forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumchilar blogi => Mavzu boshlandi: Nоdirbek 23 Iyun 2010, 00:05:57

Nom: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 23 Iyun 2010, 00:05:57
Assalamu alaykum ahli forum, men ham o'z blogimni ochishga qaror qildim.
Ushbu blogda, inshaAlloh bilganlarimni forum ahli bilan baham ko'rishga harakat qilaman.
Shuningdek blogda ijod namunalarimdan qo'yib boraman.
Forumdoshlar ham ushbu blogda IT (information technology) yoki
xohlagan yo'nalish bo'yicha bilimlarni baham ko'rishlari mumkin.
(http://s40.radikal.ru/i088/1006/ec/8d93a4467928.jpg) (http://www.radikal.ru)

Nom: Re: _Nodirbek_
Yuborildi: Abdulhafiz 23 Iyun 2010, 00:22:40
Alloh muborak qilsin, xayrli bardavom bo'lsin.
Nom: Re: _Nodirbek_
Yuborildi: Nоdirbek 23 Iyun 2010, 00:23:00
Bu mening birinchi, mustaqil dizaynim bo'ladi.Bu dizaynni psd.uz saytiga tayyorlagandim, inshaAlloh yaqin kunlarda sayt uchun shu dizaynni qo'yamiz.
(http://s49.radikal.ru/i126/1006/c1/9af39682259d.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: _Nodirbek_
Yuborildi: JaviK 23 Iyun 2010, 08:40:22
Bloglariz bloglar borasida  bardavom bo`lsin
Nom: Re: _Nodirbek_
Yuborildi: Nоdirbek 24 Iyun 2010, 00:00:50
Bundan 3 yil oldin Klaviaturaga qaramasdan yozadiganlar qanday qilib yozisharkin deb o'ylab yurar edim. Bu o'ylar "Stamina" dasturini topgunimcha davom etgandi. Stamina dasturi juda ham ajoyib dastur ekan. Bu dastur yordamida foydalanuvchi klaviaturaga qaramasdan yozishni o'rganishi mumkin.
(http://i027.radikal.ru/1006/5d/d02ac0b6b106.jpg) (http://www.radikal.ru)
Rasmda lotin alifbosidagi "F" va "J" harflari, kiril alifbosidagi "A" va "O" harflari ostida o'ng va chap qo'l ko'rsatkich barmoqlari uchun mo'ljallangan chiziq bor, bu chiziq deyarli hamma klaviaturalarda mavjud. Ushbu chiziqlarga ko'rsatkich barmoqlarni qo'yamiz va yozishni boshlaymiz. "F" dan chapdagi harflarga chap qo'l, "J" dan o'ngdagi harflarga o'ng qo'l javob beradi. "F" bialn "J" ni o'rtasida "G" va "H" harflari qolyapti, bu haflarniyam anashu holatda bo'lib olamiz. Ana shunday yozish jarayonida bosh miyada shartli reflekslar hosil bo'ladi va foydalanuvchi bemalol qaysi harf qayerda joylashganligini barmoqlari bilan topishi mumkin. Men bu dastur bilan 1 oy ishlab, klaviaturaga qaramay yozishni o'rgandim. Type tutor dasturlar talaygina ekan lekin ular orasida sodda va qulayi stamina dasturi ekan.
Dasturni yuklab olish (http://typingsoft.com/files/StaminaTypingTutor25_free.exe)
Nom: Re: _Nodirbek_
Yuborildi: Nоdirbek 27 Iyun 2010, 00:53:13
Bir paytlar "Asr futboli" nomli saytga "header" tayyorlagandim:
(http://s59.radikal.ru/i166/1006/25/3bf0c5784214.png) (http://www.radikal.ru)

Bunisini esa www.snt.uz uchun tayyorlagandim:
(http://s52.radikal.ru/i136/1006/10/dcf0bdb718e1.png) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: _Nodirbek_
Yuborildi: BelleQizcha 27 Iyun 2010, 01:52:12
talantli Odamlayam borakan-u chustiydan tashqarii
Nom: Re: _Nodirbek_
Yuborildi: Nоdirbek 28 Iyun 2010, 22:54:54
(http://s60.radikal.ru/i169/0904/3d/5b838d04ccb2.png)
f.luxâ„¢  (http://www.stereopsis.com/flux/) — monitoringiz rangini kunning vaqtiga qarab moslab beradigan dastur.
Bu dastur asosan LCD monitorlarda yaxshi ish beradi.
Yuklab olish uchun manzil   (http://stereopsis.com/flux/flux-setup.exe)
Bu dastur haqidagi ma'lumotni bir paytlar www.itishnik.biz saytidan olgan edim, ma'lumot muallifi T.Yusupov bo'ladilar.
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 30 Iyun 2010, 00:04:23
Video Darslar tayyorlash uchun Camtasia Studio dasturidan foydalanaman.
Bu dastur, ish bajarilayotgan vaqtda, monitordagi tasvirlarni yozib oladi. Dasturni faqat video dars tayyorlash uchun emas, balkim biror bir uzoqdagi tanishim yoki do'stim kompyuter bo'yicha qaysidir ishni bajarishga qiynalsa, unga shu narsani Camtasia Studio yordamida video shaklida jo'nataman, dasturda videolarga o'zgartirish kiritish ham mumkin, misol uchun, unga ovoz qo'shish mumkin va boshqa imkoniyatlar mavjud.
Yuklab olish uchun manzil (http://www.techsmith.com/download/camtasiatrial.asp)
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 06 Iyul 2010, 23:43:18
Onlayn magazin uchun tayyorlagan dizayn:
(http://s46.radikal.ru/i111/1007/5f/ba5ad6da7a82.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Chustiy 07 Iyul 2010, 00:25:48
Nodirbek bizgayam bir ikkita dasturga dizayn qiberasmi?
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 07 Iyul 2010, 10:32:22
Albatta qilib beraman.
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 08 Iyul 2010, 17:41:44
2006-yilda akademik litseyni bitirib, Tashmiga, stomatologiya fakultetiga topshirib, o'qishga kira olmagan edim, bolalikdan tish do'xtir bo'lishni orzu qilgandim. Keyingi yil ham shu holat bo'ldi, keyingi yillarda esa boshqa ishlar bilan band bo'lib o'qishga topshirmadim. Oliygohda o'qishni butunlay hayolimdan chiqarib tashlagan edim lekin hamma narsa o'zgarishi uchun vaqt kerak ekan. Ilm olishni erta-kechi bo'lmasligini hisobga olib bu yil yana oliygohga hujjat topshirdim lekin butunlay boshqa institutga, MRDI (milliy rassomlik va dizayn instituti) dizayn, kompyuter grafikasi yo'nalishiga topshirib qo'ydim. Duolarda barcha abiturientlar qatori bizni ham eslab turinglar...
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 14 Iyul 2010, 13:22:28
Aniq fanlar orasida matematikani unchalik yoqtirmasdim lekin baribir matematika har bir sohaga kerak ekan. Web sahifa dizaynini tayyorlashda ham matematikani alohida o'rni bor. Misol uchun contentlarni chizishda aniq o'lchamni belgilab olish kerak. Ba'zi paytlarda oddiy narsalarga  aqlim yetmay qoladi. Hozir ham shu holat sodir bo'ldi:
(http://s59.radikal.ru/i166/1007/b0/49923652a37d.gif) (http://www.radikal.ru)
Ushbu rasmdagi jadvalni nechi piksel ekanligini aniqlash kerak bo'lib qoldi. Jadval 255 pikselda boshlanib, 475 pikselda tugagan. 475-255=220 piksel bo'ladi. Oddiy shu narsani sal kam yarim soat o'ylabman :)
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: AbdulAziz 25 Avgust 2010, 12:44:26
Nodiebk, vaqtingiz bo'lganda, www.ziyouz.com uchun logotip yasab bersangiz. Inshaalloh ma'qul kelsa, o'shandan foydalanardik.

Forum uchun ham asosiy saytga uyg'un bir logotip kerak.

(http://forum.ziyouz.com/Themes/default/images/smflogo.gif)
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 27 Avgust 2010, 23:50:40
Logotipni saytning bosh qismi bilan birga tayyorlagandim, siz aytgan holatdagisini ham, inshaAlloh tayyorlab ko'raman, ungacha shularni bir ko'ringchi:
1.(http://s51.radikal.ru/i134/1008/a1/ce122421d390.jpg) (http://www.radikal.ru)
Kattalashtirib ko'rish (http://s51.radikal.ru/i134/1008/a1/ce122421d390.jpg)

2. (http://s003.radikal.ru/i201/1008/88/c155cc7e4f80.jpg) (http://www.radikal.ru)
Kattalashtirib ko'rish (http://s003.radikal.ru/i201/1008/88/c155cc7e4f80.jpg)
AbdulAziz aka, man shapkani o'lchasam 900x135 px chiqyaptiku, nimaga manda boshqacha chiqyapti, yoki bu strech bo'ladimi?
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: AbdulAziz 28 Avgust 2010, 11:09:22
Logotipni saytning bosh qismi bilan birga tayyorlagandim, siz aytgan holatdagisini ham, inshaAlloh tayyorlab ko'raman, ungacha shularni bir ko'ringchi:
1.(http://s51.radikal.ru/i134/1008/a1/ce122421d390.jpg) (http://www.radikal.ru)
Kattalashtirib ko'rish (http://s51.radikal.ru/i134/1008/a1/ce122421d390.jpg)

2. (http://s003.radikal.ru/i201/1008/88/c155cc7e4f80.jpg) (http://www.radikal.ru)
Kattalashtirib ko'rish (http://s003.radikal.ru/i201/1008/88/c155cc7e4f80.jpg)
AbdulAziz aka, man shapkani o'lchasam 900x135 px chiqyaptiku, nimaga manda boshqacha chiqyapti, yoki bu strech bo'ladimi?

Birinchisi menga ma'qul ko'rindi.
Faqat unda anau komputerning o'rniga ikkinchisi logotipdagi niholni qo'yilsa, yaxshi bo'lar.
Keyin Hazrati Umardan iqtibosga ham biroz drop shadow berilsa, yaxshiroq ko'rinar.
Yana yaxshiroq vaqriantlar bo'lib qolishini kutamiz :)
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 29 Avgust 2010, 18:35:37
(http://s003.radikal.ru/i203/1008/00/1f014ede34d2.jpg) (http://www.radikal.ru)
InshaAlloh, keyinroq yana boshqa variantlarni ham tayyorlashga harakat qilaman.
Forum logotipi:
(http://s49.radikal.ru/i124/1008/2d/57d7370fabf5.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 30 Avgust 2010, 12:32:28
www.technocrash.ru-краш-тестс‹ мобильнс‹х устройств sayti dizaynerlar orasida banner tayyorlash bo'yicha konkurs e'lon qilgandi. Bannerni tayyorlab, endi joylayman deb kirsam, tanlov tugab bo'ldi degan yozuv chiqdi :3
Mana o'sha bannerlar:
(http://i079.radikal.ru/1008/9f/01accb7c1936.jpg) (http://www.radikal.ru) (http://s55.radikal.ru/i149/1008/d2/5d2c09f24aaf.jpg)

www.lis-yar.ru sayti uchun tayyorlagan banner:
(http://s50.radikal.ru/i129/1008/bf/30482027c1ea.jpg) (http://www.radikal.ru)

Avtomasterskoy uchun tayyorlagan banner:
(http://s002.radikal.ru/i200/1008/71/b65dafaf143a.jpg) (http://www.radikal.ru)
Truvor paltolari uchun tayyorlagan logotip va banner:
(http://i065.radikal.ru/1008/62/1219cedce8fe.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 30 Avgust 2010, 12:41:27
O'zim uchun Vcard tayyorlagandim:
(http://s002.radikal.ru/i198/1008/15/4b6d6c05a1e2.jpg) (http://www.radikal.ru)
Kattalashtirib ko'rish (http://s002.radikal.ru/i198/1008/15/4b6d6c05a1e2.jpg)
vCard is a file format standard for electronic business cards. vCards are often attached to e-mail messages,
but can be exchanged in other ways, such as on the World Wide Web. They can contain name and address information,
phone numbers, e-mail addresses, URLs, logos, photographs, and even audio clips.
wasatiya.net forumi uchun tayyorlagan dizayndan parcha:
(http://s004.radikal.ru/i205/1008/fa/c63a30a16be7.jpg) (http://www.radikal.ru)
Kattalashtirib ko'rish (http://s41.radikal.ru/i091/1008/c8/6109eb4161c3.png)

Avtozapchastlar internet magazini uchun tayyorlagan sayt dizayni:
(http://s50.radikal.ru/i129/1008/3b/a4e9fa01635c.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 31 Avgust 2010, 23:50:26
Ajoyib ko'rinishli sichqoncha
(http://img.creep.ru/cr/posts/84/1244183884_Mouser1.jpg)
O’rta asrlar askarlari quroliga o’xshab ketadigan ajoyib sichqoncha.
Sichqonchaning qobiq qismi metal va daraxtdan ishlangan.
Sichqonchaning ikki tugmasi va o’rta qismi, qadimiylik tusini berishi uchun metaldan tayyorlangan ekan.
(http://img.creep.ru/cr/posts/84/1244183884_Mouser2.jpg)

(http://img.creep.ru/cr/posts/84/1244183884_Mouser3.jpg)
Manba (http://sitefrost.com/showthread.php?tid=7192)
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 01 Sentyabr 2010, 00:06:51
Toshibaning Libretto W100- Ikki ekranli noutbuki
(http://newtech.aurum3.com/images/hp-LibrettoW100.jpg)
Ko’pchilikni diqqatini o’ziga jalb qilgan ushbu noutbuk ma’lum bo’lishicha,  dunyodagi birinchi ikki ekranli noutbuklar qatoriga kirarkan va katta Nintendo DSga o’xshab ketarkan.
Libretto W100 noutbuki,  Microsoft Windows 7 operatsion tizimida ishladyi va  1.2GHz Intel Pentium U5400 CPU, 2GB RAM, 320GB aylanuvchi xotira yoki  62GB qattiq disk,  USB port, bluetooth 2.1, a microSD card reader, 1-megapixel webcam va  Wi-Fi qurilmalaridan iborat. Har bir ekran o’lchami  1,024 x 600.

Ushbu noutbukni narxi  $1099 dan $1300 gacha belgilangan.
Manba (http://newtech.aurum3.com/laptops/toshibas-libretto-w100-two-screen-notebook-pc/)
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 12 Oktyabr 2010, 22:56:33
Shu kunlarda harakatli bannerlar tayyorlash ustida ishlayapman:
1. (http://st.free-lance.ru/users/Nodirshoh/upload/f_4cb4a03836c0b.gif)

2. (http://st.free-lance.ru/users/Nodirshoh/upload/f_4c98ed5a9f517.gif)

Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 12 Oktyabr 2010, 23:00:55
Yangi .jpeg bannerlar:
(http://st.free-lance.ru/users/Nodirshoh/upload/f_4c9dd6fc49544.jpg)

(http://st.free-lance.ru/users/Nodirshoh/upload/f_4cb49f1a8624d.jpg)

(http://st.free-lance.ru/users/Nodirshoh/upload/f_4c9dd7e595fbb.jpg)
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 30 Oktyabr 2010, 23:10:46
P.S: Ushbu maqola yaxshi tushinilishi uchun undagi ayrim atamalar, so'zlar o'zbek tiliga tarjima qilinmay berilgan. Tarjimada xato va kamchiliklar bo'lsa, oldindan uzr so'rayman.
(http://webdot.uz/uploads/images/00/00/05/2010/10/30/012fed.gif)
Freelancer bo’lmoqchimisiz? Freelancer bo’lish bir qancha fidokorlik bosqichlarini  talab qiladi,  bu soha boshqa sohalarga nisbatdan kamdan-kam uchraydi.
Free-lance dizayner bo’lishning ko’p ko’rinishlari mavjud bo’lib,  doim nimadir qilib bo’lsa ham unga yetishishga  harkat qilish kerak, lekin bu o’yin-kulgu degani emas.  Free-lance dizayner bo’lishning ko’p imtiyozlari bor , eng kamida sizga ajratilgan vaqtda ishni bitirish va o’zingiz sevgan yo’nalish bo’yicha ishlashingiz kerak. Quyida freelancer bo’lishda bir qancha tavsiyalar keltirilgan.
Mijoz ehtiyojini bajonudil qondirish
Ko’p dizaynerlar muammosi shundaki, ular mijoz xohishini chin dildan bajara olmasliklaridir. Har bir dizaynerda o’ziga yarasha g’oyalar mavjud bo’lib, bularga,  nima, qanday, qilinsa chiroyli bo’lishi, websayt chiroyli bo’lishi uchun nimalarga e’tibor berish kerak va  shunga o’xshash g’oyalar kiradi,  lekin bu degani mijoz nima xohlayotganini va uning ehtiyojini qondira olish degani emas. Sizning mijozingiz nimaga ehtiyoji borligini sizga aytadi, ya’ni qanday websaytlar  uning yo’nalishida unga yoqishi va siz ham mijoz nimani xohlayotganini anglab, uni ehtiyojini qondira olishingiz kerak. To’g’ri, siz mijozning haydovchisi emassiz, yani u sizga rulni qaysi tarafga burishga buyruq bersa, o’sha tarafga ketaveradiganlardan emassiz, unda nima uchun bu yo’ldasiz?  To’g’ri, siz ish jarayonida loyihaga o’zingizning g’oyalaringizni va yaratuvchanlik qobiliyatingizdan nimadir qo’shgingiz keladi, lekin mijoz sizdan boshqa narsani talab qilsa, buni bajarmasdan ilojingiz yo’q, chunki mijozni rozi qilishni boshqa yo’li yo’q.
Dizaynerlar (bunga o’zim ham kiraman) ko’p holatda,  ish jarayonida, eng zo’r dizayn tayyorlashga intilib, ba’zida mijoz aytgan narsa, ya’ni, u ta’kidlagan narsalarni unutib qo’yamiz. Siz mijoz ko’rsatmalariga asosalangan holatda va unga o’z g’oyalaringizni qo’shish asosida ularning websaytlari uchun dizayn tayyorlashingiz kerak.
Agar siz mijoz xohishini bajara oladigan darajada bo’lmasangiz yoki mijoz buyurtmasini bajargingiz kelmasa, und anima bo’ladi? Bunday vaziyatda siz insofli bo’ling va ushbu buyurtmani bajarmang. Bunday vaziyatda to’g’ri so’z bo’lsangiz, yani mijoz buyurtmasini bajara olmasligingizni mijozga aytsangiz, mijoz sizni ko’proq hurmat qiladi.  O’n holatdan to’qqiztasida professional dizaynerlar mijozga loyihani bajara olmasliklarini yoki bunday loyihani bajarmaslikni aytishganda, mijoz o’zining yo’riqnomasiga asoslanib, buyurtmani qayta ko’rib chiqadi.
Freelancer sifatida siz loyihada oz’ingizni  qobiliyatingizni namoyon qila olishingiz kerak. Har bir ishga sizning mualliflik huquqingiz beriladi.  Shunday ekan, siz bajargan loyiha, sizni nomingizni ko’rsatib turadi.  Shunday qilib, siz qaysi mijoz loyihasini qabul qilish va qaysi biriga rad javobini berishingiz kerakligini bilib olishingiz kerak. Xo’sh siz buni qila olasizmi?
Narx belgilashda qat’iy bo’ling
Afsuski, freelancer bo’lishda odamlar sizdan ustunlik qilish va sizdan biror- bir naf ko’rish harakatida bo’ladilar. Dizayn sohasida nomi chiqqan dizayner bo’lishgacha, odamlar, sizni aldashga, pulsiz quruq qoldirishga harakat qilishadi. Ular asosan siz qilgan ishdan kamchilik izlab, loyihangizni qabul qilmaslikni bahona qilishadi.  Albatta freelancer dizayner o’z loyihalariga qarab narx qo’yishni biladi, qaysidir loyihaga ko’proq yana qaysi biriga esa oz. Men hech qachon mijoz bilan chegirmalar qilmang demoqchi emasman, biroq bu narsalar  o’z yo’lida bo’lgani yaxshi.. Har bir sohada bo’lgani kabi, freelancerlar ham asosan daromadni ko’zlab ishlashadi va buni mijoz ham juda yaxshi biladi. Shunday ekan siz narx qo’yishda doimo, qat’iy bo’ling, hech qachon mijozni o’zingizga jalb qilish uchun o’z loyihangizga past narx qo’ymang. Hatto New- York yoki Dallasga o’xshagan katta shaharlarda ham sizning nomingiz tez tarqalishi mumkin va agar siz narxlarda qat’iy bo’lmasangiz, mijozlaringiz siz haqingizda juda yaxshi bilib olishadi va sizni quruq qoldirishga harakat qilishadi.
Tez orada siz, kasbdoshlaringiz bilan raqobatga kirishasiz va tajribali bo’lganingizdan keyin, bir vaqtning o’zida ko’pgina mijozlar bilan ishlashga o’tasiz. Loyihaga narx qo’yishda qat’iy bo’lishlik sizni ish jarayonida orqaga ketishdan saqlaydi va oxirida, albatta o’z orzularingizga yetishish imkoniyatini beradi.
Sekinlik va qat’iylik bilan mijozlaringizni yig’a boshlang
Men sizga nima demoqchiman, balkim inqiroz (craziest) haqida eshitgandirsiz, lekin o’z yo’nalishingizda o’sish,  siz o’ylagandan ham tez bo’lishi mumkin. Siz bir vaqtning o’zida bir nechta loyihalar qabul qila boshlaysiz va ularni o’z vaqtida bajara olmaysiz yoki standartga mos bo’lmagan holatda bajarasiz. Agar siz freelancer kasbidan  to’liq biznes ga o’tmoqchi bo’lsangiz va o’z ishchilaringiz bo’lishini xohlasangiz, asta-sekinlik bilan ishlang, ya’ni ko’p loyihalarni bir vaqtning o’zida bajarishga urinmang. 40% freelance dizaynerlar ish boshlangan birinchi yillikda muvaffaqiyatsizlikka uchrasahadi, bunga sabab, ular o’zlariga ortiqcha baho berishlari va bir vaqtning o’zida bir nechta loyihalarni bajarishga harakat qilishlaridir. Yangi dizaynerlar sifatida, siz, birinchi yillik ish davomida, loyihalarni tanlay olishni o’rganishingiz kerak. Ya’ni qaysi bir loyiha sizga mos keladi va shunga o’xshash"¦
Men sizga dastlabki ikki va uch oylikda ikkitadan ko’p loyiha qabul qilmaslikni tavsiya qilaman.  Siz yangi mijozlar uchun yuqori sifatli loyihalar taqdim qilishingiz, sizga topshirilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarishingiz kerak, bu holat mijozlarni kelajakda siz bilan yangi loyihalar ustida ishlashlariga sabab bo’ladi. Agar sizda portfoliongiz bo’lsa, siz undagi dizaynlarni mijozga namuna sifatida ko’rsatishingiz mumkin yoki mijozga havola qilishingiz ham mumkin, lekin portfolio bo’lmasa, oldin o’z portfolioingiz ustida ishlashingizga to’g’ri keladi.
Shunday qilib, mijozlar bazasini mustahkamlab borish, siz uchun kelajakda foydali bo’ladi. Vaqti kelib, siz o’z biznesingizni boshlaganingizda, eski mijozlar eshigini taqillatishga to’g’ri keladi. Agar siz mijozga yuqori sifatdagi loyihalar taqdim qilgan bo’lsangiz, mijoz siz bilan yangi loyihalar qilishga har doim tayyor bo’ladi. Bu esa sizga bir qancha foydalar keltiradi.
Loyihani mijozga topshirish muddatini to’g’ri belgilang
Mijozdan loyiha qabul qilishda, mijoz sizdan qancha muddat ichida loyihani tayyorlay olishingizni so’raydi, bunday holatda siz loyihadan kelib chiqqan holatda loyihani mijozga topshirish muddatini to’g’ri belgilang. Ko’pgina dizaynerlarning muvaffaqiyatsizlikka uchrashlariga asosiy sabab, belgilangan muddat ichida loyihani mijozga topshira olmasliklaridir. Mijozlar, odatda buyurtmalarini belgilab berilgan vaqt ichida qabul qilishadi, agar siz o’sha belgilagan vaqt ichida loyihani tayyorlay olsangiz qabul qiling, bo’lmasa qabul qilmang yoki kelishuvda muddatini uzaytirishga kelishing. Agar menga mijoz ma’lum muddat ichida loyihani bitirishni topshirsayu, lekin o’sha muddat kelmasdan oldin loyihani topshirishimni talab qilsa, men unga buning uchun ko’p haq to’lashi kerakligini aytaman. Agar mijoz bu holatni muhokama qilib, nima uchun loyiha ustiga narx qo’yilishi haqida so’rasa, men ularga oddiy va haqqoniy javob beraman, yani men boshqa mijozlarim loyihalarini ortga suraman va yuqoridagi mijoz loyihasi ustida ishlayman, natijada boshqa mijozlarim loyihalari kechroq bitadi, shuning uchun ushbu mijoz ko’proq to’laydi. Shunday qilsangiz, siz adolatli ish qilgan bo’lasiz. Men har doim mijozlar loyihalarini belgilangan muddatdan oldin bajarganimda ham ortiq pul to’lashmagan.
Eshiting va oydinlashtiring
Eshitish va his qila olish ham mijozlar bilan ishlashda asosiy o’rin tutadi.Mijozdan loyiha qabul qilishda, mijozni diqqat bilan tinglang. Mijoz nima xohlayotganini aniqlashtirib oling. Agar siz mijoz xohishidan chetlashib, eng chiroyli dizayn tayyorlasangiz ham, qilgan ishingiz mijozga ma’qul kelmasligi mumkin.  Ko’p holatda siz mijoz bilan birga noutbuk yoki noutpad ko’rishingiz mumkin. Mijozni diqqat bilan tinglay olish, freelancer bo’la olishningiz uchun asosiy sabablardan biri bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqdan unumli foydalaning
Har bir freelancer uchun ijtimoiy tarmoqning ahamiyati kattadir. Hattoki katta biznesda ham ijtimoiy tarmoqdan foydalanish natijasida o’z raqobatchilaridan bir qadam oldinga o’tib ketishmoqda. Qanchalik tez raqobatga kirishishingizning ahamiyati kattadir. Agar siz yugursangiz marraga tez yetganingiz kabi, raqobatga qanchalik tez kirishsangiz, natijaga ham shunchalik tez yetishasiz. Ijtimoiy tarmoq sizga o’z mahsulotlaringizni reklama qilishda eng asosiy manbaa bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Blog esa, o’z mahsulotingizni internet doirasida tarqalishi uchun xizmat qiladigan yana bir manbaa hisoblanadi. Blogda siz har kuni post qoldirishingiz shart emas, har kuni yangi darslar (tutorials) kiritishingiz shart emas. Siz faqat blogingizda biznesingizga oid qanday ishlar qilayotganingizni, qanday loyihalar ustida ishlayotganingizni ko’rsatib bersangiz bo’ldi. Yangi mijozlar bloginziga tashrif buyurishganda, sizning qanday iloyihalar tayyorlayotganingizni bilishishlari kerak.
Siz dizaynerlar tarmoqlaridan samarali foydalana olishingiz kerak. Dizaynerlar tarmoqlarida web-dizayn, grafik dizayn, fotoshop va Dreamweaver dasturlari haqida yetarlicha bloglar mavjud. Bu kabi bloglardan samarali foydalanish sizning dizayn sohasidagi tajribalaringiz oshishiga sabab bo’ladi. Bunday darsliklar (tutorials)ning 90%i da sizga juda ham kerakli maslahatlar berilgan. Yuqorida keltirilgan tarmoqlardan samarali foydalaning va raqobatchilaringizdan oldinga o’tib ketishga harakat qiling.
Xulosa
Agar siz yuqorida keltirilgan vazifalarni bajara olsangiz, ishlaringiz yuqori sifatga ega bo’lsa, sizda freelancer bo’la olmaslikka hech qanday sabab qolmaydi. Freelancer bo’lish uchun yuqorida keltirilgan asosiy nuqtalarga e’tibor berish kerak.

Manbaa (http://www.hv-designs.co.uk/2010/10/04/so-you-want-to-be-a-freelancer/)
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 25 Fevral 2011, 21:02:39
Bundan ancha oldin www.intuit.ru saytida HTML bo'yicha test topshirib sertifikat olgan edim:

Ruscha varianti: http://www.intuit.ru/diploma/IUUdHjXAGTyd/P00105766/

Inglizcha varianti:
http://www.intuit.ru/diploma/IUUdHjXAGTyd/A00105766/

Shu kunlarda CSS bo'yicha ham sertifikat olish harakatida yuribman...
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 20 Mart 2011, 19:56:36
Va nihoyat bugun CSS bo'yicha sertifikatni qo'lga kiritdim :)

Ruscha variant:
http://www.intuit.ru/diploma/IUUdHjXAGTyd/P00118820/

Inglizcha variant: http://www.intuit.ru/diploma/IUUdHjXAGTyd/A00118820/
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: registan 20 Mart 2011, 20:13:08
Tabriklaymiz!))
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Solihatun 21 Mart 2011, 11:16:25
CSS  нима?
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 21 Mart 2011, 13:55:52
CSS  нима?

CSS (Cascading Style Sheets)- Oddiy qilib aytadigan bo'lsak, web-dizayndagi bir til bo'lib, vazifasi htmlda qilingan websahifani bezash desa ham bo'ladi. Misol uchun forumdagi matn ranglari, ularning qalinligi, tugmachalar ustiga sichqonchani olib borganimizda bo'ladigan o'zgarishlar (ya'ni shu tugmaning aktivlashgani) va shunga o'xshash vazifalarni CSS bajaradi.
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 25 Mart 2011, 14:07:27
HMac mi yoki MacH mi ? :D :D :D

(http://s014.radikal.ru/i328/1103/d7/b1655fdaf53a.jpg) (http://www.radikal.ru)

(http://s003.radikal.ru/i203/1103/99/e4d7d2ec2e22.jpg) (http://www.radikal.ru)

Birinchi marta ko'zim tushganda kulgidan o'zimni tutolmagandim. MacBook ga yetish yo'lini topishganligi uchun :)

Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: AbdulAziz 25 Mart 2011, 14:22:13
Nodirbek, va boshqa tushunuvchilar!

Joomla 1.1.2 ni Joomla CMS ga tranfer qilish uchun nima qilish kerak?
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 15 Aprel 2011, 14:23:20
2008-yildagi 40ta eng chiroyli web-sahifalar dizayni (http://www.crazyleafdesign.com/blog/top-40-beautiful-and-inspirational-website-designs-of-2008/)

Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 15 Aprel 2011, 21:03:24
HTML5 da qilingan eng chiroyli websaytlar (http://101besthtml5sites.com/category/all/16)
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 16 Aprel 2011, 23:52:07
50ta Chiroyli ko'rinishga ega bo'lgan ajoyib websayt menyulari (http://www.google.co.uz/url?sa=t&source=web&cd=1&ved=0CBAQFjAA&url=http%3A%2F%2Fwww.smashingmagazine.com%2F2009%2F02%2F04%2F50-beautiful-and-user-friendly-navigation-menus%2F&ei=ibGpTZqmMY2YhQeKx7TWCQ&usg=AFQjCNGupyfN5VPIympaGWtK1BnG9yTJvg)
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 29 Aprel 2011, 23:47:33
Shaxsiy blogim: n.blogger.uz :)
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: AbdulAziz 28 Iyul 2011, 13:21:31
Nodirbekdan Ramazon tuhfalari:

(http://ziyouz.com/images/ramadan01.jpg)

(http://ziyouz.com/images/ramadan03.jpg)

(http://ziyouz.com/images/ramadan02.jpg)
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Humayro 28 Iyul 2011, 13:33:01
А ахмат
розиликларинг билан А амазон табрикларида ишлатамиз.
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Usmon 28 Iyul 2011, 13:37:17
Nodirbek, va boshqa tushunuvchilar!

Joomla 1.1.2 ni Joomla CMS ga tranfer qilish uchun nima qilish kerak?
Joomla 1.1.2 ham Joomla CMSning bitta versiyasi emasmi???
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: AbdulAziz 28 Iyul 2011, 14:15:34
Nodirbek, va boshqa tushunuvchilar!

Joomla 1.1.2 ni Joomla CMS ga tranfer qilish uchun nima qilish kerak?
Joomla 1.1.2 ham Joomla CMSning bitta versiyasi emasmi???

Uzr, Joomla, 1,6 ga demoqchiydim.
Menimcha CMFga keyin kirgan. Joomla 1x paytida CMFi yo'q edi.
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Usmon 28 Iyul 2011, 14:32:18
AbdulAziz aka, to'g'risini aytsam, 1.1.2 versiya haqida eshitmaganman, googledan qidirsam ham bu versiya haqida hech qanday ma'lumot chiqmadi. Menga faqat 1.0.x, 1.5, va 1.6 versiyalari ma'lum. Ziyouz ham 1.0 ning biror versiyasida adashmasam. Joomlaforumda 1.0ni 1.6ga emas, 1.5ga o'tkazish haqida mana bu thread bor ekan: http://joomlaforum.ru/index.php/topic,67594.0.html

Lekin migratsiyani judayam ehtiyotkorlik bilan qilish kerak. Saytdan ayrilib qolish hech gap emas. Shuning uchun avval, sayt fayllarin + baza dannyxdan rezerv copy olib qo'ygan yaxshi.
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: ree7 29 Iyul 2011, 18:57:24
Nodirbekdan Ramazon tuhfalari:



Uzr, bittasini beruxsat o'g'irlavoldim )) rozi bo'lasilar
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Usmon 19 Sentyabr 2011, 11:12:00
davomi qani? yoki talabalik tufayli vaqt qurg'urdan yo'qroq deganday?...
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Humayro 19 Sentyabr 2011, 11:33:14
Nodirbek Adobe Photoshop dasturi bo'yicha O'zbekcha Video Darslar uchun tashakkur

xayirli ishlaringizda O'zidan madad tilab qolamiz!
yana bir bor rahmat
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 19 Sentyabr 2011, 14:05:34
davomi qani? yoki talabalik tufayli vaqt qurg'urdan yo'qroq deganday?...
Davomi inshaAlloh tez orada chiqadi. Bazi sabablarga ko'ra bu yil o'qishni kechroq boshlagandim. Shunga bir oz darslar ko'payib ketdi...
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 19 Sentyabr 2011, 14:37:20
Nodirbek Adobe Photoshop dasturi bo'yicha O'zbekcha Video Darslar uchun tashakkur

xayirli ishlaringizda O'zidan madad tilab qolamiz!
yana bir bor rahmat
Duoda bo'lib turinglar, inshaAlloh tez orada yangi sonlari chiqadi...
Nom: Re: Nodirbekâ„¢
Yuborildi: Nоdirbek 25 Sentyabr 2011, 21:11:36
O'quv yilini ham boshlab oldik. Bu yil Grafik Dizayndan birinchi yarim yillik uchun Firmenniy stil qilarkanmiz. Ya'ni qaysidir, firma, kompaniya yoki ishlab chiqaruvchi korxonani, tanlab, unga logotip chizamiz, keyin uni tasdiqlatib, vizitka, broshyura, har xil reklamalari, kalendar, futbolka, va shunga o'xshash narsalar qilishimiz kerak ekan. Shu paytgacha o'zim qilgan ishlardagi ilmiy jihatlar, asosiy e'tibor berilishi kerak bo'lgan narsalarni ko'pidan bexabar ekanman. InshaAlloh ish jarayonida, har bir atamalarga ta'rif berib, tanishtirib borishga harakat qilaman. Xullas  bir hafta ichida, birorta kompaniya yoki ishlab chiqaruvchi tashkilotni tanlab, logotipni eskizini chizib olib borishim kerak. Forumda kimdadur shunday korxona yoki fabrikami bo'lsa, shu yerda yozib qoldiringlar, men ma'qul kelganini tanlab, ishni boshlayman...