forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Salomatlik => Mavzu boshlandi: JaviK 22 May 2010, 14:52:55

Nom: BEMORNI PARVARISH QILISH!
Yuborildi: JaviK 22 May 2010, 14:52:55
Bemorni parvarish qilish — bemorga qarash salomatlikni tiklashda katta ahamiyatga ega  (ko’pincha "œparvarish bilan bemorni oyoqqa turg’izishdi" deyiladi). Har bir kasallik o’ziga xos parvarishni talab etadi. Biroq har qanday kasallik bilan og’rigan bemorni parvarish qilishda bajarilishi zarur bo’lgan umumiy qoidalar ham borki, quyida biz shular haqida so'z yuritamiz.

Bemor, ozoda, imkoni boricha yorug’, havosi iliq xonada yotishi kerak. Xonani har kuni (kuniga ikki martta: ertalab va kechqurun uyqu oldidan) ho’l latta bilan artib turish lozim. Shuningdek, xona havosini hamisha yangilab turish kerak, qish paytida 10-15 minutdan kuniga 3-4 mahal shamollatib turish, yozda esa derazalarni ochib qo’yish tavsiya etiladi. Qishda xona shamollatilayotganida bemorni ko’rpa bilan issiq qilib o’rash, boshiga sochiq yopib, yuzini ochiq qoldirish kerak. Lekin bemorga havo tegib nafas yo’llarini ta’sirlantiradigan hollar bundan istisno. Xona temperaturasi doim bir xil (18-20 gradus) turishi shart.

Nom: Re: BEMORNI PARVARISH QILISH!
Yuborildi: JaviK 22 May 2010, 14:53:58
Bemorning shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishiga ham alohida e’tibor berish zarur: u har kuni ertalab va kechqurun yuz-qo’lini yuvishi, kuniga ikki mahal tishlarini tozlashi, ovqatdan keyin har safar og’iz chayqashi, imkoniyat bo’lsa, haftasiga bir marta vannaga tushib yuvinishi kerak. Turmaydigan be’morlarni esa har kuni yuvintirib qo’yiladi. Og’ir yotgan bemorlarning yuz- qo’llarini kuniga qaynagan yoki yuvinishga ishlatiladigan suvga ho’llangan paxta bilan artish, ko’z qovoqlarini tomizg’ich va paxta yordamida borat kislotaning 2 %li iliq eritmasi bilan yuvib turish zarur. Shuningdek, bunday bemorlarning og’iz bo’shlig’i: tili, milklari va tishlarini  2 %li borat kislota, kaliy  permanganatning och pushti eritmasi (margansovka) ga ho’llangan paxta bilan tozalab, keyin 1 %li bura eritmasiga (unga 10 %li glitserin eritmasi ham qo’shiladi) ho’llangan doka, salfetka  bilan artiladi. Bo’yni, ko’kragi va qo’ltig’ini har kuni iliq suvga ho’llangan sochiq bilan ishqalab,  keyin quruq qilib artish, sochlarini ham har kuni tarash zarur. Og’ir yotgan va infeksion kasalliklar bilan og’rigan bemorlar sochini olib tashlash ma’qul. Bemorning ichi kelib qovug’ini bo’shatgach, har safar ostini qaynagan iliq suv bilan yuvib qo’yish shart.

Nom: Re: BEMORNI PARVARISH QILISH!
Yuborildi: JaviK 22 May 2010, 14:54:34
Bemorning yostiq jildlari va choyshab hamda ichki kiyimlarini kam deganda haftasiga bir marta almashtirish lozim, u terlasa yoki ich kiyimlarini bulg’atib qo’ysa, kiyim va choyshablarini shu zahoti almashtirish zarur. Og’ir yotgan bemorlarning choyshabini almashtirish uchun alohida usullar qo’llashga tog’ri keladi. Bunda bemorni avaylab o’rin chetiga suriladi, choyshabning bo’shagan qismini uning badaniga taqalguncha bint kabi dumaloqlab o’rab borish va o’rniga toza choyshab yozib, ustiga bemorni yotqizish kerak. Choyshab bemor oyoqlardan boshiga tomon (agar unga qimirlash ham taqiqlangan bo’lsa)  o’rab boriladi. Avval choyshabning oyoq tomonidagi uchini beligacha o’rab kelib, tozasini yozib boriladi, so’ngra choyshabni tananing yuqori qismi tagidan chiqarib olib tozasi bilan almashtiriladi. Choyshab almashtirilgach, buklib qolgan joylarini yaxshilab tekislash (bemor qimirlaganida bukilib qolmasligi uchun choyshabni to’shakka tog’nag’ichlab qo’ysa ham bo’ladi) lozim. Miokard infarkti va insult bo’lgan bemorlarning choyshab va kiyimlari ayniqsa ehtiyotkorlik bilan almashtiriladi. Og’ir yotgan bemorlarning ko’ylagini almashtirish uchun orqasidan tagiga qo’l solib, ko’ylagini ensasigacha ko’tariladi, keyin galma-galdan yenglari yechib olinadi. Agar bemorning bir qo’li shikastlangan bo’lsa, avval sog’lom qo’lini yengidan chiqariladi (miokard infarktida esa avval o’ng qo’l yengdan chiqariladi). Toza ko’ylakni esa kasal qo’ldan kiygizila boshlab, so’nga boshdan o’tkaziladi va orqadan dumg’azgacha tushirilib, burmalari yaxshilab to’grilanadi. Qimirlash mumkin bo’lmagan bemorlarga raspashonka-ko’ylak kiygizish tavsiya etiladi.

Nom: Re: BEMORNI PARVARISH QILISH!
Yuborildi: JaviK 22 May 2010, 14:56:04
Bemor ruhan va psixik jihatdan tinch yotishi zarur. Shuning uchun uning uyqusi yaxshi — yomonligini, es-hushi, kayfiyati qandayligi, bezovtaligi yoki tinchligi, asabiylashayotgani yoki bo’shashib, behol yotishi va hokazolarni kuzatib borish kerak. Osoyishtalikni zarur sharti tinchlikdir. Bemor bilan uni hayajonlantiruvchi, bezovta qiluvchi, kayfiyatini buzadigan mavzularda gaplashish yaramaydi. Agar uni ko’ngli ezilgan, kayfiyati yomon bo’lsa, ruhini ko’tarib, unda sog’ayishiga umid uyg’otishiga harakat qilish kerak. Bemor kasali og’ir va bedavo bo’lsa, o’ziga bildirmay hayotining so’nggi daqiqalarigacha uni tetiklantirib turish lozim.

Bemor ovqati xilma-xil va bekam-ko’st, ya’ni asosiy oziq moddalari va yetarli miqdorda vitaminlarga ega bo’lishi kerak. Uni hamisha ma’lum bir vaqtlarda kuniga 4 mahal, ba’zan undan ham tez-tez ovqatlantirib turish o’rinli. Ovqatning xili va suyuqlik miqdorini vrach belgilaydi. Darmonsizlangan bemorlarga ichimliklar maxsus idish yoki kichikroq choynakdan ichirib turiladi. Turmaydigan bemorlarning ovqatlanishi uchun to’shagiga skameykaga o’xshash stolcha qilib beriladi. Bunday stolcha bo’lmasa, bemor o’rniga sochiq yoki kichikroq choyshab yozish va uni qoshiq bilan ovqatlantirib qo’yish tavsiya etiladi.


Nom: Re: BEMORNI PARVARISH QILISH!
Yuborildi: JaviK 22 May 2010, 14:58:00
Bemorning ahvolini diqqat bilan kuzatib turish kerak, agar uning ahvoli yomonlashib qolsa, tez fursatda vrach chaqirish lozim. Bemorning rangi, badaniga toshmalar toshishi, shish kelishi, nafas olishi, hansirab qolishi, yo’tal tutishi va boshqalarga ahamiyat berish lozim. Bemorning ishtahasi qanday, haddan tashqari ko’p chanqamayaptimi, ko’ngli aynab qusayaptimi, qorni og’riyaptimi, ich yurishi, siydigi normal kelayotgan va hokazolarni bilib turish zarur, agar siydik kelmay qolsa tezda vrach chaqirish kerak.

Barcha bemorlar temperaturasini kuniga ikki mahal ma’lum bir vaqtda (ertalab 8-9 larda va kechqurun 5-6 larda) o’lchab turiladi. Ba’zi kasalliklarda vrach tavsiyasiga binoan temperature tez- tez o’lchanadi. Termometr 10 minut uchlab turiladi. Temperatura o’lchab bo’lingach, termometrni spirt bilan yoki atir bilan artish va simobli tomonini pastga qilib silkitish kerak.


Nom: Re: BEMORNI PARVARISH QILISH!
Yuborildi: JaviK 22 May 2010, 14:58:47
Vrach ko’rsatmasiga binoan bemorlarga ko’pincha har-xil muolaja  (protsedura)lar qilish (priparkalar, kompress, klizma, grelka, banka qo’yish, gorchichnik qo’yish) kerak bo’ladi. Ba’zan ichiga muz yoki qor solingan xaltachalar qo’yiladi. Bunday xaltacha tagiga sochiqni buklab qo’yiladi.

Dorilarni faqat vrach buyurgan vaqtda va ko’rsatgan miqdorda berib borish zarur. Tomchi dorilarni tomizg’ich (pipetka) bilan tomizib berish kerak. Dorilarni bolalar ololmaydigan joylarda saqlash lozim.

Ba’zi bemorlarni parvarish qilishda maxsus chora-tadbirlar kerak bo’ladi. Masalan, ko’zi kasallangan bemorlarni parvarish qilishda ko’zni yuvish va unga dori tomizish, maz’ qo’yishni bilish zarur. Ko’zga pipetka bilan dori tomizilayotganda (odatda 1-2 tomchisi pastki qovoqning shilliq pardasiga tomiziladi) bemor yuqoriga qarab turishi kerak, pastki qovog’ini ham paxta tampon bilan pastga tortib turiladi.
Nom: Re: BEMORNI PARVARISH QILISH!
Yuborildi: JaviK 22 May 2010, 14:59:24
Tomizg’ichning uchi ko’z, qovoq va kipriklarga tegmasligi kerak. Kon’.ktivintda, govmichcha chiqqanida va hokazolarda ko’zni yuvish uchun (2%li borat kislota eritmasi bilan) odatda kichkina noksimon rezina koptokcha yoki paxta bo’lagidan foydalaniladi. Ko’z qovoqlarining orqasiga maz qo’yishda (bunda bemor yuqoriga qarab turishi kerak) shisha tayoqcha ishlatiladi. Maz tortib turilgan pastki qovoq burmasiga qo’yilganda, bemor ko’zlarini yumishi lozim, shunda tayoqchani chaqqaga tomon gorizontal ravishda tortib chiqarib olinadi, so’ngra yumuq ko’z qovoqlari iylanadi.

Quloq kasalliklarida eshituv yo’li ingichka tayoqchaga o’rlagan paxta bilan tozalab, artib olinadi yoki dezinfeksiyalovchi eritmalar (borat kislota, kaliy permonganat eritmasi) bilan ohista yuviladi. Yiring kelib turgan bo’lsa, quloqqa ohista paxta kiritilib (2-3 soatga), u nam bo’lib ketgach almashtiriladi. Vrach buyurgan tomchi dorilar quloq tozalangandan keyin tomiziladi; tomchi dorilar boshni aylantirib, ko’ngil aynamasligi uchun tana haroratiga qadar ilitilishi kerak. Dori tomizishda bemorni yonboshi bilan yotqizib quloq suprasini orqa va yuqori tomonga cho’zib turish lozim. Dori tomizilgach, bemor 20-25 minut yotishi zarur.

Tomchi dorilar burunga bemorni chalqancha yoki boshini orqasiga tashlab o’tirgan holiday tomiziladi. Burunga emul’siya yuborish uchun yaxshisi choyqoshiqdan foydalanish kerak, yuborishdan avval emul’siyani qoshiqda ilitib suyultiradi.

Chayish uchun ishlatiladigan eritma iliq bo’lishi lozim. Ingalatsiya buyurilgan hollarda ingalyator bo’lmasa, olovda olingan kastryulkadan chiqayotgan bug’ni nafasga olish mumkin
Nom: Re: BEMORNI PARVARISH QILISH!
Yuborildi: JaviK 22 May 2010, 14:59:58
Infeksion (yuqumli) kasalliklar bilan og’rigan bemorlar alohida parvarish talab qiladi. Avvalo ozodalikka qat’iy rioya qilish, joriy dezinfeksiya o’takzib turishi lozim. Bunday bemorga qaraydigan odam kasallikning yuqishi va tarqalishi mumkinligini esda tutishi zarur. Bemorga qaraydigan kishiga xalati tugmalarini yaxshilab qadab, boshiga toza ro’mol o’rash, qo’llarini tez- tez dezinfeksiyalovchi eritmalar va issiq suvda sovunlab yuvib turish tavsiya etiladi.

Nom: Re: BEMORNI PARVARISH QILISH!
Yuborildi: JaviK 22 May 2010, 15:04:51
Bemor bolani parvarish qilish

Har bir ona kasal bolani parvarish qilishni bilishi kerak. Kasallik bolaning yurish-turishidan darhol ma’lum bo’ladi: bola injiqlanib, qo’lga olishni so’raydi, ovqat yemay qo’yadi, bo’shashib qoladi. Bunda uning temperaturasini o’lchab ko’rish va o’rniga yotqizib vrach chaqirish kerak. Kasal bo’lib qolganida bolani darhol poliklinikaga olib bormay, vrachni uyga chaqirish lozim. Bola ichi ketib, qayt qila boshlasa, vrach yetib kelgunga qadar unga ovqat bermay, faqat qaynagan suv yoki choy ichirib turish kerak. Shuningdek, bulg’angan yo’rgagi yoki bola axlati, qusug’i turgan tuvakni vrach yetib kelgunga qadar saqlab turish zarur. Kasal bolaga, ayniqsa uning temperaturasi ko’tarilgan vaqtida tinch sharoit yaratish, uyqusini ehtiyotlash juda muhim. Uning karavoti yorug’lik tushadigan joyda turishi, lekin bolaning yuziga yorug’lik tik tushmaydigan bo’lishi kerak. O’rinning yoniga ovqat, ichimlik va o’yinchoqlar uchun kichkina stolcha yoki tumbochka qo’yish tavsiya etiladi. Xonani yaxshilab shamollatib turiladi. Qishda xonani shamollatib so’ng havosi isiganidan keyingina bolaning issiq kiyimlarini yechib olish mumkin. Kasal bolaning karavotidagi o’rinni har kuni qaytadan solib, klyonkasini rostlab qo’yish, ko’rpa-ko’rpachalarini qoqib, choyshab hamda yostiq jildlarini shamollatib turish lozim.

Bolani vrach aytganidek ovqatlantirib turish shart. Ishtahasi pasaygan bo’lsa, ovqatni kam-kamdan berib turiladi. Zo’rlab ovqat yedirish yaramaydi. Qayt qilish bilan kechadigan kasalliklarda go’dakka sog’ib olingan sut va imkoni boricha tez- tez qaynagan suv berib tusih lozim.


Nom: Re: BEMORNI PARVARISH QILISH!
Yuborildi: JaviK 22 May 2010, 15:06:08
Bola badanini toza saqlash zarur, lekin bunda uni charchatib qo’yish yaramaydi. Yuzi, bo’yni, quloqlarining orqasi, terisining burmalari qaynagan suvga ho’llangan paxta bilan artiladi; qo’llari kuniga bir necha martta yuvib qo’yiladi. Bolaning ostini ham har kuni yuvib turish kerak, tagiga klyonka solib , klyonka ustidan yo’rgak latta yoziladi, chov sohasi, dumbalari hamda orqa chiqaruv teshigining atroflarini ohista ishqalab keyin quruq qilib artiladi, so’ngra vazelin moyi surtib qo’yiladi. Ichi kelgach har safar bolaning ostini yuvish lozim. Vrach ruxsat bersa, bolani cho’miltirish kerak, agar uni cho’miltirish mumkin bo’lmasa butun badanini har kuni iliq suv (37-38 gradus) da ho’llangan sochiq bilan artib turish zarur. Avval tananing bir qismini ho’llab, so’ngra quruq qilib artilib, keyin boshqa qismiga o’tiladi. Badani bichilmasligi uchun bolani  tez- tez boshqa tomonga aylantirib yotqizish lozim. Ko’zlarini har kuni ertalab 1 yoki 2 % li borat kislota eritmasi bilan yuvib turish (chakkasidan burniga tomon) shart. Ko’zlarining shilliq pardasi yallig’langan yoki ko’zdan yiring chiqib turgan bo’lsa bolani yonboshiga (kasal ko’zi tomoni bilan)  yotqizilib, boshining tagidagi yostiq ustiga bir necha qavat buklangan toza latta qo’yish kerak.

Agar kasal bolaning burni oqayotgan bo’lsa, bir bo’lak doka yoki yumshoq surp latta bilan artib turiladi. Burunni paxta pilik bilan tozalanadi va shunday pilik yordamida dori surtiladi.  Burunning ikkala teshigiga bir yo’la pilik tiqish yaramaydi. Dorini burun tozalanganidan keyin pipetka yoki qoshiqcha bilan tomiziladi. Bunda uni yotqizib yoki boshini orqasiga tashlagan holatda o’tkazib qo’yiladi.
Nom: Re: BEMORNI PARVARISH QILISH!
Yuborildi: JaviK 22 May 2010, 15:08:08
Bolaning, ayniqsa temperaturasi baland bo’lgan vaqtda, og’zi qurib turadi. Shuning uchuin unga tez-tez oz—ozdan (yarim choy qoshiqdan) suv ichirib turish kerak. Ich ketishi bilan o’tadigan me’da—ichak kasaalliklarida bola ko’p suyuqlik yoqotadi, bunda har 15-20 minutda kam-kamdan suv ichirib turish (bola uyg’oqligida) zarur. Yuqori nafas yo’llari kasalliklarida bolani vaqt-vaqti bilan bir yonboshdan ikkinchi yonboshiga ag’darib turish lozim; uni tez-tez qo’lga olib ko’tarib yursa ham bo’ladi, lekin nafas olishiga halal bermaslik uchun ko’tarib yuruvchi kishi bolani bag’riga qattiq bosmasligi kerak. Teri kasalliklarida bemor bolaning ich kiyimlarini qaynatib olish va dazmollash shart. Primochka qo’yilishi zarur bo’lsa, to’rt qavat qilib buklangan doka yoki toza surpni dori eritmasiga ho’llab kasal joyini qoplab turadigan qilib qo’yiladi. Lattani olmay har 20 minutda ustiga tomizg’ich yoki qoshiqdan dori tomizib turiladi. Agar bolaning yuzida ekzema (go’sh) bo’lsa, unda yuziga niqobga o’xshagan mazli bog’lamlar qo’yiladi. Maz suriladigan doka parchasidan bolaning burni, ko’zlari va og’zi o’rnida teshiklar ochiladi, bog’lam uchlari esa bolaning ensasidan bog’lab qo’yiladi.

 

Suyuq dori qoshiqchadan ichiriladi (achchiq dori ustidan bolaga shirin choy ichirish kerak). Tabletkalarni maydalab va suvda eritb ichirgan ma’qul.
Nom: Re: BEMORNI PARVARISH QILISH!
Yuborildi: JaviK 22 May 2010, 15:08:58
3 yoshgacha bo’lgan va emadigan bolalarda uchraydigan kasalliklar qorinnig dam bo’lishi, sanchib og’rishi, bezovtalanish va hokazolar bilan o’tadi. Bunda kindik atrofini soat strelkasi yo’nalishi bo’ylab ohista silash (2-3 minut massaj qilish) foyda beradi. Massaj qilishda qo’llarga yupqa qilib vazelin  yoki sariyog’ surtib olish kerak. Massaj doiraviy harakatlar qilib terini silash bilan tugallanadi.

Bolani isitish zarur bo’lsa unga rezinka grelka qo’yish mumkin. Grelkadagi suv temperaturasi  50- 60 gradusdan yuqori bo’lmasligi kerak.

Bir necha qavat buklangan va iliq (40-45 gradus) suvga ho’llangan doka yoki bir bo’lak toza gazlamadan bolaga isituvchi kompress qo’yiladi.

Gorchichniklarni bolaga kompress qog’oz orqali qo’yish kerak.


Nom: Re: BEMORNI PARVARISH QILISH!
Yuborildi: JaviK 22 May 2010, 15:09:30
Oyoqni solib turish uchun mo’ljallangan gorchitsali vanna 1 chelak suvga 1 oshqoshiq gorchitsa — xantal hisobidan chelakda yoki kichikroq kastryulkada  tayyorlanadi (suv temperaturasi 37-38 gradus bo’ladi). Vanna qilish vaqtida bolani qo’lda ushalab turilib, adyol bilan oyoqlari va chelakni ham o’rab qo’yiladi. Vanna qilish muddati 10-15 minut. Suv sovib qolmasligi uchun vaqt-vaqtida issiq suv qo’shib turiladi. Vannadan keyin bolaning oyoqlarini iliq suv bilan chayib, quruq qilib artiladi, so’ngra choyshabga o’rab keyin paypoq kiygiziladi, o’ringa yotqizilib oyoqlariga grelka qo’yiladi.

Nom: Re: BEMORNI PARVARISH QILISH!
Yuborildi: JaviK 22 May 2010, 15:11:02
Shifobaxsh issiq vanna qabul qilish uchun bola avval temperaturasi 36 gradusli suvga yelkalarigacha tushiriladi, so’ngra vannaga qaynoq suvni juda ehtiyotkorlik bilan ingichka oqim holida quyib turib, vanna temperaturasi 39- 40 gradus gacha yetkaziladi. Bunda bolaning boshi yuvilmaydi, vannadan keyin bolani isitib qo’yilgan yo’rgak va adyolga o’rab, oyoqlariga grelka qo’yiladi.

Ba’zi hollarda kasal bolaga davo maqsadida primochka shaklida sovuq narsa yoki muz qo’yish buyuriladi. Muz xaltachaga solinadi yoxud yo’rgakka o’rab bolaning boshi yoki qorni ustiga osib qo’yiladi. Bola shamollab qolmasligi uchun muzni vaqti-vaqti bilan olib yana qo’yiladi, uni yarim soatdan ortiq qo’yish mumkin emas.


manba: (http://http://ayol.uz/index.php?option=com_content&view=article&id=482:bemorni-parvarish-qilish-4&catid=109:ginekologik-muammolar&Itemid=506manbaa:[/url)