Grant ta’sischilari:
"œTa’lim grantlari" dasturiga 2005 yil asos solingan bo’lib, uning ta’sischilari "œO’zbekiston madaniyati va san’ati Forumi" jamg’armasi hamda "œMehr Nuri" hayriya jamg’armalari hisoblanadi.
Grant maqsadi:
"œTa’lim grantlari" dasturining asosiy maqsadi Oliy o’quv yurtida shartnoma asosida o'qiyotgan iqtidorli yoshlarga shartnoma pulini to’lab berishdan iborat.
Grant to’lash tartibi:
Grant sohibiga aylangan talabaga 1 yillik shartnoma puli to’lab beriladi (2 marta yarim yillik shaklida). Ammo talaba o’qishni yaxshi o’zlashtirsa hamda "œKelajak ovozi" yoshlar tashabbuslari markazi tadbirlarida faol ishtirok etsa, keyingi yilga ham uzaytirilib borilaveradi. Shaxsan o’zim 4 yil mobaynida ushbu grantni olganman.
(http://forum.ziyouz.com/Themes/default/images/post/exclamation.gif) Eng asosiysi!
Bu grant kredit emas va uni qaytarish shart emas.
Muddat:
Hujjatlar 15 avgustdan 5 sentabrgacha qabul qilinadi.
Kerakli bo’lgan hujjatlar:
1. Ishtirokchi anketasi;
2. Talaba oliy o‘quv yurtida ta’lim olishi haqida dekanatdan ma’lumotnoma;
3. Yashash joyidan ma’lumotnoma;
4. Pasport nusxasi (ro’yxatdan o’tganligi to’g’risidagi ma’lumoti bilan);
5. Reyting daftarchasi nusxasi;
6. Tavsiyanoma.
G’olibni aniqlanish tartibi:
G’oliblar 2 bosqichda aniqlanadi. 1-bosqich ishtirokchilar topshirgan hujjatlar bo’yicha saralanadi. Bunda asosiy e’tibor to’ldirilgan anketaga qaraladi (haliroq anketa to’ldirishni batafsil tushuntiraman).
Ikkinchidan, talabaning akademik salohiyati o’rin tutadi. Ya’ni bunda reyting daftarchasidagi baholarga qaraladi.
Uchunchidan, ishtirokchining jamoatchilik qobiliyatiga qaraladi. Bunda asosiy urg’u tavsiyanomalarga hamda anketada yozilgan so’zlarga beriladi.
To’rtinchidan, tanlagan kasbiga bo’lgan munosabati hamda o’z sohasini yuksaltirishda amalga oshirmoqchi bo’lgan ishlari (anketa bo’yicha).
Beshinchidan, mamlakat rivojiga hissa qo‘shishga bo‘lgan intilishi (anketa bo’yicha).
Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o’tib olganlar, 2-bosqichga, ya’ni suhbatga chaqiriladi. Suhbatda maxsus 4-5 kishidan iborat komissiya tuziladi hamda ularning har biri suhbatga chaqirilgan ishtirokchiga alohida baho qo’yadi (suhbat haqida kengroq qilib pastda tushuntiraman).
G’oliblar soni:
Tanlovda har yili Respublikamiz bo’yicha 50 nafar talabaga grant topshiriladi.
Ishtirokchi anketasi:
Ishtirokchi anketasining electron variantini quyidagi manzildan ko’chirib olishingiz mumkin:
O’zbek tilida (http://mehrnuri.uz/docs/anketa/obrazov-granty-2012-uz.doc)
Rus tilida (http://mehrnuri.uz/docs/anketa/obrazov-granty-2012-ru.doc)
Qo’shimcha ma’lumotlarni "œMehr Nuri" (http://mehrnuri.uz/uz/pages/talim-grantlari-dasturi/) hamda Fond Forum (http://fondforum.uz/uz/pages/fond-forum-grantlar/)ning rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Murojaat uchun:
Manzil: Toshkent sh., O’zbekiston ko’chasi, 80.
Telefon: (998 71) 239-2787, 239-2786.
2. Talaba oliy o‘quv yurtida ta’lim olishi haqida dekanatdan ma’lumotnoma;
Siz ushbu ma’lumotnomani dekanatingizdan olasiz.
Mazmuni quyidagicha bo’ladi:
МААªЛУМОТАОМА â„–_____
Берилди ушбу маълумотнома шу ҳақдаким, ______________________ хақиқатдан ҳам ______________________да 3-курс "œА" поток 3-гуруҳида шартнома асосида сқийди.
Маълумотнома "Меҳр Аури" жамғармасига тақдим стиш учун берилди.
Факультет декани Ашмат Тошматуф
3. Yashash joyidan ma’lumotnoma
Ushbu ma’lumotnomada sizning ota-onangiz, ularning nima ish qilishi va sizlar qaysi manzilda istiqomat qilishingiz haqidagi ma’lumotlar ko’rsatilishi kerak. Agarda ko'p farzandli oila yoki kam ta'minlangan oila bo'lsangiz bu haqida ham ma'lumotnoma olib kelsangiz foydali bo'lardi.
4. Pasport nusxasi (ro’yxatdan o’tganligi to’g’risidagi ma’lumoti bilan)
Tushunarlidir"¦
5. Reyting daftarchasi nusxasi
Reyting daftarchangiz nusxasiga ham albatta fakultet dekani tomonidan pechat qo'yilgan bo'lishi kerak, ya'ni haqiqiyligini tasdiqlash uchun.
6. Tavsiyanoma
Tavsiyanoma ham 1-bosqichda katta rol o’ynaydi. Siz o'zingiz tahsil olayotgan OTM rektori, prorektorlari, fakultet dekani, dekan muovinlari yoki kurs murabbiyingizdan tavsiyanoma olishingiz zarur. Agar qo’shimcha mashg’ulotlari bo’lsa (masalan sport) unda u yerdagi ustozlaridan ham tavsiyanoma olinsa yaxshi bo’ladi.
Tavsiyanoma mazmuni quyidagicha bo’ladi: ya’ni falonchiyev falonchi, shunaqa-shunaqa joyda o’qiydi. Baholari a’lo (yaxshi, qoniqarli) va h.k.
Bitta tavsiyanomadan nusxa:
Тошкент давлат юридик институти
________ факультети 3-курс "А" поток талабаси
___________________________га
Т А В С И Я А О М А
Фалончиев Листончи 2009 йил Тошкент давлат юридик институтининг _______ факультетининг 1-курсига бакалавриат йсналиши бсйича талабалар сафига шартнома асосида қабул қилинган.
У институтда таҳсил олишнинг илк кунларидан бошлаб сзининг интизомли, тиришқоқ ҳамда зукко талаба сканлигини намоён қилди. У жамоат ишларида доимо фаол иштирок стиб келган.
[/font]
Agar siz maktab (kollej/litsey) jamoatchilik ishlarida, tadbirlarda qatnashgan bo’lsangiz, unda ular ham ko’rsatilishi kerak.
Tavsiyanoma oxirida quyidagi so’zlar yoziladi:
F.I.Sh.ni "œO’zbekiston madaniyati va san’ati forumi" jamg’armasi hamda "œMehr Nuri" jamg’armalari tomonidan e’lon qilingan "œTa’lim grantlari" dasturiga tavsiya etaman.