forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:18:36

Nom: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:18:36
Farzonochka:
Assalomu alaykum hurmatli forum qatnashchilari! Bugun sizlarga yana bir muammoli savolni o`rtaga tashlamoqchiman...
Ko`pchilik insonlar 'boylik' deganda faqatgina molu-davlat, pul, mashina, xullas, shunga oxshash "dunyo"ni tasavvur qilishadi... Lekin rostdan ham haqiqiy boylik shu ekanmi? Mana shu savolga nisbatan javoblaringizga qiziqdim. Siz nima deysiz hurmatli suhbatdosh???
Fikrlaringizni kutamiz!
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: Munira xonim 27 Iyul 2006, 10:44:47
Assalamu alaykum.
Haqiqiy boylik - Musulmonligimiz,
Muhammad s.a.v ga ummatligimiz va Iymonimiz.
Bu mening fikrim
Boshqalarning fikrlarini ham kutib qolamiz.
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: Foniy 27 Iyul 2006, 11:29:10
Assalomu alaykum do'stlar!
Mening nazarimda haqiqiy boyligimiz birinchi o'rinda Iymonimiz hamda padari buzrukvor-u volidai muhtaramalarimizdir.
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: forumnnb 27 Iyul 2006, 18:46:27
Menimchahaqiqiy boylik, ota-ona, siz egallagan ilm, do`stlik va MUHABBAT!
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: maknuna 28 Iyul 2006, 08:45:21
Mohinur:
Haqiqiy boylik - insonning iymoni!
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: maknuna 28 Iyul 2006, 08:45:34
Noza:
Xaqiqiy boyli bu- Ota onamiz!!!
Xaqiqiy boyligimiz-Sog'lig'imiz. (aynan o'sha mol mulkni ham sog'lig'imiz bo'lmasa topa olmaymiz.)
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: maknuna 28 Iyul 2006, 08:45:52
farzonochka:
Assalomu alaykum, albatta firklaringizga qoshilaman, har tongda bizning sog`ligimi joyida bolgan holda uyg`onishimiz, yonimzida yaqinlarimiz bilan hamroh bolishdek baxt-haqiqiy boylik hisoblanadi!
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: maknuna 28 Iyul 2006, 08:46:08
AbdulAziz:
Bu dunyoga Alloh bizni keltirgani katta boyligimiz - baxtimiz! Aks holda bizni kim ham bilardi? Kimga ham kerak edi!...
Ota-onamiz - boyligimiz!
Do`stlarimiz - boyligimiz!
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: maknuna 28 Iyul 2006, 08:46:33
Samo:
Haqiqiy boylik - IYMON.
Allohga Iymon.
haqiqiy iymon ham nurdir ham quvvatdir.
haqiqiy iymon insonni har taraflama mukammashtiradi.
haqiqiy iymon soyasida risoladak yashasak soglom bolamiz bunga asri saodat shohid kitob yahshilab kovlab chiqilsa osha paytda juda kam hastalanganlar bolgan...

haqiqiy iymon sohibi ota onasini Quronni buyrugi bilan Uf deyishdan ham chekinishga harakat qiladi.

haqiqiy boylik bolmish iymon natijasida ohiratdagi 1 soniyalik jannat hayotini bu dunyodagi mlrd zamonga (pul uyoqda tursin) alishmaydi. chunki haqiqiy iymon egasini samarali tujjorga aylantiradi.

shunga kora haqiqiy boylik iymondir
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: maknuna 28 Iyul 2006, 08:46:59
AbdulAziz:
Samo!
O`sha haqiqiy boyligimiz - iymonimizni his qilishimiz, u bilan yashashimiz, u bilan nafas olishimiz, har doimo shu bebaho boyligimizni qo`ldan boy bermasligimiz uchun nima qilishimiz kerak?

Samo:
Qalbimizga qongan g'uborlarni Imonni quvvatlaydigan hujjatlar bilan supurib(tozalab) turish kerak.
chunki shayton va nafs doimo kirlatib turibdi.
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:38:11
kamol:
Yana bir eng katta boyligimiz - ota-onamiz.
Ularni qadrlaylik. Borliklarida ko`ngillarini olaylik. Keyin afsusda qolmaylik.
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:38:33
Farzonochka:
Assalomu alaykum Kamol, fikrlarizga qoshilaman.
Biz uchun eng qadrli boylik-ota-oanmiz, ulaga teng keladigan birorta boylik,baxt topilmaydi!
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:38:50
kamol:
Allohim bizni ota-ona ko`magida bu dunyoga keltirdi. Ular bo`lmasalar na bu dunyoni ko`rardik, bir tomchi o`laroq o`tib ketardik.
Allohim ularga o`zining mehridan bir mehr berdi. Shu mehrni ular bizga ulashadilar. Mana shu mehr - bizning boyligimiz. Uni yo`qotib qo`yishdan doimo qo`rqib yashayman. O`sha mehr tafti meni yuksaklarga ko`taradi. O`sha mehr meni yana yashashga, ular uchun ham yashashga undab turadi!
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:39:29
shabon:
Assalomu alaykum forum qatnashchilari.
Хакикий бойликни мен кунгил хотиржамлигид деб биламан. Чунки бу нарсани бошимдан утказдим. Агар хотиржам була олмасангиз бу дунега сигмай кетар экансиз ва хеч нарса татимай колар экан.
Юкоридаги баъзи кишиларнинг фикри хам нотугри эмас. Яъни ота-онамизнинг борлиги. Уларнинг борлигини хис килиш учун ва энг катта бойлигимиз эканлигини билишимиз учун хам хотиржамлик керак экан.
Бугун менинг чунтагимда 450 сум пулим бор. Аммо хотиржамман ва Аллохга таваккал килганман ризкни етказгувчи УЗИ деб. Мен хозир жуда хам бадавлатман.
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:39:54
assalom:
Ha, albatta ko'ngil xotirjamligi ham katta baxt. Lekin har qanday vaziyatda ham ko'ngilni hotirjam qilish yaxshi natijalarga olib kelavermaydi. Ba'zida shunday vaziyatlar bo'aldiki, ko'ngilni qanchalik hotirjam qilishga urinmay, qalb qurg'ur yonaveradi, yonaveradi...
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:40:10
Shabon:
Салом, калбнинг ениши бу жуда катта мавзу. Хотиражлик эса ана уша енишнинг кулга айланиб кетмаслиги. Факат хотиржамликнинг битта емон томони шундаки, хаттоки ишламай хам куясиз.
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:40:19
Ishlamay qo'yishgacha olib keladigan hotirjamlik - xotiri ja'm eamslikdan darakdir.
Hamma narsada me'yor bo'lganidek, hotirjamlikda ham me'yor bo'lishi kerak.
hamma narsani Allohga havola qilib, o'ziz harakat qilmasangiz bo'lmaydi. Tangri aytadi: Sendan harakat, Mendan barakat!
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:40:30
shabon:
Макнуна биласизми нима, Аллох берганни тусгувчи йук, Аллох тусганни бергувчи. Агар Аллох хохламаса хеч нарсага эриша олмайсиз. Хотиржамликнинг узи меъер дегани эмасми? Айтмокчиманки, СИЗ нимаики килманг, агар Аллох хохламаса хеч кандай натижага эриша олмайсиз.
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:40:39
Gaplaringizga qo'shilaman, shabon!
Lekin etmoqchi bo'ganim, inson har doim ham xotirjamlikka berilmasligi kerak. "Olma pish, og'zimga tush" bilan ish bitmaydi. Niyat bilan birgalikda harakat ham bo'lishi lozim.
   
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:40:55
behzodbek:
Assalomu alaykum, Mohinur va Samolarning fikrlariga to'la qo'shilaman.

Haqiqiy boylik bu IYMON.
Wassalom.
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:44:26
* * *

Ba’zan odam boylik uchun eng yaqin do‘stidan ham voz kechadi, tug‘ishgan birodarlaridan uzoqlashadi, kimnidir g‘iybat balchig‘iga bulg‘aydi, kimgadir tuhmat qiladi va hatto... kimnidir o‘ldirishi ham mumkin.
Jannatga yetmoq uchun bulardan yiroq bo‘lsa yetarli, boshqalarga emas, nafsiga zulm qila olsa kifoya. Jannatga yetmoq uchun do‘stidan yuz o‘girmaydi — oqibatda to so‘nggi nafasiga qadar yaxshilar, mehr-oqibatlilar quchog‘ida yashaydi. Tug‘ishgan jigarlaridan uzoqlashmaydi — oqibatda o‘zidan keyin qoladigan farzandlaridan ko‘ngli to‘q bo‘ladi. Birovni g‘iybat qilmaydi, boshqaga tuhmat toshlarini otmaydi — oqibatda bo‘lajak sharmandalikdan qutuladi. Kimnidir o‘ldirmaydi — oqibatda o‘z zurriyodini xun to‘lash azobidan qutqaradi. (To‘g‘ri, hozir moddiy xun to‘lamay qo‘yishgan, biroq, ruhiy xun degan tushuncha ham bor).
Odam bolasi bir ayb ish qilib qo‘ysa, qamalishdan qo‘rqadi. Chunki qamoqda ham ma’naviy, ham jismoniy azob bor. Odam shu azobdan qutulib qolish yo‘llarini izlaydi. Milisaning, prokuror, sudyaning ko‘nglini ovlash payiga tushadi.
Ajab! Qamoqdan necha ming marta dahshatliroq va azobliroq bo‘lgan do‘zaxdan nechun qo‘rqmaydi? Nechun do‘zaxga tushmaslik choralarini izlamaydi?

Tohir Malik
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: maknuna 03 Avgust 2006, 08:44:40
Mubashshir:
Assalamu alaykum. Bu fikrlarga 100% emas, 200% qo'shilaman. :) Haqiqiy va eng katta boyli bu - IYMON. IYMON -bo'lsagina ota-onani ham, sog'likni ham, do'stlarni ham qadriga yetasiz. IYMON- bo'lsagina ko'nglingiz hotirjam bo'ladi. IYMON- bo'lsagina hamma ishni ALLOHga tavakkul qila olasiz!
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: sevar 30 Sentyabr 2007, 17:39:34
Assalom alaykum!
Haqiqiy boylik iymon boyligi.
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: abrorbek 28 Oktyabr 2007, 14:36:23
Tinchlik va sog`lik eng katta boylikdirki ko`pchilik bu baxtdan bebahradir!
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: Shukurulloh 28 Oktyabr 2007, 18:10:29
Haqiqiy boylik bu ota onani tirikligidur va uning duolari.
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: Foniy 12 Avgust 2009, 19:45:00
 :as:
Eng avvalo, Olloh  :jl: bergan iymon, e'tiqod, vijdon, or-nomus, hayo, ota-ona (g`animat), yaqinlar (g`animat), sog`lik, vaqt, imkoniyatlar,.. vallohu a'lam.
Moddiy boyliklarning kun ko`rishga yetarlilaridan ortiqcha hech biri haqiqiy boyliklarimiz bo`laolmaydi, keluvchi-ketuvchi, ikkilamchi ehtiyojlar,.. fikrimcha,
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: _IYMONA_ 18 Iyun 2011, 23:44:59
Shu yaqin kunlar ichida o'tgan vaqtlarimga juda ham afsuslandim. Ayniqsa hozir avvalgidek o'tkir zehnimiz ham sal darz ketgandek...tuyulaveradi. Bundan 10 yil oldin hozirgidek shijoatim bo'lganida yodlaydiganlarimni yodlagan va ko'proq o'qigan va faqat o'qigan bo'lardim. Bugun bo'lsa pul bor, shijoat bor, imkoniyat ham bor...
Ammo ilmga chin qalbdan ixlos muhabbat ko'ngildagidek harakat va yodlash, zehnda saqlab qolish o'sha paytlarimdagidek emas...
Shu sabab singillarimga ilm o'rgatish boshladim, ingliz tili va boshqa kerakli masalalarni. Ularning umri ham mandek zoye o'tib ketmasligi uchun. Bugun pulni ham qadriga yetdim, qadrdon dugonalarim ham omonatligini, 1 soniya ichida "HECH KIM" bo'lib qolishim ham mumkinligi, hozir kulib, hurmatim va xizmatimga shay odamlar 1 soniyada mani yerparchin qilib tashlashi ham mumkin.
Bugun ko'p narsalarni qadriga yetdim. 
HAR BIR DAQIQANI QADRIGA YETINGLAR. ZERO BU KUNLAR ORTIDAN BIZGA O'LIM YAQINLASHIB KELMOQDA, HAR BIR VAQTIMIZ BIZGA DO'ST YOKI DUSHMAN BO'LISHI MUMKIN.
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: Mutaallim-2010 22 Iyun 2011, 21:53:00
To'g'ri- iymonli, ota-onasini hurmat qiladigan, qadriga yetadigan, sog'likni ham qadriga yetadigan odamda bir sifat bor bu...U hotirjam hayot kechiradi undagi sifat bu - ''Qanoat''dir.Topganiga qanoat qiladi.

Alloh taolo bunday bandasiga - ''Iffat''ni beradi.
Iffat-birovga muhtoj bolmaslik, so'rasa, ol qulim, deb beradi.
Keragini beradi...

                                     Insonni nasibasi
Alloh taolo har bir bandasining rizqini beruvchidir.
<<Yerda o'rmalovchi biror narsa (jonzot) yo'qki, uning rizqi (ta'minoti) Allohning zimmasida bo'lmasa!
(U) uning qarorgohini ham, oromgohini ham bilur. Hammasi aniq Kitob (Lavhul-Mahfuz)da
(yozilgan)dir.
                                                                                                    HUD — 6-oyat.>>

Ozimizdan qolar gap yo'q, birinchi tomon - Alloh beradi rizqimizni, desa, ikkinchi tomon esa - harakat ham qilish kerakda, deydi.

Bunday gap so'zlar oddiygina tushunchani no to'g'ri tushunganlikdan kelib chiqadi.

Aslida ikkala tomonnig gapi haq.
Ikkala tarafni qanday tushunish kerak?

Bu savolga quyidagi rivoyatdan tushunib olamiz:

Bir inson o'rmonda o'tin kesib, bozorga olib kelib sotardi.Bir kuni o'tinchining ko'zi bir qanoti singan qarg'aga tushib qoldi.Keyin o'sha qarg'ani kuzata boshladi. Qarg'a o'z rizqini topish uchun imkoni yo'q edi.Shunda bir qarg'a uchib kelib yemish tashlab ketadi. Buni ko'rgan o'tinchi ishini yig'ishtirib, yotib oladi.
Keyin o'tinchini oldiga nasihat qilguvchilar kelib, -Nega ishingni tashlab yotib olding, deya sorashadi.
O'tinchi esa, -bo'lgan voqeani aytib beradi.

Songra nasihatchilardan biri, -Qanoti singan qarg'a bo'lmasdan, yemish toshiydigan qarg'a bo'lmaysanmi, deydi.

Bundan shuni tushunamizki - Yotvosa ham Alloh rizqini beradiyu ammo yotib olish yahshi emas. Ya'ni Alloh taolo bari-bir qay holatda bo'lsamda O'zi beradi, degan etiqotda sobit turishga aytildi.

Birinchisi - Mazkur etiqod.
Ikkinchisi - Rizqni topishda-sababini qo'ldan kelganicha a'lo darajada tashkil qilib, natija haqida g'am qilmaslik. Chunki natija Allohdan. Sizga yuklatilgan vazifani ado etdingiz...

Misol:
Baliq tutish uchun  (sababi qilinadi)baliq bor, deb gumon qilingan joyga boriladida tuzoq tashlanadi.Shu yerda sababi qilindi.Endi natija baliq chiqsa ham Alloh taolodan chiqmasa ham Allohdan...

Topganiga qanoat qilish haqiqiy boylikdir !

Qanoat qilsa qilmasa yozganini oladi.

Qanoat qilgan kishi pul topishda qiynalmaydi va iffatli bo'ladi.

                        Bir maruzadan foydalanildi.
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: Humayro 01 Iyul 2011, 11:01:22
Odam bolasi uchun asl boylik aql va iymonni bir tanda jamlay olishidir.
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: Ansora 01 Iyul 2011, 12:41:09
Yuqorida juda ko'p chiroyli gaplar yozilibdi. Men ham qo'shimcha qilgan holda haqiqiy boylik bu- farzand, demoqchiman. Albatta hayrlisi. Odam bolasi bolam, bolam deb yasharkan. Masalan falonchini shuncha puli bor ekan, deganlarida sizda bo'lmasa bir iki havas qilasiz, keyin unutib hayotingiz oddiy davom etaveradi. Lekin farzand hech narsaga o'hshamasa kerak. Farzandi bo'lmagan insonni  hech qachon bu mavzu esidan chiqmasa kerak.

Ayniqsa farzandingiz mo'min solih, soliha bo'ldimi, siz vafot etgandan keyin ham orqangizdan hayr duolari sizga ozuqaday oqib kelaveradi, yani hayotingiz tugadi, lekin ma'naviy ozuqangiz davom etaveradi, bu emas mi boylik?

Turkiyani yarimini egasi Sakip Sabanjı bor edi rahmatlik. Alloh unga qarangki nogiron farzand beribdi, Sakip Sabanji judaam ko'p kasalxona, sanatoriylar ochtirgan o'g'lini kasaliday kasal bo'lganlar uchun. Allohni imtihoni bu ham, lekin judayam qiyin imtihon. Rabbim barchamizga hayrli farzandlar -davlat, boylik, nasib etsin azizlar...
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: Muhammad Yusuf 01 Iyul 2011, 16:13:03
Haqiqiy boylik :

Haqiqiy boylik, mol dunyoyingiz ko'pligida emas, haqiqiy boylik ko'ngil to'qligidadir.

Alloh bergan kunga rozi bo'lish haqiqiy boylikdir.
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: Mutaallim-2010 02 Iyul 2011, 20:05:10
Odam bolasi uchun asl boylik aql va iymonni bir tanda jamlay olishidir.

Inson fasohatli, aqlli, salobatli, go'zal bo'lishi - bu uning rizqidir.

Hamma ham birdek bir hil emas.
Ho'p, fasohatli so'zlo'vchi inson topganiga ''qano'at'' qilmasa, har qancha topmasin baribir kamdek bo'laveradi.

Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: Mutaallim-2010 02 Iyul 2011, 20:17:04
Yuqorida juda ko'p chiroyli gaplar yozilibdi. Men ham qo'shimcha qilgan holda haqiqiy boylik bu- farzand, demoqchiman. Albatta hayrlisi. Odam bolasi bolam, bolam deb yasharkan. Masalan falonchini shuncha puli bor ekan, deganlarida sizda bo'lmasa bir iki havas qilasiz, keyin unutib hayotingiz oddiy davom etaveradi. Lekin farzand hech narsaga o'hshamasa kerak. Farzandi bo'lmagan insonni  hech qachon bu mavzu esidan chiqmasa kerak.

Ayniqsa farzandingiz mo'min solih, soliha bo'ldimi, siz vafot etgandan keyin ham orqangizdan hayr duolari sizga ozuqaday oqib kelaveradi, yani hayotingiz tugadi, lekin ma'naviy ozuqangiz davom etaveradi, bu emas mi boylik?

Turkiyani yarimini egasi Sakip Sabanjı bor edi rahmatlik. Alloh unga qarangki nogiron farzand beribdi, Sakip Sabanji judaam ko'p kasalxona, sanatoriylar ochtirgan o'g'lini kasaliday kasal bo'lganlar uchun. Allohni imtihoni bu ham, lekin judayam qiyin imtihon. Rabbim barchamizga hayrli farzandlar -davlat, boylik, nasib etsin azizlar...

Aksar ko'p odamlar qiz farzandli bo'lganda qalbida ozgina bo'lsada norizodek bo'ladilar?

Yoki bironta kishi boshqa kishining o'zini olayotgan oyligiga solishtirib, oziga nisbatan ko'p pul olayotganini guvohi bo'ladida va qalbida norizo bo'ladi.
 Buning sababi boriga yoki olganiga, ko'rganiga ''qano'at'' qila olmagandan emasmi?
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: Muhammad Yusuf 02 Iyul 2011, 20:27:26
Haqiqiy boylik haqida yana bir so'z :

Haqiqiy boylik - bu oxiratda erishilgan boylikdir.
Bu dunyodagi boylik har qancha katta bo'lmasin o'tkinchi.
Oxirat esa boqiy hayotdir.
Bu boylikka erishganlar haqiqiy boy insonlardir. Haqiqiy boylik egalaridir.
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: Mutaallim-2010 02 Iyul 2011, 20:57:30
Haqiqiy boylik haqida yana bir so'z :

Haqiqiy boylik - bu oxiratda erishilgan boylikdir.
Bu dunyodagi boylik har qancha katta bo'lmasin o'tkinchi.
Oxirat esa boqiy hayotdir.
Bu boylikka erishganlar haqiqiy boy insonlardir. Haqiqiy boylik egalaridir.


U ohiratdagi boylik bo'lsa bu dunyodagisichi?
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: Muhammad Yusuf 02 Iyul 2011, 21:03:07
Dunyodagi boylik bu - Olloh bergan kunga rozi bo'lishdir.
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: akula 02 Iyul 2011, 22:28:01
Ota-Onam borligi bu mening boyligim !!!
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: siddiqa 03 Iyul 2011, 20:41:15
Davolatgan tishim kechasi bilan og'rib chiqdi ,shu yoshimgacha birinchi martta og'rishi .tushlik mahal muzdey muzdey tarvuzni paqqos tushurayotgan jiyanlarimga namuncha mazzaya tishiylar og'rimasa dedim .Yig'laganimdan shuni sezdimki eng katta boylik bu sog'lik ekan.yana saraton kasalligidan og'riyotgan bir dugonamning ahvolini eslab naqadar sabirsiz va dardga yengilligimdan uyaldim ,Alloh tanimizga sog'lik bersin !!!!!!!!!!!!
Nom: Re: Haqiqiy boylik nima???
Yuborildi: Mutaallim-2010 04 Iyul 2011, 21:23:38
Mana-bu shahardagi butun boylik sizga.(  : )  ). Faqat, bizning bir shartimiz bor( :( ). Shartimiz shuki, ikki qo'lingizni bizga kesib berasiz( :10)...