Farzand ko'rib uni tarbiyalash - bu katta baxt.
Xamma vaqt, barcha xalqlar orasida bolani o'stirish, unga tarbiya berish onaning zimmasida bo'lgan. Salomatlik bolalikdan, to'grirogi xali tugilmasidan - ona qornida shakllanib boradi. Tug'ilgan bola qanday inson bo'lib yetishadi? Inson bo'la oladimi? Jamiyatda qanday o'rin tutadi va boshqa savollarga ijobiy javob olish uchun javobgarlik ma`suliyati ko'proq onaga yuklatilgan. Onaning emotsional xolati, uning sog'ligi, jismoniy, ruxiy axvoli, oziqlanishi, xordiq chiqarishi embrionni rivojlanishiga ta`sir ko'rsatadi. Tug'ilayotgan bolalar orasida turli kasalliklar ko'payib boraetganini xisobiga olib turmush qurmoqchi bo'lgan yoshlarni tibbiy ko'rikdan o'tqazilmoqda. Bu qurilayotgan oila orasida ajrimlar, anglashilmovchiliklarni oldini oladi, chunki turli patalogiya bo'lishi mumkin bo'lgan irsiy kasalliklarni aniqlab yoshlarga kerakli maslaxatlar beriladi.
Farzandning soglom, baquvvat bo'lib o'sishi uchun, tayyorgarlik, mehnat kerak bo'ladi. Xomila paydo bo'layotgandagi ota-onaning ruxiy xolati, sog'ligi juda muxim rol o'ynaydi. Ota-onalardan biri chekadigan bo'lsa tug'iladigan bolaning sogligi zaiflashadi. Lekin xomilaning birinchi dushmani bu alkogol. Uni ta`siri nafaqat onaga(chunki ichadigan erkakdan xomilador bo'lgan ayolda surunkali ko'ngil aynash, toksikoz, tanada suv yigilishi, qon bosimining yuqori bo'lishi, buyrak ishini buzilishi, tomir tortishishlar va tug'ilish jarayonining qiyinligi kuzatiladi), balki bolani rivojlanishida fiziologik o'zgarishlar kutiladi. Ular ko'pincha distrofiya rivojlanib nerv sistemasining funksional buzilishi, immunitetni pasitligi, ovqat xazm qilish sistemasining buzilishi, nafas yo'llarini siqilishi kuzatilgan. Lekin eng ayanchlisi yillar o'tib bolaning aqlan zaif ekanligi aniklanganda bo'ladi. Miyaning rivojlanmaganligi, psixik rivojlanishning orqada qolishi, aqlan zaiflik ,bularning xammasi otaning spirtli ichimliklarga qiziqishi oqibatidir. Xamma vaqt xam oqibatlar bunchalik daxshatli bo'lmaydi, lekin asoratlarini bolani dangasaligida, uni tez charchab kolishida, inertligida, yomon uqishida, bo'yini pastligi, nimjonligida ko'rishingiz mumkin. Ichkilikka berilgan otaning o'gli xam ichkilikboz bo'lishi kuzatilgan. Shuning uchun qadimdan ichkilik ichadigan odamning farzandiga qizlarini turmushga bermaslikka xarakat qilishgan. Lekin yanada ayanchlisi ayol kishi xam ichkilikka berilsa. U o'zi bilmagan xolda o'zini farzandsizlikka xukm qiladi yoki uning farzandi mayib, majrux tug'iladi. Albatta xar doim xam bola axmoq yoki majrux tugilavermaydi, lekin geniy yoki aqli o'tkir bulib tug'ilishi mumkin bo'lgan bola o'rta meyor yoki bir muncha zaif tug'ilsa alam qilmaydimi?