forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Namoz => Mavzu boshlandi: XALIF 04 May 2010, 16:02:46

Nom: Bomdod namozidan so'ng nima qilasiz?
Yuborildi: XALIF 04 May 2010, 16:02:46
Assalomu alaykum forumdoshlar. Bu mavzni ochishimdan maqsadim birodorlarim bomdod nomozidan sung Allox beradigan uz nasibalarini qanday qilib olishlariga qiziqdim yoki uyquni afzal kurib Allox beradigan rizqdan bebaxra   qolishadimi. Manda shu narsa muamo bulgani uchun uzimni-uzim ish bilan band qilaman yoki futbol uynayman dustlarim bilan.

savol: Siz nima qilasiz?
Nom: Re: Bomdod nomozidan sung nima qilasiz?
Yuborildi: muhibb 04 May 2010, 17:38:29
Zikr qilaman. Undan keyin uy ishlari bilan band bo'laman. Ja bo'lmaganda yo komputerda o'yin o'ynayman yo uxlayman :1
Nom: Re: Bomdod nomozidan sung nima qilasiz?
Yuborildi: Ansora 04 May 2010, 20:03:48
Bizda bomdod azoni sahar 04.20 da o'qilgani uchun namozdan keyin uhlayman....
Nom: Re: Bomdod nomozidan sung nima qilasiz?
Yuborildi: Musannif Adham 04 May 2010, 21:03:28
1-1,5 soat davomida Qur'on o'qiyman. Keyin biroz uyqu... Yoki boshqa ishlar bilan shug'ullaman.
Nom: Re: Bomdod nomozidan sung nima qilasiz?
Yuborildi: Mars 04 May 2010, 21:06:51
Men ko'pincha bomdodga uhlab qolyapman nima qilish kerak?
Nom: Re: Bomdod nomozidan sung nima qilasiz?
Yuborildi: Ansora 04 May 2010, 21:11:06
Men ko'pincha bomdodga uhlab qolyapman nima qilish kerak?

Kech yotmaslik kerak....
Nom: Re: Bomdod nomozidan sung nima qilasiz?
Yuborildi: Mars 04 May 2010, 21:16:31
Men ko'pincha bomdodga uhlab qolyapman nima qilish kerak?

Kech yotmaslik kerak....

Peshin namozi kirguncha o'qib olyapman.Kech yotishga majburmanda
Nom: Re: Bomdod nomozidan sung nima qilasiz?
Yuborildi: muslima_sodiq 04 May 2010, 21:54:26
bomdoddan k-n ko'pincha quyosh chiqquncha Qur'on va zikr bilan mashg'ul bo'laman, kechasi kech yotsam, bomdoddan k-n uxlab qolaman

Peshin namozi kirguncha o'qib olyapman.Kech yotishga majburmanda
uzr, qanchalik kech yotmang baribir vaqtida o'qish kerak, yotayotganingizda Allohdan chin qalbdan so'rab yoting inshaAlloh turasiz, men ham ba'zida bomdodga 2-3 soat qolganda yotaman Aalhamdulillah bomdodga tura olaman

Nom: Re: Bomdod nomozidan sung nima qilasiz?
Yuborildi: XALIF 05 May 2010, 10:05:18
Men ko'pincha bomdodga uhlab qolyapman nima qilish kerak?
Bu muamo faqat sizda emas diyarli kupchilikda uchraydigan xolat. Bu befarqlik. Qasd qilish kerak shaytoni engishni, shaytoni xursand qilish kerak emas balki gazblantirish kerak siz qancha vaqtida nomozni ado etsangin shayton shuncha gazablanadi. shayton aytar ekan bu banda bunchalar Robusiga sodiq ekan, ayni zalolatda yuradigan vaqtida, ibotatlarni vaqtida ado etmoqda deb. Imkon qadar jamoad bilan namozlarni ado etsangiz inshallox bu muamoni xal qilish osonlashadi. Allox toat-ibodatda xamamizni mustaxkam qilsin amin.
Nom: Re: Bomdod nomozidan sung nima qilasiz?
Yuborildi: muhibb 05 May 2010, 10:07:50
Men ko'pincha bomdodga uhlab qolyapman nima qilish kerak?

tahorat bilan uxlang. Uxlashdan oldin oyatal kursiyni o'qing,
eng asosiysi, qattiq ixlos bilan niyat qiling ertalab barvaqt turishga.

P.S. O'z tajribamdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, iltimos, faqat kulmang ;) charchagan paytim, uxlashdan oldin to'yib suv ichaman. shunda bomdod mahal g'ayri ixtiyoriy ravishda turishga "majbur" bo'lamanda ;D
Nom: Re: Bomdod nomozidan sung nima qilasiz?
Yuborildi: Mahdiyah 05 May 2010, 23:10:56
Men ko'pincha bomdodga uhlab qolyapman nima qilish kerak?

Bu xol ko'pchilikda mavjud. Ayniqsa kun bo'yi ishda ishlab, kech uxlaydiganlarda.

Yuqorida forumdoshlar yaxshi maslaxat berishibdi, shularga arzimas bo'lsa ham qo'shimcha:
Yaqinlaringiz yoki bomdodga turadigan birodarlaringizdan sizni ham turg'izib qo'yishlarini iltmos ham qilsangiz bo'ladi
Nom: Re: Bomdod nomozidan sung nima qilasiz?
Yuborildi: Abdumuhaymin 05 May 2010, 23:14:28
Men ko'pincha bomdodga uhlab qolyapman nima qilish kerak?
nima qilish kerak, uhlamaslik kerak.
Nom: Re: Bomdod nomozidan sung nima qilasiz?
Yuborildi: BelleQizcha 06 May 2010, 03:23:36
Vayy mandan so'ramela man etmiy.. Bomdodi o'qib tayyorlanib oqishga ketaman..
Nom: Re: Bomdod nomozidan sung nima qilasiz?
Yuborildi: siddiqa 06 May 2010, 07:21:42
 :as:

Budilnigingizga " bomdodlarini qazo qilganlar " (H.Hamidov )degan she'rni baland qilib qo'yib yuboring avvaliga eshitmasligingiz mumkin keyin g'ayri ihtiyoriy sakrab turib ketasiz .

lekin bomdoddan keyin aslida uhlamaslik kk ,shuni hech eplay olmayapman yaqingacha ko'ngilni to'lgizayotgan holatlar bir pastda o'tmishga aylanib qolishi ham mm ekan . :( :(     

Bomdoddan keyin uhlamaslik kerak !!!!!!!!!! deyishardi .
Nom: Re: Bomdod nomozidan sung nima qilasiz?
Yuborildi: Mars 06 May 2010, 08:48:25
keyin yana bir narsa sal ertaroq o'qib olsa ham bo'ladimi?Masalan 1 soat yoki 1,5 soat qoldi ,agar uhlasez qazo bo'ladi.shuni bir yo'la o'qib uhlagani yotish?
Javoblar yahshi bo'pti o'zi rahmat ,lekin shu narsa ham bo'ladimi bo'medimi shuni bilmoqchidim
Nom: Re: Bomdod nomozidan sung nima qilasiz?
Yuborildi: muhibb 06 May 2010, 09:41:27
"Bomdoddan so'ng uxlash nodonlik, peshindan keyin uxlash oqillik, asdan keyin uxlash esa johillikdir" degan edi Allohning valiy qullaridan biri. (Tazkiratul avliyoda o'qian edim.)
Nom: Re: Bomdod nomozidan sung nima qilasiz?
Yuborildi: Muzayyana 07 May 2010, 10:02:59
Bomdod namozidan so'ng, to quyosh chiqqincha zikr qilish bu maqbul va xayrli amallardan deb eshitgan edim. Undan keyin, bomdod namozidan so'ng Qur'on tilovat qilish ham yaxshi, keyin "zuho" namozi bor u ham bomdoddan keyin o'qiladi, yani 2 rakatdan iborat, kimki mana shu ikki rakat namozni joy-joyiga qo'yib ado etsa, unga Umra(haj) qilganning ajriga barobar savob berilar ekan, Vallo a'lam...(ma'ruzada eshitgan edim)
Nom: Re: Bomdod nomozidan sung nima qilasiz?
Yuborildi: muslima_sodiq 07 May 2010, 15:28:57
Bomdod namozidan so'ng, to quyosh chiqqincha zikr qilish bu maqbul va xayrli amallardan deb eshitgan edim. Undan keyin, bomdod namozidan so'ng Qur'on tilovat qilish ham yaxshi, keyin "zuho" namozi bor u ham bomdoddan keyin o'qiladi, yani 2 rakatdan iborat, kimki mana shu ikki rakat namozni joy-joyiga qo'yib ado etsa, unga Umra(haj) qilganning ajriga barobar savob berilar ekan, Vallo a'lam...(ma'ruzada eshitgan edim)
:as:

Muzayyana opa, uzr bomdoddan keyin to quyosh chiqquncha namoz o'qish mumkin emas. quyosh chiqqandan keyin 10-15 minut o'tib, "Zuho" namozi emas, "ishroq" namozi o'qiladi.  "Zuho" namozini esa quyosh tikka kelgunga qadar o'qiladi, kimki "zuho" namozini o'qisa, badanining badalini ado etibdi deb o'qigandim vallohi a'lam insh. manbasini topsam yozaman
Nom: Re: Bomdod nomozidan sung nima qilasiz?
Yuborildi: Ansora 07 May 2010, 15:46:19

Nafile namozlar turkumiga kirgan İshroq namozi (İşrak) Quyosh bir ikki nayza yuksalgandan keyin yani quyosh chiqqandan 40-50 daqiqa keyin o'qiladi.
Yonida soati yo'q kishi esa, iyagini ko'krak qismiga yopishtirib quyoshga qaraydi, agar vu vaziyatda quyoshni ko'ra olmasa, demak, kerahat vaqti (yani namoz o'qilishi mumkin bo'lmagan vaqt) chiqibdi. Bundan keyin İshroq namozi o'qilishi mumkin. İshroq namozi 2 rakat bo'lib, Payg'ambarimiz (S.A.V)bu namoz haqida shunday deganlar:
"Bir kimsa Bomdod namozini jamoat bilan o'qigandan keyin, o'tirib quyosh chiqquncha zikr bilan mashg'ul bo'lsa va quyosh chiqqandan keyin esa 2 rakat İshroq namozini o'qisa, 1 nafile Haj va Umra savobini oladi" (İHYA. 1. 336)

Turk tilidagi ma'lumotlar:

http://www.namazzamani.net/turkce/nafile_namazlar.htm
Nom: Re: Bomdod nomozidan sung nima qilasiz?
Yuborildi: Ansora 07 May 2010, 15:54:11
Bomdod namozidan so'ng, to quyosh chiqqincha zikr qilish bu maqbul va xayrli amallardan deb eshitgan edim. Undan keyin, bomdod namozidan so'ng Qur'on tilovat qilish ham yaxshi, keyin "zuho" namozi bor u ham bomdoddan keyin o'qiladi, yani 2 rakatdan iborat, kimki mana shu ikki rakat namozni joy-joyiga qo'yib ado etsa, unga Umra(haj) qilganning ajriga barobar savob berilar ekan, Vallo a'lam...(ma'ruzada eshitgan edim)

Zuho yoki Duho (Qushluk) namozi uchun eng maqbul vaqt- kunning tikkaga yuksala boshlagan vaqti bo'lib, tuya bolalarining (bo'taloqlarning) quyoshda yura olmaydigan vaqtidir. (Shox Valiyulloh Dehlaviy, Hujjaetulâhi'l Bâliga Jild. 2, sahifa. 53.)
Bu namoz haqida Hadis-i Sharifda ham shunday deyiladi:

"Duha namozining vaqti- tuya bolasi tuyoqlarining quyoshdan qizigan vaqtidir"
Muslim, Misafirin. 143.

Bu nafile namoz ham 2 rakatdan 10 rakatgacha o'qiladi.

Turk tilidagi ma'lumotlarni shu saytdan o'qishingiz ham mumkin:

http://www.dinimizislam.com/detay.asp?id=2890
Nom: Re: Bomdod nomozidan sung nima qilasiz?
Yuborildi: lolo 13 May 2010, 06:06:16
 :as:
keyin yana bir narsa sal ertaroq o'qib olsa ham bo'ladimi?Masalan 1 soat yoki 1,5 soat qoldi ,agar uhlasez qazo bo'ladi.shuni bir yo'la o'qib uhlagani yotish?
agar bomdoddan 1 - 1,5 soat oldin uyg'oq bo'sez tahajjud o'qin, shundo imkoniyatga ega bb uni qo'ldan chiqarish aqlsizli bo'ladi. Ne-ne odamlani armoniku tahajjudga turish.

Man bo'sam, Bomdoddan oldingi va keyingi shu 1,5 - 2 soatlarga kotta ahamiyat beraman. Va unumli foydalanishga harakat qilaman. Oldiniga tungi qiyom, keyin esa Qur'on, Shuruq namozi, zikrlar va kitob o'qish... (sovug'im oshib ketib uhlab qomasamde agar)
Nom: Re: Bomdod nomozidan sung nima qilasiz?
Yuborildi: Muzayyana 13 May 2010, 14:36:32

lolo Alloh ibodatda bugan shijoatizga yanada jo'shqinlik bersin, amin...
qolganlarni esa hidoyatga boshlasin...
Nom: Re: Bomdod nomozidan sung nima qilasiz?
Yuborildi: HMF 15 May 2010, 09:15:14
Men ko'pincha bomdodga uhlab qolyapman nima qilish kerak?

tahorat bilan uxlang. Uxlashdan oldin oyatal kursiyni o'qing,
eng asosiysi, qattiq ixlos bilan niyat qiling ertalab barvaqt turishga.

P.S. O'z tajribamdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, iltimos, faqat kulmang ;) charchagan paytim, uxlashdan oldin to'yib suv ichaman. shunda bomdod mahal g'ayri ixtiyoriy ravishda turishga "majbur" bo'lamanda ;D

Domla bekor aytdiz bu gapni endi bir ikta yosh bollar bo'lsa forumda manam shunaq qilaman deb hamma yoni dabdala qilishadi turolmay qolsa ;D
Nom: Re: Bomdod nomozidan sung nima qilasiz?
Yuborildi: muhibb 15 May 2010, 10:31:12
Men ko'pincha bomdodga uhlab qolyapman nima qilish kerak?

tahorat bilan uxlang. Uxlashdan oldin oyatal kursiyni o'qing,
eng asosiysi, qattiq ixlos bilan niyat qiling ertalab barvaqt turishga.

P.S. O'z tajribamdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, iltimos, faqat kulmang ;) charchagan paytim, uxlashdan oldin to'yib suv ichaman. shunda bomdod mahal g'ayri ixtiyoriy ravishda turishga "majbur" bo'lamanda ;D

Domla bekor aytdiz bu gapni endi bir ikta yosh bollar bo'lsa forumda manam shunaq qilaman deb hamma yoni dabdala qilishadi turolmay qolsa ;D

Dorini ichishdan oldin, doktorga murojaat qilish kerak :)
Nom: Re: Bomdod namozidan so'ng nima qilasiz?
Yuborildi: XALIF 16 May 2010, 16:42:45
Yangi islom diniga amal qila boshlagan edim Bomdod namozlarni ado etish muamo bular edi. Domilaga yaqin tanish bulganim uchun savol tashladim.
Domila man bomdod namozini ado eta olmaypman qazosini qanaq qilib ado etay dedim
domila aytdilarki birodar siz butun bir boylikni quldan boy beribsiz dedilar qanaqasiga desam. Agarda butun er yuzi boyligi sizniki bulsa xam uni xayir exson qilsangiz xam bomdod namozining 2 rakat sunnat namozinig savobnixam ola olmaysiz debaytgandlar bu boylikni imkon qadar xarkuni quldan chiqarmaslikka xarakat qila boshladim. Vaqti kelib utgan vaqtimizga afsuslanib qolmaylik, ibodatlarga befarq bulmaylik, doimo ilm talab bulaylik, bilganimizni bilmagalarga bildiraylik allox uzi bizni uz panoxida asrasin Amin.
Nom: Re: Bomdod namozidan so'ng nima qilasiz?
Yuborildi: AbdulAziz-Solih 07 Iyun 2010, 07:54:14
Alhamdulillah,zikrda bo'laman...va forumga kiraman.Islom.uzdan ancha narsalarni o'qishga ulguraman.Chunki uyquni hali vaqti bor...atigi 2-3 soat uyqu yetarli....InshaAlloh,harakat qilsa erishish mumkin bunga...xuddiki 8-9 soat uxlaagandek bo'lasiz...
Nom: Re: Bomdod namozidan so'ng nima qilasiz?
Yuborildi: Sadulla 07 Iyun 2010, 19:58:14
 :as:

Bomdod namozidan keyin forumga kirishshi yaxshi ko'raman,lekin odam uncha ko'p bo'midi  :(
Boshida ozgina, bomdod nomoziga turish qiyin bo'gan ,keyin o'rganib ketib,hozir o'z o'zimdan turib ketaman.
Odam bir vaqtda har kuni turvursa o'rganib ketarkan.Lekin kun bo'yi ozgina uxlamasam kechga borib charchab qolaman.
Nom: Re: Bomdod namozidan so'ng nima qilasiz?
Yuborildi: UzMuslim 07 Iyun 2010, 21:38:26
Albatta Ertalab Bomdod Namozidan Keyin Asta Sekin Ishga Chiqib Ketaman,Albatta husuiy ishda ishlaganim Uchun Ish vaqti Davlat ishhonalaridan farq qiladi,Doim Kunimiz fayzli O'tishi uchun Namozdan keyin Duo Qilaman  va Ishga Chiqib ketaman//
Nom: Re: Bomdod namozidan so'ng nima qilasiz?
Yuborildi: HMF 08 Iyun 2010, 02:52:47
Mana bomdotka ham azon aytdi! endi sekin borsak...
Nom: Re: Bomdod namozidan so'ng nima qilasiz?
Yuborildi: Nurilla 08 Iyun 2010, 08:49:41
Man bomdodni o'qib bo'lgandan keyin agar charchagan bo'lsam uxlayman, charchamagan bo'lsam kitob o'qiyman, netga kiraman, mp3 (qur'on, ma'ruza) eshitaman yoki telda o'yin o'yniman, ba'zida yuguraman. To'g'risini etish kerakde.
Nom: Re: Bomdod namozidan so'ng nima qilasiz?
Yuborildi: JeeS 11 Iyul 2010, 19:36:38
Man hozir Moskvadaligim uchun yoz oylarida uxlayman namozdan keyin.
Nom: Re: Bomdod namozidan so'ng nima qilasiz?
Yuborildi: UzMuslim 14 Iyul 2010, 10:39:41
Doim Bomdod Namozidan Keyin Allohdan Rziqmizni halolab Berishini So'rab,Savdoga yo'l Olaman...
Nom: Re: Bomdod namozidan so'ng nima qilasiz?
Yuborildi: Zamiraxon 14 Avgust 2010, 05:00:25
Ba'zan forumdagi ba'zan Qur'on kitobimdagi oyatlardan yod olaman.
Nom: Re: Bomdod namozidan so'ng nima qilasiz?
Yuborildi: yoqutxon 03 Sentyabr 2010, 20:11:48
Assalomu aleykum.Bomdod namozidan so'ng deyarli har kuni quyosh chiqishini tomosha qilaman.Quyoshning ufqdan
bosh ko'tarishi bir mo'jizadek tuyiladi menga , hech ham o'tkazvorgim kelmaydi bu voqeani. Umuman bomdodan to nonushta,kundalik ishlar boshlangungacha bo'ladigan vaqt hayollarni jamlash, yangi rejalar tuzish,ortga nazar tashlash,mulohazalar qilish,shukronalar keltirish, hayollarim bilan yolg'iz qolish uchun eng maqbul payt men uchun.
Nom: Re: Bomdod namozidan so'ng nima qilasiz?
Yuborildi: Shuhrat_ 14 Fevral 2012, 23:14:59
 :asl3:
Albatta Quron, kegin vaqtimga qarab hadis lar uqiyman.kegin nonushta, ish va hokazo...shu yusunda umrimiz o'taverarkan,o'taverarkan.Alloh ibodatlarimizni qabul o'z raxmatidan nasibador qilsin.
Nom: Re: Bomdod namozidan so'ng nima qilasiz?
Yuborildi: bir muslim 01 Mart 2012, 00:17:26
Iqtibos
Mars dan 04
May 2010, 21:06:51 Men ko'pincha
bomdodga uhlab
qolyapman nima qilish
kerak?

 Ас-солату хойрум-минан-навм.Шу чакирикга амал килинг.Албатта Аллох мададкор булади.
Nom: Re: Bomdod namozidan so'ng nima qilasiz?
Yuborildi: XALIF 01 Mart 2012, 07:30:57
:as:
keyin yana bir narsa sal ertaroq o'qib olsa ham bo'ladimi?Masalan 1 soat yoki 1,5 soat qoldi ,agar uhlasez qazo bo'ladi.shuni bir yo'la o'qib uhlagani yotish?
agar bomdoddan 1 - 1,5 soat oldin uyg'oq bo'sez tahajjud o'qin, shundo imkoniyatga ega bb uni qo'ldan chiqarish aqlsizli bo'ladi. Ne-ne odamlani armoniku tahajjudga turish.

Man bo'sam, Bomdoddan oldingi va keyingi shu 1,5 - 2 soatlarga kotta ahamiyat beraman. Va unumli foydalanishga harakat qilaman. Oldiniga tungi qiyom, keyin esa Qur'on, Shuruq namozi, zikrlar va kitob o'qish... (sovug'im oshib ketib uhlab qomasamde agar)
Nafil namozlarni ado etgan yaxshi agarda namoz farz bulishi bilan ado etib kelgan bulsangiz. Oldin Allox farz qilgan namozlarda qazo bulmasa kegin nafil ibodatlarni qilaylik man xisoblab kursam manga namoz farz bulgandan sung 7 yuldan kegin ado etishni boshlabman imkon qadar qazo namozlarni ado etishni niyat qildim.
Nom: Re: Bomdod namozidan so'ng nima qilasiz?
Yuborildi: azizbek_mx 01 Mart 2012, 11:16:28
qazo namozlarni qanday ado etish mumkin? Soddaroq, batafsilroq tushuntirsangiz iltimos... Rahmat oldindan
Nom: Re: Bomdod namozidan so'ng nima qilasiz?
Yuborildi: Abdumuhaymin 01 Mart 2012, 11:24:51
qazo namozlarni qanday ado etish mumkin? Soddaroq, batafsilroq tushuntirsangiz iltimos... Rahmat oldindan
Qaysi vaqtdagi namozni ado qilsayiz, ketidan usha namozni ohirgi qazosini deb niyyat qilib o'qiyverasiz, chalkashliklar bo'lmasligi uchun bu soddaroq usul. qazo namozida asosiysi farzni ado qilish, 1kunda nechtagacha qazo o'qish chegaralanmagan.
Nom: Javob: Bomdod namozidan so'ng nima qilasiz?
Yuborildi: Muxsiya 11 Mart 2013, 10:49:54
Bomdoddan keyin olti din kalimasi o'qiyman. Menga arab alifbosini o'rgatgan ustozim aytgan edi u bilan kechgan suhbatimizni e'tiboringizga havola qilama
-O'lim farishtasi insonning jonini olib bo'lgach butun tanasini tekshiradi, shunda "La ilaha ilalloh" kalimasini aytib jon bergan bo'lsa, og'zida ushbu kalima qotib qolganini ko'rib, Musulmon ekan deysi
- Ba'zi odamlar hushsiz  yoki komada jon beradiku, ular musulmon bo'lmaydimi
-Buni Avvalo Alloh o'zi hal qiladi, lekin ertalab ulgursangiz bomdodgacha bo'lmasa bomdoddan keyin olti din kalimasini o'qigan odamni kechgacha joni uzilsa, mo'minlar safida boladi, shomdan keyin aytgan odam tonggacha joni uzilsa ham mo'minlar safida bo'ladi, shuning uchun har keni uyqudan turiboq va uyquga yotmasdan ushbu olti kalimani o'qishni odat qiling deb aytgan edi
Nom: Javob: Bomdod namozidan so'ng nima qilasiz?
Yuborildi: Bechora_Bandang_ 12 Mart 2013, 02:22:03
Internetga kiraman
Nom: Javob: Bomdod namozidan so'ng nima qilasiz?
Yuborildi: IRFON-2012 21 Yanvar 2014, 19:57:38
Imom G'azzoliy (r.a) o'rgatganlaridek nafsim bilan mushorata qilaman. Kun davomida muroqaba, murobata. Kechqurun esa muhosaba qilinadi.