forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Yangiliklar => Futbol => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 09:54:40

Nom: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 09:54:40
To‘lagan ISOQOV: "œPAHTAKOR-79" CHEMPIONLIKKA ASOSIY DA’VOGAR FUTBOL JAMOASI BO‘LGAN"¦

1979 yil 11-avgustda sevikli jamoamiz "œPahtakor-79" avia-halokatga uchradi"¦ Bugun e’tiboringizga sport ustasi, O‘zbekiston  futbol tarixida yorqin iz qoldirgan, betakror fintlar, dribbling sohibi, "œPahtakor" jamoasida 15 yil to‘p surgan, Gennadiy Krasnitskiy, Berador Abduraimov, Vladimir Fedorov, Mihail An, Vasilis Hadzipanakis kabi jahonga mashur futbolchilar bilan birga to‘p surgan To‘lagan Isoqov bilan o‘tkazilgan suhbatini havola qilamiz. Mazkur suhbatda To‘lagan Isoqov pahtakorchi do‘stlari, ustozlari va bugungi futbolimizning ahvoli hususida so‘z yuritadi. Bir narsaga achinaman,-deb ta’kidlaydi To‘lagan aka, -ular juda yosh ketishdi"¦ biz o‘shanda qanday betakror jamodan mahrum bo‘lganimizni keyinroq angladik"¦ ulardan kelajakda juda iqtidorli futbol mutahassislari, murabbiylar, futbolimiz professorlari etishib chiqar edi"¦ ming afsus ularning qismati shu ekan. Ularni nomlarini birma-bir aytishim mumkin:"¦ Pahtakorchilar haqida har kancha gapirsam haqliman, chunki men ular bilan birga to‘p surdim, birga yurdik, yashadik bir qozondan ovqat edik. Hullas aka-ukaday yaqin bo‘lib ketgan edik"¦

(http://www.ziyouz.com/images/1.T.Isakov-1.jpg)
To'lagan Isoqov
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 09:55:25
FUTBOLGA BO‘LGAN ILK MEHRIM

Futbol maktabida birinchi ustozim: Mening birinchi ustozim Mar’uf aka Akbarov bo‘lganlar. Bizning eski hovlimiz Toshkent shahrining Hadra maydonida joylashgan Sirk binosining o‘rnida edi. 1966 yil er kimirlagandan keyin biz boshqa erga ko‘chib ketdik. Bolalik davrimda ko‘proq ko‘chada sport o‘yinlari bilan band edim. Mahalla va ko‘chalarda yilning har faslida o‘ziga yarasha o‘yinlari bo‘lgan, mening fikrimcha, aynan manashunday o‘yinlar bolajonlarda sportga bo‘lgan qizikishini oshirgan. Maktablarda GTO, BGTO znacheklarini sohibi bo‘lish uchun sportning ancha turi bo‘yich zachet topshirish kerak edi. Shuning uchun o‘sha davrning yigitlari chayir, baqquvat va kuchli bo‘ilib o‘sishar edi. Afsus, shu o‘yinlar bugungi kunda yoq bo‘lib ketdi"¦ Bu o‘z navbatida bugungi kundagi yoshlarimizga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi, bugungi yoshlarimizda sportga qizikish katta deb ayta olmayman. Ular ko‘proq ochiq havoda emas, televizor tagiga yoki kopmyuterga yopishib soatlab harakatsiz o‘tirishni ma’qul ko‘rishadi. Afsus, ko‘pni ko‘rgan ot-onalar ham shu narsaga moyillik ko‘ursatishyapti. Bizlar ertalabdan kechgacha yugurardik, cho‘milishga borardik, ogir chelaklarda bir necha kilometr joydam suv tashib kelardik, mehnat qilardik.

Eski jo‘uvadagi "œSpartak" stadioni bizning doimiy o‘ynaydigan joyimiz bo‘lgan. Stadionning yuqori qismida basketbol, voleybol, tenis maydonchalari mavjud edi. Bolalik davrimizda o‘sha erda rezinka koptok bilan rosa futbol o‘ynardik. Keyinchalik "œSpartak" bolalar va o‘smirlar futbol maktabida tahsil oldim. Sal vaqt o‘tib esa "œSpartak" futbol jamoasiga qabul qilinishim men uchun olamshumul voqeaga aylandi. Aynan, "œSpartak" futbol jamoasi meni katta futbol tomon yurishimga turtki berdi. U erda juda ko‘p iqtidorli futbolchilar etishib chiqqan.

BIZLAR EVROSIYO CHEMPIONATIDA ISHTIROK ETGAN EKANMIZ

Hozir men o‘ylab qarasam, biz o‘ynagan davr kuchli "œEvrosiyo" chempionati bo‘lgan ekan, haqiqatdan geografik nuqtai nazardan qarasangiz ham shunday. Bizlar SSSRning Evropa qismida joylashgan mana-men degan futbol jamolari bilan kuch sinashib, kerak bo‘ulsa dogda ham qoldirganmiz, evropaliklar biz osiyoliklar bilan hisoblashishga majbur bo‘ulishgan. Agar aniq aytadigan bo‘ulsam, o‘sha paytlar Osiyo qitasidan Evropa futboli talablariga javob bergan komanda faqat O‘zbekiston milliy terma jamoasi asosini yaratgan "œPahtakor" jamosi bo‘lgan. O‘sha payt Osiyoning birorta jamosai O‘zbek futbolidan ustun bo‘la olmagan. Evropa chempionatlarida bugungi suhbatimizni qahramonlari "œPahtakor-79" futbolchilaridan sobiq ittifoq milliy terma va Olimpiya jamoalarida Federov va Anlar etakchi mavqeida harakat qilishgan. Bu narsani tan olish kerak.
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 09:56:09
KATTA FUTBOLDA BETAKROR O‘ZBEK MODELI

Futboldan habari bor inson "œzapaznaya skameyka" degan iborani tez tushunib oladi. Bu degani, bir o‘yinchi jarohat olsa uning urnini bosa oladigan o‘yinchi bulishi kerak. O‘sha paytda "œPahtakor"da shunday o‘yinchilar bo‘lgan. Sobiq ittifoq davrida "œPahtakor"ning o‘z o‘yin uslubi bo‘lgan, o‘sha uslub ananaviy bo‘lib bir avloddan ikkinchi avlodaga o‘tib kelgan. Bunday uslublar boshqalarda ham ko‘zga tashlangan. Aytaylik, gruzinlarning "œDinamo", armanlarning "œArarat", ozariylarning "œNeftchi" va boshqa sovet respublikalari vakillarining ham o‘z uslublari bo‘lgan. Lekin bizning uslubimiz o‘zbekona bo‘lgani uchun uni betakror, jozibador "œO‘zbek modeli" deb aytishadi.

Esingizda bo‘lsa bizlar ham o‘z paytida V.Lobanovskiy kashf etgan hujumkorlik taktikasini ko‘llab katta yutuqlarga erishganmiz. Hujumda bira to‘la uch hujumchi Federov-Hajipanakis-Isokov katnashib mana men degan futbol jamoalarini sarosimaga tushirb qo‘yardik. O‘shanda biz hattoki ularning taktikasini qo‘llab, Evropaning eng dongdor jamoasi bo‘lmish Kievning "œDinamo"sini avval Toshkentada 5-0, keyinchalik Kievda 1-0 hisobda mag’lub etib, galaba qozonganmiz. Ahamiyat berdingizmi, bizlarda hujumchilar zo‘r edi"¦ Trenerlar uchta hujumchini maydonga chiqarib qo‘yib, qo‘rqmasdan harakat qilar edilar. Hozir esa hujumda bitta hujumchi bilan o‘ynashadi, men bunga hech tushuna oilmayapman"¦

Bundan tashqari bizlar orqaga qaytib himoyada ham o‘ynar edik. Aytmoqchimanki, O‘zbekistonda talantli futbolchilar ko‘p, faqat ularni topib, to‘gri tarbiyalab voyaga etkazish kerak. Shunday amaliy ishlar o‘sha damda qilingan. Bizlarda hujumchilar har doim kuchli bo‘lishgan. Men o‘ynagan davda: Krasnitskiy, Abduraimoimov, Ibragimov, Bektoshev, Fedorov, Hadjipanakis singari dongdor hujumchilar bo‘lishgan. Ularning hammasi O‘zbek futbol maktabida etishib chiqqan mashhur futbolchilar bo‘lishgan. Nomlari tilga olingan o‘yinchilarning barchasi turli yillarda sobiq ittifoq milliy, olimpiya va yoshlar terma jamoalarida muvoffakiyatli to‘p surishgan, ularni el tanirdi. 
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 09:56:36
MENI KATTA FUTBOL MAYDONIGA ETAKLAGAN BUYUK MURABBIY

Men "œPahtakor" futbol jamoasida 15 yilcha to‘p surdim, tog-tog va’dalarni qilib boshqa jamoalarga chaqirishganda ham hech qaerga jilmay "œPahtakor"ga sodiqligimcha qolaverdim. Hozir ham mazkur jamoaniong fidoyisiman. Mashhur "œPahtakor" jamoasiga men 1966 yili 17 yoshga tulmasdan kirib kelganman. Bunga asosiy sababchi Buyk futbol murabbiyi Mihail Yakushin bo‘lgan. O‘sha yili "œChig‘atoy" sport bazasida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazayotgan edi. Shu payt bir himoyachini ko‘p marta to‘p  bilan turli hil hiyla usullar bilan aldab o‘tishni mashk qilayotganimda M.Yakushin chetda turib bizlarni ku‘zatayotgan ekan. Mening bundan umuman habarim bo‘lmagan. Keyin u kishi bizning murabbiyimiz Sergey Arutyunovga murojaat qilib meni o‘z ho‘zuriga chaqirtiradi. Oldiga borganimda u mendan haqiqiy futbol o‘ynashini hohlaysanmi? - deb so‘radi. Men, -ha, deb javob berdim. Keyin bir oz suhbatlashdik, so‘ngra meni ertasi kuni "œPahtakor" stadionida o‘tadigan mashg‘ulotga kelishimni tayinladi. Ertasiga aytgan vaqtda mashg‘ulotga etib bordim.

O‘zizngiz bir o‘ylang, yoshgina, oddiy bir futbolchi birdaniga mashur futbolchilar Krasnitskiy, Pshenichnikov, Suyunov, Stadnik, Bektoshev, Abduraimov, Ibragimov, Naumenko, Shtern, Dotsenko"¦ shuncha yuldu‘zlarni orasiga tushib qolsa odam o‘zini yoqotib quyar ekan"¦ Dunyoga mashhur, sobiq ittifoq milliy terma jamoasida ishtirok etgan Gennadiy Krasnitskiy, Olimpiya terma jamoasi a’zosi Birodar Abduraimov, yoshlar orasida Evropa chempionlari Bektoshev, Dotsenko kabi futbolchilar orasida urini egallashni hayolimga ham keltirmaganman.

"œBAHAYBAT"OYOQLI SERGEY DOTSENKO BILAN OLISHUV

Mihail Yakushin meni juda iliq kutib oldi va sport formamni kiyib maydonga chiqishimni tayinladi. Chigil yozganimizdan keyin menga Sergey Dotsenkoni kursatib endi shu himoyachini to‘p bilan aldab o‘tasan dedilar. Dotsenkoni bahaybat oyog‘ini ko‘rib ochig‘i ko‘rqib ketdim"¦ oyog‘i haqiqatdan ham juda katta edi, hamma yogi mo‘shaklardan iborat, temir oyoqqa qiyosladim. Aldayman deyman, alday olmayman, 2-3 marta shunday harakat qilib ko‘rdim, bo‘lmadi... M.Yakushin bundan so‘ng meni o‘z oldiga chaqirtirib, sen hayajonlanma, qurqmasdan bemalol harakat qilgain, kechagi himoyachini qanday aldab o‘tgan b o‘lsang, bugun ham shunday harakat qilgin, deb dalda berdi. Undan keyin, bir narsani bilib qo‘ygin, agar futbolda uyalib, tortinib harakat qilsang hech narsaga erisha olmaysan, futbol maydonida vajohatli bo‘lgin, jasurona va har bir qarich er meniki, deb tirmashib kurashish zarur, degan so‘zlarini bir umrga eslab qoldim. Bu gapdan keyin ruhlangan holda yana Dotsenkoni yoniga borib to’p uchun kurasha boshladim, endilikda kurash boshqacha bo‘ldi. Kurashdim, harakat qildim va uni aldab o‘tishga erishdim"¦
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 09:58:05
"œPAHTAKOR" TARKIBIDA BIRINCHI SAFAR

Mashg‘ulotdan keyin Mihail Yakushinh meni pasportim va boshqa hujjatlar bilan ertasi kuni aeroportga kelsihimni tayinladi. Bu degani menga ishonch bildirilib komanda bilan navbatdagi turga ketishimni bildirar edi. Hursandligimdan ichimga sig‘mas edim. lekin boshqa shaharga borish uchun o‘sha paytda hattoki tu‘zukroq kiyadigan kostyumim ham yo‘q edi. O‘shanda biz ko‘pchilk qatori yashar edik. Otamga yordam bo‘lsin deb, men kechki maktabda o‘qib, kunduzi esa qurilishga borib ishlar edim. O‘shanda yaqin bir o‘rtog‘imning kostyumini kiyib safarga jo‘nadim. Safardagi o‘yin oily liganing rasmiy musobaqasi ramkasida o‘tqazilayotgan o’yinlar sirasidan bo’lib, biz Donetskning "œShahter" va Odessaning "œChernomorets" jamolariga qarshi o‘ynashimiz kerak edi. Meni jamoaning o‘rinbosarlar (dubler) tarkibiga kiritishgan edi. Ammo, o‘yinga tushirishmadi, zahiradagi o‘yinchi sifatida o‘yinni kuzatib itirib katta futbol muhitiga o‘rgana boshladim. Ikkinchi kuni asosiy tarkib o‘yinchilari bilan birgalikda mashqlarda ishtirok etdim. Keyin Odessaga uchib bordik, u erda ham vaqtni zahirada o‘tkazdim"¦ o‘shanda ham hayolga borib, demak mening o‘yinim bo‘larga yoqmabdi shekilli, deb o‘yladim.

"œPAHTAKOR" TARKIBIDA ILK O‘YINIM VA BIRINCHI KIRITGAN GOLIM

Toshkentga qaytib kelganimizdan so‘ng, meni Kuybishevning "œKrilya Sovetov" jamoasiga qarshi o‘yinga 20 minut qolganda maydonga tushirishdi. Jamoamiz 0-1 hisobda yutqazib turgan edi. Toshkentlik muhlislarimiz shunchalik faol ediki, hattoki dublerlar o‘yiniga ham 20-25 ming muhlis kirar edi. Behos, maydonga hechkimga ma’lum bo‘lmagan, eshitmagan o‘zbek futbolchisining paydo bo‘lishi ko‘pchilkni qiziktirib qo‘ydi"¦  O‘shanda menga yarim himoyachi Shevochkov chiroyli to’p oshirib oldingi qatorga chiqarib quygan edi, men butun mahoratimni ishga solib oldinga tezlik bilan yugurib qattiq zarba bilan gol kiritdim. Bu mening masterlar jamoasidagi ilk golim edi. Shundan keyin men oshirib bergan to’pim bilan  hisobda oldinga o‘tib oldik va o‘yin tugagyncha yana bir gol urib hisobni 3-1 ga chiqarib galaba qozndik.

(http://www.ziyouz.com/images/6.T.Isakov-1968-yil.jpg)
To'lagan Isoqov. 1968-yil
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 09:59:15
MIHAIL YAKUSHINNING O‘GITLARI

Bu o‘yinda men elib, uchib yugurib chiroyli o‘yin kursatishga harakat qildim. Ikkinchi kuni mahalliy sport gazetalari mening o‘yinim haqida batafsil ma’lumot berib ilk o‘yinimga ijobiy baho berishdi. Esimda bor, meni birinchi debyutim va kiritgan golim bilan birinchilar qatorida Yuriy Pshenichnikov tabrikladi. Undan keyin Krasnitskiy, Rahmatullaev, Abduraimovlar ham meni tabriklashib omadlar tilashdi. Shunday buyuk futbolchilar oilasiga kirib kelishim shu tariqa boshlandi. Bu o‘yinimni kuzatgan M.Yakushin meni o‘ziga chaqirtirib olib, yahshi o‘yinimdan mamnun bo‘lganini yashirmadi, va meni jamoaga qabul qilsihini e’lon qildi va  menga qarab, -Bilasanmi senga kancha ish haki beramiz? - deya so‘z boshladi va biroz jim qoldi"¦. Sal vaqt o‘tib past ovozda yana shu gapni kaytardi. Keyin menga tikilib qarab oylik masalasidagi savolini uchinchi bor qaytargan edi, men uning gapini bo‘lib, -Mihail Iosifovich, men pul uchun futbolga kelmayapman, bu asosiy maqsadim emas, men futbol o‘ynamokchiman, men katta futbolchi bo‘lish orzuim bor, deb jabob qaytargan edim"¦ O‘shanda Yakushin: Agar sen pul uchun futbolga kelmokchi bo‘lsang, hech qachon futbolchi bo‘la olmaysan. Sen yahshi futbolchi bo‘lsang, pulni o‘zi seni qidiradi, - deb aytgan gaplarini men bir umr yodimda saqlab qoldim va shogirdlarimga ham doim shuni uqtirib keldim. Hozirgi zamondagi ayrim futbolchilarga hayron qolaman, hali to‘g‘ri to‘p tepishni bilishmaydiyu, lekin birinchi navbatda qancha oylik berasiz, deb savol quyishadi. Bilasizmi, o‘sha vaqtda farroshlar 70 so‘m oylik olardi, menga esa oldiniga 60 so‘m oylik ish haqi belgilangan edi. Asosiy tarkibdiga futbolchilar esa o‘sha payt 250 so‘m oylik ish haqi olar edilar.

MAQSADIM ASOSIY TARKIBDA TO‘P SURISH VA ETUK FUTBOLCHI BO‘LISH EDI

"œPahtakor" safiga qabul qilinganimdan so‘ng, o‘z oldimga jiddiy vazifalarni qo‘ydim, maqsadim etuk futbolchi bo‘lish edi. O‘shanda ustozim Mihail Yakushin rahbarligida o‘z ustimdan tinmay ish olib borib, tajribamni, mahoratimni oshirishga kirishdim, ko‘shimcha mahsg‘ulotlar o‘tkazib katta ter to‘kishga to‘gri keldi. Katta futbolchi bo‘lisni o‘zi bo‘lmaydi. Odiiy misol, asosiy tarkibda to‘p surish uchun siz Krasnitskiy, Abduraimov, Bektoshev va boshqalardan qolishmasligiz kerak edi, yana ham to‘g‘riroq aytish kerak bo‘lsa ulardan ham yahshiroq harakat qilishingiz talab qilinardi. Shundagina siz asosiy tarkibga da’vogarlik qila olasiz. Hamma qilgan harakatlarim zoe ketmadi, tirishqokligim va mahoratim tufayli bir yil deganda asosiy tarkibdan joy egalladim. O‘shanda menga ham 250 so‘m oylik belgilandi. Meni pahtakorchilar juda iliq kutib olishdi, hech qanday yomon ko‘z bilan qarashlar bo‘lmagan. Krasnitskiy, Abduraimov kabi futbol yulduzlari bilan tezda til topishib ketdim. O‘sha paiytda futbolchi degan kasbni o‘zi bo‘lmagan, bizlarni sport masalalari buyicha instruktor lavozimida ushab turishgan. O‘shanda Kievning "œDinamo" yoki Moskvaning "œSpartak" komandasini yutsak 200 so‘mdan bizlarga mukofat puli ham berilardi.

(http://www.ziyouz.com/images/8.jpg)
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 09:59:40
"œPAHTAKOR" JAMOASI O‘ZBEKNING G‘URURI

"œPahtakor" futbol jamoasi o‘zbek millatining g‘ururi. Bilasizmi, "œYalla" guruhida Shahboz Nizamutdinov ismli solist bo‘lar edi, biz u kishi bilan ancha yildan beri do‘stmiz. U kishi qushiq va musiqa ijro etishdan tashqari sh’er ham yozib turardi. Uning quyidagi oddiy, ammo chuqur ma’noli misrasiga ahamiyat bering-a: O‘zbekistonni dunyoga tanitgan "œYalla", "œBahor", "œPahtakor""¦ Biz futbolchilar ham o‘z navbatida ular bilan yaqin aloqada bo‘lib turganmiz, asosiy maqsadimiz esa, O‘zbekistonni hammaga tanitish bo‘lgan. Hali-hali eslayman, futbol o‘yinlariga Shgukur Burhonov, Nabi Rahimov, Gani A’zamov, Malik Kayumov, Botir Zokirov, Soyib Hujaev, Ergash Karimov, Bahtiyor Ihtiyorov va boshqa yirik san’at ustalari doimo muhlis sifatida kelib turishardi. Biz bularni hammasini bilar edik va shunga binoan chiroyli o‘yin ko‘rsatishga harakat qilganmiz. Aytmoqchimanki, futbolni halqimiz juda sevar edi.

MENING IDEALIM  -BUYUK FUTBOLCHI GARINCHA

Yoshligimda men Buyk braziyalik futbolchi Garincha to’g’risida film ko’rganman. U inson to’grisida turli afsonalar yurardi. Biri uning bir oyigi kalta deydi, boshqalari yana boshqa gap tarkatishardi"¦ Unga qarshi o‘ynagan bir necha futbolchilarni taniyman? Ular o‘z davrida menga ham qarshi o‘ynagan. Uning bir finti juda mashhur bo‘lgan. Bu fint bilan u hammani qarmoqqa ilintirardi. Huddi chapga harakat qilmoqchi bo‘lganday ko’rsatardi-yu, ammo shu zahoti o’nga qarab katta tezlik bilan chopib ketardi, unga hech kim eta olmasdi... Hamma shunday bo’lishini bilardi, lekin baribir unga tutilaverishrdi. 

Men Buyuk futbolchi Garinchadan ko‘p narsani o’rganishga harakat qilganman. Filmlardan foydalanib uning o’yin uslublarini diqqat bilan kuzatar edim va o’zim uchun kerakli bo’lgan elementlarni qayta ishlay boshladim. Men ham unga o’hshab qanoat hujumchisi edim. Men uchun qizganish, o‘zim gol uraman degan narsalar yod edi. Lekin mening o‘zim o’ylab topgan fintalrimning hammasi betakror bo‘lib sermashshqat trenirovkalar evaziga hayot yuzini ko’rar edi. Bunday fintlarni kashf etish ham hammaga nasib qilavermaydi, bu ham parvardigordan berilgan ne’mat deb bilaman. Meni futbol maydonida jamoadoshlarim tezkor harakatimni hisobga olishib qisqacha "œTulya" deb chaqirishardi. O‘zimda tezlikni ko‘paytirib, birdaniga to’htab, raqibni chalg’itib, shoshiltirib qo’yib yana katta tezlikda undan o’tib ketib oldinga intilishni ancha vaqt mashq qilib o’zlashtirdim. U mening o’yinimga ijobiy ta’sir qilardi. Buni ham individual holatda katta mashq qilish evaziga erishish mukin. Bir tarafdan oddiy bo‘lib ko’ringan bu fint, ko‘pchilkni qo’lidan kelmasdi, ular tushunishmasdi ham. Bo’lmasa bu juda oddiy uslub, nima sababdan bugungi kunda shundan foydalanishmayotganligiga hayronman"¦
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 10:00:09
DNEPROPETROVSKNING "œDNEPR" JAMOASI USTOZLARINING E’TIROFI

Kochetkov davrida biz navbatdagi o‘yinni Dnepropetrovskning "œDnepr" jamoasiga qarshi o‘ynashimiz kerak edi. Dnepropetrovskka etib borganimizda meni sal mazam bo‘lmagani uchun mehmonxonaga junatib yigitlar bilan 40 minutlik trenirovka o‘tkazildi. Men mehmohonaga kirib dam oldim. Ertalab eshigimni birov takillatdi. Bir payt honamga bir noma’lum kishi kirib keldi. O‘zini "œDnepr" jamoasining boshligi deb tanishtirdi. Menga katta miqdorda ya’ni 50 ming rubl pora keltirganini, mengacha esa Federov va Anlar bilan gaplashganini va ular uni honalaridan quvib chiqarganini aytdi. Bu pullarni uchalayla bo‘lishib olinglar, faqat bugun "œDnepr" galaba qilishi kerak, bo‘lmasa komandamiz oily liga bilan hayirlashadi deb, iltijo qildi...

Mening jahlim chiqib, unga udag‘ayladim, u ham meni shantaj qilmoqchi bo‘ldi. Men undan qo‘rqmasligimni, Federov va Anlar uni quvib haydaganlarini to‘g‘ri qilgan deb men ham uni honamdan quvdim. Men Kochetkovni qidira boshladim, va unga orqamdan sharpa bo‘lib yurgan boshlikni ko‘satdim va bugungi o‘yinga meni qo‘ymasliklarini so‘radim. Chunki golli vaziyatda to‘pni darvozaga kirita olmasam menga pora berilgan degan gap chiqishini anglagan edim. Lekin Kochetkov bundan habari borligi, sal oldin Federov va Anlar unga bu haqda gapirib berganliklarini aytdi. Elkamga qulini quyib, men sizlarga ishonganim uchun sizlar bilan ishlayapman"¦ bugun albatda o‘yinga chiqasan, - deb tassali berdi. O‘yinning 63- minutda vaziyatdan foydalanib "œDnepr" jamoasiga chiroyli gol kiritdim va biz g‘alaba qozondik. Futbolchilarning echinish honasida bizlarning kayfiyatimiz juda zo‘r edi. Bir mahal eshik ochilb "œDnepr"ning barcha rahbarlari kirib kelishdi. Sizlar o‘z futbol jamoangiz bilan fahrlanishingiz kerak. Chunki sizlarning tarkibingizda hoin sotqinlar yoq ekan deyishdi. Shu bilan Toshkentga qaytdik.

ODDESADAGI  SARGUZASHTLAR

1975 yili bizlar Oddesaning "œChernomorets" jamoasiga qarshi o‘ynadik. O‘yin ham biz o‘ylagandek 1-1 hisobda during bilan tugadi. Bitta golni o‘zim kiritgan edim, hisobda oldinda edik, lekin ikkinchi bulimda bitta to‘p o‘tkazib yubordik. Baribir, mehmonda odessiyaliklardan bir ochko tortib olish yomon ko‘rsatkich emas edi. Samoletgacha hali ancha vaqt bor edi. Oddesaga kelib Qora dengiz sohiliga borib chumilmay qaytish biz uchun g‘alati tuyuldi. Shunda men, Федоров, Ан, Лакис"¦ to‘rtalamiz chumilgani ketdik. Borsak ancha-muncha odam bizlarni tanib surashib gaplashishga harakat qilishdi. U erdagi plyaj yonida qum ustida futbol maydonchasi ham bor ekan. Bir mahal, 3-4 yigit oldimizga kelib, qumning ustida bir futbol uynamaymizmi, deb iltimos qilishdi. Biz ularga oddiy til bilan o‘zi kimlar bilan suhbatlashayotganliklarini bilasizlarmi, deb aytdik. Bizlar oily liga futbol jamoasi ekanligimiz, qolaversa futbol ustalari ekanligimizni yana bir bor ularga tushuntirishga urinib ko‘rdik. Yigitlar yana iltimos qilishib, bizlarga ham esdalik bo‘lsin, shunday mashhur futbolchilarga qarshi o‘ynadik deb mag‘rurlanib yuramiz, iltimos ko‘ninglar deb quyishmadi. Ular to‘rttaga to‘rtta o‘ynab bir yashik pivo uchun o‘ynaymiz, deb aytishdi. Bizlar yigitlarni hafa qilmasdan ko‘nishga majbur buldik. Bu yogiga hafa bulmaysizlar deb, kani polega chikinglar deb o‘yinga kirishdik. Qumning ustidagi futbol tamomila boshqacha ekanligini keyin tushundik"¦ Uning ustiga lotinamerikalik futbolchilaridan qolishmaydigan mujazgina jamoa bizlarni yosh bolalarday aldab o‘tib juda yirik hisobda mag‘lub etishdi"¦ Kayfiyatimiz juda tushib ketdi. Ular esa bizga bir yashik pivo hadya etishib ko‘unglimizni oz bo‘lsada ko‘tarib qo‘yishdi: Ko‘pda hafa bo‘lmanglar, sizlardan oldin bu erga Kievning "œDinamo" futbol jamoasi kelib ketgan. Oleg Blohin boshlik yigitlarni ham 5-0 hisobda dog‘da qoldirganmiz... Bu gapni eshitib kayfiyatimiz ko‘tarilib hammamiz birdaniga kulib yubordik"¦  Keyinchalik Odessaga o‘ynagani borganimizda u plyajga boshqa bormaydigan bo‘lganmiz"¦
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 10:00:28
"œPAHTAKOR" MEHMONDO‘ST VA AHIL JAMOA BO‘LGAN EDI

Ahillik va do‘stlik borasida marhum yigitlarimizdek jamoa bo‘lmagan. Bu jamoada O‘zbekistonlik turli millat vakillari jamlangan edi. Bizning bitta shiorimiz bo‘lgan: Bir futbolchi hamma uchun, hamma bir futbolchi uchun. Shu ahillik hayotlarini ohirigi daqiqalarigacha davom etdi"¦ Biror do‘stimizni to‘yi bo‘ladimi, tug‘ilgan kuni bo‘ladimi yoki ma‘rakasi bo‘ladimi hammamiz hotinlarimiz bilan birga borib qatnashib kelar edik. Mishaning bir yahshi odati bor edi. U bizlarni doimo "œPolitotdel" kolhoziga taklif qiliob "œkuk-si" bilan mehmon qilardi. Men bilan Olimjon Ashirov ko‘prok choyxonada o‘zbekcha palov qilib yigitlarimizni chaqirardik, hullas kalom doimiy yigilishimizga har doim qandaydir sabab bo‘lar edi.

Jamoada o‘z ananalarimiz bo‘lgan g‘alaba nashidasini ham, mag‘lubiyat alamanini ham birga baham ko‘rardik. G‘alaba qozonganimizda ko‘cha-kuyda bemalol yurardik"¦, ammo, mag‘lubiyatga uchraganimizda ko‘chaga chiqishga uyalardik. Ayniqsa, pahta yig‘im terimi sezonida kattalar kelib bizlardan iltimos qilishardi har bir g‘alaba pahta teruvchiolarni kayfiyatini ko‘tarib plan bajarilishiga katta hissa ko‘shardi. Biz ham shularni anglardik va ayniqsa kuz oyida har bir o‘yinga jiddiy tayorgarlik qilib chiqishga harakat qilardik.

Bizlarda yahshi odatimiz bor edi. Toshkentga kelgan barcha jamoalarni choyhonaga taklif qilib o‘zbekcha osh palov damlardik. Shuning uchun sobiq SSSRda bizning ko‘pgina do‘stlarimiz bo‘lgan. Bizlar ham ularning shaharlarga borganimizda ular ham bizlarni o‘z shahrini tarihiy joylarini ko‘rsatishar edi. O‘shanda biz o‘zimizning tarihiy obidalarimiz nimaga ta’mirlanmiyapti, qandaydair nursiz bo‘lib ko‘rinardi. Mana O‘zbekiston mustalkillikka erishdi, bugungi kunda Samarqand, Buhoro, Xiva va boshqa shaharlarimiz tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketdi, tarihiy obidalaraimiz tiklanganini ko‘rib ko‘zim suynadi quvonchim ichimga sig‘maydi. Mana Jahon Kubogi bahsida o‘zbekning farzandi bizning futbolimiz qanakaligini namoyish qildi, endigi navbat milliy terma jamoamizga ham keldi.
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 10:00:48
HAYOTIMDAGI JIDDIY JAROHAT"¦

Donetskning "œShahter" jamosai bilan bo‘lgan uchrashuvda men qattiq jarohat oldim. O‘shanda "œShahter"ning A.Pyanih degan futbolchi oyog‘imga sakrab menga qattiq tan jarohatini etkazdi. Toshkentlik shifikorlarga rahmat, meni juda qisqa muddatda keying o‘yinga tayorlashdi. Shundan so‘ng biz Moskvaning "œDinamo" jamosaiga qarshi o‘ynadik. "œDinamo"ning A.Novikov degan himoyachisi huddi o‘sha, ilgari jarohat olgan joyimga ikkinchi bor jiddiy jarohat etkazdi"¦ Oyog‘im qattiq lat edi. Bu hayotimda eng og‘ir jarohat edi"¦  Biz o‘shanda 0-1 hisobda yutqazayotgan edik, uning ustiga ikkita o‘yinchimiz ham almashgan edi. Mening nafaqat chopishimga, hatoki yurishimga ham madorim yoq edi, oyog‘im zirqirab og‘riyotgan edi. Ammo jamoadoshlarimning qistovi bilan o‘yinni davom ettirdim, o‘yinga kirishib ketib og‘riqlarni sezmay qoldim. O‘sha kuni biz mag‘lub bo‘ldik, kechqurun mehmonhonada dam olayotganimda juda qattiq, chiddab bo‘lmas og‘rikni sezdim.

O‘sha kuni bizning professional doktorimiz Chumakov menga juda katta yordam berdi. Men  umrimda hali bunaqangi yuqori malakali, professional doktorni ko‘rmaganman. Kechasi soat 1-2 larda og‘riq juda azob berayotgligini va jarohat avj olishi mumkinligini sezib, tezyordam chaqirdi va meni opichib bir o‘zi Moskvadagi travmatologiya kasalxonasiga olib bordi. Doktorlarning fikriga ko‘ra oyog‘imda gematoma paydo bo‘lib, qon bir joyda jamlanib yahshi yurishmagani sababli og‘riq kuchaygan. Menga yaqin orada uynay olmasligimni va jiddiy mualaja olishim kerakligini uqtirishdi. Keyingi o‘yinimiz Vorosholivgradning "œZarya" komandasi bilan edi. Ertalab trenerimiz meni ko‘rib qanaqasiga jarohat shunchalik avj olganini hayron bo‘lib eshitdi"¦ Oyog‘imdagi gipsini ko‘rib undan ham hayron qoldi. Chunki doktorimiz Chumakov hechkimni uyg‘otmay, ovora qilmasadan hammasini o‘zi hal qilgan edi. Meni Toshkentga samoletda uchirib yuborishdi. Toshkenda men Arpapoya ko‘chasidagi mahsus kasalxonada davolandim. U erda meni futbolimizning ashaddiy muhlisi Aleksandr Terkin ismli vrach davolashga kirishdi. Uning gapiga qaraganda jarohatim jiddiy, gangrenaga aylanishi havfi borligini aytdi. Oyoqdagi qonni chiqarib olish zarurligini, agarda yiring paydo bo‘lsa murakkab operatsiya qilish zarurligi va men kamida 2 yil futbol o‘ynamasligim kerakligini ham aytdi. O‘shanda 30dan oshgan edim"¦ 32 yoshda futbol formasidan chiqqan o‘yinchi kimga kerak bo‘ladi? "¦

Lekin opertasiya jiddi ekanligi sababli u operatsiya qilshdan bosh tortdi. Men unga hamma narsaga roziman, faqat chidab bulmaydigan og‘riqni sal bo‘lsada to‘htatishni o‘tinib so‘radim. Tezda opertasiya qilishdi, doctor juda tajribali ekan, hammasi joida bo‘ldi. Lekin 2 oy chopa olmasligim va to‘p  tepmasligimni uqtirdi. Keyin bir tanishim menga Toshkentda 2ta hitoy tabibi borligini aytib, ular igna sanchish mualajasi bilan dardimga shifo topishim mumkinligini aytdi. Hitoy tabiblari oyog‘imni kurib, muolaja o‘tkaza boshlashdi va bir oyda o‘yinga chiqib ketasiz deb va’da berishdi. Bir haftadan so‘ng men sekin asta harakat qilsihga kirishdim, lekin hassani tashlashga hali erta edi"¦
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 10:01:56
"œPAHTAKOR-79". FOJIA XRONIKASI:

SO‘NGI UCHRASHUV. DO‘STLARIM BILAN VIDOLASHUV"¦

1979 yilning 8-avgusti. Sobiq ittifoq chempionatining ikinchi yarmi endi boshlangan edi. O‘sha kuni Varoshilovgradning "œZarya" jamoasini 3-1 yutdik, hammada ko‘tarinki kayfiyat, men futbolchilarning echinish xonasiga kirib yigitlarimizni tabrikladim. Ular meni ko‘rib hursand bo‘lishib, tez safga kaytishimni, rejada qiladigan ishlarimiz, birga ga’laba qozonishim kerak bo’lgan o’yinlarimiz ko‘pligini ta’kidlashdi. Darhaqiqat, o‘sha kuni yigitlarimizda qandayadir ko’tarinki kayfiyat, kuch-kuvvat, ko‘zlarida olov, birdamlik, juda do‘stona muhitni sezdim. Nimaga deb surasam, yigitlarimiz bu yil chempionlik uchun kurashga astoydil bel bog‘laganliklarini aytishdi"¦ Mening o‘rnimga Shuhrat Eshbutaev chiqib, mening yoqligimni bildirmaslikka harakat qilgan edi. Ular bilan birpas o‘tirib ancha hazil-huzul qilb kulishdik, lekin bu uchrashuv men uchun eng so‘ngi uchrashuv ekanligini, ularni boshqa ko‘ra olmasligimni hayolimga ham keltira olmas edim"¦ Hamma bilan birma-bir quchoqlashib hayirlashdim va ertangi kuni, ya’ni, bir kundan keyin men Moskvaga uchib borib u erdagi mutahassislarga kurinishim kerakligini yigitlarga aytib ulardan uzr so‘rab uyga qaytim.

1979 yilning 9-avgusti. Moskvada men professor Zoya Sergeyevna Mironova degan Ortopediya institutining katta mutahassisiga ko‘rinishim kerak edi. Ertalab aeroportga borganimda u erda meni jamoamizning ma’muri Mansur Tolibjonov kutib turgan ekan, ketishim bilan bog‘liq hamma masalalarni hal qilishga yordam berdi va men Mosvaga uchib ketdim. Moskvaga etib borgach, birinchi navbatda men bizlarga ustozlik qilgan, o‘sha "œPahtakor-79"ning arhitektori, jamoa poedevorining birinchi tamal toshini kuygan buyuk murabbiy va haqiqiy inson Vyacheslav Dmitrievish Solovyovning uylariga bordim, ular uchun ataylab O‘zbekistondan kovun va ho’l mevalar olib olgan edim. Biz ancha vaqtgacha uylarida gaplashib o’tirdik,  Toshkentni, milliy urf odatlarimizni va ayniksa Solovyov tarbiyalagan yigitlarni esladik. Solovyov dardga chalinmaganda, men bunga shubham yoq, aynan shu inson "œPahtakor"ni yaqin orada chempionlikka olib chiqardi. U shuncha katta va dongdor jamoalarda ishlab faoliyat yuritdi, ammo "œPahtakor"ga nisbatan mehri va e’tibori eng yuqori bo‘lganlanini doimo ta’kidlardi.

(http://www.ziyouz.com/images/7.-Pahtakor-79-foto....jpg)
Paxtakor - 1979
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 10:03:32
1979 yilning 10-avgusti. Ertalab hamma rentgen-snimkalar va tashxis natijalarini olib Zoya Sergeeyvnani huzuriga bordik. Opa barcha hujjatlarimni birma-bir ko‘zdan kechirib, oyog‘imni ham diqqat bilan ko’rdilar va V.D. Solovyovga qarab Toshkenta shunchalik kuchli hirurglar borligiga hayron qolganligini ta’kidladilar"¦ Bundan yahshi muolajaning o‘zi yoq. Hammasi tug‘ri qilingan. Men ham hayron bo‘lib qoldim, Moskvadagi kasalxonaga yotish uchun SSSR Ministrlar Kengashining mahsus hati bo‘lishi kerak, uning ustiga umuman kasalxonada yotaverganimdan bezillab qolgan edim"¦ Bo‘lmasa uyimga ketaveray desam, doctor o‘zingiz bilasiz deb quya qoldi.

MEN UCHUN HAYOT-MOMOT DAQIQALAR. PESHONAMGA BITILGAN TAQDIR"¦

Doktorxonadan chiqib, biz V.D.Solovyovning ishxonalariga borib nima qilishni o‘yladik. O‘shanada men Toshkentga telefon qildim. O‘zbekiston sport qo‘mitasining raisi Mirzaolim aka Ibrohimov bilan gaplashdim. Keyin katta murabbiyimiz Oleg Bazileevichga ham telefon qildim. Ular, jarohatim tu‘zalayotganini eshitib hursand bo‘lishdi va tezda Toshkentga qaytishimni, pahtakorchilar safida 11 avgust kuni Minskka uchib ketishim zarurligini aytishdi, yigitlarni qullab-quvvatlash kerakligini ta’kidlashdi. Menimcha ular hali hassa tayanib yurganimni bilishmasdi ... Minskdagi o‘yindan so’ng Bazileevichning eski do‘sti mashhur vrach Elizarovga jarohatimni ko‘rsatish niyatlari borligini ham aytishdi. Bu ishlarning hammasi fojeadan bir kun oldin 10-avgustdagi gaplar"¦

Men hamma gapni V.D. Solovyovga aytib berdim, u kishi bir oz o‘ylab keyin yahshi o‘yinga kirishib ketishim uchun hali kamida 2 oy muhlat kerakligini qayd etib, hozir shoshilmay, jarohatimni ohirigacha tuzatish, amaliy mashqlarni o‘tkazish, o’z ustimda ishlash kerakligini maslahat berdi va davolanish chog’ida uning uyida turaverishim ham mumkinligini aytdi.

Avvaliga ikkilandim, keyin ustozning gaplariga kirib shunday ish tutdim, hitoylik tabiblarning ham bir oysiz o‘yinga tushmagin deb, kat’iy aytgan gaplarini ham esladim. "œPahtakor-79" bilan bog‘liq mudhish voqea o‘tib ketganidan so‘ng o‘ylab qarasam, bu Ollohdan menga berilgan katta ne’mat deb bildim, Parvardigorni o‘zi meni hatardan asragan ekan"¦

(http://www.ziyouz.com/images/9.-Pahtakorning-sungi-chiki.jpg)
Paxtakorning so'nggi chiqishi
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 10:03:59
MUDHISH FOJEANING RO‘Y BERISHI

1979 yilning 11-avgusti.
11-avgust kuni Moskvada men sobiq pahtakorchilar Leonov, Kuzmin, Patrikeev va boshqalar bilan uchrashishim kerak edi. Shu kuni biz Ko‘zminni uyida yig‘ilishib eski voqealarni eslab suhbatlashib o‘tirgan edik, shu asnoda telefon jiringlab qoldi"¦ Sizni so‘rashyapti, deb menga telefon go‘shagini tutkazishdi. U tomonda yiglamsiragan ayolning ovozi eshitildi, u V.D.Solovyovning rafiqasi edi. Pahtakorning halokati haqida uzuq yuluq so’zlsrni anglaganimda sekin asta esim og‘ayotgandek tuyuldi xuddi"¦, ko‘z oldim qorong‘ilshdi"¦ tik turaolmay stulga yiqila yozdim"¦ tilimga bir so’z kelmay, o‘rtoqlarimga bu mudhish habarni aytishga o‘zimda kuch topa olmasdim"¦ hamma meni ko‘rib qo‘rqib ketdi"¦ Opamizning menga qarata, sen ikkinchi Bobrovsan!, Bobrovsan! degan gaplari g‘ra-shira esimda qoldi"¦Ko‘zlarimdan tinmay tirqirab yosh oqa boshladi. Keyinchalik bilsam buyuk hokkeychi va futbolchi Bobrov huddi menga uhshab 50-yillar boshida Moskvadan Sverdlovskka uchadigan samoletda jamosaidan qolib ketib tirik qolgan ekan"¦ V.D.Solovyovning gapirishga madori bo‘lmay karaht holatda bo’lib, shuning uchun bizlarga uning rafiqasi telefon qilgan ekan.

Hammamiz tezda V.D.Solovyovning uyiga etib bordik, u kishi bizlarni kutib turgan ekan, har birimizni quchoqlab ho‘ngrab yig‘lab ko‘rishdi, biz ham yig‘ladik. Shuncha erkakni yig‘laganini g‘alati bo‘lar ekan. Lekin Toshkentda bundan-da dahshatli manzaralar bizlarni kutib turganini hali bilmas edim"¦ Keyin men Solovyovdan menga Toshkentga tezda bilet topib berishlarini so‘radim, zudlik bilan Toshkentga borishim kerakligini aytdim. U kishi ikkita bilet olingani va kasalligiga qaramay men bilan birga Toshkentaga borishini aytdi. Shunda Solovyov hamma yigitlarni birma-bir ko‘z oldidan o‘tkazib, qanchalik ularga ishongani, ularga yahshi tarbiya berganini g‘urur bilan qayta qayta ta’kidlardi. Darhaqiqat V.D.Solovyovning "Pahtakor" jamoasiaga katta mehnati singan. U kishi Fedorov, An, Hadzipanakis, Ashirov va boshqa yigitlarimizning oyoqqa turishida ancha hissasi bor. Kechasi biz V.D.Solovyov bilan Toshkentga uchadigan bo‘ldik. Shu payt hayajonlanganimdanmi yoki asabiylashganimdanmi, bilmadim, oyog‘imda yana qattiq og‘rik seza boshladim, buni o‘zimdan bo‘lak hech kimga bildirmaslikka harakat qilib, yana hassaga tayanishga majbur buldim"¦

(http://www.ziyouz.com/images/10.-Pamayat.jpg)
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 10:04:42
MOTAMGA BURKANGAN O‘ZBEKISTON

1979 yilning 12-avgusti.
Erta tong, soat 5.00 Toshkentga etib keldik, taksi bilan tezda O‘zbekiston futbol federatsiyasiga bordik. Federatsiya binosiga kirsak, odam liq to‘la"¦  Men federatsiyadagilardan kimlar halok bo‘lgani haqida so‘raganimda hali hech narsa ma’lum emasligini aytishdi. Kun yorisha borgan sari butun Toshkent borgan sari motamga o‘rala boshlangadek tuyuldi, hamma erda bitta gap"¦ butun jamoa halok bo‘libdi"¦ Ammo, sobiq markazning buyrug‘iga binoan, bu fojea haqida na Moskva, va na Toshkent hech qanday ahborot berishmadi. Lekin, o‘zbek futbol muhlislari bu haqda AQSHning "œOzodlik" radiosi tarqatgan bayonnomasidan bilib qolishdi, va bu mudhish xabar tezda butun O‘zbekistonga tarqab ketdi"¦

AMERIKANING "œKOSMOS" JAMOASIDAN KELGAN BIRINCHI TA’ZIYA TELEGRAMMASI

O‘zbekiston futbol federatsiyasi binosida ko‘zim qandaydir galati halkaro telegrammaga tushib qoldi. Pahtakor jamoasining halokatga uchrashi sababli birinchi taziya telegrammasi AQSHdan, New Yorkning mashhur "œKosmos" futbol jamoasi klubidan kelibdi. Fojea haqida O‘zbekiston  halqi, umuman hali hech kim, aniq ma’lumotga ega emas edilar. Bilishimcha, halokat yuz berganidan so‘ng, 15-20 daqiqadan keyin ushbu telegramma O‘zbekistonga etib kelgan ekan. 2-3 kundan keyin esa, "œPahtakor" stadioni yonidagi katta maydonda, O‘zbekiston sport qumitasi binosi yonida katta stendlar o‘rnatilib nafaqat sobiq ittifoqdan, Evropa, Osiyo, Afrika va Amerikadan minglab ta’ziya telegrammalari kela boshladi. Barcha muhlislar kelayotgan telegrammalarni uqishga haqli edilar"¦

(http://www.ziyouz.com/images/19.jpg)
Futbolchilarning yaqinlari
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 10:05:05
PAHTAKOR FOJIASI VA SHAROF RASHIDOV

12-avgust, soat 9.00. Biz O‘zbekiston  sport qumitasiga bordik. U erda bizni mazkur qumita raisi, Mirzaolim aka Ibragimovning o‘zlari kutib oldilar. Birozdan so‘ng bizlarni O‘zbekistonning o‘sha payitdagi rahbari Sharof Rashidov huzuriga olib borishdi. Bilasizmi, o‘shanda Sharof Rashidovich ham bizlarni ko‘zda yosh bilan kutib oldilar"¦ Men hassaga tayangan holda u kishiga yaqinlashdim, u kishi meni o‘z bag‘irlariga bosib, - Bolam seni parvardigorni o‘zi saqlab qoldi, lekin yigitlarimiz juda yosh ketishdi, essiz, essiz, endi nima qilamiz? - deb aytgan so‘zlari hamon qulogimda chalinib turibdi. Sharof Rashidovich meni o‘z ug‘liday ko‘rardilar. Men shundan juda g‘ururlanardim, bu albatta menga qushimcha ma’suliyat yuklardi va men futbol maydonida bor kuchim bilan harakat qilishga oshiqardim.. Sharof aka haqida gap ketganida u kishining o‘zbek futbolini rivojlanishiga qushgan hissasini 1-2 so‘z bilan ifoda etish juda mushkul. U kishi honalarida o‘tirib "œPahtakor"da bo‘layotgan hamma ishlardan habarlari bor edi. Jamoani doimo qullab-quvvtalab turardilar. O‘zlari ham vaqtlari bo‘lganda stadionga kelib muhlislik qilardilar. Ko‘zga ko‘ringan barcha futbolchilar bilan bir necha martalab suhbatlashgan.

Umuman olsak, "œPahtakor"ni sobiq SSSR jamoalari orasida obro‘sini oshirishda u kishining hizmatlari beqiyos. 1956 yili "œPahtakor" markaziy stadionini bunyod etilishi, jamoaning mahhaliy, turli millat vakillaridan iborat yigitlardan tashkil qilinishi, sobiq ittifoqning mana-men degan jahonga mashhur murabbiylarini Toshkentga taklif qilib o‘zbek futbolini rivojlantirishida u kishining roli katta bo‘lgan. Aynan, 1962 va 1982 yillarda "œPahtakor" jamoasini oily ligada kuchli oltilikdan o‘rin egallashida ham u kishining ro‘li beqiyos, yana shu narsana aytmoqchimanki agar avia-halokat sodir bo‘lmaganida iqtidorli yoshlaradan tashkil topgan "œPahtakor" o‘sha yili, yoki keying yili albatda SSSR chempioni bo‘lishiga ishonchim komil edi.

Agar esingizda bo‘lsa, o‘sha "œPahtakor" stadioni yoniga kuniga kamida 30-40 ming futbol muhlislari kelishib, pahtakorchilarni qachon olib kelishadi? Qaerga dafn qilishadi? - deb so‘rashardilar... O‘sha uchrashuvda Sharof Rashidovich, menga va V.D Solovyovga murojaat qilib, sizlar marhum pahtakorchilarga juda yaqin bo‘lgan insonsizlar. Bugun muhlislar sizlarga termulib qarab turishibdi. Halqqa fojeani to‘g‘ri tushuntirib, pahtakorchilarni yaqin vaqtda olib kelishlarini va albatda bir joyga dafn qilinishlarini aytinglar, deb iltimos qildilar. Bilib bo‘ulmaydi, halq olomonga aylanib ketib turli hil to‘polnlar bo‘lishi mukinligini esdan chiqarmanglar, hamasini yotig‘i bilan tushuntiringlar, deb tayinladilar. Men shahsan har kuni 4-5 marta o‘sha stadion oldida yigilgan muhlislarga sobiq pahtakorchilar haqida, ko‘mish marosimini tashkil qilish komissiyaning qarorlari haqida va boshqa savollar hususida chiqishlar qildim.

Keyin Sharof Rashidovich, bizlardan yigitlarni olib kelishganlaridan keyin qaerga dafn qilish kerakligi haqida so‘radilar. O‘shanda men birinchi bo‘lib o‘z fikrimni bildirdim. "œPahtakor" stadioniga kirivurishdagi tepalik joyida katta maydon bor. U erda memorial kompleksini tashkil qilib yigitlarning hammasini o‘sha erda dafn qilinsa, yahshi bo‘lar edi deb taklif qiritdim. Gavjum joy, "œPahtakor" stadionida har doim futbol o‘yini bo‘lib turadi, muhlislar har doim kirib ziyorat qilshardi, o‘sha joy doimo gularga to‘lib turishini ta’kidladim. Sharof Rashidovichga ham bu taklif ma’qul bo‘ldi. Ammo, keyinchalik barcha halok bo‘lganlarning ko‘pchilk ota-onalariga bu taklif ma’qul bo‘lmadi. Turli millat vakillaridan iborat oilalar halok bo‘lgan farzandlarini o‘z urf-odatlari bo‘yicha ko‘mishlariga ruhsat berishlarini so‘rashdi. Yana bir narsani aytib o‘tish kerak dafn marosimlarini hammasini davlat o‘z zimmasiga oldi, oilalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi, nafaqalar tayinlandi.

(http://www.ziyouz.com/images/18_.jpg)
Paxtakor stadionidagi yodgorlik
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 10:06:21
"œPAHTAKOR-79" BILAN SUNGI VIDOLASHUV"¦

1979 yilning 18-avgusti. "œToshkent" halkaro aeroportiga mahsus samoletda Dnepropetrovskdan marhum "œ17 pahtakorchi"larning jasadlari olib kelindi. Aeroportning o‘zida bo‘lib o‘utgan katta motam mitingida O‘zbekiston rahbariyati nomidan Okil Umirzokov, futbol jonkuyari Jura Honazarov, Vyacheslav Solovyov, men va boshqalar so‘zga chiqdik. Hammaning yuzida chuqur qaygu, dard, alam, ko‘zlarida yosh"¦ Gul alvonlarga uralgan 17ta tobutlar oldida marhum pahtakorchilarning katta foto-suratlari quyilgan, har birining yonida ota-onalari, oila a’zolari va yaqinlari ko’zlarida yosh bilan turishibdi"¦ U tomonga qarashani o‘zi men uchun dahshat edi"¦ Ko‘zimdan esa tinmay yosh oqaverardi"¦

Mitingda shuningdek sobiq ittifoq chempionatning birinchi va ikkinchi ligada ishtirok etayotgan barcha O‘zbekistonlik futbol jamoalar, Kozogistondan "œKayrat", Tojikistondan "œPomir", Turkmanistondan "œStroitel", Kirgizistondan "œAlga", Moskva futbol federatsiyasi va boshqa futbol jamoalari vakillari ishtirok etishdi. Shu kuni "œ17 pahtakorchi"lardan faqat beshtasi Botkin qabristoniga quyildi. Qolganlarini oila a’zolarining iltimosiga ko‘ra turli shahar va qishloqlardagi qabrstonlarga dafn qilindi. Bir necha yildan so‘ng, "œBotkina" qabrstonida, o‘shanda men taklif qilgan memorial kompleksi tashkil qilindi. Aytganimday, u er hamisha turli millat va dinga mansub futbol muhlislar bilan gavjum. Ramziy qabrlar esa doimo gullar bilan burkanib yotibdi. Men ham u erga tez-tez borib marhum dustlarimni ziyorat kilaman"¦

(http://www.ziyouz.com/images/21.-79-yil_Paxtakor-Pano-20.jpg)
Paxtakor - 1979
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 10:07:15
"œPAHTAKOR" YANGI JAMOSAINI TIKLANISHI

Toshkentda Pahtakorning yangi jamoasini tuzish borasida ishlar qizgin boshlandi. Uning orasida Oleg Bazileevich ham komandani tark etgan edi. SSSR futbol federatsiyasi ham qo‘lidan kelganicha yangi komandaga har taraflama yordam ko‘rsatdi. Pahtakor tarkibiga qo‘shilib, avvalambor halok bo‘lgan futbolchilar hotirasini hurmat qilib to‘p surganlarga men yana bir bor o‘z minnatorchiligimni bildirmokchiman. Ammo, hamma kelgan murabbiylar va futbolchilar bunday ma’suliyatli, insonparvar vazifani bajara oldilar deyishga ojizman. Keling bu haqda boshqa payt alohida gaplashaylik"¦

(http://www.ziyouz.com/images/22.jpg)
Dnepropetrovskdagi yodgorlik

INSONPARVAR GRUZIN FUTBOLCHILARINING E’TIBORI

"œPahtakor" yangi futbol jamoasi tuzildi. Birinchi o‘yin Tbilisining "œDinamo" jamoasiga qarshi edi. O‘shanda katta murabbiy Nodar Ahalkatsi, jamoa kapitani, Fedorov va Anlarning yakin dusti David Kipiani bo‘lgan edi. Jamoada Chivadze, Daraseliya va boshqa mashhur o‘yinchilar bor edi. Men ham Davidni juda yahshi bilar edim, ularni kutib olish uchun aeroportga chiqdim. Borsak, bir noodatiy manzaraga ko‘zim tushib qoldi"¦ samoletning ichi gul bilan to‘la. David Kipiani va boshqalar ko‘zlarida yosh, yigi bilan samoletdan birin ketin to‘sha boshlashdi. Ular bilan qadrdonlarday yiglashib ko‘rishdik, bir oz dardlashdik"¦ O‘shanda David Kipiani menga Tbilisi stadionida "œPahtakor" futbol jamoasiga qanday hurmat bajo keltirilgani, barcha futbol muhlislari pahtakorchilar hotirasiga sukut saqlashlari, ko‘pchiligining ko‘zlarida yosh kalkigani va futbol maydonida bo‘layotgan ushbu manzarani Gruziya televideniyasi sharhlovchisi Kote Maharadzening ilik, qalbdan chiqqan va barchaga o‘qdek qadalgan dil so‘zlari bilan butun respublikani yig‘latgani haqida gapirib berganida, men bu ta’sirli gaplarni eshita turib chidolmay yig‘lab yubordim, menga qushilib Davidning o‘zi ham yig‘ladi"¦So‘ngra ularni "œO‘zbekiston " mehmonxonasiga taklif qilib, bir oz damolishlarini aytdim. Ular esa, bizlarni avval qabirstonga olib borasizlar, keyin mehmonxonaga boramiz, deb turib olishdi.

Soat endigina 4 bo‘lgan edi, aeroportda bir piyola choy ichib soat 5 larga yaqin ularni "œBotkina" qabristoniga olib bordik. David Kipiani 5ta mozorni ko‘rib qolgan pahtakorchilarning mozorlari, hususan Mihail Anning mozori qaerdaligini so‘radi. So‘ngra Mihail An ko‘milgan Yuqori Chirchiq tumanidagi "œSverdlov" nomli kolhozga qarab ketdik. Mozorga borgan barcha Gruzin futbolchilarining har bir qabri ustida turnalar singari tik turib yig‘ladilar va o‘zlarining hristian udumlari bo‘yicha ulganlar ruhiga duolar o‘qildilar.

Bu voqeaga mana, 31 yil bo‘libdi, endi bu gaplarni aytsa ham bo‘lar. David Kipiani butun jamoa nomodan bizlarga va o‘zbek halqiga barcha gro‘zinlar va shahsan o‘zlarining nomlaridan chuqur hamdardlik bildirdi. O‘sha paytda gro‘ziyalik futbolchilar uchun SSSR chempionatining boshqa liderlari kabi har bir ochko muhim edi. Ammo, David meni alohida, o‘zining yoniga chaqirib quyidagilarni aytdi: Bu motam kunalirda biz sizlarni mag‘lub etishga haqqimiz yoq! Bizning bugungi o‘yinimiz O‘zbekiston halqiga, marhum pahtakorchi do‘stlarimiz hotirasiga bizning futbol jamoamiz tomondan ko‘rastilgan e’tirof va chukur hurmatimiz ramzi deb qabul qilling, dedi"¦ Darhaqiqat, yangi tuzilgan "œPahtakor" jamoasi o‘shanda Toshkentda o‘zining birinchi o‘yinini o‘tkazdi. Stadionga 60 000dan ortiq muhlis etib keldi, o‘shanda pahtakorchilar Tbilisining "œDinamo" jamoasini mag‘lubiyatga uchratishdi, David Kipiani esa o‘z jamoadosh do‘stlari bilan insonparvar burchini ado etganliklaridan mamnun bo‘lgan holda boshlarini baland ko‘tarib, gruzinlarga hos mag‘rurlik bilan stadionni tark etishgan edi...

(http://www.ziyouz.com/images/17.-Obshiy-vid-memoriala.jpg)
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 10:08:16
MARHUM DO‘STLARIMNING FOJIADAN OLDIN G‘ALATI GAPLARI VA QILIQLARI"¦

IDGAY TAZETDINOV:
Idgay Borisovich, juda ziyoli va aqlli inson bo‘lgan edi. Jamoa futbolchilari uni juda hurmat qilishib o‘zlariga yaqin tutar edilar. Bo‘sh vaqtlarimizda birpas hordiq chiqarganimizda qiziq-qiziq voqealardan gapirib berardilar. Trener sifatida juda kuchli mutahassis bo‘lgan. U kishi bilan bog‘liq bir voqeani gapirib beraman: Kochetkovning trenerlik paytida bizlarni Nepalga taklif qilishgan.  O‘yin juda qiziqarli voqealar ostida o‘tgandi. Biz u erda juda chiroyli o‘yin ko‘rsatib yirik g‘alabaga erishganmiz. Samoletda qaytayotganimizda, men Fedorov bilan murabiylarimiz Kochetkov va Tazetdinov yonida o‘tirib qoldik. Gaplarimiz juda qiziqarli o‘tayotgan edi. Nima ham bo‘lib, Volodya Fedorov Tazetdinovga qarab yoshini so‘rab qoldi, Tazetdinov 46daman deb javob qaytardi. Volodya shunda 14 yil qolibdi deb qoldi"¦ hammamiz pensiya yoshimikan, yubeleymikan deb tushundik, keyin V.Fedorov o‘zicha, sekin ovozda, - u kishini vafotigacha, deb qo‘ydi. O‘shanda Tazetdinov ham tinch turmay, ehtimol sen bilan birga bir kunda o‘larmiz, deb u ham sovuqkina javob qaytardi."¦ Men bularni eslab, ularda qandaydir belgi bo‘lganmikan degan hayolga boraman. Qariyalarimiz gapiradiku, yahshi gapha ham, yomon gapga ham parishtalar omin derkan"¦

(http://www.ziyouz.com/images/13_Idgay-Tazetdinov.jpg)
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 10:08:46
MANSUR TOLIBJONOV: Mansur aka tugrisida gapirganimda, men u kishining oliyjanobligi, bizlarga bo‘lgan gamhurligi, bizlar bilan hamnafas bo‘lib harakat kilishini va odamiylik hislatlarini katta hurmat bilan eslayman. Kasal bo‘lib yotgasnimda, menga o‘sha paytda obro‘li mashinalardan hisoblangan "œJiguli" engil avtomobili ajratilganini habar qilshdi. O‘shanda mening yurishimga holim yo‘q edi, Mansur akamga murojaat qilib o‘sha mashinani "œ06" markasini olib berishlarini iltimos qildim. Mashinani sotib olish pulini otamdan olasiz dedim. Kechqurun kasalxonaga Mansur aka yahshi kayfiyatda kirib keldilar va mana mashinangizni kalitini olib ko‘yingchi, deb kalitni menga o‘zatdilar.

Men ancha suyundim, keyin mashina haydayolmasligimni aytib uni uyga olib borishlarini iltimos qildim, shu orada mashina puli 1000 rublga oshgan ekan (1979yil), lekin pul masalasida gap ochganimda, oldin oyog‘ingni to‘zatib olgin, qolgan gapni keyin gaplashamiz deb, o‘zlari etmayotgan 1000 rublni qo‘shib yuborgan ekanlar. Men buni nimaga gapiryapmanki, avvaloambor u yigitlarni eslash va ularning yahshi hislatlarini gapirib berish edi. O‘sha kuni Moskvaga ketayotganimda Mansur akamga pullarini qaytarib beray deganimda, hali Moskvada qancha bo‘lishing no’malum, mayli yonigda bo‘lib tursin kam-ko‘stiga ishlatarsan, deb pulimni olmadilar.

O‘zbek udumlarimizda har doim qarzni qaytarish kerakligiga katta ahamiyat beriladi, bilasiz, hattoki janoza o‘kilishidan oldin ham marhumning qarzi bormidi, degan gaplar ham ishlatiladi. Mansur akadan 1000 rubl qarz bo‘lib qolgan edim. O‘sha qarzni endi kimga olib borib berganim tug‘ri bo‘ladi, ota-onasigami yoki ayollarigami? Ko‘pchilk tanishlarim, albatda oilasiga olib boring deyishdi. Kennoyimiz Yuldo‘z opaga pulni olib borganimda, ularning ko‘zlariga yosh kelib Mansur akamlardan ko‘pchilik qarz bo‘lgan ekan, ammo faqat siz olib kelib berdingzi, deb aytgan edilar. Kennoyim menga aytdilarki, Mansur aka huddi bir narsani sezganday, ketishlaridan bir kun oldin mana bu erga kimdan kancha karzi borligi va kimlar karz olganlarini yozib ketgan edilar"¦ "œPahtakor"chilar doimo safarga borib-kelishardi, hech vakt mahal karindoshlar bilan bunchalik hayirlashmasdilar. Hamma yaqinlarini borib ko‘rdilar, kechqurun ham juda bezovta bo‘ldilar, menga bolalik va o‘smirlik davridagi ko‘rgan qiyinchiliklari, hayoti haqida, hech qachon gapirmagan voqealar to‘g‘risida gapirdilar. Shunda nimagadir o‘lim tug‘risida ko‘p gapirdilar. O‘shanda bitta gap aytilar, Yuldo‘zxon, o‘lim haq, u menga faqat osmoni falakdan keladi"¦ erda o‘lmasam kerak...
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 10:09:42
VLADIMIR FEDOROV. Vladimir Fedorov o‘zbek futbolining yorkin yuldo‘zi, eng mashur futbolchilaridan biri. U yoshlar urtasida Evropa chempioni, Olimpiya o‘yinlarining "œbronza" sovrindori, bir necha marta sobiq ittifoq milliy terma jamoa a’zosi bo‘lgan. U O‘zbek futbolchilari orasida birinchi bo‘lib "œHalqaro toifadagi sprot masteri" unvoniga sazovar bo‘lgan. Vladimir bilan biz juda inoq va yahshi do‘st edik. Mehmonxonalarda biz asosan birga turar edik, u ko‘pgina sirlarini ham menga ochar edi"¦ Esingizda bo‘lsa, Valeriy Labonovskiy davrida SSSR terma jamoasi tarkibida faqat Kievning dinamochilari o‘ynagan paytida jamoaga faqat bitta Vladimir Fedorov kiritilgan edi halos. Ukraina mutassadilari va shahsan Valeriy Labonovskiy Fedorovni bir necha marta "œDinamo" tarkibiga chakirishgan, unga juda katta va’dalar qilingan"¦ O‘shanda men unga, Volodya nimaga Kievga ketmayapsan?, u erda hamma narsa muhayo, hamma narsaga erishsang bo‘ladi, derdim. U bulsa, men bir tuytepalik yigitman, bundan tashqari meni ukrain halqi emas, o‘zbek halqi ederdi, ichirdi, tarbiya berdi, ukittdi hulas odam qildi... Shu zaminda to‘p surib  dunyoga mashhur bo‘ldim"¦ Endi qazrimni Ona zaminga qaytarish vaqti keldi. Yana bir narsani bilib qo‘ying, "œPahtakor" SSSR chempioni bo‘lmasdan bu erdan hech qaerga ketmayman. Mana sizga oddiy bir O‘zbekistonlikning fidoyiligi va halqimizga bo‘lgan hurmati va munosabati. Bu hozirgi yoshlarimizga ibrat bo‘lishi kerak.

Volodya haqida yana bir narsani gapirib bermoqchiman.Bir kuni "œPahtakor" stadioni yaqinida bir restoranda rafiqam bilan ovqatlanib o‘tirgan edik. Zalga kayfiyati yoq, g‘amgin Volodya Fedorov kirib qoldi. Bir oz ichib olganga ham uhshadi. Uni oldimga chaqirib oldim. Nima bo‘ldi senga, o‘rtoqjon, kechkurun mashg’ulotlar bor-ku? - deb, so‘ragan edim. U bo‘lsa, oqsoqol, bilasizmi, baribir biz aviahalokatda o‘lamiz, shuning uchun bugun bir oz ichdim, - deb javob berdi"¦ Men uni yomon fikrlarga bormasligini aytib qoyidim. Restorandagi bu uchrashuvimiz fojeadan biro y oldin, 11- iyul 1979 yil bo‘lib o‘tgan edi. Keyinchalik bu haqda jiddiy hayol qilganimda bir narsaga tushundimki, insonning ko‘ngliga  buni Allohning o’zi solar ekan"¦

(http://www.ziyouz.com/images/12.-Pohoroni-V.Fedorova.jpg)
Fyodorovning dafn marosimi
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 10:10:40
MIHAIL  AN. Mihail An o‘zbek fubolining iftihori edi. U ham 1976 yili sobiq ittifoq yoshlar terma jamoasida kapitan edi, o‘shanda u Evropa chempioni bo‘ldi. Unga o‘shanda "œHalkaro toifadagi sport masteri" unvoni berilgan. 1979 yilning bahorida Misha sobiq ittifoq milliy terma jamoasi tarkibida AQSHning Los-Anjeles shagrida halqaro turnirda ishtirok etdi. O‘sha turnirda Misha "œeng yahsi yarim himoyachi" deb e’tirof etildi. Amerikaning barcha sport gazetalari Mihail An to‘grisida katta-katta maqolalar chop etishdi."œFutbol" jurnali esa birinchi betda O‘zbekistonda etishib chiqqan Mihail Anning katta fotosuratini chop etgan edi. O‘sha jurnaldan birini Misha menga ham hadya qilgan edi. O‘yinda Misha derijerlik vazifasini juda yahshi bajarar edi. Fedorov-Хадзипанагис-An uchligi ham, ko‘pchilk dongdor jamoalarga havf solardi, ularga men ham tez-tez qushilib hujumkorlikni yuqori darajaga ko‘tarib yuborardik. Bir qiyoslang, bir o‘yinda kim burchakdan (uglovoydan) qatorasiga ikki marta gol kiritgan? Faqatgina Mihail An kiritgan. Qani bugungi futbolchilarimiz bir urinib ko‘rishsinki, shunday gol kiritishni eplay olisharmikan?

Misha ham Minskdagi o‘yinga bormasligi kerak edi. "œZarya" jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda u qattiq jarohat olgan edi"¦, lekin qandaydir kuch uni o‘sha kuni aeroportga etakladi"¦ huddi "œkuyov bolaga" uhshab, zamonaviy, chiroyli shim-kostyum kiyib o‘z oyog‘i bilan o‘sha kuni aeroportga kelib yigitlar bu o‘yinda uynay olmasamda chettda turib sizlarni qullab-quvvatlayman, sizlar bilan Minskka boraman, deganida hammaligi hursand bo‘lishibdi. Aslida esa Misha samoletda uchishdan juda qurqardi, har doim yosh boladay o‘zini noqulay sezardi"¦ Bu gal esa u o‘z oyog‘i bilan kelib  yigitlarimiz bilan birga samoletda uchib ketdi...

Men uchun eng dahshatlisi, yigitlarimizning ota-onasiga fojia haqida habar berish edi"¦ Men "œPolitotdel" kolxozida yashovchi Mihail Anning ota —onasidan habar olgani bordim. O‘sha  motam kunlari kasalim nimagadir yana ko‘zg’agan edi. O‘zim qo‘ltiq-tayoqda kirib borganimda onai zor meni ko‘rib dodlab yig‘lab ko‘rishdi. Bu uyga biz tez-tez kelib turardik... Onajon shunchalik hayajonlanganidan hatto ko‘ynaklarimgacha yirtib yubordilar"¦ invalid bo‘lsa ham mayli edi, faqat tirik bo‘lsa edi, deb ohu-zorlariga ayollar u yoqda tursin, erkaklar ham chidamay ho‘ngrab yiglashdi"¦ Keyinchalik bilsam, onai zor Mishani o‘lganiga ishonmay, to o‘zi hayotdan ko‘z yumgunga qadar eshikka qarab ug‘lini poylab  jon beribdi"¦

(http://www.ziyouz.com/images/16.An-Agisgev.jpg)
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 10:10:55
SERGEY POKATILOV: Juda ajoyib inson bo‘lgan, o‘zi asli Ashhaboddan bo‘lgan. U juda mehnatsevar inson edi, uning bo‘sh vaqti umuman bo‘lmasdi, har doim mashq qilib turardi. Yana bir narsani aytmokchiman, buni hamma ham bilmagan. Uning elkasi (klyuchitsasi) doimo chiqib ketaverardi. O‘sha elkasi chikib ketmasligi uchun hirurglar unga spitsa kuyg’iziishgan"¦ U har doim o‘sha spitsa bilan darbozada turardi. Shunchalik futbolga ishqiboz va fidoyi edi. Uning bir odati bor edi, qachon uning jahli chiqsa, o‘shanda darbozada zo‘r turib, eng og‘ir to‘plarni ham olardi. Uning jahlini chiqarish kerak edi"¦ Biz ham turli yo‘llar bilan uni jahlini chiqarishga harakat qilardik. Sereja oilasiga juda mehribon, yangi tug‘ilgan qizalog‘ini juda yahshi ko‘rardi. Yonida doimo uning va rafikasini rasmlarini olib yurardi. Rafiqasi Eren ham ajoib inson. Bir kuni Iren ham bizga Sereja bilan bog‘liq qiziq bir holatni gapirib berdilar: Sereja uchib ketganidan sal vaqt o‘tib, uyda qizalog‘iga ovkat tayorlashga kirishibdi. Shunda kizalogi birdan chinqirib uyg‘onib ketibdi, bolani ko‘tarib qo‘liga oladi, ko’zi behos uyda osilib turgan Serejani rasmiga tushibdi. Shunda uning ko‘zlariga tikilib qoldim"¦ o‘shanda menda, behos: Sereja sen nega menga jonsiz ko‘zlaring bilan qarayapsan, degan hayollar utdi"¦ Bolani bagrimga bosib darhol o‘zimni qo‘lga oldim. Keyinchalik bilsam aynan ana shu daqiqalarda ularning joni o‘zilibdi"¦
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 10:11:51
OLIM ASHIROV: Olimjon inson sifatida tengi yok, kamtarin, odamshavanda inson edi, gaplashsangiz gaplashgiz kelaveradi. Futbolchi sifatida esa, o‘z ishini ustasi —professional bo‘lgan. Olimjon 11 yoshidan Toshkentdagi Respublika sport-internatida futbol ilmini o‘rgana boshladi. U keyinchalik juda iqtidorli himoyachi bo‘lib etishdi. U O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi bo‘lgan. Keyinchalik V.D. Solovyovning nazariga tushib qoldi"¦ Shu-shu ular ota boladay bo‘lib qolshdi. 1979 yili esa Olimjon sobiq ittifoq Olimpiya terma jamoasiga nomzod etib ko‘rsatildi. Olimjon bilan biz xuddi aka-ukaday edik. Bir kun unga  15 yildan beri katta futboldamiz, futbolni yahshi va yomon taraflari bor, bizlardan faqat yahshi tomonini olinglar, deb maslahat berdim. Men "œPahtakor" an’anasi davomchilarini ko‘rib ichimdan sevinardim, chunki Federov, An, Ashirpovlarga uhshagan futbolchilarni SSSRning mana-men degan futbol jamoalari jon-jon, deb olishardi. Olimjon ichmasdi, chekmasdi, kelishgan, chiroyli kiyinib yurardi. U menga har doim Abdulla Kodriyning Otabegini eslatardi"¦ Oilasiga juda sodiq bo‘lib ikala o‘g‘illini yahshi ko‘rardi. Ular ham otasining izidan borishdi. Bundan 5-6 yil ilgari Olimning katta ug‘li ug‘illik bo‘libdi"¦ Uning ismini Olimjon Ashirov deb qo‘yishibdi. Ajab emas yaqin yillarda Olimjon Ashirovni yana "œPahtakor" jamoasi tarkibida ko‘rsak. Ilohim umri belan bergan bo‘lsin, kam deganda buvasiga o‘shagan inson bo‘lsin"¦

(http://www.ziyouz.com/images/14_Ashirov-An-Agishev.jpg)
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 10:12:07
YURIY ZAGUMENNIH: Asli u katta futbolni Habarovskning "œLuch" jamoasida boshlagan. Keyinchalik Leningradning "œZenit" klubida olti yilga yakin ancha chiroyli o‘yin kursatdi. U mashhur murabbiy Pavel Sadirining yaqin do‘sti bo‘lgan. Bu o‘yinchini qahramon desak adashmayman. Mehmonxonda ko‘pchilk asosan engil kiyimda yoki faqat shortikda yurar edik. Bir kun uning orqasiga ko‘zim tushib qoldi, uning bo‘ynidan tortib beligacha hamma eri kesilib operatsiyaning izlariga ko‘zim tushgandi. Undan uzr so‘rab bu izlarni sababini so‘radim. Uning gapiga qaraganda u bundan bir necha yil oldin paralich kasaliga chalingan ekan. "œZenit"da uynayotganida umurtqa pog‘onasi jiddiy jarohat olgan. Bir necha soat davom etgan jiddiy opertasiyadan so‘ng, Yuriy o‘ziga keladi, oldidagi vrachga birinchi bergan savoli kuyidagicha bo‘libdi: Men futbol o‘ynaymanmi? Doktor esa shunday javob beribdi: Siz yashaysiz"¦

Shundan so‘ng u paralich bo‘lib, etti oy shipga qarab karovatda yotadi"¦ "œZenit" jamoasi uni  allaqachon jamoa tarkibidan chiqarib yuborgan ekan. Ilgari shunaka edi, kasal bo‘lib yoki mayib bo‘lib qolsangiz hech kimga kerak bulmay qolardingiz, bu sovetlar tizimi basharasining bir ko‘rinishi edi halos. Bu tizim mashhur futbolchilarni boshiga kanchadan-kancha malomatlar soldi, ular orasida: Eduard Strelsov, Igor Netto, Valeriy Voronin, Gennadiy Krasnitskiy, Horen Ogonesyan va boshqa ko‘plab futbolchilarni nomlarini keltirishim mukin. Hozirgi zamonda esa kontrakt tizimi bunaqangi "œo‘yinlarga" chek qo‘ydi.

Unga birinchi gruppa invalidi degan tashxis quyiladi va hech narsa qilmaslik, faqat shipga qarab karovatda yotish tavsiya qilinadi. Uning matonatiga qoyil qolmnasdan ilojingiz yoq. Futbolga bo‘lgan mehri shunchalik kuchli bo‘lganki, baribir katta futbolga qaytaman, deb o‘z oldiga mushkul vazifani quyadi. Kasal bo‘lishiga qaramay, u oldiniga oyoqda turishni o‘rganadi, keyinchalik sekin asta yurishga, undan so‘ng yugurishga va undan keyin esa futbol to‘pini tepishga kirishadi"¦ Unga diagnoz qo‘yganlar va zenitchilar uning holatini ko‘rib hech ishonmasdilar. Ammo, "œZenit" uni bari bir jamoaga qaytarib olmaydi. Shunda "œPahtakor"ga yangi katta murabbiy etib tayinlangan, Yurani katta futbolga kelishiga sababchi bo‘lgan Aleksandr Kochetkov uni Toshkentga taklif qiladi. Ohir oqibat o‘z harakatlari va tirishqoqligi tufayli katta futbolga qaytadi va o‘z yuldo‘zini Toshkentning "œPahtakor" jamoasida topadi.
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 10:13:01
ALEKSANDR KORCHENOV: Men bu yigitni intelligent, aristocratlar toifasiga kiritgan bo‘lar edim. Juda tajrbiyali va ziyoli inson edi. Davradagi suhbatni qiziqtirib o‘z bilimlari bilan hammani lol qoldirar edi. Unga hatto Volodya Fedrov va Misha Anlar ham tan berishardi. Unda liderlik qobliyati juda mujassam edi. Futbol maydonida tezlik borasida ham unga etadigani bo‘lmas edi. O‘z davrida u mashhur futbolchi Viktor Kolotov bilan yaqin do‘st bo‘lib bir jamoada to‘p  surishgan. Uni Toshkenta V.D.Solovyov taklif qilgan. Yana bir gapni aytay, "œPahtakor" safida to‘p  surgan rus va boshqa birodarlarimiz mahalliy urf-odatlarga juda jiddiy e’tibor qaratib katta hurmat bilan o‘z munosabatini bildirishardi. Masalan o‘zbeklarga hoz kattalarga hurmat bilan qarash kabi hislatlar ayniqsa Korchenovda kuchli edi. Yana bir holat esimga tushdi. Minskka ketishdan oldin, Sashaning rafiqasi qattiq shamollab kasal bo‘lib qoladi. U rahbarlardan ruhsat olib kolmokchi edi. Menimcha ruhsatni oldi ham"¦ Ular asosan Anatoliy Mogilniy bilan juftlikda to‘p surishardi. Ketishga bir kun kolganda nimagadir Anatoliy Toshkentda qoladigan bo‘ldi va Aleksandr Korchenov kasal rafikasini uyda koldirishga majbur bo‘lib safarga otlandi"¦

SIROJITDIN BOZOROV: Keyingi avlod, asosiy tarkibda hali biror o‘yin o‘ynamagan, ammo, iqtidorli yoshlarimizdan biri bo‘lgan Sirojitdin Bozorov tug‘risida ham ancha iliq gaplarni aytishim mukin. U juda serg‘ayrat va baquvvat o‘yinchi bo‘lgan. Bu bolaning kelajagi katta bo‘lgan edi, buni hamma bilar edi va sekin asta uni katta futbolga tayorlab borishga kirishilgan edi. U O‘zbekiston yoshlar terma a’zosi edi. Maktab-internatni bitirganidan sung "œPahtakor" jamoasi o‘rinbosarlar tarkibiga qabul qilngan. 11-avgustga kadar Toshkent Davlat fizkultura va sport instituti kirish ilinjisida imtihonlar topshirayotgan edi. U shuning uchun Minskka bormasdan bemalol imtihonlarni topshirsa bo‘lar edi. Ammo, bu uning harakterida emas edi. U futbol desa jonini bershga tayyor edi"¦ Aslida, Toshkentga jiyanini kurgani togasi keladi. Ular trenerning oldiga borib bir kunga javob so‘rashadi"¦ va 11-avgust kuni asosiy tarkib bilan Minskka uchib borishga ruhsat oladi"¦

(http://www.ziyouz.com/images/15_Ashirov_Bazarov.jpg)
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 10:13:16
PAHTAKORNING SOBIQ TRENERI OLEG BAZILEEVICH HAQIDA FIKRLARIM

Bilasizmi Oleg Bazileevich Buyuk futbol professori Valeriy Lobanovskiyning yaqin do‘usti, fikrdoshi va uning ishonchli odami bo‘lgan. Lobanovskiyning o‘sha paytda o‘uylab topgan taktikasi haligacha Evropa futbolida qullanilib kelinmoqda. Bazileevichga ham undan ancha narsa yuqqan edi. Bu inson ham "œPahtakor" jamoasiga o‘z fikrlari va rejalari bilan kelgan, uncha-muncha narsalarni amalga oshirishga ham erishdi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. U juda ziyoli, o‘kimishli inson. Gaplari ma’noli, yahshi inson. Zamonaviy uslublari juda progressiv edi. Ammo, 2-3 qo‘llamokchi bo‘lgan metodikasi menga yoqmagan edi. Men u kishiga bu haqda gapirgan edim ham. Mana bittasi, gap futbolchining buyi buyicha ketgan. U kishi aytidalrki zamonaviy futbolchining bo‘yi kamida 175 sm.dan kam bo‘lishi mumkin emas ekan.

Esingizda bo‘lsa o‘shanda pahtakorchilar Agishev, Sobirovlar va boshqa ko‘pchilik futbolchilar baland bo‘yli edi. Men o‘shanda gap bo‘ydamas deb, misol uchun Pele (170sm.), Maradona u undana ham past bo‘yli bo‘lgan, lekin ular Jahonga mashur futbolchilar bo‘lishdi. Mening bo‘yim ham 169 sm. bo‘lgan. Lekin bu menga 15 yildan beri "œPahtakor"da uynashimga hech halaikt bermayaoti"¦ Bugungi zamonaviy futbol bundan 31 yil avval men aytgan gaplarni tasdiqladi, masalan JARda Jahon chempionligiga erishgan Ispaniya jamoasi futbolchilari ham unchalik baland buylik emas-ku, huddi shunday Chili jamoasi va boshqalar. Mening fikrimcha futbolchining qanchalik bo‘yi past bo‘lsa uning shunchalik koordinatsiyasi baland bo‘ladi, kanchalik novcha bo‘lsa koordinatsiyasi shunchalik past bo‘ladi.
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 10:13:39
UNING "œPAHTAKOR" JAMOASINI TARK ETISH SABABLARI

Oleg Bazileevichninfg ketishiga ko‘p narsa sabab bo‘ldi. Mening fikrimcha, Pahtakorchilarning halokatidan so‘ng uning aybi bo‘lmasada u halkimizga yoqmay qoldi"¦ Dengizchilarda bir an’ana bor, kema halokatga uchraganda kapitan kemani ohirgi bo‘lib tark etadi. Birinchidan u jamoa bilan birga bo‘lmay, Sochiga hotinini oldiga oldinroq uchib ketgan. Nima bo‘lganda ham rasmiy o‘yinni tashkil qilish bu rahbar sifatida uning asosiy vazifasi bo‘lgan. Ko‘pchilkning fikriga ko‘ra birinchi rahbar sifatida u kishi o‘sha samoletda bo‘lishi shart edi. Ikkinchidan pahtakorchilarni ko‘mish marosimida u jamoani qayta tiklab marhum yigitlarni orzularini amalga oshirish to‘g‘risida gapirgan edi, so‘ngra u turli bahonalarni ro‘kach qilib Toshkentni tark etdi. Men bundan keyin u kishining hayoti bilan umuman qiziqmadim. Moskvaning TSSKA jamosaiga trenerlik qilib Toshkentga uchib kelganida stadiondagi muhlislar uni qanday kutib olganliklarini eslab o‘tishga hojat bo‘lmasa kerak"¦ Umuman olganda esa Oleg Bazileevich Toshkentga kelganida komandamiz ancha etuk, saralangan edi. Hakikatdan ham shu komanda bilan chempion bo‘lsa bo‘lar edi. Bilmayman, ko‘z tekkanmi? Lekin ularning kismati shu ekan, biz bandalarning kulimizdan nima ham kelar edi"¦

"œPAHTAKOR"JAMOASI MURABBIYLARI TO’G‘RISIDA FIKRIM

Shunday vaqtlar bo‘lganki, har yili trenerlar o’zgarardi... Mana men o‘zim ko‘rgan trenerlarni aytishim mumkin: Meni katta futbol dargohiga Mihail Yakushin olib keldi, undan keyin komandamizni Boris Arkadev boshqardi, keyin Eliseev keldi, undan so’ng Bashashkin, Keller, Solovyov, Kochetkov kelishdi. Keyin Krasnitskiy, Kachalin keldi, ohirgisi Bazileevich bo‘ldi.  Arkadev "œPahtakor"ni qabul qilganida 70 yoshga to‘lgan inson edi. Ular jahonga tanilgan SSSR futbolini rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan insonlardan. O‘zimning hulosamdan kelib chiqqan holda aytishim mumkin, o‘zbek futbolining rivojlanishiga eng katta hissa qo‘shgan insonlardan Mihail Yakushinni va Vyacheslav Solovyovlar bo‘lgan. Bu ikkala murabiyning buyuk hizmati, ular asosan mahalliy o‘zbek futbolchilarini kidirib, topib katta futbolga jalb qilganlar. Keyin Eliseevni ham katta hizmatlaridan biri u pahtakorchilarni SSSR Kubogi o‘yinlarida finalgacha olib chiqqan murabbiy hisoblanadai. Yana 1962 va 1982 yillarda jamoani kuchli oltilkdan joy egallashiga olib chiqqan murabbiylarni ham ta’kidlab o‘tardim.
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 10:14:03
NIMA SABABDAN "œPAHTAKOR" JAMOASINI TARK ETDIM"¦

Vaqt o’tib borardi. Jarohatim ham sekin asta tuzala boshladi. Lekin kayfiyatim kundan-kunga yomonslashib boraverardi"¦ Meni nimagadir yangi tuzilgan jamoa hech ham qiziqtirmasdi. Qandaydir sovuqliq paydo bo‘la boshladi. Jamoani tark etishni rejalashtirdim, umuman katta futboldan ketishga qaror qildim. O‘shanda qattiq psihologik bosim ostida edim, hech narsa yoqmasdi, sen uchun juda muhim va kimmatli narsadan ajrab qolganday edim. Bu haqda darrov Sharaf Rashidovga ham habar qilishibdi. U kishi meni oldilariga chaqirtirib birinchi navbatda sog’ligim, kayfiyatim haqida so’radilar. Keyin komandadagi ahvol, vaziyat, chetdan etib kelgan futbolchilarning saviyasi va o‘yinlari haqida so’radilar. Hullas bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng yana pahtakorchilarga qo‘shildim"¦ Aslida marhum pahtakorchilar ukalarim meni hurmatlab "œoksokol" deb chakirishardi"¦ Qibraydagi bazamizda mashg‘lotlardan keyin hazil-huzil qilib o‘tirardik. Ammol, qachon Qibrayga borsam yigitlarimizning siymosi ko‘z oldimda. Ko‘zimni yumdim deganimcha, ular birma-bir gavdalanib turardilar"¦ Pahtakor stadioni maydoniga kirsam ham shunday vaziyatni sezardim"¦Endi yangi jamoa to‘zildi, ularning ichida men taniydigani faqat "œPahtakor"ni dubleridan qabul qilingan Yanovskiy va yana 1-2 o‘yinchilarimiz bor edi.

Kolganlarini men tanimasdim, eshitgan bo‘lishim mukin, o‘zingiz o‘ylab ko‘ringchi kim ham yahshi o‘yinchisini shundoq boshqa jamoaga berardi ham"¦ Qibrayda meni Yanovskiy bilan bitta honaga joylashtirishdi. Gaplashib turganimizda birdaniga ko‘zim oyog‘im tagida o‘rmalashib yurgan kattagina chayonga tushib qoldi. Yanovskiy ham bu nima deb hayron qolib qarab turgan edi. Keyin men chayonni o‘ldirib, birpas o‘ylanib, bu ham yahshilkni belgisimas deb, bir to‘htamga kelib boshqa "œPahtakor" libosini kiymayslikka qaror qildim. Yanovskiyga murabiylarga mening qarorimni etkazgin deb, kiyinib chiqib ketdim"¦ Bu masalada meni yana rosa suhbatlarga chaqirishdi, lekin men hammalariga rad javobini berdim. Keyin meni yana Sharof akaning yoniga chaqirishdi, u kishi: - Yana nima buldi? Nimaga "œPahtakor"ga qushilmayapsiz, - deganlarida, men yigitlarim ko‘zim oldimdan ketmayotganliklari, qolaversa kecha honamdan chayon chiqqanini aytib boshqa futbol uynamasligimni u kishiga aytdim, va meni boshqa "œPahtakor" safiga chaqirmasliklarini iltimos qildim. Sharof aka meni tug‘ri tushundilar va menga javob berdilar. Ammo u kishining menga nisbatan mehri va otalarcha g‘amhurligi shu bilan tugamagan edi. Hayirlasha turib menga futboldan o‘zoklashmasligim, o‘z ustimdan ishlashim va keyinchalik ehtimol "œPahtakor"ga trener sifatida qaytib kelishimga ishonch bildirdilar. Bu suhbatdan so‘ng meni hamma tinch quyib boshqa bu komandaga chaqirishmadi, men ham shu vaqt ishida ichki psihologik hissiyotlarimni to‘g‘irlab olib ishimni davom ettirish uchun Moskvadagi Oily trenerlar bilimgohiga yo‘l oldim...
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 10:14:29
BIZ "œPAHTAKOR" JAMOASINING FIDOYILARI BO‘LGANMIZ

"œPahtakor" jamoasida to‘p surgan ko‘pchilik futbolchilar markazdagi katta mutahassislar nazariga tushib kolishgan edi. Afsus, uzun pul va tog‘-tog‘ va’dalarga ishonib komandamizni tark etganlar ham uchrab turardi. Lekin, aynan "œPahtakor-79" jamoasida to‘p surgan yulduzlarimiz o‘z jamoalari fidoyisi bo‘lib hech qanday boshqa jamoalarga o‘tmadik. Bizlarni bir maqsad bog‘lab turardi u ham bo‘lsa jonajon komandamizni yuqori o‘rinlarga olib chikish edi"¦ Biz hammamiz shunday toifali bo‘lganmiz, uylaymanki aynan manashu hislatlar bizlarni bir-birimizga mahkam bog‘lab turgan. Meni ham "œTorpedo" Moskva, "œChernomorets" Odessa jamoalari mashina beramiz, uy beramiz deb ko‘p marta chakirishgan, lekin bizlardagi vatanga bo‘lgan fidoyiligimiz hamma narsadan ustun bo‘lganligi sababli boshqa jamoalarga o‘tmadik. Bu‘larni nimaga esladim? Hozirgi yoshlarga qarab hayron qolyapman, bizlar o‘sha paytda qaram davlat bo‘lganmiz. Shunday bo‘lsada ko‘pchilk o‘z yurtiga fidoyi bo‘lib qolaverdi. Hozir mustaqil davlatmiz, hamma eshiklar ochiq, dunyoga o‘zingni namoyon qilishing uchun hamma imkoniyatlar muhayyo. Futbolchi hohlasa "œMilan"da, hohlasa "œChelsi"da, hohlasa "œBarselona"da uynashi imkoniyati yratildi, faqat uning uchun ko‘p ishlab, ter to‘kib, o‘zini namoyon qilsih kerak. Afsus, aynan bu narsa bugungi kunda ko‘pchilk yoshlarimizda etishmayapti"¦ Fidoyilik masalasida o‘yinchilarimizda kamchilklar mavjud deb uylayman.O‘zbekiston da shuncha sharoitlar yaratildi, jahon andozlaroiga javob beruvchi futbol maydonlari va boshqa sharoitlar yaratildi futbolchilardan faqat yahshi o‘yin talab qilinadi. Lekin, bugungi futbolchilar yaratilgan sharoitlarga javob beradigan o‘yin ko‘rsatishyaptimi? Bu savolga javob toppish juda qiyin. Bizlar bunday sharoitlarni etti uhlab tushimizda ko‘rmaganmiz, bunday futbol maydonlari bo‘lmagan, lekin jahonga mashhur futbolchilar etishib chiqdi. Qani ko‘rsatingchi stadionni markazidan gol kirita olgan, darvoz to‘rlarini yirtib yuborgan, burchakdan (uglovoydan) bir necha marta gollar kiritgan, o‘zining dribliblari bilan ko‘pchilkni lol qoldirgan bugungi Krasnitskiy, Abduraimov, Fedorov, Anlarni?
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2010, 10:15:39
ULARNING NOMLARI BARHAYOT BULISHI KERAK

Mana shu mudhish vokeaga ham 30 yildan oshibdi, men bir narsadan qo‘rqaman, borib borib shu yigitlarimizning nomlari esedan chiqib ketmasmikan?  To‘g‘ri, ularga bag‘ishlangan memorial bor, Kurilovka qishlogida stella bunyod etildi, ular haqida filmlar yaratildi, maqolalar chiqib turibdi, lekin mening fikrimcha bugungi jurnalistlarimiz manashunday yigitlarimizning o‘z vataniga sodiq bo‘lib hizmat qilganliklarini, o‘zaro milliy totuvlik, do‘stlik masalalarida ular ko‘rsatgan namunali futbol o‘yinlari va ularning insoniy fazilatlari haqida ko‘prok materiallar tayorlashsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Ular o‘zbek futbolining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan yigitlardir. Ming afsus, hozirgi yohslarimiz ular haqida bugungi kunda kam ma’lumotlarga ega. Uylaymanki jurnalistlar bu haqda yozib turib halqni esiga solib turishi kerak.

(http://www.ziyouz.com/images/20.-Monumentalnaya-skulptur.jpg)

GRETSIYADAN MAKTUB

Mening 60 yillik yubeley kunimda Grtesiyaning Saloniki shahridan mashhur futbolchimiz, birodarimiz va do‘stimiz Vasilis Hajipanakisdan menga chiroyli bezalgan katta konvertda tabriknoma keldi. Vasilis o‘zining dil so‘zlari bilan birga, yana bir ma’noli gapni qo‘shib qo‘ydi: Moy dorogoy Tulya, nas ostalos malo, beregi sebya"¦ Hakikatdan, bizning dustlarimizdan ko‘pchiligi aynan o‘sha 11 avgust kuni bu dunyoni tark etishdi"¦ Biz tez-tez telefonlashib turamiz. Yakinda telefon qilganida uchalamizni ya’ni: Fedorov-Hajipanakis-Isakovlardan iborat uchlikni hujumga utganda mashhur jamoalarning titrashlarini, hayajonlanishlarini esladik. Bundan tashkari orkadan ogir kavaleriya, Mihail An liderligida ikkinchi esholon qo‘llab quvvatlagnida hech qanday jamoa dosh bera olmasdi"¦

Bizning spravka: O‘zbekiston futbolining fahri, 60-70 yillarda ko‘zga ko‘ringan iqtidorli hujumchi To‘lagan Isoqov o‘zbek futbolining rivojlanishiga salomoqli hissa qo‘shdi. Uning ismi "Paxtakor-79" jamoasi bilan uzviy bog‘liq. 1966 yildan beri "œPahtakor" jamoasida to‘p surib  kelgan. U 1949 yili Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida tavallud topgan. Isoqov futbolga ilk qadamlarini poytaxtdagi eski shahar mavzesida joylashgan "œSpartak" stadionida qo‘ydi. Unga to‘p tepishni murabbiy Ma’ruf Akbarov o‘rgatgandi. 15 mavsum mamlakatning bosh jamoasi libosida maydonga tushgan hujumchining faoliyatiga yosh futbolchilar havas qilishsa arziydi. Oldingi chiziqda Krasnitskiy, Abduraimov, Fyodorov va An bilan osongina til topishgan hujumchi, jamoasi uchun o‘ta muhim gollarni kiritish unchalik qiyinchilik tug‘dirmasdi.  U "œPahtakor" jamoasi tarkibida 52ta gol kiritdi. Hammamiz uchun mudxish kelgan 1979 yilgi mavsumdan keyin futbolchilik faoliyatiga nuqta qo‘ygan Isoqov uch il Moskvadagi murabbiylarni o‘qitish oliy maktabida tahsil oldi. Yurtimizga qaytib kelgan sobiq hujumchi da murabbiylik ishini boshladi. Bu orada ma’lum muddat Toshkent viloyati Sportqo‘mitasiga qarashli sport maktabiga rahbarlik qildi. 1989 yil uni V.Nosovning o‘rniga "Paxtakor"ga taklif etishdi. Keyin T. Isoqov O’FFda tizimida faoliyat yurgizdi. To‘lagan Isoqov shuningdek turli yillarda "Shahrixon","Surxon", "Zarafshon" va "Lokomotiv" klublarida bosh murabbiy vazifasida faoliyat yurgizdi.

Mavlon SHUKURZODA,
Vashington-Toshkent, 2010 yil
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: Habib 11 Avgust 2010, 12:05:21
Кскка учиб, қайтмай кетган оққушлар

Ларвоз қани, қани қанот қоқишлар,
Мовийликда булут бслиб оқишлар?
Ўттиз йилки юракларим сзилар,
Кскка учиб, қайтмай кетган оққушлар!

Тинглади дил чин айрилиқ куйини,
Ксрмадилар футболимиз тсйини!
Дилни тирнар бугунгилар сйини,
Кскка учиб, қайтмай кетган оққушлар!

Ер билан бир айлабон ҳар учтасин,
Тирнаб гсё одамий қалб — каштасин.
Узиб, снчиб мустаҳкам дил риштасин,
Кскка учиб, қайтмай кетган оққушлар!

Демасман, Баджо ё Канни соғиндим,
Балки вужуддан бир танни соғиндим.
Ўзбек бслиб кетган Анни соғиндим,
Кскка учиб, қайтмай кетган оққушлар!

Тспни тамом сз ёнига оғдириб,
Киевнинг тсрига голлар ёғдириб.
Блохинни хсп йиғлатган Фёдоров...
Кскка учиб, қайтмай кетган оққушлар!

Футбол надир, бу миллатга алам-ей,
Йиғла, халқим, улар сенга хсп кам-ей!
Мендан кичик Сирожиддин акам-ей,
Кскка учиб, қайтмай кетган оққушлар!

... Кскка учиб қайтмай кетган оққушлар,
Қайга кетди бизга кулиб боқишлар?
Мустақил юрт либосида тсп суриб,
Мадҳисни айтмай кетган оққушлар!

Маҳмуд Асроp

манба (http://uff.uz/news/sections/other/15748.html)
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: Foniy 11 Avgust 2011, 10:20:23
Мазкур мақола сзининг долзарблигини ҳеч қачон унутмайди...

... Бу қаҳрамонларимиз балки жаҳон футболида катта срин тутмаслар. Аммо ҳар бир сзбек ишқибози уларни қалбининг тсрида сақлайди, уларни қумсаб сшайди. 31 йил бслибди...

Ўша машъум воқеада биздан 17 киши қурбон бслган сди. 11 август 1979 йил, соат 13 дан 35 дақиқа 38 сонис стган, Тошкент — Гурьев — Донеяк — Минск рейси, â„–65816 рақамли борт, Челсбинск — Кишинев рейси, â„–65735 рақамли борт, учуш баландлиги — 8400 м, умумий пассажирлар сони — 178 та, улардан 17 таси «Лахтакор» клуби вакиллари сди...

...

1979 йил. 11 август. Айнан мана шу куни футбол Ўзбекистонда снада юқорироқ босқичга кстарилган, деб биламан. «Йигирма икки тентак бир тсп орқасидан югуриб югуришини» томоша қилаётган срини тушунмай елка қисадиган аёл сша куни мана шу футбол туфайли унинг йиғлаётганлигини ксрди. Футбол мухлислар учун нима сканлигини қайсидир маънода хис қилди.

Катталар айтиб беришади кспинча, сша воқеадан кейин снги тузилган «Лахтакор» Тошкентда илк учрашувни «Динамо» (Тбилиси)га қарши стказган скан. Ўша сйин олдидан суҳандон ҳалок бслган таркибни бирма-бир сқиган ва ҳар бирининг исми айтилганда, унинг рақамидаги футболчи майдонга тушиб келган скан. Ўзини зсрға тутиб турган суҳандон Фёдоровнинг исмини сқиётиб чидай олмаган, уввос солиб йиғлаб юборган. Бутун стадион унга жср бслган. Ҳамма йиғлаган. Ҳамма. Улар бунга арзирдилар. Ҳаммалари...

(http://www.ziyouz.com/images/7.-Pahtakor-79-foto....jpg)

... Кскка учиб қайтмай қайтмай кетган оққушлар,
Қайга кетди, бизга кулиб боқишлар?
Мустақил юрт либосида тсп суриб,
Мадҳисни айтмай кетган оққушлар!

To`liq o`qish uchun manba: uff.uz (http://www.uff.uz/news/sections/uzbek/28997)
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: Ansora 11 Avgust 2011, 11:29:44
Maqolalar uchun rahmat. Ular haqida xatto o'ylashga ham yuragim dov bermaydi hech:(

Alloh rahmatiga olgan bo'lsin iloyim...
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: Akbarjоn 11 Avgust 2011, 11:36:54
30 йилдир дилда армон,
Унутмоқлик смас осон,
Топиб бер,сй мовий осмон,
17 сғлоним қайдадир.

Она ватан Ўзбекистон,
Фарзандларин кутар ҳамон,
Қайтар юртга чархи замон
17 сғлоним қайдадир.

Сирли дунё сақлама сир,
Осмон олис,қаттиқдир ер,
Билсанг агар хабаринг бер,
17 сғлоним қайдадир.

ЙЎлга қараб ксзлар толди,
Аччиқ хабар ғамга соди
Уйи осмон бслиб қолди,
Лахтакорим қайдадир.

Муаллиф:Л.Аормуродов.
Nom: Re: Paxtakor-79: xotiralar, voqealar xronikasi
Yuborildi: Foniy 11 Avgust 2011, 13:10:01
Мс‹ помним «Лахтакор-79»

(http://www.sportinfo.kz/upload/football/alish/o2mbQkfdSdiTOnlm.jpg)
11 августа исполнсетсс 32 года со днс гибели в авиакатастрофе ташкентского «Лахтакора».

Аакануне в столияе Узбекистана по доброй традияии проведенс‹ детско-юношеские  турнирс‹ и соревнованис ветеранов, посвсс‰еннс‹е памсти погибших футболистов, в день скорбной датс‹ будут возложенс‹ яветс‹ к памстнику у стадиона «Лахтакор» и к могилам пахтакоровяев на Боткинском кладбис‰е. Лройдут меропристис и на месте авиакатострофс‹ — в украинском селе Куриловка, куда вс‹летела вдова Идгас Тазетдинова Алла Сергеевна Шулепина-Тазетдинова. А многие болельс‰ики с постсоветского пространства 11 августа просто вспомнст «Лахтакор-79» и, сидс за столом, помснут тех, кто «навечно осталсс играть в Лоднебесье». Обсзательно помснем их и мс‹. Ааши журналистс‹, следус законам футбольного братства, внесли свою лепту в то, чтобс‹ памсть о трагически погибшей команде бс‹ла жива и увековечена. Материал, которс‹й мс‹ предлагаем читателсм бс‹л опубликован к 30-летию трагической датс‹, но своей актуальности, мс‹ думаем, не потерсл.

...

(http://www.sportinfo.kz/upload/Geniy/pahtakor/IMG_3163.JPG)
Ламсть о "Лахтакоре-79" будет жить вечно

Вспомним и мс‹ поименно команду «Лахтакор-79», погибшую 32 года назад в авиакатастрофе.

"¢* Идгай Борисович Тазетдинов, тренер (13.01.1933)
"¢* Михаил Иванович Ан, полузас‰итник (19.11.1952)
"¢* Владимир Иванович Федоров, нападаюс‰ий (05.01.1956)
"¢* Алс‹м Масалиевич Аширов, зас‰итник (25.01.1955)
"¢* А авиль А устамович Агишев, зас‰итник (14.03.1959)
"¢* Константин Александрович Баканов, полузас‰итник (25.05.1954)
"¢* Юрий Тимофеевич Загуменнс‹х, зас‰итник (07.06.1947)
"¢* Александр Иванович Корченов, полузас‰итник (04.05.1949)
"¢* Аиколай Борисович Куликов, зас‰итник (25.04.1953)
"¢* Владимир Васильевич Макаров, полузас‰итник (09.03.1947)
"¢* Сергей Константинович Локатилов, вратарь (20.12.1950)
"¢* Виктор Аиколаевич Чуркин, нападаюс‰ий (25.01.1952)
"¢* Сирожиддин Ахмедович Базаров, нападаюс‰ий (10.08.1961)
"¢* Шухрат Мусинович Ишбутаев, нападаюс‰ий (08.02.1959)
"¢* Владимир Валиевич Сабиров, нападаюс‰ий (14.01.1958)
"¢* Владимир Васильевич Чумаков, врач командс‹ (08.12.1932)
"¢* Мансур Инамджанович Талибджанов, администратор командс‹ (04.04.1944)

Крс‹льс памсти

Летст года, но боль не утихает.
Лечаль мос взлетела вс‹ше гор.
Аа перелете птияс‹ погибают.
Логиб и тс‹ в полете, "Лахтакор".

За горизонт ушли роднс‹е лияа,
За горизонт земного бс‹тис.
Ао "Лахтакор" мне продолжает снитьсс,
Как будто в том полете бс‹л и с.

Остались в небе ангелс‹ футбола...
И шелест крс‹л с слс‹шу до сих пор.
Кудесники мсча, факирс‹ гола...
Как с любил тот прежний "Лахтакор".

Я помню вас, ребста, поименно...
Чтоб честь отдать вам в наши времена,
Лроизношу коленопреклоненно
С глубокой скорбью ваши имена.

Исчезли в синеве роднс‹е лияа.
Меж нами грань земного бс‹тис.
Ао "Лахтакор" мне продолжает снитьсс,
Как будто в том полете бс‹л и с.

А­дуард АВААЕСОВ

Лодробнее на сайте sportinfo.kz (http://www.sportinfo.kz/pages/my-pomnim-%C2%ABpakhtakor-79%C2%BB_1312984091?PHPSESSID=71c9cabbbbf66abc15310518c595a193)