulotlaridan olamiz. Voz kechish kerak bolgan mahsulotlar bu o`zida uglevodlarni saqlovchi mahsulotlardir. Ularga hamir ovqatlar, kartoshka, pishiriqlar shirinliklar, hayvon yog’lari, tuzlamalar, dudlangan mahsulotlardir. Sut mahsulotlari, tuhum, sabzabot, meva, yong’oq, ko’katlar, pishloq doimiy rasioningizda bo’lishi kerak. O’simlik yog’lari hujayra va ichak faoliyati uchun juda zarur bo’lib, kundalik oyqatimizni ajralmas mahsuli bo’lishi kerak. Oz miqdorda qand istemol qilish kerek, chunki u energiya manbai, qolgan qand miqdorini shirin mevalarningi glukoza va fruktozadan oladi, Lekin oshirib yubormaslik kerak chunki qandning ortiqchasi organizmda zahira holda yog’ga aylanadi.
Nom: Re: TO'G'RI TUTILGAN PARHEZ.
Yuborildi: JaviK 26 Mart 2010, 14:08:08
Parhezga berilib ketib miyani oziqlantirishni unutib qo’ymang. Bazi moddalar miya uchun zarur. Masalan:toyinmagan yog’ kislotasi miyani uchdan bir qismini tashkil qilib, qon aylanishini vamikrosirkulasiya jarayonini boshqaradi. U etishmaganda hotira pasayadi . Manbalari: o’simlik yog’I, hamma baliq turlari. Glusidlar-bu miyani energiya manbayi. Uni non, kartoshka , makaron mahsulotlari shakarqamishning jigarrang qandidan olamiz. Konfet, pishiriqlar, oq qanddagi glusiddan ehtiyot bo’lish kerak,ortig’i giperglikemiyaga olib keladi. Bu esa o’z navbatida hotirani pasayishiga olib keladi. Proteinlar—bu hayvonlardan olinadigan oqsil bo’lib tarkibida hujayralarimiz o’zi sintez qilmaydigan (ishlab chiqarmaydigan) aminakislotalar bor. Ularni biz yog’siz mol va tovuq go’shtlaridan olishimiz mumkin. O’simlik proteinlarini guruch , soya, qizil loviyadan olishimiz mumkin. B guruhidagi darmondorilar —eslab qolish qobiliyatini kuchaytirishda asosiy o’rin tutadi. B2 hujayra va neru tolalari bog’ xosil qiladi. Ularni pishloq, no’xat, grechka , yong’oqni hamma hillaridan olishimiz mumkin. Miyani faoliyati uchun mikroelementlardan ayniqsa temir, magniy elementlari kerak bo’lib ular yashil olma, bolg`ar qalampirida , mayiz, turshakda istimol qiling Ko'rib turganingizdek ozish uchun ko'p narsadan vos kechip bo'lmaydi. Eng asosiysi yoshishga kerak bo'lgan kaloriyalarni hisoblab osiqlanish, ko'plab suv ichishni unitmang. Shuni unutmangki inson gavdasini to'la yoki ozg'in bo'lishi genofondga bog'liq. U odamga irsiyatdan o'tadi bog'cha va maktab yoshidagi bolalarga ozdiruvchi parhez tutish mumkin emas.
Nom: Re: TO'G'RI TUTILGAN PARHEZ.
Yuborildi: JaviK 26 Mart 2010, 14:08:37
manba: http://salomatlik.edunet.uz/tog.htm
Nom: Re: TO'G'RI TUTILGAN PARHEZ.
Yuborildi: munisaxon 26 Mart 2010, 20:19:01
Yaqinda bir gazetada berilgan parhezni o`qib ko`rdim. U yerda asosiy e`tibor mahsulotlarning tarkibidagi glyukozaga qaratilgan Meni ajablantirgan tomoni shundaki, biz ko`pincha parhez uchun umuman to`gri kelmaydi deb hisoblagan mahsulotlar parhezga kiritilgan. lekin bir yaxshining bir yomoni bor deganlaridek hamma parhezdan ketma-ket foydalanish yaxshi emas. hayotda biroz optimist bo`lish ham anchagina yordam beradi.
Nom: Re: TO'G'RI TUTILGAN PARHEZ.
Yuborildi: Zulfina 18 Aprel 2010, 21:55:17
Odatda parhez qilish qizlar uchun ko'pgina noqulayliklar tug'diradi. Lekin man tavsiya qilmoqchi bo'lgan parhez ancha qulay. kechqurun bir bokal qatiqga 1osh qoshiq grechkani solasiz. Ertalab tayyor bo'gan mahsulotni och qoringa iste'mol qilasiz. Tushlikda yog'sizro holagan ovqatizzi yeysiz, faqat nondan voz kechasiz, kechki ovqatni maksimum 6 da tanovvul qilasiz. 6 dan keyin faqat meva yeyishiz mumkin. Juda foydali dieta, sinab ko'rishiz mumkin.
Nom: Re: TO'G'RI TUTILGAN PARHEZ.
Yuborildi: BelleQizcha 18 Aprel 2010, 22:35:39
Zulfina dietizii sinab korish kere...

Kopchilik qizla ozamiza deb hech narsa yeyishmidi.. lekin unaqada ozilgan tana judayam tez semirishi ham mumkin.. Muhimi nonushtani yaxshi qilib, kengi kun toamlarni kamaytirsa boladi.. 6 tidan kiyin hech narsa yemaslik ham yaxshi.. hamir va shakardan uzuqroq yurish yaxshi.. Kiyin kok choy ham judayam yordam beradi..


Coffe ham judayam uaxshi diet chunki qorini uzoq vaqtdgacha to'q tutadi. Suyuq ovqatlar doim dieta uchun judayam yaxshi. Sodalarni, Nonlarni,va shirinliklarni kamyitrilsa taningizda ikki haftadan resultatlarni korasiz.. ishonavareng.