Ilm va ziyo => Intellekt => Mavzu boshlandi: N.Nodirbek 16 Iyul 2010, 16:29:55
Nom: Tarixga sayohat
Yuborildi: N.Nodirbek16 Iyul 2010, 16:29:55
Assalamu alaykum hurmatli forumdoshlar! Ushbu mavzuda sizlar bilan ishaalloh yurtimiz, jahon va muqaddas dinimiz tarixiga yana bir bor nazar tashlaymiz.O'ylaymanki bu mavzu barchamizni bilimlarimizni oshiriga va bilmaganlarimizni o'rganishga yordam beradi.
Sharti: Berayotgan javobingizga manba keltirishingiz shart.
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: N.Nodirbek16 Iyul 2010, 16:38:02
Savol: Yurtimiz tarixi bo'yicha eng qadimgi ilk manba qaysi?
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: Nodirbek 0121 Iyul 2010, 19:00:25
Savol: Yurtimiz tarixi bo'yicha eng qadimgi ilk manba qaysi?
menimcha "Avesto" kitobi.(6-sinf Tarix)
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: N.Nodirbek22 Iyul 2010, 17:00:36
Nodirbek 01 javobingiz to'g'ri.
Savol:" Rigveda" asari qaysi xalq tarixi haqida ma'lumot beradi?
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: Musannif Adham22 Iyul 2010, 19:42:38
Savol:" Rigveda" asari qaysi xalq tarixi haqida ma'lumot beradi?
Hind xalqi tarixi bo'yicha.
Manba: Hindiston tarixiga bag'ishlangan barcha tarix kitoblari.
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: N.Nodirbek23 Iyul 2010, 16:05:11
Musannif Adham javobingiz to'g'ri.
Savol:Ilk olimpiada o'yinlari qachon o'tkazilgan?
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: Robiya24 Iyul 2010, 05:41:12
Assalamu alaykum!
Javob: mil.avv. 776-yilda.
Manba: 6-sinf Tarix darsligi
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: N.Nodirbek26 Iyul 2010, 18:05:03
Robiya xonim javobingiz to'g'ri.
Savol:Jahon tarixida 1- marta muntazam qo'shinni kim tuzgan?
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: Nodirbek 0128 Iyul 2010, 13:18:51
Akkad podshosi Sargon I tomonidan
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: N.Nodirbek28 Iyul 2010, 17:26:46
Nodirbek 01 javob to'g'ri. Savol: Yurtimizning qaysi qadimgi manzilgohidan ilk ibodatxona qoldiqlari topilgan?
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: Nodirbek 0130 Iyul 2010, 17:39:45
Surxon vohasida Jarqo'ton manzilgohidan
Manba: 6-sinf tarix kitobi
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: N.Nodirbek30 Iyul 2010, 19:25:29
Nodirbek 01 javob to'g'ri.
Savol: Qadimda qaysi davlat o'zining samoviy otlari bilan mashhur bo'lgan?
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: shohruxmirzo06 Avgust 2010, 15:44:56
Savol: Qadimda qaysi davlat o'zining samoviy otlari bilan mashhur bo'lgan? Farg'ona vodiysidagi qaysidir davlat ulardan ter o'rniga qon oqgan deyiladi.Tahminimcha Qang' yoki Dovon bo'ishi keray.
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: N.Nodirbek06 Avgust 2010, 18:45:58
shohruxmirzo aniqrog'i qaysi biri va manba ham keltiring.
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: munisaxon06 Avgust 2010, 22:20:19
Farg`ona hududidagi Dovon davlati 6-sinf tarix kitobi
Nom: Re: Tarixga sayohat
Yuborildi: N.Nodirbek08 Avgust 2010, 18:39:21
munisaxon javob to'g'ri.
Savol:Misrda piramidalar qaysi podsholik davridan qurilmay qo'ydi?