forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar => Mavzu boshlandi: Abdulhafiz 31 Iyul 2010, 14:33:36

Nom: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Abdulhafiz 31 Iyul 2010, 14:33:36
:as:
Shu kunlarda o'quv dargohlarida o'qishga kirish uchun imtihonga tayyorlanayotgan Nodirbek, UzMuslim, Javik(adashmasam), Robiya(yodimga kelganlar) va barcha forumdoshlarni, "sog'-salomat" imtihonlardan o'tib, o'qishga kirib olishlarini va shuncha tayyorgarliklarini yaxshi-yaxshi samaralarini ko'rishlarini tilab duo qilaylik azizlar!
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Ansora 31 Iyul 2010, 14:38:06
 :vslm:

Rabbim barchalarini zehnlarini ochsin.
Sattor- sifati bilan yanglishlarini yopsin.
Quloqlariga farishtalar shivirlab, javoblarni aytib tursin iloyim : )

Yaxshi joylar nasib qilib, bizni sevintirsinlar.
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Chustiy 31 Iyul 2010, 15:10:48
Yurist ham magistraturaga harakat qip jotudi...

Allah barcha ta;lim muassasiga topshirmoqchi bolgan userlarimizga, imtihonlardan muvafaqiyatli otib olish bilan birga, oliy dargohlarda olajak bilimlarini, nafaqat ozlari uchun balki millatu, ummatga, jamiyatu, insoniyatga nafi tegadigan bilim sohib va sohibalaridan bo;lishni nasib etsin...

shu yerda bir gap esimga tushib ketti...
Har yili Kokaldosh madrasasida Qadr kechasida, talabalar orasida musobaqa boladi, bundan bir necha yil oldin, osha kechada biz ham tomoshabin sipatida borganimizda, Shayh MSMY talabalarga chiroylik bir suhbat qilib bergandilar...

Mazmunan: Bu dargohga bir necha yuzta oquvchi topshirish,kirish, oqish istagida yurishadi, ammo nasib qilgani o;sha istovchilarning bir qismini tashkil etadi holos...
Sizlarga Allah nasib etgan ekan kirishni va oqishni, siz bir ozingiz ikki uch kishini o;rnigayam oqishingiz lozim. Chuki bir joyga kamida ikki uch yoki to;rt kishi nomzod boladi, nomzodlarda bir kishiga nasib etadi, osha nasib etgan kishi qolgan sheriklari uchun ham, oqishi lozim.... degandila...
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: JaviK 31 Iyul 2010, 22:54:28
Duo qilib turilar, sizlarga oliy o'quv yurtlarida, leksiya honalarda, pahtalarda yurish nasib qilsin. Hudo hohlasa o'qishga kirsam. Vodiylar uchrashuvi-3. Ni uyishtirib voramiz.
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Habib 01 Avgust 2010, 04:36:47
Barcha abiturientlarga Allohdan madad tilaymiz. O'ylagan niyatlaringizga O'zi yetkazsin!
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 01 Avgust 2010, 07:34:45
Bismillohir rohmanir rohiym!

ALLOHim O'zi madadkor bo'lsin bo'lajak tolibi ilmlarga!

Shu paytgacha o'qigan ilmlarini natijasini ko'rsatish fursati yetdi...

Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Shukrona 02 Avgust 2010, 06:05:36
Assalomu alaykum. Albatta abuturenlar uchun duodamiz,imtixon natijalari chiqqunicha Allohdan sabr toqat tilab,suyunchli xabarlani eshitishilani so'rab qolamiz. :amn: :13
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Zamiraxon 02 Avgust 2010, 13:56:09
Assalomu alaykum aziz forumdoshlar.
Test natijalarini kutayotgan bar4a abiturientlarga omad tilayman. Alloh taolo qilgan duolarimizni mustajob aylasin.
Ke4agi imtihon taassurotlaridan bizni ham bahramand qilinglar4i, özim bowlab beraymi? Men ke4a UzMU kimyo fakultetining yevro guruhiga imtihon topwirdim. Ertalab 6da uydan yaxwi niyat va duolar ila 4iqdim. Soat 10yarimda imtihon bowlandi, soat 1da 3ta fanni tugatib topwirdim. 4ar4aw, o4iqiw, 4anqawlarni gapirmasayam bölar-a?:-) bar4a umidim Allohdan. Duoda bölinglar men va bowqa imtihondan 4iqqan forumdowlar nomiga.
Alloh bar4angizdan rozi bölsin.
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Nоdirbek 03 Avgust 2010, 19:28:08
Duolarda bizni eslaganlarga alohida tashakkur!
Alloh barcha abiturientlarga talaba bo'lishlik baxtini nasib aylasin!
Shu duolarni natija chiqquncha davom ettirib turinglar iltimos...
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Dilafruza 03 Avgust 2010, 19:40:55
Inshoolloh!  Mehribon Robbim intilgan, undan sitqi dildan so'ragan bandalarini duolarini albatta, ijobat qiladi. Abiturentlar hozir sizlarga Allohdan sabr va O'qishga kirdingiz degan so'zni eshitishni tilab qolaman!
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2010, 11:16:11
 :as:

Abituriyentlarga Alloh O'zi madadkor bo'lsin!

Ps.: mandat bo'lmadimi hali?
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Chustiy 11 Avgust 2010, 11:22:21
Yurist magistr bo;libtilar...

Tabriklimiz...
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Robiya 11 Avgust 2010, 11:36:05
Yurist magistr bo;libtilar...

Tabriklimiz...

 :as:

Muborak bo'lsin, Y_U_R_I_S_T!

O'qishlarda omad tilayman...
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 11 Avgust 2010, 14:21:28
Yurist magistr bo;libtilar...

Tabriklimiz...

Yurist magistr bo;libtilar...

Tabriklimiz...

 :as:

Muborak bo'lsin, Y_U_R_I_S_T!

O'qishlarda omad tilayman...

Rahmat! Barcha duoda bo'lganlar uchun tashakkur...
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: AbdulAziz 11 Avgust 2010, 14:52:34
Yurist magistr bo;libtilar...

Tabriklimiz...

Inshaalloh boshqa abuto'ra forumdoshlarimizni ham o'qishga kirganliklari bilan tabriklash tez soatlarda nasib etsin!
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Zamiraxon 11 Avgust 2010, 15:01:49
:as:

Abituriyentlarga Alloh O'zi madadkor bo'lsin!

Ps.: mandat bo'lmadimi hali?

Bir qarindowim tvda 15-kuni 4iqadi, deb aytiwganini ewitgan. Yana kimdir menga 14-kuni 4iqarkan deydi. Yolg'iz Alloh xabardor har narsadan!
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Zamiraxon 14 Avgust 2010, 00:32:09
Assalomu alaykum azizlar!
Sizlarning duolaringiz yordam berdi, MEN O'QISHGA KIRDIM!!!!
Shunchalik hayajonli daqiqalar men uchun tasavvuringizga sig'maydi, axir bu kunni men 4yil kutdimaaaa!!!!
186.8 ball bilan Grandga o'qishga kirdingiz degan xabarni tushimda o'qidim, o'nggimda emas!!! :)))
Ayajonimning xursandchiligini ta'rif;ashga tilim ojiz. Davomi ertaga inshaAllah.
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: UzMuslim 14 Avgust 2010, 04:14:55
Tabrikleymiz.BU Juda HAm Katta Baxtku//.Afsus Man Bu Yil Kira Olmabman..Albatta Hamma Narsa Allohdan,Hafa Bo'meyman chunki tayyorgarlik ham Shunga Yarasha bo'lgan edi,Inshalloh Kelasi Yilga Harakat qilamiz endi..
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 14 Avgust 2010, 04:43:57
Tushunmadim, javoblarni qayerdan bilayapsilar? Hali chiqmadiku. Endi bugun ertalab rasmiy elon qilishadi shekilli.

Hali tong otsin, hammasini ko'rasiz... :7 Tushkunlikka tushish yaramaydi!
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Zamiraxon 14 Avgust 2010, 04:52:50
Tushunmadim, javoblarni qayerdan bilayapsilar? Hali chiqmadiku. Endi bugun ertalab rasmiy elon qilishadi shekilli.

Hali tong otsin, hammasini ko'rasiz... :7 Tushkunlikka tushish yaramaydi!
Texnologiya Yurist, texnologiya. Bu odamlar nimalarni o'ylab topishmaydiya :)
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 14 Avgust 2010, 05:05:30
5151 yaxshi ishlayaptimi deymana? :7
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Zulfina 14 Avgust 2010, 05:59:04
Yana abiturientla boridi forumda: Nodirbek, Javik, Robiya...
Silaniyam javoblarizi kutamiz. Alloh hayrlisini bersin!
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 14 Avgust 2010, 09:52:59
Robiyani abiturient bo'lganiga oxxo, necha zamonlar bo'lib ketgan. Ular xozir abiturientlarni tayyorlaydigan o'qituvchilar )))
Ular magistraturaga topshirganlar.

Keyin javoblarni quyidagi manzildan ham bilsa bo'ladi:

http://dtm.uz/uz/result
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Dilafruza 14 Avgust 2010, 10:02:31
Assalomu alaykum.
www.dtm.uz sayti orqali ham test natijalarini bilish mumkin.
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Dilafruza 14 Avgust 2010, 10:13:53
voy man tepada Y_U_R_I_S_T yozganlarini ko'rmaman.
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Ziyovuddin 14 Avgust 2010, 10:53:06
Tabrikleymiz.BU Juda HAm Katta Baxtku//.Afsus Man Bu Yil Kira Olmabman..Albatta Hamma Narsa Allohdan,Hafa Bo'meyman chunki tayyorgarlik ham Shunga Yarasha bo'lgan edi,Inshalloh Kelasi Yilga Harakat qilamiz endi..
Kunlar tez o'tmoqda. 1 yil ko'z ochib yumguncha o'tib ketadi ;)
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Nоdirbek 14 Avgust 2010, 12:08:52
Assalamu alaykum!
Biz ham talaba bo'ldik, kontraktga bo'lsa ham ilinib qolibman :)
Bizni haqqimizga xolis duoda bo'lganlarga yana bir bor tashakkur!
Qolganlarni ham tabriklayman...
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Nоdirbek 14 Avgust 2010, 12:22:19
Tabrikleymiz.BU Juda HAm Katta Baxtku//.Afsus Man Bu Yil Kira Olmabman..Albatta Hamma Narsa Allohdan,Hafa Bo'meyman chunki tayyorgarlik ham Shunga Yarasha bo'lgan edi,Inshalloh Kelasi Yilga Harakat qilamiz endi..
Hech ham xafa bo'mang va ortga chekinmang, hozirdanoq gazni bosing!
Hammasi yaxshi bo'ladi, inshaAlloh!
Nom: Re: Duo qilaylik abituriyentlarni
Yuborildi: Robiya 14 Avgust 2010, 12:40:23
Assalamu alaykum!

Zamiraxonning o'qishga kirganlari rasman tasdiqlandi:

...birin4i ?rin byudjetda turgan ekanman! K?zlarimga iwonmay bitta - bitta sonlab k?rdim." :)

Talabalik maqomiga erishgan forumdoshlarni tabriklab, kelajak o'qishlarida muvaffaqiyat tilayman.

O'qishga kira olmaganlar aslo kuyinmang. Har ishda Hikmat bor. Aynan shunda Siz uchun xayr bor, inshaAlloh!
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: As-Samarqandiy 14 Avgust 2010, 13:02:58
Bismillohir rohmanir rohiym!

O'qishga kirish baxtiga musharraf bo'lgan yurtdoshlar, talabalik muborak bo'lsin!

Men ham sizlarni xabarlaringni o'qib, so'z bilan ta'riflab bo'lmaydigan hissiyotlar butun tanamni chulg'ab oldi. Men ham sizlar kabi talaba bo'lgim kelib qoldi, eee yo'g'-e o'zi tugatolmay yuribman. Ikki marta talaba bo'lishlik nasib qildi, Ollohga behisob shukr! Talaba bo'lib safimizga qo'shilgan aka-ukalar, opa-singillar hech qachon bo'sh kelmang, og'zingizdagi oshingizni oldirib qo'ymang, biz kim - Mulki Turon, turklarni bosh bo'g'inimiz. Kimligingizni unutib qo'ymasangiz bo'lgani!!!
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Sadulla 14 Iyul 2011, 19:34:55
 :asl3:

Mana imtixon kunlari ham yaqinlashmoqda.Ziyouz abiturientlar soni ham kengayib bormoqda.Hozircha Lobar AZIZ
,Azizbek_mx,Elcom,Bonuxon,Muallim va men.Yana magistraturaga ham hujjat topshirayotganlar bo'lsa kerak.Forumdoshlardan bizlarni duolarda eslab turishlarini iltimos qilaman.Abiturientlarga bakalavr bo'lish,bakalavrni bitirganlarga magistr bo'lish nasib qilsin.Duolaringizdan umidvormiz aziz forumdoshlar.Muallimni imtixonlar yaqin ekan,menda ham ijodiy imtixon 22-23larga bo'ladi Xudoxohlasa hammamizga imtixonlardan yaxshi o'tib olish nasib qilsin!
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: azizbek_mx 14 Iyul 2011, 19:55:56
:amn:
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Elcom 16 Iyul 2011, 09:23:32
Barcha  ZiyoUz Forumi  abiturentlariga  omad !!!
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Bonuxon 16 Iyul 2011, 12:14:44
Maniyam duo qip turiyla iltimos :-|
Duotalab duogöyingiz. . .
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: siddiqa 16 Iyul 2011, 16:02:01
ALLOH oson qilsin variantlardagi to'g'ri javobla tirjayib tursin mani tanlela deb. 4 yil oldin kamina ham uhlomay chiqardim Rabbim yordam ber deb. Ilk ramazon tongidan vujudlar va ruhlarni poklab ,miyyani ishlatib a'lo kayfiyatda chiqinglar.
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: ibnUyayna 16 Iyul 2011, 17:41:00

 man Allohdan faqat hayrlisini sorab duo qilaman har 1 ishda..
 husnul xotima hammamizaga nasib qilsin...
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Mishariy Roshid Alafasy 18 Iyul 2011, 22:29:38
http://[font=Verdana][color=teal][b][center]Bizni ham duolaringizda unutmanglar !!![/center][/b][/color][/font]
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Sadulla 21 Iyul 2011, 14:20:10
 :asl3:

Ertaga Xudoxohlasa og'zaki imtixonni topshiramiz.Forumdoshlar duolaringizda eslab qo'ysangizlar xursand bo'lardim.Hammalarimizga imtixonlarni yaxshi topshirib olishlik nasib etsin!
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Nоdirbek 21 Iyul 2011, 18:34:41
Barcha abiturentlar qatori forumdagi abiturentlarni ham imtihondan muvaffaqiyatli, yorug' yuz bilan, o'tishinglarni tilayman. inshaAlloh, o'qiganlar kiradi. Men ham 4 yil abiturent bo'lgandim. U damlarni ham o'ziga yarasha gashti bo'lgan ekan :)
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Rabella 27 Iyul 2011, 16:00:09
Bugun o`qishga borgandim..
Og`zaki imtihonni topshirish uchun abiturientlar navbat kutib turishibdi..
Hamma abiturientlar hayajonda.. Onalari esa duoda...
Familiyasi aytib chaqirilganlar shoshgancha hujjatlarini olib ichkariga kirib ketishadi...
Ey Allohim, o`tgan yilgi ahvolimni esladimda, hozirda talabalik baxtiga erishganimdan Allohga hamdlar aytdim...
Allohim o`zi xayrlisini nasib qilsin barcha abiturientlarga...
O`qishga kirsa ham bir hikmat bor, kirmasa ham bir hikmat, balki hikmatlar bordir biz sezmaydigan...
Allohim Kariym va mehribon zot biz uchun nima xayrli ekanligini eng bilguvchi zotdir..
Barcha abiturientlar uchun eng xayrlisini Allohdan so`rab qolamiz...
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Sadulla 21 Iyul 2012, 08:06:09
 :asl3:

22-23 iyul kunlari Xudoxohlasa ijodiy imtixon topshiramiz.Imtixonlar ham shunday ulug'  kunlarga to'g'ri kelib qoldi bu yili,bu ham odamga qanaqadir bir dalda beryapti )) Duolar ijobat bo'ladigan shunday kunlarda sizlarning duolaringizdan ham umidvormiz aziz forumdoshlar!
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: BilmasOY 25 Iyul 2012, 18:51:33
Ramazon oyida ro'zadorlarning duosi qaytarilmaydi deb eshitganman, hammamiz duo qilaylik, forumdoshlarga, boshqa abiturient tanishlarimizga ham imtihonlarni yaxshi topshirib talaba bo'lishlik nasib etsin :amn3:
 Faqat yaxshi va hammamiz uchun xayrli bo'lgan xabarlarni eshitaylik...  Hammangizga OMAD!!!
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Skato 25 Iyul 2012, 19:05:07
Assalamu alaykum vr.vb Forumdoshlar!!! Barchani Ramazon oyi bilan tabriklayman. Xamma abiturentlaga omad tilayman! xamma abiturentlaga halol imtihon topshirishlari lozim dip o'yliman sababi shpargalka ishlatishsa ustozlani haqqiga xiyonat qilgan bo'larkan... Musulmon inson birovni haqqiga xiyonat qilmidi va o'zini haqqini xam birovga xiyonat qildirib qo'ymidi... shpargalkadan ko'ra yaxshilab o'qib o'rganib allohga tavakul qilib topshirish kere dp o'yliman shunda alloh nasib qilsa albatta kirishadi...
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: ibnUyayna 25 Iyul 2012, 20:13:41
 5-6 yil avval shu shpargalka masalasida ancha tortishuvla boganidi,Xayrullo okani chaqirishuvdi bolla.
 Oka etganidilaki,agar kopchilik shpargalka ishlatsa,silayam ishlatvuriyla dip.Chunki bunaqa qing'ir yolla bn oqimaganla,nech mintalab bilimli bollari orniga kirib ketvoti.
 Yaxshi oqiyla,yaxshi tayyorlaniyla,shpargalkaniyam hozirlab qoyiyla,sotkayam ovoliyla hurmatli talabala bomasam 2 chila kirib ketadi ornilaga ))
 Manam shpargalka ishlatganman bir paytla..
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2012, 10:36:42

Xayrullo okaning aytgani fatvo bo'lmaydi. U kishi olim emas.

Savol: Ассаламу Алаккум Варахтатуллоху Вабаракат.  Устоз Рамазон ойи мубокар булин. Аллах умрингизга барака ато етсин. Амин!! Устоз. бир к,ошним мендан имтхон жавобларини (ШПАРГАЛКА)  ксерекопия киб беришини соради. Мен буни имтхон жавоби еканлигини билмасдан хоп деб койудим. У 5 -6 та болага хам киберишини соради ва кучада киса берадиган пулини беришини айтди. Бу тахминан 60-70 когоз. Мен  бу киган ишимда килиб берганидан сонг калбимда бир оз шубха  пайдо булди тогрими ёки йок деган Бу ишга кандай карайсиз ва аслида бунака (шпаргалка) ишлатиш тугрими. Жавобингиз учун олдидан рахмат. Аллах Рози Булсин.

Шайх Муҳаммад Содиқ:
- Тўғри эмас. Буни ўзингиз ҳам биласиз. Шунинг учун ‎кўнглингиз ғаш бўлиб, савол бергансиз. Аммо мулла одам, ‎бўлаверади, деб қолса ажаб эмас деган хаёл билан ‎ёзгансиз. Билиб қўйинг! Ҳаромни мингта мулла ҳалол деса ‎ҳам ҳалол бўлмайди.‎

http://savollar.islom.uz/smf/index.php/topic,24869.0.html
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: ibnUyayna 27 Iyul 2012, 12:26:07
 man baribir tel ish ishlatgan bolardim.
 (palon pulli shpargalkaga unchali ishonmaganman(kopchilida anniq tushmagan osha shpargalkasidan),hoziram ishonmiman))
 Chunki hammada tel bor,shapargalka kopchilida bor,odamla sumkalari bn kirvolishgan,ichida kitoblaa,bemalol oqib otiripti,yana tanish-bilish qilib pul bn kirishadi oqishga.Man imtixon topshirganimda xech narsa yozmi,bemalol otirganlari korganman,ottiripti hoootirjaaam...
 Yana paravoz,desant shunga oxshaganla boladi,kak budto abiturient bb kirgande imtixonga,boshqalaga yechib beradi,oldidan gaplashilganla(ozi bosa allaqachon qaysidir univeri bitirgan,boshqa)...
 boshqa oson yo'llariyam bor )),uni uchun tanish talaba bolish kere osha univer/instta,buyam yaxshi variant
 Davlat buni oldini omagandan keyn oqigan odam qachon kirsin,oqishga??Qani adolat?Tiqilib yotibdi xomkallala univer,instlada..aa oqiganla bosa yillab abuturient bolib yurishipti..oldin mashu sistemani adolatli qilishsin,bir ko'rilik..
 Chista kalla bn kiradiganlayam boladi,bunaqalaram bolish kerede,bomasa xomkallalaga to'lib ketadi hammayo ))
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: AbdulAziz 27 Iyul 2012, 13:53:52
Islom "sen haromga harom bilan javob ber", demaydi. Aksincha, haromni halol bilan yeng, deydi.

Siz telefon olib kirganingiz, shpargalka ishlatganingiz, tanka, paravoz surganingiz, desantlarga ishlatganingiz, garchi sizda bilim bo'lsa-da, garchi fikringizcha, agar shu narsani ishlata olmasangiz, o'qishga kirolmay qolsangiz-da, baribir harom ishni qilyapsiz. Shu harakatingiz bilan boshqa bir birodaringizning haqini yeyapsiz. Zero, bandaning haqini banda kechmasa, Alloh ham kechmaydi.

Shunday ekan, hurmatli abituriyent, siz shunday o'qingki, testda o'z aqlingiz oldida shpargalkayu, desantlarning katta kallasi ham ish bermay qolsin! Zero, keyin shubhada yurmaysiz. Men birovning haqiga xiyonat qilib, 4 yil o'qidim deb ichingiz g'ash bo'lib yurmaydi. Bandasi oldida ham, Yaratgan oldida ham vijdoningiz toza bo'lib qolaveradi.

Biz ham o'qidik, tunu kun o'qidik, bizning paytimizda olingan shpargalkadan 100 % topganlar bo'ldi. Lekin biz umidni uzmadik. O'qidik va yana o'qidik. Tankistlarni orqada qoldirib o'qishga ham kirdik. O'qish paytida kimning kim ekanligini bildik. Oxir oqibat ko'nglimiz yorug' bo'ldi, dilimiz g'ash bo'lmadi...

Demak, iloji bor ekan-a, halol bilan o'qishning ham imkoni bor ekan-a? Shunday ekan, halol turganda nima uchun haromni tanlaysiz?
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: ibnUyayna 27 Iyul 2012, 14:22:05

 Islom odamlarni jazolash uchun kelmagan,islom odamlari baxt-saodati uchun kelgan.
 Odamlardan halol-haromga amal qilishni talab qilishdan oldin,sharoit qiberishi kerak.Islomda avva ish o'rinlari,erkin savdo uchun sharoitlar qilib beriladi.Shundan keyin kim o'g'irlik qilsa qo'li kesiladi.A ocharchilik paytida o'g'irlik qilgan odamni qo'lini Umar (r.a) qo'lini kesmagan,boshqalariyam shunaqa qilishgan.
 Qani shu imtixonni tashkillashtirvotganla shunga amal qivotimi?  -Yo'q.Pora bn o'qishga opkiradiganla zanjirde
 bir-biriga ulanib ketgan.Oddiy domladan tortib rektorgacha bor ichida,xatto organ hodimlariyam bosh-qosh bo'ladi.Qani adolat?O'shala taminlab qo'ymidimi?..
 O'shala opkirvotgan nikkichilari o'rniga,uladan kuchliro, yaxshi o'qigan bolla kirgani yaxshimasmi,qisman bolsada bazi vositalardan foydalanib?
 Endi kallasi bn kirganla bor,buni inkor qibo'midi.Endi hammayam uladaka bo'lomidiku.Hamma o'z bilimiga yarasha ball olish kerey.Uladan kamro biladiganlayam kirish kere,osha nikkichilari o'rniga..
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Abdulhafizaka 27 Iyul 2012, 17:31:01
мунозарани куриб бир вокеа ссимга тушиб колди.
2000 йили бир олийгохга хужжат топширдим ва тайёргарлик кура бошладим, шу орада бир иккита абитуриентлар билан танишдим, улар менга шпаргалка тавсис килишди, мен бир уз кучим билан уринаман булмаса хунаримни давом сттираман деб шпаргалкага кизикмадим имтихонда кулдан келганча тестларни ечиб чикдим. Мандат куни аник булишича халиги шпаргалкали танишлар киришибди мен еса контрактга илашибман, менда контрактга шароит йугиди. А­нг кизиги такдир такозоси билан худди уша укишга икки йилдан сунг лаборант булиб ишга кириб колдим, бир куни укитувчининг илтимоси билан дарсига талабаларга конспект ёздириш учун кириб колдим, халиги боларга тугри келибман бир биримизни куриб хайрон буп колдик. Улар мени лаборантлигимдан бехабар сиз бировни урнига имтихонга кирудизми домла деб туришиптию, мен хам суз бермадим укишга олишмуди ишга кирволаколдим дедим.
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Skato 27 Iyul 2012, 17:34:26
Assalamu alaykum vr.vb (Abdulhafizaka) siz nma dp o'ylisiz shpargalka ishlatish to'rimi yoki....
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Abdulhafizaka 27 Iyul 2012, 17:52:29
ва алайкум ассалом мен хам Шайх хазратларини фатвосини кабул киламан.
Аллох рахматига олган булсин бобом менга бутун ер юзини харом егаллаб икки оёкда туриш имконсиз булса бир оёкда туриб булса хам харомни босмагин деганлар. Хар кандай шароитда хам мумин киши бошкалардан узининг тугрилиги билан ажраб туриши керак.
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Муҳаммад Соҳиб 27 Iyul 2012, 18:18:30
Шпаргалкалар бир йилда бир марта бериладиган 4 соатлик имконни душмандек йсққа чиқаради холос ҳозирги кунда. Админ айтганларидек, снди у шпаргалкалар замони стди. Ундан ксра йил давомида асосан 3 ва 2 балл бериладиган фанларга қунт билан тайёрланиш керак.
Олийгоҳдаги узоқ йиллик сқиш давомида ҳам шпаргалсиз кирганлар доим ҳурмат-сътиборда бслади. Чунки улар вазистларга сз ақллари билан баҳо бера оладилар.
Очарчилик пайтидаги сғирликка қиёслаш мазкур ҳолатни умуман носрин. Валлоҳу аълам. 
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: ibnUyayna 27 Iyul 2012, 19:38:21
ва алайкум ассалом мен хам Шайх хазратларини фатвосини кабул киламан.
Аллох рахматига олган булсин бобом менга бутун ер юзини харом егаллаб икки оёкда туриш имконсиз булса бир оёкда туриб булса хам харомни босмагин деганлар. Хар кандай шароитда хам мумин киши бошкалардан узининг тугрилиги билан ажраб туриши керак.

 mashaAllah,siz yo'lizda shunde davom eting.Oq yo'l..
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: ibnUyayna 27 Iyul 2012, 19:46:08
Шпаргалкалар бир йилда бир марта бериладиган 4 соатлик имконни душмандек йсққа чиқаради холос ҳозирги кунда. Админ айтганларидек, снди у шпаргалкалар замони стди. Ундан ксра йил давомида асосан 3 ва 2 балл бериладиган фанларга қунт билан тайёрланиш керак.
Олийгоҳдаги узоқ йиллик сқиш давомида ҳам шпаргалсиз кирганлар доим ҳурмат-сътиборда бслади. Чунки улар вазистларга сз ақллари билан баҳо бера оладилар.
Очарчилик пайтидаги сғирликка қиёслаш мазкур ҳолатни умуман носрин. Валлоҳу аълам. 

 man hozir bunaqa ishlardan deyarli habarim yo'q..
shapargalkani davri o'ttimi? yomasam tel ovolish kere yoki yana boshqa  usuli chiqqandur...
 lekin manam etaman yaxshi tayyorlanish kere..
 yana bitta odammi sal g'ashiga tegadigon narsa bu,anu armiyaga borib kegan saldatlaga 56 ball (adashmasam) berilishi..
 nima qiganiga berishadi o'zi?bir yil xizmatta kallada boriyam chiqib ketadde keyn osmondan ogan ballari bn oqishga kirib ketishadi..
 qachon haqiqiy sinovla bo'ladi? hamma 100% kallasi bn imtihon topshirsa..hozircha uni teskarisi,shunchunam tel opkirish kere )
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Habib 28 Iyul 2012, 01:04:14
Assalamu alaykum
Bizni singlimiz ham InshAllah 1-avgust kuni imtihon topshiradi. Duo qilinglar iltimos, o'qishga kirib olsin Allohni irodasi bilan. Zero yahshi insonlarni duosi ijobat bo'lgay, ayniqsa Ramazon oyida InshaAllah duolar shubhasiz qabul bo'lajak!

Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Sadulla 29 Iyul 2012, 11:39:24
Assalomu alaykum.

Assalamu alaykum
Bizni singlimiz ham InshAllah 1-avgust kuni imtihon topshiradi. Duo qilinglar iltimos, o'qishga kirib olsin Allohni irodasi bilan. Zero yahshi insonlarni duosi ijobat bo'lgay, ayniqsa Ramazon oyida InshaAllah duolar shubhasiz qabul bo'lajak!

Olloh o'zi madad bersin singlingizga,o'qishga kirish nasib qilsin,ula qatori bizlarga ham  :)

OFF:Bu yil imtixonda o'zgarishlar bo'libdi.Imtixon to'g'risidagi qonunga o'zgartirish kiritilibdi va har qanday qo'shimcha narsalar(shpargalka,telefon,kalkulyator va b.)ni imtixonga kirishda yoki imtixon vaqtida abituriyentdan topilgan taqdirda abituriyent imtixondan chetlatilar ekan.Abituriyent imtixonga formada kelishi shart ekan.Imtixonlar ham haqqoniy o'tadi deyishyapti,shunday bo'lishiga umid qilamiz  :)

Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Musannif Adham 30 Iyul 2012, 01:59:53
Assalomu Alaykum.

Barcha abituriyentlarga imtihonlarini osonlik bilan topshirishlarini Allohdan duo qilib so'rayman. Forumdoshlarga ham, forumdosh bo'lmaganlarga ham yaxshi tilaklar.

Lekin o'qishga kirolmaganlar xafa bo'lishmasin. Bu bilan hayot to'xtab qolmaydi. O'qishni bitirgan barchaga ham xayrli kelajak-u, o'zi bitirgan soha bo'yicha muvaffaqiyatli ish va'da qilinmagan. Shunday ekan o'zimizga doimo xayrli oqibat so'raylik. O'qishga kirolmaslik ham bir tomondan yutuqdir balki.

Mayli, ruhni tushirmanglar abituriyentlar  :). Alloh imtihonlaringizni oson qilsin, niyat qilgan o'qishlaringizga yuqori ballar bilan kiringlar. Insha Alloh barcha abituriyentlar haqqiga namozlardan keyin duo qilaman. Zero, farz namozlaridan keyin qilingan duolar ijobatdir...
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Musannif Adham 30 Iyul 2012, 02:12:41
Assalomu alaykum.

Assalamu alaykum
Bizni singlimiz ham InshAllah 1-avgust kuni imtihon topshiradi. Duo qilinglar iltimos, o'qishga kirib olsin Allohni irodasi bilan. Zero yahshi insonlarni duosi ijobat bo'lgay, ayniqsa Ramazon oyida InshaAllah duolar shubhasiz qabul bo'lajak!

Olloh o'zi madad bersin singlingizga,o'qishga kirish nasib qilsin,ula qatori bizlarga ham  :)

OFF:Bu yil imtixonda o'zgarishlar bo'libdi.Imtixon to'g'risidagi qonunga o'zgartirish kiritilibdi va har qanday qo'shimcha narsalar(shpargalka,telefon,kalkulyator va b.)ni imtixonga kirishda yoki imtixon vaqtida abituriyentdan topilgan taqdirda abituriyent imtixondan chetlatilar ekan.Abituriyent imtixonga formada kelishi shart ekan.Imtixonlar ham haqqoniy o'tadi deyishyapti,shunday bo'lishiga umid qilamiz  :)

Sa'dulla, Siz bunaqa gaplarga ishonmang. Har doim shunaqa gaplar gapiriladi. Lekin har doim qandaydir yo'llar bilan shpargalkalar ham, telefonlar ham o'tib ketaveradi. Men bu bilan Siz ham shu yo'lni tanlang demoqchimasman. Shunchaki vaziyatga to'g'ri baho beravering. Bizda ko'p aytilgan ishlar qilinmaydi, ko'p qilingan ishlar aytilmaydi. Shuni unutmang.

Sizga maslahatim: tayyorgarlikni yaxshi qiling. Lekin hojatingizni Allohdan so'rang. Shuni aniq bilingki, agar butun insonlar jamlanib shpargalkalar bilan kirishsa ham, Siz shaprgalkasiz kirgan bo'lsangiz va taqdiringizda o'qishga kirish bo'lsa, Insha Alloh o'qishga kirasiz. Shuning uchun Allohning rahmatidan noumid bo'lmang. Aksincha o'qishga kirolmay qolsangiz ham (bu faqat Sizga emas barcha abiyuriyentlarga tegishli) to'g'ri qabul qiling. Demak, Alloh Sizga shuni bu yil yozmagan ekan, deb xotirjam bo'ling.

Va oxirida: Sizning va barcha xolis niyatli (Allohning madadi va o'z kuchi bilan o'qishga kirishni o'ylayotgan) abituriyentlarning haqlaringizga duo qilaman. Alloh barchamizga bu dunyo va oxirat yaxshiliklarini bersin....
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Yaratganga shukr 30 Iyul 2012, 03:59:43
biza duodamiz. ammo ilmi bor odam hech qachon chetta qop ketmeydi.. xudo xoxlasa ilmi borla talaba buladi..
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Musannif Adham 02 Avgust 2012, 03:10:56
Abituriyentlar, qalaysizlar? Kun o'tib ketdi-ku. Imtihonlar qalay o'tdi? Yozmaysizlarmi?

Aytganimdek, har doimgi holatlar davom etibdi:

(http://www.gazeta.uz/media/img/2012/08/kytu3i13438141170381_b.jpg)
Bu shovvozlarning qo'li qiyilib ketmasmikin bunaqa yurib?

(http://www.gazeta.uz/media/img/2012/08/ODNmuP13438141173970_b.jpg)
Shu Coca-Colaning ichida nima ekan, deb turgandim....

(http://www.gazeta.uz/media/img/2012/08/OGpLlq13438141177311_b.jpg)
...Baribir tushunmadim. Shammi bu? Unday desam kuppa-kunduzi chiroq o'chmaydi. Yana Toshkentda :) Unda shaprgalkadir?

(http://www.gazeta.uz/media/img/2012/08/b0zLaA13438148360628_b.jpg)
Mana bunisi esa bevosita auditoriyadan reportaj :) Kalkulyator bizning vaqtimizda ta'qiqlangan edi...

Manba: http://www.gazeta.uz/2012/08/01/tests/
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Sadulla 02 Avgust 2012, 06:06:49
Assalomu alaykum.

Alhamdilulloh imtixonlarni ham topshirib oldik,endi faqat javobini kutish qoldi  :) Bu yil o'zgarishlar bo'libdi ancha muncha.O'zJTU(Jaxon tillari instituti)da  telefon umuman ishlamabdi,telefon aloqasini uzib qo'yadigan moslama o'rnatishibdi.TIMI(Irrigatsiya instituti)da tekshiruv qattiq bo'libdi,institutga kirguncha 8ta post bo'libdi,aytishlaricha oxiri buncha postlardan eson-omon  o'tishga ko'zi yetmagan abituriyentlar,o'zlari shpargalkalarini olib tekshiruvchilarning qo'liga berishibdi.Ko'pchilik institutga kiraverishda tekshiruvdan qo'rqib shpargalka,telefonlarini tashlab kelibdi.Bizni TDShI(Sharqshunoslik)da esa:Eski hammom,eski toz...
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Ansora 02 Avgust 2012, 12:43:50
 :asl3:

Nizomiy bilan bogliq biri bolganim uchun tanishlar ham Nizomiy bilan bogliq insonlar.

Ularni suhbatlarini eshitib dahshatga tushadi odam :3

-Bu yil 5 ming dollar bolibdi.
-O'rniga palonchi kiradi-da...
-Tunov kuni 2 domlani snb ushlab ketibdi...

Dod degim keldi, Musulmonmizmi, yo'qmi?

Qaynotam: "Alhamdulillah 3 bolamni tomog'idan zarra qadar harom luqma o'tmadi", deganlarida unchalik e'tibor bermagan ekanman, yuqoridagi suhbatlarni eshitib, ichimdan yomon ezildim...

Harom, harom, harom....

Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Sadulla 03 Avgust 2012, 08:57:05
 :asl3:

Kapalak opa eng achinarlisi hozir bolalar maktabni 9-sinfni bitirgandan keyin litsey-kollejlarga kirishlari kerak.Shu litsey-kollejlarga kirishi uchun ham qancha ota-ona pul beryabdi  :(

Bunga eng asosiy sabab bola maktabda yaxshi o'qimagani meni fikrimcha,keyin ko'pchilik ota-onalar pul bermasam o'g'lim yoki qizim litsey-kollejga (qaysi biriga bo'lsa ham)kirolmaydi deb o'ylashadi va shu o'qisa kirib ketsa bo'ladigan joylarga ham bolani pul berib joylab qo'yishadi,bu bola o'qishni bitirgandan keyin institutga qanaqa qilib kiradi keyin  :(

Olloh hammamizga ham insof bersin!
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Aqoid 03 Avgust 2012, 14:18:22
O'sha pul berayotgan ota-ona farzandini maktabdagilida sal e'tiborini kuchaytirsin! Xojiboy to'g'ri aytganda qaysi maktabda o'qishiniyam bilmaydigan ota-onalar qancha. Maktabga farzandining o'qishini so'rab keladiganlari deyarli yo'qolib ketdi. Hamma ish o'qituvchining bo'ynida.
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: BilmasOY 04 Avgust 2012, 16:09:13
:asl3:

Kapalak opa eng achinarlisi hozir bolalar maktabni 9-sinfni bitirgandan keyin litsey-kollejlarga kirishlari kerak.Shu litsey-kollejlarga kirishi uchun ham qancha ota-ona pul beryabdi  :(

Bunga eng asosiy sabab bola maktabda yaxshi o'qimagani meni fikrimcha,keyin ko'pchilik ota-onalar pul bermasam o'g'lim yoki qizim litsey-kollejga (qaysi biriga bo'lsa ham)kirolmaydi deb o'ylashadi va shu o'qisa kirib ketsa bo'ladigan joylarga ham bolani pul berib joylab qo'yishadi,bu bola o'qishni bitirgandan keyin institutga qanaqa qilib kiradi keyin  :(

Olloh hammamizga ham insof bersin!
 
Lekinchi shu litsey kollej deganlarida ummmmuman haqiqat yo'q bo'masam bizni litseyga eng yuqori ball bilan kirgan bolani ko'rib esim chiqib ketmagan bo'lardi........ u  qanaqa zo'r o'qiydigan bolalarni o'rniga kirib ketgan... Uyog'ini surishtirsangiz maktabda alifni kaltak deyolmagan bolalar hozir pul berolmagan qanchadan qncha aqlli bilimli bolalarni o'rnida o'qib yuribdi...(nima bo'lgandayam bu achchiq haqiqat)
  Inshaalloh inst.da haqiqat bo'ladi deb o'yliman... ???

  Hammani insofini o'ziga bersin... Niyati pok bo'lgan barchaga halol yo'l bilan o'qishga kirib ta'lim olish nasib qilsin..
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Musannif Adham 04 Avgust 2012, 16:14:37
:asl3:

Nizomiy bilan bogliq biri bolganim uchun tanishlar ham Nizomiy bilan bogliq insonlar.

Ularni suhbatlarini eshitib dahshatga tushadi odam :3

-Bu yil 5 ming dollar bolibdi.
-O'rniga palonchi kiradi-da...
-Tunov kuni 2 domlani snb ushlab ketibdi...

Dod degim keldi, Musulmonmizmi, yo'qmi?

Qaynotam: "Alhamdulillah 3 bolamni tomog'idan zarra qadar harom luqma o'tmadi", deganlarida unchalik e'tibor bermagan ekanman, yuqoridagi suhbatlarni eshitib, ichimdan yomon ezildim...

Harom, harom, harom....

Siz bilan biz shunday fikrlaymiz Zamira opa. Lekin aksariyatchi? O'sha aksariyat ko'p narsani hal qilyapti. Bor gap shu - ko'pchilik abituriyentlarning o'zlari ham, ularning ota-onasi yoki boshqa mas'ul qarindoshlari ham o'qishga faqat pora, shaprgalka, "parovoz" va boshqa usullar bilangina kirsa bo'ladi, degan fikrda. Bu faqatgina fikr emas, aqidaga aylanib ulgurgan. Qanchalik inkor etmaylik, bugungi kun haqiqati shu.

Harom-halol degan lug'at Sizda, menda, yana ancha-muncha kishilarda bor. Lekin yana qaytaraman, o'sha aksariyat halol-harom degan "lug'at"ni ishlatmay qo'yganiga ancha bo'lgan. Musulmonchik-mi? Marhamat, yo'q emas, bor. Faqat masjidning ichida, uyning ichida. Ko'chaga chiqqach, hamma epini topib yashasin. Mana shunaqa. Odamlar zarracha xijolat bo'lmay gapirishadi bu haqida. O'qish imtihonlari boshlanishidan 3-4 oy oldin ota-onalar Toshkentga serqatnov bo'lib qoladi. Tanishlar topiladi. "Kattalar" yo'qlanadi. Xullas buyog'i yana o'sha salbiy ma'nodagi "o'zbekchilik"....

Alloh hammamizga insof bersin.  
Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Sadulla 05 Avgust 2012, 07:05:58

Lekinchi shu litsey kollej deganlarida ummmmuman haqiqat yo'q bo'masam bizni litseyga eng yuqori ball bilan kirgan bolani ko'rib esim chiqib ketmagan bo'lardi........ u  qanaqa zo'r o'qiydigan bolalarni o'rniga kirib ketgan... Uyog'ini surishtirsangiz maktabda alifni kaltak deyolmagan bolalar hozir pul berolmagan qanchadan qncha aqlli bilimli bolalarni o'rnida o'qib yuribdi...(nima bo'lgandayam bu achchiq haqiqat)
  Inshaalloh inst.da haqiqat bo'ladi deb o'yliman... ???

  Hammani insofini o'ziga bersin... Niyati pok bo'lgan barchaga halol yo'l bilan o'qishga kirib ta'lim olish nasib qilsin..

Afsuski institutlarda ham hammasi ko'ngildagidek emas  :(

Nom: Re: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Ansora 05 Avgust 2012, 10:11:04
:asl3:

Nizomiy bilan bogliq biri bolganim uchun tanishlar ham Nizomiy bilan bogliq insonlar.

Ularni suhbatlarini eshitib dahshatga tushadi odam :3

-Bu yil 5 ming dollar bolibdi.
-O'rniga palonchi kiradi-da...
-Tunov kuni 2 domlani snb ushlab ketibdi...

Dod degim keldi, Musulmonmizmi, yo'qmi?

Qaynotam: "Alhamdulillah 3 bolamni tomog'idan zarra qadar harom luqma o'tmadi", deganlarida unchalik e'tibor bermagan ekanman, yuqoridagi suhbatlarni eshitib, ichimdan yomon ezildim...

Harom, harom, harom....

Siz bilan biz shunday fikrlaymiz Zamira opa. Lekin aksariyatchi? O'sha aksariyat ko'p narsani hal qilyapti. Bor gap shu - ko'pchilik abituriyentlarning o'zlari ham, ularning ota-onasi yoki boshqa mas'ul qarindoshlari ham o'qishga faqat pora, shaprgalka, "parovoz" va boshqa usullar bilangina kirsa bo'ladi, degan fikrda. Bu faqatgina fikr emas, aqidaga aylanib ulgurgan. Qanchalik inkor etmaylik, bugungi kun haqiqati shu.

Harom-halol degan lug'at Sizda, menda, yana ancha-muncha kishilarda bor. Lekin yana qaytaraman, o'sha aksariyat halol-harom degan "lug'at"ni ishlatmay qo'yganiga ancha bo'lgan. Musulmonchik-mi? Marhamat, yo'q emas, bor. Faqat masjidning ichida, uyning ichida. Ko'chaga chiqqach, hamma epini topib yashasin. Mana shunaqa. Odamlar zarracha xijolat bo'lmay gapirishadi bu haqida. O'qish imtihonlari boshlanishidan 3-4 oy oldin ota-onalar Toshkentga serqatnov bo'lib qoladi. Tanishlar topiladi. "Kattalar" yo'qlanadi. Xullas buyog'i yana o'sha salbiy ma'nodagi "o'zbekchilik"....

Alloh hammamizga insof bersin.  

 :asl3:

Unda harom yo'llar bilan bolasini o'qishga kiritayotgan ertaga turli xil balolar kelganda yig'lab-siqtamasin: "ne umidlar bilan o'qitgandim"-bolam nimaga yomon yo'lga kirib ketdi, nimaga xayrsiz avlod bo'ldi, nimaga bunday dardga chalindi, nimaga topganini barakasi yo'q, nimaga, nimaga...demasin, asl sababini o'z qilmishidan qidirsin...

Ha keyin, aksar ota-onalar bolasini nima qilib bo'lsa ham o'qishga kiritishga harakat qilayotgan ekan, hech bo'lmasa bu saytga a'zo, oz bo'lsa-da harom, halolni ajrata oladiganlar qarshi tursin bunga-yo'q desin, dada, aya, men bunday yo'l bilan emas, o'z kuchim bilan kirishga harakat qilaman, birovni haqqini yemayman, Alloh qaytargan yo'ldan yurmayman, desin. O'zi bo'lmasa ham, yaqinlarini qaytarsin bu'yo'ldan. 1-2 der ekanmiz, bu tur ishlarga qarshi bo'lganlarni safi ko'payadi inshalloh. Men bunga ishonaman va duolarimiz ham bu yo'lda...

Nom: Javob: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Sadulla 31 Iyul 2013, 16:58:16
Assalomu alaykum.

Ertangi bo'ladigan imtihonlarda barcha abituriyentlarga Olloh madad bersin!
Nom: Javob: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: BilmasOY 02 Avgust 2013, 19:00:39
Assalamu alaykum sog'inganlarim...
Alhamdulillah, bizam kecha imtihonlarni topshirib chiqdik. Endi mandatni kutamiz... Abiturient degan mansabdan tushib qolamiz in shaa Allah :) :)
Nom: Javob: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: AbdulAziz 02 Avgust 2013, 23:32:55
Assalamu alaykum sog'inganlarim...
Alhamdulillah, bizam kecha imtihonlarni topshirib chiqdik. Endi mandatni kutamiz... Abiturient degan mansabdan tushib qolamiz in shaa Allah :) :)

O'qishga kirib olib, BilarOy bo'lish nasib etsin!
Nom: Javob: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: Muxsiya 03 Avgust 2013, 09:51:30
Imtihondayam bilmasoylik qilmagan bo'lsangiz bo'ldi inshaolloh talaba bo'lasiz
Nom: Javob: Duo qilaylik abiturentlarni
Yuborildi: tayna 03 Avgust 2013, 20:34:51
MAN HAM NIZOMIYGA TOPSHIRDIM, LEKIN JUDA QIYIN TESTLAR TUSHDI BU YIL :'( :'( :'( :'(  :'( :'( :'( ALLOIM NASIB AYLASIN BU YIL TALABA BO'LISHNI :'( :'( :'(