forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: muhibb 27 Aprel 2010, 13:53:22

Nom: Pichoqni avval o'zingga ur!
Yuborildi: muhibb 27 Aprel 2010, 13:53:22
Assalomu alaykum.
Yana bitta mavu :)

O'zingizga ravo ko'rmagan narsani boshqaarga ham ravo ko'rmaysizmi? Shu holatga tushganda qanday hissiyotlarni his qilasiz?
O'zim boshlayman :)

2-3 kun oldin ba'zi bo'ydoq o'rtoqlarim (kimligini o'zlari tushunib olishgandir :) ) haqida o'ylab o'tirib, kulib "kimlardir (o’zimni nazarda tutmoqdaman) ikkinchi xotinni rejalashtiryapti, bu bolalar haliyam uylana olmayaptilar. Qiziq...." dedim. Ikkinchi xotinga uyanish masalasida shunchaki og'zalki aytsam ham, heh chuqurlashmagan edim. Nimagadir, bu safar sal chuqurroq ketib qolibman. Lekin,....

20 yil keyin nima bo'lishini ko'z oldimga keltirdim. Har safar ishdan charchab kelganimda "dada!" deb o'zini bag'rimga otib, butun charchog'u-xafagarchilikni esdan chiqaradigan, kuni bilan faqat o'zini o'ylatadigan, har bir harakatlari olam-olam quvonch bag'ishlaydigan 1.5 yasharlik qizcham katta bo'ldi.

Shu qizimga eng yaqin odamimdan sovchi keldi. Qizimni ikkinchi xotinlikka so'rashdi...... O'zimdan so'rayapman: "Qizingni shu odamga berasnmi?". Shu savolni so’raganga: "œHohlagan narsangni muhayyo qilaman, faqat bu mavzuda gapirma"¦.."

Hayol surishi davom ettira olmadim. Etim junjikib ketdi....
Nom: Re: Pichoqni avval o'zingga ur!
Yuborildi: Musannif Adham 30 Aprel 2010, 12:59:11
Lekin Alloh va Rosuli ruxsat bergan narsani biz muhokama qilolmaymiz.

Keling, Siz boshqacha tasavvur qiling: "O'sha uylanayotgan ikkinchi xotiningiz beva ayol bo'lsin. Siz uning turmush qiyinchiliklarini ko'taring. Farzandlari bo'lsa, ularni voyaga yetkazishda yordam bering. Insha Alloh shunda Sizning qizingizni 20 yildan keyin 2-xotinlikka so'rashganda, Siz "Men ikkinchi xotinga uylangnimda u beva va bolali ayol edi", deb ayting".

Ana shunda Sizning uzringiz menimcha o'rinli bo'ladi.

Umuman, bu mavzu forumda ko'p muhokama qilingan va katta bahslarga sabab bo'lgan. Kim ikkinchi xotin mavzusini xohlamasa, bu mavzuda mulohaza qilishdan tiuyilgani ma'qul. Lekin shari'at ruxsat bergan narsaga biz o'z fikrimizni bildirishimiz, menimcha behuda bo'lib qoladi. Chunki bu hukmlar joriy qilib bo'lingan. Biz xohlaymizmi, yo'qmi...

P.S. Agar fikringizni noto'g'ri tushungan bo'lsam, uzr so'rayman.
Nom: Re: Pichoqni avval o'zingga ur!
Yuborildi: muhibb 03 May 2010, 12:12:16

Hamma masala shundada! Odatda siz aytganday, beva ayolni olish kamdan-kam kishining hayolidan o'tadi. Ko'pchilik 1-xotindan "svejiy"roq xotinni o'ylaydida :)

P.S. Man ko'pxotinlik masalasida fikr bildirmadim. Shunchaki tasavvur qildim xolos. "Ruhsat" va "Amr" orasida katta farq bor.