forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Darsxona => Operatsion tizimlar va komputer qurilmalari => Mavzu boshlandi: MaxCmd 22 Iyul 2006, 14:03:52

Nom: Yangiliklar
Yuborildi: MaxCmd 22 Iyul 2006, 14:03:52
Assalomu alaykum!

Bu xabarda sizlar uchun operatsion tizimlar, kompyuter dasturlari va kompyuter qurilmalari bo`yicha yangiliklardan boxabar qilib boramiz.
Nom: Windows Vista! Windows OS turkumining yangi vakili
Yuborildi: MaxCmd 24 Iyul 2006, 14:34:58
Assalomu alaykum!
(http://img207.imageshack.us/img207/1407/wvhomenavpearlnq6.png)
Windows Vista(kod nomi Longhorn) 2007-yil yanvar oyida sotuvga chiqariladi. E'tibor bersak, Microsoft OSlari versiyalarini ishlab chiqarish oralig`i eng kattasi shu OS bilan XP OSi oralig`ida bo`lyapti(2002-2007). Shuning uchun kutilganidek, bu OS da avvalgi OSlarda bo`lmagan jihatlar juda ko`p.
Birinchidan, Vistani "oddiy" kompyuterlarga o`rnatib bo`lmaydi. Ya'ni, operativ xotira hajmi 512 Mb bo`lishi kerak.
Ikkinchidan, agar siz Vistani diskdan o`rnatmoqchi bo`lsangiz, DVD-R ga ega bo`lishingiz kerak.

Endi Windows Vistaning imkoniyatlari haqida:
Tashqi ko`rinish:
Windows Vista haqida Internetda:
http://microsoft.com/windowsvista/ - asosiy sahifa;
http://winfuture.de/screenshots.html - har xil ko`rinishlar;
http://oszone.ru/3965/Microsoft_Windows_Vista_Beta_2 - Vista Beta 2 haqida ma'lumot(rus tilida).

Windows Vistaning boshqa xususiyatlari haqida shu xabarda ma'lumotlar berib boramiz.
Nom: Microsoft Exchange Server 2007 ning test variantini chiqardi
Yuborildi: MaxCmd 27 Iyul 2006, 13:32:15
Microsoft Exchange Server 2007

(http://www.microsoft.com/library/media/1033/exchange/graphics/hero/Exchange2007_logo.gif)

Microsoft o`zining Exchange 2007 pochta serverining Beta versiyasini chiqardi.
Yangi versiyada xavfsizlik, ma'lumotlar himoyasi kuchaytirilgan. E-mail va kalendarlar bilan ishlash ancha qulaylashgan. Forefront Security for Exchange qo`shimchasi esa turli troyan viruslar, spamlar va viruslardan himoya qilish uchun xizmat qiladi.
Xohlovchilar Exchange Server 2007 ning imkoniyatlaridan foydalanib ko`rishlari mumkin.
Qo`shimcha ma'lumotlar:
http://www.microsoft.com/
http://www.microsoft.com/exchange/preview/default.mspx
Nom: Microsoft Office 2007. Yangi "Offis" ga nazar.
Yuborildi: MaxCmd 28 Iyul 2006, 11:50:08
Microsoft Office 2007. Yangi "Offis" ga nazar.
(http://www.microsoft.com/library/toolbar/3.0/images/banners/office2007_ltr.gif)

Assalomu alaykum!
Hozir mensizlarga Microsoft korporatsiyasining Office ni yaratishdagi keyingi qadami - Microsoft Office 2007 haqida ma'lumot beraman. Hozircha faqat Word 2007 haqida.

Office 2007 mahsuloti 2007-yil yanvar oyida(Windows Vista bilan bir paytda) sotuvga chiqariladi. Hozir esa Beta 2 versiyasi mavjud bo`lib, uni http://www.microsoft.com/office/preview/beta/download/en/default.mspx dan olishingiz mumkin.

Endi qisqacha yangi Office haqida:
1. Yangi va juda qulay interfeys.
(http://img224.imageshack.us/img224/8807/shot1ok7.th.jpg) (http://img224.imageshack.us/my.php?image=shot1ok7.jpg)
Bu interfesda hech qanday menyu yo`q. Buyruqlar knopkalar orqali ajariladi.
Oynaning yuqori qismida menyular o`rniga "lenta"(TabBar) lar qo`yilgan.
(http://img53.imageshack.us/img53/5171/shot2at3.th.jpg) (http://img53.imageshack.us/my.php?image=shot2at3.jpg)
(http://img353.imageshack.us/img353/4541/shot3os7.th.jpg) (http://img353.imageshack.us/my.php?image=shot3os7.jpg)
2. Birgina menyu: Fayl menyusi.
(http://img133.imageshack.us/img133/1426/shot4tn3.th.jpg) (http://img133.imageshack.us/my.php?image=shot4tn3.jpg)
3. Aniq va tushunarli yordam(hint). Agar biror oynani ochib beruvchi knopka ustiga sichqoncha ko`rsatkichini olib borsangiz, bu knopka vazifasi haqida ma'lumot va shu knopkani bosganda chiqadigan oyna rasmi paydo bo`ladi.
(http://img82.imageshack.us/img82/8225/shot5ba8.th.jpg) (http://img82.imageshack.us/my.php?image=shot5ba8.jpg)
4. Qulay qaynoq knopkalar(shortcut). Agar siz Alt klavishini bossangiz, yuqoridagi lentalarning pastki qismida ularga o`tish uchun bosish lozim bo`lgan klavish nomi chiqadi. Masalan, Alt+H Home paneliga o`tish. Alt keyin H ni bosganimizda esa, shu paneldagi buyruqlar klavishlari chiqadi:
(http://img218.imageshack.us/img218/8071/shot6ll1.th.jpg) (http://img218.imageshack.us/my.php?image=shot6ll1.jpg)
(http://img218.imageshack.us/img218/2797/shot7jv3.th.jpg) (http://img218.imageshack.us/my.php?image=shot7jv3.jpg)
5. Word 2007 ning yana bir qulayliklaridan biri bu matnning biror qismini belgilaganingizda paydo bo`ladigan shaffof paneldir. Bu panel matnni tahriri uchun ko`p kerak bo`ladigan buyruqlardan iborat.
(http://img141.imageshack.us/img141/5013/shot8bv3.th.jpg) (http://img141.imageshack.us/my.php?image=shot8bv3.jpg)
6. Hozircha Word 2007 Beta 2 da PDF faylga eksport qilish imkoniyati bor. Bu sotuvga chiqariluvchi variantida bo`lmasligi mumkin, chunki Microsoft va Adobe bu borada tortishib qolishdi:).
(http://img216.imageshack.us/img216/4272/shot9vd1.th.jpg) (http://img216.imageshack.us/my.php?image=shot9vd1.jpg)

Bundan tashqari siz Vista ko`rinishini ham tanlashingiz mumkin. Bunda oyna ko`rinishi Windows Vistadagi kabi bo`ladi.
(http://img82.imageshack.us/img82/8504/shot10hz3.th.jpg) (http://img82.imageshack.us/my.php?image=shot10hz3.jpg)

Shaxsan menga yanfi Office juda yoqdi. Agar sizlar ham qiziqqan bo`lsangiz, uni ko`chirib olib ishlatib ko`ring yoki [email protected] ga yozsangiz, men bilan bog`lanib disska yozib olishingiz mumkin.

http://microsoft.com/
http://www.microsoft.com/office/preview/default.mspx
http://www.microsoft.com/office/preview/beta/download/en/default.mspx
Nom: Lycos Mail: 3 Gbayt hajmli elektron pochta.
Yuborildi: MaxCmd 04 Avgust 2006, 09:27:53
Lycos Mail: 3 Gbayt hajmli elektron pochta.
(https://hb.lycos.com/art_nb/logo_lycos_50high.gif)
Lycos kompaniyasi http://mail.lycos.com/ Lycos Mail elektron pochtasining yangi versiyasini tekshirishni yo`lga qo`ydi. Bu pochtaning 2 ta asosiy imkoniyati mavjud: 3 Gbayt maktublar uchun joy va bir maktubda xohlagan miqdorda(va hajmda) fayllar jo`natish imkoniyati(ko`pchilik pochtalarda hajmi maksimum 10 Mbayt).

Lycos pochtaning 3 variantini taklif qiladi: bitta tekin va ikkita pullik. Tekin pochta ko`rinishi turli reklamalardan iborat bo`ladi va agar pochtangizdan 30 kun foydalanmasangiz ma'lumotlaringiz o`chib ketadi. 5 dollarga pochtangizni bir yilgacha o`chirmasliklari kafolatlanadi. 20 dollarga esa 5 Gbayt joy, reklamalrsiz va 3 ta POP3 kliyent olish imkoniyati bo`lgan pochtaga ega bo`lasiz.
Nom: Apple ning yangi OSi: Mac OS X Leopard
Yuborildi: MaxCmd 16 Avgust 2006, 13:30:07
Mac OS X Leopard

(http://img221.imageshack.us/img221/377/macmi8.jpg)

Mac OS X Leopard bu Apple ning yangi OSi bo`lib 2007-yilning bahorida sotuvga chiqarish mo`ljallanyapti. OS ning yangi imkoniyatlaridan biri bu Time Machine dir. Bu sistema va Macintosh kompyuteridan o`chirilgan hamma narsani qayta tiklashga yordam beradi. Foydalanuvchi o`z sistemasida vaqt bo`yicha "sayohat" qilishi mumkin.

OSning boshqa imkoniyatlari haqida
http://www.apple.com/macosx/leopard/
orqali tanishishingiz mumkin.
Nom: Google rasmni tanish uchun xizmat qiladigan texnologiyani sotib oldi
Yuborildi: MaxCmd 16 Avgust 2006, 22:43:20
Google rasmni tanish uchun xizmat qiladigan texnologiyani sotib oldi

(http://www.3dnews.ru/_imgdata/img/2006/08/16/24070.gif)

Google kompaniyasi suratlardan jismlarni ajrata oluvchi texnologiyaga egalik qiluvchi Neven Vision kompaniyasini sotib olganligi haqida ma'lum qildi. Google yangi texnologiyani o`zining Picasa nomli programmasida qo`llamoqchi. Google ning ma'lum qilishicha, tez orada Picasa programmasi suratdan insonlarning rasmini ajratib olish imkoniyatiga ega bo`ladi. Keyinroq esa suratlardan aynan biror kishini izlash ham mumkin bo`ladi.
Nom: Winrar 3.60
Yuborildi: MaxCmd 17 Avgust 2006, 09:40:23
Winrar 3.60

Winrar arxivatorining 3.60 versiyasi chiqdi. Bu arxivator o`zining imkoniyatlari bilan ko`pchilik foydalanuvchilarning sevimli arxivatoriga aylangan.
Yangi o`zgartirishlar:
va h.k.
Arxivatorning trial-versiyasini
http://www.download.com/WinRAR/3000-2250-10007677.html?part=dl-winrar&subj=dl&tag=button
dan olishingiz mumkin.
Nom: Google onlayn matn muharririni ochdi.
Yuborildi: MaxCmd 25 Avgust 2006, 09:05:25
Google Writely. Onlayn matn muharriri
(http://www.writely.com/images/NewLogo.gif)

Google ning bu yangi servisi brouzerning o`zida matn terish, uni tahrirlash va saqlash uchun xizmat qiladi. Ya'ni, kompyuteringizga hech qanday matn muharriri o`rtatilmagan, lekin sizda Internetda ishlash imkoniyati bo`lsa, bemalol onlayn matn muharriridan foydalanishingiz mumkin. Google Writely Microsoft Word fayllarini ham import qilishi mumkin. Har 10 minutda sizning hujjatingiz avtomatik saqlanib turadi. Bundan tashqari siz hujjatingizni turli bloglarda chop etishingiz mumkin.

Google Writely:
http://www.writely.com
http://google.com
Nom: Internet Explorer 7 RC1
Yuborildi: MaxCmd 28 Avgust 2006, 19:45:30
Internet Explorer 7 RC1
(http://netz.ru/images/uploads/200511/ie7_icon.png)
Microsoft korporatsiyasi Internet Explorer 7 RC1 ni yaratdi. Avvalgi(Beta 2) versiyasidan farqi, asosan, uning tezligi va CSS lar bilan ishlashning mukammallashganidir. Internet Explorer 7 haqida eshitmagan uchun: bu brouzer Internet Explorer ning yangi versiyasi bo`lib, juda ko`p imkoniyatlari bilan 6-versiyadan farqlanadi. Unda bir necha saytni bir oynada(turli panellarda) ochish, RSS yangiliklarni o`qish, sahifa bilan rasmlarni ham masshtabini o`zgartirish va h.k. imkoniyatlar yo`lga qo`yilgan.

Ko`chirish va to`liq ma'lumot:
http://www.microsoft.com/windows/ie/default.mspx
Nom: Microsoft Windows Vista ning bahosini e'lon qildi
Yuborildi: MaxCmd 12 Sentyabr 2006, 12:45:40
Microsoft kompaniyasi Windows Vista ning bahosini e'lon qildi
(http://www.microsoft.com/library/media/1033/windowsvista/images/wv_home_logo_wht.png)

Yangi OS ning narxi $199 (Windows Vista Basic)dan $399 (Windows Vista Ultimate)gacha bo`ladi. Windows XP ni Windows Vista Basic ga yangilash uchun $100, Windows Vista Ultimate ga yangilash uchun esa $259 deb belgilandi.

http://microsoft.com
http://microsoft.com/windowsvista
Nom: Internet Explorer 7 Final
Yuborildi: MaxCmd 20 Oktyabr 2006, 12:03:22
Internet Explorer 7 Final
(http://netz.ru/images/uploads/200511/ie7_icon.png)

Va nihoyat, Internet Explorer 7 ning to`liq versiyasi chiqdi.
Bu brouzerdan foydalanishni hammaga tavsiya qilaman. IE6 dan farqlari:
1. Tezlik;
2. Bir oynada bir necha sahifani ochish imkoniyati;
3. RSS larni o`qish, yuklash;
4. Anti fishing filter - turli troyan, virus va h.k.lardan himoya qilish;
5. Yangi qulay va tushunarli interfeys;
6. Sahifani masshtabini aniq rasmlari bilan o`zgartirish;
7. Sahifani aniq chop etish
va h.k.lar.

http://www.microsoft.com/windows/ie/default.mspx
Nom: Adobe Creative Suite 3
Yuborildi: Nazira 05 Oktyabr 2007, 01:37:01
(http://farm2.static.flickr.com/1234/1485751148_e17c27f30e_o.jpg)

Adobe Creative Suite  - Adobe Systems tomonidan tayyorlangan grafik dizayn, video tahrir va veb sahifalar yaratish programmalaridan iborat bo'lgan jamlamadir. Ohirgi versiyasi Adobe Creative Suite 3 (CS3)  - 2007 yil 27 Martda e'lon qilindi.
CS3 o'zida Dreamweaver, Flash va Fireworks programmalarini ham qamrab oladi. Bu programmalar Adobe ning sobiq raqibi, 2005 yilda sotib olingan Macromedia kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilardi.
Adobe, CS3 paketlarini 6 hil "editions" deb atalgan kombinatsiyalarda sotuvga qo'ygan. Ularning ba'zilari 2007 yil 16- Aprel dan sotuvga chiqa boshlagan; Production Premium va Master Collection kombinatsiyalari 2007 yilning 2- Iyulidan sotuvga chiqarildi.

Adobe Creative Suite 3 Dizayn Standart quyidagilarni o'z ichiga oladi:

Adobe Photoshop CS3
Adobe Illustrator CS3
Adobe InDesign CS3
Adobe Acrobat 8 Professional

Adobe Creative Suite 3 Dizayn Premiyum:

Adobe Photoshop CS3 Kengaytirilgan
Adobe Illustrator CS3
Adobe InDesign CS3
Adobe Acrobat 8 Professional
Adobe Flash CS3 Professional
Adobe Dreamweaver CS3

Adobe Creative Suite 3 Veb Standart:

Adobe Flash CS3 Professional
Adobe Dreamweaver CS3
Adobe Contribute CS3
Adobe Fireworks CS3

Adobe Creative Suite 3 Veb Premiyum:

Adobe Photoshop CS3 Kengaytirilgan
Adobe Illustrator CS3
Adobe Acrobat 8 Professional
Adobe Flash CS3 Professional
Adobe Dreamweaver CS3
Adobe Contribute CS3
Adobe Fireworks CS3

Adobe Creative Suite 3 Production Premiyum:

Adobe After Effects CS3 Professional
Adobe Premiere Pro CS3
Adobe Photoshop CS3 Kengaytirilgan
Adobe Flash CS3 Professional
Adobe Illustrator CS3
Adobe Soundbooth CS3
Adobe Encore CS3
Adobe OnLocation CS3 (faqat Windows uchun)
Adobe Ultra CS3 (aqat Windows uchun)

Master Collection yuqoridagilarni hammasidan iborat.

Manba'lar: http://www.adobe.com/products/creativesuite/
http://en.wikipedia.org/wiki/Adobe_Creative_Suite